o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta...
TRANSCRIPT
-
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMASIDA O’QUV RESURSLARINI
YARATISH VA UNDAN FOYDALANISH BO’YICHA YO’RIQNOMA
Toshkent-2020
-
Kirish
Talabalarni masofadan o’qitishda elektron ta’lim platformasi samarali vosita
hisoblanib, professor-o’qituvchilar va talabalarning off-line (on-line) muloqotini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, talabalarga bilim berishning
zamonaviy usullaridan biri bo’lib, mazmun va shakl jihatidan yuqori darajadagi bilim
hamda ko’nikmalarni mustaqil shakllantirishga xizmat qiladi.
Ushbu metodik qo’llanma OTMdagi barcha professor-o’qituvchilari va
talabalariga mo’ljallangan bo’lib, Moodle tizimidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan
o’quv materiallarini kiritish va undan foydalanish bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon
etilgan.
Mualliflar:
D.Xodjayev – O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i.
A.K.Axmedov – “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri.
-
Masofaviy ta’lim jarayonida Moodle tizimidan foydalanish
bo’yicha yo’riqnoma
Ushbu qo’llanma professor-o’qituvchilar va talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib,
masofaviy ta’lim (off-line) tizimidan foydalanishda foydalanuvchilarning bilim va
amaliy ko’nikmalarbni shakllantirishga xizmat qiladi.
Buning uchun institut saytida joylashtirilgan moodle.tiiame.uz sahifasiga kiramiz
(1-rasm).
1-rasm. Moodle masofaviy ta’lim platformasining interfeysi
Ushbu sahifada ko’rsatilgan Kirish (Вход) tugmasi bosiladi va quyidagi tartibda
undan foydalanish mumkin (2-rasm).
2-rasm. Foydalanuvchi nomi va Parolni kiritish
1
Professor-o’qituvchilar tomonidan kurslarni yaratish tartibi
Tizimga kurslarni yaratish uchun kirganda O’zbek, Rus va Ingliz tilidan birini
tanlash talab etiladi. Til tanlanganidan keyin nima fan qaysi kafedraga tegishli bo’lsa
fan yaratuvchisi belgilagan kafedra ichida tugmasini bosish orqali fanlarni hosil
qilish mumkin. Quyidagi interfeys ochiladi (3-rasm).
3
a-rasm. Fan yaratish uchun ochilgan darchaning umumiy ko’rinishi
1 Izoh: foydalanuvchi nomi va parol kurs yaratuvchisi tomonidan kiritiladi.
moodle.tiiame.uz
-
Misol tariqasida Statistika fanini yaratamiz. Yuqoridagi Darchada talab qilingan
kataklar to’ldiriladi va kursni boshlash va yakunlash intervallarini belgilash
imkoniyatlari ham mavjud.
3
b-rasm. Fan yaratish uchun ochilgan darchaning asosiy qismini to’ldirish
3
c-rasm. Fanning maqsad va vazifalari (mazmuni) qisqacha bayon etiladi
3
d-rasm. Kursning formatini tanlash
Bunda, fanning mavzulari soni va o’quv rejaga asosan soatlar miqdoridan kelib
chiqqan holda tanlanadi. Biz tanlagan fan 16 haftaga mo’ljallanganligi sababli,
mavzularni ham shunga mos holda shakllantiramiz.
Shuningdek boshqa bir qator elementlar ham mavjud bo’lib ularni ham shu
yo’sinda to’ldiramiz va “saqlash va ko’rsatish” tugmasini bosamiz.
-
4-rasm. Statistika fanining mavzularini kiritish va tahrir qilish
Tahrir qilish tugmasini bosib, fanning Kalendar rejasidagi mavzularni kiritish
mumkin. Buning uchun “Mavzu 1” yonidagi qalamni bosish kerak va mavzuni kiritish
talab etiladi hamda Enter tugmasi bosiladi.
4
a-rasm. Mavzuni kiritish va tahrir qilish
Quyidagi rasmda kiritilgan mavzularni ko’rish mumkin.
Yuqorida keltirilgam mavzular ichiga elementlar qo’shish mumkin. Quyidagi
rasmda ko’rinadiki, har bir element o’zining foydalanish xususiyatiga mos ravishda
tanlanishi mumkin.
4
b-rasm. Mavzular ichiga zarur bo’lgan elementlarni qo’shish
-
Baholash usullari xilma xil bo’lib, ulardan foydalanish o'ziga hos
murakkabliklarni keltirib chiqaradi, ayniqsa ko'p variantli savollardan foydalanilganda.
Bizning fikrimizcha fan yuzasidan talabalar bilimini baholashda “test sinovlari” eng
maqbul usul hisoblanadi.
Test (ing. - "sinash", "tekshirish") yoki “sinov” har xil vaziyatlar orqali tizim
faoliyatining asosiy jarayonlarini o'rganish va kuzatiladigan o'zgarishlarni tahlil qilish
usuli hisoblanadi. Shuningdek, ta'lim jarayonida, testdan foydalanishga asoslangan o'quv
muassasalarda talabalar bilimini aniqlash shakli pedagogik test deyiladi2.
Bizning fikrimizcha, “test” - talabalar bilimini baholash vositasi hisoblanib, sinov
natijalarini tahlil qilish uchun standartlashtirilgan tizimdir. Test savollaridan ko'zlangan
asosiy maqsad oz vaqt ichida o'quvchilarni yoppasiga baholash hamda
mutaxassislarning bilim va saviyasini aniqlash uslublaridan biri hisoblanadi.
Test yordamida o'quvchi yoki mutahassisning bilimi, ilmi va ma'naviy etukligini
(dunyoqarashini) sinash hamda yoshlarning qaysi yo'nalish va mutahassislikka layoqati
borligini, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon beradi. Test yordamida
bilimni baholashning pedogogik nuqtai-nazardan ayrim yutuqlari va ba'zi kamchiliklari
mavjud bo'lib, baholash jarayonini kompyuter dasturiy vositalari orqali yoki on-line
tarzda global internet tarmog’i orqali masofadan boshqarish tizimidan foydalanish
mumkin. Shuningdek, test savollari va masalalarning jozibadorligi, ularning qisqa va
lo'ndaligi, umumiy javoblar ichida to'g’ri javobning borligi va ular o'quvchilarga
ko'rsatma bo'lib xizmat qilishi, topishmoqli o'yinga o'xshashligi va javobni topishda
xotira ichki his (intuitsiya) va topqirlik qo'l kelishida namoyon bo'ladi.
Hozirgi kunda testlar takomillashib qog’oz shakldan elektron shaklga o'tib, o'ziga
hos qulaylik va talabalar bilimini masofadan nazorat qilishga imkon bermoqda.
Shuningdek, pedagog va talabani vaqtdan unumli foydalanish, mashg’ulotlar davomida
aniq bilim va ko'nikmalarni shakllantirish hamda natijalarni darsdan darsga yaxshilab
borishda o'qitish va nazoratning intensiv usuli bo'lib xizmat qiladi. Jumladan, amaliy
mashg’ulotlar davomida o'zlashtirilgan bilimlarni sinashda yoki o'tilgan mavzularni
mustahkamlashda 7-10 ta testdan foydalanib, talabalarni faolligini oshirish orqali
ularning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish mumkin.
Bizni ko'proq testni qanday shakllantirish va undan foydalanish qiziqtiradi,
shunday emasmi?! Buning uchun testni quyidagi turlarini farqlashimiz talab etiladi.
Ya'ni:
sodda testlar (to'g'ri/noto'g'ri);
2Казиев В. М. Введение в практическое тестирование. - М.: INTUIT.RU, Бином. Лаборатория Знаний, 2008.
Test topshiriqlarini shakllantirish bo’yicha
ko’rsatma:
-
bitta to'g'ri javobli testlar (oddiy testlar); bitta noto'g'ri javobli testlar (oddiy testlar); ko'p variantli testlar (bir nechta javob to'g'ri hisoblanadi); berilganlardan mos keladiganini tanlash; iyerarxiya ko'rinishida (ketma-ketlikda) joylashtirish; bo'sh joylarni to'ldirish; mos elementlarni birlashtirish; rasmlardagi o'xshashlik yoki farqlarni belgilash; va boshqa ko'rinishda bo'lishi mumkin (mazkur test turlariga misollar
fakultativ tarzda darsdan tashqari holatda o’qituvchi tomonidn
tushuntiriladi).
Yuqorida keltirilgan testlarning barchasidan har doim ham foydalanmaymiz,
ayrimlaridangina foydalanamiz holos. Mamlakatimizdagi Oliy ta'lim muassasalarida
talabalar bilimini baholashda elektron moodle3 tizimidan foydalanilmoqda. Ushbu tizim
imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalar bilimini baholash va doimiy nazorat qilish
imkoniyati mavjud. Jumladan, talabalarni joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy
nazorat ishlarini baholashda test sinovlarini qo'llash qulay hisoblanadi. Ayniqsa, moodle
tizimi foydalanuvchisi hisoblangan ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarning
shaxsiy interfeyslari mavjud. Ushbu interfeysda yaratilgan “Mening kurslarim” ruknida
mavjud fanlar ichida element qo'shish uchun yordamchi qismlar mavjud.
Yuqorida keltirilgan test turlarining barchasini qo'llagan holda moodle tizimida
testlar to'plamini shakllantirish mumkin (5-rasm). Shuningdek, testlar yordamida o'tilgan
mavzularni takrorlash, talabalar bilimlarini mavzu bo'yicha mustahkamlash, yangi
mavzularni oldingi mavzular (boblar va bo'limlar) bilan mantiqan izchil bog’lab, o'zaro
aloqadorlikda darsni tashkil etish vositasi sifatida ham qo'llash yaxshi samara beradi.
5-rasm. “Test” hosil qilishda uni tarkibiy qismlarini tahrirlash
3 www.moodle.org – saytidan ko’proq ma’lumot olish mumkin.
-
Ushbu tahrirlash amali orqali quyidagi vazifalarni bajarishimiz mumkin. Testga
nom qo’yish, sinovni boshlash va tugatish vaqtini belgilash, testni davomiyligini
belgilash, baholash va urinishlarni belgilash kabi ishlarni belgilash talab etiladi.
Test yaratilganidan keying buyruqlar panelida “testni tahrirlash” orqali testlar
to’plami shakllantiriladi.
“yangi savol” qo’shish tanlanadi va savol kiritish uchun
yangi darcha ochiladi. Ushbu darchada testing bir nechta
shakllari mavjud bo’lib, ulardan birini tanlash yo’li bilan
amalga oshiriladi. Quyida biz har doim foydalanadigan
variantli test shaklini qo’llaymiz.
-
Test savolining to’g’ri javobi 100 foizlik qilib belgilanishi talab etiladi. Sahifani
saqlash va ko’rish mumkin. 1-mavzuga test elementi qo’shiladi va undan foydalanish
imkoniyati yuzaga keladi. Quyidagi rasmda aks etgan.
6-rasm. Shaklantirilgan testning ko’rinishi.
Shu tariqa mavjud elememntlardan foydalanishni joriy etish mumkin. Shu bilan
birga talabalar bilimini ham doimiy nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Natijani doimiy
kuzatib borish mumkin.
-
Dekanat tomonidan shakllantirilgan guruhlar kurs
yaratuvchilari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan tartibda
qo’shiladi va talabalarga fandan foydalanish huquqi
beriladi.
-
Moodle tizimidan foydalanishda talabaga ko’rsatma
Ushbu tizimdan talabalar foydalanishi juda oson hisoblanadi, yuqorida keltirilgan
1-rasmga asosan tizimga kirish mumkin. Bunda sahifada ko’rsatilgan Kirish (Вход)
tugmasi bosiladi va quyidagi tartibda undan foydalanish mumkin bo’ladi(7-rasm).
7-rasm. Foydalanuvchi nomi va Parolni kiritish
4
Yangi foydalanuvchi talablar uchun parolni o’zgartirish uchun belgilangan talab
darajasida rasmiylashtirish lozim.
8-rasm. Yangi parolni saqlash
Yangi parolni kiritishda albatta bosh harf, kichkina harf, raqamlar va belgidan
iborat bo’lishi zarur.
Talaba uchun sahifa quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi.
9-rasm. Talaba interfeysining umumiy ko’rinishi
4 Izoh: foydalanuvchi nomi talabaning passport seriya raqami ko’rinishida kiritilgan va o’z parollari ega.
-
“Mening kursim” menyusida o’qituvchilar tomonidan ruhsat etilgan fanlar
barchasi ko’rinib turadi va talaba foydalanish huquqiga ega hisoblanadi.
Statistika fani bo’yicha kiritilgan ma’lumotlar talabalar uchun foydalanishga
tayyor holda ekanini ko’rish mumkin. Hamda barcha yaratilgan elementlar ochiq holatda
ko’rinmoqda. Har bir mavzu bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajarish va mavzu
bo’yicha berilgan ma’lumotlardan (tarqatma material, prezintatsiya, masala va
topshiriqlar) foydalanib bilimini mustaqil baholashlari mumkin.