o zbekiston respublikasi - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi,...

11

Upload: others

Post on 31-Aug-2019

25 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk
Page 2: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

TOSHKENT«NOSHIR»

2013

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

KOMPYUTER TIZIMLARIVA XIZMAT KO‘RSATISH

D. SH. JO‘RAYEVAA. X. JO‘RAQULOVA

J. SH. JO‘RAYEV

Page 3: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash nashrga tavsiya etgan.

© «NOSHIR» nashriyoti, 2013

UO‘K: 004(075)KBK: 32.973-018.2ya722J–91

Ushbu o‘quv qo‘llanmada kompyuterning asosiy va yordamchi qur-ilmalari, ularning vazifalari, mantiqiy ishlash strukturalari hamda kom-pyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish haqida ma’lumotlar berilgan.

O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari, akademik litsey o‘quvchilari hamda kompyuter texnologiyalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallan-gan

Taqrizchilar:Ch. B. Normurodov, fizika-matematika fanlari doktori, professor;S. R. Abdalova, pedagogika fanlar nomzodi.

32.973-018.2J–91

Jo‘rayeva, D. Sh.Kompyuter tizimlari va xizmat ko‘rsatish: o‘quv

qo‘llanma/ D. Sh. Jo‘rayeva, A. X. Jo‘raqulov, J. Sh. Jo‘rayev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta max-sus ta’lim vazirligi, Termiz davlat un-ti, Toshkent dav-lat axborot texnologiyalari un-ti. – Toshkent: Noshir, 2013. – 104 b.

1. Jo‘raqulova B. T.2. Jo‘rayev J. Sh.

ISBN: 978-9943-4197-1-1

ISBN: 978-9943-4197-1-1

UO‘K: 004(075)KBK: 32.973-018.2ya722

Page 4: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

3

KOMPYUTERNING ASOSIY VA YORDAMCHI QURILMALARI, ULARNING VAZIFALARI HAQIDA

TUSHUNCHA

Kompyuterning asosiy qismlari quyidagilar: sistemali blok, monitor, klaviatura va sichqoncha (1- rasm).

Sistemali blokda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk, kontrolyorlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashgan bo‘ladi.

1- rasm. Kompyutrning asosiy ko‘rinishi.

Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, ya’ni protsessor va tezkor xotira tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlari-ga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma prot sessor deb ataladi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko‘rsatmalar-ning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda aso-siy xotira o‘rtasida aloqa o‘rnatish amalga oshiriladi. Bir so‘z bi-lan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarga prot sessor sifatida, odatda, INTEL firmasi yoki boshqa firmalar­ning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi.

Page 5: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

4

Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikro-protsessorlarning INTEL – 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari mavjud. 1993­ yildan boshlab INTEL firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o‘rnat-moqda.

Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlayot-gan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xoti-radan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan, operativ xoti-radagi ma’lumotlar o‘chiriladi.

Qattiq disk (vinchester) – dastur va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun mo‘ljallangan.

Kompyuter tarmoqlari tarkibida ishlovchi kompyuterlar uchun maxsus tarmoq va kommunikatsion qurilmalar kerak bo‘ladi. Bular tarmoq platalari, tarmoq adapterlari, modemlar va boshqalardir.

2- rasm. Elektron sxema.

Elektron sxemalar (yoki kontrolyor-lar) kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va bosh-qalar) ishini boshqaradi.

Kiritish-chiqarish porti orqali prot-sessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi.

Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga prin-

3- rasm. Monitor.

ter, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: parallel (LRT1 – LRT4) deb belgilanadi va ket-ma-ket (COM1 – COM3). Parallel port-lar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi. Bundan tash-qari, hozirda USB portlar ham mavjud bo‘lib, ular boshqa portlarga nisbatan tezroq ishlaydi.

Page 6: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

5

Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo‘ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda grafik holatlarda ishlashi mum-kin. Matn holatida monitor ekrani shartli ravishda alohida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatori-ga katta va kichik lotin alifbosi harflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografik ramzlar va boshqalar kiradi. Rangli matnlarda har bir belgi o‘rniga o‘zining va fonning rangi mos kelishi mumkin. Bu esa chiroyli rangli yozuvlarni ekranga chiqarish imkonini beradi.

Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqar-ishga mo‘ljallangan. Bu holatda turli yozuvli matnda axborotlarni ham chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, o‘lcham, interval va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.

Grafik holatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo‘ladi. Har bir nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug‘roq, rangli monitorlarda esa bir yoki bir necha rangda bo‘li-shi mumkin. Ekrandagi nuqtalar soni berilgan holatdagi monitor-ning hal etish qobiliyatiga bog‘liq. Ta’kidlash lozimki, hal etish qo-biliyati monitor ekranining o‘lchamlariga bog‘liq. IBM rusumidagi kompyuterlarda so‘nggi paytlarda kerakli sifatga ega bo‘lgan tas-virni hosil qilish imkonini beruvchi SVGA monitorlari qo‘llanilm-oqda.

4- rasm. Klaviatura.

Klaviatura. IBM RC klavia-turasi foydalanuvchi tomoni-dan ma’lumotlarni va boshqa-ruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan quril-madir. Tugmachalar soni va joylanishi turli xil kompyuter-

larda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning

koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha bosa olmaydi. Bu qurilmalar, asosan, ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.

Page 7: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

6

5- rasm. Sichqoncha.

Sichqonchani ulashning to‘rt usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali in-terfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchun maxsus interfeys yoki «sichqoncha» porti kerak bo‘ladi. Uchinchi ko‘rinishdagi ulanish RS/2 stilidagi sichqon-

chalarda amalga oshirilgan. To‘rtinchi ulanish esa USB porti orqali amalga oshiriladi.

Kompyuterlar asosiy qurilmalardan tashqari bir qator atrof qu-rilmalariga ham ega. Ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.

Printerlar. Printer – ma’lu-

6- rasm. Printer.

motlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko‘pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog‘ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor. Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali, purkovichli va lazerli.

Ignali printerlar – keng tarqa-lgan printerlardan biri. Bu prin-terning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish kallagida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Kallak yozuv satri bo‘ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo‘yalgan lenta orqali qog‘ozga uriladi. Natijada qog‘ozda belgi yoki tasvir paydo bo‘la-di. Ignalar soniga qarab bu printerlar bir necha turlarga bo‘linadi:

– 9 ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatni oshirish uchun yozishni 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak;

– 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi; – 48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi. Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 soniyadan 60 soniyagacha. Purkovichli printerda tasvir qog‘ozga maxsus qurilma orqali

Page 8: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

7

purkaladigan siyoh tomchilaridan yuzaga keladi. Purkovichli rangli printer sifati lazerli printerga yaqin, narxi arzon va shovqinsiz ish-laydi. Shuning uchun hozirgi kunda bu turdagi printerdan foydala-nilyapti. Tezligi bir bet uchun 15 dan 100 soniyagacha.

Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yo-zuvni ta’minlaydi. U ishlash nuqtayi nazaridan nusxa ko‘chiru-vchi kseroksga yaqin. Bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug‘i yordamida elektrlanadi. Bo‘yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo‘ladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 soniyagacha. Rasm uchun ko‘proq, katta rasmlar uchun 3 daqiqagacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda daqiqasiga 15–40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar bor.

7- rasm. Disk.

Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tka-zish, kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun diskli jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo‘lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vin-

chesterlar) deb ataladi.

8- rasm. Qattiq disk.

Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ish-laganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo‘ljallangan. Ma salan, operatsion tizim dasturlari, ko‘p ishlatiladigan dasturlar paket-lari, hujjatlar tahrirlagichlari, dastur-lash tillari uchun translatorlar va

boshqalar. Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qu-

laylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-birida diskka qancha axborot sig‘ishi bilan farq qiladi. Hozir-gi paytda kompyuterlar, asosan, sig‘imi 20 Gbayt va undan ko‘p bo‘lgan venchesterlar bilan jihozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat

Page 9: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

8

katta sig‘imli, balki tezkor bo‘lgan bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin.

Operatsion tizim – bu kompyuterdan foydalanishni osonlashti-ruvchi tizim dasturlarining asosi bo‘lib, u foydalanuvchi va kom-pyuter o‘rtasida bevosita muloqot o‘rnatishni, kompyuterni bosh-qarishni, boshqa resurslardan oqilona foydalanish kabi ishlarni bajaradi.

Operatsion tizim funksiyalari bu boshqaruv dasturi bo‘lib, kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladi. Kompyuter resurslari ikki xil bo‘ladi: fizik va dasturiy.

Fizik resurslar – bu xotira, vinchester, monitor, tashqi qurilma. Dasturiy resurslar – bu kiritish va chiqarishni boshqaruvchi

dasturlar, kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi das-turlar, berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar, drayverlar, virtual ich-ki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar.

Dasturlash tizimi bu dasturlash tillari va ularga mos til prot-sessorlari majmuasi bo‘lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni ta’minlovchi dasturlar to‘plamidan iborat. Dasturlash tizimini tash-kil qiluvchi dasturlar to‘plami singari operatsion tizim boshqaruvda ishlaydi.

Diskning ish tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:– diskdagi ma’lumotlarga kirish vaqti; – diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tez-

ligi. Alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va

o‘qish-yozish tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kon-trolyorining turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga ham bog‘liq.

Kompakt disklar. Optik disk (CD-ROM) uchun disk yurituv-chining ish prinsipi egiluvchan disklar uchun disk yurituvchilarn-ing ish prinsipiga o‘xshashdir. CD-ROMning yuzasi lazer kallakga nisbatan o‘zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez-

Page 10: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

9

lik esa kallakning radial joylashishiga qa-

9- rasm. Kompakt disk.

rab o‘zgaradi. Lazer nuri disk yo‘lakchasi tomon yo‘naladi va g‘altak yordamida fokuslanadi. Himoya qatlamidan o‘tgan nur disk yuzasining nurini qaytaruvchi aluminiy qatlamiga tushadi. Yo‘lakcha-ning baland qismiga tushgan nur detektor-ga qaytadi va nurni sezuvchi diod tomon yo‘naltiruvchi prizma orqali o‘tadi.

Yaqingacha bir, ikki, uch, to‘rt va sakkiz tezlikli disk yurituv-chilardan foydalanilgan, ular ma’lumotlarni mos ravishda 300, 600 va 1200 Kbayt/s tezlik bilash o‘qish imkoniyatini bergan. Hozirda 52 tezlikli disk yurituvchilari ham keng tarqalgan. Disk yurituvchilarning unumdorligini oshirish uchun ularni bufer xoti-ra (kesh-xotira) bilan jihozlaydilar. KESH xotiralarning stan dart hajm lari 64, 128, 256, 512 va 1024 Kbayt. Disk yurituvchining buferi ma’lumotlarni CD-ROMdan o‘qigandan so‘ng, kontrolyor platasi, so‘ngra markaziy protsessorga jo‘natishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida, qisqa muddat saqlash uchun maxsus xotira hisoblana-di. Bunday buferlashtirish disk qurilmasiga ma’lumotlarni protses-sorga kichik miqdorlarda uzatish imkonini beradi.

Audioadapter. Har qanday multimediali shaxsiy kompyuter tar-kibida audioadapter platasi mavjud. U nima uchun kerak? «Creativ Labs» firmasi o‘zining birinchi audioadapterini «Sound Blacter» deb atagani uchun ularni ko‘pincha «saundblasterlar» deyishadi. Audio-adapter kompyuterga faqat sterefonik ovoznigina emas, balki tashqi qurilmalarga tovush signallarini yozish imkonini ham beradi.

Audioadapter tovush signali darajasini davriy ravishda aniqlab, uni raqamli kodga aylantirib beruvchi analog-raqamli o‘zgartir-gichga ega. Mana shu ma’lumot tashqi qurilmaga raqamli signal ko‘rinishida yozib qo‘yiladi. Ushbu jarayonga teskari jarayonni amalga oshirish uchun raqam-analogli o‘zgartirgich qo‘llaniladi. U raqamli signallarni analogli signallarga aylantirib beradi. Filtratsi-ya qilinganidan so‘ng ularni kuchaytirish va akustik kolonkalarga uzatish mumkin.

Page 11: O ZBEKISTON RESPUBLIKASI - kitobsevar.uz · nisbatan o zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tez - 9 lik esa kallakning radial joylashishiga qa- UDVP Kompakt disk

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/262 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/262 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/262