o quv-uslubiy majmua - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan,...

182
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Pensiya ishi” kafedrasi DAVLAT PENSIYALARI VA IJTIMOIY NAFAQALARfanidan OQUV-USLUBIY MAJMUA TOSHKENT-2018

Upload: others

Post on 26-Sep-2019

60 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“Pensiya ishi” kafedrasi

“DAVLAT PENSIYALARI VA IJTIMOIY

NAFAQALAR”

fanidan

O’QUV-USLUBIY MAJMUA

TOSHKENT-2018

Page 2: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

2

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“DAVLAT PENSIYALARI VA IJTIMOIY

NAFAQALAR”

fanidan

O’QUV USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi: 230000 – Iqtisod

Ta’lim yo‘nalishi: 5231300 – Pensiya ishi

TOSHKENT-2018

Page 3: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

3

Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus

ta’lim vazirligining 201__ yil ___ _____________dagi ___ sonli buyrug’i bilan

tasdiqlangan o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:

Mamatov B.S.

Tursunov J.P.

TMI, “Pensiya ishi” kafedrasi mudiri, i.f.n.;

TMI, “Pensiya ishi” kafedrasi assistenti.

Taqrizchilar:

Vaxabov A.V. – Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy

universiteti “Makroiqtisodiyot” kafedrasi mudiri,

i.f.d., prof. (turdosh OTM);

Davronov Sh.Z. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Boshqarma

boshlig’i. (kadrlar buyurtmachisi);

Xo’jamqulov D.Yu. – TMI, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi

dotsenti, i.f.n.

Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi kafedraning 2018-yil _____________dagi

__ sonli yig’ilishida muhokama qilingan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish

uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri B. Mamatov

Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi Byudjet hisobi va davlat jamg’armalari

fakulteti Kengashida muhokama qilingan va institut Kengashida ko’rib chiqish

uchun tavsiya etilgan (2018-yil ___ ___________dagi ___ sonli qaror).

Fakultet dekani O. Komolov

KELISHILDI:

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i T.Baymuratov

Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 2018-

yil __ ______________dagi ___-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash

uchun tavsiya qilingan.

O’quv ishlari bo‘yicha prorektor I. Qo’ziyev

Fanning O‘quv-uslubiy majmuasi institut Kengashining 2018-yil

______________dagi ___-sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan.

Page 4: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

4

MUNDARIJA

KIRISH SILLABUS O’quv va ishchi dasturi 1-mavzu. Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar fanining

predmeti, maqsad va vazifalari

Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot 2- mavzu. “Davlat ijtimoiy siyosatining mazmuni ahamiyati va

asosiy yo’nalishlari”

Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot 3-mavzu. Davlat pensiyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va

mohiyati

Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot 4-mavzu. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi davlat pensiyalari va

nafaqalarini to’lovchi jamg’arma sifatida

Ma’ruza Amaliy mashg’ulot

Page 5: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

5

Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot

5-mavzu. Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot 6-mavzu. Yoshga dori pensiyalarni hisoblash va to’lash tartibi Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot 7-mavzu. Nogironlik pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot 8-mavzu. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarini hisoblash va

to’lash tartibi

Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy

Page 6: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

6

Taqdimot 9-mavzu. Kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni

tayinlash tartibi

Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot 10-mavzu. Bolali oilalar uchun tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar

va ularni to’lash tartibi

Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Mustaqil ta’lim Glossariy Taqdimot

Page 7: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

7

KIRISH

O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida

iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida

mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni

ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish,

faol ijtimoiy siyosatni olib borish orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash

borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish vazifalarini

bajarishda davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda ularning muhim

tarkibiy qismi bo‘lgan davlat maqsadli fondlari amal qilish mexanizmlarini

puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir.

“Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining O’quv-uslubiy

majmuasi bakalavriatning “Pensiya ishi” ta’lim yo’nalish i davlat ta’lim

standartlari va “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining fan

dasturida belgilangan talablarga muvofiq egallanishi lozim bo’lgan bilim,

ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirish, fanga oid

jahondagi ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yutuqlarini, ilg’or

xorijiy tajribalarni keng yoritish va ularni hisobga olgan holda fan

mavzularini shakllantirish, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida

kafolatlangan natijalarga erishish, mustaqil bilim olish va o’rganish hamda

nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan o’quv-uslubiy vosita bo’lib,

talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-

uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim

resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z

ichiga oladi.

Ushbu O’quv-uslubiy majmuada “Davlat pensiyalari va ijtimoiy

nafaqalar” fanining o’quv dasturiga muvofiq ravishda ma’ruzalar matnlari,

amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy tavsiyalar, mustaq il

ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma, fanning

namunaviy va ishchi-o’quv dasturlari, fan yuzasidan testlar, nazorat

savollari, talabalar bilimini baholash mezonlari, fan mavzulari bo’yicha

tarqatma materiallar, fan mavzularini o’zlashtirish bo’yicha asosiy va

qo’shimcha adabiyotlar hamda boshqa didaktik materiallar jamlangan.

Page 8: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

8

1-mavzu. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining predmeti,

maqsad va vazifalari Reja:

1. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining iqtisodiy fanlar

tarkibida tutgan o’rni.

2. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining predmeti, maqsadi

va asosiy vazifalari.

3. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining mutaxassislik

hamda boshqa maxsus fanlar bilan bog’liqligi.

1. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining iqtisodiy fanlar

tarkibida tutgan o’rni.

Ijtimoiy ta’minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi

o‘rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o‘z hayot faoliyatining

ma’lum bosqichlarida va alohida holatlarda ijtimoiy ta’minot tizimi xizmatlariga

ehtiyojlari yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga,

mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, shuningdek, mehnatkashlarning

hamda ma’lum sabablarga ko‘ra ishlamaydigan aholi qatlamlarining ijtimoiy

ahvoliga bog‘liq.

“Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining mazmuni, uning holatini belgilab

beruvchi omillar bizning mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi

bilan shakllanib bordi. Iqtisodiy ta’limotlar va fanda “ijtimoiy ta’minot”

tushunchasining turlicha talqin etilganligini ko‘rish mumkin. Masalan, tarixan ancha

ilgari yaratilgan rus izohli lug‘atida1

ijtimoiy ta’minotga “jamiyat tomonidan u yoki

bu shaxsga hayot uchun etarli bo‘lgan moddiy mablag‘larni taqdim etish” deb ta’rif

berilgan, ushbu ta’rifda jamiyat a’zolariga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan

yordamnnig turli shakllari ijtimoiy ta’minot hisoblanadi, degan fikr ilgari surilgan.

Lekin bunday yordamning shakllari va turlari turli-tuman bo‘lishi, turli toifadagi

aholi qatlamlarini qamrab olishi, turli manbalardan mablag‘ bilan ta’minlanishi,

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har bir bosqichida o‘zgarib turishi mumkin.

Shundan kelib chiqqan holda, fanda ijtimoiy ta’minot tushunchasi mazmunini

yoritish bo‘yicha ikkita konsepsiya shakllanganligini ko‘rish mumkin: iqtisodiy va

huquqiy.

Iqtisodiy konsepsiya tarafdorlari ijtimoiy ta’minotga jamiyat a’zolari uchun

ijtimoiy iste’mol fondlaridan taqdim etiladigan yordamning barcha turlarini (shu

jumladan, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’minlash, madaniyat muassasalarini

saqlash, pensiya va nafaqalarning barcha turlari, ayrim fuqarolarga ijtimoiy, tibbiy

yordam ko‘rsatish va turli imtiyozlar berish) kiritadilar. Bu konsepsiyaning asosini

1 Ruud Kleynen “Asset Liability Management for Pension Funds” 2014 y. p.11

Page 9: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

9

moddiy va moliyaviy ne’matliklarni ijtimoiy iste’mol fondlari orqali taqsimlash

usuli tashkil etgan2

.

Huquqiy konsepsiya vakillari ijtimoiy ta’minot jamiyatning barcha a’zolariga

emas, balki uning faqat alohida qatlamlariga – davlat tomonidan muhofaza qilinishi

lozim bo‘lgan guruhlariga qaratilishi kerakligini e’tirof etganlar. Aholining bunday

guruhlariga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida turli

toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan, sovet hukumati davrida ijtimoiy ta’minot

bilan avval yollanib ishlovchi ishchi-xizmatchilar, keyinroq kolxoz a’zolari, bolalar,

ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar qamrab olingan.

Ijtimoiy ta’minot tushunchasini o‘rgangan olimlarning izlanishlarini o‘rganish

shundan dalolat beradiki, ayrimlar ijtimoiy ta’minot faqat ayrim aholi qatlamlariga

qaratilishi kerak, deb da’vo qilsalar, boshqalar ijtimoiy ta’minot barcha aholiga

qaratilgan bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydilar va bepul ta’lim hamda bepul tibbiy

xizmat va davolash xizmatlarini ham ijtimoiy ta’minot tizimiga kiritadilar.

Shuningdek, bir qator olimlar ijtimoiy ta’minot faqat davlat budjetidan

moliyalashtirilishi zarurligini ta’kidlasalar, boshqalari ijtimoiy ta’minotning

ko‘pkanalli moliyalash manbalari shakllanganligini va ijtimoiy ta’minot masalalari

bilan shug‘ullanadigan bir nechta mahkama mavjudligini e’tirof etadilar.

Bu borada A.Vahobov va T.Malikovlarning “Moliya” nomli darsliklarida

berilgan ta’rifga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning fikricha, “iqtisodiy kategoriya

sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ... fuqarolarni moddiy

ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi

hisobidan pul mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan

foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana

shunday keng ko‘lamda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va

ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatning barcha a’zolarini

tegishli tarzda ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi”3. Albatta, ushbu ta’rif

ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy va huquqiy jihatdan mazmunini to‘liq yoritib

bermaganligi bilan birga, mantiqan noaniq bayon qilinganligini ta’kidlash kerak.

Lekin ushbu mualliflar ijtimoiy ta’minotning mazmuni borasida iqtisodchilar

o‘rtasida yagona fikr mavjud emasligini haqli ravishda e’tirof etadilar.

Internet resurs manbalaridagi ma’lumotlarda, masalan jamoat

ensiklopediyasida “ijtimoiy ta’minot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan va

boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish

bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‘lib,

ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‘i hisoblanadi”4, deb ta’riflangan.

Ijtimoiy ta’minot tushunchasining talqiniga bo‘lgan qarashlarni inobatga

olgan holda, uning u yoki bu yordam turini ijtimoiy ta’minotga tegishli ekanligini

2 Ruud Kleynen “Asset Liability Management for Pension Funds” 2014 y. p.15

3 Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: “NOSHIR”, 2011. 449-bet

4 Manba: https://uz.wikipedia.org/

Page 10: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

10

belgilab beruvchi asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim.

Fikrimizcha, bunday belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin5

:

1) moliyalashtirish manbalari: barcha olimlar va tadqiqotchilarning fikriga

qo‘shilgan holda, ijtimoiy ta’minot davlat tomonidan shakllantiriladigan maxsus

jamg‘armalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Haqiqatan ham, bugungi kunda

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta’minotni mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi

manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda: budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi,

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, davlat budjeti (respublika budjeti va

mahalliy budjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‘lari (Kasaba uyushmalari

federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‘urta budjeti).

2) ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari: huquqiy

jihatdan “har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek

boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda

ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”6. Fuqarolarning bu huquqlari davlatimiz

Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning ushbu

huquqlarni belgilab bergan 39-moddasining mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki,

ijtimoiy ta’minot fuqarolarning alohida toifalariga: qariyalar, nogironlar, bolalikdan

nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini

yo‘qotgan fuqarolar, homilador ayollar, vaqtincha ishsiz maqomi berilgan fuqarolar,

ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga qaratiladi.

Ijtimoiy ta’minot turlarining ko‘pligini e’tirof etgan holda, har bir turining

asosiy maqsadi – fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning

boshqa a’zolarining holatiga yaqinlashtirish, ular orasidagi ijtimoiy farqlarni

kamaytirish, yuqori moddiy xarajatlarni yohud qo‘shimcha jismoniy, ruhiy va

ma’naviy harakatlarni talab qiluvchi turli hayotiy hodisalar tufayli yordamga muhtoj

bo‘lib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvatlashdan iborat.

Ijtimoiy ta’minotning mazmunini shakllantirishda yana shuni inobatga olish

kerakki, ijtimoiy ta’minot rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi davlatning ijtimoiy

siyosati yo‘nalishlarini aks ettiradi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvorliklarning o‘zgarishi

ijtimoiy ta’minotning ham usullari va shakllarining o‘zgarishiga olib keladi.

Xususan, taraqqiyotning ma’lum davrlarida (70-80-yillarda) ijtimoiy siyosat

aholining son jihatdan ko‘payishini rag‘batlantirishga qaratilgan edi, shu sababli bu

davrda ijtimoiy ta’minot orqali ko‘p bolali onalarga nafaqalar joriy etilgan.

Mustaqillik davrida esa bu boradagi ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni muhofaza

qilish, tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish, “sog‘lom ona – sog‘lom bola”

tamoyilini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash va fuqarolarga munosib

yashash va ishlash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Ijtimoiy ta’minotning shakl va

usullari ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Bu maqsadlar yo‘lida insonlarning

mehnati va sog‘lig‘i muhofaza qilinadi, oilalar, onalar va bolalar, nogironlar va

keksa yoshdagi fuqarolar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy xizmatlar

5 Ruud Kleynen “Asset Liability Management for Pension Funds” 2014 y. p.16

6 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 39-modda.

Page 11: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

11

tizimi rivojlantiriladi, davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoyaning boshqa

kafolatlari o‘rnatiladi.

Shunday qilib, ijtimoiy ta’minot7

- davlat ijtimoiy siyosatining namoyon

bo‘lish shakli bo‘lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta’minlashga qaratilgan,

rivojlanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb

topilgan holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan

tenglashtirishga yo‘naltirilgan, davlat budjeti va boshqa maxsus maqsadli

jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimidir.

Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda ijtimoiy

ta’minot tizimiga quyidagilar kiradi:

barcha turdagi pensiyalar;

ijtimoiy nafaqalar;

turli kompensatsion to‘lovlar;

fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari;

fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar;

uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat

ko‘rsatish;

nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan

ta’minlash;

bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va ularni

tarbiyalash;

nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;

aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish;

imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta’minlash;

uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.

Bu xizmatlarning ayrimlari budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan

moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik

pensiyalari, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimlari

uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar uylarini saqlash,

bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uyda ijtimoiy yordam

ko‘rsatish kabi) davlat budjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar) hisobidan,

boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish) kasaba

uyushmalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.

Ijtimoiy ta’minot tushunchasini yoritishga bag‘ishlangan fikrlarimizni

nihoyasiga etkazib shuni ta’kidlaymizki, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’minlash

kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini engillashtirishga

qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta’minot tarkibiga kirmaydi,

balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari qatorida davlat

budjeti va boshqa davlat mablag‘laridan moliyalashtiriladi.

Ijtimoiy ta’minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funktsiyalarida

namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta’minotning 7 Ruud Kleynen “Asset Liability Management for Pension Funds” 2014 y. p.18

Page 12: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

12

quyidagi funktsiyalarni bajarishi ko‘rsatilgan: iqtisodiy, siyosiy, demografik,

ijtimoiy-reabilitatsion funktsiyalar8

.

Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy funktsiyasi fuqarolarning qiyin hayotiy

holatlarda moddiy qo‘llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta

tiklab olish uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining

oshishi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‘ladi.

Ijtimoiy ta’minotning siyosiy funktsiyasi aholining turli ijtimoiy qatlamlari

ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot

kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy

munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan.

Demografik funktsiyasi mamlakat aholisining son jihatdan o‘sishini

rag‘batlantirish, sog‘lom avlodni etishtirish, fuqarolarning umr ko‘rish

davomiyligini oshirish kabilarga qaratilgan.

Ijtimoiy ta’minotning ijtimoiy-reabilitatsion funktsiyasi keksa va mehnat

qobiliyati bo‘lmagan fuqarolarning o‘ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish bilan

bog‘liq bo‘lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish

uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Amalda bu funktsiyaning

namoyon bo‘lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash,

boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash,

uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘rish mumkin.

Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta’minot yana bir, bizning nazarimizda juda

muhim funktsiya – ijtimoiy himoyalash funktsiyasini bajaradi. Jamiyat, o‘z

fuqarolariga ijtimoiy ta’minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‘z oldiga

ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‘ta muhim vazifani qo‘yadi, zero qiyin hayotiy

holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy

vaziyat bilan bog‘liq) muammolarni hal qilishda yordam berish ijtimoiy

ta’minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi.

2. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining predmeti, maqsadi

va asosiy vazifalari.

“Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanini o’qitishdan maqsad –

talabalarga davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalari haqida nazariy bilimlar berish,

ularda amalga oshirilayotgan islohotlarning bugungi bosqichida davlat pensiyalari

va ijtimoiy nafaqalari bo’yicha asosiy bilimlarni shakllantirish va ko’nikmalarni

hosil qilishdan iborat. Ushbu fanni o’rganish jarayonida talabalar pensiya ta’minoti

va ijtimoiy nafaqalari nazariyasi va amaliyotiga tegishli bilim, uquv va

ko’nikmalarga ega bo’lishadi. Talabalar davlat ijtimoiy siyosati va nafaqalarni

tayinlashga oid qonunchilikdagi yangiliklardan, uni tashkil etish amaliyotidagi

o’zgarishlardan xabardor bo’lishadi.

“Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanini o’qitish quyidagi vazifalarni

o’z oldiga qo’yadi:

8 Ruud Kleynen “Asset Liability Management for Pension Funds” 2014 y. p.20

Page 13: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

13

Davlat pensiyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va mohiyatini o’rganish;

Davlat pensiyalarining turlari va tarkibini o’rganish;

Ijtimoiy nafaqalar tizimi va ularning tashkiliy, qonuniy-huquqiy asoslarini

o’rganish;

Ijtimoiy nafaqalar va davlat pensiyalarining moliyaviy asoslarini o’rganish

“Ijtimoiy ta’minot tizimida pensiyalar” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida

amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar:

O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimi va davlat pensiyalari

haqida;

Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalarning zarurligi, mohiyati va

vazifalari;

pensiyalarning turlari va ularni hisoblash usullari;

pensiya ta’minoti yuzasidan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari haqida

tasavvurga ega bo’ladi.

“Ijtimoiy ta’minot tizimida pensiyalar” fanining ma’ruza mashg’ulotlarida

ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish usullari va vositalari:

insert jadvali:

mustaqil o’qish, ma’ruza tinglash jarayonida olinadigan ma’lumotlarni

yaxlit bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi;

oldindan olingan ma’lumotni yangisi bilan o’zaro bog’lash qobiliyatini

shakllantirishga imkon beradi.

Klaster (Klaster - tutam, bog’lash):

Ma’lumot xaritasini tuzish va vositasi-barcha fikr konstitutsiyasini fokuslash va

aniqlash uchun asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.

Toifali jadval:

Toifa - mavjud holat va munosabatlarni aks ettiradigan belgi (umumiy).

ajratilgan belgilarga ko’ra olingan ma’lumotlarni birlashtirishni

ta’minlaydi;

tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish

ko’nikmasini rivojlantiradi.

Kontseptual jadval:

O’rganilayotgan xodisa tushuncha, qarash, mavzu va shu kabilarni ikki va

undan ortiq jihat bo’yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli mushohada qilish,

ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.

BBB jadvali:

Bilaman, Bilishni xoxlayman, Bildim

matn (mavzu, bo’lim) bo’yicha tadqiqot ishlari olib borish imkonini beradi;

tizimli mulohaza kilish, tarkibga ajratish ko’nikmalarini beradi.

T –jadval:

Bita kontseptsiya (ma’lumot)ning jihati o’zaro solishtirish (ha/yuk, ha/qarshi).

Tanqidiy mushohada rivojlantiradi.

BLOT-tahlil jadvali:

Page 14: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

14

Tashkilot resurslari holatini tahlil qilish va baholash vositasi. Bu kabi tahlilni

tashkilot bo’yicha umumiy tarzda yoki alohida muammo yoki loyixa bo’yicha ham

amalga oshirish mumkin. Tizimli mushohada kilish, taqqoslash, solishtirish, taxlil

va sintezni amalga oshirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Loyihalash metodi:

Kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo’lib, loyiha, ma’lum bir

hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish

shaklida mujassamlashgan g’oya, fikr.

“Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining amaliy mashg’ulotlarida

muammoni jamoali tarzda xal etishning usullari va vositalari:

Aqliy hujum:

Bu uslubda qo’yilgan savol, maummo, masalani butun guruh bilan birgalikda

muhokama kilinadi. U talabalarni o’quv jarayonida mashg’ulotlar faol

qatnashishlarini topish va bayon qilish chog’ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish,

o’z fikrlarini aytishga yo’naltiruvchi metoddir.

Bahs:

O’z fikrini ifoda etishni xoxlovchilar orasida biron bir munozarali masalani

muhokama kilish, xaqiqatni aniqlash va to’g’ri qarorni qabul qilish.

Muzokaralar:

Eshitish aniq tashkil etilgan ikki tomon fikrlari almashinuvi.

Pinbord texnikasi:

Muammoni xal etish buyicha g’oyalarni tizimlashtirish va guruhlashtirish va

yagona nuqtai nazarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Delfi texnikasi:

Muammoni xal etishning jamoali baholash va tanlash imkonini beradi.

6-6 texnikasi:

Qo’yilgan muammoni xal etish buyicha jamoa tomonidan ifodalangan

variantlardan eng yaxshisi baholanadi va tanlanadi, keyin quyidagi xarakatlar

algoritmga muvofiq ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi.

Keys stadi.:

Talabalarni qaror qabul qilishga o’rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni

yechishni o’rganish metodi.

Shuningdek “Ijtimoiy ta’minot tizimida pensiyalar” fanining amaliyot

mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan (Micrasoft Excel, Micrasoft PowerPoint),

slaydlardan, multimedia ta’lim vositalaridan, INTERNET sahifalari va tizimlaridan

foydalanish tavsiya etiladi.

Talabalarga ushbu fanni o’zlashtirishda mavjud o’quv adabiyotlaridan,

elektron darslik, teslar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish tavsiya

etiladi.

3. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining mutaxassislik hamda

boshqa maxsus fanlar bilan bog’liqligi.

Mazkur fanni o’rganish uchun bakalavr-iqtisodchi davlat ta’lim standartlarida

ko’zda tutilgan iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo’ladi.

Page 15: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

15

Ijtimoiy ta’minot tizimidagi pensiyalarni tayinlash va to’lash – keng qamrovli

masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator masalalarni hal qilishni talab etadi,

xususan:

huquqiy jihatdan – pensiya ta’minoti tizimi va uni amal qilishining qonuniy-

huquqiy asosini yaratish va takomillashtirish;

tashkiliy jihatdan – pensiya ta’minotining tashkiliy masalalari, xususan uni

boshqarishning institutsional asoslarini takomillashtirish, uning operativligini

ta’minlash;

uslubiy jihatdan – pensiya ta’minotining uslubiy asoslarini shakllantirish,

hisob va hisobot tizimini takomillashtirish;

texnik va texnologik jihatdan – davlat moliyasi bo’yicha katta hajmdagi

axborotni to’plash va qayta ishlashga imkon beradigan samarali faoliyat qiluvchi

integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy qilish;

kadrlar ta’minoti jihatidan – Moliya vazirligi tizimidagi moliya organlarining

hamda byudjet tashkilotlarining xodimlarini va buxgalterlarini pensiya ta’minoti

tizimida ishlash bo’yicha qayta o’qitish va malakasini oshirish.

Nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham, metodologik hamda tashkiliy

jihatdan davlat pensiya ta’minotini tushunish hamda bevosita ijro etish ancha

murakkab jarayondir. Ana shu jihatlar “Ijtimoiy ta’minot tizimida pensiyalar”

fanining ham murakkabligini belgilab beradi. Fan sifatida mavjud bo’lishi uning

boshqa maxsus fanlar bilan nazariy jihatdan bog’liqlikda bo’lishini talab etadi.

Pensiya ta’minotining ishtirokchilari: moliya organlari, byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasi, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar banklar, g’aznachilik

bo’linmalari va boshqalar faoliyatining xususiyatlari uning boshqa iqtisodiy fanlar:

Davlat byudjeti, Mahalliy byudjetlar, Davlat maqsadli jamg’armalari, Moliyaviy

nazorat, Buxgalteriya hisobi, Moliyaviy tahlil, Audit, Ijtimoiy ta’minot, Pensiya

jamg’armasi faoliyati kabi fanlar bilan mantiqan uzviylikda bo’lishini va

bog’liqligini belgilab beradi.

Shu bilan birga, “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fani qator maxsus

fanlar, jumladan, “Xorijiy mamlakatlar pensiya tizimlari”, “Ijtimoiy himoya

tizimida pensiya ta’minoti”, “Pensiya ta’minoti nazorati” kabi fanlarni o’zlashtirish

uchun nazariy-uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.

Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:

1. Guruhlar tarzida ishlash: “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining

boshqa fanlar bilan aloqasiga oid ma’lumotlar berish.

2. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining maqsadi va vazifalarini

qanday tushundiz? (savolga har bir talabaning fikrini o’rganib chiqish)

3. “Ijtimoiy ta’minot”, “Pensiya jamg’armasi faoliyati” fanlarida o’rganilgan

ma’lumotlarizni ta’riflab bering (talabalar bilan debat usulida suhbat)

4. “Ijtimoiy ta’minot”, “Pensiya jamg’armasi faoliyati” fanlarida o’rganilgan

ma’lumotlarizni “Ijtimoiy ta’minot tizimida pensiyalar” fanida o’rganishiz lozim

bo’lgan ma’lumotlarni taqqoslang (talabalar bilan debat usulida suhbat)

Page 16: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

16

Mustaqil ta’lim uchun tarqatma malumotlari

1. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining boshqa fanlar bilan aloqasiga oid

chizma va grafiklar tayyorlang;

2. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fanining ahamiyatiga oid “Nilufar guli

”usulida chizma va grafiklar tayyorlang;

3. “Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar” fani buyicha o’rganilgan ishlar va ushbu

sohada o’z faoliyatini olib borgan olimlar ro’yxatini tuzing.

Glossariy

Pensiya (Pension) – uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va

me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to’lish,

nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul

to’lovi;

pensiya miqdori (pension amount) – ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib,

pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan,

pensiyaga qo’shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi;

pensiyaga oid hujjatlar yig’majildi (documents relating to pensions folder) – ular asosida pensiya so’rab murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlangan

hujjatlarning tikilgan turkumi;

pensiya tayinlashni so’rab murojaat etish (treatment for a pension)–

pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan

boshqa turiga o’tkazish, shuningdek ilgari to’xtatib qo’yilgan (to’xtatilgan) pensiya

to’lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to’g’risida O’zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga ariza berish;

shaxs (person) – O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek O’zbekiston

Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda istiqomat uchun

berilgan guvohnoma olgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs

Page 17: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

17

“Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar fanining predmeti, maqsad va vazifalari” mavzusi

bo’yicha taqdimot

Page 18: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

18

2- mavzu. “Davlat ijtimoiy siyosatining mazmuni ahamiyati va asosiy

yo’nalishlari” Reja:

1. Ijtimoiy ta’minotning mohiyati, zarurligi va mavjud bo’lishining

ob’yektiv zarurligi

2. Ijtimoiy ta’minot – davlat ijtimoiy siyosatining muhim bo’g’ini sifatida

3. Ijtimoiy ta’minot tizimida pensiyalarning tutgan o’rni, ahamiyati,

vazifalari

1. Ijtimoiy ta’minotning mohiyati, zarurligi va mavjud bo’lishining

ob’yektiv zarurligi Inson hayoti davomida uning sog’ligiga ta’sir etuvchi va buning natijasida uning asosiy

daromad manbai bo’lmish ish haqini yo’qotishiga olib keluvchi shart-sharoitlarning yuzaga kelish

xavfi ostida turadi. Ushbu shart-sharoitlarga: kasallanish, qarilik, nogironlik, boquvchisini

yo’qotish va boshqalar kiradi. Mustaqil ushbu sharoitlarga qarshi kurashish har doim ham mumkin

emas. Ular shaxsning faol faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lib, alohida shaxslarning hoxish va

irodasiga bog’liq bo’lmaydi. Shu bilan birgalikda ular to’g’ridan-to’g’ri jamiyatning ijtimoiy

barqarorligiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham davlat ushbu holatning yuzaga kelishidagi ma’lum

bir javobgarlikni o’z zimmasiga olib, davlat pensiyalarini, ijtimoiy nafaqalarni va xizmatlarni

tayinlash orqali ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini shakllantiradi.

1.-rasm. Ijtimoiy xavf-xatarlar9

Inson hayot-faoliyati davomida ma’lum bir hodisalarni ijtimoiy xavf-xatar sifatida

namoyon bo’lishining asosiy omillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

iqtisodiy tizim va umumjamiyat mehnat faoliyatini tashkil etishning shart-sharoitlari;

mehnat faoliyati natijasida, shuningdek oila ichidagi uni ta’minoti uchun daromadning

yo’qligi, oiladagi mehnatga qobiliyatsiz a’zolariga qo’shimcha xarajatlarning yuzaga kelishi;

davlat va jamiyatning aytib o’tilgan shart sharoitlarning natijalarini bartaraf etishga yoki uni

engillashtirishga bo’lgan qiziqishining mavjudligi

9 Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social security”

Economic Policy Institute,2011 y. p 26-27

Ijtimoiy xavf-xatarlarning turlari

Iqtisodiy

Fiziologik

Faoliyat yuritish

Demografik va

ijtimoiy

Ishsizlik

Vaqtinchalik yoki doimiy asosda mehnatga

qobiliyatliligini yo’qotish, homiladorlik yoki bola

tug’ish, qarilik, o’lim

Mehnatdagi shikastlanish, kasbiy kasalliklar

Ko’p bolalilik, oilaning to’liq emasligi, etimlilik

Page 19: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

19

Inson mehnat qobiliyatiga va tabiatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy xavf-xatarlarni

to’rt asosiy guruhga bo’lish mumkin (1-rasm):

1. Iqtisodiy tusdagi (ishsizlik);

2. Fiziologik tusdagi (vaqtinchalik yoki doimiy asosda mehnatga

qobiliyatliligini yo’qotish, homiladorlik yoki bola tug’ish, qarilik, o’lim);

3. Faoliyat yuritish tusidagi (mehnatdagi shikastlanish, kasbiy kasalliklar);

4. Demografik va ijtimoiy tusdagi (ko’p bolalilik, oilaning to’liq emasligi,

etimlilik).

Iqtisodiy va demografik xavf-xatarlar shaxsning mehnatga qobiliyatiga

to’g’ridan-to’g’ri aks etmaydi. Lekin ish joyining uzoq vaqt davomida mavjud

bo’lmasligi, ishsiz shaxsning va uning oilasining umumiy hayot davomiyligi

ko’rsatkichini pasayishiga, shuningdek, uning kasbiy mahoratini yo’qotishiga olib

keladi. Ko’p bolalilik bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar o’z navbatida oilaning

o’rtacha daromadini yashash savatchasi xajmidan past bo’lishiga, oziqlanish, dam

olish va boshqa xayotiy sharoitlar sifatining aksi.

Ijtimoiy siyosat deganda jamiyatdagi har bir shaxs hayoti va faoliyati uchun

uning rivojlanishiga yordam beradigan va ijodiy imkoniyatlarining to’liq namoyon

qilishini rag’batlantiradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish va saqlab turishga

qaratilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi10

.

Bugungi kunda respublikada ijtimoiy siyosatning quyidagi yo’nalishlari

bo’yicha ish olib borilmoqda:

1. Ishlab chiqarish sohasida:

• bandlikni yuqori darajada ushlab turish;

• xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish amalga oshirilayotganda

mehnat jamoalari manfaatlarini himoya qilish;

• kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoit

yaratish.

2. Daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash sohasida:

• ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalarning minimal miqdorini belgilash;

• inflyatsiyaning o’sishiga mutanosib ravishda aholi daromadlarini

indeksatsiyalash;

• daromadlarni kam ta’minlangan fuqarolar hisobiga qayta taqsimlash.

3. Iste’mol sohasida:

• ichki iste’mol bozorini himoyalash;

• iste’mol mollari ishlab chiqarishni rag’batlantirish;

• tovarlarning erkin almashinuviga sharoit yaratish;

• asosiy iste’mol mollari darajasining pasayishiga yo’l qo’ymaslik;

• o’ta muhim, yuqori kalloriyali oziq-ovqat iste’molining tarkibini

takomillashtirish.

4. Ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish sohasida:

• Davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot

xizmatlarining miqdorini belgilash va sifatini ta’minlash; 10

Marc Whitehead “THE SOCIAL SECURITY DISABILITY PUZZLE” 2010 y. p.45

Page 20: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

20

• Bu xizmatlarni ko’rsatishning moddiy, mehnat va moliyaviy asosini

mustahkamlash;

• Bu sohalarda band bo’lgan xodimlar malakasini oshirish va moddiy

rag’batlantirish mexanizmini mustahkamlash;

5. Ijtimoiy himoya sohasida:

• kam ta’minlangan oilalarga qaratilgan nafaqalarni belgilash;

• aholini ijtimoiy himoya qilishda manzillilikni ta’minlash;

• shu maqsadlarda kam ta’minlangan oilalarga nafaqalarni mahallalar orqali

etkazilishini ta’minlaydigan mexanizmlarni yaratish va takomillashtirib borish;

• aholining ijtimoiy muhofazasi uchun davlat moliyaviy manbalari bilan bir

qatorda, homiylik, xayriya tashkilotlari, korxonalar mablag’larini jalb etish;

• davlat tomonidan yuqori tug’ilish sur’atlarini rag’batlantirishni qisqartirish.

Amalga oshirilish usuliga ko’ra ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga

ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish,

shuning hisobiga aholi turmush darajasini ma’lum darajada tutib turish yoki

barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga

narxlarni sun’iy ravishda tutib turish natijasida ko’rilgan zararlarni qoplash

maqsadida dotatsiyalarni oshirishni ko’zda tutadi. Aktiv ijtimoiy siyosat esa

tashabbus ko’rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berishda, aholi bandligini

oshirishda, yangi ish o’rinlarni ochishda, aholining nozik qatlamlari bandligini

oshirishni rag’batlantirishda, pensionerlar, qariyalar, nogironlar, bolalar, ko’p bolali

oilalarni ijtimoiy muhofazalashda va qo’llab-quvvatlashda namoyon bo’ladi.

Bugungi kunda mamlakatimiz aholi yoshining tarkibiy tuzilishi ham

respublikamizdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda, bu

sohadagi dolzarb muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa ijtimoiy

masalalarning, jumladan, ijtimoiy himoya, pensiya ta’minoti, yoshlar masalasi,

ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishning

islohotlarimizning ustuvor yo’nalishlari ekanligini belgilab bermoqda.

Ijtimoiy siyosatda quyidagi asosiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin:

• aholini ijtimoiy himoya qilish;

• ijtimoiy ta’minot;

• davlat ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash.

Ijtimoiy himoya - o’ziga bog’liq bo’lmagan ravishda ijtimoiy muhofazaga

muhtoj fuqarolarga nisbatan ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam shakli bo’lib, kam

ta’minlangan aholi qatlamlariga ko’rsatiladigan xizmatlar, nafaqalar va imtiyozlarni

ko’zda tutadi. Ijtimoiy himoya tadbirlari yordamida aholining umumjamiyat ishlab

chiqarish jarayonida qanday qatnashishidan qat’i nazar, aholining ma’lum tabaqalari

turmush darajasini birmuncha (vaqtinchalik yoki doimiy) yaxshilashga erishiladi.

Bu maqsadlardagi xarajatlarning aksariyati davlat byudjeti mablag’lari hisobidan

moliyalashtiriladi, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona,

muassasa va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan ham amalga oshiriladi.

Bugungi kunda quyidagilar ijtimoiy yordam tizimini moliyaviy va moddiy jihatdan

qo’shimcha tarzda qo’llab-quvvatlamoqda:

Page 21: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

21

• o’z mablag’lari va Fondlari hisobidan o’z xodimlariga ijtimoiy qo’llab-

quvvatlash maqsadlarida moliyaviy yordam to’layotgan va turli imtiyozlar

berayotgan korxonalar;

• jamoat tashkilotlari;

• kasaba uyushmalari, nuroniylar, nogironlar jamiyatlari va boshqalar.

Ijtimoiy ta’minot - fuqarolarning qarilikda, kasallik ro’y berganda, mehnat

qobiliyatini vaqtinchalik yoki butunlay yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda,

shuningdek, uyda ijtimoiy yordam ko’rsatish davlat tizimidir11

. Ijtimoiy

ta’minotning markazida pensiya ta’minoti yotadi. Bizning respublikamizda ijtimoiy

ta’minotni amalga oshirishning quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllari mavjud:

• davlat ijtimoiy sug’urtasi;

• davlat byudjeti.

Davlat ijtimoiy sug’urtasi fuqarolarning zarur turmush darajasini kafolatlaydi.

U majburiy bo’lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug’urta badallari

hisobidan Pensiya fondi, Bandlik fondi va Kasaba uyushmalari mablag’larining

shakllanishiga asos bo’ladi.

Demak, davlat ijgimoiy taminoti quyidagilarni o’z ichiga oladi:

• davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar;

• davlat pensiya ta’minoti;

• uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat

ko’rsatish;

• nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan

ta’minlash;

• bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va

ularni tarbiyalash;

• nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;

• aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko’rsatish va imtiyozli aholi

qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta’minlash;

• uylarda ijgimoiy xizmat ko’rsatish va boshqalar.

Bu xizmatlarning ayrimlari Pensiya jamg’armasi hisobidan moliyalashtirilsa

(masalan: yoshga doir, boquvchisini yo’qotganlik va nogironlik pensiyalari, dafn

marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar uylarini

saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uyda ijtimoiy

yordam ko’rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar)

hisobidan mablag’ bilan ta’minlanadi.

11

Ruud Kleynen “Asset Liability Management for Pension Funds” 2014u. p.32

Page 22: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

22

1. Ijtimoiy ta’minot – davlat ijtimoiy siyosatining muhim

bo’g’ini sifatida

Ijtimoiy ta’minot-ma’lum bir kategoriyadagi fuqarolarni mamlakat

rivojlanishining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan hodisalarning yuzaga kelishi

natijasida boshqa jamiyat a’zolari bilan ijtimoiy tengligini ta’minlash maqsadida

davlat byudjeti va mahsus ijtimoiy fondlar hisobidan moddiy ta’minlashga

yo’naltirilgan davlat ijtimoiy siyosatining shakli hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minotga

zaruriyat fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi bilan vujudga kelgan. Jamiyatning

iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qaramasdan, unda har doim tabiiy, o’ziga bog’liq

bo’lmagan sabablar doirasida hayotiy faoliyatni amalga oshirish uchun etarli

miqdordagi mablag’ga ega bo’lmagan fuqarolar topiladi. Ular jumlasiga avvalo

bolalar va qariyalarni kiritish mumkin. Bundan tashqari mehnat qilishga qobiliyatsiz

bo’lgan shaxslar jumlasiga sog’ligini yo’qotganligi sababli vaqtincha yoki doimiy

asosda mehnat qilish qobiliyatini yo’qotgan fuqarolar ham kiradi12

.

2-rasm. Tegishlilik darajasi bo’yicha ijtimoiy ta’minot tizimi13

Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy xavflardan aholini ijtimoiy qo’llab quvvatlashning

avtomatik mexanizmini shakllantirmaydi, chunki ular ma’lum bir moddiy

12

Marc Whitehead “THE SOCIAL SECURITY DISABILITY PUZZLE” 2010 y. p.19 13

Marc Whitehead “THE SOCIAL SECURITY DISABILITY PUZZLE” 2010 y. p.21-25

Ijtimoiy ta’minot

Davlat ijtimoiy ta’minot tizimi Nodavlat ijtimoiy ta’minot

tizimi

Yagona ijtimoiy to’lov, sug’urta

badallari, Respublika va mahalliy

byudjetlar

Ixtiyoriy badallar, xomiylik

mablag’lari

Xalqaro qonunchilik me’yorlari,

Qonunlar va boshqa me’yoriy-

huquqiy xujjatlar, qonunchilik

me’yorlari bilan o’rnatilgan

shartnomalar

Shartnomalar

Ijtimoiy ta’minot huquqi Fuqarolik huquqi

Moliyalashtirish

manbalari

Huquqiy manbalari

Huquq tarmog’i

Page 23: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

23

xarajatlarni talab etib, foyda keltirmaydi. Ushbu vazifalarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishning ma’lum bosqichiga etgan, jamiyatning rivojlanishida uning

ahamiyatini tushunib etgan davlat amalga oshiradi. Ijtimoiy davlat bu shunday

davlatki, u o’z hududidagi fuqarolariga, shuningdek chet el fuqarolariga hamda

fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga qonuniy doirada maqbul yashash sharoiti va erkin

rivojlanishni ta’minlab beradigan davlatdir.

U davlat ijtimoiy ta’minot tizimini shakllantirib, pensiyalar, nafaqalar,

kompensatsiyalar, tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirishda ishtirok etadi (2-

rasm).

Ijtimoiy ta’minotning mohiyati uning asosiy funktsiyalarida namoyon bo’ladi.

Ijtimoiy ta’minotning asosiy funktsiyalari qatoriga, uning iqtisodiy, siyosiy,

himoyaviy va reabilitatsion, demografik funktsiyalarini kiritish mumkin.

Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy funktsiyasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:

mehnatga qobiliyatsizlik, ishsizlik, boquvchisini yo’qotganlik bilan bog’liq

yo’qotilgan ish haqi va boshqa mehnat haqlarini qisman qoplanishida;

ma’lum xayotiy sharoitlarni yuzaga kelishi natijasida (masalan farzandlarning

mavjudligi) qo’shimcha xarajatlarni qisman qoplashda;

ishsizlarga, kam ta’minlangan oilalar va shaxslarga minimal pulli, natural va

boshqa yordam turlarini ko’rsatishda;

davlat kafolatlari doirasida tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni tekinga taqdim

etishda (masalan dori-darmon ta’minotida) va boshqalarda.

Ijtimoiy ta’minot tizimni moliyalashtirishning asosiy manbai bo’lib yagona

ijtimoiy to’lov (YAIT), sug’urta badallari, turli darajadagi byudjetlar hisoblanadai.

Ijtimoiy ta’minotning siyosiy funktsiyasi aholining turli qatlamlaridagi yashash

darajasidagi me’yoriy farqlar natijasida jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni

susaytirishga imkon beradi.

Ijtimoiy ta’minotning himoyaviy funktsiyasi aholining turli qiynchiliklari davrida

jamiyat tomonidan ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi.

Ijtimoiy ta’minotning reabilitatsion funktsiyasi turli hil ijtimoiy xavf-

xatarlarning yuzaga kelganida, yashash darajasi shart-sharoitlarini ta’minlab berish

maqsadida turli hil moddiy ta’minot berish, ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish orqali

fuqaroning ijtimoiy obru-e’tiborini saqlab qolishga qaratilgan.

Ijtimoiy ta’minotning demografik funktsiyasi mamlakat aholisining o’sishiga,

sog’lom avlodning shakllanishiga, fuqarolar hayot davomiyligi darajasini o’sishiga

va boshqalarga imkon beradi.

Ijtimoiy ta’minotga ehtiyoj jamiyat paydo bo’lishi bilan tug’ildi. Har qanday

jamiyatda – uning iqtisodiy va siyosiy tuzilishidan qat’i nazar – o’zlariga bog’liq

bo’lmagan vaziyatlar sababli tirikchilik kechirish uchun mablag’ topishga qodir

bo’lmagan aholi toifalari bo’ladi. Ularga, eng avvalo, bolalar va keksa kishilar

kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy yordamga muhtojlar safini vaqtincha yoki bir umr

mehnatga layoqatsizligini yo’qotgan odamlar to’ldirishi mumkin. Jamiyat

rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkablashishi bilan ijtimoiy yordamga muhtoj

bo’lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy sabablar oqibatidagi ishsizlar, kambag’allar,

Page 24: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

24

shuningdek inflyatsiyaning yuqori sur’atlaridan moddiyo ahvollari og’irlashganlar

kiradi.

Ijtimoiy ta’minot deyilganda quyidagilar anglanadi:

• fuqarolarga qarilikda mehnat faoliyati, mehnat qobiliyati va boquvchisini

yo’qotganligi uchun ko’zda tutilgan moddiy ta’minotdan tashqari ularning normal

turmush va madaniy standartlarini kafolatlaydigan taqsimlash shakli;

• fuqarolarni yoshi, kasallanishi, nogironligi, ishsizligi, boquvchisini

yo’qotganligi, bolalarni tarbiya qilish uchun hamda qonunda belgilab qo’yilgan

boshqa holatlar bo’yicha moddiy ta’minlash tizimi;

• bir tomondan fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat, mahalliy o’zini o’zi

boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan daromadlari

yo’qotilishi yoki kamayishi vaziyatlari paydo bo’lganda fuqarolarga maxsus fondlar,

byudjet mablag’lari hisobiga tibbiy yordam ko’rsatish, pensiya, nafaqalar va moddiy

ta’minlashning boshqa shakllari asosida tarkib topayotgan ijtimoiy munosabatlar

jamlanmasi.

Qonunchilik ijtimoiy ta’minotning quyidagi olti turini nazarda tutadi:

• pensiyalar;

• nafaqalar;

• ijtimoiy ta’minot kompensatsiyasi;

• imtiyozlar;

• ijtimoiy va tibbiy xizmatlar;

• hayotiy zarur ashyolar.

Yuqorida qayd etilgan bu turlarning xar biri, odatda yana qator turlarga

bo’linadi. Bunda ijtimoiy ta’minot turlari barqaror xususiyatga ega bo’lgani holda

ularning boshqa turlari muayyan siyosiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarga bog’liq

ravishda o’zgarib boradi.

Ushbu ijtimoiy himoya ko’rsatish shaklida avvaldan ma’lum to’lovlar

bajarilganmi yoki yo’qmi, shuningdek, shaxslarning moddiy holati (muhtojligi)

e’tiborga olinmagan holda davlat tomonidan ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi.

Mazkur ijtimoiy himoyaning moliyaviy manbalari – bu umumiy va maxsus soliqlar

hisobidan shakllanadigan davlat byudjetidan to’g’ridan-to’g’ri olinadigan

mablag’lardir.

Aholining ijtimoiy ta’minoti tizimidagi eng muhim unsur – ijtimoiy

sug’urtadir. Ijtimoiy sug’urta – davlat tomonidan belgilab qo’yilgan, nazorat

qilinadigan va kafolatlanadigan, davlat maqsadli, byudjetdan tashqari ijtimoiy

sug’urta fondi, shuningdek boshqa jamoaviy va xususiy sug’urta fondlari

mablag’lari hisobiga keksa yoshdagi, mehnatga layoqatsiz fuqarolarni moddiy

ta’minlash, qo’llab quvvatlash tizimidir.

Ijtimoiy sug’urta – pul nafaqalari tizimi bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

• ishsizlik nafaqasi;

• mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;

• homiladorlik va tug’ish nafaqasi;

Page 25: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

25

• qarilik bo’yicha, nogironlik hamda boquvchisini yo’qotganligi bo’yicha

pensiya.

Ijtimoiy sug’urtaning quyidagi turlari farqlanadi14

:

1. Majburiy ijtimoiy sug’urta. Bu iqtisodiy faol aholini o’z daromadini

mehnatga layoqatsizligi tufayli (kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik) yoki ishsiz

qolgani sababli yo’qotish xavfidan ijtimoiy himoyalash institutidir. Mazkur

tizimning moliyaviy manbalari – ish beruvchilar, xodimlarning sug’urta to’lovlari

(badallari) hisoblanadi. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni

sug’urtalash tizimlari bundan istisno, ular faqat xodimlarning badallari hisobidan

ta’minlanadi.

Ijtimoiy sug’urta tizimlari doirasidagi pensiya va nafaqa pullari fuqaroning

sug’urta huquqiga ko’ra, shuningdek uning va ish beruvchining ushbu tizimlarning

moliyalashtirilishidagi ishtirokidan kelib chiqqan holda beriladi.

Ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning muhim jihati – mahrum bo’lgan ish

haqini o’rnini qoplash omilidir. Unga ko’ra, pensiya va va nafaqa miqdorlari avvalgi

ish haqi va badallar miqdori bilan bog’liq bo’lib, ma’lum sug’urta davri mavjudligi

har qanday muhtojlik tekshiruvlarsiz belgilanadi.

Majburiy sug’urta to’lovlari miqdori jamiyatda shakllangan ijtimoiy kafolat

darajalari bilan bog’liq va ular xodim bilan ish beruvchi o’rtasida, davlat ishtirokida

tuziladigan shartnomalar asosida shakllanadi.

2. Ixtiyoriy qo’shimcha (kasbiy) ijtimoiy sug’urta. Sug’urtaning bu turi

iqtisodiyotning alohida tarmoqlari yoki korxonalar doirasida yollanma xodimlar

uchun uzoq muddatli tarmoqli va jamoa shartnomalari asosida tashkil etiladi.

Odatda, ixtiyoriy qo’shimcha ijtimoiy sug’urta tizimi xususiy tusga ega bo’ladi,

biroq ular maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi. Bunda sug’urtalanuvchilar

uchun ijtimoiy kafolatlar tizimi yaratiladi. Jumladan, bir korxonada ishlashning eng

kam muddati belgilanadi, ushbu muddat tugagach, xodimda qo’shimcha ijtimoiy

himoya turlaridan foydalanish huquqi paydo bo’ladi. Masalan, pensiya ta’minoti,

sug’urtalanuvchi o’z ish joyini o’zgartirgan holda sug’urta bo’yicha qo’lga kiritgan

huquqlari saqlanib qoladi.

Ijtimoiy himoyaning ushbu instituti tashkiliy-huquqiy shakllari alohida

korxonalarning pensiya tizimlari hisoblanadi. Buning uchun pensiya huquqlarini

amalga oshirishni kafolatlash maqsadida zahira pensiya jamg’armasi tuziladi.

Korxona yoki mustaqil pensiya kassasi mablag’ ajrata olmagan holda jamharma

to’lov majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Hozirgi davrda nodavlat pensiya jamg’armalari rivojlanib bormoqda. Ular

o’zining huquqiy maqomiga ko’ra ijtimoiy ta’minotning notijirat tashkiloti bo’lib,

majburiy ijtimoiy sug’urta tizimiga ixtiyoriy qo’shimcha shakl sifatida faoliyat olib

boradi.

3. Fuqarolarning xususiy sug’urtasi. Sug’urtaning bu turi shartnoma asosida

rasmiylashtiriladi, uning doiralari, amal qilishi muddatlari, jismoniy shaxslarning

moliyaviy imkoniyatlari, tavakkalchilik turlari bilan cheklangan bo’ladi. Ushbu 14

Marc Whitehead “THE SOCIAL SECURITY DISABILITY PUZZLE” 2010 y. p.42-46

Page 26: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

26

sug’urta shakli uchun fuqarolarning o’zlari mas’ulligi xosdir. Davlat ijtimoiy

yordami – mehnatga layoqatsizligi, ishsizligi, daromad manbai mavjud

bo’lmaganligi sababli mustaqil ravishda o’zini moddiy ta’minlay olmagan

shaxslarga davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam hisoblanadi. Bu

yordam turining hajmi shaxs daromadi yoki aholining umumiy turmush darajasi

bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy yordam doirasidagi nafaqa va yordam pullari faqat

amaldagi qonunchilikda belgilab qo’yilgan aholi toifalariga beriladi. Mazkur

himoya institutining asosiy jihati – bu aholining kam ta’minlangan guruhlariga

(bolalikdan nogiron, boshqa nogiron bo’lgan shaxslar, pensiya olish uchun zarur

sug’urta maqomiga ega bo’lmagan fuqarolarga)davlatning ijtimoiy-shartnomasiz

yordam ko’rsatishidir.

Jismoniy shaxs tomonidan ijtimoiy yordam olishi uning ijtimoiy mehnat

faoliyatidagi ishtirokiga bog’liq bo’lmaydi. Ushbu tizimning ijtimoiy yordam

pullari muhtoj shaxsning daromadi tekshirilganidan keyin, unga tirikchilik

o’tkazishning eng kam darajasini ta’minlash maqsadida beriladi. Bunga shaxsda

tirikchilik o’tkazishning eng kam darajasi hajmida mablag’ning mavjud emasligi

asos bo’ladi.

Ijtimoiy himoya tizimida nafaqa va yordam puli miqdori oila a’zolarining

daromadlarini hisobga olgan holda belgilanib, bu ularning umumiy daromad hajmi

o’rnatilgan tirikchilik ko’rishning eng kam miqdoriga etishi uchun tayinlanadi.

Ijtimoiy himoya ushbu institutining moliyaviy manbai hududiy va munitsipal

byudjetlar hisoblanadi. Bu mablag’lar umumiy soliq tizimi va maxsus maqsadda

yig’iladigan soliq hisobidan shakllanadi.

Moliyaviy muammolar ijtimoiy yordam ko’rsatishning manzilligi (tanlanishi)

printsipining keng yoyilishiga sabab bo’ldi. Moliyaviy resurslar etarli bo’lmagan,

ehtiyojlar ortadigan inqiroz davrlarida eng muhtoj fuqarolarga nafaqalarni aniq

maqsadli taqdim etish zarurati paydo bo’ladi. Hozirgi davrda nafaqalarning

manzilliligi printsipi ko’pgina mamlakatlarda joriy etilgan. Bunda ana shu

nafaqalarning miqdori daromadlar yoki ta’minlanganlik umumiy darajasiga bog’liq

ravishda o’zgarib boradi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish aholining ehtiyojmand qatlamlariga pensiya,

nafaqa, imtiyozlar, moddiy yordam berish, xizmatlar ko’rsatish orqali amalga

oshiriladi.

Jahon tajribasi ijtimoiy himoya tizimining to’rtta asosiy tarkibiy qismini

ajratib ko’rsatish imkonini beradi:

1. Mehnatga layoqatli bo’lmaganligi, ish joyi, daromad manbalari mavjud

emasaligi sababli o’z-o’zini mustaqil ravishda moddiy jihatdan ta’minlashga qodir

bo’lmagan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish.

2. Davlat ijtimoiy va pensiya ta’minoti. Bu iqtisodiy faol aholining ish joyini

yo’qotish yoki pensiya yoshiga etishi bilan daromaddan mahrum bo’lish havfidan

ijtimoiy himoya qilish tizimi bo’lib, majburiy ijtimoiy sug’urtalash shaklida amalga

oshiriladi.

Page 27: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

27

3. Ihtiyoriy qo’shimcha (kasbiy) sug’urtalash. Bu alohida tarmoqlar va

korxonalar doirasida uzoq muddatli jamoa bitimlari asosida amalga oshiriladi.

4. Fuqarolarning ihtiyoriy ravishda o’z-o’zini shaxsiy sug’urtalashi.

Aholining ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmand sub’ektlariga quyidagi guruhlar

kiradi:

• pensionerlar. Aholining bu guruhi pul ta’minoti huquqiga ega fuqarolar

bo’lib, ularning bu huquqi tegishli qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Muayyan yoshga (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh, ayollarga nisbatan ayrim hollar

bundan istisno) etgan fuqarolar pensiyaga chiqish huquqiga egalar.

Nogironlikning tegishli guruhi belgilangan shaxslar, oila boquvchisini

qaramog’idagi mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari, shuningdek, boquvchisidan

ajragan bolalar (14 yoshgacha bo’lgan bolalar) parvarishi bilan mashg’ul shaxslar,

uzoq vaqt muayyan kasbiy faoliyatni bajarib kelgan xodimlarning ayrim toifasi;

ichki ishlar idoralarida harbiy xizmatni o’taganlar, ularning oilalari a’zolari ham

aholining pensiya ta’minoti huquqiga ega toifasiga kiradi.

Shu bilan birga aholining bu toifasiga korxona, muassasa, tashkilotda

ishlayotgan pensiya oluvchi fuqarolar ham kiradi. Ishlayotgan pensionerlarga

keksalik bo’yicha pensiya 50,0 % miqdorida to’lanadi;

• nogironlar. Aholining bu toifasiga jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi,

turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga

muxtoj bo’lgan shaxslar kiradi. Bu toifadagi shaxslar hayot faoliyatini cheklashga

olib kelgan va ijtimoiy himoyaga muxtoj qilib qo’ygan jarohat yoki nuqsonlar,

kasalliklar bo’yicha aniqlanadi;

Organizm funktsiyasining buzilish darajasiga bog’liq holda va hayot faoliyati

cheklanganligiga ko’ra birinchi va ikkinchi guruh nogironligi belgilanadi. Nogiron

bolalar jismoniy yoki aqliy, sezgi nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati

cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muxtoj 18 yoshgacha

bo’lgan shaxslardir. 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-

maslahat komissiyalari tomonidan, 16 yoshdan 18 yoshgacha esa – tibbiy-mehnat

ekspert komissiyalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

• kam ta’minlangan oilalar. Ular daromadlari tirikchilik eng kam miqdoridan

yuqori bo’lmagan oilalardir. Kam ta’minlanganlik (kambag’allik) chegarasi

mutaxassislar tomonidan me’yoriy iste’mol savatchasi miqdoridan kelib chiqib

belgilanadi. Hozirgi vaqtda yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga o’tilishi munosabati

bilan bu chegarani belgilash ancha murakkab masala hisoblanadi. Kam

ta’minlangan oilalarga ko’p bolali, boquvchisini yo’qotgan, nafaqaxo’r oilalar

kiradi.

• ishsizlar. Aholining bu toifasiga ishsiz va daromad topish manbai bo’lmagan

mehnatga layoqatli fuqarolar kiradi. Bu toifadagi fuqarolar aholining ish bilan

bandligi xizmatida ishsiz sifatida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tishlari talab

qilinadi.

Aholining ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmand sub’ektlariga, shuningdek

quyidagilar ham kiradi:

Page 28: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

28

• homilador va yosh bolalarga qarash bilan bandligi tufayli ishlamayotgan

ayollar;

• kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotgan fuqarolar;

• o’quvchi yoshlar;

• mehnatga layoqatsiz shaxslarning parvarishi bilan band bo’lgan,

ishlamayotgan mehnatga layoqatli fuqarolar ham kiradi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimida quyidagi darajalarni ajratib

ko’rsatish qabul qilingan:

• aholini davlat tomonidan muhofaza qilish;

• aholini davlat hokimiyatining mahalliy organlari tomonidan muhofaza

qilish;

• aholini ijtimoiy birlashmalar, shu jumladan kasaba uyushmalari tomonidan

muhofaza qilish;

• xodimlarni ish beruvchilar tomonidan muhofaza qilish;

• oilaviy himoya va o’zini o’zi himoya qilish.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunki,

boshqa intstitutlar aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida davlat tomonidan

belgilangan maqsadlarga erishishda davlatga ko’maklashadilar.Davlat aholini

ijtimoiy muhofaza qilish boshqa institutlari bilan munosabatlarini ijtimoiy

sherikchilik asosida yo’lga qo’yadi.

3. Ijtimoiy ta’minot tizimida pensiyalarning tutgan o’rni,

ahamiyati, vazifalari

Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, fuqorolarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishga

muxtoj tabaqalarini manzilli ijtimoiy himoya qilish taraqqiyotimizning muhim

hususiyatlaridan biridir. Bugungi sharoitda pensiyalarga oid qonunchilikni

takomillashtirish, inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni keng joriy etish, davlat

peniyalarini tayinlash va to‘lash chog‘ida ijtimoiy adolat tamoyillarini to‘la qaror

toptirish, ana shu maqsadlarda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan samarali hamda

maqsadli foydalanishga erishish amalga oshirilib kelinayotgan yangilanish va

modernizatsiya qilish jarayonlarimizning muhim jihatlaridan sanaladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan huquqiy islohotlarning asosiy

maqsadlaridan biri-inson manfaatlarini oliy qadriyat sifatida har tomonlama

ta’minlash va muhofaza etishdan iboratdir. Amalga oshirilayotgan ijtimoiy

islohotlarni samaradorligini oshirish hamda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini

takomillashtirish pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishni taqazo qiladi.

Ma’lumki inson uchun birinchi navbatda, uning ehtiyojlar yig‘indisini tashkil

etgan hayotiy muhim manfaatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu ehtiyojlarning

qondirilishi esa har bir fuqaro, jamiyat va davlatning munosib hayot kechirishi va

taraqqiyotini ta’minlovchi omil hisoblanadi.

Inson ushbu ehtiyojlarini mehnat qilish orqali qondirib, bu bilan o‘z turmush

farovonligini oshirib boradi. Shuning uchun bosh qonunimiz sanalmish O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat

Page 29: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

29

layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda

nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”15

ekanligi

belgilab qo‘yilgan.

Davlat mehnatga layoqatsiz barcha fuqarolarni ijtimoiy jamg‘armalar

mablag‘lari hisobidan, pensiya va ijtimoiy nafaqalar orqali Konstitutsiyamizda

mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarini kafolatlaydi. Pensiya ta’minoti tizimi

fuqorolarning turmush darajasi o‘sishini ta’minlash manbai hisoblanadi,

pensiyalarni olish huquqiga esa mehnat qilish orqali erishiladi.

Pensiyaning mohiyatini “pensiya” so‘zi ochib beradi. Pensiya so‘zi lotin

tilidagi “pension” so‘zidan olingan bo‘lib, “to‘lov” ma’nosini anglatadi.16

“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda

pensiya so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan: “pensiya-uni olish huquqi Qonunda

belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga

pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki boquvchisini yoqotganlik munosabati bilan

beiladigan oylik pul to‘lovi”.17

Pensiya tizimi mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim

qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi kam ta’minlangan fuqarolar va mehnatga

layoqatsiz kishilar hayot darajasini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy

va tashkiliy xarakterga ega kompleks dastur talablarini ijro etishdan iborat. Shu bois

Prezidentimiz tashabbusi bilan istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni

yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich

islohatlar olib borilmoqda. Natijada o‘tgan qisqa davr ichida respublikamizda

aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kafolatlashning kuchli hamda ta’sirchan

mexanizmi yaratildi. Bugungi kunda iktisodiy xayotni pensiya tizimisiz tasavvur

qilib bo‘lmaydi, har bir davlat o‘z pensiya tizimiga ega. Davlat o‘z yo‘nalishi, turini

va to‘lov funktsiyalarini belgilab olib pensiya jamg‘armalari boshqariladi va tashkil

etiladi. Pensiya tizimi kompleks tushuncha asosida tashkil topgan bo‘lib, pensiya

jamg‘armalarining tashkiliy boshqaruvi munosabatlari orqali fuqarolarni moddiy

tomondan pensiya bilan ta’minlash va to‘lash, boshqarma va tashkilotlarning

pensiya ta’minoti munosabatlari orqali yuzaga keladi. Pensiya tizimi davlat

tomonidan tashkil etilgan barcha huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy institutlar

me’yorlari asosida fuqarolarni moddiy ta’minot ko‘rinishidagi nafaqalar bilan

maqsadli ta’minlash xisoblanadi. Pensiya tizimi huquqiy tushuncha bulib, buning

asosida me’yoriy boshqaruv yig‘indilari asosiy uch xil xarakterli jamoaviy

munosabatlar guruxiga ajratiladi18

:

- pensiya jamg‘armasining tashkilot va boshqarma munosabatlari;

- pensiya jamg‘armasining tashkiliy munosabatlari, bunda pensiya

15

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. –T.:. “O‘zbekiston”. 2008,9-bet. 16

Saidov M.X. Ijtimoiy himoya.Atamalar izoxli lug‘ati. -T.: “A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona

nashriyoti”. 2004, 73-bet 17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-dekabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash

va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 18

Marc Whitehead “THE SOCIAL SECURITY DISABILITY PUZZLE” 2010 y. p.36

Page 30: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

30

to‘lovlarining to‘lanishi va boshqa to‘lovlar hisobiga shakllanadi;

- jamiyat a’zolarini pensiya va boshqa pensiya to‘lovlari bilan moddiy

ta’minlash munosabatlari.

Demak, davlat pensiya ta’minoti tizimi yuqorida aytib o‘tilgan hollarda davlat

tomonidan kafolatlangan ijtimoiy ta’minot olishni ro‘yobga chiqarish vositasidir.

Bundan tashqari, har qanday davlatda shunday shaxslar toifasi doimo mavjudki, ular

obyektiv sabablarga ko‘ra (pensiya yoshi, sog‘lig‘i, ishsizlik darajasi kabi), ishlab

chiqarishda ishtirok eta olmaydilar. Shu bois ularni ijtimoiy jihatdan himoyalashni

davlat o‘z zimmasiga oladi, mamlakatda yaratilgan Yalpi ichki mahsulotning bir

qismi ular foydasiga qayta taqsimlanadi.

Pensiya ta’minotining zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng

ko‘lamli islohotlar jarayonida aholi uchun ijtimoiy qiyinchiliklarni yengillashtirish

bilan bog‘liq.

Pensiya tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi:

Birinchidan, fuqorolarni keksalik chog‘ida kambag‘allikdan himoyalash;

Ikkinchidan, mehnat faoliyatining tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan ish

haqi miqdoriga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan

daromadni ta’minlash;

Uchinchidan, bu daromaddan kelajakda turmush darajasining pasayishidan

himoyalanish tarzida foydalanish.

Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:

1. Guruhlar tarzida ishlash: Davlat ijtimoiy siyosati tizimida ijtimoiy

ta’minotning ahamiyatini yoritib bering ;

2. Davlat va fuqaro uchun pensiya bilan ta’minlashning ahamiyati nimada deb

uylaysiz? (savolga har bir talabaning fikrini o’rganib chiqish);

3. Pensiya ta’minoti tizimi evolyutsiyasi haqida so’zlab bering (talabalar bilan

debat usulida suhbat);

4. O’zbekiston Rspublikasida pensiya ta’minoti evolyutsiyasi haqida so’zlab

bering (talabalar bilan debat usulida suhbat).

Mustaqil ta’lim uchun tarqatma malumotlari

1. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyaning mazmunini aniq bilib oling.

2. Davlatning ijtimoiy siyosatining mazmunini bilib oling.

3. Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy siyosat borasida qanday ishlar

amalga oshirilmoqda? Bu haqda ham aniq ma’lumotlarga ega bo’ling.

4. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining davlatning ijtimoiy

siyosatidagi ahamiyatini yoritib bering hamda davlat dasturini ijrosi bo’yicha

ma’lumotlarni to’plang.

Glossariy

Ijtimoiy siyosat (social politics)- jamiyatdagi har bir shaxs hayoti va faoliyati

uchun uning rivojlanishiga yordam beradigan va ijodiy imkoniyatlarining to‘liq

Page 31: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

31

namoyon qilishini rag‘batlantiradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish va saqlab

turishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi;

Passiv ijtimoiy siyosat (passiv social politics) -narxlarni sun’iy ravishda tutib

turish, shuning hisobiga aholi turmush darajasini ma’lum darajada tutib turish yoki

barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga

narxlarni sun’iy ravishda tutib turish natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash

maqsadida dotatsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi;

Aktiv ijtimoiy siyosat (aktiv social politics)- tashabbus ko‘rsatish va

tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berishda, aholi bandligini oshirishda, yangi ish

o‘rinlarni ochishda, aholining nozik qatlamlari bandligini oshirishni

rag‘batlantirishda, pensionerlar, qariyalar, nogironlar, bolalar, ko‘p bolali oilalarni

ijtimoiy muhofazalashda va qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi;

Ijtimoiy himoya (social protection)- o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda

ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga nisbatan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam

shakli bo‘lib, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar,

nafaqalar va imtiyozlarni ko‘zda tutadi;

Ijtimoiy ta’minot (social security) - ma’lum bir kategoriyadagi fuqarolarni

mamlakat rivojlanishining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalarning yuzaga

kelishi natijasida boshqa jamiyat a’zolari bilan ijtimoiy tengligini ta’minlash

maqsadida davlat byudjeti va mahsus ijtimoiy fondlar hisobidan moddiy

ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat ijtimoiy siyosatining shakli hisoblanadi

Page 32: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

32

3-mavzu. Davlat pensiyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Reja:

1. Davlat pensiyalarini tayinlashning ahamiyati

2. Davlat pensiyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

3. Jahonda pensiya tizimlarining modellari

1.Davlat pensiyalarini tayinlashning ahamiyati

Mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan huquqiy islohotlarning asosiy

maqsadlaridan biri-inson manfaatlarini oliy qadriyat sifatida har tomonlama

ta’minlash va muhofaza etishdan iboratdir. Amalga oshirilayotgan ijtimoiy

islohotlarni samaradorligini oshirish hamda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini

takomillashtirish pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishni taqazo qiladi.

Ma’lumki inson uchun birinchi navbatda, uning ehtiyojlar yig‘indisini tashkil

etgan hayotiy muhim manfaatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu ehtiyojlarning

qondirilishi esa har bir fuqaro, jamiyat va davlatning munosib hayot kechirishi va

taraqqiyotini ta’minlovchi omil hisoblanadi.

Inson ushbu ehtiyojlarini mehnat qilish orqali qondirib, bu bilan o‘z turmush

farovonligini oshirib boradi. Shuning uchun bosh qonunimiz sanalmish O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat

layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda

nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”19

ekanligi

belgilab qo‘yilgan.

Davlat mehnatga layoqatsiz barcha fuqarolarni ijtimoiy jamg‘armalar

mablag‘lari hisobidan, pensiya va ijtimoiy nafaqalar orqali Konstitutsiyamizda

mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarini kafolatlaydi. Pensiya ta’minoti tizimi

fuqorolarning turmush darajasi o‘sishini ta’minlash manbai hisoblanadi,

pensiyalarni olish huquqiga esa mehnat qilish orqali erishiladi.

Pensiyaning mohiyatini “pensiya” so‘zi ochib beradi. Pensiya so‘zi lotin

tilidagi “pension” so‘zidan olingan bo‘lib, “to‘lov” ma’nosini anglatadi.20

“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda

pensiya so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan: “pensiya-uni olish huquqi Qonunda

belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga

pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki boquvchisini yoqotganlik munosabati bilan

beiladigan oylik pul to‘lovi”.21

19

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. –T.:. “O‘zbekiston”. 2008,9-bet. 20

Saidov M.X. Ijtimoiy himoya.Atamalar izoxli lug‘ati. -T.: “A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona

nashriyoti”. 2004, 73-bet 21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-dekabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash

va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

Page 33: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

33

1-rasm. Pensiya ta’minoti tizimining maqsadlari22

Pensiya tizimi mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim

qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi kam ta’minlangan fuqarolar va mehnatga

layoqatsiz kishilar hayot darajasini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy

va tashkiliy xarakterga ega kompleks dastur talablarini ijro etishdan iborat. Shu bois

Prezidentimiz tashabbusi bilan istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni

yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich

islohatlar olib borilmoqda. Natijada o‘tgan qisqa davr ichida respublikamizda

aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kafolatlashning kuchli hamda ta’sirchan

mexanizmi yaratildi. Bugungi kunda iktisodiy xayotni pensiya tizimisiz tasavvur

qilib bo‘lmaydi, har bir davlat o‘z pensiya tizimiga ega. Davlat o‘z yo‘nalishi, turini

va to‘lov funktsiyalarini belgilab olib pensiya jamg‘armalari boshqariladi va tashkil

etiladi. Pensiya tizimi kompleks tushuncha asosida tashkil topgan bo‘lib, pensiya

jamg‘armalarining tashkiliy boshqaruvi munosabatlari orqali fuqarolarni moddiy

tomondan pensiya bilan ta’minlash va to‘lash, boshqarma va tashkilotlarning

pensiya ta’minoti munosabatlari orqali yuzaga keladi. Pensiya tizimi davlat

tomonidan tashkil etilgan barcha huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy institutlar

me’yorlari asosida fuqarolarni moddiy ta’minot ko‘rinishidagi nafaqalar bilan

maqsadli ta’minlash xisoblanadi. Pensiya tizimi huquqiy tushuncha bulib, buning

asosida me’yoriy boshqaruv yig‘indilari asosiy uch xil xarakterli jamoaviy

munosabatlar guruxiga ajratiladi23

:

- pensiya jamg‘armasining tashkilot va boshqarma munosabatlari;

- pensiya jamg‘armasining tashkiliy munosabatlari, bunda pensiya

to‘lovlarining to‘lanishi va boshqa to‘lovlar hisobiga shakllanadi;

- jamiyat a’zolarini pensiya va boshqa pensiya to‘lovlari bilan moddiy

22

G.Qosimova,Z.Karimova. Budjetdan tashqari fondlar. O‘quv qo‘llanma. 2009-y. 23

Marc Whitehead “The social security disability puzzle” 2010 y. p.36

Pensiya ta’minoti

tizimining

maqsadlari

davlat tomonidan

fuqarolarni

keksayganda

qashshoqlikdan

himoyalash

pensiya tizimi orqali

fuqaroni turmush

darajasini oshirish

ish haqiga mutanosib

tarzda belgilangan

muayyan miqdordagi

kafolatlangan

daromadni ta’minlash

Page 34: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

34

ta’minlash munosabatlari.

Demak, davlat pensiya ta’minoti tizimi yuqorida aytib o‘tilgan hollarda davlat

tomonidan kafolatlangan ijtimoiy ta’minot olishni ro‘yobga chiqarish vositasidir.

Bundan tashqari, har qanday davlatda shunday shaxslar toifasi doimo mavjudki, ular

obyektiv sabablarga ko‘ra (pensiya yoshi, sog‘lig‘i, ishsizlik darajasi kabi), ishlab

chiqarishda ishtirok eta olmaydilar. Shu bois ularni ijtimoiy jihatdan himoyalashni

davlat o‘z zimmasiga oladi, mamlakatda yaratilgan Yalpi ichki mahsulotning bir

qismi ular foydasiga qayta taqsimlanadi.

Pensiya ta’minotining zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng

ko‘lamli islohotlar jarayonida aholi uchun ijtimoiy qiyinchiliklarni yengillashtirish

bilan bog‘liq.

Pensiya tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi:

Birinchidan, fuqorolarni keksalik chog‘ida kambag‘allikdan himoyalash;

Ikkinchidan, mehnat faoliyatining tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan ish

haqi miqdoriga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan

daromadni ta’minlash;

Uchinchidan, bu daromaddan kelajakda turmush darajasining pasayishidan

himoyalanish tarzida foydalanish.

Xozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib,

davlatning pensiya tizimi bozor sharoitida ijtimoiy muvozanatni saqlab qoluvchi

asosiy omil hisoblanadi. Pensiya tizimini har bir davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanish darajasi va modeliga qarab tashkil etib, takomillashtirib bormoqda.

Pensiya tizimi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining tarkibiy qismi

hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi o‘z ichiga pensiya ta’minotidan

tashqari, nogironlar va ota-onasi qaramog‘ida bo‘lmagan bolalarni ijtimoiy

himoyalashni qamrab oladi. Jamiyatning pensiya tizimi pensiya ta’minoti uchun

xizmat qiluvchi maxsus muassasalar, pensiyani amalga oshirish mexanizmi hamda

shu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak va

vositalarni qamrab oladi.

Pensiya tizimining pirovard vazifasi inson ehtiyojini hamda uning keksalik

chog‘ida himoyalanishga talabini qondirishdir, ya’ni pensiya ta’minotini amalga

oshirish, mehnat jarayonida insonning salomatligi va mehnat qobiliyatini

muhofazalash imkonini beradigan turkum tashkiliy-huquqiy, moliyaviy-tibbiy

chora-tadbirlar yig‘indisidir.

Page 35: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

35

2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimi24

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan

kuchli ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi ham shundaki, bu siyosat

fuqorolarning pensiya ta’minoti tizimining doimiy takomillashtirib borilishini

taqazo etmoqda. Bu borada so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunchilik xujjatlari,

farmonlar va qarorlar aholining keksa yoshdagi fuqarolar hamda ijtimoiy

muhofazaga muxtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning turmush

faoliyatini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Jahon amaliyoti tajribalaridan shu ma’lumki, pensiya ta’minoti tizimi uchta

pensiya ta’minoti tizimiga ajratilgan. Buni 3-rasm orqali ko‘rish mumkin.

3-rasm. Pensiya ta’minoti tizimi

25

24

Amaldagi qonunchilikga asosan talaba tomonidan mustaqil tuzildi 25

Marc Whitehead “The social security disability puzzle” 2010 y. p.45

Davlat majburiy

pensiya ta’minoti

tizimi

Ixtiyoriy ravishda amalga

oshiriluvchi jamg’arib

boriladigan pensiya

ta’minoti tizimi

Korparativ

pensiya ta’minoti

tizimi

Pensiya ta’minoti tizimi

O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti

tizimi

Davlat pensiya ta’minoti tizimi

– fuqarolarning qonunchilikda

belgilangan keksalik yoshiga

etganida, nogironlik tufayli

mehnat layoqatini

yo‘qotganida, shuningdek,

boquvchisidan mahrum

bo‘lganida va qonunda nazarda

tutilgan boshqa hollarda

pensiya ko‘rinishida moddiy

ta’minot berish maqsadiga ega

bo‘lgan iqtisodiy institutlar va

me’yoriy-huquqiy hujjatlar

yig‘indisi

Fuqarolarning jamg‘arib

boriladigan pensiya

ta’minoti tizimi – fuqarolarni

shaxsiy jamg‘arib

boriladigan pensiya hisob

varag‘laridagi jamg‘arlardan

davlat pensiyasiga

qo‘shimcha ravishda pul

jamg‘arlari bilan ta’minlash

maqsadiga ega bo‘lgan

iqtisodiy institutlar va

me’yoriy-huquqiy hujjatlar

yig‘indisidan iborat.

Page 36: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

36

Pensiya ta’minoti tizimi o’zining vazifalaridan kelib chiqqan holda to’rtta

funktsiyani bajaradi:

4-rasm. Pensiya ta’minoti tizimining funktsiyalari26

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti davlatlarida pensionerlarni ijtimoiy

jihatdan himoya qilish vazifasi an’anaviy ko’rinishda hal qilinadi. Fuqaroni pensiya

huquqlarining aksariyat qismi u tomonidan mustaqil ravishda ishlab topiladi. Agar

qonun asosida o’rnatilgan pensiya minimumini ta’minlash uchun mablag’

yetishmasa davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarning

amaliyoti ko’rsatishicha, sug’urta mezoni sifatida ishlovchiga qarilikda aholi

turmush darajasini saqlash imkonini beradigan yo’qotilgan ish haqini qoplash

darajasi qabul qilingan. Shu maqsadda u yoki bu ko’rinishdagi, uni iqtisodiy va

ijtimoiy mazmunini o’zgartirmaydigan qoplash koeffitsienti qo’llaniladi. Ushbu

ko’rsatkichning o’zgarishi har bir mamlakatning tarixan shakllangan xususiyatlari

va iqtisodiy imkoniyatlari asosida sodir bo’ladi. Xalqaro mehnat tashkilotining

tavsiyasiga ko’ra qoplash koefffitsientining minimal miqdori yo’qotilgan ish haqini

40% ga teng bo’lishi kerak. Har bir pensionerga 5-6 ishlovchi to’g’ri kelishi va

to’lovlar pensiya tizimidagi «avlodlar birdamligi» tamoyiliga asoslangan bo’lishi

kerak. Shu bilan bir qatorda taraqqiy etgan mamlakatlar jamg’ariladigan pensiya

tizimi va korporativ pensiya fondlariga qo’shimcha to’lovlarni joriy etish hisobidan

ishlovchilarni mehnat daromadlarini qoplash koeffitsienti miqdorini keskin

oshirdilar.

Pensiya ta’minot sohasidagi qonunchilik tizimi isloh etilar ekan, fuqarolarni

pensiyalar bilan ta’minlanishida ularning jamiyat boyliklari ko’payishiga qo’shgan

shaxsiy hissasini hisobga olish, mehnat staji miqdori va sifati, mehnat

sharoitlarining zararli va noqulayligi to’liq hisobga olinishi, shu bilan birga texnika 26

Muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi

Pensiya ta’minоti tizimining funktsiyalari

Makrоiqtisоdiy

funksiyasi – milliy

iqtisоdiyot va

jamiyatda ijtimоiy va

makrоiqtisоdiy

barqarоrlikni

ta’minlash.

Siyosiy funksiyasi –

ahоli qatlamlari оrasida

ijtimоiy barqarоrlikni

ta’minlash.

Iqtisоdiy funksiyasi

– ishlayotganlar va

meхnatga

layoqatsizlar, yosh

va keksa avlоdlar,

ko’p va kam

darоmadli ahоli

qatlamlari

o’rtasidagi qarama –

qarshiliklarni

bartaraf qilish.

Ijtimоiy funksiyasi –

yaratilgan YAIMni

ijtimоiy adоlat tamоyili

asоsida fuqarоlarga

taqsimlash.

Page 37: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

37

va texnologiyalarda yuz bergan tub o’zgarishlar tufayli zararsiz hamda mehnat

sharoitlari qulay va xavfsiz bo’lib qolgan joylarda mehnat qilayotgan shaxslarning

eski norma va qoidalarga ko’ra asossiz pensiya imtiyozlari olishlariga yo’l

qo’yilmasligi zarur bo’lib, bu ijtimoiy adolatni ta’minlash, tadbirkorlar huquqlarini

himoyalashning muhim shartlaridan sanaladi.

O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan hozirgi qonunchiligimizda

pensiya ta’minoti uchun ikki asosiy talab qo’yilgan:

1. Fuqarolarga pensiya ta’minoti huquqini beruvchi shartning mavjudligi (bu

pensiya yoshiga to’lish, turli sabablarga ko’ra nogiron bo’lib qolish, boquvchisini

yo’qotish);

2. Pensiya olishga ariza bergan fuqarolar uchun zarur ish stajining mavjud

bo’lishi.

Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga

ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi: yoshga doir

pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi. Respublika

hududidan tashqarida yashab turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolarini

pensiya bilan ta’minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga

oshiriladi. Ish stajiga ega bo’lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga

binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emas, ularning ijtimoiy ta’minot

tartibini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

“Bugungi kunda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 2 million 873

mingdan ko‘proq kishini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘rtacha

yoshi 1990 yildagi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 75,8 yoshga etdi.

Ayni paytda yurtimizda 225 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8

ming 700 nafar – 100 yoshdan oshgan tabarruk qariyalar yashamoqda. Ular orasida

3 ming 109 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 69 ming 994 nafar front ortida

mehnat qilgan insonlar bor”27

. Shu munosabat bilan “keksalarga g‘amxo‘rlik

ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish

uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va

me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug‘ insonlarga davlat

xizmatlari ko‘rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish”28

bilan bog‘liq

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar mamlakatimiz

pensiya ta’minoti tizimi zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda.

Fuqarolarning keksaygandagi hayot faoliyati daromad manbalari va ularning

barqarorligi kabi jiddiy muammolar bilan bog‘liq bo‘ladi. Kishilik taraqqiyoti

davomida insonlar keksaygan sari, to‘laqonli mehnat qilish qobiliyatini yo‘qota

borgan sari kambag‘allikka duchor bo‘la boshlagan, farzandlarining qo‘liga tobora

27

Prezident I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlangan

tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi.// 06.12.2014. 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi

to‘g‘risida”gi PQ-2302-sonli Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 8-son, 91-modda.

Page 38: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

38

ko‘proq qaram bo‘la boshlagan. Farzandlarning o‘zi ham o‘z tirikchiligini o‘tkazish,

hayot uchun kurashish yo‘lida ish qidirib bir joydan boshqa joyga sarson bo‘lishga

majbur bo‘lganda, qariyalarining ahvoli undan-da yomonlashgan. Agrar ishlab

chiqarishga asoslangan jamiyatlarda keksaygan jamiyat a’zolarining ahvoli hozirgi

kunlarda ham ayanchliligicha qolmoqda.

2.Davlat pensiyalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

Agar yuz yil oldingi tarixga nazar tashlasak, xatto sanoati rivojlangan

mamlakatlarda ham mehnatkashlarning kamdan-kam qismi mehnat faoliyatini

to‘xtatgandan keyin ishonchli daromadga ega bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi

kambag‘allikka duchor bo‘lishdan qo‘rqib, imkoni boricha uzoqroq ishlab qolishga

harakat qilgan. Nogiron bo‘lib qolish yoki boquvchisini yo‘qotish kabi hayotiy

hodisalar esa ularning kambag‘allik yoki birovga qaramlikka mahkum bo‘lish

ehtimolini yanada kuchaytirgan. Shu sababli eng ommaviy va moliyaviy

oqibatlariga ko‘ra eng og‘ir ijtimoiy havf-xatarning - qarilik, nogironlik,

boquvchisini yo‘qotish havf-xatarining mavjudligi pensiya dasturlarining

shakllanishiga olib keldi.

Natijada XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida ko‘pchilik sanoati

rivojlangan mamlakatlarda milliy pensiya tizimlarining shakllanish jarayoni kishilik

taraqqiyoti tarixiga muhim bosqich bo‘lib kirdi. Shu davrdan boshlab “qarilik – bu

kambag‘allik, nochorlik” degan tushunchalar birmuncha eskirdi. Bundan tashqari,

ko‘pchilik mamlakatlarda fuqarolar mehnat faoliyatini tugatgandan keyin ham

normal hayot faoliyatini kechirish uchun etarlicha moddiy ta’minlanish imkonini

beradigan pensiyalarga ega bo‘ldilar. Ularning moddiy ta’minot darajasi xatto ayrim

ishlovchi, lekin ko‘p bolali yosh mehnatkashlardan ham ko‘ra yuqoriroq bo‘la

boshladi.

“Pensiya” so‘zining o‘zi lotincha “pension” so‘zidan olingan bo‘lib, mehnat

qobiliyatini, va demak, ish haqi ko‘rinishidagi daromad manbaini yo‘qotganda,

qarilikda, nogironlikda yoki boquvchisini yo‘qotganda moddiy ta’minlash uchun

muntazam to‘lanishi mo‘ljallangan pullik to‘lov ma’nosini anglatadi. Shundan kelib

chiqqan holda, pensiya tizimi deganda mamlakat fuqarolarini ma’lum yoshga

etganda, nogironlikda, boquvchisini yo‘qotganda moddiy jihatdan ta’minlash bilan

bog‘liq bo‘lgan huquqiy, moliyaviy, tashkiliy munosabatlar, shuningdek, maxsus

ixtisoslashgan tashkiliy tuzilmalar yig‘indisi tushuniladi.

Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki

yondoshuv asos bo‘lib xizmat qilgan: birinchi yondoshuvga ko‘ra, pensiya tizimiga

tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa,

ikkinchi yondoshuv bo‘yicha pensiya - ish haqining zaxiralanuvchi qismi bo‘lib,

sug‘urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga monand

moddiy ta’minotga ega bo‘lishni kafolatlaydi.

Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki

yondoshuv asos bo‘lib xizmat qilgan: birinchi yondoshuvga ko‘ra, pensiya tizimiga

tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa,

Page 39: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

39

ikkinchi yondoshuv bo‘yicha pensiya - ish haqining zaxiralanuvchi qismi bo‘lib,

sug‘urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga monand

moddiy ta’minotga ega bo‘lishni kafolatlaydi.

Pnsiya ta’minotining rivojlanishi jarayonida har ikkala maqsad uyg‘unlashib

ketdi, universal pensiya tizimlari sug‘urtaviy tizimlar bilan to‘ldirildi, sug‘urtaviy

tizimlar esa minimal kafolatlarni o‘z ichiga ola boshladi. Shunday qilib,

pensiyalarning ikkiyoqlama tabiati nafaqat umumqabul qilindi, balki deyarli barcha

rivojlangan pensiya tizimlarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Pensiyalarning ikkiyoqlama xarakteri shunda namoyon bo‘ladiki, birinchidan,

pensiya kambag‘allikdan himoyalab, pensiya daromadining minimal darajasini

kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma’lum belgilangan sug‘urta holatlari yuzaga

kelganda ish haqining o‘rnini bosadi, ya’ni yo‘qotilgan daromadni yoki uning ko‘p

qismini kompensatsiyalaydi.

Aksariyat pensiya tizimlarining asosini, ularning institutsional tuzilishi yoki

qo‘llaniladigan moliyaviy mexanizmlaridan qat’iy nazar, ijtimoiy pensiya

sug‘urtasi tamoyillariga qurilgan pensiya dasturlari tashkil qiladi.

O‘zining ijtimoiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra, pensiya sug‘urtasi

mehnatkashlar tomonidan yakka va jamoaviy tarzda o‘z joriy daromadlarining bir

qismini boshqarish va nazoratning sug‘urtaviy va davlat mexanizmlari (qonuniy,

tashkiliy va moliyaviy) yordamida zaxiralashdan iborat.

Kelgusidagi sug‘urtaviy pensiyaning miqdori qator omillarga bog‘liq

ekanligini alohida ta’kidlash lozim, bular:

- sug‘urta stajining davomiyligi;

- sug‘urtalanadigan ish haqining miqdori;

- sug‘urta tarifining katta-kichikligi;

- kelgusidagi to‘lovlar davrining davomiyligi.

Shuning uchun pensiya sug‘urtasining moliyaviy mexanizmini ishlab

chiqishda shunday hisob-kitoblar tizimi qo‘llaniladiki, ular sug‘urtalangan va

pensiyaga chiqayotgan fuqaro guruhlari oldida yuzaga kelgan majburiyatlarni

kelgusidagi to‘lovlar davri mobaynida muntazam ravishda bajarish (pensiyalarni

to‘lab borish) uchun etarli bo‘lishini ta’minlashi kerak. Bu vazifani bajarish ancha

qiyin ekanligini e’tirof etish lozim, chunki u oldindan aniqlash qiyin bo‘lgan qator

omillarga bog‘liq: sug‘urta badallarini to‘lab borish (30-50 yil) va pensiya olish (20-

30 yil) davrlarining davomiyligi, bu davrda mehnat haqi va inflyatsiya darajasida

jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, pensionerlar va ishlovchilarning ham absolyut

miqdori, ham bir-biriga nisbatlari sezilarli o‘zgarishi mumkin.

Pensiya to‘lovlarini taqdim etish shartlari va me’yorlarining, mamlakatdagi

demografik va iqtisodiy ahvolning pensiya tizimlarining moliyaviy holatiga ta’sirini

o‘lchash va baholash maqsadida bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, ular o‘z

navbatida pensiya tizimi moliyaviy mexanizmlarini tushunish va tizimning

kelgusidagi daromad va xarajatlarini baholashga yordam beradi.

Qamrov koeffitsienti (K1) sug‘urtalangan aholi ulushini hamda sug‘urtaga

tortilgan mehnat haqi daromadlari darajasini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich bo‘lib,

Page 40: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

40

pensiya tizimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoyaning

samaradorligini belgilash imkonini beradi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi formula bilan

ifodalash mumkin:

K yoki K (1.1)

Formuladan ko‘rinib turganidek, sug‘urta bilan qamrab olingan aholi soni

(yoki aholi daromadlari) qancha ko‘p bo‘lsa, K1 koeffitsient 1 ga shuncha yaqin

bo‘ladi va pensiya tizimining ijtimoiy himoya qilish samaradorligi shuncha yuqori

bo‘ladi.

Bosim koeffitsienti (K2) pensiya va nafaqalar oluvchilar sonining

sug‘urtalangan (real sektorda ishlovchi) aholining umumiy sonidagi ulushi kabi

aniqlanadi. Uning sondagi ifodasi pensiya yoki nafaqalarni olish huquqini beruvchi

shartlarga, shuningdek, mehnat staji hamda aholining yosh tarkibiga (yoshga doir

pensiyalar bo‘yicha) bog‘liq bo‘ladi:

K (1.2)

Masalan, O‘zbekistonda bosim koeffitsienti quyidagi ko‘rsatkichlar bilan

xarakterlanadi: 1992 yilda 1 pensionerga - 3,7 ishlovchi, 2001 yilda - 3,4 ishlovchi

to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 3,9 ni tashkil qilmokda29

. Pensionerlar

ulushining ko‘payishi bilan pensiya jamg‘armalariga mablag‘ to‘lab boradigan

mehnatga qobiliyatli aholi salmog‘i qisqaradi, buning natijasida esa pensiya

jamg‘armasi zimmasiga pensiyalar to‘lash xarajatlarining benihoya og‘ir yuki

tushadi.

Pensiyaning absolyut miqdori – pensiyaning pul birligida ifodalangan miqdori

bo‘lib, odatda bu miqdor pensiya oluvchining yashash minimumi bilan solishtiriladi

va pensionerning moddiy ahvolini belgilab beradi. Bu ko‘rsatkich pensiyaning xarid

qobiliyatini ko‘rsatadi hamda pensionerning muhtojlik darajasini belgilab beradi,

uning miqdoriga qarab mahalliy va markaziy boshqaruv darajasida pensionerlarga

yordam berish uchun zarur resurslar hajmi aniqlanadi, yordamning miqdori va

ko‘lamlari belgilanadi. Qoplash koeffitsienti – individual sug‘urta to‘lovlari o‘rtacha

darajasining o‘rtacha mehnat haqi darajasiga nisbatini ifodalaydi.

1 - jadval

Pensiya tizimlarini tavsiflovchi mezonlar tarkibi30

Tartibga solish

sohasi Mezonlar turlari

29

“Pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya

materiallari to‘plami. – T.:Universitet. 2014. 30

Borisenko N.Yu. Pensionnoe obespechenie. Uchebnik. M.: Dashkov i K*. 2009. 32-betdan tarjima.

Page 41: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

41

Pensiyalarni

tayinlash va

to‘lash shartlari

- pensiya yoshi, sh.j. ayollar va erkaklar uchun.

- sug‘urta staji, sh.j. ayollar va erkaklar uchun.

- ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘lash tartibi

- muddatidan oldin pensiyaga chiqish tartibi

Pensiya

miqdorini

hisoblash tartibi

- pensiya ta’minotining kafolatlangan me’yorlari

(pensiyalarning eng kam miqdori, sh.j. sug‘urtaviy va

ijtimoiy pensiyalar bo‘yicha)

- o‘rtacha pensiya miqdorining o‘rtacha ish haqi miqdoriga

nisbati

- ish haqi miqdorini hozirgi kun darajasiga renlashtirish

tartiblari

- pensiyani hisoblash va sug‘urta badallarini undirishda

qabul qilinadigan ish haqining yuqori darajasi

Moliyaviy

jihatdan

ta’minlanishi

- asosiy ijtimoiy subyektlarning (ish beruvchilar,

ishlovchilar, davlat) pensiya tizimini moliyaviy jihatdan

ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari

- ijtimoiy pensiyalarga xarajatlar miqyosi

- taqsimlanadigan, jamg‘arib boriladigan va aralash

pensiya tizimlarida moliyaviy ta’minot manbalarining

tarkibi va tuzilishi

- o‘rta va uzoq istiqbolda pensiya tizimi xarajatlarining

YaIMdagi ulushi

Pensiya

tizimlarini

shakllantirish

uchun sharoitlar

va uning qiymati

- mamlakatning iqtisodiy va demografik rivojlanish

istiqbollariga bog‘liq ravishda pensiya tizimlarini

shakllantirish bosqichlari

- pensiya sug‘urtasi to‘lovchilar bilan pensionerlar sonining

nisbati

- moliyaviy institutlarni yaratish bosqichlari

- sug‘urta rezervlarini shakllantirish darajasi

Boshqaruv

organlari

- boshqaruv organlarining tuzilishi

- ijroiya organlarining tarkibi

- nazorat qiluvchi organlarning tarkibi va vakolatlari

Bu ko‘rsatkichning iqtisodiy ma’nosi shundaki, pensiya miqdori xodimning

oldin olib yurgan ish haqisining qancha qismini qoplay olish darajasini ifodalaydi.

Har bir mamlakatda u yoki bu pensiya modeli asosida milliy pensiya tizimlari

shakllangan bo‘ladi. Pensiya tizimining modeli uning moliyaviy jihatdan tashkil

etilishini hamda mamlakat fuqarolarini qarilikda moddiy jihatdan ta’minlash bilan

bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi.

Turli pensiya tizimlarini tahlil qilish ularning elementlari va xususiyatlarini

muhim belgilariga ko‘ra guruhlash imkonini beradi (1 - jadval). Turli pensiya

tizimlari ana shu belgilariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.

Page 42: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

42

Umuman olganda, mamlakatda aholining pensiya ta’minoti darajasi ustuvor

ravishda ikkita omilga bog‘liq: ijtimoiy himoya tizimining qay darajada

rivojlanganligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Har ikkala omil,

shuningdek, pensiya ta’minoti darajasi mamlakatdagi tarixiy, madaniy, iqtisodiy va

ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi.

Pensiya tizimlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

- aholini maksimal darajada pensiya tizimiga qamrab olish;

1- rasm. Pensiya tizimlarining mazmuni va tashkil etishning asosiy

tamoyillari31

- pensiya yukini (og‘irligini) pensiya tizimi subyektlari – ish beruvchilar va

ishlovchilar o‘rtasida adolatli taqsimlash;

- barcha sug‘urtalanuvchilarni qarilikda yoki nogironlikda o‘z xohishi bilan

yoki majburan pensiyaga chiqishi natijasida yo‘qotayotgan daromadining katta

qismini qoplash orqali mablag‘ bilan ta’minlash;

31

Tadqiqotlar natijasida muallif tomonidan tuzildi.

Pensiya tizimlari

mamlakat fuqarolarini ma’lum yoshga etganda, nogironlikda, boquvchisini

yo’qotganda moddiy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan huquqiy, moliyaviy,

tashkiliy munosabatlar, shuningdek, maxsus ixtisoslashgan tashkiliy tuzilmalar

yig’indisi

tashkil etishning asosiy tamoyillari aholini maksimal darajada

pensiya tizimiga qamrab

olish

qarilikda yoki nogironlik-

da yo’qotayotgan daroma-

dini mablag’ bilan

ta’minlash

pensiya yukini pensiya

tizimi subyektlari o’rtasida

adolatli taqsimlash

etarli mehnat stajiga ega bo’lmagan fuqaro toifalari,

boquvchisini yo’qotgan fuqarolarni

kambag’allikdan ijtimoiy himoya qilish

inflyatsiya, ish

haqlarining oshishi

va hayot sifatining

ko’tarilishi kabi

omillarni hisobga

olgan holda

pensiyalarni

indeksatsiya qilish

Page 43: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

43

- talab qilingan etarli mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqaro toifalarini,

shuningdek boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarni kambag‘allikdan ijtimoiy himoya

qilish;

- inflyatsiya, ish haqlarining oshishi va hayot sifatining ko‘tarilishi kabi

omillarni hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish.

Yuqoridagi tamoyillarning bajarilishi uchun pensiya tizimlari iqtisodiy

maqbullikni, individual adolatni va ijtimoiy samarani ta’minlashi kerak.

Iqtisodiy maqbullik va samaradorlik sug‘urta yukini sug‘urta badallarini (yoki

yagona ijtimoiy to‘lovni) to‘lovchilar bilan pensiya oluvchilar o‘rtasida oqilona va

adolatli taqsimlashni nazarda tutadi.

Individual adolat pensiya sug‘urtasi bilan sug‘urtalangan shaxsning pensiya

tizimini moliyalashtirishda ishtirok etish ko‘lamlari bilan uning pensiya olishga

bo‘lgan huquqlarining ekvivalentligi yoki aniq bog‘liq bo‘lishi bilan ifodalanadi.

Ijtimoiy samaraga erishish uchun pensiya tizimi nafaqat undagi ishtirokchiga

minimal kafolatlarni ta’minlab berishi (minimal pensiyalar), balki barcha

pensionerlarga munosib yashash darajasini ta’minlashi zarur.

Ko‘pchilik pensiya tizimlaridagi islohotlar aynan iqtisodiy samaradorlikka

erishishga qaratilmoqda va bundan ko‘p hollarda ijtimoiy samaraga putur etmoqda.

Iqtisodiy samaradorlik sug‘urta to‘lovlarini to‘lovchi faol aholi bilan pensiya

oluvchi aholi o‘rtasida shunday qayta taqsimlashni nazarda tutadiki, mablag‘larning

bunday qayta taqsimoti ishlovchi aholiga og‘ir yuk bo‘lib yotmasin, shu bilan birga,

pensiya to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan joriy va kelgusidagi majburiyatlarni bajarish

uchun etarli mablag‘larni ta’minlay olsin. Boshqacha aytganda, pensiyalar bo‘yicha

sug‘urta tarifining miqdori yoki ijtimoiy soliq bo‘yicha soliqqa tortish stavkasi

pensiya tizimi moliyaviy majburiyatlarini qoplash uchun etarli darajada belgilanishi,

ammo iqtisodiy o‘sishga va mehnat unumdorligining oshishiga halaqit beradigan

hamda milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini pasaytiradigan darajada yuqori

bo‘lmasligi zarur.

Pensiya ta’minoti milliy g‘oyani aks ettiradi hamda milliy iqtisodiy siyosat

markazida turadi. Oxirgi o‘n yilliklar mobaynida ko‘p mamlakatlar o‘zlarining

amaldagi pensiya tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitlarining

o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan isloh qilish zarurati bilan to‘qnash kelmoqdalar.

3. Jahonda pensiya tizimlarining modellari

Hozirgi paytda dunyoda pensiya tizimi tarixi XVIII-XIX asrlardan, davlat

xizmatchilarining alohida kamsonli guruhlarining davlat pensiya ta’minotidan,

mamlakatning barcha fuqarolarini qamrab oluvchi pensiya mexanizmiga o‘tish

davridan boshlab o‘rganiladi. Bunda ayniqsa Yevropa mamlakatlari – Fransiya,

Buyuk Britaniya va Germaniyalar ilg‘or sanaladi. Birinchi pensiya ta’minoti

Fransiyaning harbiy dengiz floti ofitserlari uchun 1673-yilda joriy etilgan. Buyuk

fransuz revolyutsiyasi davrida, 1790-yilda davlat xizmatchilari bo‘lgan, 30 yillik

stajga ega bo‘lib, 50 yoshdan oshgan fuqarolarning pensiyalari to‘g‘risida qonun

qabul qilingan. Ilk keng ko‘lamli pensiya tizimi kansler Otto Fon Bismark

islohotlari tufayli paydo bo‘lgan U sekin asta amaliyotga tadbiq etilib, avvaliga

Page 44: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

44

bemorlar va nogironlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni (1884 y), keyinchalik esa

umumiy pensiya ta’minotini ko‘zda tutgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH)da

esa bunday tizim ancha kechroq, ya’ni 1935-yilda Ruzvelt tomonidan “Ijtimoiy

himoya akti” imzolanganidan keyin, Buyuk Britaniyada 1908-yilda, Fransiyada esa

1910-yilda tashkil etilgan.32

Birinchi, xususiy sektorda band bo‘lganlarni davlat tomonidan yoshga doir

pensiya bilan ta’minlash tizimi 1889-yilda Germaniyada tashkil etilgan. Bu ishga

Germaniyaliklar ijtimoiy sug‘urtalashni majburiy badallarga asoslagan holda

yondoshganlar. Ish beruvchilar va ishchilar uni moliyalashirish uchun mablag‘lar

ajratishi ya’ni badallar to‘lashi lozim bo‘lgan. Germaniyada amalga kiritilgan tizim

faoliyati, gildiyalar va ishchilar birlashmalari tashkil etgan ixtiyoriy o‘zaro yordam

fondlarining amaliyotiga tayangan edi. Yangi tizimdagi pensiya huquqi avval

to‘langan badallarga asoslangan. 1891-yilda Daniya va 1898-yilda Yangi Zelandiya

muhtoj aholi qatlamiga maqsadli yordam berishga yo‘naltirilgan pensiya tizimini

amalga kiritdi. Bu tizim umumiy soliq daromadlari hisobiga moliyalashtirilib,

ehtiyojlarni aniqlashni mo‘ljallangan va to‘lovlarning qat’iy miqdorini kafolatlagan.

Bu tizimlar ko‘proq muhtoj aholi qatlamiga oid an’anaviy qonunchilikdan kelib

chiqqan. Keyingi yillarda ko‘pchilik g‘arbiy Yevropa mamlakatlari german modeli

bo‘yicha pensiya sug‘urtasi tizimini shakllantirdi, anglisakson mamlakatlar

(AQSHdan tashqari) va shimoliy Yevropa davlatlari esa ko‘proq Daniya va Yangi

Zenlandiya yo‘lini tanladi. Bu tizimlar turli masalalarni hal qilgan. Germaniya

modeli ishlovchilarning pensiyaga chiqqanidan so‘ng mavjud ijtimoiy holatini

saqlashga moslashtirilgan. Daniya modeli esa (Angliyada tadbiq etilgan) –

muhtojlikni cheklashga qaratilgan.

XX asrda jahon davlatlari pensiya tizimlarining asta sekin yaqinlashuvi ro‘y

beradi. Sug‘urta badallariga asoslangan tizimlarda avvalgi to‘lovlardan qat’iy nazar,

minimal pensiya kafolatlandi. Budjet daromadidan moliyalashtiriladigan, barchaga

teng bo‘lgan pensiya miqdoriga asoslangan mamlakatlarda ehtiyojlarni aniqlash

nazorati bekor qilindi. Buyuk Britaniyada qat’iy minimal pensiyalarga qo‘shimcha

ravishda majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimi kiritildi.

1920-yillarda AQSHda shtatlar hukumati muhtojlilik belgilariga asoslangan

pensiya tizimlarini qo‘llashni boshlashdi. 1934-yilga kelib bu tizim 28ta shtatda

mavjud edi. 1935-yilda AQSHda pensiya sug‘urtasining federal tizimi joriy etildi.33

Unga ko‘ra Federal pensiya fondi Social Security tashkil etildi.

Shu yili Xalqaro Mehnat tashkiloti migrantlarning huquqlarini mustahkamlash

maqsadida, qarilik, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalariga oid

qonunlarning koordinatsion, ya’ni, o‘zaro muvofiqlashtirilgan tizimini yaratish

tashabbusi bilan chiqadi.

Pensiya dasturlarining o‘ziga xos belgilaridan biri – ularning vujudga kelishi

bosqichida siyosiy ommabopligi edi. Bu tushunarli: pensiyaga chiquvchi ishchilar

o‘tgan mehnat staji davomida, ularning pensiya to‘lovlarini ta’minlovchi badallarni

32

Fedotov A.I. Istoriya vozniknoveniya pensionnix sistem v zarubejnix stranax. 2007 y. 33

Sorokina E.G. Zarubejniy opit modelirovaniya pensionnoy sistemi. M., 2009.

Page 45: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

45

to‘liq miqdorda to‘lashmagan. Ularning pensiya to‘lovlari og‘irligi kelgusi ishchilar

avlodi zimmasiga tushgan. Biroq qariyalar ulushi kam bo‘lgan yosh industrial

jamiyat uchun bu jiddiy muammoga sabab bo‘lmagan.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi arafasida deyarli barcha industrial davlatlar

o‘z pensiya ta’minoti tizimiga ega bo‘lsada, ularning ko‘pchiligida pensiya tizimi va

pensiya to‘lovlari bilan ta’minlangan aholi ulushi chegaralangan edi. Ikkinchi jahon

urushidan keyingi o‘n yillik, ko‘plab rivojlangan davlatlarda qoplanish darajasining

oshishi va pensiya to‘lovlarining ommalashuvi davri bo‘ldi. Shuningdek bu davrda

pensiya ta’minotiga oid qonunchilik bazasi takomillashib bordi. 1962-yilda Xalqaro

Mehnat tashkiloti tomonidan №118-sonli “Mamlakat fuqarosi, chet ellikllar va

fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning teng huquqliligi to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul

qilindi. Unda ijtimoiy ta’minot sohasidagi teng huquqlilik tamoyili o‘rnatildi. Bu

konvensiyani ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat tashkiloti a’zolari o‘z hududlarida

Xalqaro Mehnat tashkilotiga a’zo boshqa davlat fuqarolarini, shuningdek qochoq va

fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni 1952-yilda №102-sonli konvensiya bilan

kafolatlangan ijtimoiy ta’minlanish huquqlarini, o‘z fuqarolari bilan bir qatorda

ta’minlash majburiyatini olganlar. 1965-yilda №48-sonli konvensiya qabul qilindi.

Unga ko‘ra aniq bir shaxsning mehnat faoliyati bir necha mamlakatlarda amalga

oshirilgan bo‘lsa, bu holda har uch turdagi pensiyadan birini olayotganda

aniqlanadigan mehnat staji davrlari yig‘indisi qanday hisoblanishi masalalarini

tartibga solish imkoniyati vujudga keldi. Bu masalalar yanada batafsil qilib 1982-

yilda imzolangan №157-sonli konvensiyada ishlab chiqilgan.

Jahon tajribasini tahlil qilsak, XIX–XX asrlarda turli pensiya ta’minoti

modellari aks etgan ikkita bazaviy nazariy-uslubiy yondoshuvlar shakllangan.34

Birinchisi, davlat pensiya tizimi ishtirokchilarining daromadini minimal

darajada ta’minlashni kafolatlash zaruratiga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi,

sug‘urtalangan ishchining daromadini, uning ish haqining ma’lum bir qismini

rezervlab qo‘yish xisobiga, pensiyadan oldingi daromadi bilan solishtirib, o‘sha

darajada saqlab qolishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ular turli yillarda shakllangan

O.Bismark va U.Beveridj tamoyillari asosida qurilgan.

Bismark modeli, “avlodlar birdamligi” tamoyili asosida qurilgan bo‘lib,

birinchi marta 1889-yilda Germaniyada joriy qilingan. Uning negizi – taqsimlovchi

mexanizmga asoslangan: ishlovchi fuqoro (bo‘lajak pensioner)lardan kelib

tushuvchi barcha joriy to‘lovlar ya’ni badallar, “bugungi” pensionerlarning pensiya

ta’minoti to‘lovlari uchun sarflanadi.

Bismark konsepsiyasi ko‘plab dunyo mamlakatlari tomonidan amaliyotda

qo‘llab quvatlangan. Unga ko‘ra pensiya badallari ko‘rinishida fondga to‘lanuvchi

pul mablag‘lari, fond mulki sifatida, tasdiqlangan “Fond mulkini joylashtirish

yo‘nalishlari normativlari”ga muvofiq investitsion loyihalarga joylashtiriladi.

Investitsiyasdan kelgan foyda, fondning pensiya ko‘rinishidagi to‘lovlarini to‘lash

manbasi bo‘lib hisoblanadi. Bu model haligacha ko‘plab davlatlarda amal qiladi

34

M.M. Aranjereev, I.Yu. Orlova "Negosudarstvennie pensionnie fondi", M., 2012.

Page 46: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

46

(1.2-rasm). Bismark modeli doirasida qo‘shimcha pensiya ta’minoti rejimlari

mavjud bo‘lib, ular jamg‘arish tamoyillariga asoslangan, biroq ular unchalik ham

rivojlanmagan. Pensiya yig‘indisi o‘rtacha ish haqining 70 foizini tashkil qiladi.

Bismark modeli xususiyatlari quyidagilardan iborat:

- Maqsadi – majburiy pensiya sug‘urtasi yordamida ishlovchining hayot

darajasi va sifatini saqlash (qoplash koeffitsienti 60-70%);

- Tizimni moliylashtirishda ishlovchi ishtirokining yuqori darajadaligi;

- Ixtiyoriy pensiya rejalarining mavjudligi (qoplash koeffitsienti 10-20%);

- Umumiy qoplash koeffitsienti 90%;

- YaIM dagi ish haqi hajmi 45-50% atrofida;

- Majburiy pensiya sug‘urtasiga rezervlanadigan mablag‘lar ulushining

yuqoriligi (YaIM 10-15 foiz);

- Qo‘shimcha (nodavlat) korporotiv pensiya sug‘urtasi (YaIM 2-3 foiz).

- Pensiya tizimida davlatning roli minimallashtirilgan.

Beveridj modeli davlat tomonidan barcha aholi uchun oldindan belgilangan va

minimal pensiya bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Ushbu tizim doirasida davlatlar

orasidagi farq asosan minimal pensiya miqdori summasida bo‘lishi mumkin.

Tizimni moliyalashtirish manbasi maxsus “ijtimoiy” soliq hisoblanadi. Biroq,

bazaviy pensiya miqdori mehnat faoliyati davri mobaynida erishilgan hayot

darajasiga umuman mos kelmasligi sababli, qo‘shimcha pensiya ta'minoti turlari

keng tarqalgan. Beveridj “Qo‘shimcha pensiya dasturlari doimo jamg‘arish tamoyili

asosida quriladi, biroq barcha mamlakatlar uchun yagona “xususiy pensiya fondlari”

modeli mavjud emas” deb hisoblagan.

Beveridj modeli 1942-yilda Angliyada ijtimoiy himoya tizimi ko‘rinishida

ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan. Bugungi kunda Buyuk Britaniya pensiya

tizimi davlat sug‘urtasi, professional (korporativ) va shaxsiy pensiyalarni o‘z ichiga

oladi. Davlat sug‘urtasi ish beruvchilar (5-10,45 foiz ish haqi fondidan) va ishchilar

(5-9 foiz oylik ish haqidan) badallari hisobiga shakllanuvchi minimal bazaviy

pensiyani kafolatlaydi. Bu badallar davlatning joriy pensiya majburiyatlarini

bajarish uchun ishlatiladi. Professional va shaxsiy pensiyalar majburiy emas. Ular

jamg‘arish tamoyiliga asoslangan, qo‘shimcha pensiya ta’minoti dasturlari hisobiga

shakllanadi. Professional pensiyalar ish beruvchilar tomonidan tayinlanadi,

tashkilotlar pullarni pensiya fondlariga o‘tqazishadi, yig‘ilgan pullar qo‘shimcha

pensiya sifatida to‘lanadi. Shaxsiy pensiyalar ishchilar tomonidan sug‘urta

kompaniyalari yordamida shakllantiriladi. Beveridj modeli amal qiluvchi

davlatlarda o‘rtacha pensiya miqdori o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 50 foizni

tashkil etadi. Bundan tashqari o‘rta sinf vakillarining “pensiya yoshida” shaxsiy

jamg‘armalari yetarlicha yuqoridir.

Beveridj modeli xususiyatlari quyidagilardan iborat:

- Barcha pensiya yoshidagi aholini qamrab olib, bir xil pensiya miqdoridagi

ta’minotni kafolatlaydi;

- Kafolatlangan qoplash miqdori ish haqidan 18-20%;

Page 47: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

47

- Qo‘shimcha korporativ pensiya sug‘urtasining kafolatlangan qoplash miqdori

35-45%;

- Umumiy qoplash koeffitsienti 50-60%;

- Ish haqining YaIM dagi yuqori hajmi (60-65% atrofida);

- Majburiy pensiya sug‘urtasiga rezervlanadigan mablag‘lar qismining

o‘rtachaligi (ish haqi miqdoridan qariyb 12-14%, yoki YaIMdan 6-7%);

- Qo‘shimcha (nodavlat) korporotiv pensiya sug‘urtasi (YaIM 3-4%).

- Pensiya tizimida davlatning roli maksimallashtirilgan.

Quyidagi davlatlar pensiya tizimida Beveridj modeli ishlatiladi:

Bunga quyidagi pensiya ta’minoti tizimlari kiradi (5-rasm).

5-rasm. Jahonda mavjud pensiya ta’minoti tizimi

35

Davlat pensiyalari 3 guruhdan iborat: Mehnat pensiyasi, ijtimoiy pensiya va

nafaqalar, davlat xizmatchilari uchun pensiyalar.

Davlat pensiya ta’minoti mamlakatning har bir fuqarosini yoki alohida

guruhlari (masalan, davlat xizmatchilari)ni qamrab oladi. Davlat pensiya ta’minoti

fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda,

boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat huquqlarini ro‘yobga

chiqarishni ko‘zda tutadi. Barcha ijtimoiy sug‘urta dasturlari kabi, qariganda

pensiya bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya va stimullarga ta’sir ortasidagi balansni

topishni taqazo etadi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar qariyalar guruhini

muhtojlikdan va yashash darajasining keskin pasayishidan himoya qiladi.

Har qanday mamlakatning pensiya ta’minoti tizimi o‘ziga xos tashkiliy,

moliyaviy va boshqa qator xususiyatlarga ega. Deyarli barcha mamlakatlar pensiya

ta’minotini “uch pog‘onali” tizim orqali amalga oshirishadi.

Mehnat pensiyasi - pensionerning ish stajidan va o‘rtacha oylik ish haqidan,

shuningdek to‘lagan sug‘urta badallari miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi va

tayinlanadi. Mehnat pensiyasini olish huquqi fuqaro ma’lum bir yoshga to‘lganida

paydo bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich turli davlatlarda turlicha bo‘lib, ko‘pchilik xorijiy

davlatlarda Xalqaro Mehnat Tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra u ayollar va erkaklar

uchun 65 yosh qilib belgilangan. Bizda bu ko‘rsatkich ayollarda 55 yosh, erkaklarda

60 yoshni tashkil qiladi.

Ijtimoiy pensiya va nafaqalar esa ish stajiga bog‘liq bo‘lmay, aholining

ijtimoiy muhtoj qatlami uchun tayinlanadi va to‘lanadi. Ijtimoiy pensiyalar turli

davlatlarda turli shartlarda tayinlanadi. Masalan, AQSHda ijtimoiy pensiya kam

35

Ruud Kleynen “Asset Liability Management for Pension Funds” 2014 y. p.32

Pensiya ta’minoti tizimlari

Davlat pensiya

ta’minoti tizimi

Xususiy (nodavlat)

pensiya ta’minoti

tizimi

Fuqarolarning

shaxsiy (jamg‘arib

boriladigan)

pensiya tizimi

Page 48: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

48

ta’minlangan fuqarolar uchun minimal pensiya miqdorida to‘lanadi, agarda u fuqaro

boshqa daromad manbaiga ega bo‘lsa, ijtimoiy pensiya miqdori kamaytiriladi.

6 - rasm. Xorijiy mamlakatlarida pensiyalarning turlari

36

Davlat xizmatchilari uchun pensiyalar esa harbiy xizmatchilar, mansabdor

shaxslar uchun tayinlanadi. Bu pensiya to‘lovlari bevosita davlat budjeti hisobidan

amalga oshiriladi. Masalan yaqin yillargacha Xitoy Xalq Respublikasida davlat

pensiyasi faqatgina davlat xizmatchilari, amaldorlar uchun berilar edi.

Davlat pensiya ta’minoti tizimi ijtimoiy soliqlar va to‘lovlar hisobiga

moliyalashtirilib, unda ishtirok etish barcha ishlovchilar va ish beruvchilar uchun

majburiy hisoblanadi. Demak, davlat pensiya tizimining asosiy moliyaviy manbai

ijtimoiy sug‘urta tizimiga kiritiladigan to‘lovlar hisoblanadi. U umumiy oylik ish

haqining hajmiga bog‘liq bo‘lib, turli mamlakatlarda turlicha ko‘rsatkichga

(Kanadada 5 foiz, Italiyada 30 foizgacha) ega. Ayrim mamlakatlar (AQSH, Kanada,

Yaponiya)da to‘lovlar ish beruvchi va ishchilar tomonidan teng miqdorda to‘lanadi,

boshqa mamlakatlar (Ispaniya, Italiya)da esa ish beruvchi zimmasiga yuk ko‘proq

tushadi. Ijtimoiy to‘lovlar yoki soliqlar stavkalari har bir davlatning qonunchiligi

bilan belgilab qo‘yiladi (2-jadval).

2 – jadval

36

A.Yu. Voloshina “Mirovoy opit razvitiya pensionnix sistem: obshchemirovie tendentsii i mejstranovie razlichiya”

dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk. M.2007 g.

Yoshga doir

pensiya

Yoshga doir

pensiya

Davlat pensiyalari turlari

Mehnat pensiyalari Ijtimoiy pensiyalar Davlat hizmatchilari uchun

pensiyalar

Yoshga doir

pensiya

Nogironlik

pensiyalari

Boquvchisini

yuqotganlik

uchun pensiya

Yoshga doir

pensiya

Boquvchisini

yuqotganlik

uchun pensiya

Nogironlik

pensiyalari

Xarbiylar uchun

pensiya

Mansabdor

shahslar uchun

pensiya

Page 49: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

49

Xorijiy davlatlar pensiya tizimini moliyalashtirish manbalari 37

Davlat pensiya ta’minoti odatda solidar (taqsimlovchi) tizimga asoslanadi.

Solidar tizimda pensioner o‘z pullarini emas, balki ayni paytda soliq va badallar

to‘lovchilari bo‘lmish ishlovchilarning pullarini oladilar. Shu tariqa, taqsimlovchi

tizim o‘zida avlodlar birdamligini ifodalaydi.

“Avlodlar birdamligi” ijtimoiy tamoyil bo‘lib, u majburiy tartibda amalga

oshirilganda va davlat darajasida hamda demografik holat ijobiy bo‘lgandagina

to‘laqonli ishlashi mumkin.

Bu tizimning mohiyati shundaki, pensiya fondiga kelib tushuvchi pensiya

sug‘urtasi badallari ko‘rinishidagi mablag‘lar, pensiya fondlari hisob raqamida

deyarli ushlanib qolmay, oylik pensiya to‘lovlari ko‘rinishida pensionerlar ixtiyoriga

o‘tadi. Shu tariqa pensiya to‘lovlari o‘rnatilgan miqdorlarda ta’minlanishi

kafolatlanadi.

Xorijiy davlatlar davlat pensiya ta’minotini fuqarolarning pensiyaga

chiqqanida ega bo‘ladigan daromadiga ko‘ra uchga bo‘lish mumkin:

1. Yuqori darajadagi qoplash, qoplanish darajasi 50% dan yuqori;

2. O‘rta darajada qoplash, qoplanish darajasi 50%;

3. Past darajada qoplash, qoplanish darajasi 50% dan past.

Qoplanish koeffitsienti – o‘rtacha pensiya miqdorining o‘rtacha oylik ish haqi

nisbatiga teng bo‘lib, Xalqaro Mehnat Tashkiloti standartlariga ko‘ra qoplanish

koeffitsienti darajasi fuqaroning mehnatga layoqatli davridagi oylik ish haqi

37

Internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

Davlat

Ishlovchilardan

ushlanmalar (oylik ish

haqidan, %)

Ish beruvchilardan

ushlanmalar (oylik ish

haqi fondidan, %)

Shvetsiya 1 19,03

Belgiya 7,5 8,86

Fransiya 6,6 8,2

Gretsiya 6,67 13,33

Norvegiya 7,8 14,2

Italiya 8,7 21,3

Buyuk Britaniya 5-9 5-10,45

Yaponiya 8,25 8,25

Irlandiya 7,75 12,25

Turkiya 9 11

Ispaniya 4,7 23,6

Rossiya 1 29

O‘zbekiston 7 24,8

Page 50: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

50

(daromadi)ning 40 foizidan kam bo‘lmasligi kerak38

.

Shaxsiy pensiya hisob raqamda jamg‘ariluvchi pensiyalarni fuqaro pensiya

yoshiga yetgandagi olishi mumkin bo‘ladi. Shaxsiy hisob raqamga o‘tkazib

turiluvchi sug‘urta badallari oylik yoki yillik summasi ko‘p mamlakatlarda

chegaralangandir. Odatda shaxsiy pensiya hisob raqami tijorat va omonat

banklarida, sug‘urta tashkilotlarida ochiladi.

Jamg‘ariluvchi tizim asosida, pul fondlarini tashkil qilish sxemasi yotadi.

Unda barcha moliyaviy mablag‘lar jamlanadi va uning ma’lum qismigina joriy

pensiya to‘lovlari xarajatlarini qoplashga sarflanadi. Qolgan, rezerv qismi esa

daromad olish manbasi sifatida investitsiyalarga yo‘naltiriladi.

Rezerv qism fond faoliyatining birinchi bosqichida, ishlovchi ishtirokchilar

badallari umumiy summasi pensiya to‘lovlari uchun zarur summadan ko‘proq

bo‘lishi hisobiga shakllanadi. Fondning rivojlanishi va faoliyati darajasiga ko‘ra

ishlovchilarning sug‘urta badallari joriy pensiya xarajatlaridan kamayadi, tafovut

esa investitsion foyda hisobiga qoplanib boriladi.

Xorijiy davlatlarda jamg‘arib borish usuli asosan nodavlat pensiya fondlari,

shuningdek, xalqaro tashkilotlar (masalan, BMT)ga tegishli fondlar orasida keng

tarqalgan. Lekin, ayrim xorijiy mamlakatlaridagi davlat pensiya tizimi yuqoridagi

ikki tizimni ham, ya’ni, qayta taqsimlash (solidar) tamoyiliga tayangan davlat

pensiya ta’minoti tizimini (u asosiy tizim hisoblanadi) hamda jamg‘arma

mexanizmiga tayanadigan fuqarolarning shaxsiy pensiya tizimini (qo‘shimcha,

to‘ldiruvchi tizim) o‘z ichiga oladi. Masalan, AQSH, Shvetsiya va O‘zbekistonda

jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi davlat pensiya tizimida ham qo‘llaniladi.

Biroq dunyodagi har xil mamlakatlar tarixiy an’analar, joriy ijtimoiy-siyosiy

vaziyat, iqtisodiy imkoniyatlar va bir qator boshqa omillarga ko‘ra ushbu ikki

tizimning har xil qorishmasidan foydalanadi. Butkul o‘xshash ikki pensiya tizimiga

ega davlatni topish qiyin.

Xorijiy davlatlarda davlat pensiyasidan tashqari xususiy pensiya sug‘urtasi

tizimi ham joriy qilingan bo‘lib, u korporativ (professional) yoki individual

jamg‘arma asosida qurilishi mumkin. Xususiy (nodavlat) pensiya ta’minoti tizimi

biror bir sohaga oid kishilar majmuini qamrab oladi. Odatda bu rolda kasaba

uyushmalari birlashgan yirik korxonalar, kompaniyalar va korporatsiyalarning

mehnat jamoalari ishtirok etadi.

Ko‘plab davlatlarning pensiya ta’minoti tizimida, xususiy pensiya tizimi

salmoqli o‘rinni egallaydi. Korporativ pensiya tizimlari davlat va individual

sxemalaridan farqli o‘laroq ish beruvchilar tomonidan moliyalashtirilib, firmaning

ixtiyoriy ajratmalari yoki jamoa shartnomalaridagi mavjud shartlarga tayanadi.

Korporativ pensiya tizimlari davlatning minimal aralashuvi ostida va nisbatan kam

ma’muriy xarajatlarga ega bo‘ladi. Biroq ayrim davlatlarda fuqarolarning

huquqlarini himoyalash maqsadida xususiy pensiya tizimlarini nazorat qilish va

tartibga solishga oid qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Masalan, fuqarolarning

pensiya ta’minotida korporativ pensiya tizimlari salmog‘i juda yuqori bo‘lgan 38

“Ijtimoiy ta’minotning minimal normalari to‘g‘risida”gi №102 Konvensiya. XMT 1952-yil.

Page 51: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

51

AQSHda, bu tizim uchun “o‘yin qoidalari” davlat tomonidan o‘rnatilgan va nazorat

qilinadi. Shu sababli ham korporativ pensiya tizimi AQSHda ikkinchi milliy pensiya

tizimi darajasigacha ko‘tarilgan. Buyuk Britaniyada esa xususiy pensiya tizimlarini

rolini oshirish maqsadida uning ishtirokchilari uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan.

Masalan, korporativ pensiya to‘lovlaridan soliqlar ushlanmaydi.

Korporativ pensiya tizimda ishchiga kelajakda to‘laniladigan pensiya uning

staji va oylik ish haqisining hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ishchi stajining davomiyligini

korxona belgilaydi. Masalan, Germaniyaning AirBus, Mercedes, Siemens kabi yirik

korxonalari hodimlari, ushbu korxonalarda minimum 10-yil stajga ega bo‘lgan

taqdirda korporativ pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ish beruvchilar uchun korporativ pensiya tizimini tashkil qilishdan asosiy

maqsad – raqobatbardoshlilikni ta’minlash uchun, eng yaxshi, malakali kadrlarni

jalb qilish, kadrlar siyosati va intizomini mustahkamlashdan iborat hisoblanadi.

Demak, davlat yuqorida keltirilgan birinchi va ikkinchi tizimlarda, ularning

tashkil qilinish shartlari, pensiya ta’minoti hajmini belgilashda ishtirok etsa,

uchinchi tizimda davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmaydi, biroq shartnoma va

huquqiy majburiyatlar bajarilishida kuzatuvchi vazifasini o‘taydi.

Braziliyada eng kamida uzluksiz 15 yil ishlagan oddiy ishchilarga, erkaklar

uchun 65 yosh, ayollar uchun 60 yosh pensiya yoshi hisoblanadi. Jamiyat

xavfsizligi uchun xizmat qilgan fuqarolar - erkaklar uchun 35 yosh, ayollar uchun

30 yosh pensiya yoshi qilib belgilangan. Mamlakatda ijtimoiy ta’minot tizimi

yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

katta yoshlilar uchun pensiya;

pensionerlarga keng miqyosdagi davlat ko’magi;

jamiyatning katta yoshlilari uchun turli ijtimoiy dasturlar.

Braziliyada asosiy indikator ko’rsatkichlarigafuqaroning ishlash layoqati,

daromadlar ko’rsatkichi; ish faoliyati turlari; Braziliya pensiya tizimi natijalari

kiradi. Quyidagi jadvalda Braziliya davlati pensiya ta’minotiga oid asosiy

indikatorlar ko’rsatilgan. Katta yoshlilar uchun pensiya. 1994 yil iyul oyida

nafaqaga chiqish ko’rsatkichiga ko’ra, barcha ishchilar uchun pensiya oylik

daromad bo’lib, bu ish haqining 80%iga teng. Bu ko’rsatkich

«FactorPrevidenciario» ning koeffitsenti sug’urtaga asoslangan holda davrlar,

yoshlar va sharoitga ko’ra taqsimlanadi. «FactorPrevidenciario»dasturi 15-25 yoshli

fuqarolarga og’ir mehnat qilishga ruxsat bermaydi. Eng kam ish haqi daromadi

qonun jihatdan eng kam maoshga to’g’ri keladi. Braziliyada ulush stavkasi 1174.86

BRL ga oylik daromadning 8% miqdorida bir maromda o’zgarib turadi, ya’ni

1174.87 BRL dan 1958.10 Brl ga 9% miqdorida, 1958.11 BRL dan 3916.20 BRL ga

11% miqdorida oshgan Davlat tomonidan yiliga 13 xil nafaqa to’lovlari to’lanadi.

Daromadi bo’lmagan fuqarolarga esa to’lovlarni eng kam oylik maoshi miqdorida

to’lanadi.

3-jadval.

Page 52: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

52

Braziliya pensiya ta’minotiga oid asosiy indikatorlar39

Ko’rsatkichlar

Braziliya

Evropa Ittifoqi

mamlakatlarida

(OECD)

Ishchilarning

urtacha oylik

ish haqi

BRL

21000

87500

AQSH dollari

10200 42700

Davlatning

pensiyaga

xarajatlari

YAIMga

nisbatan % da

- 7,8

Umr ko’rish

ehtimolligi

Tug’ilishdan

Boshlab

73,8 79,9

65 yoshdan

so’ng

18,2 19,1

65 yoshdan

oshgan aholi

Mehnat qilish

yoshidagi

aholiga nisbatan

% da

12,2 25,5

Pensionerlarga keng miqyosdagi davlat ko’magi. Ishchilarda erkaklar 35 yil,

ayollar esa 30 yil stajga ega bo’lib pensiyaga chiqishadi. 1994 yil iyul

ko’rsatkichlariga ko’ra bu band aholining 80%ni tashkil etadi. Bu

«FactorPrevidenciario» ning o’rtacha ko’rsatkichidir. Eng kam ish haqi daromadi

qonun jihatdan eng kam maoshga to’g’ri keladi. Eng ko’pi BRL 3 916.20. Eng kam

ish haqi daromadi qonun jihatdan eng kam maoshga to’g’ri keladi. Iste’molchilar

to’lovi yiliga 13 xil bo’lib, daromadi kam fuqarolar eng kam ish haqi miqdorida

to’lash belgilab qo’yilgan.

Jamiyatning katta yoshlilari uchun turli ijtimoiy dasturlar mavjud. Bunda

nafaqaga chiqishga ruxsat etilmaydi. BPC-LOAS tomonidan kattalarga ko’mak

dasturini ishlab chiqilgan.Ijtimoiy dasturga muvofiq, nafaqa katta yoshlilar,

nogironlar, oila a’zolari daromadini oshirish maqsadida tayinlangan bo’lib, ish

haqining 4/1 qismini tashkil etadi, to’lov har 2 yilda hisoblab boriladi. Hukumatning

INSS dasturi urushda ishtirok etgan fuqarolarga qaratilgan. Boshqa bir dastur bu

qishloq fuqarosining nafaqasi bo’lib, qishloq hududida kamida 180 oy ishlagan 55

yoshli ayol va 60 yoshli erkaklar uchun belgilangan, bu nafaqa miqdori eng kam ish

haqiga teng. Braziliya fuqarolariga vaqtli (erta) nafaqa va kech nafaqa

tayinlanadi. Erta nafaqa 53 yoshda nafaqaga chiqish hisoblanib, erkaklar uchun 30

yil, ayollar uchun esa 25 yil ish stajiga ega bo’lishi kerak. Kech nafaqa tayinlangan

39

Pensions at a Glance 2013 OECD AND G20 INDICATORS.-225p.

Page 53: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

53

fuqaro ixtiyoriy ariza berib yollanib ishlaydi, ular kechikkan to’lovlarni olishga

xohish bildirmaydi.

Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:

1. Guruhlar tarzida ishlash: davlat va nodavlat pensiya ta’minoti tizimi amal

qiladigan mamlakatlar va kontinentlar haqida so’zlab bering;

2. Nodavlat pensiya ta’minotining ahamiyati nimada deb uylaysiz? (savolga

har bir talabaning fikrini o’rganib chiqish);

3. Davlat uchun davlat va nodavlat pensiya tizimlarini shakllantirishning

ahamiyatini nimalarda ko’rasiz? (talabalar bilan debat usulida suhbat);

4. O’zbekiston Rspublikasida nodavlat pensiya ta’minoti tizimini

shakllantirishning shart-sharoitlari, afzalliklari va ahamiyati haqida so’zlab bering

(talabalar bilan debat usulida suhbat);

5. Demografik vaziyatning pensiya ta’minotiga ta’sirini baholab bering?

(talabalar bilan debat usulida suhbat);

6. Pensiya ta’minoti va demografining o’zaro bog’liqligini izohlab bering

(talabalar bilan debat usulida suhbat).

Mustaqil ta’lim uchun tarqatma malumotlari

1. Ilk bor qaysi mamlakatda pensiya tizimi shakllangan?

2. Pensiya ta’minoti tizimlarining genezisini jadvalda ketma-ketlikda shakllantiring.

3. Pensiya ta’minoti tizimlarining rivojlanish bosqichlari haqida taqdimot

tayyorlang.

4. Jahonda necha xil pensiya tizimlari mavjud hamda ularning har biri bo’yicha izoh

bering.

5. Xalqaro pensiya tizimlari faoliyatini tartibga soib turuvchi xalqaro me’yoriy-

huquqiy hujjatlarning ro’yxatini shakllantiring.

Glossariy

Ijtimoiy sug‘urta (social insurance)– davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan,

nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan, davlat maqsadli, byudjetdan tashqari

ijtimoiy sug‘urta fondi, shuningdek boshqa jamoaviy va xususiy sug‘urta fondlari

mablag‘lari hisobiga keksa yoshdagi, mehnatga layoqatsiz fuqarolarni moddiy

ta’minlash, qo‘llab quvvatlash tizimidir.

Pensiya (pension)– uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va

me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to’lish,

nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul

to’lovi;

Qonuniy vakil (legal representative)– qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda shunday deb e’tirof etilgan farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiylik

qiluvchi;

Page 54: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

54

pensiya tayinlashni so’rab murojaat etish (treatment for a pension)–

pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan

boshqa turiga o’tkazish, shuningdek ilgari to’xtatib qo’yilgan (to’xtatilgan) pensiya

to’lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to’g’risida O’zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga ariza berish;

Shaxs (person) – O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek

O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda istiqomat

uchun berilgan guvohnoma olgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs;

Amaldagi ish haqi (current salary)– pensiyani hisoblab chiqish uchun

qo’llaniladigan shaxsning amaldagi ish haqi;

Ish staji (work experience) – mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan,

o’qishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo’yicha aniqlangan, ishdagi

tanaffuslardan qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini

beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligi;

Davlat pensiyalarining turlari (types of state pensions)- yoshga doir

pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi.

pensiya miqdori (pension amount) – ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib,

pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan,

pensiyaga qo’shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.

Page 55: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

55

4-mavzu. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan

tashqari Pensiya jamg’armasi davlat pensiyalari va nafaqalarini to’lovchi

jamg’arma sifatida

Reja:

1. Davlat pensiya ta’minotini boshqaruv organlari, ularning vazifalari va

vakolatlari

2.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasi faoliyati, uning huquqlari va vazifalari

1. Davlat pensiya ta’minotini boshqaruv organlari, ularning vazifalari va

vakolatlari

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar

to’lash, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni

moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majb7uriy to’lovlar, badallar, shuningdek

boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi.O’zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining yuqori

boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashidir.

Davlat pensiya ta’minoti tizimi doirasida moliyaviy resurslarning

taqsimlanish va qayta taqsimlanish jarayoni har doim ma’lum maqsadlarga

erishishga qaratilgan, bo‘lib u o‘ziga xos tarzda tartibga solish va rag‘batlantirish

tamoyillari asosida boshqarib boriladi.

Ma’lumki, har qanday tizimida boshqaruv bo‘lgani kabi, pensiya ta’minotini

boshqarishda ham boshqarish obyektlari va subyektlari mavjud bo‘ladi.

Davlat pensiya ta’minotini boshqarish obyektlari bo‘lib turli moliyaviy

munosabatlar hisoblanadi40

. Masalan, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar va

boshqa pul jamg‘armalarini tashkil qilish va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar

boshqarish obyektlaridir. Bu moliyaviy munosabatlarni boshqarishga xizmat

qiluvchi tashkiliy tuzilmalar (moliya organlari, soliq idoralari, korxonalardagi

moliyaviy xizmatlar va bo‘limlar) esa moliyani boshqarish subyektlaridir.

40

Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social

security” Economic Policy Institute,2011 y. p 98

Davlat pensiya ta’minotini boshqarish

Moliyaviy

munosabatlarni

boshqarish

Pul mablag‘lari

jamg‘armalarini

boshqarish

Umumiy faoliyatini

boshqarish

Page 56: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

56

1-rasm. Davlat pensiya ta’minotini boshqarish41

Davlat pensiya ta’minotini boshqarish quyidagilarni o‘z ichiga oladi (1-rasm).

Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi va har bir bo‘g‘inida boshqarish

subyektlari bu munosabatlarga ta’sir etishning o‘ziga xos maxsus usullaridan

foydalanadilar. Shu bilan birga, bu usullar ma’lum umumiylikka ega bo‘lgan

funksional elementlardan iborat, bular: rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat

(2-rasm).

Mazkur jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,

qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi

PF-4161-son Farmoniga muvofiq, 2010 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlarini va boshqa

to‘lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to‘lanishi

monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan maqsadli

moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari

faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va

vakolatlarini belgilaydi.

Shuningdek budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘z ishlarini davlat

organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Ushbu

jamg‘arma quyi tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:

Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahridagi boshqarmalari;

Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari;

41

Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social

security” Economic Policy Institute,2011 y. p 112

Davlat pensiya ta’minotini boshqarish

elementlari

Rejalashtirish Operativ boshqarish Nazorat

Page 57: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

57

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi;

bosh, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat

ekspertizasi xizmatlari kiradi.

2.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasi faoliyati, uning huquqlari va vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi

PF-4161-son Farmoniga muvofiq, 2010 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan vaqtdan boshlab normativ huquqiy bazani takomillashdi,

moddiy texnika bazasini mustaxkamlandi, kadrlar salohiyatini oshirildi, zamonaviy

axborot texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlarini va

boshqa to‘lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning

to‘lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan maqsadli

moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari

faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va

vakolatlarini belgilaydi.

Mazkur jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,

qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

Shuningdek budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘z ishlarini davlat

organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Ushbu

jamg‘arma quyi tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:

Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahridagi boshqarmalari;

Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari;

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi;

bosh, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat

ekspertizasi xizmatlari kiradi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatining, uning

hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy

ekspertiza inspeksiyasi, tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika

budjeti mablag‘‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Jamg‘arma hamda uning hududiy

boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil

balansga, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Pensiya ta’minotining ijtimoiy nuqtai nazardan muhimligi uning xozirgi kunda

respublikamiz fuqarolarining iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘liqligi bilan

belgilanadi.

Page 58: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

58

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-

son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida nizomda42

jamg‘armaning asosiy vazifalari

va funktsiyalari quyidagi tartibda beligilab berilgan:

- Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya

ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,

kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa

to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash;

- pensiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va to‘lanishini

tashkil etish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish;

- tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy

tahlilini o‘tkazish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga

yo‘naltiriladigan mablag‘‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash;

- mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli

tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘‘larni da’volar bo‘yicha aybdor yuridik

va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;

- tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etish.

Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining 14 ta

hududiy boshqarmalari, 196 ta tuman (shahar) bo‘limlari, 108 ta hududiy va

ixtisoslashtirilgan TMEK lar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Respublikamiz bo‘yicha

jami 2 mln. 936 ming nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar istiqomat

qilayotgan bo‘lib, shundan, 2 mln. 716 ming nafari yoshga doir, 430 ming nafari

nogironlik va 184 ming nafari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilari

hamda 220 ming nafardan ortiq ijtimoiy nafaqa oluvchilar tashkil etadi. 2014 yil

mobaynida 138 mingga yaqin yangi pensiya va nafaqalar tayinlanadi. Ushbu

pensiya va nafaqaoluvchilarga respublika bo‘yicha jami 5 mingdan ortiq ishchi va

hodimlar hizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Jamg‘arma hamda uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari

yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga,

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, hamda tegishli

muhr va shtamplarga ega.Shuningdek, qaror bilan budjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasini boshqaruv kengashi va ularning tarkibi ham belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi

«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi PF-4161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda pensiya ta’minoti

tizimini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va uning faoliyat

samaradorligini oshirish maqsadida 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi (4-rasm), Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi

42

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qaroriga O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida nizomini, 1-bo‘limi

umumiy qoidalari"O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2010 yil, 8-son, 62-modda.

Page 59: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

59

apparatining tuzilmasi, Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalarining va tuman

(shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari o‘zgartirildi.

4-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi43

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar

to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni

moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek boshqa

manbalardan tushadigan jamg‘arlarni jamlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-

son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida nizomda44

jamg‘armaning asosiy vazifalari

va funktsiyalari quyidagi tartibda beligilab berilgan:

- Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya

ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,

kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa

to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash;

- pensiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va to‘lanishini

tashkil etish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish;

43

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi PQ -1252-sonli “O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori 1-ilovasidan 44

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qaroriga O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida nizomini, 1-bo‘limi

umumiy qoidalari"O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2010 yil, 8-son, 62-modda.

Kuzatuvchilar kengashi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Budjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining Qoraqalpog’iston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahar boshqarmalari

Respublika tibbiy-ijtimoiy

ekspertiza inspektsiyasi

Budjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining tuman

(shahar) bo’limlari

Tibbiy-mehnat ekspertiza

xizmati

Page 60: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

60

- tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy

tahlilini o‘tkazish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga

yo‘naltiriladigan mablag‘‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash;

- mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli

tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘‘larni da’volar bo‘yicha aybdor yuridik

va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;

- tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etish.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘ziga yuklangan vazifalarga

muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi (5-rasm):

5-rasm. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining asosiy

funktsiyalari.45

davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada

takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Jamg‘arma

daromadlari va xarajatlarining o‘rtacha va uzoq muddatli prognozlarini tayyorlaydi;

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayib bo‘lganlik yoki

kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to‘langan

mablag‘‘larni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress da’volar bo‘yicha

belgilangan tartibda undirib oladi;

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonunining 12-moddasi «b» — «j»-bandlariga muvofiq tayinlangan

imtiyozli pensiyalarni to‘lashga sarflangan mablag‘‘larni yuridik shaxslardan

regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi;

45

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qaroriga O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida nizomini, 1-bo‘limi

umumiy qoidalari"O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2010 yil, 8-son, 62-modda.

Page 61: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

61

badallar va boshqa to‘lovlar tushishi hisobini olib boradi, shuningdek

yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning

hamda dehqon xo‘jaliklari a’zolarining mehnat daftarchalarini belgilangan tartibda

yuritadi va saqlaydi;

b) pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash hamda qayta hisoblab

chiqish bo‘yicha:

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va qayta hisoblab chiqish uchun

zarur bo‘lgan taqdimnomalar, arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, ularni

qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiradi;

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun yuridik shaxslar va

fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi,

ko‘rib chiqadi va tekshiradi;

Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlarida pensiyalar tayinlash bo‘yicha

komissiyalar faoliyatini tashkil etadi;

zarur tarzda rasmiylashtirgan hujjatlarga muvofiq va pensiyalar tayinlash

bo‘yicha komissiyalar qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda

pensiyalarni tayinlaydi va ularni qayta hisoblab chiqadi;

pensionerlarning pensiya ishlarini va ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslarning

ishlarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi,

pensionerlarga pensiya guvohnomalari beradi;

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun hujjatlarni

rasmiylashtirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat

qiladi;

tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari

tomonidan taqdim etilgan pensiyalar, Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar

olish huquqini beradigan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradi;

v) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarga

xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha:

pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni hisoblab chiqish bo‘yicha operatsiyalarni

amalga oshiradi, ishlamaydigan pensionerlarga aloqa tashkilotlari va banklar orqali,

ishlaydigan pensionerlarga esa — tashkilotlar orqali pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar

to‘lash yuzasidan topshiriqlarni rasmiylashtiradi va beradi;

aloqa tashkilotlari, banklar tomonidan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarning

o‘z vaqtida va to‘g‘ri etkazib berilishi hamda to‘lanishi yuzasidan doimiy

monitoring va nazoratni amalga oshiradi;

yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi

shaxslarga, shuningdek dehqon xo‘jaliklari a’zolariga — ular tomonidan ijtimoiy

sug‘urta bo‘yicha badallar to‘langan taqdirda, chaqaloq tug‘ilganda beriladigan

nafaqalar hamda dafn marosimi nafaqalarini hisoblaydi va to‘laydi;

tashkilotlarning ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, 16 yoshgacha

bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda

qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov, Chernobil halokati oqibatida zarar ko‘rgan

Page 62: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

62

fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan

boshqa to‘lovlarga xarajatlarini moliyalashtiradi;

g) fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalar

bo‘yicha:

ommaviy axborot vositalari yordamida respublika aholisini fuqarolarning

pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha xabardor qiladi;

belgilangan tartibda tayinlangan shaxsiy pensiyalar to‘lanishini tashkil

etadi;

imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, ishlar,

kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, imtiyozli

pensiyalarni takomillashtirish va tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini

tashkil etadi;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida

belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning

vakillarini qabul qiladi;

«O‘zbekiston pochtasi» ochiq aktsiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston

Respublikasi Xalq bankining bo‘linmalarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,

kompensatsiya to‘lovlari hamda boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi

monitoringini olib boradi va tekshiradi;

6-rasm. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi huquqlari46

46

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi,30-son Qarori “O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom” ilovasiga muvofiq talaba

tomonidan tayyorlandi

Jamg’arma vakolatiga tegishli

masalalar bo’yicha axborotni

davlat organlari va boshqa

tashkilotlardan belgilangan

tartibda so’rash va olish

o’z vakolatlari doirasida Jamg’armaning

vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik

hujjatlarni ishlab chiqish

majburiy to’lovlar, badallar va

boshqa to’lovlar miqdorlarini

belgilash, shuningdek pensiya

ta’minotiga tegishli bo’lgan

boshqa masalalar bo’yicha

takliflar kiritish

Jamg’arma vakolatiga

kiradigan masalalar bo’yicha

xalqaro hamkorlikni amalga

oshirish

Jamg’arma qonun hujjatlariga

muvofiq boshqa huquqlarga ham

ega bo’lishi mumkin

BTPJ

huquqlari

Page 63: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

63

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi,

fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha zamonaviy nazariy

ishlanmalarni va xorijiy tajribani o‘rganadi;

Jamg‘armaning mablag‘‘larini oluvchilar, pensiyalar hamda Davlat ijtimoiy

sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi axborotni ishlab

chiqishda qatnashadi va avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi;

pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa

tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha qonun

hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi;

pensiya ta’minoti masalalari va Jamg‘armaning vakolatiga tegishli bo‘lgan

boshqa masalalar bo‘yicha xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

d) Jamg‘armaning vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha:

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, bosh, tumanlararo,

tuman, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatiga

rahbarlik qiladi;

Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha e’tiroz-da’vo

ishlari olib borilishini tashkil etadi va amalga oshiradi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘ziga yuklangan vazifalar va

funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega (6-rasm):

Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining 14 ta

hududiy boshqarmalari, 196 ta tuman (shahar) bo‘limlari, 108 ta hududiy va

ixtisoslashtirilgan TMEK lar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Jamg‘arma hamda uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari

yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga,

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, hamda tegishli

muhr va shtamplarga ega.Shuningdek, qaror bilan budjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasini boshqaruv kengashi va ularning tarkibi ham belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi

«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi PF-4161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda pensiya ta’minoti

tizimini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va uning faoliyat

samaradorligini oshirish maqsadida 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasi, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining

tuzilmasi, Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalarining va tuman (shahar)

bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari o‘zgartirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridahi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasining Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishli

bo‘ladi:

Page 64: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

64

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda

Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek

Jamg‘arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga

oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash;

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Respublika

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari va

boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan

masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Jamg‘armaga majburiy

ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini

ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini eshitish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ijro

etuvchi direktorini, uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod

qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;

Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni

tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasining Pensiyalar tayinlash bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limi

komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;

Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg‘arma

daromadlarini shakllantirish, uni o‘z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli

foydalanish yuzasidan nazorat qilish;

topshiriqlar, vedomostlar va pochta o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lanadigan

pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar jo‘natilishi va

etkazib berilishi bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash;

Jamg‘arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat

ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga

oshirilishi bilan bog‘liq boshqa funktsiyalarni amalga oshirish.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi,

uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy

tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlanadi.

Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashining

taqdimnomasi bo‘yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor

boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning

bajarilishi va o‘z funktsiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.

Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari

Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.

Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining

Page 65: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

65

taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga

muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi boshlig‘i O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi

moliya vaziri qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat

ekspert komissiyalari raislari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga

binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri qarori bilan lavozimga

tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Jamg‘armaning tuman

(shahar) bo‘limlari boshliqlari Jamg‘armaning tegishli hududiy boshqarmalari

boshliqlarining taqdimnomasi bo‘yicha Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori

tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Tumanlararo, tuman (shahar) va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert

komissiyalari rahbarlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi

boshlig‘ining taqdimnomasi bo‘yicha Jamg‘arma ijro etuvchi direktori tomonidan

lavozimga tayinlanadi.

Amaliy mashg’ulot uchun topshiriqlar

Guruhlar tarzida ishlash:

1. Davlat pensiya ta’minotini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisning

vakolatlarini aytib bering.

2. Davlat pensiya ta’minotini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining vakolatlarini aytib bering.

3. Davlat pensiya ta’minotini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligining vakolatlarini aytib bering.

4. Davlat pensiya ta’minotini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq

qo’mitasining vakolatlarini aytib bering.

5. Davlat pensiya ta’minotini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

G’aznachiligining vakolatlarini aytib bering.

6. Davlat pensiya ta’minotini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Mehnat

vazirligining vakolatlarini aytib bering.

7. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’amasining yuqori organi qaysi tashkilot va u

jamg’armani boshqarishda qanday vakolatlarga ega?

Mustaqil ta’lim uchun tarqatma malumotlari

1. Pensiya jamg’armasi faoliyatini tartibga soluvchi organlar tug’risida “nilufar

guli” usulida chizma tayyorlang

2. “Nima uchun” grafikli texnologiya asosida har bir byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasini boshqaruvchi organ asosida uni boshqarish ahamiyatini yoritib

beruvchi grafik va chizmalar tayyorlang

Page 66: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

66

3. Umumiy va operativ boshqaruv organlarini ajratib chizma tayyorlang

4. Xorijiy mamlakatlarda pensiya ta’minotini boshqarishni tashkil etilishi

to’g’risida mustaqil ish tayyorlang.

Glossariy

byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar (funds allocated from the budget)–

Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan byudjet

tashkilotlari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul

mablag‘lari;

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (off-budget Pension Fund)– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to‘lash,

kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni

moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek boshqa

manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi;

davlat pensiya ta’minoti tizimi (State pension system)– fuqarolarning

qonunchilikda belgilangan keksalik yoshiga etganida, nogironlik tufayli mehnat

layoqatini yo‘qotganida, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganida va

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda pensiya ko‘rinishida moddiy ta’minot

berish maqsadiga ega bo‘lgan iqtisodiy institutlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar

yig‘indisi;

fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi

(accumulative pension funds of citizens) – fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib

boriladigan pensiya hisob varag‘laridagi jamg’arlardan davlat pensiyasiga

qo‘shimcha ravishda pul jamg’arlari bilan ta’minlash maqsadiga ega bo‘lgan

iqtisodiy institutlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar yig‘indisidan iborat;

ijtimoiy himoya (social protection)- o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda

ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga nisbatan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam

shakli bo‘lib, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar,

nafaqalar va imtiyozlarni ko‘zda tutadi;

ijtimoiy sug‘urta (social insurance)– Mehnatga layoqatsizlarni moddiy

ta’minlashning qatiy kafolatli tizimi ijtimoiy sug‘urta deb ataladi;

nogironlik pensiyalari (disability pension)– qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi;

nogironlik guruhlari (Group on Disability)– sog‘lig‘ini yoki mehnat

qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.

Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va

nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat

ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi;

pensiya (pension)– uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va

me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish,

nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul

to‘lovi;

Page 67: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

67

pensiya miqdori (pension amount) – ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib,

pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan,

pensiyaga qo’shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi;

Taqsimlanuvchi pensiya tizimi (PAYG) –( distribution pension system)

avlodlarni bir-biriga bog’lovchi yosh avlod joriy ajratmalari hisobiga keksa avlodni

pensiya bilan ta’minlovchi birdamlik prinsipiga asoslangan pensiya dasturi;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byudjeti) – (state

budjet of Republic Uzbekistan) davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini

moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul

jamg‘armasi;

Page 68: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

68

“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasi davlat pensiyalari va nafaqalarini to’lovchi jamg’arma sifatida” mavzusida

taqdimot

Page 69: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

69

5-mavzu. Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari

Reja:

1. Pensiya tizimlari modellari

2. O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish

manbalari

3. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining shakllanish va

ishlatilish amaliyoti tahlili

1.Pensiya tizimlari modellari

Mamlakatimizda qaror topgan pensiya ta’minoti tizimi ana shu vazifalarni

bajarishga xizmat qiladi. Ma’lumki, jahon amaliyotida pensiya tizimlarining

quyidagi modellari mavjud va ma’lum darajadagi muvaffaqiyat bilan amal qilib

kelmoqda:

1-rasm. Jahon amaliyotida pensiya tizimlarining modellari

47

- “avlodlar birdamligi” tamoyiliga qurilgan qayta taqsimlovchi tizim – pensiya

to‘lovi uchun joriy xarajatlarni majburiy sug‘urta to‘lovlari hisobidan

moliyalashtirish;

- jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti – fuqarolarning pensiya ta’minotini

ularning shaxsiy jamg‘armalariga avvaldan o‘tkazilib kelingan mablag‘lar hisobidan

amalga oshirilishi;

47

Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social security”

Economic Policy Institute,2011 y. p 32-36

PENSIYA TIZIMLARI

MODELLARI

“avlodlar

birdamligi” - qayta

taqsimlovchi model

jamg’arib

boriladigan pensiya

ta’minoti

aralash

pensiya ta’minoti

modeli

pensiya to’lovi uchun

joriy xarajatlarni

majburiy sug’urta

to’lovlari hisobidan

moliyalashtirish

avlodlar birdamligi

va jamg’ariladigan

pensiya ta’minoti

tizimlarining

elementlaridan

tashkil topgan

pensiya ta’minoti

pensiya ta’minotini

ularning shaxsiy

jamg’armalariga

avvaldan o’tkazilib

kelingan mablag’lar

hisobidan amalga

oshirilishi

Page 70: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

70

- aralash pensiya ta’minoti – avlodlar birdamligi va jamg‘ariladigan pensiya

ta’minoti tizimlarining elementlaridan tashkil topgan pensiya ta’minoti.

Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan

holda, shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash, ularning qarilikda

munosib moddiy farovonlikda yashashlarini rag‘batlantirish va sharoit yaratish

maqsadida aralash pensiya ta’minoti tizmi shakllanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minotining qonuniy-huquqiy

asoslarini quyidagilar tashkil qiladi:

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

- O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti

to‘g‘risida”gi Qonuni (1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan);

- O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya

ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan);

- “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun (1990 yil 28

aprelda qabul qilingan);

- Pensiya ta’minoti bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa

Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va

yo‘riqnomalar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy

ta’minlanish borasidagi huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan, xususan

Konstitutsiyaning 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini

yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda

tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega” ekanligi, “Pensiyalar,

nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan

tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas”ligi belgilab

qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya

ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (1993 yil 3 sentyabr) pensiya ta’minoti tizimining

huquqiy asosini tashkil etadi.

Qonunga asosan, faqat etarli ish staji mavjud bo‘lgan shaxslar (yoki ularning

qaramog‘idagilar) ga uch turdagi: yoshga doir, nogironlik va boquvchisini

yo‘qotganlik pensiyalari tayinlanishi belgilangan. Bundan tashqari, qonunchilikka

binoan, bir qator imtiyozli shartlarda ham pensiya tayinlanadi;

Respublikada doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan

shaxslar ham agar davlatlararo bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilgan

bo‘lmasa, respublika fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega.

Qonunda sug‘urta badali to‘lanmagan qator faoliyat turlarini stajga qo‘shib

hisoblash tartibi belgilangan, shuningdek, ayrim faoliyat davrlari ish stajiga 1,5

barobar, 2 va 3 barobar qo‘shib hisobga olinadi. Ayrim imtiyozli toifadagi

pensionerlar pensiyalariga ustamalar qo‘shib to‘lanadi.

Qonunda belgilanishicha, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band

bo‘lgan fuqarolar ham pensiya ta’minotida teng huquqli hisoblanadi.

Page 71: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

71

Pensiya ta’minotidagi islohotlarning amalga oshirilishi doirasida pensiya

qonunchiligi ham doimiy ravishda o‘zgarib, takomillashib boradi, xususan

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”ga Qonuniga bir qator

o‘zgartirishlar kiritilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul

qilingan “Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida”gi Qonunga asosan 20

yildan ortiq ijtimoiy sug‘urtalangan mehnat stajiga ega bo‘lgan ayollarga 54

yoshdan pensiya tayinlash joriy etildi (12/1-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 25 yanvardagi Farmoniga

asosan Qonunning 27-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, ortiqcha ish staji uchun

belgilangan chegara bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 17 sentyabrdagi

“Pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti

to‘g‘risida”gi Qonunning 31-, 27-moddalariga o‘zgartirish kiritildi va “Pensiyani

hisob-kitob qilish uchun sakkiz xissasidan ortiq bo‘lmagan ish haqi olinadi”

pensiyani hisob-kitob qilishda eng kam ish haqining 7 karrasi o‘rniga 8 karra

hisobida olinishi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi 197-sonli Qonuning 7-

moddasiga asosan, 2009 yilning 1 yanvaridan boshlab pensiyalarni hisoblab chiqish

uchun mavjud bo‘lgan uzilishlardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili

mobaynidagi istalgan ketma-ket besh yilning (pensiyaga murojaat qilganning

tanloviga ko‘ra) amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi olinishi belgilandi (31-modda).

Shuningdek, keyingi yillarda pensiya ta’minoti mexanizmlarini

takomillashtirish borasida ham Qonunning birqancha moddalariga o‘zgartirishlar

kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti

masalalari “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi

Qonuniga asosan tartibga solinadi. Ushbu Qonun 2004 yil 12 dekabrda qabul

qilingan va 2005 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan.

2005 yildan joriy etilgan mazkur tizim amaldagi fuqarolarning davlat pensiya

ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda, ish beruvchilarning pensiya yoshiga etgan

xodimlarning moddiy ahvolini yaxshilash, shu asosida pensionerlarga amaldagi

pensiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda daromad olish manbalarini yaratish,

keksalik chog‘ida fuqaroning o‘z farovonligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish

maqsadida joriy qilindi.

Yuridik shaxslar – ish beruvchilar, ularda mehnat shartnomasi asosida

yollanib ishlovchi fuqarolar pensiya tizimi ishtirokchilari hisoblanadi. Yakka

tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon

xo‘jaliklarining a’zolari va vaqtinchalik ish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan

fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok

etadilar.

Page 72: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

72

Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga har oyda

ularga hisoblangan ish haqining bir foizi miqdorida badal belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 iyundagi “Jamg‘arib

boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnik ta’minlash bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:

- fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga

o‘tkaziladigan majburiy pensiya badallari budjetga to‘lanadigan soliqlar va

yig‘imlarga tenglashtirilgan;

- 2005 yilning 1 iyulidan e’tiboran barcha yuridik shaxslar fuqarolarning

shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni

jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bilan birgalikda mazkur soliq uchun

belgilangan shakl va muddatlarda amalga oshirish tartibi joriy etilgan.

Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘lanishi natijasida

ishlayotgan fuqarolar uchun ish haqidan (daromadidan) hech qanaqa yo‘qotish

bo‘lmaydi. Ishlovchi fuqaroning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berilayotgan har

oylik pensiya majburiy badallari ushbu xodimning daromadiga qonunda belgilangan

tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan chegirib qolinadi.

Misol uchun, korxonada ishlovchi xodimga 2011 yil yanvar oyi uchun 500.0

ming so‘m ish haqi hisoblansa, bu holda jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya

badallari miqdori 5000 so‘mni tashkil etadi va ushbu miqdor xodimning

daromadidan hisoblangan 65238,5 so‘m soliq summasidan chegirilib, fuqaroning

shaxsiy jamg‘arib boriladigan xisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Natijada ishlovchi

fuqaroning naqd pulda olayotgan oylik maoshi miqdori hech kamaymaydi.

Bundan tashqari, Qonunning 14-moddasiga asosan, fuqarolarning shaxsiy

jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida to‘plangan mablag‘lar uchun

hisoblangan foizlar hamda bu mablag‘lar hisobiga berilgan pensiyalar soliq

to‘lashdan ozod qilinadi.

Shu bilan birga, Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga muvofiq,

jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning

shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda

yo‘naltirilgan summalariga soliq solinmaydi.

Davlat jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolarga

shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamg‘arilgan mablag‘lari

saqlanishi hamda to‘lanishini kafolatlaydi.

Shuningdek, Qonunning 10-moddasida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya

hisobvaraqlarida to‘plangan mablag‘larga daromad hisoblash foizi inflatsiya

darajasidan yuqori bo‘lishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarida to‘plangan pul mablag‘lari

faqat ana shu hisob egalari bo‘lgan fuqarolarga tegishlidir. Ularning o‘zlari, ishonch

bildirgan boshqa shaxslar yoki merosxo‘rlardan boshqa hech kim pul mablag‘ini

olish huquqiga ega emas.

Page 73: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

73

Fuqarolar shaxsiy jamg‘arma pensiya mablag‘larini olishlari davlat pensiyasi

olish huquqiga ega bo‘lingan paytdan boshlab bir vaqtda yoki oyma - oy teng

ulushlarda olishlari mumkin, uning shakli oluvchi tomonidan belgilanadi.

Hisobvaraq egasi vafot etgan holda, unda to‘plangan badallar qonunda

belgilangan tartibda merosxo‘rga o‘tadi. Bunda meros qolgan mablag‘ bir vaqtda

to‘la hajmda to‘lanadi. Shuningdek, mamlakatdan tashqariga ko‘chib ketadigan

fuqarolar o‘z jamg‘armalarini birdaniga olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 iyundagi “Jamg‘arib

boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnik ta’minlash bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-110-sonli Qaroriga asosan yuridik

shaxslar tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya majburiy badallarining to‘g‘ri,

to‘liq hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazib berilishi ustidan nazorat O‘zbekiston

Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.

2. O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini

moliyalashtirish manbalari

Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini mablag‘ bilan ta’minlashning bir

necha manbalari mavjud48

:

1. Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari. O‘zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat

pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa

to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy

to‘lovlar, badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni

jamlaydi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari quyidagilar

hisobidan shakllantiriladi (2-rasm):

2-rasm. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari

49

- yagona ijtimoiy to‘lovning belgilangan miqdordagi tushumlari;

- fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

48

Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social security”

Economic Policy Institute,2011 y. p 46-50 49

O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 10-bob, 53-modda asosida tuzildi.

yagona ijtimoiy to’lovning

belgilangan miqdordagi

tushumlari

budjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga majburiy

ajratmalar

boshqa daromadlar

fuqarolarning

budjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga sug’urta

badallari

Budjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining

daromadlari

Page 74: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

74

- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

- boshqa daromadlar. Boshqa daromadlarga mehnatda mayib bo‘lganlik yoki

kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to‘lash

xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress talablar (da’volar)

bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o‘rni qoplanadigan mablag‘lar

tushumining bir qismi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat

jamg‘armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash

xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, yuridik shaxslarning

imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan

mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari,

majburiy to‘lovlar, badallar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan

jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat vazifalarini bajarish bilan

bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog‘lig‘iga

boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi

kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda

yoki tugatilganda zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lanadigan nazarda tutilgan

mablag‘lar, vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan

daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi.

2. Davlat budjeti mablag‘lari. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning

davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 5-modda bilan belgilangan

harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar

tarkibidan bo‘lgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali

unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining pensiya ta’minoti

shartlari, normalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan

belgilanadi. Bu xarajatlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

pensionerlariga pensiyalar to‘lash bo‘yicha vaqtincha tartib (Adliya vazirligi

tomonidan 1999 yil 22 dekabrda 857-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)ga

ko‘ra, bu toifadagi fuqarolarga pensiyalar va bir martalik nafaqalarni to‘lash Ichki

ishlar organlari tomonidan davlat budjetining respublika budjeti mablag‘lari

hisobidan amalga oshiriladi.

3. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti orqali jamlanadigan mablag‘lar.

“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining

11-moddasiga asosan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari Xalq

bankida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag‘larni

jamlash yo‘li bilan shakllantiriladi.

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag‘larni

shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

- jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari;

- jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari;

- shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari mablag‘lariga hisoblab

chiqarilgan foizlar;

- qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa mablag‘lar.

Page 75: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

75

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan

pensiya to‘lovlari to‘lash uchun foydalaniladi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya

tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin

emas.

Xalq banki jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining alohida

hisobini yuritadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini ko‘paytirish

hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablag‘lardan

investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga

joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi

mablag‘laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga

oshiriladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini moliyaviy vositalarga

joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

3. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining shakllanish va

ishlatilish amaliyoti tahlili

Davlat o‘z oldiga qo‘yilgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarni amalga

oshirish uchun ko‘plab mablag‘lar zarur bo‘ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash

sharoitida davlat budjeti bilan bir qatorda, davlatning budjetdan tashqari maqsadli

fondlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yanada ortib

bormoqda50

.

Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar bilan ta’minlash

maqsadida davlat budjeti tarkibidan ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan budjetdan

tashqari maqsadli fondlar shakllangan. Masalan, davlat budjeti tarkibiga kiruvchi

“ijtimoiy sug‘urta fondi” negizida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuzilgan.

Bu va shu kabi boshqa fondlar davlat budjetidan ajralib chiqqani bois adabiyotlarda

“Nobudjet fondlar” yoki “Budjetdan tashqari fondlar” deb yuritilgan. Shuningdek,

yangi Budjet Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishigacha bo‘lgan oxirgi

o‘n yilliklar davomida “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonunining 20-moddasi bilan bir qator jamg‘armalarning davlat budjetida

konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab berildi va ular budjet nazariyasi va

amaliyotida “davlat maqsadli jamg‘armalari” degan umumiy nom oldi.

Bugungi kunda jamlanma budjet tarkibidagi davlat maqsadli jamg‘armalari

qatoriga Budjet Kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

ham kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar

to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni

50

Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social security”

Economic Policy Institute,2011 y. p 50

Page 76: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

76

moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek boshqa

manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi.

Hozirgi kunda respublika ijtimoiy hayotidagi asosiy moliyaviy institut -

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi iqtisodiyotning tayanch bo‘g‘inidir.

Aholining kam ta’minlangan, iqtisodiy yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya

qilishdek mas’uliyatni o‘zining asosiy maqsadi qilib olgan bu jamg‘armaning

bugungi kundagi ahamiyati yuksakdir.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilar hisobiga

shakllantiriladi:

korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, yuridik shaxs tuzmasdan

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning sug‘urta badallari;

fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari;

dehqon xo‘jaliklari a’zolarining ixtiyoriy ravishda to‘laydigan sug‘urta

badallari;

korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda ajratiladigan

majburiy ajratmalari;

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda

mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash

xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va

fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, muddatidan oldin tayinlangan

pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun Aholini ish bilan ta’minlashga

ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasidan o‘tkaziladigan mablag‘lar;

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni

to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va

tashkilotlar mablag‘lari;

hisoblangan jarimalar summalari (qonun hujjatlariga muvofiq soliq

organlarini rivojlantirish Jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari),

sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar;

yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari va qonunchilik bilan

ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar.

Yuqorida nomi keltirilgan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarining

miqdori to‘lovchilarga soliq organlari tomonidan etkaziladi va Pensiya fondiga

to‘lanadigan majburiy to‘lovlar soliqlar va yig‘imlarga tenglashtiriladi. Ish haqi fondidan

ajratmalar va sug‘urta badallari bo‘yicha hisobotlar har chorakda soliq inspektsiyasiga

topshiriladi.

Quyida keltirilgan jadvalda keyingi yillarda ish beruvchilarning mehnat haqi

fondiga nisbatan hisoblanadigan va to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovning ijtimoiy

jamg‘armalar o‘rtasida taqsimlanish foizlari ko‘rsatilgan (1-jadval).

Page 77: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

77

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslarning ish haqi

fondidan Pensiya jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar uchun belgilangan stavka

2007-2008 yillarda 23,5 foizni tashkil etdi, 2009 yilda 23,6 foiz, 2010-2015 yillarda

esa 24,8 foiz qilib belgilandi. 2015 yilda kichik biznes vakillari – mikrofirmalar va

kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida

ular uchun yagona ijtimoiy to‘lovning miqdori ish haqi fondiga nisbatan 15 foiz

qilib belgilandi51

.

1-jadval

2006-2015 yillarda yuridik shaxslarning ish haqi fondidan yagona

ijtimoiy to‘lov miqdori va uning taqsimlanishi52

2006 2007 2008 2009 2010-

2015

2015

(mikrofirmalar,

kichik korxo-

nalar, fermer

xo‘jaliklari)

Yagona ijtimoiy

to‘lov stavkasi 25,0 24,0 24,0 24,0 25,0 15,0

Budjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasi 24,2 23,5 23,5 23,6 24,8 14,8

Ish bilan

ta’minlashga

ko‘maklashuvchi

jamg‘arma 0,5 0,3 0,3 0,2 0,1 0,1

Kasaba uyushmalari

Federatsiyasi

Kengashi 0,3 0,2 0,2 0,2 0,1 0,1

Quyida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, (2-jadvalga

qarang) Pensiya jamg‘armasi daromadlari tarkibida eng katta ulushni yuridik

shaxslar ish haqi fondidan ajratmalar tashkil etadi. Ushbu ajratmalar hisobidan

fondning 2012 yilda 59,5 foizi, 2013 yilda – 51,7 foizi, 2014 yilda – 56,1 foizi, 2015

yil bo‘yicha esa 50,3 foizi shakllantirilgan. Kattaligi jihatidan keyingi o‘rinda

mahsulot sotish hajmidan majburiy ajratmalar turadi, ular bo‘yicha tushumlar

Jamg‘arma daromadlarining 2012 yilda – 17,4 foizini, 2013 yilda 15,4 foizini, 2014

yilda 14,9 foizini, 2015 yil bo‘yicha esa 12,5 foizini tashkil qilgan. Fuqarolarning

majburiy badallarining ulushi 13,8-14,9 foizni tashkil etadi.

Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:

Jamg‘arma bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalarni to‘lash;

51

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yi 4 dekabrdagi PQ-2270-sonli qarorining 25- ilovasi asosida. 52

2006-2015 yillar uchun qabul qilingan “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va budjet parametrlari to‘g’risida”gi

Prezident qarorlari asosida muallif tomonidan umumlashtirildi

Page 78: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

78

2-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

daromadlari tarkibi va tuzilishi53

(mlrd. so‘mda)

Ko‘rsatkichlar 2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil (prognoz)

summasi ulushi summasi ulushi summasi ulushi summasi ulushi

Daromadlar 8065,4 100,0 10302,1 100,0 13013,7 100,0 16557,0 100,0

Yil boshiga qoldiq 280,1 3,5 602,2 8,8 1067,3 8,2 2592,0 15,7

Ish haqi fondidan yagona ijtimoiy

to‘lovdan tushumlar 4799,2 59,5 5907,4 51,7 7299,5 56,1 8324,2 50,3

Fuqarolarning majburiy badallari 1110,2 13,8 1482,7 14,4 1877,2 14,4 2463,8 14,9

Mahsulot sotish hajmidan

majburiy ajratmalar 1401,5 17,4 1591,3 15,4 1933,0 14,9 2063,8 12,5

Boshqa daromadlar 474,4 5,8 718,5 9,7 836,7 6,4 1113,1 6,7

53

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012, 2013, 2014, 2015 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va budjet parametrlari to‘g’risidagi Qarorlari (PQ-1675, PQ-1887, PQ-2099,

PQ-2270) asosida muallif tomonidan umumlashtirildi.

Page 79: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

79

bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmagan

keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalarni to‘lash;

korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda

mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast etkazilgan

xodimga zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar;

dafn marosimi uchun nafaqalarni to‘lash;

bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalarni to‘lash;

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalariga qo‘shimcha ta’til

uchun to‘lovlarni to‘lash;

Pensiya fondidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqa to‘lovlarni to‘lash.

Quyida keltirilgan jadvalda (3-jadval) Pensiya fondining 2012-2015 yillardagi

xarajatlari tarkibi va tuzilishi tahlil qilingan.

3-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasi xarajatlari tarkibi va tuzilishi54

(mlrd. so‘mda)

Ko‘rsatkichlar 2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil

summa % summa % summa % summa %

Xarajatlar 8065,4 100 10302,1 100 13013,7 100 16557,0 100

Ishlamaydigan

pensionerlarga

pensiyalar to‘lash

xarajatlari 7246,0 89,8 9097,9 88,3 11191,9 86,0 12838,1 77,5

Ishlaydigan

pensionerlarga

pensiyalar to‘lash

xarajatlari 290,9 3,6 317,4 3,1 426,6 3,3 474,8 2,9

Qariyalar va meh-

natga layoqatsiz

fuqarolarga nafa-

qalar, bola tug‘il-

ganlikda, dafn

marosimlari

uchun nafaqalar

va boshqa

to‘lovlar 12,8 0,6 20,5 0,2 29,1 0,2 105,2 0,6

Boshqa xarajatlar 1,8 0,02 2,1 0,0 2,4 0,0 2,8 0,0

Yil oxiriga qoldiq 513,9 6,4 864,2 8,4 1363,7 10,5 3136,1 19,0

54

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012, 2013, 2014 va 2015 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va budjet

parametrlari to‘g’risidagi Qarorlari (PQ-1675, PQ-1887, PQ-2099, PQ-2270) asosida

Page 80: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

80

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari

asosan ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar to‘lash xarajatlarini qoplashga

yo‘naltiriladi, xususan, 2012 yilda bu maqsadlarga fond mablag‘larining 89,8 foizi,

2013 yilda – 88,3 foizi, 2014 yilda 86,0 foizi, 2015 yilda esa 77,5 foizi

yo‘naltirilgan. Ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar to‘lash xarajatlari tahlil

qilinayotgan yillarda o‘rtacha 3,6-2,9 foizni tashkil etmoqda.

Qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar, dafn marosimlari

uchun nafaqalar va boshqa to‘lovlar ulushi yildan yilga kamayish tendentsiyasiga

ega (2012 yildagi 0,6 foizdan 2014 yildagi 0,2 foizga). Buning asosiy sababi,

pensiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog‘liq bo‘lib, avval

Pensiya jamg‘armasidan to‘lanadigan bir qator nafaqa va to‘lovlarning davlat

budjetiga o‘tkazilishi Pensiya jamg‘armasiga pensiyalarni to‘lash bilan bog‘liq

bo‘lmagan bosimni birmuncha kamaytirdi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, davlat mablag‘larining samarali boshqarilishi

natijasida Pensiya jamg‘armasiga oxirgi yillar ichida davlat budjetidan dotatsiya

berib borish amaliyotidan voz kechildi, bunga jamg‘armaning yil oxiridagi qoldiq

summalarining mavjud bo‘layotganligi ham guvohlik bermoqda. Jadvaldan

ko‘rinib turganidek, bu mablag‘lar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan xarajatlarning

2015 yil prognozlari bo‘yicha 19, 0 foizni tashkil qilishi prognoz qilingan. Lekin

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromad va xarajatlari o‘rtasida

vaqtinchalik kassaviy uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda Moliya vazirligi tomonidan

bu kassaviy uzilishni qoplashga budjet ssudalari berilishi mumkin.

Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:

1. Guruhlar tarzida ishlash: byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromad

manbalari haqida so’zlab bering;

2. Yuridik va jismoniy shaxslardan Pensiya jamg’armasiga majburiy ajaratmalari

bo’yicha toifali jadval tuzing

3. Istiqbolda pensiya ta’minotining moliyaviy holati va bugungi kundagi moliyaviy

holatiga izoh bering? (talabalar bilan debat usulida suhbat);

4. Jahonda Pensiya jamg’armasi moliyaviy barqarorligini ta’minlashda qanday

usullardan foydalanilib kelinmoqda (talabalar bilan debat usulida suhbat);

5. O’zbekiston Respublikasida Pensiya jamg’armasi moliyaviy barqarorligini

ta’minlashda jahon tajribasining qanday usullaridan foydalansa buladi va bu bizga

qanday natija beradi deb uylaysiz(talabalar bilan debat usulida suhbat)?

Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar

5. Pensiya jamg’armasi faoliyatini tartibga soluvchi organlar tug’risida “nilufar

guli” usulida chizma tayyorlang

6. “Nima uchun” grafikli texnologiya asosida har bir byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasini boshqaruvchi organ asosida uni boshqarish ahamiyatini yoritib

beruvchi grafik va chizmalar tayyorlang

7. Umumiy va operativ boshqaruv organlarini ajratib chizma tayyorlang

Page 81: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

81

8. Xorijiy mamlakatlarda pensiya ta’minotini boshqarishni tashkil etilishi

to’g’risida mustaqil ish tayyorlang.

9. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Nizomini olib o’qing hamda

Pensiya jamg’armasining daromadlari haqida o’qing va bu bo’yicha taqdimot

tayyorlang.

10. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibini bir jadvalga

tizimlashtiring hamda uni tahlil qiling.

Davlat Pensiya jamg‘armasining daromadlari tizimi

Ko‘rsatkichlar

2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil

Mlrd.

so‘mda

Jami

daromad

larga

nisbatan

foizda

Mlrd.

so‘mda

Jami

daromadl

arga

nisbatan

foizda

Mlrd.

so‘mda

Jami

daromad

larga

nisbatan

foizda

Mlrd.

so‘mda

Jami

daromad

larga

nisbatan

foizda

Mlrd.

so‘mda

Jami

daromad

larga

nisbatan

foizda

Jami daromadlar 8065.4 100.0 10302.1 100.0 13013.7 100.0 16557.0 100.0 18113.3 100.0

Yil boshida

kutilayotgan qoldiq

280.1 3.5 602.2 5.8 1067.3 8.2 2592.0 15.6 2568.3 14.2

Daromadlar 7785.3 96.5 9699.9 94.2 11946.4 91.8 13965.0 84.3 15545.0 85.8

Shu jumladan:

Mexnat xaqi fondiga

nisbatan yagona

ijtimoiy to‘lovdan

ajratmalar

4799.2 59.5 5907.4 57.3 7299.5 56.1 8324.2 59.6 9474.0 52.3

Fuqarolarning ish

haqi fondidan

majburiy sug‘urta

badali

1110.2 13.8 1482.7 14.4 1877.2 14.4 2463.8 17.6 3235.0 17.9

Tovar (xizmat, ish)

larning sotish

hajmidan majburiy

ajratmalar

1401.5 17.4 1591.3 15.4 1933.0 14.9 2063.8 14.7 1527.0 8.4

Soliqsiz tushumlar - - - - - - - - 18.0 -

Boshqa daromadlar 474.4 5.9 718.5 7.0 836.7 6.4 1113.1 8.0 1291.0 7.2

Berilgan jadval ma’lumotlaridan Pensiya jamg’armasi daromadlarini tahlil qiling

hamda yana qanday yangi daromad manbalarini izlab toppish bo’yicha o’z

takliflaringizni keltiring hamda ularni asoslang.

Glossariy

byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar (funds allocated from the budget)–

Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan byudjet

tashkilotlari hamda byudjet mablag‘lari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul

mablag‘lari;

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (extra-budgetary Pension

Fund)– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar

to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni

moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek

boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi;

Page 82: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

82

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari (revenues of

revenues of extra-budgetary Pension Fund)– jamg‘arma daromadlari yagona

ijtimoiy to‘lovning belgilangan miqdordagi tushumlari, fuqarolarning sug‘urta

badallari, korxona va tashkilotlarning majburiy ajratmalari va boshqa daromadlar

hisobidan shakllantiriladi;

davlat pensiya ta’minoti tizimi (State pension system)– fuqarolarning

qonunchilikda belgilangan keksalik yoshiga etganida, nogironlik tufayli mehnat

layoqatini yo‘qotganida, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganida va

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda pensiya ko‘rinishida moddiy ta’minot

berish maqsadiga ega bo‘lgan iqtisodiy institutlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar

yig‘indisi;

fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi

(accumulative pension funds of citizens) – fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib

boriladigan pensiya hisob varag‘laridagi jamg’arlardan davlat pensiyasiga

qo‘shimcha ravishda pul jamg’arlari bilan ta’minlash maqsadiga ega bo‘lgan

iqtisodiy institutlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar yig‘indisidan iborat;

ijtimoiy himoya (social protection)- o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda

ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga nisbatan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam

shakli bo‘lib, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar,

nafaqalar va imtiyozlarni ko‘zda tutadi;

ijtimoiy sug‘urta (social insurance)– Mehnatga layoqatsizlarni moddiy

ta’minlashning qatiy kafolatli tizimi ijtimoiy sug‘urta deb ataladi;

pensiya (pension)– uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va

me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish,

nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul

to‘lovi;

pensiya miqdori (pension amount) – ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib,

pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan,

pensiyaga qo’shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi;

Taqsimlanuvchi pensiya tizimi (PAYG) –( distribution pension system)

avlodlarni bir-biriga bog’lovchi yosh avlod joriy ajratmalari hisobiga keksa

avlodni pensiya bilan ta’minlovchi birdamlik prinsipiga asoslangan pensiya

dasturi;

Yagona ijtimoiy to’lov (Unified social payment)– bu ish beruvchi

tomonidan ishchilarning mehnatidan foydalangani uchun umumiy ish haqi

fondidan to’lab beriladigan pul mablag’I hisoblanadi. Hozirgi kunda uning stavkasi

25 foizni tashkil qiladi.

Page 83: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

83

“Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlari” mavzusidataqdimot

Page 84: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

84

6-mavzu. Yoshga dori pensiyalarni hisoblash va to’lash tartibi Reja:

1. Yoshga doir pensiyalarni tayinlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar va

ularni rasmiylashtirish

2. Pensiya olish huquqini beradigan ish staji

3. Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga

pensiyalar tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblab chiqish

tartibi

4. Sanoatning mavsumiy tarmoqlari tashkilotlarida band bo’lgan xodimlarga

va boshqa kasb xodimlariga ish stajini hisoblash tartibi

1. Yoshga doir pensiyalarni tayinlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar va

ularni rasmiylashtirish

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy munosabatlar

yuzaga kelishi ko‘pchilik hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asos mavjud

bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonunchilik normasida muayyan toifadagi fuqaroga

u yoki bu shakldagi ijtimoiy yordamning ko‘rsatilishi nazarda tutilganligi bir

tomondan yordam ko‘rsatilishini talab qilish huquqini, ikkinchi tomonda esa

(davlat organi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqalar) bunday

ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan majburiyatni paydo qiladi. Sub’ektiv

huquqlardan foydalanishga qaratilgan hatti-harakatlar ikkinchi tomonning faol

majburiyatiga mos keladi55

.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid huquqiy munosabatlarni yuz berishi

ijtimoiy yordam olish huquqi paydo bo‘lishiga olib keladigan yuridik faktlarga

bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy yordam olish huquqi paydo bo‘lishi uchun talab

etiladigan yuridik faktlar turli-tumandir va ularning xususiyati ijtimoiy

yordamning qaysi turidan foydalanish haqida, yordam kimga

ko‘rsatilayotganligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Masalan, Muruvvat uyiga

joylashtirish va davlat ta’minotiga olish tarzida ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi

uchun bir nechta yuridik faktlar majmui mavjud bo‘lishi (pensiya yoshiga

etganlik, moddiy jihatdan ta’minlashgamajbur yaqin qarindoshlarning

yo‘qligi yoki ular moddiy yordam ko‘rsatish imkoniyatga ega emasligi,

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi yo‘llanmasi

mavjudligi) talab qilinadi56

.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid huquqiy munosabatlarda plyuralistik

nazariya to‘laroq o‘z ifodasini topadi, zeroki bunday yordam ko‘rsatish ob’ekti,

ya’ni huquqiy munosabat mavzusi turli-tumandir va bir holatda muayyan

ashyolarni yordam tariqasida topshirishlikni nazarda tutsa, (masalan, yolg‘iz

55

Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social

security” Economic Policy Institute,2011 y. p 40 56

Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social

security” Economic Policy Institute,2011 y. p 42

Page 85: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

85

nogironlarga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarni bepul berish), boshqa holda

muayyan imtiyozlar berishlikni (masalan, kommunal xizmat, transport xizmati,

tibbiy xizmat ko‘rsatish va hokazo) belgilaydi.

Pensiya tayinlash va to’lash, shuningdek fuqarolarning pensiya ta’minoti

bilan bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqish O’zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar)

bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkilot ma’muriyati har yili dekabr oyida shaxsiy varaqchalar va mehnat

daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya

olish huquqiga ega bo’ladigan xodimlar ro’yxatini tuzadi. Ro’yxatda xodimning

familiyasi, ismi, otasining ismi; tug’ilgan yili, oyi, kuni, shuningdek xodim

yashaydigan joy; tarkibiy bo’linmaning nomi; lavozimi (kasbi); pensiya tayinlash

uchun murojaat qilish uchun asoslar; hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji;

imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash huquqini beruvchi maxsus ish

staji ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Ko’rsatib o’tilgan ro’yxatga kiritilgan xodimlarga

nisbatan tashkilot ma’muriyati pensiya tayinlash uchun hujjatlarni oldindan

tayyorlashga kirishadi. Zarur bo’lganda tashkilot ma’muriyati etishmayotgan

hujjatlarni so’rab olish choralarini ko’rishi kerak.

Tashkilot ma’muriyati to’plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash

uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi.

Tashkilot ma’muriyati xodim pensiya yoshiga etgan kundan kechiktirmay

uning pensiya olish huquqiga ega bo’lganligini bildirishga majbur.Xodim pensiya

tayinlash to’g’risida ariza bergan taqdirda tashkilot ma’muriyati mazkur ariza

ro’yxatga olingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida zarur hujjatlarni va

taqdimnomani to’liq rasmiylashtiradi va ariza beruvchini ular bilan (taqdimnomaga

imzo qo’ydirgan holda) tanishtiradi.

Hujjatlar va taqdimnoma xodimning arizasi bilan birga ariza beruvchining

yashash joyidagi Pensiya jamg’armasi bo’limiga yuboriladi. Tashkilot ma’muriyati

pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlarni to’play olmagan hollarda

Pensiya jamg’armasi bo’limiga bor hujjatlar topshiriladi, etishmagan hujjatlar esa

belgilangan muddatlarda qo’shimcha ravishda taqdim etiladi.

Agar xodimga pensiya tayinlash rad etilgan bo’lsa, bu haqda unga rad etish

sabablari ko’rsatilib, yozma ravishda xabar beriladi. Pensiya so’rab murojaat

qilgan kishi ma’muriyat qaroridan norozi bo’lsa, u pensiya tayinlash to’g’risidagi

arizani yashash joyidagi Pensiya jamg’armasi bo’limiga bevosita berishi mumkin.

Pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza qonun hujjatlariga muvofiq pensiya olish

huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya

jamg’armasi bo’limiga beriladi. Xodimga va uning oila a’zolariga pensiya

(boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi) tayinlangan taqdirda pensiya tayinlash

to’g’risidagi ariza xodimning yoki vafot etgan boquvchining (uning oila a’zolariga

boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlangan taqdirda) oxirgi ish joyi bo’yicha

tashkilotning ma’muriyati orqali ariza beruvchining yashash joyi bo’yicha Pensiya

jamg’armasi bo’limiga berilishi mumkin. Pensiya tayinlanadigan shaxs balog’atga

Page 86: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

86

etmagan yoki huquqiy muomalaga layoqatsiz bo’lgan taqdirda, ariza uning ota-

onasi yoki vasiysi tomonidan ularning yashash joyi orqali beriladi.

Pensiya tayinlashni so’rab pensiya olish huquqi paydo bo’lgan kundan

boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish

mumkin. Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya so’rab

murojaat etilgan kun hisoblanadi. Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda

barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan bo’lsa, ushbu arizani jo’natishning pochta

shtempelida ko’rsatilgan sanasi pensiya so’rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamg’armasi

bo’limi qo’shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini tashkilot

ma’muriyatiga yoki ariza beruvchiga ma’lum qiladi. Agar ular qo’shimcha

hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to’g’risida xabarnoma olingan kundan boshlab

uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza qabul

qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va

ishonchliligi uchun shubha paydo bo’lgan taqdirda Pensiya jamg’armasi bo’limi

pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to’g’risida qaror

chiqarishi mumkin. Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki

arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo’yicha ikki nusxada dalolatnoma

tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi,

shuningdek tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir

nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamg’armasi bo’limida

qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va

tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi to’g’risidagi ma’lumot majburiy

tartibda ko’rsatiladi.

Pensiya jamg’armasi bo’limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan

hujjatlarni tekshirish to’g’risida qaror chiqargan hollarda, tekshirish tamom bo’lish

muddatidan qat’i nazar, pensiya tayinlash uchun dastlab murojaat qilingan sana

pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi.

Yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga

quyidagilar ilova qilinishi kerak:

ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;

ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

ariza beruvchining jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005

yil 1 yanvardan keyin).

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

a) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va

qo’shilmalarda bo’lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar

organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

b) tegishli organ tomonidan berilgan, idoraviy bo’ysunuvidan qat’i nazar,

harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va kon-qutqaruv

qismlaridagi xizmatni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

Page 87: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

87

v) band bo’lgan shaxsga O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari

tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg’armasi bo’limi

tomonidan berilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langanligini

tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

g) O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining davolash-

profilaktika muassasasi tibbiy-maslahat komissiyasi (keyingi o’rinlarda TMK deb

yuritiladi) tomonidan berilgan ariza beruvchining bolasi 16 yoshgacha nogiron

bola deb e’tirof etilishini tasdiqlaydigan tibbiyot xulosasi yoki Tibbiy-mehnat

ekspert komissiyasi (keyingi o’rinlarda TMEK deb yuritiladi) tomonidan berilgan

parvarish ostidagi shaxs I guruh nogironi deb tan olinishini tasdiqlaydigan

nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismi;

d) davolash-profilaktika muassasasining xulosasi asosida fuqarolarning o’zini

o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan o’zgalarning parvarishiga muhtoj

bo’lgan 80 yoshga to’lgan keksalarga qarab turilgan vaqtni tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma;

e) oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan o’qish harbiy xizmatga

tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek partiya maktablarida),

aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada

(katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada kunduzgi

o’qishni, shu jumladan chet elda o’qishni tasdiqlaydigan diplom yoki

ma’lumotnoma;

j) bolani parvarish qilish bo’yicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi

to’g’risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola

tug’ilgandan boshlab u uch yoshga to’lgungacha bo’lgan davrda mehnat

munosabatlarida bo’lgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch

yoshga to’lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

z) ofitserlar tarkibidan bo’lgan shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va

muddatdan tashqari xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga

joylashtirish imkoniyati bo’lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqtni

tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

z1 O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan

O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik

muassasalari xodimlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar

vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan

lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo’lgan

vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

i) ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs

hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;

k) davolash-profilaktika muassasasining ariza beruvchi gipofizar nanizm

bemori (liliput) yoxud disproportsional pakana ekanligi to’g’risidagi

ma’lumotnomasi;

l) familiya, ism, ota ismi o’zgartirilganligi to’g’risidagi hujjat;

Page 88: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

88

m) TMEKning nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi —

mehnatda yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida I va II guruhlar nogironi

bo’lgan vaqt stajga hisoblanadigan hollarda;

n) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan nogiron

bola 8 yoshga to’lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma, shuningdek bola 8 yoshgacha nogiron bola deb e’tirof etilishini

tasdiqlaydigan TMK tomonidan berilgan tibbiyot xulosasi, yoki TMK tomonidan

berilgan nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan kasallik bo’yicha

davolash-profilaktika muassasasida hisobda turganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma;

o) oqlov hukmi yoki ish to’xtatilganligi to’g’risida sudning ajrimi (qarori)

yoki prokuror (tergovchi)ning ish to’xtatilganligi to’g’risidagi qarori, shuningdek

oldini olish chorasi sifatida shaxsni tergov izolyatoriyada (turmada) qamoqda

saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni o’tash davri

to’g’risida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi,

shuningdek reabilitatsiya to’g’risidagi hujjatlar (sud organlari, prokuratura

organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi chiqarilganligi

to’g’risidagi ma’lumotnomasi yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar bo’yicha jinoyat

ishi to’xtatilganligi to’g’risidagi qarori (ajrimi);

p) O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish

vazirligi tuman (shahar) Bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining

shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to’g’risidagi taqdimnomasi.

2. Pensiya olish huquqini beradigan ish staji

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi

to‘g‘risidagi”Qonunga asosan, fuqarolar ma’lum belgilangan yoshga etib ish

stajiga ega bo‘lganlarida pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan. Yoshga doir

pensiya Respublikamizdagi keksa fuqarolarni ijtimoiy ta’minlashning asosiy

shakllaridan biri hisoblanadi. Insonni keksaygan chog‘ida moddiy ta’minlash

imkonini yaratib beruvchi moddiy mexanizm barpo qilish bozor iqtisodiyoti

tamoyillaridan biri hisoblanadi. Yoshga doir pensiyaga to‘xtaladigan bo‘lsak,

umumiy asoslarga ko‘ra yoshga doir pensiya olish huquqi fuqarolar belgilangan

pensiya yoshiga yetgan paytdan va ularda muayyan ish staji bo‘lganda yuzaga

keladi.

Yoshga doir pensiya deganda, asosan, fuqarolarning o‘tgan davrdagi ish

stajini, jamiyat rivojlanishiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda umrbod

tayinlanadigan davlat pensiya ta’minotining turlaridan biri tushuniladi. Yoshga

doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25

yil bo‘lgan taqdirda, ayollar 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil

bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar (2.1-jadval).

Xarbiy xizmatchilarni, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlari va

oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini

pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi

qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ularga qonunda nazarda tutilgan asoslarda

Page 89: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

89

pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda xarbiy xizmatchilar, shuningdek ichki

ishlar organlari boshliqlari va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan pul ta’minotining

barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi.

1-jadval

Yoshga doir pensiya olish huquqiga umumiy talablari57

Jinsi Yoshi Ish staji

erkaklar 60 yoshga to‘lganda kamida 25 yil

ayollar 55 yoshga to‘lganda kamida 20 yil

Pensiya miqdori ish stajining muddatiga muvofiq bo‘lib, quyidagilardan

tashkil topadi:

pensiyaning tayanch miqdori;

ish staji uchun pensiyaning oshirilishi;

pensiyaga qo’shiladigan ustama haq.

Pensiya tayinlashda talab etiladigan ortiqacha ish stajining har bir to‘liq yili

uchun yoshga doir pensiyaning tayanch miqdorlari - pensiya tayinlash uchun

olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida oshiriladi.

Yoshga doir pensiya agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab

uch oy muddat ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga

to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi.58

Yoshga

doir pensiyalarning tayanch miqdorlari to‘liq pensiya uchun pensiyani hisoblab

chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy

belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida. Pensiyani

hisoblab chiqarish uchun, ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, butun

mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketmaket besh yil uchun (pensiya so‘rab

murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi

olinadi. O’rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oydagi ish

haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda

pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga qarab, ishga kirish yoki ishdan

bo‘shash munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar ishlangan to‘liq

kalendar oylar sifatida hisobga olinadi. Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi etti

yildan oz vaqt ishlagan hollarda o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar

oylaridagi ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan

aniqlanadi. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda

amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi istalgan ketmaket besh mavso‘mdagi ish haqini

oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

57

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-938-XII-son.

03.09.1993. 58

O‘sha erda, 47-modda, 1-band

Page 90: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

90

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz hissasidan

ortiq bo‘lmagan ish haqi olinadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan

o‘rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi

to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman bo‘lmagan hollarda ish staji uchun pensiya eng

kam oylik ish haqiga qarab hisoblab chiqariladi. Ta’minot badallari hisoblanadigan

ish haqining barcha turlari pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun ish haqiga

qo‘shiladi. Davlat tomonidan ijtimoiy ta’minotlanmaydigan shaxslarning

pensiyasini hisoblab chiqarish uchun ish haqiga ta’minot badallari olinadigan

mehnat haqi turlariga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qo‘shiladi59

.

Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga binoan o‘quv davrida

to‘langan stipendiya ish haqiga tenglashtiriladi. Ish vaqtini hisob-kitob qilish

mumkin bo‘lmagan xodimlarning (fermerlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati

bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ayrim fuqarolarning yumushlarini bajaruvchilar va

hokazo) pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun ish haqi miqdori O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasiga to‘langan ta’minot badallari miqdoriga qarab aniqlanadi.

Ish haqining natural qismi ijtimoiy ta’minotga o‘tkazilgan badallar miqdoriga

qarab baholanadi. Ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsient belgilangan

hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy

koeffitsient e’tiborga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga

olinadi. Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan, O‘zbekiston Respublikasida

ishlamagan fuqarolarga pensiyalar O‘zbekiston dagi tegishli kasb hamda

malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish

haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi.

Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo‘lmasa, o‘rtacha oylik

ish haqini aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

belgilab beradi.Chet elda ishlashga yuborilgan xodimlarning o‘rtacha oylik ish

haqini hisoblab chiqarishda ular chet elga yuborilishidan oldin olgan ish haqi

hisobga olinadi.

Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi60

:

- faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat

tomonidan ijtimoiy ta’minotlangan holda bajargan har qanday ish, agar u

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasiga ta’minot badallari to‘lagan bo‘lsa. 1965 yildan keyingi

davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa

xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda

59 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

60 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 91: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

91

ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom

etgan davri hisobga olinadi. Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini,

basharti ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasiga ta’minot badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy

uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki

birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran

belgilaydilar.

- harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat

xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;

- idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi,

maxsus aloqa organlari va tog‘konqutqaruv qismlaridagi xizmat;

- yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan yakka (guruhli) ijara

sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo‘jaligidagi faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasiga ta’minot badallari to‘langan taqdirda61

.

- I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek

o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining xulosasiga

ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;

- oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, bilim yurtlarida, kadrlar tayyorlash,

malaka oshirish va yangi ixtisosni o‘rganish maktablari va kurslarida,

doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda

o‘qish;

- onaning (o‘gay onaning) bolalarini (o‘gay o‘g‘illarini, o‘gay qizlarini)

go‘daklik yoshida parvarishlagan vaqti, lekin ko‘pi bilan har bir bola 3 yoshga

to‘lguncha, hammasini jamlaganda 6 yil doirasida;

- ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning,

michmanlarning va muddatdan tashqari harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni

ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin

10 yildan oshmagan davr;

- O‘zbekiston Respublikasi muassasalari va halqaro tashkilotlar xodimlari

xotinlarining chet elda bo‘lgan vaqti, lekin 10 yildan oshmagan davr;

- cho‘ponlarning xotinlarining ishga joylashish imkoniyati bo‘lmagan

yaylovlarda eri bilan birga yashagan vaqti, lekin 10 yildan oshmagan davr.

Chet elda ishlangan davrlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan ta’minot

badallari to‘langan taqdirda, agar davlatlararo bitimlarda o‘zgacha qoidalar nazarda

tutilmagan bo‘lsa, mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi

fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga

61 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 92: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

92

kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi. Chet el fuqarolariga va fuqaroligi

bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O‘zbekiston Respublikasida ishlanganiga

to‘g‘ri keladigan stajning 1-3 hissasidan oshmagan miqdorda62

, agar davlatlararo

bitimlarda (shartnomalarda) o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, stajga

qo‘shiladi.

Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Mehnat

daftarchasi yoki unda tegishli yozuvlar bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash

tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy

bo‘limlari to‘laydi. Ishlab turgan pensionerlarga pensiyalar ularning ish joyida,

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.

Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida

talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan

oldingi uch yildan oshmagan davr uchun to‘lanadi. Pensiyani tayinlovchi yoki

to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr

uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi. Pensioner ozodlikdan mahrum

qilingan taqdirda tayinlangan pensiyani to‘lash ozodlikdan mahrum qilingan davr

uchun to‘xtatib qo‘yiladi. Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti

munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga

kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Otaonasi, eri (xotini), shuningdek pensioner

bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga

kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga

muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga

ega bo‘ladilar, chunonchi:

yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar,

muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning belgilangan tartibdagi ro‘yxati;

umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish

huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va

ko‘rsatkichlarning belgilangan tartibdagi ro‘yxati;

umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish

huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va

ko‘rsatkichlarning belgilangan tartibdagi ro‘yxati.Imtiyozli shartlarda pensiya olish

huquqiga, shuningdek urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning nalari,

62 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 93: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

93

liliputlar, pakanalar va ekologiya falokati mintaqasida ishlagan fuqarolar

egadirlar63

.

Shuningdeq yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish

huquqiga ega bo‘ladilar:

- kon sanoatidagi etakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar basharti, ular ana shu

ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar ;

- bevosita er osti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, konqutqaruv

qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni

qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band

bo‘lgan xodimlar basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar;

- uchuvchilar va uchuvchi sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat

qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i

nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil

va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish

ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini erkaklar kamida 20

yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;

- teatrlar va boshqa teatrtomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari;

- sportchilarning ayrim toifalari ish staji kamida 20 yil bo‘lganda.

Qonunchilikda belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish

huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida

mutanosiblik bo‘zilgan pakanalar – erkaklar ish staji kamida 20 yil bo‘lganda,

ayollar ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.

To‘liq pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga

yoshga doir pensiyalar bor stajga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi. Ish

staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda

tayinlanadi.

Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar yoshga doir pensiyalar uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ish

haqining yakka tartibdagi koeffitsientlarini qo‘llagan holda pensiyani hisoblash

uchun qabul qilinadigan haqiqiy ish haqini qayta hisoblab chiqish tartibi Vazirlar

Mahkamasining 2011 yil 8sentyabrdagi 252-sonli “Pensiyani hisoblash uchun

qabul qilinadigan amaldagi ish haqini ish haqining yakka tartibdagi

koeffitsientlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risida”gi

nizomga muvofiq tartibda belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ish haqi, pensiyalar

va ijtimoiy nafaqalar miqdorlari oshirilgan taqdirda ilgari tayinlangan barcha

pensiyalar miqdorlari ushbu Farmonda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq

63 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 94: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

94

oshiriladi.

Navoiy viloyati Karmana tumanida bugungi kunda 12385 ta pensiya va

nafaqa oluvchilar mavjud bo‘lib, shundan 9890 nafari yoshga doir pensiya oluvchi

shahslarni tashkil etmoqda (1-rasm).

1-rasm. Navoiy viloyati Karmana tumanida byudjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oluvchi

pensionerlar soni (pensiya turlari bo‘yicha)64

1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Karmana tumanida 2013 yilda

jami 8854 nafar yoshga doir pensiya oluvchilar mavjud bo‘lgan bo‘lsa,

2014 yilda esa 9152 nafar, 2015 yilda 9615 nafar, 2016 yil may holatida

9890 nafarga etgan. Ko‘rinib turibdiki yoshga doir pensiya oluvchilar soni

yil sayin o‘sib bormoqda.

Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z

vaqtida talab qilib olinmagan pensiya (barcha turlari) puli pensiyani olish

maqsadida murojaat etilganidan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun

to‘lanadi.

Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida

olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan

holda to‘lanadi.

Ish staji — mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan, o’qishdan yoki

arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo’yicha aniqlangan, ishdagi tanaffuslardan

qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini beradigan

mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligi;

Maxsus ish staji — xalq xo’jaligining muayyan tarmoqlarida, kasblar va

lavozimlarda qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini

beradigan mehnat faoliyatining davomiyligi65

.

Pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qo’shib

hisoblanadi:

64

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Karmana tumani

bo‘limi ma’lumotlari asosida 65 Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social

security” Economic Policy Institute,2011 y. p 78

Page 95: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

95

a) faoliyat turi, mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim

davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan bo’lsa.

1965 yilgacha bo’lgan davrda jamoa xo’jaligidagi ish stajini hisoblab

chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qat’i nazar, har

bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendar yil sifatida qabul qilinadi.

1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xo’jaligidagi ish stajini hisoblab

chiqishda, agar jamoa xo’jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko’ra jamoa xo’jaligida

belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo’lsa, ishlangan

vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Agar jamoa xo’jaligi a’zosi

jamoa xo’jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa

xo’jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan bo’lsa, u holda

uning ishi staji jamoa xo’jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilingan sanadan (chiqish

sanasigacha) boshlab qabul qilinadi.

Jamoa xo’jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini

tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo’lmasa mehnatning amaldagi davomiyligi

bo’yicha ish vaqti hisobga olinadi.

Ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lgan ijodiy uyushmalar a’zolariga 1991

yil 1 yanvargacha ish staji agar ana shu muallifning asari birinchi marta e’lon

qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan e’tiboran, 1991

yil 1 yanvardan boshlab esa — ular faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari

to’lagan bo’lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanadi.

Ish stajiga, o’tgan davr uchun bir yo’la qo’shib hisoblash (to’lash)dan qat’i

nazar, uning uchun sug’urta badallari hisoblangan (to’langan) oylar qabul qilinadi,

dehqon xo’jaliklari a’zolari hamda qoramol etishtirish hamda shaxsiy yordamchi

va dehqon xo’jaliklarida etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band

bo’lgan shaxslar bundan mustasno;

b) harbiy xizmat (shu jumladan safarbarlik chaqirig’i rezervidagi harbiy

xizmat) va partizanlar otryadlari va qo’shilmalarida bo’lish, davlat xavfsizligi

organlaridagi va ichki ishlar organlaridagi xizmat;

v) harbiylashtirilgan soqchilikda, maxsus aloqa organlarida va idoraviy

bo’ysunuvidan qat’i nazar, kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;

g) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan

tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan bo’lsa, yakka tartibdagi

mehnat faoliyati yoki qoramol etishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon

xo’jaliklarida etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyat;

d) qarab turish vaqti:

I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha nogiron bolaga qarab turish;

o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt

— 80 yoshga to’lgan qariya o’zganing parvarishiga muhtoj bo’lgan davr.

Page 96: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

96

Bunda I guruh nogironini yoki 16 yoshgacha nogiron bolani, shuningdek

o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan 80 yoshga to’lgan keksaga qarab turish

vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab

turishga muhtoj bo’lgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qo’shib

hisoblanadi;

e) oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan ularda o’qish harbiy xizmatga

tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida), aspiranturada (stajyorlar-

tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar —

izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada kunduzgi o’qish, shu jumladan chet

elda o’qish;

j) bola 3 yoshga to’lgunga qadar, bolani parvarishlash ta’tillarida bo’lish

vaqti, biroq jami ko’pi bilan 3 yil.

Misol: Agar 30 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan ishlayotgan ayol ish

stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash ta’tillarida bo’lgan bo’lsa, u

holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 25 yil ish staji

hisoblanadi (30 yil — 8 yil + 3 yil = 25 yil).

Bolani parvarishlash ta’tilida bo’lish davri (shu jumladan puli to’lanadigan

ta’tilda bo’lish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish

stajiga qo’shilmaydi;

z) ofitserlar tarkibidan bo’lgan shaxslarning, praporshchiklarning,

michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari,

ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo’lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt,

biroq ko’pi bilan 10 yil.

i) O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik

muassasalari xodimlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar

vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan

lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda

bo’lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr;

Agar ko’rsatilgan davrlar bir vaqtning o’zida bir davrga to’g’ri kelsa, u

holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun

murojaat qilganning xohishiga ko’ra faqat bir davr qo’shib hisoblanadi.

Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II

guruh nogironlikda bo’lish vaqti yoshga doir va boquvchisini yo’qotganlik

pensiyasini tayinlashda stajga qo’shib hisoblanadi.

Yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ishlangan vaqt pensiya tayinlash

uchun stajga qo’shib hisoblanmaydi. Ertaroq muddatdan boshlab yoshga doir

pensiya tayinlashda staj pensiya tayinlangan kungacha hisobga olinadi.

Nogironni sakkiz yoshgacha tarbiya qilgan bolalikdan nogironning onasiga

pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga ko’rsatilgan davrlar

qo’shib hisoblanadi.

Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo’shib hisoblanadi:

a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va

muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va

Page 97: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

97

qo’shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni

bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;

b) 1941 — 1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu

jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va «a» kichik

bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari, harbiy xizmat — ikki hissa

barobarida;

v) Qonun 10-moddasining «a» va «b» bandlariga hamda 11-moddasining

«a» bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan —

erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to’liq

yil — ikki hissa barobarida;

g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi

virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar

muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;

d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza

muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining— bir yarim hissa

barobarida;

e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag’on

qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo’lish va hibsda saqlash

joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.

Ushbu bandda nazarda tutilgan ish stajini imtiyozli hisoblash tartibi Qonun

bo’yicha tayinlanadigan pensiyalarning barcha turlari uchun qo’llanadi.

Pensiyaga bo’lgan huquqni belgilashda pensiya olish huquqini beradigan

ish staji belgilangan qoidalar qo’llanmasdan aniqlanadi.

Talab qilinadigan ish stajidan ortiq staj mavjud bo’lgan taqdirda umumiy

ish staji yaxlitlanishi kerak. Bunda ish stajining umumiy 15 kalendar kundan ortiq

davri to’liq oygacha yaxlitlanadi, 15 kalendar kungacha bo’lgan davr esa (15-

kalendar kunning o’zi ham) hisobga olinmaydi.

Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga

pensiyalar tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblab chiqish tartibi

quyida keltirilgan.

3. Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga

pensiyalar tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblab chiqish

tartibi

Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun

belgilangan xizmat muddatini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:

Samolyotlarda uchishlarning har 20 soati — belgilangan xizmat

muddatining bir oyiga o’tadi.

Vertolyotlarda, maxsus qo’llaniladigan aviatsiyadagi (sanitariya parvozlari,

aviakimyo ishlari, aerofotos’yomkalar, patrullik qilish, atmosferani tekshirish va

ishlarning boshqa turlari), chet el havo kemalarini kuzatib boruvchi guruh

tarkibidagi lavozimlarda (boshlovchi sifatida), komandirlik-uchuvchi va

instruktorlik tarkibidagi lavozimlarda, shu jumladan, aviatsiyaning uchuvchilar

Page 98: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

98

tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish oliy va o’rta ta’lim muassasalarida

uchishlarning har 12 soati — belgilangan xizmat muddatining bir oyiga o’tadi.

Avariya-qutqaruv (qidiruv-qutqaruv) havo kemalari ekipaji tarkibida bir yil

ishlash — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga o’tadi.

«Vatanparvar» o’quv va sport aviatsiyasi tashkilotlarining uchuvchilar

tarkibidagi lavozimlarda bir yil ishlash, tayyorgarlikning o’quv-uchish rejasini

bajargan taqdirda — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga, murakkab

va oliy pilotaj elementlarini bajargan taqdirda esa — 2 yiliga o’tadi.

Yoshi tufayli imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beradigan

parashyutchilar (barcha nomlardagi), qutqaruvchilar, o’t o’chiruvchi-desantchilar

(barcha nomlardagi), avia o’t o’chirish xizmati instruktorlari, parashyut

(parashyutchi-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv) bo’linmalari rahbarlari, parashyutchi-

desant guruhlarining shtatdagi va shtatdan tashqari xodimlari sifatida bir yil

ishlash, porshenli samolyotlardan, vertolyotlardan, dirijabllardan va aerostatlardan

sakrashning, balandligi 10 metrdan kam bo’lmagan balandlikda vertolyotdan osilib

turib, maxsus tushish va ko’tarilish moslamalarida ish bajarishning yillik normalari

bajarilgan taqdirda — belgilangan xizmat muddatining bir yarim yiliga, reaktiv

samolyotlar va vertolyotlardan sakrashning yillik normasi bajarilganda esa — 2

yiliga o’tadi.

Belgilangan xizmat muddatlarini imtiyozli hisobga olish huquqini beruvchi

shartlar bajarilmagan taqdirda bir yil xizmat — belgilangan xizmat muddatining

bir yiliga o’tadi.

Belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash uchuvchilar tarkibi

lavozimlaridagi barcha parvoz etgan davrdagi haqiqiy uchgan soatlarni tegishli

ravishda 20 va 12 soatlarga bo’lish yo’li bilan amalga oshiriladi. Belgilangan

xizmat muddatining yillik hisobi belgilangan xizmat muddatining to’liq oylar

sonini 12 ga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.

Yil davomida ko’rsatilgan turli ishlar bajarilgan taqdirda xizmat muddatlari

har bir ishda mutanosib ravishda uchish soatlarining qancha davom etganligi (band

bo’lganlik)ga qarab hisoblanadi.

Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimlarga pensiya tayinlash uchun

belgilangan xizmat muddatini hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi

250-son qarori bilan tasdiqlangan 1-ro’yxatning III qismi 2-bandining 1-kichik

bandida (keyingi o’rinlarda 1-ro’yxat deb ataladi) ko’rsatilgan lavozimlarda bir yil

ishlash — sinov uchishlari mazkur yil davomida o’tkazilgan bo’lsa, ikki yilga

o’tadi.

1-ro’yxatning III qismi 2-bandining 2-kichik bandida ko’rsatilgan

lavozimlarda bir yil ishlab, yiliga 120 va undan ortiq soat uchilgan bo’lsa — ikki

yilga, 50 soatdan 120 soatgacha uchilgan bo’lsa — bir yarim yilga, 50 soatdan kam

bo’lganda — bir yilga o’tadi. Ko’rsatib o’tilgan uchishlarning kamida 50 foizi

manyovrli aviatsiya kemalarida va vertolyotlarda bajarilgan bo’lsa, belgilangan

xizmat muddati shu tariqa hisoblanadi.

Page 99: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

99

1-ro’yxatning III qismi 2-bandining 3-kichik bandida ko’rsatilgan

lavozimlarda bir yil ishlash, uchish soatlarining belgilangan normalari bajarilgan

taqdirda, ikki yilga o’tadi.

Agar sinovchi-uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodim bir yil davomida sinov

uchishlarida ishtirok etmagan bo’lsa, ammo boshqa turdagi (transport

aviatsiyasida, uchishga tayyorgarlik tartibida va hokazo) uchishlarda ishtirok etgan

bo’lsa, belgilangan xizmat muddati fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tarkibiga

kiruvchilarga pensiya tayinlash uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.

Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimda yil davomida uchish soatlari

umuman bo’lmasa, mazkur yil belgilangan xizmat muddatiga kirmaydi. Biroq

ushbu yil umumiy mehnat stajiga qo’shiladi.

Uchishlarda ishtirok etmaslik sinov parvozlarini bajarishdagi mehnat

shikastlanishi bilan bog’liq bo’lsa, belgilangan xizmat muddati haqiqiy uchish

davri bo’yicha hisobga olinadi.

Quyidagilar uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilarning belgilangan xizmat

muddatiga kiradi:

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uchuvchilar tarkibi

lavozimlaridagi xizmat vaqtlari, aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilar va uchuvchilar

tarkibida bo’lgan lavozimlarda ishlash davri — pensiya tayinlashda tegishli

ravishda harbiy xizmatchilar, aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilari tarkibiga va

uchuvchilar tarkibiga kiruvchilar uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash

tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;

1992 yilning 1 yanvaridan boshlab chet ellarda xorijiy aviatsiya uchuvchilari

tarkibidagi lavozimlarda ishlash vaqti — bunda xizmat muddati O’zbekiston

Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga sug’urta badallari to’langan taqdirda, uchish ishlarining turiga

qarab ushbu Tartibning 1-bandida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi;

uchuvchilar tarkibidagi xodimlar uchun — aviatsiya oliy o’quv yurtlaridagi

o’qish vaqti (haqiqiy o’qish vaqti bo’yicha) — agar o’qishga kirishdan oldin

uchish lavozimlarida ishlagan bo’lsa.

Uchuvchilar tarkibidagi xodimlar pensiya olish uchun o’z ixtiyorlari bilan

1992 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan ish davrini tanlasalar, belgilangan xizmat

muddati ana shu sanagacha bo’lgan qoidalar asosida hisoblab chiqiladi.

4. Sanoatning mavsumiy tarmoqlari tashkilotlarida band bo’lgan xodimlarga

va boshqa kasb xodimlariga ish stajini hisoblash tartibi

Sanoatning mavsumiy tarmoqlari tashkilotlarida band bo’lgan xodimlarga

to’liq mavsum mobaynidagi ish bir yildagi ish uchun, to’liq bo’lmagan mavsum

mobaynidagi ish — amalda band bo’lgan davr bo’yicha hisobga olinadi.

To’liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga

o’tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro’yxati

quyidagichadir:

Page 100: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

100

1. Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:

a) paxtani quritish;

b) paxtani tozalash;

v) paxtani yuklash, tushirish;

g) paxtani pnevmotransportga ortish;

d) quritish-tozalash tsexini yig’ishtirish va isitish, ishlab chiqarish

chiqindilarini chiqarib tashlash.

2. Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari

korxonalaridagi ishlar.

Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan er osti

ishlaridagi stajni hisoblab chiqishda mehnatda mayiblanish yoki ushbu ishda

olingan kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo’lish vaqti belgilangan qoidalar

qo’llanmasdan ko’rsatib o’tilgan stajga kiritiladi66

.

Agar dehqon xo’jaligi a’zosi yoki sovxoz xodimi ushbu yilda 12 oy

ishlagan va kamida 9 oy mobaynida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan

bo’lsa, dehqon xo’jaligi a’zosining, shuningdek sovxoz xodimining ish stajiga bir

kalendar yil qo’shib hisoblanadi.

Boshqa hollarda staj sug’urta badallari to’langan oylar soniga mutanosib

ravishda hisobga olinadi.

Fermer xo’jaligi a’zosi va qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkati)

xodimining ish staji O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lanishining

amaldagi davri bo’yicha aniqlanadi.

Qoramol etishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarida

etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan shaxslarga

mehnat stajini hisoblashda, agar mazkur shaxs ushbu kalendar yilning kamida 9

oyi mobaynida badallar to’lagan bo’lsa pensiya tayinlash uchun ish stajiga to’liq

kalendar yil qo’shib hisoblanadi.

Ko’rsatib o’tilgan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari

bir yilda eng kam oylik ish haqining kamida to’rt yarim baravari miqdorida

to’langan taqdirda qoramol etishtirish va etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini

sotish bilan band bo’lish davrlari Qonunga muvofiq pensiya tayinlash uchun

mehnat stajiga qo’shib hisoblanadi.

Diniy tashkilotlarning band bo’lgan shaxsi, shu jumladan mehnat

shartnomasi va/yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo’yicha ishlovchi

shaxslarning ish stajiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash sharti bilan

ularning ish davri qo’shib hisoblanadi.

66 Kathryn Anne Edwards, Anna Turner, Alexander Hertel-Fernandez “ A Young Person’s Guide to Social

security” Economic Policy Institute,2011 y. p 62

Page 101: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

101

Chet elda ishlash davrlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga belgilangan sug’urta

badallari to’langan bo’lsa, ish stajiga qo’shib hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash va chet eldagi ish staji to’g’risida

mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Pensiyani hisoblash uchun O’zbekiston Respublikasining diplomatik

vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O’zbekiston

Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo

tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning

2015 yil 1 yanvarga qadar chet elda ishlagan davri mehnat stajiga qo’shib

hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va

konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota

qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015 yil 1 yanvarga

qadar chet elda ishlagan davri pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish

haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o’n yillik davriga kiritilmaydi.

Bunda O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik

muassasalari xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga

xizmat safariga yuborilgan shaxslar, shuningdek ularning xotini (eri)ga 2015 yil 1

yanvarga qadar tayinlangan pensiyalar Qonunning 51-moddasi talablari hisobga

olingan holda qayta hisoblab chiqilishi lozim.

O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va

fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga chet eldagi ish stajiga, agar O’zbekiston

Respublikasining xalqaro shartnomalarida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa,

O’zbekiston Respublikasidagi ishga to’g’ri keladigan stajning uchdan biridan ortiq

bo’lmagan doirada kiritiladi.

Misol. Chet el fuqarosining umumiy ish staji 40 yilni tashkil etadi, shundan

21 yili O’zbekiston Respublikasi hududiga, 19 yili esa xorijiy davlat hududiga

to’g’ri keladi. Ushbu holatda chet el fuqarosining xorijiy davlatdagi ish staji

pensiyani hisoblash uchun 7 yil (21 yil/3) doirasida qabul qilinadi va umumiy ish

staji 28 yilni (21 + 7) tashkil etadi.

Ish staji ish, xizmat, o’qish yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat

amalga oshirilishi joyidan, shuningdek arxiv muassasalaridan beriladigan hujjatlar

bo’yicha belgilanadi.

Ish bilan mashg’ul shaxslarga ish staji O’zbekiston Respublikasi davlat

soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Pensiya

jamg’armasi bo’limi tomonidan beriladigan O’zbekiston Respublikasi Moliya

vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari

to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotnomalar bo’yicha belgilanadi.

Page 102: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

102

Ish staji to’g’risida hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda mehnat faoliyati

davrlari sudning qarori bilan belgilanadi.

Ish staji to’g’risidagi taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va

ishonchliligini aniqlash maqsadida Pensiya jamg’armasi bo’limi:

ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmunini va zarur

tarzda rasmiylashtirilganligini baholaydi hamda zarurat bo’lganda ular

berilishining asoslanganligini tekshirish to’g’risida qaror qabul qiladi;

zarur hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini ish staji davriga hisobga

olish yoki hisobdan chiqarib tashlash to’g’risida qaror chiqaradi.

Ish staji to’g’risidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar,

halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida to’liq saqlanmagan yoki

qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar,

tumanlar (shaharlar)ning mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar)

tomonidan tashkil etiladigan ish stajini aniqlash bo’yicha maxsus komissiyalar

tomonidan amalga oshiriladi.

Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko’rsatmalari asosida

ko’rsatib o’tilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish

stajiga, shuningdek hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida imtiyozli pensiya

olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi.

Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.

Ish bilan band bo’lgan shaxsning ish staji O’zbekiston Respublikasi davlat

soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Pensiya

jamg’armasi bo’limining sug’urta badallari to’langanligini tasdiqlaydigan

ma’lumotnomasi bo’yicha belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud bo’lmaganda, shuningdek mehnat daftarchasida

zarur yozuvlar bo’lmagan yoki mehnat faoliyati davrlari to’g’risida noto’g’ri va

noaniq yozuvlar mavjud bo’lgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun (ish bilan

band shaxsning ish stajidan tashqari) ma’lumotnomalar, buyruqlardan

ko’chirmalar, shaxsiy hisobvaraqlari va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat

shartnomalari (kontraktlar), arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari

to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Bunda ma’lumotnomada ishga qabul qilish to’g’risidagi, ish (lavozim)

bo’yicha o’zgarishlar to’g’risidagi va asoslari ko’rsatilgan holda mehnat

shartnomasining to’xtatilishi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak.

Ma’lumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek ma’lumotnomani

tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va ma’lumotnomani bergan tashkilot

yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi.

1991 yil 1 yanvargacha ijodiy uyushmalar a’zolari hisoblangan ijodiy

xodimlarning ish staji ushbu muallifning asari birinchi marta e’lon qilingan yoki

jamoat oldida ijro etilgan (namoyish qilingan) kunni tasdiqlaydigan ijodiy

uyushmalar boshqaruvlari tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan belgilanadi.

Page 103: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

103

1991 yil 1 yanvardan keyin ish stajini belgilash uchun O’zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash davri to’g’risidagi ma’lumotnomalar,

shuningdek ijodiy uyushmalardagi mavjud ma’lumotlar asosida ijodiy uyushmalar

boshqaruvi tomonidan berilgan ijodiy faoliyat davri to’g’risidagi ma’lumotnoma

qabul qilinadi.

Ijodiy uyushmalar a’zolari hisoblanmagan boshqa ijodiy xodimlarning

ijodiy faoliyatini tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash

davri to’g’risidagi ma’lumotnomalar qabul qilinadi.

Harbiy xizmatni, davlat xavfsizligi organlaridagi xizmatni, shuningdek

asrda bo’lganlik vaqtini tasdiqlash uchun:

harbiy guvohnomalar (harbiy biletlar);

mudofaa ishlari bo’yicha bo’limlarning, yuqori harbiy qismlarning,

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar

vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining shtablari va

muassasalarining ma’lumotnomalari;

arxiv ma’lumotnomalari va harbiy-davolash muassasalarining

ma’lumotnomalari qabul qilinadi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlar asosida mehnat daftarchasiga

kiritilgan harbiy xizmat to’g’risidagi yozuvlar ham tasdiqlash uchun qabul qilinadi.

Jangovar harakatlar davrida harakatdagi armiya tarkibidagi harbiy xizmat,

shu jumladan baynalmilal burchni bajarishdagi harbiy xizmat O’zbekiston

Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan

mudofaa ishlari bo’yicha bo’limlarning ma’lumotnomalari asosida imtiyozli

hisoblab chiqilgan holda mehnat stajiga qo’shib hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridagi xizmatni tasdiqlash

uchun mehnat daftarchasiga kiritilgan bunday xizmat to’g’risidagi yozuvlar,

yozuvlar bo’lmagan taqdirda esa O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan ma’lumotnomalar qabul qilinadi.

Oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan ularda o’qish harbiy xizmatga

tenglashtiriladigan harbiy-ta’lim muassasalarida) aspiranturada (stajyorlar-

tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar-

izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada kunduzgi o’qish vaqti diplomlar,

shuningdek ma’lumotnomalar va arxiv ma’lumotlari asosida berilgan va o’qish

davrlari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lgan boshqa hujjatlar bilan

tasdiqlanadi.

Hujjatlarda bunday ma’lumotlar mavjud bo’lmagan taqdirda o’qish

davrining isboti sifatida, hujjatlarda to’liq o’quv yilini tamomlaganlikka ko’rsatma

mavjud bo’lishi sharti bilan, tegishli yillarda mazkur ta’lim muassasasida o’qish

davri davomiyligi to’g’risidagi ma’lumotnomalar taqdim qilinadi.

Ish davrida boshlangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri davomiyligi

ushbu ish joyi bo’yicha beriladigan ma’lumotnomalar bo’yicha belgilanadi.

Page 104: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

104

Bunda ko’rsatib o’tilgan (tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan

mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan tasdiqlangan) davr ish stajiga faqat

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasiga sug’urta badallari to’langan taqdirda kiritiladi.

I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha nogiron bolaga, shuningdek 80

yoshga to’lgan keksalarga qarab turish vaqti:

qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi;

nogironlikda bo’lganlikni (I guruh nogironlari va nogiron bolalar uchun),

yoshni (keksalar va nogiron bolalar uchun) tasdiqlaydigan hujjatlar va o’zganing

parvarishi zarurligi to’g’risida (keksalar uchun) davolash muassasasining tibbiy

xulosasi asosida belgilanadi.

Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi fuqarolarning

o’zini o’zi boshqarish organidan olingan ma’lumotlar va qarab turilgan

shaxslardan, shuningdek ularning qo’shnilaridan so’rab chiqish asosida Pensiya

jamg’armasi bo’limi tomonidan tuziladi.

I guruh nogironiga yoki 80 yoshga to’lgan keksalarga qarab turishning

haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirishning davriyligi har

12 oyga belgilanadi. Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish

dalolatnomalari I guruh nogironi yoki 80 yoshga to’lgan keksalarning pensiya

ishiga tikib qo’yiladi va qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga

kiritish uchun asos hisoblanadi.

Bolani parvarishlash ta’tilida bo’lish vaqti bolani parvarishlash ta’tili

berilishi va undan qaytish to’g’risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan

holda tashkilot tomonidan berilgan, bolaga qaralgan vaqtni tasdiqlaydigan

ma’lumotnomalar asosida belgilanadi.

Bolani parvarishlash ta’tilida bo’lish vaqti bolani parvarishlash ta’tili

berilishi va undan qaytish to’g’risidagi ma’lumotnomalar yoki buyruqlar mavjud

bo’lmaganda, shuningdek buyruqlarda zarur yozuvlar bo’lmaganda yoki bolani

parvarishlash ta’tilida bo’lganlik davrlari to’g’risida noto’g’ri va noaniq yozuvlar

bo’lganda, ushbu davr uchun oylik ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma bolani

parvarishlash ta’tilida bo’lganlik davrining tasdig’i sifatida qabul qilinadi.

Arxiv tomonidan tasdiqlangan yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud

bo’lmaganda bolani parvarishlash ta’tilida bo’lish davri quyidagi davrlarni tashkil

etadi:

1 yil — 1971 yil 1 yanvardan 1983 yil 1 noyabrgacha tug’ilgan bola uchun;

1,5 yil — 1983 yil 1 noyabrdan 1990 yil 1 iyulgacha tug’ilgan bola uchun;

3 yil — 1990 yil 1 iyuldan keyin tug’ilgan bola uchun.

Ko’rsatib o’tilgan hollarda bolani parvarishlash ta’tili boshlangan sana

sifatida homiladorlik va tug’ish ta’tili tugagan sana qabul qilinadi.

1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xo’jaligi a’zosining bolani

parvarishlash ta’tilida bo’lish vaqtini aniqlashda, agar jamoa xo’jaligi a’zosi

bo’lgan, bola tuqqan ayol jamoa xo’jaligida mehnatda ishtirok etishning

belgilangan minimumini bajarmagan bo’lsa, bola tug’ilgan yil (pensiya tayinlashni

Page 105: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

105

so’rab murojaat qilganning tanlovi bo’yicha) mehnat stajining to’liq yili, biroq

jami ko’pi bilan 3 yil sifatida hisobga olinadi.

Oldini olish chorasi sifatida qamoqda bo’lish vaqti, jazoni o’tash vaqti,

shaxs lavozimdan noqonuniy chetlatilganligi munosabati bilan ishlamagan vaqt,

tibbiyot muassasasida bo’lish vaqti tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining

ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi va reabilitatsiya (oqlov hukmi,

reabilitatsiyalovchi asoslar bo’yicha ish to’xtatilishi to’g’risidagi ajrim (qaror)

haqidagi hujjatlar mavjud bo’lganda ish stajiga hisoblanadi.

Ofitserlar tarkibidan bo’lgan shaxslarning, praporshchiklarning,

michmanlarning va muddatidan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari,

ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo’lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqti

ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi.

Xizmat O’zbekiston Respublikasi hududida o’talgan hollarda ushbu

ma’lumotnoma O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza

qilish vazirligining aholi bandligi hududiy organi tomonidan beriladi, xizmat chet

elda o’talgan taqdirda esa —harbiy xizmat o’talgan joy bo’yicha yuqori harbiy

qismlar, muassasalar, harbiy-o’quv (o’quv) muassasalari komandirlari (boshliqlari)

tomonidan beriladi.

Harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va

muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo’shilmalarida

xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda

jangovar harakatlarda qatnashish mudofaa ishlari bo’limlari va tegishli organlar

tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi.

Xodimlarning ayrim toifalari uchun belgilangan imtiyozli shartlarda

pensiya olish huquqini tasdiqlash uchun (masalan: ishlarning qizg’in

uchastkalarida yoki qizg’in ishlarda bandlik to’g’risida, muayyan moddalar yoki

xavflilikning muayyan darajalariga kiradigan zararli moddalar bilan ishlash

to’g’risida, er osti ishlarida bandlik to’g’risida, ishlarni muayyan usulda

bajarganlik to’g’risida, muayyan joyda ishlarni bajarganlik to’g’risida va shu

kabilar) maxsus stajni tasdiqlash maqsadida tashkilotning aniqlashtiruvchi

ma’lumotnomalari qabul qilinadi.

Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarning

ayrim toifalariga imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan maxsus ish staji:

uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar uchun —

tegishli tashkilot tomonidan berilgan uchilgan soatlarni tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi. Uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiradigan ayrim

xodimlarning sinov texnikasini sinashda bandligi tashkilotlar tomonidan berilgan

ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi;

havo harakatini boshqargan xodimlar uchun — mehnat daftarchasi bilan,

shuningdek: havo harakatini bevosita boshqarishga qo’yish to’g’risidagi belgilar

bilan birga harakat xizmati dispetcheri (parvozlar rahbarining) guvohligi;

mutaxassisni havo harakatini bevosita boshqarish bilan bog’liq lavozimga

Page 106: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

106

tayinlash to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan holda tashkilotning

ma’lumotnomalari asosida tasdiqlanadi.

Teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari va jamoalarining artistlari

ayrim toifalarining imtiyozli pensiya ta’minoti olish huquqini beradigan maxsus

ish staji mehnat daftarchasi bilan tasdiqlanadi.

Kasb (lavozim)ning nomi, bajariladigan ishning janrga mansubligi,

xususiyati yoki ish kechgan tashkilotning maqomi to’g’risida mehnat daftarchasida

zarur ma’lumotlar mavjud bo’lmagan hollarda maxsus ish staji ushbu shaxsga

nisbatan ma’lumotlar mavjud bo’lgan ish joyidan berilgan ma’lumotnoma bilan

tasdiqlanadi.

Avariyalar va mahalliy ko’lamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yong’in,

suv bosishi), tashkilotning to’liq tugatilishi yoxud boshqa sabablar bo’yicha arxiv

ma’lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji to’g’risidagi

hujjatlar mavjud bo’lmaganda va ularni olish imkoni bo’lmaganda ish staji sud

tartibida belgilanadi.

Sudning qarori bilan jamoa xo’jaligi a’zosining ish staji tasdiqlangan

taqdirda ushbu stajni belgilash 16 yoshdan boshlab amalga oshiriladi, agar ish staji

boshlanishi 1941 — 1945 yillardagi urush davriga to’g’ri kelsa — 14 yoshdan

belgilanadi.

Ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor shaxs

tomonidan imzolanishi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.

Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani to’ldirish va yuritish

paytida amalda bo’lgan mehnat daftarchalarini yuritishni tartibga soladigan qonun

hujjatlari talabiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.

Agar mehnat daftarchalarida va boshqa hujjatlarda yozuvlar belgilangan

qoidalardan chetga chiqqan holda bajarilgan bo’lsa ularni ish stajining isboti

sifatida qabul qilish mumkinligi to’g’risidagi masala Pensiya jamg’armasi bo’limi

tomonidan hal etiladi.

Ish stajini tasdiqlash uchun faqat mehnat daftarchalariga kiritilgan va

tasdiqlaydigan hujjatlar asosidagi ma’lumotnomalarda ko’rsatilgan ish davrlari

to’g’risidagi ma’lumotlar qabul qilinadi.

Keyinchalik o’z faoliyatini to’xtatgan jamoa xo’jaliklari, qishloq xo’jaligi

kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo’jaliklari tomonidan berilgan

ma’lumotnomalar, agar ularda ma’lumotnoma berish uchun asoslar mavjud bo’lsa,

e’tiborga olinadi.

Hujjatlar asosida mehnat daftarchasiga kiritilgan ish staji to’g’risidagi jami

yozuvlar quyidagi ish davrlariga nisbatan:

1962 yil 14 dekabrdan keyin, agar mehnat daftarchasiga ariza beruvchi

mehnat daftarchasini bergan tashkilotga kirguniga qadar qaysi tashkilotda, qaysi

vaqtda va qanday lavozimlarda ishlaganligi to’g’risida aniq yozuvlar kiritilgan

bo’lsa;

1962 yil 14 dekabrgacha, mehnat daftarchasida ko’rsatib o’tilgan

ma’lumotlar bor-yo’qligidan qat’i nazar, ish stajining isboti hisoblanadi.

Page 107: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

107

Agar ariza beruvchi mehnat daftarchasidan tashqari jami yozuvlar tegishli

bo’lgan mehnat daftarchasi to’ldirilguniga qadar davr uchun ish to’g’risida ayrim

hujjatlarni taqdim etsa, u holda umumiy yakun sifatida yozilgan butun ish staji

hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. Bu amaldagi qoidalarga muvofiq ular

to’g’risidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga alohida satrda yozilishi kerak bo’lgan

mehnat faoliyati davrlari to’g’risida hujjatlar taqdim etilishi hollariga tegishli

emas.

Jami yozuvlarda hisobga olinishi mumkin bo’lgan 1941 — 1945 yillardagi

urush davridagi ish davrlari to’g’risida hujjatlar taqdim etilganda ushbu hujjatlar

bo’yicha ish staji qo’shimcha ravishda bir baravar yoki ikki baravar miqdorga

muvofiq hisoblab chiqiladi. Ushbu holatda mehnat daftarchasiga umumiy yakun

bilan yozilgan jami ish stajini tasdiqlash talab etilmaydi.

O’qish davrida akademik ta’tillarda bo’lish vaqti ish stajiga qo’shib

hisoblanmaydi.

Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko’rsatilgan ismi, otasining ismi

yoki familiyasi pasport yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma bo’yicha ismi,

otasining ismi yoki familiyasi bilan mos bo’lmasa ushbu hujjatning mazkur

shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to’g’risidagi

boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin.

Ish staji to’g’risida taqdim etilgan hujjatda aniq sanalar belgilanmasdan

faqat yillar ko’rsatilgan hollarda tegishli yilning 1 iyuli sana sifatida qabul qilinadi,

agar oyning sanasi ko’rsatilmagan bo’lsa, tegishli oyning 15-kuni ana shunday

sana hisoblanadi.

Pensiya jamg’armasi bo’limi yoki ish stajini belgilash bo’yicha maxsus

komissiya tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik

to’g’risidagi qaror bilan rozi bo’linmagan taqdirda ushbu masala sud tomonidan

hal etiladi.

Amaliy mashg’ulot uchun tarqatma malumotlar

1. Guruhlar tarzida ishlash: Ish staji va mahsus ish staji tushunchalarini

izohlang va misollar keltiring;

2. Pensiya ta’minotida mehnat faoliyati bilan shug’ullanishning ahamiyati

nimada deb uylaysiz? talabalar bilan debat usulida suhbat);

3. Fuqaroning mehnat faoliyati davomidagi ishlagan mehnat staji qanday

ahamiyatga ega deb uylaysiz? (talabalar bilan debat usulida suhbat);

4. Norasmiy bandlik pensiya ta’minotida mehnat stajini hisoblashda qanday

muammolarga olib kelishi mumkin deb uylaysiz? (talabalar bilan debat usulida

suhbat);

5. Masalaning echimini toping

№1 masala

Sobirov 1999 yilning sentyabr oyida kasb-hunar ta’lim muassasini tugatib,

institutga o‘qishga kirdi. Institutni 2003 yil 30 iyun kuni tugatdi. 2003 yilning 1

avgustidan zavodga mutahassis sifatida ishga kirdi. SHu yilning 20 noyabr kuni

Page 108: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

108

harbiy hizmatga chaqirildi. 2004 yiling 25 dekabr kuni xarbiy hizmatdan

bo‘shatildi va o‘zining ilgarigi ish joyiga qaytdi. 2005 yilning 25 sentyabr kuni o‘z

xohishi bilan ishdan bo‘shadi. SHu yiling 2 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi

korxona bilan mudatli mehnat shartnomasi tuzib, xozirgi vaqtgacha ish faoliyatini

olib bormoqda.

Sobirovning umumiy ish stajini hisoblab chiqaring.

Ish stajiga imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadigan faoliyat davrlarini

ko‘rsating.

№2 masala

Fuqaro Salimov 19 yoshida avtohalokatga uchradi. Davolanish va

muolajalar davri 1 yilga cho‘zilib ketdi, ammo uning sog‘lig‘ida o‘zgarish

bo‘lmadi. Salimovning onasi o‘g‘lining umrtqa pog‘onasi lat eyishi natijasida

oyog‘i va qo‘li ishlamay qolganligi va bu haqda kasalxona vrachining xulosasi

borligi uchun tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga nogironlik

pensiyasi tayinlanishini so‘rab murojaat qildi. Tuman byudjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasi bo‘limi xodimlari Salimov shu paytgacha hech qaerda ishlamaganligi

va mehnat stajiga ega emasligi sababli, unga pensiya tayinlanmasligini bildirishdi.

Tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimlarining

vajlari asoslimi?

Salimovga nogironlik pensiyasini tayinlash asoslari mavjudmi?

Salimovga nogironlik pensiyasini tayinlashda mehnat stajining ahamiyati

qanday?

№3 masala

1968 yilda to‘g‘ilgan Boliev 2014 yilning 16 sentyabr kuni nogironlik

pensiyasini tayinlash uchun murojaat qildi. 2014 yilning 5 iyul kuni TMEK

tomonidan II guruh nogironligi belgilandi. Uning ish staji quyidagilardan iborat:

1985 yil 1 sentyabrdan - 30 iyun 1991 yilgacha OTMda o‘qigan;

1991 yil 1 avgustdan - 1995 yil 20 maygacha – Nukus shahrida shifokor;

1995 yil 15 sentyabrdan – 2001 yil 15 maygacha – Urgench shahrida viloyat

kasalxonasi shifokori;

2001 yil 1 iyundan to pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan kunga qadar

Toshkent shaxrida shifokor vazifasida ishlab kelgan. Uning o‘rtacha oylik ish

haqqi 820 000 sumni tashkil qilgan. Bolievaning qaramog‘ida 83 yoshli onasi bor.

Bolieva qanday turdagi pensiya olish huquqiga ega?

Pensiya qancha miqdorda belgilanadi? Ish stajiga imtiyozli tarzda qo‘shib

hisoblanadigan faoliyat davrlarini ko‘rsating.

№5 masala

Yakimova 2013 yilning 24 dekabr kuni 55 yoshga to‘ldi. U o‘z ish

faoliyatini 1977 yilda boshlagan. 2014 yilning 10 sentyabr kuni byudjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasiga yoshga doir pensiya olish uchun murojaat qildi.

Yakimovaning ish staji tegishli xujjatlar orqali tasdiqlandi, shu jumladan rentgen

honada rentgenolog bo‘lib ishlagan 10 yillik ish staji.

Page 109: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

109

Pensiya tayinlanishi uchun u 2014 yilning 19 oktyabrida murojaat qildi.

Unga pensiya olish huquqi vujudga kelgan kundan yoshga doir pensiya

tayinlanishi mumkinmi ?

Yoshga doir pensiya tayinlash uchun mehnat stajining

davomiyligiahamiyatga egami?

Imtiyozli pensiya tayinlashga asos bo‘luvchi holatlarni ko‘rsating.

Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar

1. Davlat pensiyalarini va ijtimoiy nafaqalarini tayinlash tartibini izohlab bering

(konspekt);

2. Davlat pensiyalarini va ijtimoiy nafaqalar qanday hisoblanadi (mustaqil ish

tayyorlash)?

3. Pensiya tayinlashda ish haqini qayta hisoblash qanday amalga oshiriladi (taqdimot

tayyorlash)?

4. Mehnat stajini aniqlashga doir me’yoriy-qonuniy asoslarni o’qib konspekt qiling;

5. Mahsus mehnat stajini aniqlashga doir me’yoriy-qonuniy asoslarni o’qib

konspekt qiling;

6. Pensiyaga chiqish yoshi va mehnat staji qisqartirilishi mumkin bo’lgan holatni

o’rganib chiqing.

Glossariy

Pensiya (pension)– uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va

me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to’lish,

nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul

to’lovi;

Qonuniy vakil (legal representative)– qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda shunday deb e’tirof etilgan farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiylik

qiluvchi;

pensiya tayinlashni so’rab murojaat etish (treatment for a pension)–

pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir

turidan boshqa turiga o’tkazish, shuningdek ilgari to’xtatib qo’yilgan (to’xtatilgan)

pensiya to’lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga ariza berish;

Shaxs (person) – O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek

O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda istiqomat

uchun berilgan guvohnoma olgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs;

Amaldagi ish haqi (current salary)– pensiyani hisoblab chiqish uchun

qo’llaniladigan shaxsning amaldagi ish haqi;

Ish staji (work experience) – mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan,

o’qishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo’yicha aniqlangan, ishdagi

tanaffuslardan qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini

beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligi;

Page 110: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

110

Davlat pensiyalarining turlari (types of state pensions)- yoshga doir

pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi.

pensiya miqdori (pension amount) – ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib,

pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan,

pensiyaga qo’shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi

Page 111: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

111

“Yoshga dori pensiyalarni hisoblash va to’lash tartibi” mavzusidan taqdimot

Page 112: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

112

7-mavzu. Nogironlik pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi Reja

1.Nogironlarni ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va vazifalari

2. Nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy

manbalari va unda nogironlik pensiyalarning tutgan o’rni va ahamiyati

3.Pensiya jamg’armasi tomonidan nogironlik pensiyalarini hisoblash va

tayinlash tartibi

1.Nogironlarni ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va

vazifalari

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholini kafolatli himoya qilish eng muhim

siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifadir. Har bir mamlakat ijtimoiy himoya

tizimining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishining darajasidan dalolat beradi. Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasining 25-moddasida “Har bir inson ishsizlik, kasallik, nogironlik,

bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun

jamg’ar bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”67

ekanligi

ko‘rsatilgan. Bu aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi tomonidan ta’minlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil

13 dekabrdagi 61/106-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Nogironlar huquqlari

to’g’risidagi Konventsiya” hamda “Nogironlarning huquqlari to’g’risidagi

Konventsiyaga Fakultativ protokol” ana shu xalqaro hujjatlarning asosiylari

hisoblanadi. Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatlarini

rag’batlantirish va himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

huquqlarini va bu huquqlardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish

imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab qo’yilgan. Ushbu Konventsiyada

nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan ularning yashash,

fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar

bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo’sh vaqtni

o’tkazish, dam olish va sport bilan shug’ullanishda ishtirok etish, o’zlari va oilasi

uchun etarlicha turmush sharoitiga ega bo’lish va ijtimoiy yordam huquqlari

e’ti.rof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan.

Bunda, ayniqsa, nogiron ayollar, bolalar va keksalar huquqlari va erkinliklarini

ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi hukumati

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to’g’risidagi

Konventsiya”sini imzolagan. Mamlakatda nogironlarning barcha huquq va

erkinliklarini ta’minlashning mustahkam huquqiy asoslari ham yaratilgan. 2008

yilda mamlakat parlamenti yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasida

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonunni qabul qilganligi, 2011

yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg’iz

keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish

67

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar. – T.: Adolat, 2004. – B.35.

Page 113: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

113

bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, boshqa normativ-

huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va ular ijrosi sobitqadamlik bilan

ta’minlanayotganligi — buning yaqqol dalolatidir. Mazkur amaldagi

qonunchilikka muvofiq, davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini

baholash asosida, ularning ijtimoiy yordam hamda himoyaga bo’lgan ehtiyojlari

hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy

himoya qilish dasturlari amalga oshirilishini, ularning jamiyat bilan uyg’unlashishi

uchun sharoitlar yaratilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rilishini

kafolatlaydi.

Nogiron shaxs bu jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi

tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida

belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga

muhtoj shaxsdir. Nogiron bolalar — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi)

nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va

himoyaga muhtoj o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslardir68

.

Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish — nogironlarga turmush faoliyati

cheklanganligini bartaraf etishi, kompensatsiya qilishi uchun shart-sharoitlarni

ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok

etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan

iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimidir. Shaxsni, shu jumladan o’n

olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-

mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o’n olti yoshgacha bo’lgan bolalarni

nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi — shaxsning o’ziga o’zi

xizmat qilish, harakatlanish, yo’lni topa olish, muloqot qilish, o’z xatti-harakatini

nazorat etish, shuningdek o’qish va mehnat faoliyati bilan shug’ullanish

qobiliyatini yoki imkoniyatini to’la yoxud qisman yo’qotganligidir.

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-maslahat komissiyalarini

tuzish, shuningdek ular tomonidan xulosalar berish qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda amalga oshiriladi. Davlat nogironlar turmush faoliyatining

cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-

tadbirlariga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni

reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda

tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan

uyg’unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha

shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rilishini

kafolatlaydi.

Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy

yo’nalishlari 1-rasmda o’z aksini topgan.

68

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyul,o’rq-162-son “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy

himoya qilish to’g’risida”gi Qonunidan 3-modda

Page 114: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

114

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat

tashkilotlari nogironlarning huquqlarini ta’minlash hamda ularni ijtimoiy himoya

qilishga ko’maklashadi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat

notijorat tashkilotlari:

nogironlarning huquqlarini ta’minlashga doir vakolatlarni amalga

oshirishda davlatdan va belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlardan huquqiy,

uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi;

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq muammolarni hal

qilishda, shuningdek tegishli tadbirlarni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin.

1-rasm. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy

yo’nalishlari69

Nogironlarni reabilitatsiya qilish — nogironlarga organizmining izdan

chiqqan yoki yo’qolgan funktsiyalarini tiklashiga va ularni kompensatsiya

qilishiga, turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi uchun yordam berishga

qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga, mehnatga doir

chora-tadbirlar tizimi. Nogironlarni reabilitatsiya qilishning maqsadi nogironlarga

69

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyul,O’RQ-162-son “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy

himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga asosan talaba tomonidan mustaqil tuzildi

Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy

yo’nalishlari

Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va

qonuniy manfaatlarini ta’minlash

Nogironlarning sha’ni va qadr-qimmatini

himoya qilish

Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish

to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini

ta’minlash

Davlat organlari hamda ular mansabdor

shaxslarining nogironlar huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini

ta’minlash borasidagi faoliyatining

oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini

ta’minlash

Nogironlarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik

Nogironlarning huquqlari va ular uchun

imkoniyatlar tengligini ta’minlash

Nogiron bolalarning maktabgacha va

maktabdan tashqari ta’limini, nogironlarning

kasb tayyorgarligini, umumiy o’rta, o’rta

maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim olishini

ta’minlash

Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida

davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi

boshqarish organlari va nodavlat notijorat

tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni

rivojlantirish

Page 115: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

115

to’laqonli turmush kechirish hamda o’z huquqlari va potentsial imkoniyatlarini

ro’yobga chiqarish imkonini beruvchi ijtimoiy maqomini, o’ziga o’zi xizmat

ko’rsatishga va kasbiy faoliyatning har xil turlariga doir qobiliyatlarini tiklashdan

iboratdir

2-rasm. Nogironlarni reabilitatsiya qilish tizimi

70

. Nogironlarni reabilitatsiya qilish quyidagilarni o’z ichiga oluvchi chora-

tadbirlarning yaxlit tizimidir (2-rasm). Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka

tartibdagi dasturi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida ishlab chiqilgan, nogiron uchun

eng maqbul reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari kompleksi bo’lib, u organizmning

izdan chiqqan yoki yo’qolgan funktsiyalarini, shuningdek nogironning mehnat

faoliyati muayyan turlarini bajarishga bo’lgan qobiliyatlarini tiklashga, ularni

kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, kasbiy reabilitatsiya qilish chora-

tadbirlarini hamda reabilitatsiya qilishning boshqa chora-tadbirlarini ro’yobga

chiqarishning ayrim turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari va tartibini o’z ichiga

oladi. Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tashkilotlar

bajarishi uchun majburiydir. Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi

dasturi nogiron uchun tavsiya tusiga ega bo’lib, nogiron reabilitatsiya qilish chora-

tadbirlarining u yoki bu turini, shaklini va hajmini, shuningdek dasturning amalga

oshirilishini butunlay rad etishi mumkin. Nogiron o’zini muayyan texnika vositasi

yoki boshqa vosita yoxud reabilitatsiya qilish turi, shu jumladan avtomobillar,

o’rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa

nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar, signalizatorlar, subtitrli yoki surdo

tarjimasi bo’lgan videomateriallar, boshqa shunga o’xshash vositalar bilan

ta’minlash to’g’risidagi masalani mustaqil ravishda hal qilishga

haqlidir.Nogironlarga reabilitatsiya qilishning texnika vositalarini taqdim etish va

reabilitatsiya xizmatlari ko’rsatish, qoida tariqasida, natura shaklida amalga

oshiriladi.Agar nogironga nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi

dasturida nazarda tutilgan texnika vositasini taqdim etishning yoxud xizmat

70

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyul,O’RQ-162-son “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy

himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga asosan talaba tomonidan mustaqil tuzildi

Nogironlarni reabilitatsiya qilish tizimi

Nogironlarni tibbiy

reabilitatsiya qilish, bu

tiklash terapiyasi,

rekonstruktiv jarrohlik,

protezlash va ortezlashdan

iborat bo’ladi

Nogironlarni kasbiy

reabilitatsiya qilish, bu

kasbga yo’naltirish, kasb

ta’limi berish, kasb-hunar-

ishlab chiqarish

moslashuvidan va ishga

joylashtirishdan iborat

bo’ladi

Nogironlarni ijtimoiy

reabilitatsiya qilish, bu

ijtimoiy-muhitda yo’lini

topa olish va ijtimoiy-

maishiy moslashuvdan

iborat bo’ladi

Page 116: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

116

ko’rsatishning imkoni bo’lmasa yoki agar nogiron o’z hisobidan tegishli vositani

olgan yoxud xizmat uchun haq to’lagan bo’lsa, unga nogiron uchun taqdim etilishi

lozim bo’lgan texnika vositasining yoxud ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmatning

qiymati miqdorida kompensatsiya to’lanadi. Nogiron reabilitatsiya qilishning

yakka tartibdagi dasturini butunlay rad etgan yoki bu dasturning ayrim qismlari

ro’yobga chiqarilishini rad etgan taqdirda, tegishli tashkilotlar mazkur dasturning

yoki dastur ayrim qismlarining bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.

Nogironlarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash va malakasini

oshirish: ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan shakllarda, eksternat,

masofadan o’qitish, davlat ta’lim standartlari asosida oiladagi ta’lim va mustaqil

ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

Nogiron bolalarning maktabgacha ta’limi maktabgacha ta’lim

muassasalarida amalga oshiriladi. Agar nogiron bolalarning sog’lig’i maktabgacha

ta’lim muassasalarida bo’lishi imkoniyatini istisno etsa, nogiron bolalarning

maktabgacha ta’limi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, shu jumladan

internat-uylarda amalga oshiriladi. Nogironlarning umumiy o’rta, o’rta maxsus,

kasb-hunar va oliy ta’limi barcha ta’lim muassasalarida, zarur bo’lgan hollarda esa

ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya qilish muassasalarida

davolanayotgan nogiron bolalar uchun o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi.

Nogironlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim

muassasalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, shuningdek

nogironlar jamoat birlashmalarining korxonalarida ijtimoiy ta’minot muassasalari

bilan birgalikda nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga

muvofiq ta’minlanadi. Kasbga tayyorlash va malakasini oshirish davrida

nogironlarni moddiy jihatdan ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda

amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari nogiron bolalarning ularni har

tomonlama va uyg’un rivojlantirishga, ularda ijtimoiy faollikni, mehnatga

qiziqishni tarbiyalashga, ularni ilm-fan, texnika, san’at va sportga jalb etishga

qaratilgan maktabdan tashqari ta’limdan foydalanishini ta’minlaydi, buning uchun

zarur sharoitlar yaratadi.

Nogiron bolalarning oiladagi ta’limi ta’lim muassasalarida, shu jumladan

ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olishning imkoni bo’lmagan

taqdirda, ota-onaning yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaxslarning istagi hisobga

olingan holda amalga oshiriladi. Bunda ota yoki onaga yoxud ota yoki ona o’rnini

bosuvchi shaxsga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan

belgilanadigan tartibda va shartlarda moddiy ta’minot hamda imtiyozlar beriladi.

Ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari nogiron

bolalarning oilada ta’lim olishida ota-onaga yoki ota-ona o’rnini bosuvchi

shaxslarga yordam ko’rsatishi shart. Statsionar muassasalarda doimiy ravishda

turadigan nogiron bolalar uchun mazkur muassasalar tomonidan tarbiya va

Page 117: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

117

ta’limning ijtimoiy-maishiy hamda mehnat ko’nikmasi hosil qilish bilan uyg’un

holdagi uzluksizligi ta’minlanadi.

Imo-ishora tili O’zbekiston Respublikasi tomonidan shaxslar o’rtasidagi

muloqot vositasi sifatida tan olinadi. Imo-ishora tilining huquqiy maqomi va uning

qo’llanilishi sohasi qonun hujjatlarida belgilanadi. Tashkilotlarda band bo’lgan

nogironlarga nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq

zarur mehnat sharoitlari yaratiladi. Jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat

shartnomasida belgilanadigan mehnat sharoitlari, shu jumladan mehnatga haq

to’lash, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, yillik hamda qo’shimcha ta’tillarning

muddati normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganidan kam bo’lmasligi va

boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlashtirmasligi yoki

huquqlarini cheklamasligi kerak.

Nogiron mehnat sharoitlari odatdagicha bo’lgan tashkilotlarda, nogironlar

mehnatidan foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, tsexlar va

uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonun bilan taqiqlanmagan yakka tartibdagi

mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Nogironligi

tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori

lavozimga ko’tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish

beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa

ishga o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko’ra

nogironning sog’lig’i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning

yoxud boshqa shaxslarning sog’lig’i va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar

bundan mustasno. Nogiron o’z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin ilgarigi

ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega. Xodimlarining soni

yigirma kishidan ortiq bo’lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda

mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun

xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini

belgilaydi va zaxirada saqlaydi. Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish

joylarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati

organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor

shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning

nogironlarni ish bilan ta’minlashga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod

etmaydi. Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va

mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, tsexlar

va uchastkalar tashkil etiladi. Ko’zi ojiz nogironlar sharoitlari o’z imkoniyatlariga

mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar uyda ishlovchi

nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga

mazkur faoliyat uchun yashashga mo’ljallanmagan joylar berilishida, xom ashyo

olishi va mahsulot sotishida zarur yordam ko’rsatadi.

Page 118: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

118

2. Nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy

manbalari va unda nogironlik pensiyalarning tutgan o’rni va

ahamiyati

Nogironlarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, boshqa davlat organlari tomonidan

tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-maslahat komissiyalarining

xulosalari asosida qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy yordam ko’rsatiladi.

Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatish mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish organlari, homiylik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ishtirokida qonun hujjatlarida

belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O’zgalarning parvarishiga va yordamiga

muhtoj nogironlarga tuman, shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish

organlari tomonidan uyda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish statsionar

muassasalarida tibbiy va maishiy xizmatlar ko’rsatiladi. Agar xodim ish

beruvchining aybi bilan nogiron bo’lib qolsa hamda o’zgalarning parvarishiga va

yordamiga muhtoj bo’lsa, unda ish beruvchi nogiron mehnat qobiliyatini yo’qotgan

davrda uni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yoki tibbiy-maslahat

komissiyalarining xulosasiga binoan parvarish qilayotgan shaxsni o’z hisobidan

ta’minlashi hamda jabrlangan xodimga etkazilgan moddiy zarar va ma’naviy

ziyonning o’rnini qoplashi shart.

Nogironlarning internat-uylarda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat

ko’rsatishning boshqa statsionar muassasalarida bo’lish sharoitlari nogironlarning

ushbu Qonunga muvofiq o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini

ro’yobga chiqarish imkoniyatini ta’minlashi, ularning ehtiyojlari

qanoatlantirilishiga ko’maklashishi kerak.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari nogironlarni ijtimoiy muhofaqa

qilishda asosiy sub’ekt sifatida ishtirok etadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi

organlari o’z vakolatlari doirasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantiradi

va amalga oshiradi;

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni

belgilaydi;

nogironlarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish hamda ularning

huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini,

shuningdek hududiy dasturlarni shakllantiradi va amalga oshiradi;

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarining

ijrosini ta’minlaydi;

davlat organlarining, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining

nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi

davlat organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Page 119: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

119

nogironlarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy

tadqiqotlar o’tkazishni hamda mutaxassislar tayyorlashni moliyalashtiradi va

tashkil etadi;

o’zgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj bo’lgan nogironlarga

ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi statsionar muassasalar tarmog’ini rivojlantirishga doir

chora-tadbirlar ko’radi;

nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini

zaxirada saqlaydi;

reabilitatsiya, ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, davlat sog’liqni saqlash

tizimidagi ambulatoriya va statsionar davolash-profilaktika muassasalarida,

nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish statsionar muassasalarida tiklash terapiyasi

bo’linmalari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanatoriy-

kurort muassasalari tizimini, shuningdek nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar

ko’rsatish bo’yicha korxonalar va tashkilotlar tashkil etadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa

vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.

Nogironlarga quyidagi turlardagi ijtimoiy yordam ko’rsatiladi (3-rasm).

3-rasm. Nogironlarga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam

turlari

71

Nogironlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika byudjeti va

mahalliy byudjetlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish

jamg’armalari mablag’lari, shuningdek tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy

badallari hisobidan ijtimoiy yordam beriladi (1.4-rasm).

Nogironlarga va o’z tarkibida nogiron bor oilalarga uy-joy berish, ularning

uy-joy olishi, qurishi va undan foydalanishi bo’yicha imtiyozlar uy-joy

to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi. Uy-joyga ega bo’lmagan nogironning

sog’lig’ini reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari natijasida internat-uyda yoki

71

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyul,O’RQ-162-son “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy

himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga asosan talaba tomonidan mustaqil tuzildi

Nogironlarga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam turlari

Pul to’lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo’la

beriladigan to’lovlar)

Tibbiy, kasbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish

va maishiy xizmatlar ko’rsatish

Texnika vositalari yoki boshqa vositalar,

shu jumladan avtomobillar, o’rindiqli

aravachalar, protez-ortopediya buyumlari,

maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz

kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar

bilan ta’minlash

Transport xizmatlari ko’rsatish Dori vositalari bilan ta’minlash

Page 120: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

120

nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning boshqa statsionar muassasasida

bundan keyin bo’lishiga zarurat qolmagan taqdirda, unga yashash uchun qulay uy-

joy maydoni beriladi.

4-rasm. Nogironlarga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordamlarni moliyalashtirish

manbalari72

Bolalikdan nogironlarga hamda boshqa I va II guruh nogironlariga turar joy

ularning ish joylariga, davolash-profilaktika muassasalariga va transport

yo’nalishlariga yaqin bo’lishi zarurligi hisobga olingan holda beriladi. Internat-

uylarda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning boshqa statsionar

muassasalarida turadigan etim yoki ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan

nogiron bolalar voyaga etganidan keyin nogironni reabilitatsiya qilishning yakka

tartibdagi dasturiga muvofiq, agar dasturda o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish va

mustaqil turmush tarzi olib borish imkoniyati nazarda tutilgan bo’lsa, uy-joy

maydoni bilan navbatdan tashqari ta’minlanadi. Nogironlarni dori-darmonlar bilan

ta’minlash, ularga texnik yoki boshqa vositalar berish, shuningdek maishiy

xizmatlar va transport xizmatlari ko’rsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda

bepul yoki imtiyozli shartlar asosida amalga oshiriladi.

Nogironlar o’zlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini

himoya qilish, ular uchun boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni ta’minlash

72

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyul,O’RQ-162-son “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy

himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga asosan talaba tomonidan mustaqil tuzildi

Nogironlarga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordamlarni moliyalashtirish

manbalari

Davlat budjeti, hususan respublika va

mahalliy budjetlar

Tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy

badallari

Halqaro moliyaviy yordamlar

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasi

Nogironlarni boshqa turdagi ijtimoiy himoya

qilish jamg’armalari

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa

manbalar

Page 121: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

121

maqsadida nogironlar tomonidan tashkil etilgan tashkilotlar nogironlarning jamoat

birlashmalari deb e’tirof etiladi. Nogironlarning jamoat birlashmalari qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.Tashkilotlar va fuqarolar nogironlarning

jamoat birlashmalariga moddiy-texnik hamda moliyaviy yordam ko’rsatishi

mumkin. Nogironlarning kirishi va foydalanishi uchun moslashtirilmagan holda

aholi punktlarini loyihalash va qurishga, turar joy dahalarini barpo etishga, yangi

qurilish uchun loyiha echimlarini ishlab chiqishga, binolar, inshootlar va ularning

komplekslarini rekonstruktsiya qilishga, shuningdek transport vositalarini, umumiy

foydalanishdagi aloqa vositalari va axborot vositalarini yaratish hamda ishlab

chiqarishga yo’l qo’yilmaydi. Binolar, inshootlar va ularning komplekslarini qurish

hamda rekonstruktsiya qilish normalari va qoidalari nogironlarning tegishli jamoat

birlashmalari fikrini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi hamda O’zbekiston

Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilishi

lozim. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,

korxonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning (shu jumladan o’rindiqli

aravacha hamda etaklovchi itlardan foydalanuvchi nogironlarning) ijtimoiy

infratuzilma ob’ektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga,

imoratlar va inshootlarga, sog’liqni saqlash va sport ob’ektlariga, madaniy-

tomoshagoh hamda boshqa muassasalarga) to’sqinliksiz kirishi uchun, shuningdek

temir yo’l, havo, suv transportidan, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar

va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchilar transportining barcha turlaridan,

transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa vositalari va

axborot vositalaridan to’sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratishi shart.

Aholiga transport xizmati ko’rsatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar vokzallarni,

aeroportlarni hamda boshqa ob’ektlarni ularning xizmatlaridan nogironlar

to’sqinliksiz foydalanishi imkonini beruvchi maxsus moslamalar bilan jihozlashni

ta’minlaydi. Nogironlar yoki o’z tarkibida nogiron bor oilalar egallagan turar

joylar, shuningdek nogironlar uchun qurilayotgan uy-joylar nogironni reabilitatsiya

qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq maxsus vositalar va moslamalar

bilan jihozlanishi kerak. Bunday turar joylarni jihozlash uy-joy fondi o’z

tasarrufida bo’lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni

moliyalashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan

belgilanadi. Mazkur ob’ektlarni ularga nogironlarning to’sqinliksiz kirishi uchun

moslashtirishning imkoni bo’lmagan hollarda, tegishli tashkilotlar nogironlarning

ehtiyojlarini qanoatlantirishni ta’minlovchi zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishi

va amalga oshirishi kerak.

Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga (turar joylarga, jamoat va

ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sog’liqni saqlash va sport

ob’ektlariga, madaniy-tomoshagoh muassasalarga va boshqa muassasalarga)

to’sqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yo’l, havo, suv, shaharlararo

avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchilar

transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy

foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to’sqinliksiz foydalanishi uchun

Page 122: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

122

sharoitlar yaratish bo’yicha ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarni

bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka

tortiladi. Ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning

nogironlar ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga to’sqinliksiz kirishi, transportdan,

transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot

vositalaridan to’sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratishga doir talablarini

bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.

O’zbekistonda nogironlarga nisbatan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat

ularning hayotda va jamiyat taraqqiyotida faol qatnashish imkoniyatlarini

kengaytirishga, moddiy ahvollarini yaxshilashga qaratilgan. Hayot faoliyatining

buzilishi darajasiga qarab birinchi, ikkinchi va uchinchi nogironlik guruhi

belgilanadi.

Nogironlik pensiyalari mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotilgan

quyidagi hollarda tayinlanadi:

• mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda;

• umumiy kasallik (ish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanish, mayiblik,

bolalikdan nogironlik) tufayli.

5-rasm. O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti bo‘yicha ijtimoiy

nafaqalar va pensiya oluvchilar soni (ming kishi)73

Bugungi kunda respublikamizda jami 3 mlndan ortiq pensiya oluvchilar

mavjud bo‘lib, Respublikamiz aholisining 9,9 %ni tashkil etmoqda. O‘zbekiston

Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida tahlil

qiladigan bo‘lsak 2014 yil 1-yanvar holatida Respublikamiz bo‘yicha jami

3090900 kishi pensiya ta’minoti bo‘yicha ijtimoiy nafaqalar va pensiya oluvchilar

sifatida qayd etilgan. Shundan nogironlik bo’yicha pensiyalar oluvchilar soni

o’tgan yilga nisbatan kamayib, jami 391900 kishini tashkil etgan (5-rasm).

73

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida

Page 123: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

123

3.Pensiya jamg’armasi tomonidan nogironlik pensiyalarini hisoblash va

tayinlash tartibi

Nogiron shaxs bu jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi

tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida

belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga

muhtoj shaxsdir. Nogiron bolalar — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi)

nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va

himoyaga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslardir74

.

Nogironlarga tegishli asoslar mavjud bo‘lganida nogironlik

pensiyalari, boshqa hollarda esa nogironlik nafaqalari tayinlanadi. O‘zbekison

Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuni

15- moddasiga ko‘ra nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda

I va II- guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Sog‘lig‘ini yoki

mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi

aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan

vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi

tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.

Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning

arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;

ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

ariza beruvchining jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005

yil 1 yanvardan keyin);

baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi

to‘g‘risidagi hujjat yoki agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir

bo‘lgan bo‘lsa — boshqa rasmiy hujjat.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ariza

beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi)

to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va

qo‘shilmalarda bo‘lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar

organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

tegishli organ tomonidan berilgan, idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar,

harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va kon-qutqaruv

qismlaridagi xizmatni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

band bo‘lgan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari

tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi

74

O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyul, O‘RQ-162-son “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni

ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunidan 3-modda

Page 124: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

124

tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligini

tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-

profilaktika muassasasi tibbiy-maslahat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda TMK deb

yuritiladi) tomonidan berilgan ariza beruvchining bolasi 16 yoshgacha nogiron

bola deb e’tirof etilishini tasdiqlaydigan tibbiyot xulosasi yoki Tibbiy-mehnat

ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda TMEK deb yuritiladi) tomonidan berilgan

parvarish ostidagi shaxs I guruh nogironi deb tan olinishini tasdiqlaydigan

nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismi;

davolash-profilaktika muassasasining xulosasi asosida fuqarolarning o‘zini

o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan o‘zgalarning parvarishiga muhtoj

bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqtni tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma;

oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan o‘qish harbiy xizmatga

tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek partiya maktablarida),

aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada

(katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada kunduzgi

o‘qishni, shu jumladan chet elda o‘qishni tasdiqlaydigan diplom yoki

ma’lumotnoma;

bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi

to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola

tug‘ilgandan boshlab u uch yoshga to‘lgungacha bo‘lgan davrda mehnat

munosabatlarida bo‘lgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch

yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va

muddatdan tashqari xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga

joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqtni

tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik

muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar

vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan

lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan

vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs

hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;

davolash-profilaktika muassasasining ariza beruvchi gipofizar nanizm

bemori (liliput) yoxud disproportsional pakana ekanligi to‘g‘risidagi

ma’lumotnomasi;

familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi hujjat;

Page 125: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

125

TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi —

mehnatda yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida I va II guruhlar nogironi

bo‘lgan vaqt stajga hisoblanadigan hollarda;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan nogiron

bola 8 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma, shuningdek bola 8 yoshgacha nogiron bola deb e’tirof etilishini

tasdiqlaydigan TMK tomonidan berilgan tibbiyot xulosasi, yoki TMK tomonidan

berilgan nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan kasallik bo‘yicha

davolash-profilaktika muassasasida hisobda turganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

6-rasm. Nogironlikning kelib chiqish sabablariga ko‘ra guruhlanishi75

oqlov hukmi yoki ish to‘xtatilganligi to‘g‘risida sudning ajrimi (qarori)

yoki prokuror (tergovchi)ning ish to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek

oldini olish chorasi sifatida shaxsni tergov izolyatoriyada (turmada) qamoqda

saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni o‘tash davri

to‘g‘risida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining

ma’lumotnomasi,shuningdek reabilitatsiya to‘g‘risidagi hujjatlar (sud organlari,

prokuratura organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi

chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar

bo‘yicha jinoyat ishi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori.

Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik

boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi

(1-jadvalga qaralsin). 20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish

davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga

pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb

kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik

tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik

dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.

75

Mavjud me‘yoriy-huquqiy baza asosida muallif tomonidan tayyorlandi

Kelib chiqish sabablariga ko’ra mehnat

nogironligi

Mehnatda mayiblanganda yoki kasb

kasalligiga uchragandagi nogironlik

Umumiy kasallik tufayli beriladigan

nogironlik

Page 126: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

126

1-jadval

Nogironlik pensiyasini olish huquqini beruvchi ish staji76

Yosh Ish staji

23 yoshga qadar 2

23 yoshdan 26 yoshga qadar 3

26 yoshdan 31 yoshga qadar 5

31 yoshdan 36 yoshga qadar 7

36 yoshdan 41 yoshga qadar 9

41 yoshdan 46 yoshga qadar 11

46 yoshdan 51 yoshga qadar 14

51 yoshdan 56 yoshga qadar 17

56 yosh va undan oshganda 20

Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (umumiy kasallik

oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib

miqdorda tayinlanadi.

I yoki II guruh nogironi bo‘lib qolgan shaxsning, shuningdek vafot etgan,

nogironlik boshlangan yoki vafot etgan vaqtida bir oydan kam ish stajiga ega

bo‘lgan boquvchining ish haqi ishlangan kunlar uchun ish haqi summasini

ishlangan kunlar soniga bo‘lish va olingan natijani ushbu oyning ish kunlari soniga

ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Pensiyani hisoblab chiqish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi

ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oydagi ish haqining yakka tartibdagi

koeffitsientini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan umumiy miqdorini

oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Agar nogironlik pensiyasini tayinlashda

pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish staji besh yildan kam bo‘lsa

pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi kalendar ish oylari uchun qayta

hisoblangan ish haqi umumiy summasini ushbu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan

aniqlanadi. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientini qo‘llagan holda

pensiyalarni hisoblab chiqish uchun ish haqini qayta hisoblab chiqish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Pensiyani hisoblash uchun qonun hujjatlarida pensiya tayinlanadigan sanaga

belgilangan eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari miqdoridan ortiq

bo‘lmagan summadagi o‘rtacha oylik ish haqi qabul qilinadi. Pensiya tayinlash

uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan

kam bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq mavjud bo‘lmagan

hollarda pensiya miqdori qonun hujjatlarida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat

qilingan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy

koeffitsient hisobga olinmasdan hisoblab chiqiladi.

Pensiya miqdori ish staji davriga bog‘liq bo‘ladi va:

76

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi Qonuning 17 moddasiga asosan.

1993 yil 3 sentyabr (keyingi yillardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda).

Page 127: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

127

pensiyaning bazaviy miqdoridan;

ish staji uchun pensiya oshirilishidan;

pensiyaga ustama haqlardan shakllanadi.

Pensiyani hisoblash uchun bazaviy miqdorlari belgilanadi77

: I va II guruh

nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul

qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam

pensiyaning 100 foizidan kam emas (eng ka mish haqi – 130240 so‘m, yoshga

doir pensiyalar — oyiga 254730 so‘m, bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa

— oyiga 254730 so‘m, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 156310 so‘m

miqdorida78

).

Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq

yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari: I va II guruhlar nogironlariga

nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha

oylik ish haqining 1 foiziga teng. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga

chalinish oqibatida I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy

miqdori nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlangan kunda nazarda tutilgan ish staji

mavjud bo‘lganda oshiriladi.

Pensiyaga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi79

:

I guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 150 foizi;

II guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 125 foizi;

ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 100 foizi;

I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;

II guruh yolg‘iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — eng kam oylik

ish haqining 50 foizi;

1941 — 1945 yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan va harbiy

majburiyatlarni bajargan shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 30 foizi.

Boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan ilgari O‘zbekiston

Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildini hisobga qabul

qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qat’i nazar, pensiya

miqdori hisobga qabul qilish to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda amalda bo‘lgan

qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisoblanadi.

Pensiya Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilingan kundan boshlab

hisoblab chiqiladi va to‘lanadi. Pensiya tayinlash masalalarini ko‘rib chiqish uchun

pensiya jamg‘armasi bo‘limida pensiya tayinlash bo‘yicha komissiya (keyingi

o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi 77 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida 78

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 26 avgust, PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va

nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 79 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 128: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

128

qonun hujjatlarida belgilanadi. Komissiya boshqa zarur hujjatlar bilan birgalikda

pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza tushgandan keyin o‘n kun muddatda tegishli

qaror qabul qiladi (pensiya tayinlash to‘g‘risida, pensiya tayinlashni rad etish

haqida, taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligini tekshirish to‘g‘risida va shu

kabilar). Agar ariza beruvchi pensiya olish huquqiga ega bo‘lgani holda pensiya

tayinlash uchun murojaat qilishda nazarda tutilgan zarur hujjatlarni taqdim etmasa

yoki taqdim etilgan hujjatlar ularning asoslanganligi va ishonchliligi yuzasidan

qo‘shimcha tekshirishni talab qilsa, komissiya tomonidan ariza beruvchining

yozma roziligiga ko‘ra shubha tug‘dirmaydigan mavjud hujjatlar bo‘yicha pensiya

tayinlanishi mumkin. Agar ariza beruvchi shubha tug‘dirmaydigan mavjud

hujjatlar bo‘yicha pensiya tayinlashga rozi bo‘lmasa, komissiya ariza beruvchi

tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish tamom bo‘lgandan keyin pensiya

tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Pensiya ishi komissiya tomonidan pensiya

tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kun mobaynida rasmiylashtirilishi kerak.

Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi, shuningdek pensiya hujjatlari

shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

tomonidan tasdiqlanadi. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya

jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay

tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror

yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi

hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi

to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning (ota-onaning, qonuniy vakilning) qo‘liga

qaytarishi shart. Komissiyaning qarori yuzasidan ariza beruvchi tomonidan

Pensiya jamg‘armasi bo‘limining bevosita yuqori organiga yoki sudga shikoyat

qilish mumkin.

To‘liq bo‘lmagan ish staji sharoitida pensiya nogironlik pensiyasi80

pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik

oqibatidagi I va II guruhlar nogironlariga (shu jumladan bolalikdan nogironlarga)

tayinlanadi. Staj to‘liq bo‘lmagandagi pensiya miqdori Qonunda belgilangan

miqdorlardan past bo‘lishi mumkin emas. To‘liq bo‘lmagan ish staji holatida

pensiya quyidagi tarzda mavjud stajga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladi:

dastlab tegishli to‘liq pensiya aniqlanadi; ushbu pensiya talab etiladigan ish staji

oylari soniga bo‘linadi, olingan summa amaldagi ish staji oylari soniga

ko‘paytiriladi. To‘liq bo‘lmagan ish staji holatida nogironlik pensiyasi — agar

nogironlik belgilangan kundan boshlab uch oy ichida pensiya so‘rab murojaat

etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu

pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55

yoshdan oshgan ayol nogironlarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi.

Ana shu nogironlarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga

80 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 129: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

129

binoan amalga oshiriladi va nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq tayinlanadi.

Pensionerga rasmiy hujjat hisoblanadigan pensiya guvohnomasi beriladi.

Nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan 2011 yil 1

yanvardan keyin takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng nogironlikning III

guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi to‘lanmaydi. Qariyalar va

nogironlarning internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg‘iz pensionerlarga

pensiya bilan ular ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq, biroq tayinlangan

pensiyaning kamida 10 foizi va urush nogironlariga esa — kamida 20 foizi

to‘lanadi. Ruhiy bemorlar internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya

to‘lanmaydi.

Pensioner ruhiy bemorlar uchun davolash muassasalarida bo‘lgan vaqt uchun

pensiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma

bo‘yicha to‘lanadi. Pensioner tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan

pensiyaning hisoblangan summasi o‘tgan vaqt uchun O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi hisobga

olingan holda bir yo‘la to‘lanadi, biroq pensiya olish uchun murojaat qilishdan

oldingi o‘n ikki oydan ortiq vaqt uchun emas. Pensiya jamg‘armasi bo‘limining

aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan pensiya summasi o‘tgan vaqt uchun O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi

hisobga olingan holda, muddat cheklanmasdan bir yo‘la to‘lanadi.

Tayinlangan pensiyani to‘lash pensioner vafot etganda, tayinlangan pensiyaga

huquqlar yo‘qolganda, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi

tashqarisiga chiqib ketilganda to‘xtatiladi. Tayinlangan pensiyani to‘lash pensiya

to‘lash muddati tamom bo‘lganda, ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida

pochta aloqasi tashkiloti orqali pensiya olinmaganda, pensioner ozodlikdan

mahrum etilganda, pensioner ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda,

pensiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida pensioner tomonidan ariza

berilganda to‘xtatib turiladi. Tayinlangan pensiyani to‘lash qonun hujjatlarida

nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turilishi mumkin. Pensiyani to‘lash

pensioner yoki uning vasiysi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga kelgandan so‘ng va u

ariza taqdim etgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgandan

so‘ng tiklanadi.

Jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi TMEK

tomonidan81

:

mehnatda mayib bo‘lganda – Nogironlikning sabablari ro‘yxati asosida

belgilanadi, bunda nogironlik mehnatda mayib bo‘lganlik oqibatida yuzaga kelgan

deb hisoblanadi;

81 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 130: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

130

kasb kasalligida –kasb kasalliklari ro‘yxati asosida belgilanadi. Bunda

qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli sog‘liqni saqlash muassasasining

xulosasidan ko‘chirma ham taqdim etiladi.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik

pensiyasi quyidagi hujjatlar asosida qayta hisoblab chiqiladi:

pensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;

shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashash joyini

tasdiqlaydigan hujjat;

O‘zbekiston Respublikasidan doimiy yashash joyiga ketish (bir davlatdan

boshqa davlatga ko‘chib o‘tish) sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi doimiy yashash joyini

tasdiqlaydigan hujjat O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki

konsullik muassasasi yoxud xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi)

tomonidan beriladi. Bunda xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi)

tomonidan berilgan hujjat pensionerning doimiy yashash joyidagi davlatda

O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan

tartibda legalizatsiya qilinishi kerak, bunday muassasa bo‘lmagan taqdirda esa,

pensionerning doimiy yashash joyi davlatining Tashqi ishlar vazirligi, ushbu

mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoki

diplomatik vakolatxonasi tomonidan legalizatsiya qilinishi, keyinchalik, agar

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida o‘zgacha hol nazarda

tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik

boshqarmasida tasdiqlanishi kerak.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik

pensiyasini O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga o‘tkazish fuqaroning har bir

yilning 31 dekabrida tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

ijro etuvchi apparatiga taqdim etilishi sharti bilan amalga oshiriladi. Mehnatga

layoqatsiz fuqarolarga (18 yoshga to‘lmagan bolalarga, aka-ukalarga, opa-

singillarga va nabiralarga) va sud tomonidan belgilangan tartibda huquqiy

layoqatsiz deb e’tirof etilgan — ularning qonuniy vakillari pensiya oluvchilar

hisoblanadigan fuqarolarga tayinlangan mehnatda mayiblanish yoki kasb

kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyalarini to‘lash uchun fuqaroning

tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat pensiya oluvchi uchun va pensiya tayinlangan

fuqaro uchun taqdim etiladi. Bunday hujjat O‘zbekiston Respublikasining chet

eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xorijiy davlatning

notariusi yoxud vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda mehnatda mayiblanish

yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini to‘lash

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi

(to‘xtatiladi). Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin mehnatda

mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini

to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tiklanadi

Page 131: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

131

(qayta tiklanadi). Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya oluvchi doimiy yashash

uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgandan keyin uning pensiya

hujjatlar yig‘majildini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari

Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati mehnatda mayiblanish yoki kasb

kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini shaxsga u doimiy

yashaydigan xorijiy davlatning bankidagi yoki boshqa moliya-kredit

muassasasidagi hisob raqamiga o‘tkazishni xorijiy valyutada amalga oshiradi, agar

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida o‘zgacha hol nazarda

tutilmagan bo‘lsa. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining xorijiy

valyutadagi xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik

pensiyasini o‘tkazish chet elga jo‘nab ketishdan oldin pensiya to‘langan oydan

keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi82

. Chet elga o‘tkaziladigan mehnatda

mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasi

summasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha

hol belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining pensiya haqidagi qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblab chiqiladi. O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya ijro etuvchi

apparati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali

chet elga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga

chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summasining o‘z vaqtida konvertatsiya

qilinishi va jo‘natilishini ta’minlaydi.

Amaliy mashg’ulot uchun topshiriqlar

№1 masala

1968 yilda to‘g‘ilgan Boliev 2014 yilning 16 sentyabr kuni nogironlik

pensiyasini tayinlash uchun murojaat qildi. 2014 yilning 5 iyul kuni TMEK

tomonidan II guruh nogironligi belgilandi. Uning ish staji quyidagilardan iborat:

1985 yil 1 sentyabrdan - 30 iyun 1991 yilgacha OTMda o‘qigan;

1991 yil 1 avgustdan - 1995 yil 20 maygacha – Nukus shahrida shifokor;

1995 yil 15 sentyabrdan – 2001 yil 15 maygacha – Urgench shahrida

viloyat kasalxonasi shifokori;

2001 yil 1 iyundan to pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan kunga qadar

Toshkent shaxrida shifokor vazifasida ishlab kelgan. Uning o‘rtacha oylik ish

haqqi 820 000 sumni tashkil qilgan. Bolievaning qaramog‘ida 83 yoshli onasi bor.

82 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 132: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

132

Bolieva qanday turdagi pensiya olish huquqiga ega?

Pensiya qancha miqdorda belgilanadi?

Ish stajiga imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadigan faoliyat davrlarini

ko‘rsating.

№2 masala

Fuqaro Aliev 16 yoshida TMEK tomonidan gipofizar mittilik kasalligiga

chalingan deb topildi. Aliev 1993 yil 24 yoshida “Foton” aksiyadorlik jamiyatiga

ishga kirib, hozirgi paytga qadar o‘z mehnat faoliyatini olib bormoqda. “Foton”

aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirguncha, Aliev hech qaerda ishlamagan. Yoshga

doir pensiya tayinlashni so‘rab, Aliev byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga

murojaat qildi, ammo pensiya jamg‘armasi xodimlari Alievning talabini rad etib,

faqatgina u umumiy tartibda yoshga doir pensiya olishi mumkinligini aytishdi.

Vaziyatga huquqiy baho bering.

Aliev yoshga doir imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga egami?

Agar Aliev yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa, bu huquq

qachon vujudga keladi?

№3 masala

Fuqaro Salimov 19 yoshida avtohalokatga uchradi. Davolanish va muolajalar

davri 1 yilga cho‘zilib ketdi, ammo uning sog‘lig‘ida o‘zgarish bo‘lmadi.

Salimovning onasi o‘g‘lining umrtqa pog‘onasi lat eyishi natijasida oyog‘i va qo‘li

ishlamay qolganligi va bu haqda kasalxona vrachining xulosasi borligi uchun

tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga nogironlik pensiyasi

tayinlanishini so‘rab murojaat qildi. Tuman byudjetdan tashqari Pensiya

jamg‘armasi bo‘limi xodimlari Salimov shu paytgacha hech qaerda ishlamaganligi

va mehnat stajiga ega emasligi sababli, unga pensiya tayinlanmasligini bildirishdi.

Tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimlarining

vajlari asoslimi?

Salimovga nogironlik pensiyasini tayinlash asoslari mavjudmi?

Salimovga nogironlik pensiyasini tayinlashda mehnat stajining ahamiyati

qanday?

№4 masala

1968 yilda to‘g‘ilgan Boliev 2014 yilning 16 sentyabr kuni nogironlik

pensiyasini tayinlash uchun murojaat qildi. 2014 yilning 5 iyul kuni TMEK

tomonidan II guruh nogironligi belgilandi. Uning ish staji quyidagilardan iborat:

1985 yil 1 sentyabrdan - 30 iyun 1991 yilgacha OTMda o‘qigan;

1991 yil 1 avgustdan - 1995 yil 20 maygacha – Nukus shahrida shifokor;

1995 yil 15 sentyabrdan – 2001 yil 15 maygacha – Urgench shahrida

viloyat kasalxonasi shifokori;

2001 yil 1 iyundan to pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan kunga qadar

Toshkent shaxrida shifokor vazifasida ishlab kelgan. Uning o‘rtacha oylik ish

haqqi 820 000 sumni tashkil qilgan. Bolievaning qaramog‘ida 83 yoshli onasi bor.

Page 133: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

133

Bolieva qanday turdagi pensiya olish huquqiga ega?

Pensiya qancha miqdorda belgilanadi?

Ish stajiga imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadigan faoliyat davrlarini

ko‘rsating.

№5 masala

Fuqaro Samadova turmush o‘rtog‘ining baxtsiz hodisa natijasida

(avtoxalokat) vafot etganligi sababli, shuningdek qaramog‘ida 2 nafar (4 yosh

hamda 6 yoshli) farzandi borligini inobatga olib, boquvchisini yo‘qotganlik

pensiyasini tayinlashni so‘rab byujetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat

qildi.

Pensiya jamg‘armasi fuqaro Samadovaning turmush o‘rtog‘i avval “Xumo”

AJda g‘aznachi lavozimida 12 yil davomida ishlaganligi, va u 35 yoshda vafot

etganligini hisobga olib, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi boquvchisini

yo‘qotganlik pensiyasini tayinladi.

Bu holatdan fuqaro Samadova norozi bo‘lib tuman prokuraturaga murojaat

etdi.

1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining harakatlarini qonun

hujjatlarga asoslangan holda izohlang!

2. Boquvchisi yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila

a’zolarini ko‘rsating.

3. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda ish stajining o‘rni qanday ?

Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar

1. Pensiyalarni to’lash tartibiga oid me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan tanishib

chiqing;

2. Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tijorat banklari orqali to’lashning tartibi

chizmasini tayyorlang;

3. Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni Pochta aloqasi bo’limlari orqali to’lashning

tartibi chizmasini tayyorlang.

4. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni qachon to’xtatilishi va to’xtatib turilishi

mumkinligi haqida tahliliy chizma va jadvallar tayyorlang.

Glossariy

Yashash joyi (location)– turar joy, kvartira, xizmat turar joyi,

ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolg’iz keksalar uchun maxsus uy,

nogironlar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek pensiya uchun

murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara

shartnomasi yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo’yicha

mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy ro’yxatdan o’tgan) boshqa turar joy,

doimiy yashash joyi mavjud bo’lmagan (doimiy ro’yxatdan o’tmagan) taqdirda –

vaqtincha yashash (vaqtincha ro’yxatdan o’tish) joyi;

Page 134: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

134

Pensiya (Pension) – uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va

me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to’lish,

nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul

to’lovi;

pensiya miqdori (pension amount) – ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib,

pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan,

pensiyaga qo’shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi;

pensiyaga oid hujjatlar yig’majildi (documents relating to pensions

folder) – ular asosida pensiya so’rab murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlangan

hujjatlarning tikilgan turkumi;

pensiya tayinlashni so’rab murojaat etish (treatment for a pension)–

pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir

turidan boshqa turiga o’tkazish, shuningdek ilgari to’xtatib qo’yilgan (to’xtatilgan)

pensiya to’lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga ariza berish;

Band shaxs (employed person)– o’zini ish bilan mustaqil ta’minlaydigan

va ish vaqtini hisobga olish mumkin bo’lmagan jismoniy shaxs, tadbirkor, shu

jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan

shug’ullanuvchi, bevosita qoramol o’stiradigan hamda chorvachilik mahsulotlari

va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotadigan shaxsiy yordamchi va dehqon

xo’jaligida band bo’lgan shaxs, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va

hunarmandchilik sub’ekti;

Shaxs (person)– O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek

O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda istiqomat

uchun berilgan guvohnoma olgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs;

Amaldagi ish haqi (current salary)– pensiyani hisoblab chiqish uchun

qo’llaniladigan shaxsning amaldagi ish haqi;

Ish staji (work experience) – mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan,

o’qishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo’yicha aniqlangan, ishdagi

tanaffuslardan qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini

beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligi;

Maxsus ish staji (special work experience)– xalq xo’jaligining muayyan

tarmoqlarida, kasblar va lavozimlarda qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozli

pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining davomiyligi.

Page 135: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

135

“Nogironlik pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi” mavzusida taqdimot

Page 136: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

136

8-mavzu. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi

Reja:

1. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini tayinlashni so’rab murojaat etish

tartibi

2.Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash va to‘lash amaliyoti

1. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini tayinlashni so’rab murojaat

etish tartibi

Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini tayinlashni so’rab murojaat qilgan

shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug’ilganlik

haqidagi guvohnoma yoki pasport;

oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini

tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to’g’risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi

to’g’risidagi guvohnoma, u bo’lmagan taqdirda — fuqarolik holati

dalolatnomalaridagi yozuvdan ko’chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy

davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);

boquvchining vafot etganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki uning bedarak

yo’qolganligi to’g’risida sudning qarori;

vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini

tasdiqlaydigan hujjat;

vafot etgan boquvchining jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi

(2005 yil 1 yanvardan keyin);

vafot etgan boquvchining ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining

qaramog’idagi oila a’zolari tarkibi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;

ta’lim muassasasining vafot etgan boquvchining oila a’zolari 16 — 18

yoshdagi o’quvchilar hisoblanishi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining ota-

onalari, turmush o’rtog’i, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi) vafot

etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga,

ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini

beradigan yoshga to’lgunga qadar boqish bilan bandligini va ishlamayotganligini

tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;

baxtsiz hodisa va sog’liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi

to’g’risidagi hujjat yoki agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida

sodir bo’lgan bo’lsa — boshqa rasmiy hujjat;

a) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, partizan otryadlari va

qo’shilmalarda bo’lganlikni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar

organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

Page 137: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

137

b) tegishli organ tomonidan berilgan, idoraviy bo’ysunuvidan qat’i nazar,

harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va kon-qutqaruv

qismlaridagi xizmatni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

v) band bo’lgan shaxsga O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari

tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg’armasi bo’limi

tomonidan berilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langanligini

tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

g) O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining davolash-

profilaktika muassasasi tibbiy-maslahat komissiyasi (keyingi o’rinlarda TMK deb

yuritiladi) tomonidan berilgan ariza beruvchining bolasi 16 yoshgacha nogiron

bola deb e’tirof etilishini tasdiqlaydigan tibbiyot xulosasi yoki Tibbiy-mehnat

ekspert komissiyasi (keyingi o’rinlarda TMEK deb yuritiladi) tomonidan berilgan

parvarish ostidagi shaxs I guruh nogironi deb tan olinishini tasdiqlaydigan

nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismi;

d) davolash-profilaktika muassasasining xulosasi asosida fuqarolarning o’zini

o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan o’zgalarning parvarishiga muhtoj

bo’lgan 80 yoshga to’lgan keksalarga qarab turilgan vaqtni tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma;

e) oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan o’qish harbiy xizmatga

tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek partiya maktablarida),

aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada

(katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada kunduzgi

o’qishni, shu jumladan chet elda o’qishni tasdiqlaydigan diplom yoki

ma’lumotnoma;

j) bolani parvarish qilish bo’yicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi

to’g’risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola

tug’ilgandan boshlab u uch yoshga to’lgungacha bo’lgan davrda mehnat

munosabatlarida bo’lgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch

yoshga to’lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

z) ofitserlar tarkibidan bo’lgan shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va

muddatdan tashqari xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga

joylashtirish imkoniyati bo’lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqtni

tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

z1 O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan

O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik

muassasalari xodimlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar

vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan

lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo’lgan

vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;

i) ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs

hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;

Page 138: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

138

k) davolash-profilaktika muassasasining ariza beruvchi gipofizar nanizm

bemori (liliput) yoxud disproportsional pakana ekanligi to’g’risidagi

ma’lumotnomasi;

l) familiya, ism, ota ismi o’zgartirilganligi to’g’risidagi hujjat;

m) TMEKning nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi —

mehnatda yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida I va II guruhlar nogironi

bo’lgan vaqt stajga hisoblanadigan hollarda;

n) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan nogiron

bola 8 yoshga to’lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma, shuningdek bola 8 yoshgacha nogiron bola deb e’tirof etilishini

tasdiqlaydigan TMK tomonidan berilgan tibbiyot xulosasi, yoki TMK tomonidan

berilgan nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan kasallik bo’yicha

davolash-profilaktika muassasasida hisobda turganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma;

o) oqlov hukmi yoki ish to’xtatilganligi to’g’risida sudning ajrimi (qarori)

yoki prokuror (tergovchi)ning ish to’xtatilganligi to’g’risidagi qarori, shuningdek

oldini olish chorasi sifatida shaxsni tergov izolyatoriyada (turmada) qamoqda

saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni o’tash davri

to’g’risida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi,

shuningdek reabilitatsiya to’g’risidagi hujjatlar (sud organlari, prokuratura

organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi chiqarilganligi

to’g’risidagi ma’lumotnomasi yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar bo’yicha jinoyat

ishi to’xtatilganligi to’g’risidagi qarori (ajrimi);

p) O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish

vazirligi tuman (shahar) Bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining

shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to’g’risidagi taqdimnomasi.

Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda ushbu bandda ko’rsatilgan zarur

hujjatlar taqdim etilishi kerak, vafot etganning pensiyaga oid hujjatlar

yig’majildida mavjud bo’lgan hujjatlar bundan mustasno.

Pensiya jamg’armasi bo’limi arizaga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini

olish huquqi nogironlik oqibatida beriladigan oilaning katta yoshdagi a’zosiga

TMEKdan olingan nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismini

ilova qiladi.

Pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash

uchun zarur bo’lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda Pensiya jamg’armasi

bo’limi ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam

ko’rsatadi.

Pensiyaga ustama haq (qo’shimcha) belgilash huquqi mavjud bo’lgan

taqdirda pensiya tayinlash to’g’risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

a) ariza beruvchi I yoki II guruh urush nogironi ekanligini tasdiqlaydigan

hujjat;

b) I guruh nogironlikni belgilash to’g’risida TMEKning nogironlik

to’g’risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi;

Page 139: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

139

v) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan ariza

beruvchi yashash joyi bo’yicha bir o’zi yashashi (ro’yxatdan o’tkazilganligi)

to’g’risidagi ma’lumotnoma, shuningdek II guruh nogironlikni belgilash to’g’risida

TMEKning nogironlik to’g’risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi;

g) ariza beruvchining urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs

ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;

d) ariza beruvchining 1941 — 1945 yillardagi urush davrida front ortida

ishlaganligini va harbiy majburiyatlarni bajarganligini tasdiqlaydigan hujjat;

e) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar

organlari xodimining o’limi harbiy xizmat majburiyatlarini yoki ichki ishlar

organlarida xizmatni bajarish bilan bog’liq ekanligini tasdiqlaydigan

ma’lumotnoma, shuningdek vafot etgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar

organlari xodimining tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma yoki vafot etgan harbiy

xizmatchining yoki ichki ishlar organlari xodimi bilan tuzilgan er-xotin(lar) nikohi

to’g’risidagi guvohnoma;

j) «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi hujjat;

z) faxriy unvon berilganligi to’g’risidagi guvohnoma.

Pensiya jamg’armasi bo’limi pensiya tayinlash uchun hujjatlarni

rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari bo’yicha tushuntirishlar va

ma’lumotnomalar berishi shart. Pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilishda

pensiya tayinlanayotgan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma)

taqdim etilishi kerak. Pasporti bo’lmagan voyaga etmagan bolalarga nisbatan

tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma taqdim etiladi. Qonuniy vakilning arizasiga

tuman (shahar) hokimining vasiylik yoki homiylikni tayinlash to’g’risidagi qarori

ilova qilinadi. Ota-ona yoki qonuniy vakil pasportni taqdim etadi. Ariza

beruvchining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida 1941 —

1945 yillardagi urush qatnashchisining guvohnomasi, baynalmilalchi jangchilarga

beriladigan imtiyoz olish huquqi haqidagi guvohnoma, shuningdek, ularning urush

ishtirokchisiga tenglashtirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

1941 — 1945 yillardagi urush va boshqa urushlar davrida harakatdagi armiya

tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o’tagan,

shuningdek O’zbekiston Respublikasini himoya qilishda ishtirok etgan harbiy

xizmatchilar «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston

Respublikasi Qonunining 28-moddasi «j» bandiga muvofiq pensiyalarga ustama

pul olishga haqli shaxslar kiritiladi.

Quyidagilar urush qatnashchilariga tenglashtiriladilar:

1941 yilning 22 iyunidan 1954 yilning 31 dekabrigacha bo’lgan davrda

qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi otryadlar tarkibida sobiq

SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan shaxslar;

1941 — 1945 yillardagi urush davrida partizan otryadlari va qo’shilmalarida

yoki yashirin ishlarda bo’lgan shaxslar;

1941 — 1945 yillardagi urush davrida harakatdagi armiya tarkibida yoki

harakatlar ketayotgan joylarda xizmatni o’tagan sobiq SSSRning Ichki ishlar

Page 140: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

140

vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qo’mitasi organlarining boshliqlar hamda

oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar;

1941 — 1945 yillardagi urush davrida harakatdagi armiya va flotlar

tarkibidagi qismlar hamda bo’linmalarda balog’at yoshiga etgunga qadar polk

o’g’illari va yungalar sifatida yurgan shaxslar;

1941 — 1945 yillardagi urush davrida temir yo’llarning front yaqinidagi

uchastkalarida, mudofaa chizig’i inshootlarida ishlagan, harbiy-dengiz bazalari,

aerodromlar hamda harbiy harakatlar ketayotgan joylardagi boshqa harbiy

ob’ektlar qurilishi ishlarida qatnashgan xodimlar;

harakatdagi armiya tarkibida ishlagan yollanma xodimlar tarkibidan bo’lgan

shaxslar;

1941 — 1945 yillardagi urush davrida fashist kontslagerlari (getto va zo’rlik

bilan ushlab turiladigan boshqa joylar)da bo’lgan (tutqunlar, shu jumladan, bolalar)

shaxslar;

Leningrad shahri qamali davrida shaharning korxonalari, muassasalari va

tashkilotlarida mehnat qilgan va «Leningrad mudofaasi uchun» medali hamda

«Qamaldagi Leningrad fuqarosiga» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;

1956 yilning 24 oktyabridan 1956 yilning 10 noyabrigacha bo’lgan davrda

Vengriya hududidagi jangovar harakatlar davrida harbiy qismlar, shtablar va

muassasalarda xizmatni o’tagan harbiy xizmatchilar;

harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda o’z baynalmilal burchlarini ado

etgan, tinchlik o’rnatuvchi kuchlar tarkibida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar,

ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar

tarkibidan bo’lgan shaxslar.

2. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash va to‘lash

amaliyoti

Fuqarolarning boquvchisini yo‘qotganlik pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan

oila a’zolari vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz

oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.

Bunda farzandlar va oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan

yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy

kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida

turgan deb hisoblanadilar.

Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning

yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai

hisoblangan bo‘lsa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egalar

va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi ular boquvchining qaramog‘ida turgan

turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.

Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik

kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya

olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Page 141: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

141

Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar83

:

- bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa

yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan

bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli

ota-onasi bo‘lmasa;

- ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda

tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;

- yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki

er(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan

boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga

bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan

yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;

- buva va buvi agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar

bo‘lmasa.

O’quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi

olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega

bo‘lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu

huquqni saqlab qoladilar. O’gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan

aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga

egadirlar. O’gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga

to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va

ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Mehnatda mayiblanganlik yoki

kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga,

shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’i

nazar tayinlanadi. Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik

pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa, umumiy kasallik

yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini

yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan

shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak84

:

pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug‘ilganlik

haqidagi guvohnoma yoki pasport;

oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini

tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi

to‘g‘risidagi guvohnoma, u bo‘lmagan taqdirda — fuqarolik holati

83 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

84 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 142: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

142

dalolatnomalaridagi yozuvdan ko‘chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy

davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);

boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki uning bedarak

yo‘qolganligi to‘g‘risida sudning qarori;

vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini

tasdiqlaydigan hujjat;

vafot etgan boquvchining jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi

(2005 yil 1 yanvardan keyin);

vafot etgan boquvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi85

:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining

qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

ta’lim muassasasining vafot etgan boquvchining oila a’zolari 16 — 18

yoshdagi o‘quvchilar hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining

ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi)

vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga,

ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini

beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan bandligini va ishlamayotganligini

tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;

baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi

to‘g‘risidagi hujjat yoki agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida

sodir bo‘lgan bo‘lsa — boshqa rasmiy hujjat;

shuningdek qonunchilikda belgilangan vafot etgan boquvchining nomiga

rasmiylashtirilgan (yozilgan) hujjatlar.

Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda ushbu bandda ko‘rsatilgan zarur

hujjatlar taqdim etilishi kerak, vafot etganning pensiyaga oid hujjatlar

yig‘majildida mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno.

Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi

fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida

ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi:

a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan

oilalarga boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;

b) pensiya olmagan oilalarga basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga

qadar tegishli stajga ega bo‘lgan bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb

kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa boquvchining ish

stajidan qat’i nazar.

85 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada

takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011 yil 8 sentyabrda qabul

qilingan 252-son Qarori asosida

Page 143: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

143

Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini to‘liq

tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga

pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining tayanch miqdori:

oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik

pensiyasi uchun pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish

haqining 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 50 foizi miqdorida;

ota-onasidan judo bo‘lgan (chin etim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning

bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun pensiyani

hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin eng

kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda agar ota-

onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish

staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik

pensiyasi miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda, chin etim maqomini saqlab qolgan

holda, murojaat etganning xohishi bo‘yicha ota-onadan birining ish staji va ish

haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning eng ko‘p miqdori

tayinlanadi.

Navoiy viloyati Karmana tumanida 2016 yil 1 may holatida byudjetdan

tashqari pensiya jamg‘armasi hisobidan boquvchisini yuqotganlik pensiyasini

oluvchilar jami 603 nafarni tashkil etib shundan 1 nafar oila a’zosi uchun

pensiyaoluvchilar asisiy qismni tashkil etib, ular jami 433 nafarni tashkil etmoqda

(1-jadval).

Boquvchining oila a’zolariga pensiyadan ulush ajratib berilishi oilaning

pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya

tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida

to‘lanadi.Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan

oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. Pensiya

tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun

pensiyalarning bazaviy miqdorlari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning

har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — boquvchi o‘rtacha oylik ish haqining 0,5

foiziga oshiriladi. Har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin etimlarga)

tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyalarini oshirish eng kam

oylik ish haqining sakkiz baravari miqdori doirasida har ikkala ota-onaning ish

haqi umumiy miqdoridan amalga oshiriladi.

Page 144: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

144

2.5-jadval

Navoiy viloyati Karmana tumanida 2016 yil 1 may holatida Boquvchisini yuqotganlik pensiyasini oluvchi fuqarolar soni

va tarkibi86

Pensiya va

ijtimoiy

nafaqa turi

hamda

toifalari

2016

yil

yanvar

holatig

a jami

pensiya

va

ijtimoiy

nafaqa

oluvchi

lar soni

Hisobot davrida hisobga olingan pensiya va

ijtimoiy nafaqa ishlari soni Qo‘shi

mcha

hujjatg

a

asosan

qayta

hisob-

landi

Hisobot davrida hisobdan chiqarilgan

pensiya va ijtimoiy nafaqa ishlari soni 2016

yil may

holatig

a jami

pensiya

va

ijtimoiy

nafaqa

oluvchi

lar soni

Umu

miy

soni

shu jumladan:

Umu

miy

soni

shu jumladan:

yangi

tayin-

landi

yangi

dan

ishlov

chi

boshq

a

hudud

dan

ko‘chi

b keldi

nogiro

n

guruhi

va

BYP

tiklan

di

boshq

a tur

pensi

ya-

dan

o‘tdi

Vafot

etdi

boshq

a

hudud

ga

ko‘ch

ib

ketdi

nogir

on va

BYP

mudd

ati

tugadi

bosh

qa

tur

pensi

yaga

o‘tdi

Jami pensiya

oluvchilar

soni

11950 790 435 73 37 314 4 6 355 146 1 208 0 12385

I bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pesiya tam’minoti to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq

BYP

oluvchilar

soni - jami

600 59 18 X 6 32 3 0 59 5 0 54 0 600

Shundan: 1

nafar oila

a’zosiga

432 44 10 X 4 27 3 0 46 5 0 41 0 430

86

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Karmana tumani bo‘limi ma’lumotlari asosida

Page 145: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

145

2 nafar oila

a’zosiga 131 13 7 X 1 5 0 0 7 0 0 7 0 137

3 nafar va

undan ortiq

oila a’zosiga

37 2 1 X 1 0 0 0 6 0 0 6 0 33

II bo‘lim. "Harbiy xizmatchilar pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonun bo‘yicha

BYP

oluvchilar

soni - jami

3 0 0 X 0 0 0 0 0 0 0 0 0 3

Shundan: 1

nafar oila

a’zosiga

3 0 0 X 0 0 0 0 0 0 0 0 0 3

2 nafar oila

a’zosiga 0 0 0 X 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0

3 nafar va

undan ortiq

oila a’zosiga

0 0 0 X 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0

Page 146: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

146

Bunda har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin etimlarga)

tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning

umumiy ish staji miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, ya’ni pensiya

tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj uchun pensiyani oshirish har ikkala ota-

onaning umumiy ish staji miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar ota-onadan

birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini

yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji va ish

haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi

miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda, chin etim maqomini saqlab qolgan holda,

murojaat etganning xohishi bo‘yicha ota-onadan birining ish staji va ish haqidan

kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning eng ko‘p miqdori

tayinlanadi.Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila

a’zolarining barchasiga bitta umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga

ko‘ra uning pensiyadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Boshqa

tumanda (shaharda) yashaydigan oila a’zosi o‘ziga pensiya ulushini tayinlash yoki

ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda murojaat qilganning yashash

joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi rasmiylashtiradigan yoki ushbu

oilaning amaldagi pensiya hujjatlar yig‘majildi turgan Pensiya jamg‘armasi

bo‘limiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan

murojaat qilgan oila a’zosining pensiya olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar

ilova qilinadi.

1-rasm. Navoiy viloyati Karmana tumani byudjetdan tashqari pensiya

jamg‘armasi hisobidan to‘lanuvchi pensiyalar va nafaqalar tizimi (2016 yil 1

may holatida) 87

Demak, Karmana tumanida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

hisobidan to‘lanadigan pensiya va nafaqalarning asosiy qismini, ya’ni 73% ni

yoshga doir pensiyalar tashkil etsa, 5 % ni boquvchisini yuqotganlik pensiyasi,

14% ni nogironlik pensiyasini va 8 % ni ijtimoiy nafaqalarni tashkil etmoqda.

87

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Karmana tumani

bo‘limi ma’lumotlari asosida

Page 147: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

147

Amaliy mashg’ulot uchun topshiriq

1. Guruhlar tarzida ishlash: Pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lgan shaxs

pensiya tayinlash uchun murojat qilishida qanday xujjatlarni taqdim etishi lozim?;

2. Har bir pensiya turi va ijtimoiy nafaqa turi bo’yicha pensiya tayinlash uchun

asos bo’ladigan xujjatlar ro’yxatini tuzib chiqing;

3. Fuqaroning mehnat faoliyati davomidagi ishlagan mehnat staji qanday

ahamiyatga ega deb uylaysiz? (talabalar bilan debat usulida suhbat);

4. Norasmiy bandlik pensiya ta’minotida qanday muammolarga olib kelishi

mumkin deb uylaysiz? (talabalar bilan debat usulida suhbat);

5. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining tayanch miqdori qanday hisoblanadi?

6. Masalani echimini toping

№1 masala

Fuqaro Samadova turmush o‘rtog‘ining baxtsiz hodisa natijasida

(avtoxalokat) vafot etganligi sababli, shuningdek qaramog‘ida 2 nafar (4 yosh

hamda 6 yoshli) farzandi borligini inobatga olib, boquvchisini yo‘qotganlik

pensiyasini tayinlashni so‘rab byujetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat

qildi.

Pensiya jamg‘armasi fuqaro Samadovaning turmush o‘rtog‘i avval “Xumo”

AJda g‘aznachi lavozimida 12 yil davomida ishlaganligi, va u 35 yoshda vafot

etganligini hisobga olib, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi boquvchisini

yo‘qotganlik pensiyasini tayinladi.

Bu holatdan fuqaro Samadova norozi bo‘lib tuman prokuraturaga murojaat

etdi.

1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining harakatlarini qonun

hujjatlarga asoslangan holda izohlang!

2. Boquvchisi yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila

a’zolarini ko‘rsating.

3. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda ish stajining o‘rni

qanday ?

Glossariy

Pensiya (pension)– uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va

me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to’lish,

nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul

to’lovi;

Qonuniy vakil (legal representative)– qonun hujjatlarida belgilangan

tartibda shunday deb e’tirof etilgan farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiylik

qiluvchi;

pensiya tayinlashni so’rab murojaat etish (treatment for a pension)–

pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir

turidan boshqa turiga o’tkazish, shuningdek ilgari to’xtatib qo’yilgan (to’xtatilgan)

pensiya to’lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya

jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga ariza berish;

Page 148: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

148

Shaxs (person) – O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek

O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va belgilangan tartibda istiqomat

uchun berilgan guvohnoma olgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs;

Amaldagi ish haqi (current salary)– pensiyani hisoblab chiqish uchun

qo’llaniladigan shaxsning amaldagi ish haqi;

Ish staji (work experience) – mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan,

o’qishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo’yicha aniqlangan, ishdagi

tanaffuslardan qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini

beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligi;

Davlat pensiyalarining turlari (types of state pensions)- yoshga doir

pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi.

pensiya miqdori (pension amount) – ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib,

pensiyaning tayanch miqdoridan, ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan,

pensiyaga qo’shiladigan ustama haqlardan tarkib topadi.

Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar

1. Pensiya turlari bo’yicha pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lgan shaxs taqdim

etishi lozim bo’lgan xujjatlar ketma ketligini tuzib chiqing;

2. Pensiya ta’minotida talab etiladigan xujjatlar namunasini mavjud qonunchilik

me’yorlari asosida alohida ajratib to’plang;

3. To’plangan xujjatlarni pensiya jamg’armasiga pensiya turlari bo’yicha taqdim

etishga tayyor holatga keltiring.

Page 149: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

149

“Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi” mavzusida taqdimot

Page 150: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

150

9-mavzu. Kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni tayinlash

tartibi

Reja:

1. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning zarurligi, mohiyati, omillari va

vazifalari

2. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning moliyaviy manbalari va tashkiliy-

huquqiy asoslari

3. Kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni tayinlash

1.Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning zarurligi, mohiyati, omillari va

vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlangan

va yigirma uch yildan ortiq vaqt davomida izchil amalga oshirib kelinayotgan

kengqamrovli islohotlar zamirida ulug‘ maqsad yotibdi. Bu ham bo‘lsa

xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirish, aholi turmush farovonligini

oshirishdir.

2015 yilning 5yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

“O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi davlat budjeti, davlat maqsadli

jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy

yo‘nalishlari to‘g‘risida”88 qaror qabul qildi. Mazkur qarorda 2015 yilgi iqtisodiy

dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari belgilandi. Ijtimoiy

sohaga davlat xarajatlaridan, shu jumladan ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar

sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlaridan yanada

samarali foydalanish orqali aholi turmush farovonligini oshirish, shu bilan bir

vaqtda muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilliligini kuchaytirish

ana shunday yo‘nalish va vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Inson taraqqiyoti kontseptsiyasiga ko‘ra, jamiyatning rivojlanishi markazida

faqat oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, balki avvalo inson turishi kerak.

Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni –

odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof

etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli

qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.

Turli jamiyatlar, millat va xalqlarning dunyoqarashi, madaniyati, qadriyatlari

turlicha bo‘lsa-da, barcha joyda “turmushning yuksak darajasi” deganda, qarashlar

o‘xshash bo‘ladi. U oilaviy farovonlik, salomatlik, uzoq umr ko‘rish, moddiy

farovonlik, ma’lumotning yuqori sifat darajasi, nafaqat salmoqli daromad, balki

mehnatdan ma’naviy qoniqish, jamoatchilik orasida obro‘ orttirish, xavfsizlik,

madaniy xordiq kabi tushunchalarni qamrab oladi. Odamlar har doim shaxs va

fuqaro sifatida o‘z dunyoqarashini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lishni, jamiyat

hayotida ishtirok etishni, huquq va erkinliklarining hurmat qilinishini, fikrlari

e’tiborga olinishini har doim qadrlab kelishgan va qadrlashadi. 88

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining Axborotnomasi, 2014 y., 11-son, 316-modda

Page 151: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

151

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shu narsa e’tirof etiladiki, inson

taraqqiyotini baholash quyidagi tamoyillar va komponentlarga asoslanadi (1.1-

rasm):

1-rasm. Inson taraqqiyotini baholash tamoyillari

89

1. Farovonlik. Inson taraqqiyoti faqatgina ijtimoiy siyosat sohasi bilan

cheklanadi, deb o‘ylash xato bo‘ladi. Iqtisodiy rivojlanishsiz, iqtisodiy salohiyatni

oshirmasdan odamlarning ehtiyojlarini qondirish va imkoniyatlarini kengaytirishga

erishib bo‘lmaydi. Inson taraqqiyoti kontseptsiyasini faqat ta’lim va sog‘liqni

saqlash, gender rivojlanish va qashshoqlikka qarshi kurash ko‘rsatkichlari kabi

ijtimoiy mezonlar statistikasi asosida tahlil qilish noto‘g‘ri vbo‘lardi. Ushbu

ma’lumotlar jamg‘arish va investitsiyalar, ishlab chiqarish va iste’mol qilish, savdo

va texnologiyalar kabi ko‘rsatkichlarsiz inson taraqqiyoti haqida to‘liq tasavvur

hosil qilish imkonini bermaydi. Jamiyatning rivojlanishi odamlarning moddiy va

ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun resurslardan foydalanish optimalligiga

ko‘ra baholanadi. Shu sababli inson taraqqiyotining bosh komponentlaridan bittasi

farovonlik hisoblanadi.

2. Huquq va imkoniyatlarning kengayishi. Inson taraqqiyotining darajasi

rivojlanish masalalarini hal qilishda insonning o‘zi qanchalik ishtirok etayotgani

bilan ham belgilanadi. Axir, u rivojlanishning nafaqat obyekti, balki subyekti

hamdir.

3. Adolat. Jamiyatning rivojlanish darajasi imkoniyatlar tengligiga, ya’ni

ushbu jamiyatda aholining turli individ va guruhlari o‘rtasida huquq va

majburiyatlar taqsimlanishi adolat printsipiga ko‘ra baholanishi kerak.

“Imkoniyatlar tengligi” mavhum tushuncha emas. U aniq, real hamda huquqiy va

iqtisodiy ta’minlashni talab qiladi. Uning mohiyati shundaki, jamiyatda muayyan

belgiga, shu jumladan, jinsiga ko‘ra, huquqiy va iqtisodiy kamsitish, ko‘proq yoki

kamroq imtiyozlarga ega etnik guruhlar, ekspluatatsiya qilinuvchi sinflar

bo‘lmasligi kerak. Nogironlarga tizimli yordam alohida e’tiborni talab etadi.

Bunday adolatni o‘rnatish omillari orasida qonunchilikda mustahkamlangan va

89

Tadqiqotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi

Page 152: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

152

amaliyotda qo‘llaniladigan siyosiy huquq va erkinliklar, sog‘liqni saqlash va ta’lim

tizimidan foydalanish, mikromoliyalash tizimi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj

qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqalar mavjud.

Shunday qilib, inson taraqqiyotining umume’tirof etilgan uchinchi

komponenti – ijtimoiy adolat, natijalarning barqaror ta’minlangani, inson

huquqlarini hurmat qilish hisoblanadi. Inson taraqqiyoti kontsepsiyasi, iqtisodiy

o‘sish nazariyasidan farqli o‘laroq, ijtimoiy taraqqiyotga uzoq muddatli jarayon

sifatida qaraydi. Faqatgina bugun yashayotgan insonlar ehtiyojini qondirish haqida

o‘ylash bilan cheklanmasdan, kelajak avlodlar uchun munosib hayotni ta’minlash

haqida ham fikr yuritmoq zarur.

Inson taraqqiyoti kontseptsiyasi – bu samarali va barqaror iqtisodiy o‘sishni

ta’minlash hamda uni mantiqiy yakuniga izchil ravishda etkazish, ya’ni odamlar

imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy va siyosiy huquq va erkinliklarini

ro‘yobga chiqarish, bugungi va kelgusi avlodlarning ma’naviy va moddiy

ehtiyojlarini qondirishdir90

.

Bugungi kunda mamlakatimizda inson omilining hal qiluvchi kuch sifatida

amal qilishi va izchil ravishda rivojlanib borishi uchun real shart-sharoitlarni

yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ahamiyatga molik o‘zgarishlar amalga

oshirilmoqda. Biz o‘z oldimizga qo‘yayotgan maqsad esa – bu zamonaviy

rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib turmush

sharoitini yaratish va uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini

ta’minlashdan iborat91

.

O‘zbekiston hukumati mamlakatimizda kam ta’minlangan toifadagi aholi

sonini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik printsiplarining yanada

rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari

borasida ma’lum bir majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. Xalqaro miqyosda

hamjamiyat, shu jumladan, BMTning turli tarkibiy tuzilmalari bu borada moliyaviy

yordam berish va mamlakatimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan

hamkorlik qilish orqali ko‘maklashishga hozirligini izhor etadi. O‘zbekistonning

2015 yilgacha bo‘lgan davrdagi vazifasi kam ta’minlangan aholi hissasini 50

foizga qisqartirishdan iborat. Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga

yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuksak iqtisodiy o‘sish va bandlik

sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi

daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

Birinchidan, daromad shakllari o‘zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish

haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari – tadbirkorlik

90

O‘zbekiston: Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning va inson taraqqiyoti printsiplarini amalga oshirishning

parlament tomonidan ta’minlanishi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekistondagi BMT

Taraqqiyot dasturi. Amaliy qo‘llanma. 2011. 91

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy

tendentsiya va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. – T.:

“O‘zbekiston”, 2011, 3-4-b.

Page 153: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

153

faoliyatidan, (ko‘chmas) mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valutasidan

keladigan daromadlar qo‘shildi.

Ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan

o‘zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, daromad tanqisligi,

tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid

qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi.

2-rasm. Turmush sifatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar

92

Uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi:

majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valutasi, qimmatli qog‘ozlar va shaxsiy

mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar shular

jumlasidandir.

Ta’kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,

uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish,

ma’lumot olishi, bo‘sh vaqtlarini madaniy tarzda o‘tkazishi bo‘yicha imkoniyatlari

shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi

islohotlarning bosh maqsadi iqtisodiyotni yuksaltirishning ijobiy sur’atlariga

erishish orqali aholining turmush farovonligini yuksaltirishdir.

Prezidentimiz tomonidan aholi farovonligini oshirishning quyidagi asosiy

yo‘nalishini belgilab berildi (3-rasm).

92

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va

modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.

– T.: “O‘qituvchi” NMIU. - 2013. 313-bet.

Page 154: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

154

3-rasm. Aholi farovonligini oshirish yo‘nalishilari93

1. Aholining real daromadlarini oshirish. Mamlakatimizda yalpi ichki

mahsulotning yuqori sur’atlarda barqaror o‘sib borishi, budjet sohasi xodimlarining

ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorining muntazam qayta ko‘rib

chiqilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchilarining mehnatini

rag‘batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa

chora-tadbirlar, ayniqsa, oxirgi yillarda xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib

borishini ta’minladi.

2. Ish bilan bandlik masalasini yechish. Aholi farovonligini oshirishda

bandlik masalasining o‘rni katta. Bugungi kunda mehnatga layoqatli aholining

bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratayotgan ish beruvchilar

rag‘batlantirilmoqda, ularga soliq, kredit va boshqa imtiyozlar berilmoqda; mehnat

bozorida ishchi kuchi sifati va raqobatdoshligini oshirish chora-tadbirlari

ko‘rilmoqda; aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo‘lgan

kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, xizmat

ko‘rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda rivojlantirilmoqda; aholining

ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifalari moddiy qo‘llab-quvvatlanmoqda, ular

uchun ish o‘rinlarini kvotalash tartibi yo‘lga qo‘yildi; davlat va mahalliy budjet

mablag‘lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil etilmoqda; tashqi va

ichki migratsiyani tartibga solishga e’tibor kuchaytirilmoqda.

3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini yanada

rivojlantirish. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi

93

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va

modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma

ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. – T.: “O‘qituvchi” NMIU. - 2013. 317-bet.

Page 155: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

155

bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy

erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda yurtimizda kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor

berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish

masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini

oshirish omili sifatida qaralmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta

e’tibor berilishi hamda uning qo‘llab-quvvatlanishi natijasida mazkur tarmoqning

mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.

Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol

rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008 yilda bu

ko‘rsatkich 48,2 foizga, 2009 yilda 50,1 foizga, 2010 yilda 52,5 foizga, 2011 yilda

esa 54 foizga, 2013 yil yakunlariga ko‘ra 55,8 foizga etdi yoki 2000 yilga nisbatan

24,8 foizga o‘sdi. 2014 yil yakunlariga ko‘ra, “yalpi ichki mahsulotni

shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000

yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9

foizdan 31,1 foizga o‘sdi”94

.

Mamlakatimizda ish bilan band aholining 75 foizidan ortig‘i aynan kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e’tiborni yanada

kuchaytirishni, jumladan, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni

ko‘paytirishni va shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, barqaror daromad

manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi.

4. Davlat tomonidan beriladigan aniq manzilli ijtimoiy yordam tizimini

takomillashtirish. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yordamga muhtojlarga,

xususan, ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga

yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda respublikada aynan aholini ijtimoiy himoya sohasida amalga

oshirilayotgan ijtimoiy siyosat quyidagilarga qaratilgan:

- ijtimoiy nafaqalarni aynan kam ta’minlangan oilalarga qaratish;

- aholini ijtimoiy himoya qilishda manzillilikni ta’minlash;

- shu maqsadlarda kam ta’minlangan oilalarga nafaqalarni mahallalar orqali

etkazilishini ta’minlaydigan mexanizmlarni bosqichma-bosqich takomillashtirib

borish;

- aholining ijtimoiy muhofazasi uchun davlat moliyaviy manbalari bilan bir

qatorda, homiylik, xayriya tashkilotlari, korxonalar mablag‘larini jalb etish.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda yashash sharoiti va standartlari,

aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlangani, aholini sifatli iste’mol

tovarlari bilan ta’minlash, zamonaviy talablar asosida ta’lim olish hamda sog‘liqni

saqlash tizimi kabi indeks va ko‘rsatkichlar bo‘yicha katta o‘zgarish va yutuqlarga

erishildi.

94

Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va

diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib

berish — ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 7-bet.

Page 156: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

156

Iqtisodiyotimizning jadal va mutanosib rivojlanib borayotgani aholi hayot

darajasi va sifatini izchil oshirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Budjet

tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar hajmi o‘tgan 2014

yilda 23,2 foizga oshdi. Aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar

esa 10,2 foizga ko‘paydi.

Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan

daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi

ko‘rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o‘sdi95

. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi

mamlakatlaridagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

Bu haqda so‘z yuritganda, sobiq ittifoq hududidagi boshqa mamlakatlardan

farqli ravishda, O‘zbekistonda daromadlar darajasi bo‘yicha aholining keskin

tabaqalanish holati mavjud emasligini alohida ta’kidlash lozim. Eng ko‘p va eng

kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq 2000 yildagi 53,3 barobardan bugungi

kunda 7,8 barobarga tushdi. Bu o‘rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mezoni

hisoblangan bu ko‘rsatkich xalqaro me’yorlarga ko‘ra, 10 barobar qilib

belgilanganini aytib o‘tish lozim.

2. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning moliyaviy manbalari va tashkiliy-

huquqiy asoslari

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari alohida hududning, bir

mamlakatning, ma’lum bir mintaqaning emas, jahon miqyosida hal qilinishi zarur

bo‘lgan muammo hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik

rivojlanish maqsadlari va vazifalari qatorida ham “Qashshoqlik va ochlikka

barham berish” vazifasi birinchi darajali o‘rinda turadi. Bu boradagi vazifalar:

- 2015 yilgacha kuniga 1 AQSH dollari miqdorida daromadga ega bo‘lgan

aholi ulushini 1990 yilga nisbatan 2 barobarga kamaytirish;

- hamma uchun, shu jumladan, ayollar va yoshlar uchun to‘la va samarali

ish bilan bandlikni hamda munosib ishga ega bo‘lishni ta’minlash;

- 2015 yilgacha ochlikdan azob chekayotganlar sonini 1990 yilga nisbatan 2

barobarga kamaytirish kabilarni nazarda tutadi.

Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish va xavfsizlik darajasini

baholashning yana bir mezoni - Jini indeksidan keng foydalaniladi. O‘zbekistonda

mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‘rsatkichi 0,40 dan 0,296 ga pasaydi. Bu natija,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida

belgilangan xalqaro standartlar nuqtai nazaridan qaraganda, aholimizning ijtimoiy

farovonligi muttasil o‘sib borayotganidan dalolat beradi96

.

95

Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va

diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib

berish — ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 12-bet. 96

Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va

diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib

berish — ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 13-bet.

Page 157: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

157

Aholining ijtimoiy farovonligi mamlalatda olib borilayotgan ijtimoiy

siyosatga, uning yo‘nalishlari va tanlangan ustuvorliklar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.

Odatda, ijtimoiy siyosat quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi:

aholini ijtimoiy himoya qilish;

ijtimoiy ta’minot;

davlat ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash.

Ijtimoiy himoya - o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda ijtimoiy muhofazaga

muhtoj fuqarolarga nisbatan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam shakli bo‘lib, kam

ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar, nafaqalar va

imtiyozlarni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy himoya tadbirlari yordamida aholining

umumjamiyat ishlab chiqarish jarayonida qanday qatnashishidan qat’i nazar,

aholining ma’lum tabaqalari turmush darajasini birmuncha (vaqtinchalik yoki

doimiy) yaxshilashga erishiladi. Bu maqsadlardagi xarajatlarning aksariyati davlat

budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, shuningdek, mulkchilik shaklidan

qat’iy nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan ham

amalga oshiriladi. Bugungi kunda quyidagilar ijtimoiy yordam tizimini moliyaviy

va moddiy jihatdan qo‘shimcha tarzda qo‘llab-quvvatlamoqda:

o‘z mablag‘lari va jamg‘armalari hisobidan o‘z xodimlariga ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlash maqsadlarida moliyaviy yordam to‘layotgan va turli imtiyozlar

berayotgan korxonalar;

jamoat tashkilotlari;

kasaba uyushmalari, nuroniylar, nogironlar jamiyatlari va boshqalar.

Ijtimoiy ta’minot - fuqarolarning qarilikda, kasallik ro‘y berganda, mehnat

qobiliyatini vaqtinchalik yoki butunlay yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda,

shuningdek, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish davlat tizimidir. Ijtimoiy

ta’minotning markazida pensiya ta’minoti yotadi (Butun dunyoda ijtimoiy ta’minot

deganda pensiya ta’minoti tushuniladi). Bizning respublikamizda ijtimoiy ta’minot

quyidagi manbalardan amalga oshiriladi:

davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan shakllanadigan Pensiya jamg‘armasi;

davlat ijtimoiy sug‘urtasining bir qismini yo‘naltirish hisobidan

shakllanadigan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi;

davlat ijtimoiy sug‘urtasining bir qismini yo‘naltirish hisobidan

shakllanadigan Kasaba uyushmalarining mablag‘lari;

davlat budjeti.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi fuqarolarning zarur turmush darajasini kafo-

latlaydi. U majburiy bo‘lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta

badallari hisobidan Pensiya fondi, Bandlik fondi va Kasaba uyushmalari

mablag‘larining shakllanishiga asos bo‘ladi.

Davlat ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash deganda fuqarolarning Konstitutsiya

bilan kafolatlangan turli ijtimoiy xizmatlardan to‘laqonli foydalanish huquqlarini

ta’minlash tushuniladi. Bu huquqlar ta’lim olish, tibbiyot xizmatlaridan, fan,

madaniyat yutuqlaridan foydalanish, shuningdek, turar joyga ega bo‘lish bilan

Page 158: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

158

bog‘liq fuqarolik huquqlari bo‘lib, ularni moddiy va moliyaviy jihatdan ta’minlash

esa mamlakatda yaratilgan milliy daromadni qayta taqsimlash asosida ijtimoiy

yo‘naltirilgan jamg‘armalarni shakllantirish, tegishli qo‘shimcha moliyaviy

manbalarni qidirib topish, bu maqsadlarga korxona va tashkilotlarning ortiqcha pul

resurslarini safarbar etish mexanizmlarini ishlab chiqish, ijtimoiy sohalar va

ularning moddiy-moliyaviy ta’minotiga xorijiy hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va

boshqa moliya-kredit institutlarining e’tiborini qaratish orqali amalga oshiriladi.

Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash

lozimki, bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini

moliyalashtirishning ko‘pkanalli tizimi shakllangan bo‘lib, ijtimoiy himoyani

moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjud (4-rasm):

4-rasm. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini moliyalashtirish

manbalari97

davlat budjeti mablag‘lari;

davlatning ijtimoiy yo‘nalishdagi maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari;

ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari;

korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari;

hayriya va homiylik tashkilotlarining mablag‘lari;

xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari;

aholining yaxshi ta’minlangan va boy qatlamlarining ixtiyoriy hayr-

ehsonlari;

boshqa mablag‘lar.

O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy

muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning huquqiy

asosini barpo etish va bu boradagi qonunlarning ijro etilishini ta’minlash bugungi

kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi. Mamlakatimizda 97

Tadqiqotlar asosida muallif tomonidan tuzildi

Page 159: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

159

mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning

turmush darajasini barqarorlashtirish maqsadida aholini ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash, ijtimoiy sohalarni saqlash, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash

jarayonlarini davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p usullari va

vositalaridan foydalanildi. Jumladan, bosqichma-bosqich ish haqi, pensiyalar,

stipendiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi, kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi

bevosita pul to‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar shaklidagi to‘lovlar joriy

qilindi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bahosidagi farqlarni

budjet orqali qoplash, aholining turli muhtoj qatlamlariga nafaqalar tayinlash,

ularning manzilli bo‘lishini ta’minlash, davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy

xizmatlar paketini ishlab chiqish va uni to‘liq mablag‘ bilan ta’minlash kabi

usullari keng qo‘llanildi. Bu tadbirlarning barchasi tegishli qonuniy-huquqiy

asosga tayangan holda amalga oshirildi.

Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, inson hayoti va uning

manfaatlarini himoyalash bilan bog‘liq yo‘nalish va tarmoqlarni o‘zida mujassam

etgan ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, uni yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi

muammolarni yechish, olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat va bu boradagi

islohotlar birinchi navbatda o‘zining qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlashni

talab qiladi.

Shu maqsadda 2002 yil 25 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Maxkamasining 33-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq

yo‘naltirilgan tarzda ko‘llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo‘ljallangan

dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori98

qabul qilindi va

ushbu qaror bilan quyidagilar belgilab berildi va huquqiy jihatdan

mustahkamlandi:

to‘liq davlat ta’minotidagi etim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan

bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun

nafaqalar, shuningdek, transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibi;

tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan etim bolalarni kiyim-

bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-

onalarga har oylik nafaqa to‘lash tartibi.

2002 yil 26 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining

“Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan

oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan

tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat

olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi” qabul qilindi. Mazkur Nizom

fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan

oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun budjet va budjetdan

tashqari mablag‘larni ajratish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazorat

olib borish tartibini belgilab berdi.

98

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002 yil, 2-son

Page 160: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

160

Agar 2000 yilgacha bo‘lgan davrda aholini ijtimoiy himoya qilish

dasturlarining asosiy maqsadi, aholining amalda barcha qatlamlarini kafolatlangan

ijtimoiy himoya bilan ta’minlash bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik asosiy e’tibor

aholining faqat zaif qatlamlariga qaratiladigan bo‘ldi. Aholining boshqa

toifalarining turmush darajasini oshirish uchun, davlat tomonidan yangi ish

o‘rinlari tashkil etish, bandlik va daromadlarni, jumladan, kichik biznes sohasida

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar

ishlab chiqila boshlandi.

Ko‘rsatilgan dasturlarni amalga oshirishdan tashqari, O‘zbekistonda o‘ziga

xos tajriba, ya’ni har yili jamiyat diqqat-e’tiborini maxsus tanlab olingan yirik

ijtimoiy muammoni hal etishga qaratish yo‘lga qo‘yildi. 1997 yildan boshlab

keyingi har bir yil mamlakatda muayyan bir maqsadga bag‘ishlangan bo‘lib, uni

hayotga tadbiq etish uchun tegishli maqsadli dasturlar qabul qilinmoqda. Agar

so‘nggi yillar tajribasiga nazar tashlasak: 2007 yil – Ijtimoiy himoya yili, 2008 yil

– Yoshlar yili, 2009 yil – Qishloq farovonligi va taraqqiyoti yili, 2010 yil –

Barkamol avlod yili, 2011 yil – Kichik biznes va tadbirkorlik yili, 2012 yil –

Mustahkam oila yili, 2013 yil – Obod turmush yili, 2014 yil – Sog‘lom bola yili,

2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilindi va Prezidentimiz tomonidan

har bir yilning ustuvorliklari belgilab berildi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar tizimida

pensionerlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ularning turmush sharoiti va sifatini

yaxshilash muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan

qabul qilingan “Pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish

borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon davlatimizda pensiya yoshiga

etgan deyarli 3 million fuqaro daromadlarining asosiy manbai – pensiyalarni

yanada ko‘paytirishni ta’minlash bo‘yicha aniq-ravshan vazifalarni amalga

oshirishdagi muhim bosqich hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 1 oktabrdan joriy etilgan

ushbu Farmonining muhim xususiyati shundaki, pensiyani oshirish pensiyani

hisoblash uchun qabul qilinadigan daromadlarning cheklangan miqdorlarini eng

kam ish haqi miqdorining 7 karrasidan 8 karrasigacha miqdorga oshirish hisobidan

ta’minlanadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari sonini keskin kamaytirishda

yoshlarni kasb-hunarli qilib tarbiyalashga va ular uchun yangi ish o‘rinlari

yaratishga qaratilgan siyosat alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ushbu

masala bo‘yicha to‘xtalib: “Aholi bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar

kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha zarur

sharoitlar yaratish ijtimoiy siyosatimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib

qoladi. … O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan kollej bitiruvchilariga

Page 161: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

161

qariyb 200 milliard so‘mlik imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Bu 2013 yilga

nisbatan 1,4 barobar ko‘pdir”99

, - degan fikrlarni ta’kidladilar.

Ijtimoiy siyosatning yana bir dolzarb vazifasi – yosh avlodning har

tomonlama sog‘lom bo‘lib tug‘ilishiga qaratish bo‘lib, bu orqali ijtimoiy himoya

masalalarining to‘laqonli echimini topish imkoniyati yaratiladi. Ta’kidlash joizki,

nogiron tug‘ilgan jamiyat a’zolari, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj

aholi qatlamiga kiritiladi va butun umri davomida birovning qo‘liga qarab

yashaydi. Demak, jismoniy sog‘lom avlod tug‘ilishiga erishish va sog‘lom avlodni

kamol toptirish ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini keskin kamaytirib, o‘z

navbatida himoyaga muhtojlar uchun yetarli mablag‘lar ajratish uchun asos

yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga muvofiq,

voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz qariyalarning huquqlari davlat

himoyasidadir. Shuningdek, uning ko‘plab boshqa moddalaridagi normalari ham

aholining ijtimoiy himoyasiga oid mazmun bilan sug‘orilgan.

Aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga keyingi yillarda ham

jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qator hukumat qarorlari va ularni amalga

oshirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, voyaga etmagan

bolalari bo‘lgan oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga aniq tarzda ijtimoiy

yordam berishni kuchaytirish, respublika aholisining real daromadlari va

farovonligi barqaror o‘sishi sharoitlarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-

tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining

roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 350-sonli (12.12.2012) Qarori

qabul qilindi. Unga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalarni to‘lashning aniq tarzdaligini

oshirgan holda onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa to‘lashning va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning amaldagi

miqdorlari va muddatlari saqlab qolindi, shuningdek, voyaga etmagan bolalari

bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan bolalarning eng katta

yoshini 14 yoshgacha pasaytirishni nazarda tutuvchi ijtimoiy nafaqalar va kam

ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi yanada

takomillashtirildi.

Bundan tashqari, 350-son qarorini bajarish hamda kam ta’minlangan

oilalarni ijtimoiy himoya qilishning manzilliligini kuchaytirish maqsadida Kam

ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash

tartibi to‘g‘risidagi Nizom100

qabul qilindi. Unga ko‘ra bolali oilalarga nafaqalar,

bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lashda

99

Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va

diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib

berish — ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 19-bet. 100

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 8-son, 101-modda

Page 162: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

162

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagi asosiy tamoyillarga amal

qilishlari kerakligi belgilab qo‘yildi:

ijtimoiy adolatga so‘zsiz rioya qilish;

keng oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash;

davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashsiz daromadlarini oshirishning aniq

imkoniyati bo‘lmagan haqiqatda ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy

yordam berish;

nafaqalar va moddiy yordamni manzilli tarzda tayinlashni ta’minlash yo‘li

bilan ularni to‘lashga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish;

aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlariga ayrim oilalar va fuqarolar

tomonidan boqimandalik munosabatida bo‘lish, o‘zining iqtisodiy faolligi hisobiga

emas, balki davlat yordami hisobiga yashashga intilishga yo‘l qo‘ymaslik;

oila a’zolarining moddiy farovonligi, bolalarni tarbiyalash, ularni har

tomonlama jismoniy, aqliy va ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun zarur shart-

sharoitlar yaratish, ma’lumoti va kasb darajasini oshirish borasida oilaning

mas’uliyatini kuchaytirish.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida 2015 yilning “Keksalarni

e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi va bu nomdagi davlat dasturining qabul qilinishi

ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini

amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo‘nalishlari keksalarning hayot darajasi va

sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash

ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941 - 1945 yillardagi urush

va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat

ko‘rsatishni takomillashtirish kabilarga qaratildi. Keksalarga g‘amxo‘rlik

ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish

uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va

me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish tadbirlari doirasida quyidagilar

joriy qilindi101

:

- 100 yoshga to‘lgan shaxslarning pensiyalariga eng kam oylik ish haqining

100 foizi miqdorida ustama belgilash;

- 75 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolarni pensiya va nafaqa to‘g‘ri

tayinlanishi va to‘lanishini tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan qarzdorlikdan

ozod qilish;

- 1941-1945-yillardagi urushning har bir qatnashchisini mamlakatimizda

ishlab chiqarilgan analogli va raqamli televideniye signallarini qabul qiladigan

televizorlar bilan bepul ta’minlash;

- 1941-1945-yillardagi urushning har bir qatnashchisini O‘zbekistonda

ishlab chiqarilgan mobil telefon apparati bilan bepul ta’minlash;

101

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi

to‘g‘risida”gi Pq-2302-sonli Qarori.

Page 163: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

163

- 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga oylik abonent to‘lovi

undirmasdan har oyda 60 minut miqdorida chiquvchi mahalliy va shaharlararo

qo‘ng‘iroqlar uchun bepul limit berish;

- 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari uchun kommunal

xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga belgilangan har oylik

kompensatsiya to‘lovlarini tegishli ravishda 50 foiz va 25 foizgacha ko‘paytirish

(amaldagi 45 va 18 foiz o‘rniga);

- Respublikaning sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga borayotgan

1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga bir yilda bir marta temir

yo‘l transportida bepul yurish, shuningdek havo transporti yo‘lkirasi qiymatining

50 foizini chegirish (borish va qaytish) huquqini berish;

- ajratiladigan budjet mablag‘larini ikki barobar ko‘paytirishni nazarda

tutgan holda beriladigan mahsulotlar to‘plamini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan

yolg‘iz qariyalarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va eng zarur

mahsulotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va Davlat dasturida nazarda

tutilgan boshqa tadbirlar.

Xulosa qilib aytganda, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda

yashash joyidan qat’iy nazar, barcha aholi qatlamlari uchun ijtimoiy xizmatlardan

foydalanishda teng shart-sharoitlarni yaratish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat,

sport muassasalari xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirish, ijtimoiy

sohalar xodimlari mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish; aholini ijtimoiy

muhofaza qilishning manzilli bo‘lishini ta’minlash; ijtimoiy himoyaning qonuniy-

huquqiy asoslarini mustahkamlash; ijtimoiy siyosat tadbirlarini amalga oshirishda

turli nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligi, ishtirokini mustahkamlash;

aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishni ta’minlash uchun

iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirish zarurdir.

Aholining har bir a’zosi turmush sharoitlarini oshirish, bilim olish

imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida

ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz

ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu ma’noda, aholi

muhofazasini ta’minlashdagi birinchi va asosiy vazifa ham insonni kamol toptirish,

uning oila va jamiyatdagi o‘rni hamda nufuzini ko‘tarish bilan bog‘liq. Binobarin,

jamiyatning insonparvarligi mamlakat iqtisodiy salohiyatining qanchalik

yuksakligi bilangina emas, balki bu salohiyat har bir kishining farovon yashashi va

har tomonlama rivojlanishi uchun yo‘naltirilgani bilan ham baholanadi.

Mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish va aholi

daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha

qo‘lga kiritilgan natijalar davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda naqadar

to‘g‘ri va ilmiy-amaliy asoslangan strategiya tanlanganligidan va uning bajarilishi

uchun egiluvchan va moslashuvchan taktik usullar qo‘llanilayotganidan dalolat

beradi.

Page 164: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

164

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Aholi farovonligi va turmush darajasini

muttasil oshirish bilan bog‘liq masalalar doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib

kelgan va shunday bo‘lib qoladi”102

.

3. Kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni tayinlash

Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari o‘z ichiga

aholi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar baholari o‘rtasidagi farqni qoplash

hamda bolali va kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqalar tizimini qamrab oladi.

O‘z navbatida ushbu nafaqalar quyidagilarga bo‘linadi:

onalar uchun bolasi ikki yoshga etgunga qadar uni parvarish qilish nafaqasi;

voyaga etmagan bolali oilalar uchun nafaqa;

kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqa.

2013 yilning 15-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va

to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 44-sonli Qarori qabul

qilinib, unga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 14

yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa (keyingi o‘rinlarda bolali oilalarga

nafaqa deb ataladi), bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa (keyingi o‘rinlarda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa deb ataladi) va kam

ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda moddiy yordam deb

ataladi) tayinlash va to‘lash tartibini belgilandi.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi

bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan

keyingi oyga o‘tmasligi kerak. Agar tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki

vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola

parvarishi bo‘yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bir baravar

miqdorda to‘lanadi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam

tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi

– posyolka, qishloq va ovul, shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig‘ini

(vakillar yig‘ilishi) yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar yig‘ini

tomonidan vakolat berilgan Komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi)

tomonidan qabul qilinadi. Komissiya fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organi hududida istiqomat qiluvchi obro‘-e’tiborli va

hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar yig‘inining

raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig‘ini raisi

esa – uning butun vakolati davriga saylanadi. Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15

kishidan iborat bo‘lishi kerak. Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi

davrida a’zolikdan chiqqan taqdirda, fuqarolar yig‘ini Komissiya a’zolarini

102

Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va

diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib

berish — ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 30-bet.

Page 165: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

165

qaytadan saylaydi. Komissiya qarori, uning yig‘ilishida tasdiqlangan tarkibning

kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi.

Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy

yordam tayinlash va to‘lashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishlari kerak:

ijtimoiy adolatga so‘zsiz rioya qilish;

keng oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash;

davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashsiz daromadlarini oshirishning aniq

imkoniyati bo‘lmagan haqiqatda ehtiyojmand oilalarga nafaqalar va moddiy

yordam berish;

nafaqalar va moddiy yordamni manzilli tarzda tayinlashni ta’minlash yo‘li

bilan ularni to‘lashga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish;

aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlariga ayrim oilalar va fuqarolar

tomonidan boqimandalik munosabatida bo‘lish, o‘zining iqtisodiy faolligi hisobiga

emas, balki davlat yordami hisobiga yashashga intilishga yo‘l qo‘ymaslik;

oila a’zolarining moddiy farovonligi, bolalarni tarbiyalash, ularni har

tomonlama jismoniy, aqliy va ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun zarur shart-

sharoitlar yaratish, ma’lumoti va kasb darajasini oshirish borasida oilaning

mas’uliyatini kuchaytirish.

Davlat budjetining aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ichida

ijtimoiy nafaqalar asosiy o‘rinni egallaydi. Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan

oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga aniq tarzda ijtimoiy yordam berishni

kuchaytirish, respublika aholisining real daromadlari va farovonligi barqaror

o‘sishi sharoitlarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga

oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini

oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy

nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi Qarori103

qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, ijtimoiy nafaqalarni to‘lashning aniq tarzdaligini

oshirgan holda onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa to‘lashning va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning amaldagi

miqdorlari va muddatlarini saqlab qolindi. Shu bilan birga, voyaga etmagan

bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan bolalarning eng

katta yoshi 14 yoshgacha pasaytirildi.

2013 yil 1 yanvardan boshlab voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har

oylik nafaqalar bolalar soniga bog‘liq ravishda yil boshida belgilangan eng kam

oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida:

bir nafar farzandi bo‘lgan oilaga — 50 foizi;

ikki nafar farzandi bo‘lgan oilaga — 80 foizi;

uch nafar va undan ortiq farzandlari bo‘lgan oilaga — 120 foizi miqdorida

to‘lanadigan bo‘ldi.

103

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 50-son, 562-modda

Page 166: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

166

2013 yil 1 yanvardan boshlab nafaqalar va moddiy yordamning barcha

turlari uchun oila muhtojligini aniqlashning yagona mezonini joriy etish hamda

ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlashda

jami daromadni hisoblab chiqish tartibi soddalashtirildi. Shuningdek, ijtimoiy

nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash tartibini

birxillashtirish, ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig‘inlari

tomonidan vakolat berilgan komissiyalarning hamda ajratiladigan budjet

mablag‘laridan aniq tarzda va maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga biriktilgan bandlikka

ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining tuman (shahar)

organlari xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar

belgilandi.

Fuqarolar yig‘ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki

moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega. Quyidagilar bolali

oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam

to‘lovlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:

mahalliy byudjetlar mablag‘lari;

byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari,

korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har

bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad

aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan

ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va

moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:

ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa

qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;

14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa

qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);

nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar;

bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar).

Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan

tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi belgilaydi;

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida

bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda

turgan oilalar;

yolg‘iz pensionerlar.

Amaliy mashg’ulot uchun topshiriqlar:

Page 167: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

167

1. Guruhlar tarzida ishlash: Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy

himoyalashning ahamiyati va uning moliyaviy manbalari haqida so’zlab bering;

2. Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlash tartibi qanday? (savolga

har bir talabaning fikrini o’rganib chiqish)

3. “Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlashda tayanch miqdorni

aniqlash tartibi qanday? (talabalar bilan debat usulida suhbat)

Mustaqil ta’lim topshiriqlari:

1. Kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqani tayinlash tartibi ketma-ketligining

chizmasini chizing;

2. Kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqani tayinlashda ishtirok etuvchi

sub’ektlarning ularni vazifalari aks ettirilgan chizma va grafik tayyorlang

Glossariy

Ijtimoiy siyosat (social politics)- jamiyatdagi har bir shaxs hayoti va faoliyati

uchun uning rivojlanishiga yordam beradigan va ijodiy imkoniyatlarining to‘liq

namoyon qilishini rag‘batlantiradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish va saqlab

turishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi;

Passiv ijtimoiy siyosat (passiv social politics) -narxlarni sun’iy ravishda tutib

turish, shuning hisobiga aholi turmush darajasini ma’lum darajada tutib turish yoki

barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga

narxlarni sun’iy ravishda tutib turish natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash

maqsadida dotatsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi;

Aktiv ijtimoiy siyosat (aktiv social politics)- tashabbus ko‘rsatish va

tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berishda, aholi bandligini oshirishda, yangi ish

o‘rinlarni ochishda, aholining nozik qatlamlari bandligini oshirishni

rag‘batlantirishda, pensionerlar, qariyalar, nogironlar, bolalar, ko‘p bolali oilalarni

ijtimoiy muhofazalashda va qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi;

Ijtimoiy himoya (social protection)- o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda

ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga nisbatan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam

shakli bo‘lib, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar,

nafaqalar va imtiyozlarni ko‘zda tutadi;

Page 168: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

168

“Kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tartibi” mavzusida

taqdimot

Page 169: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

169

10-mavzu. Bolali oilalar uchun tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar va ularni

to’lash tartibi

Reja:

1. Bolali oilalar uchun tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalaruga murojat etish

tartibi

2. Fuqarolar yig’ini tomonidan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha

nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risida qaror qabul qilish

1.Bolali oilalar uchun tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalaruga murojat etish

tartibi

Davlat budjetining aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ichida

ijtimoiy nafaqalar asosiy o‘rinni egallaydi. Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan

oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga aniq tarzda ijtimoiy yordam berishni

kuchaytirish, respublika aholisining real daromadlari va farovonligi barqaror

o‘sishi sharoitlarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga

oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini

oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy

nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi Qarori104

qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, ijtimoiy nafaqalarni to‘lashning aniq tarzdaligini

oshirgan holda onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa to‘lashning va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning amaldagi

miqdorlari va muddatlarini saqlab qolindi. Shu bilan birga, voyaga etmagan

bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan bolalarning eng

katta yoshi 14 yoshgacha pasaytirildi.

2013 yil 1 yanvardan boshlab voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga har

oylik nafaqalar bolalar soniga bog‘liq ravishda yil boshida belgilangan eng kam

oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida:

bir nafar farzandi bo‘lgan oilaga — 50 foizi;

ikki nafar farzandi bo‘lgan oilaga — 80 foizi;

uch nafar va undan ortiq farzandlari bo‘lgan oilaga — 120 foizi miqdorida

to‘lanadigan bo‘ldi.

2013 yil 1 yanvardan boshlab nafaqalar va moddiy yordamning barcha

turlari uchun oila muhtojligini aniqlashning yagona mezonini joriy etish hamda

ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlashda

jami daromadni hisoblab chiqish tartibi soddalashtirildi. Shuningdek, ijtimoiy

nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash tartibini

birxillashtirish, ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig‘inlari

tomonidan vakolat berilgan komissiyalarning hamda ajratiladigan budjet

mablag‘laridan aniq tarzda va maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga biriktilgan bandlikka 104

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 50-son, 562-modda

Page 170: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

170

ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining tuman (shahar)

organlari xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar

belgilandi.

Fuqarolar yig‘ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki

moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega. Quyidagilar bolali

oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam

to‘lovlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:

mahalliy byudjetlar mablag‘lari;

byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari,

korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har

bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad

aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan

ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va

moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:

ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa

qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;

14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa

qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);

nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar;

bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar).

Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan

tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi belgilaydi;

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida

bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda

turgan oilalar;

yolg‘iz pensionerlar.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam

ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi

oyidan boshlab to‘lanadi. Bola parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga

muhtojligi bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik

muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar ushbu nafaqani

uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda

fuqarolar yig‘iniga takroran murojaat etish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa

va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza

beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga davom ettirilishini

so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy

yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam

to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni

ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Page 171: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

171

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy

yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish

organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining

yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki

uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda,

oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam

oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi

raisining taqdimnomasi bo‘yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga nafaqa,

bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi nomiga beriladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

oilaning tarkibi va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ushbu

daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;

bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish uchun –

bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari nusxalari;

agar bolalar vasiylikka olingan bo‘lsa – vasiylik va homiylik organining

qaroridan ko‘chirma.

Bundan tashqari, moddiy yordamga ehtiyojmandlik to‘g‘risidagi arizaga,

ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa

hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam

tayinlash uchun ariza oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni olish istagi bo‘lgan

oydan oldingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay beriladi.

Nafaqa va moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kotibi tomonidan maxsus ro‘yxatga

olish kitobiga qayd etish orqali amalga oshiriladi. Bunda arizani kelib tushish

sanasi, ariza bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili,

iltimosning qisqacha mazmuni va fuqarolar yig‘ini tomonidan qaror qabul

qilingandan keyin bayonnoma sanasi va raqami ko‘rsatilgan holda qabul qilingan

qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ariza hamda oilaning daromadlari

miqdori va tarkibini tasdiqlaydigan zarur ma’lumotnomalar berilgan kun ariza

ro‘yxatdan o‘tkazilgan kun deb hisoblanadi. Ariza beruvchining ehtiyojmandligi

darajasini aniqlash va bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va

moddiy yordam tayinlash (rad etish) to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida maxsus komissiya tashkil etiladi,

uning tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan 12 oy

muddatga, kamida 5 kishidan iborat etib tasdiqlanadi. Maxsus komissiya tarkibiga

o‘zini o‘zi boshqarish organi maslahatchilari, kotibi, ushbu organ hududiga

biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza

qilish markazi xodimi, shuningdek zaruriyat bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq

inspektsiyalari va moliya organlari vakillari kiritiladi. Hududida 300 tadan ko‘p

oila yashaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bir necha maxsus

komissiyalar tashkil etilishi mumkin. Bunda Bandlikka ko‘maklashish va aholini

Page 172: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

172

ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi har bir komissiyada ishtirok etishi shart.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam

tayinlash to‘g‘risidagi ariza uch bosqichda ko‘rib chiqiladi. Birinchi bosqichda

maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab uch kun muddatda ariza

beruvchi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etilgan

ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami

daromad miqdorini aniqlaydi. Agar oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik

jami daromad miqdori tutilgan miqdordan kam bo‘lsa, maxsus komissiya oilaning

moddiy va mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi.

Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab o‘n

kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganib chiqadi, shundan keyin

tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish

to‘g‘risidagi xulosani fuqarolar yig‘iniga yoki Komissiyaga kiritadi.

Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan kechikmay,

maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda, ariza tegishli nafaqa yoki

moddiy yordamni tayinlash va to‘lash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi

masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya tomonidan ko‘rib

chiqiladi.

Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali

oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun

murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning

mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila

tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi. Bolali

oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun

oila tarkibiga:

bolalarning otasi, onasi yoki nikohdagi har ikki ota-onasi (farzandlikka

oluvchilar);

ota-onalar bilan birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar,

shuningdek ota-onalar bilan birgalikda yashaydigan va o‘z oilalariga ega

bo‘lmagan 16 yoshdan katta yoshdagi bolalar (shu jumladan farzandlikka olingan

bolalar);

bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari;

bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda

xo‘jalik yurituvchi boshqa shaxslar kiritiladi.Oilaning birgalikda yashovchi

a’zolari tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan belgilanadi.

Bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar va moddiy

yordam tayinlash uchun o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda

inobatga olinadigan oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:

nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan ota-onalarning aka-

uka va opa-singillari, agar ularning o‘z oilalari bo‘lsa;

ota-onalari ularga nisbatan ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan bolalar;

to‘liq davlat ta’minotidagi bolalar, shuningdek vasiylikka (homiylikka)

olingan bolalar;

Page 173: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

173

chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan yoxud harbiy ta’lim

muassasasida o‘qiyotganligi sababli oilada bo‘lmagan ota-ona (farzandlikka

oluvchi);

sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish joylarida

ekanligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan ota yoki ona (farzandlikka oluvchi).

Agar bir uy xo‘jaligida (bir pochta manzili bo‘yicha) bolali ikki va undan

ortiq oilalar yashagan taqdirda, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa va moddiy yordam olish uchun bir oila tarkibiga bolalarning ota-onalari,

shuningdek ularning bobolari va buvilari hamda bolalarning ota-onalari bilan

birgalikda xo‘jalik yurituvchi boshqa shaxslar, ular nafaqa tayinlashda boshqa

bolali oilada hisobga olinmagan bo‘lsa, qabul qilinadi. O‘rtacha oylik jami

daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami

daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:

mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;

mulkiy daromadlar;

yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;

chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila

a’zolaridan pul tushumlari summasi;

pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar;

shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa

daromadlar.

Mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar hisoblangan summa bo‘yicha

hisobga olinadi (soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va

boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlangunga qadar).Agar oilaning mehnatga

layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risida taqdim etilgan

ma’lumotlarda daromad summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki eng kam oylik ish

haqining 2,5 baravaridan kam summa ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda oilaning o‘rtacha

oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni normativdan past ko‘rsatgan

yoki daromadi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila

a’zolarining har biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda

belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo‘lgan normativ

daromad miqdori qabul qilinadi.

Ushbu qoida:

bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bilan band bo‘lgan

onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);

ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq

ishlarni amalga oshirish hollari bundan mustasno);

ishlamaydigan pensionerlarga;

amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan

oila a’zosiga;

Page 174: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

174

tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish

markazlarida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarga nisbatan tatbiq

etilmaydi.

Agar taqdim etilgan ma’lumotlarda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini

yuritishdan olingan o‘rtacha oylik daromad miqdori ko‘rsatilmagan yoxud shaxsiy

yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan belgilangan normativ

daromaddan past ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda oilaning jami daromadini aniqlash

uchun shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan oylik

daromadning normativ miqdori qabul qilinadi. Shaxsiy yordamchi (dehqon)

xo‘jaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad shaxsiy yordamchi (dehqon)

xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan sotixlar sonini nafaqa yoki moddiy

yordam so‘rab murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam oylik ish haqining 0,2

miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Er uchastkasi unumdorligi ob’ektiv

shart-sharoitlarga ko‘ra (suv bilan ta’minlanmaganlik, tuproqning sho‘rlanishi va

boshqalar) yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi normativ daromad olish imkonini

bermaydigan yoki umuman daromad olish imkonini bermaydigan alohida hollarda

mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ daromadga pasayish tomoniga

tuzatish kiritishlari mumkin. Oila daromadi va uning tarkibi o‘zgargan taqdirda

ariza beruvchi shaxs bir oydan kech bo‘lmagan muddatda bu haqda nafaqa va

moddiy yordam to‘layotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum

qilishi shart.

2. Fuqarolar yig’ini tomonidan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi

bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risida qaror qabul qilish

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa, moddiy yordam

tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish to’g’risidagi qaror fuqarolar yig’ini

(Komissiya) tomonidan ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi.

Agar fuqarolar yig’ini ishtirokchilarining (Komissiya a’zolarining) oddiy

ko’pchiligi qarorni yoqlab ovoz bersa u qabul qilingan hisoblanadi.

Fuqarolar yig’ini (Komissiya) qarori, qoidaga ko’ra, har bir ariza beruvchi

bo’yicha alohida, uning ishtirokida qabul qilinadi. Ariza beruvchi uzrli sababga

ko’ra fuqarolar yig’inida (Komissiya yig’ilishida) ishtirok etmagan taqdirda

oilaning boshqa muomalaga layoqatli a’zosi ishtirok etishi shart. Ariza beruvchi

yoki ariza beruvchi oilasining boshqa vakili ishtirok etmagan taqdirda ushbu oilaga

tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi masala ko’rib

chiqilmaydi va ko’rib chiqish uchun keyingi oyga ko’chiriladi.

Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash to’g’risida qaror keyingi oyga

ko’chirilgan oilalarga yangidan ro’yxatdan o’tish va ehtiyojmandligini o’rganish

(nafaqa yoki moddiy yordam yuzasidan ariza berish, oila daromadlari va tarkibi

to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, daromadlar va mulkiy holatni qo’shimcha

ravishda o’rganish) tartibi talab etilmaydi.

Qaror quyidagilarni aks ettirgan holda fuqarolar yig’ini (Komissiya

yig’ilishi) bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi:

Page 175: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

175

ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;

ochiq ovoz berish natijalari;

tayinlangan nafaqa yoki moddiy yordamning turi va miqdori;

to’lovlar boshlanadigan oy va ular tugaydigan oy;

qaror qabul qilingan sana.

Tegishli nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda, ariza

beruvchiga fuqarolar yig’inida (Komissiya yig’ilishida) rad etish sabablari

ko’rsatilgan holda ma’lum qilinadi, bu to’g’rida bayonnomada qayd etiladi.

Bayonnoma fuqarolar yig’ini raisi tomonidan imzolanadi va besh kun

muddatda ariza beruvchiga ma’lum qilinadi.

Bolali oilalarga nafaqa tayinlangan oilada voyaga etmagan bolalar soni

o’zgargan taqdirda (bolalardan biri 14 yoshga to’lgan, navbatdagi bola tug’ilgan va

hokazo), nafaqa miqdori bolalarning tegishli soniga ega bo’lgan oila uchun

belgilangan miqdorlarga muvofiqlashtiriladi. Bunda yangi miqdor bo’yicha nafaqa

to’lash oilada voyaga etmagan bolalar soni o’zgargan oydan keyingi oydan

boshlanadi. Bu holda nafaqa miqdorini qayta ko’rib chiqish bo’yicha fuqarolar

yig’ini yoki Komissiya qarori talab etilmaydi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam

fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to’lanadi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi kotibi har oyda oyning oxirgi

kunidan kechikmay, fuqarolar yig’inining (Komissiyaning) qarori bayonnomasi

asosida oluvchining familiyasi, pasport raqami, shuningdek to’lanishi kerak

bo’lgan summani ko’rsatgan holda tegishli nafaqa va moddiy yordam to’lashga

vedomost tuzadi. Vedomostlar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi

raisining imzosi va muhr hamda ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar)

Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimining

imzosi bilan tasdiqlanadi.

Nafaqa va moddiy yordamning har bir turi uchun alohida uch nusxada

vedomostlar tuziladi.

Belgilangan tartibda to’ldirilgan va tasdiqlangan vedomostlar tegishli

nafaqa yoki moddiy yordam tayinlangan oyning 5-sanasigacha bo’lgan muddatda

tumanlar (shaharlar) hokimliklarining moliya bo’limlariga (keyingi o’rinlarda

tuman (shahar) moliya bo’limlari deb ataladi) yuboriladi.

Taqdim etilgan vedomostlar barcha uch nusxaning har bir varag’iga

tasdiqlovchi imzolar va tegishli shtamp qo’yilgan holda tuman (shahar) moliya

bo’limining mas’ul xodimi tomonidan tekshiriladi.

Tayinlangan, ammo o’z vaqtida talab qilib olinmagan (to’lanmagan) bolali

oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam o’tgan davr

uchun bir vaqtning o’zida to’liq miqdorda to’lanadi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam

to’lash:

to’lovning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan;

Page 176: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

176

bolalar bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishi bo’yicha nafaqa olish

huquqini istisno etuvchi yoshga to’lgan;

bola parvarishi bo’yicha nafaqa oluvchi ona ishga chiqqan;

doimiy yashash joyi o’zgargan;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oilaning ushbu

to’lovlarga ehtiyojmandligi yo’qligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan;

fuqarolar yig’inining (Komissiyaning) tegishli to’lovlarni tayinlash

to’g’risidagi qaroriga ta’sir ko’rsatgan buzilgan va ishonchsiz ma’lumotlar

aniqlangan hollarda to’xtatiladi. Ushbu holatda asossiz to’langan mablag’ qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining

tegishli hisob raqamiga qaytarilishi kerak.

To’lovlarni to’xtatish, to’lovning belgilangan muddati tugagan yoki bolalar

tegishli yoshga to’lgan hollardan tashqari (bola parvarishi bo’yicha nafaqa uchun –

ikki yosh, bolali oilalarga nafaqa uchun – 14 yosh), fuqarolar yig’inining

(Komissiyaning) tegishli bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan qarori asosida

amalga oshiriladi.

16 yoshgacha (o’quvchilar – 18 yoshgacha) bolalari bo’lgan oilalarga 2012

yil 1 dekabrgacha tayinlangan bolali oilalarga nafaqalarni to’lash 16 yoshgacha

(o’quvchilar – 18 yoshgacha) bolalar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida

belgilangan miqdorlarda to’lovning belgilangan muddati tugagunga qadar butun

davrda davom etadi.

To’lovi 2013 yilning yanvar oyidan boshlanadigan bolali oilalarga nafaqa

miqdori qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi, bunda faqat 14 yoshgacha bo’lgan

bolalar inobatga olinadi.

Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:

Test savollariga javob bering:

1. 2013 yil 1 aprelidan boshlab 14 yoshgacha voyaga etmagan ikki nafar

farzandi bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar qanday miqdorlarda

belgilandi?

a) eng kam ish haqining 100 foizi

b) eng kam ish haqining 80 foizi

c) eng kam ish haqining 120 foizi

d) eng kam ish haqining 50 foizi

2. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam

qachondan boshlab to’lanadi

a) ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi

oyidan boshlab to’lanadi

b) ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyidan boshlab

to’lanadi

c) ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan kunidan

boshlab to’lanadi

Page 177: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

177

d) ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan ishsizlik

maqomini olgan kunidan boshlab to’lanadi

3. Bolali oilalarga va oilalarga moddiy yordam oila a’zosiga to’g’ri keladigan

o’rtacha oylik jami daromadni aniqlashda oilaning mehnatga layoqatli har

bir a’zosining qaysi davrdagi daromadi hisob-kitob qilinadi?

a) murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi o’n ikki oy uchun hisoblab chiqilgan

oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini

b) murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning

mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini

c) murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi olti oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning

mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini

d) murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi to’qqiz oy uchun hisoblab chiqilgan

oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini

4. 2013 yil 1 aprelidan boshlab 14 yoshgacha voyaga etmagan uch nafar farzandi

bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar qanday miqdorlarda belgilandi?

a) eng kam ish haqining 100 foizi

b) eng kam ish haqining 80 foizi

c) eng kam ish haqining 120 foizi

d) eng kam ish haqining 50 foizi

5. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam

ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilganidan keyin

necha kun ichida mahsus komissiya oila a’zosiga to’g’ri keladigan daromad

aniqlanib, belgilangan me’zon bilan solishtirilishi lozim?

a) 1 kun

b) 3 kun

c) 10 kun

d) 14 kun

6. Bolali oilalar va oilalarga beriladigan nafaqalarni tayinlashni o’rganishda

o’rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan

oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan daromadlarga

qaysi biri kiritilmaydi?

a) pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar

b) yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi

c) shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritishdan olingan daromad

d) oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordam

7. 2013 yil 1 aprelidan boshlab 14 yoshgacha voyaga etmagan to’rt nafar

farzandi bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar qanday miqdorlarda

belgilandi?

Page 178: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

178

a) eng kam ish haqining 100 foizi

b) eng kam ish haqining 80 foizi

c) eng kam ish haqining 120 foizi

d) eng kam ish haqining 50 foizi

8. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam

ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilganidan keyin

necha kun ichida mahsus komissiya me’zonga muvofiq oilaning mulkiy

xolatini o’rganishi lozim?

a) 1 kun

b) 3 kun

c) 10 kun

d) 14 kun

9. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organida shaxsiy yordamchi (dehqon)

xo’jaligi yuritish uchun foydalanadigan er uchastkasi maydoni to’g’risidagi

ma’lumotlar mavjud bo’lmaganda, bolali oilalar va kam ta’minlangan oilalar

uchun nafaqalarni tayinlovchi maxsus komissiya nima qiladi?

a) er uchastkasini o’lchovini amalga oshiradi

b) nafaqani tayinlashni rad etadi

c) tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib olib kelinmaguncha nafaqani tayinlash yoki uni

rad etish uchun xulosa-dalolatnomani tuzmaydi

d) faqat moddiy ahvolini o’rganib xulosa chiqaradi

10. Kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqalar qanday miqdorda o’rnatilgan?

a) eng kam ish haqining 200-300%

b) eng kam ish haqining 150-300%

c) eng kam ish haqining 50-150%

d) eng kam ish haqining 100-150%

11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 44-sonli Qarorining 1-

ilovasidagi "Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy

yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom" qachon qabul

qilingan?

a) 2014 yil 10 yanvar

b) 2012 yil 25 aprel

c) 2010 yil 26 avgust

d) 2013 yil 15 fevral

12. Quyidagilardan qaysi biri bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha

nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega ?

a) davlat ta’minotida bo’lgan farzandlar

b) oilada nogiron buvisi bo’lgan oilalar

Page 179: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

179

c) 14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa

qarindoshlardan alohida yashayotgan beva erlar

d) oilasida keksa yoshdagi pensioner buvisi yoki bobosi bo’lgan oilalar

13. Nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun o’rtacha oylik jami daromad

miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadigan oila tarkibiga kimlar

kiritilmaydi

a) ota-onalar bilan birga yashaydigan va ularning qaramog’ida bo’lgan bolalar,

shuningdek ota-onalar bilan birgalikda yashaydigan va o’z oilalariga ega

bo’lmagan 16 yoshdan katta yoshdagi bolalar

b) bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari

c) nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan ota-onalarning aka-uka

va opa-singillari, agar ularning o’z oilalari bo’lsa

d) bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xo’jalik

yurituvchi boshqa shaxslar

14. 2013 yil 1 aprelidan boshlab 14 yoshgacha voyaga etmagan bir nafar farzandi

bo‘lgan oilalarga har oylik nafaqalar qanday miqdorlarda belgilandi?

a) eng kam ish haqining 100 foizi

b) eng kam ish haqining 80 foizi

c) eng kam ish haqining 120 foizi

d) eng kam ish haqining 50 foizi

15. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam

har bir oila a’zosiga o’rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad

aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining necha

baravardan ortiq bo’lmagan oilalarga tayinlanadi?

a) 2

b) 1,5

c) 3

d) 5

16. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam

so’rab ariza beruvchi qaysi muddatgacha o’zini o’zi boshqarish organiga

murojaat qilgan bo’lishi kerak?

a) joriy oyning 15 sanasigacha

b) joriy oyning 25 sanasigacha

c) keyingi oyning 5 sanasigacha

d) joriy oyning oxirgi sanasigacha

17. Nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun o’rtacha oylik jami daromad

miqdorini hisoblab chiqishda inobatga olinadigan oila tarkibiga kimlar

kiritiladi

Page 180: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

180

a) nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan ota-onalarning aka-uka

va opa-singillari, agar ularning o’z oilalari bo’lsa

b) ota-onalari ularga nisbatan ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan bolalar

c) bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari

d) chaqiriq bo’yicha harbiy xizmatni o’tayotgan yoxud harbiy ta’lim muassasasida

o’qiyotganligi sababli oilada bo’lmagan ota-ona

18. Hududida nechta oila yashaydigan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish

organlarida bir necha maxsus komissiyalar tashkil etilishi mumkin?

a) 300 tadan ko’p

b) 200 tadan ko’p

c) 100 tadan ko’p

d) 250 tadan kam

19. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordamni

tayinlash yoki uni rad etish to’g’risidagi maxsus komissiyaning dalolatnomasi

va xulosasi qaysi muddatgacha tuziladi?

a) ariza bilan murojat qilingan oyning oxirgi sanasigacha

b) ariza bilan murojat qilingan oyning 25 sanasigacha

c) ariza bilan murojat qilingan keyingi oyning 20 sanasigacha

d) komissiya rejasiga binoan istalgan vaqtgacha

20. Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun onalarga beriladigan nafaqa agar

tayinlanadigan bo’lsa qancha miqdorda beriladi?

a) eng kam ish haqining bir barobari miqdorida

b) eng kam ish haqining bir yarim barobari miqdorida

c) eng kam ish haqining uch barobari miqdorida

d) eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida

21. Quyidagilardan qaysi biri bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha

nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega emas?

a) ota-onasining ikkisini ham yo’qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar

shug’ullanayotgan oilalar

b) ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo’lgan oilalar

c) 14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa

qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar)

d) oilasida keksa yoshdagi pensioner buvisi yoki bobosi bo’lgan oilalar

22. Fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlarida bolali oilalarga nafaqalar va

oilalarga moddiy yordamlar tayinalsh bo’yicha vedomostlarni

shakllantirishning oxirgi muddati

a) ariza bilan murojat qilingan oydan keyingi oyning 5 sanasigacha

Page 181: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

181

b) ariza bilan murojat qilingan oydan keyingi oyning 25 sanasigacha

c) ariza bilan murojat qilingan oyning 25 sanasigacha

d) ariza bilan murojat qilingan oyning oxirgi sanasigacha

Mustaqil ta’lim topshiriqlari:

1. Onalar uchun bolasi 2 yoshga etgunga qadar uni parvarish qilish nafaqasini

tayinlash tartibi ketma-ketligining chizmasini chizing;

2. Kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqani tayinlash tartibi ketma-ketligining

chizmasini chizing;

3. 14 yoshgacha farzandli oilalar uchun nafaqani tayinlash tartibi ketma-ketligining

chizmasini chizing.

Glossariy

Ijtimoiy siyosat (social politics)- jamiyatdagi har bir shaxs hayoti va faoliyati

uchun uning rivojlanishiga yordam beradigan va ijodiy imkoniyatlarining to‘liq

namoyon qilishini rag‘batlantiradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish va saqlab

turishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladi;

Passiv ijtimoiy siyosat (passiv social politics) -narxlarni sun’iy ravishda tutib

turish, shuning hisobiga aholi turmush darajasini ma’lum darajada tutib turish yoki

barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga

narxlarni sun’iy ravishda tutib turish natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash

maqsadida dotatsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi;

Aktiv ijtimoiy siyosat (aktiv social politics)- tashabbus ko‘rsatish va

tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berishda, aholi bandligini oshirishda, yangi ish

o‘rinlarni ochishda, aholining nozik qatlamlari bandligini oshirishni

rag‘batlantirishda, pensionerlar, qariyalar, nogironlar, bolalar, ko‘p bolali oilalarni

ijtimoiy muhofazalashda va qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi;

Ijtimoiy himoya (social protection)- o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ravishda

ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga nisbatan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam

shakli bo‘lib, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar,

nafaqalar va imtiyozlarni ko‘zda tutadi;

Page 182: O QUV-USLUBIY MAJMUA - el.tfi.uzel.tfi.uz/images/Davlat_pensiyalari_va_ijt_naf_oum.pdf · jumladan, bepul talim, uy-joy bilan bepul taminlash, madaniyat muassasalarini saqlash, pensiya

182

“Bolali oilalar uchun tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar va ularni to’lash tartibi”

mavzusida taqdimot