harbiy topografiya - akadmvd.uz

116

Click here to load reader

Upload: buikhanh

Post on 09-Dec-2016

1.151 views

Category:

Documents


324 download

TRANSCRIPT

Page 1: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D YE M I YA

S. K. TANGIRBERDIYEV

R. S. ZAKIROV

A. F. SHERMATOV

HARBIY TOPOGRAFIYA

TOSHKENT

Page 2: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D YE M I YA

S. K. TANGIRBERDIYEV

R. S. ZAKIROV

A. F. SHERMATOV

HARBIY TOPOGRAFIYA

O‘quv qo‘llanmasi

Toshkent 2005

Page 3: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

68.9ya73 T–18

T a q r i z c h i l a r : O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shinlari

qo‘mondonining muovini general-mayor V. A. Mamo; O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shinlari

O‘quv markazining boshlig‘i polkovnik SH. N. Chinaliyev

T–18 Tangirberdiyev S. K., Zakirov R. S., Shermatov A. F. Harbiy topografiya: O‘quv qo‘llanmasi. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005. – 114 b.

Ushbu o‘quv qo‘llanmasidan quyidagi tizimlashtirilgan materiallar o‘rin olgan:

hududning taktik xususiyatlari va ularning ichki ishlar bo‘linmalari operativ xizmat faoliyatiga ta’siri; hududda xaritasiz oriyentir olish va azimutlar bo‘yicha harakatlanish; topografik xaritalarning turlari hamda nomenklaturasi; xarita bo‘yicha masofalarni o‘lchash, nuqtalarning koordinatalarini aniqlash; hududning relyefi va uni topografik xaritada tasvirlash; mahalliy predmetlarning topografik xaritalardagi shartli belgilari; hududda oriyentir olish; hududning aerofotosuratlari; ichki ishlar bo‘limlarida xizmat grafik hujjatlarini ishlab chiqish va yuritish. Ilovada xarita uchun qabul qilingan shartli belgilar va qisqartmalar berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilarining mustaqil ishlari uchun mo‘ljallangan.

BBK 68.9ya73

� O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 y.

Page 4: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

I bob. HUDUD – JANGOVAR VAZIYATNING ELEMENTI. HUDUDNING TAKTIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ICHKI ISHLAR

BO‘LIMLARINING OPERATIV XIZMAT FAOLIYATIGA TA’SIRI

IIV organlarining operativ xizmati hamda jangovar faoliyati har qanday hududda, yil va kunning har qanday vaqtlari va har qanday ob-havo sharoitlarida amalga oshirilishi mumkin.

Ichki ishlar organlari xodimlarining operativ xizmat vazifalarini bajarishlariga to‘g‘ri keladigan hudud operativ muhim hudud hisoblanadi. Shu sababli nafaqat operativ boshliq (komandir), balki qatnashuvchi har bir xodimga harakat qiladigan hudud batafsil o‘rganilishi lozim.

Hududni batafsil o‘rganish uchun, birinchidan, uning har qanday murakkab sharoitlarida ham oriyentirni to‘g‘ri ola bilish, ikkinchidan, topshirilgan vazifani bajarishga yordam beradigan yoki to‘sqinlik qiladigan sharoitlarni e’tiborga olish; uchinchidan, hududning xususiyatlarini hisobga olish bilan birga, jinoyatchilarning yashirinish ehtimoli bo‘lgan joylar, shuningdek ularning harakatlanish ehtimollari bo‘lgan yo‘nalishlarni ham aniqlash zarur.

1. Hudud va uning taktik xususiyatlari

Hududning topografik elementlari. Hudud – yer yuzasining bir qismi.Uning yuzasidagi notekisliklarning yig‘indisi relyef deyiladi, unda joylashgan, tabiat va inson tomonidan yaratilgan obyektlar (o‘rmonlar, daryolar, aholi punktlari va boshq.) esa mahalliy predmetlar deb ataladi. Kengligi jihatidan katta hududlarni egallab turuvchi mahalliy elementlar (ichki dengizlar, tog‘ tizimlari, cho‘llar va boshq.)ni geografik obyektlar deb atash qabul qilingan.

Mahalliy predmetlar, xo‘jalik va harbiy ahamiyatga molik belgilariga ko‘ra, hududning topografik elementlariga ajratiladi. Relyef, gidrografiya, o‘simliklar, tuproq qatlami, yo‘llar tarmog‘i, aholi punktlari, sanoat, qishloq xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy obyektlar hududning asosiy topografik elementlari hisoblanadi.

Ma’lum bir hududdagi topografik elementlar xususiyatlarining yig‘indisi ushbu hududning taktik xususiyatini belgilaydi. Taktik xususiyatlarning asosiylari quyidagilar: a) hududdan o‘tish imkoniyatlari; b) hududni niqoblash va himoyalash xususiyatlari; v) kuzatish, oriyentir olish va o‘t ochishga ta’sir qiluvchi xususiyatlar.

3

Page 5: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Yo‘llar, ko‘priklar va kechuv joylari, relyef, tuproq va o‘simliklar qoplami, shuningdek sun’iy hosil qilingan va tabiiy to‘siq (daryo, jar, botqoqlik va boshq.)larning mavjudligiga, shuningdek ularning xususiyatlariga qarab, hududdan o‘tishning imkoniyatlari aniqlanadi.

Hudud relyefining xususiyatiga, undagi o‘rmonlar, tunnellar va boshqa mustahkam (g‘ishtli, toshdan, temir-betonli) yer osti inshootlari, asosan, yerto‘lalarning mavjudligiga qarab, hududning himoyaviy xususiyatlari aniqlanadi. Hududda inshootlarning mavjudligi ulardan yadroviy va boshqa qurollardan ximoyalanish vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi. IIVga qarashli obyektlar (idoralar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari)da fuqarolarning himoyasi va xizmatlar (yong‘inga qarshi, tartibni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash)ni tashkil qilishda hudud himoyaviy xususiyatlarining ahamiyati muhim.

Oriyentir olish sharoiti hududning xususiyati bo‘lib, u gorizont tomonlariga, hududdagi obyektlarga nisbatan joylashishini, kerakli harakatlanish yo‘nalishini, shuningdek o‘z bo‘linmalari va dushmanning joylashishini aniqlashga yordam beradi. Ular tashqi ko‘rinishi, joylashgan holati, hududdagi boshqa obyektlardan yaqqol ajralib turuvchi relyef elementlari va chiziqli predmetlarning mavjudligiga qarab aniqlanadi.

Relyefning xususiyati, qiyaliklarning shakllari, o‘simliklar qoplami (asosan o‘rmonlar va butazorlar), aholi punktlari kuzatish va o‘t ochish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday topografik elementlarning o‘ziga xos joylashishi kuzatish va o‘t ochishni yengillashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkin.

Hududni niqoblash relyefga xos shakllar va o‘simliklar qoplami (asosan o‘rmonlar va butazorlar)ning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Aholi punktlarining mavjudligi ham niqoblash xususiyatiga ega bo‘lib, jinoyatchilar (dushmanlar)ning yashirinishlariga imkon beradi, shuningdek ichki ishlar organlari kuchlari va vositalarining ham yashirin harakatlanishini ta’minlaydi.

Aholi punktlarida harakatlanayotganda o‘sha hududning taktik xususiyatlari aholi punktining o‘lchamlari va joylashishiga, undagi qurilish inshootlarining o‘ziga xos belgilariga, shuningdek relyefi, gidrografiyasi va o‘simliklar qoplami (xiyobonlar, bog‘lar)ning xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Ko‘p sonli aholi to‘planadigan joylar – bozorlar, yirik do‘konlar, teatrlar, xiyobonlar, banklar, vokzallar va shu kabilar – alohida ahamiyat kasb etadi.

Xizmatni yoki maxsus operatsiyani tashkil qilishda operativ boshliq (komandir) hududni har tomonlama o‘rganishi, operativ xizmat

4

Page 6: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

vazifalarining bajarilishiga hudud xususiyatlarining ta’sir etish darajasini aniqlashi va shundan keyin qaror qabul qilishi zarur.

2. Hududning taktik turlari

O‘tish imkoniyatlari, kuzatish, niqoblash sharoitlariga ko‘ra va past-balandliklar (tepaliklar)ning darajasiga qarab hududlar taktik jihatdan bir qancha turlarga bo‘linadi:

O‘tib bo‘ladigan hudud – unda bo‘linmalar va texnikalarning tezligi va harakat yo‘nalishi deyarli cheklanmaydi, bitta izdan qaytadan harakatlanishga yo‘l qo‘yiladi.

Bo‘linmalarning maxsus operatsiyani o‘tkazishida o‘tib bo‘ladigan hudud jangovar texnikadan samarali foydalanish imkonini beradi.

O‘tish qiyin bo‘lgan hududda bronetransportyorlarning harakatlanishi uchun imkoniyat mavjud, ammo unda o‘tib bo‘ladigan hududdagiga nisbatan tezlik sekinroq bo‘ladi. Bu hududda maxsus operatsiyada jangovar texnikalarni qo‘llash qiyinlashadi, ularda kolonnalarning harakatini faqat yaratilgan maxsus yo‘llar orqali tashkil qilish mumkin.

O‘tib bo‘lmaydigan hududda jangovar va g‘ildirakli mashinalarning harakatlanishlari uchun sharoit mutlaqo mavjud bo‘lmaydi. Bunday hududda harakatlanishni amalga oshirishda kolonnalar yo‘lini barpo qilish lozim bo‘ladi, buning uchun katta miqdordagi ish hajmini bajarishga to‘g‘ri keladi.

Kuzatish va niqoblash sharoitlariga ko‘ra, hududlar ochiq, berk (yopiq) va yarim berk (yopiq) hududlarga bo‘linadi.

Ochiq hudud tekis yoki nihoyatda past, tepaliklarsiz va o‘rmonsiz ko‘rinishga ega bo‘ladi, bu hududdagi mavjud balandliklardan (eng balandidan ham) hamma yo‘nalishlar 75 % gacha ko‘rinib turadi.

Yarim berk (yopiq) hudud – bu ochiq va yopiq hududlar oralig‘idagi hudud. Yarim berk hududda tabiiy yashirinish joylarining maydoni 20 % ni tashkil qiladi, balandliklardan (eng balandidan) hududning 50 % ga yaqin maydoni ko‘rinib turadi.

Yopiq (berk) hududda o‘rmon, butazorlar, bog‘lar o‘sgan, qolgan qismi esa tog‘li yoki tepalikli maydondan, shuningdek aholi punktlaridan iborat bo‘ladi. Bunday hududda tabiiy niqoblash maydonlari 30 % ni tashkil qiladi. Hukmron balandliklardan 25 % dan kamroq maydon ko‘rinib turadi.

Jarliklar, qurib qolgan daryo o‘zanlari, daryolar, ko‘llar va boshqa tabiiy to‘siqlar mavjud hudud bo‘laklanganlik (past-balandlik) darajasiga ko‘ra, kam bo‘laklangan, o‘rtacha bo‘laklangan va kuchli bo‘laklangan (peresechenn�y) bo‘ladi. Bunday bo‘laklanganlik qo‘shinlarning harakatlanishi va manyovr qilishini sezilarli darajada cheklaydi.

5

Page 7: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Kam bo‘laklangan hududda tabiiy va sun’iy to‘siqlar kam, bunday hududda har qanday yo‘nalish bo‘yicha jangovar yoki boshqa texnikalar oson harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi. Bunday hududda tabiiy to‘siqlar 10 % dan kam maydonni egallaydi. Relyef, odatda tekislikdan iborat, tepaliklar kam uchraydi. Bunday sharoitda jangovar texnikalarni hamma yo‘nalishlar bo‘yicha yoppasiga qo‘llash mumkin. Hududdagi hukmron tepaliklardan atrofni to‘liq kuzatish mumkin.

O‘rtacha bo‘laklangan hududning 20 % ga yaqin maydoni tabiiy to‘siqlardan iborat bo‘ladi. Bunday hududning alohida yo‘nalishlarida jangovar texnikalarni yoppasiga qo‘llash birmuncha qiyin, chunki uning relyefi asosan past tepaliklardan iborat bo‘lib, tekisliklar kam uchraydi.

Kuchli bo‘laklangan hudud tik qiyali tog‘lar, jarliklar, suv yuvgan joylar, daryolar, kanallar va botqoqliklardan iborat, u boshqa hududlardan o‘tish qiyin bo‘lgan tabiiy to‘siqlarining ko‘pligi bilan farqlanadi. Uning tabiiy to‘siqli maydonlari 30 % dan ortiqni tashkil qiladi. Bunday hududlarga tog‘li, jar-botqoqli va vodiy-botqoqli relyefli joylar kiradi.

3. Turli ko‘rinishli hududlar va ularning taktik xususiyatlari

Relyefining xususiyatiga ko‘ra, hududlar tekislikli, tepalikli va tog‘li hududlarga bo‘linadi. Tuproq va o‘simliklar qoplamiga bog‘liq ravishda hudud sahroli, cho‘l (dasht)li, o‘rmonli, botqoqli va o‘rmon-botqoqli hududlarga bo‘linadi.

Tekislikli hudud uncha baland bo‘lmagan (25 m gacha) qiyaliklari yotiq (2°gacha) tepaliklarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Tekislikli hududning taktik xususiyatlari asosan undagi tuproq, o‘simliklar qoplami, past-balandliklarning darajasiga bog‘liq.

Tepalikli hudud yerining yuzasi to‘lqinsimon bo‘lib, o‘rtacha balandligi 25–200 m va absolut balandligi 500 m gacha, tepaliklarining qiyaliklari tikligi 2–3° ni tashkil qiladi. Tepalikli hudud tepaliklar, pastqamliklar va jarliklarning xususiyatlariga bog‘liq holda, yopiq (berk) yoki yarim yopiq (berk) bo‘lishi mumkin.

Tepalikli hududdagi ko‘tarilishlar va pasayishlar o‘ziga xosligi, pastaqamliklarga bo‘laklanganligiga bog‘liq holda, kuchsiz tepaliklashgan, kuchli tepaliklashgan, vodiy-botqoqli va jarli-botqoqli bo‘lishi mumkin.

Kuchsiz tepaliklashgan ochiq hududda barcha turdagi qo‘shinlarning jangovar harakatlar olib borishining imkoni bor. Tepaliklarning oraliqlari va tepaliklar orqasidagi qiyaliklar dushman kuzatuvi va o‘qidan yashirinish uchun qulay. Odatda bunday hududlarda balandlik joylar ko‘p bo‘ladi, ulardan uzoq masofalarni keng sektorli ko‘rinishda kuzatish mumkin.

6

Page 8: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Kuchli tepaliklashgan hudud kuzatuv olib borishni qiyinlashtiradi, undagi hukmron balandliklarni aylanma mudofaali kuchli tayanch punktiga aylantirish mumkin. Tepaliklar, vodiylar, qurigan o‘zanlarning ko‘pligi esa tanklar, piyodalar, jangovar mashinalarning harakatlanishiga sezilarli darajada to‘sqinlik qiladi.

Vodiy-botqoqli past-baland hududda qurigan o‘zanlar, ko‘llar, daryolar ko‘p bo‘lib, ular to‘siqlar sifatida o‘tishni qiyinlashtiradi. Bu to‘siqlar qidiruv guruhlarining harakatilari hamda to‘sish guruhi uchun marrani tanlashda qiyinchiliklar tug‘diradi.

Jarli-botqoqli hudud ko‘plab jarliklar bilan bo‘laklab tashlanganligi tufayli bunday hududlarda ham jangovar texnikaning harakatlanishi ancha qiyin kechadi.

Tog‘li hudud – yer yuzasining atrof muhitga nisbatan ancha ko‘tarilgan (500 m va undan baland) qismi. U murakkab, turli relyefli bo‘lib, o‘ziga xos tabiiy sharoitlariga ko‘ra farqlanadi. Bunday hududdagi tog‘lar va keskin qiyalikli tog‘ tizmalari relyefning asosiy shakli hisoblanadi. Tog‘li hudud yopiq bo‘laklangan hududga kiradi. Bunday hududda jangovar harakatlar olib borish o‘ziga xos sharoitlarda harakat qilish hisoblanadi va bunday sharoitlarda harakatlanish shaxsiy tarkibdan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi.

Mavjud absolut balandliklariga bog‘liq holda, bunday hudud past tog‘li, o‘rtacha tog‘li va baland tog‘li hududlarga bo‘linadi.

Past tog‘li hudud dengiz sathiga nisbatan 500–1000 m li baland-liklarining mavjudligi, nisbiy balandliklari 200–400 m bo‘lishi va qiyaliklarning ko‘pchiligi 5–10° tiklikka egaligi bilan ajralib turadi. U kuchsiz bo‘laklangan, aholi yashashi uchun qulay va nisbatan rivojlangan yo‘llar tarmog‘iga ega bo‘ladi.

O‘rtacha tog‘li hudud dengiz sathiga nisbatan 1000–2000 m balandlikka ega, o‘rab turgan atrof muhitga nisbatan nisbiy balandligi esa 1000 m gacha bo‘lishi mumkin. Qiyaliklarining tikligi esa 10–25° ni tashkil etadi. Shuningdek, hududi ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi tog‘ massivlariga, qatorlariga va tizmalariga ega; cho‘qqilari va qirralari odatda tekis shaklda bo‘ladi. Bo‘linmalarning jangovar harakatlari yo‘llar yoki tog‘dan o‘tishning qulay joylaridagi alohida yo‘nalishlar orqali amalga oshiriladi.

Dengiz sathidan 2000 m dan yuqori balandlikka ega, nisbiy balandliklari 1000 m va undan ortiq tog‘li joylar baland tog‘li hudud hisoblanadi. Bunday hududda 15–45° tiklikka ega qiyaliklar ko‘p bo‘ladi. Hudud chuqur vodiylar va o‘pirilishlari ko‘p tog‘ tizmalariga bo‘lingan, cho‘qqilari asosan o‘tkir shaklga ega, doimiy qorlar va muzliklar bilan qoplangan bo‘ladi. Baland

7

Page 9: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

tog‘li hududlarda aholi kam yashaydi, tog‘dan o‘tish joylari va yo‘llar tarmoqlari kam uchraydi.

Cho‘l (sahro) hududida kam aholi yashaydi, suv zaxiralari ham kam bo‘ladi, o‘simliklar esa onda-sonda uchrab turadi. Ob-havo doimiy yoki ma’lum bir fasllarda keskin o‘zgaradi va qizib ketadi. Yer yuzasi, yuqori qatlamining tuzilishiga ko‘ra, qumli, toshli va tuproqli cho‘llarga bo‘linadi.

Dasht hududi yog‘ochli o‘simliklarning yo‘qligi, quruq kontinental iqlimga egaligi, tuprog‘i qora, qurg‘oqchilik hamda sovuqqa chidamli o‘tsimon o‘simliklar bilan qoplanganligiga ko‘ra, ajralib turadi. Yer osti suvlari esa katta chuqurlikda (100 m gacha) joylashgan bo‘ladi. Dasht hududlarida bo‘linmalarning manyovr qilishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud, chunki atrof ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.

O‘rmonli hudud deb maydonining 50 % dan ortig‘i yog‘ochli o‘simliklar bilan zich qoplangan hududga aytiladi. O‘rmonli hududdan o‘tishning imkoniyatlari yo‘llarning mavjudligi, relyefning xususiyati, yer qatlamining botqoqligi, daraxtlarning zichligi, yo‘g‘onligi va turlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘rmonlarda jangovar va boshqa texnika faqat ilgaridan mavjud yo‘llardan, daraxtlari kesilib maxsus hosil qilingan yoki qatorlashtirilgan mashinalar yo‘lida harakat qilishi mumkin.

O‘rmonli hudud asosan zarba to‘lqini va yorug‘lik nurlanishi zararlashidan himoyalaydi. O‘rmonli hududda yer va havodan kuzatuv olib borish, shuningdek o‘t ochishning imkoniyatlari ancha cheklangan bo‘ladi. Oriyentir olish, nishonlarni ko‘rsatish, bo‘linmalarni boshqarish va ularning hamjihatligini tashkil qilish murakkablashadi.

Botqoqlangan yerlar – yerning ko‘p miqdorda namlangan maydonlari bo‘lib, ular torf qatlamiga ega bo‘lmaydi yoki torf qatlamining qalinligi 30 sm dan oshmaydi. Joylashishi, o‘simliklar qoplamining xususiyatlari va suv bilan to‘yinish rejimiga bog‘liq holda, botqoqliklar – past botqoqliklar, baland botqoqliqlar va o‘tib bo‘ladigan botqoqliklarga bo‘linadi.

Past botqoqliklar asosan past joylarda (daryolarning sohillarida, dengiz qirg‘oqlarida, kotlovinalarda) ko‘p uchraydi. Ularning yuzasi yassi yoki botiq bo‘lib, qamishlar, mohlar bilan qoplangan bo‘ladi. Past botqoqliklarda g‘ildirakli va zanjir tasmali (gusenichn�ye) texnikalar harakatlana olmaydi, ularning alohida maydonlaridagi ko‘tarilgan joylardan piyodalar harakatlanishi mumkin.

4. Hudud taktik xususiyatlarining mavsumiy o‘zgarishlari

Kuz va bahorda hududning taktik xususiyatlari. Kuz va bahor mavsumlariga suv toshqinlari va loygarchilik xosdir. Kuzgi va bahorgi loygarchilik davrida tuproqning yuqori qatlami kuchli namlanadi, shu sababli

8

Page 10: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

o‘zining mustahkamligini yo‘qotadi va yopishqoq bo‘lib qoladi. Harakatlanish nafaqat yo‘lsiz joylarda, balki tuproq yo‘llarda ham qiyinlashadi.

Qishda hududning taktik xususiyati. Qish mavsumiga tuproq qatlamining muzlashi, daryolar va boshqa suv havzalaridagi muz qoplamlari, yer yuzasida qor qatlamining hosil bo‘lishi xos xususiyatdir.

Odatda qish oylarida yo‘llar tarmog‘i qisqaradi. Yo‘llarning ko‘pi, asosan tuproqlilari qor bilan qoplanadi va g‘ildirakli mashinalarning harakatlanishiga imkoni bo‘lmaydi. Shosselar ustki qoplamining muzlashi yo‘llardagi harakat tezligini kamaytiradi. Transport vositalarida harakatlanayotgan qidiruv guruhlarining harakatlari qiyinlashadi.

9

Page 11: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

II bob. HUDUDDA XARITASIZ ORIYENTIR OLISH VA AZIMUT BO‘YICHA HARAKATLANISH

1. Hududda oriyentir olish

Hududda oriyentir olish ichki ishlar bo‘linmalari xodimlarining faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bo‘linmalarga xizmat vazifalarini qo‘yishda, harakat yo‘nalishlarini saqlashda, jangda egallab olingan marralar, nishonlarning joylashgan joyini aniqlash, ularni ko‘rsatish va o‘t ochishni boshqarishda oriyentirni to‘g‘ri olish juda muhim. Maxsus operatsiyalarni o‘tkazish jarayonida vaqtinchalik oriyentirni yo‘qotish boshqarish va bo‘linmalararo hamjihatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi, jangovar vazifaning o‘z vaqtida bajarilishini xavf ostiga qo‘yadi. Oriyentir olishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar qurollar va maxsus texnikani qo‘llashdagi samaradorligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Shu sababli notanish hududda, shuningdek har qanday vaziyatda tez va xatosiz oriyentir olish ichki ishlar bo‘limlari xodimlari jangovar tayyorligining muhim elementi hisoblanadi.

Hududda oriyentir olishga quyidagilardan iborat: gorizont tomonlarining yo‘nalishlarini aniqlash; atrofni o‘rab turgan mahalliy predmetlar va relyef shakllariga nisbatan o‘zi turgan joyni aniqlash; harakatlanish uchun tanlangan yoki ko‘rsatilgan yo‘nalishni saqlash. Jangovar vaziyatlarda oriyentir olishda yuqorida qayd qilinganlardan tashqari, o‘z va dushman qo‘shinlarining joylashish holati hamda yo‘nalishi aniqlanadi.

2. Hududda oriyentir olishning usullari

Topografik xaritalar, aerofotosuratlar, jangovar va qo‘mondon-shtab mashinalariga o‘rnatilgan navigatsiya qurilmalari yordamida hududda oriyentir olish mumkin. Jangovar vaziyatlarda oriyentir olishda quyidagi oddiy usullarga asoslaniladi: kompas bo‘yicha, osmon yoritgichlari va mahalliy predmetlarning belgilar orqali.

Bo‘linmalarning komandirlari hududda kompasdan foydalangan holda, xaritadan oriyentir oladilar. Bu oriyentir olishning asosiy usulidir. Oriyentir kam uchraydigan va ancha katta o‘zgarishlar yuzaga kelgan hududlarda, shuningdek yirik shaharlarda aerofotosuratlar bo‘yicha oriyentir olish qulay. Mahalliy predmetlardagi mayda elementlarning ularda batafsil tasvirlangani turgan joyni tezda aniqlash va harakat yo‘nalishini to‘liq saqlash imkonini beradi. Xaritalarda esa mayda predmetlarni tasvirlashning imkoni yo‘q.

10

Page 12: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Tunda yoki oriyentirlari kam bo‘lgan hududda harakatlanish odatda xarita yoki aerofotosuratlarda oldindan tayyorlab qo‘yilgan azimutlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu kerakli darajada ishonchli, hamma ham bajarishi mumkin bo‘lgan oriyentir olish usulidir.

Hududdagi murakkab, ko‘rinish cheklangan sharoitlarda aniq va ishonchli oriyentir olish uchun navigatsiya qurilmalaridan foydalaniladi. Ular joylashgan joy koordinatlar va harakatlanish yo‘nalishining direksion burchagini xohlagan vaqtda aniqlashning imkonini beradi, shuningdek ular yordamida marshrutdagi oxirgi punkt yo‘nalishining direksion burchagini aniqlash ham mumkin.

Eng sodda usullar – kompas, osmon yoritgichlari va mahalliy predmetlarning belgilariga ko‘ra, oriyentirlar olinsa, ular gorizont tomonlarini aniqlash va harakat yo‘nalishini saqlab turish uchun zarur.

Hududda oriyentir olish umumiy yoki to‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zi turgan joydagi harakatlanish yo‘nalishi va yo‘nalishning oxirgi

punktiga yetib borish vaqtini taxminiy aniqlash umumiy oriyentir olish deyiladi.

To‘liq oriyentir olish o‘zi turgan va turli obyektlarning joylashgan joylari va harakatlanish yo‘nalishini aniqlashda to‘la aniqlikka erishishdir. To‘liq oriyentir olish xaritalar, aerofotosuratlar bo‘yicha va navigatsiya qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Oriyentirlarni tanlash va ulardan foydalanish. O‘zining turgan joyi, obyektlar va nishonlarning joylashgan joylari hamda harakatlanish yo‘nalishini nisbatlab aniqlashda foydalaniladigan mahalliy predmetlar hamda relyef shakllari oriyentirlar deb ataladi. Ular odatda shakli, rangiga ko‘ra, farqlanadi va o‘rab turgan hududni ko‘zdan kechirishda oson taniladi.

Oriyentirlarning maydonli, chiziqli va nuqtali turlari mavjud. Maydonli oriyentirlarga aholi punktlari, o‘rmonning alohida bo‘laklari,

ko‘llar, botqoqliklar va boshqa katta maydonli obyektlar kiradi. Bunday oriyentirlar hududni o‘rganishda oson tanib olinadi va yodda saqlanib qoladi.

Chiziqli oriyentirlar unchalik katta bo‘lmagan kenglikka ega, katta uzunlikdagi mahalliy predmetlar va relyef shakllari bo‘lib, ularga yo‘llar, daryolar, kanallar, elektr uzatish tizimlari, tor pastliklar va boshqalar kiradi. Qoidaga ko‘ra, ulardan harakat yo‘nalishini saqlash uchun foydalaniladi.

Nuqtali oriyentirlarga turli shakllardagi qurilishlar, zavod va fabrikalarning quvurlari, retranslyatorlar, ko‘priklar, yo‘llarning chorrahalari, karyerlar, chuqurlar va uncha katta maydonni egallamaydigan boshqa mahalliy predmetlar hamda relyef shakllari kiradi.

11

Page 13: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Bo‘linmaning hududda ishonchli oriyentir olishini ta’minlash ko‘p jihatdan to‘g‘ri oriyentir tanlashga ham bog‘liq. Kunduzgi harakatlanish yo‘nalishini saqlash uchun uzoqdan oson taniladigan oriyentirlar tanlanadi, masalan, alohida kichik o‘rmonlar, minora shaklidagi inshootlar, daraxtlar va shularga o‘xshash nuqtali oriyentirlar. Harakatlanish davomida yangi oriyentirlar tanlanib boriladi. Ko‘rinish cheklangan sharoitlarda harakat yo‘nalishini saqlash uchun chiziqli oriyentir tanlanadi.

Qish mavsumida alohida ajralib turuvchi qora rangli predmetlarni oriyentir uchun tanlash lozim, chunki qor qoplamining mavjudligi tufayli relyef shakllarining belgilari sezilmay qoladi.

Oriyentirlarni tanlashda har xil nuqtalardan qaralib, ulardagi ko‘rinishlar, va o‘zaro joylashgandagi o‘zgarishlarni hisobga olish zarur. Bu holat asosan tog‘li hududlarga xos. Oriyentir sifatida tanlangan predmetlar va relyef shakllari ba’zan tog‘ yo‘llari bo‘ylab harakatlanib borilayotganida, ko‘zdan yo‘qotilishi mumkin.

Shunday qilib, oriyentir olishda bo‘linmalarning hududda qanday sharoitlarda harakatlanishi hisobga olinishi lozim. Operativ vaziyatlarda oriyentirlardan o‘zi turgan joy va harakatlanish yo‘nalishini aniqlashdan tashqari, nishonlarni ko‘rsatish, bo‘linmalar va o‘t ochishni boshqarishda ham foydalaniladi. Bunday vaziyatlarda oriyentirlar katta boshliqlar tomonidan belgilanadi. Bo‘linmalarning komandirlari zarurat bo‘lganidagina qo‘shimcha oriyentirlarni tanlaydilar. Oriyentir uchun mahalliy ancha barqaror predmetlar va relyef shakllari tanlanishi zarur, masalan, balandliklar, yo‘llarning ajralish joylari. Bunday joylar jang maydonida ham saqlanib qoladi.

Oriyentirlar iloji boricha old tomondan, bir xil uzoqlikda tanlanadi, bu nishonlarning joylashgan joyini tez va aniq ko‘rsatishga imkon yaratadi. Oriyentir o‘ngdan chapga, marralar bo‘yicha esa o‘zi turgan joydan dushman tomoniga qarab raqamlanadi. Har bir oriyentirga uni yodda saqlash uchun qulay, xos belgilarni hisobga olib, shartli nomlar qo‘yiladi, masalan, balandlik – «Yassi», kichik o‘rmon – «Uzun», «Sariq jarlik». Katta boshliq tomonidan tayinlangan oriyentirlarning raqamlari va nomlari o‘zgartirilmaydi.

Bo‘linma komandiri qo‘l ostidagilarga oriyentirlar bo‘yicha vazifa tayinlaydi. Masalan, «Sektorda kuzatilsin: o‘ngdan oriyentir ikkinchi – tepalik «Yassi», chapda oriyentir uchinchi – «Sariq jarlik» yoki o‘ngdan oriyentir beshinchi – singan daraxt, chapdan oriyentir birinchi – kichik o‘rmon «Uzun».

12

Page 14: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

3. Hududda nishonlarni ko‘rsatish

Nishonlarni ko‘rsatishning umumiy qoidalari va usullari. Bo‘linmalarni boshqarishda hududdagi nishonlar, oriyentirlar va boshqa obyektlarni tez, to‘g‘ri ko‘rsata bilishning ahamiyati juda katta. Nishonlarni ko‘rsatish bevosita hududning o‘zida, xarita yoki aerofotosuratlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

Hududdagi nishonlarning joylashgan joylari qat’iy o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, qisqa, tushunarli va aniq ko‘rsatilishi lozim. Nishonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi ham umumiy oriyentirlarga ega bo‘lishi, ularning joylashgan joylarini aniq bilishi, hududlardagi obyektlarning yagona kodlangan nomlariga ega bo‘lishlari zarur.

Hududdagi nishonlarni ko‘rsatish usullari quyidagilar: oriyentir bo‘yicha; azimut va nishongacha bo‘lgan masofalar bo‘yicha; harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha; azimutal ko‘rsatkich (bashnya burchak o‘lchagichi orqali) bo‘yicha; qurolni nishonga to‘g‘rilash orqali; yonib boruvchi (trassiruyu�iy) o‘qlar (snaryadlar) va signal raketalari yordamida.

Oriyentir bo‘yicha nishonlarni ko‘rsatish – ancha keng tarqalgan usul. Dastlab nishonga eng yaqin bo‘lgan oriyentirning nomi, keyin oriyentir yo‘nalishi va nishon yo‘nalishi oralig‘idagi burchakning kattaligi mingliklarda ifodalanadi, nishon bilan oriyentir oralig‘idagi masofa esa metrlarda ko‘rsatiladi. Masalan, «Oriyentir – ikkinchi: o‘ngga – qirq, uzoqqa – ikki yuz, alohida butada – pulemyot».

Azimut va nishongacha bo‘lgan masofa bo‘yicha. Nishonga yo‘nalish azimuti kompas yordamida graduslarda aniqlanadi, nishongacha bo‘lgan masofa esa kuzatish qurilmasi yordamida yoki ko‘z bilan chamalab, metr-larda o‘lchanadi. Ushbu ma’lumotlar quyidagicha uzatiladi: «Azimut – o‘ttiz besh, uzoqlik – olti yuz, okopda – tank». Bunday usul, ko‘pincha, oriyentirlar kam hududda qo‘llaniladi.

Harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha – bunda harakatlanish dastlab yo‘nalish bo‘yicha, keyin esa yo‘nalishdan to nishongacha bo‘lgan masofa metrlarda ko‘rsatiladi. Masalan, «To‘g‘riga – sakkiz yuz, o‘ngga – uch yuz, PTUR – jangovar mashinasi».

Azimutal ko‘rsatkich (bashnya burchak o‘lchagichi) bo‘yicha – bunda mo‘ljal uchburchagi nishonga to‘g‘rilanadi, azimutal ko‘rsatkich turgan shkalagacha bo‘lgan burchak miqdori hisoblanadi, nishonga tomon yo‘nalish, uning nomi va masofasi haqida axborot beriladi. Masalan, «O‘ttiz besh nol-nol, o‘rmon yoqasida tankka qarshi qurol – yetti yuz».

Qurolni nishonga to‘g‘rilash (qaratish) orqali – bu usul uzatuvchi va qabul qiluvchi o‘zaro yonma-yon turganida qo‘llaniladi, masalan, tankda. Bunday holatda qurol nishon tomoniga to‘g‘ri qaratiladi, nishonning nomi

13

Page 15: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

hamda ungacha bo‘lgan masofa metrlarda ko‘rsatiladi. Masalan, «Bronetransportyor – besh yuz».

Yonib boruvchi (trassiruyu�iy) o‘qlar (snaryadlar) va signal raketalari yordamida – bu usul bilan nishonlarni ko‘rsatishda o‘q otishning tartibi va miqdori, signal raketalarining ranglari to‘g‘risida oldindan kelishib olinadi, nishonlarni ko‘rsatuvchi signallarni qabul qilish uchun esa kuzatuvchilar tayinlanadi.

4. Gorizont tomonlari yo‘nalishlarini aniqlash

Gorizont tomonlaridagi yo‘nalishlar bir-biriga o‘zaro bog‘liq. Agarda ularning faqat bittasi ma’lum bo‘lsa, unga qarab boshqa gorizont yo‘nalishlarini ham aniqlash mumkin. Masalan, shimol aniq, demak, uning qarama-qarshi yo‘nalishi – janub, o‘ng tomonda – sharq, chap – g‘arb tomon bo‘ladi.

1-rasm. Gorizont tomonlarining o‘zaro joylashishi.

14

Page 16: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Gorizont tomonlari yo‘nalishlari yuqorida ta’kidlanganidek, kompas, osmon yoritgichlari va mahalliy predmetlarning ba’zi bir belgilari yordamida aniqlanadi.

Hududda oriyentir olishda Adrianov kompasi va artilleriya kompasidan keng foydalaniladi.

Kompas bilan ishlash qoidalari. Kompasning ishga yaroqliligini aniqlab olish uchun uning magnit strelkasi sezgirligini tekshirish zarur. Buning uchun kompas ishchi holatga keltirilib, unga biron-bir metall predmet yaqinlashtiriladi va uzoqlashtiriladi. Agarda strelka har safar o‘z joyini o‘zgartirib, keyin oldin ko‘rsatgan yo‘nalishiga qaytsa, u kerakli darajada sezgirdir. Kompas bilan ishlashda shuni esda tutish lozimki, kuchli elektromagnit maydonlar yoki yaqin joylashgan metall predmetlar ta’sirida uning strelkasi yo‘nalishidan magnit meridiani bo‘ylab og‘ishadi. Shu sababli gorizont tomonlarini aniqlashda elektr uzatish tizimlari, temir yo‘llar va yirik metall predmetlardan 40–50 metrga chetlashish zarur.

2-rasm. Adrianov kompasi: 1 – asos; 2 – limb; 3 – magnitli strelka; 4 – vizir moslamasi (mushka va

mo‘ljal); 5 – hisob ko‘rsatkichi; 6 – tormoz.

15

Page 17: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Kompas bo‘yicha gorizont tomonlarini aniqlash

Shimol, janub, g‘arb va sharqni kompas yordamida ancha qulay va tezda aniqlash mumkin. Buning uchun kompas gorizontal holatga keltiriladi, strelka tormozdan bo‘shatilib, uning muvozanat holatiga kelishi kutiladi. Shunda uning magnitli strelkasining qora rangli tomoni shimol tomonga yo‘nalgan holda to‘xtaydi. Shimolga tomon harakatlanish yo‘nalishidagi og‘ishni tekshirish yoki shimol yo‘nalishiga nisbatan hududdagi nuqtalarning joylashuvini aniqlash hamda hisoblash uchun kompas bo‘linmalarga bo‘lib chiqilgan. Bo‘linmalar ichki va tashqi shkalalardan tashkil topgan bo‘lib, ichki shkala 120 bo‘linmadan iborat va bu bo‘linmalar oralig‘idagi burchaklar 3° ga teng. Hisob soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0° dan 360° gacha olib boriladi. Tashqi shkala esa burchak o‘lchagichning beshta katta bo‘linmasiga (kompas shkalasining 10 bo‘linmasiga) teng, hisob soat strelkasining harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda olib boriladi.

«S» harfi shimolni ko‘rsatadi, shu harf o‘rnida nolinchi bo‘linma joylashgan, bu joyga qorong‘uda yorug‘lik tarqatuvchi uchburchak belgi qo‘yilgan. «V» harfi sharqni, «YU» janubni, «Z» g‘arbni bildiradi va ularning ostki qismiga ham yorug‘lik tarqatuvchi uchburchaklar qo‘yilgan.

Kompasning harakatlanuvchi qopqog‘ida vizir moslamasi (mo‘ljal va mushka) joylashgan bo‘lib, uning qarshisiga harakat yo‘nalishini kechasi belgilashga xizmat qiluvchi nur tarqatadigan ko‘rsatkich strelkalar o‘rnatilgan.

Osmon yoritgichlari bo‘yicha gorizont tomonlarni aniqlash

Quyosh bo‘yicha. Yilning vaqtiga bog‘liq ravishda quyoshning chiqish va botish joylari turlicha bo‘ladi: qishda quyosh janubi-sharqdan chiqib, janubi-g‘arbga; yozda shimoli-sharqdan chiqib, shimoli-g‘arbga botadi; bahor va kuzda sharqdan ko‘tarilib, g‘arbga botadi.

Kuning yarmida quyosh doimo janub yo‘nalishida bo‘ladi. Mahalliy predmetlarning eng qisqa soyasi soat 13 00 da hosil bo‘ladi. Vertikal joylashgan mahalliy predmetlarning soyalari bu vaqtda shimol yo‘nalishini ko‘rsatib turadi.

16

Page 18: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

3-rasm. Shimoliy yarimsharda o‘rtacha kengliklarda quyoshning chiqishi va botishi.

Quyosh va soat bo‘yicha. Quyosh va soat bo‘yicha gorizont tomonlarni aniqlash uchun soat strelkasini quyoshga qaratish kerak, bunda soat strelkasining yo‘nalishi bilan siferblatdagi 1 raqami o‘rtasida hosil bo‘lgan burchakni fikran teng ikkiga bo‘lish lozim. Burchakni bo‘lish uchun fikran hosil qilingan chiziq yo‘nalishining oldingi qismi janubni, orqa chekkasi esa shimolni ko‘rsatadi.

Bu usuldan foydalanilayotganda, soat 13 00 gacha chap tomondagi burchakni, soat 13 00 dan keyin esa o‘ng tomondagi burchakni bo‘lish zarur ekanligini esda tutish lozim.

17

Page 19: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

4-rasm. Quyosh va soat bo‘yicha gorizont tomonlarini aniqlash: a – soat 13 00 gacha; b – soat 13 00 dan keyin.

Qutb yulduzi bo‘yicha. Qutb yulduzi doimo shimolda joylashgan

bo‘ladi. Qutb yulduzini topish uchun, avvalo, Katta Ayiq yulduzlar turkumini topish zarur. U cho‘mich shaklida bo‘lib, ancha yorqin 7 ta yulduzdan iborat. Katta Ayiq yulduzlar turkumi topilganidan keyin, uning o‘ng chekkasidagi 2 ta yulduz orqali fikran chiziq o‘tkaziladi. Bu chiziqning uzunligi ushbu yulduzlar orasidagi masofaga nisbatan 5 marotaba katta bo‘lishi shart.

Ana shunday holatda shu chiziqning eng oxirida Qutb yulduzi joylashgan bo‘ladi. Qutb yulduzi ham boshqa yulduzlar turkumi, ya’ni Kichik Ayiq yulduzlar turkumining dum qismida joylashgan. Shunda Qutb yulduziga qaralsa, ana shu tomon shimol bo‘ladi.

Oy bo‘yicha. Yozda taxminiy oriyentir olish uchun oyning birinchi choragi soat 20 00 da janubda; kechasi soat 2 00 da g‘arbda; oyning oxirgi choragi tunggi soat 2 00 da sharqda; ertalab soat 8 00 da esa janubda bo‘lishini bilish zarur. Oy to‘lin bo‘lgan kunlarida esa gorizont tomonlari quyosh va soat bo‘yicha yuqoridagidek topiladi hamda bunday holatda oy quyoshning o‘rnida deb qabul qilinadi.

18

Page 20: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

5-rasm. Qutb yulduzi va soat bo‘yicha gorizont tomonlarini aniqlash.

Mahalliy predmetlarning belgilari yordamida gorizont tomonlarini aniqlash

Ninabargli daraxtlar tanasining janubiy qismida yelim shiralari ko‘proq

hosil bo‘ladi, chumolilar o‘zlarining inlarini daraxtlar va butalarning janub tomoniga quradilar. Shuningdek, ular inlarining janubiy qismi shimol qismiga nisbatan yotiqroq qiyalikka ega bo‘ladi. Qayinlar va qarag‘aylar qobiqlarining shimoliy tomoni qo‘ng‘irroq bo‘ladi, daraxtlarning tanalari, toshlar, qoyalarning shimoliy qismlari moh va lishayniklar bilan qoplangan bo‘ladi.

19

Page 21: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

6-rasm. Oy va soat bo‘yicha gorizont tomonlarini aniqlash.

20

Page 22: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

7-rasm. Hududdagi jismlar orqali gorizont tomonlarini aniqlash. Inshoot (bino)lar bo‘yicha. Gorizont tomonlariga qat’iy oriyentirlangan

binolarga cherkovlar, sinagoglar va machitlar kiradi. Xristian va lyuteran cherkovlarining mehroblari va butxonalari sharqqa,

qo‘ng‘iroqxonalari esa g‘arbga qaratib quriladi. Provoslav cherkovlari gumbazlaridagi hochlarning pastki yakka cho‘plarining pasaygan chekkasi janubga, ko‘tarilgan chekkasi shimolga qaratib o‘rnatiladi. Katolik cherkovlarining mehroblari binoning g‘arbiy qismida joylashadi.

Yahudiy sinagoglari va musulmon machitlari taxminan shimolga qaratib quriladi, ularning qarama-qarshi tomonlari esa – machitlarniki Arabistondagi Makkaga, sinagoglarniki Falastindagi Iyerusalimga qaratilgan bo‘ladi.

Budda monastirlarining sajdagohlari, sanamlarining old tomoni janubga qaragan bo‘ladi. O‘tovlarning eshiklari ham odatda janubga qaratilib o‘rnatiladi.

Qishloq joylarida qurilgan uylarning derazalari asosan janubiy tomonda joylashgan bo‘ladi, binolar devorlari janubiy qismining ranglari ko‘proq jilolanib (yorqin rangda) turadi.

Maydoni katta o‘rmonlarda gorizont tomonlarini aniqlashda daraxtlari qirqib hosil qilingan tor yo‘llarga e’tibor berish zarur, chunki ular shimol-janub va sharq-g‘arb yo‘nalishlarida qirqib hosil qilinadi. O‘rmonlar, shuningdek yo‘llar kesishgan joylardagi simyog‘ochlarga belgilab qo‘yilgan massivlarning raqamlari, yozuvlaridan ham tomonlarni aniqlash mumkin. Bu simyog‘ochlarning har to‘rt tomoniga qarama-qarshi tomondagi o‘rmon

21

Page 23: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

kvartali raqamini ko‘rsatuvchi yozuvlar yoziladi. Bunday holatda ikkita kichik raqamli tomon o‘rtasidagi qirra shimolni ko‘rsatadi.

Qorning erishi bo‘yicha. Ma’lumki, predmetlarning janubiy qismi shimoliy tomoniga nisbatan har doim ko‘proq qiziydi. Shu sababli predmetlarning janub qismida qorlar tezroq eriydi. Bu erta bahor va qishning isigan kunlarida jarliklar, qiyaliklar, daraxtlarning to‘nkalari hamda qor qoplagan harsang toshlarda ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Soya bo‘yicha. Kunning yarmida soyaning yo‘nalishi shimolga qaragan, uzunligi esa eng qisqa bo‘ladi.

Soyaning eng qisqargan paytini kutmasdan ham quyidagi usulda oriyentir olish mumkin: 1 m ga yaqin uzunlikdagi tayoq yerga tik holda suqib o‘rnatiladi, soyaning chekka uchi belgilab qo‘yiladi. Oradan 10–15 min. o‘tganidan keyin, ushbu harakat yana takrorlanadi, ya’ni soyaning chekka uchi belgilab qo‘yiladi. Soyaning birinchi marrasidan ikkinchi marrasigacha chiziq o‘tkaziladi va 2-belgidan bir qadam uzoqlikka uzaytiriladi. Bunda oriyentir oluvchi chap oyog‘ining uchini 1-belgining qarshisiga, o‘ng oyoq uchini esa o‘zi hosil qilgan chiziqning chekkasiga qo‘yadi. Huddi shu holatda u shimolga qarab turgan bo‘ladi.

5. Mahalliy vaqtni soatsiz aniqlash

Soat buzilganida yoki yo‘qolganida quyosh bo‘yicha azimutni o‘lchash orqali mahalliy vaqtni taxminiy aniqlash mumkin. Buning uchun azimut o‘lchab, aniqlanganidan keyin hosil bo‘lgan son 15 ga (quyoshning 1 soat davomida aylanish burchagi kattaligiga) bo‘linadi, olingan son mahalliy vaqtni bildiradi. Masalan, quyosh bo‘yicha azimut 180° ga teng, demak, vaqt soat 12 00 ga to‘g‘ri keladi.

6. Hududda yo‘nalishlarni aniqlash va ularni saqlash

Harakat yo‘nalishi, shuningdek mahalliy predmet tomoniga yo‘nalish magnit azimuti yoki ma’lum bir masofadagi oriyentirga nisbatan boshlang‘ich yo‘nalishdan o‘lchanadigan gorizontal burchak bo‘yicha aniqlanadi va ko‘rsatiladi.

Magnit azimuti – magnit meridiani shimoliy yo‘nalishidan predmet yo‘nalishigacha soat strelkasi yo‘li bo‘yicha o‘lchanadigan gorizontal burchak. Uning miqdori 0° dan 360° gacha bo‘lishi mumkin.

Yo‘nalish magnitli azimut kompas yordamida quyidagi tartibda aniqlanadi: kompas magnit strelkasi tormozidan bo‘shatiladi, kompasning o‘zi gorizontal tekislikka qo‘yilib, kompas strelkasi shimoliy yo‘nalishi shkalaning nolinchi bo‘linmasi qarshisiga to‘g‘ri kelguniga qadar buraladi. Keyin kompasning holati o‘zgartirilmasdan, vizir moslamasi seligi (mo‘ljali)

22

Page 24: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

va mushkasi orqali o‘tadigan vizirlash chizig‘i predmetga bo‘lgan yo‘nalishga mos holatga keltiriladi. Shkala bo‘yicha mushkaga qarshi hisoblash mahalliy predmetga yo‘nalishni magnitli azimutini aniqlovchi kattalik (miqdor) ga mos keladi.

Turish nuqtasidan mahalliy predmetgacha bo‘lgan yo‘nalish azimuti to‘g‘ri magnit azimuti deb ataladi. Ba’zi bir hollarda, masalan, orqaga qaytish yo‘lini izlab topish uchun teskari azimutdan foydalaniladi va u to‘g‘ri azimutdan 180° ga farq qiladi.

Berilgan magnit azimuti bo‘yicha hududdagi yo‘nalishni aniqlash uchun kompas shkalasida mushkaning qarshisiga berilgan magnit azimuti raqamiga teng hisob soni qo‘yilishi zarur. Keyin magnit strelkasi tormozidan bo‘shatilib, kompas gorizontal tekislikda buraladi va uning shimolni ko‘rsatuvchi strelkasi shkalaning nolinchi bo‘linmasi qarshisiga qo‘yiladi. Kompasning holatini o‘zgartirmasdan turib, selik (mo‘ljal) va mushka orqali vizirlash chizig‘i bo‘ylab qaralib, hududda ma’lum bir uzoqlikdagi oriyentir aniqlanadi. Bu oriyentirgacha bo‘lgan yo‘nalish berilgan azimutga mos keladigan yo‘nalish bo‘ladi.

Harakat yo‘nalishini saqlash. Berk hududlarda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlana olish oriyentir olish uchun o‘ta muhimdir. Odam qadamining biri ikkinchisiga nisbatan qisqaroq bo‘lganligi sababli harakat yo‘nalishi diqqat bilan kuzatib borilmasa, kishi o‘zi sezmagan holda yon tomonga og‘ib harakatlanishi mumkin.

Harakat yo‘nalishini kompassiz saqlash uchun ko‘p hollarda chiziqli oriyentirlar (irmoqlar, o‘rmon yoqalari, elektr uzatish tizimlari va h. k.)dan foydalaniladi. Ochiq yoki yarim berk hududlarda shunday maqsadlarda uzoqdan ko‘rinadigan nuqtali oriyentirlar (bashnya ko‘rinishidagi qurilishlar, alohida inshootlar, ajralib turuvchi relyef shakllari)dan foydalaniladi. Ma’lum bir uzoqlikdagi tanlangan yoki ko‘rsatilgan mahalliy predmetga (oriyentirga) borish uchun ko‘zdan yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan yarim berk hududlarda dastlabki nuqtadan uzoqroq oriyentirga o‘q chiziq o‘tkaziladi, shu o‘q chiziqda joylashgan va harakatning butun qismi davomida ko‘rinib turadigan oriyentir belgilab olinadi, so‘ngra unga tomon harakatlaniladi. U yerga yetib borilganidan keyin, harakat yo‘nalishi bo‘ylab yangi oriyentir tanlanadi. Bunday oriyentirlar yordamchi oriyentirlar deb ataladi. Osmon yoritgichlari orqali harakat yo‘nalishini saqlash ancha qulay: kunduzi quyosh, kechasi oy va yorqin yulduzlar bo‘yicha. Ular yordamchi oriyentirlar bo‘lib xizmat qiladi.

Quyosh va oyning fazoda har soatda o‘z holatini 15° ga o‘zgartirishini esda saqlash, berk hududda uzoq vaqt harakatlanilayotganda bu o‘zgarishni hisobga olish zarur. Yordamchi oriyentirlar o‘rnida yana tog‘ cho‘qqilari va

23

Page 25: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

harakat yo‘nalishi bo‘ylab yoki uning yon tomonlarida joylashgan, uzoqdan ko‘rinuvchi mahalliy predmetlar ham xizmat qilishi mumkin.

7. Azimut bo‘yicha harakatlanish

Azimut bo‘yicha harakatlanishning mohiyati hududda ko‘rsatilgan yo‘nalish va masofaga amal qilishdan iboratdir.

Azimut – shimoliy yo‘nalish bilan biron-bir mahalliy predmetgacha bo‘lgan yo‘nalish oralig‘idagi burchak.

Azimutlar soat strelkasi bo‘yicha 0° dan 360° gacha hisoblanadi. Azimutni kompas bo‘yicha aniqlash. Xududda azimutni aniqlash uchun

quyidagilar bajarilishi zarur: – azimuti aniqlanishi talab qilinayotgan tomonga qarab turish; – kompasni oriyentirlash, ya’ni uning nolinchi bo‘linmasini (yoki S

harfini) kompas strelkasining qora rangli chekkasiga to‘g‘rilash; – kompas qopqog‘ini buragan holatda, vizir moslamasini predmetga

qarab yo‘naltirib to‘g‘rilash; – predmetga qaratilgan vizir moslamasiga bo‘lgan azimut kattaligini

hisoblash. Quyidagilar hududdagi azimutni aniqlash uchun zarur: – kompas vizir moslamasi ko‘rsatkichini ko‘rsatilgan azimut kattaligiga

mos ravishda o‘rnatish; – kompasni shunday burish zarurki, vizirning ko‘rsatkichi oldingi

tomonda turadigan bo‘lsin; – kompas bilan birga shunday burilish kerakki, kompasning nolli

nuqtasiga strelkaning shimoliy chekkasi to‘g‘ri kelsin. Bunday holatda vizir ko‘rsatkichining yo‘nalishi ko‘rsatilgan azimut bo‘yicha yo‘nalishni ko‘rsatadi.

Vizir chizig‘ini predmetning yo‘nalishi bilan bir holatga keltirish (moslash) uchun kuzatishni vizir chizig‘idan predmet va teskari tomonga ko‘plab marta takrorlash kerak. Kompasni ko‘zning balandligi darajasida ko‘tarish tavsiya etilmaydi, chunki o‘lchash aniqligi kamayadi. Adrianov kompasi yordamida azimutlarni o‘lchash aniqligi ± 2–3° ni tashkil qiladi.

Azimut bo‘yicha harakatlanish. Belgilangan (ko‘rsatilgan) azimut bo‘yicha harakatlanish uchun quyidagilar bajarilishi zarur:

– harakatlanishning dastlabki hamda oxirgi punktlari oralig‘idagi hududlarni xaritaga asoslanib, o‘rganish va mahalliy predmetlar yordamida yaxshi taniladigan marshrutni tanlab olish;

– tanlangan marshrutni xaritada tasvirlash, marshrutning hamma qismlarini aniqlash;

24

Page 26: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

– marshrutning barcha qismlarini qadamlar uzunligi bo‘yicha xaritada aniqlash (bir juft qadam uzukligi o‘rtacha 1,5 metrga teng);

– harakatlanish uchun to‘plangan hamma ma’lumotlarni jadval yoki chizma shaklida dala jurnaliga (kitobchasiga) yozib qo‘yish.

Dastlabki punktga yetib kelinganidan keyin esa, quyidagi vazifalar bajariladi:

– kompas bo‘yicha oriyentir olinadi; – kompasning harakatlanuvchi halqasi ko‘rsatkichni marshrutning

birinchi qismi azimuti kattaligiga teng hisob (son) qarshisiga o‘rnatiladi (qo‘yiladi, bizning misolimizda u 335° ga teng);

– strelkaning shimoliy chekkasi nolinchi bo‘linmaga to‘g‘ri kelgunga qadar kompas ohista buraladi. Shunda azimut bo‘yicha harakat yo‘nalishi 335° ga tengligini vizir moslamasi ko‘rsatadi;

– shu yo‘nalishdagi biron-bir predmet tanlanib, unga tomon yuriladi. Predmetga yetib kelinganidan keyin, kompasda belgilangan yo‘nalish tekshiriladi va birinchi burilish nuqtasigacha harakat davom ettiriladi;

– birinchi burilish nuqtasida navbatdagi burilish nuqtasiga kompas bo‘yicha azimut aniqlab, o‘rnatiladi va dastlabki punktdan harakatlanilganidek, unga tomon harakatlaniladi.

To‘siqlarni aylanib o‘tish. Azimut bo‘yicha harakatlanilayotganida tabiiy va sun’iy to‘siqlar (botqoqliklar, minalashtirilgan maydonlar, daraxtlari qulagan o‘rmonlar) uchrab turadi, shu sababli ular orqali o‘tilganidan ko‘ra, aylanib o‘tish qulayroq. Aylanib o‘tish tartibi to‘siqlarning kengligi va xususiyatlariga bog‘liq. Agarda to‘siqning qarama-qarshi tomoni ko‘rinarli bo‘lsa, unda A nuqtada bosib o‘tilgan juft qadamlar soni yozib qo‘yiladi. Keyin to‘siqning qarama-qarshi tomonidagi harakatlanish yo‘nalishidan biron-bir oriyentir (V nuqta) belgilab qo‘yiladi, ungacha bo‘lgan masofa esa bironta oddiy usul bilan aniqlanadi va bosib o‘tilgan yo‘l uzunligiga qo‘shiladi. Shundan keyin to‘siq chegarasi bo‘ylab aylanib o‘tiladi. V nuqtada kompas yordamida kerakli yo‘nalish aniqlanadi va shu yo‘nalish bo‘yicha marshrutning navbatdagi burilish nuqtasigacha harakatlanish davom ettiriladi.

Ba’zi bir hollarda to‘siq orqasida belgilab olingan oriyentir (V nuqta)ni unga yetib kelinganidan keyin tanish qiyin bo‘ladi. Oriyentirga to‘g‘ri chiqilganini nazorat qilish uchun A nuqtada biron-bir belgi qoldiriladi, masalan, yo‘l ko‘rsatadigan qoziq o‘rnatiladi yoki daraxt to‘nkasi yo‘nib qo‘yiladi. V nuqtaga chiqilganida, A nuqtaga qarama-qarshi azimut aniqlanadi va bu azimut belgilangan azimut yo‘nalishidan 180° ga farq qiladi. Qarama-qarshi azimut bo‘yicha A nuqtada vizirlash amalga oshirilib,

25

Page 27: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

shu yo‘nalish A nuqta yo‘nalishiga aniq mos kelishiga ishonch hosil qilinganidan keyin harakat davom ettiriladi.

Agarda to‘siqning qarama-qarshi tomoni ko‘rinmas bo‘lsa, A nuqtaga yetib kelinganidan keyin, hudud o‘rganilib, to‘siqning qaysi tomonidan aylanib o‘tish qulayligi belgilanadi. Shundan keyin kompas bo‘yicha to‘siq chegarasi bo‘ylab (320°) harakatlanish azimuti aniqlanadi va juft qadamlar bilan hisoblab, uning chegarasigacha harakat qilinadi. Bunda to‘g‘ri chiziqli harakatga qat’iy amal qilish kerak. To‘siq chegarasidagi V nuqta (hududdagi har qanday nuqta)da to‘xtalib, asosiy marshrut (50°) yo‘nalishiga mos keladigan harakat yo‘nalishi azimut bo‘yicha aniqlanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha to‘siqdan (narigi chekkasiga) chiqilguncha (S nuqtagacha) harakatlaniladi. S nuqtada AV chiziqqa parallel bo‘lgan harakat yo‘nalishi, ya’ni AV yo‘nalishga qarama-qarshi azimut (140°) aniqlanadi. SD yo‘nalish chizig‘i bo‘ylab harakatlanishda, AV chizig‘ida o‘lchanganga teng bo‘lgan juft qadamlar sanaladi, ya’ni ular 142 ta juft qadamni tashkil etadi.

D nuqtada to‘siqqa qadar harakat yo‘nalishiga (50°) mos keluvchi harakat yo‘nalishi azimut bo‘yicha aniqlanadi, A nuqtagacha o‘lchangan juft qadamlar miqdoriga VS masofasi (238 ta juft qadam) qo‘shiladi va oldindan ko‘zlangan murshrutning burilish nuqtasiga tomon harakat davom ettiriladi.

8-rasm. To‘siqlarni aylanib o‘tish: a – to‘siqning qarama-qarshi tomoni ko‘rinadi; b – to‘siqning qarama-qarshi

tomoni ko‘rinmaydi.

26

Page 28: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Azimut bo‘yicha harakatlanish aniqligi. Azimut bo‘yicha harakat-lanishda marshrutning burilish nuqtasiga chiqish aniqligi hududning xususiyati, ko‘rinish sharoiti, harakat yo‘nalishini aniqlash va masofalarni o‘lchashdagi xatoliklarga bog‘liq. Odatda chiqish kerak bo‘lgan burilish nuqtasidan og‘ishish o‘tilgan masofaning 1/10 qismidan ko‘pni tashkil qilmaydi, ya’ni 1 km bosib o‘tilgan har bir yo‘lda og‘ishish 100 metrdan oshiq bo‘lmaydi. Shuning uchun belgilangan masofa bosib o‘tilganidan keyin tanlangan oriyentirga chiqilmasa, unda oriyentirni bosib o‘tilgan masofaning 1/10 qismiga teng radiusli atrof aylanasidan izlash zarur.

Masofalarni o‘lchashning noaniqligini hisobga olib, oriyentirni yo‘qotmaslik uchun burilish nuqtalarida uzoqdan yaqqol ko‘zga tashlanuvchi oriyentirlarni tanlash lozim bo‘ladi.

27

Page 29: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

III bob. TOPOGRAFIK XARITALARNING TURLARI VA NOMENKLATURALARI

1. Topografik xaritalarning turlari va qo‘llanishining maqsadlari

Topografik xaritalar masshtablariga bog‘liq ravishda uch guruhga bo‘linadi.

1-jadval Xaritalar

ramkalarining o‘lchamlari

Xaritalarning turlari

Masshtab

Xaritalarning nomlanishi Kenglik bo‘yicha

Uzoqlik bo‘yicha

Yirik masshtabli 1:10 000 (1 sm da 100 m); 1:25 000 (1 sm da 250 m); 1 : 50 000 (1 sm da 500 m)

O‘n minglik Yigirma besh minglik yoki chorak kilometrlik xarita Ellik minglik yoki yarim kilometrlik xarita

2,5'

5'

10'

3,75'

7,5'

15'

O‘rtacha masshtabli

1 : 100 000 (1 sm da 1 km); 1 : 200 000 (1 sm da 2 km)

Yuz minglik yoki kilometrlik xarita Ikki yuz minglik yoki ikki kilometrlik xarita

20'

40'

30'

Kichik masshtabli 1 : 500 000 (1 sm da 5 km); 1:1000 000 (1 sm da 10 km)

Besh yuz minglik yoki besh kilometrlik xarita Millionlik yoki o‘n kilometrlik xarita

Yirik masshtabli xaritalar hududda bevosita o‘lchash yoki aerofotosuratlar bo‘yicha tayyorlanadi.

1:25 000 masshtabli xaritalar eng mukammal va aniq bo‘lib, ulardan ichki ishlar organlari bo‘linmalarining komandirlari hududdagi alohida, uncha katta bo‘lmagan uchastkalarni to‘liq o‘rganish va baholash, qurollangan jinoyatchilarni ta’qib qilish va qo‘lga olish, tog‘li va tepalikli hududlarda jangovar harakatlarni olib borishda foydalanadilar. U shuningdek aniq hisoblash va rejalashtirish yo‘li bilan hududda muhandislik inshootlarini

28

Page 30: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

qurish hamda o‘q otishni topogeodezik tayyorlash, patrullik qilish marshrutlari, profilaktika nozirlari tayanch punktlarini belgilash, ichki ishlar organlari bo‘linmalari jangovar tartibi guruhlarining joylashgan aniq joylarini (dastlabki marralarini) belgilash uchun qo‘llaniladi.

1:50 000 masshtabli xaritalardan hududni o‘rganish va baholash, oriyentir olish va nishonlarni ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Ichki ishlar organlari va ichki qo‘shinlar (IQ) bo‘linmalari odatda turli jang usullarini olib borishda, ayniqsa, mudofaani tashkil qilishda ulardan keng foydalanadilar.

Hujumda dushman mudofaasini yorib o‘tish, baland tog‘ cho‘qqilaridan oshib o‘tish, shuningdek aholi punktlarini qo‘lga kiritish uchun olib borilayotgan jangovar harakatlarda hududni o‘rganish va baholash uchun xaritadan foydalaniladi. Bunday xaritalardan o‘q otishni topogeodezik tayyorlash va hududni muhandislik jihozlash uchun hisoblarni bajarishda ham qo‘llaniladi.

O‘rtacha masshtabli xaritalar bevosita suratlar, shuningdek katta masshtabli xaritalar bo‘yicha tayyorlanadi.

1:100 000 masshtabli xaritalardan jangni rejalashtirish, hududni o‘rganish va uning taktik xususiyatlarini baholash, qo‘shinlarning o‘zaro hamjihat harakatlarini tashkil etish hamda boshqarish, hududda oriyentir olish va nishonlarni ko‘rsatish, qo‘shinlar jangovar tartibi elementlarini topogeodezik bog‘lash, dushman obyektlari (nishonlari) koordinatalarini aniqlash, shuningdek harbiy muhandislik inshootlari loyihalarini tayyorlash, hududni muhandislik jihozlash tartiblarini bajarishda qo‘llaniladi.

1:200 000 masshtabli xaritalar hududni o‘rganish va baholashda qo‘llaniladi. Ulardan qo‘shinlarning jangovar harakatlari va ularni ta’minlash tadbirlarini rejalash hamda qo‘shinlarni boshqarishda keng foydalaniladi. Xaritada yo‘llardagi tarmoqlar mukammal tasvirlanganligi uchun jangovar va boshqa texnikalarni harakatlantirishda undan foydalanishning imkoniyatlari qulay. Bunday xaritalarda yo‘llar tarmog‘idan tashqari, relyefning asosiy xususiyatlari, asosiy suv to‘siqlari, yirik tog‘ qiyaliklari va aholi punktlari mukammal tasvirlangan bo‘ladi. Shuning uchun yo‘lsiz hududlardagi harakatlanish imkoniyatlari, hududni himoyalash va niqoblash xususiyatlarini o‘rganishda ulardan foydalaniladi.

1:500 000 masshtabli xaritalar operatsiyalarni tayyorlash, o‘tkazishda hududning umumiy xususiyatlarini o‘rganish va baholash uchun qo‘llaniladi. Ulardan qo‘shinlarning o‘zaro hamjihat harakatini tashkil qilish va boshqarish, qo‘shinlar harakatlanishi uchun oriyentirlash va nishonlarni ko‘rsatish, shuningdek umumiy jangovar vaziyatni baholashda foydalaniladi.

29

Page 31: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

1:1 000 000 masshtabli xaritalar hududni umumiy baholash va yirik geografik hududlarning tabiiy sharoitlarini o‘rganish, harbiy harakatlar maydonini harbiy-geografik baholash, qo‘shinlarni boshqarish va boshqa vazifalarni hal qilish uchun qo‘llaniladi.

2. Topografik xaritalarning razgrafkasi va nomenklaturasi

Topografik xaritalarning har bir sahifasi trapetsiya shaklidagi ramkaga ega bo‘lib, uning yuqori va pastki tomonlari parallellar, yon tomonlari esa meridianlar hisoblanadi. Xaritalarning alohida sahifalarga bo‘linishi xaritalarning razgrafkasi deb ataladi, ko‘p sahifali xaritalarning belgilanishi esa xaritalar nomenklaturasi deyiladi. Xaritalarning sahifalarga bo‘linishiga asos qilib olingan geografik setkadan uning sahifasida tasvirlangan yer shari har qanday maydonining joylashgan holatini aniqlash mumkin. Undan tashqari xarita tomonlarining meridianlar va parallellar bilan mos kelishi xarita sahifalarining gorizont tomonlariga nisbatan joylashishini ko‘rsatadi, ya’ni ramkaning yuqori tomonidagi shimoliy yarim shar shimolni, pastki yarim shar janubni, chap tomon g‘arbni va o‘ng tomon sharqni ifodalaydi.

Turli masshtabli xaritalar sahifalarining standart o‘lchamlari 2-jadvalda ko‘rsatilgan.

2-jadval Sahifalarning o‘lchamlari

Hududda mos keladi (taxminan) Xaritalar

masshtablari kenglikbo‘yicha

uzunlik bo‘yicha

Ramka sahifasining yonlama uzunligi

(km)

Sahifalar yuzalari (54° kenglikda) km²

1:25 000 5' 7,5' 9 75 1:50 000 10' 15' 18 300 1:100 000 20' 30' 37 1 200 1:200 000 40' 1° 74 5 000 1:500 000 2° 3° 220 44 000

1:1 000 000 4° 6° 440 175 000 Xarita sahifalari nomenklaturasi. U yoki bu masshtabli va hududdagi

kerakli xarita sahifasini oson va tezda topish uchun har bir sahifaga ma’lum bir qoidaga asoslangan holda, harfli va raqamli belgi qo‘yilgan.

Xaritaning har bir sahifasi ushbu qatorga mos keladigan, lotin alifbosining bosh harflari va ustunlarga mos keluvchi raqamlar arab raqamlari bilan belgilanadi. Xarita sahifalarining bunday belgilanishi uning nomenklaturasi deb ataladi. Har bir sahifaning nomenklaturasi xarita ramkasining shimoliy tomonida ko‘rsatiladi. Sahifa nomenklaturasi yoniga ushbu xaritada joylashgan ancha yirik aholi punktining nomi yozib qo‘yiladi. Shuningdek har bir sahifada unga qo‘shni bo‘lgan sahifalarning

30

Page 32: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

nomenklaturalari ham ko‘rsatiladi. Bu yozuvlar xaritaning to‘rt tomoni tashqi ramkalarining o‘rtasiga joylashtiriladi.

Kenglik bo‘yicha 4° va uzoqlik bo‘yicha 6° li millionlik xarita sahifasining xalqaro razgrafkasi topografik xaritalarning nomenklaturasiga asos qilib olingan. Razgrafkaning dastlabki paralleli ekvator, dastlabki meridiani esa 180° uzoqlikli meridian hisoblanadi. Kenglik bo‘yicha 4° li mintaqalar qatorlar deb ataladi. Sahifalarning qatorlari lotin alifbosining bosh harflari (A dan V gacha) belgilanadi va ularning belgilanishi ekvatordan qutblarga tomon amalga oshiriladi.

Meridianlar oralig‘idagi sahifalar ustunlar deb ataladi. Sahifalar ustunlari 1 dan 60 gacha bo‘lgan arab raqamlari bilan raqamlanadi va ularning hisobi 180° uzoqlikli meridiandan boshlanib, g‘arbdan sharqqa tomon olib boriladi. Har 4° dan parallellar va 6° meridianlar o‘tkazilganida, yerning butun yuzasi trapetsiyalarga bo‘laklanib tashlanadi, o‘z navbatida, ularning har biri 1:1 000 000 xaritaning bir sahifasiga to‘g‘ri keladi.

Millionlik xarita sahifalarining kenglik bo‘yicha ustunlari Gauss loyihasi asosida topografik xarita tuzishda yer yuzasi ellipsoidini bo‘laklarga bo‘ladigan olti gradusli zonalarga mos keladi. Ularning farqi raqamlanishida xolos: zonalarni hisoblash boshlang‘ich (Grinvich) meridiandan, millionlik xarita sahifalarining ustunlari esa 180° li meridiandan boshlab hisoblanadi, natijada zonalar raqamlari ustunlar raqamlaridan 30 ga farq qiladi; shuning uchun xarita sahifasi nomenklaturasini bilish orqali uning qaysi zonaga tegishli ekanligini oson aniqlash, shuningdek zonaning raqami bo‘yicha ustunni aniqlash ham mumkin.

Masalan, Toshkent shahrining xarita sahifasi 12 zonada joylashgan (42–30=12), xuddi shuningdek ustunni ham aniqlash mumkin. Masalan, Toshkent shahri 12 zonada, bu holda, ustun 42 bo‘ladi (12+30=42). Agarda zona 30 dan kichik bo‘lsa, unga 30 ni qo‘shish zarur, agar 30 dan katta bo‘lsa, 30 ni ayirish kerak.

Millionlik xaritaning bitta sahifasidan quyidagilar hosil qilinadi: – 500 000 lik to‘rtta xarita sahifasi, ular A,B,V,G (K-42-A) bosh harflar

bilan belgilanadi; – 200 000 lik 36 ta xarita sahifasi, ular 1 dan XXXVI gacha bo‘lgan rim

raqamlari bilan belgilanadi hamda ularning nomenklaturasi K-42-XXII kabi shaklda yoziladi;

– 100 000 lik 144 ta xarita sahifasi, ular 1 dan 144 gacha bo‘lgan arab raqamlari bilan belgilanadi va ularning nomenklaturasi K-42-28 kabi shaklda yoziladi;

– 50 000, 25 000, 10 000 lik xaritalar sahifalari yuz minglik xaritalar sahifalaridan hosil qilinadi va yuz minglik xaritaning bitta sahifasidan;

31

Page 33: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

– 50 000 lik 4 ta xarita sahifalari rus alifbosining A,B,V,G harflari bilan belgilanadi hamda ularning nomenklaturasi K-42-28-A kabi shaklda yoziladi;

– 25 000 lik 16 ta xarita sahifalari rus alifbosining a,b,v,g kichik harflari bilan belgilanadi hamda ularning nomenklaturasi ham K-42-28-A kabi shaklda yoziladi;

– 10 000 lik 64 ta xarita sahifalari hosil bo‘ladi, 1,2,3,4 kabi arab raqamlari bilan belgilanadi hamda ularning nomenklaturasi K-42-28-A-a-1 kabi shaklda yoziladi.

Masshtab Harfli-raqamli nomenklaturasi

1:1 000 000 K-42

1:500 000 K-42-A

1:200 000 K-42-XXII

1:100 000 K-42-28

1:50 000 K-42-28-A

1:25 000 K-42-28-A-a

1:10 000 K-42-28-A-a-1

Razgrafka, sahifalarning soni, o‘lchamlari va nomeklaturalari 3-jadvalda

ko‘rsatilgan.

3-jadval Sahifaningo‘lchamlari

Xaritalarmasshtab-

lari

Ushbusahifani hosil

qilishdastlabki

sahifa

Dastlab-kisahifadan

hosilbo‘ladigansahifalarmiqdori

keng-lik

bo‘yi-cha

uzoq- lik

bo‘yicha

Dastlabkivaraqda

varaqlarni (raqamlash)

belgilash

Nomenkla-turalarning

yozilishnamunalari

1:1000000 dastlabki 1 4° 6° - N-36 1:500000 1:1000000 4 2° 3° A, B, B, G N-36-G 1:200000 1:1000000 36 10' 1° I,

II…XXXVI N-36-XII

1:100000 1:1000000 144 20' 30' 1, 2…..144 N-36-24 1:50000 1:100000 4 10' 15' A, B, B, G N-36-12-B 1:25000 1:50000 4 5' 7,5' a, b, v, g N-36-41-B-v 1:10000 1:25000 4 2,5' 3,75' 1, 2, 3,4 N-36-41-B-v-1

Xaritalarni tanlash va ularga talabnoma tuzish. Ma’lum bir hududga

zarur bo‘lgan xarita sahifasini tanlash va ularning nomenklaturasini tezda aniqlash uchun maxsus yig‘ma jadvallar mavjud. Ular gorizontal va vertikal

32

Page 34: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

chiziqlar bilan kataklarga bo‘lingan, ularning har biri ma’lum bir xarita sahifasiga qat’iy mos keluvchi kichik masshtabli chizmali xarita varaqalaridan iborat bo‘ladi. Yig‘ma jadvallarda masshtab, meridianlar va parallellarning yozuvlari, millionlik xarita razgrafkasida ustunlar, qatorlarning belgilanishi, shuningdek millionlik xarita sahifalari miqyosida ancha yirik masshtabli sahifalarning raqamlari ko‘rsatiladi.

Xaritaga talabnoma tuzishda so‘ralayotgan xarita sahifasining nomenklaturasi yig‘ma jadvalni o‘qish tartibida (chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga) hisoblab topiladi. Masalan, agarda Toshkent shahrining 1:50 000 va 1:100 000 lik xaritalarini yaratish zarur bo‘lsa, xaritaga talabnomada nomenklaturalar ro‘yxati quyidagicha bo‘ladi:

1:50 000 K-42-91-V G 103-A B 1:100 000 K-42-91 -103

33

Page 35: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

IV bob. XARITA BO‘YICHA MASOFALARNI O‘LCHASH VA NUQTALARNING KOORDINATALARINI ANIQLASH

1. Xarita bo‘yicha o‘lchash

Topografik xaritalarni yaratishda hududdagi barcha obyektlarning o‘lchamlari muayyan darajada kichraytiriladi. Bunday kichraytirish darajasi xaritaning masshtabi deyiladi. Masshtablar son bilan ifodalangan (sonli masshtab) yoki jadval ko‘rinishida (chiziqli, ko‘ndalang masshtabli) bo‘lishi mumkin.

9-rasm. Topografik xaritalar va shaharlar planida sonli va chiziqli

masshtablarni tuzish.

Odatda xarita bo‘yicha masofalarni o‘lchashda sonli yoki chiziqli masshtablardan foydalaniladi. Eng aniq o‘lchov ko‘ndalang masshtab orqali amalga oshiriladi.

34

Page 36: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

10-rasm. Chiziqli masshtabdan foydalanib, topografik xaritada

masofaning o‘lchangan qiymatini aniqlash.

Sonli masshtab – bu surati birga, maxraji esa hududning gorizontal chizig‘i xaritada necha marta kichraytirilganligi ko‘rsatuvchi songa teng bo‘lgan xarita masshtabi. Maxraj qancha kichik bo‘lsa, xaritaning masshtabi

35

Page 37: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

shuncha katta bo‘ladi. Masalan, masshtab 1:25 000 bo‘lib, joy elementlarining barcha chiziqli o‘lchovlari (ular yuza sathining gorizontal chizig‘i) xaritada ifodalanganida 25 000 marta kichraytiriladi.

Xaritadagi 1 sm ga mos keladigan hududning metr va kilometrlarda ifodalangan masofasi masshtabning kattaligi deyiladi. U xaritada sonli masshtab deb ko‘rsatiladi. Sonli masshtab qo‘llanilganida, xaritadagi santimetrlarda o‘lchangan masofa sonli masshtabning metrlarda ifodalangan maxrajiga ko‘paytiriladi. Masalan, 1:50 000 masshtabli xaritada ikki mahalliy predmet orasidagi masofa 4,7 sm ga teng, yerda bu 4,7x500 = 2350 m bo‘ladi. Hududda o‘lchangan masofani xaritada tasvirlash uchun uni sonli masshtab maxrajiga bo‘lish lozim. Masalan, hududdagi ikkita mahalliy predmetning oralig‘idagi masofa 1525 m ni tashkil qiladi, 1:50 000 masshtabli xaritada u 1525 : 500 = 3,05 sm teng bo‘ladi.

Chiziqli masshtab sonli masshtabning grafik ifodasidan iborat bo‘ladi. Chiziqli masshtabda raqamlangan bo‘laklar mavjud bo‘lib, bu raqamlar shu bo‘lakka hududda mos keladigan, metrlar va kilometrlarda ifodalangan masofani bildiradi. Bu masofalarni o‘lchash jarayonini ancha yengillashtiradi, chunki bunda hisoblab chiqish talab etilmaydi.

Chiziqli masshtab bo‘yicha o‘lchash o‘lchov sirkuli yordamida amalga oshiriladi. Uzun to‘g‘ri va egri-bugri chiziqlar xaritada qismlarga bo‘linib o‘lchanadi. Buning uchun o‘lchov sirkulining oyoqlari («qadami») 0,5–1 sm ga teng qilib o‘rnatiladi va shunday «qadam» bilan o‘lchov sirkuli oyoqchasi to‘xtamlarini hisobga olgan holda, o‘lchanadigan chiziq bo‘ylab yurgiziladi. Masofaning qolgan qismi chiziqli masshtab bo‘yicha o‘lchanadi. Masofa sirkul to‘xtamlarining sonini (chislo perestanovok sirkulya) kilometrlardagi «qadam»lar kattaligiga ko‘paytirib va olingan qoldiq miqdoriga qo‘shib hisoblanadi. Agar o‘lchov sirkuli bo‘lmasa, uning o‘rnida qog‘oz varag‘ini ishlatish mumkin. Unda xaritada o‘lchangan yoki unga masshtab bo‘yicha belgilangan masofa chiziqcha bilan belgilanadi.

Ko‘ndalang masshtab – bu metall plastinkaga o‘yilgan maxsus jadval. Uning tuzilishi burchak tomonlari kesishadigan parallel chiziqlar kesmalarining proporsionalligiga asoslangan.

Standart (normal) ko‘ndalang masshtab 2 sm ga teng katta va 2 mm ga teng kichik bo‘linishlarga ega.

Bundan tashqari, birinchi ostki gorizontal chiziq bo‘yicha 0,2 mm, ikkinchi bo‘yicha 0,4 mm, uchinchisi bo‘yicha 0,6 mm ga teng bo‘lgan vertikal va qiya chiziqlar o‘rtasidagi qismlar ham mavjud. Ko‘ndalang masshtab orqali istalgan masshtabdagi xaritada masofani o‘lchash yoki ajratib ko‘rsatish mumkin.

36

Page 38: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

11-rasm. Topografik xaritada egri chiziqni o‘lchagich sirkul bilan o‘lchash.

Masofalarni o‘lchash aniqligi. Topografik xaritalarda to‘g‘ri chiziqli kesilgan bo‘laklarning uzunligini o‘lchov sirkuli yoki ko‘ndalang masshtab orqali o‘lchash aniqligi 0,1 mm dan oshmaydi. Bu miqdor o‘lchashning oxirgi grafik chegaraviy aniqligi, xaritadagi 0,1 mm ga mos keladigan hududdagi masofasi esa xarita masshtabining oxirgi chegaraviy (predelnoy) grafik aniqligi deb ataladi.

Xaritadagi kesilgan bo‘laklar uzunligini o‘lchashning grafik xatosi qog‘oz deformatsiyasi va o‘lchash sharoitiga bog‘liq. Odatda bu o‘zgarish 0,5–1 mm atrofida bo‘ladi. Qo‘pol xatolarni bartaraf etish uchun xaritadagi kesilgan bo‘laklarni o‘lchashni ikki marta amalga oshirish lozim. Agar olingan natijalar 1 mm dan ortiq farqlanmasa, kesilgan bo‘laklar uzunligining oxirgi qiymati deb ikki o‘lchovning o‘rtachasi qabul qilinadi.

Turli masshtabdagi topografik xaritalar orqali masofalarni aniqlashdagi xatoliklar 4-jadvalda ko‘rsatilgan.

37

Page 39: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

12-rasm. Ko‘ndalang masshtab: 2, 36 sm masshtabi bo‘yicha hisob.

4-jadval Xarita masshtabi Oxirgi chegaraviy

grafik xato, mO‘rtacha xato, m

1:25000 2,5 12–25 1:50000 5 25–50 1:100000 10 50–100 1:200000 20 100–200 1:500000 50 250–500 1:1000000 100 500–1000

Chiziqlarning qiyaligi sababli masofaga tuzatish kiritish. Xaritada

o‘lchangan masofa har doim hududdagi masofadan birmuncha kichik bo‘ladi. Bu xaritada gorizontal chiziqning o‘lchami unga mos keladigan chiziqning hududdagi qiyaligidan kelib chiqadi.

13-rasm. Yuzaga (xaritaga) nishablik uzunligi proyeksiyasi: D1 – yuzadagi (xaritadagi) masofa; D – hududdagi masofa.

38

Page 40: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Xaritada o‘lchangan masofalardan haqiqiysiga o‘tish koeffitsienti 5-jadvalda ko‘rsatilgan.

5-jadval Qiyalik burchagi

graduslarda uglomer bo‘linishlarida

Xaritadagi chiziq uzunligidan joydagi masofaga o‘tish koeffitsienti

0 0–00 1,00 6 1–00 1,01 12 2–00 1,02 18 3–00 1,05 24 4–00 1,10 30 5–00 1,15 36 6–00 1,24

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xaritada o‘lchangan tekislik hududi

masofasi bilan haqiysining o‘rtasida farq juda kam. Xaritada past-baland, ayniqsa, tog‘li joylardagi masofalarni aniqlashning aniqligi sezilarli darajada kamayadi. Masalan, xaritada o‘lchangan 12o qiya burchakli ikki punkt orasidagi masofa 9270 m ga teng. Bu punktlar o‘rtasidagi haqiqiy masofa esa 9270x1,2 = 9455 m ga teng bo‘ladi.

Shunday qilib, xarita bo‘yicha masofa o‘lchanganida, chiziqlarning qiyaligi (relyefi)ni inobatga olib tuzatish kiritish zarur.

Xaritadan aniqlangan koordinatalar bo‘yicha masofalarni aniqlash. Bir koordinata zonasida joylashgan katta uzunlikdagi to‘g‘ri chiziqli masofalarni quyidagi formulaga asosan hisoblab chiqish mumkin:

S = � (h2 – h1)2 + (u2 – u1)2, bu yerda: S – huddudagi ikki nuqta oralig‘idagi masofa, metrlarda; h1 u1 – birinchi nuqtaning koordinatalari; h2 u2 – ikkinchi nuqtaning koordinatalari. Masofalarni aniqlashning bu usulidan artilleriya otishmasi uchun

ma’lumotlarni tayyorlash va shu kabi boshqa holatlarda foydalaniladi.

2. Marshrut uzunligini o‘lchash

Xarita orqali marshrut uzunligini o‘lchashda, odatda kurvimetrdan foydalaniladi (14-rasmga qarang).

Standart kurvimetr xaritadagi masofalarni o‘lchash uchun zarur asbob bo‘lib, bir tomoni metrik (0 dan 100 sm gacha), boshqa tomoni dyumli (0 dan 30,4 dyumgacha) bo‘lgan ikkita shkaladan iborat. Kurvimetr mexanizmi

39

Page 41: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

aylana g‘ildirakli bo‘lib, u tishli uzatish tizimi orqali strelkaga ulangan. Xaritadagi chiziq uzunligini o‘lchash uchun oldin g‘ildirakni aylantirib, kurvimetr milini shkalaning boshlang‘ich bo‘linishiga qo‘yish, keyin aylanma g‘ildirakni o‘lchanayotgan chiziq bo‘ylab yuritish kerak. Kurvimetr shkalasi bo‘yicha olingan natijani xarita masshtabi kattaligiga ko‘paytirish zarur.

14-rasm. Kurvimetr

KU-A:

1 – asos; 2 – shkala; 3 – strelka; 4 – ko‘rsatkich; 5 – yurgizadigan g‘ildirak.

Kurvimetrning to‘g‘ri ishlayotganligini oldindan ma’lum bo‘lgan chiziq uzunligi, deylik, xaritadagi kilometr setkali chiziqlar o‘rtasidagi masofani o‘lchash orqali tekshiriladi. Kurvimetr bilan 50 sm uzunlikdagi chiziqni o‘lchashdagi xato 0,25 sm dan oshmaydi.

Xaritadagi marshrutning uzunligi o‘lchov sirkuli bilan ham o‘lchanishi mumkin. Xaritada o‘lchangan marshrut uzunligi har doim haqiqiysidan birmuncha qisqaroq bo‘ladi, chunki xaritalar tuzilayotganida, ayniqsa, kichik mashtabli xaritalarda yo‘llar to‘g‘rilanadi. Past-baland va tog‘li joylarda

40

Page 42: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

ko‘tarilishlar va tushishlar hisobiga yo‘nalishning gorizontal belgisi bilan haqiqiy uzunligi o‘rtasida sezilarli farq mavjud bo‘ladi. Shu sababdan ham marshrut uzunligini xarita bo‘yicha o‘lchashda tuzatish kiritish zarur.

Tuzatish koeffitsientlari turli ko‘rinishdagi hududlar va turli masshtabli xaritalar uchun bir xil emas. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, past-baland va tog‘li joylarning xaritadagi o‘lchamlari bilan marshrutning haqiqiy uzunligi o‘rtasidagi farq ancha sezilarli. Masalan, 1:100000 masshtabdagi xaritada o‘lchangan tog‘li hududdagi marshrut uzunligi 150 km ga teng, uning haqiqiy uzunligi 150x1,20 = 180 km bo‘ladi.

Marshrut uzunligi xaritada o‘lchov sirkuli orqali o‘lchanganida, unga tuzatishni bevosita o‘lchov sirkulining «qadami»ni tuzatish koeffitsentini hisobga olgan holda o‘rnatib, kiritish mumkin.

6-jadval

Xarita masshtabi uchun tuzatish koeffitsiyenti Hudud1:50000 1:100000 1:200000 1:500000

Tekislik 1,0 1,0 1,05 1,05 Past-baland 1,05 1,10 1,15 1,20 Tog‘li 1,15 1,20 1,25 1,30

3. Maydonlarni o‘lchash

Xaritadagi hududning maydoni, ko‘pincha, o‘sha maydonni qoplagan koordinatalar setkasi kvadratlarini hisoblab, o‘lchanadi. Kvadratlar qismlarining kattaliklari ko‘z bilan chamalab yoki maxsus zobitlar chizg‘ichi orqali aniqlanadi. 1:50 000 masshtabli xaritadagi koordinatlar setkasi hosil qilgan har bir kvadrat hududdagi 1 km2ga, 1:100 000 masshtabli xaritada 4 km2, 1:200 000 masshtabli xaritada 16 km2 ga mos keladi.

Xarita yoki fotohujjat asosida katta maydonlarni o‘lchashda geometrik usul qo‘llaniladi, ya’ni bunda, avvalo, hududning chiziqli elementlari o‘lchanadi va keyin geometrik formulalar asosida ularning maydonlari hisoblab chiqiladi. Agar joy xaritada murakkab konfiguratsiyaga ega bo‘lsa, u to‘g‘ri chiziqlar orqali to‘g‘ri burchaklar, uchburchaklar, trapetsiyalarga bo‘linadi va hosil bo‘lgan figuralarning yuzasi hisoblab chiqiladi.

Yadroviy portlashlar oqibatida hosil bo‘lgan maydonning yuzasi R = �R2 formulasi orqali hisoblanadi. R radiusning kattaligi xarita bo‘yicha o‘lchanadi. Masalan, yadroviy portlash episentrida hosil bo‘lgan kuchli vayronalarning radiusi 3,5 km ga teng. Bunda R = 3,14 h 12,25 = 38,5 km2 bo‘ladi.

Yerning radiaktiv zararlanish maydoni trapetsiya yuzasini aniqlash formulasi bilan hisoblanadi. Bunday maydonni doira sektorining maydonini aniqlash formulasi orqali hisoblash mumkin.

41

Page 43: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

R a R = ________

2 bunda R – doira radiusi, km; a – xorda, km.

4. Azimutlar va direksion burchaklarni aniqlash

Azimutlar va direksion burchaklar. Yerdagi qandaydir obyektning holati, eng avvalo, qutb koordinatalari, ya’ni boshlang‘ich yo‘nalish va obyektga tomon yo‘nalish oralig‘idagi burchak hamda obyektgacha bo‘lgan masofa orqali aniqlanadi, ko‘rsatiladi. Boshlang‘ich sifatida geografik meridian, magnit meridiani yo‘nalishi yoki xarita koordinatalar setkasining vertikal chizig‘i tanlanadi (15-rasmga qarang).

Boshlang‘ich yo‘nalish deb qandaydir uzoqlikdagi oriyentirga bo‘lgan yo‘nalish ham qabul qilinishi mumkin. Qaysi yo‘nalish boshlang‘ich deb qabul qilinganiga bog‘liq ravishda, geografik azimut A, magnit azimuti Am, direksion burchak � va burchak holati � farqlanadi.

Geografik azimut – bu nuqta meridiani tekisligi va shu yo‘nalishdan o‘tuvchi vertikal tekislik oralig‘idagi ikki qirrali burchak harakati yo‘nalishida hisoblab topiladi.

Magnit azimuti AM – soat strelkasini harakat yo‘li bo‘ylab magnit meridianining shimoliy yo‘nalishida hisoblab chiqilgan gorizantal burchak.

Direksiion burchak � – ushbu nuqta orqali o‘tayotgan yo‘nalish va abssissa o‘qiga parallel chiziq oralig‘idagi burchak bo‘lib, abssisa o‘qining shimoliy yo‘nalishdan boshlab soat strelkasi harakat yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha hisoblab o‘tiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha burchaklar 0 dan 360o gacha qiymatga ega bo‘lishi mumkin.

Holatning burchagi (ugol polojeniya) boshlang‘ich sifatida qabul qilingan � yo‘nalishdan ikki tomonga qarab o‘lchanadi. Obyekt holati burchagini aytishdan oldin uning boshlang‘ich yo‘nalishidan qaysi (o‘ng, chap) tomoniga qarab o‘lchangani ko‘rsatiladi.

Direksion burchak va geodezik azimutlarni xaritada o‘lchash transportir, artilleriya doirasi yoki xordouglomer orqali amalga oshiriladi. Transportir bilan direksion burchaklarni o‘lchash 16-rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

42

Page 44: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

15-rasm. Topografik xaritada chiziq yo‘nalishining geografik azimuti o‘lchangan bo‘lsa, uning magnit azimuti va direksion burchagini aniqlash.

Boshlang‘ich nuqta bilan mahalliy predmet o‘zaro to‘g‘ri chiziq orqali

ulanadi. Bu holda to‘g‘ri chiziq koordinatalar setkasining vertikal chizig‘i bilan kesishgandan keyingi uzunligi transportir radiusidan katta bo‘lishi kerak. Keyin transportir markazini to‘g‘ri chiziq bilan koordinatalar setkasi vertikal chizig‘ining kesishish nuqtasiga to‘g‘rilab, shu vertikal chiziqqa qo‘yiladi. Shundan keyin ikki chiziq orasiga to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va mana shu burchak direksion burchak bo‘ladi. Zobitlar chizg‘ichidagi transportir bilan burchak o‘lchanganida, xatolik o‘rtacha 0,5° (0–08) ni tashkil etadi.

Gradus o‘lchovida berilgan direksion burchak bilan xaritada yo‘nalish chizish uchun boshlang‘ich punkt shartli belgisining asosiy nuqtasi orqali koordinatlar setkasining vertikal chizig‘iga parallel chiziqni o‘tkazish kerak. Chiziqqa transportir qo‘yiladi va direksion burchakka teng bo‘lgan transportir shkalasining mos bo‘linishi qarshisiga nuqta qo‘yiladi.

43

Page 45: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Shundan so‘ng ikki nuqta orqali ushbu direksion burchak yo‘nalishi bo‘ladigan to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi.

16-rasm. Xaritadan transportirda direksion burchaklarni o‘lchash: a – ko‘prik yo‘nalishidagi direksion burchak 274° ga teng; b – chuqurlik

yo‘nalishidagi direksion burchak 65º ga teng. Xordouglomer metall plastinkaga ko‘ndalang masshtab ko‘rinishida

o‘yib yozilgan maxsus jadvaldan tashkil topgan. U aylana radiusi R, markaziy burchak �, va xorda a ning nisbatidan iborat.

O‘lchov birligi sifatida (za yedinitsu) uzunligi taxminan aylana radiusiga teng bo‘lgan 60o (10–00) burchak xordasi qabul qilingan.

Xordouglomerning oldingi gorizontal shkalasida 1–00 ustiga 0–00 dan 15–00 gacha bo‘lgan burchakka mos keladigan xorda kattaligi qayd qilingan. Kichik bo‘linishlar (0–20, 0–40 va h. k.) 2, 4, 6, 8 raqamlari bilan yozib qo‘yilgan. Chap vertikal shkalasidagi 2, 4, 6 va boshqa raqamlar uglomer birliklaridagi burchaklarni anglatadi (0–02, 0–04, 0–06 va h. k.). Pastki gorizontal va o‘ng vertikal shkaladagi bo‘linish raqamlari 30–00 burchakkacha bo‘lgan qo‘shimcha xordalar uzunligini aniqlashga mo‘ljallangan.

Xordouglomer orqali burchakni o‘lchash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: dastlabki punkt shartli belgilarining asosiy nuqtasi va direksion burchak aniqlanadigan mahalliy predmetning asosiy nuqtasi orqali xaritada uzunligi 15 sm dan kichik bo‘lmagan ingichka to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. Shu

44

Page 46: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

chiziq bilan xaritadagi koordinatlar setkasining vertikal chizig‘i kesishadigan nuqtadan o‘lchov sirkuli orqali xordouglomerning 0 dan 10 gacha bo‘lgan katta bo‘linishlardagi masofasiga teng radius bilan o‘tkir burchak hosil bo‘lgan chiziqda kesik hosil qilinadi. Keyin xorda – belgilar orasidagi masofa o‘lchanadi. O‘lchov sirkulining burchagini o‘zgartirmay, uning chap ignasini o‘ng igna qaysidir qiya va gorizontal chiziqlar kesishmasiga mos kelmagunga qadar tutib turish kerak. Xordouglomer shkalasining vertikal chizig‘ining chap va o‘ng ignalari har doim bir gorizontal chiziqda bo‘lishi lozim.

Agar burchak 15–00 (90o) dan kichik bo‘lsa, xordouglomerning yuqori shkalasi bo‘yicha katta bo‘linishlar va uglomerning o‘nlab kichik bo‘linishlari, chap vertikal shkala bo‘yicha esa uglomer bo‘linishining birliklari hisoblanadi.

Agar burchak 15–00 dan katta bo‘lsa, 30–00 gacha bo‘lgan qo‘shimchalar o‘lchanadi, hisoblar pastki gorizontal va o‘ng vertikal shkalalar bo‘yicha olinadi.

Xordouglomer bilan burchakni o‘lchashning o‘rtacha xatosi 0–01–0–02 ni tashkil qiladi.

45

Page 47: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

V bob. YER YUZASIDAGI OBYEKTLARNING KOORDINATALARINI ANIQLASH

1. Harbiy topografiyada qo‘llaniladigankoordinatalar tizimi

Koordinatalar tizimi fazoda muayyan tartibda oriyentirlangan chiziqlar va tekisliklarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularga nisbatan nuqta (obyekt, nishon)larning joylashishi aniqlanadi. Boshlang‘ich sifatida qabul qilingan chiziqlar koordinata o‘qlari, tekisliklar esa koordinatalar tekisligi bo‘lib xizmat qiladi. U yoki bu koordinatalar tizimi orqali chiziqdagi, yuzadagi yoki fazodagi nuqtalarning joylashish holati aniqlanadigan burchakli yoki chiziqli kattaliklarga koordinatalar deyiladi.

Yer ustidagi nuqtalarning holati, talab qilinadigan aniqlik va hal qilinadigan vazifa xususiyatiga bog‘liq holda, geografik, yassi to‘g‘ri burchakli, qutbli va ikki qutbli koordinatalar tizimlari aniqlanadi. Har bir koordinatlar tizimidagi nuqtaning fazoviy holati qo‘shimcha ravishda shu nuqtaning boshlang‘ich sifatida qabul qilingan yuza balandligi orqali aniqlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan koordinatalar tizimlari harbiy topografiyada keng qo‘llaniladi. Ular bevosita xarita va joylarda amalga oshirilgan o‘lchashlarning natijalari bo‘yicha yer yuzasidagi nuqtalarning holatini zaruriy aniqlashning imkonini beradi.

Geografik koordinatalar tizimi deb, ekvator tekisligi va boshlang‘ich meridianga nisbatan yer yuzasidagi nuqtalar holatining burchak kattaliklari bilan aniqlanadigan tizimiga aytiladi. Sobiq Ittifoqda va boshqa bir qator davlatlarda boshlang‘ich meridian sifatida Grinvich meridiani qabul qilingan. Geografik koordinatalar hisobi boshlang‘ich meridian bilan ekvatorning kesishgan joyidan boshlanadi.

Shunday qilib, geografik koordinatalar tizimi yerning butun yuzasi uchun yagonadir. U bir-biridan sezilarli darajadagi masofada joylashgan obyektlarning o‘zaro joylashish holatini aniqlash imkonini beradi. Harbiy sohada bu tizimdan uzoq masofaga yo‘naltiriladigan jangovar vositalarni (ballistik raketalar, aviatsiya va h. k.) qo‘llashda foydalaniladi. Taktik vazifalar bajarilayotganda ushbu tizimni qo‘llash graduslarda, minutlarda va sekundlarda ifodalanuvchi noqulayliklar cheklashlarni vujudga keltiradi.

Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi hududiy (zonal) hisoblanadi. Yer yuzi bo‘linadigan olti gradusli har bir zonasini xaritada Gauss proyeksiyasi asosida tasvirlashda yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi qo‘llaniladi.

46

Page 48: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

17-rasm. Tekis to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi. Koordinat o‘qlari sifatida zonaning meridian o‘qlari va ekvator xizmat

qiladi. Har bir zona tekislik sifatida qabul qilinadi. Shunday qilib, olti gradusli zona yer yuzidagi nuqtaning rejali holati shu zona o‘q meridiani va ekvatorga nisbatan ikkita chiziqli kattalik bilan aniqlanadi.

Koordinatalar zonalari g‘arbdan sharqqa tomon o‘sib boruvchi 1 dan 60 gacha bo‘lgan tartib raqamiga ega. Birinchi zonaning g‘arbiy meridiani Grinvich meridianiga mos keladi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir zonaning koordinata o‘qi yer yuzasida qat’iy belgilangan holatni egallagan. Shuning uchun qaysidir zonaning yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi boshqa zonaning koordinatalar tizimi va yer yuzidagi nuqtalarning geografik koordinatlar tizimi bilan bog‘liq.

Hududda va xarita bo‘yicha amaliy vazifalarni hal qilishda to‘g‘ri burchakli koordinatalar qo‘llaniladi. Ular geografik koordinatalardan qulayroq, chunki burchak kattaliklariga nisbatan chiziqli kattaliklarni qo‘llash osonroq.

47

Page 49: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Qutbli koordinatalar tizimi qutb deb nomlanuvchi nuqtadan va qutb o‘qining boshlang‘ich yo‘nalishidan iborat bo‘ladi. Bu koordinatalar tizimi yer yuzidagi istalgan nuqtaning holati qutb o‘qi va qutbdan nuqtagacha bo‘lgan masofaga nisbatan unga yo‘nalgan burchak bilan aniqlanadi.

Ikki qutbli koordinatalar tizimi qutb deb belgilangan ikki nuqtadan va ular orasidagi bazis deb ataluvchi yo‘nalishdan iborat bo‘ladi. Yer yuzidagi istalgan nuqtaning holati qutbdan bazis nuqtasiga nisbatan ikki yo‘nalishdagi burchaklar bilan aniqlanadi. Agar qutblar o‘rtasida ko‘rinish bo‘lmasa, koordinatalarning bu tizimidagi nuqtaga yo‘nalishni qandaydir boshqa, boshlang‘ich sifatida qabul qilingan magnit meridiani yo‘nalishiga nisbatan aniqlash mumkin. Ikki qutbli koordinatalar tizimi, ko‘pincha, nishonni belgilash uchun artilleriyada qo‘llaniladi.

2. Geografik koordinatalar

Osmon yoritgichlarini kuzatish natijalari asosida aniqlangan yer yuzasidagi nuqtalarning geografik koordinatalari astronomik koordinatalar, geodezik o‘lchov natijalari asosida aniqlanganlari geodezik koordinatalar deb ataladi. Astronomik koordinatlarni aniqlashdagi nuqta geoid yuzasiga tik chiziq bilan proyeksiya qilinadi, geodezik koordinatlarni aniqlashda esa yer ellipsoidi yuzasiga to‘g‘ri chiziq (normal) bilan proyeksiya qilinadi.

Yer massasining notekis bo‘linishi va geoid yuzasining yer ellipsoidi yuzasidan og‘ishi natijasida tik chiziq umumiy hollarda me’yoriy chiziqqa mos kelmaydi.

18-rasm. M nuqtasining og‘ishi va osma chizig‘i.

48

Page 50: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Shunday qilib, geografik koordinatalar – tik chiziqning og‘ishi hisobiga olinmaydigan astronomik va geodezik koordinatalarning umumlashtirilganidir.

3. Astronomik koordinatalar

19-rasm. Geografik koordinatalar:

a – M nuqtasining � va � astronomik koordinatalari; b – A nuqtasining V va L geografik koordinatalari.

M nuqtasining astronomik kengligi deb, mazkur nuqtaning tik chizig‘i

va yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga perpendikular bo‘lgan tekislikdan hosil bo‘lgan � burchagiga aytiladi.

M nuqtasining astronomik uzunligi deb, ushbu nuqtaning astronomik meridian tekisligi bilan boshlang‘ich astronomik meridian o‘rtasidagi � ikki qirrali burchakka aytiladi. Nuqtaning astronomik meridiani mazkur nuqtaning tik chiziq yo‘nalishi yer aylanish o‘qiga parallel sifatida o‘tadigan tekislik kesimining izidan iborat.

Dengiz va havo navigatsiyasidagi astronomik kuzatishlarda ikki nuqta uzunliklaridagi farqlar shu nuqtalar orasidagi vaqt farqi bilan aniqlanadi. Uzunlik bo‘yicha har 15° bir soatga to‘g‘ri keladi, chunki yer o‘z o‘qi atrofida 24 soat ichida 360° ga aylanadi. Shuning uchun navigatsion xaritalarda meridianlar nafaqat graduslar, balki soat bilan ham ko‘rsatiladi.

Xarita bo‘yicha nuqtalarning geografik koordinatalarini aniqlash.Topografik xaritalarning ichki ramkasi parallel va meridianlarning qismlaridan iborat bo‘ladi. Ularning kengligi va uzunligi xarita har bir sahifasining burchagiga yozib qo‘yiladi. Farbiy yarimshar xaritasi har bir

49

Page 51: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

sahifasi ramkasining shimoli-g‘arbiy burchagi uzunlik ko‘rsatkichining o‘ng tomoniga «Grivinchdan g‘arbga» deb yozib qo‘yiladi.

1:25 000–1:200 000 masshtabdagi xaritalarda ramkalar tomonlari 1' ga teng bo‘laklarga bo‘lingan. Bu bo‘laklarning har bittadan keyingisi qora rangga bo‘yalgan va bu bo‘laklarning har biri nuqtalar bilan 10" ga bo‘lingan (1: 200 000 masshtabli xaritadan tashqari).

Bundan tashqari, 1:50 000 va 1:100 000 masshtabli xaritalarning har bir sahifasida o‘rta meridianlar va parallellarning kesishish graduslarlari va minutlari raqamlar bilan yozib qo‘yiladi, ichki ramkalarda esa minut darajalarining chiqishi 2–3 mm uzunlikdagi shtrixlar bilan ko‘rsatiladi. Bu zarurat tug‘ilganida, bir necha sahifalardan tashkil topgan xaritaning meridian va paralellarini chizib chiqishning imkonini beradi.

Nuqtaning geografik (geodezik) koordinatlari unga yaqin joylashgan, kengliklari va uzunliklari aniq bo‘lgan parallel hamda meridianlardan aniqlanadi.

20-rasm. Geografik koordinatalarni xarita bo‘yicha aniqlash.

Buning uchun nuqtaga yaqin bo‘lgan kenglik bo‘yicha janubdagi va uzunlik bo‘yicha g‘arbdagiga mos o‘n sekundli bo‘linmalar to‘g‘ri chiziq bilan nuqtaga birlashtiriladi.

50

Page 52: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Keyin chizilgan chiziqlardan nuqta holatigacha bo‘lgan uzunlik va kenglikdagi burchaklar o‘lchovi aniqlanadi va ular mos ravishda chizilgan chiziqlarning (parallellar va meridianlar) kengligiga va uzunligiga qo‘shiladi.

1:25000–1:200000 masshtabdagi xaritalarda geografik koordinatalarni belgilash aniqligi tegishli ravishda 2 va 10" atrofida bo‘ladi.

4. Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar

Topografiyada yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar deb, yer ellipsoidi yuzasining muayyan matematik qonun (Gauss proyeksiyasi) bo‘yicha aks etgan tekislik (xarita)dagi nuqta holatini aniqlovchi x abssissa va u ordinata – chiziqli kattaliklarga aytiladi. Bu koordinatalar matematikada qabul qilingan tekislikning Dekart koordinatalaridan birmuncha farqlanadi. Koordinatalar o‘qining ijobiy yo‘nalishlari o‘rnida abssissa o‘qi uchun shimol yo‘nalishi, ordinata o‘qi uchun sharq yo‘nalishi qabul qilingan.

Koordinat o‘qlari olti gradusli zonani to‘rt chorakka bo‘ladi. Unda hisob x absissa o‘qining musbat yo‘nalishidan boshlab, soat strelkasi harakati yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladi.

21-rasm. Yassi to‘g‘ri burchakli koordinata. Har bir zonadagi istalgan nuqta holati koordinatlar boshiga nisbiydir.

Masalan, M nuqtasi koordinat o‘qlarigacha bo‘lgan eng qisqa masofa, ya’ni perpendikularlar bo‘yicha aniqlanadi.

Shunday qilib, M nuqtasi x va u bo‘yicha bir xil absolut qiymatga ega bo‘la turib, koordinatalarning musbat yoki manfiy belgilariga bog‘liq ravishda koordinatalar zonalarida turli to‘rtta holatda bo‘lishi mumkin.

51

Page 53: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Istalgan koordinat zonasining kengligi ekvatorda taxminan 670 km, 40° kenglikda – 510 km, 50° kenglikda – 430 km ni tashkil qiladi.

Yerning Shimoliy yarimshari (I va IV chorak zonalar)da abcsissa belgilari musbatdir. IV chorakda ordinat belgilari manfiydir. Topografik xaritalar bilan ishlaganda, ordinatalarning manfiy qiymatiga ega bo‘lmaslik uchun har bir zona koordinatalarining boshlanish nuqtasida ordinatalar kattaligi 500 km ga teng deb qabul qilingan. Shunday qilib, x o‘qi o‘q meridianidan 500 km g‘arbga tomonga o‘tganday ko‘rinadi.

Nuqtalarning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini xarita bo‘yicha aniqlash. Nuqta joylashgan kvadratning janubiy tomonini hosil qiluvchi koordinata chiziqlarining raqamlari orqali nuqta koordinatalarini to‘liq aniqlashda abssissaning kilometrdagi to‘liq qiymati topiladi va yoziladi. So‘ngra o‘lchov sirkuli (chizg‘ich koordinata o‘lchagich) bilan nuqtadan shu koordinat chiziqlarigacha bo‘lgan masofa perpendikular bo‘yicha metrlarda o‘lchanadi va u x absissaga qo‘shiladi.

Shundan keyin bu nuqtaning u ordinata qiymati topiladi. Buning uchun xarita ramkasining shimoliy yoki janubiy tomonidan nuqta joylashgan kvadratning g‘arbiy tomonini tashkil qiluvchi vertikal koordinata chizig‘idan u ordinata qiymatlari aniqlanadi va yozib qo‘yiladi. Perpendikular bo‘yicha nuqtadan g‘arbiy koordinata chizig‘igacha metrlarda o‘lchangan masofa aniqlangan ordinata qiymatiga qo‘shiladi.

52

Page 54: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

VI bob. HUDUDNING RELYEFI VA UNI XARITADATASVIRLASH

1. Relyef shakllari

Yer yuzasida tekis hududlar juda kam uchraydi, u, asosan, turli o‘lchamdagi va shakldagi qabariq hamda botiq notekisliklardan iborat. Bu notekisliklarni hududning relyefi deb atash qabul qilingan.

Relyef shakllari ijobiy yoki qabariq (tog‘, tog‘ tizmalari, tepalik va boshq.), salbiy yoki botiq (pastliklar, kotlovinalar, daryolar vodiylari va boshq.) bo‘lishi mumkin.

Relyefning har bir shakli yuzalardan – turli xil uzunlikdagi, tiklikdagi, balandlikdagi va yo‘nalishli (oriyentirlangan) qiyaliklardan hosil bo‘ladi. O‘zaro bir-biri bilan turli burchak va yo‘nalishlarda kesishgani tufayli qiyaliklar relyefning turli shakllarini hosil qiladilar. Ularni quyidagi beshta turli shakllarga bo‘lish mumkin:

Relyefning turli shakllari, qiyaliklarning shakllari hamda turlari

22-rasm. Relyef shakllarini gorizontallar bilan tasvirlash.

1. Tog‘ – o‘rab turgan hududga nisbatan yer yuzasining ancha yuqori ko‘tarilgan qismi. Tog‘ning eng yuqori joyi tog‘ cho‘qisi deb ataladi. U o‘tkir yoki yassi cho‘qqili shaklarda bo‘lishi mumkin. Tog‘ cho‘qqisining quyi

53

Page 55: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

qismi asos, cho‘qqidan asosga tomon yo‘nalgan nishablik esa qiyalik deb ataladi.

Yotiq qiyalik va ba’zida tekislik bilan birlashgan joyi yaqqol sezilmaydigan, 200 metrgacha balandlikka esa bo‘lgan aylana yoki cho‘zinchoq (oval) shakldagi joylar balandliklar deb ataladi. Sun’iy usulda hosil qilingan joylar tepalik (qo‘rg‘on) deb ataladi.

O‘rab turgan hududga nisbatan yaqqol sezilarli balandlikka ega bo‘lgan tepaliklarga hukmron balandliklar (komandn�ye v�sot�) deb ataladi.

Yer yuzasining biron-bir nuqtasidan vertikal bo‘yicha dengiz yuzasigacha bo‘lgan masofa absolut balandlik deb ataladi.

Yer yuzasining keng maydonida ba’zida keng qiya kotlovanlar bilan almashib turuvchi yassi tog‘liklar, tog‘ tizmalarining birgalikdagi kelishiga tog‘liklar deb ataladi. Tepa qismi gumbazsimon va qiyaliklari nisbatan yotiqroq va uncha baland bo‘lmagan tog‘liklarga yassi tog‘liklar deyiladi.

2. Tog‘ tizmasi – ma’lum bir yo‘nalishda, uzoq masofalarga cho‘zilgan, qiyaliklari yaqqol ko‘rinishga ega bo‘lgan relyefning ijobiy shaklidir.

Turli tomonlarga yo‘nalgan ikki qiyalik bo‘yicha atmosfera suvlari oqimini ajratuvchi chiziqqa suv ajratgich deb ataladi.

Tog‘ tizmasining ko‘zga yaqqol tashlanib turgan tepa qismi cho‘qqi deb ataladi. U, odatda o‘tkir tishsimon shaklga ega bo‘ladi. Agarda tog‘lar katta kenglikdagi hudud bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lsa, unda tog‘ tizmasi bir necha qatorlardan iborat bo‘lishi mumkin.

3. Kotlovina – tekislikka nisbatan kosasimon pasayish. U to‘rt tomonlama berk yoki bir yo ikki tomonidan ochiq bo‘lishi mumkin. Uning pastki qismi tag, tub deb ataladi. Ba’zida kotlovinaning tubi botqoqlangan yoki ko‘ldan iborat bo‘ladi.

Juda kichik o‘lchamdagi kotlovina chuqurlik deb ataladi. 4. Pastqam yer – cho‘ziq va bir yo‘nalish bo‘yicha hududda pasayib

boruvchi pastlik , pasaygan yotiq qiyalikdan iborat bo‘ladi. Yotiq qiyalikli tubga ega va o‘lchamlari katta bo‘lgan pastqam yerlar

vodiylar deb ataladi. Vodiylar tubining o‘rta qismidan, odatda daryolar oqib o‘tadi.

Suv oqimlari vaqtinchalik hosil qilgan, suv yuvgan tik qiyalikli chuqur joylar jarliklar deb ataladi. Ular yumshoq va oson yuviladigan, tuprog‘i ko‘tarilgan tekisliklar, tepaliklar va pastqam yerlar, qiyaliklarda yuzaga keladi. Ularning uzunligi 5–10 km gacha, kengligi 50 m gacha va chuqurligi – 30 m gacha bo‘lishi mumkin. Jarliklardagi qiyaliklarning tikligi tuproq tarkibiga bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda 45–50° ni va undan ortiqni tashkil qiladi. Qor va yomg‘ir suvlarining yig‘ilishi tufayli jarliklar doimo kattalashib boradi. Suvga chidamli qatlamga yetganidan so‘ng, jarliklarning

54

Page 56: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

chuqurlashuvi to‘xtaydi, undagi qiyaliklar yotiqlashib, o‘simliklar bilan qoplanib boradi hamda u vaqtinchalik suv oquvchi vodiyga aylanadi. Bunday vodiylarning tubi yotiq botiqli, qiyaliklari esa qabariq bo‘ladi. Uning uzunligi 100 m dan 20–30 km gacha, tepa qismining kengligi, odatda 100–250 m, tubining kengligi 15–30 m, chuqurligi 20–50 m atrofida bo‘ladi. Vodiylar qiyaliklarining tikligi 10–25° ni tashkil qiladi. Ko‘p hollarda qiyaliklari va tubi butasimon o‘simliklar bilan qoplangan bo‘ladi.

Yalang‘och devorli va tor tubli jarliklar suv yuvgan joylar deb ataladi. Tog‘ qiyaliklari, daryo vodiylari, dengiz hamda ko‘llarning sohillaridagi

hosil bo‘lishi jihatidan turlicha bo‘lgan gorizontal va kam qiyalikli maydonlar terrasalar deb ataladi. Ular yagona yoki ketma-ketlikda, pog‘onasimon joylashgan bo‘lishi mumkin. Daryo terrasalari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ular, odatda daryolar oldingi tublarining qoldiqlari hisoblanadi.

Juda tik qiyalikli va tor tubli hamda daryo oqimi bilan to‘liq band bo‘lgan daryo vodiylari kanyonlar deb ataladi. Ularning chuqurligi bir necha o‘n metrni, ba’zida esa 100 m ni tashkil qilishi mumkin.

Tor va chuqur, tik qoyali, qiyalikli hamda tor, egri-bugri, tubli tog‘ pastliklari daralar deb ataladi. Kanyondan farqli ravishda daraning tubi nisbatan keng bo‘lib, daryo oqimi bilan to‘liq egallanmagan bo‘ladi.

5. Bel (sedlovina) – tog‘ tizmasi cho‘qqilari oralig‘idagi pasayish. U deyarli hamma vaqt qarama-qarshi tomon yo‘nalgan pastqam yerlarning boshlanish joyi bo‘ladi.

Tog‘ tizmasidagi chiqish mumkin bo‘lgan ancha past joylar dovon deb ataladi. Odatda, dovonlar bellarning yotiq qismida bo‘ladi. Dovonlarning balandligi tog‘ tizmalarining balandligiga bog‘liq.

2. Qiyaliklarning xususiyatlari

Qiyalik tikligi – qiyalikning engashgan yuzasi bilan gorizontal yassi yuza oralig‘idagi hosil bo‘ladigan burchak. U, odatda graduslarda o‘lchanadi va jangovar hamda boshqa texnikalarning chiqa olishi mumkinligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.

Qiyalikning eng pastki nuqtasiga nisbatan eng yuqori nuqtasining balandligi qiyalikning balandligi deb ataladi. Qiyalik bo‘yicha eng qisqa pasayish (qiyalik) qiyalik yo‘nalishi deb ataladi, eng qisqa ko‘tarilish chizig‘i bo‘yicha uzunlikka qiyalik uzunligi deyiladi. Qiyalik tikligining yotiqlikka tomon keskin o‘zgarish chizig‘iga qiyalikning bukilishi deyiladi.

Qiyalikdan chiqish imkoniyati faqatgina qiyalikning tikligiga emas, balki uning uzunligiga va tuproq qatlamining tarkibiga ham bog‘liq.

55

Page 57: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

23-rasm. Qiyalikning turli shakllarini gorizontallar orqali tasvirlash. Jangovar va boshqa texnikalarga ruxsat etiladigan harakat tezligi

qiyaliklarning tikligiga bog‘liqdir. Cho‘qqisidan eng quyi qismigacha bo‘lgan masofada bir xil tiklikka ega

bo‘lgan qiyaliklarga to‘g‘ri qiyalik deb ataladi va bunday qiyaliklar dushmanga yashirin yaqinlashish imkonini bermaydi, shuning uchun bunday joylar o‘qotar qurollardan otish uchun qulay.

Cho‘qqi tomoni tik, quyi qismi yotiq qiyalikdan iborat bo‘lgan qiyaliklarga botiq qiyalik deb ataladi.

Qabariq qiyalikning tepa qismi yotiq, quyi qismi esa tik bo‘ladi. Yuqoridan turib qaralganida uning quyi qismi ko‘rinmaydi, shuning uchun bu joyda o‘t ochishning imkoni yo‘q. Kuzatish punktlari va o‘t ochish

56

Page 58: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

pozitsiyalarini qiyalikning egilgan joyidan tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bu yerdan butun qiyalikni kuzatish va o‘qqa tutish mumkin, shuningdek qiyalikning egik joylari osmon fonida ko‘zga yaqqol tashlanmaydi va niqoblanish uchun qulaydir.

To‘lqinli qiyalik turli xil qiyaliklarning ketma-ketligidan tashkil topadi va egri-bugri ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunday qiyalikda bir nechta burilishlarning mavjudligi kuzatishda noqulaylikni vujudga keltiradi va o‘t ochishni qiyinlashtiradi.

Qiyalikning cho‘qqisidan quyi qismigacha ko‘rish imkoni mavjud va osmon fonida ko‘zga yaqqol tashlamaydigan bukilish joyi jangovar qirra deb ataladi.

Cho‘zilgan balandlikning suv ajratgich chiziq bilan mos keluvchi ancha baland qismi topografik qirra deb ataladi. Undan hudud ko‘rinishini to‘liq kuzatish mumkin.

24-rasm. Relyefning asosiy qabariq va botiq shakllari.

3. Xaritalarlarda relyefning tasvirlanishi

Relyefning xaritalardagi tasvirlari yer yuzasidagi notekisliklar, ularning shakllari va o‘zaro joylashishi, balandliklar, nuqtaning absolut balandliklari, tikliklar va qiyaliklar uzunligi haqida to‘liq va yetarli darajada ma’lumot beradi.

Zamonaviy topografik xaritalarda relyef o‘pirilishlari, qoyalar, jarliklar, suv yuvgan, yer ko‘chgan joylar va boshqalar shartli belgilari bilan birga, gorizontallar yordamida tasvirlanadi. Relyefning tasviri hududdagi o‘ziga xos nuqtalarning absolut balandliklari yozuvlar, gorizontallar, relyefning

57

Page 59: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

alohida shakllari, o‘lchamlari va qiyaliklar yo‘nalishlarining ko‘rsatkichlari bilan to‘ldiriladi.

Relyefni gorizontallar bilan tasvirlashning mohiyati. Gorizontal – hududdagi notekisliklarning dengiz sathiga nisbatan bir xil balandlikda joylashgan nuqtalarini o‘zaro birlashtiruvchi yopiq chiziq.

Relyef kesishmalarining balandliklari – ustma-ust joylashgan yuzalar oralig‘idagi balandlik bo‘yicha farqdir. Bitta xaritada, odatda relyef kesishmalarining balandliklari doimiy bo‘ladi.

Nuqta joylashgan gorizontal yuza bilan qiyalik yo‘nalishi oralig‘ida hosil bo‘lgan burchak qiyalikning tikligi deb ataladi.

Relyefni gorizontallar bilan batafsil tasvirlash ushbu masshtabli xaritadagi relyefning kesishmalari balandligiga bog‘liq.

Xaritaning har bir masshtabi uchun belgilangan (o‘rnatilgan) relyef kesishmalarining balandliklari hududning himoyaviy xususiyatlari va undan o‘tish imkoniyatlarini baholashda muhim o‘rin tutadi, u relyef tasvirining yaqqolligini va qiyaliklar tikligini solishtirishda ahamiyatlidir.

Xarita sahifasini zich gorizontallar bilan to‘ldirib yubormaslik uchun ba’zida tog‘li hududlarning relyef kesishmalari balandliklari kattalashtiriladi.

Relyef xususiyatlarini batafsil tasvirlash maqsadida tekisliklarning xaritalardagi kesishmalari balandliklari kichraytiriladi. Kesishmalar balandligi xarita masshtablariga bog‘liq holda ham o‘zgaradi. Xarita masshtabi qanchalik kichik bo‘lsa, kesishmalar balandligi shuncha katta bo‘ladi yoki aksincha.

Hududning xususiyatiga bog‘liq turli xil masshtabli topografik xaritalar uchun relyef kesishmalari balandliklari quyidagi 7-jadvalda berilgan.

7-jadval

Masshtab xarita uchun relyef kesishmalari balandligi Hudud 1:25000 1:50000 1:100000 1:200000 1:500000

Yassi tekislik 2,5 10 20 20 50 O‘simliklar bilan qop-langan yassi tekislik

5 10 20 20 50

6° gacha bo‘lgan qiyaliklarga ega bo‘lgan, tekislikli tepalikli hudud

5 10 20 20 50

Tog‘ oldi va tog‘li 5 10 20 40 100 Baland tog‘li 10 20 40 40 100

Xarita uchun belgilangan relyef kesishlarlari balandligiga mos keluvchi

xaritadagi gorizontallarga asosiy gorizontallar deb ataladi. Xaritada ular jigar rangda uzluksiz ingichka yoki uzluksiz qalin chiziqlar bilan chiziladi. Qalinlashtirilgan chiziqlar bilan chizilgan asosiy gorizontallar

58

Page 60: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

qalinlashtirilgan gorizontallar deb ataladi. Ular hududdagi nuqtaning balandligini aniqlashda gorizontallarning hisobini olish (sanash)ni yengillashtiradi. Hamma xaritalarda nolinchi va har beshinchi asosiy gorizontal qalinlashtiriladi, relyef kesishmalari balandligi 2,5 m bo‘lgan hududlar uchun yaratiladigan 1:25000 masshtabli xaritalarda esa har o‘ninchi asosiy gorizontal qalinlashtiriladi.

Asosiy gorizontallar bilan relyefning hamma shakllari va detallarini ifodalash har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Relyef shakllari va detallari (qiyaliklarning bukilish joylari, cho‘qqilar, bellar va shularga o‘xshashlar) xususiyatlarini, shuningdek gorizontallar oralig‘i juda keng bo‘lgan tekis hududlarning relyefini tasvirlash uchun qo‘shimcha kesishmalar qo‘llaniladi va ular asosiy gorizontallarning oraliqlaridan o‘tkaziladi. Bu kesishmalarga mos keluvchi gorizontallar qo‘shimcha va yarim gorizontallar deb ataladi. Ular asosiy gorizontallari bilan relyefning biron-bir shakli va detali ifodalanmay qolgan joylardagina bu shakl hamda detallarni tasvirlash uzlukli chiziqlar ko‘rinishida belgilanadi. Cho‘qqilar, bellarni qo‘shimcha gorizontallar bilan tasvirlashda qarama-qarshi tomondagi qiyalikliklar uchun ham qo‘shimcha gorizontallarni ko‘rsatish shart.

Asosiy va qo‘shimcha gorizontallar bilan tasvirlanmaydigan alohida relyef detallari (cho‘l hududlaridagi botiqlar, yassi tekislikli hududdagi alohida, uncha katta bo‘lmagan balandliklar) yordamchi gorizontallar bilan ifodalanadi. Ularni ixtiyoriy balandlikdan shunday usulda o‘tkazish kerakki, bu o‘tkazilgan yordamchi gorizontallar relyefning ushbu shakli haqida yaqqol tasavvur bera olsin. Yordamchi gorizontallar qo‘shimcha gorizontallar kabi uzuq chiziqlar bilan chiziladi, ammo bo‘linmalari ancha qisqa bo‘ladi.

Gorizontallar hamma obyektlarning belgilari orqali uzilishsiz (bez razr�va) o‘tkaziladi va bundan quyidagilar mustasnodir: ikki chiziq bilan tasvirlanadigan yo‘llar, daryolar va kanallar, xarita masshtabida 3 mm dan kam kenglikka ega bo‘lgan o‘yiqlar, chuqurliklar va karyerlar, shuningdek masshtabsiz shartli belgilar.

Relyefning asosiy shakllarini ifodalash. Relyefning asosiy shakllarini ifodalashda (tasvirlashda) tikliklar va qiyalik shakllari profillarini to‘g‘ri ifodalashga alohida e’tibor beriladi. Profilning tikligi va shakli gorizontallar oralig‘idagi masofalarning kattaliklarini o‘zgartirish orqali ko‘rsatiladi. Tik qiyaliklarni tasvirlashda gorizontallar oralig‘idagi masofa 0,1 mm dan kam bo‘lib qolgan holda, gorizontallarning birlashib ketishiga yo‘l qo‘yiladi yoki qalinlashtirilgan gorizontallar oralig‘idagi gorizontlalarning hammasi ham chizilavermaydi.

59

Page 61: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Relyefning qabariq shakllarini tasvirlashda gorizontallar o‘zlarining qabariqlari bilan doimo qiyalikning pasayish tomoniga qaragan bo‘ladi. Cho‘qqini ko‘rsatuvchi gorizontallarda doimo qiyalik ko‘rsatkichlari (bergshtrixlar) joylashtiriladi.

Relyef botiq shakllarini tasvirlovchi gorizontallar qabariqlari bilan doimo qiyalikning baland tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi. Kotlovan (chuqurlik) tagini ko‘rsatuvchi gorizontallarga bergshtrixlar joylashtiriladi.

Suv ajratgichlar chiziqlari gorizontallarning tashqariga cho‘zilgan qismlari orqali perpendikular holda o‘tadi.

Tog‘ bellarini tasvirlovchi gorizontallar belga o‘zlarining qabariqlari bilan to‘rt tomonidan yaqinlashib keladi: ularning ikki tomoni beldan ko‘tarilib boradigan qiyaliklarni ko‘rsatadi (ularda bergshtrixlar joylashtiriladi), boshqa ikki tomoni esa beldan ikki qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan pastqamliklarning boshlanishini bildiradi.

Gorizontallardan qiyaliklarning nafaqat tikligini, balki shakllarini ham aniqlash mumkin.

Tekis qiyalik bir xil uzoqlikdagi masofalardan o‘tkazilgan gorizontallar bilan tasvirlanadi, ya’ni gorizontallar oralig‘idagi tekisliklar kengligi bir xilda bo‘ladi. Botiq qiyalikni tasvirlashda cho‘qqi tomondagi gorizontallar oralig‘idagi masofa kamayib boradi. Qabariq qiyaliklarni tasvirlashda esa gorizontallar tepalikning quyi qismiga yaqinlashganida, oraliqlaridagi masofalar qisqarib boradi. To‘lqinsimon qiyaliklarni tasvirlovchi gorizontallarning qiyalik egilish joylarining miqdoriga bog‘liq ravishda bir necha joylarda oraliq masofalari yaqinlashadi va uzoqlashadi.

Tog‘li relyeflarni tasvirlashda tog‘ tizmalarining yo‘nalishlari, qirralarining xususiyatlari, ularning qirqilganlik darajasi va qiyaliklar, cho‘qqilar, o‘siqlar, vodiylarning ko‘ndalangiga va uzunasiga shakllari, tuzilishi, qoyalar, muzliklarning joylashishi aniq ifodalanadi (ko‘rsatiladi).

Tog‘ tizmalari qirralaridagi cho‘qqilarni ifodalovchi gorizontallar uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi shakllarni hosil qilgan taqdirdagina o‘tkaziladi.

Xaritada baland tog‘li relyefni tasvirlashda unga xos bo‘lgan cho‘qqisimon qoyali qirralarning tepasi, tor vodiylar va qiyaliklarning keskin bukilish (egilish)lari to‘liq va aniq ifodalanadi.

Mayda tepaliklarni xaritada tasvirlashda alohida tepalikning nisbiy zichligi va joylashish xususiyatlari, ularning guruhlari, qatorlari va ular oralig‘idagi pasayish ifodalanadi.

Xaritada vodiylarni tasvirlashda ularning ko‘ndalang va uzunasiga tuzilishi (shakli)dagi o‘ziga xos xususiyatlar ifodalanadi. Xaritada tor vodiyning eng chuqur nuqtalari birlashtiruvchi gorizontal bilan ifodalanadi. Tekislik hududlaridan oqib o‘tuvchi daryolarga xos, odatda yassi tub hamda

60

Page 62: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

tepaliklardan yaqqol ajralgan ko‘rinishga ega keng vodiylar talveg bo‘yicha gorizontallarning to‘g‘ri chiziqli birlashuvi orqali qo‘rsatiladi.

Keskin botiq qiyaliklari va tog‘arasimon tubi bilan ajralib turadigan vodiylar xaritalarda yaqinlashgan parallel o‘tuvchi qiyalik gorizontallari va talveg bo‘yicha aylana gorizontal bilan tasvirlanadi.

Vodiylarning uzunasiga ko‘rinishi talveg bo‘yicha gorizontallar oralig‘idagi masofalar kattaliklari o‘zgarishlarini to‘g‘ri ifodalash orqali tasvirlanadi.

4. Xaritada gorizontallar bilan ifodalanmaydigan relyef shakllarining tasviri

Relyefning shunday ko‘pgina shakllari mavjudki, ularni xaritada tasvirlashning imkoni yo‘q. Ularni xaritada aks ettirish uchun kartografik shartli belgilar qo‘llaniladi. Dovonlar, alohida qoyalar, daryolarning quruq o‘zanlari, harsang toshlar, chuqurlar, vulqonlar kraterlari, jarliklar, suv yuvgan joylar, bo‘rtiqlar, o‘pirilishlar shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.

Ushbu obyektlarning shartli belgilari bilan yonma-yon keluvchi raqamlar metrlarda nisbiy balandlik (chuqurlik) larni bildiradi.

Tabiiy tarkib topgan relyef shakllarining shartli belgilari va ularning xususiyatlarini ifodalovchi yozuvlar gorizontallar kabi xaritada jigar rang bilan tasvirlanadi, sun’iylari (ko‘tarmalar, o‘yiqlar va qo‘rg‘onlar) esa qora rangda ko‘rsatiladi.

Balandliklarning belgilari. Relyefni qo‘shimcha ta’riflash maqsadida xaritalarda 0,1 m aniqlikda hududning o‘ziga xos xususiyatli balandliklarining belgilari yozib qo‘yiladi: tog‘lar va balandliklarning tepalari, suv ajratgichlar, dovonlar, bellarning yuqori, vodiylar va jarliklarning eng quyi nuqtalari, shuningdek oriyentir hisoblanuvchi nuqtalar (yo‘llardagi chorrahalar, o‘simliklar qoplami konturi – tashqi chegarasi) dagi keskin bukilishlar.

Eng yuqori balandliklardagi belgilar ancha yirik shriftlarda yoziladi. Bunday belgilar har bir xarita sahifasida 3–4 tadan uchrab turadi.

Yuqori balandliklar uchramaydigan yassi tekislikli, o‘rmonli hududlar xaritalarida balandligi ancha yuqori bo‘lgan bitta balandlikning belgisi ancha yirik shrift bilan xarita sahifasida ajratib yoziladi. Cho‘lli, yarim cho‘lli va aholi uncha ko‘p yashamaydigan hududlarning xaritalarida eng yuqori balandliklar belgilarda ifodalanib, tepalikning maksimal ko‘rinish uzoqligi yozib qo‘yiladi, masalan, «Ko‘rinish 10 km gacha».

Balandliklarning belgilaridan tashqari, xaritada gorizontallar yozuvlari belgilari bilan shunday birlikda joylashtiriladiki, undan xarita sahifasidagi har qanday joydagi u yoki bu nuqta balandligini tezda va oson aniqlash

61

Page 63: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

mumkin bo‘ladi. Xaritada 1 dm² ga o‘rtacha gorizontallarning 2 tadan 5 tagacha yozuvi joylashtiriladi.

5. 1:500 000 lik va 1:100 0000 lik masshtabli topografik xaritalarda relyefni tasvirlashning xususiyatlari

1:500 000 va 1:100 0000 xaritalarda relyef gorizontallar va maxsus shtrixli shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Relyefning tasviri balandliklar va gorizontallarning belgili yozuvlari bilan to‘ldiriladi.

Tekislik va tepalikli hududlar relyefi yirik masshtabli xaritalarda ham gorizontallar va shartli belgilar bilan, ammo ancha umumiylashtirilgan holda tasvirlanadi. Relyefning faqatgina umumiy xususiyatlari ko‘rsatiladi, ya’ni uning tarkibi, asosiy shakllari, gorizontal va vertikalligi.

Relyefning gorizontallar bilan ko‘rsatilmagan elementlaridan oriyentir vazifasini o‘tovchilari va ushbu hududning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchilari ko‘rsatiladi, xolos. Shartli belgilardan yanada yirikroq masshtabli xaritalarda foydalaniladi, ammo ularning o‘lchamlari bir oz kichikroq bo‘ladi.

Tog‘li va baland tog‘li hududlarning relyefini yaqqol tasvirlash uchun qiyaliklar qoraytiriladi va pog‘onama-pog‘ona qavatlab rang beriladi hamda gorizontallar bilan tasvirlanadi. Balandlik pog‘onalarini gipsometrik ranglash tog‘ relyefidagi balandlikning xususiyatlarini yaqqol tasvirlaydi. U to‘q sariq rangda bajariladi (relyef qanchalik yuqori bo‘lsa, rang shunchalik to‘qlashib boradi).

Relyefning xususiyatiga bog‘liq holda, gipsometrik ranglashning quyidagi shkalalari qo‘llaniladi:

– baland tog‘li hududlar: 2000–3000–4000 m va undan baland; – baland tog‘liklardan o‘rtacha tog‘larga o‘tish hududlari: 1400–2000–

3000 m va undan baland; – o‘rtacha tog‘li hududlar: 1000–1400–2000 m va undan baland; – past tog‘li hududlar: 600–100–1400 m va undan baland. Baland tog‘li relyef tasvirining yaqqolligini oshirish uchun kerakli

hollarda gipsometrik ranglash shkalasi birmuncha o‘zgartirilishi mumkin. Bitta tog‘ tizimi (Nurota tog‘ tizimi) chegarasini tasvirlashda gipsometrik ranglashning yagona shkalasi qo‘llaniladi. Muzliklar va doimiy qorlarni tasvirlashda gipsometrik ranglash qo‘llanilmaydi.

Tog‘ relyefining muhim shakllari yaqqolligini oshirish va hajmini ko‘rsatish uchun qiyaliklarni soyalashtirish amalga oshiriladi. Soyalashtirish kulrang yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘yaladi (qiyalik qanchalik tik bo‘lsa, soyalashtiruvchi rangi shunchalik to‘q bo‘ladi).

62

Page 64: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Tog‘li relyefning o‘rtacha balandliklari 500 m dan yuqori, suv ajratgich chiziqlari vodiylarda 300 m dan kam bo‘lmagan balandlik bo‘lsa, soyalashtirish amalga oshiriladi. Relyef soyalashtirilganida, asosiy tog‘ cho‘qqilari, cho‘qqilar qiyaliklarining tikligi va yo‘nalishlari, muhim balandliklar va dovonlar aniq namoyon bo‘ladi. Cho‘qqi qirralarini soyalashtirish uning qiyaliklarini tasvirlashga nisbatan ancha ravshanroq seziladi.

Balandliklardagi yotiq ko‘tarilishlar, shuningdek tekisliklarga asta-sekin qo‘shilib ketadigan qiyaliklar soyalantirilmaydi.

6. Xarita bo‘yicha relyefni o‘rganish

Hudud relyefini o‘rganishning umumiy qoidalari. Qoidaga ko‘ra, hududning relyefi quyidagi ketma-ketlikda o‘rganiladi:

1) hududning ushbu uchastkasi relyefining umumiy xususiyatlari (tekislikli, tepalikli, tog‘li relyef, uning jarliklar bilan bo‘linganlik darajasi, suvi qurigan yoki vaqtincha oquvchi daryo o‘zanlari va boshq.) xaritadagi gorizontallarning zichligi va shaklini ko‘rib chiqish orqali o‘rganiladi. Tekislik hududining xaritadagi gorizontallari nisbatan to‘g‘ri chiziqli va ilon izi ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

Gorizontallar oralig‘idagi masofa 1 sm va undan ortiqni tashkil qiladi. Tekislik hududi xaritalarida ko‘plab qo‘shimcha va ikkilamchi darajali gorizontallar mavjud bo‘lib, ular asosiy gorizontallarga tushmay qolgan relyefning hamma detallarini ifodalaydi.

Tepalikli hududning gorizontallari bir-biriga yaqinroq joylashadi va aylana shaklidagi kichik o‘lchamdagi yopiq figuralarni hosil qiladi.

Tog‘li hududning xaritadagi gorizontallari bir-biriga juda yaqin holda o‘tadi va tog‘ qiyaliklari oralig‘idagi masofa 1–2 mm dan oshmaydi. Bunday hududning xaritasida gorizontallar bilan ifodalanmaydigan relyef elementlarining ko‘plab shartli belgilari uchraydi;

2) yer yuzasi notekisliklarining o‘zaro joylashish qonuniyatlarini, suv ajratgich chiziqlarning yo‘nalishlarini, tabiiy chegaralar xususiyatlarini va uzunliklarini o‘rnatishdan maqsad – relyef xususiyatlarining gidrografiya obyektlar joylashishiga o‘zaro aloqadorligi (bog‘liqligi)ni aniqlash. Bunday o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rnatish belgilar bo‘yicha nuqtalarning balandliklarini, gorizontallarni, daryolar va ko‘llardagi suvlarning bo‘linishlarini, shuningdek ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiyaliklar yo‘nalishlarini tekshirish va aniqlashda qo‘l keladi. Natijada asosiy suv ajratgich chiziqlar va vodiylarning o‘zaro joylashishi, umumiy ko‘rinishi haqida tasavvur hosil bo‘ladi, shuningdek ulardan jangovar vazifani bajarishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadiganlari aniqlanadi;

63

Page 65: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

3) relyef shakllari, elementlarining o‘lchamlari va taktik xususiyatlarini qo‘shin jangovar tartibi elementlarining joylashishi bilan o‘zaro aloqadorlik tomonlarini batafsil o‘rganish va baholash – bu holda relyefni o‘rganish, avvalambor, nuqtalar balandligini, ular orasidagi balandlikning farqlarini, qiyaliklar tikligini va yo‘nalishini aniqlashdan iborat bo‘ladi.

64

Page 66: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

VII bob. TOPOGRAFIK XARITALARDA MAHALLIY JISMLARNING SHARTLI BELGILARI

1. Topografik xaritaning mazmuni. Xarita mazmunining asosiy elementlari

Topografik xaritalarda hududning hamma muhim elementlari tasvirlanadi: relyef, gidrografiya, o‘simliklar dunyosi, tuproq, sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa obyektlar. Xarita masshtabi qanchalik katta bo‘lsa, unda obyektlar shunchalik ko‘p va batafsil ko‘rsatiladi.

Kartografik shartli belgilar xaritadagi turli xil obyektlarning belgilari va ularning sifat hamda miqdoriy tomonlarini ifodalaydi. Topografik xaritalarning shartli belgilari O‘zbekiston Respublikasidagi hamma tashkilotlar uchun standart va majburiydir.

Hamma yirik masshtabli xaritalarda bitta obyektning shartli belgilari o‘zining chizilishi va ranglanishi jihatidan asosan bir xildir, ular faqat o‘lchamlari bilangina farq qiladilar. Bir xil turdagi obyektlarning har bir guruhi uchun umumiy shartli belgi o‘rnatiladi va u predmetning turini aniqlab beradi. Ular, odatda chizish va eslab qolishga qulay bo‘lishi uchun oddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi, o‘zlarining rasmlari yoki ranglari orqali tasvirlanayotgan mahalliy predmetni eslatadi va uning biron-bir belgisini ifodalaydi. Kartografik shartli belgilar qo‘llanilishi va geometrik xususiyatlariga ko‘ra, uch turga bo‘linadi: chiziqli, masshtabsiz va maydonli. Xaritalarda shartli belgilardan tashqari, ularda tasvirlangan obyektlar va ularning turi, shuningdek ularning miqdoriy va sifat xususiyatlarini ifodalovchi yozuvlar qo‘llaniladi.

Chiziqli kartografik shartli belgilar bilan chiziqli ko‘rinishga ega bo‘lgan obyektlar tasvirlanadi va ularning uzunligi xarita masshtabi bo‘yicha ifodalanadi: yo‘llar, neft quvurlari, elektr uzatish tizimlari va boshqalar.

Masshtabsiz kartografik shartli belgilar bilan masshtabi bo‘yicha tasvirlanmaydigan obyektlar va maydonlar aks ettiriladi. Hududdagi obyektning joylashish holati simmetrik shakldagi belgi asosi markaziga mos keladi.

Maydonli kartografik shartli belgilar bilan xarita masshtabida ifodalanmaydigan obyektlarning maydonlari tasvirlanadi. Obyekt (botqoqlik, o‘rmon massivi va shunga o‘hshash) lar konturi (chegarasi) ichiga chizilgan maydonli belgilar ularning hududdagi holatini ko‘rsatmaydi.

Tushuntiruvchi yozuvlar hududdagi obyektlarning nomlari, ularning vazifalari va miqdori hamda sifati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beradi. Ba’zi hollarda, yozuvlar shartli belgilar bilan birgalikda ko‘rsatiladi,

65

Page 67: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

masalan, o‘rmonlar daryodagi suvning oqish yo‘nalishini belgilash hamda botqoqlik chuqurligini ko‘rsatish bilan birga tavsiflanadi. Tushuntiruvchi yozuvlar to‘liq yoki qisqartirilgan bo‘lishi mumkin.

Topografik xaritalar hamma masshtablari uchun ranglash yagona. Rang ma’lum bir darajada mahalliy predmetning yoz vaqtidagi haqiqiy rangiga mos keladi. Qora rangda tuproq yo‘llar, chegaralar, turli xil qurilishlar, inshootlar, ko‘k rangda gidrografiya, jigar rang bilan relyef va qumlik yuzalar, yashil rangda o‘simliklar qoplami ifodalanadi. Ancha muhim obyektlar (shaharlar, qoplamasiz avtomobil yo‘llari va shuncha o‘xshashlar)ning shartli belgilari jigar rang bilan tasvirlanadi.

2. Gidrografiya

Dengizlar, ko‘llar, suv omborlarining qirg‘oqlari. Dengizga ulanib ketuvchi quruqlik mintaqasi va dengizning quruqlik bilan birlashib ketuvchi mintaqasi birgalikda dengiz qirg‘og‘ini hosil qiladi. Bu soxil relyefi qo‘ltiqlar, ko‘rfazlar, suv osti va suv usti to‘siqlari (qoyalar, riflar)ning xususiyatlariga ko‘ra, tavsiflanadi. Dengiz qirg‘oqlari tog‘simon yoki pastlik bo‘lishi mumkin, bunday joylarda suvlar, odatda chuqur bo‘ladi va bu yerlarda ko‘plab to‘siqlar uchraydi. Yotiq qirg‘oqlar dengiz bilan tekis qiyalikda birlashib ketgan va suvlari sayoz bo‘ladi.

Daryolar va kanallar. Daryolar o‘zining tabiiy o‘zanida oquvchi suvdan iborat bo‘lib, yer usti va yer osti manbalaridan hosil bo‘ladi.

Quduqlar va boshqa suv manbalari. Quruq va suvsiz hududlar uchun tuziladigan xaritalarda, odatda hamma quduqlar va suv manba (buloq)lari tasvirlanadi. O‘z nomiga ega bo‘lmagan quduq belgilari yoniga «K» harfi yoki «art. k» yozuvlari yoziladi. Katta miqdordagi va sifatli suvga ega bo‘lgan, yo‘llar tarmog‘ida joylashgan quduqlar alohida shartli belgilar bilan ajratib tasvirlanadi.

3. Gidrotexnik inshootlar

Qoidaga ko‘ra, xaritada hamma paromli suvdan o‘tish moslamalari tasvirlanadi. Ularning belgilari «par» belgisi bilan birga, belgi bilan yonma-yon daryoning kengligi, paromning o‘lchamlari va yuk ko‘tarish imkoniyati ko‘rsatiladi.

Xaritalarda to‘g‘onlar ikki xil ko‘rsatiladi: suv ustidagi va suv ostidagi (o‘tib bo‘ladigan va o‘tib bo‘lmaydigan). Yirik (uzunligi 100 m dan ortiq yoki kam bo‘lgan muhim to‘g‘onlar) suv osti to‘g‘onlari maydonli qilib ko‘rsatiladi va ularda inshootlarning materiallari, to‘g‘onlarning uzunligi va kengligi, shuningdek suvning yuqori va pastki darajasi belgilab ko‘rsatiladi. Daryolardagi va kanallardagi shluzlarning hammasi xaritalarda ko‘rsatiladi.

66

Page 68: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Ularni tasvirlashda suv o‘tish kameralarining hajmlari: eng qisqa kameralarning uzunligi, darvozalarning kengligi, shuningdek shluz darvozasi ostonasidagi suvning chuqurligi ko‘rsatiladi.

Xaritalarda dambalar ham tasvirlanib, dambalar uchun foydalanilgan qurilish materiali, yuqori qismining kengligi va balandliklari belgilab qo‘yiladi.

4. O‘simliklar va tuproq qoplami

O‘simliklar qoplamining asosiy guruhlari. O‘simliklar qoplami xaritada quyidagi guruhlarga bo‘lib, tasvirlanadi: yog‘ochli (o‘rmonlar, alohida kichik o‘rmonlar va alohida daraxtlar) va butazorli; yarim butazorli, o‘tli, moh va lishaynikli; sun’iy ko‘chatzorlar (bog‘lar, xiyobonlar).

4 m dan balandroq bo‘lgan daraxtlardan iborat va ular tepa qismlari maydonining yig‘indisi yer maydoniga nisbati 2 m dan katta bo‘lmagan daraxtzorlarga o‘rmonlar deb ataladi. Agarda daraxtzorlardagi daraxtlar siyrak joylashgan bo‘lsa, siyrak o‘rmonlar deb ataladi.

O‘rmonning tarkibi undagi turli xil daraxtlar nisbiy miqdorlarini foizlarda berilishi bilan ifodalanadi. Agarda o‘rmondagi daraxtlarning 80 % bir xil turdagi daraxtlar bo‘lsa, sof o‘rmonlar deb ataladi. Agarda o‘rmondagi daraxtlarning har bir turi 20 % dan oshmasa, aralash o‘rmon deyiladi. O‘rmondagi daraxtlar tarkibi ninabargli, bargli va aralash o‘rmonlarga bo‘linadi. Daraxtlar turlarining tarkibi ularning balandligiga va zichligiga ta’sir ko‘rsatadi.

O‘rmon zichligi daraxtlar orasidagi o‘rtacha masofaga ko‘ra, tavsif-lanadi.

Butalar – bu balandligi 4 m gacha bo‘lgan yog‘ochli o‘simliklar. Butalar ildizi bir necha poyadan iborat bo‘lib o‘sadi. Butazorlar asosan tarkibi, balandligi va zichligiga ko‘ra, tavsiflanadi.

O‘tli o‘simliklar o‘sadigan joyga bog‘liq holda yaylov va cho‘l o‘tlariga, balandliklariga bog‘liq holda esa, past o‘tlarga (1 m dan past) va baland o‘tlarga (1 m dan baland) bo‘linadi.

Madaniy o‘simliklarga insonlar ekkan ko‘p sonli ko‘chatlar va madaniy ekinlar (mevali bog‘lar, sitrus o‘simliklar, tut daraxtlari, rezavor mevali butazorlar, tokzorlar, choy plantatsiyalari, poliz ekinlari) kiradi.

Yer qobig‘ining bir qancha chuqurlikkacha bo‘lgan yuqori qatlami tuproq qatlami deb ataladi. Tuproqning yuqori yumshoq qatlami (1–1,5 m gacha) hosildorlikka ega bo‘lib, tuproqning sirtqi qatlami deb ataladi.

Tuproq qatlami toshli va yumshoq turlarga bo‘linadi. Qoyali tuproqlar qattiq holda bo‘lib, asosan tog‘li hududlarda uchraydi. Yumshoq tuproqlar yemirilish orqali hosil bo‘ladi. Ular bo‘sh, o‘rta va qattiq bo‘lishi mumkin.

67

Page 69: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Tuproq qatlami Tuproq tarkibi Zichlikni aniqlash usullari

Bo‘sh Qumlar, qum tuproqlar, yengil soz tuproqlar, torflar, qora tuproqlar, namxush sariq tuproq

Belkurak tuproqqa erkin botadi, tuproq bo‘lagi otib yuborilganida, mayda qismlarga bo‘linib ketadi

O‘rta Yog‘li loy, og‘ir soz tuproq, yirik shag‘al, quruq sariq tuproq

Belkurak oyoq bilan bosilganida, tuproqqa kiradi, kovlab olingan tuproq bo‘lagi turli kattalikdagi qismlarga bo‘linadi

Qattiq Zich quruq tuproq, tuproq-ning bo‘rli jinslari, tuproqning muzlagan ho-latlari

Tuproqqa belkurak qiyin kiradi, tuproq bo‘laklari qo‘l bilan qiyin bo‘laklanadi

Qumliklar. Qumliklar 1 sm2 dan ortiqroq maydonni egallasa, ular

xaritada ko‘rsatiladi. 1:500 000–1:1 000 000 xaritalarda qumliklar tekis, egri-bugri, qatorli, o‘yiqli, barxanli kabi turlarga bo‘lib tasvirlanadi. 1:25 000 masshtabli xaritalarda hamma qumliklar tekislik kabi tasvirlanadi, ularning relyefi esa gorizontallar bilan ko‘rsatiladi.

Xarita masshtabi bo‘yicha 25 mm2 maydoni egallaydigan sho‘rhok yer-lar xaritada tasvirlanadi. Shuningdek, ular o‘tib bo‘ladigan va o‘tib bo‘lmaydigan (ho‘l va mayin) sho‘rhoklarga bo‘linadi. O‘tib bo‘lmaydigan sho‘rhoklar chegaralangan kontur holda ko‘rsatiladi.

Taqirlar gorizontal loyli uchastkalarni tashkil etib, relyefning pastki toshloq va qumli joylarida joylashadi. Ular botiq yerning yassi tag qismidir. Ayrim hollarda, bu botiq yerlarda yomg‘ir suvlaridan ko‘llar hosil bo‘ladi. Suvlarning qurishi natijasida taqirlarning ustki qismi yassilanadi va yoriq plitalar shakliga keladi. Taqirlarning o‘lchamlari turli xil: kichik uchastkalardan bir necha kvadrat metrlardan to, bir necha kvadrat kilometrgacha. Ularning ustida o‘simlik qoplami o‘smaydi. Yilning quruq vaqtlarida ular o‘tuvchan bo‘ladi, yomg‘irli paytlarda esa g‘ildirakli avtomashinalar o‘tishiga qiyinchilik tug‘diradi.

Sho‘r tuproqli maydonlarning asosini tuzli tuproqlar tashkil etadi. Ular xususiyatlariga ko‘ra, yopishqoq, nam holatda shishuvchan, kuchli zichlangan va quruq holatda qattiq bo‘ladi. Qattiq tuzlangan uchastkalar sho‘r yerlar deyiladi. Yomg‘irdan so‘ng sho‘r yerlar botqoqlikka aylanadi.

Sho‘rlar (shor�) – chuqurliklarda joylashgan nam sho‘r tuproqlar. Bunday yerlarda yer osti suvlari yer sathiga yaqin bo‘ladi. Yomg‘irli kunlarda sho‘rlarning tepa qismi sho‘r loy va suv bilan, quruq kunlarda esa quruq loy va tuz bilan qoplanadi. Kuchli yomg‘irlar paytida sho‘rlar ustidan umuman hech qanday avtoulov o‘tolmaydi. Quruq paytlar sho‘rlarda kishilar piyoda, otlarda o‘tishlari mumkin.

Xaritalarda botqoqlik ko‘k gorizontal shtrixlar bilan ko‘rsatiladi. Ular o‘tuvchanligiga qarab, o‘tuvchan, qiyin o‘tuvchan va o‘tib bo‘lmaydigan bo‘ladi. 68

Page 70: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

O‘tuvchan botqoqlardan yoz kunlarida hamma yo‘nalishlarda piyodalar harakatlanishi mumkin. O‘tuvchan botqoqliklar tarkibiga yuza qismida kichik suv oqishi, tagida zich torfli mohli botqoqliklar, ko‘pincha, o‘t bilan qoplangan, shuningdek to‘liq shohli qobiq va ko‘p miqdorda butalardan tashkil topgan botqoqliklar kiradi.

Qiyin o‘tuvchan botqoqliklar deb, piyodalar o‘tishiga katta qiyinchilik tug‘diruvchi botqoqlikka aytiladi.

O‘tib bo‘lmaydigan botqoqliklar deb, chuqur loyli botqoqliklarga va bu botqoqlik bo‘yicha piyodalar o‘tishining imkoniyati bo‘lmagan qismiga aytiladi. Ularning tarkibiga oqadigan va qaynaydigan botqoqliklar, shuningdek yoz davomida ko‘p suv qatlamidan iborat uchastkalar kiradi.

5. Yo‘llar tarmog‘i

Avtomobil va tuproq yo‘llar. Avtomobilning yo‘llari qoplamali (avtostradalar, takomillashtirilgan shosselar va shosselar) va qoplamasiz (yaxshilangan tuproq yo‘llari) bo‘lishi mumkin. Texnikalarning harakatlanishiga yo‘l harakatlanish qismining kengligi, qoplamasining turi, uzunasiga qiyaliklar va burilish radiuslarining kattaliklari, yo‘l inshootlarining mavjudligi, ularning xususiyatlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Qoplama turi yo‘lning mustahkamligini va xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlaydi. Asfalt-beton, yog‘ochli, shag‘alli va toshli yo‘llar qoplamaning asosiy turlarini tashkil etadi. Dala va o‘rmondagi tuproq yo‘llar yilning faqat quruq vaqtlaridagina avtotransportlar harakatlanishi uchun yaroqlidir. Ularda harakatlanish imkoniyati tuproqning xususiyatiga va namlik darajasiga bog‘liq.

Yo‘llardagi ko‘tarilish va pasayishlar tikligi qiyaliklar deb ataladi. Qiyaliklarning kattaliklari foizlarda ifodalanadi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.

h I = L · 100

bu yerda h – ko‘tarilish va pasayish balandligi. L – ko‘tarilish, pasayish uzunligi 1 % ga teng bo‘lgan qiyalik har 100

metr masofada ko‘tarilish yoki pasayish 1 metrga teng ekanligini bildiradi.

Yo‘llarning toifalari

Tavsifnoma

Avtostradalar

To‘liq ishlangan zich qoplamaga ega, asfalt-betonli yoki sement-betonli, qalinligi 0,5 m gacha yo‘llardir. Qoidaga ko‘ra, ular har bir yo‘nalishda beshta harakatlanish qatoriga ega bo‘ladi. Ikkita o‘tish qismi, ya’ni 6,5–7,5 m dan to 15–18 metrgacha, ular orasida ajratuvchi chiziqning eni 2 metrdan to 20 metrgacha bo‘ladi.

69

Page 71: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Uzunasiga qiyaliklar tekis hududda 4 %, tog‘li hududlarda 7 % ni tashkil etadi. Boshqa yo‘llar bilan barcha kesishmalar boshqa sathlarda bajarilgan

Takomillashti- rilgan shosselar

Asfalt, sement-betonlardan qoplangan va qattiq shosga ega bo‘lgan yo‘llar. Qoplangan qismining eni 6 m, bu harakatlanishning ikki qatorda bo‘lishini ta’minlaydi

Shosse Asosi toshlardan, qumdan yoki zich tuproqdan, qoplamasi asfaltdan, shag‘aldan va boshqa moddalardan tashkil etgan yo‘llar. Qoplangan qismning eni 5–6 m. Butun yil davomida harakatlanish mumkin

Yaxshilangan tuproq yo‘llar

Doimo sozlanib turuvchi, qattiq asosga va qoplamaga ega bo‘l-magan yo‘llar. O‘tish qismining tuprog‘i har xil aralashmalar qo‘shilib, yaxshilanishi mumkin.

Tuproq yo‘llar Qoplamasiz yo‘llar. Ko‘pincha, kichik mahalliy punktlarni birlashtirib turadi va asosiy yo‘llarga chiqishni ta’minlaydi. Ularning o‘tuvchanligi tuproqning holatiga, ob-havoga, namgarchilikka bog‘liq bo‘ladi.

Dala va o‘rmon yo‘llari

Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan tuproqli yo‘llar, bu yo‘llardan, asosan, dala ishlarida yoki o‘rmon daraxtlari kesilayotgan paytda foydalaniladi.

Karvon yo‘llari va so‘qmoqlar

Asosiy yo‘llar cho‘llarda, yarim cho‘llar va tog‘li hududlarda bo‘ladi. Ayrim karvon yo‘llari bo‘ylab ot-arava, transport vositalari ham o‘tishi mumkin.

Piyodalar so‘qmoqlari

Piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, o‘tish qiyin bo‘lgan hududda (botqoq, tog‘, tayga) joylashgan so‘qmoqlar.

Yog‘och qoplamali yo‘llar

O‘rmon hududlarida o‘tish qiyin bo‘lgan joylardagi yo‘llar. Yog‘ochlardan, daraxtlardan to‘shalgan qoplama.

Avtostradalar va shosse yo‘llar xususiyatlarini tavsiflovchi yozuvlar

bilan birgalikda tasvirlanadi: bu o‘tish qismining kengligi (avtostradalar uchun bitta yo‘l qismining kengligi va bo‘laklarning miqdori), yerli asosining

70

Page 72: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

kengligi (shosseli yo‘llar uchun) va qoplamasining materiali (A – asfalt, B – toshli, S – sement-beton, SH – shag‘al va h. k.).

Temir yo‘llar xaritada yo‘laklarning kengligiga ko‘ra, keng chiziqli (1435 mm va O‘zbekiston Respublikasida 1524 mm dan ortiq) va tor yo‘lli (uzkokoleyn�ye) (1435 mm dan kam); yo‘llarning soniga ko‘ra, bir yo‘lli, ikki yo‘lli, uch yo‘lli; harakatlantirish vositasi buyicha elektrlangan va boshqa (dizelli yoki bug‘li)larga; holatiga ko‘ra, harakatdagi, qurilayotgan va buzib tashlanganlarga bo‘linib tasvirlanadi. Temir yo‘llarning kesishish joylari (razyezdlar), platformalar va to‘xtash punktlarining xaritalardagi shartli belgilari yozuvlar bilan birga («RAZ», «PA», «OST», «P») beriladi.

1:25 000, 1:50 000, 1:100 000 masshtabli xaritalarda yo‘l inshootlari, 30, 60 va 120 metr uzunlikdagi ko‘priklar, shuningdek osma ko‘priklar xarita masshtabiga mos ravishda ifodalanadi va qurilish materiallari (yog‘och, metall, tosh, temir-beton) va konstruksiyalari (oddiy, ikki qavatli, ko‘tariladigan, ajraladigan, suzuvchi) ko‘rsatiladi.

Temir va avtomobil yo‘llaridagi hamma tunnellar xaritalarda ko‘rsatiladi. Ularning belgilari «TUN» yozuvi va balandlik, kenglik hamda uzunlik ko‘rsatkichlari bilan ifodaladi.

6. Aholi punktlari, sanoat, qishloq xo‘jalik vasotsial-madaniy obyektlar

Aholisining soni va ishlab chiqarish faoliyatiga bog‘liq holda aholi punktlari shaharlarga, shahar turidagi posyolkalarga, sanoat korxonalari yonidagi posyolkalarga, temir yo‘l stansiyalari posyolkalariga, qishloq va dala hovli turidagi punktlarga bo‘linadi.

Shaharlar muhim ahamiyat kasb etadi: yirigida – 100 000 dan ortiq aholi, o‘rtachasida – aholi 50 dan 100 000 gacha va kichik shaharlarning aholisi 50 000 dan kam bo‘ladi.

Xaritalarda davlatlarning poytaxtlari, ma’muriy markazlar va mahalliy hokimiyat idoralari joylashgan aholi punktlarini ajratib ko‘rsatiladi. Poytaxtlar, ma’muriy markazlar alohida va ular nomlari yozuvlarining o‘lchamlari ajralib turadi.

Hududdi xarita masshtabida ifodalangan zavodlar, fabrikalar va elektrostansiyalar shartli belgilar bilan tasvirlanadi hamda obyekt yoki ishlab chiqarish turi yozib qo‘yiladi.

Aholi punktlarida joylashgan zavod va fabrikalarining trubalari, radiotelevizion minoralar, balandligi 50 m va undan ortiq bo‘lgan minora ko‘rinishidagi inshootlarning balandligi metrlarda ko‘rsatib, belgilanadi. Aeroportlar, aerodromlar va qo‘nish maydonlarini xaritada tasvirlashda ularning haqiqiy o‘lchamlari saqlab qolinadi, ularning chegaralari

71

Page 73: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

to‘siqlarning shartli belgilari yoki punktir (uzuq chiziqlar) bilan ifodalandi, kontur (chegara)ning ichiga esa aerodrom (qo‘nish maydoni)ning shartli belgisi joylashtiriladi. Neft va gaz minoralari, minorasiz quduqlar xaritada ularga mos keladigan shartli belgilar bilan ifodalandi.

Xaritada shaxtalar, shtolnyalar, yer osti temir konlari tasvirlaganda, ular ishlatiladigan va ishlatilmaydiganlariga bo‘linadi, shartli belgilari yonida inshootning nomi qisqacha yozib qo‘yiladi, masalan, «shax» (shaxta), sht. (shtolnya) yoki kon (kon).

Xaritada doim hamma radiostansiyalar va televizion markazlar, shuningdek meteorologik stansiyalar tasvirlanadi.

Yoqilg‘i quyish shahobchalari, transformator budkalari, o‘rmonchilar uylari, tegirmonlar va boshqa obyektlar xaritada masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanadi: oriyentirlik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar ularga mos keladigan yozuvlar bilan birgalikda beriladi.

7. Geodezik punktlar

Xaritada quyidagi geodezik punktlar turli xil shartli belgilar bilan tasvirlanadi: davlat geodezik tarmoqlari punktlari, hududda markazlar bilan birlashtirilgan sur’atga olish tarmog‘i nuqtalari, astronomik punktlar va boshqalar.

Shartli belgilarning markaziy nuqtalari geodezik punktlar joylashgan joyini belgilab, xaritada maksimal aniqlik bilan beriladi. Geodezik punktlarining shartli belgilari yoniga ular joylashgan balandliklar metrlarda yozib qo‘yiladi.

Chegaralar. Xaritalarda siyosiy-ma’muriy bo‘linishning quyidagi chegaralari ko‘rsatiladi: davlat, avtonom respublika va viloyatlar chegaralari rasmiy hujjatlarda aniq holda tasvirlanadi. Davlat chegaralarini tasvirlashda hamma chegara belgilari belgilanadi. Agarda davlat chegaralari daryolar, kanallar va tor bo‘g‘ozlar orqali o‘tgan bo‘lsa, hududda o‘rnatilgan chegara belgilari ularning (daryo, kanal va shunga o‘xshash) ikki tomonida ham belgilanadi

Xaritalarda hamma chegaralar minimal umumiylashtirilgan, egilishlar, burilishlar va to‘g‘ri chiziqli chegara maydonlari mukammal holda tasvirlanadi. Agarda chegara ikki chiziq bilan tasvirlanadigan farvator yoki daryo o‘rtasi bo‘ylab o‘tgan bo‘lsa, unda ularning hamma burilishlari va bukilishlari saqlangan holda, qirg‘oqlar chiziqlari oralig‘idagi zvenolar shartli belgilarning guruhlarida ko‘rsatiladi. Xaritalarda hamma davlat qo‘riqxonalarining chegaralari ko‘rsatiladi.

72

Page 74: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

8. Xarita ramkasining tashqi qismini rasmiylashtirish

Xarita sahifasi ramkasining tashqi qismiga xarita bilan ishlashda kerak bo‘ladigan turli ma’lumotlar joylashtiriladi.

Xarita sahifasining sarlavhasida tasvirlangan aholi punktlari ichidan yirigining nomi yozib qo‘yiladi. Agarda ushbu xaritada aholi punkti yo‘q bo‘lsa, unda biron-bir muhim yoki yirik obyekt (tog‘, dovon, ko‘l va shunga o‘xshash)ning nomi yoziladi. Ramka tepasining chap qismida koordinatalar tizimi va xaritada tasvirlangan hududning siyosiy-ma’muriy mansubligi ko‘rsatiladi. Ramka tepasining o‘ng qismida xaritaning grifi, nomenklaturasi va bosmadan chiqqan yili ko‘rsatiladi.

Xarita ramkasining pastki chap qismida magnit og‘ishishi, meridi-anlarning yaqinlashishi va yo‘nalishga kiritilgan tuzatishlar haqidagi ma’lumotlar beriladi.

Magnit strelkasining og‘ishishi va meridianlarni yaqinlashishi haqidagi tushuntirish matnida og‘ishish nechanchi yil uchun berilayotgani va uning o‘zgarishining yillik kattaligi beriladi. Magnit strelkasi og‘ishishi, og‘ishishning yillik o‘zgarishi va meridianlarning yaqinlashish kattaliklari gradus o‘lchamida va burchak o‘lchagich bo‘linmalarida ko‘rsatiladi. O‘ngda joylashtiriladigan tushuntirish matnida va chizmada direksion burchakdan magnit azimutga o‘tish uchun tuzatishlar beriladi.

Xarita ramkasining janubiy pastki qismi o‘rtasida uning chiziqli va sonli masshtablari joylashtiriladi, masshtab va relyefning kesishish balandliklari kattaligi ko‘rsatiladi, masshtabdan o‘ngroqda qiyaliklar tikligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan oraliqlar shkalasi beriladi.

Ramka pastki qismining o‘ng tomonida xarita tuzish usuli, suratga olingan vaqt, shuningdek xaritani tuzishda va yangilashda foydalanilgan materiallar haqidagi ma’lumotlar beriladi. Xarita sahifasining tashqi (sharqiy tomoni) qismida turli qo‘shimcha ma’lumotlar, shuningdek qo‘shimcha shartli belgilar berilishi mumkin.

Xarita sahifasi ramkasining tashqi va ichki chiziqlari oralig‘ida koordinatalar (kilometrli) setkasining vertikal va gorizontal chiziqlarining raqamlari va ramka burchaklari geografik koordinatalarining yozuvlari beriladi. Ramkaning tomonlari kenglik va uzoqlikka ko‘ra, minutli bo‘linmalarga bo‘lingan. Har bir minutli bo‘linma nuqtalar bilan oltita qismga bo‘lingan bo‘lib, bu qismlarning har biri 10 sekundga tengdir. Temir va shosse yo‘llar xaritasi ramkasining tashqariga yo‘nalgan qismida ushbu yo‘l olib boruvchi eng yaqin shahar yoki aholi punktining nomi, va bu joylargacha bo‘lgan masofa kilometrlarda belgilab qo‘yiladi.

73

Page 75: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

VIII bob. XARITA BO‘YICHA HUDUDDA ORIYENTIR OLISH

1. Hududda xarita bo‘yicha oriyentir olish

Topografik xarita – hududda oriyentir olishning asosiy vositasi. Topografik xaritadan hududda ishonchli oriyentir olishda foydalaniladi.

Xarita yordamida o‘zi turgan joyni aniqlash, berilgan va ko‘zlangan marshrutda ishonchli harakatlanish, qo‘l ostidagilarni hududda tezda oriyentir olishlarini ta’minlash mumkin.

Bo‘linmalar kechayu kunduz katta masofalarga ko‘chib yuradigan, tarqalgan yo‘nalishlarida harakat qila oladigan, ko‘pgina jangovar vazifalarni mustaqil bajaradigan zamonaviy janglarda oriyentir olish vositasi sifatida xaritaning ahamiyati yanada o‘sdi. Shunday qilib, topografik xarita notanish hududda ishonchli yo‘lboshlovchi bo‘lib qoldi va shunday bo‘lib qolaveradi.

Cheklangan ko‘rinishli har qanday hududda ishonchli oriyentir olish uchun xaritani yaxshi bilish va u bilan ishlay olish zarur.

Hududda oriyentir olishga xaritani oriyentirlash, oriyentirlarni tanish, o‘zi turgan nuqtani aniqlash va xaritani hudud bilan solishtirish kabi vazifalar kiradi. Agarda turgan joy tez tanib olinishi mumkin bo‘lgan manzillarda (yo‘llarning qo‘shilish yoki ajralish joylarida, chorrahalarda) joylashgan bo‘lsa, birinchi navbatda, ularning holatlari aniqlanadi, keyin esa xarita oriyentirlanadi.

Xaritani oriyentirlash. Bunda xaritani gorizontal tekislikda shunday joylashtirish kerakki, uning ramkasining shimoliy qismi shimolga qaragan bo‘lishi kerak. Xarita shunday holatda joylashtirilganida, hududdagi mahalliy predmetlar va relyef shakllarining joylashuviga mos keladi, hududdagi chiziqli oriyentirlar esa xaritadagilari bilan parallel bo‘ladi.

Xaritada oldindan turish nuqtasi aniqlangan bo‘lsa, chiziqli oriyentir bo‘yicha yoki oriyentir yo‘nalishi bo‘yicha oriyentirlanadi. Agarda turish nuqtasi noaniq bo‘lsa, xarita gorizont tomonlari yo‘nalishlari bo‘yicha oriyentirlanadi.

Chiziqli oriyentirlar bo‘yicha xaritalar aniq yoki taxminiy oriyentirlanadi.

Taxminiy oriyentirlash uchun chiziqli oriyentir bo‘ylab turish nuqtasidan fikran xaritada shunday yo‘nalish o‘tkazish kerakki, u hududda oriyentirning yo‘nalishi bilan bir xilda bo‘lsin. Shundan keyin chiziqli oriyentirdan o‘ng va chap tomonlarda joylashgan mahalliy predmetlar va relyefning shakllari xaritadagiga o‘xshash holatda joylashganligi aniqlab ko‘riladi. Agarda bu shartlar bajarilgan bo‘lsa, xarita to‘g‘ri oriyentirlangan bo‘ladi.

74

Page 76: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Xaritani aniq oriyentirlash uchun vizir chizg‘ichi yoki qalam qo‘llaniladi. Chizg‘ichni oriyentirning shartli belgisiga qo‘yib, uning yo‘nalishi oriyentirning hududdagi yo‘nalishi bilan solishtiriladi. Shundan keyin mahalliy predmetlar va relyef shakllarining oriyentirga nisbatan joylashishi aniqlanadi.

Oriyentirga yo‘nalish bo‘yicha xaritani oriyentirlash ham chiziqli oriyentirlar bo‘yicha amalga oshirilganidek bajariladi. Bunda farq faqat shundan iboratki, chiziqli oriyentir o‘rniga hududda, shuningdek xaritada tez taniladigan, turish joyidan ma’lum bir uzoqlikdagi mahalliy predmet (alohida daraxt, ko‘prik, geodezik belgi, ya’ni nuqtali oriyentir)dan foydalaniladi.

Xaritani gorizont tomonlarining yo‘nalishlariga ko‘ra, oriyentirlashda kompas qo‘llaniladi. Xaritada o‘zi turgan joyi aniqlanmagan yoki turish nuqtasidan oriyentirlar ko‘ringanda bunday oriyentirlash qo‘llaniladi.

Xaritani taxminiy oriyentirlashda, avvalo, kompas yordamida shimol yo‘nalishi aniqlab olinadi, keyin esa xarita ramkasining yuqori (shimoliy) tarafi shimol tomonga qaratib turiladi. Shimol yo‘nalishini boshqa usullar, masalan, Qutb yulduzi, mahalliy predmetlarning belgilari, Oy yoki Quyosh bo‘yicha ham aniqlash mumkin.

Xaritani kompas yordamida aniq oriyentirlashda u koordinatalar setkasining vertikal chizig‘iga qo‘yiladi, kompasning hisoblash ko‘rsatkichi yo‘nalish tuzatishiga teng bo‘lgan shkala bo‘linmasi qarshisiga o‘rnatiladi (25-«a» rasm), agarda kompas xaritaning chap yoki o‘ng tomoni ramkasiga qo‘yilsa, kompasning hisoblash ko‘rsatkichi magnit og‘ishishi kattaligi qarshisiga qo‘yiladi (25-«b» rasm).

25-rasm. Kompas bo‘yicha xaritani oriyentirlash:

a – kompas koordinata to‘rining vertikal chizig‘iga o‘rnatilgan; b – kompas xaritaning yon g‘arbiy ramkasiga o‘rnatilgan.

75

Page 77: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Ijobiy tuzatishda (magnit og‘ishishining) hisoblash ko‘rsatkichi kompas shkalasining 0-bo‘linmasidan o‘ng tomonga, salbiysida esa chap tomonga o‘rnatiladi.

Keyin kompas xaritaga shunday o‘rnatilishi kerakki, uning shkalasining nolli diametri (AK kompasining chizg‘ichi) koordinatalar setkasining vertikal chizig‘i yoki xarita ramkasining yon tomonlarining birontasi bilan mos tushadigan, shkalaning nollik hisobi esa xarita ramkasining shimoliy tomoniga yo‘nalgan bo‘lsin. Kompas holatini o‘zgartirmasdan xarita gorizontal tekislikda shunday aylantirilishi kerakki, magnit strelkasining shimoliy chekkasi (uchi) oldindan shkalada o‘rnatilgan hisoblash ko‘rsatkichi qarshisiga to‘g‘rilangan bo‘lsin.

Agarda yo‘nalish tuzatishi (magnit og‘ishishi kattaligi) 3° dan kichik bo‘lsa, kompas shkalasi bo‘linmasi oriyentirlashda hisobga olinmaydi.

Oriyentirlarni tanish. Avvalo, hududda va oriyentirlangan xaritada maydonli va chiziqli oriyentirlar tanib olinadi. Agarda xarita va hudud uchun umumiy bo‘lgan oriyentirlarni tanishning imkonini bo‘lmasa, boshqa mahalliy predmetlar va relyef shakllari ko‘rinarli bo‘lishi hamda ushbu oriyentirlarni xaritada tanib qolish uchun turgan joyni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Hududda kuzatilayotgan obyektlarni xaritadan izlab topishda ularning gorizont tomonlariga nisbatan joylashishini va o‘zaro joylashishlarini hisobga olish zarur. Yirik obyektlar tanib olinganidan so‘ng, kuzatilayotgan hududdagi nuqtali oriyentirlar aniqlanadi.

Xaritadan o‘zi turgan nuqtani aniqlash. Xaritada o‘zi turgan nuqta eng yaqin turgan oriyentirlarga ko‘ra, ko‘z bilan chamalab, masofani o‘lchab, oriyentirga yo‘nalish va ungacha bo‘lgan masofa bo‘yicha, Bolotov usulida, teskari direksion burchak bo‘yicha aniqlanadi. Vaqt, vaziyat, sharoiti va talab qilinayotgan aniqlik hisobga olinib, usul tanlanadi.

O‘zi turgan joyini eng yaqindagi oriyentirlar bo‘yicha ko‘z bilan chamalab aniqlash oriyentirlangan xaritada amalga oshiriladi. Dastlab hududdagi va xaritadagi 2–3 ta eng yaqin oriyentirlar taniladi va ulargacha bo‘lgan masofa ko‘z bilan chamalab o‘lchanadi. Keyin oriyentirlarga yo‘nalish hisobga olingan holda, masofa bo‘yicha kishining o‘zi turgan nuqtasi xaritada belgilanadi (26-rasm).

76

Page 78: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

26-rasm. Yaqinda joylashgan oriyentir bo‘yicha turgan joyini aniqlash.

Bunda oriyentirlar qanchalik uzoqlashib borsa, o‘z turgan nuqtasini

aniqlashda shunchalik katta xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Tepalikli va tog‘li hududlarda eng yaqin oriyentirlar o‘rnida relyefning o‘ziga xos shakllaridan foydalaniladi. Bunda quyidagi usullar qo‘l keladi:

a) masofani o‘lchash orqali. Bu usul asosan yopiq hududlarda chiziqli oriyentirlar bo‘ylab va cheklangan ko‘rinishli sharoitlarda hamda azimut bo‘yicha harakatlanayotganda qo‘llaniladi.

Harakatni boshlashdan oldin dastlabki punktda mashina spidometri ko‘rsatib turgan raqam yozib qo‘yiladi. O‘zi turgan joyni aniqlash uchun dastlabki punktdan harakat yo‘nalishida bosib o‘tilgan masofani xaritada belgilab qo‘yish zarur. Agarda piyoda yoki chang‘ida harakatlanilsa, masofa qadamlar bilan yoki harakatlanish vaqti bo‘yicha o‘lchanadi. Bu usulda turgan joyni aniqlab topishning aniqligi hududda bosib o‘tilgan masofaning o‘lchanish aniqligiga bog‘liq.

Agarda hududda va xaritada faqat bitta oriyentir tanilgan bo‘lsa, oriyentir yo‘nalishi va ungacha bo‘lgan masofa bo‘yicha turgan joyni aniqlash mumkin. Bu holda yo‘nalish kompas bo‘yicha hisobga olinib, xarita oriyentirlanadi, xaritada topilgan mahalliy predmetning shartli belgisiga chiziq qo‘yiladi, u hududdagi oriyentirga vizirlanadi, to‘g‘ri chiziq chiziladi va oriyentirdan ungacha bo‘lgan masofa belgilab qo‘yiladi. Chiziqdagi vizirlangan nuqta qidirib topilgan nuqta hisoblanadi. Tik o‘rnatilgan qalam

77

Page 79: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

bo‘yicha ham topilgan oriyentirga vizirlash mumkin. Uni oriyentirning shartli belgilaridan o‘ziga tomon harakatlantira turib, xaritada chiziq chiziladi. Unga oldindan qadamlab, binokl yordamida yoki ko‘zda chamalab o‘lchanilgan masofa yozib qo‘yiladi.

b) o‘q chiziq (po stvoru) bo‘yicha. O‘zi turgan joy va hududning o‘ziga xos boshqa ikki nuqtasi orqali o‘tadigan to‘g‘ri chiziqqa o‘q chiziq deb ataladi.

Agarda mashina o‘q chiziqda bo‘lsa, uning turgan joyi xaritada quyidagi usullarning biri bilan aniqlanishi mumkin:

– o‘q chiziq va chiziqli oriyentir bo‘yicha. Chiziqli oriyentir va ikkita mahalliy predmetli o‘q chiziqda turib, mahalliy predmetlarning (oriyentirlarning) shartli belgilari orqali xaritada to‘g‘ri chiziq chizish yetarli. O‘q chiziq va yo‘lning o‘zaro kesishish nuqtasi izlab topilayotgan turish nuqtasi hisoblanadi;

– o‘q chiziq va yonboshdagi oriyentir bo‘yicha. Dastlab xarita o‘q chiziq bo‘yicha oriyentirlanadi. Keyin chizg‘ichni yonidagi oriyentirning shartli belgisi ustiga qo‘yib, unga vizirlanadi va o‘q chiziq bilan kesishguncha qadar to‘g‘ri chiziq chiziladi. O‘q chiziqning oriyentirga vizirlangan chiziq bilan kesishish joyi turish nuqtasini bildiradi.

Xaritada tasvirlangan mahalliy predmetlarning holati va unda ko‘rsatilmagan mahalliy predmetlarni aniqlash maqsadida xarita bilan hudud solishtiriladi. Solishtirish kuzatuvchining ko‘rish maydonida bo‘lgan yirik mahalliy predmetlardan boshlanadi, keyin esa biroq maydalari taqqoslanadi. Bu o‘rab turgan hududni tez va to‘liq o‘rganish va xarita yaratilgandan so‘ng, undagi o‘zgarishlarni aniqlashning imkonini beradi. Solishtirish (taqqoslash) da o‘zining turgan joyi aniqlab olinadi. Oriyentirlangan xaritada tasvirlangan mahalliy predmetni topish uchun ungacha bo‘lgan masofa ko‘zda chamalab baholanadi. Fikran yoki chizg‘ich orqali bu masofa masshtab bo‘yicha xaritadagi turgan nuqtadan predmetgacha bo‘lgan yo‘nalish tomonga belgilanadi, keyin belgilangan masofa bo‘yicha xaritada tasvirlangan (shartli belgi) predmet topiladi. Teskari vazifani yechishda, ya’ni hududda xaritada tasvirlangan predmetni topishda xarita bo‘yicha turish nuqtasidan izlanayotgan mahalliy predmetgacha bo‘lgan masofa va shu masofagacha bo‘lgan yo‘nalish aniqlanadi. Shu ma’lumotlar orqali hududdagi predmet topiladi. Uzoq masofada yoki bir xil turdagi mahalliy predmetlar ichida joylashgan predmetlarni xaritada aniqlash uchun hududdagi yo‘nalish burchagi va predmetgacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. O‘lchangan burchak xaritada hosil qilinadi va ungacha bo‘lgan masofa bo‘yicha mahalliy predmetning belgisi topiladi. Mahalliy predmetning yo‘nalishini aniq va ishonchli aniqlash uchun kompas yordamida magnit azimuti o‘lchanadi.

78

Page 80: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Ushbu yo‘nalishning direksion burchagi hisoblab topiladi hamda u orqali xarita masshtabida o‘lchanilgan masofa belgilaniladi.

2. Hududda bo‘linmalarning mo‘ljal olishi

Bo‘linma komandirlari o‘z qo‘l ostidagilarga tez va o‘z vaqtida hududda mo‘ljal olishni o‘rgatishlari lozim. Hududda mo‘ljal olishning eng sodda usullari quyidagilardan iborat:

a) kompas bo‘yicha; b) osmon yoritgichlari bo‘yicha; c) mahalliy predmetlar belgilari bo‘yicha. Bo‘linma komandirlari hududda oriyentir olishda kompas va xaritadan

foydalanadilar. Qo‘l ostidagilarning hududda mo‘ljal olishi topografik mo‘ljal olish deyiladi. Topografik mo‘ljal olishda dastlab vaqt va gorizont tomonlarning biror-bir tomoniga yo‘nalish ko‘rsatiladi. Gorizont tomoni, odatda harakat yo‘nalishini yoki shimol yo‘nalishini ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan vaqt esa mahalliy vaqtni bildiradi. Keyin yaqindagi o‘ziga xos mo‘ljalga nisbatan o‘zi turgan joyni o‘rab turgan mahalliy predmetlar, relyef shakllari va ulargacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. Mahalliy predmetlarga bo‘lgan yo‘nalish o‘zining holatiga nisbatan (o‘ngga, to‘g‘riga, chapga) yoki gorizont tomonlari bo‘yicha, predmetlarning nomlari va ulargacha bo‘lgan masofa esa xarita bo‘yicha ko‘rsatiladi, masalan (27-rasm): «Vaqt 5.20, shimol – temir yo‘l ko‘prigi 156,7 («Dumaloq») belgili balandlikda turibmiz; o‘ngda – 3 km – Koriz qishlog‘i; to‘g‘rida – 3 km – Garasha soy; undan uzoqda, 6 km – O‘rta buloq qishlog‘i; 2 km – alohida qo‘rg‘on».

Shundan keyin mo‘ljallar, ularning shartli nomlari ko‘rsatiladi va qo‘l ostidagilar taktik oriyentirlanadi.

Agarda xarita yo‘q bo‘lsa yoki hududda mo‘ljal olishda adashilgan taqdirda, topografik mo‘ljal olib, joy haqida aloqa vositalarida axborot uzatish mumkin. Masalan: «Qo‘rg‘onda turibman, 2 km shimolga – temir yo‘l ko‘prigi; 500 m janubi-g‘arbga – qarag‘ayzor o‘rmon; 5 km janubga – qishloq turidagi aholi punkti; 1 km sharqqa – uncha katta bo‘lmagan daryo». Katta boshliq ko‘rsatilgan predmetlar bo‘yicha xaritadan bo‘linmaning joylashgan joyini aniqlaydi. Topografik mo‘ljal olishda oson va tez topish mumkin bo‘lgan, o‘ziga xos xususiyatli maydonli va chiziqli oriyentirlar tanlanadi.

79

Page 81: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

27-rasm. Joyda mo‘ljal olish.

3. O‘ziga xos sharoitlarda oriyentir olish

Yirik aholi punktlarida oriyentir olish. Yirik aholi punktlarida harakatlanish marshruti odatda asosiy magistral yo‘llardan tanlanadi. Topografik xaritalarda bunday yo‘llar kattalashtirilgan hajmdagi shartli belgilar bilan ajratib ko‘rsatiladi. Ko‘pincha, bunday yo‘llarning davomi aholi punktiga kelib ulanuvchi shosseli yo‘llar bo‘ladi. Hududda va xaritada yaxshi taniladigan mo‘ljal (ko‘priklar, stadionlar, osma yo‘llar va boshq.) lar yonida marshrutning burilishlari belgilanadi. Aholi punktini rejalashtirishdagi o‘ziga xosliklar va mo‘ljallar mukammal tasvirlangan shahar rejalaridan foydalanish hududda oriyentir olishni ancha yengillashtiradi.

Shaharga yaqinlashilganida, hudud reja bilan sinchiklab solishtiriladi, aholi punktiga kirish joyi aniq belgilanadi. Bevosita shaharning o‘zida esa harakatlanayotgan ko‘cha yo‘nalishi bo‘yicha reja oriyenterlanadi va

80

Page 82: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

chorrahalar, maydonlar, xiyobonlar, haykallar, ularning rejadagi tasviri bilan sinchiklab taqqoslanadi.

Aholi punktida harakatlanilayotganida yo‘nalishdagi burilishlar haqida haydovchini o‘z vaqtida ogohlantirish muhim ahamiyatga ega, chunki ko‘zlangan hududdan o‘tib ketish mo‘ljalni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Tog‘larda oriyentir olish. Tog‘larda harakatlanish odatda dovonlardagi, irmoq va daryolar yoqalab o‘tgan yo‘llar va so‘qmoqlar orqali amalga oshiriladi. Tik ko‘tarilishlar va qiyaliklar, harakatlanish yo‘nalishi hamda hududdagi ko‘rinish sharoitlarining tez-tez o‘zgarib turishi tog‘li joylar uchun xos xususiyatdir. Bularning hammasi mo‘ljal olishni qiyinlashtiradi. Havoning shaffofligi va yirik relyef shakllarining ko‘pligi tog‘larda predmetlargacha bo‘lgan masofalarning haqiqiysiga nisbatan qisqa (yaqin) degan tasavvurga olib keladi. Tog‘ cho‘qqilaridagi tanish bo‘lgan belgilarni ba’zida unga boshqa tomondan qaralganida tanish kiyinroq bo‘ladi. Tog‘larda oriyentir vazifasini relyefning o‘ziga xos shakllari va elementlari (cho‘qqilar, daralar, qoyalarning burchakli bo‘rtiqlari), muzliklar, alohida to‘plangan daraxtlar va o‘rmon massivlarining o‘ziga xos tashqi ko‘rinishlari, daryolar, irmoqlar, yo‘llar, so‘qmoqlar, ko‘priklar, yo‘llardagi o‘yiqlar, do‘ngliklar, alohida qurilishlar, qadimgi qal’alarning vayronalari, yodgorliklar, qabrlar va boshqalar o‘taydi.

Tog‘larda tez-tez alohida (lokal) magnit anomaliyalari uchrab turadi. Ular kompasdan foydalanishni hamda kompas yordamida harakatlanish yo‘nalishini saqlashni cheklab qo‘yadi. Xarakatlanish yo‘nalishi, ko‘pincha, osmon yoritgichlari va yo‘nalishning ko‘plab nuqtalaridan ko‘rinib turuvchi uzoqdagi qorli cho‘qqilarni kuzatish orqali olib boriladi.

Cho‘l-sahro hududlarida oriyentir olish. Cho‘llarda oriyentir olish tabiat va relyefning bir xilligi sababali qiyinlashadi. Yo‘nalishda oriyentir vazifasini o‘tovchi mahalliy predmetlar kamdan-kam uchraydi. Oriyentir olish sharoitiga, shuningdek kuchli shamollar, saroblar va havoning kuchli changlanganligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Cho‘llarda mahalliy predmetlargacha bo‘lgan masofa haqiqatdagiga nisbatan qisqa bo‘lib ko‘rinadi.

Kunduzi havo keskin qizib ketib, havoda to‘lqinlanish (konvensiya) yuzaga keladi, bu holat uzoqlikni o‘lchash asbobida masofani o‘lchash aniqligini kamaytiradi. G‘ildirakli va zanjir tasmali mashinalar qumlarda tiqilib qolib, g‘ildiraklarining bir joyda aylanish holati yuzaga kelishi natijasida spidometrdan foydalanish qiyinlashadi.

Odatda, cho‘l hududlarida harakat yo‘nalishlari kolonnalar yo‘li bo‘yicha tanlanadi. Harakatlar qoidaga ko‘ra, azimut bo‘yicha amalga oshi-

81

Page 83: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

riladi. Belgilangan harakat yo‘nalishi kompas va jangovar mashinalarning navigatsiya apparatlari yordamida saqlab boriladi.

Qo‘rg‘onlar, taqirlar, quduqlar, qurib qolgan daryolarning o‘zanlari, vohalar, turli inshootlarning vayronalari cho‘llarda oriyentir vazifasini o‘taydi. Ko‘rinish yaxshi sharoitlarda oriyentirlar uzoqdan ko‘rinib turadi. Osmon yoritgichlari, mashinalarning izlari, hukmron shamollarning yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lgan qum tepalar va barhanlarning joylashish holatlari qo‘shimcha oriyentirlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

O‘rmonli hududlarda oriyentir olish. O‘rmonlarda oriyentirlar kam uchraydi, shuningdek ko‘rinishlar ham cheklangandir. Bunday holat xaritani hudud bilan solishtirishni qiyinlashtiradi.

O‘rmonlarda yo‘llarning kesishish va ajralish joylari, daryolar, irmoqlar, chuqur pastliklar, jarliklar, balandliklar, aholi punktlari hamda alohida binolar oriyentirlar vazifasini o‘taydi.

Odatda, o‘rmonlarda harakatlanish yo‘llarda va daraxtlari kesib hosil qilingan yo‘laklarda amalga oshiriladi. Alohida va vaqtinchalik o‘rmon yo‘llari, ba’zida esa o‘rmonlar ajralgan joylardagi va o‘tloqlardagi ko‘p yurilgan yo‘llarning 1:100 000 va 1:200 000 masshtabli topografik xaritalarda ko‘rsatilmasligi (tasvirlanmasligi) mumkinligini mo‘ljal olishda hisobga olish zarur.

O‘rmonlarda harakat yo‘nalishi azimutlar bo‘yicha saqlab boriladi, turgan joy esa bosib o‘tilgan masofani hisoblash orqali aniqlanadi. Yaxshi taniladigan yirik mahalliy predmet (oriyentir)larning xaritadagi belgilari oldida (yonida) spidometr ko‘rsatkichlari va kompas yordamida aniqlangan harakatlanish yo‘nalishlarining magnit azimutlari yozib qo‘yiladi (qayd qilinadi, nazoratga olinadi). Yo‘ldagi burilishlar, yo‘lning bo‘linish joylari paydo bo‘lishini kutgan holda, diqqat bilan kuzatib boriladi.

Tunda oriyentir olish. Kunduzgi yengil taniladigan ko‘pgina mahalliy predmetlarni tundagi qorong‘ulikda farqlash qiyinlashadi, ularning tashqi ko‘rinishi va tarzi (shakli) o‘zgargan bo‘ladi. Predmetlargacha bo‘lgan masofa kunduzgiga nisbatan uzoqroq bo‘lib ko‘rinadi (tuyuladi). Qorong‘ulikda ko‘zlar zo‘riqadi, tezda charchaydi, hududni idrok qilish yomonlashadi. Bular oriyentir olishni anchagina qiyinlashtiradi.

Tunda marsh o‘tkazish ko‘zda tutilganida, marshrut imkoni boricha chiziq oriyentirlar bo‘ylab tanlanadi, bu esa harakatlanish yo‘nalishini ishonchli saqlab turish imkonini beradi.

Kechasi kunduzgiga nisbatan marshrut bo‘ylab nazorat oriyentirlari ancha qisqa masofalarda tanlanadi. Marshga tayyorgarlik ko‘rilayotganida

82

Page 84: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

nazorat oriyentirlarini yodda saqlab qolish maqsadida yo‘llarning tuzilishi, uchastkalarning o‘ziga xos xususiyatlari diqqat bilan o‘rganiladi.

Yo‘lda harakatlanish yo‘nalishi azimutlar bo‘yicha yoki yordamchi oriyentirlar (osmon yoritgichlari, uzoqdagi yorug‘liklar) yordamida nazorat qilib boriladi. Harakatlanayotganda xaritadan turilgan joy dastlabki punktga yoki nazorat oriyentiriga nisbatan yo‘nalish bo‘yicha bosib o‘tilgan masofani hisoblab topish orqali aniqlanadi.

83

Page 85: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

IX bob. HUDUDNING AEROFOTOSURATLARI

1. Havodan suratga olish va aerofotosuratlar

Havodan suratga olishning mohiyati va vazifalari. Samolyotdan yoki boshqa uchish apparatidan turib yer yuzasini va unda joylashgan obyektlarni suratga olish havodan suratga olish yoki aerofotosuratga olish deb ataladi.

Havodan suratga olish maxsus fotoapparat (AFA)larda amalga oshiriladi. Konstruksiyasiga ko‘ra, AFAlar turlicha, ammo hamma AFAlar fotokameradan va boshqaruvchi asbobdan iborat bo‘ladi. Boshqaruvchi kamera eksponirovka (fotoplyonkani ma’lum vaqt nur ta’sirida qoldirish) vaqtini, suratga olishning ikkita vaqti o‘rtasidagi oraliq pauzani o‘rnatishga xizmat qiladi.

Zamonaviy AFAlar har qanday balandlikdan turib, har qanday tezlikda suratga olish imkonini beradi. Kassetadagi plyonka 400 dan ortiq kadrlarni suratga olishga yetadi. Formatlari AFA turiga bog‘liq bo‘lib, 50 x 50 o‘lchamdagi surat olish imkoniga ega.

Dushmanni razvedka qilish va yadro quroli qo‘llanganidan so‘ng hududdagi o‘zgarishlarni o‘rganish uchun havodan surat olinadi. Agarda sharoit imkon bersa, dushman egallab turgan hududni qaytadan surat olish zarur. Oldingi suratlar bilan yangilarini solishtirish dushman jangovar harakatlari hududidagi o‘zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Fotonazorat olib borishda havodan suratga olishdan keng foydalaniladi. Aerofotosuratlar orqali dushman nishonlarining mahv etilish va o‘zlarining niqoblanish darajalarini aniqlash mumkin.

Aerofotosuratlardan, shuningdek jangovar tartib elementlarini topogeodezik bog‘lashda, hududda oriyentir olishda, to‘siqlarni aniqlashda va ularni aylanib o‘tish yo‘llarini topishda foydalanish mumkin.

Aerofotosuratlar va topografik xaritalar harakat mobaynida birgalikda qo‘llaniladi. Aerofotosuratlarni xarita bilan solishtirish orqali hududdagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin.

Havodan suratga olishning va aerofotosuratlarning turlari. Havodan suratga olishlar quyidagi asosiy husiyatlariga ko‘ra, har xil turlarga bo‘linadi: AFA optik o‘qining holatiga ko‘ra, bevosita shu vaqtda suratga olishga to‘g‘rilangan yoki keyinchalik mo‘ljallangan (planovoye i perspektivnoye); AFA turiga ko‘ra, kadrli-yoriqli (kadrovoye �yelevoye), panoramali; tasvir rangiga ko‘ra, oq-qora, rangli va spektrozonal; sutkaning vaqtiga ko‘ra, tungi

84

Page 86: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

va kunduzgi. Suratga olish turiga bog‘liq ravishda shu turga mos aerofotosurat olinadi. Masalan, rejali suratga olish orqali rejali aerofotosurat, tunda suratga olish orqali tungi aerofotosurat olinadi.

Hozirgi vaqtda yonlama ko‘rinish beruvchi maxsus radiolokatsion apparatura har qanday ob-havoda ham havodan razvedka qilish imkonini beradi. U bilan kunning har qanday vaqtida va har qanday ob-havoda hududning radiolokatsion tasvirini olish mumkin.

Aerofotosuratlarning tasvirlovchi xususiyatlari. Aerofotosuratlarning tasvirlovchi xususiyati – bu tasvirlanayotgan obyektning detallarini alohida tasvirlashdir.

Aerofotosuratlar – razvedka qilish va o‘lchov hujjati. Dushmanni va hududni razvedka qilish maqsadida amalga oshiriladigan havodan suratga olish aerofotorazvedka deb ataladi. Yerdan turib ko‘zdan kechirish bilan qilinadigan razvedkaga ko‘ra, aerofotorazvedka dushman va hudud haqida ko‘proq, aniqroq ma’lumot beradi. Aerofotosuratlar razvedka hujjatlari sifati katta ahamiyatga ega, chunki unda ma’lumotlar yangi, batafsil va haqiqiy tasvirlangan bo‘ladi.

Ta’kidlangan aerofotosuratlarning ijobiy tomonlari bilan birga, salbiy tomonlari ham mavjud. Aerofotosuratlarda tasviri tushgan obyektlar, ya’ni aholi punktlari, o‘rmonlar, ko‘llarning nomlari yozilmagan bo‘ladi, unda gorizontallar yo‘q bo‘lib, relyefning o‘lchamiy ko‘rinishlarini matematik yo‘l bilan aniq hisoblab bo‘lmaydi. Bular aefrotosuratlarni xarita bilan birgalikda qo‘llash zaruratini keltirib chiqaradi.

Aerofotosuratlardagi xatoliklar (noto‘g‘ri ko‘rinishlar). Aero-fotosuratdagi hududning tasvirida birmuncha xatolik (noto‘g‘ri ko‘rinish)lar mavjud bo‘ladi. Bu xatoliklar yer yuzasi relyefining mavjudligidan, shuningdek fotoapparat optik o‘qining tik o‘q chiziqdan og‘ishishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu og‘ishish oqibatida gorizontal yuzaga nisbatan aerofotosuratning og‘ishishi yuzaga keladi. Shulardan kelib chiqqan holda, xatoliklar relyef xatoliklariga va aerofotosuratlarning og‘ishish xatoliklariga ajratiladi.

2. Havodan suratga olish masshtablari

Havodan suratga olish masshtabi nafaqat suratga olish balandligiga, balki AFA fokus masofasiga ham bog‘liqdir. Fokus masofa qanchalik katta bo‘lsa, ushbu uchish balandligidan shunchalik yirik masshtabdagi suratga olishni amalga oshirish mumkin.

85

Page 87: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Havodan suratga olish masshtabi dushman yoki hudud haqidagi ma’lumotlarning qanchalik batafsilligiga qo‘yilgan talabga qarab tanlanadi. Suratga olish masshtabi qanchalik katta bo‘lsa, ma’lumotlar shunchalik batafsil (yaqqol) yoritiladi. Ammo ma’lum bir hududni yiriklashtirilgan suratga olish masshtabida tasvirlash uchun aerofotosuratlarning miqdorini ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi, bu esa, o‘z navbatida, aerofotosuratlar (AFS)ga ishlov berish muddatining cho‘zilishiga olib keladi. Masalan, suratga olish masshtabini 2 marta kattalashtirish xuddi shu formatdagi aerofotosurat (AFS)lar miqdorini 4 marta ko‘paytirishga olib keladi va ularga ishlov berish vaqti ham cho‘ziladi.

3. Fotohujjatlar

Koordinata setkali AFSlar – fotosxemalar, fotorejalar va fotoxaritalar asosiy fotohujjatlarni tashkil qiladi.

AFSdan dushmanni va hududni o‘rganish, unda oriyentir olish, masofalarni va koordinatalarni aniqlash, ulardan foydalanib, xaritalarga tuzatish kiritish va jangovar grafik hujjatlarni tuzishda qo‘llaniladi.

Fotosxema – bu AFSlardan yig‘ib, hosil qilingan, hududning umumiy ko‘rinishini ifodolovchi fotohujjat. Fotosxemalar AFSlardagi mahalliy predmetlarning tasvirlarini taqqoslab birlashtirish, ya’ni asosiy gorizontallari bir chiziqda yotadigan holga keltirilib, hosil qilinadi.

Fotorejalar – fotosxemalardan farqli ravishda transformatsiya qilingan AFSlardan, ya’ni bir masshtabga keltirilgan va keyinchalikka mo‘ljallangan AFSlardan hosil qilinadi. Shu yerda perspektiv suratga olish ma’nosini tushuntirib ketamiz: perspektiv suratga olishda AFA 45,60 yoki 75° burchak ostida o‘rnatiladi, natijada perspektiv AFSning masshtabi o‘zgaruvchan bo‘ladi, ya’ni oldingi yaqin qismi yirik, keyin sekin-asta uzoqlashgan sari esa kichiklashgan masshtabli bo‘ladi. Topografik shartli belgilar bilan hududdagi asosiy elementlar, shuningdek relyef ko‘rsatilgan fotorejaga fotoxarita deyiladi.

4. Aerofotosuratlarda o‘lchash

Rejali AFS (rejali AFSlardan hosil qilingan fotosxema) larning masshtablari, odatda xarita bo‘yicha aniqlanadi.

Ilova: rejali suratga olishda AFA shunday holatda bo‘ladiki, uning optik o‘qi eksponirovka vaqtida tik to‘g‘ri chiziq bilan mos keladi yoki sezilarsiz burchakka og‘ishadi, xolos. AFS dan ikkita yaqqol ko‘zga tashlanuvchi shaklli nuqta tanlanadi. Ularning tasviri xaritada ham mavjud bo‘lishi kerak. Bunda yana quyidagilarni e’tiborga olish lozim: bu nuqtalarni birlashtiruvchi

86

Page 88: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

to‘g‘ri chiziqli kesma AFSning o‘rtasidan o‘tishi kerak, u iloji boricha kattaroq uzuqli bo‘lishi kerak. Keyin AFS dagi ushbu kesmaning uzunligi o‘lchanadi, xaritadan esa hududdagi kesma mos keluvchi masofa aniqlanadi. Xarita bo‘yicha aniqlangan hududdagi masofa AFSda unga mos keladigan kesmaning uzunligiga bo‘linadi va raqamli masshtabning maxraji hosil qilinadi.

Masalan, AFS dagi a va b nuqtalarga xaritadagi A va B nuqtalar mos keladi. Xarita bo‘yicha aniqlangan hududdagi AB masofa 1450 m ga teng, AFS dagi ab kesmaning uzunligi esa 6 sm ga teng. AFS masshtabi quyidagicha aniqlanadi:

AB 1450 14500 Yechim: m = ab = 6 = 6 = 24167 Demak, AFSning masshtabi 1:24167 ga teng yoki yaxlit holda, 1 sm da

242 m mavjud. Katta aniqlikka ega bo‘lish va buni tekshirib ko‘rish uchun AFS

masshtabini 2 marta aniqlangan ma’qul (ikkita o‘zaro kesishuvchi chiziq bo‘yicha), shundan keyingina ularning o‘rtachasi masshtab sifatida olinadi.

AFSlarda magnit meridiani chizig‘ini belgilash. Hududda AFSlar yordamida ishlash, AFS larni oriyentirlash uchun magnit meridian yo‘nalishini bilish zarur. Uni xarita bo‘yicha yoki hududda kompas yordamida, shuningdek suratdagi baland predmetlarning yo‘nalishi bo‘yicha belgilash mumkin.

Obyektlarni AFS dan xaritaga o‘tkazish. To‘la aniqlikka zarurat bo‘lmasa, xarita bilan surat ko‘plab umumiy konturlarga ega bo‘lsa, obyektlar ko‘zda chamalanib, rejali AFS dan xaritaga o‘tkaziladi. Boshqa hollarda esa, proporsional sirkul yoki proporsional masshtab yordamida o‘tkaziladi.

5. Aerofotosuratlardan obyektlarning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash

AFSlardagi obyektlar xaritaga ko‘chirilganidan keyin ularning koordinatalari xarita bo‘yicha aniqlanadi. Obyektlar ko‘p bo‘lganda esa AFSga koordinatalar setkasi chiziladi va u bo‘yicha obyektlarning koordinatalari aniqlanadi.

AFS da koordinatalar setkasi quyidagi tartibda tuziladi: AFSda yaqqol tasvirlangan va xaritada aniq (28-rasm) ko‘rsatilgan to‘rtta nuqta tanlab olinadi. Bu nuqtalar suratga olingan maydonning o‘rta balandligida

87

Page 89: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

joylashgan bo‘lishi va to‘rtburchak hosil qilishi zarur. AFSdan va xaritadan tanlangan nuqtalar to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtiriladi. Shundan keyin to‘rtburchak tomonlarining kilometrli chiziqlar bilan kesishish nuqtalari xaritadan AFSga ko‘chiriladi. Buning uchun xaritadagi A 1, A 8, V 2, V 3, S 4, S 5, D 6, D 7 masofalar ketma-ket o‘lchanadi va bu masofalar AFS masshtabiga keltiriladi. Ularning AFSga mos keladigan nuqtalari va tomonlari belgilanadi. Masalan, A 8 kesma AFS masshtabiga mos holga keltirilgandan keyin, � nuqtadan d nuqta tomonga belgilanadi. O‘tkazilgan nuqtalar xaritadagi mos juftlari bilan birlashtiriladi (1–6, 2–5 , 3–8, 4–7) va kilometrli chiziqlarni hosil qiladi. Ular xaritadagidek belgilanib, yozib chiqiladi.

AFSda hosil qilingan ikkita kilometr chiziq oralig‘ida masofa ma’lum bir santimetrlarda karrali emas (ne kratn�), shu sababli ularda koordinatalarni o‘lchash xaritadagi kabi noqulay. Odatda, AFSdan koordinatalar millimetrli bo‘linmalari bo‘lgan chizg‘ich yordamida aniqlanadi. Chizg‘ichdagi 1 mm hududdagi 10 metrga mos keladi deb qabul qilinadi, bu holda chizg‘ichdagi 10 m hudud 1 km ga mos keladi.

Topografik xarita Aerofotosurat

28-rasm. AFS da koordinatalar setkasini hosil qilish.

6. Aerofotosuratlarning shifrini ochish

AFSlarning shifrini ochish – bu fototasvirdan turli xil obyektlarni tanib olish va ularning xususiyatlarini aniqlashdir. Dushmanni va hududni razvedka qilish uchun amalga oshiriladigan shifrni ochish harbiy xaritalar 88

Page 90: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

tuzish va ularni yangilash maqsadini ham ko‘zlaydi. Shifrni ochishga esa topografik shifrni ochish deb ataladi. Usullariga ko‘ra, dalali (polevoy) va kamerali shifrni ochishlar mavjud. Dalali shifrni ochishda AFS hudud bilan taqqoslanadi. Hudud bilan taqqoslashning imkoni bo‘lmaganida, masalan, dushman egallab turgan hudud tasvirining shifrini ochishda kamerali usul qo‘llaniladi.

AFSlarning harbiy shifrini ochishga topografik elementlarning, ya’ni hududning elementlari va taktik obyektlarining shifrlarini ochish kiradi. O‘lchamlari va konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda shifri ochiladigan obyektlar: maydonli (o‘rmonlar, botqoqliklar, minallashtirilgan maydonlar va boshqalar); chiziqli (yo‘llar, daryolar, transheyalar va boshqalar); nuqtali yoki kompakt (alohida inshootlar, o‘t ochish pozitsiyalari, tanklar va boshqalar)ga bo‘linadi.

Niqobni ochuvchi belgilar. AFSdagi obyektlarning tanib olishga imkon beruvchi belgilariga niqobni ochuvchi belgilar (demaskiruyu�iye priznaki) deyiladi. Ular to‘g‘ri (bevosita ko‘rsatuvchi) yoki bilvosita ko‘rsatuvchi belgilar bo‘lishi mumkin. Bevosita belgilarga tasvirning shakli, o‘lchami va rangi taalluqli bo‘lsa, bilvosita belgilarga soyalar, obyektlarning o‘zaro joylashishi, faoliyat izlari kiradi.

Tasvirning shakli – niqobni ochuvchi katta ahamiyatli belgi. Rejali AFSlardagi obyektlarning tasvirlari ularning yuqoridan qaraganda ko‘rinishiga mos keladi va deyarli ularning rejadagi chizmasiga o‘xshab ketadi. Ko‘pgina maydonli va chiziqli obyektlar tasvirining shakliga qarab aniqlanadi, yirik masshtabli xaritalarda esa nuqtali (kompakt) obyektlarni ham shakliga qarab aniqlash mumkin.

Tasvirning o‘lchami AFSning masshtabiga va shifri ochilayotgan obyektning kattaligiga bog‘liq. Obyektlarning AFSdagi o‘lchamlarini ularning haqiqiy o‘lchamlari bilan solishtirish orqali farqlab aniqlash mumkin, masalan, tuproq yo‘lni shossedan, ariqni kanaldan farqlab aniqlash va shunga o‘xshashlar.

Tasvirning ranglanish darajasi, ya’ni oq-qora AFSdagi yorug‘likni sezuvchi qatlamning qorayish darajasi obyektning yoritilganligiga, uning ustki yuzasining nur qaytarish imkoniga, fotomateriallarning yorug‘likka sezgirligiga, shuningdek suratga olinayotgan yilning fasliga va kunning vaqtiga bog‘liq. Obyektning yuzasi silliq bo‘lib, yorug‘likni ko‘p qaytarsa va ko‘p yoritilgan bo‘lsa, uning AFSdagi tasviri shunchalik yorqinroq bo‘ladi.

Obyektlardan hosil bo‘layotgan soyaga qarab, obyektning tashqi ko‘rinishi va balandligi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Obyektlarni, ko‘pincha, faqat soyasidangina tanib olish mumkin bo‘ladi. Obyekt soyasining o‘lchami obyektning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki

89

Page 91: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

quyoshning suratga olish vaqtidagi balandligiga ham bog‘liq. Quyosh qanchalik baland bo‘lsa, obyektlarning soyasi shunchalik qisqa bo‘ladi va ularni tanib olish qiyinlashadi.

Obyektlarning o‘zaro joylashishi. Hamma taktik obyektlar (mudofaa inshootlari, to‘siqlar, o‘t ochish pozitsiyalari va shunga o‘xshashlar) ning hududda o‘zaro, shuningdek topografik elementlarga nisbatan joylashishlari ham ma’lum bir qonuniyatga asoslangan. Shu sababli ma’lum bir obyektning mavjudligi boshqa bir obyektning bo‘lishini zaruriy shart qilib qo‘yadi, shuningdek hududning sharoitiga bog‘liq holda, ularning joylashish tartibi ham nisbatan ma’lum bo‘ladi.

Faoliyat belgilari (izlari). Bularga qo‘shinlarning harakatlari tufayli hududda qoladigan izlar kiradi. Masalan, niqoblangan tank zanjir tasmalari izi bo‘yicha, minali maydon esa mina qo‘yuvchi texnikaning izlari bo‘yicha aniqlanadi. Niqobni ochishda hamma belgilarni birgalikda e’tiborga olish lozim.

Topografik obyektlarning shifrini ochish. Keskin shaklli relyeflar soyalarning konfiguratsiyalari bo‘yicha oson taniladi. Relyef shakli qanchalik keskin bo‘lsa, qiyaliklarning soyalashuvi tasviri shunchalik yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.

Aholi punktlari, ko‘chalar va maydonlar tasvirdagi tuzilishiga ko‘ra, yengil tanib olinadi. Yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish korpuslari, ba’zida oynalangan tomlari, omborlari, baland trubalari, estakadalarining shifrlari kirib keluvchi yo‘llar bo‘yicha ochiladi.

Kazarmalar va harbiy shaharchalarni, odatda geometrik to‘g‘ri joylashgan bir xil turdagi binolar, maydon, sport maydonchalari, harbiy texnikalar uchun garajlar tashkil qiladi.

Temir yo‘llarga to‘g‘ri chiziqlilik va burilishlarning katta radiusli bo‘lishi hamda bir xil egrilikda qayrilib borishi, yo‘l polotnosi bo‘ylab katta bo‘sh maydon qoldirilishi, turli xil inshoot (vokzal, platforma) larning bo‘lishi, avtomobil yo‘llari bilan to‘g‘ri burchak ostida kesishishi xosdir. Temir yo‘llarning AFSdagi tasviri kulrang, shosse yo‘llariga nisbatan to‘qroq bo‘ladi.

Tunnellar yo‘llar qoplamalarining uzilishidan va unga kirish joyidagi soyadan tanib olinadi.

Avtostradalar va shosse yo‘llari quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega: koplamasining aniq tarhi (konturi) sezilib turadi, burilishlari temir yo‘llarga nisbatan keskinroq bo‘ladi, ancha uzoqqa cho‘zilgan to‘g‘ri chiziqli tasvirlar va yo‘l yoqalarida aloqa tizimining mavjudligi.

Tuproq yo‘llar tasviri to‘lqinsimon, ust qatlamining kengligi bir xilda emasligi, yonlama ariqchaning yo‘qligi, yo‘lning bir necha bo‘lakka

90

Page 92: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

bo‘laklangan joylarining bo‘lishi bilan ajralib turadi. Tuproq yo‘lning kengligi odatda 4–5 m bo‘ladi. Ranglanishi atrof hududga nisbatan yorqinroq bo‘ladi.

Daryolar, irmoqlar, ko‘llar va boshqa suv manbalari suv yuzasining bir xil rangda ko‘rinishi va yaqqol ko‘zga tashlanuvchi qirg‘oq chiziqlari bilan yengil tanib olinadi.

Sun’iy suv manbalari plotinalar (dambalar)ning mavjudligi va ular ensiz hoshiya sifatida tasvirlanishi bilan ajralib turadi.

Kanallar uchun o‘zanining bir xil kenglikda bo‘lishi, to‘g‘ri chiziqlilik, burilishlarning ohistaligi, kanal devorlari soyasining mavjudligi, shluzlarning mavjudligi xosdir.

O‘rmonlarni yoqalari tarhining aniqligi va daraxtlarning soyalari bo‘yicha, shuningdek yoritilgan tanalaridan va ular oralig‘idagi qora oraliqlardan hosil bo‘ladigan donali tasvir bo‘yicha yengil aniqlash mumkin. Daraxtlarning balandligi soyalarning uzunligiga qarab, aniqlanadi. Buning uchun shu AFSdagi balandligi aniq bo‘lgan predmetning soyasi bilan o‘rmon chekkasidagi daraxt soyasining uzunligi taqqoslab ko‘riladi. O‘rmonlar yoshini aniqlashda ularning tanalari hosil qiladigan donalarga e’tibor beriladi, donalar qanchalik yirik bo‘lsa, o‘rmonning yoshi ham shuncha katta bo‘ladi. Butazorlar va changalzorlar, odatda ancha mayda donali ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Botqoqliklar namlik darajasiga bog‘liq holda, kulrang yoki to‘q kul rang bo‘lishi mumkin, ularning tasviri qanchalik ochiq rangga ega bo‘lsa, ular shunchalik quruq va o‘tish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Agar AFS da so‘qmoqlar va daraxtsimon o‘simliklar aniqlansa, bunday botqoqliklardan o‘tib bo‘ladi, agarda aniq chegarali qora hoshiyalar bo‘lsa, bunday botqoqliklardan o‘tib bo‘lmaydi, ularda o‘pqonlar mavjud bo‘ladi. Qishdagi AFS larda botqoqliklar sezilmaydi.

Taktik obyektlarning shifrini yechish. AFS lardagi taktik obyektlar tasvirlari o‘lchamlari va konfiguratsiyasi bo‘yicha nuqtali (kompakt) va chiziqli obyektlar guruhlariga kiradi. Birinchi guruhga jangovar texnikalar, transport mashinalari, ko‘mondonlik punktlari, o‘t ochish pozitsiyalari va yashirinish joylari tegishlidir, ikkinchisiga esa transheyalar, xabar qilish yo‘llari, simli to‘siqlar kiradi. Kompakt obyektlarning shifrini ochish qiyinchilik tug‘diradi, chunki ular yashirin joylashtiriladi va niqoblanadi. Shuning uchun ularni tanib olishda kattalashtiruvchi moslamalardan foydalanish zarur.

Tanklarning tasviri och kulrang, to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklga ega bo‘ladi. Bu burchak o‘siqlarga egadir. To‘g‘ri to‘rtburchakning uzunligi

91

Page 93: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

eniga nisbatan ikki marta katta bo‘ladi. Yirik masshtabli AFSlarda bashnya va quvurning tasviri ko‘rinib turadi.

Raketalarni uchirish start maydonlari, agarda zichlangan qatlamga ega bo‘lsa, tanib olinadi, chunki bunday maydon yorqin to‘rtburchak shaklida tasvir hosil qiladi. Raketalarning turiga bog‘liq holda, maydonchalar 5x5, 10x10, 40x50 o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin. Pozitsiyalar, ular oralig‘idagi masofalar 500 m dan 1500 m gachani tashkil etadi.

Artilleriya batareyalarining o‘t ochish pozitsiyalari chiziq bo‘ylab yoki yoy shaklida har 20–100 m masofada joylashgan zambaraklar okoplarining tasvirlari bo‘yicha tanib olinadi. Zambaraklar okoplarining shakllari taqasimon bo‘lib, diametrlari 5 m dan 20 metrgacha bo‘ladi. Tasvirida ular yorqin rangda ko‘rinadi, konturi esa qora rangda bo‘lib, ularga qora ingichka hoshiyalar birlashgan. Bu hoshiyalar zambarak quvurlari uchun o‘yiqlarning tasviridir.

Minomyot batareyalarining o‘t ochish pozitsiyalari aylana shaklda bo‘lib, xabarlashish yo‘llari bilan tutashgan bo‘ladi. Tasviri esa bir necha qora nuqta ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda, minomyotlar pozitsiyalari o‘rmonlarda, butazorlarda va balandliklarning orqa qiyaliklarida tanlanadi va bu holat ularni tanib olishda e’tiborga olinishi lozim.

Uzoq muddatli o‘t ochish inshootlari qo‘rg‘onlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ularga, odatda xabarlashish yo‘llari tutashadi. Ularning tasvirlari turli xil to‘qlikdagi tusga (tonga) ega bo‘ladi, ba’zida esa tik devorlarining soyalari hoshiyasimon ko‘rinish hosil qiladi.

Jangovar va boshqa texnikalar to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi okoplarining tasviridan taniladi. Yuk avtomobillarining tasviri oldingi qismi toraygan to‘rtburchak shakliga ega bo‘ladi.

Aerodromlarni, hatto kichik masshtabli xaritalardan ham tanib olish oson. Ularning uchish-qo‘nish maydonlari, samolyot angarlari tasviri yaqqol ko‘rinishga ega bo‘ladi.

AFSdan mina maydonlarini aniqlashda 1:1500 va 1:5000 masshtabli AFSlarda tanib olish mumkin. Bunda yerning yuqori qatlami va o‘simliklar qoplamida qolgan izlar yordam beradi. Minalar o‘rnatilgan joylar nuqtalar ko‘rinishida bo‘lib, ma’lum bir tartibda joylashadi.

Transheyalar, okoplarning xabarlashish yo‘llari qora to‘lqinsimon chiziq shakliga ega bo‘ladi.

92

Page 94: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

X bob. ICHKI ISHLAR BO‘LIMLARIDA XIZMAT GRAFIK HUJJATLARINI ISHLAB CHIQISH VA YURITISH

1. Ichki ishlar organlari faoliyatida xizmat grafik hujjatlarining belgilanishi va mazmuni

Har bir operativ boshliq (komandir) xizmatni yoki operatsiyani tashkil qilishda hududni har tomonlama o‘rganishi, operativ xizmat vazifalarini bajarishga uning ta’sir darajasini aniqlashi kerak, faqat shundan keyingina qaror qabul qilishi zarur. Hududni o‘rganishning ketma-ketligi amalga oshiriladigan harakatlarning xususiyatlari va operativ boshliq (komandir)ning qaror qabul qilish uchun qiziqtirgan aniq (konkret) masalalarga bog‘liq. Hudud rekognossirovka (shaxsan ko‘zdan kechirish) yo‘li bilan va xarita (reja, sxema) bo‘yicha o‘rganilishi mumkin. Hududni xarita (reja) bo‘yicha o‘rganish eng keng tarqalgan usuldir.

Jamoat tartibini saqlash organlarida va tashkilotlarida xarita va rejalar faqat hududni o‘rganish uchungina qo‘llanilib qolmaydi. Operativ vaziyatni ifodalovchi ma’lumotlar kiritilgan xaritalardan operativ vaziyatni baholashda, xizmatni yoki operatsiyalarni tashkil qilishda ham foydalaniladi. Ichki ishlar organlarida va tashkilotlarida ishchi va operativ xaritalar hamda reja (sxema)lar yuritib boriladi. Ichki ishlar organlari va ichki qo‘shinlar qismlari hamda bo‘linmalarida tashkil qilinadigan xizmatlar va maxsus operatsiyalardagi kuchlar hamda vositalarni batartib boshqarishni ta’minlashda operativ xaritalar va reja (sxema) lar muhim yordamchi vosita hisoblanadi.

Jazoni ijro etish qismlarida va qorovul qo‘shinlari bo‘linmalarida hududni o‘rganish hamda baholash, hukm qilingan shaxslar qochganlarida qidiruv rejasini ishlab chiqish, aholi yashaydigan joylarda va ishlab chiqarish zonalarida mahkumlarni qo‘riqlashni tashkil qilish, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, shuningdek qorovul va ichki qo‘shinlarda jangovar hamda xizmat tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishda xarita va rejalardan foydalaniladi.

Xaritalar va rejalar militsiya idoralarida hududni o‘rganish va baholashda, xizmat ko‘rsatilayotgan hududdagi operativ vaziyatni baho-lashda, tashqi xizmatni tashkil qilishda, jinoyatchi guruhlarni qidirish va bartaraf qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni rejalashtirish va o‘tkazishda, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish davrida va tabiiy ofatlar yuzaga kelganida jamoat tartibini saqlash rejalarini ishlab chiqishda, fuqaro mudofaasi xizmatlari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqishda va boshqa xizmat vazifalarni

93

Page 95: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

hal qilishda qo‘llaniladi. Xarita va rejalar ravshan bo‘lishi va unga kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy operativ vaziyatning holatiga mos kelishi zarur.

Xaritalar masshtablarini tanlash, avvalo, ularning qaysi organlar tomonidan qo‘llanishiga, shuningdek xizmat ko‘rsatadigan hududning miqyosiga bog‘liq. Shaharlarning topografik rejalari 1:2500; 1:20000; 1:15000; 1:10000; 1:5000; 1:2000; 1:1000; 1:500 masshtablarda bosib chiqariladi. Shaharlarning hamma rejalari 2 guruhga bo‘linadi: umumiy va mahalliy rejalar. Shaharlarning 1:2500; 1:20000; 1:15000; 1:10000 masshtabli umumiy topografik rejalari harbiy topografik xizmatlar qismlari, geodeziya va kartografiya bo‘yicha Bosh boshqarma tashkilotlari tomonidan bosmadan chiqariladi, xalq xo‘jaligi hamda mudofaa ahamiyatidagi zaruriy tadbirlarni o‘tkazishda qo‘llaniladi. Qishloq hududiga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar bo‘limlarida 1:50000; 1:25000 masshtabli xaritalardan va 1:5000 masshtabli rejalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Navbatchilik qismlarida va militsiyada ham xizmat ko‘rsatiladigan hududning xaritasi hamda rejasi bo‘lishi shart. IIV organlari va tashkilotlari, jamoatchilik naryadlarining joylashgan joylari tasvirlangan reja (xarita) lar jo‘natilayotgan naryadlarga aniq, ravshan vazifalar qo‘yish imkonini beradi va o‘zaro hamjihat harakatni tashkil etishni yengillashtiradi.

Militsiya ishlarida turli xil sxemalar keng qo‘llaniladi. Bunday sxemalarga quyidagilar kiradi:

– profilaktika nazoratchisi xizmat ko‘rsatadigan hududning sxemasi; – patrul marshruti sxemasi; – voqea sodir bo‘lgan joy sxemasi; – obyektni qo‘riqlash sxemasi va boshqalar. Profilaktika nazoratchilari xizmat ko‘rsatadigan hududda biron-bir

rejadan foydalanishning imkoni bo‘lmasa, yirik masshtabli xarita yoki reja bo‘yicha hududning sxemasi tuziladi.

Sxemada quyidagilar ifodalanadi: – xizmat ko‘rsatish hududiy chegaralari; – militsiya idoralarining shu hududda joylashgan joylari; – xizmat ko‘rsatish hududi chegaralaridagi va ularning yaqinidagi patrul

postlari va marshrutlari; – tashkilotlarga tegishli bo‘lmagan qo‘riqlash postlari va xavfsizlik

xizmatining joylashgan joylari; – operativ munosabatlar manfaatlarini ifoda etuvchi obyektlar (banklar,

jamg‘arma banklari, teatrlar, bozorlar, xiyobonlar va shunga o‘xshashlar); – voqea sodir bo‘lgan joylar va jamoat tartibining buzilish ehtimoli

bo‘lgan joylar.

94

Page 96: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Patrul marshruti sxemasi yirik masshtabli rejadan ko‘chirilishi zarur. Unda ko‘chalarning nomlari, burchakdagi uylarning raqamlari, patrul harakatlanish yo‘lidagi oriyentirlar va yaqin atrof tasvirlanadi.

Sxemada quyidagilar belgilanadi: – patrullarning to‘xtash joylari; – militsiya naryadlari; – tashkilotga tegishli bo‘lmagan qo‘riqlash postlari, korxonalar, firma va

mahalla qo‘mitalarining xavfsizlik xizmatlari; – muhim obyektlar (do‘konlar, omborlar, bazalar va boshqalar); – jamoat tartibining buzilish ehtimoli bo‘lgan joylar. Voqea sodir bo‘lgan joyning sxemasi shu joyni ko‘zdan kechirish

davomida tuziladi, u fotosuratlar bilan birgalikda ko‘zdan kechirish bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi. Agarda voqea binoning ichida sodir bo‘lgan bo‘lsa, ushbu binoni va vaziyatni qog‘ozda tavsiflovchi grafik hujjat reja deb ataladi. Voqea sodir bo‘lgan joy sxemasi yoki rejasida hududda yoki binoda aniqlangan hamma predmetlar aks ettiriladi. Voqea sodir bo‘lgan joyning sxemasi yaxshi ko‘rinuvchan va uzoq saqlanuvchan oriyentirlarga bog‘liq. Ko‘zdan kechirish bayonnomasida esa voqea sodir bo‘lgan joy aniq tasvirlangan va har qanday vaqtda uni oson topish imkoniyati bo‘lishi zarur. Voqea sodir bo‘lgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar fotosuratlarda ifodalangan, fotosuratlar olishda turilgan joy va obyektivning yo‘nalishi sxemada ko‘rsatilishi zarur. Qo‘riqlash sxemasida qo‘riqlash obyektlari, obyektning yaqin atrofi, qo‘riqlashning texnik va boshqa vositalari hamda postlar aks ettiriladi.

2. Grafik hujjatlarni yuritish tartibi

Operativ va ishchi xarita (reja, sxema) lar rahbar xodimlar tomonidan yuritiladi. Ishchi va operativ xarita (reja, sxema) lar to‘g‘ri yuritilgan taqdirdagina militsiya idoralarining operativ xizmat vazifalarini tashkil qilish va boshqarish oson kechadi. Xarita va rejalarning nomigagina (formal) yuritilishi, ma’lumotlarning to‘liq emasligi, vaziyatlarni aks ettirishdagi noaniqlik ularni keraksiz qog‘ozga aylantirib, xizmat vazifalarini sifatli bajarishda foydasiz qilib qo‘yadi. Shu sababli ichki ishlar bo‘limlarida ishlab chiqiladigan u yoki bu grafik hujjat quyidagi asosiy talablarga javob berishi zarur:

a) ma’lumotlarning haqqoniyligi. Kiritilayotgan hamma operativ ma’lumotlar tekshirilishi va tartibga solingan bo‘lishi, tekshirilmaganlari va taxminiylari esa chiqarib tashlanishi zarur;

b) yaqqol tasvirlash va tartiblilik. Har bir grafik hujjat ortiqcha ta’riflarsiz, zaruriy vaziyatni yaqqol va tushunarli ifodalashi zarur. Shartli

95

Page 97: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

belgilarning to‘g‘ri joylashuvi va aniq chizilishi hujjatning yaqqol chiqishini ta’minlaydi;

c) xizmat grafik hujjatida uning nomi, tuzilgan vaqti va tuzuvchining imzosi bo‘lishi zarur. Grafik usulda tasvirlab bo‘lmaydigan ma’lumotlar matnda yozib qo‘yiladi. Operativ va ishchi xarita (reja, sxema) lar qo‘yilayotgan talablarga javob beradigan darajada bo‘lishi uchun ularni tuzishda ma’lum bir qoidalarga rioya qilish lozim. Xarita (reja, sxema) da operativ vaziyatni tavsiflovchi shartli belgilarni aks ettirishda shartli belgi va yozuvning rangiga rioya qilish zarur. Operativ vaziyatning elementlari xaritada qizil, qora, ko‘k, yashil va jigar ranglarda ifodalanadi:

a) qizil ranglar bilan o‘z bo‘linmalarining holati, harakati va vazifalari, chegaralovchi chiziqlar, orqa chegaralar, boshqarish punktlari, IIV organlari, tashkilotlari va qo‘shinlarining joylashgan joyi, MXX operativ xizmat vazifalarini bajarishda ishtirok etayotgan qismlar, bo‘linmalar va turli naryadlarning joylashgan joyi aks ettiriladi;

b) qora rangda texnikaviy muhandislik inshootlari, aloqa vositalari, o‘z kuchlariga va vositalariga taaluqli bo‘lgan yozuvlar va raqamli belgilar, temir yo‘llar ko‘rsatiladi;

c) ko‘k rangda jinoyatchi (dushman)ning joylashgan joyi va harakatlari, jinoyat sodir etilgan joy, jinoyatchi (dushman)ga taalluqli bo‘lgan yozuvlar va raqamli belgilar aks ettiriladi. Sxemalarning bir xil rangdagi tasviri jinoyatchi (dushman) 2 tadan chiziq bilan belgilanadi;

d) yashil rangda ichki ishlar bo‘limlari xodimlarining namoyishkorona (demonstrativ) va chalg‘ituvchi harakatlari, noto‘g‘ri ma’lumot berish uchun tadbirlar (dezinfarmiruyu�iye), L harfi bilan belgilash orqali aldamchi (yolg‘on) hududlar, inshootlar va obyektlar ifodalanadi;

e) jigarrangda harakat marshrutlari, avtomobil yo‘llari, shartli belgilar va yozuvlar ko‘rsatiladi. Shartli belgilar ingichka va aniq chiziqlar bilan chizilishi hamda yozilishi zarur, buning uchun zobitlar chizg‘ichini qo‘llangan ma’qul. Shartli belgilar xarita ramkasining chap yoki o‘ng tomoniga parallel, gorizontallari esa ramkaning yuqori yoki pastki tomoniga parallel ravishda belgilanadi.

Shartli belgilarning o‘lchamlari xarita (reja)ning masshtabiga va kiritilayotgan qismlar va bo‘linmalarning ahamiyatliligiga mos bo‘lishi zarur. Ba’zida xizmat grafik hujjatining yaqqol tasviri uchun uning kartografik asosini «ko‘tarish» maqsadga muvofiqdir. Bu usul hujjatning topografik asosi sifatida bir rangli reja (sxema)lardan foydalanganida, yanada qulaydir. Operativ ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt (bank, teatr, do‘kon, bozor va boshqa) lar operativ xaritaga kiritayotganda obyektning konturini qora chiziqlar bilan o‘rash, belgilangan belgining ichiga yoki yoniga obyektning

96

Page 98: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

to‘liq yoki qisqartirilgan nomini yozib qo‘yish kerak. Shundagina ular ajralib turadi. Qoidaga ko‘ra, bitta xaritada to‘rttadan ortiq bo‘lmagan holatlar tasvirlanadi:

– tushuntirish yozuvlari shartli belgining ichida, uning yonida, belgi tagida yoki bo‘sh joyda, ammo ko‘rsatkich chiziq bilan birgalikda joylashtiriladi;

– bo‘linmalarning harakatlanish yo‘nalishi unga mos shartli belgi va strelka bilan belgilanadi;

– o‘rnatilgan belgilar, qisqartirishlar yo‘q bo‘lganida, ixtiyoriy; – hujjat nomi, tasdiqlash to‘g‘risidagi yozuvlar yozma harflar bilan

qiyalatmasdan, qisqartirishlarsiz, bosh harflar va raqamlar mayda harflarga nisbatan 1:3 qilib yoziladi.

Ichki ishlar organlarining faoliyatida, ko‘pincha, tayyor rejasi yo‘q hududning rejasi yoki sxemasini tuzish kerak bo‘ladi. Bunday grafik hujjatlarga profilaktika nazoratchilarining yirik masshtabli rejalari, jazoni ijro etish zonalaridagi yashash va ishlab chiqarish binolarining rejalari, patrullar marshrutlari va voqea sodir bo‘lgan joyning sxemalari kabilar kiradi. Bunday hujjatlar xarita yoki reja bo‘yicha yaratilishi, shuningdek bevosita hududning o‘zida ham chizilishi mumkin.

Reja – uncha katta bo‘lmagan hududni yassi yuzada aniq va batafsil tasvirlashdir.

Sxema – xarita bo‘yicha tayyorlanadigan grafik hujjat bo‘lib, unda masshtabga imkoni boricha amal qilinadi va zarur bo‘lgan mahalliy predmetlar hamda relyefning alohida detallari tasvirlanadi.

3. Xizmat grafik hujjat (xarita, sxema, reja)larini ishlab chiqish tartibi va ularni ishga tayyorlash

Jangovar grafik hujjatlar qo‘lda yoki texnik vositalar yordamida oddiy yoki kalka qog‘ozida, topografik yoki maxsus xaritalar fotosuratlarda tayyorlanadi.

Jangovar hujjatlarni ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

– faqat jangovar boshqarishda amaliy qo‘llash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish;

– ular mazmunan tushunarli, avtomatik ishlov berish talablariga javob berishi, tezda ko‘paytirish va ijrochilarga yetkazib berishga yaroqli bo‘lishi zarur;

– tasvirlanayotgan vaziyat va qarorning hamma elementlari aniq, hech qanday ortiqcha buyoqlarsiz va detallashtirishsiz ifodalanishi va bunda xaritaning topografik asosini yoddan chiqarmaslik kerak.

97

Page 99: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Grafik hujjatlarni ishga tayyorlash quyidagilardan tashkil topadi: xaritani tanlash; baholash; yelimlash; taxlash; rasmiylashtirish.

Xaritalarni tanlashda ularning mavjudligi, ko‘zda tutilayotgan harakatlarning xususiyatlari, xaritaning (IIB bo‘linmalarida, hududni o‘rganishda, oriyentir olishda) qo‘llanilish maqsadi hisobga olinishi zarur.

Zaruriy grafik materiallarning to‘liq va ishonchli joylashishini hisobga olgan holda, xarita tanlash lozim. Vaziyatning chekka elementlari xaritaning g‘arbiy va sharqiy chekkalaridan taxminan bir xil uzoqlikda (masofada) bo‘lishi zarur.

Xaritani baholash xarita sahifalarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi va unda quyidagilar aniqlanadi:

– masshtabi, suratga olingan yoki rekognossirovka qilingan vaqti; – bosmadan chiqqan yili va bosma turi; – koordinatalar tizimi va proyeksiya turi; – mazmunini tashkil qilgan elementlarning xususiyatlari (kesishishlar

balandligi, qiyaliklar tikligi, gorizontallar oraliqlari va shunga o‘xshashlar); – havodan suratga olish natijalari va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha

vaziyatlarning xaritaga kiritilganligi. Xaritaning janubiy qismida rahbarlar tarkibining imzolari, xarita

masshtabi, shartli belgilar va boshqalar uchun joy qoldiriladi. Zaruriy miqdordagi xarita sahifalarini to‘g‘ri tanlab olish xarita bo‘yicha ishonchli va samarali ishlashni kafolatlaydi.

Xaritalarni yelimlash. Katta miqdordagi sahifalarni yelimlashda ularning joylashish sxemasi beriladi. Bir-biriga ulanadigan sahifalar ramkasining sharqiy va janubiy tomonlari sxemaga mos qilib qirqiladi. Qirqish o‘tkir pichoq yoki qaychi yordamida sahifaning ichki ramkasi bo‘yicha aniq bajarilishi zarur. Xarita sahifasi yirtilmasligi uchun qirqishni silliq qattiq yuzada amalga oshirish lozim.

Xarita sahifalari qator va ustunliklar bo‘yicha yelimlanada. Ishonchli va tez yelimlash uchun siquvchi taxtachadan foydalangan ma’qul. Xaritani tez va sifatli yelimlash uchun ishlashga qulay, balandligi 100–110 sm ga teng, to‘g‘ri, silliq, katta va keng yuzali stol bo‘lishi zarur.

Sahifalar yelimlanganidan keyin, hosil bo‘lgan xaritaning chekka qismlarini qirqib chiqish zarur. Bu ish yelimlangan xaritaning umumiy tarhini tekislash maqsadida amalga oshiriladi. Qirqish quyidagi tartibda bajariladi: yon tomonlar uchun qirqish chizig‘i xarita ramkasidan bir xil uzoqlik masofada aniqlanadi va shimoldan janubga tomon qalam bilan chiziq chiziladi. Keyin xuddi shu chiziqlar bo‘yicha yelimlangan xarita qirqiladi. Yuqori va pastki qismda qirqishni shunday amalga oshirish kerakki, unda xaritaning yuqorisida «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining

98

Page 100: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

birlashgan shtabi» degan yozuv, pastki qismida esa xarita masshtabi, shartli va boshqa belgilarni tasvirlash uchun joy qoladigan bo‘lsin.

Zarurligiga bog‘liq holda, uni qirqish «qo‘pol» yoki «aniq» bo‘lishi mumkin. Vaqt cheklanganda, xarita zudlik bilan zarur bo‘lganida va ko‘proq dala sharoitlarida «qo‘pol» qirqishlarga yo‘l qo‘yiladi.

Xaritani taxlash. Xaritaning yaxshi saqlanishi va asosan dala sharoitlarida u bilan ishlashga qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida xaritani buklash, taxlash amalga oshiriladi. Xaritani tezda taxlash zarurati tug‘ilganida, vaqtni tejash maqsadida xaritaning faqat sharqiy qismi qirqiladi. Keyin esa standart karton (21x30 sm) yordami gorizontal bo‘yicha har 21 sm dan buklab taxlanadi, keyin vertikal bo‘yicha har 30 sm dan buklab taxlanadi. Vaqt bafurja bo‘lganida, xaritaning qolgan tomonlari ham qirqiladi.

Xaritani rasmiylashtirish. Xarita tayyor holga kelganidan so‘ng, unga bageta (rasmli qog‘oz hoshiya) yelimlanishi mumkin, bunday hollarda xaritaning yuqorigi va pastki tomonlari xuddi yon tomonlaridek qirqilishi zarur. Xaritaning yuqorigi o‘ng burchagiga xizmat yozuvlarini ifodalash uchun titul varag‘i yelimlanadi.

4. Xarita, sxema va rejalarni rasmiylashtirish

Jangovar grafik hujjatlar rejalashtirishni, operativ vaziyatdagi o‘zgarishlarni, qabul qilinayotgan qarorlar mazmunini, vazifalarni ijrochilarga yetkazish va ularning bajarilishini nazorat qilish imkonini beradi.

Xaritalarda quyidagilar tasvirlanadi: a) boshliq (komandir)ning qarori – alohida xaritada; b) ta’minlash turlari bo‘yicha rejalar; c) ishchi xaritalar; d) hisobot xaritalari va boshqalar. Operativ vazifa bo‘yicha boshliqning qarori, ushbu vazifani bajarish

tartibi va usullari. U rasmiylashtiriladi: 1. Alohida xaritada (IIBlarida va undan yuqori organlarda tushuntirish

yozuvlarini qo‘shimcha qilgan holda). 2. Vaqt cheklangan sharoitlarda: boshliqning ishchi xaritasida. Ta’minlanadi: 1. Yuqori boshliqqa hisobot qarori. 2. Operativ taktik harakatlarni rejalashtirish. 3. Jangovar vazifalarni yetkazish (qo‘yish). 4. O‘zaro hamjihatlikni tashkil qilish, harakatlar hamda boshqarishni

ta’minlash. 5. Xizmatlardagi harakatlarni nazorat qilish.

99

Page 101: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Sxemalarda quyidagilar tasvirlanadi: a) o‘zaro hamjihat harakatlanishning rejali jadvali; b) boshqarish punktlarini qo‘riqlash va mudofaa qilish rejasi. Ishchi xarita – topografik (maxsus) xarita bo‘lib, boshliq (komandir)

yoki operativ shtab zobiti unda shartli belgilar va qisqartirilgan yozuvlar bilan vaziyatni va o‘zgartirishlarni tasvirlaydi. Bu qo‘l ostidagi xizmatlar va bo‘linmalarni boshqarish uchun asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Vaziyatni baholash, vazifalarni belgilash (qo‘yish), o‘zaro hajihatlikni va har tomonlama ta’minotni tashkil qilish, rejalashtirish haqida yuqori boshliqqa axborot beriladi.

Ishchi xaritaga qo‘yiladigan talablar quyidagilar: o‘z vaqtida rasmiylashtirish; yaqqolik, ya’ni vaziyatning aniq va tushunarli tasvirlanishi; boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning batafsilligi; unda tasvirlangan ma’lumotlarning haqiqiy holatga aynan mos kelishi.

Grafik hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari. Xaritani rasmiylashtirishda shriftlar to‘g‘ri (A, B ………1,2,3), xizmatiy nomlanishi (ishchi xarita, qidiruv bo‘yicha qaror va h. k.), tasdiqlash to‘g‘risidagi yozuvlar, hujjat quyi qismidagi yozuvlar ifodalanadi.

«TASDIQLAYMAN» IIB boshlig‘i IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik mayor R. K. YUNUSOV SH. I. DAVLATOV ___________________ ___________________ 2005 y. «___» ________ 2005 y. «___»________ 750 qiyalikli, kichik harfli (a,v,g ……..1,2,3) satrlar boshqa hamma

yozuvlarni yozishda qo‘llaniladi. Bosh harflar yoki yozuvlar oldidagi raqamlar kichik harfli satrdagi yozuvga nisbatan 1/3 marta baland yoziladi (Maxfiy; Nusxa � ; jadvallar nomlari; hujjatlarning tayyorlanganligi haqidagi belgilar).

Xaritada qaror ishlab chiqish va rasmiylashtirishning ketma-ketligi. Ma’lumotlar kelib tushish tartibiga ko‘ra, quyidagicha tasvirlanadi:

– operativ vazifalar va oldinda turgan harakatlardan kelib chiqqan holda, dastlabki vaziyat;

– jangovar vazifa (jangovar buyruq) olinganida uning mazmunidagi ma’lumotlar;

– qaror qabul qilish jarayonida boshliq (komandir)ning qarori.

100

Page 102: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Qo‘l ostidagilarga jangovar vazifa tayinlash (og‘zaki jangovar buyruq berish) vaqtida xaritada qarorni ishlab chiqish va rasmiylashtirish tugallangan bo‘lishi zarur.

Dastlabki vaziyatda xaritaga quyidagilar kiritiladi: – ko‘rsatma olinguncha qadar operativ vazifa asosida o‘z kuchlari

haqida ma’lumotlar kiritiladi, xizmat bo‘yicha rasmiylashtiriladi, jadvallarning shakli chiziladi;

– ko‘rsatma olinganidan keyin jinoyatchi (dushman)lar haqidagi ma’lumotlar, o‘z kuchlari va vositalari yordamida hal qilinadigan vazifalar, shuningdek boshqa o‘zaro hamjihat harakat qiluvchi organlar tomonidan hal qilingan vazifalar.

Qaror qabul qilish davomida kiritiladigan ma’lumotlar quyidagilar: – jinoyatchi (dushman)larning guruhlai va kutilayotgan harakatlarning

xususiyatlari (IIB boshlig‘ining baholashi bo‘yicha); – asosiy harakatlar qaratiladigan yo‘nalishlar; – harakatlanish marshrutlari va dastlabki marra (punkt); – harakatlanishda IIB kuchlari va vositalarining safga turish tartibi; – vazifani bajarish tartibi; – hamjihatlik, kuchlarni har tomonlama ta’minlash va boshqarish

masalalari; – jadval shakllari to‘ldiriladi (hisob-kitoblar asosidagi ma’lumotlar

bilan). Sxemalarni rasmiylashtirish quyidagicha: – asosini tayyorlash (vatman qog‘ozlarni yelimlab, birlashtirish): agarda

o‘ramli vatman qog‘ozidan foydalaniyotgan bo‘lsa, unda 270x300 sm li yoki har qanday boshqa o‘lchamli standart sxema uchun ikkita qism tayyorlanadi. Bu qismlarning tepadagisi pastkisining ustiga tushadigan qilib va o‘zaro 5 sm o‘tkazib yelimlanadi;

– sxemani nomlash uchun (30–40 sm) joy ajratiladi, tayyorlashga oid hamma ishlar tugallanganidan keyin tayyor sxema sahifasi «Maxfiy» belgisi asosida qo‘llaniladigan bo‘lsa, «…………..» jurnalida ro‘yxatga olinadi va hisobga qo‘yiladi;

Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash: agarda bu xarita bo‘lsa, unda xarita asosida vaziyatning qanday qismi tasvirlanayotganligi, uning qancha miqdordagi sahifada joylashgani, qaysi sahifalarda asosiy ko‘rsatkichlar ifodalanishi aniqlanadi va hisob-kitob qilinadi;

– xaritadagi vaziyat chizilgan setka (kataklar) yordamida xaritaga o‘tkaziladi va bunda kataklarning miqdori xarita sahifalariga mos keladi;

101

Page 103: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

– sxemaning butun maydonida vaziyatni teng miqdorda taqsimlab ifodalash yoki unda muhim holatlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida setka kvadratlarining o‘lchamlari katta yoki kichik qilib olinishi mumkin;

– amaliyotda oldindan tayyorlab qo‘yilgan kichik masshtabli sxemalarda ishlash qulay. Bunday sxemalar flamaster yoki rangli qalamlar bilan ifodalangan bo‘lib, unda dastlabki vaziyatni umumiylashtirish va qulay joylashtirish mumkin.

Xaritadagi ishlar quyidagicha bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim: – qalam bilan sxemaning tuzilishi tayyorlanadi, bunda chiziqlar

ingichka, tez va yengil o‘chiriladigan, ammo butun maydon bo‘ylab ko‘zga yaqqol tashlanadigan bo‘lishi kerak;

– qizil rangda o‘z bo‘linmalarining vaziyati ifodalanadi; – qora rangda vaziyatning asosiy elementlari, barcha yozuvlar, jadvallar

ifodalanadi, sxemaning nomlanishi va ramkasi bundan mustasnodir; – ko‘k rangda jinoyatchi (dushman)lar uchun tegishli ma’lumotlar va

shartli belgilar, gidrografiyaning alohida elementlari aks ettiriladi; – jigar rangda yo‘llar tarmog‘i, aholi punktlari, uchinchi tomon

kuchlarining jangovar tartibi tasvirlanadi; – pushti rangda O‘zbekiston Respublikasining davlat chegaralari va

boshqa ma’muriy chegaralar tasvirlanadi; – och binafsha rangda qo‘shni davlatlarning chegaralari beriladi; – ochiq havo rangda, shartli belgilar asosida dengizlar, ko‘llar, suv

omborlari, botqoqlik maydonlar ifodalanadi. Vaziyat sxemaga ko‘chirilayotganda uchta rejaga bo‘linadi: Yaqin reja – bo‘linmalarning holati, asosiy yozuvlar, asosiy pozisiyalar

va vaziyatning boshqa muhim elementlari; O‘rta reja – tushuntirish yozuvlari, aholi punktlarining nomlari,

chegaralovchi chiziqlar, turli yirik chiziq elementlari va shunga o‘xshashlar. Uzoq reja – yo‘llar tarmog‘i, gidrografiya, ma’muriy chegaralar va

mazmunning uncha katta ahamiyatga ega bo‘lmagan elementlari. Mazmunning hamma elementlarini ranglarda ishlab chiqilganidan keyin

rangli tus (fon) berishga o‘tiladi. Operativ xizmat harakatlari tog‘li, sahroli, o‘rmonli va boshqa hududlarda amalga oshirilishi mumkin. Sxemalarga shu hududlarga mos ravishda rang (fon) berish vaziyatni yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradi.

Rang berish ishlari tugatilganidan keyin sxemaning nomi, maxfiylik grifti (belgilangan joyga) yoziladi, perimetri bo‘yicha qora rangda, 1 sm dan qalin bo‘lmagan ramka chiziladi va sxema tekshirib ko‘rish uchun osiladi. Agarda tekshirish vaqtida qandaydir xato aniqlansa, uni to‘g‘rilash uchun toza oq qog‘oz shu joyga yelimlanadi va xato to‘g‘rilanadi.

102

Page 104: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

5. Jangovar vazifa tayinlash va axborot berishda grafik hujjatlardan foydalanish

Xarita bo‘yicha jangovar vazifa tayinlashda, axborotnoma tayyorlashda bir xillikka, turli ma’lumotlarni ta’riflashda aniqlikka, o‘zaro bir-birini yaxshi tushunishga erishish uchun ma’lum bir qoidalarga amal qilish zarur. Vazifani tayinlashda yoki qo‘l ostidagilarning axborotini tinglashda hudud bilan solishtirish imkoniyatini berishi uchun xaritani oriyentirlangan holda ushlash lozim. Aholi punktlari, daryolar, ko‘llar, o‘rmonlar va hududdagi boshqa obyektlarning nomlari xaritadagidek aniq atalishi zarur. Daryolarning, ko‘llarning qirg‘oqlari, aholi punktlarining chekka qismlari gorizont tomonlari bilan qo‘shib ataladi. Daryo qirg‘oqlarini oqim yo‘nalishiga ko‘ra, o‘ng yoki chap qirg‘oq deb atash ham mumkin. Xaritadan obyektni izlab topishni ta’minlash uchun shu obyekt joylashgan koordinatalar setkasining kvadrati ko‘rsatilishi kerak. Kuchlarning to‘planish marralari, hududlari ularning joylashishini aniqlab beruvchi punktlar (oriyentirlar) bo‘yicha ko‘rsatiladi. Bunda o‘z bo‘linmalarining joylashgan hududi uchta punkt (oriyentir) yordamida ko‘rsatiladi va ko‘rsatish soat strelkasi yo‘nalishiga teskari amalga oshiriladi. Birinchi bo‘lib, o‘ngdan oldingi chekkadagi punkt nomi aytiladi. Marralar va chiziqli maydonlar ikkitadan kam bo‘lmagan punktlar bilan o‘ng qanotdan boshlab ko‘rsatiladi. Jinoyatchi (dushman) lar tomonidan egallangan marralar va xududlar soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha, yaqindagi va o‘ngdagi punkt (oriyentir) bilan ko‘rsatiladi.

Chegaralovchi chiziqlar uchta punkt bilan ko‘rsatiladi, ulardan bittasi oldingi chekkada bo‘lishi kerak.

Xarakatlanish marshruti bir necha punktlar bilan ko‘rsatiladi: birinchi dastlabki punkt, keyin marshrut o‘tadigan ancha muhim punktlar (punktlar, tartibga solish marralari) va oxirida to‘planish punkti.

Kuchlar va vositalarni mohirona boshqarish, operativ vaziyatni tahlil qilish uchun ichki ishlar bo‘limlarida operativ ishchi xaritalarni, xizmat ko‘rsatiladigan hudud rejalarini yuritib borish zarur. Bu operativ xizmat vazifalarini har qanday hududda va har qanday vaziyatda mukammal bajarish imkonini beradi. Shuningdek, ichki ishlar bo‘limlarining xodimlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududlarini yaxshi bilishlari, tez va to‘g‘ri oriyentir olishlari, zaruriy o‘lchashlarni, grafik hujjatlarni ishlab chiqa olishlari zarur. Topografiyani bilish qo‘l ostidagi xodimlarning jangovar tayyorlik darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

103

Page 105: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

I l o v a

Asosiyshartli

belginingchizilishi (rasmi)

Shartli belgining turli ko‘rinishlari

1. Aholi punktlaridagi dahalar

Zich qurilgan va asosiy qismi yong‘inga chidamsiz (yog‘och, loy, somon va h. k.) binolar tashkil qiluvchi dahalar

Zich qurilgan va asosiy qismi yong‘inga chidamli (toshli, g‘ishtli, temir beton va h. k.) binolardan iborat dahalar

Vayron bo‘lgan va yarim vayron dahalar

2. Temir yo‘llar

Bir yo‘lli

Ikki yo‘lli

Uch yo‘lli

Elektrlashtirilgan: a) bir yo‘lli;

b) ikki yo‘lli;

c) uch yo‘lli

Qurilayotgan

Tor izli yo‘llar va tramvay izlar

Monorelsli

104

Page 106: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

3. Avtomobil yo‘llari

Avtomagistrallar (avtostradalar)

Takomillashtirilgan qobiqli avtomobil

yo‘llari

A qobiqli avtomobil yo‘llari (shosselar)

Qurilayotgan

avtomobil yo‘llari

Qobiqsiz (to‘shama- siz) avtomobil

yo‘llari (yaxshilangan tuproq yo‘llar)

Qurilayotgan yo‘llar

Harakatlanish qiyin

bo‘lgan yo‘l qismlari

4. Tuproq yo‘llar

Tuproq Dala va o‘rmon yo‘llari Piyodalar so‘qmoqlari

5. Ko‘priklar

Ko‘tariluvchi va ajratuvchi

Piyodalar uchun ko‘priklar Ikki qavatli

ko‘priklar Suzuvchi ko‘priklar

6. Quduqlar

Quduq Yo‘l va sahrolardagi

asosiy quduqlar

Artezian quduqlar

Shamol dvigatelli quduqlar

105

Page 107: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

7. Botqoqliklar

Mohli, o‘tib bo‘ladigan O‘tli, o‘tib bo‘ladigan O‘tib bo‘lmaydigan va o‘tish qiyin

bo‘lgan

8. Qumliklar

Tekis O‘yiqli va katakli Barxanli

Notekis Chiziqli to‘plangan

G I D R O G R A F I YA

Shartli belgilar 1:25 000 1:50 000

Tasvirlanayotgan obyektlarning nomlari

Dengizlar, daryolar, ko‘llar, suv omborlari-ning doimiy va o‘zga-ruvchan qirg‘oq chiziq-lari

Qurib qoluvchi qirg‘oqlar (suvning ko‘tarilish va qaytish chiziqlari): 1 – qumli; 2 – qumli-toshli; 3 – loyli; 4 – qoyali

O‘pirilgansimon va qoyali qirg‘oqlar: 1 – plajsiz; 2 – xarita masshtabida ifodalan-maydigan, plajli (o‘pi-rilishlarning yoki qoya-larning metrlardagi balandliklari 3 va 15)

106

Page 108: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Kechuvlar: 1,2 – chuqur-ligi, 160 va 450 – uzun-ligi, metrlarda, T – suv tagidagi yerning xu-susiyati, 0,5 – oqim tez-ligi, metr/soniyalarda.

Quduqlar

Asosiy quduqlar (soatiga 500 metr suv beradi)

Suv manbalari (chashma-lar, buloqlar)

3 metrdan kam kenglikka ega

bo‘lgan kanallar va ariqlar Kengliklari 3 metrdan 5 metrgacha bo‘lgan kanallar (1:25 000, 1:50 000 xaritalar-da) Kengliklari 5 metrdan 15 metrgacha (1:25 000 xaritalar-da)

Xarita masshtablarida shu kenglikda ifodalanadigan kanallar: 15 metrdan ortiq (1:25 000 xaritada)

O‘SIMLIKLAR VA TUPROQ QOPLAMI

Shartli belgilar

1:25 000 1:50 000 – 1:2000 000

Tasvirlanayotgan obyektlarning

nomlari

O‘rmondagi ko‘p miqdorni tashkil qiluvchi daraxtlarning turlari: 1 – igna bargli (yel, qarag‘ay, kedr va boshqalar); 2 – yaproq bargli (qayin, dub va boshqalar); 3 – aralash

107

Page 109: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Yosh o‘rmonlar, o‘rmon ko‘chatzorlari va 4 metrgacha balandlikdagi ko‘chatlar ekilgan o‘rmonlar (daraxtlarning o‘rtacha balandligi 2 metr)

1 – pastbo‘yli o‘rmonlar; 2 – singan daraxtlar maydoni

Butazorlar: 1 – alohida butalar va butalar guruhi; 2 – yalpi chakalakzorlar

Bambukzorlar

Sholizorlar: 1 – vegetatsiya davrida namlanuv-chi; 2 – vegetatsiya davrida suv bosti-riluvchi

Mevali va sitrusli bog‘lar

1 – uzumzorlar; 2 – mevali, uzumli va sitrusli bog‘lar

1 – mevali va boshqa bog‘lar; 2 – rezavor mevali dalalar

O‘simliklar qoplami va yer qobig‘i xususiyatini ifodalovchi shartli belgilarning

uyg‘unlashgan misollari

Zich o‘rmonlardan siyrak o‘rmonlarga,

butalarga va yaylovlarga asta-sekin o‘tish

O‘tib bo‘ladigan botqoqliklardagi past

bo‘yli o‘rmonlar va butazorlar

108

Page 110: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Qumliklardagi qarag‘ayzorlar

Kesilgan o‘rmonlar va singan daraxtlar

maydonidagi yong‘in izlari

Mohli o‘tib bo‘lmaydigan botqoqlik-lardagi siyrak, past bo‘yli o‘rmonlar

Daraxtlari singan siyrak o‘rmon

Butazorli yaylovlar

Butazorli dasht o‘simliklari

Notekis yuzali yaylovlar

Toshli yuzadagi moh va lishaynikli

o‘simliklar bilan butalar

Notekis yuzali yaylovlar va o‘tib bo‘ladigan qamishli botqoqliklar

Sochilgan toshli va shag‘alli yuzadagi

siyrak o‘rmon

Butali, baland o‘tli maydonlar

Mohli va lishaynikli keskin notekis yuzaga

ega maydon

109

Page 111: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Cho‘llardagi yarimbutasimon o‘simliklar

Butalar va saksovullar bilan ixotalangan

tekis qumliklar

TEMIR YO‘LLAR

Shartli belgilar 1:25 000, 1:50 000 1:100 000, 1:200 000

Tasvirlanayotgan obyektlarning nomlari

Temir yo‘llar: bir yo‘lli;

ikki yo‘lli;

uch yo‘lli

Elektrlashtirilgan temir yo‘llar: 1 – bir yo‘lli; 2 – ikki yo‘lli; 3 – uch yo‘lli

Monorelsli temir yo‘llar

Tor izli temir yo‘llar va ulardagi bekatlar

AVTOMOBIL VA TUPROQ YO‘LLAR

Shartli belgilar 1:25 000 1:50 000 – 1:200 000

Tasvirlanayotgan obyektlarning nomlari

Avtomagistrallar (avtostradalar); 7,5, – 2 harakatlanish qismining kengligi – harakatlanish qismlarining miqdori, S – qoplama materiali

Takomillashgan qobiqli avto-mobil yo‘llari; harakatlanish qismining kengligi – 8 metr; tuproqli asos kengligi – 12 metr; qoplama materiali – A

Qoplamali avtomobil yo‘llari (shosse); o‘tish qismi kengligi – 6 metr, tuproqli asosi kengligi – 10 metr, qoplama materiali – B

110

Page 112: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

Qoplamasiz avtomobil yo‘llari (yaxshilangan tuproq yo‘llar); harakatlanish qismining kengligi – 8 metr; yo‘lning harakatlanish qiyin bo‘lgan qismlari

Yog‘och qoplamali avtomobil yo‘llari (5 – qoplama kengligi) (1:200000 xaritalarda ko‘r-satilmaydi)

Qishloq tuproq yo‘llari va yo‘llarning o‘tishi qiyin bo‘lgan qismlari

Dala va o‘rmon yo‘llari

SANOAT, QISHLOQ XO‘JALIK VA IJTIMOIY-MADANIY OBYEKTLAR

Shartli belgilar 1:25 000, 1:50 000 1:100 000, 1:200 000

Tasvirlanayotgan obyektlarning nomlari

Zavodlar, fabrikalar va boshqa inshootlarning trubalari (60 – trubalarning metrlarda ifodalangan balandligi)

Trubali zavodlar, fabrikalar va tegirmonlar (50 – trubalarning metrlarda ifodalangan balandligi)

Suv tegirmonlari va yog‘och arralash korxonalari

1 – shamol tegirmonlari; 2 – shamol dvigatellari

Meteorologik stansiya

Cherkov, kostyollar

Masjidlar

111

Page 113: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

CH YE G A R A L A R

Shartli belgilar 1:25 000, 1:50 000 1:100 000

Tasvirlanayotgan obyektlarning nomlari

Davlat chegaralari (1 – chegara belgisi; 2 – burilishi joylari)

112

Page 114: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

MUNDARIJA

I bob. HUDUD – JANGOVAR VAZIYATNING ELEMENTI. HUDUDNING TAKTIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING ICHKI ISHLAR BO‘LIMLARINING OPERATIV XIZMAT FAOLIYATIGA TA’SIRI ................... 3 HUDUD – JANGOVAR VAZIYATNING ELEMENTI ............................................. 3

1. Hudud va uning taktik xususiyatlari...................................................................... 3 2. Hududning taktik turlari ........................................................................................ 5 3. Turli ko‘rinishli hududlar va ularning taktik xususiyatlari ................................... 6 4. Hudud taktik xususiyatlarining mavsumiy o‘zgarishlari ...................................... 8

II bob. HUDUDDA XARITASIZ ORIYENTIR OLISH VA AZIMUT BO‘YICHA HARAKATLANISH................................................................................................... 10

1. Hududda oriyentir olish....................................................................................... 10 2. Hududda oriyentir olishning usullari................................................................... 10 3. Hududda nishonlarni ko‘rsatish .......................................................................... 13 4. Gorizont tomonlari yo‘nalishlarini aniqlash ....................................................... 14 5. Mahalliy vaqtni soatsiz aniqlash ......................................................................... 22 6. Hududda yo‘nalishlarni aniqlash va ularni saqlash............................................. 22 7. Azimut bo‘yicha harakatlanish............................................................................ 24

III bob. TOPOGRAFIK XARITALARNING TURLARI VA NOMENKLATURALARI.......................................................................................... 28

1. Topografik xaritalarning turlari va qo‘llanishining maqsadlari .......................... 28 2. Topografik xaritalarning razgrafkasi va nomenklaturasi .................................... 30

IV bob. XARITA BO‘YICHA MASOFALARNI O‘LCHASH VA NUQTALARNING KOORDINATALARINI ANIQLASH ...................................... 34

1. Xarita bo‘yicha o‘lchash ..................................................................................... 34 2. Marshrut uzunligini o‘lchash .............................................................................. 39 3. Maydonlarni o‘lchash.......................................................................................... 41 4. Azimutlar va direksion burchaklarni aniqlash .................................................... 42

V bob. YER YUZASIDAGI OBYEKTLARNING KOORDINATALARINI ANIQLASH................................................................................................................. 46

1. Harbiy topografiyada qo‘llaniladigan koordinatalar tizimi ............................... 46 2. Geografik koordinatalar ...................................................................................... 48 3. Astronomik koordinatalar ................................................................................... 49 4. Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar .................................................................. 51

VI bob. HUDUDNING RELYEFI VA UNI XARITADA TASVIRLASH.............. 53 1. Relyef shakllari.................................................................................................... 53 2. Qiyaliklarning xususiyatlari ................................................................................ 55 3. Xaritalarlarda relyefning tasvirlanishi................................................................. 57 4. Xaritada gorizontallar bilan ifodalanmaydigan relyef shakllarining tasviri ....... 61 5. 1:500 000 lik va 1:100 0000 lik masshtabli topografik xaritalarda relyefni tasvirlashning xususiyatlari ..................................................................................... 62 6. Xarita bo‘yicha relyefni o‘rganish ...................................................................... 63

VII bob. TOPOGRAFIK XARITALARDA MAHALLIY JISMLARNING SHARTLI BELGILARI ................................................................................................................ 65

113

Page 115: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

1. Topografik xaritaning mazmuni. Xarita mazmunining asosiy elementlari ....... 65 2. Gidrografiya ........................................................................................................ 66 3. Gidrotexnik inshootlar......................................................................................... 66 4. O‘simliklar va tuproq qoplami ............................................................................ 67 5. Yo‘llar tarmog‘i................................................................................................... 69 Yo‘llarning toifalari................................................................................................. 69 6. Aholi punktlari, sanoat, qishloq xo‘jalik va sotsial-madaniy obyektlar ............ 71 7. Geodezik punktlar ............................................................................................... 72 8. Xarita ramkasining tashqi qismini rasmiylashtirish............................................ 73

VIII bob. XARITA BO‘YICHA HUDUDDA ORIYENTIR OLISH ........................ 74 1. Hududda xarita bo‘yicha oriyentir olish ............................................................. 74 2. Hududda bo‘linmalarning mo‘ljal olishi ............................................................. 79 3. O‘ziga xos sharoitlarda oriyentir olish ................................................................ 80

IX bob. HUDUDNING AEROFOTOSURATLARI .................................................. 84 1. Havodan suratga olish va aerofotosuratlar .......................................................... 84 2. Havodan suratga olish masshtablari .................................................................... 85 3. Fotohujjatlar ........................................................................................................ 86 4. Aerofotosuratlarda o‘lchash ................................................................................ 86 5. Aerofotosuratlardan obyektlarning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash. 87 6. Aerofotosuratlarning shifrini ochish ................................................................... 88

X bob. ICHKI ISHLAR BO‘LIMLARIDA XIZMAT GRAFIK HUJJATLARINI ISHLAB CHIQISH VA YURITISH........................................................................... 93

1. Ichki ishlar organlari faoliyatida xizmat grafik hujjatlarining belgilanishi va mazmuni .................................................................................................................. 93 2. Grafik hujjatlarni yuritish tartibi ......................................................................... 95 3. Xizmat grafik hujjat (xarita, sxema, reja)larini ishlab chiqish tartibi va ularni ishga tayyorlash ....................................................................................................... 97 4. Xarita, sxema va rejalarni rasmiylashtirish ......................................................... 99 5. Jangovar vazifa tayinlash va axborot berishda grafik hujjatlardan foydalanish103

I l o v a ....................................................................................................................... 104

114

Page 116: HARBIY TOPOGRAFIYA - akadmvd.uz

TANGIRBERDIYEV Sultanbay Kurbanbayevich; ZAKIROV Rustam Sobirovich;

SHERMATOV Adham Fozilovich

HARBIY TOPOGRAFIYA

O‘quv qo‘llanmasi

Muharrir M. S. Rahmonova

Texnik muharrir S. N. Yashina

Bosishga ruxsat etildi 14. 09. 2005. Nashriyot-hisob tabag‘i 9,0.

Adadi 150. Buyurtma 152. Narxi shartnoma asosida

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 700197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68

115