soati/axborot... · web viewtibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib...

17
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 yil 23 sentabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari Samarqand 20 20 y

Upload: others

Post on 28-Feb-2021

13 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGISAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI

2020 yil 23 sentabr chorshanba kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari

Samarqand – 2020 y

Page 2: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR

MA’LUMOTLAR

QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH XALQARO JAMG‘ARMASI ISHTIROKIDA “QISHLOQ XO‘JALIGINI

DIVERSIFIKATSIYA VA MODERNIZATSIYA QILISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR

TO‘G‘RISIDAO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r ihttp://uza.uz/oz/documents/ishlo-kh-zhaligini-rivozhlantirish-khal-aro-zham-

armasi-isht-16-09-2020

ENERGIYA RESURSLARINI HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISH BO‘YICHA YAXLIT ONLAYN TIZIM YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 sentabr kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz hayot va iqtisodiyot uchun juda zarur resurslardir. Bu tarmoqlar infratuzilmasi uzoq yillar modernizatsiya qilinmagani sababli ularni yetkazib berishda yo‘qotishlar ko‘p edi. Hisob-kitobni joy-joyiga qo‘yish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Xususan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan 7 ta tuman va shaharda to‘lovlar undirilishi 40 foizga oshgan, debitor qarzdorlik esa 20 foizga qisqargan. Ushbu tizimni mamlakatimizning barcha hududlarida tatbiq etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilangan.

Yig‘ilishda elektr energiyasi hamda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bu maqsadlar uchun qariyb 1,2 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

– Bu mablag‘larning natijadorligi va qaytimi faqatgina hisoblagichlarni o‘rnatish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Iste’molchi sarf qilgan energiya resursi hajmini bilish bilan tizimdagi yo‘qotishlar va o‘g‘irliklarga chek qo‘yib bo‘lmaydi. Buning uchun “energiyani ishlab chiqaruvchi – magistral tarmoqlar – taqsimlash tarmoqlari – iste’molchi” jarayonlarining har bir zanjirini qamrab oluvchi yaxlit onlayn tizimni yaratish kerak, – dedi davlat rahbari.

Hamma joyda hisoblagichlar o‘rnatish, ularga xizmat ko‘rsatadigan servislar tashkil etib, uzluksiz ishlashini ta’minlash, malakali kadrlar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla faollari aholi bilan har kuni ishlab, qarzdorlikni vaqtida to‘lash, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirishi lozimligi aytildi.

Page 3: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

Bugungi kunda joylarda qariyb 4 million dona elektr energiyasi hisoblagichi o‘rnatilib, shundan 2 milliontasi yagona elektron bazaga ulangan. Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakunigacha yana 3,5 million dona elektr hisoblagich o‘rnatib, 2021 yil 1 martga qadar avtomatlashgan tizimni to‘liq ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, yirik iste’molchi va tadbirkorlik sub’ektlari, taqsimlash punkti hamda transformatorlarga elektron hisoblagichlar o‘rnatib, ularni ham yagona elektron bazaga ulash bo‘yicha topshiriq berildi.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati joriy yil yakunigacha aholiga 1,2 million dona, kelgusi yilning birinchi yarmida yana 2,3 million dona zamonaviy gaz hisoblagich o‘rnatishi zarurligi ta’kidlandi.

Bunda birinchi navbatda tabiiy gaz iste’moli va qarzdorlik darajasi yuqori bo‘lgan 22 ta tuman va shahar qamrab olinadi. 4 mingdan ziyod yirik iste’molchilar, gaz quyish shoxobchalari va ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, 850 ta issiqxona avtomatlashtirilgan tizimga ulanadi.

Energetika vazirligiga har bir tuman, shahar kesimida hisoblagichlarni yetkazib berish, o‘rnatish va tizimga ulash ishlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish topshirig‘i berildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlariga hududlarda ishchi guruhlar tuzib, mahalla raislari bilan birgalikda aholiga hisoblagichlar o‘rnatishni tashkillashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish vazifasi qo‘yildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” hamda “Hududgazta’minot” jamiyatlarining texnik xodimlari va IT mutaxassislarini ushbu zamonaviy tizim bilan ishlash, uning barcha imkoniyatlari va qulayliklaridan samarali foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish kerakligi ta’kidlandi. Har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ROSSIYA FEDERATSIYASI HUKUMATI RAISINING O‘RINBOSARINI QABUL

QILDIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq zamonaviy xavf-xatarlarga qaramay mamlakatlarimiz o‘rtasidagi faol muloqot davom etayotgani va ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi sur’ati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari ortayotgani kuzatilmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilyapti, qo‘shma korxonalar soni ko‘paydi.

O‘zbekiston Prezidenti koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yaqin va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi.

Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk uchrashuv o‘tkazish imkoniyati uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumati Raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Page 4: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy kooperatsiya bo‘yicha uzoq muddatli dastur tayyorlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasidagi yaqin muloqotlarni davom ettirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

TOSHKENTDA ROSSIYA FEDERATSIYASI HUKUMATI RAISINING O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

15 sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi - tomonlar o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar, shuningdek, qo‘shma tashabbus va loyihalar doirasidagi keyingi amaliy harakatlarni belgilab oldilar.

Investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli o‘sish dinamikasi qayd etildi - faqatgina joriy yilning sakkiz oyi davomida 209 qo‘shma korxona tashkil etildi va Rossiya kapitali ishtirokidagi O‘zbekistondagi korxonalarning umumiy soni so‘nggi uch yil ichida ikki baravarga ko‘payib, 2 mingtadan oshdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni kelishish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi sohasida 5,8 milliard dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda. Qo‘shma loyihalar keyinchalik uchinchi mamlakat bozorlariga sotilishi uchun har ikki mamlakat hududida yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan. Shuningdek, yangi natijador loyihalarni birgalikda ishlab chiqish orqali investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirish uchun zarur vazifalar belgilandi.

Imzolanishi ikki mamlakat o‘rtasida tovar aylanmasini oshirish uchun qulay sharoit shakllantirishga imkon yaratadigan bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar kelishuvini jadallashtirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha alohida kelishuvga erishildi. Shu nuqtai nazardan, bir qator qo‘shma tadbirlarni, jumladan, O‘zbekiston - Rossiya II mintaqalararo hamkorlik forumi, XHYuK hududida O‘zbekiston Respublikasi Ko‘rgazma-madaniy markazining ochilishi, Moskvada “Made in Uzbekistan” Milliy ko‘rgazmasi, Ta’lim forumi va Mediaforum tashkil etilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va bu boradagi faol ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Kelishilgan loyihalar va tashabbuslarni tezkor ravishda tatbiq etish va amalga oshirish jarayonini har oyda ko‘rib chiqish hamda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralarini investitsiyaviy sheriklikni oshirish imkoniyatlari va ikki

Page 5: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

tomonlama savdo hajmini ko‘paytirish mexanizmlari to‘g‘risida xabardor qilishga kelishib olindi.

Uchrashuvda, shuningdek, mehnat migratsiyasini tizimlashtirishning amaliy mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish va vatandosh-muxojirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularning Rossiya Federatsiyasida yashash va mehnat faoliyati olib borish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tartibga solingan tizimni joriy etish bo‘yicha kelgusida birgalikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 sentabr kuni suv xo‘jaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mintaqamizda suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Oxirgi 10 yilda, misol uchun, O‘zbekistonda suv hajmi 12 foizga, o‘tgan yilgiga nisbatan esa bu yil 15 foizga kamaygan.

Paxta va g‘alla yetishtirish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hamda suvni yetkazib berish xarajatlari ham ko‘p. Xususan, 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 8 milliard kilovatt soat energiya va 2,4 trillion so‘m budjet mablag‘lari sarflanmoqda. Bir gektar maydonga suvni nasoslar orqali yetkazib berish uchun budjetdan o‘rtacha 800 ming so‘m xarajat qilinyapti. Egatlab sug‘orish oqibatida yiliga qariyb 5-6 milliard kub metr еki 20 foiz suv dalada behuda sarflanmoqda.

Bunday sharoitda suvni tejash va hisobini yuritish har doimgidan ham dolzarb masalaga aylandi. O‘tgan ikki yilda Prezident va hukumatning shu sohaga doir 11 ta qarori qabul qilinib, hamma sharoit yaratib berildi.

Lekin, yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bajarilgan ishlar imkoniyat darajasida emas. Masalan, shu paytgacha 285 ming gektar, ya’ni bor-yo‘g‘i 7 foiz yerda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan. Bu borada, ayniqsa, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida qoloqlik bor. Furqat, Bo‘ka, Chinoz, Sardoba, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Kasbi, Qiziriq, Muzrabot tumanlarida suv tejovchi birorta ham loyiha tatbiq qilinmagan.

Shu bois videoselektorda suv xo‘jaligidagi ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlar kesimida tanqidiy tahlil qilinib, galdagi muhim vazifalar muhokama etildi. Kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni 600 ming gektarga yetkazish reja qilib qo‘yildi. Buning uchun davlat budjetidan zarur mablag‘ yo‘naltirish, tashabbuskorlar xarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya berish, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari resurslarini jalb qilib, salohiyatli fermer xo‘jaliklari va klasterlarga tijorat banklari orqali kredit ajratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Suv tejovchi texnologiyalar qamrovi kengayishi bilan ularni ishlab chiqarishga ham talab oshadi. Biroq, yurtimizda shunga ixtisoslashgan 13 ta korxonaning quvvati kelgusi yil ehtiyojining yarmini qoplashga ham yetmaydi. Shu bois mutasaddilarga Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Page 6: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

Sohadagi yana bir innovatsiya – klasterlar 3 ming gektardan ziyod ekin maydonini lazer yordamida tekislash orqali suv sarfini 20-25 foiz, o‘g‘itni 15 foiz tejashga, hosildorlikni kamida 10 foizga oshirishga erishgan. Davlatimiz rahbari bu tajribani keng qo‘llab, paxta, g‘alla va sholi maydonlarini lazer yordamida tekislash muhimligini ta’kidladi. Moliya vazirligiga ushbu texnologiyani joriy qilishga Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan kamida 250 milliard so‘m kredit ajratish topshirildi.

Joriy yilda Quyichirchiq, Narpay, Bulung‘ur, Sardoba, Nishon, Kasbi tumanlarida suv xo‘jaligi ob’ektlari xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berilib, namunaviy loyiha amalga oshirilmoqda. Bu orqali mazkur inshootlar modernizatsiya qilinib, ekspluatatsiya xarajatlari anchayin qisqaradi. Yig‘ilishda bunday loyihalarni boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Suv isrofiga sabab bo‘layotgan muammolardan yana biri shuki, bugungi kunda 3 mingdan ziyod suv o‘lchash postlarining atigi 2 foizi, 400 ta yirik suv ob’ektining 2,5 foizida boshqarish tizimi avtomatlashgan, xolos. Shu bois Suv xo‘jaligi vazirligiga yil yakunigacha 150 ta, kelgusi yildan barcha o‘lchash postlarida suvni onlayn rejimda nazorat qiluvchi avtomatlashgan tizim joriy etish vazifasi yuklatildi.

Ma’lumki, bu yildan qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi. Shu bilan birga, suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foizga pasaytirildi. Prezident ushbu kamaytirilgan stavkani kelgusi yilda ham saqlab qolish zarurligini ta’kidladi.

Sug‘orish me’yorlarini hisoblash metodikasini BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) talablariga moslashtirish, suv hisoblagichlar o‘rnatgan iste’molchilarni rag‘batlantirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga kollektor suvlarida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Namangan tajribasi asosida gidrogeologik qidiruvlarni kengaytirib, yerosti suvlaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda suv xo‘jaligi sohasida fan va ta’limni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish ishlariga ilmiy xodimlarni biriktirish muhimligi ta’kidlandi. Bu orqali fan namoyandalari ob’ektlarning loyihaoldi hujjatlarini tayyorlashdan ularni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan jarayonlarda qatnashib, qurilish ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatib boradi. Fan va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanib, kelgusidagi loyihalar puxta ishlab chiqilishida qo‘l keladi.

KOMMUNAL SOHADAGI LOYIHALAR VA TARIFLAR MAHALLIY KENGASHLAR BILAN KELISHILADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 sentabr kuni ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Kasallik hamon butun dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgani, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham bemorlar soni ko‘paygani afsus bilan qayd etildi. Temir intizom va tartibni ta’minlab, barcha joylarda sanitariya talablariga qat’iy amal qilish kerakligi yana bir bor ta’kidlandi.

Page 7: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

Kuz mavsumida shamollash ko‘payishi, koronavirusga qo‘shimcha boshqa kasalliklarning ortishini inobatga olib, bemorlar uchun yaratilgan zaxira o‘rinlarini ko‘paytirish, zarur tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va maktab o‘qituvchilarini, 65 yoshdan oshgan keksalarni grippga qarshi emlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

Kommunal tarmoqlarning barqaror faoliyati aholi turmush sifatini ta’minlaydigan eng muhim omillardan. Shu bois davlatimiz tomonidan bu masalaga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Joriy yil 17 iyul kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sohadagi muammolar muhokama qilinib, ishni yangicha tartibda tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Shunga muvofiq, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimidagi loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, tariflarni belgilashni mahalliy kengashlar bilan kelishish tartibi joriy qilinmoqda.

Misol uchun, Olmaliqdagi ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga qarashli 52 ta nasos yangilanishi natijasida korxonaning umumiy xarajati 22 foizga, elektr energiyasi sarfi 2 baravarga qisqargan. Shahar aholisi sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. Xuddi shuningdek, so‘nggi 3 yilda amalga oshirilgan loyihalar natijasida Guliston shahrining ichimlik suvi ta’minoti masalasi ham to‘la hal bo‘ldi.

Yig‘ilishda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ushbu tajriba asosida kelgusi yil uchun mo‘ljallangan 28 ta yangi loyihani mahalliy kengashlar bilan kelishish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, joriy yilda yakuniga yetkaziladigan 360 ta loyihani qabul qilib olish bo‘yicha topshiriq berildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb 2 mingta aholi punktiga markazlashgan suv yetkazib berish texnik jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham maqsadga muvofiq emas. Shu bois bunday hududlarni xususiy sektor orqali suv bilan ta’minlash ma’qul kelmoqda.

Misol uchun, O‘zbekiston tumanida ijtimoiy sheriklik asosida quduq ishga tushirilib, 6 ta uzoq qishloqdagi 11 ming aholi ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi. Bunga ketgan xarajatlar 2 yilda o‘zini qopladi. Shuningdek, Amudaryo tumanida 8 ta suv tozalash shoxobchasi qurilib, 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan 7 ta mahalla toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Loyiha 3 yilda o‘zini oqlaydi.

Bu tizimning qulayligi shundaki, ichimlik suvi ob’ektlari qurish va uskunalar xarid qilish uchun xususiy sektorga kredit berilib, uning 14 foizidan yuqori qismiga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Bugungi kunda ko‘plab tadbirkorlar shunday loyihalarda ishtirok etish istagini bildirmoqda.

Yig‘ilishda mamlakat bo‘ylab 27 ta tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tanqid qilindi. Mavjud 70 ming kilometr suv quvurlarining 32 foizi eskirgan. Oqibatda ulardagi yo‘qotishlar darajasi 40-50 foizni tashkil etmoqda. Bu yiliga qariyb 500 million kub metr suv yoki o‘rtacha 300 milliard so‘m degani. Bundan tashqari, joylardagi nasos uskunalari va maxsus texnikalar ham ta’mirtalab bo‘lib qolgan.

Shu bois kelgusi yildan investitsiya dasturlarida sohaga ajratilayotgan mablag‘ning 10 foizini suv ob’ektlariga energiya tejovchi uskunalar o‘rnatish hamda maxsus texnikalar xarid qilish uchun yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Videoselektor yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalasi ham muhokama qilindi.

Page 8: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

Bu yil qish sovuq kelib, havo harorati oldingi yillarga nisbatan 2-5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga tuman va shaharlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, kuz-qishga tayyorgarlik yuzasidan Toshkent shahrining 12 ta tumani, Qoraqalpog‘iston va har bir viloyat bo‘yicha alohida-alohida qaror qabul qilish topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Toshkent shahri tumanlariga, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari viloyatlarga shu masalalar bo‘yicha mas’ul etib biriktirildi. Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol og‘ir bo‘lgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi ta’kidlandi.

1 noyabrga qadar 3 mingdan ziyod ta’mirga muhtoj ko‘p qavatli uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 131 ta ijtimoiy soha ob’ektini mukammal va 3 mingtasini joriy ta’mirlash vazifasi qo‘yildi. Tibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.

Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi qayd etilib, ularni g‘amlash va yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ko‘mir arzon bo‘lishi uchun uni import qiluvchi tadbirkorlarga temir yo‘lda tashish bo‘yicha chegirma berish muhimligi ta’kidlandi.

Bosh prokuraturaga ko‘mir narxini asossiz oshirib yuborish, tamagirlik va talon-toroj holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga tabiiy gaz tanqis hududlarga 385 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.

Joriy mavsumda elektr energiyasiga talab o‘tgan yilgiga nisbatan 7,5 foiz ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Bu soha barqaror ishlashi uchun issiqlik elektr stansiyalarini tabiiy gaz va mazut bilan ta’minlash, elektr tarmoqlari, podstansiya va transformatorlarni ta’mirlash muhimligi ta’kidlandi.

USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN

YORDAMCHI MATERIALLAR

MAVZU: KITOBXONLIK BUYUK KELAJAK KAFOLATIBuyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari “Kitob – beminnat

ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai” deb kitob haqida eng yuksak e’tirofni keltiradi. Bu bejizga emas. Kitobni qo‘liga olgan inson undan ilm izlasa ilm, axloq izlasa axloq, fikr izlasa, yaxshi g‘oyalar topadi. Kitob bilan do‘stlashish isonni komil shaxs sifatida tarbiyalaydi, bilmaganini o‘rgatadi, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Shu sababli ajdodlarimiz ilm o‘rganish va kitob o‘qishga hamisha eng muhim vazifa sifatida qarab kelishgan.

Qur’oni karimning ilk nozil bo‘lgan oyati “O‘qi” amri bo‘lgan. Ota-bobolarimiz ilm o‘rganish, kitob yozish va o‘qish borasida hamisha boshqalarga o‘rnak bo‘lishgan. Tarixdan bizga ma’lumki, ilgari Yassaviy, Bedil, Fuzuliy, Maxtumquli, Mashrab g‘azallarini yod bilmaslik or sanalgan. O‘tmishda xorijdan yurtimizga sayohat yoki tijorat niyatida kelgan mashhur shaxslar bu yerdagi kutubxonalar va kitob do‘konlarining ko‘pligi va kitoblarning xilma-xilligini ko‘rib hayratlanganlar. Buyuk Ipak yo‘li orqali faqatgina qimmatbaho

Page 9: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

gazlamalaru, qog‘ozlar va chinni buyumlargina emas, balki qog‘oz va kitoblar ham keltirilgan. Va kitob rastalari eng mashhur kitoblar bilan bezalgan. Bundan tashqari har bir musulmon odamning axloqi yuksakligi uning qancha kitob o‘qiganligi, savodi va ma’rifatparvarligi bilan o‘lchangan. Tarix zarvaraqlarini varaqlasangiz, yurtimizda kitobxonlik keng yoyilgan vaqtlarda farovonlik, taraqqiyot ham yuksak bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz. Markaziy Osiyoda Somoniylar, Qorahoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar, Shayboniylar kabi sulolalar hukmronligi davrida kutubxonalar va kitob do‘konlari ayniqsa, juda keng tarqalgan. Ularda nafaqat yurtimizda yetilib chiqqan allomalar, balki o‘z zamonasi ilm-fanining yetuk namoyondalarining asarlari mavjud bo‘lgan. Fanning barcha sohalaridagi asarlar ana shu kitoblardan olingan mustahkam poydevor asosida yaratilgan. Kitoblar o‘zining murakkabligiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Markaziy Osiyo kitob do‘konlarida xorijlik allomalar asarlarining tarjimalari ham, ularga yozilgan sharhlar ham birdek tarqalgan. Jumladan, Yevropada “avisenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali ibn Sino o‘zi tushunolmagan yunon faylasufi Arastu (Yevropada Aristotel) ning falsafiy asarini yurtdoshlarimiz faroblik faylasuf Abu Nasr Farobiyning unga yozgan sharhini o‘qigach tushuna olgan. Ibn Sino bu kitobni Buxorodagi kitob bozoridagi do‘konlarning biridan sotib olgan.

Kitob – tuganmas xazina, undan olgan bilimlarni umrning oxirigacha ham sarflay olmaymiz. Inson uchun u yaqin hamroh, do‘st, maslahatchi va ustozdir. Negaki, u aqlni peshlovchi qayroqdir. Kitob tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, muqaddas deb e’zozlaydi. Ma’naviy jasorat sohibi deb ardoqlangan atoqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov dunyodagi yetti mo‘‘jizaga ta’rif berib «...etti mo‘‘jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug‘ligiga qo‘yilgan mangu obida bo‘lib kelmoqda. Biroq, shunday bo‘lsa-da, olamda yana bir mo‘‘jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo‘‘jizaning jamiki ulug‘vorligi, go‘zalligidan kamlik qilmaydi. Bu mo‘‘jiza – kitob. Kitobning mo‘‘jiza, mo‘‘jiza bo‘lganda ham birinchi mo‘‘jiza ekanligini ko‘pgina buyuk odamlar qayd qilgan» deb yozadi.

Kitobning birinchi mo‘‘jiza ekaniga butun vujudi bilan ishongan adabiyotshunos olim fikratining teran tomirlari qanday sarchashmalardan suv ichganini galdagi mulohazalar tasdiqlaydi. Jumladan, yozuvchi va dramaturg C.Sveyg “Qayerdaki kitob bor ekan, u yerda odam o‘zi bilan o‘zi uzlatda, o‘z ko‘lami doirasida qolib ketmaydi, u o‘tmish va bugungi kunning barcha olamshumul yutuqlariga, butun insoniyatning fikr va tuyg‘ulariga oshno bo‘ladi”, deb yozadi. Yozuvchi va faylasuf J.Svift “Kitoblar aql farzandlaridir”, desa, pedagog va yozuvchi Ya. Komenskiy “Kitoblar donishmandlikni yoyish qurolidir”, deydi. Ko‘rinib turibdiki, ma’naviy kamolotga yetaklovchi beminnat ustoz va bitmas-tuganmas ma’naviyat maxzani sanalgan kitob haqidagi fikrlarni bir joyga jamlasa, ularning o‘zi bir kitob bo‘lishi, shubhasiz.

Page 10: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

Kitobxonlik ehtiyojga aylanmog‘i zarur“Kitob”, “kitobxonlik”, “kutubxona” so‘zlarining o‘zagi aslida

arabchadan olingan va bir maqsadga, ya’ni inson ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi. Amir Temur “Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”, deya uqtirgan.  Ziyo nuriga cho‘mgan oilaning farzandlari, shubhasiz, Vatanimiz kelajagi, xalqimiz ishonchi va tayanchidir. Bu – bizning bugungi xulosamiz. Biroq bundan yarim asr oldin oddiygina ishchi bo‘lgan ota bepoyon yurtimizning eng chekka go‘shasida jinchiroq yorug‘ida farzandlariga asriy asotirlaru ardoqli adiblar asarlarini o‘qib berganida xayolidan nimalar o‘tgan ekan? Ehtimol, kitobning ma’naviyat xazinasi ekanini teran anglagani uchun ham, ishdan horib-tolib kelishiga qaramasdan, kitobxonlikni kanda qilmagandir. Balki, zamon to‘lqinlarida suzuvchi va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalari bo‘lgan kitoblar kun kelib farzandlarini kamolot sohiliga yetkazishini orzulagandir... Zero, yoshlar tarbiyasi va kamolotida kitobxonlikning o‘rni beqiyos.

Shubhasiz, kitob o‘qish ma’naviy olamni boyitadi, so‘zlashuv madaniyatini oshiradi. Buyuk ajdodlarimizdan qolgan milliy boyligimizni avaylab-asrash, ularni o‘rganish va afkor ommaga targ‘ib qilish uchun ham kitob o‘qish lozim. Keyingi yillarda kitobxonlik va kitob mutolaasiga e’tibor yuksak darajaga ko‘tarildi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganidek, “Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda!”. Prezidentimiz ushbu so‘zlarni Turkiyaga qilgan tashrifi chog‘ida katta minbardan turib baralla aytdilar. Bir qarashda bu so‘zlar juda oddiy, ammo shu bilan birga, asrlik ma’naviyatimizni o‘zida mujassam eta olgan. Shu sababli ham yurtboshimiz buni chuqur ma’nosini anglagan holda hukumatning bir necha qaror va farmoyishlariga imzo chekdilar. Bulardan, “O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 16 martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4640 qarori, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respulikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni

Page 11: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi PQ-4354 qarori shular jumlasidandir.

E’tirof etish joizki, yuqorida tilga olingan Prezident farmoyishi va qarorlari kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rnini yuqori bosqichga ko‘targanligi bilan ham ahamiyatlidir. Bu muhim hujjat mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni izchillik bilan amalga oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarimizning barkamol bo‘lib tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Har qanday buzg‘unchi kuch va xurujni yuksak ma’naviyat bilan yengish mumkin. Shu ma’noda kitobxonlik bugun barchamiz uchun hayotiy zaruratga aylanmog‘i kerak. Ushbu masalaga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilib, bu borada muhim vazifalarning belgilab berilayotganligi aholi o‘rtasida yuksak ma’naviy ong va ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilish yo‘lida barchamiz uchun yangi ibrat bosqichini boshlab berdi, de-yish mumkin.

Mamlakatimiz rahbarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib gapirayotganliklarida o‘ziga xos chuqur falsafa bor. Shu sababli 2019 yilda Prezidentimiz 5 ta muhim tashabbusni ilgani surdi, unda yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalardn foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va xotin qizlar bandligini oshirish masalalari o‘rin oldi. Ushbu 5 tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Bu esa mamlakat rahbarining eng avvalo, yoshlarning ma’naviyatli, madaniyatli bo‘lishida kitob qanchalar beqiyos o‘ringa ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Kitobning insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk, mu’jizakor kuch, qolaversa, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib berishga qodir mash’ala ekanini namoyon qildi. Bugun Respublikamizning barcha tizimlarida kitobxonlik, kitob mutolaasini targ‘ib qilish va uning inson kamolotidagi o‘rni, ahamiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimiz bo‘ylab, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida ham kitobxonlik va kitob mutolaasi bo‘yicha muntazam ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Eng faol bilimdon kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi minglab yoshlarni kitobsevarlik va kitobxonlikka undash bilan bir qatorda joylarda, hududlarda bu boradagi targ‘ibot ishlarida ularning ham

Page 12: soati/Axborot... · Web viewTibbiyot va ta’lim muassasalarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi

faolligini oshirdi. Muntazam ravishda o‘tkazilayotgan ma’naviyat soatlari, adiblar xiyoboniga tashriflar, adiblar soati, adabiy-badiiy to‘garaklar foliyatlari joriy qilinib, yoshlarning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda katta rol o‘ynamoqda. Kitobni sevmagan, unga mehr qo‘ymagan odam har qanday jaholatdan qaytmaganidek, kitobga mehri bo‘lakcha inson o‘z kamolotining cho‘qqisiga erishadi.“Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan holi hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi. Kitobdek do‘st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham “Kitob aql qal’asidir”, degan buyuk mutafakkir Muhammad Jabalrudiy.

Barkamol avlodlarni o‘stirib voyaga yetkazish, kelajakda farovon turmush qurishni orzu qilib intilib yashayotgan har qanday jamiyat, shu jumladan o‘zbek xalqining kelajagi kitobxonlarning ko‘pligiga ham chambarchas bog‘liq. Xulosa o‘rnida Abdurahmon Jomiy hazratlarining quyidagi misralarini yodga olish o‘rinlidir:

Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda,G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.U bilan qol tanho, hech bermas ozor,Joningga yuz rohat beradi takror.