kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda...

10

Upload: others

Post on 11-Feb-2020

5 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,
Page 2: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

Kitobxon.Com

Page 3: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

UO‘K: 159.9:177.7KBK: 87.7P – 83Poltayeva, FeruzaKichik xonimga maslahatlar / Tuzuvchi-maslahatgo‘y Feruza Pol-

tayeva. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 72 b.

ISBN 978-9943-27-798-4

Qadrli singiljonim! Siz kelajakda malika bo‘lish orzusidamisiz? Bu – tabiiy. Har bir qiz bola nafaqat o‘zi uchun, balki kelajakda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i – shoh, farzandlari shahzoda bo‘lishi uchun ham malikalik darajasiga erishishi shart. O‘zingizga ma’lum, bunday sharaf faqat malikalarning yori va bolalariga nasib etadi. Shunday ekan, bugundanoq kichik xonimlik mavqeyini zabt etishni boshlang. Negaki kichik xonimlargina katta bo‘lib malikalarga aylanishadi. Bu yo‘ldagi birinchi qadamlaringizda adashmasligingizga esa qo‘lingizdagi kitobcha yordam beradi.

UO‘K: 159.9:177.7KBK: 87.7

Tuzuvchi-maslahatgo‘y: Feruza POLTAYEVA

ISBN 978-9943-27-798-4© Feruza Poltayeva, «Kichik xonimga maslahatlar». «Yangi asr

avlodi», 2016-yil.

Kitobxon.Com

Page 4: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

Go‘zalbo‘lish

sirlari

S izni «kichik xonim» deb atashsa, zo‘r-ku! Bu o‘zingizni erkin his qilib, tashqi va ichki ola-

mingizga qo‘rquv va shubha bilan qaramasligingiz va bezovta bo‘lmasligingizga imkon beradi. Negaki «kichik xonimning» havas qiladigan tomonlari ba’zi-ba’zida uchrab turadigan kamchiliklarini yengib o‘tadi. To‘g‘ri, ushbu «unvon»ni qo‘lga kiritish unchaligam oson emas. Ammo eng mashhur malikalar ham tug‘ilishi bilanoq Malika bo‘lib qolmagan. Ular hayoti davomida ko‘p narsalarni o‘rganib, olgan bilimlarini o‘zlashtirishga va ularga amal qilishga harakat qilganlar. Istardikki, qo‘lingizdagi ushbu kitobni o‘qib tugatganingizda yer yuzida o‘zining malikaligiga ishongan yana bir kichik xonim paydo bo‘lsa.

I BOB

Kitobxon.Com

Page 5: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

4

Fransuzlarning «xunuk ayollar bo‘lmaydi, faqatgina chiroyli bo‘la olmagan ayollar bor», degan mashhur so‘zlarini, o‘ylaymizki, hayotingiz davomida eshitgan-siz. Shunday bo‘lsa, siz, kichik xonim, aynan xunuk (badbashara emas) ayollar haqida jiddiy (yoki shunchaki) o‘ylab ko‘rganmisiz? Modaning ketidan quvish go‘zal bo‘lishingiz-

ga kafolat bera oladimi? Albatta, yo‘q. Negaki, eng oddiy ko‘rinishda ham siz go‘zal va maftunkor bo‘la olishingiz mumkin. Buning uchun sizdan faqat-gina did va farosat talab qilinadi, xolos.Did kimlargadir Xudo tomonidan beriladi, kimlardir

uni hayoti davomida o‘zlashtirib oladi. Ba’zilar esa uning asli nima ekanligini bilolmay o‘tib ketaveradilar.Did bilan kiyinish, pardoz qilish, umuman

maftunkor tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish xo-tin-qizlar uchun qanchalik muhim? Balki unga ega bo‘lmasdan turib ham shirin va baxtli hayot kechirish mumkindir? Balki... Lekin biz «Ayol» deganda go‘zallik va maftunkorlik ma’budasi-ni tasavvur qilamiz. Tarixda necha-necha yengilmas jahongir-u shahzodalar aynan ana shu ma’buda

Did

Page 6: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

5

qoshida bosh egib, unga sajda qilganlar, mag‘lub bo‘lganlar. Chunki ayollarda dunyodagi eng kuchli qurol – go‘zallik mavjud. Did esa bu qurolning bor-yo‘q kuchini o‘zida mujassam etguvchi jodu.

GO‘ZALLIK VA MAFTUNKORLIK

Siz har tomonlama go‘zal, qaddi-qomati kelishgan qiz bo‘lmasligingiz mumkin, ammo didingiz tarbiya-langan bo‘lsa, u barcha kamchiliklaringizni «yopib», sizni maftunkor va jozibador qila olishga qodir. Endi bag‘oyat go‘zal, biroq tashqi ko‘rinishida diddan asar yo‘q qizni ham tasavvur qilib ko‘ring. Ba’zida: «Aslida go‘zal ayolga qop kiydirib qo‘ysan-

giz ham, u chiroyini yo‘qotmaydi», degan gaplarni eshitsam, bu qopning qanday kiyilganini tasavvur qila boshlayman. To‘g‘ri, balki bu bilan u o‘z hus-nini yo‘qotmas, biroq o‘sha qopni eplab kiyolmasa, sizning g‘ashingizni keltirib, ko‘zingizga sovuq bo‘lib ko‘rinishi shub hasiz.Libosning qimmat yoki arzonligi inson go‘zal-

ligiga ta’sir qiladimi? Nimagadir so‘nggi urfdagi liboslarni kiyib, allambalo sumkachalar ko‘tarib ol-ganligiga qaramasdan, ayrim qizlarni maftunkor yoki jozibador deb aytishga tilimiz bormaydi. Ba’zida esa oddiy bichimli ko‘ylakdagi qizni uchratsak, uni go‘zallik ma’budasi darajasiga ko‘tarishga ikkilanib o‘tirmaymiz. Buning sababi nimada? Albatta, did va yana did-da!Moda ketidan ko‘r-ko‘rona quvib yurmang. Jin-

si, bridji va boshqa shu kabi shimlar moda bo‘lib, ko‘pgina qizlarning es-hushini o‘g‘irlagan. Zamonaviy bo‘lishga, modadan orqada qolmaslikka intilgan qizlar bu liboslarda o‘zlari sezmagan holda qaddi-qomat-

Page 7: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

6

larini, umuman tashqi ko‘rinishlarini aslidagidan xunukroq qilib «ko‘z-ko‘z» etmoqdalar. Siz uchun nima muhimligini o‘zingiz hal qiling: libosning qulayligi, urfda ekanligi yoki emasligidan qat’i nazar, qomatingizga, rangu ro‘yingizga mos-ligimi yoki firma yorliqlarimi? Agar birinchisini tanlasangiz, siz o‘z uslubingizga ega bo‘lib, didi nozik qiz deb atalishga haqlidirsiz. Mabodo aksincha bo‘lsa, siz moda ketidan bir umr quvib, unga hech qachon yetolmaysiz va o‘zingizda mavjud go‘zal jihatlarni ham yo‘qqa chiqarasiz.

ODDIYLIK VA TABIIYLIK

Did oddiylikni xush ko‘radi. Siz qanchalik tabiiy ko‘rinishga intilsangiz, go‘zallik bobida shunchalik ko‘p yutasiz. Bu, ayniqsa, tabiiy go‘zal qizlarga taalluqlidir. Ko‘pchilik hollarda bunday qizlar o‘z husnini ko‘rsata bilmaydilar. Haddan ortiq pardoz-andoz, allambalo soch turmagi, bo‘yindagi qavat-qavat zanjirlaru, quloq, barmoqlardagi son-sanoqsiz, bachkanalik bilan taqilgan taqinchoqlar va nihoyat, libosining didsizlik bilan kiyil-ganligi ularning tabiiy go‘zalligini bo‘g‘ib qo‘yadi. Ular yanada maftunkor bo‘laman, deb oshirib yuboradilar, natijada esa sirkdagi yasantirilgan maymundan farqlari qolmaydi. Modalar jurnali yoki filmlardagi jozibador ayollarni eslang. Ulardagi go‘zallikning siri liboslari, taqinchoqlari, pardozidagi tabiiylikda emasmi? Qizlar, unutmangki, yigitlar o‘ziga ortiqcha oro berganlarni yoqtirmaydilar!

Page 8: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

7

DIDSIZLIK

Qachon va qaysi joyga borishingizga qarab kiyi-ning, soch turmaklang va pardoz qiling. Misol uchun, siz biron-bir mehmondorchilikka sport kiyimida (garchi u eng qimmatbaho bo‘lsa ham) kelsangiz, birinchidan, ziyofatdagilarga nisbatan behurmatlik qilgan bo‘lasiz, ikkinchidan, kulgili ahvolga tushib, masxara bo‘lishin-giz hech gap emas. O‘qish yoki ishga, agar bayram tadbiri kunlari bo‘lmasa, xuddi ziyofatga ketayotgandek yasanib borishga shoshilmang.Aql va farosat bilan kiyinishga harakat qiling.

Kiyim tanlashda adashmang.Agarda siz moddiy tarafdan ta’minlangan bo‘lsan-

giz, turli xil liboslarga ega bo‘lishingiz va ularni o‘z o‘rniga qarab kiyishingiz mumkin. Bu bilan noqulay vaziyatlar ning oldini olasiz. Lekin libos ketidan libos sotib olishga cho‘ntagi bardosh berol-maydiganlar-chi, ular nima qilsin? Bitta kiyimni ham bazmga, ham o‘qishga kiyishga majbur bo‘lsalar, nima, bu didsizlikmi?Yo‘q, aslo. Bunday sharoitda siz, ayniqsa, libos

tanlashda ziyrakroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Li-bosning shunday turini tanlangki, u o‘rta me’yorda bo‘lsin. To‘ybop ham emas, juda oddiy ham. Siz oxirgi moda bo‘yicha tikilgan libosni emas, o‘zingizga yarashganini tanlang.Siz baland, ozg‘in qizmisiz? Demak, sportchilarga

o‘xshash qizlar toifasiga kirasiz. Agarda past bo‘yli va biroz to‘laroq bo‘lsangiz, xafa bo‘lmang. Siz boshqa toifadansiz. Bu toifani romantiklar, deb ataydilar.Birinchi toifadagi qizlarga turli sport uslubidagi

yoki oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan liboslar yarashadi.

Page 9: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

8

Romantik toifaga mansub qizlarga esa klassik va murakkab bichimdagi liboslar kiyish tavsiya qilinadi. Lekin buning teskarisi bo‘lishi ham mumkin. Agar sizga qanday libos ko‘proq yarashishini bilmasangiz, unda onangiz yoki nozik didga ega bo‘lgan yaqin do‘stingiz maslahatiga quloq tuting.

OZODALIK

Bu didning eng muhim belgilaridan biridir. Yaxshi dazmollanmagan, g‘ijim, ustingizda shalpayib-qiyshayib, qandaydir dog‘lar tegib, tugmasi tushib, iplari har tomon-dan osilib yotgan libosda odamlar ko‘ziga hech qachon ko‘rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo‘lmaydi. Yuvinib, gigiena qoidalariga rioya qilib yuring. O‘zidan badbo‘y hid chiqarayotgan qiz, har qancha go‘zal bo‘lmasin, o‘zgalarda faqatgina jirkanish hissini uyg‘otadi.

DIDNING QIRRALARI

Modalar qonunchisi Gabriel Shanelning e’tiborini klassik go‘zallik emas, xushmuomala ayollarga xos ibo va tabiiylik jalb etar va u aynan shu jihatlar-ni ayollar uchun o‘ta muhim, deb hisoblar edi. Shanelning ta’kidlashicha, ayol bo‘yi, sochi, ko‘zi, qomati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini har qanday holatda to‘g‘ri tuta bilsa, nihoyatda istarali va maftunkor bo‘la oladi.Haqiqatdan ham, kulishingiz, so‘zlashingiz, eshi-

tayotgan musiqangiz, ovqatlanishingiz, hattoki uyin-gizni jihoz lashingiz va hokazolarning barchasi sizni o‘rab turgan muhitga o‘z hukmini o‘tkazadi.Shunday qilib, didning qirralari xilma-xil, lekin ular

bitta maqsadga, ya’ni go‘zallik yaratishga xizmat qiladi!

Page 10: Kitobxon...r dogianddaqyr tea, trigipl, lhi habaib s tuguimar tsomon - dan osilib yotgan libosda odamlar ko ziga hech qachon ko rinmang! Negaki bunday holatni kechirib bo lmaydi. Yuvinib,

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/1541 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/1541 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версиюможно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/1541