dars ishlanma: abdulla oripov hayoti va ijodi
TRANSCRIPT
MAVZU:
ABDULLA ORIPOV HAYOTI VA IJODI
REJA:
Shoir hayoti,yoshlik davri.
Shoir ijodi tog’risida
A.Oripov she’riyati to’g’risida
Lirik qahramon tavsifi
A.Oripov O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir
O’tgan mavzuni takrorlash
Odil Yoqubov hayoti haqida ma’lumot bering. “Ulug’bek xazinasi” romanida qanday didaktik ruh
mavjud? Romanda Ulug’bek va Abdulatif munosabatlari
qanday yoritilgan?
Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, “Navro’z” bayramida tug’ilgan.
Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko’z qishlog’ida bolaligi o’tadi.
Shoir o’z tug’ilgan,kindik qoni to’kilgan maskan to’g’risida shunday deydi:
“Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yog’in ko’p tushar, Qo’ng’irtov etaklari ming xil o’t-o’lan, chuchmoma-yu ismaloq bilan, karrang-u hazorisfand bilan, qo’zigullar bilan qoplanar,atrof-tevarak jannatiy bir manzar kasb etardi. Sel suvlari to’planib qolgan kichik-kichik ko’llarni “qoq” deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmoma-yu ismaloq, zamburug’ terib, Qo’ng’irtov etaklarida kunlarini kech qilar edi”
Shoir haytidagi muhim sanalar:
1958-yil •Tayzan ovulidagi o’rta maktabni oltin medalga bitirdi.•O’zMU “O’zbek filologiyasi” jurnalistika bo’limiga o’qishga kiradi.
1693-yil •Oliy o’quv yurtini imtiyozli diplom bilan bitirdi•“Yosh gvardiya” nashiryotiga muharrir bo’lib ishga kiradi.
1967-1974-yillar •G’afur G’ulom nomidagi nashriyotda muharrir,katta muharrir.
1974-1976-yillarda •“Sharq yulduzi” jurnalida bo’lim boshlig’i
1976-1982-yillarda •O’zbekiston Yozuvchilar uyishmasining adabiy maslahatchisi vazifasida ishlaydi.•Bu yillarda shoir she’riyatga endi qadam qo’ygan yoshlarga ham o’zini beg’araz yordamini beradi.
1982-1983-yillarda •O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat •bo'limida mas'ul kotib bo'lib faoliyat ko'rsatdi.
1983 -1985-yillarda •Shoir o'quvchilarning jurnali “Gulxan”ning bosh muharriri bo'ldi
1985-1988-yillarda •O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimida ishladi.
1988-yilda •O'zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo'mitasi raisi vazifasida ishlashni boshladi.
1996- yilning mart oyidan 2009 yilga qadar shoir O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida mehnat qildi.
Shoirning mehnatini munosib taqdirlanishi:
Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat
mukofoti
1994- yilda Alisher Navoiy nomidagi
respublika davlat mukofoti
1983-yili "O'zbekiston xalq
shoiri" unvoni
1998- yilda esa shoir "O'zbekiston
Qahramoni" unvoni
Birinchi ijod
namunasiShe’ri “Qushcha”
She'rlar to'plami “Mitti yulduz” esa 1965- yilda chop etilgan.
ABDULLA ORIPOV SHE’RIY KITOBLARI БИБЛИОГРАФИЯСИ
"Ko'zlarim yo'lingda" (1967), "Onajon" (1969) "Ruhim" (1971) "O'zbekiston", "Qasida" (1972), "Xotirot"(1974) "Yurtim shamoli" (1974)“Yuzma-yuz” (1979)
"Hayrat" (1979) "Najot qal'asi" (1981) "Yillar armoni" (1983) "Haj daftari” , “Munojot” (1992) "Saylanma" (1996)“Dunyo" (1999) to'rt tomlik"Tanlangan asarlar" (2000 - 2001 “Shoir yuragi” (2003)
Ma’naviyat
asoslariga alohida e’tibor
berilgan dostonlari
“Jannatga yo’l” (1978)
“Hakim va ajal” (1980) “Ranjkom”
(1988)
Falsafiy mushohadaga boy ijodidan.
“Tilla baliqcha”
“Qo’riqxona”
“Olomonga”
“Genetika”
Abdulla Oripov mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod eta boshladi.Shu davrda tarixiy adolatning tiklanishi, o’tmishda yashagan sarkardalar va allomalar xotirasining e’zozlanishi shoirning Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixiy taqdirida o’ynagan buyuk rolini ko’rsatuvchi “Sohibqiron” she’riy dramasini (1998) yozishga ilhomlantirdi.
Adib ijodida, bir tomondan, G’afur G’ulom lirikasiga xos falsafiylik ko’zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon she’rlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi.
Mazkur ikki manba shoir she’rlarida o’zaro tutashgan holda orifona she’riyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi. Ijodkor ning songi yillar lirikasida tuyg’u va kechinmalar tasviri susaymagan holda yana bir muhim fazilat bor. Bu,adib she’rlariga liro-epik tasvir unsurlarining ko’plab kirib kelishidir.
Dante “Ilohiy komediya”sining “Do’zax” qismini, A.S.Pushkin,N.A.Nekrasov, T.G. Shevchenko, L. Ukrainka, R.Hamzatov, Q.Quliyev va M.Bayjiyev asarlarini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. O’z navbatida, uning asarlari ham rus, ingiliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, ozarbayjon kabi ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Abdulla Oripov she’ryati tog‘risida A.Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sanalardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari o'zbek she'riyatiga o'ychil g'am va g'amchil o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi. Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini
beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obraz-
laridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta
olganidan ayrim misralarining o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi.
Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: “Asablar tuproqqa
cho‘kkan edi tiz” tarzida beradi. O'zining pokiza yoshlik davrini esa “Yiroq-
yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat”, - deya ifodalaydi. O'zbek xalqining yig'ma obrazi: “Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,
Mening orzularim, mening o‘ylarim” tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: “qaro
sochlaringda oppoq alanga” degan tashbihi aniqligi bilan ham, ta'sirchanligi bilan
ham ko'ngilni rom etadi. Uning she'riyatida vatan timsolining chizilganiga e'tibor
qiling: “Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida, Salqin tuman ichra bo‘zarar
tonglar, Quyoshning erinchak yog‘dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar”.
Lirik qahramon
Lirik asarda tuyg'u va o'ylari tasvirlangan shaxs obrazi lirik
qahramondir.
Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921- yilda rus olimi Y. N. Tinyanov tomonidan kiritilgan. Shoir shaxsi qanchalik yirik, serqirra, uning tuyg'ulari qanchalar samimiy bo'lsa, lirik qahramon tasviri ham shunchalik jonli va serjilo bo'ladi. Shuning uchun ham Abdulla Oripov she'rlarining lirik qahramoni kishi ko'nglini butunlay zabt etadi, o'z holati samimiy va chinligiga o'quvchini to'la ishontiradi.
Uyga vazifa:
“Sohibqiron” dramasini
o’qib kelish
E’tiboringiz uchun rahmat!