kapalaklar vodiysi · kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. muharrir....

39
Shukrullo Abdullayev KAPALAKLAR VODIYSI Toshkent “Zarqalam” nashriyoti

Upload: others

Post on 18-Jul-2020

35 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Shukrullo Abdullayev

KAPALAKLAR VODIYSI

Toshkent “Zarqalam” nashriyoti

Page 2: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Yshbu kitobga bolajonlar uchun yozilgan turli mavzudagi qiziqarli ertaklar jamlangan. Muallif har xil jonvorlar, tabiat manzaralarining yorqin tasvirini yaratar ekan, ular orqali o'zining ma'lum bir fikr xulosaarini bayon etadi. Ta’sirli voqea- hodisalar yosh kitobxonlarga boy taassurotlar qoldiradi.

Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz.

Muharrir. DILSHOD RAJAB,

filologiya fanlari nomzodi

Texnik muharrir: B.KOMILOV

Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Page 3: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

KAPALAKLAR VODIYSIQadim zamonda bir boyning uyida xizmat qiladi-

gan kichkinagina qizcha bo‘lgan ekan. Unga boy, xoti- ni va qizi tinmay ish buyuraverishar, bir zum tin olishga qo‘yishmas ekan. Yeiga yorug* tushmasidan qiz­cha ishga tushar - hovli supurar, gul va daraxtlarga suv quyar, mollarga em-xashak berarkan. Xullas, bu uyning barcha yumushi shu jajjigina qizaloqning gardanida ekan. Shunga qaramay, hech qachon xonadon sohiblari undan minnatdor bo‘lishmas, biror og‘iz shirin gap aytishmas ekan.

Qizcha bundan ko‘p og‘rinar, shunaqa damlarda o‘z ota-onasini juda-juda sog‘inarkan. Ulaming yoniga qochib ketgisi kelsa-da, kambag‘allik tufayli boqa olmay, uni xizmatkorlikka bergan ota-onasini o‘ylab, jim qolarkan.

Bir kuni qiz tong saharda uyqudan uyg‘onib odat- dagi ishlarini bajarishga kirishibdi. Ishlarini saranjom- lab bo‘lgach, endigina uyqudan uyg‘onib dasturxon atrofiga o‘tirgan xonadon sohiblariga choy olib kelibdi. Boyning erkatoy qizi dasturxondagi noz-ne’matlar- dan bir-bir totingan bo‘libdi. Choyga kelganda esa xarxashani boshlabdi:

- Men bunaqa choy ichmayman! Tog‘dagi xushbo‘y gullardan damlangan choyni xohlayman!

Erka qizining barcha injiqliklarini ko‘taradigan boy qizchaga buyuribdi:

- Bor, toqqa borib xushbo‘y gullardan terib kel!Qizcha darrov yo‘lga otlanibdi. U tog‘ tomonga ke-

taveribdi, ketaveribdi. Shundoqqina ko‘rinib turgan tog‘ aslida juda uzoq ekan. U yo‘l yuribdi, yo‘l yursa

- 3 -

Page 4: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

ham mo‘l yuribdi. Axiri toqqa yetibdi. Toqqa chiqa bosh- labdi. Qo‘llari, oyoqlari shilinib azob bersa-da, to‘x- tamay bir oz balandlabdi. Xo‘shbo‘y gullami izlay boshlabdi. Ammo tog‘ning bu joyida unday guilar yo‘q ekan. Qizcha yanada yuqoriroqqa ko‘tarilib, kattagina xarsangtoshni yonlab o‘tganidan keyin, xushbo‘y gul­lami ko‘ribdi.

Bu yer oq, sariq, qirmizi rangdagi bir-biridan chiroyli gullar bilan to‘la, hamma yoqni ulaming yoqimli isi tutib ketan edi. Gullar atrofida esa juda ko‘p kapalaklar uchishardi. Kapalaklar shunchalik ko‘p ediki, ulaming ko‘pligidan tog‘ning narigi chek- kasi ko‘rinmasdi.

Qizcha vodiyning o‘rtasiga borib, oyoqlari ostidagi gullarga mehr bilan tikilibdi, atrofida charx urayotgan quvnoq kapalaklarga havas bilan boqibdi. Uning e’tiborini qanotlari och havorang, taram-taram sariq yoMli, qanotining quyiroq qismida qirmizi xollari bor kapalak tortibdi. U kelib shundoqqina qizchaning oldidagi oppoq gulga qo‘nibdi. Shu payt oq gul yonida o‘sib turgan qip-qizil rangdagi guldan boshqa bir kapalak havoga ko‘tarilibdi. Bu sarg‘imtir kapalak bo- yagisidan ham chiroyliroq; qanotlarining chetida xuddi usta rassom chizib qo‘ygandek jimjimador hoshiyasi bo‘lib, qanotining boshqa tomonida sariq va to‘q jigar- rang yo‘llari bor edi. Qanotining har yer-har yeridagi olovdek qip-qizil doirachalar esakapalakni yanada chiroyliroq ko‘rsatardi.

Qizchaning ko‘z oldida yana bir kapalak charx ura boshlabdi. Uning qanoti uchida turii ranglar taram-taram bo‘lib joylashgandi. Kapalak qizil, pistoqi, binafsha, sariq, zarg‘aldoq rangdagi naqshli qanotini mayin qoqqanicha kelib sarg‘ish gulning yaproqlariga qo‘nibdi. Qizcha anchagacha uni zavq bilan tomosha qilibdi.

Page 5: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

So‘ng qizchaning atrofida oppoq kapalak parvoz qila boshlabdi. U biror gulga qo‘nmay uchaveribdi, uchaveribdi. Shunda qizchaga bu kapalak u bilan birga parvoz qilmoqchidek tuyulibdi. Qizchaning ham ka­palak bilan gaplashgisi kelibdi. Ammo kapalak so‘zlay olmaganidek, qizcha ham parvoz qilishni bilmas ekan. Shunga qaramay qizchaning juda-juda uchgisi kelibdi va qoMlarini kapalak qanotlarini qoqqanidek ishtiyoq bilan tebrata boshlabdi. Shu payt mo‘’jiza yuz beribdi, qizcha yerdan bir oz balandga ko‘tarilibdi. Awaliga yiqilay-yiqilay deb, bir ozdan keyin ishonch bilan balandroq ucha boshlabdi. Qizcha samoda uchish zavqini tuyarkan uni kimdir chaqirgandek boiibdi. Bekasining ovozidan yerga qulab tushay debdi, biroq o‘zini tutib parvozda davom etibdi. Chunki u boy xonadoniga qaytishni hecham xohlamasdi. Uni yana kimdir chaqirgandek bo‘libdi. Bu boyning ovozi edi. Qizcha yana bir bor qalqib ketibdi. Lekin quloq solmay uchaveribdi. Uchinchi marta kimdir chaqirgandek tuyulganda yerga qulashiga bir bahya qolibdi. Bu boy qizining ovozi edi. Lekin endi qizcha bularga e’tibor bermay dadil qanot qoqibdi. Endi u tomomila kapalakka aylangan ekan.

Qizcha yonidagi o‘zi kabi oppoq kapalaklar bilan tog‘lardan, daryolardan, keng dalalar ustidan uchib o‘tib, ota-onasi yashayotgan qishloqqa boribdi. Otasi kun issiq boMishiga qaramay qo‘lida ketmon bilan ekinlarga ishlov berayotgan, onasi esa unga ovqat olib kelayotgan edi. Onasi yetib kelgach, otasi peshonasi- dagi terlarni artganicha daraxt soyasidan joy olibdi. Onasi bo'lsa eskirib, uniqib ketgan belbog‘ni yechib, kamtarona tushlikni olibdi. Otasi bo‘lsa taomlarga qaramay o‘y so‘rib o‘tiribdi va:

- 5 -

Page 6: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

- Onasi, -deb gap boshlabdi. - Qizchamiz katta bo‘lib qolgandir-a? Sog'-salomat yurganmikan ishq- ilib? Uni juda sog‘indim. Qo‘limiz kalta bo‘lmaganida doim yonimizda yurardi, yordamchi bo‘lardi...

Ota gapini yakunlay olmay yig‘lab yuboribdi. Shun- da ulaming yonginasidagi gui bargiga qo‘nib turgan kapalakning ham ko‘zlaridan shashqator yosh oqibdi. Bu yoshlar marvarid donalari bo‘lib onaning oldidagi piyolaga jaranglab tushibdi. Bir zumda piyola marvarid donalari bilan to'libdi.

Bu mo”jizani ko‘rib ota-onaning aqli shoshibdi, sevinchdan terilariga sig‘may ketishibdi. Lekin ular eng achchiq haqiqatni - bu marvaridlami ularga hadya qilgan kapalak qizlarini ekanligini bilishmas ekan.

Qizcha oppoq kapalaklar bilan ota-onasining yonida uzoq vaqt uchib yuribdi. Nihoyat, ota-onasining yoniga bir kuni qaytishni niyat qilib kapalaklar vodiysi tomonga uchib ketibdi.

Page 7: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

YALMOG'IZ KAMPIRBir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim-qadim za-

monda bir yalmog‘iz kampir boMgan ekan. U juda beshafqat ekan. Har oy yangilanib o‘roq shaklini ol- ganida tog‘dan tushib kelar, qishloqdan bir bolani olib qaytarkan. Qishloq ahli yalmog‘izga bas kela olmaymiz, deya uning shartlariga ko‘nib yashashdan boshqa chora topisha olmas ekan.

Kunlar shu taxlit o‘tib, navbat cho‘ponning qiziga etibdi. Har oy boshida bo‘lganidek, qishloq ahli yana motamsaro bo‘lib qolibdi. Bu yerdagi har bir xonadon farzand dog‘ini ko‘rganidan cho‘ponga achinibdi. Lekin qizcha ulami tinchlantiribdi:

- Xafa boMmanglar, men yalmog‘iz kampimi al- batta yengaman!

Qizcha yosh bo‘lsa-da, juda dono, tadbirli ekan. U zolimlami ayyorlik bilangina yengish mumkinligini yaxshi anglarkan. Shunga qaramay, qishloq ahli shun- day yovuz yalmog'izni jimitdekkina qiz qanday yengadi, deya ishonishmabdi. Yalmog‘iz keladigan kuni qizchaning talabiga ko‘ra tog‘ tagiga biri uzum bilan to‘latilgan, biri bo‘sh xumni qo‘yishibdi, yig‘lay-yig‘lay qizchani qoldirishibdi.

Ko‘p o‘tmay qizchaning oldida sochlari yoyilgan, ikkita so'yloq tishi og‘zidan turtib chiqqan, kir-chir- ligidan yanada qo‘rqinchli tus oigan yalmog‘iz kampir paydo bo‘libdi. Ammo qiz o ‘zini qo'lga olib qo‘rqmaslikka tirishibdi. Aqlli cho‘pon qizi kurashga tayyorlanish asnosida qo‘rquv insonni ojiz qilib qo‘yishi mumkinligini tushungan ekan.

- Assalomu alaykum, - debdi qizcha dadil turib yalmog‘iz kampirga.

- Vaalaykum assalom, gar saloming bo‘lmasa ikki- 7 -

Page 8: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

yamlab bir yutardim, - debdi yalmog‘iz so‘yloq tishla- rini ko‘rsatib. - Qani, ustimga min, ketdik, - buyuribdi u.

- Momojon, mana shu xumdagi uzumni ham olaylik, sizga shirin ichimlik tayyoriab bermoqchiydim, - debdi qiz.

Shirin ichimlikni eshitib yalmog‘iz rozi bo‘libdi. U bir yelkasiga uzum to‘la xum, biriga esa qizchani ortganicha parvoz qilib, bir zumda tog‘ orqasidagi qas- riga yetibdi. Devorlari turli jonivorlar suyaklari bilan bezatilgan qasrning to‘rtta burchagidagi ho‘kiz suya- gidan yasalgan qoziqqa odamning bosh suyaklari osib qo‘yiIgan bo‘lib, juda vahimali ekan.

- Sen yaxshilab ovqatlan, - debdi yalmog‘iz, - qoning ko‘paysin. Chiroyli, yoqimtoygina qizcha ekan- san, qoning ham juda shirin bo‘lsa kerak? - tamsha- nibdi kampir. Xunuk iljayganicha qo‘shni xonaga kirib, bolalar joniga zomin bo'ladigan mash’um bigizini charxlashga tushibdi. Qizcha bo‘lsa tushkunlikka tushmay awaldan rejalashtirib qo‘yganidek ishga kirishibdi. Hamma yoqni tozalab, yig‘ishtiribdi. Xumdagi uzumni ezg‘ilab, suvini chiqaribdi-da, ustini yopibdi. Keyin esa mazali ovqat tayyorlashga kirishibdi.

Kechga yaqin yalmog‘iz kampir chiqib qarasa, uy- lar saranjom-sarishta, xontaxta vazifasini bajaradigan to‘nka ustida yesa hidi dimoqni qitiqlaydigan taomning bug‘i xali ko‘tarilib ulgurmagan holda turgan ekan.

Yalmog‘iz ishtaha bilan ovqatlana boshlabdi. Awal bir ko‘tarishda sho‘rvani bo‘shatibdi. Keyin esa lagan- dagi go‘shtning eng katta bo‘lagini og'ziga solibdi. Go‘shtni kavshagancha gap boshlabdi:

- Bilasanmi, odamlar meni juda yovuz, odamxo‘r deyishadi. Aslida undaymas. Ko‘rib turibsan, hayvonlar go‘shtini yeb tirikchilik qilishim ham mumkin. Faqat bir oyda bir martagina bolalar qonini ¡chaman. Shunda

- 8 -

Page 9: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

ham ulami odamlaming o‘zi menga olib kelishadi. Shu ham odamxo‘rlik bo‘ldimi?! Mana, mening ota-bo- bomni odamxo‘r desa bo‘lardi...

Kampir zavqlanganicha ajdodlarining xunxo‘rlik- larini gapira ketibdi. So‘zining yakunida qo‘shib qo‘yibdi:

- Sen yaxshi qiz ekansan! Uyni yig‘ishtiribsan, mazali ovqat tayyoriabsan! Ammo baribir seni qoningni ichaman!

Yalmog‘iz kerishganicha o‘z xonasiga kirib ketgani- dan keyin qizcha yana ishga tushibdi. Yig‘ishtiribdi, supuribdi, ovqat tayyorlabdi. Shu tariqa kunlar o‘tave- rilxii, oy oxirlaganida kampir qizga:

- Yaxshilab ovqatlan, ertaga qoningni ichaman, - debdi.

Qizcha qanchalik o‘zini tetik tushishga harakat qil- masin, qo‘rqib ketibdi. Biroq buni yalmog‘izga sezdir- mabdi. Kampir uxlashga yotganida sekingina o‘zi solgan uzum sharbatini tatib ko‘ribdi. Musallas hali yetilmagan ekan. Qizcha shunda ham tushkunlikka tushmay yalmo- g‘izni aldash, qutulish yoMlarini izlabdi.

Ertasiga yovuz kampir o‘tkirlanaverib yaraqlab ket- gan bigizini ko‘targanicha chiqib kelibdi.

- Meni qonimni ichmang, - yalinibdi qizcha, - sizga mazali ovqatlar qilib beraman!

- Shirin ovqatlaringni yedim. Ovqat qilishga usta ekansan, meni toza siylading! Men qon ichishim kerak, qon, - debdi kampir qizning ko‘zyoshlariga parvo qilmay.

Qizcha qancha yalinmasin yalmog‘izning tosh ko‘- ngli yumshamabdi. Shunda qizcha boshqacha yo‘l tutibdi:

- Buvijon, - ayyorlikka o‘tibdi qiz, - agar qonimni ichsangiz, men halok bo‘laman. Shunda siz mening go‘zal raqslarimni tomosha qilolmay qolasiz!

- Sen hali raqsga ham tushasanmi? - debdi yalmo- g‘iz kampir. Bir oz o‘ylangach:

- 9 -

Page 10: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

- Hay, mayli, qoningni ertaga ichsam ham bo'lavera- di, buguncha mana bu ovqatni yeb, raqsingni ko‘raman!

Yalmog‘iz ovqatlana boshlabdi. Qiz esa vaqtni g‘ani- mat bilib raqs boshlabdi. U shunchalik nafis harakatlar bilan raqs tushibdiki, yovuz yalmog‘iz ham mahliyo bo‘lib qolibdi. Tong otishiga yaqin uxlashga yotibdi. Shunda qizcha yana musallasdan totib ko‘ribdi. U hali yalmog‘izni mast qiladigan darajaga yetmagan ekan.

Ertasiga qizcha yana o‘zi bilgan eng mazali taomlar- dan birini tayyorlabdi. Ammo uning mazali hidiga yalmog‘iz e’tibor ham bermabdi. Yaltiragan bigizini mahkam tutganicha qizchani chaqiríbdi:

- Qani, bu yoqqa kel-chi! Kechagidek meni raqsing bilan aldolmaysan mitti shumtaka!

Bir oydan beri yalmog‘izni yaxshi o‘rganib oigan farosatli qizcha ancha xotiijam qiyofada shunday debdi:

- Mayli, bugun qonimni icha qoling! Faqat qonimni ichsangiz men bilgan ertaklami eshita olmay qolasiz!

- Sen zumrasha ertak ham bilasanmi?Bir oz 0‘ylangach rozilik bildiribdi:- Mayli aytaqol ertagingni! Ertaga ham kun bor-ku!Yalmog‘iz kampir ovqat yeyishga tushibdi, qizcha

esa ertak boshlabdi:- Bir bor ekan, bir yo‘q ekan! Qadim zamonda bir

chol bilan kampir bo‘lgan ekan...- Chol bilan kampimi qo‘y, - ertakni shart bo'libdi

yalmog‘iz, - sen menga oltinlar, mazali taomlar, shi- rin ichimliklar haqida ertak ayt, - debdi.

Qizcha ichimliklar haqidagi ertakni boshlabdi:- Qadim zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan. Uning

yakka-yu yolg‘iz, go‘zal qizi kasal bo‘lib qolibdi. Qan- chadan-qancha nom qozongan tabiblar ham davolay olishmabdi. Shunda mamlakatdagi navqiron bir tabib

- 10 -

Page 11: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

podsho qizini davolashga kiríshibdi. U tog‘u toshlardagi shifobaxsh giyohlardan ajoyib ichimlik tayyorlabdi. Uni ichgan qiz bir zumda oyoqqa turibdi va bu dono yigitni sevib qolibdi...

- Sevib qolibdi deganing nimasi? - so‘rabdi kam- pir og‘zidagi go‘tshni chaynaganicha.

Qiz bir oz uyalib tushuntira boshlabdi:- Odamlarda shunday tuyg‘u bor. Ular ulg‘ayib,

balog‘at yoshiga yetganlarida bir-birlarini yoqtirib qoli- shadi. Shunda kelin-kuyov boMishadi, turmush quri- shadi.

- Biz yalmog‘izlarda yo‘q bunaqa, haligi nima dev- ding, o‘shnaqa tuyg‘u degan narsa. Bir vaqtlar, yoshli- gimda mening ham erim bor edi. Har kuni kechqurun bitta oltin tanga va yegulik olib kelardi. Men unga har kuni ikkta oltin tanga va yegulik olib kelasan, dedim. Topib keldi. Ertasiga uchta oltin olib kelasan, dedim. Topdi. Keyin to‘rtta, beshta. Hech to‘xtamadim. U ham topib kelaverdi. Bir kuni uyga sakson oltita tanga olib keldi-yu, shu cho‘zilganicha o‘midan turmadi. Ha, aytgancha, keyin nima bo‘ldi ertaging?!

- Malika ota-onasiga meni shu tabib ygitga uzating- lar, debdi. Podsho esa bitta-yu bitta qizini oddiy yigitga uzatishni o‘ziga ep ko‘rmabdi. Yigitni boshqa mamlakatga badarg‘a qilibdi. Podsho juda zolim ekan-da!

- Hech ham zolim emas, - o‘z qarichicha oMchov boshlabdi kampir, - men bo‘lsam haydab o‘tirmay qonini ichardim, jonini olardim!

- Shunday qilib yigit boshqa mamlakatga ketibdi, u topgan shifobaxsh ichimlik sirini hech kim bilolmay qolibdi, - ertagini yakunlabdi qiz.

- Shuncha paytdan beri meni boshimni hech kim bilolmagan ichimlik bilan qotirdingmi? - debdi yal-

- 11 -

Page 12: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

mog‘iz esnab. Qomi to‘yib, uyqu bosa boshlagani uchun o‘z xonasiga yo‘l olibdi.

Yalmog‘iz kampir ketishi bilan qizcha vaqtni g‘a- nimat bilib musallasdan totib ko‘ribdi. Musallas shira tortib, kuchga kirgan, yetilgan ekan.

Ertasiga qiz ovqat tayyorlamabdi. Qosh qorayishi bilan yalmog‘iz bigizini ko‘targancha chiqib kelibdi:

- Bugun qoningni ichaman!- Mayli, siz aytgancha bo‘la qolsin. 0 ‘zi bugun ovqat

ham tayyorlaganim yo‘q, - debdi qiz xotiijam. - Faqat, unda men tayyorlagan totli shifobaxsh ichimlik maza- sini bilolmay qolasiz-da!

- Qani o‘sha ichimliging? - baqiribdi yalmog‘iz kam­pir.

Qizcha awaldan tayyorlab qo‘ygan, kuchga kirgan, qondekqip-qizil bir kosa musallasni olib kelibdi.Yal- mog‘iz bir ko‘tarishda kosani bo‘shatibdi.

- Toza maza ekan-ku, bor, yana olib kel, - buyuribdi kampir.

- Mayli, olib kelaman. Faqat siz qayerdan olayot- ganimga qaramay turing, - ayyorlikka o‘tibdi qiz.

Borib xumdan musallas quyib kelibdi. Uning hara- katlarini ko‘z uzmay kuzatib turgan kampir xumning joyini bilib olibdi. Qizcha keltirgan ikkinchi kosadagi ichimlikni ham ichgach, o‘midan turib xumga boshini tiqib musallasxo‘rlikni boshlabdi. Aslida qiz ham nafs balosiga yo‘liqqan bu yovuzni yo‘q qilish uchun aynan shunday reja tuzgan ekan. Bir zumda yalmog‘izning qomi xum kabi shishib ketibdi-yu "paq" etib yorilibdi. Shu tariqa necha yillar davomida xalqning qonini ichayotgan yovuz kampir yo‘q boMibdi. Aqlli qizcha esa uyiga qaytib kelibdi. Shu-shu xalq xotiijam yashay boshlabdi.

- 12 -

Page 13: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

ZIYRAK BOLAQadim-qadim zamonda, bilmam qaysi tomonda

bir shahar bor ekan. Ular ko‘za, sandiq yasashar, kiyim-kechak tikishar, ekin ekib mo‘l hosil olishar, qir-adirlarda chorva boqishar, xullas, bu yeming odamlari juda mehnatsevar ekan.

Bu shahardagi farovon hayotni ko‘rgan bir zolim podshoh uni ishg‘ol qilish niyatiga tushibdi va ayg‘- oqchilaridan birini yuboribdi. Ayg‘oqchi shahar aholisiga o‘xshab kiyinganicha shahar kezibdi. Tor ko‘chalardan birida kichkinagina bolaga duch kelibdi va bu boladan ko‘p narsalarni bilishni niyat qilib gap boshlabdi:

- Isming nima, bolakay?- Muzaffar, - javob beribdi bola.Ayg‘oqchining, shahar odamlarida oltin ko‘pmi,

degan savolidan bola uning yomon niyatini sezibdi. Sezmaganlikka olib dadil javob qaytara boshlabdi:

- Oltinlari juda ko‘p, lekin uni hech kim olib ketolmaydi!

- Shahardagi qurollangan jangchilar necha kishi- dan iborat?

- Ular juda ko‘p, - debdi bola, - jangchilarimizni hech kim yengolmaydi.

- listing yupun, qoming ham ochga o‘xshaydi. Agar jangchilar nechtaligini aytsang, senga non beraman,- bolani aldashga tushibdi ayg‘oqchi.

- Yo‘q, aytmayman, - debdi bola.- Senga shirinliklar, kiyimlar olib beraman!- Aytmayman baribir.- Pul, oltinlar beraman.Bola yana rad javobini beribdi. U haqiqatan yupun,

qomi ham juda och ekan. Ammo kichkina vatanpar-- 13 -

Page 14: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

var bu yomon niyatli kishining oltinlarini olmabdi. Niyatiga yetolmagan ayg'oqchi po'pisa qilishga tu- shibdi:

- Ayt, bo‘Imasa quloqlaringni kesib tashlayman!- Aytmayman! - dadil javob beribdi bola.- Aytmasang, seni qiynab-qiynab o‘ldiraman! - debdi

tobora jahli chiqayotgan ayg‘oqchi daig‘azab alpozda.- Yo‘q, aytmayman! - bolaning yuzida mag‘rurlik

ifodasi ko‘rinibdi.Yovuz niyatda kelgan boMishiga qaramay ayg‘oqchi

o‘z yurtini jonidan ortiq ko‘radigan bu jasur kichkin- toni yoqtirib qolibdi.

- Mayli, aytmasang aytma. Mana bu pullami ota- onangga olib bor. Senga kiyim-kechak olib bersin, qor- ningni to‘yg‘azsin, - deb pul uzatibdi.

- Yo‘q, kerakmas, - debdi bolakay, - pullami o‘zim ishlab topaman.

- Men ketdim, qo‘rqmas, rostgo‘y ekansan. Salo- mat bo‘l, bolakay.

- Men bolakay emasman, - debdi bola, - ota- onam menga MuzafTar deb ism qo‘yishgan.

Uning bu gapi ayg‘oqchini e’tiborini tortibdi. Ortiga qaytib bolaga bir xalta oltin uzatibdi:

- Unday bolsa menga o‘z ismingni sota qol. Bir umr ishlasang ham buncha pul topa olmaysan!

- Yo‘q, ismimni ham sotmayman, - debdi bola ol- tinga qayrilib ham qaramay.

Bu bola o ‘z yurtini sotmasligini bilgan ayg‘oqchi yurtiga qaytib ketibdi. Borib o ‘z shohiga shunday debdi:

- Shohim, men u yerga borib, bir bola bilan suhbatlashdim. Unga ko‘p boyliklarni va’da qildim. Ammo u o ‘z shahridagi askarlar sonini aytmadi.

- 14 -

Page 15: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Hatto bir xalta oltin bersam ham o‘z ismini sotmadi. Qo‘rqitdim ham. Ammo maqsadimga yeta olmadim. Juda jasur ekan. Bu shahaming yosh bolalari shunday qo‘rqmas bo‘lsa, demak, yigitlari juda jasur, pahlavon. Shunday ekan shaharga hujum qilib uni egallab ololmaymiz. Agar urush ochsak, o‘zimiz engilamiz!

Podshoh ayg‘oqchisining so‘zilarini tinglagach, bu shaharga urush ochishga jur’at qilolmabdi. Shunday qilib kichkinagina bola katta bir shahami bosqinchilar huju- midan qutqarib qolgan ekan.

- 15 -

Page 16: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

DANGASAQadim zamonda bir bola bo‘lgan ekan. Bu quvnoq

bola do'stlari bilan o‘ynashni xush ko‘rarkan. Lekin uning kichkinagina kamchiligi bor ekan - u ozgina dangasaroq ekan. Onasi ish buyurganda, bo‘pti, baja- raman derkanu, bir ozdan so‘ng yodidan chiqarib yuborarkan. Uning onasi va singlisi tirikchilik uchun tunu kun do‘ppi tikisharkan. Duradgor otasi bo‘lsa uzoq shaharga ishlash uchun ketgan ekan.

Kunlarning birida onasi unga ekinlami sug‘orishni buyuribdi. Bola, hozir sug‘oraman, deb ariq bo‘yiga boribdi. Biroq ishga kirishmabdi. Bir oz dam olay, deb ariq chetiga cho'zilibdi. Suvning salqini xush yoqib uxlab qolibdi. Qancha uxlaganini bilmaydi, bir mahal singlisining chinqirgan ovozidan uyg‘onib ketibdi. Ko‘zlarini ochsa, singlisi qo‘llarini bilan uni ko‘rsa- tib, qichqirayotgan ekan. Keyin yugurganicha onasining yoniga kirib ketibdi. U hayratlanganicha qo‘llariga qarab- di. QoMlari xuddi hayvonlarikidek tuk blan qoplanga- nini ko‘rib qo‘rqib ketibdi. Keyin oyoqlariga qarabdi, oyoqlari ham shundayligini ko‘rgach, shoshib suvga qarabdi. Unga suvdan badbashara bir maxluq qarab tuigan ekan Bola o‘zining badbashara maxluqqa aylanib qolganini tushunibdi va birovga ko‘rinmaslik uchun devor oshib, uyidan uncha uzoq bo‘lmagan daryo tomon ketibdi.

Shu kechani bo‘rilardan qo‘rqqani uchun d^raxt tepasida o‘tkazibdi. Ovqatlanmagani sabab rosa ochiq- ibdi. Ammo tong otguncha bir amallab chidashdan o‘zga chorasi yo‘q ekan.

Ertasiga ertalab tong otishi bilan ovqat izlashga tushibdi. Uyiga borolmay, yaqin oradagi polizlami keza boshlabdi. Hech kimga ko'rinmay bitta qovunni olib

- 16 -

Page 17: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

endi chiqayotganida polizni qo‘riqlayotgan bo‘ribosar quvlashga tushibdi. U yugura-yugura itdan qutilibdi. Panaroq joy topib qovunni yeb, bir oz oshqozonini aldagan bo‘Iibdi. Ammo bir pasdan keyin yana ochlik tuya boshlabdi. Shunda o‘z uyini, har kuni mazali ov- qatlar tayyorlab beradigan onasini, singlisini, otasini eslabdi. Ilk bor ularning gaplariga kirmaganiga pushaymon boMibdi. Odamlardan berkinib yana da- raxt tepasiga chiqibdi. Daraxt tepasida muvozanatni saqlab o‘tirish juda qiyin ekan. Shu asnoda bir kun shunchalar uzoq bo‘lishini anglabdi. Bir amallab kunni kech qilibdi. Keyin o‘z hovlisiga yo‘l olibdi. Kelib endi pisha boshlagan jo‘xorilardan ikkitasini uzib, yana o‘z joyiga qaytibdi. Xom jo‘xori bilan oziqlanib tunni ham o‘tkazibdi. Ertasiga tongda yana hovlisiga kelibdi. Qarasa ekinlar hali ham chopilmagan, jo‘xorilar su- g‘orilmagan, chunki onasi va singlisining qo‘li do‘ppi tikishdan bo‘shamagan ekan.

Bola qo‘liga ketmon olib awal ekinlar tagini yum- shatibdi. Egatlarga suv tarabdi. Keyin esa otasining duradgorlik teshasini olib supa ustidagi bir oyog‘i qiyshayib qolgan xontaxtani tuzatibdi. Bu ishni o‘miga qo‘yib bajarganidan o‘zi ham hayratlanibdi. 0 ‘z ishiga mahliyo bo‘lganicha supaga cho‘zilibdi va uni uyqu elitibdi.

U yana singlisining ovozidan uyg‘onib ketibdi. Shoshib o‘rnidan turib, qocha boshlabdi. Singlisi:

- Akajon, qayerga qochayapsiz? - deb uni to‘xtatibdi.Bola to‘xtab oyoqlariga, qo‘llariga razm solibdi. Qara­

sa, yana odam holiga qaytganmish. Ko‘zlariga ishonmay ariqdagi suvga qarabdi. Unga suvdan badbashara maxluq emas, chiroylikkina bola qarab turganmish. Yugurib borib onasi va singlisini mahkam quchibdi.

- 17 -

Page 18: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Shu voqea sabab u faqat mehnat tufayli inson inson- ligini saqlab qolishi mumkinligini, dangasalik oqibatida esa badbashara mahluqqa aylanib qolish hech gapmasligini anglabdi. Otasi kelganida undan durad- gorlikni o‘rganishni ko‘ngliga tugibdi.

Bola onasi va singlisi bilan dasturxonga o‘tiribdi. Mehnat qilgani sabab bugungi ovqat har qachongisi- dan totli tuyulibdi.

Page 19: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

У О 'р О тС А М ВАХТВ1г Ьог екап, Ыг уо‘я екап. 0аё1т-яа<11т га-

топба Ыг схШ рсх^ой Ьо‘НЬ, итщ* уакка-уи уа§опа о ^ ‘Н Ьо‘̂ п екап. БИоИ 1ах1 уопбЫ типсшЬ 1агЫ- уа1аМ1, eng ёопо \а ЫПтёоп тигаЬЫу1агт уо11аЬ, ЬагсИа ЫИт1агт о‘гёа1!Ьс!1. НагЫу таЪогаишобЫпМь ЗЬаЬгоёа скэб! огги д11§ап1бек Иаг 1отоп1ата тикатта1 ¡гюоп ЬоЧНхН. Balog‘atga yetgan о ^ ‘Нт (Ла-опа иу^ттзИ Иагака^ ИкЫбЫМь 5ЬаЬ2оёа§а типозШ, до1ауег8а, таИка11кка 1оу1я юриИ обоп кесЬтаЬс!1. Апа зЬи кип1агба яо^Ьт тат1ака1 роскЬоЫ шЯяа51 \а qizi hamrohligida теИ тог^ ке1Лх11. БИаИгс̂ а зЬоЬ эеуШ яоПМь

БИаНгс^атг^ ko‘nglidag¡ni Ы1§ап о1а теЬтоп1а- ridan to‘yga гсшМ 5о‘гаМь ВагсЬа гогШк ЬНсИгвасЬ, и)‘у ЬагакаНап boshlanibdi.

кесЬа-уи ди*я кипёиг 1о‘у ЬоЧПхК. Ыпёа ко‘р тат1акаиагёап теЬтопкг ¡вЬ^гок е118Ь1Ьс11. ивМэи tantanalaming зо‘г ^ кес11аБк1а qiz ,Д1(1а гегИйМк Ке1т juda сЫгоуИ, 1ект Ыг ог о'утдагоя, о‘]аг, бЬоЬ qizi Ьо‘^ а т ис1шпгт, Ыг ог егкаЮугоя екап.Ре’И sajiyasiga ко‘га Ыг уегба игоя оЧ1га о1та§ап кеНп киусл^ Ьегкттас1тоя (УупаэЬт 1ак№ яППхИ. БИаИгода гсш ЬоЧтаМй А т т о go‘zal кеПпсЬак яа^а-яа^а ¡Штсю я^Ь и т ko‘ndiгibdi.

Аууа! киуоу beгkinibdi, (\\г и>р1ЫИ. Кеут <\\г ЬегкЫЫИ, киуоу Юр1М1. о‘у1п т davom еиьпбЬш 1акНГ е1:й^. То‘у кесИав! ЬегкттасИоя о‘у- павЬ naqadaг аИтояста ¡зЬ е к а т т qizga ияйгтоя- сЬ5 Ьо‘НЫ1ь Ьект qiz и т еБЫИзИт Ьат хоЫатау хагхаБЬа qilaveгgach, noiloj ko‘nibdi. БИаИгс^а yashiгinganida д1гт т^гог qilmaslik исИип tezda ко‘птЬ Ьегагкап. Buning иБ^а о‘гИ:а хопаН и1кап

- 1 9 -

Page 20: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

saroyning har bir burchagidan biror insonni qidirishga qancha vaqt ketishini u juda yaxshi bilarkan. Berkinish navbati qizga kelibdi. Kuyov izlay boshlabdi. Lekin har qancha harakat qilmasin, uni topa olmabdi. So‘ngra barcha mehmonlar biigalikda kelinni izlashga tushishibdi. Saroyning har bir burchagini qayta-qayta ko‘zdan kechirishibdi. Ammo malikadan darak boMmabdi. Shunda holdan toygan mehmonlar noiloj tarqalishibdi. Toliqib uyquga ketgan shahzoda ko‘zlarini ochishi bilan yana kelinni izlashga tushibdi. Bir kun, ikki kun, o‘n kun izlabdi. Ammo nech qanday natija bo‘lmabdi. Shundan keyin barcha umid uzibdi.

Yillar o‘tib qayg‘u-alam unutilgach, shahzoda shu mamlakatdagi odobli, tarbiyali, dono va go‘zal qizga uylanibdi. Oradan ancha vaqt o'tgach, shahzoda taxtga o‘tiribdi. Iki o‘g‘il, ikki qizli boMibdi. Mamlakat yanada ravnaq topibdi. U ham otasining yoMidan borib far- zandlariga yaxshi tarbiya bera boshlabdi.

Kunlardan bir kun saroy xizmatchilaridan biri malikaga yangi ko‘ylak tikish uchun son-anoqsiz san- diqlardan birini ochibdi. Sandiq ichidan odam suyak- lari chiqibdi. Bu, shubhasiz, to‘y kechasi bedarak ket­gan o‘sha kelin ekan. To‘y kechasi yosh kelinchak shu katta sandiq ichiga berkingan, og‘ir qopqoq shaxd bilan tushib, qulflanib qolgan ekan.

Nima ham derdik, odobli, hammani hurmat qila- digan, o‘z baxtini qadrlaydiganlarga ornad va baxt kulib boqadi. Barcha insonlami qadrlash kerakligini, kel- gan baxt bilan berkinmachoq o'ynab bo‘lmasligini, afsuski, shoh qizi bilmas ekan.

Page 21: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

XISLATLI QIZCHAQadim zamonda bir chol bilan kampir bo‘lgan

ekan. Chol o‘tin terib pul topar, kampir bo‘lsa ko‘rpa- ko'rpacha, kiyim kechak tikarkan. Ular tinmay mehnat qilishar, shunga qaramay topganlari kun ko‘rishga bazo‘r yetarkan.

Kunlaming birída ulaming eshigi taqillabdi. Chol eshikni ochsa, ostonada nuroniy bir otaxon tuigan ekan. Chol salom beribdi. Otaxon alik olgach, bir burda non bilan bir piyola suv so‘rabdi. Chol otaxonni uyga taklif qilibdi. Supaga o‘tqazgach, non bilan suv keltiribdi. Mehmon nonni yeb, suvni ichgach, mezbonlarga tashakkur aytibdi. Shunda chol xijolat bo‘lib debdi: "Aybga buyurmang, tuzukroq mehmon qilishga qurbi- miz yetmaydi..." Bu gapga javoban otaxon unga: "Tash- vish chekmang, tezda boyib ketasiz. Farzandli bo‘lasiz ham", debdi. Chol farzandsizligini bu nuroniy qayer- dan bilganligini o'ylab hayratlanib turganida mehmon ko‘zdan g‘oyib boMibdi. Ko‘p o‘tmay bashorat amalga oshibdi. Ulaming xonadonida ham farzand dunyoga kelibdi. Qizaloq ulg‘aygani sari ko‘zni quvontiradigan darajada chiroyli, shu bilan birga, g‘ayratli, mehribon bo'lib borardi. U tongda turib hovlini supurar, daraxtlami, gullami parvarishlar, nonushta tayyorlar, shundan keyingina ota-onasini uyg‘otar ekan. Chol- kampir qizlaridan juda xursand ekanlar.

Kunlaming birída qizaloq odatiga ko‘ra ko‘chani supurayotgan ekan. Yonidan bir nuroniy otaxon o‘tib qolibdi. Qiz darrov tavoze bilan salom beribdi.

- Vaalaykum assalom, - debdi otaxon. Bir zum qizchaga qarab turib aytibdi: - Sen juda odobli va meh­ribon ekansan. Buni taqdiriash kerak. Bugundan boshlab sen ajoyib xislatga ega bo‘lding!

- 21 -

Page 22: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Qizcha rahmat aytishga ham ulgurmabdi, otaxon ko'zdan g‘oyib boMibdi. U kira solib ota-onasiga bo‘- Igan voqeani so‘zlab beribdi. Ular, qizimiz qanday xislatga ega boMdi ekan, deb uzoq o‘ylashibdi. Biroq bu gapning tagiga yetolmabdilar. Nonushtadan keyin chol o‘tin terishga ketibdi. Kampir boMsa tikish-bichishni boshlab yuboribdi. Qiz har ishda bo‘lganidek bunda ham onasining asosiy yordamchisi ekan.

Kunlar shu taxlit o‘taveribdi. Ammo bir kuni chol tushga yaqin mahzun holda qaytib kelibdi. Hech ishim yurishmayapti, qarib qoldim, shekilli, debdi o‘ychan holda. Bu gapni eshitib kampir tikishdan to‘xtabdi.

- Mening ham ko‘ylaklarimni hech kim olmayap- ti, choklarim tekismasmish. Ko‘rpa, ko‘rpacha qavi- tishga ham hech kim kelmayapti. Qarib qoldik... - deb yig‘lashga tushibdi.

Ota-onasining bu nochor ahvoliga qarab qizcha- ning ham ko‘zlari yoshlanibdi. Uning ma’sum ko‘zla- ridan duv-duv quyilib kelayotgan yoshlar xontaxtaga olmos, javohir boMib tushibdi. Bir zumda hamma yoq kishini hayratga solib jozibali tovlanayotgan qimmatbaho toshlarga to‘libdi. Xonaga cho‘kkan bir zumlik sukunatdan so‘ng chol o'ziga kelibdi. Bir dona olmosni qoMiga olib tikilibdi. Kamalakning barcha ranglarini o‘zida aks ettirgan toshning jilvasi cholning yuzida zuhur boMibdi.

Chol bir dona olmos parchasini olib ko‘chaga chi- qibdi. Bozorga borib, uni pullamoqchi, keyin bozorlik qilmoqchi boMibdi. Ammo ikki qadam yurmasidan fikridan qaytibdi. Notanish odamlar bilan savdolash- guncha qo‘shni boy bilan gaplashganim ma’qul, deb o‘ylabdi va qo‘shnisining eshigini taqillatibdi. Eshikni ochgan xizmatkorga maqsadini aytibdi:

- 22 -

Page 23: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

- Boy buvaga aytsangiz, ota-onamdan qolgan bir donagina olmosim bor. Shuni tilla taqinchoqlaiga al- mashmoqchi edim...

Xizmatkor ichkariga kiríb cholning gaplarini xo‘ja- siga yetkazibdi. Boy bepisandlik bilan, kambag‘aída olmos nima qiladi, debdi. Ammo olmos degan so‘z uning tinchini o‘g‘irlab bo‘lgan ekan. 0 ‘midan turib ostonaga chiqibdi. Qo'shnisining qo‘lidagi olmosni ko‘rib hayratga tushibdi. Chunki turli ranglarda tovlanayotgan bu qimmatbaho tosh boyning kattagina hovlisini turli shu’Ialarga toMdirib yuboribdi.

- Olmos uchun qancha so‘raysan o‘zi? - savdola- shishga tushibdi boy.

Chol bunaqa toshlaming narxini bilmas ekan. Shu sabab o‘zingiz baholay qoling, debdi. Boy olmosni quyoshga solib uzoq tomosha qilibdi. Chol uning cha- qnab ketgan ko‘zlaridan toshning juda ma’qul bo‘lga- nini tushunibdi. Va nihoyat boy narx aytibdi:

- Bu olmos uchun ikki xum tilla beraman. Qolganiga bir sandiqchada tilla taqinchoqlami olasan!

Bir ozdan keyin qo‘shib qo‘yibdi:- Bulaming hech biri olmosning asi narxiga teng

kelolmaydi!Cholga boyning toshga to‘g‘ri baho bergani, aldash-

ga urinmagani juda ma’qul kelibdi. Shuningdek, umrída ko‘rmagan bu boylikni eshitgan chol darrov roziligi- ni bildiribdi. Zotan, bunaqa olmoslardan yana qanchasi bor unda.

Chol uyiga bir olam boylik bilan kirib kelibdi. Kampir ham, qiz ham quvonib ketishibdi. Shundan keyin chol, kampir va ulaming ajoyib xislatli qizlarí hech qiyinchilik ko‘rmay umrguzaronlik qilishibdi. As-

- 23 -

Page 24: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

lida, bu ulaming saxiyliklari, odob-axloqlariga beril- gan ulkan mukofot ekan.

Ertasiga tongdanoq chol tilla tangalami sarflashga tushibdi. Awaliga dasturxonni to‘ldiradigan mazali yeguliklar xarid qilibdi. Oilaning barcha a’zolari uchun kiyim-kechak olibdi. Shunda ham hamyoni to‘la emish.

Keyin uyini qayta qurishga kirishibdi. Shiddat bilan ishga tushgan ustalar qo‘shni boyning uyidek baland, keng va yorug* imoratni tezda bitkazib berishibdi. Chol xonadonidagi bu ulkan o‘zgarishlar butun mahalla ahlini hayratga solibdi.

Boyning paytavasiga qurt tushibdi. Ota-onasi ham arang kun kechirgan bu chol olmosni qayerdan oldi ekan, degan savol unga siratinchlik bermabdi. Shunda boy devorning bir chetini teshib, chol xonadoni kuzitshga tushibdi. Chol, kampir va qiz tinmay kulishar, baxtiyor yashashar, biroq olmas sin haqida hech qachon so'zlashmas ekan. Boy uzoq kuzatibdi. Bir kuni sabr o‘z mevasini berib, boy ulaming siridan boxabar bo‘libdi.

Nonushtadan so‘ng chol kampirga:- Minib yurishga bir ot olamiz, endi yayov yurish

bizga yarashmaydi, - debdi g‘urur bilan. - Bor, tilla taqinchoqlardan olib chiq!

Kampir uyga kirib ketibdi. Bir zumdan keyin bo‘sh qo‘l bilan chiqibdi, va xumlar bo‘shligini aytibdi.

- Hechqisi yo‘q, - debdi chol xotiijam holda. - Yana bitta olmosni tillalarga almashamiz. Olmoslaming tugashidan esa qo‘rqishga hojat yo‘q. Qizimiz bir marta ko‘z yosh to‘ksa, piyolamiz olmosga, bir bor kulsa hovlimiz gullarga toMadi!

Boy barcha gapdan xabardor bo'libdi. Ammo chol yana olmos ko‘tarib chiqqanida o‘zini hech narsa bil-

- 24 -

Page 25: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

magandek tutibdi. Awalgidek tilla tanga-yu taqinchoq- larga almashtiríb beribdi va sabrsizlik bilan cholning ketishini kutibdi. Savdodan ko‘ngli to‘lgan chol xursand holda bozoiga ketgach, boy ko‘cha supurayotgan qizning oldiga chiqibdi.

- Assalomu alaykum, boy ota, - salom beribdi, qiz.- Va alaykum assalom, - debdi boy. - Odobli qiz

ekansan. Qara, ko‘chalami ham ozoda qilib qo‘yibsan. Malol kelmasa, qizim, bizning darvozamiz oldini ham supurib ber, - ayyorlik qila boshlabdi boy.

Qiz, xo‘p bo‘ladi, deb ishga kirishibdi. Bir zumda boyning darvozasi oldini top-toza qilib qo‘yibdi. Boy o‘ylagan rejasining keyingi bosqichiga o‘tibdi:

- Qara, qizim, baribir qiz bolaning qo‘li tekkan narsa gul-gul yashnab ketadi-da. Bir zumda ko‘cha- mizga fayz kiritding, barakalla. Senga yana bir iltimo- sim bor, hovlilarimizni ham supurib bersang. Bilasan, uyimdagi xizmatkorlaming bari erkaklar. Ulaming supur-sidirga hech uquvi yo‘q.

Sodda qizaloq, mayli, deya hovlini supira boshlabdi. Vaqtdan foydalangan boy qizchani qorong‘u xonaga qamab qo‘yibdi. Tez orada olmoslarga ega bo‘lishini o‘ylab quvona boshlabdi. 0 ‘ziga hayrat bilan qarab turgan qizchaga maqsadini aytibdi:

- Qani, endi bir yig'lab ber-chi? Bir martagina... menga bir piyolaolmos yetadi. Qara, imoratim eskirib to'kilay deb turibdi,.uni qaytadan quraman. Qani, boMaqol...

Qizcha qancha urinmasin besabab yig‘lash qo'lidan kelmabdi. Shunda boy:

- Mayli, unday bo‘lsa kulaqol. Hovlim gulzorga ay- lansin. Qurigan daraxtlar ham barg yozsin, qaytadan mevaga kirsin, - debdi.

- 25 -

Page 26: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Qizcha qancha harakat qilmasin bu qorong'u xonada kula olmabdi. Toqati toq bo‘lgan boy, yig‘la deb baqira ketibdi. Qo‘rqib ketgan qiz yig‘lab yuboribdi. Ammo uning ko‘zlaridagi yosh olmoslarga emas, oddiy mayda toshchalarga aylanibdi. Hovli shu toshlar bilan to‘lib ketibdi. Buni ko‘rgan boy jonholatda baqiribdi:

- To‘xta, endi kul!Qizcha o‘zini majburlab kula boshlabdi. Hovlidagi

daraxtlar bir zumda qurib qolibdi. Gullarning bargi qovjirab, bandi cho‘pga aylanibdi. Tekin boylik ilinji- dagi boy boshini changallaganicha yiqilibdi. Vaqtni g‘animat bilgan qizcha o‘z uyiga shoshilibdi.

Tushdan so‘ng chol uyga juda chiroyli, tezchopar saman ot minib qaytibdi. Kampir va qiz rosa quvoni- shibdi. Ota-onasining shodlanganini ko‘rib mehribon qizning ko‘zlaridan quvonch yoshlari oqibdi. Ammo toshlar endi olmosga aylanmabdi. Qizning kulgusidan yangi gullar o‘sib chiqmabdi ham...

Chunki... chunki mo°jizalar har kuni ham ro‘y be rave rmas ekan-da!

/-* S?; '4¡*'

V,

i ЩI &-,3*W"

»■

- 26 -

Page 27: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

NOSHUD SHOGIRDBuxoroga sehr ilmini o‘iganishga ketgan Habibullo

saboqni tugatib qaytib kelibdi, degan xabar bir zumda Soyli qishlog‘i bo‘ylab tarqaldi. Bu xabami eshitgan qishloq ahli, eng awalo, do'stlari uning uyiga kela boshladi.

Yosh sehrgar kelganlar bilan quchoq ochib so‘- rashdi. Unga qarab do‘stlarining havasi keldi. Ustida zarbof to‘n, boshida katta salla, oyog‘ida amirkon mahsi, ko‘rinishi salobatli, qarashlari tiyrak edi.

Awalo sehrgar qishloqdagi yangiliklarga qiziqdi. Do‘stlari u o‘qishda bo‘lgan besh yil davomida kim kimning qiziga uylangani, kimning farzandi nechta bo‘lganini samimiy va sodda til bilan aytib berishdi. Yaqinda vafot etgan keksa otaxonni ham yodga olishdi.

Keyin hamma yosh sehrgarga termuldi. Endi u besh yil davomida ko‘rgan-kechiiganlarini, nimalami o‘rgan- ganini gapirib berishi kerak edi. Do‘stlarining ko‘pi uning sehrgar bo‘lganiga ishonqiramay turishardi.

- Men Buxorodagi Muhammad ibn Ahmad ibn Haydar Buxoriy madrasasida ta’lim oldim, - deb gap boshladi nihoyat sehrgar, uning ovozida g‘urur sezilib turardi. - Bizning madrasamizda yigirma nafar yigitcha sehgarlikka o‘qitildi. Men jonzotlar bo‘yicha sehrgar bolib yetishdim. Madrasada yana buyumlar va bashorat mutaxassisligi ham bor edi. Buyumlar bo‘yicha muta- xassislikda ta’lim olganlar biror buyumni boshqa bir buyumga aylantira oladilar. Masalan, mana shu olmani qo‘llariga olib duo o‘qisalar, shaftoli yoki nokka ayla- nib qoladi. Bashorat mutaxassisligida ta’lim olganlar voqealarni oldindan aytib beradilar, yana o‘tgan zamonga, kelajakka sayr qilishlari ham mumkin. Ular uchun vaqt to‘sig‘i yo‘q.

- 11 -

Page 28: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Yosh sehrgaming do‘stlari og‘izlarini lang ochgan- laricha uning gapini tinglashardi. U bo‘lsa hikoyasi bar- chani birdek qiziqtirayotganidan mamnun holda gapi­ni davom ettirdi:

- Bizning mutaxassisligimizda o‘qiganlar esa bir jonzotni boshqasiga aylantiríshlari mumkin. Masalan kuchukni mushukka. Odamni ham mushuk yoki sich- qonga aylantira olamiz.

- Yo‘g‘-ey, - deb yubordi uning do‘stlaridan biri ishonqiramay.

- Bo‘lmasam-chi, - dedi sehigar yanada g‘urudanib,- biz bu ilmlar yuzasidan imtihon topshirganmiz, axir. Sehrgar bo‘lganimiz haqida yorliq ham oigan- miz!

Sehrgar "imtihon" va "yorliq" so‘zlariga alohida urg‘u berib gapirdi va bir zumdan keyin yaltiroq jimjima- dor harflar bilan yozilib, ostiga barmoq bosilgan shildiroq qog‘ozni ko‘rsatdi. Uning do‘stlari bu bebaho qog‘ozning orqa o‘ngini o‘girib, diqqat bilan o‘rga- nishdi.

Bu vaqt oralig‘ida dasturxonga bo‘za keltirildi. Sehr­gaming amakisi bo‘zani quya boshladi. Bitta piyolada jiyaniga ham uzatdi:

- Qani, Habibullojon, saboqni tugatib, sehrgar bo'lganingiz uchun oldik!

- Biz ichsak qanday bo‘larkan?! - dedi yosh sehrgar biroz xijolatomuz ohangda.

Mehmonlaming bir ovozdan aytgan "oling-oling- "idan so‘ng yosh sehrgar bo‘zani bir ko‘tarishda si pqordi. Keyin piyolaketi piyolagaulandi.Davradagi- laming barchasi shirakayf bo‘lib qolishdi.

Bo‘zaxo‘rlikdan keyin dasturxonga Habubulloning o‘qishni bitirib kelgani sharafiga so'yilgan qo‘yning

- 28 -

Page 29: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

obdon qaynatilgan kallasi tortildi. Keyin sho‘rva, katta laganda yaxna go‘sht olib kelindi. Taomlar ishtaxa bilan yeyildi. Ovqatga fotiha o‘qi!gach, shirakayf og‘aynilar- dan bin so‘radi:

- Ayt-chi, Habibullo, sen odamni loyga aylantirib, yana odamga aylantira olasanmi? Men loydan odam paydo boMishini, unga jon kirishini ko‘rmoqchiman!

Shirakayf og‘aynilar xandon otib kulib yuborishdi. Biroz o‘zlarini bosishgandan keyin "Uni bunga o‘qitish- magan", deyishdi bepisandlik bilan. Bu gap yosh sehrgaming qitiq patiga tegdi.

- Nimaga o‘qitishmagan ekan, o‘qitishgan, - dedi yosh sehrgar hayajonlanib. - Xohlasangiz, birortan- gizni loyga alantirib, yana o‘z holingizga qaytaraman!

Shirakayf og‘aynilar birdan kulgudan to‘xtashdi. Kim tajribaga rozi boMadi, degandek bir-birlariga qarashdi. Hech kimdan sado chiqmadi. Ulaming bu hollaridan sehrgaming yuragida allaqanday g‘urur bosh ko‘tardi.

- Qani, kim loyga aylanib, so‘ng o‘z holiga qaytish- ni xohlaydi, - dedi sehrgar o‘ziga ishonch bilan.

Barcha jimib qoldi. Bunday tajribani tomosha qilish zavqli, faqat u sening ustingda bo‘lmasa!

- Yurakdan toza bergan ekan-ku! - dedi sehrgar kinoya bilan.

- Men roziman, - dedi bu tajribaga asos boMgan savolni bergan yigit.

Yosh sehrgar yigitga boshdan-oyoq razm soldi. Ay- tgan fikridan qaytadigan emas, tomoshaga ishtiyoqi nihoyatda baland edi.

- Bu yoqqa kel, - uni yoniga chaqirdi sehrgar. - Cho‘ntagingdagi ortiqcha narsalami chiqar, ular tajri­baga xalal berishi mumkin.

- 29 -

Page 30: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Yigit cho‘ntagidan bir necha kumush tanga va ro‘molchasini chiqarib xontaxta ustiga qo‘ydi.

- Hozir seni bir bo‘lak loyga aylantiraman, menga quloq sol, - u shunday deb o‘ylanib qoldi. Yaxshi tahsil olmaganidanmi yoki bo‘zaning ta’siridami, duoni unutib qo‘ygan edi. Bir ozdan so‘ng duo yodiga tushdi. U shivirlab bir nimalami o‘qidi-da, "kuf-suf deb do‘stiga dam urdi. Shunda yigitning o‘mida bir bo‘lak loy paydo bo‘lib qoldi. Buni ko‘rib barcha yoqasini ushladi. Sehrgar uni olib bir oz ezg‘iladi. Keyin, mana ko‘rib qo'yinglar, degandek davradagilarga uzatdi.

Ulfatlar hadik, hayajon va qo‘rquv bilan bir-bir loyni qo‘llariga olib ko‘rdilar. Loy davrani bir aylanib, yana Habibulloning qo‘liga yetib keldi. U loyga tikilib nimanidar uzoq o ‘y lad i . Lekin shirakayflikdan o‘tmaslashgan aqli va xotirasi o‘ylarini nihoyasiga yetkazishga yo‘l bermadi.

- Bo‘za, - dedi u nihoyat. Ha, bo‘za o‘z kuchini ko'rsatgandi. U biror qaror qabul qilishdan ojiz edi.

Bu haqiqatni davradagi barcha tushunib etgach, xo- naga qo‘rg‘oshindek og‘ir sukunat cho‘kdi. Ulfatlar xavotir bilan bir-birlariga tikildilar. Sehrgar qo‘lidagi loyni xontaxta ustiga qo‘yib, yonidagi bolishni o‘ziga tortdi. Keyin muk tushganicha yotib oldi. Uning har bir harakatini kuzatayotgan ulfatlari bu holini ham anchagachakiprik qoqmay tomoshaqilishdi. Nihoyat sehrgar o‘rnidan turib loyga uzoq termuldi, so‘ng bo‘ysunishdan boshqa ilojlari bo‘lmagan oxiigi chorani aytdi:

- Endi Asqaijonning uyiga kirib, bo‘zani ko‘p ichib yuboribdi, Habibullolamikida qoldi, deb qo‘yasizlar. Men esa ertalab, kayfim tarqagach uni o‘z holiga qay- taraman.

- 30 -

Page 31: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Shundan so‘ng mehmonlar indamay tarqalishdi. Mezbon esa uyquga ketdi. Xontaxtani yig‘ishtirishga kir- gan singlisi lagan, piyola, choynakni olib tashqariga chiqdi. Keyingi kirishida meva, non bo‘laklarini olar- kan, ko‘zi dasturxon ustidagi loyga tushdi. Qiziq, xon- taxta ustida loy nima qiladi?! QoMiga olib, u yoq-bu yog‘ini ko‘rdi. Hayron boMgancha, dasturxonni yig‘ib olib, loyni xontaxta ustiga qo‘ydi. So‘ngra akasining ustiga ko‘rpacha tashlab, shamni o‘chirib chiqib ketdi.

Tong yorishmay turib, har doimgidek, eng oldin xonadonning kichkintoyi Samadjon uyqudan uyg‘- ondi. U eshikni ochib, kechagina o‘qishni tamomlab kelgan amakisi yotgan xonaga kirdi. Amakisi uxlab yotardi. Bola xontaxta ustidagi loyni qo‘liga oldi, uni ezib, non yasadi. Birpas o'ynagach, dumaloqlab bo‘g‘irsoq shakliga kirgizdi. Keyin ko‘chaga chiqdi. Tuproqli ko‘chada hech kim yo‘q edi. Bola bo‘g‘irsoqni dumalatib o‘ynadi, zerikdi shekilli, "bo‘g‘irsoq"ni ko‘- chaning o‘rtasiga uloqtirib, hovliga kirib ketdi.

Bu vaqtda qariyalar masjidga, bomdod namozi o‘qish uchun o‘ta boshlashdi. Otaxonlardan binning hassasi loyni bosdi, agar loy baqira olsa "voy-dod" deb ovoz chiqargan bo‘lardi. So‘ng yana kimdir uni kovushi bilan tuproqqa qorishtirib ketdi. Oyoq ostida qolgan loyning "men odamman" deb baqirgisi kelar, biroq...

Bir ozdan keyin ko‘chada saman ot qo‘shilgan katta g'ildirakli arava paydo boMdi. Bu safar loy ezilib, arava g‘ildiragiga chi ppa yopishdi...

Yosh sehrgar uyg‘onganda quyosh bir terak bo‘yi ko‘tarilgan boMib, kun ham isiy boshlagandi. U qad- dini rostlab o‘tirdi, kechagi voqeani eslashga urindi. Lekin boshi arining uyasidek g‘uvillardi. Nihoyat ni- madir yodiga tushdi-yu xontaxtaga tikildi. Lekin xon-

- 31 -

Page 32: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

taxta ustida hech nima yo‘q edi. U tashqariga otildi va hovlida yurgan singlisiga qichqirdi:

- Loy qani?!- Kecha xontaxta ustida qoldiruvdim, - hayron bo‘-

lib javob qaytardi singlisi.Sehrgar boshini changallagancha ostonaga o‘tirib

qoldi. Ko‘p o‘tmay darvozada ukasining bir bo‘lak loyga aylanib qolganidan bexabar Abdujabboming katta akasi ko‘rindi. Sehrgar o‘zini uyga urdi. Awal berki- nishga joy izladi, keyin ahdidan qaytib, xurjuniga sehrgarlik kitobini, yana allanimalarni soüb, deraza- dan ko‘chaga sakradi. Uyidan uzoq vaqtgacha shovqin- suron eshitilib turdi.

Bu vaqtda arava g‘ildiragiga yopishgan loy dam ko‘ta- rilib, dam pastga tushib qayoqqadir ketib borardi. Uning boshi aylanib, ko‘ngli aynib, tobora holsizlanardi. Nihoyat arava katta darvoza oldiga kelib to‘xtadi. Aravakash aravadagi qoplami tushira boshladi. Darvo­za oldida keksa kishi ko‘rindi. Aravakash bilan salom- lashib, hol-ahvol so‘rashgach, ular qoplami birga- likda hovliga olib kirishdi. Shu payt hovlidan bir bola yugurib chiqib, arava yoniga keldi. uning bolalarga xos sodda, lekin sinchkov nigohi arava g‘ildiragiga yopishgan loyga tushdi. Uni olib, yumaloq koptokcha yasadi. So‘ng ko‘cha bo‘ylab yumalatib o‘ynay toshladi. Keyin hovliga kirdi. Tuproqni qabul qilib olgan bobosi ko‘za yasash bilan band edi. Nabirasi qo‘lidagi loyni ko‘rib, uni erkaladi:

- Sen ham kulolchilikni o'igana boshlaganga o‘xshay- san. 0 ‘rganaver, bu ota-bobolarimizdan qolgan hu- nar.

Bola bobosi oldida loyni hovlining sathiga ishqaladi, loy ilon shaklini hosil qildi. Bir uchini yassilab,

- 32 -

Page 33: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

ilonning boshiga o‘xshatdi. Keyin boshi uzra ko‘tarib, vishillab bobosini qo‘rqitgan bo‘ldi. Bobosi esa kulib qo‘ydi.

Nihoyat bola ilonni hovlining bir chetiga tashladi- yu, o'ynagani ko‘chaga chiqib ketdi. Loy endi ilon shaklida hovlining bir burchagida yotaverdi.

"Qanday kunlarga qoldim? - deb o‘ylardi loy o‘zi- cha. - Nega chala bilimga ega sehrgaming tajribasiga rozi boMdim. Bunday tajribani mushuklarda, kuchuklarda qilsa bo‘lardi. Nahotki, odam ustida tajriba qilsa. Bu yog‘i nima boMarkin?" Tabiiyki, u bu yog‘iga nima bo‘li- shini, oldinda uni nimalar kutayotganini bilmasdi. Har qalay, bu kechani u ilon qiyofasida o‘tkazdi.

Ertasiga bolakay o‘zi yasagan ilonni topib olib, uni yana ezg‘ilab o‘ynadi. Dumaloqlab, koptok qilib yumalatdi. So‘ngra rosa yerga urib, pishirib, hammom- pish o‘ynadi. Har safar yerga urilganda badani junjikib ketardi, lekin nima qilsin, u bir bo‘lak loy, hech nima qilolmasdi.

So‘ng bolakay loyni yana dumaloqlab, hovlining bir burchagiga tashlab qo‘ydi. Endi u bu kechani kop­tok bo‘lib o‘tkazdi. Ertasiga undan nima yasalishini bilmasdi. Unga mana shu bolakay xo‘jayin, nima xohla- sa, shuni yasaydi. Xohlasa chuvalchang, xohlasa eshak, xohlasa tuya, xohlasa fil...

Ertasiga bolakay loy-koptokni yodidan chiqarib, bolalar bilan o‘ynab yuraverdi. Uni hech kim bezovta qilmadi. Tun o‘tib, tong otdi. Yana uning oldida bola­kay paydo bo‘ldi. Loyni olib bobosining oldiga keldi. Bobosi piyola yasayotganini ko‘rib, bolakay ham loydan piyola yasay boshladi. Lekin qancha urinmasin, u piyola yasolmadi. Buni ko‘rgan bobosi nevarasini o‘z yoniga chaqirdi.

- 33 -

Page 34: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

- Mana bunday yasaladi, - dedi va unga bir zumda jajjigina piyola yasab berdi. - Endi uni oftobga quritgani qo‘yamiz.

Oftobda juda isib ketsa-da, hech nima deyolmasdi, chunki u piyola shaklidagi bir bo‘lak loy edi, xolos.

Ertasiga oftobda quritilayotgan ko‘za, lagan, kosa- larni yig‘ib olayotgan bobo uni ham qo‘liga oldi.

- Iye, hali qurimabdi-yu, - deb hayron bo‘lib, yana oftobga qo‘ydi. Keyingi kuni uning qurimaganini ko‘rib, bobo yana hayron bo‘ldi, bu antiqa loyga hayrat bilan tikilib qoldi.

Kechga yaqin uyiga do‘sti Hotam bobo kelganida bir piyolaning ikki kundan beri qotmaganini gapirdi. Hotam bobo piyolani qo‘liga olib uzoq ko‘rdi, so‘ng bunda bir sir bor degandek ma’noli bosh chayqadi va mahalladagi ko‘p ilmlardan xabardor tabibga ko‘rsatgani olib ketdi.

Piyolani diqqat bilan ko‘zdan kechirgan tabib bu loy asli biror jonzot bo‘lgan, uni asl holiga qaytarish kerak, dedi. Bu ishni faqat buxorolik katta sehrgar Muhammad ibn Ahmad ibn Haydar Buxoriy amalga oshira olishini aytdi.

Hotam bobo "bir jonzot loyga aylangan bo‘lsa, uni o‘z holiga qaytarish savob", deb Buxoroga borishga qaror qildi.

Endi xurjun ichidagi bir siqim loyning Buxoroga safari boshlandi. Uni qayerga, nima uchun olib ke- tishayotganini tushunsa-da, lekin xurjun ichida di- miqib borish ham oson emasdi. Ba’zi-ba’zida bobo loyni qo‘liga olar, unga tikilar, so‘ngra esa o‘zicha u bilan gaplashib ham qo‘yardi. "Buxoroga oz qoldi, bo'tam, - der edi otaxon, - nasib etsa, asl holingga qaytasan".

- 3 4 -

Page 35: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

U endi xuijun ichida yuraverib, yana koptok shak- liga aylandi, to‘g‘rirog‘i, qovun shakliga kirdi. Bir necha kundan keyin u shovqin-suronlami eshita boshladi. Demak, ular shaharga yetib kelishibdi. Ko‘p o‘tmay odamlar gavjum ko‘chalardan borishardi. Bobo sha- harda uzoq yurib nimalardir xarid qildi. Nihoyat, buxorolik mashhur sehrgar Muhammad ibn Ahmad ibn Haydar Buxoriyning uyiga yetib keldilar. Sharqona ikki tabaqali, o‘ymakorlik usulida naqsh ishlangan eshik oldida odamlar tumaqator tizilgan. Bular turli yumushlar bilan dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlar edi.

Bobo eshik og‘asiga "Do‘stimning oldiga kirganu oldingizga Bo‘ston qishlog‘idan Hotam ota keldi", deb ayt dedi. Eshik og‘asi "Xo‘p boMadi" degandek ta’zim qilib, ichkariga kirib ketdi. Bir zumdayoq qaytib chiqib: "Kirarkansiz", dedi. Mashhur sehrgar kiyimlari uringan cholni bir zumda qabul qilib, iltifot ko‘rsatgani boshqa navbatda turganlarni hay- ratga soldi.

Bobo eshik oldidagi daraxtga bogMangan eshagi us- tidan xurjunini olib, elkasiga tashladi-yu, eshik og‘asi bilan birgalikda hovliga kirdi. Ular birgalikda kattagina hovlini kesib o‘tishgach, to‘rdagi uyga bordilar. Eshik og‘asi eshikni ochib, mehmonni ichkariga taklif qildi. Hotam bobo kirishi bilanoq, mashhur sehrgar o‘midan turdi, quchoqlashib ko‘rishdilar. Awalo hol- ahvol so‘rashdilar, so‘ng bolaliklarini yodga olishdi. Eshikda anchagina odam tuiganligi uchun Hotam bobo sehrgaming vaqtini olmay deb maqsadga ko‘chdi. U xaltasidan qovun shaklidagi bir boMak loyni olib seh- rgarga uzatdi: "Mana buni bir ko‘rgin-chi!" Sehrgar loyni qo‘liga olib, u yoq-bu yog‘ini ko‘rib, unga uzoq

- 35 -

Page 36: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

tikildi-yu, "axir, bu jodu qilingan jonzot-ku", dedi. "Bu kimning ishi boMdiykin?" Sehrgar loyga tikilgancha o‘ylanib qoldi. So‘ng mashhur sehrgar xontaxta ustidagi loyni o‘z oldiga surib qo‘ydi-yu, pichirlab dúo o‘qiy boshladi. U uzoq dúo o‘qib, "kuf-suf dedi-yu, so‘ng savol ayladi: "Alloh taoloning bandasi, senga gapirish imkonini hadya etaman. Loyga aylanmasingdan awal qanday jonzot eding, so‘yla".

Bir ozlik sukutdan keyin loy javob qildi: "Men loy emasman, men loy emasman". Sehrgar va Hotam bobo harqalay loy gapirdi-ku, degandek bir-birlariga mam- nun qarab qo‘yishdi.

- Ó‘ylab javob ber, sen kimsan, ismingni, otang- ning ismini, qayerda turishingni ayt, seni o‘z holingga qaytaraman.

Loy esa bir so‘zni takrorlayverardi: "Men loy emas­man, men loy emasman, men loy emasman".

- To‘g‘ri, sen aslida loy boMmagansan, jonzotsan, lekin seni loyga aylantirib qo‘yishgan. Sening kim ekanligingni men bilmasam, asi holingga qanday qay­taraman? Bordi-yu sen maymun boMsang, men seni kuchukka aylantirolmayman-ku! Inson bo‘lsang-chi? Men seni mushukka yoki sichqonga aylantirib qo‘y- sam, nima bo'ladi? 0 ‘ylab ko‘rgin, balki sen inson- dirsan?

Loy esa hamon bir so‘zni takrorlayverardi: "Men loy emasman, men loy emasman".

Ikkala qariya bir-birlariga tikilganlaricha o‘ylanib qoldilar. Sehrgar o‘rnidan turib, qalin kitoblardan birini ko‘zdan kechirdi, so‘ng shoshmay varaqladi. Kitobning bir sahifasida nigohi to‘xtadi: "Bu albatta Soyli qishlog‘idan mening qoMimda ta’lim oigan

- 36 -

Page 37: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

Habibulloning ishi, undan boshqa hech kim bu ishni qilmaydi".

Sehrgar o‘z yordamchilarini chaqirib, tezda Soyli qishlog'idagi Habibulloni topib kelishni buyurdi. O'z sehrini ishga solgan yordamchilar ko‘p o‘tmay xonaga kirishdi.

- Siz aytgan Habibullo qish!og‘ida yo‘q, singlisi- ning aytishicha, hamqishloqlaridan biri, yosh yigitcha Hojiakbar o‘g‘li Asqaijonni bir bo‘lak loyga aylanti­rib, qayoqqadir g‘oyib boMibdi. Agar yana bir oz muddat bersangiz, o‘zini ham topib kelamiz.

- Hojati yo‘q, - dedi sehrgar. - Eng muhimi, loy- ning kim ekanligini bilib oldik. Sizlarga ruxsat.

Sehrgar xontaxtadagi loyga qarab uzoq dúo o‘qidi. Engil tutun ko‘tarilib, loy o‘mida yosh yigitcha paydo bo‘ldi. U salom berishni ham unutib, ko‘zlari kosasi- dan chiqib ketgudek bo‘lib, hayrat bilan ularga tiki- lardi. Sehi^ar yana o‘z savolini takrorladi: "Sen kim- san?"

- Men loy emasman, men loy emasman, men loy emasman, - derdi yigitcha.

Sehrgar Hotam bobo tomonga o‘girilib, insonning unut bo‘lgan xotirasini o‘z asliga qaytarmoq biz seh- rgarlarning ham qoMidan kelmaydi, dedi. So‘ng yordamchilariga yigitchani o‘z uyiga eltib qo‘yishni buyurdi.

Ikki qariya quchoqlashib xayrlashishdi. 0 ‘z vazifa- sini bajarganidan mamnun Hotam bobo eshagini mi- nib, o‘z qishlog'i tomon yo‘l oldi.

Asqaijonni qishlog‘iga olib kelib qo‘yishdi. Lekin u hamon xotirasidan judo, kimligini so‘rashsa "men loy emasman”, deb javob berib yurganmish. Balki bir oz vaqt o‘tib, kimnidir sevib qolsa yoki onasining allasini

- 37 -

Page 38: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

tinglasa yoxud o‘z hayotidagi totli kunlardan biri ypdiga tushsa, kimligini eslar, "men insonman" deb xitob qilar...

Soyli qishlog‘ilík Habibullo esa o‘sha ketgani bo‘yi- cha uyiga qaytmabdi. Uní shaharma-shahar mardikorlik qilib yuribdi deyishadi. Agar o‘ziga shu ma’qul bo‘lsa, nima ham derdik. Biz esa shu bilan hikoyamizni tuga- tamiz.

- 38 -

Page 39: KAPALAKLAR VODIYSI · Kitob bolajonlar uchun yaxshi tuhfa bo‘ladi deb ishonamiz. Muharrir. DILSHOD RAJAB, filologiya fanlari nomzodi Texnik muharrir: B.KOMILOV Musahhiha: Z.MO‘MINOVA

MUNDARIjAKapalaklar vodiysi....................................................................... 3Yalmog’iz kampir......................................................................... 7Ziyrakbola................................................................................13Dangasa....................................................................................16Yo'qotilgan baxt......................................................................... 19Xislatli qizcha............................................................................ 21Noshud shogird......................................................................... 27