boshqaruvda axborot texnologiyalari -...

81
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYA A. A. IMINOV, M. X. DJAMATOV BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI Ma’ruzalar kursi Mas’ul muharrir fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim I. M. Karimov TOSHKENT – 2017

Upload: others

Post on 11-Sep-2019

51 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M IY A

A. A. IMINOV, M. X. DJAMATOV

BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Ma’ruzalar kursi

Mas’ul muharrir fizika-matematika fanlari nomzodi,

katta ilmiy xodim I. M. Karimov

TOSHKENT – 2017

Page 2: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

Ta qr i zc hi l a r :

Toshkent viloyati IIB Axborot markazi boshlig‘i O.Shohakimov;

yuridik fanlari doktori, professor A.A.Xamdamov I–23

Iminov A. A. Boshqaruvda axborot texnologiyalari: Ma’ruzalar kursi /

A.A.Iminov, M.X.Djamatov; Mas’ul muharrir fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim I.M.Karimov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. – 81 b.

Ushbu ma’ruzalar kursida ichki ishlar organlari boshqaruvida axborotlashtirish

jarayoni, boshqaruv axborot tizimlari va ulardan samarali foydalanish; boshqaruvni tashkil etishda zarur bo‘lgan dasturiy va axborot ta’minotining asosiy turlari; elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishining ahamiyati; axborotlarni tahlil qilish, ularga ishlov berish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy vositalar imkoniyatlarini; mavjud huquqiy ma’lumotnoma axborot tizimlaridan foydalanishni; jinoyatlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini tashkil etishda hududning kriminogen holatini tahlil va bashorat qilish, axborot tarmoqlarida ma’lumotlar almashinuvi jarayoni, axborot tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilish usul va vositalari, axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari, kompyuterda sodir etiladigan jinoyatlar va ularning xususiyatlari, nazariy jihatlari yoritilgan.

IIV Akademiyasining OAK tinglovchilari, professor-o‘qituvchilari va ichki ishlar idoralarining amaliyotdagi xodimlariga mo‘ljallangan.

BBK 73ya73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017

Page 3: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

3

KIRISH

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholaydigan axborot-kom-munikatsiya infratuzilmasining rivojlanishi, elektron iqtisod, masofadan turib ta’lim berish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) davlat boshqaruvida foydalanish va AKT sohasidagi davlat siyosati kabi muhim ko‘rsatkichlar axborotli jamiyatning asosini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini shakllantirishga katta ahamiyat berilmoqda. 2017-yil 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan «Inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo uning huquq va erkinliklari, osuda va farovon hayoti himoya qilinmog‘i kerak» mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi, muammolarni kabinetda o‘tirib emas, balki xalq orasida yurib aniqlashga va ularning yechimini topishga qaratish, yakuniy natija uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini qisqa muddatlarda hal qilish, ishda aniq tartib va qat’iy intizom o‘rnatish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldini olish va bunday illatlar ildizini quritish – ichki ishlar organlarining ustuvor vazifasi ekanini alohida ta’kidladi 1.

Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargan rahbar xodimlarimiz, mutaxassislarimiz faoliyatiga ko‘p jihatdan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois, yangicha fikrlaydigan, o‘z xizmat sohasi va faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texno-logiyalarini samarali qo‘llay oladigan, yuksak malakali, chuqur bilimli rahbar xodimlarni tayyorlash bugungi kunda davr talabi bo‘lib qoldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида 2017 йил 9 февраль куни ички ишлар органлари фаолияти, тизимда мавжуд муаммо ва камчиликлар, истиқболдаги вазифаларга бағишланган «Инсон манфаатларини таъминлаш учун аввало унинг ҳуқуқ ва эркинликлари, осуда ва фаровон ҳаёти ҳимоя қилинмоғи керак» мавзусидаги видеоселектор йиғилиши материаллари.

Page 4: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

4

Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasini besh bos-qichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Bunda yillarga beriladigan nom-larga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Mazkur yo‘nalishda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilishi belgilab qo‘yilgan1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengayti-rilgan majlisidagi «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» nomli ma’ruzasida quyidagi fikrlarni bildirganlar: «Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu o‘rinda asosiy muammo, mening nazarimda, quyidagilardan iborat: Birinchidan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda. Ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilmoqda. Va nihoyat, uchinchi asosiy kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinet-dan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal etishga odatlanib qolgani bilan bog‘liq».

Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarni hayotimizning barcha jabhalariga keng joriy etish zarur. Bu tadbir avvalambor barcha sohalarda faoliyat olib borayotgan rahbar xodim-larning tashabbuskorligiga daxldor, ta’bir joiz bo‘lsa, Birinchi Prezidenti-miz aytganlaridek, «..buning uchun birinchi navbatda tashabbus va yana bir bor tashabbus ko‘rsatishimiz, tadbirkorlik va izlanuvchanlik bilan yashashimiz shart. Bu masala avvalo barcha rahbar va mutasaddilarga daxldor ekanini yaxshi anglab olishimiz darkor».

1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. – Халқ сўзи. – 2017. – 8 февр. – №28.

Page 5: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

5

1. AXBOROTLASHTIRISHNING NORMATIV-HUQUQIY

ASOSLARI

1.1. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va

uni tarqatish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy Qonunimizning 30-moddasida O‘zbekiston Respublika-sining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilangan.

Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnolo-giyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir1.

Axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan keng ko‘lamli foydalanish tufayli jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida axborot va bilimlardan foydalanish samaradorligi oshdi. Buning natijasida fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilib, axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxs-larning axborot resurslariga ishlov berish va foydalanuvchiga hujjatlash-tirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tarmoqlari va tizimlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ehtiyojlari qondiriladi.

Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomil-lashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini inobatga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston hukumati axborotlashtirishga iqtisodiy rivojlanish va aholining turmush darajasini oshirishning strategik ustuvor yo‘nalishi sifatida qaramoqda. Axborotlashtirish va telekommukatsiyalar sohasida AKT faoliyat ko‘rsatishining muhim iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy

1 Ўзбекистон Республикасининг "Ахборотлаштириш тўғрисида"ги 2003 йил 11 декабрь қонуни / Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. – №1-2. – 10-м.

Page 6: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

6

asoslarini belgilab beruvchi qonunchilik bazasi yaratilgan va takomil-lashtirilib borilmoqda.

AKT sohasining huquqiy bazasini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Pre-zidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, yuzlab qonunosti hujjatlari qabul qilingan.

Jumladan: «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun1 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy vazifa-lari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kim-ning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foy-dalanish va saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek axbo-rotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iboratligi qayd etilgan. Qonunda axborot, axborot mulkdori, axborotni muhofaza etish, axborot resurslari, axborot borasidagi xavfsizlik, axborot egasi, maxfiy axborot, ommaviy axborot, hujjatlashtirilgan axborot tushunchalariga ta’riflar berilgan.

«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun2 (yangi tahrirda) 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda axborotlashtirish, axborot resurslari, axborot texnolo-giyalari, axborot tizimlari, axborot resurslarining yoki axborot tizimla-rining mulkdori; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi, bloger tushunchalariga ta’rif berilgan. Axborotlashtirish sohasidagi dav-lat siyosatining asosiy yo‘nalishlari keltirilgan. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shartligi belgilangan.

«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun3 1999-yilning 20-avgusti-da qabul qilingan va unga 2011-yil 30-dekabrda o‘zgartish va qo‘shim-chalar kiritilgan bo‘lib, telekommunikatsiyalarni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda telekommunikatsiya tarmoqlarining turlari keltirilgan, bular

1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2003.–

№1. – 2-м. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. –

№1-2. – 10-м 3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2011. – №52. –

557-м.

Page 7: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

7

umumfoydalanish tarmoqlari, idoraviy va ajratilgan tarmoqlarga bo‘linadi. Qayd etilganki, telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, tele-kommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari belgilab berilgan, telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan. Qonunda telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlashga talablar; bozor ishtirokchilariga tele-kommunikatsiya tarmoqlarini va xizmatlar bozorini yaratish va rivojlan-tirishdan teng asosda foydalanish kafolatlari; tariflari maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadigan «universal telekommunikatsiya xizmatlari» tushunchasi; telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar belgi-lash tartibi; telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon suhbatlari, telegraf va boshqa xabarlar sirini saqlash bo‘yicha majbu-riyatlar belgilangan.

«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun1 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan, u elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo (ERI) va qog‘ozdagi o‘z qo‘li bilan qo‘yilgan imzoning tengligini tan olish shart-larini belgilaydi. Qonunda ERI va elektron hujjat tushunchasi; ERIdan foydalanishni tartibga solish Vazirlar Mahkamasi va maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi; maxsus vakolatli organ vakolatlari, shu jumladan, ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining davlat ro‘y-xatiga olinishini amalga oshirish; ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markaz-larining vazifalari, majburiyatlari va mas’uliyati; ERI kaliti sertifikatiga, uni berish, to‘xtatib turish va bekor qilishga talablar; yopiq ERI kalitlari egalarining va ochiq ERI kalitlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.

«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun2 2004-yilning 29-ap-relida qabul qilingan bo‘lib, u elektron hujjat aylanishi sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Qonunda elektron huj-jatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan teng yuridik kuchga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Qonunda elektron hujjatning majburiy rekvizitlari; elektron hujjatning asl nusxasi va nusxasi, hujjatning jo‘natuvchisi, qabul qilib oluvchisi va axborot vositachisi tushunchalari; elektron hujjatni jo‘na-

1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. –

№1-2. – 12-м. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. –

№ 5 – 81-м.

Page 8: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

8

tish va qabul qilish shartlari; elektron hujjatlarni saqlash va himoyalashga qo‘yiladigan talablar belgilangan.

«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun1 2004-yilning 29-aprelida qabul qilingan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonundan ko‘zlangan maqsad – respublikada elektron tijorat rivojlanishi uchun teng huquqiy shart-sharoitlar yaratish. Qonunda elektron tijorat ishtirokchilari; elektron tijoratda shartnomaviy shartlar va shartnoma tuzish shartlari; elektron tijoratda ofertaga qo‘yiladigan talablar; elektron tijoratda elektron hujjatlardan bitim tuzilishida dalil sifatida foydalanish shartlari; elektron tijorat ishtirokchilarining majburiyatlari va mas’uliyati belgilangan.

«Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi qonun2 2005-yil 16-dekabrda qabul qilingan, u elektron to‘lovlarni amalga oshirish paytidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonundan ko‘zlangan maqsad – elektron shakldagi to‘lovlarni amalga oshirish uchun huquqiy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Qonunda elektron to‘lov hujjatlarini yaratish, ularga ishlov berish va saqlashga oid talablar belgilab qo‘yilgan. Qayd etilganki, elektron to‘lov hujjati pulli hisob-kitob hujjatiga tenglashtirilgan bo‘lib, ular bilan teng yuridik kuchga ega, elektron to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, to‘lov tizimidagi ma’lumotlarning xavfsizligi va himoyalanishi-ni ta’minlash bo‘yicha talablar belgilangan. Qonunda elektron to‘lov, to‘lov tizimi tushunchalari, ularning turlari: banklararo va bank ichidagi to‘lov tizimlari va chakana to‘lovlar tizimi; to‘lov tizimi mazmuni va qoidalariga oid talablar; to‘lov tizimi subyektlari: to‘lov tizimi a’zolari va to‘lov tizimidan foydalanuvchilar; to‘lov tizimi a’zolari va foydala-nuvchilarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, ularning o‘zaro munosabatlari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javob-garlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2007-yil 25-dekabrdagi qonuniga3 muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga ayrim o‘zgar-

1 Ўша манба. – 82-м. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ахборотномаси. – 2005. –

№12 – 412-м. 3 Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007 – №52. –

532-м.

Page 9: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

9

tish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, kodeks oltita moddadan iborat yangi mazmundagi «Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyat-lar» deb nomlangan XX1 bob bilan to‘ldirilgan. Ushbu bobda axborot-lashtirish qoidalarini buzish; kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish; kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish; kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish; kompyuter sabotaji va zarar kelti-ruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga «Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish» nomli 1551-modda kiritilib, unda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqil-gan hamda 2014-yil 5-mayda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va bosh-qaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun1 fuqaro-larning axborot olishga oid konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini mus-tahkamladi. Shuningdek, mazkur huquqiy hujjat axborotni, avvalo, fu-qarolarning bevosita huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni olish mexanizmlarini aniq belgilab berdi.

«Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonun2 2015-yil 9-dekabrda qabul qilingan. Ushbu huquqiy hujjat davlat organlari faoliyatining samarador-ligini yanada oshirishga, aholiga, jismoniy va yuridik shaxslarga AKT keng foydalanish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomil-lashtirishga qaratilgan. Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunda elektron hukumat, davlat xizmati, so‘rov, ariza beruvchi, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron hukumatning yagona identifikatorlari, elektron davlat xizmatining reglamenti, elektron davlat xizmati kabi tushunchalarga ta’riflar berilgan. Qonun elektron hukumat faoliyatini tashkil etishning davlat organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligi, da’vo qiluvchilarning elektron davlat xizmatlaridan teng foydalanishi, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi prinsiplarini mustahkamlaydi. Hujjat shu jumladan, «bir darcha» prinsipi asosida elektron hujjat almashish imkoniyatlarini ken-

1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2014. – №19. – 209-м.

2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №49. – 611-м.

Page 10: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

10

gaytiradi, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro aloqaning sama-rali mexanizmlarini yaratishni, elektron davlat xaridlari tizimini rivojlan-tirishni nazarda tutadi. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashi shart-ligi belgilangan. Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ va boshqa davlat organlari amalga oshirishi ko‘rsatilgan va ularning elektron hukumat sohasidagi vakolatlari keltiril-gan. Elektron davlat xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovga va so‘rala-yotgan elektron davlat xizmati bo‘yicha beriladigan javobga doir talablar belgilangan. Elektron hukumat infratuzilmasi: markaziy ma’lumotlar baza-laridan; idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan; davlat organlari-ning axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualari-dan; davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan; ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan iboratligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunika-tsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi 3080-sonli farmoni1 axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kom-pyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi 4702-sonli farmoni2 bilan davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, mam-lakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida zamonaviy axborot texno-logiyalari va kommunikatsiyalarini, «elektron hukumat» tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilma-

1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2002. – №4-5. – 98-м.

2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №5. – 52-м.

Page 11: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

11

sini va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish maq-sadida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekom-munikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-tirish vazirligi tashkil qilingan va uning asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 614-sonli qarori1 axborotni muho-faza qilishning kriptografik vositalari hamda kriptografiya tizimlaridan foydalangan holda maxfiy yoki davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlar bayon etilgan axborotni muhofaza qilish faoliyatini tartibga solish maq-sadida qabul qilingan. Unda axborotni kriptografik muhofaza qilish soha-sidagi asosiy vazifalar belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1730-sonli qarori2 O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonu-niga muvofiq hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy AKTdan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikasiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1989-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan «2013–2020-yillarda O‘zbekistonda telekommu-nikatsiya texnologiyalari, aloqa infrastrukturasi va tarmog‘ini rivojlan-tirish dasturi»ga muvofiq, mamlakatimizda «Elektron hukumat» tizimi-ning axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha 16ta yirik loyiha va chora-tadbirlar, shu jumladan, ma’lumotlar milliy bazasi, axborot tizimlari va ma’lumotlarni qayta ishlash idoralararo markazi tashkil qilinishi, idoraviy axborot tizimlarining o‘zaro integra-tsiyasi va davlat xizmatchilarining elektron hukumat tizimiga oid bilim-lari va ko‘nikmalarini oshirish hamda rivojlantirish yuzasidan tayyorlash

1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – №14. – 140-м.

2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2012. – №13. – 139-м.

Page 12: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

12

va qayta tayyorlash, aholiga davlat hokimiyati organlari bilan elektron shaklda muloqot o‘rnatish uchun imkoniyat yaratish, davlat boshqa-ruvida «yagona oyna» tamoyilini joriy etish kabi vazifalar belgilangan. Dasturda belgilangan loyihalarning amalga oshishi ko‘rsatilayotgan xiz-matlarning yuqori sifatliligini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy yuqori texnolo-giyali infratuzilmasini yaratish imkonini beradi hamda iste’mol bozori-ning barcha jabhalarida interaktiv xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitni yuzaga keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sen-tabrdagi «Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida» 215-sonli qarori1 O‘zbekis-ton Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunini bajarishga, respublikada ERIdan foydalanish sohasidagi me’yoriy-huqu-qiy bazani takomillashtirishga, ERIdan foydalanish bo‘yicha kalitlarni ro‘yxatga olish markazlari faoliyatini tashkillashtirishga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabr-dagi «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillash-tirish to‘g‘risida» 256-sonli qarori2 «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun ijrosini ta’minlash, axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot tizimini barpo etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan. Unda Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi va Davlat organlarining axborot tizim-larini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlar tasdiqlangan hamda birinchi Nizomning ilovasida Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yila-digan asosiy talablar berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fev-raldagi «Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida» 27-sonli qarori3 respublikada davlat axborot resurslarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. IIV tomonidan «Integratsiyalangan ma’lumotlar bazasi (jismoniy shaxslar)» nomli davlat axborot resursini yuritish belgilangan.

1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2005.– №39. – 297-м.

2 Ўзбекистон Республикасининг ҳукумати қарорлари тўплами – 2005. – №47-48. – 355-м.

3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2006. – №8. – 51-м.

Page 13: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

13

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 181-sonli qarori1 davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan. Qarorda AKTdan foydalan-gan holda interfaol davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi Nizom, bazaviy interfaol davlat xizmatlari reyestri tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlan-tirish vazirligi zimmasiga Interfaol davlat xizmatlari reyestrini yuritish vazifasi yuklangan. Bazaviy interfaol davlat xizmatlari reyestriga IIV tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan xizmatlar (Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish; Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish; Yuridik va jismoniy shaxs-larning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini ko‘rib chiqish) kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-may-dagi «Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 87-sonli qaroriga2 asosan IIV tomonidan yaratilgan bir qancha ma’lu-motlar bazalari (jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining ma’lumotlar bazasi, haydovchilik guvohnomasi olgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi, ma’muriy huquqbuzarliklarning ma’lumotlar bazasi va boshqalar) Davlat axborot resurslari hisobiga kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-fev-raldagi «Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisob-ga olish tizimini tashkil etish to‘g‘risida» 39-sonli qarori3 statistik axbo-rotlarning yagona tizimini yanada rivojlantirish, ma’muriy jazoga tortil-gan shaxslarni hisobga olish tartibini takomillashtirish va ularning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan bosh tortishiga ko‘maklashadigan

1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – №33-

34. – 348-м. 2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2008. – №19. –

159-м. 3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2011. – №7-8. – 61-м.

Page 14: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

14

shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan. Qarorda ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 378-son qarori1 bilan elektron hukumat milliy tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga axborot texnologiyalarini joriy etishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini tashkil etish, uning texnik asoslari bayon etilgan Nizom qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sen-tabrdagi 250-sonli qarori2 bilan, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markazlar - «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi»ni tashkil etish belgilangan. Ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi»ning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi Nizom qabul qilingan. «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi»ning asosiy vazifalari biri etib qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 87-sonli qarori3 bilan vazirlik axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organ; O‘zbekiston Respublikasi Tele-kommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlovchi maxsus vakolatli organ; yuridik

1 Ўзбекистан Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2013. – №2. – 23-м. 2 «Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникация-

ларини ривожлантириш вазирлиги ҳузуридаги «Электрон ҳукумат» тизимини ривожлантириш маркази ҳамда Ахборот хавфсизлигини таъминлаш маркази фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида». // Ўзбекистон Респуб-ликаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013. – №38. – 492-м.; 2015. – №26. – 338-м.

3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №15. – 178-м.

Page 15: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

15

shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyati turlarini litsen-ziyalovchi organ; 2013–2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi-ning milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komis-siyasining ishchi organi va radiochastota organi hisoblanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga1 binoan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborotning yagona markazlashtirilgan manbaini shakllanti-rish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda «Elektron hukumat» tizimining foydalanuvchilarini haqiqiy identifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida «Elektron hukumat» tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi va «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlangan. IIV doimiy yashash joyining manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar va vaqtincha ro‘yxatda turgan manzili yoki vaqtincha hisobda turish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuzasidan jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va dolzarblashtirish bo‘yicha vakolatli organi hisoblanishi belgilangan. Markaziy ma’lumotlar bazalarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. IIV boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda «Elektron hukumat» tizimining jismoniy shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish; markaziy ma’lumotlar bazalarining davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun vakolatli organlarning axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiyalashuvi; davlat xizmatlari ko‘rsatish va idoralararo elektron hamkorlik qilishda jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlaridan foydalanish orqali markaziy ma’lumotlar bazalari axborotidan foydalanish va «Elektron hukumat» tizimi jismoniy shaxslarining markaziy ma’lumotlar bazalarini dolzarb-lashtirish va yuritish bo‘yicha vazifalarni bajarishi belgilangan.

Mazkur qonun, farmon va qarorlarning ijrolarini amalga oshirish va bu boradagi faoliyatni tartibga solish siyosatini yuritish uchun AKT sohasi-ning turli tarmoqlarining rivojlanishiga javob beruvchi turli institutlar

1 «Жисмоний ва юридик шахслар марказий маълумотлар базаларини шакллантириш ва «Электрон ҳукумат» тизими фойдаланувчиларини иденти-фикациялашнинг ягона ахборот тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида»//Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №50. – 628-м.

Page 16: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

16

tashkil etilgan. Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish sohasidagi oliy organ «2013–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kom-munikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi» hisoblanadi. O‘zbekiston Res-publikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur komissiyaning ishchi organidir.

Elektron hukumatning joriy etilishi. AKT sohasi inson faoli-yatining barcha jabhalariga kirib bormoqda va natijada ular yangi sharoit va usullarga moslashmoqdalar. Axborotga asoslangan hamda madaniy va ma’naviy qadriyatlar bilan muvofiqlikda bo‘lgan bilimlar mustaqil kuch-ga aylanib, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili bo‘lib qoldi.

AKTni rivojlantirishning mantiqiy natijasi bo‘lib, axborotlashgan jamiyatni barpo etishga yo‘naltirilgan «Elektron hukumat» tizimini joriy qilinishidir. «Elektron hukumat» bu – kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilish, davlat hokimi-yati organlarining barcha bo‘g‘inlari tomonidan fuqarolarning barcha toifa-lariga elektron vositalar bilan xizmatlar ko‘rsatish, shu vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berishdir.

O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunida1 «elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’min-lashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi» deb ta’rif berilgan.

Davlat organlari o‘z faoliyati doirasida fuqarolar, tijorat tuzilmalari va boshqa davlat organlari bilan aloqaga kirishishini hisobga olgan holda, «Elektron hukumat» tizimini to‘rtta tashkil etuvchilarga ajratish mumkin:

Government to Citizens – G2C (Davlat – Aholiga): Bu davlat tashki-lotlari hamda fuqarolar o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, unda davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalaniladi. Bunday xizmatlar doirasiga ma’lumotnomalarni olish, guvohnoma va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, shaxs hayotiga oid yuridik jihatdan muhim hodisalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kiradi. Bu tarkibiy qismda fuqarolarga Internet orqali, asosan, hukumat ma’lumotlar bazasi

1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №49. –

611-м.

Page 17: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

17

bilan ishlovchi yagona hukumat portali orqali barcha turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutiladi. Bunday portal orqali fuqarolar qulay va tushunarli shaklda hukumat faoliyati haqida ma’lumot olishlari, shuningdek, o‘z fikr hamda mulohazalarini bildirishlari, fuqarolik va jamoatchilik burchlarini bajarishlari mumkin.

Government to Business – G2B (Davlat – Biznesga): Davlat organlari va biznes o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, kelishuv jarayonining borishini tezlashishiga, qog‘oz hujjatlardan foydalanishga ehtiyojni yo‘qotishga va bu orqali zaruriy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonini tezlashishiga imkon beradi. Natijada, davlat organlari tijoriy tashkilot shaklidagi hamkorlari bilan xizmat ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish uchun o‘zlarining usul va vositalarini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi. Texnologiyalardan, davlat xaridlarining ochiq va shaf-fof tizimidan optimal foydalanish hisobiga davlat organlarining xara-jatlari qisqaradi.

Government to Government – G2G (Davlat – Davlatga): Davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar yordamida davlat organlari o‘rtasida ichki va tashqi aloqalarni takomil-lashtirish va ularning hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirishga imkon yaratadi. Bu elektron hukumat faoliyatining asosi hisoblanib, barcha davlat organlarini birlashtirib turuvchi ichki hukumat tarmog‘idan tarkib topgan va uning doirasida fuqarolar hamda mamlakat hududida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan barcha hukumat ma’lumotlarini jamlagan hukumat ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Government to Foreigners – G2F – (Davlat – Xorijliklarga) – bu tizimda, davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va xal-qaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi kabilar.

Elektron hukumatning barcha tarkibiy qismlarini tadrijiy bosqichma-bosqich amalga oshirish juda muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «2013–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot texnologiyalari tizimini rivojlantirish kompleks dasturi» tasdiqlangan. Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida AKTni joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining

Page 18: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

18

yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik subyektla-riga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat. Bu maqsadda «Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan. Dastur – O‘zbekistonda «Elektron hukumat» tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga olgan1.

Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmat-larini ko‘rsatish 2013-yilda ishga tushirilgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilmoqda. Davlat organlari rahbar-lari qabuliga onlayn yozilish, davlat organlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun ma’lumotnomalarni yuborish, biometrik pasportni olish yuzasidan onlayn arizani taqdim etish, biometrik pasport olish uchun nav-batga turish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yo‘qolgan pasport o‘rniga yangi pasportni rasmiylashtirish kabi qulayliklar yaratilgan. Yagona portal xizmatlaridan aholi, ayniqsa, sudlanganlik yoki sudlanma-ganlik holati to‘g‘risidagi, mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni olishda, tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun onlayn ariza yuborishda keng foydalanmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish «Elektron hukumat»ni samarali tashkil etishning muhim bosqichi hisoblanadi.

O‘zbekistonda mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratishga qaratilgan «Elektron hukumat»ni joriy qilishning yakuniy maqsadi:

- interaktiv xizmatlarini taqdim etilish imkoniyatlarining kengligi; - hukumat organlari faoliyati hisobotlarining berib borilishi va

oydinligi; - xizmatlardan oson foydalanish imkoniyatlari va yakka tartibligi; - siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va xabardorligi; - erkin axborot almashuvi; - aholi va tadbirkorlik faoliyati uchun davlat xizmatlarini taqdim

etishda qulay sharoitlar yaratish;

1 Интерактив давлат хизматларини кўрсатишда "Электрон ҳукумат" тизи-мининг фаолияти // http:// www. egovernment.uz /uz/ about_egov/ state_admi-nistration/

Page 19: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

19

- fuqarolarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengay-tirilishini qo‘llab-quvvatlash;

- barcha saylovchilarni boshqaruv jarayonlarda va davlat boshqa-ruvida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

1.2. Axborotlashgan jamiyat va axborotlashtirish

Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan [2].

Axborotlashgan jamiyat zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotining uzviy bosqichidir. U jamiyat hayotida axborot va bilimlar ahamiyatining o‘sishi, axborot kommunikatsiya, axborot mahsuloti va xizmatlarining yalpi ichki ishlab chiqarishdagi ulushining ortishi, insonlarning samarali axboriy aloqada o‘zaro ishlashini ta’minlovchi global axborot makoni-ning yaratilishi, ularning jahon axborot resurslaridan foydalanishini, axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash darajasi bilan tavsiflanadi.

Axborotlashgan jamiyatda bilimlar – asosiy ishlab chiqarish mahsu-loti hisoblanadi. Bunday jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlariga kerakli axborotdan jamiyatning barcha a’zolari erkin foydalanishlarining osonli-gini, jamiyatning o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotni ishlab chiqa-rish hamda jamiyatning barcha a’zolarini ushbu axborotdan erkin foydala-nish vositalari bilan ta’minlash imkonining mavjudligini kiritish mumkin.

Axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish — mam-lakatning yagona axborot makonini barpo etish borasidagi muhim masalalardan biridir. Axborot resurslari tarkibiga mazmuni, tuzilishi, shakllantirish va tashkil etish texnologiyasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan axborot massivlari va hujjatlari kiradi.

Jamiyatning axborotlashtirilishi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bo‘yicha rivojlanishni belgilovchi ro‘yxatlar mavjud. Ular axborotlash-tirilgan jamiyatning rivojlanish ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Har bir mam-lakatda jamiyatning axborotli rivojlanish darajasini miqdoriy baholash uchun yillik axborotlashgan jamiyat indeksi ishlab chiqilgan. Ushbu indeks yigirma uchta ko‘rsatkichga asoslanadi va to‘rtta guruhga bo‘linadi:

– kompyuter infratuzilmasi (yettita ko‘rsatkich – muayyan mamlakatda har bir odam boshiga to‘g‘ri keluvchi shaxsiy kompyuterlar soni, bitta oilaga uy kompyuterlarining soni va hokazo.);

Page 20: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

20

– axborot infratuzilmasi (yettita ko‘rsatkich – bitta oilaga to‘g‘ri keluvchi telefon liniyalarining soni, odam boshiga televizorlar, fakslar, uyali telefonlar soni, kabel televideniyesi abonentlarining soni va hokazo.);

– internet infratuzilmasi (to‘rtta ko‘rsatkich – Internetdan maishiy, biznes va ta’lim maqsadlarida foydalanuvchilar soni, elektron savdo ko‘lami);

– ijtimoiy infratuzilma (beshta ko‘rsatkich – o‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilari soni, matbuot o‘quvchilarining soni, matbuot erkinligi, fuqarolik huquqlarining ta’minlanishi).

Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnolo-giyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratish-ning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir. (Qonunga havola)

Axborotlashtirish, AKTdan keng ko‘lamli foydalanish hisobiga jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha sohalarida axborot va bilimlardan foydalanish samaradorligining oshishi-ga olib keladi. Buning natijasida fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborot ehtiyojlari qondiriladi va axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun sharoitlar yaratiladi.

Jamiyatning sifat jihatdan yangilanishi, bozor iqtisodiga o‘tish, demokratik huquqiy davlat barpo etish mamlakatimizda yagona axboriy huquqiy makon yaratishdan iborat bo‘lgan global masalani hal etishni talab etadi. Bu masalaning yechilishi jamiyatdagi barcha tuzilmalarni va har bir fuqaroni huquqiy axborot bilan ta’minlanishiga imkon beradi.

Axborot huquqining jami yuridik me’yorlar sifatida shakllanishi va rivojlanishi ilmiy muammolarini axborot huquqi fani o‘rganadi. Uning maqsadi axborotlashtirish sohasida subyektlar (fuqarolar, korxonalar, idoralar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) munosabatlarini belgilashdir.

Huquqiy axborotlashtirish deganda, progressiv texnologiyalarni qo‘llash orqali axborot resurslarini tashkil etish va ulardan foydalanish asosida davlat va jamiyat tuzilmalaridagi turli korxona, tashkilot, muas-sasa va fuqarolarning axborot-huquqiy talablarini to‘laqonli qondirish uchun optimal sharoitlar yaratish jarayoni tushuniladi.

Huquqiy axborotlashtirishning bosh maqsadi quyidagilardan iborat: –davlat organlarining ichki faoliyatini axborot-huquqiy jihatdan

ta’minlash; –jismoniy shaxslarni axborot-huquqiy jihatdan ta’minlash;

Page 21: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

21

–axborot huquqiy maydonini saqlash va tuzilishini ta’minlash. Yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar

amalga oshirilishi lozim: –huquqiy axborotlashtirish sanoatini rivojlantirish; –axborot resurslarini tashkil etish va ulardan foydalanishga oid

ishlarni nazoratga olish; –umumiy kommunikatsiya muhitidan foydalanishni, huquqiy

axborotning bank etalonini yuritish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan axborot texnologiyalarining yagona majmuini va huquqiy axborotlashtirish infra-tuzilmasining boshqa zaruriy tashkil etuvchilarini ta’minlash hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida huquqiy axborot xizmatlari sohasini rivoj-lantirishni qo‘llab-quvvatlash;

–huquqiy sohani axborotlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish;

–axborotga egalik huquqi va axborot xavfsizligini ta’minlash; –huquq sohasida axborot zaxiralari va axborot xizmatlarini serti-

fikatlash va litsenziyalashni ta’minlash; –yagona axborot-huquqiy maydonda turli huquqiy axborot banklari

almashinuvini ta’minlash; –zamonaviy axborot texnologiyalari asosida huquqiy axborotlash-

tirishning ilmiy-texnikaviy mahsulotlarini yaratish; –huquqiy axborotlashtirish zaxiralarini tashkil etish va foydalanish

sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish; –huquqiy axborotlashtirish sohasida normativ aktlar va texnikaviy

normativ hujjatlarni tayyorlash. Shuni ta’kidlash kerakki, axborotlashgan jamiyat zamonaviy sivili-

zatsiya taraqqiyotining uzviy bosqichi hisoblanib, u axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondiri-lishini ta’minlash darajasi bilan tavsiflanadi. Axborotlashtirish natijasida fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborot ehtiyojlari qondiriladi va axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun sharoitlar yaratiladi. Huquqiy axborotlashtirishning bosh maqsadi davlat organlarining ichki faoliyatini va jismoniy shaxslarni axborot-huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan.

1.3. Elektron hukumat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy

Page 22: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

22

axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi qabul qilinishi "elektron hukumat" tizimini shakllantirish va keng qo‘llashga qaratilgan muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlardan biri bo‘ldi. Dastur aholining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatini elektron shaklda amalga oshirishni ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida «yagona oyna» tamoyilini joriy etish kabi vazifalarni hal etishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu hujjatda axborot tizimlari kompleksi va "elektron hukumat" tizimining ma’lumotlar bazasini yaratishga doir tadbirlar belgilangan.

2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommuni-katsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – «Elek-tron hukumat» tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha:

«Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.

Kompleks dastur – O‘zbekistonda «Elektron hukumat» tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan.

Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshida 2 ta yirik «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish belgilangan.

O‘zbekistonda «Elektron hukumat» tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z chiqishlarida bugungi sharoitda, internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egaligini ta’kidlaganlar.

Page 23: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

23

Xalqaro standartlarga mos keladigan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha soha-larida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va tele-kommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ular-dan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ochiq-likni ta’minlash, mamlakatimizda taraqqiyotning milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich «Elektron hukumat» tizimiga o‘tish muhim va eng dolzarb vazifalardan biridir. AKTni rivojlantirish-ning mantiqiy davomi – axborotlashgan jamiyatni barpo etishga yo‘nal-tirilgan «Elektron hukumat» tizimini joriy qilinishi bo‘yicha «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishidir.

Qonunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiya-laridan keng foydalanish asosida davlat organlari faoliyatining samara-dorligini yanada oshirish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar yara-tish kabi maqsadlar ko‘zlangan va «elektron hukumat» tizimini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari aniq belgilab berilgan.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – elektron hukumat sohasi-dagi vakolatli organ sifatida yagona davlat siyosatini amalga oshirishini alohida ta’kidlash joiz.

Qonunda elektron hukumatga, davlat organlari faoliyatining sama-radorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyati-ni va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yara-tish, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ular-ning ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish, tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning avtomatlash-tirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish kabi vazifalar yuklatilgan.

Page 24: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

24

Qabul qilingan qonunning amalga oshirilishini ta’minlash borasida, ya’ni mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2016-yilning 1-yanvaridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga "yagona darcha" tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyat boshladi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi. Unga ko‘ra, ushbu tarmoqlar ishini yuritadigan tashkilotlarning hududiy korxonalariga texnik shartlarni olishdan tortib muhandislik-kommu-nikatsiya tarmoqlariga ulanishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshirib, ularni tadbirkorlarga tayyor holda topshirish vakolatlari berildi.

Davlat organlarining o‘zaro elektron munosabatini ta’minlovchi organlararo elektron hamkorlik tizimi joriy qilingan bo‘lib, unga davlat organlari, ularning hududiy boshqarmalari, tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ulangan.

Viloyatlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-dan foydalanish darajasi oshib bormoqda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari «Elektron hukumat» tizimi orqali ma’lumot almashishning elektron usulidan unumli foydalanmoqda. Bu jarayonda kommunikatsiya tarmoqlari jahon talablari darajasida texnik va texnologik qayta jihozlanib, interaktiv xizmat ko‘rsatish sifati va soni ortmoqda. «YE-xat» himoyalangan elektron pochtasi hamda «E-hujjat» elektron hujjat ayla-nish tizimi viloyat, shahar va tuman hokimliklari, davlat organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ichki va organlararo ish yuritish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

Axborot texnologiyalarini rivojlanishi ko‘proq intellektual, ilmiy muammolarga yo‘naltirilgan. Ma’lumotlarni vizuallash, tasvirlarni qayta ishlash, virtual fazoni yaratish insonga murakkab masalalarni yechishda obrazli muhitga tushish, qo‘yilgan maqsadlarga sifat jihatdan yangi saviyada yaqinlashish, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishni yengillashtirish kabi imkoniyatlarni yaratadi.

Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmat-larini ko‘rsatish 2013-yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amal-ga oshirilmoqda. Shunday qilib, mamlakatimizning ustuvor yo‘nalish-lariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommuni-

Page 25: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

25

katsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlardan foyda-lanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan tadbirlarni amalga oshirilishi milliy axborot tizimlari, resurslarini yaratishni, jamiyatimiz har bir a’zosi hayotiga va iqtiso-diyotga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini ommaviy joriy etilishi uchun sharoit yaratishni, jahon bozorida mamlakatimiz iqtiso-diyotining raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Ushbu muhim qarorlarni qabul qilinishiga jamiyat va iqtisodiyotni turli sohalarida tezkor axborot almashinuviga, dunyo axborot zaxiralaridan foydalanishga bo‘lgan talab, ta’lim jarayonlarini va insonlarning kundalik hayotini kompyuterlash-tirish zarurati hamda axborot va ma’lumotlar bazalarining xavfsizligini ta’minlanish talabi asos bo‘lib xizmat qildi.

1.4. Axborot tizimlari

O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi

qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi «Axborotlash-tirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2005-yil 22-noyabr 256-sonli qarorini [5] qabul qildi. Bu qarorda «Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida» va «Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar tasdiqlangan.

Axborot tizimi – axborotni to‘plash, izlash, saqlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan «Axborotlash-tirish to‘g‘risida»gi qonunda axborot tizimiga ana shunday ta’rif beril-gan. «Axborot tizimi» terminining mazkur talqinida «avtomatlashtirilgan tizim» tushunchasi ham singib ketgan (avtomatlishtirilgan axborot tizimlarining axborotga ishlov berish jarayonida ham insonning ham texnik vositalarning ishtiroki nazarda tutiladi va bunda asosiy o‘rinni kompyuterga beriladi).

Qo‘llanilish sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlarining umumiy tuzilishi, uni ta’minlovchi ba’zi tizimlar – texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy ta’minotlar to‘plami sifatida ko‘rib chiqish qabul qilingan. Axborot jarayonlarining avtomatlashtirish darajasiga qarab axborot tizimlari (AT) qo‘lda sozlanadigan, avtomatik va avtomat-lashtirilgan kabi turlarga bo‘linadi.

Qo‘lda sozlanadigan axborot tizimlari axborotlarni qayta ishlaydi-gan zamonaviy texnik vositalarning yo‘qligi va barcha amallarni inson

Page 26: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

26

tomonidan bajarilishi bilan tavsiflanadi. Avtomatik ATlarida axborot-larni qayta ishlash bo‘yicha barcha amallar inson ishtirokisiz bajariladi. Avtomatlashtirilgan ATlarida ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida ham insonning, ham texnik vositaning ishtiroki nazarda tutiladi. Bunda kompyuterga asosiy o‘rin beriladi.

Avtomatlashtirilgan AT, ularning boshqaruv jarayonlarini tashkil etishdagi qo‘llanilishini inobatga oladigan bo‘lsak, turli modifikatsiyaga ega bo‘lib, axborotdan foydalanish tavsifi bo‘yicha va qo‘llanilish soha-siga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.

Tashkiliy boshqaruv ATlari boshqaruv personalining vazifalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu sinfdagi tizimlarning turlari va qo‘llanilishining keng miqyosdaligini hisobga oladigan bo‘lsak, ko‘p hollarda har qanday axborot tizimlarini xuddi shunday ma’noda tushunish mumkin. Bu sinfga turli obyektlarni boshqarishga mo‘ljallangan axborot tizimlari kiradi. Bunga o‘xshash tizimlarning asosiy vazifalariga tezkor nazorat va me’yorlash, tezkor hisob va tahlil, istiqbolli va tezkor rejalashtirish va tashkillashtirish masalalarini hal etish kabilar kiradi.

Texnologik jarayonlarni boshqarish ATlar personal vazifalarini avtomatlashtirish uchun xizmat qiladi.

Avtomatlashtirilgan loyihalash ATlari muhandis-loyihalovchilar, konstruktorlar, arxitektor-dizaynerlar uchun yangi texnika yoki texno-logiyalarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Intergallashgan (korporativ) AT obyektning barcha funksiyalarini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi. Bunday tizimlarni yaratish juda qiyin, chunki bu bosh maqsad nuqtai nazaridan turib tizimli yondashishni talab etadi. Bunday yondashish AT yaratilayotgan obyekt tuzilishida sezilarli o‘zgarishlarning amalga oshirilishiga olib kelishi mumkin.

ATlarni ularda qo‘llaniladigan axborotlarga ko‘ra tasniflash ham mumkin. AT avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlarini qidirilayot-gan obyektning farqlanishiga qarab hujjatli va faktografik turlarga bo‘li-nadi. Hujjatli ATlarda qidiruv obyekti hujjatlar, ularning nusxalari yoki bibliografik izohlari hisoblanadi. Faktografik ATlarda qidirilayotgan obyektlar aniq faktlarni yoki hodisalarni tavsiflovchi yozuvlar bo‘lishi mumkin. ATning amaliy qo‘llanilish tajribasidan kelib chiqqan holda texnik hisoblash, analitik va mantiqiy murakkablik darajasi bo‘yicha tasniflash quyidagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga ajratilgan holda amalga oshiriladi: ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlari (MIBAT);

Page 27: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

27

avtomatlashtirilgan ma’lumotnoma-qidiruv tizimlari (AMQT); avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma tizimlari (AAMT); avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ); avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT); ekspert tizimlari (ET) va qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlash

tizimlari. Ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlari (MIBAT)

tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lmagan, barcha dastlabki berilgan ma’lumot-lar, algoritm va ishlov berishning standart protseduralari mavjud bo‘lgan masalalarni yechishga mo‘ljallangan. MIBATdan malakasi yuqori bo‘l-magan shaxsning boshqaruv faoliyatidagi takrorlanuvchan murakkab ishlarni avtomatlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Hozirgi kunda, MIBAT-lardan mustaqil axborot tizimlari sifatida foydalanilmasa-da, ular AMQT, AAMT, ABT va AIJ kabi murakkab axborot tizimlarining asosiy elementlaridan hisoblanadi. Jumladan, IIIda MIBAT berilgan hisobot shakllari bo‘yicha ma’lumotlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi.

Avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma tizimlari (AAMT) berilgan so‘rov sharti bo‘yicha ma’lumotlarni tanlash va chiqarishni ta’minlab beruvchi tizimlardir. AMQT va AAMT boshqaruv axborot texnologiyalarining asosiy tarkibiy elementi hisoblanadi. Boshqaruvda AMQTning ahamiyati va u bilan ishlashda olinadigan natijalar bosh-qaruvning barcha darajalarida, ya’ni tezkor boshqaruvdan tortib strategik boshqaruvgacha qo‘llaniladi.

Avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumotnoma tizimlari (AAMT) –interfaol rejimda ishlovchi va foydalanuvchilarni ma’lumotnoma xarak-teridagi axborotlar bilan ta’minlovchi tizim hisoblanadi. U murakkab bo‘lmagan o‘zgarishlarsiz axborotlarni kiritish, tizimlash, saqlash va foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim etish ishlarini amalga oshiradi.

Avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) mutaxassisning kasbiy mehnatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalarning individual majmuidir. AIJ kasbiy faoliyatni avtomatlashtirish axborot texnologiyalarining asosiy muhiti hisoblanadi.

AIJ taraqqiy etgan funksional imkoniyatlari bilan AMQT, AAMT, ABTlardan farq qilganligi tufayli, yuqorida avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga AIJ tarkibiga kiruvchi tizimlar sifatida qaraladi.

Ijrochilik tuzilishiga ko‘ra AIJni tashkil etishning uch usuli mavjud bo‘lib, ular individual, guruhli va tarmoqli foydalanishga bo‘linadi. Har

Page 28: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

28

bir usulning afzallik va kamchilik tomonlari ularning mazmunidan kelib chiqadi. Ushbu usullar ichida AIJni tashkil qilishning tarmoqli usuli istiqbolli sanaladi. Buning sababi, ushbu usul uzoqda joylashgan, hattoki respublika va xalqaro miqyosdagi ma’lumotlar bankidan ma’lumot olish hamda qiziqtirgan ma’lumotlar bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linmalar orasida ma’lumotlar almashinish imkoniyatini beradi.

Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) turli obyektlar boshqaruvini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy va texnik vositalar majmuidir. ABTning asosiy vazifasi – rahbar kadrlarni axborot-lar bilan ta’minlash. Amaliyotda ABT o‘zaro bog‘langan AIJ majmuasi-dan iborat bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, axborotni hujjatlashtirish axborotni davlat axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir. Davlat axborot resurslari bazaviy va maxsus davlat axborot resurslariga bo‘linadi. IIV tomonidan yaratilgan bir nechta ma’lumotlar bazasi Davlat axborot resurslari hisobiga kiritilgan. Idoralarning axborot tizimlaridan telekom-munikatsiya tarmoqlari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatila-digan xizmatlar interaktiv davlat xizmati hisoblanadi. Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestriga IIV tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish, transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, yuridik va jismoniy shaxs-larning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini ko‘rib chiqish xizmatlari kiritilgan.

Ma’lumki, hujjatlashtirilgan axborot mulk huquqi obyekti hisob-lanadi. Axborotni hujjatlashtirish axborotni davlat axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir.

Davlat axborot resurslaridagi axborot matnli, grafikli, ovozli, video va multimediya (matnli, grafikli, ovozli va videoformatlar kombina-tsiyasi) shakllarida taqdim etilishi mumkin.

Davlat axborot resurslari (foydalanilishiga qarab) bazaviy davlat axborot resurslariga va maxsus davlat axborot resurslariga bo‘linadi.

Barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo‘ljal-langan axborot resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi. Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining davlat axborot resurslari, jismoniy va yuridik shaxslari, normativ-huquqiy hujjatlari, tabiiy resurslariga oid, davlat organlarining veb-

Page 29: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

29

saytlari va umumiy foydalaniladigan boshqa axborot resurslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi kiradi.

Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning tor doiradagi kasbiy, o‘ziga xos vazifalarini hal etishga mo‘ljallangan, foydalanishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslari maxsus davlat axborot resurslari hisoblanadi. Maxsus davlat axborot resurslari tarkibiga idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining, davlat budjet mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarning hamda yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2008-yil 7-may 87-sonli qaroriga [6] asosan IIV tomonidan yaratilgan bir nechta ma’lu-motlar bazasi Davlat axborot resurslari hisobiga kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo‘ja-lik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kom-munikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbir-lari to‘g‘risida» 2007-yil 23-avgustda 181-sonli qaroriga [7] muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati («idoralar») tomonidan idoralarning axborot tizimlaridan telekommunikatsiya tarmoq-lari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmati ko‘rsatish hisoblanadi. Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishdan maqsad quyidagilardan iborat: axborot ayirboshlash va tarqatish tezkorlik darajasining o‘sishi hisobiga davlat idoralari vazifalarining bajarilishi samaradorligi va tezkorligini oshirish; yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ijro etish intizomini nazoratini kuchay-tirish; idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik darajasini oshirish; aholining davlat boshqaruvida yanada faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida idoralar faoliyatining oshkoralik darajasini oshirish va boshqalardir.

Interaktiv davlat xizmatlari reyestrini yuritish bunday xizmatlardan foydalanishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish, ularni oqilona rivoj-lantirish, elektron hujjatlar aylanish tizimlarining o‘zaro aloqasini ta’minlashni amalga oshirishdir.

Page 30: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

30

Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestriga IIV tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan quyidagi xizmatlar kiritilgan:

- jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish;

- transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish;

- yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini ko‘rib chiqish.

Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta’minotini jadal-lashtirish, tezkor vaziyatni tavsiflovchi ishonchli ma’lumotlarni tizim-lashtirgan holda yig‘ish, ularning o‘z vaqtida va sifatli tahlilini amalga oshirish bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashning muhim omil-laridan biri hisoblanadi. Axborot strategik mahsulotga, unga ishlov berish vositalari jumladan, kompyuter texnikasidan foydalanish esa boshqaruv masalalarini hal etishda hayotiy zaruratga aylandi.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 25-oktabrdagi ichki ishlar idoralari xodimlariga bayram tabrigida Ichki ishlar vazirligi idoralarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkam-lash, ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari va kompyuter texnikasini joriy etish, ma’lumotlar bankini shakllan-tirish va undan tezkor foydalanish borasidagi ishlarga e’tibor qaratish masalalari qo‘yilgan.

1.5. Huquqiy axborot tizimlari

Axborot hajmining ortishiga berilgan baholarga ko‘ra geometrik

progressiyaga mos keladi. Haqiqiy to‘g‘ri qaror qabul qilish esa avvalo zarur bo‘lgan axborot resurslarining to‘liq, ishonchli, tezkor taqdim etilishi va ularga qiziqqan shaxslarning maksimal keng ommasi uchun qulay bo‘lishiga bog‘liq. Hozirgi kunda axborotga jamiyat rivojining asosiy resursi, axborot tizimlari va texnologiyalariga esa mutaxassisning ish mahsuldorligi va samarasini oshirishning birlamchi vositasi sifatida qaralmoqda.

Shubhasiz, huquqiy axborot tizimlarining ahamiyati ham oshib bor-moqda. Ayni damda biror huquqiy hujjatning yangi tahrirdagi variantini qidirib topish amaliyotdagi malakali yuristlar uchun ham dolzarb masala hisoblanadi. Chunki, deyarli har kuni qonun va qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

O‘zbekistonda taniqli va keng tarqalgan «LexUz», «Norma», «Pravo» va «Yurida» huquqiy axborot tizimlari mavjud.

Page 31: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

31

O‘zbekiston respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (LexUz, sayti: www.lex.uz). LexUz - O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-sonli «Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini bajarish maqsadida yaratilgan.

Dasturning maqsadi aholining huquqiy madaniyati darajasini ko‘tarish, qonunchilik hujjatlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning keng foydalanish imkoniyatini ta’minlash, jamiyatni huquqiy axborot-lashtirish tizimini takomillashtirishdan iboratdir.

LexUz foydalanuvchilarga Internet orqali normativ-huquqiy hujjat-larni onlayn rejimida olishga imkoniyat yaratadi.

Hujjatlardan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish majburiy emas. Ro‘yxatdan o‘tish tizimdagi qo‘shimcha (normativ hujjatning o‘zgarish-larini ko‘rish, hujjatlarni kengaytirilgan parametrlari bo‘yicha izlash, elektron pochta orqali qonunchilikdagi yangiliklar haqida xabar olish kabi) imkoniyatlaridan foydalanish uchun zarur.

LexUz foydalanuvchilari tizimdan normativ-huquqiy hujjatlarni topishi mumkin. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslari va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmonlari, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan idoraviy normativ-hujjatlar, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumlari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, texnik va boshqa turdagi hujjatlar mavjud.

NORMA kompaniyasi (sayti: www.norma.uz) O‘zbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999-yildan beri faoliyat yuritadi, o‘zbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizim-larini, kartografik asosda elektron ma’lumotnomalar va boshqa elektron mahsulotlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

NORMA kompaniyasining faoliyati quyidagilardan iborat: – Elektron axborot qidiruv tizimi – O‘zbekiston Respublikasi

qonunchiligi. – Elektron ekspert ma’lumot tizimlari: – Amaliy buxgalteriya;

Kichik korxona elektron buxgalteri; Amaliy soliq solish; Tekshirish: «A» dan «YA» gacha; Kadrlar bo‘yicha maslahatchi; Soliqlar: savollar va javoblar; Eksport-import operatsiyalari; Korxona yuristi; Qurilish; Kichik korxona: hisob, soliqlar, huquq; Bojxona kalkulatori; Mohir taxlam.

Page 32: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

32

– «Mening shahrim» («Moy gorod») elektron mahsulotlari: Toshkent xaritasi bilan birgalikda «Mening shahrim» biznes ma’lumot-nomasi; Oliy o‘quv yurtlari, litsey va kollejlarga o‘qishga kirishda test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun «Mening shahrim. Ta’lim» tizimi.

– Bosma nashrlar: «Norma maslahatchi», «Soliqlar va bojxona xabarlari», «Norma», «Nalogoviye i tamojenniye vesti», «Tor».

– Internet loyihalari: norma.uz portali va O‘zbekiston korxonalari, tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida axborot beruvchi (www.bank.uz, www.stroyka.uz, www.mg.uz va boshqa) saytlar guruhi.

– Yuqori malakali mutaxassislar – buxgalteriya, soliq solish, mehnat va bojxona qonunchiligi masalalari bo‘yicha ekspertlarning maslahatlari. «Bevosita muloqot» telefonlari bo‘yicha tezkor javoblar.

«Pravo» funksional tizimi (sayti: www.pravo.uz) 1992-yilda «Avia-brok-Konsaud» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. «Pravo» tizimi – huquqiy axborotlar bazasi bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi qonun-chiligining barcha sohalariga oid hujjatlarning to‘liq majmui mavjud hamda undan rahbarlar, hisobchilar, bankirlar va huquqshunoslar turli huquqiy muammolarni hal qilishning vositasi sifatida foydalanadilar. Ushbu tizim huquqiy axborotlar bilan ishlovchi barcha mutaxassislar uchun yaratilgan bo‘lib, undan ta’lim muassasalarining yuridik va iqtisod sohalari talabalariga ta’lim berish jarayonida ham foydalanish mumkin.

«Pravo» tizimi huquqiy xizmatning vazifasini to‘liq bajaradi, ya’ni sheriklar bilan xo‘jalik tortishuvlarini tezkor hal etishda yordam beradi, soliqqa oid, auditor va boshqa tekshiruvlarni o‘tkazishda vaqtni, kuch va vositalarni tejaydi, eskirgan yoki noaniq huquqiy ma’lumotlarni qo‘llash-dan himoyalaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan to‘g‘-ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilganligi bois, hujjatlarning universal tanlovi har haftada yangilanadi, bu esa foydalanuvchilarga eng yangi huquqiy ma’lumotlarni olish va dolzarb muammolarni hal etishga ko‘maklashadi. «Pravo» tizimida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ma’lumotlar bazalari jamlangan. Ushbu tizimda 8 ta asosiy ma’lumotlar bazalari («O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy qonunchiligi», «O‘zbekiston Respublikasining jinoiy, ma’muriy huquqi», «Sud amaliyoti», «Xalqaro huquq», «Iqtisodiy-huquqiy ma’lumotnoma», «O‘zbekiston qonunchiligi ingliz tilida», «Huquqiy hujjatlar namunalari» va «Arxiv») mavjud.

«YURIDA NYSA» mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 2008-yilda «Yurida» huquqiy axborot tizimi kompyuter dasturi (sayti: www.yurida.uz) ishlab chiqilgan. Dasturning mustaqil ishlovchi versiya-si va ichki tarmoqda ishlovchi versiyalari mavjud bo‘lib dasturlar inter-

Page 33: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

33

netga ulanmagan holda mustaqil ishlaydi. Bu esa axborot xavfsizligini ta’minlashning samarasini oshiradi.

Ushbu dastur o‘z ichiga normativ huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot tarzida berilgan ma’lumotlardan tashkil topgan. Dasturning asosiy qo‘llanish soha vakillari yuristlar. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘-risida kelishuvlar imzolangan. Kelishuvlar asosida «Yurida» huquqiy axborot tizimining maxsus versiyalari yaratildi va shakllantirildi. Bugungi kunda dasturning «Sud xodimlari uchun maxsus», «Prokuratura xodimlari uchun maxsus», «Ichki ishlar idoralari xodimlari uchun maxsus», «Advokatlar uchun maxsus» va boshqa maxsus bazalaridan keng foydalanilmoqda. Maxsus versiyalarda hujjatlarni tarqalishini oldini olish uchun maxsus himoya turlari ishlab chiqilgan.

«Yurida» huquqiy axborot tizimi kompyuter dasturining afzalliklari: – maxsus versiyalar ishlab chiqa olishi, ya’ni bazaning asosini

tashkil qilgan qonunchilik hujjatlari saqlangan holda biron bir tizimga, sohaga tegishli hujjatlarni ham alohida papkalarda, klassifikatsiya bo‘yicha taqsimlangan holda aks ettira olishi, hujjatlarni tarqalib ketishini oldini olish maqsadida ularni muhofaza qilinishi;

– kodeksning moddasiga tushuncha, sharh, yo‘nalish beruvchi, kvalifikatsiya nuqtai nazaridan aloqador bo‘lgan boshqa hujjatlarning, shuningdek sud amaliyotidagi misollarning o‘zaro bog‘lanishi;

– har xil qo‘shimcha ma’lumotlar: valuta kurslari, eng kam oylik ish haqi, pochta indekslari, telefon kodlari, ishonch telefonlari, huquqni muho-faza qiluvchi idoralar manzillar, yo‘lovchi samolyot va poyezdlarning harakat jadvali to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar, shuningdek o‘zbek tilidagi so‘zlarga, yuridik terminlarga izoh va sharhlar mavjudligi;

– hujjatlar rekvizitlari – nomi, qabul qilingan sanasi va raqami, turini bir oynada aks ettirilishi, nomi, raqami, sanasi, turi bo‘yicha saralangan holdagi tartibga keltirish;

– bir necha ko‘rinishdagi qidirish usullari: tez qidirish (nomi, sanasi, raqami bo‘yicha) va global qidirish (hujjat barcha rekvizitlari bo‘yicha), qidirish natijasi bo‘yicha topilgan hujjatlar ichidan tez qidirish, qidirish tarixi, qidirib topilgan hujjatda qidirilayotgan so‘z yoki so‘z birikma-sining necha marta qo‘llanilgani soni va alohida ajratilishi;

– foydalanuvchilar uchun interfeysning sodda va qulayligi, dastur-dan foydalanishni tez o‘rganib olish, hujjatlarni turkumlar, klassifika-tsiya, organlar bo‘yicha taqsimlanishi;

Page 34: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

34

– dasturning ishlashida Internetga ulanishning zarurati yo‘qligi va boshqalar.

2011-yilda «Yurida orfo» o‘zbek tilida tuzilgan kirill va lotin alifbo-sidagi matnni orfografik jihatdan tekshirishga mo‘ljallangan kompyuter dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida: xato so‘zlarni aniqlab, ularga to‘g‘ri so‘z variantini berish; matndagi oshiqcha bo‘shliqlarni olib tashlash; nostandart shriftdan standart shriftga o‘girish va aksi; so‘zlarning o‘zagiga izoh berish; matnni kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘girish va aksi kabi amallar bajariladi.

Foydalanuvchilarning axborot tizimlariga murojaati ko‘p jihatdan hujjatni faqat topishgina emas, balki qo‘yilgan topshiriq yoki muammoni to‘g‘ri ifodalashga bog‘liq. Shuning uchun juda tezkor va malakali qaror qabul qilish «quroli» hisoblangan axborot tizimi mukammaldir. Foyda-lanuvchi uchun huquqiy axborot tizimidagi kerakli muhim jihatlar unda joylashgan hujjatlarning soni va spektri, qidirishning har xil turlari, hujjatlar bilan tahliliy ishlash imkoniyatlari va huquqiy axborot tizim-larining servis funksiyalari hisoblanadi.

Mutaxassisning ish unumdorligi uning ish vaqti qanchalik ratsional sarflanishiga bog‘liq, huquqiy axborot tizimidan foydalanish esa kerakli huquqiy hujjatlarni qidirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni kamaytirish va amallarni qisqartirishga imkon yaratadi. Kompyuter tizimi qanchalik ko‘p axborot yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lsa, barcha kerakli hujjat-larning «qo‘l ostida bo‘lishi» ehtimoli shunchalik ko‘p bo‘ladi. Huquqiy axborot tizimida saqlanadigan materiallar miqdori ma’lumotlarni qayta ishlovchining axborot imkoniyatini va uning mahsulini ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda foydalanuvchining qanday turdagi va ko‘rinishdagi huquqiy axborot olishi mumkinligi ham juda ahamiyatli. Foydalaniladi-gan axborot spektri qanchalik keng bo‘lsa, huquqiy boshqaruvning barcha qismlari va jihatlarini e’tiborga olgan holda, huquqiy muammo-larni hal etishga shunchalik jiddiy va asosli yondashish mumkin.

Nazorat savollari:

1. Axborotlashgan jamiyat va axborotlashtirish nima? 2. Huquqiy axborotlashtirish nimani anglatadi? 3. AKT sohasida qanday normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan? 4. AKTni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? 5. Davlat axborot tizimlari foydalanilishiga qarab qanday turlarga

bo‘linadi?

Page 35: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

35

6. IIV tomonidan yaratilgan qaysi ma’lumotlar bazalari davlat axborot resurslari hisobiga kiritilgan?

7. Interaktiv davlat xizmati nima va IIVning qaysi xizmatlari interaktiv davlat xizmatiga kiritilgan?

8. Huquqiy axborot tizimlari nima? 9. Boshqaruv axborot tizimlari qanday imkoniyatlar yaratadi? 10. Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan va

uning vazifalari nimalardan iborat?

Page 36: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

36

2. ICHKI ISHLAR ORGANLARI BOSHQARUV

TIZIMLARINING AXBOROT DASTURIY TA’MINOTI

2.1. Boshqaruvda axborot texnologiyalari Boshqaruv axborot tizimi strategik va taktik rejalashtirishning joriy

vazifalarini operativ boshqarish, buxgalteriya hisobi va boshqalarni yechimini topishda qo‘llanadi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlashi jarayonida bo‘linma rahbari operativ axborotdan foydalanib, (moddiy, moliyaviy va kadr) resurslarni rejalashtirish va moslashtirish, boshqaruv qarorlarini natijalarini hisoblash va baholash, resurslarning belgilangan tadbirlarning bajarilish jarayonini operativ boshqarilishiga moslab olishi mumkin va hokazo. Boshqaruv axborot tizimlari quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

- axborotni operativ yig‘ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash hiso-biga qabul qilinadigan qarorlarning asoslanganlik darajasini oshirishga;

- bo‘linmani boshqarishda qarorlarning tezda o‘z vaqtida qabul qilinishini ta’minlashga;

- boshqaruv samaradorligini oshishiga erishishda yagona ma’lumot fondidan hamma toifadagi rahbarlarni o‘z vaqtida kerakli axborot bilan ta’minlashga erishish;

- boshqaruvning turli tarkibiy tuzilmalari va darajalarida qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish;

- ishning joriy holati bo‘yicha boshqaruv xodimining axborotga egaligi hisobiga, ish unumdorligini oshishini ta’minlash, talafotlarni qisqartirish va hokazo.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan asosiy maqsad – joriy axborotlarni qayta ishlash hisobiga yangi ko‘rinishdagi axborot olish, uning asosida optimal boshqaruv qarori ishlab chiqishdir. Boshqaruv apparati faoliyatini axborot bilan ta’minlashning yangi shakl ko‘rinish-larini joriy etilishida zamonaviy texnik vositalardan foydalanish, axbo-rotni integratsiyalashni dolzarbligi va bir birini inkor etmasligini ta’minlash hisobiga erishiladi

Axborot texnologiyasi qayta ishlanadigan ma’lumotlar hajmining oshgani bilan uni qayta ishlash muddatlari sezilarli darajada kamaydi. Boshqaruvda AT axborot resurslaridan foydalanish jarayonining asosiy tashkil etuvchisidir. Axborot texnologiyasi – avtomatlashtirilgan axborot tizimlari uchun asosiy muhit bo‘lib uning tashkil etuvchilari ma’lumot-

Page 37: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

37

larni o‘zgartirish vositalari va usullaridir. Axborot texnologiyasi jarayon bo‘lib, axborot tizimida aylanadigan axborotni aniq belgilangan qoidalar asosida bajariladigan operatsiyalar tashkil etib, ko‘pgina faktorlarga bog‘liq bo‘lib, ular quyidagi klassifikatsion belgilar asosida sistemalash-tiriladi:

- texnologik jarayonni markazlashtirish darajasi; - soha predmetini turi; - boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi; - qo‘llanadigan texnologik operatsiyalar toifasi - foydalanuvchi interfeysining turi.

Texnologik jarayonni markazlashtirish darajasiga qarab boshqaruv tizimlarida AT markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan, va aralash texnologiya turlariga bo‘linadi.

Markazlashtirilgan texnologiya shu bilan xarakterlanadiki, axborot-ni qayta ishlash va asosiy funksional masalalarni yechish AT qayta ishlash markazida – respublika IIV Axborot Markazida amalga oshiriladi.

Markazlashtirilmagan texnologiyada ya’ni ma’lum vazifani hal qilish xodim ish joyiga o‘rnatilgan hisoblash texnika vositalarini lokal qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Markazlashtirilmagan texnologiyalar avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan ma’lumotlar bankiga ega emas, lekin foydalanuvchilarning o‘zaro axborot almashinuvi axborot kommu-nikatsiya vositalari bilan ta’minlangan.

Kombinatsiyalashtirilgan texnologiyada joylardagi axborot baza-laridan birgalikda foydalangan holda funksional vazifalarni yechish jarayonini integratsiyalashadi va hamma axborot, tizimning avtomatlash-tirilgan ma’lumotlar bankida jamlanadi.

Boshqaruv vazifalarni avtomatlashtirilgan axborot texnologiya bilan qamrab olish darajasiga qarab hisoblash texnika vositalaridan foy-dalangan holda axborotni avtomatlashtirilgan qayta ishlashga, boshqaruv funksiyalarni avtomatlashtirishga, qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quv-vatlovchi axborot texnologiyasiga, ularda iqtisodiy-matematik metodlar, modellar va maxsus amaliy dasturlar paketi yordamida tahliliy ishlar va bashoratlarni shakllantirishni, o‘rganilayotgan jarayonlar bo‘yicha asos-langan baholar va xulosalarni berishda foydalaniladi.

AT ishlatiladigan texnologik operatsiyalar toifasi yechiladigan amaliy xarakterdagi vazifalar va mavjud amaliy dasturiy ta’minotiga qarab, matn va grafik muharrirlariga, jadvalli protsessorlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, multimediya tizimlari, gipermatnli tizimlar va shu kabilarga bo‘linadi.

Page 38: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

38

Ichki ishlar idoralari bo‘linmalarida foydalaniladigan avtomatlash-tirilgan axborot texnologiya foydalanuvchi interfeysining turi, axborot, hisoblash va dasturiy resurslarga ruxsatiga qarab bo‘linadi. Paketli axbo-rot texnologiya foydalanuvchini ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoniga aralashishiga imkon bermaydi, lekin dialogli texnologiya interaktiv rejimda hisoblash vositalariga ta’sir o‘tkazib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborotni operativ olish imkoniyatini yaratadi. Tar-moq avtomatlashtirilgan axborot texnologiya interfeysi, foydalanuvchiga telekommunikatsiya vositalarini qo‘llagan holda hududiy axborot hisob-lash resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

2.2. IIO faoliyatida boshqaruvning axborot ta’minoti

Mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan

kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya, ma’lumot-larni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlardan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan tadbirlarni amalga oshirilishi milliy axborot tizimlari, resurslarini yara-tishni, jamiyatimiz har bir a’zosi hayotiga va iqtisodiyotga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini ommaviy joriy etilishi uchun sharoit yaratishni, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobat-bardoshligini ta’minlaydi.

Boshqaruv — bu axborot jarayoni bo‘lib, qo‘yilgan maqsadga erishishga olib keluvchi tizim holatining o‘zgarishidir. Bunda to‘g‘ri va teskari aloqa bog‘lanish tamoyili amalga oshiriladi. Tamoyil faqatgina kutilayotgan natijalarni o‘rnatishnigina emas, jarayonning haqqoniy borishining ham hisob va nazoratini olib borish hamda tizimni mo‘ljal-langan parametrlaridan mumkin qadar chetga chiqmasligiga erishish maqsadida kutilayotgan natijaga erishish maqsadida o‘zgarishlar yo‘na-lishida tizimga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati — bu mazmunan boshqaruv faoliyatidir. Ma’lumki, boshqaruv — bu ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonidir. Umumiy ko‘rinishda boshqaruv, bosh-qaruv tizimining boshqariladiganiga ta’siri sifatida ifodalanishi mumkin. Boshqaruv subyektida obyektga (ijrochiga) boshqaruv ma’lumoti — bosh-qaruv buyruqlari kelib tushadi; teskari aloqa qayta bog‘lanish bo‘yicha – xabar beruvchiga ma’lumot yuboriladi. Shu tariqa, boshqaruvni amalga oshirish ma’lumotlarni qayta ishlashdan, boshqaruvning samarasini esa - axborot jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etilishidan ajratib bo‘lmaydi.

Page 39: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

39

«Ichki ishlar organlarida boshqaruvni tashkil etish asoslari» va «Ichki ishlar organlarida boshqaruv asoslari» fanlarida ichki ishlar organlarida axborot tizimi va boshqaruvni axborot bilan ta’minlash masalalari yoritilgan bo‘lib, unda IIOda axborot tizimi, axborotga qo‘yiladigan talablar, uning miqdori va sifatiga xos xususiyatlar, IIOda boshqaruvni axborot bilan ta’minlash hamda uni tashkil qilishning asosiy prinsiplari batafsil berilgan.

Boshqaruv faoliyati va bevosita jinoyatlarni oldini olish, ochish va tergov qilish, jamoat tartibini saqlash, mahkumlarni qayta tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan IIO xodimlarining mehnatini umumlashtiruvchi va farqlovchi asosiy xususiyat borki, bu ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil va sintez qilish va bular asosida, IIO tizimi oldiga qo‘yilgan maq-sadga erishish yo‘lida turli xil boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishdir.

IIO xodimi mehnatining axborot tavsifi, ular tomonidan bajarila-digan turli xil ishlarda ko‘zga tashlanadi. Masalan, jinoyat qidiruv tezkor vakilining yoki profilaktika inspektorlarining jinoyatlar bo‘yicha surish-tiruv olib borish, fuqarolarning arizalarini tekshirish, xizmat ko‘rsatayot-gan hududdagi tezkor vaziyatni o‘rganish va baholash, ishlarni reja-lashtirish kabi faoliyatlardir. Shunday qilib, ko‘pchilik IIO xodimlarining mehnati, ma’lum miqdorda xabar va boshqaruv axborotlarini qayta ishlashdan iborat bo‘lib, uning texnologiyasi esa mazmunan ma’lumotni tahlil va sintez qilish texnologiyasidir.

IIO uchun huquqiy axborotning bir ko‘rinishi hisoblangan tezkor-qidiruv ma’lumotlar o‘ta muhim ahamiyatga ega. U jamiyatda yuz berayotgan murakkab ijtimoiy jarayonlardan chetlatib qo‘yilmagan. Uni boshqaruvning asosiy obyekti va subyekti sifatida inson shakllantiradi va foydalandi.

Tezkor vaziyatni baholash, qabul qilinayotgan qarorlarning to‘liq-ligi va to‘g‘riligi, tadbirni rejalashtirishni yo‘naltirilganligi, ijrochi oldiga qo‘yilayotgan vazifaning aniq va ravshanligi, nazorat qilish va jinoyat-larni ochishning samaradorligi ma’lumotning miqdori va ishonchliligiga uzviy bog‘liqdir.

Amaldagi boshqaruv tizimlari o‘ta murakkab va juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular boshqaruv axborotlari va qayta aloqaga ega bo‘lgan bir necha kanallardan tuzilgan bo‘lishi mumkin.

Boshqaruv axborot tizimlari – ma’lumotlar, iqtisodiy – matematik metodlar va modellar, texnik, dasturiy va boshqa texnologik vositalar va mutaxassislardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan.

Page 40: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

40

Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari va texnologiyalarni joriy etishda, tashkilotning ko‘lami va uning faoliyat yuritish sohasi ham asosiy mezonlardan hisoblanadi. Ushbu mezonlarni hisobga olgan holda, aniq vazifali masalalarni yechish asosida mos keluvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot texnologiyalarining dasturiy-qurilmaviy ta’minotini tanlash amalga oshiriladi.

O‘rganilayotgan jarayonlarni modellashtirishni avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlarini shakllantirish tajribalarini yig‘ish rahbarlarning yuqori malakaga ega bo‘lishini, ishlab chiqarish va moliya holatlarini modellashtirishni murakkab axborot texnologiyalarining maxsus dasturiy ta’minotini talab etadi.

Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta’minotining texnik jihati, avvalambor, boshqaruvning barcha tizimlarini zamonaviy kom-pyuter texnikasi vositalari, kompyuter aloqasi hamda talab darajasidagi dasturiy ta’minot – operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini boshqa-ruv tizimlari, ma’lumotlarni himoyalash va kodlashning dasturiy vositalari bilan jihozlashni nazarda tutadi.

2.3. Elektron va virtual ofislar tushunchasi Jinoyatlarni ochish, tergov qilish tergovchi va operativ xodim-

larning ish faoliyatini va axborot tahliliy ishlarning sifatini oshirishga kompyuter texnika vositalaridan foydalanish zamirida erishish mumkin. Ular turli analitik masalalarni yechishda birinchi navbatda murakkab bo‘lgan protsessual hujjatlarni tuzishda, gumonlanuvchi sifatida jalb etilganligi to‘g‘risidagi qarorlarni, javobgarlikka tortilishi to‘g‘risidagi xulosalarni, tergov muddatlarini uzaytirish va ayblanuvchini qamoqda saqlash to‘g‘risidagi qarorlarni tayyorlashda foydali bo‘lishi mumkin. Bunday masalalarni hal qilish uchun elektron va virtual ofislarga ehtiyoj oshadi

Elektron ofis – axborotni elektron qurilmalar yordamida qayta ishlash texnologiyasi.

Ma’muriy amaliyotni avtomatlashtirish tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Bunday avtomatlashtirishda hujjatlarni qayta ishlash kon-sepsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Ular tizimlarda, kompyuter kompleks-larida, lokal tarmoqlarda amalga oshirilmoqda. Elektron ofisda sun’iy intellekt metodologiyasi katta ahamiyatga ega. Hujjatlarni intellektual qayta ishlash konsepsiyasi bilimlar bazasidan foydalanishga va ko‘pgina boshqaruv vazifalarni bajarishga asoslangan: korrespondensiyalarning

Page 41: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

41

hisobi va tahlili, shartnomalarni tuzish, rasmiy xatlarni tuzish va shu kabilar kiradi.

Elektron ofislarda ekspertiza va maslahat xizmatlari keng tarqal-gan. Ular tarkibida faoliyatni tahlil va nazorat qilish (hisobot reviziyasi, muammoli joylar tahlili, balans, ishni baholash va hokazo)lar kiritilgan. Kalendar rejalashtirish tadbirlar rejasini tuzish imkoniyatini beradi. Elektron kartoteka vazifasiga saqlash, kataloglar tuzish, va hujjatlarni qidirish kiradi. Tergovchi va operativ vakillar tomonidan IIV axborot markazi va turli tashkilotlardagi: aeroport, vokzal, mehmonxona, tibbiyot muassasalari, YHXX postlaridagi avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banklaridan foydalanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida shubha uyg‘otuvchi shaxslarning harakatlanishi, moddiy boyliklar, pul mablag‘larining, transport vositalarning harakatini aniqlash mumkin.

Elektron ofisda bajariladigan muhim jarayonlardan biri bu tasvir-larni qayta ishlashdir. Bu kompyuter grafikasi oddiy gistogrammalardan tortib, to murakkab geografik kartalar va texnik chizmalarni o‘z ichiga oladi. Kompyuter grafikasi programma ta’minoti har qanday turdagi hujjatlarni qayta ishlash imkonini beradi. Tasvirlarni tahlil qilish dasturlari diagnostik va identifikatsion tadqiqotlarni masalan daktilos-kopik (qo‘l izlarini o‘zaro solishtirish va daktiloskopik kartadagi qo‘l izi bilan solishtirish), trassologik (masalan oyoq poyafzali izi yordamida uning tashqi ko‘rinishini tiklash), portretli, kompozitsion portretlar (fotorobot)ni tuzish imkonini beradi.

Elektron ofislarda matnlarni qayta ishlash xizmati keng qo‘l-laniladi. Uning yordamida elektron hujjatlarni formatlash, tahrirlash, saqlash va chop etish mumkin. Bunday xizmat elektron pochta bilan bevosita bog‘liq. Pochta orqali yuboriladigan xabarlar, matn muharriri dasturida tayyorlanadi. Qabul qilingan hujjatlar shu maqsadda maxsus tayyorlangan ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Kompyuterlar yordamida ishchan grafika va telekonferensiyalarni o‘tkazish keng tarqalmoqda. Tahlil qilish uslublari hujjatlarni mazmuniga qarab klassifikatsiya qilish imkonini beradi. Bunday uslublar axborotlarni arxivlash va kerakli hujjatlarni izlash imkonini beradi.

Kerakli xodimlarga hujjatlarni tarqatish kimga, qachon va nimani yuborish masalasini hal qilishni talab qiladi. Ko‘pincha umumiy vazifani hal qilishda qatnashayotgan xodimlar orasida axborot almashinuvini ta’minlash zarur. Yuzaga chiqayotgan ishlarni bajarish muddatlarini nazorat qilishda kerak. Bunda foydalanuvchining qulay interfeys bilan ta’minlangani muhim.

Page 42: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

42

Elektron ofisning yaratilishi yuqori malaka talab etilmaydigan ishlardan xodimlarni ozod etish imkonini beradi (hisobotlarni tayyorlash, korrespondensiyalarni qayta ishlash va hokazo). Elektron ofis tomonidan bajariladigan funksiyalarni kengayishi, xodimlarning faollashishiga va bajariladigan ishlarga ijodiy yondashishini oshiradi.

Elektron ofis uchun keng dasturiy ta’minot yaratilmoqda va taklif etilmoqda, ular yordamida faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina masalalar yechilmoqda. Ular quyidagilardan iborat:

o matn muharrirlari; o elektron jadvallar; o ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari; o prezentatsiyalarni tayyorlash dasturlari; Elektron ofis bilan bir qatorda virtual ofislar keng qo‘llanilmoqda: Virtual ofis – qurilmalar va xodimlar turli joylarda joylashgan

elektron ofisdir. Tashkilot hujjatlari, amaliy jarayonlar va ma’lumotlar bazalari

bilan uyda, mehmonxonada, transport vositalarida ishlash zarurati virtual ofislarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ushbu ofislar elektron ofislarning rivojlanishi bo‘lib, global, hududiy tarmoqlarga bog‘langan bo‘lib lokal tarmoqlar bazasida ishlaydi. Tashkilot tizimining abonent tizimlari, buning evaziga ular uchun umumiy bo‘lgan virtual tarmoqqa bog‘lanadi. Bunday tizimlar asosan shaxsiy kompyuterlar bazasida yaratiladi.

Virtual ofislarning paydo bo‘lishiga asosan ikkita omil sababchi bo‘lgan. Eng avvalo bu elektron pochta va ovozli pochta. Ikkinchidan, portativ shaxsiy kompyuterlar va radiotarmoqlarning keng qo‘llanishi.

Virtual ofislarning yaratilishi quyidagi imkoniyatlarni beradi: - ijrochilarni mijozlarga yaqinlashtirishga, ish bo‘yicha operatsiya-

larni nomarkazlashgan holda bajarishni; - ishchi guruhlarni faqat aniq vazifani bajarish uchun shakllantirish; - tashkilotlar shaxsiy tarkibi sonini qisqartirishni va ko‘chmas mulk

qiymatini kamaytirishni; - televideo rejimida ishni ta’minlashni; - xodimlar tomonidan o‘z xizmat vazifalarini sutka davomida

bajarish imkoniyati vujudga keltiradi. Tashkilot, muassasa va uyda bajariladigan ishlar orasidagi farqning aniq chegarasi yo‘qolib bormoqda.

Page 43: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

43

2.4. Elektron va virtual ofisning asosiy komponentlari Ma’lumotlar bazasi (MB) – o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ma’lum

qoidalar asosida tashkillashtirilgan ma’lumotlar majmuasi. Ma’lumotlar banki, maxsus shaklda tashkillashtirilgan bitta yoki bir nechta fayllar guruhidir. Ular bilan ishni ma’lumotlar bankini boshqarish tizimi (MBBT) tashkil etadi. MB turli o‘lchamlarga ega – eng kichkina portativ kompyuterlarda joylashgan ma’lumotlar bankidan, juda katta hajmda superkompyuterlarda joylashtirilgan ma’lumotlar bankigacha. Ma’lumot-lar bazada shunday joylashtiriladiki, ularni oson va tez topib qayta ishlash imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. Bunday vazifalarni MBBT bajaradi. MB bunday ma’lumotlarni olishni ko‘p usullari mavjud. Audio-videobazalar keng tarqalmoqda. Ularning xususiyati shundaki, ularda matnlar, ovozlar, va videofilmlar saqlanadi, joylashtiriladi va chiqariladi. Axborotlarni qayta ishlash tezligini oshishi, katta hajmdagi xotiralarning yaratilishi, katta hajmlardagi axborotlarni uzatish axborot-kommunika-tsiya tarmoqlarining qurilishi, to‘liq matnli ma’lumotlar banklardan foydalanish imkoniyatini yaratdi.

Matnlar muharriri (protsessor) - amaliy programma ta’minotining bu turi, matnli hujjatlarni hosil qilish va qayta ishlashga mo‘ljallangan. U so‘zlarni qo‘shish va olib tashlash, abzas va gaplarni bir joydan ikkinchi joyga siljitish, formatlarni qo‘yish, matn elementlari ustida turli rejimlar-ni o‘rnatish amallarni bajarish imkoniyatiga ega va hokazo. Hujjat tayyor bo‘lgandan so‘ng doimiy xotirada saqlab, zarurat bo‘lganda tarmoq orqali boshqa joyga jo‘natiladi. Shunday qilib xodim ixtiyorida kommunika-tsiya tizimidan foydalanib yozishmaning samarali vositasi paydo bo‘ldi. Matn muharriri yordamida tayyorlangan xat, xabarlarning muntazam olishi xodimga vaziyatni doimo baholash imkoniyatini yaratadi.

Elektron jadval (EJ) – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan amaliy dasturlar kompleksidir. EJning keng analitik imkoniyatlari, oldindan tayyorlangan kompleks funksiyalarining mavjudligidir. Bu funksiyalarga modellashtirish dasturlari, jadvallarni hosil qilish va qayta ishlashni avtomatlashtiruvchi maxsus «ekspertlar» kiradi. Ko‘pincha elektron jadval o‘rgatuvchi tizim bilan kengaytiriladi. EJ hududiy kommunikatsiya tarmoqlari va lokal tarmoqlar yordamida jamoa bilan ishlash imkoniyatlari bilan ham kengaytirilgan. Dastlab elek-tron jadval yordamida faqat tijorat va moliyaviy hisob-kitoblar bajaril-gan. Oxirgi yillarda bunday jadvallar yordamida ilmiy va texnik masala-larni yechishda, buxgalteriya hisobotlari, ma’lumotlarni grafik tasvir-lashda keng qo‘llanilmoqda.

Page 44: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

44

Tasvirlarni qayta ishlash – tasvirlarni interpretatsiyalash, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonidir. Tasvirlarni abonent tizimiga video-kiritish qurilmasi, sichqoncha, klaviatura, yorug‘lik perosi, skaner va dasturiy ta’minot, masalan grafik muharrir yordamida amalga oshiriladi. Tizimga kiritilgan tasvir turli ko‘rinishda qayta ishlanadi, bular qatoriga kamchilik va yetishmovchiliklarni bartaraf etish, yorug‘lik diapazonini kengaytirish, obyekt konturlarini ajratish, obyekt va obrazlarni identifi-katsiyalash va hokazo. Tasvir qayta ishlanganda yangi detallar kiritiladi, mavjud komponentlarning shakli va o‘lchamlari o‘zgartiriladi, bitta tasvir boshqasi bilan solishtiriladi, ularning o‘zaro mosligi aniqlanadi. Tasvirlarni qayta ishlash yuqori tezliklarni, katta hajmdagi xotira va texnologiyalarni talab etadi. Tasvirlarni qayta ishlash ko‘p protsessorli superkompyuterlarda axborotni parallel qayta ishlash texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Elektron pochta – foydalanuvchilar o‘rtasida xabar yoki hujjatlarni qog‘ozsiz uzatish vositasi. Elektron pochta foydalanuvchilar orasida almashinadigan xabarlarni ya’ni matn, ovoz va tasvirlarni uzatishni avtomatlashtiradi. Xabarlarni uzatishdan oldin saqlash uchun elektron pochta bo‘linmalaridan foydalaniladi. Bo‘linmalarda foydalanuvchilar-ning pochta yashiklari (manzillari) yaratiladi. Bu yashiklar ko‘pincha faks aloqasi va ovoz pochtalar ko‘rinishidagi xabarlarni qabul qilishi mumkin. Elektron pochta orqali xabarlarni telefon aloqa kanali, paket-larni bog‘lovchi tarmoq, integral xizmat ko‘rsatuvchi kodli tarmoq va boshqa turdagi tarmoqlar yordamida uzatish mumkin. Pochtaning asosiy funksiyalariga ma’lumotlarni tizimga kiritish va chiqarish, foydalanuv-chilar pochta yashiklariga ma’lumotlarni uzatish va almashish, uzatishda yuzaga chiquvchi xatoliklarni tekshirish va to‘g‘rilash, ma’lumotlarni yetib borgani to‘g‘risida xabarlar yuborish, berilgan manzillar bo‘yicha tarqatish, manzillarni o‘zgartirish. Hujjat va xabarlarni uzatish imko-niyatlari tez oshib bormoqda. Shuning uchun telefon, elektron pochta va faksimil aloqaning bosqichma-bosqich integratsiyalashishi kuzatilmoqda.

Ovozli pochta – bu pochta yordamida xabarlar ovoz yordamida uzatiladi. Bu elektron pochtani eslatadi faqat xabarlar matn ko‘rinishida klaviaturada terib yuborilmasdan, telefon orqali ovoz bilan yuboriladi. Shuningdek u ham yuborilgan xabarlarni telefon orqali qabul qiladi. Tizim o‘z tarkibida audiosignalni raqamli kodga va aksincha aylantiruvchi maxsus qurilmaga, hamda ovozli xabarlarni raqamli ko‘rinishda saqlov-chi kompyuterga ega bo‘ladi. Ovozli pochta ham tarmoq bazasida yaratiladi. Ovozli pochta bir guruh mijozlarga ham yuborilishi mumkin.

Page 45: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

45

Buning uchun jo‘natayotgan axborotni kimga jo‘natilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘shimcha ro‘yxat bilan jo‘natishi lozim. Sistema ma’lum muddat orasida kimlarga xabar yuborilganiga qarab qayta-qayta telefon qilib turadi. Ovozli pochtaning asosiy yutug‘i shundaki, u elektron pochtaga nisbatan ancha sodda va klaviaturadan foydalanish zarurati yo‘q.

Elektron kalendar - bu tarmoqqa ulangan kompyuterlardan rahbar va boshqa xodimlarning ish jadvalini saqlash va o‘zgartirishda foyda-lanishning yana bir imkoniyati. Rahbar (yoki kotib) uchrashuvning kuni, vaqtini yoki boshqa tadbirni belgilaydi, tayyorlangan jadvalni ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lsa klaviatura yordamida o‘zgartirishlar kiritadi. Elektron kalendarning texnik va dasturiy ta’minoti elektron pochta komponentlariga mos tushadi. Bundan tashqari, kalendar dasturiy ta’minoti, ko‘pincha elektron pochtaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tizim qo‘shimcha ravishda boshqa rahbarlarning kalendari bilan tani-shish imkoniyatini beradi. U avtomatik tarzda uchrashuv vaqtini o‘zlari-ning jadvaliga mos ravishda kelishtirib to‘g‘rilashi mumkin. Elektron kalendarning qo‘llanishi yuqori darajadagi boshqaruv rahbarlari uchun alohida ahamiyatga ega, chunki ularning kundalik ishlari oldindan uzoq muddatga rejalashtirilgan bo‘ladi

Telekonferensiya – uzoq masofada joylashgan bir guruh foyda-lanuvchilar o‘rtasida munozara o‘tkazish usuli. Telekonferensiya foyda-lanuvchilarning hamkorlikda faoliyatini ta’minlovchi dasturiy-texnik ta’minot muhitida o‘tkaziladi. Telekonferensiya o‘tkazish uchun ularning har biri tarmoqqa ulangan kompyuterdan ma’lumot olish huquqiga ega bo‘lishi kerak. Telekonferensiya ikki turga bo‘linadi. Telekonferensiya – ayni paytdagi vaqtga asoslangan bo‘lib, ishtirokchilarning hammasi kompyuter yonida bo‘ladi va sheriklari bilan matn, tasvir, ovozli mulo-qotni olib borish, ekrandagi tasvirni kerakli qismlarini masofada turib belgilash, fayl va xabarlarni uzatishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Telekonferensiyaning ikkinchi turi hujjatni ko‘rib chiqish reji-mida amalga oshiriladi. Bunda muhokama qilinayotgan axborot bo‘yicha ma’lumotlar bankidan foydalaniladi va undan fayl hosil qilinadi. Xar bir foydalanuvchi kelishilgan vaqt mobaynida mavjud ma’lumot bilan tanishadi, boshqa ishtirokchilarning bildirgan fikrlari va e’tirozlari bilan tanishadi va faylga o‘zining fikrlarini qo‘shib yozadi. Bunday muhokama bir necha marta qaytarilishi mumkin. Telekonferensiya xususiy holda e’lonlar elektron doskasi sifatida bo‘ladi. Undan asosan katta firmalar foydalaniladi, ayniqsa mutaxassislarni o‘qitish bilan shug‘ullanadiganlar.

Page 46: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

46

Unda turli ko‘rinishdagi e’lonlar osib qo‘yiladi. Masalan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi, kurs mavzulari munozara jadvallari, o‘quv-metodik materiallar, maslahatlar, tadbirlar bo‘yicha yo‘riqnomalar va hokazo.

Faksimil-aloqa faks qurilmasini kommunikatsiya kanalining bir burchagida hujjatni o‘qishga va ikkinchi burchagida tasvir ko‘rinishida bera olish qobiliyatiga asoslangan. Faksimil-aloqa ishtirokchilarning geografik joylashishidan qat’i nazar hujjatlarni tez va oson tarqatish hisobiga ma’lum muammolarini yechimini topishda qaror qabul qilishga o‘z xissasini qo‘shmoqda

Kompyuter aloqa vositalari asosida tergov amaliyotiga masofada turib tergov qilish istiqbolli ekanligini namoyon qilmoqda. Uning maz-muni shundaki, tergovchi tomonidan boshqa shaharda yoki davlatda bo‘lgan shaxsni tergov qilishni, telequrilma va kompyuter yordamida qisqartirilgan tasvir va ovozni uzatishni, keyinchalik faksimil aloqa orqali imzolangan tergov bayonnomasini yuborishdir. Video va ovozli axborotlarning sifati tergov harakatlari natijalarini tasdiqlash imkoniyati-ning mavjudligi tomonlarning axborotni to‘liq qabul qilinishi xuddi tergovchi o‘z xonasida tergov o‘tkazganligi darajasida ta’minlanadi.

Nazorat savollari:

1. Boshqaruv deb nimaga aytiladi? 2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad. 3. Boshqaruv axborot tizimlari qanday imkoniyatlarni yaratadi? 4. Axborot texnologiyasi qanday klassifikatsion belgilar asosida

sistemalashtiriladi? 5. AT markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va aralash texno-

logiya turlarini tushuntiring. 6. IIO xodimi mehnatining axborot tavsifi nima? 7. Huquqiy axborotning turlari, ichki ishlar faoliyatini tashkil

etishdagi o‘rni? 8. Boshqaruv axborot tizimlari nima uchun mo‘ljallangan? 9. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta’minotining texnik

jihati deganda nimalarni tushunasiz? 10. Elektron ofis qanday texnologiya? 11. Virtual ofis deganda nimani tushunasiz? 12. Virtual ofislarning yaratilishi qanday imkoniyatlarni beradi? 13. Elektron va virtual ofisning asosiy komponentlari nimalardan

iborat? 14. Telekonferensiya turlari va ularning bir-biridan farqi qanday?

Page 47: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

47

3. DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA HUJJATLARGA

ISHLOV BERISH Axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining keng miqyosda

qo‘llanilishi huquqni muhofaza qilish organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning huquqiy bilimlar bilan bir qatorda axborot texnologiya-lari va zamonaviy kompyuter texnikalardan amaliy foydalanish bilim-lariga ega bo‘lishi zarurligini taqozo qilmoqda. Jumladan, IIO xodimlari ko‘plab vazifalarni hal qilishda turli (matnli, raqamli, grafik, video, audio va boshqa turdagi) ma’lumotlardan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.

3.1. Matnli hujjatlarga ishlov berish Hozirgi kunda kompyuterlar uchun ko‘plab matn muharrirlari

ishlab chiqilgan. Ularning rivojlanishi, birinchidan funksional imkoniyat-larni kengaytirsa, ikkinchidan ishlashda yangidan-yangi qulayliklarni yaratadi. Matn muharrirlari ichida Microsoft Word avlodlari keng tarqalgan.

Matn muharriridan foydalanganda, uning funksional imkoniyat-larini hisobga olish kerak. So‘nggi paytlarda quyidagi imkoniyatlar o‘zgarmas bo‘lib qolmoqda:

– matnlarni ekranda tahrir qilib, qayta ishlash (matnning boshi va oxiri, belgi, satr, xat boshi, sahifa bo‘yicha harakatlanish; belgisi va elementi bo‘yicha matn qismlarini qidirish; belgi, so‘z va satrlardan tashkil topgan qismlarni ajratish; matn qismlarini qo‘yish, almashtirish, o‘chirish, o‘zgartirish; bir necha matnli hujjatlar bilan ekranning alohida oynalarida ishlash);

– matnli hujjatlarni rasmiylashtirish (varaq formatini berish; avto-matik bo‘g‘in, so‘z ko‘chirish, xat boshini formatlash – satrlar orasidagi masofa, chap va o‘ng maydonlar, xat boshining chekinishi, chap va o‘ng tomonlarni to‘g‘rilash; betlarga bo‘lib chiqish – avtomatik yoki qo‘lda; sarlavhani ajratish, markazlashtirish, varaqlarning tartib-sonlarini avto-matik yoki qo‘lda qo‘yish; alohida so‘z, belgi, satr, xat boshi harflarini o‘zgartirish; matnni ajratish – qalin, tagiga chizish, og‘dirib yozish; kolontitullardan foydalanish, matnni bir necha ustunga joylashtirish, ya’ni kolonkalar hosil qilish);

– matnsiz bo‘laklarni matnli hujjatlarga kiritish – rasm, grafik, matematik amallar va boshqalar;

Page 48: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

48

– fayl tizimlari bilan bog‘lanish (matn fayllarini saqlash; katalog, fayllarni berish va bu fayllardan ish uchun keraklisini tanlash; turli fayllardagi matnlarni qo‘shish, turli fayllar orasidagi matn bo‘laklarini o‘zaro almashtirish; boshqa dasturlar yordamida tuzilgan matn va grafiklarni qabul qilish);

– har xil turdagi chop etish qurilmalarida matnli hujjatlarni chop etish, chop etish kattaliklar (o‘lcham)ini berish (chop etish qurilmasining turi va markasi, uni chop etish tugatilgandan keyingi, navbatdagi kutish-kutmaslik rejimida chop etish tartibi, chop etish diapazoni – hujjatning to‘la yoki ayrim sahifalarini).

Foydalanuvchi uchun matn muharrirlarining qulayligi ularning maksimal tezlikda ishlashi bilan ahamiyatlidir. Hujjatlarni turli tillarda tayyorlash, masalan, hisobot hujjatlarini tayyorlash jarayonida bir necha hujjatlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘lish muhimdir. Bundan tashqari, ko‘p tilli hujjatlarni tayyorlash uchun elektron lug‘atning mavjudligi katta qulaylik. Lug‘at yaratish imkonini beruvchi va unga ixtiyoriy payt-da murojaat qilish mumkin bo‘lgan matn muharriri eng qulay va afzaldir.

Har qanday tashkilotda formulyarlarni to‘ldirish, ma’lumotnomalar va xizmat yozuvlarini amalga oshirish kabi ko‘plab ishlar bajariladi. Barcha formalar muayyan xususiyatga ega bo‘lib, tegishli tartib asosida hosil qilinadi. Agar formaning shabloni mavjud bo‘lsa, har qanday hujjatni hosil qilish juda oddiy bo‘ladi. «Shablon» tushunchasi MS Word dasturining fundamental tushunchalaridan biridir. Shablon – ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan hujjatning shaklini belgilovchi kattalik (o‘lcham)lar to‘plami. Odatda, barcha hujjatlar oddiy shablon asosida quyidagi ma’lum bir o‘rnatilgan kattaliklar asosida tuziladi: standart soz-langan menu, uskunalar paneli klaviaturasi, standart o‘rnatilgan stillar. Oddiy (obichniy) shablon umumiy hisoblanib, barcha turdagi hujjatlar va boshqa shablonlarga asos bo‘ladi. Hujjatni yaratib, formatlab, avtomat-lashtirish elementlarini qo‘yish orqali keyinchalik uni shablon qilib olish mumkin. Agar hosil qilingan shablon ma’lum bir turdagi hujjatlarni yaratishda qo‘llanilsa, u maxsus shablon deb ataladi.

Shablonlar bilan ishlashga kirishishdan oldin MS Worddagi barcha tuzilgan shablonlar bilan tanishish zarur. MS Word dasturida foydalanish uchun tayyor bo‘lgan, oldindan tuzilgan ko‘plab shablonlar mavjud. Ular faks-sahifa, xizmat yozuvlari, ish xatlari va Web-sahifalar kabi hujjatlar-ga mos keladi. Bundan tashqari, foydalanuvchi o‘zining shablonlarini yaratishi ham mumkin. Word dasturida standart xatlar hosil qilish uchun bir nechta shablonlar yaratilgan.

Page 49: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

49

Ayrim hujjatlarni to‘ldirish uchun bosmaxonada avvaldan tayyor-langan blanklardan foydalaniladi. Hozirgi kunda Word dasturining imkoniyatlari orqali blank shakli shablonini (elektron holda) hosil qilish va to‘ldirishga tayyor holda saqlash mumkin.

Ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlarni o‘z ichiga olgan hujjat shakl deb nomlanadi. Shaklning bosma va elektron turlari mavjud. Bosma shakl oddiy qog‘ozdagi hujjatdir. Elektron shakl elektron pochta yoki tarmoq orqali uzatilishi mumkin. Shaklda quyidagi maydon turlari qo‘llaniladi: ma’lumotlarni kiritish uchun maydon, ro‘yxatdagi qiymatlarni kiritish maydoni va belgili maydon. Shaklning doimiy qismi o‘zgarmas ma’lumotlardan tashkil topadi. Tayyorlangan shaklni himoya-lab qo‘yish ham mumkin. Shaklni hosil etish ketma-ketligi quyidagilar-dan iborat:

1) shaklning tuzilishini ishlab chiqish va shablon tayyorlash; 2) hujjat shabloniga maydonlarni kiritish; 3) shaklni himoyalash va saqlash.

Yaratilgan elektron shakl shablon sifatida saqlanadi va uning asosida yangi turdagi hujjatlar tayyorlanadi.

Hujjatlarni biriktirish. Agar bitta hujjatga turli manbalardagi ma’lumotlarni yig‘ish talab

etilsa, biriktirish (sliyaniye) texnologiyasi qo‘llanadi. Boshlanishida quyidagilardan biriga aylantirish belgilanadi (blankali hujjatlar, konvert-lar, nakleyka, katalog yoki oddiy hujjatga aylantirish).

Bajarish ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi: 1) o‘zgarmas matnli asosiy hujjat hosil qilish. 2) ma’lumotlar manbaini tayyorlash (bunda, Word dasturida yara-

tilgan jadval, Excel ishchi kitobi, Access ma’lumotlar bazasi ko‘rinishi-dagi fayl bo‘lishi mumkin);

3) asosiy hujjatni jamlashga "Sliyaniye" tayyorlash; 4) ma’lumotlarni birlashtirish. Asosiy hujjat mavjud hujjat bazasi yoki shablon asosida yangidan

hosil qilinadi. Unga ma’lumotlar manbaidan kiritiladigan ma’lumotlar uchun maydonlar ajratiladi. Ma’lumotlarni qo‘shish "sliyaniye" koman-dasining oxirgi bosqichida bajariladi. Ma’lumotlarning qo‘shilish jarayonidagi natijasini ko‘rib chiqib, bosmaga chiqarish mumkin.

Shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda ko‘plab matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Ularning rivojlanishi, birinchidan funksional imkoniyat-larni kengaytirsa, ikkinchidan ishlashda yangidan-yangi qulayliklarni yaratadi. Matn muharrirlari yordamida boshqaruv axborotlarini kom-

Page 50: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

50

pyuterda qayta ishlash boshqaruv apparati xodimlari ishi samaradorligini sezilarli darajada oshirib, mehnat sarfini kamaytiradi.

3.2. Elektron jadvallar yordamida statistik ma’lumotlarni

qayta ishlash tizimi Ma’lumki, IIOda boshliqlar turli boshqaruv qarorlarini qabul

qilishda asosan statistik jadvallarga tayangan tahliliy ma’lumotnoma-lardan foydalanadilar. Hisoblash jarayonini jadval shaklida avtomatlash-tirish uchun dastur mahsuloti sifatida jadval protsessorlari yaratilgan. Ular elektron jadval (EJ) yaratish, unga statistik ma’lumotlarni kiritish, diagramma va grafiklar yordamida statistik axborotni qayta ishlash imkonini beradi.

Ko‘pincha, qaror qabul qilish uchun IIO boshlig‘iga tezkor vaziyatni tavsiflovchi u yoki bu hisob ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishni bilish muhimdir. Bu uning javobgarligidagi shaxsiy tarkib va transport vositalarini o‘z ichiga olgan resurslarni to‘g‘ri taqsimlash uchun kerak. Buning uchun ko‘plab jadval ma’lumotlari qayta hisoblanadi. Hisob-kitob ishlarini jadval protsessorlari qo‘yilgan vazifaning variantlarini bergan holda sekundlar ichida bajaradi. Shu bilan birga, jadval protses-sorlari foydalanuvchi-huquqshunosga hajmi katta bo‘lmagan ma’lumot-lar bazasini yaratish imkonini ham beradi.

Zamonaviy jadval protsessorlari statistik ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi. Hozirgi kunda Microsoft Excel 2000, XR, 2003, 2007, 2010, 2013, 2016 kabi elektron jadval namunalari mavjud.

Jadval protsessorlarining funksiyalari xilma-xil va quyidagilardan iborat:

- EJ hosil qilish va tahrir qilish; - EJni kerakli ko‘rinishga keltirish va bosmaga chiqarish; - formulalar bilan bog‘langan, ko‘p jadvalli hujjatlarni hosil qilish; - diagrammalar qurish, ularni modifikatsiyalash va iqtisodiy

masalalarni grafik usullarda yechish; - elektron jadvallar bilan xuddi ma’lumotlar banki bilan ishlagan-

day ishlash (jadvallarni tartibga keltirish, so‘rovlar bo‘yicha ma’lumotlar olish);

- yakuniy va yig‘ma jadvallarni yaratish; - jadvallarni qurishda tashqi ma’lumotlar bankidan foydalanish; - "agar-nima" tipidagi iqtisodiy masalalarni parametrlarni tanlash

yo‘li bilan yechish;

Page 51: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

51

- optimallashtirish masalalarini hal qilish; - ma’lumotlarni statistik qayta ishlash; - makrobuyruqlarni ishlab chiqish, muhitni foydalanuvchi

ehtiyojiga moslashtirish va hokazo. Har qanday EJ quyidagi elementlardan tashkil topadi: jadval sarlav-

hasi; ustun sarlavhasi (jadval nomi); axborotli qism (yacheykalarda joy-lashgan birlamchi va yakuniy ma’lumotlar).

Excel ma’lumotlarni grafik tasvirlashning ko‘pgina imkoniyatlariga ega. Unda turli ko‘rinishdagi diagrammalarni tanlash imkoniyati, shu bilan birga ularning bir nechta ko‘rinishlari mavjud. Diagrammalar usta-sidan foydalanilganda har qanday diagramma turini ko‘rish va ularning ichidan jadval uchun eng qulayini tanlash mumkin. Ma’lumotlarni dia-gramma ko‘rinishida tasvirlash raqamli ma’lumotlarni yaqqol tasvirlash va ularni bir nechta yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilish imkonini beradi.

IIOda boshliqlar turli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosan statistik jadvallarga tayangan tahliliy ma’lumotnomalardan foydalanadi-lar. Hisob-kitob ishlarini jadval protsessorlari qo‘yilgan vazifaning variant-larini bergan holda sekundlar ichida bajaradi. Shu bilan birga, jadval protsessorlari foydalanuvchi-huquqshunosga hajmi katta bo‘lmagan ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini ham beradi. Excel ma’lumotlarni grafik tasvirlashning ko‘pgina imkoniyatlariga ega.

3.3. Excel dasturida modellashtirish.

Qarorlar qabul qilish axborot tizimlari Excelning tipik iqtisodiy-matematik ilovalariga quyidagilar kiradi: - strukturalash va ma’lumotlarni birlamchi mantiqiy qayta ishlash; - ma’lumotlarni statistik qayta ishlash, tahlil va bashorat qilish; - moliyaviy-iqtisodiy hisob kitoblarini amalga oshirish; - tenglama va optimallashtirish masalalarini yechish. Excelda ro‘yxatlar dastlabki axborotni formallashtirilgan struktura-

siga misol bo‘ladi. Ro‘yxat – Excel ishchi sahifasida joylashgan jadval, uning satrlaridagi ma’lumotlar esa bir xil struktura yoki bir tipli ma’lumotlar. Unga ma’lumotlarni qayta ishlashning an’anaviy birlamchi yoki dastlabki mantiqiy qayta ishlashning masalalariga berilgan mezon (kriteriy) bo‘yicha tartiblash va tanlash (filtrlash) kiritilgan.

Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va bashoratlash. Excelda ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uslublarini

bajarish funksiyalari maxsus dasturiy vositalar ko‘rinishida (tahlil paketi

Page 52: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

52

qobiq shaklida) Microsoft Office tarkibiga kiritilgan va foydalanuvchi-ning ehtiyojiga qarab o‘rnatiladi. Tahlil paketi qobig‘ini o‘rnatish boshqa qobiqlarni o‘rnatish kabi Servis/Nadstroyki buyrug‘i orqali bajariladi.

Servis menusidagi qobiq muvaffaqiyatli o‘rnatilgandan so‘ng Analiz dannix punkti paydo bo‘ladi va master oynasida Statisticheskiye toifasidagi funksiyadan foydalanish imkoniyati yuzaga keladi.

Statistik tadqiqotning maqsadi statistik (iqtisodiy) ma’lumotlar orasidagi nisbatlarni aniqlash, tadqiq etish, ulardan bashoratlash va qaror qabul qilishda foydalanish. Excel ma’lumotlarni kompleks statistik tahlil qilish va qayta ishlashga mo‘ljallanmagan, lekin Analiz dannix oynasi-dagi buyruqlar yordamida quyidagilarni bajarish mumkin:

- izohli statistik tahlil (izohli statistika); - ma’lumotlarni darajalarga bo‘lish (rang va persentil); - grafik tahlil (gistogramma); - ma’lumotlarni bashoratlash (o‘rtacha o‘zgaruvchi, eksponensial

tekislash); - regression tahlil (regressiya) va hokazo. Funksiyalar ustasi oynasidagi Statisticheskiye toifasidagi regres-

sion tahlil uchun ishlatiladigan statistik funksiyalar: - LINEYN (chiziqli) – (qiymat–U; qiymat–X; konstanta; stat) –

berilgan massiv uchun chiziqli trend parametrlarini aniqlaydi; - TENDENSIYA (qiymat–U; qiymat–X; yangi qiymat–X; konstan-

ta) – berilgan massiv uchun chiziqli trendga asosan oldindan aytilgan qiymatlarni aniqlaydi (kichik kvadratlar usuli) va boshqalar.

Moliyaviy hisoblarni bajarish – Excel dasturini qo‘llashning eng asosiy sohasi. Moliyaviy hisoblar boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladigan (eng sodda arifmetik operatsiyalardan murakkab ko‘p kriteriyli modellarni algoritmlarini qurish yordamida tijorat shartno-malarining optimal xarakteristikalarini topish imkoniyatini beruvchi va hokazo) usul va hisoblashlar majmuasidan tashkil topgan.

Excelga qo‘shimcha va qobiqli moliyaviy funksiyalar kiritilgan. Qo‘shimcha funksiyalarni qo‘llash uchun Paket analiza qobig‘ini o‘rnatish kerak. Excelda yechiladigan hamma moliyaviy funksiyalarni quyidagi shartli guruhlarga ajratish mumkin:

- investitsiya loyihalarini tahlil qiluvchi; - qimmatli qog‘ozlarni tahlil qiluvchi; - amortizatsion to‘lovlarni hisoblash uchun mo‘ljallangan; - qo‘shimcha.

Page 53: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

53

Funksiya ustasi yordamida moliyaviy hisob-kitoblar Vstavka/ Funksiyani tanlash orqali amalga oshiriladi.

Optimallashtirish vazifalarini yechishda Excelning turli vositalari-dan unumli foydalanish mumkin. Excelda optimallashtirish masalalarini yechish uchun asosan Servis/Podbor parametra buyrug‘i qo‘llaniladi va u zarur natijaga keltiruvchi noaniq kattalikni aniqlaydi. Agar Servis menusida Podbor parametri yo‘q bo‘lsa, Servis/Nadstroyka buyrug‘i bajariladi va Nadstroyka muloqot oynasidagi Paket analiza to‘g‘risiga bayroqcha o‘rnatiladi. Podbor parametra buyrug‘i bilan ishlash uchun varaqda quyidagilar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak:

- hisoblash uchun formula; - boshlang‘ich qiymat uchun bo‘sh yacheyka; - formula uchun zarur bo‘lgan boshqa qiymatlar. Formulada bo‘sh yacheykaga ilova albatta bo‘lishi kerak, chunki

o‘sha yacheyka o‘zgaruvchan bo‘lib, Excel shu qiymatni aniqlaydi. Parametrni tanlash jarayonida o‘zgaruvchan yacheykaga uzluksiz masa-laning yechimi topilmaguncha yangi qiymatlar joylashtiriladi. Bunday jarayon iteratsiya deb ataladi va u muharrir tomonidan belgilangan miqdorda yoki aniqlik oralig‘ida joylashgan natija topilmaguncha bajari-ladi (bunday parametrlarni o‘rnatish Servis/Parametri buyrug‘ining Vichisleniya vkladkasi yordamida amalga oshiriladi).

Yechimini qidirish buyrug‘i. Chiziqli va chiziqsiz dasturlash hamda amallarni tadqiq etish (issledovaniye operatsii) usullarining qo‘l-lanishini talab qiluvchi murakkab masalalarning yechimini topishda Poisk resheniya qo‘llanadi. Poisk resheniya qobig‘ini qo‘llash uchun dasturlash va amallarni tadqiq etish usullarini bilish shart emas, lekin ular bilan qanday masalalarni yechish mumkinligini aniqlay olish kerak. Foydalanuvchi Poisk resheniya qobig‘ining dialog oynalari yordamida masala shartlarini to‘g‘ri ifodalay olishi lozim. Agar masalaning yechimi bo‘lsa, Poisk resheniya uni aniqlab beradi. Qobiq asosida iteratsiya usullari yotadi.

Agar optimallashtirish masalasi bir nechta o‘zgaruvchan hadlardan iborat bo‘lsa, ssenariyni tahlil qilish uchun Poisk resheniyadan foydala-nish zarur. Poisk resheniya bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘zgaruvchan yacheykalarni ishlatish va o‘zgaruvchan yacheykalarga cheklovlar qo‘yish imkonini beradi.

Poisk resheniya qobig‘i asosida yechiladigan masalalarga xos bo‘lgan umumiy jihatlar quyidagicha bo‘ladi:

Page 54: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

54

- formuladan iborat maqsadni aniqlovchi yagona yacheyka mavjud, uning qiymati maksimum, minimum yoki oldindan berilgan qiymatga teng bo‘lishi kerak;

- bu yacheykadagi formula bir qator o‘zgaruvchan yacheykalarga ilova qilingan bo‘lishi kerak. Masalaning yechimini topish uchun o‘zga-ruvchan yacheykalardagi sonlarning shunday qiymatini topish kerakki, natijada maqsadni aniqlovchi yacheykaning qiymati optimal bo‘lishi kerak.

- ma’lum miqdordagi cheklovlar, shartlar yoki nisbatlar berilishi mumkinki, natijada ular o‘zgaruvchan yacheykalardagi qiymatlarni qanoatlantirishi kerak.

Ssenariylar dispetcheri – "nima-agar". Podbor parametra va Poisk resheniya buyruqlari bilan ishlaganda hisoblash natijalarini taq-qoslashning qulay usuli mavjud emas, chunki ma’lumotlar har gal o‘z-garganda oldingi qiymatlar yo‘qolib ketadi. Bunday cheklovlarni bartaraf etish uchun Excelni yaratganlar bir nechta model bilan ishlash imko-niyatini beruvchi "nima-agar" Dispetcher ssenariyni o‘ylab topganlar. Servis/Ssenarii buyrug‘i yordamida masalaning yechimini topish davomida yangi ssenariylarni hosil qilish va mavjud ssenariylarni qarab chiqish va o‘zaro yaqin hisobotlarni ko‘rsatib namoyon qilish mumkin.

Oxirgi paytda inson faoliyatida modellashtirish usuli tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlarning yetakchi uslublari sifatida bilish jarayonining asosiy vositasiga aylanmoqda. Modellashtirishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi zamonaviy fanlarning empirik-izohlash darajasidan abstrakt-nazariy darajaga o‘tishi bilan ta’riflanadi. Modellashtirishning amalga oshirilishi turli usullarning quyidagi shakllari shuningdek, modellarning mos turlarini ajratish imkonini beradi: moddiy-tabiiy (predmetli), mav-hum (ideal, xayoliy), matematik-mantiqiy va kibernetik, axborot-kompyuterli, vaziyatli.

Har qanday faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, shu jumla-dan, jinoyatlarni tergov qilish jarayonida, vaziyatli modellashtirish hisob-lanadi. Tergovda bir xil vaziyatlarni va ularga mos ravishda tergov-chining harakatlarini aniqlash mumkin. Ularni tipik tergov vaziyatlarini tergov qilishning algoritmini yaratishda qo‘llash mumkin. Muammoli hodisalarning yechimini topishda vaziyatli modellashtirishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

1. Muammoli modellashtirish usuli modellashtirilgan muammoli vaziyatni o‘zgarish tendensiyasini baholashga asoslangan.

Page 55: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

55

2. Maqsadli imitatsiyalash usuli boshqa inson yoki bir guruh odam-larning obraziga kirish (bu usul qo‘llanilganda o‘zingizni boshqa odam-ning o‘rniga qo‘yib, vaziyatni uning nigohida ko‘rishga harakat qilish).

3. Aqliy hujum usuli muammoni ijodiy muhokama qilish, muam-moli vaziyatni aniqroq baholash va fikrlar ketma-ketligini taxmin qilish.

Vaziyatli modellashtirishning mantiqiy ketma-ketligini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: a) muammoni ifodalash (modellashtirish vazifasini aniqlash); b) vaziyat modelini qurish (vaziyatni modellash-tirish), ya’ni struktura bloklarini mazmunan to‘ldirish; v) hodisani tadqiq qilishda ahamiyatli bo‘lmaganlarni abstraktlash; g) vaziyatni bashorat-lash; d) vaziyatni boshqarishning bir qator alternativ yechimlarini aniq-lash; ye) dinamik faktorlarni hisobga olish; j) modelda yechimlarni sinab ko‘rish va optimal yechimni tanlash.

Vaziyatli modellashtirish vaziyatni tadqiqot qilish usuli bo‘lib vaziyatning real modelini qurish va uning yordamida turli xildagi xayoliy eksperimentlar, ularning rivojlanish yo‘nalishlarini bashoratlash yoki optimal variantni tanlash maqsadida vaziyatni boshqarish bo‘yicha taxminiy yechimlarni sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Bir tomondan, vaziyatli modellashtirish tergovchi faoliyatidagi o‘ziga xos fikrlash (bilish) shakli bo‘lsa, boshqa tomondan, bu tergov amaliyotida keng qo‘l-laniladigan bilim olish quroli (usuli). Vaziyatli modellashtirish obyekt-lariga kriminal faoliyatning tergov, operativ-qidiruv, ekspert-krimina-listik, sud amaliyotidagi vaziyatlarni kiritish mumkin.

Hozirgi paytda kriminalistik tipdagi axborot tizimlarini yaratish ilmiy xodimlar va amaliyotchilar tomonidan katta qiziqish uyg‘otmoqda. Taktik qarorlarni qabul qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter tizimlarini yaratishda vaziyatli modellashtirishni qo‘llashdan maqsad – jinoyatlarni tergov qilishda taktik xatolarning oldini olish. Taktik qaror-larni qabul qilish jarayonini qo‘llab quvvatlovchi kompyuter tizimlari jinoyatlarni ochish va tergov qilishning ijobiy tajribasi bo‘yicha bilimlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, kuch va vositalarni tejash imkonini beradi, eng muhimi, ko‘p mezonli taktik qarorlarni qabul qilish, murakkab vaziyat-larda jinoyatlarni ochishga qaratilgan optimal qaror qabul qilish vaqtini tejaydi. Ko‘plab vazifalarni hal qilishda tizimli tadqiqotlar o‘tkazish, matematik modellarni yaratish, unda turli variantlarni tekshirish, mos dasturlar kompleksini ishlab chiqish va huquqni muhofaza qilish organ-lari amaliyotida qo‘llash zarur.

Kompyuterli modellashtirish (matematik modellash va hisoblash tajribasi) hodisaning aniq tabiatidan mavhumlashtirishni, avval sifat,

Page 56: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

56

so‘ngra miqdorli modelni qurishni talab qiladi. Undan keyin kompyu-terda qator hisoblash tajribalari o‘tkaziladi, natijalar talqin qilinadi, o‘rganilayotgan obyektning holati bilan modellashtirish natijalari taqqoslanadi, modelga navbatdagi aniqliklar kiritiladi va hokazo.

Matematik model - o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonlarning asosiy xossalarini aks ettiruvchi matematik formula, tenglama, tengla-malar tizimi.

Matematik modellashtirish usulini tanlashda maqsad, samaradorlik mezonining mavjudligi va turi, obyektning murakkabligi, axborotning xususiyati, kompyuter texnikalarining texnik-matematik imkoniyatlari, texnik chegaralanishlar va boshqalar e’tiborga olinadi.

Matematik modellarni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqich-lardan iborat:

– muammoni ifodalash; – modellashtirishning maqsadini aniqlash; – predmet sohasi tadqiqotini tashkil etish va o‘tkazish (modellash-

tiriladigan obyekt xossalarining tadqiqoti); – modellarni ishlab chiqish; – uning aniqligi va haqiqatga mos kelishini tekshirish; – amalda ishlatish, ya’ni model yordamida olingan bilimlarni

tadqiq qilinayotgan obyekt yoki jarayonga qo‘llash. Kompyuterli modellashtirishning yutuqlaridan biri – ekspert tizimi

(ET). Ekspert tizimlari bo‘yicha tadqiqotlarning maqsadi inson uchun qiyin bo‘lgan masalalarni yechishga mo‘ljallangan dasturlar (qurilmalar) yaratishdir. Bu dasturlar orqali olingan natijalar sifat va samaradorligi bo‘yicha ekspert tomonidan berilgan yechimdan kam bo‘lmasligi kerak. Ekspert tizimi ekspertning bilimi va mulohaza qilish texnikasidan foydalanuvchi kompyuter dasturlaridir.

Ko‘p hollarda ET qiyin formallashtiriladigan yoki algoritmik yechimi bo‘lmagan masalalar uchun mo‘ljallanadi. Hozirgi kunda ET turli predmet sohalari (tibbiyot, hisoblash texnikasi, geologiya, bosh-qaruv, elektronika, yurisprudensiya va boshqalar)da qo‘llanilmoqda. Yuridik ET hodisa alomatlari to‘plami bo‘yicha huquqiy baho berishi hamda ayblanuvchi va himoyalanuvchi tomonlar uchun harakat tartibini tavsiya qilishi mumkin. Ayni vaqtda ziddiyatlarning oldini olish va murosaga keltirishning yechimlarini qidirish, krizis holatida qaror qabul qilish, huquq-tartibotni saqlash, qonunchilik, ta’lim, resurslarni loyiha-lash va taqsimlash kabi masalalar uchun ETlar yaratilmoqda.

Page 57: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

57

Qarorlar qabul qilish axborot tizimlari. Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash (5Q) tizimlari va ularga tegishli axborot texnologiya-lari 70-yillarning oxiri – 80-yillarning boshlarida paydo bo‘ldi. Bunga shaxsiy kompyuterlar, amaliy dasturlar standart paketlarining keng tarqalishi, shuningdek sun’iy intellekt tizimlarini yaratishdagi muvaffa-qiyatlar sabab bo‘ldi.

5Q axborot tizimida qarorlar ishlab chiqish iteratsion jarayon natijasida yuz beradi va unda quyidagilar ishtirok etadi:

- qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimining hisoblash bo‘g‘ini va boshqaruv obyekti;

- odam kirish ma’lumotlarini beradigan va kompyuterda olingan hisoblarning natijasini baholaydigan boshqaruv bo‘g‘ini.

Iteratsiya jarayoni odamning ixtiyoriga ko‘ra nihoyasiga yetkaziladi.

Barcha boshqaruv darajalarida qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quv-vatlovchi axborot texnologiyalaridan foydalanadi va qabul qilinadigan qarorlar aksariyat hollarda muvofiqlashtiriladi. Shuning uchun ham tizim texnologiyalarining muhim funksiyasi (xoh boshqaruvning turli darajalarida, xoh bitta darajasida bo‘lsin) qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarni muvofiqlashtirishdan iborat.

Kundalik hayotda va xizmat faoliyatida inson qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi: bir nechta alternativ variantdan bittasini tanlashga majbur bo‘ladi. Turli xildagi qarorlar o‘zining murakkabligi va kelib chiqadigan oqibatlari bilan farqlanadi. Boshqariladigan tizim qanchalik murakkab bo‘lsa, qaror qabul qiluvchi shaxsning shunchalik ko‘p omillarni hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Sababi uning to‘g‘ri yoki xato qaror qabul qilganligi boshqalarga ham ta’sir etmay qolmaydi. Xizmat ko‘rsatilayot-gan hududda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda IIO operativ navbatchisi (ON) tomonidan qaror qabul qilish uning funksional vazifalaridan biri hisoblanadi. Vaziyatni to‘g‘ri baholash ON zimmasiga to‘liq yuklangan. Quyida taklif etilayotgan uslubda ET:

Qarorlar qabul qilish tizimi

Qaror qabul qiluvchi

Hisoblash varianti

Qaror tanlandi

Yangi dastlabki ma’lumotlar kiritish

Page 58: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

58

- kelib tushayotgan axborotning tahlili va guruhlarga ajratilishini avtomatlashtirishni, kelib tushayotgan shaxslar, obyektlar va predmetlar to‘g‘risidagi axborotlarni boshqa MBdagi ma’lumotlar bilan to‘ldirish;

- hamma ma’lumotlarni tushunarli ko‘rinishda namoyish qilish; - alternativ holatning dastlabki ro‘yxatini shakllantirish, vaziyat

modelini qurish, ma’lum toifalardan biriga kiritish; - jalb qilingan kuch va vositalarni joylashtirish va ko‘chirish bilan

bog‘liq qarorlarni optimallashtirish imkonini beradi. Vaziyatni to‘g‘ri baholashda quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan

dastur yordam bera oladi: - telefon qilayotgan abonent nomeri bo‘yicha uning manzili va

kriminal tasnifini aniqlab beradigan; - xabar berilayotgan shaxslar bo‘yicha ularning ijtimoiy (yashash

joyi, ish joyi) va kriminal kelib chiqishini aniqlaydigan, shaxsiy mulklari bo‘yicha (avtomobil, kvartira, garaj) ma’lumot beradigan;

- xabarlarda qayd etilgan buyumlar (avtomobil, antikvariat va hokazolar), ularning ro‘yxatga olish raqamlari va kriminal (agar bo‘lsa) parametr (o‘lcham)lari haqida ma’lumot beradigan;

- statsionar va mobil III naryadlarining taqsimlanishini ko‘rsatadigan. Axborot tizimi yuqoridagi kabi funksiyalarni bajarishi uchun IIOda

shaxs, buyum, avtotransport, pasport, telefon, manzillar bo‘yicha yig‘il-gan ma’lumotlar hamda davlat idoralarining bazalarini yagona integral-lashgan bazada mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Quyida IIO ONlik xizmati uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizim sxemasi berilgan.

Optimal, alternativ qarorlarni ishlab chiqish nimtizimi, birlamchi xabarga ishlov berish nimtizimi hodisa modelini qayta ishlash jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli holatlarni namoyish etadi. Bunda model kengayish xususiyatiga, ya’ni yangi harakatlarni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Vaziyat rivojining bashorati nimtizimi operativ vaziyatning vaqt davomida o‘zgarishini modellashtiradi. Bu ma’lumot to‘g‘ri qaror ishlab chiqish uchun alternativ qarorlarni ishlab chiqish nimtizimida foydalaniladi va tasvirlash nimtizimida navbatchi so‘roviga asosan namoyish qilinadi.

Page 59: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

59

Tasvirlash nimtizimi nazorat qilinayotgan hududning elektron kartasini qayta ishlovchi dastur bilan to‘ldiriladi. Bunday dasturni yara-tish va tatbiq etish operativ navbatchiga sodir bo‘layotgan voqeaning to‘liq axborot tasvirini hosil qilish va dastlabki axborot tushishi bilan eng mas’uliyatli daqiqalarda vaziyatni to‘g‘ri baholash imkonini yaratadi. Ikkinchi ijobiy tomoni shundaki, u yoki bu vaziyatda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha tajriba yig‘iladi va umumlashtiriladi. Bunday usul bilan modellarni yaratish oldin yig‘ilgan tarixiy tajribaning «vaziyatli xonada» sinovdan o‘tgan modelidan foydalanish imkonini beradi. Uchinchi ijobiy tomoni turli murakkab qarorlarni qabul qilishda smena navbatchilarining psixologik moslashishidir. «Vaziyatli xona» sharoitida har qanday kirish fabulasini modellashtirish mumkin, xatoliklarning oqibati faqat mashq natijalarida ko‘rinadi, lekin insonlarning hayoti va sog‘ligiga ta’sir etmaydi. Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash axborot tizimlarining asosiy xususiyati odam va kompyuterning o‘zaro aloqasini tashkil etishning sifat jihatdan butunlay yangi usulidir. QQQT favqulodda vaziyatda xizmat ko‘rsatilayotgan hududda jamoat tartibini saqlash va

Birlamchi xabar

Birlamchi xabarga ishlov

berish nimtizimi

Qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning telefon nomeri, manzili,

voqeaning tasnifi, kriminal predmet va shaxslar haqida ma’-

lumotlar

Vaziyat modeli

Optimal, alternativ qarorlarni ishlab chiqish nimtizimi

Tasvirlash nimtizimi

Vaziyat rivo-jining

bashorati nimtizimi

Shaxsiy tar-kibga xabar berish nim-

tizimi

Qaror qabul qiluvchi

navbatchi

Qaror

Page 60: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

60

jinoyatchilikka qarshi kurashda IIO ON tomonidan qaror qabul qilish jarayonida operativ vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlab, funksional vazifalari bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini oshiradi. Shunday qilib, Excel dasturida statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va bashoratlash, optimallashtirish masalalarini yechish, ssenariy bilan ishlash kabi ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. Muammoli hodisalarning yechimini topishda vaziyatli modellashtirishdan foydala-niladi. Matematik model o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonlarning asosiy xossalarini aks ettiruvchi matematik formula, tenglama, tengla-malar tizimi orqali ifodalanadi. Xizmat ko‘rsatilayotgan hududda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda IIO operativ navbat-chisi (ON) tomonidan qaror qabul qilish uning funksional vazifalaridan biri hisoblanadi. Vaziyatni to‘g‘ri baholash ekspert tizimlaridan foyda-laniladi.

Nazorat savollari: 1. Matn muharririning qulayliklari nimalardan iborat? 2. Shablon nima maqsadda qo‘llaniladi? 3. Shakl tushunchasi nimani anglatadi? 4. Hujjatlarni biriktirish qanday afzalliklar yaratadi? 5. Jadval protsessorining imkoniyatlari nimalardan iborat? 6. Excel dasturida diagrammalar qanday yaratiladi? 7. Excel dasturida bashoratlash qanday amalga oshiriladi? 8. Excel dasturida qanday optimallashtirish masalalarini yechish

mumkin? 9. Modellashtirish nima? 10. Vaziyatli modellashtirishning qanday turlari mavjud? 11. Ekspert tizimi nima?

Page 61: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

61

4. GRAFIK MA’LUMOTLAR VA HISOBOTLARGA ISHLOV

BERISH DASTURIY VOSITALARI

4.1. Grafik muharrirlar va ulardan foydalanish Grafik muharrirning juda ko‘p turlari yaratilgan. Bular ichida turli

o‘lchamlarda tasvirlarni faqatgina ko‘rish yoki qayta ishlash, shuning-dek, ham ko‘rish, ham qayta ishlash mumkin bo‘lgan dasturlar mavjud. Masalan, kursorni tasvir ustiga keltirib, sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilganda, qanday dasturlar yordamida qayta ishlashni taklif qiluvchi oynali menu paydo bo‘ladi. Menuning Otkrit s pomoщyu… satriga o‘tilganda yangi menu paydo bo‘ladi. Unda tasvirlarni qayta ishlovchi dasturlar ro‘yxati taklif etiladi.

- Microsoft Photo Editor; - tasvir va fakslarni namoyish qiluvchi dastur; - IrfanView; - rasmlarni chizish uchun mo‘ljallangan Paint dasturi (Windows

standart dasturi); - Internet Explorer dasturi (Internet tarmog‘ida ishlash imkoniyatini

ta’minlovchi dastur). Yuqoridagi tartibda kerakli dasturni tanlash imkoniyati yaratiladi. Windowsning tasvir va fakslarni namoyish qilish dasturi tasvirlar

bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib, Windowsning tasvir va fakslarni namoyish etish imkoniyati-ni beruvchi dastur yordamida tasvirlarni ko‘rish mumkin.

IrfanView – grafik, video va audio fayllarni ko‘rish imkoniyatini beruvchi o‘lchami katta bo‘lmagan dastur.

IrfanView dasturining imkoniyatlari quyidagilardan iborat: - turli formatdagi grafik fayllarni ko‘rish, hamda video/audio

fayllarni ishlatib ko‘rish; - tasvirni skaner yordamida olish; - ekrandagi tasvirni tutib olish, skrininshootlarni hosil qilish; - tasvirlarni eskiz ko‘rinishida dastlab ko‘rish; - tasvir bo‘yicha ma’lumotlarni olishni; - tasvirni aylantirishni, unga nisbatan turli effektlarni qo‘llash; - slayd-shou rejimini o‘rnatish, rasmlarni to‘liq ekran rejimida ko‘rish; - tasvirning ko‘rinadigan o‘lchamlarini kattalashtirish yoki

kichraytirish, shuningdek tasvirning o‘lchamlarini o‘zgartirish;

Page 62: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

62

- tasvirning ajratilgan qismidan nusxa olish, kesib olish, qayta qo‘yish;

- fayl formatlarini paketli o‘zgartirish va qayta nomlash; - tasvirlardan veb sahifalarini yaratish; - ajratib olingan rasmlardan ekran qo‘yilmalarini hosil qilish. IrfanView dasturi yordamida ko‘rilayotgan tasvirning o‘lcham-

larini o‘zgartirish uchun Izobrajeniye menusidagi Izmenit razmer punkti tanlanadi va ochilgan oynada kerakli qiymatni tanlash lozim.

4.2. Shaxsni yuz tuzilishi bo‘yicha identifikatsiya qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlar

Insonni yuz tuzilishi bo‘yicha identifikatsiya qilish (tanib olish)

juda murakkab masala hisoblanadi. Yuz tuzilishini tanib olish tizimlari sifatida Visionic, Visage, Miros va boshqa kompaniyalar tomonidan yaratilgan tijorat mahsulotlarini aytish mumkin. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni http://www.rarilon.ru yoki yuqorida nomlari ta’kidlangan bu kompaniyalarning saytlari orqali topish mumkin. Masalan, Visionic kompaniyasi tanib olishda lokal belgilarni taqqoslab tanib olishga asos-langan «Faceit» tizimini taklif etadi. Visage kompaniyasi «Photobook» tizimini yaratgan. Bu tizim katta hajmdagi ma’lumotlar bazasidan beril-gan yuz tuzilishiga yaqin obrazlarni qidirib topishga asoslangan. Miros kompaniyasi o‘zining «True Face» tizimida neyron to‘qimalaridan foydalanishga asoslangan original yo‘lni taklif etadi. Yuqoridagi tizimlarni ekspluatatsiya qilish juda oson. Ular maxsus qurilmalarni talab etmaydi, qanoatlantiradigan tezlikka ega. Lekin tizimlar real yuzning o‘rniga tekis tasvirlar yoki maskirovka qilish orqali chalg‘itilishi mum-kin. Agar videotasvir o‘rniga yuzning tomografik obrazidan foydalanilsa, tizimni chalg‘itishning imkoni bo‘lmay qoladi. Bu holda yuzning teri osti qon tomirlari va arteriyalari axborot manbasining belgilari bo‘lib qoladi. Ular har bir odamga xos, o‘zgarmas bo‘ladi va mulyaj yordamida ularni har gal moslashtirish amalda mumkin emas. Tomografik tasvirlarni olish uchun maxsus kameralardan foydalaniladi. Ular odam yuzidan tarqala-digan infraqizil nurlarni qayd qiladi. Bunday kameralar qorong‘i bo‘lgan paytda ham, odamdan uzoq masofada bo‘lganda ham tasvirni tanib olishda qanoatlantiradigan natijalarni beradi.

Yuzning tuzilishiga asosan shaxsni identifikatsiya qilishning "Poisk" avtomatlashtirilgan tizimi O‘zbekistonning "Texnika" kompa-

Page 63: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

63

niyasi tomonidan yaratilgan. "Poisk" tizimi HMQO va xavfsizlik xizmati uchun operativ qiziqish uyg‘otgan shaxslarni aniqlashda qo‘llaniladi. "Poisk" tizimi yordamida taqdim etilgan yuz tuzilishini taqqoslash asosi-da mosligini aniqlash va identifikatsiya qilish masalalari hal qilingan.

"Poisk" tizimi "Kiritish", "Nazorat" va "Ekspert" bo‘limlaridan iborat. "Poisk" arxitektura tuzilishi bo‘yicha 7 moduldan tashkil topgan:

- yuzni detektorlash va lokallashtirish; - yuzni indekslash va bazada tez qidiruvini tashkil etish; - identifikatsiyalash; - axborotni ekspert-mantiqiy qayta ishlash va qaror qabul qilish; - tasvirni dastlabki qayta ishlash va sifatini tahlil qilish; - odamning jinsini aniqlash; - irqiy mansubligini aniqlash. Barmoq izlari bo‘yicha (daktiloskopik) identifikatsiyalashning

avtomatlashtirilgan tizimi. Daktiloskopik identifikatsiyalashning avto-matlashtirilgan tizimi (DIAT) "Sonda" jinoyat sodir etilgan joydan olingan daktilokarta va barmoq izlari va panjalarning elektron bazasini hosil qilish va yuritish hamda kelib tushayotgan daktokarta va barmoq izlarini bazadagi mavjud nusxalar bilan solishtirib, identifikatsiya qilish-ga mo‘ljallangan.

Ko‘z qorachig‘i qobig‘i asosida tanib olish. Inson ko‘zi qorachig‘i-ning qobig‘i yoki oddiygina aytganda, "qobiqcha" barmoq izlari kabi qaytarilmas biometrik xarakteristikaga ega. Hozirgi paytda ko‘z tasvirini olish qurilmasi va uning asosida odamni tanib olish tizimlari ko‘pgina xorijiy firmalar (Iridian Technologies, IriScan va boshqalar) tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Bunday qurilmalar asosidagi tizimlar xonaga kirishga ruxsat berishni nazorat qilishda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda va ular yetarlicha ishonchli hamda katta tezlikka ega.

IIOda jinoyatni ochish va oldini olishda fotorobot dasturining aha-miyati beqiyos. Jinoyatni «issiq izi» asosida ochishda jinoyatchining kimligini aniqlash, uni ushlashni tezlashtirish maqsadida guvohlarning ko‘rsatmalari asosida fotosuratni tayyorlash uchun ekspertlar, tergov-chilar va jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlaridan ushbu dasturda ishlay olish qobiliyati talab qilinadi. Hozirda ushbu dasturning bir necha tako-millashgan versiyalari mavjud.

1. Menu paneli; 2. Instrumenti panelining yuqori satri; 3. Papki oynasi; 4. Vid oynasi; 5. Detali oynasi; 6. Vibor oynasi; 7. Kontrol oynasi; 8. Vvod koda oynasi.

Page 64: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

64

Murakkab portretlarni yaratish ma’lum tajriba va amaliy ko‘nik-malarni talab qiladi. Ularni tayyorlash quyidagi uch asosiy bosqichdan tashkil topadi:

1-bosqich. Portretning asosiy detallarini tayyorlash. 2-bosqich. Portretni tahrir qilish. 3-bosqich. Portretni faylda saqlash.

4.3. Hisobot prezentatsiyalarini tayyorlovchi Power Point dasturi

IIO boshqaruvining eng mas’uliyatli, ish-faoliyatni to‘liq ko‘rsatib

bera oladigan tomonlaridan biri bo‘lim, xizmat yoki boshqarma ish-faoliyati bo‘yicha hisobot tayyorlash hisoblanadi. Ushbu jarayonda multiproyektordan foydalanish uning yanada tushunarli bo‘lishi va estetik did bilan ishlanishiga yordam beradi. Multiproyektorda tayyorla-nayotgan slaydlarning namoyishini amalga oshirib beradigan dastur-lardan biri – Power Point.

Power Point dasturi yordamida hisobot prezentatsiyalarida dia-grammalardan foydalanish, ularga animatsiyalar ulash, videolavhalarni animatsiyalash, animatsiyalarni sozlash vaqtida diagrammalarni tashkil etuvchi kategoriyalarning alohida-alohida paydo bo‘lishi va uni aniq vaqtlar bo‘yicha ssenariylarini ishlab chiqish imkoniyatlari mavjud.

Shu bilan birga rang-barang vizual va tovushli effektlar bilan boyi-tilgan elektron prezentatsiyalarni yaratish imkonini ham beradi. Elektron prezentatsiya bu berilgan ketma-ketlikda ekranda namoyish etiluvchi slaydlar to‘plamidir.

Yuqorida keltirilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatiga keng tatbiq etilishi bu sohada samaradorlikning oshishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir etadi.

Shunday qilib, grafik ma’lumotlar joylarning kartalari va chizma-larini, turli ish hisobotlarini, axborot sahifalari va sxemalar, diagramma-lar, shartli tasvir kabilarni o‘z ichiga olgan boshqaruv hujjatlarini tayyor-lashda foydalaniladi. Masalan, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda xiz-mat ko‘rsatish hududida kuch va vositalarning grafik obyektlar tasviridan foydalaniladi. Jinoyatni «issiq izi» asosida ochishda jinoyatchining kim-ligini aniqlash, uni ushlashni tezlashtirish maqsadida guvohlarning ko‘r-satmalari asosida fotosuratni tayyorlash uchun ekspertlar, tergovchilar va

Page 65: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

65

jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlaridan Fotorobot dasturida ishlay olish qobiliyati talab qilinadi. Shaxsni yuz tuzilishi, barmoq izlari bo‘yicha identifikatsiya qiluvchi bir necha avtomatlashtirilgan tizimlar mavjud.

Nazorat savollari: 1. Grafik muharrirning qanday keng tarqalgan turlari mavjud? 2. Grafik ma’lumotlarga ishlov beruvchi qanday dasturlar mavjud? 3. IrfanView dasturi nima maqsadda qo‘llaniladi? 4. IrfanView dasturining imkoniyatlari nimadan iborat? 5. IrfanView dasturi yordamida ko‘rilayotgan tasvirning o‘lcham-

larini o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi? 6. Fotorobot dasturining ahamiyati nimalardan iborat? 7. Fotorobot dasturida portretlar yaratish qanday bosqichlarini o‘z

ichiga oladi? 8. Shaxsni identifikatsiya qiluvchi qanday avtomatlashtirilgan

tizimlar mavjud? 9. Power Point dasturi nima maqsadda qo‘llaniladi? 10. Power Point dasturining imkoniyatlari nimadan iborat?

Page 66: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

66

5. ICHKI ISHLAR IDORALARI BOSHQARUVIDA

MA’LUMOTLAR BAZASI VA UNDAN FOYDALANISH IIO faoliyati axborot ta’minotining jadallashuvi, tezkor vaziyatni

tavsiflovchi ishonchli ma’lumotlarning muntazam yig‘ib borilishi, ular-ning o‘z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

5.1. Ma’lumotlar bazasi va uning vazifalari. MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi

Ma’lumotlar bazasi (MB) – ma’lum predmet sohasidagi ma’lumot-

lar to‘plami. Ular ma’lum qoidalar (tasvirlash, saqlash va manipulatsiya qilishning umumiy tamoyillari) bo‘yicha tashkillashtirilgan.

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – ma’lumotlar bazasini yaratish va xizmat ko‘rsatish hamda ulardagi ma’lumotlar ustida amallar bajarish (ulardan foydalanish imkoniyati va qayta ishlash)ni ta’minlovchi dasturiy vositalar (dasturiy tizim yoki dastur paketi) to‘plami.

Kompyuter dasturiy tizimi ma’lumotlarni bitlar, baytlar, maydonlar, yozuvlar, fayllar va ma’lumot bazalari ko‘rinishida tashkil qiladi hamda saqlaydi.

maydon – belgilarning so‘zlar, so‘z guruhlari, sonlar ko‘rinishida ifodalanishi;

yozuv – bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan maydonlar to‘plami; fayl – bir xil turga mansub yozuvlar guruhi; atribut – ma’lum bir obyektni aniqlab beradigan ma’lumot bo‘lagi; kalit maydonlari – yozuvdagi biron-bir ma’lumotni unikal ravishda

aniqlab beradigan bir bo‘lak bo‘lib, uning yordamida yozuvlar yangi-lanishi, tarqatilishi yoki uzatilishi mumkin.

MBBT tarmoqli, iyerarxik yoki relyatsion turdagi ma’lumotlar modellaridan birini qo‘llaydi.

MBning iyerarxik modeli. Ushbu modelda ma’lumotlar daraxtsi-mon ko‘rinishda ifodalanadi.

MBning tarmoqli ko‘rinishdagi modeli. Bu ko‘rinishda model ko‘pdan-ko‘p aloqalar orqali ifodalanadi.

Ma’lumotlarning relyatsion modeli. Bu xildagi MB modelida ma’lumotlar bir-biri bilan bog‘liq ikki o‘lchamli jadvallar shaklida ifoda-

Page 67: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

67

lanadi. Barcha jadvallardagi ma’lumotlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi-dan tashqari, ular biror-bir umumiy elementlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Har qanday MBni tuzish uchun ikki bosqichli ishni bajarish lozim: 1) MBning konseptual yoki mantiqiy loyihasini tuzish; 2) uning fizik loyihasini tuzish. MS Assess dasturini ishga tushirish. Jadvaldagi har bir ustun ma’lum bir maydonni bildiradi va uning

tabiatiga xos bo‘lgan ma’lumot turini qabul qiladi. Masalan, xodimlar haqidagi ma’lumotlar bazasi jadvali quyidagi ustunlar yoki maydonlar-dan tashkil topishi va quyidagi ma’lumot turlarini qabul qilishi mumkin (qavs ichida tegishli ma’lumot turining qandayligi ko‘rsatilgan):

• tartib raqami (hisoblagich, schotchik); • xodimning ismi (matnli, tekstoviy); • xodimning familiyasi (matnli, tekstoviy); • faoliyat turi (matnli, tekstoviy); • oilaviy ahvoli (mantiqiy, logicheskiy); • telefon raqami (raqamli, chislovoy); • manzili (matnli, tekstoviy).

5.2. IIV integrallashgan ma’lumotlar banki Hozirgi kunda Respublikamizda MBBT asosida yaratilgan huquqiy

axborot tizimlaridan keng foydalanilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ma’lum va keng tarqalgan «LexUz», «PRAVO» va «NORMA» huquqiy axborot tizimlari mavjud. Foydalanuvchi interfeysini tashkil etishdagi ayrim tafovutlarga qaramay, imkoniyatlari va qidirish tezligi bo‘yicha, hajmi va yig‘ilgan axborotlar sifati bo‘yicha, barcha tizimlar o‘xshash funksional tuzilishga ega.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot Markazida axborotlarni integrallashtirish banki «IMB O‘zbekiston» deb nomlangan MBning tarmog‘i ishlayapti.

Ushbu tarmoq tarkibida respublika hamda MDH davlatlari bo‘yicha qidiruvdagi shaxslar, bedarak yo‘qolganlar, ro‘yxatga olingan hamda qidiruvdagi avtotransport vositalari, o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan qurol-aslahalar, yo‘qolgan raqamli buyumlar, telefon raqamlari va shu kabi ma’lumotlar jamlangan.

Mazkur tizim IIIda korporativ kompyuter tarmog‘ini kengaytirish va undan foydalanishni ta’minlaydi.

Page 68: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

68

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2008-yil 7-may 87-sonli qaroriga asosan IIV tomonidan yaratilgan quyidagi MB Davlat axborot resurslari hisobiga kiritilgan:

• ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining MB; • yuridik shaxslarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomototransport

vositalarining MB; • profilaktik hisobda turgan shaxslarning MB; • respublika (davlatlararo) qidiruvida bo‘lgan shaxslarning MB; • aviachiptalar - temir yo‘l chiptalari sotib olgan shaxslarning MB; • yo‘qotib qo‘yilgan, o‘g‘irlangan va topilgan raqamli buyumlarning MB; • respublika (MDH davlatlari) bo‘yicha yo‘qotib qo‘yilgan, o‘g‘ir-

langan va olib qo‘yilgan narezkali qurollarning MB; • respublika (MDH davlatlari) bo‘yicha yo‘qotib qo‘yilgan va o‘g‘ir-

langan avtotransport vositalarining MB; • fuqarolar va tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan qurollarining MB; • jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining MB; • shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport axborotlarining MB

1-shakli; • haydovchilik guvohnomasi olgan shaxslarning MB; • ma’muriy huquqbuzarliklarning MB va boshqalar.

Nazorat savollari:

1. Ma’lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz? 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi nima? 3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida qanday turdagi

ma’lumotlar modellaridan foydalaniladi? 4. Respublikamizda MBBT asosida yaratilgan qanday huquqiy

axborot tizimlaridan keng foydalanilmoqda? 5. O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot Markazida axborotlarni

integrallashtirish banki qanday nomlanadi? 6. O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot Markazida axborotlarni

integrallashtirish bankida qanday ma’lumotlar jamlangan? 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil

7-maydagi 87-sonli qarori qanday nomlanadi va unda nimalar belgi-langan?

Page 69: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

69

6. AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA KOMPYUTER JINOYATCHILIGIGA QARSHI

KURASH

Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari undan jinoiy maqsad-larda foydalanuvchilarni ham yuzaga keltirdi: kompyuter viruslarini ishlab chiqarish, maxfiy sanalgan va mudofaa maqsadlaridagi obyektlar-ning kompyuter tizimlariga suqilib kirish orqali ma’lumotlardan noqo-nuniy foydalanish, uning ishonchliligiga putur yetkazish, bank kompyu-ter hisob-kitob tizimlariga kirib olib, katta miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirish, qalbaki pul va qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va hokazo.

6.1. Axborot xavfsizligiga tahdidlar. Kompyuter jinoyatlari

va ularning oldini olish choralari Avtomatlashtirilgan tizim (AT)ning axborot xavfsizligiga tahdid

deganda, ATda qayta ishlanayotgan axborotga ta’sir etish, uni o‘zgarti-rish, yo‘q qilish, nusxa olish, to‘sib qo‘yish, ruxsat etish ehtimoli tushuniladi.

Ma’lumotning tarqalib ketishi tashkilot yoki shaxslar doirasidan ularga ishonib topshirilgan maxfiy axborotning tashqariga nazoratsiz va noqonuniy chiqib ketishi sifatida qaraladi.

Tahdidning uchta turi mavjud: • maxfiylikning buzilishiga tahdid; • butunlikni buzilishiga tahdid; • xizmatlarning ishdan chiqishi tahdidi. Jinoyatchi tomonidan axborotga tahdidni amalga oshirishning

asosiy yo‘nalishlari: • himoya obyektlariga bevosita murojaat; • himoya vositalarini chetlab o‘tish orqali himoya obyektlariga

murojaatni amalga oshiruvchi dastur va texnik vositalarni yaratish; • himoya vositalarini axborot xavfsizligiga tahdidni amalga oshirish

imkonini berishga moslashtirish; • AT texnik vositalariga uning taklif etilgan vazifalari va tuzilishini

buzuvchi dasturiy yoki texnik mexanizmlarni kiritish. AT xavfsizligiga tahdidni amalga oshirishning asosiy usullari: • jinoyatchining ATda bajariluvchi vazifalar haqidagi batafsil

ma’lumot olishi;

Page 70: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

70

• axborot tashuvchilarni o‘g‘irlash (nusxa olish); • HTV va axborot tashuvchilarni yo‘q qilish; • foydalanuvchining maxsus vositalar va usullardan foydalanib, AT

zaxiralariga himoya tizimini chetlab o‘tish orqali noqonuniy ruxsatga ega bo‘lishi;

• aloqa kanalida uzatilayotgan ma’lumotlarni tutib olish; • vizual kuzatish –ma’lumotlarni terminal ekranida yoki printerda

chop etish jarayonida o‘qib olish; • dasturiy viruslar bilan zararlanish; • noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish; • mashina axborot tashuvchilarini ulardagi ma’lumotlarga zarar

yetkazmagan himoya mexanizmlarini chetlab o‘tish – jinoyatchi tomo-nidan yechib olinadigan axborot tashuvchidan noo‘rin operatsion tizimni yuklash, AT dasturiy-apparat qismlarining rejimlaridan foydalanish va boshqalar.

Axborot tarqab ketishining asosiy sabablari: • xodimlar tomonidan ATdan foydalanish qoidalari va talablariga

rioya etmaslik; • AT va uning himoya tizimini loyihalashdagi xatolar; • qarshi turuvchi tomondan texnik tekshirish kabi usullarning

qo‘llanilishi. ATga nisbatan bir nechta tarqab ketish kanallari: elektromagnitli kanal; akustik (vibroakustik) kanal; vizual kanal; axborot kanali. BMT kengashi kompyuter sohadagi jinoyatchilikni terrorizm va

narkobiznes jinoyatchiliklari bilan bir qatorga qo‘ygan. Kompyuter jinoyatlarining latentlik darajasi 90% ni tashkil qiladi. Qolgan 10% aniqlangan kompyuter jinoyatlarining faqatgina 1% fosh etiladi.

Kompyuter xavfsizligi Amerika Milliy instituti hamda FQB (FBR) eng ko‘p tarqalgan kompyuter jinoyatlari haqida so‘rov o‘tkazgan. So‘rovda o‘zining yo‘qotishlarini o‘lchay olgan faqatgina 269 kompa-niyaning fikri inobatga olingan:

• moliyaviy tovlamachilik (o‘rtacha zarar yiliga $957 387); • maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash ($954 666); • aloqa vositalariga taalluqli tovlamachilik ($647 437); • noqonuniy ruxsat ($181 436 );

Page 71: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

71

• qo‘poruvchilik ($164 840 ); • tizimga kirish ($132 250 ). «Kompyuter» jinoyatchilari guruhlari: 1-guruhga kompyuter texnikasi va dasturlash sohasida mutaxas-

sislik, fidoyilik va ixtirochilik xislatlarining muqim uyg‘unligiga ega bo‘lgan shaxslarni kiritish mumkin.

Bu guruhga kiruvchi jinoyatchilarning o‘ziga xos jihati ularda aniq ajralib turuvchi qonunga xilof maqsadlarning yo‘qligidir.

Deyarli barcha harakatlar ular tomonidan o‘zining intellektual va mutaxassislik qobiliyatini namoyish etish maqsadida amalga oshiriladi.

2-guruhga yangi ko‘rinishdagi – axborot kasalligi yoki kompyuter fobiyasi ko‘rinishidagi ruhiy kasallik bilan azob chekuvchi shaxslar kiradi.

Ular tomonidan sodir etiluvchi kompyuter jinoyatlari asosan KTVni jinoiy g‘araz niyatisiz, o‘z harakatlari boshqaruvini to‘liq yoki qisman yo‘qotish orqali jismoniy yo‘q qilish yoki zararlantirish bilan bog‘liq.

3-guruhni aniq ifodalanuvchi yovuz niyatli mutaxassis (profes-sional) kompyuter jinoyatchilari tashkil etadi.

Ular yuqori jinoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lganligi, jinoyatlarni yashi-rishga qaratilgan harakatlardan foydalanishi va kompyuter jinoyatlarini ko‘p marotaba sodir etishi bilan xarakterlanadi.

Kompyuter jinoyatlarini sodir etishning keng tarqalgan beshta sababi:

1) g‘arazli niyat – 66% (asosan 3- guruh); 2) siyosiy maqsadlar – 17% (shpionaj, asosan 3- guruh); 3) tadqiqotchilik qiziqishi–7% (talabalar va 1-guruh mutaxassis

dasturchilari); 4) bezorilik istaklari va sho‘xlik – 5% (xakerlar, 1-guruh); 5) qasos – 5% (1- va 2-guruh jinoyatchilari). Kompyuter jinoyatlarini oldini olish choralarining uchta asosiy

guruhi mavjud: huquqiy, tashkiliy-texnik va kriminalistik. Kompyuter jinoyatlarini oldini olishning huquqiy choralariga, birin-

chi navbatda, qonunga xilof qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni o‘rnatuvchi qonunchilik normalari kiradi.

Kompyuter jinoyatlarini oldini olishning tashkiliy-texnik choralarini tatbiq etishning uchta asosiy guruhi ajratib ko‘rsatiladi: tashkiliy (xodim-larni tanlash, tekshirish va yo‘riqnoma bo‘yicha faoliyat olib borish; ishdan chiqqan axborot obyektlarini tiklash rejalarini ishlab chiqish;

Page 72: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

72

KTVga dasturiy-texnik xizmatni tashkil etish va b.), texnik (apparat, dasturiy va kompleks usullar) va kompleks.

6.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha

kompyuter huquqbuzarliklarining tavsiflari

O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirish sohasidagi munosabat-larni tartibga solish va himoyalash qonunchiligi haqidagi masala 90-yillarning boshlarida hal etila boshlandi.

1994-yil 6-mayda O‘zR OM «EHM va MB uchun dasturlarni huquqiy himoyalash to‘g‘risida»gi O‘zR qonunini qabul qildi (o‘zgar-tirish va qo‘shimchalar: 2002-yil 5-aprel va 8-avgustda). Qonunning 15-moddasida mualliflik huquqlarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilish nazarda tutilgan.

2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolat-lari to‘g‘risida»gi, 2003-yil 11-dekabrdagi "Axborotlashtirish to‘g‘ri-sida"gi qonunlarda AT sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashda qonun-chilikning asosini tashkil etadigan ko‘plab huquqiy va texnik atamalar qayd etilgan.

MJtKning 155-moddasi «Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish» va 1551-moddasi «Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish» deb nomlanadi.

«Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosa-bati bilan O‘zRning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shim-chalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zRning 2007-yil 25-dekabrdagi qonuniga muvofiq JK 6 moddadan iborat yangi mazmundagi XX1 bob, ya’ni AT sohasidagi jinoyatlar bilan to‘ldirildi.

Unda: 1. axborotlashtirish qoidalarini buzish; 2. kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foyda-

lanish; 3. kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foyda-

lanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish;

4. kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish; 5. kompyuter sabotaji; 6. zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish

bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlarga jazo belgilangan.

Page 73: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

73

Nazorat savollari: 1. Avtomatlashtirilgan tizim (AT)ning axborot xavfsizligiga tahdid

deganda nima tushuniladi? 2. Axborot tahdidining qanday turlari mavjud? 3. Jinoyatchi tomonidan axborotga tahdidni amalga oshirishning

asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? 4. AT xavfsizligiga tahdidni amalga oshirishning asosiy usullari

nimalardan iborat? 5. Axborot tarqab ketishining asosiy sabablarini ayting? 6. «Kompyuter» jinoyatchilari o‘z ichiga qanday guruhlarini oladi? 7. Kompyuter jinoyatlarini sodir etishning keng tarqalgan beshta

sababini tushuntiring? 8. Kompyuter jinoyatlarini oldini olish choralarining qanday asosiy

guruhi mavjud? 9. O‘zbekiston Respublikasi «EHM va MB uchun dasturlarni

huquqiy himoyalash to‘g‘risida»gi qonunining 15-moddasida nima nazarda tutilgan?

10. MJtKning 155 va 1551-moddalari qanday nomlanadi? 11. «Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga

xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zRning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zRning 2007-yil 25-dekabrdagi qonuniga muvofiq JKga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

Page 74: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

74

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т., 2014. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2008. Каримов И.А. Бизнинг йўлимиз – демократик ислоҳотларни

чуқурлаштириш ва модернизация жараёнларини изчил давом этти-риш йўлидир. Т.20. – Т., 2012.

Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т., 2011.

Ўзбекистон Республикасининг 560-II-сонли «Ахборотлаштириш тўғрисида»ги 2003 йил 11 декабрь қонуни // Ўзбекистон Республика-си Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. – № 1–2. – 10-м.

Ўзбекистон Республикасининг 848-XII-сонли «Давлат сирларини сақлаш тўғрисида»ги 1993 йил 7 май қонуни // Ўзбекистон Респуб-ликаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1993. – № 5 – 232-м.

Ўзбекистон Республикасининг 1060-XII-сонли «Электрон ҳисоб-лаш машиналари учун яратилган дастурлар ва маълумотлар базалари-нинг ҳуқуқий ҳимояси тўғрисида»ги 1994 йил 6 май қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1994. – № 5. – 136-м.

Ўзбекистон Республикасининг 439-II-сонли «Ахборот эркинли-ги принциплари ва кафолатлари тўғрисида»ги 2002 йил 12 декабрь қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотно-маси. – 2003. – № 1. – 2-м.

Ўзбекистон Республикасининг 562-II-сонли «Электрон рақамли имзо тўғрисида»ги 2003 йил 11 декабрь қонуни // Ўзбекистон Респуб-ликаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. – № 1–2. – 12-м.

Ўзбекистон Республикасининг 611-II-сонли «Электрон ҳужжат айланиши тўғрисида»ги 2004 йил 29 апрель қонуни // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2004. – № 20. – 230-м.

Ўзбекистон Республикасининг ЎРҚ-137-сонли «Ахборотлаш-тириш ва маълумотлар узатиш соҳасида қонунга хилоф ҳаракатлар содир этганлиги учун жавобгарлик кучайтирилгани муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгарти-риш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги 2007 йил 25 декабрь

Page 75: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

75

қонуни // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – № 52. – 532-м.

Ўзбекистон Республикасининг «Тезкор қидирув фаолияти тўғрисида»ги 2012 йил 25 декабрь ЎРҚ-344-сон қонуни// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2012. – № 52. – 585-м.

Ўзбекистон Республикасининг «Ҳуқуқбузарликлар профилакти-каси тўғрисида»ги 2014 йил 14 май ЎРҚ-371-сон қонуни// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2014. – № 20. – 221-м.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-3080-сонли «Компьютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахборот коммуни-кация технологияларини жорий этиш тўғрисида»ги 2002 йил 30 май фармони // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотно-маси. – 2002. – № 4–5. – 98-м.; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳуж-жатлари тўплами. – 2006. – № 28–29. – 262-м.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-117-сонли «Ахборот-коммуникация технологияларини янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги 2005 йил 8 июль қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2005. – № 27. – 189-м.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-614 сонли «Ўзбекистон Республикасида ахборотни криптографик муҳофаза қилишни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 2007 йил 3 апрель қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – № 14. – 140-м.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-1730-сонли «Замонавий ахборот-коммуникация технологияларини янада жорий этиш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 2012 йил 21 март қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2012. – № 13. – 139-м.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-2042-сонли «Мамлакатимизнинг дастурий таъминот воситалари ишлаб чиқувчи-ларини рағбатлантиришни янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғри-сида»ги 2013 йил 20 сентябрь қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2013. – № 39. – 508-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 256-сонли «Ахборотлаштириш соҳасида норматив ҳуқуқий базани такомил-лаштириш тўғрисида»ги 2005 йил 22 ноябрь қарори // Ўзбекистон

Page 76: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

76

Республикаси Ҳукуматининг қарорлари тўплами. – 2005. – № 47–48 – 355-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 282-сонли «Ziyonet ахборот тармоғини янада ривожлантириш тўғрисида»ги 2005 йил 28 декабрь қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2005. – № 389. – 389-м.

Ўзбекистон Республикасида Вазирлар Маҳкамасининг 215-сон-ли «Электрон рақамли имзодан фойдаланиш соҳасида норматив ҳуқу-қий базани такомиллаштириш тўғрисида»ги 2005 йил 26 сентябрь қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2005. – № 39. – 297-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 27-сонли «Давлат ахборот ресурслари ҳамда уларни шакллантириш, улардан фойдаланиш ва уларни қўллаб-қувватлаш учун масъул бўлган давлат органлари рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида»ги 2006 йил 20 февраль қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2006. – № 8. – 51-м.; 2007. – № 7–8. – 65-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 181-сонли «Давлат ва хўжалик бошқаруви, маҳаллий давлат ҳокимияти органла-рининг ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланган ҳол-да юридик ва жисмоний шахслар билан ўзаро ҳамкорлигини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 2007 йил 23 август қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – № 33–34. – 348-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 87-сонли «Давлат ахборот ресурслари ҳамда уларни шакллантириш, улардан фойдаланиш ва уларни қўллаб-қувватлаш учун масъул бўлган давлат органлари рўйхатига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғриси-да»ги 2008 йил 7 май қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳуж-жатлари тўплами. – 2008. – № 19. – 159-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 289-сонли «Давлат ва хўжалик бошқаруви, маҳаллий давлат ҳокимияти орган-лари ходимларининг малакаси ва кўникмаларини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар ҳамда уларни ишда компьютер техникаси ва ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланиш юзасидан аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида»ги 2011 йил 27 октябрь

Page 77: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

77

қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2011. – № 43–44. – 465-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 250-сонли «Ўзбекистон Республикаси алоқа, ахборотлаштириш ва телекомму-никация технологиялари давлат қўмитаси қошида «Электрон ҳукумат» тизимини ривожлантириш маркази ва Ахборот хавфсизлигини таъмин-лаш марказларини ташкил этиш тўғрисида»ги 2013 йил 16 сентябрь қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2013. – № 38. – 492-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 355-сонли «Ўзбекистон Республикасида ахборот-коммуникация технологиялари ҳолатини баҳолаш тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғриси-да»ги 2013 йил 31 декабрь қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2014. – № 2. – 17-м.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 102-сонли «Давлат ва хўжалик бошқаруви, маҳаллий давлат ҳокимияти органла-ри фаолиятида ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш ва ривожлантиришнинг ҳолатини ўрганишни амалга ошириш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги 2014 йил 27 март қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2014. – № 17 (621). – 195-м.

Karimov I.M. va boshqalar. Axborot texnologiyalari: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. – T., 2011.

Karimov I.M. va boshqalar. Informatika: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. – T., 2012.

Каримов И.М., Тургунов Н.А. Ахборот технологияларидан амалий машқлар: Ўқув қўлланма. –Т., 2011.

Ғаниев С.К., Каримов М.М., Ташев К.А. Ахборот хавфсизлиги. Ахборот-коммуникацион тизимлари хавфсизлиги. – Т., 2008.

Қосимов С.С. Ахборот технологиялари. – Т., 2006. Кабулов Р.К., Абдурахманов Э.С. Ахборот технологиялари соҳа-

сидаги жиноятлар: Ўқув қўлланма. – Т., 2009. Гуде С.В., Ревин С.Б. Информационные системы. РЮИ МВД

России. – М., 2002. Давыдов А.С., Маслова Т.В. Информационные технологии в дея-

тельности органов внутренних дел: Учебное пособие. – Челябинск, 2007.

Page 78: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

78

Информационные технологии управления в органах внутренних дел: Учебник / Под ред. профессора В. А. Минаева. – М., 1997.

Информационные технологии: Учебник / Под ред. В.В.Трафи-мова. – М., 2011.

Макарова Н.В., Волков В.Б. Информатика: Учебник. – СПб, 2011. Симонович С.В. Информатика для юристов и экономистов. –

СПб., 2001. Каримов И.М., Кадиров Ф. Мicrosoft Еxcel дастурида диаграм-

малар яратиш: Ўқув қўлланма. – Т., 2010. Каримов И.М., Иминов А.А., Самаров Х.К. Ахборот технологиялари

ёрдамида бошқарувни ташкил этиш: Маърузалар курси. – Т., 2010. Каримов И.М., Кадиров Ф., Иминов А.А. Мicrosoft Word дасту-

рида ҳужжатлар тайёрлаш: Ўқув қўлланма. – Т., 2011. Каримов И.М., Иминов А.А. Мicrosoft Word дастурининг мурак-

каб тузилмали ҳужжатлар тайёрлашдаги имкониятлари: Ўқув қўллан-ма. – Т., 2012.

Арипов М., Пудовченко Ю. Е., Арипов М. Основы Интернет. – Т., 2003. Визуальный курс. Microsoft Office 2003 / Нэнси Д. Льюис; Пер. с

англ. Осипов А. И. – М., 2005. Гладкий А.А. Office 2007. Мультимедийный курс. – СПб, 2009. Информатика: учебное пособие / В.Б. Немировский, А.К.

Стоянов. – Томск:, 2011. Казиев В.М. Введение в правовую информатику. http://www.-

intuit.ru. Лебедев А.Н. Windows 7 и Office 2010. Компьютер для начинаю-

щих. Завтра на работу. – СПб.:, 2010 Мухаммадиев Ж.Ў. Ахборот хавфсизлиги: муаммо ва ечимлар:

Монография. – Т., 2011. Новые информационные технологии в судебной экспертизе:

Учебное пособие / Э.В.Сысоев и др. – Тамбов, 2006. Серго А.Г. Интернет и право. – М., 2003. http://Cyber-Crimes.ru. Спиридонов О.В. Современные офисные приложения. http://

www.intuit.ru Спиридонов О.В. Microsoft Office 2007 для пользователя. Часть I,

II – М., 2010. Стоцкий Ю., Васильев А., Телина И. Office 2010. Самоучитель. –

СПб, 2011

Page 79: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

79

Яшин В.Н. Информатика: аппаратные средства персонального компьютера: Учебное пособие. – М., 2008.

Saytlar

http://akadmvd.uz (Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси) http://lex.uz (Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари

маълумотлари миллий базаси) http://eduportal.uz (Мультимедия умумтаълим дастурларни

ривожлантириш маркази) http://www.connect.uz (Ўзбекистон умумтаълим портали) http://uzsci.net (Илмий таълим тармоғи) http://www.ziyonet.uz (Ахборот таълим тармоғи) http://www.uzscience.uz (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар

Маҳкамаси ҳузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш қўмитаси)

http://www.nuu.uz (Мирзо Улуғбек номидаги Узбекистон миллий Университети)

http://www.tsil.uz (Тошкент Давлат Юридик Университети) http://www.tuit.uz (Тошкент Ахборот технологиялари Универ-

ситети) http://www.ccitt.uz (Ўзбекистон Республикаси Алоқа, ахборот-

лаштириш ва телекоммуникация технологиялари давлат қўмитаси). http://www.infocom.uz ("Ўзбекистон ахборот технологиялари"

журнали). http://www.cert.uz (Ўзбекистонда компьютер ҳодисаларига чора

кўриш хизмати) http://www.intuit.ru (Интернет-Университет Информационных

Технологий). http://www.computerbild.ru (ComputerBild журнали) http://www.twirpx.com/files/informatics/protection/

(Информатика и вычислительная техника/Защита информации) http://it.kgsu.ru (Кафедра информационных технологий Курган-

ского государственного университета) http://www.crime-research.ru (Центр исследования компьютер-

ной преступности) http://www.cyber-crimes.ru (Федеральный правовой портал:

Компьютерные преступления: квалификация, расследование, про-филактика)

Page 80: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

80

M U N D A R I J A

KIRISH.........................................................................................……...................3

1. AXBOROTLASHTIRISHNING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI 1.1. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari..........................................…………...5 1.2. Axborotlashgan jamiyat va axborotlashtirish.................................……….....19 1.3. Elektron hukumat............................................................................……........22 1.4. Axborot tizimlari.............................................................................………....25 1.5. Huquqiy axborot tizimlari................................................................….……..30

2. ICHKI ISHLAR ORGANLARI BOSHQARUV TIZIMLARINING AXBOROT DASTURIY TA’MINOTI

2.1. Boshqaruvda axborot texnologiyalari................................................…….....36 2.2. IIO faoliyatida boshqaruvning axborot ta’minoti.....................…………......38 2.3. Elektron va virtual ofislar tushunchasi....................................………...........40 2.4. Elektron va virtual ofisning asosiy komponentlari.....................……………43

3. DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA HUJJATLARGA ISHLOV BERISH

3.1. Matnli hujjatlarga ishlov berish.....................................................………….47 3.2. Elektron jadvallar yordamida statistik ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi..........................................................................................…….......50 3.3. Excel dasturida modellashtirish. Qarorlar qabul qilish axborot tizimlari......................................................................................………...51

4. GRAFIK MA’LUMOTLAR VA HISOBOTLARGA ISHLOV BERISH DASTURIY VOSITALARI

4.1. Grafik muharrirlar va ulardan foydalanish..................................…………....61 4.2. Shaxsni yuz tuzilishi bo‘yicha identifikatsiya qiluvchi avtomatlashtirilgan tizimlar.................................................….……......62 4.3. Hisobot prezentatsiyalarini tayyorlovchi Power Point dasturi........………........64

5. ICHKI ISHLAR IDORALARI BOSHQARUVIDA MA’LUMOTLAR BAZASI VA UNDAN FOYDALANISH

5.1. Ma’lumotlar bazasi va uning vazifalari. MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.................................................….……...66 5.2. IIV integrallashgan ma’lumotlar banki........................................…………...67

6. AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA KOMPYUTER JINOYATCHILIGIGA QARSHI KURASH

6.1. Axborot xavfsizligiga tahdidlar. Kompyuter jinoyatlari va ularning oldini olish choralari..............................................................………......69 6.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha kompyuter huquqbuzarliklarining tavsiflari.........................................................…………..72

ADABIYOTLAR RO‘YXATI.........................................................................74

Page 81: BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - akadmvd.uzakadmvd.uz/.../2017_A.A.-Iminov_Boshqaruvda-axb.-texnolog._lotin.pdf · va boshqaruv maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi,

Abdurasul Abdulatipovich IMINOV, fizika-matematika fanlari nomzodi

Mustafa Xatamovich DJAMATOV, fizika-matematika fanlari nomzodi

BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Ma’ruzalar kursi

Muharrir S.S.Qosimov Texnik muharrir D. R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 08. 03. 2017. Nashriyot hisob tabag‘i 6,0. Adadi 20 nusxa. Buyurtma № . Bahosi shartnoma asosida.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,

100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68.