samgasi.uz soati/Ахб... · web viewo‘zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand...

34
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 201 9 y

Upload: others

Post on 21-Feb-2021

22 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2019 y

Page 2: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

HUQUQIY MONITORINGNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI ASOSIDA QONUN HUJJATLARI IJROSINING SAMARADORLIGINI

OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/u-u-iy-monitoringning-zamonaviy-

mekhanizmlari-asosida-onun-u-04-11-2019

JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN SHAXSIY EHTIYOJLARI UCHUN TOVARLARNI OLIB O‘TISH TARTIBINI YANADA

TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/zhismoniy-shakhslar-tomonidan-shakhsiy-e-

tiyezhlari-uchun-to-07-11-2019

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA CHORVACHILIK TARMOQLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/ora-alpo-iston-respublikasida-chorvachilik-

tarmo-larini-zhad-09-11-2019

TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN SOHA XODIMLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningf a r m o n i

http://uza.uz/oz/documents/tibbiyet-khodimlari-kuni-munosabati-bilan-so-a-khodimlaridan-09-11-2019

REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLAR, HOMILADORLAR VA BOLALARGA KO‘RSATILADIGAN TIBBIY YORDAM SIFATINI OSHIRISH

VA KO‘LAMINI YANADA KENGAYTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningq a r o r i

http://uza.uz/oz/documents/reproduktiv-yeshdagi-ayellar-omiladorlar-va-bolalarga-k-rsat-09-11-2019

MEVA-SABZAVOTCHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA EKSPORTINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI BELGILAB BERILDI

Page 3: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 noyabr kuni meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqasidan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

O‘zbekiston meva-sabzavot ishlab chiqarishda ulkan imkoniyatlarga ega. Aholi farovonligini doimo oshirib borishda xalqimiz turmush tarziga eng yaqin va tez natija beradigan yo‘nalish qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etishdir.

Mavjud salohiyatni to‘liq ishga solish, shunga yarasha katta daromad olish zarurligini inobatga olgan holda, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mazkur soha yuqori shiddat bilan isloh qilinmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini yaxshilash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirishga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilindi.

Shunga qaramasdan, jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard dollarni tashkil etgan bir paytda, bizning ulushimiz bir foizga ham yetmayapti.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, kelgasi yilda meva-sabzavot eksportini 2,5 milliard dollarga, keyingi uch yilda bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari mavjud.

Davlatimiz rahbari bunga erishish uchun ekin va navlarni to‘g‘ri tanlash, hosildorlik va daromadni kamida ikki-uch barobar oshirish, isrofgarchiliklarning oldini olish, mahsulotlarni saqlash, logistika masalalari, eksportni to‘g‘ri tashkil etish lozimligini ta’kidladi.

Bugungi kunda jahon bozorida gilos, o‘rik, olxo‘ri, anor, uzum, bodom, sitrus mevalar kabi mahsulotlarga talab yuqori va ushbu mahsulotlar eksport tushumining asosiy qismini tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda bunday mevazorlar, ayniqsa, intensiv bog‘lar yetarlicha tashkil etilmayotgani, bog‘ va tokzorlar yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli ularning iqtisodiy samaradorligi o‘ta past darajada qolayotgani, qator tumanlarda minglab gektar eski bog‘lar yillar davomida hosil bermayotgani tanqid qilindi. Hanuzgacha “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etadigan kooperatsiya tizimi joriy qilinmagan.

Yana bir salbiy holat uzumchilikni rivojlantirishda vinochilik korxonalarining o‘rni sezilmayotgani bilan bog‘liq.

– Bu kabi muammolar ta’sirida mamlakatimizda mahsulotlarni yig‘ishtirish va saqlashdagi yo‘qotishlar hajmi 30 foizdan kamaymayapti, – dedi Prezident. – Ya’ni, olingan meva nobud bo‘lib, tuproqqa qorilmoqda. Bunday sharoitda qanday yangi bog‘ va tokzorlar haqida gapirish mumkin?

Qayd etilganidek, bir qator tumanlar paxta yetishtirishni qisqartirib, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirildi. Afsuski, ushbu yo‘nalishda ham ishlar qoniqarli darajada deb bo‘lmaydi.

Page 4: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Seleksiya borasida ilmiy tadqiqotlar yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani bois mamlakatimiz urug‘likni import qilishga majbur bo‘lmoqda.

– Mineral o‘g‘itlar ta’minoti, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish ishlari tizimli tashkil etilmagani ham dehqonning ortiqcha ovora bo‘lishiga olib kelmoqda, hosildorlikni oshirishga salbiy ta’sir qilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bir so‘z bilan aytganda, sohada yechimini topishi lozim bo‘lgan masalalar talaygina. Shuning uchun eskirgan tizimdan butunlay voz kechib, mutlaqo yangi uzluksiz zanjirni, ya’ni kooperatsiya va klaster tizimini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Bunday yo‘l jahon tajribasida o‘zining samaradorligini isbotlagan. Klasterning joriy etilishi sohada yuqori natijalarga erishilayotganini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan Prezidentimiz O‘zbekistonda bir nechta yirik eksportyor klaster tashkil etish, qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish va daromadni oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni aniq bozor, aniq moliyaviy manba bilan ishlaydigan tadbirkorga biriktirish lozimligini ta’kidladi.

Xorijiy mutaxassislar ko‘magida tashkil etilgan Surxondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayyan mahsulotlar turini yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, har bir viloyat va tuman hokimi klasterlar bilan meva-sabzavotni to‘g‘ri joylashtirishga, agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishiga, yetishtirilgan mahsulotning eksportyor yoki qayta ishlovchiga to‘liq yetkazilishiga shaxsan javobgarligi belgilandi.

Moliya vazirligiga yangi tizim asosida eksportbop mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha moliyalashtirish yuzasidan taklif kiritish topshirildi.

Qishloq aholisi bandligini ta’minlash maqsadida yangi tashkil qilinayotgan kooperatsiyalar negizida 1 gektardan 5 gektargacha ijara asosida yer ajratib beriladi. Yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida Farg‘ona vodiysining 22 ta tumanida 31 ta namunaviy kooperatsiya tashkil qilinadi. Har bir kooperatsiyaga kamida 50 nafardan ishsiz fuqaro a’zolikka qabul qilinib, ularga foydalanilmayotgan yerlar, subsidiyalar hamda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Xalqaro hamda mahalliy moliya tashkilotlaridan mablag‘lar jalb etish orqali gilos, o‘rik, anor, shaftoli, olxo‘ri, yong‘oq kabi mevalarga ixtisoslashgan yangi zamonaviy bog‘lar tashkil qilish hisobiga hosildorlikni keskin oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, eksportbop uzumzorlar tashkil etish yuzasidan “manzilli dastur” tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

Oziq-ovqat va spirtli ichimliklar sanoatida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish, marketing va innovatsiyani keng qo‘llagan holda eksportbop mahsulotlar assortimentini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, yangi bozorlar topishga qaratilgan yangicha tizim tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz bog‘dorchilik rivoji uchun, avvalo, ko‘chat zarurligi, shuning uchun har yili 20 million tup ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va eksport qilish imkoniyati borligini qayd etdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga manfaatdor tashkilotlar bilan birga kelasi yili o‘rik, gilos, shaftoli, xo‘raki va sanoatbop uzum, anor, yong‘oq, bodom

Page 5: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

ko‘chatlari yetishtirish plantansiyalari tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, Jahon banki mablag‘lari hisobidan Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining hududiy uchastkalarida “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etish bo‘yicha ham ko‘rsatma berildi.

Intensiv ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini fermerlarga subsidiya sifatida qoplab berish, 2020 yil 1 apreldan boshlab “sog‘lomlik” sertifikatiga ega bo‘lmagan ko‘chatlarni yurtimizga olib kelish va ekishni to‘xtatish zarurligi qayd etildi.

Mamlakatimiz aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qoplash va eksport hajmini oshirish uchun meva-sabzavot yetishtirishni yiliga 8-10 foizga ko‘paytirish va qo‘shimcha 1 million tonnadan ortiq mahsulot yetishtirish zarur. Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga 2020 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan 77 ming gektar maydonga oziq-ovqat ekinlari, ertagi mahsulot yetishtirish uchun 200 ming gektarda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘simliklarga kimyoviy ishlov berish va zararkunandalarga qarshi kurashish ham muhim masalalardan. Prezident Shavkat Mirziyoyev buning uchun ixtisoslashgan tumanlarda mineral o‘g‘itlar do‘konlari tashkil etish, fermerlar va aholi tomorqasiga shu borada xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda aytilgan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish uchun har bir yo‘nalishga mutasaddi rahbarlar mas’ul etib belgilandi.

MAMLAKATIMIZNING GERMANIYADAGI ELCHIXONASI VA FRANKFURT-MAYN SHAHRIDAGI BOSH KONSULXONASIDA

SAYLOV UCHASTKALARI OCHILDIO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq

deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ham qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Joriy yildagi saylovda xorijda istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun yanada qulay ovoz berish imkoniyatlari yaratilmoqda. Xususan, avvallari ushbu tadbirda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanar edi. Endilikda chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham diplomatik vakolatxonalarimizda tashkil etilgan saylov uchastkalariga murojaat etishi yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasidan ro‘yxatdan o‘tib, tegishli saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida 140-sonli Darxon saylov okrugining 8 va 47-saylov uchastkalari tashkil qilindi. Ularda saylov jarayonini yuqori saviyada amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Elchixona konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimizning 4 mingga yaqin fuqarosi konsullik ro‘yxatida qayd etilgan. Ularning aksariyati Germaniya hududida istiqomat qiladi. Shu bilan birga, konsullik okrugiga qarashli Shvetsiya, Chexiya va Shveysariyada tahsil olayotgan

Page 6: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

yoki vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlar parlament saylovida qatnashishga katta qiziqish bildirmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xorijdagi fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularning saylov jarayonida faolligini oshirish, siyosiy bilim saviyasini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirish dolzarb vazifa sifatida belgilangan.

Elchixonaning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va Germaniya ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

Bundan tashqari konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa turli tadbirlarda Germaniya jamoatchiligi vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida bajarilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovni ochiq va shaffof tarzda o‘tkazish borasidagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda, deyiladi “Dunyo” axborot agentligi xabarida.

YOSHLAR O‘Z KELAJAGINI O‘ZLARI BELGILAYDISaylov – 2019 

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyati bo‘limida joriy yilgi saylovda birinchi bor qatnashadigan yoshlar ishtirokida “Sening ovozing – sening kelajaging” mavzuida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Termiz davlat universiteti talabalari uchun tashkil etilgan uchrashuvda viloyat saylov komissiyasi raisi Sh.Boyqulov, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Rahmatov yoshlarga Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, saylovchilarning huquq va burchlari, milliy saylov qonunchiligimizdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi. Siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari, deputatlik vakolatlari, saylovlarda beriladigan har bir ovozning ahamiyati va bu jarayonda yoshlarning o‘rni xususida fikr almashildi.

– Uchrashuvda saylash va deputatlikka saylanish to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ldik, – deydi Termiz davlat universiteti tarix fakulteti talabasi A.Fayziyev. – Saylovda o‘zimiz tanlagan nomzodga beradigan ovozimiz ertangi kelajagimiz hamda mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhimligini chuqur anglab oldik. Men, albatta, bo‘lg‘usi saylovlarda faol ishtirok etib, Vatanim ravnaqi uchun ovoz beraman.

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi viloyat bo‘limi faoliyati, shuningdek, saylovlarga oid savollarga tezkor, aniq javob beradigan “Call center” xizmati bilan tanishdi.

– Talabalarning faolligi, jamiyatdagi o‘zgarishlarga daxldorlik hissi balandligi quvonarli, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i, Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazining hududiy bo‘limi rahbari S.Salomov. – Yoshlar xalqaro matbuot markazi hududiy bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga saylov

Page 7: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

targ‘ibotini tashkil etish va xorijlik jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdik. Saylovlarni umume’tirof etilgan mezonlar asosida ochiq-oshkora o‘tkazishda ommaviy axborot vositalarining roli haqida tushunchalar beryapmiz.

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI MDH MAMLAKATLARI MAXSUS XIZMATLARI RAHBARLARINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan delegatsiyalar boshliqlarini qabul qildi.

Prezidentimiz mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistonda MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash mamlakatimizning Hamdo‘stlikda 2020 yilgi raisligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Tashkilotga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, jumladan, tezkor axborot almashish hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda, internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zo‘ravonlik va radikal qarashlarni targ‘ib qilish maqsadida foydalanishga chek qo‘yish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlanli.

Mehmonlar samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘z mamlakatlari rahbarlarining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

FAOL TADBIRKORLIK, TINIMSIZ MEHNAT VA QAT’IY INTILISH – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK OMILIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni joriy yilda davlat budjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Hozirgi kunda tadbirkorlar, o‘rta va kichik biznes iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik sub’ektlari umumiy korxonalar sonining 90 foizdan ziyodini tashkil etadi va mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi. 2018 yilgi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat bilan band aholining 76,3 foizi shu sohada ishlaydi.

Page 8: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlari taraqqiy etgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham salmoqli o‘ringa ega. O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida mazkur soha ulushi 59,4 foizdir.

Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so‘zlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tub islohotlar samarasida Jahon bankining “Biznes yuritish – 2020” hisobotida O‘zbekiston 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 69-o‘rinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona ochish qulayligi bo‘yicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning o‘tgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi.

Lekin hali soha rivoji yo‘lida qilinadigan ishlar ham ko‘p.“Biznes yuritish – 2020” hisobotida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf

etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni ro‘yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak.

Shu bois videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Xorijiy tajriba asosida mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni takomillashtirish taklifi bildirildi.

Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini ta’kidlab, juda ko‘p rahbarlar bunga befarqlik va mas’uliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi.

Buni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmini bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin bo‘lsa-da, muammolar joyida yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘layotgani ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bunday holatlar Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ancha yuqori. Shuning uchun barcha viloyat va tumanlar hokimlari ikki kun muddatda Tadbirkorlarga murojaat qabul qilishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Murojaatda tadbirkorlar oldida bundan keyin hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi, hududdagi barcha rahbarlar ularga yaqindan ko‘makchi bo‘lishi, har kuni doimiy ravishda tadbirkorlar masalalari bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida hokimlar shaxsan kafolat beradi.

Murojaatning bosh mazmuni hamma narsa tadbirkor uchun ekanini xalqimizga yetkazishdan iborat. Shuning uchun Murojaatni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va aholi gavjum joylardagi bannerlarda e’lon qilib, unda hokimlar, sektorlar va mutasaddi idoralar rahbarlarining telefon raqamlari ham ko‘rsatilishi shartligi belgilandi.

Bundan tashqari, hududiy ishchi guruhlar joylarda yurib, hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishi zarurligi ta’kidlandi.

Page 9: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Ma’lumki, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun Xalq banki, “Mikrokreditbank” va “Agrobank” mas’ul etib belgilanib, ularga yetarlicha resurslar ajratib berilgan.

Yig‘ilishda mazkur moliya tashkilotlari hamda hududiy ishchi guruhlar rahbarlari joylarda tadbirkorlikning yangi imkoniyatlarini topish va hayotga tatbiq etish borasidagi sa’y-harakatlar bo‘yicha hisobot berdi.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, tijorat banklari va boshqa vakolatli idoralarning o‘zaro hamkorligi joylarda hali sezilmayapti. Binobarin, sohadagi barcha masalalar hokimliklar, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va banklarning o‘zaro hamkorligida yechilishi zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari joylarda tadbirkorlar ishtirokida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish quvvatlarini yaratishga kuchli turtki berish lozimligini ta’kidladi.

Bugungi kunda 49 tumanda ishlab chiqarish va 63 tumanda xizmat ko‘rsatish hajmining juda pastligi ularda mavjud salohiyat, yer, xomashyo va mehnat resurslari to‘liq safarbar qilinmaganidan dalolat beradi. Shuning uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbarlari boshchiligida joylarda sanoat va xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tashkil qilindi va ularga tarmoqlar biriktirildi.

Ushbu tuzilmalarga tarmoqlar bilan birga har bir tuman va shahar salohiyatini o‘rganib, 2020 yilda yangi quvvatlar tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda respublika bo‘yicha qariyb 1,5 mingta davlat mulki va davlat ulushi mavjud ob’ektlarni sotish hamda 70 mingta tadbirkor faoliyatini tiklash muhimligi qayd etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasiga kelasi yil 1 yanvardan boshlab eksport-import operatsiyalari uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda olinishini yo‘lga qo‘yish topshirildi. 2020 yilda “Biznes yuritish” reytingida mamlakatimiz o‘rnini yanada yaxshilash, jumladan, ruxsatnoma berish va sertifikatlash tizimini soddalashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Yurtimizning barqaror rivoji, ijtimoiy sohalarning uzluksiz qo‘llab-quvvatlanishi uchun davlat budjeti va uni shakllantiradigan tushumlar muhim rol o‘ynaydi.

Shu nuqtai nazardan videoselektor yig‘ilishida Soliq qo‘mitasiga noyabr-dekabr oylarida soliq tushumlari salohiyatiga nisbatan yetarli bo‘lmagan qator tuman va shaharlarda soliqlarni to‘liq undirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish topshirildi.

Ma’lumki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, xorijiy va milliy ekspertlar ishtirokida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Joriy yil 1 oktyabrdan qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. Soliq siyosatida olib borilayotgan islohotlarning keyingi bosqichi soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishdir.

Shu munosabat bilan, zamonaviy usullar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, yashirin faoliyat yuritish orqali soliqdan qochishning oldini

Page 10: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

olish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Binobarin, barcha sohalarda “xufiyona iqtisodiyot” ko‘lamlarini keskin qisqartirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz bo‘ylab ishga tushirilayotgan 145 ta yirik yangi quvvatlarda shu yilning o‘zida mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ular budjetga qo‘shimcha daromad keltirishini nazoratga olish zarurligi qayd etildi.

Davlat budjetining barqarorligini ta’minlashda aholi va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan to‘lovlar ham muhim rol o‘ynaydi.

Avval xabar qilinganidek, 2020 yildan boshlab mahalliy budjetni shakllantirish tartibi tubdan o‘zgaradi, hududlar o‘z sarf-xarajatlarini mustaqil ravishda hal qiladi. Shu munosabat bilan endi hokimlar mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish uchun ko‘proq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etishi, soliqlarni mustaqil ravishda yig‘ishi va bu boradagi mas’uliyatini kuchaytirishi kerak bo‘ladi.

Prezidentimiz bugungi kundagi yana bir dolzarb masalaga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlari joriy etildi.

15 oktyabrdan boshlab bug‘doy narxi erkinlashtirildi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir nafaqa oluvchiga oyiga 50 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lanmoqda.

Qolipli non bilan kafolatli ta’minlash uchun yetarli resurs zaxirasi yaratilib, un ishlab chikarishning oylik hajmi mamlakatimizda 122 mingdan 142 ming tonnaga oshirildi. Bugungi kunda Toshkent shaxrida 1 kilogramm un birjada 2300-2400 so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, chakana savdoda qolipli non narxi 1500-1700 so‘mni tashkil qilmoqda.

Yig‘ilishda ayrim viloyatlarda nonning narxi nisbatan yuqoriligicha qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuning uchun, Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqib, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga unning birja savdosida sotilishidan boshlab nonning chakana savdoda sotilishigacha bo‘lgan jarayonni har kuni tahlil qilib, aholining nonga bo‘lgan kunlik ehtiyojini to‘liq ta’minlab borish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Joylarda non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qo‘llash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kompensatsiya pullari o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, tog‘li va olis hududlarda qish mavsumiga un va boshqa oziq-ovqat zaxirasi yaratish lozimligi qayd etildi.

XALQARO EKSPERT: O‘ZBEKISTONNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATDAGI FAOLIYATINI TAJRIBA SIFATIDA O‘RGANISH

MUMKINBu boradagi fikrlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan

“COMPASS” xalqaro ilmiy loyihasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida bildirildi.

Unda AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Belarus, Ispaniya, Ozarbayjon, Tojikiston va Afg‘oniston davlatlaridan ekspertlar ishtirok etdi.

Page 11: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Tadbirda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish orqali Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish va xavfsizlikni har tomonlama mustahkamlash, mintaqada keng ko‘lamli xalqaro infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Sof islom ma’rifatini targ‘ib qilish, umummintaqaviy muammolarni hal etishda davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, transmintaqaviy savdo va texnologiyalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi ijobiy yangilanishlar uni Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar rivojlanish tendensiyalarini belgilovchi muhim davlatga aylandi. O‘zbekistonning mintaqaviy masalalar bo‘yicha tutumi Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning diniy-ma’rifiy sohadagi tashabbuslari mintaqada Islom dinining an’anaviy asoslarini saqlab qolish va targ‘ib qilishga hissa qo‘shmoqda.

AQShning xalqaro toifadagi siyosiy tahlilchisi Jakob Shapironing qayd etishicha, ushbu xalqaro konferensiya mintaqada mavjud muammolarni hal etishdagi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari intilishlarini o‘rganish va tahlil qilish imkonini beradi. Mintaqada xavfsizlik va global islohotlarni amalga oshirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z imijiga ega, xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zosi, dunyoning ko‘plab davlatlari bilan ikki va ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotgan zamonaviy davlat sifatida tanilmoqda.

Bu boradagi fikrlar tadbir davomida Kembrij universiteti professori Sidxart Saksena tomonidan ham alohida qayd etildi.

– O‘zbekistonda so‘nggi yillarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu kabi islohotlarni kuzatib borayotgan inson sifatida aytishim mumkinki, mamlakatingizning ichki va tashqi siyosatdagi faoliyati tajriba sifatida o‘rganishga arziydi.

Ikki kun davom etadigan ushbu konferensiya mintaqa xalqlari milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoda mavjud muammolarni hal etish, yangi strategik vaziyatni shakllantirishga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIGA A’ZO DAVLATLARNING STRATEGIK IQTISODIY HAMKORLIGI

TO‘G‘RISIDA DEKLARATSIYAAvval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev 2019 yil 10-11 oktabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Tadbirda Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida MDH davlatlarining strategik iqtisodiy hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiya ham bor.

Deklaratsiya Hamdo‘stlik doirasida hamda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish imkonini

Page 12: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

beruvchi samarali hamkorlik mexanizmlarini yaratishga qaratilgan. Quyida hujjatning to‘liq matni keltiriladi.

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIGA A’ZO DAVLATLARNING STRATEGIK IQTISODIY HAMKORLIGI

TO‘G‘RISIDA DEKLARATSIYABiz, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (keyingi o‘rinlarda – MDH,

Hamdo‘stlik) a’zo davlatlar rahbarlari, Hamdo‘stlikning va MDH a’zosi bo‘lgan har bir davlatning iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish, ham MDH doirasida, ham mintaqa va mintaqalararo miqyosda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqalar rivojlanishini takomillashtirishga imkon beruvchi samarali hamkorlik mexanizmlari yaratilishiga katta ahamiyat qaratib,

MDHda va MDH a’zosi bo‘lgan har bir davlatda o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish bo‘yicha mavjud boy tajribaga tayangan holda,xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan va teng huquqli mustaqil davlatlarning hamkorligiga asoslangan dunyodagi eng yirik mintaqaviy xalqaro tashkilotlardan biri sifatida,yangi global va mintaqaviy tavakkalchilik va xavflar paydo bo‘lganini hisobga olib,strategik iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy va mintaqalararo darajada o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarini izlash maqsadida MDHga a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarini jipslashtirishga intilib,

barqarorlikni mustahkamlash va uzluksiz iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, global tinchlik, taraqqiyot va aholi farovonligini oshirish, ko‘p tomonlama konstruktiv muloqotni to‘xtovsiz kengaytirish maqsadida MDHga a’zo davlatlarning strategik iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish yanada davom ettirilishini ma’lum qilamiz.

MDHga a’zo davlatlar iqtisodiy hamkorligining asosini Yevroosiyo mintaqasida barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim komponenti bo‘lgan teng huquqli sheriklarning mustahkam ittifoqi tashkil etadi. Ushbu ittifoq Yevropa va Osiyo mamlakatlari uchun uzoq muddatli va istiqbolli iqtisodiy hamkor, mintaqaviy ahamiyatga ega yirik energetik va transport-tranzit uzeli hisoblanadi.

MDHni rivojlantirish va mustahkamlashda ham Hamdo‘stlik doirasida, ham jahon xo‘jaligi aloqalari doirasida yangi yondashuvlarni ishlab chiqish, dunyo iqtisodiyoti rivojlanishi jarayonlarida yetakchi tashkilot sifatida maqomini mustahkamlash, hamkorlikning yangi shakllarini izlash muhim o‘rin tutadi.

MDHga a’zo davlatlar ko‘proq erkinlik sharoitida umumiy tinchlikni mustahkamlash uchun BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini qo‘llab-quvvatlaydi va faollik bilan amalga oshiradi.

Barcha imkoniyatlar, jumladan, MDH doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va kooperatsiyadan samarali foydalanish MDHga a’zo davlatlar uchun jadal iqtisodiy rivojlanish va ularning jahon xo‘jalik tizimiga ta’sirini kuchaytirish borasida amaliy imkoniyatlar yaratadi.

MDHga a’zo davlatlarning strategik iqtisodiy hamkorligi xalqaro shartnomalarga, MDHga a’zo davlatlar qonunchiligiga rioya qilishga, o‘zaro manfaatdorlikka, teng huquqlilik va kamsitmaslikka, transparentlilikka, iqtisodiy samaradorlikka, resurslarni tejashga, ekologik xavfsizlik va yuqori texnologiyalardan foydalanishga asoslanadi.

Page 13: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

MDHga a’zo davlatlar strategik iqtisodiy hamkorligining maqsadlari quyidagicha: Hamdo‘stlikning fundamental asoslarini yanada mustahkamlash, uning yirik transport va energetik loyihalar amalga oshiriladigan, zamonaviy infratuzilma, kommunikatsiyalar, xalqaro transport yo‘laklari, mintaqalararo va global ko‘lamdagi logistik markazlar yaratiladigan makon sifatida jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyasi (barcha MDHga a’zo davlatlar integratsiyasi kabi); Hamdo‘stlikning iqtisodiy salohiyatini jiddiy ravishda oshirish va uning negizida MDHga a’zo har bir davlatning samarali rivojlanishi va barqaror iqtisodiy o‘sishini, jumladan, kambag‘allik kamayishini, ishsizlik muammosini hal qilishni; MDHning xalqaro nufuzini oshirish, xalqlari manfaati yo‘lida MDHga a’zo davlatlarning bir-birining o‘rnini bosishini va iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishni ta’minlaydi.

MDHga a’zo davlatlar strategik iqtisodiy hamkorligi vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

iqtisodiy hududlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma global va investitsion loyiha va dasturlarni ilgari surish orqali Hamdo‘stlik va MDHga a’zo davlatlar ta’sirini kengaytirish;

BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amalga oshirish maqsadida MDHga a’zo davlatlar va uchinchi davlatlar va/yoki nufuzli xalqaro tashkilotlarning iqtisodiy manfaatdorligiga asoslangan samarali hamkorlik mexanizmlarini yaratish;

strategik iqtisodiy hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, rivojlanish bo‘yicha qo‘shma global va investitsion loyiha va dasturlarni amalga oshirishda MDHga a’zo davlatlarning salohiyatli imkoniyatlarini birlashtirish va ayni paytda ekologik muammolarni hal qilish;

innovatsiyalar va nanotexnologiyalardan keng foydalanish, mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslardan kompleks tarzda foydalanish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, jahon iqtisodiyoti tizimida hamkorlik shakllarini ko‘paytirish va sheriklik aloqalarini ta’minlash orqali MDHga a’zo davlatlar raqobatbardoshligini oshirish;

jahon transport tizimiga izchillik bilan integratsiyalashuv hamda xalqaro transport yo‘laklari, Sharq-G‘arb va Shimol-Janub yo‘nalishlaridagi asosiy marshrutlar va uzellar bo‘ylab MDHga a’zo davlatlarning milliy infratuzilmalarini yanada rivojlantirish;

MDHga a’zo davlatlarning geografik va infratuzilmaviy imkoniyatlarini, texnik, texnologik va tranzit salohiyatini birlashtirish;

Hamdo‘stlik hududida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mustahkamlash;

jumladan, global darajada iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korrupsiyaga, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorchilikni moliyalashtirishga, boshqa xavflar va tahdidlarga qarshi kurash;

globallashuv tufayli vujudga kelgan muammolarni birgalikda hal qilishda yuqori darajali samaradorlikka erishish, uning afzalliklaridan xalqaro moliyaviy va mahsulot bozorlarida Hamdo‘stlik va MDHga a’zo davlatlarning salohiyatini mustahkamlash maqsadida foydalanish;

Page 14: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Hamdo‘stlik doirasida tegishli xalqaro hujjatlarni tayyorlash hamda xalqaro kapital bozorida uning nufuzi va mavqeini mustahkamlash maqsadida samarali muloqot maydonini ta’minlash.

Belgilangan maqsadlarga erishishda va qayd etilgan vazifalarni hal qilishda MDHga a’zo davlatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini quyidagilar tashkil etadi:

milliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar tovarlarining MDHga a’zo davlatlar bozoriga erkin kirib borishini ta’minlash maqsadida o‘zaro savdo shartlarini liberallashtirish va yanada rivojlantirish, erkin savdo rejimi, jumladan, xomashyo importi va tayyor mahsulot eksportiga oid amaldagi cheklovlar va muomaladan chiqarishlarni bekor qilish;

Korxonalar va texnologik o‘zaro aloqador bo‘lgan ishlab chiqarishlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, texnik qayta jihozlash, innovatsion texnologiyalar bo‘yicha davlatlararo dasturlarni ishlab chiqish, ilmiy-texnik hamkorlikning ilg‘or yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qilish;

qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, zargarlik sanoati kabi sohalar bo‘yicha kooperativ loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

birinchi navbatda, MDHga a’zo davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga muayyan ta’sir ko‘rsatadigan transport, energetika va telekommunikatsiyalar sohalari bo‘yicha yirik qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, buning uchun, jumladan, MDHga a’zo davlatlarning maxsus iqtisodiy zonalariga investitsiyalar jalb qilish;

xalqaro energetikaga oid ta’minotlarning barqaror tizimini yaratish (ham elektr energiyasi, ham uglevodorodlar bo‘yicha) ham MDH makonida, ham global energetika bozorida hamkorlik qilishning samarali sxema va modellarini ishlab chiqish;

BMT doirasida energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni optimallashtirish maqsadida energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish;

uglevodorodlarni qazib olish, tashish va tranzit sohasida hamkorlik qilish;jahon iqtisodiyotining muhim elementlaridan biri bo‘lgan transport sohasida

o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, MDHga a’zo davlatlar hududlari orqali o‘tadigan xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini oshirish; mintaqadagi barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olgan holda hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida ko‘p tarmoqli va xavfsiz xalqaro transport infratuzilmasini yaratish; transport va infratuzilmalar sohasida MDH makonida MDHga a’zo davlatlarning uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadigan hududlararo aloqalarni rivojlantirish va Hamdo‘stlikning tranzit salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan yirik xalqaro va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish, hududlararo aloqalarning uzoq muddatli istiqboliga kuchli turtki berish, Yevroosiyo mintaqasi yangi geoiqtisodiy makonning poydevorini qo‘yish;

Yevroosiyoda barqaror transportni, barqaror transport bog‘lamasini rivojlantirish va xalqaro transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish nuqtai

Page 15: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

nazaridan MDHga a’zo davlatlarning mintaqaviy iqtisodiy komissiyalar, xususan, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya bilan hamkorligini kengaytirish;

MDHga a’zo barcha davlatlarning ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish va aholining barqaror harakatchanligini ta’minlash, ichki va xalqaro turizm hajmini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish maqsadida Hamdo‘stlikning transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish (temiryo‘llar va avtomobil yo‘llari, aeroportlar va dengiz portlari, quvur o‘tkazish transporti);

xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda tarif siyosati samaradorligini oshirish va fiskal-ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish; tashish jarayonlarini optimallashtirish; tranzit yuk tashishlarda transport tizimlarining turli tuzilmalari, jumladan, MDHga a’zo davlatlarning dengiz portlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasini oshirish; MDHga a’zo davlatlarning havo harakati milliy tizimlarini tashkillashtirishni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tavsiya etgan amaliyot va standartlarga muvofiq uyg‘unlashtirish;

yirik transport-logistika markazlari tashkil qilish;moliya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish;ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlikni birgalikda, jumladan, uchinchi

mamlakatlar bozorida raqobatbardosh mahsulot yaratish uchun asos sifatida kengaytirish;

MDHga a’zo davlatlarning raqobatbardoshligini oshirish va Hamdo‘stlik doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellektni rivojlantirish va hamkorlikda ulardan foydalanish;

ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, mehnat va bandlik, aholini ijtimoiy himoya qilish, madaniyat, axborot, sport va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik;favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish va tabiiy ofatlarning oqibatlarini

bartaraf etish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik; tabiiy va texnogen halokatlardan ogohlantirish va ularga qarshi harakat qilish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni faollashtirish;

BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibiga erishish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarini boshqarish, bioxilma-xillikni saqlash, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha BMTning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash;

Mintaqaviy xususiyatlarni mustahkamlash – hududlar va chegaraoldi hududlarini iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash masalalarini hal etishda MDHga a’zo davlatlar va ular hududlarining ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorligidir.

* * *Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning strategik iqtisodiy

hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi maqsadlarini amalga oshirish MDHga a’zo har bir davlat va umuman Hamdo‘stlikning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, ularning teng huquqli, o‘zaro manfaatli va kompleks hamkorligini kengaytirish, o‘zaro iqtisodiy aloqalarini barqaror rivojlantirish; milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, jahon inqirozi xavflari va

Page 16: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

tahdidlariga qarshi turish; taraqqiyotni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni ta’minlash, jahon iqtisodiyotida MDHga a’zo davlatlar pozitsiyalarini mustahkamlash, fuqarolarning farovonlik darajasini yuksaltirishga ko‘maklashish imkonini beradi.

O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI XODIMLARIGAMuhtaram do‘stlar!Hurmatli tibbiyot xodimlari!Avvalo, inson sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlashdek olijanob ishga o‘z

hayotini bag‘ishlagan siz, azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Biz sizlarning timsolingizda xalq salomatligi yo‘lida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.

Mashhur yunon tabibi Gippokratning “Tabobat barcha ilmu san’atlar ichida eng buyuk ilm va san’atdir”, degan so‘zlari mashaqqatli va ezgu faoliyatingizga berilgan haqqoniy bahodir.

Qadrli yurtdoshlar!O‘z aholisining sog‘lig‘ini muhofaza qilish – har qaysi davlat va jamiyat

uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega dolzarb masala sanaladi.Yurtimiz hududida qadimdan ko‘plab shifo maskanlari, tibbiy madrasalar

faoliyat yuritgani, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz yaratgan bebaho asarlar, ularning dori-darmon tayyorlash va davolash usullari butun jahonda mashhur bo‘lgani ajdodlarimizning bu soha rivojiga qanday katta e’tibor qaratganidan dalolat beradi.

Mamlakatimizda tub yangilanishlarni avvalo ijtimoiy hayotimizning eng muhim yo‘nalishlari bo‘lmish tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishdan boshlaganimiz bejiz emas.

Chunki tinchlik va sog‘liq – bu har bir inson, butun aholimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Faqat sog‘lom inson va sog‘lom xalq mislsiz ishlarga qodirligini hammamiz yaxshi anglaymiz.

O‘tgan davrda sog‘liqni saqlash tizimida erishilgan ijobiy natijalar bilan birga, yechimini kutayotgan kamchilik va muammolar ham mavjudligi hech kimga sir emas. Shu sababli keyingi uch yil davomida yurtimizda fuqarolar murojaatlari, fikr-mulohaza va takliflari atroflicha o‘rganilib, tibbiyot tarmog‘ini chuqur isloh qilish bo‘yicha 170 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon asosida 2019-2025 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda tegishli dastur tasdiqlandi.

Bularning barchasi birlamchi tibbiy sanitariya hamda shoshilinch va tez yordam bo‘g‘inidan tortib, yuqori tuzilmalarigacha ish faoliyatini tashkil etishda asosiy e’tiborni inson omiliga yo‘naltirish, tibbiy xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini xalqaro mezonlar darajasiga yetkazish borasida yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Ma’lumki, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish oila uchun ham, davlat uchun ham samarali va foydalidir. Shu bois mamlakatimizda profilaktik tibbiyot rivojiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Page 17: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Ayni paytda tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yurtimizda 817 ta qishloq vrachlik punkti, 798 ta qishloq va 178 ta shahar oilaviy poliklinikalarida ayollar maslahatxonalari, qizlar salomatligi xonalari, ijtimoiy dorixonalar, kunu tun ishlaydigan tez tibbiy yordam shoxobchalari tashkil etildi hamda 5 ta tor soha mutaxassislarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar eng ko‘p murojaat qiladigan shoshilinch va tez yordam yo‘nalishida markazlashgan yaxlit tizim yaratildi. Tez yordam brigadalarining soni 818 tadan 1666 taga yetkazildi va ular aholi yashaydigan hududlarga yaqinlashtirildi. Avtotransport parkini yangilash uchun 1500 dan ortiq “Tez yordam” mashinalari xarid qilindi.

Yana bir asosiy yo‘nalish – reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha milliy dasturlar amalga oshirilmoqda. Hududlarimizdagi bolalar davolash muassasalarida ilgari mavjud bo‘lmagan neonatal xirurgiya, kardioxirurgiya, invaziv xirurgiya, qizlar ginekologiyasi kabi yangi bo‘limlarda murakkab davolash amaliyotlari o‘tkazilmoqda.

Bunday ulug‘vor o‘zgarishlar yurtimizda xotin-qizlar sog‘lig‘ini mustahkamlash, onalar va go‘daklar o‘limining keskin kamayishida muhim omil bo‘lmoqda.

Shuningdek, patronaj xizmati mutlaqo yangicha asosda yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, yolg‘iz, keksa, nogironligi bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalingan shaxslarni, bo‘lajak onalar va bolalarni patronaj xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish borasida beqiyos ishlar amalga oshirilmoqda. Hamshiralarning uyma-uy yurib, har bir shaxsning salomatligini puxta o‘rganishlari tufayli kasalliklarning oldini olish, oilalarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda.

Ma’lumki, ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari asosan poytaxtda joylashgan bo‘lib, kishilar davolanish maqsadida viloyatlardan uzoq yo‘l bosib kelishga majbur edi.

Keyingi vaqtda joylarda qo‘shimcha muassasalar barpo etilishi hisobiga allergologiya, onkologiya, nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi, nevrologiya va insult, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan markazlar soni 16 taga yetkazildi. Hududlarda 310 ta ixtisoslashgan bo‘limlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 14 ta filiali ochildi.

Nafaqat poytaxtimiz, balki Namangan, Xorazm, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarda kardiojarrohlikka oid eng murakkab amaliyotlar, yetakchi markazlarimizda buyrak va jigar, o‘zak hujayra transplantatsiyalari muvaffaqiyatli bajarilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Tarmoqda xususiy sektor ulushini oshirish, davlat-xususiy sheriklik hamda institutsional va huquqiy mexanizmlarning yaratilishi, ularga keng imtiyozlar taqdim etilayotgani natijasida bu yo‘nalishdagi shifoxonalar soni 5300 dan oshdi.

Shuningdek, qisqa vaqt ichida AQSh, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Isroil kabi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq zamonaviy xususiy klinikalar ish boshladi.

Ayni paytda mamlakatimizda 7 ta oliy tibbiy ta’lim dargohi va ularning 4 ta filiali, shuningdek, xorijdagi nufuzli tibbiy-ilmiy muassasalar hamkorligida tashkil

Page 18: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

etilgan 22 ta xalqaro fakultet sohaga malakali va yetuk mutaxassislarni yetishtirib bermoqda.

Respublikamiz farmatsevtika sanoati ham izchil rivojlanib, arzon va sifatli dori vositalarini kafolatlangan tarzda yetkazib berish, ularga narx belgilashning ta’sirchan shakllari ishlab chiqilmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish hajmi bir necha barobarga oshirilishi islohotlar natijadorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Masalan, 2017 yilda sohaga 7,1 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 12,1 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yillarga qaraganda 1,6 barobar ko‘p demakdir. Dori-darmonlar va tibbiy buyumlar xarid qilish hamda tibbiyot ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlariga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ham 3 barobarga ortdi.

So‘nggi uch yilda 1300 dan ortiq davolash muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, ular 2019 yilning o‘zida 100 million AQSh dollari miqdoridagi zamonaviy va yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Davlatimiz tomonidan shifokorlarning zalvorli mehnatini munosib qadrlash, ularning ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga jiddiy yondashilmoqda. Bu kabi har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.

Muhtaram yurtdoshlar!Mazkur tarmoqda boshlagan islohotlarimizni jadal davom ettirish, tibbiy

xizmatning sifatini oshirish, sohaga innovatsiyalar hamda eng so‘nggi yangiliklarni joriy etish eng avvalo soha mutasaddilari, olim va shifokorlar, hamshiralar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tibbiy ta’lim va ilm-fanni yuqori bosqichga ko‘tarish singari juda muhim vazifalar oldimizda turibdi.

Hech shubhasiz, sidqidildan va jonbozlik bilan mehnat qilib kelayotgan siz, fidoyi yurtdoshlarimiz butun salohiyat va tajribangiz, kuch va g‘ayratingizni safarbar etib, ana shunday ulkan va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan ado etishga qodirsiz.

Barchamiz bir haqiqatni esdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari – salomatligimiz posbonlaridir. Sizlar o‘zingizning boy bilim va mahoratingiz, ilg‘or malaka va ko‘nikma, beg‘araz xizmatingiz, kasbingizga mehr va sadoqatingiz bilan xalqimizning ishonchini yanada chuqurroq qozonasiz, deb ishonaman.

Qadrli tibbiyot xodimlari!Sizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod

etib, barchangizga sihat-salomatlik, ulkan zafarlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka yor bo‘lishini tilayman.

Shavkat MIRZIYOYEV,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Page 19: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI DAVLAT TILIMIZNING 30 YILLIGI MUNOSABATI

BILAN “BAYROQ – XALQNI BIRLASHTIRUVCHI KUCH (Qat’iyatli)” MAVZUSIDA O‘TKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI

MATERIALLAR BAYROQ –XALQNI BIRLAShTIRUVChI KUCh

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi.

Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. 

Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. 

Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Millat bayrog‘i. U jondek aziz, nondek mo‘tabar.

Buyuk sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Bayroq esa tom ma’noda mamlakat ramzi, ulug‘vorlik timsoliga aylandi. Jangchilarga jangovar ruh bag‘ishlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish, irodasini chiniqtirish maqsadida jang maydonlari uzra baland hilpirab turdi. Bu bayroq eng ishonchli bahodirlar tomonidan qo‘riqlandi. Bexos daydi o‘q kelib tug‘ ko‘targan jangchiga tegsa-da, u tuproqqa qorishmadi — darhol shahid sarboz o‘rnini boshqasi egallaydi, maqsad janggohdagilarga bayroq ko‘rinmay qolmasin.

Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutish yoki sarbozning qo‘lidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bunga sohibqiron alohida e’tibor bergan. Bayroqning pasaytirilishi mag‘lubiyat va ortga chekinish ishorasi bo‘lgan. Shuningdek, «Temur tuzuklari»da ta’kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko‘rsatib, g‘alaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari — tug‘ va nog‘ora in’om qilingan. Bu sohibqiron davlatida saltanat ramzlari nechog‘lik baland maqom tutgani va ular qanday katta ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi.

Vatanimiz bayrog‘i. U tarixning xalqimiz boshiga musibat tushgan davrlari — o‘tgan asr boshlarini yodimizga soladi. O‘sha kunlar xalqimiz qalbida ketmas dog‘ bo‘lib qoldi. Vatan bayrog‘ini tutgan qo‘llar qayrildi, ozodlikni kuylagan ovozlar bo‘g‘ildi… Millat fidoyilari «xalq dushmani», «quloq», «sotqin» degan

Page 20: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

qora nomlar bilan ta’qibga olindi. Dunyoga ne-ne allomalarni bergan qadim xalq omi, savodsizga chiqarildi. Xalqimizga nisbatan aytilgan bu haqorat asl vatandoshlarimiz qalbida ma’rifat olovini yoqdi — ular belini mahkam bog‘lab, millatni erk va ozodlik bayrog‘i ostida birlashishga chaqirdi. 

Bu mag‘rur elning asrlar davomida orzu qilgan g‘ururi, sha’ni, qadr-qimmati, irodasini ifodalovchi ozodlik bayrog‘i edi! Unda ajdodlar orzu-armoni aks etadi. Unda xalqimizning buguni, o‘lmas xotirasi, iymon-e’tiqodi, kelajakka bo‘lgan komil ishonchi jilolanadi.

Bayrog‘imiz 1992 yilning 2 martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi. Mana, yigirma yetti yildirki, u xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahonaro ifodasi, xalqimiz g‘ururi va iftixori timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugina emas, dunyo mamlakatlaridagi elchixonalarimiz binolari, qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida ham bayrog‘imiz O‘zbekiston ramzi bo‘lib turibdi. Chet ellarda yurganimizda o‘sha yerda hilpirab turgan bayrog‘imizga ko‘zimiz tushishi bilan yuragimizda cheksiz faxr uyg‘onadi, ruhimiz ko‘tariladi. Bayrog‘imiz timsolida dunyoning har qaysi nuqtasida ham O‘zbekiston degan himoyachimiz, suyanchig‘imiz borligini his qilamiz.

Bayrog‘imiz bugungi kunda milliy aviakompaniya samolyotlari, xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarimiz orqali dunyoning ko‘plab mamlakatlariga “parvoz qilib”, O‘zbekistonday kelajagi buyuk davlat borligini jahonga namoyish etmoqda. Zotan, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning 2-3-moddalarida ta’kidlanganidek, davlatimiz bayrog‘i suverenitetimiz ramzidir.

Xalqaro maydonda rasmiy delegatsiyalarimizning xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalar, jahon ko‘rgazmalari va sport musobaqalarida mamlakatimiz timsoli hisoblanadi. Qonunning 13-moddasiga muvofiq, fuqarolarimiz, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar davlatimiz bayrog‘ini hurmat qilishlari shart va unga behurmatlik uchun jazo muqarrar. 

Bayrog‘imiz davlat idora va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar — qo‘yingki, barcha sarhadlarida hilpirab turibdi. Qurolli kuchlarimiz safiga chaqirilgan, harbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarimiz Davlatimiz bayrog‘i poyida Vatanni ko‘z qorachig‘iday asrash, uni o‘z sha’ni va nomusiday munosib himoya qilishga qasamyod qiladi. Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan sportchilarimizning yutuqlari qalbimizni vatanparvarlik tuyg‘usiga to‘ldiradi.

2016 yilning avgust va sentyabr oylari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan butun dunyo Olimpiada va Paralimpiadada qatnashgan vatandoshlarimiz Amerika diyorlarida Yer kurasining eng tez, eng zo‘r va eng kuchli sportchilari yig‘ilgan jahon Olimpiadasida bizni bayrog‘imizni eng oliy darajaga ko‘tarishlari – hammamizning g‘urur va iftixorimiz bo‘ldi!

Televideniye orqali bu unutilmas voqealarni tomosha qilib, Amerika diyorlarida ko‘tarilgan bayrog‘imizni ko‘rib turgan har bir o‘zbekistonlik o‘zini go‘yo o‘zi ko‘targanday his qilib, o‘zi yutganday faxrlanib, o‘zi g‘olib bo‘lganday hursand bo‘ldi! Chunki bunday holat – har birimizning g‘urur va iftixorimiz!

Page 21: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Vatan himoyasidek muqaddas burchni mardona o‘tash uchun bayrog‘imizni o‘pib qasamyod qilayotgan harbiylarimizning qalbidagi olovni, ko‘zlaridagi jo‘mardlikni ko‘rib, faxrlanamiz. Ana shunday lahzalarda hech mubolag‘asiz Vatanimiz bayrog‘ini ko‘zimizga to‘tiyo qilgimiz keladi. Bu faxrlanish aslida yurtga bo‘lgan cheksiz mehr va sadoqatning yorqin ko‘rinishidir.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ko‘p yillar davomida tayyorlanib borilgan va tasodifiy bo‘lmagan voqelik ekanligini rasmiy davlat ramzlari shakllarining tayorlanishi jarayoni ham ko‘rsatib turadi.1

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yildan ko‘proq muddatni va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olgan.

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining ramziy belgilarini ishlab chiqishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshirildi. 1990 yil 30 martda “O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi, 1991 yil 15 fevralda «O‘zbekiston davlat bayrog‘i va davlat gerbi emblemalarini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi parlament qarorlari e’lon qilindi.

Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasini qabul qilish yuzasidan konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, komissiya ekspert guruhining tarkibi taniqli olimlar: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti M.S.Salohiddinov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi P.Q.Qodirov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi A.A.Asqarov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi B.A.Axmedovlardan iborat edi.2 Davlat bayrog‘i va gerbi emblemalari chizmalariga oid takliflarni tayyorlash uchun rassomlar, san’atshunoslar B.Jalolov, R.Axmedov, J.Umarbekov, N.Axmedova, shuningdek, respublika konstitutsiyaviy komissiyasi a’zolari, madaniyat va san’at arboblari, siyosatshunos va huquqshunos mutaxassislardan iborat Oliy Kengashning maxsus komissiyasi tuzildi.

Davlat madhiyasini qabul qilish bo‘yicha tuzilgan ekspert komissiya tarkibiga taniqli musiqashunoslar, bastakorlar va boshqa mutaxassislar: O‘zbekiston Respublikasining taniqli artistlari, davlat mukofotlarining laureatlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arboblari I.Akbarov, R.Abdullayev, S.Jalil, M.Burxonov, U.Musayev, B.Umidjonovlar kirdilar.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi davlat emblemalari va ularning musiqaviy ekvivalentini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov bosqichi amalga oshirildi. Tayyorgarlik ishlari 1991 yil 11 fevralda boshlab yuborilgan bo‘lsa, iyun oyidayoq davlat bayrog‘i va gerbi loyihasiga dastlabki tanlov e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining ramziy belgilarini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan komissiyalar bayroq va gerb emblemasi hamda eng yaxshi madhiya matni uchun tanlov e’lon qildi va bu ishga mutaxassislar bilan birga keng jamoatchilik jalb qilindi.

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi loyihalarining umumxalq muhokamasi bosqichi amalga oshirildi. Bu bosqichda fuqarolar va mutaxassislar tomonidan taklif etilgan davlat bayrog‘i va gerbi emblemalarining variantlari, madhiya matni hamda musiqasi matbuotda yoritilib umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Davlat emblemalarini ishlab chiqish bo‘yicha

1 Қаранг. Ўзбекистон Республикаси давлат рамзларининг яратилиши тўғрисида. Ўразаев Ш.З. Кўрсатилган асар. 43-44 б.; Каримова Л.А. Ўзбекистон Республикасининг давлат рамзлари // Ўзбекистон Республикаси – мустақил давлат. -Т.,1994. –185-191 б.

2 Ўзбекистон Республикаси давлат рамзлари эксперт гурухининг таркиби // Совет Ўзбекистони. – Т. 1991.14-май.

Page 22: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

maxsus komissiya muhokama davomida barcha viloyatlardan ko‘plab maktublar, xilma-xil loyihalar, taklif va istaklar bitilgan xatlar oldi. Muhokamada turli kasb egalari, yoshu-qari faol ishtirok etishdi. Davlat bayrog‘i va tamg‘asi loyihalarini ishlab chiqishda B.Jalolov, T.Komilov, S.Qurbonov, I.Sattorov, A.Satnikov, B.Nishonov kabi mutaxassislar va ijodkorlarning hissasi katta bo‘ldi.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari bo‘yicha tanlov va umumxalq muhokamasi natijalarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashida umumlashtirilishi bosqichi amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat emblemalari tanlovining dastlabki olti oy ichida erishgan natijalari 1991 yil 31 avgustda ish boshlagan parlament oltinchi sessiyasida ko‘rib chiqildi. Lekin taqdim etilgan davlat bayrog‘i emblemasi loyihalari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi parlament qarorini qabul qilishda qatnashgan ko‘pchilik deputatlarni qoniqtirmadi3 va ijodiy izlanishlar davom ettirildi. Sessiyadan keyin ham maxsus komissiya ko‘rib chiqqan davlat bayrog‘i loyihasining muqobil namunalari haddan tashqari ko‘payib ketib (200 dan ortiq), bu boradagi bahslarning oxiri ko‘rinmaydiganga o‘xshadi. Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini tayyorlash topshirilgan fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari P.Qodirov bu holatni qo‘mita a’zolarining demokratik ish uslubini soddaroq tushunganliklari bilan bog‘laydi.4

O‘zbekiston Respublikasi parlamenti yettinchi sessiyasida O‘zbekiston davlat ramzlarining variantlari qanday tayyorlanayotganligi to‘g‘risida konstitutsiyaviy komissiya ekspert guruhining rahbari M.S.Salohiddinov axborot berdi. Shunday keyin tanlovda g‘olib deb topilgan davlat bayrog‘i loyihasining uch varianti parlament muhokamasiga qo‘yildi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng ularning ikkinchisi ko‘pchilik ovoz bilan asos sifatida qabul qilindi va ro‘znomalarda e’lon qilindi.5 Yangi loyihada uch rangdan iborat bayroqning yuqoridagi moviy rangli yo‘lida yarim oy va o‘n ikki yulduzning tasviri kiritildi.

1991 yil 30

3 Қодиров П. Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғига оид қонун лойиҳаси ҳақида маъруза // Халқ сўзи. 1991. -19 ноябр

4 Қодиров П. Ўзбекистон Республикаси давлат рамзларининг тарихий аҳамияти // Миллатлараро ҳамжиҳатлик барқарорлик омили. - Т., 1999. -49-б.

5 Ўзбекистон Республикаси янги давлат байроғининг рамзлари ҳақида // Халқ сўзи. 1991. 2-ноябр.

Page 23: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

sentyabr kuni davlat bayrog‘ining emblemasi parlament Qarori bilan qabul qilinadi.6 1991 yil 18-noyabr kuni parlament tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinadi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.

Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Bayroq – insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardir. Ular xalqlar hayotida sodir bo‘lgan eng muhim hodisalar mohiyatini bilib olishda kalit hisoblanadi. Bayroqlar olis o‘tmish qa’rida, eramizdan avvalgi III-II ming yillikda paydo bo‘lgan. Aslida bayroqlar va boshqa ramzlar qabilalarni bir-biridan farqlab ko‘rsatuvchi belgi sifatida yuzaga kelgan. Keyinchalik ular hukmdorlar, lashkarboshilarning hukmronligini bildiradigan ramzga aylangan.

Hozirgi paytda esa bayroqlar davlat mustaqilligi ramzi sanalib, unda mamlakatning milliy o‘ziga xosligi, tarixi aks etadi.

Bizning hududimizda ham bayroqlar juda qadim zamondan paydo bo‘lib, biz ularni qadimgi adabiy yodgorliklarda, tasviriy san’at asarlarida ko‘rishimiz mumkin.

Firdavsiyning “Shohnoma”sida temirchi Kova korjomasi etagini bayroq qilib ko‘tarib, xalqni zolim shoh, odamxo‘r Zaxxokka qarshi qo‘zg‘olonga boshlagani hikoya qilingan. Alisher Navoiyning dostonida Iskandar askarlari “bayroqlar ostida” Doro lashkariga qarshi jang olib borgani manbaalarda ma’lum.

Bobokalonimiz Amir Temur tuzgan davlat, uning mustahkam va qudratli ekanligini ham bayroqlarda ko‘rishimiz mumkin.

6 Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Қарори // Олий Кенгаш Ахборотномаси. 1992. 1-сон. 1-модда.

Page 24: samgasi.uz soati/Ахб... · Web viewO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2019 yil 15 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi

Temuriylardan Bobur bayroqlarida esa o‘ziga xoslik boshqa bayroqlardan kengligi, enli matodan qalinligi, hajm jihatdan kattaligi bilan ajralib turardi.

Hozirgi tinch va osoyishta davrda bayroqlar mustaqillik va milliylikni aks ettirib turadi. Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i sarhadimizda qadimdan mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni hamda respublikamizning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bayrog‘imizda yaxshilik, shon-shuhrat, sadoqat, poklik, xalqning navqironligi aks etgan.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i respublika davlat suverenitetining ramzidir”. Bu O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonunda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, uning standart bo‘yicha uzunligi 250 santimetr, kengligi 125 santimetrga teng. Rang enlari kengligi bir xil.

Yangi oy va yulduzlar tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qator uch va quyi qator besh yulduzdan iborat bo‘lib, bu o‘n ikki yulduz tasviri tushirilgan.  O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘idagi bu o‘n ikki yulduz qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Yulduzlar sarhadimizda qadimgi davlatlar ilmiy tafakurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Ushbu Qonunning 7-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog‘i ko‘tarilsa, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i o‘ng tomondan, boshqa davlatning bayrog‘i chap tomondan ko‘tarlmog‘i kerak” deyilgan. Bu ham bayrog‘imizga bo‘lgan hurmatning qonuniy ko‘rinishlaridan biridir.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, davlat ramzlari xuddi ona Vatan kabi aziz va muqaddasdir. Ularda xalq tarixi, buguni va kelajagi o‘z ifodasini topgan. Ramzlar va timsollar har vaqt milliy g‘urur, fidoiylik va vatanparvarlikni shakllantirishda eng muhim vositalar hisoblanib kelingan va hozir ham shunday.