dinshunoslik fanidan mustaqil ta’limni...

40
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «IJTIMOIY FANLAR » KAFEDRASI DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH TOSHKENT 2017

Upload: others

Post on 08-Feb-2020

73 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«IJTIMOIY FANLAR » KAFEDRASI

DINSHUNOSLIK

FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH

TOSHKENT – 2017

Page 2: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

2

S.Tulyaganova. Dinshunoslik fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish. –

T.: TMI., 2017. 40 bet.

Inson bilim olish jarayonida asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ustida

mustaqil ta’lim jarayonidagina takomillashtirib boradi. Shu ma’noda talabalarning

mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish, dars mashg‘ulotlarida

ma’lum bilimlar bilan qurollantirish, ularni ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil

ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasalari professor-

o‘qituvchilarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ushbu uslubiy qo‘llanma «Dinshunoslik» fanidan saboq berayotgan

kafedralarda mustaqil ta’limni tashkil etish va bajarishda professor-o‘qituvchilar

hamda talabalarga mo‘ljallangan qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.

Tuzuvchi: katta o‘qituvchi S.Tulyaganova

Taqrizchilar: t.f.d., prof. N.Maxkamova

t.f.n., dots. Sh.Shayakubov

O‘quv-uslubiy majmua 2017 «__» ____________da “Ijtimoiy fanlar”

kafedrasining №_____- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va O‘quv-uslubiy

Kengashda ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilingan.

O‘quv-uslubiy majmua 2017 «__» ____________da institut O‘quv-uslubiy

Kengashining №_____- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va foydalanish

uchun tavsiya qilingan.

Page 3: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

3

KIRISH

Axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi

sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish

vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z

ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning

asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi,

mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish

paydo bo‘ladi.

Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil

qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars

mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida

mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib

borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim,

ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi

maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida

o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.

O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida talabalar mustaqil ishini tashkil etish

bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari ta’limning

navbatdagi turi – oliy ta’limga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish

jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil eta olmaydilar. Ma’lumotlarni

qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib

tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini

to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash

ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan

tayyor bo‘lishmaydi.

Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va

aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich

mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim. Bu jarayon

Page 4: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

4

dastlab dastur asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni

bajarish jarayonida o‘qituvchi tomonidan adabiyotlar ustida ishlash jarayonidan

boshlash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda

o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib,

kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib

borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma orttirgan talaba faqat o‘qituvchi

tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi

va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil

ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.

Page 5: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

5

I. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH

Mustaqil ta’limni amalga oshirish bugungi kun ta’lim jarayonining muhim

bo‘g‘inlaridan biri sifatida amalda joriy etilgan bo‘lib, uni tashkil qilish jarayonlari

va uslublari yildan-yilga takomillashtirib borilmoqda. Mustaqil ta’lim talabalarning

qo‘shimcha bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi, o‘z ustida ishlash malakasi va

mas’uliyatining shakllantirilishi, mazkur jarayonda xosil qilingan turli malakalarning

takomillashtirib borilishi asnosida talabalarning kelgusida etuk va malakali

mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun asos bo‘lishi lozim bo‘lgan omillardan biri

sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fanning muayyan qismlarini o‘rganish va

o‘zlashtirishni talabalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi mustaqil

ta’limning mazmunini tashkil qilar ekan, uning tashkil etilishi, aniq maqsad va

vazifalarning qo‘yilishi hamda yo‘nalishlarning aniqlanishi bu jarayonni amalga

oshirilishini osonlashtiradi. Ayni vaqtda talabalarning mustaqil ta’limni amalga

oshirish jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, mavzularning

asosiy xususiyatlari, ularning tadqiq qilinishi va o‘rganilish uslublari, mustaqil

ishlarning tayyorlanish usullari va turlari, mavzularning mazmunidan kelib chiqqan

holda mustaqil topshiriqlarni bajarish shakllarining xilma-xilligi talabalarning bu

jarayonni to‘liq bajarish va maqsadga erishish imkoniyatlarini oshiradi.

Mustaqil ta’limning umumiy tavsifi:

Mustaqil ta’lim axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim

oluvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil ta’lim olish

ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot

ashyolari, o‘zaro aloqalar qaydnomalari, dasturiy va tashkiliy-metodik

ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidir.

Mustaqil ta’lim ochiqlikni ta’minlovchi quyidagi tamoyillar asosida

shakllantiriladi:

- ta’lim olishni ochiq rejalashtirish, ya’ni, yo‘nalish va unga mos o‘quv rejasi

doirasida bilimlarni oshirib borishning individual traektoriyasini tuzish erkinligi;

- o‘qitish vaqti va sur’atlarining erkin tanlanishi;

Page 6: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

6

- ta’lim olish davri va o‘rnining erkin tanlanishi;

- etakchi professor-o‘qituvchilar kasbiy salohiyatiga tayangan holda ta’lim olish

sifatining ta’minlashi;

- ta’lim oluvchilar uchun uzluksiz bilim olish imkoniyatini yaratish.

Mustaqil ta’limning maqsadi:

Taklif etilayotgan mustaqil ta’lim tizimining asosiy maqsadi – o‘qitish

jarayonini individuallashtirish hamda differentsiyallashtirish tamoyillari asosida

tashkil etilishini ta’minlash, oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan etakchi

professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlariga tayangan holda, ta’lim sifatini

oshirish, ta’lim oluvchilar uchun uzluksiz bilim olishga imkoniyatni yaratish, ta’lim

olishning turli shakllarini o‘zaro bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.

Mustaqil ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatida zamonaviy pedagogik

texnologiya va ular asosida yaratilgan interfaol usullardan foydalanishi, mustaqil

ta’limning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini hisobga olgan

xolda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va amalga oshirish, mustaqil

ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy mahoratlarini

zamon talabi darajasida shakllantirish, mustakil ta’limning noan’anaviy o‘qish va

ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy hamda uzluksiz aloqasini yaratish, mustaqil ta’lim

imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarga mustaqil ta’lim jarayoniga nisbatan

kasbiy, iqtisodiy, tafakkur etish, ma’naviy va boshqa qiziqishlarini uyg‘otish,

mustaqil tarzda kerakli, ma’lumotlarni yig‘ish, muammoni aniqlash, echimlarini

qidirish, olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni yangi

vazifalarni hal etishda qo‘llash, mustaqil ta’limda mustaqil ishlash bilan

raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, tashkiliy, psixologik-pedagogik, o‘quv-

uslubiy, axborot, moddiy-texnik ta’minotni o‘z ichiga oluvchi mustaqil ish

infrakturasini yaratish, mustakil ta’lim-natijalarini baholash tizimini yaratish, fan,

texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan professor-

o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini ta’minlash jarayoni orasidagi

nomuvofiqlikni tizimga keltirish, oliy pedagogik ta’lim muassasalarining elektron

axborot-ta’lim muhiti va integrallashgan o‘quv-ilmiy resurslarining etarlicha

Page 7: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

7

yaratilishini ta’minlash, ta’lim jarayonini axborotlashtirish borasida to‘plangan ilg‘or

tajribalarning amaliyotga etarlicha joriy etilishini ta’minlash, zamonaviy axborot

texnologiyalari muhitida ta’lim oluvchilar mustaqil malaka oshirishini tashkil etish

imkonini beruvchi elektron o‘quv-metodik majmualarning etarlicha yaratilishini

ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish bo‘yicha

vaqt resursining cheklanganligini inobatga olgan holda ta’lim oluvchilar mustaqil

bilim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilishga oid o‘quv-metodik

adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalarning etarli emasligi

va talab darajasida ishlanmaganligini yoritishdan iboratdir1.

Mustaqil ta’limning vazifalari:

-bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

-kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlash;

-axborot manbalaridan samarali foydalanish;

-elektron darslik ma’lumotlar bankini yaratish;

-berilgan topshiriqning muhim echimini belgilash;

-ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

-ish natijalari xulosasini tayyorlash va qayta ishlash;

-topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;

-ishlab chiqilgan echim, loyixani asoslash va mutaxassislar ishtirokida himoya

qilish;

-pedagogik texnologiyalarni nazariy va amaliy egallash hamda sharoitlarini

aniqlash;

-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar hamkorligidagi faoliyatning aniqligi va

oshkoraligidir.

Mustaqil ta’limni amalga oshirilishi jarayonida quyidagilarga alohida ahamiyat

berish zarur bo‘ladi:

1. Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos

ravishda amalga oshirilishi;

1 Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish

konsepsiyasi / Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278-sonli buyrug‘iga 1-ilova.

Page 8: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

8

2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida

muhokama qilinib, ma’qullanganligi;

3. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan

mavzular fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilib,

tasdiqlanganligi;

4. Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror

qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish

uchun yo‘naltirilganligi;

5. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda mavzular yuzasidan adabiyotlar

(manbalar) ro‘yxatining oldindan talabalarga taqdim qilinishi;

6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi va

rahbar (o‘qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo‘yilishi.

7. Mustaqil ta’limni tashkil qilish jarayonida mustaqil ta’lim mavzularini

tayyorlash shakllarining avvaldan belgilab berilishi ((reja (oddiy yoki murakkab)

asosidagi konspekt, tezislar, xronologiya, jadvallar va boshqa shakllarda yozma,

og‘zaki yoki ijodiy ish (referat) tarzida));

8. Mustaqil ta’lim natijalarining rahbar (o‘qituvchi) tomonidan tekshirish

jarayoni (shakllari) va uning baholanish tartiblari va ballar miqdorlarining talabalarga

avvaldan taqdim qilinishi.

Quyida sanab o‘tilgan shartlarning har birining alohida xususiyatlari haqida

so‘z yuritamiz.

I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o‘quv

rejalariga mosligi

Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos

ravishda amalga oshirilishi quyidagi talablarga mos kelishi ko‘zda tutiladi:

Mustaqil ta’limni tashkil etilishi eng avvalo barcha ta’lim yo‘nalishlarining

namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga asoslangan holda belgilangan bo‘lishi shart.

Page 9: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

9

“Dinshunoslik” fani barcha ta’lim yo‘nalishi namunaviy va ishchi o‘quv

rejasi bo‘yicha nomutaxassis yunalishidagi fakultetlarning I bosqich talabalariga

o‘tilishi belgilab qo‘yilgan.

I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra

yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi

Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida ko‘rib

chiqilib, ma’qullanishi uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir:

– Mustaqil ta’lim uchun fan dasturida tavsiya qilingan mavzular aniqlanishi

(bankining yaratilishi);

– Mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning ishchi o‘quv dasturida soatlar

bilan ta’minlanishi (ishchi o‘quv rejaga asoslangan holda);

– Kafedra uslubiy yig‘ilishigacha kamida ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan

tahlil qilinishi (mavzularning fan (kurs) mavzulari doirasiga tegishliligi, soatlar

miqdorining mos kelishi, mavzularning qo‘yilishi va talabalar bilimini boyitishi

uchun ahamiyatliligi va boshqalar) va yig‘ilish muhokamasi jarayonida tegishli

xulosalar berilishi;

– Kafedra yig‘ilishida ma’qullangandan so‘nggina ishchi dasturga kiritilishi va

belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng talabalarga taqdim qilinishi mumkin.

I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga

mosligi

Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular

fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilishi zaruriy holat

bo‘lib, bunda mustaqil ta’limni amalga oshirish va uning bajarilishi uchun

belgilangan holatlar hamda tavsiyalar namunaviy dasturda umumiy holda, ishchi

dasturda esa batafsil holda ko‘rsatib berilishi, ishchi dasturda mustaqil ta’lim uchun

belgilangan mavzularning umumiy ro‘yxati hamda adabiyotlar (manbalar) ro‘yxati

berilgan bo‘lishi lozim.

Page 10: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

10

I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini

yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi

Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini

yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun

yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega holatdir. Birinchi bosqich talabalariga

o‘qitiladigan «Dinshunoslik» fani eng qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha

bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kurslar uchun belgilangan ma’ruza soatlarida

tarixiy jarayonlarni to‘liq va batafsil ochib berish imkoniyati cheklangan. Garchi har

bir mavzu yuzasidan ma’lum miqdorda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari uchun

soatlar ajratilgan bo‘lsada, talabalarning mazkur mavzular yuzasidan to‘liq va chuqur

bilim olishlari uchun to‘g‘ri tashkil qilingan mustaqil ta’lim juda katta samara beradi.

Bunda o‘tilayotgan har bir mavzuning aynan qaysi qismini mustaqil ta’lim uchun

ajratish va uni qay tariqa tashkil qilish muayyan bir mavzuning talabalar tomonidan

har tomonlama va batafsil holda o‘rganish, xulosalar chiqarish, tasavvurga va bilimga

ega bo‘lishi uchun zamin bo‘ladi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, ayrim iqtidorli va ilmiy tadqiqotlar qilish

malakasini ma’lum darajada shakllantirgan talabalarga aniq bir muammoga

yo‘naltirilgan mavzularni mustaqil ish (yoki ilmiy tadqiqot ishi) sifatida berish

malakali mutaxassislarni tayyorlashda beqiyos ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va

eng ahamiyatli tomoni, bunday ishlar mustaqil ta’lim tarzida, rahbar (o‘qituvchi)

tomonidan ko‘rsatilgan tavsiyalar yordamida amalga oshiriladi, ayni vaqtda talabada

tadqiqot malakasini shakllantirishga yordam beradi.

I.5. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish

Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida

e’tibor berish talab etiladi:

-tizimli yondashish;

-barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;

Page 11: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

11

-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish;

-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur.

Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi talablar

bajarilishi lozim:

-maqsad, bilimni mustahkamlash, yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish,

amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi;

-vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi;

-topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada

xabardor bo‘lishi;

-maslaxat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va

ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli

topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni

birgalikda hal qilish);

-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;

-nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar,

laboratoriya mashg‘ulotlari, maslahat uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan

vaqt, ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy

vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola,

ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va

mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish).

I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro‘yxatining taqdim

qilinishi

«Dinshunoslik» fanining ishchi o‘quv dasturida har ma’ruza va seminar darslari

uchun hamda fan uchun umumiy, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, manbalar

ro‘yxati beriladi. Mustaqil ta’limni tashkil kilish jarayonida shuni inobatga olish

zarurki, talaba ma’ruza uchun belgilangan asosiy adabiyotlardan mustaqil ta’lim

mavzusi uchun etarli ma’lumot ololmasligi mumkin. Chunki, mustaqil ta’lim

mavzusi aynan bir muammoviy mavzuga yoki aniq bir masalaga yo‘naltirilgan

bo‘ladi. Bu esa aynan shu masala uchun tegishli bo‘lgan adabiyotlar va manbalar

ro‘yxatini qo‘shimcha tarzda talabalarga etkazib berish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Page 12: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

12

Adabiyotlar va manbalar ro‘yxatiga ega bo‘lgan holda aniq bir mavzu yuzasidan

ma’lumotlar yig‘ish va uni tahlil qilish talabaga osonlik tug‘diradi, uning vaqt

taqsimotini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida mustaqil

ta’lim jarayonida olingan natijaning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi.

Page 13: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

13

II. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ADABIYOTLAR BILAN

MUSTAQIL ISHLASH USLUBIYOTI

Malumki, ijtimoiy fanlardan olingan bilimlarni puxta egallashda ma’ruza,

amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlash, nazariy-ilmiy anjumanlar, o‘zaro suhbatlar

o‘tkazish, radio-televidenie orqali beriladigan ijtimoiy-siyosiy eshittirish va

ko‘rsatuvlar, matbuotdan hamda internetdan keng foydalanish kabi turli yo‘nalish va

uslubiyatlardan foydalanish mumkin.

Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ikki, ya’ni keng va tor ma’noga ega bo‘lib,

keng ma’noda deganda, umuman bilimlarni mustaqil o‘rganish tushuniladi. Tor

ma’noda esa birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ustida yakka tartibda

mustaqil o‘qish, ya’ni «aql-zakovat bilan ishlashga katiy kirishish» tushuniladi.

Kitob ustida ishlash uzoq tarixga borib taqaladi. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan

o‘z tarixi, madaniyati, fan yutuqlarini keyingi avlodga asosan shu kitob orqali

qoldirganlar. Demak, kitob ustida tinimsiz ishlagan kishigina o‘z bilimini oshirib,

mustahkamlab boradi. Misol uchun Sharqning buyuk allomalaridan Abu Nasr

Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo

Ulugbek, Alisher Navoiy va boshqalar tinimsiz mehnat orqali o‘z bilimlarini oshirib

borganlar va yangi-yangi muammolar echimini topishga harakat qilganlar. Demak,

biron-bir fanni egallashda, uni chuqur va har tomonlama o‘rganmoq uchun ko‘plab

kitoblar bilan ishlash zarurdir.

«Dinshunoslik» fanini o‘rganish jarayonida kitob bilan mustaqil ishlash eng

avvalo o‘quvchiga juda katta tushuncha beradi, chunki kitob bir avlodning ikkinchi

avlodga vasiyati. Biz ko‘p narsani kitobdan o‘rganamiz, o‘z dunyoqarashimizni,

ongimizni, bilimimizni, manaviyatimizni boyitamiz. Adabiyot bilan mustaqil

ishlashda fakat u yoki bu kitobdan olingan ma’lumot emas, balki ish jarayoni, uning

usullari xam katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bilimni egallash ikki yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: berilgan materialni

to‘g‘ridan-to‘g‘ri yodlab olish va faktlarni tanqidiy tahlil qilib, mustaqil fikrlash.

Birinchi holda material passiv egallandi, faqat yodlanadi, ikkinchi holda esa turli

manbalardan bilimlarni tanqidiy fikrlab va amalda ongli yondashib, aniq dalillar

Page 14: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

14

asosida boyitish mumkin bo‘ladi. Haqiqatni to‘g‘ri anglab etishda bilimlarni qat’iy

ishonch bilan izlanish natijasida egallash nihoyatda katta ahamiyatga ega.

Mustaqil o‘qishda xech qachon birinchi manbani chuqur tahlil qilmasdan yoki

mag‘zini tushunmasdan turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu tufayli,

kitob ustida mustaqil ishlash bilan materialni og‘zaki bayon qilishni aralashtirib

yubormaslik, o‘rganilayotgan mavzuning asosiy masalalarini, murakkab nazariy

koidalarini egallab, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishga erishish zarur.

Chunki ayrim talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari bilan chegaralanib

qoladilar.

Haqiqatdan ham ma’ruza qanchalik keng qamrovli, mukammal bo‘lishga

qaramay unda u yoki bu muammo bo‘yicha asosiy qoidalar, ya’ni cheklangan

material beriladi. Shuning uchun ham ma’ruza kimnidir qondiradi, boshqa birovni

qondirmaydi, birov konspekt qilishga ulguradi, birov esa yo‘q. Demak, materialni

o‘rganish uchun ko‘prok kitob bilan mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Mustaqil

ishlashda har kim kitob, ya’ni manba bilan o‘z qobiliyati va ko‘nikmasiga qarab

ishlaydi, birov bir vaqtning o‘zida bir necha kitobdan foydalanish, materialni puxta

egallash uchun ularni qayta-qayta o‘qishi mumkin. To‘g‘ri, hamma talaba ham

mustaqil ishga bir hilda tayyor bo‘la olmaydi, bu hol “Kadrlar tayyorlashning milliy

dastur”ida takidlaganidek, “har bir o‘qituvchi-murabbiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri

vazifasi, talabani mustaqil ishlashga ko‘nikma hosil etishga har tomonlama uslubiy

yordam berish”ni talab etadi. Chunki, hozirgi zamon pedagogik texnologiyasi shuni

taqozo etmoqda, yoki bu o‘qituvchi qanchalik talabani qiziqtira olishiga bog‘liq

jarayondir. Malumki, inson ko‘p hollarda o‘zi qiziqqan ishga ishtiyoq bilan kirishadi.

Shunday ekan, mustaqil o‘qish mahorati ham tinimsiz mehnat, izlanish, ko‘nikma va

malum darajada chidam va tirishqoqlikni talab qiladi.

Manba ustida mustaqil ishlash ko‘p qirrali bo‘lib, o‘z ichiga ayrim so‘zlarni

tagiga chizish, matniga, hoshiyaga belgilar qo‘yish, reja tuzish, konspekt qilish kabi

turli usullarni qamrab oladi. Tabiiyki, bu usullarning biri oson bo‘lsa, biri murakkab

yoki uzoq mehnat talab qiladi.

Mustaqil ishlash jarayonida adabiyotlardan foydalanishning asosiy mezoni -

maqsadli bo‘lishi kerak. Biror kitob to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish

Page 15: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

15

uchun so‘zboshi va mundarijasini ko‘zdan kechirish, yangi material bormi, qoida va

xulosalar qanday yoritilganligini qarab chiqish kifoya qiladi. Agar maqsad uni

chuqur o‘rganish bo‘lsa vazifa ham kengroq qo‘yiladi. Berilgan adabiyotlarni

ayrimlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki to‘liq tavsiya etilgan kitoblar ustida

mustaqil ishlash o‘z samarasini beradi. Bunda qiyinchiliklar va to‘siqlar bo‘lishi

tabiiy. Chunki mustaqil ishlash ko‘nikmasi birdaniga shakllanmaydi. Shuning uchun

undan cho‘chimasdan, ishtiyoq bilan mehnat qilish, intizomga rioya etish, qo‘yilgan

maqsad sari tinmay intilish, to‘siqlarni enga bilish kerak.

Yana bir uslubiy ko‘rsatma shuki, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy manbalarga oid

kitobni birdaniga boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga harakat qilmasdan turib, uni

bo‘lib-bo‘lib o‘qish, o‘rganish, konspekt qilish, tezislar tuzish, belgilar qo‘yish,

tsitatalar olish, ularning mag‘zini chaqish, fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.

Ijtimoiy-siyosiy fanlardan olgan bilimlarni boyitish, to‘ldirish, ilmiy

dunyoqarashni yanada rivojlantirish, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini yaxshiroq

tushunish, mustaqil davlatimiz olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni aniq anglab

etish va boshqalar uchun zaruriy holdir.

II.1. Adabiyotlarni mustaqil o‘qishda etibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

Manbani, ya’ni kitobni mustaqil o‘rganish uchun o‘qish madaniyatini chuqur

egallash kerak. O‘qish madaniyati nima? Bu avvalo ko‘plab kitoblar ichidan kerakli

materialni topa bilish, ilg‘ab olish va kitobning mazmunini chuqur tushunish, uning

qimmatli, tarixiy, ilmiy tomonlargiga etiborni qaratish, ustalik bilan ayrim yozuvlar

qilish, reja asosida konspekt tuzish, referat yozish demakdir.

Manbani o‘qishda faqat u yoki bu kitobni o‘qib, tor doiradagi bilimga ega

bo‘lib qolish bilan kifoyalanmay, balki har bir ishda bo‘lganidek, bu erda ham qunt

bilan aqliy mehnat qilish juda ham zarur.

Manbalarni o‘rganishda uchraydigan nomalum ilmiy tushunchalar, siyosiy

terminlar, chet el so‘zlarini tushunish uchun u yoki bu kitob yozilgan davr haqida

yaxshi tushunchaga ega bo‘lib, uni tahlil eta oladigan mustaqil fikrga ega bo‘lish

talab etiladi.

Page 16: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

16

Qanday qilib notanish kitobni o‘qish usuli va maqsadni oldindan aniqlash

mumkin? Ko‘p hollarda talabani bu ishga ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini

olib boruvchi o‘qituvchi yo‘naltiradi. Ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulot jarayonida

tavsiya etilgan kitoblar yoki manbalar to‘g‘risida qisqa tushuncha beradi. Agar

malum masala bo‘yicha kitobni mustaqil tanlab olish zarur bo‘lib qolsa, uni

o‘qishdan oldin zarur yoki zarur emasligini muqovasi, so‘zboshi, so‘ngi so‘z,

mundarija va qisqa annotatsiyasi bilan tanishish orqali bilish mumkin bo‘ladi.

Mustaqil o‘qishda reja tuzish, tezis shaklida yozish yo‘llari ham bo‘lib, unda

asosiy fikr nihoyatda qisqa shaklda beriladi yoki manbaning asosiy mazmuni ifoda

etiladi. Konspekt qilish ham mustaqil ishlashning muhim usullaridan biridir.

Konspekt qisqacha yoki keng bo‘lib, kitob butunlay o‘qib chiqilgan yoki uni

bo‘limlar bo‘yicha o‘qish orqali tuzilishi mumkin. Konspektda hosil qilingan

tushunchani yozib borgan ma’qul. Ayrim qoida, xulosa, raqam, nom, yillar bundan

mustasno albatta.

Shuni aytish kerakki, o‘qituvchi ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil

ishlarni tashkil qilish va uni nazorat etish jarayonida, ilg‘or, iqtidorli talabalar bilan

ishlashni yuqori saviyaga ko‘tarmog‘i lozim. Kafedradagi navbatchilik kunlarida,

talabalar bilan o‘tkaziladigan suhbat, maslahat darslarida har bir talabada mustaqil

ishlash, erkin fikrlash tuyg‘usini shakllantirishi, ilmiy muloqotda, munozarada

qatnashish, muayyan mavzu bo‘yicha mustaqil ishlash ko‘nikmalarini kamol

toptirishi hozirgi zamon talabidir. Shundagina talabalarning mustaqil ishlash faoliyati

ko‘zlangan maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Page 17: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

17

III. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA TALABALARDA TURLI

MALAKALARNING SHAKLLANTIRILISHI

Talabalar mustaqil ta’lim jarayonida quyidagi bir qator xususiyatlarni

(malakalarni) o‘zlashtirishlari va o‘zlarining ilmiy-ijodiy faoliyatlarini

shakllantirishlari ham ko‘zda tutiladi.

Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida talabalar:

Topshirilgan vazifa (mavzu)ni o‘rganishda auditoriyada olgan bilimlari

(yoki masalalar (muammolar)ning quyilishiga) asoslangan holda mustaqil

yondashishi;

Topshirilgan vazifa (mavzu)ning maqsadini va kutilayotgan natijani

oldindan ko‘ra bilishi (anglashi);

Mustaqil ta’lim jarayonida talaba o‘zi uchun yangi va hali

o‘zlashtirilmagan bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi;

Auditoriyada va mustaqil ta’lim jarayonida olgan ma’lumotlari va

bilimini qayta ishlashi;

Qo‘lga kiritilgan natijalarni va to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishi;

Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida natijalar to‘g‘risida

mustaqil fikrlay bilish malakasi va ehtiyojini shakllantira bilishi;

Topshirilgan vazifa (mavzu)ning natijasi (echimi)ni oldindan anglash

va uni hal qilish yo‘llarini izlay bilishi;

Yuqori kurs talabalarida topshirilgan vazifa (mavzu)ni ishlash

jarayonida fanning metodologik uslublaridan foydalana olish malakasini

shakllantira bilishi;

Talabalarda ijtimoiy hayot hodisalarini bilib olish, ularning mohiyatini

tushuntirish kabi qoiliyatlarini shakllantirishi;

Mustaqil tayyorgarlik vaqtida ma’lumotlarga tanqidiy yondashish va

xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi;

Page 18: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

18

Mustaqil ta’limni amalga oshirish (topshirilgan vazifa (mavzu)ni

bajarish) jarayonida o‘zining mustaqil, shaxsiy nuqtai-nazarini (fazilatlari yoki

malakalarini) shakllantira bilishi;

Prezident Islom Karimov asarlarida tarix faniga oid manbalarni

o‘rganishda ulardan ilmiy-metodologik asos sifatida foydalana bilish ko‘nikmasini

shakllantirishi;

Dastlabki manbalar, arxiv materiallari va tarixiy hujjatlar bilan mustaqil

ishlash malakasini shakllantirishi;

Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash va ularni tahlil qila olish malakasini

shakllantirishi;

Ilmiy tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqa

manbalar bilan ishlash va xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi;

Adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi;

Manbalar bilan ishlash malakasini shakllantirishi;

Vaqtli matbuot materiallari bilan ishlash malakasini shakllantirishi;

INTERNET tarmog‘idan foydalangan holda ma’lumotlarni olish va

ular bilan ishlash malakasini shakllantirish;

Mustaqil ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari va kompyuterdan

foydalangan holda jadvallar, chizmalar, diagrammalar, slaydlar va boshqalarni

yaratish va ularni matnlarga joylashtirish malakasini shakllantirish;

Ilmiy va ijodiy tafakkur qila olish qobiliyatini shakllantirishi;

O‘quv mehnati (vaqt, soat taqsimoti)ni to‘g‘ri tashkil etish malakasini

shakllantira bilishi;

Bilim va malakani amalda qo‘llashga o‘rganishi;

Ilmiy ishlarni yoza olish malakasini shakllantirishga erishishi;

Referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalarini

yozish, maqola, risola, qo‘llanmalar tayyorlay olish malakasining yuzaga kelishi

va iqtidorning keng qamrovli bo‘lishiga erishishi;

Mustaqil ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilgan natijalarni himoya eta olish

malakasini shakllantirishi;

Page 19: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

19

Auditoriyada, to‘garaklarda, ilmiy anjumanlarda o‘z fikrini bayon eta

olish qobiliyatini shakllantirishi;

Ilmiy-pedagogik mahoratni shakllantirishi;

Nutq madaniyati va mahoratini shakllantirishi;

Ilmiy (intellektual) mehnat va muomala madaniyatini shakllantirishi;

Topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish mas’uliyati hissini

orttirishi;

Mustaqil ta’lim uchun belgilangan topshiriqlarni bajarish jarayonida

o‘tmish, tarixiy jarayonlar va bugungi kun taraqqiyoti jarayonlarini bog‘lagan

holda milliy g‘oya va uning mohiyatini to‘la anglash fazilatlariga ega

bo‘lishlari ko‘zda tutiladi.

Albatta yuqorida keltirilgan xususiyatlar nisbiy bo‘lishi ham mumkin.

Mustaqil ta’limni amalga oshirish chog‘ida har bir talaba o‘z imkoniyatlaridan

kelib chiqqan holda yana boshqa bir qatorda ijobiy hususiyatlarni ham o‘zlarida

shakllantirishlari tabiiydir. Bu esa ularning kelgusida etuk va har tomonlama

malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlarida xizmat qiladi.

Page 20: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

20

IV. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA PEDAGOG-

XODIMLARNING FAOLIYATI

Mustaqil ta’limni tashkil qilishda o‘qituvchining roli va kasbiy

(professional) mahorati eng ahamiyatli mas’uliyat kasb etadi. Mustaqil ta’limni

to‘g‘ri tashkil qilish va talabalar bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida

muvaffaqiyatli natijalarga ega bo‘lish o‘qituvchidan nafaqat o‘zi o‘qiyotgan fan

yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki ayni vaqtda talabalar bilan ishni

to‘g‘ri tashkil qilish, har bir talabaning iqtidori va qobiliyatini imkon qadar

hisobga olgan holda yondashishni ham talab qiladi. O‘qituvchi fan (kurs)

yuzasidan ma’ruza va seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari jarayonida

turli pedagogik texnologiyalar va interaktiv uslublarni qo‘llagan holda har bir

talabaning o‘ziga xos hislatlarini aniqlashtirib, mustaqil ta’lim bo‘yicha

maslahat darslarida talabalarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsata olsa, mustaqil ta’limni

tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsadga erisha oladi. Ya’ni talabalarning

mustaqil ta’lim yuzasidan o‘zlashtirishlari, ko‘zda tutilgan bilimlarga to‘liq ega

bo‘lishlari, pirovard natijada kelgusida etuk va malakali mutaxassis bo‘lib

etishishlariga zamin hozirlashi aniq.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda fan o‘qituvchisi:

har bir talabaning iqtidori va mustaqil ta’limni amalga oshirishga

qobiliyatini aniqlashi;

imkon qadar individual tarzda talabalarga maslahatlar (masalaning

echimini topilishi uchun yo‘nalishni aniqlashi) berishi;

mustaqil ta’lim uchun aniq va muammoviy mavzularni tavsiya etishi;

mustaqil ta’lim mavzularini belgilashda fan dasturi va ishchi

dasturga qatiy rioya etishi;

ma’lumotlarni to‘plash va ularni klassifikatsiyalash yo‘llarini

o‘rgatishi;

qo‘yilgan masalani ochish uchun tavsiya qilinishi mumkin bo‘lgan

adabiyotlar haqida ma’lumotlar berishi;

Page 21: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

21

adabiyotlar bilan ishlash yo‘llari haqida tushuncha berishi;

manbalardan foydalanish jarayonida etibor berilishi lozim bo‘lgan

jihatlar haqida tushuncha berishi;

matbuot materiallaridan foydalanish chog‘ida ma’lumotlarni yig‘ish

va ularni solishtirishi, taqqoslash va xulosalar chiqarish to‘g‘risida tushuncha

berishi;

rahbarlik qilish, nazorat va tekshirishni to‘g‘ri amalga oshirishi;

mavzular yuzasidan malum vaqtlar oralig‘ida muloqot tarzida erkin

suhbatlar uyushtirib borishi va talabalarning fikrlariga etiborli bo‘lishi mustaqil

ta’limning samarali bo‘lishiga asos bo‘lishi mumkin.

IV.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi

Mustaqil ta’lim shakli talabalar tomonidan mustaqil tarzda, o‘qituvchining

bevosita ta’sirisiz amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayon hisoblansada, biroq

o‘qituvchi talabalarga mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularni topshirar ekan,

mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda erishilishi lozim bo‘lgan natijalarning

umumiy tavsifi, bu jarayonda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, tavsiflangan

natijalarga erishish yo‘llarining taxminiy uslublari va tavsiya qilinayotgan

adabiyotlar (manbalar) haqida umumiy tushuncha berib o‘tishi zarurdir.

Bu tavsiyalar va maslahatlar talabalarning mustaqil holda o‘zlashtirishi

belgilagan mavzularni batafsil o‘rganishlari va zaruriy darajadagi bilimga

(ma’lumotga) ega bo‘lishlarini osonlashtiradi. Biroq bu jarayonda o‘qituvchi

belgilangan mavzuni o‘zi tavsiflagan holda “aynan shunday bo‘lishi kerak” degan

tushunchadan talabalarni holi qilishi zarur va ayni vaqtda talabalarga mavzu

yuzasidan erkin tadqiqot olib borishlari uchun etarli sharoit yaratishi lozim.

Bu holat o‘z navbatida talabalarga belgilangan mavzu yuzasidan o‘z

dunyoqarashlari (yoki o‘zlari lozim deb hisoblagan tushunchalar) asosida

ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilishlariga imkon beradi. Bu jarayonda

o‘qituvchi talabalarni doimiy ravishda maslahat darslarida, individual suhbatlar

Page 22: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

22

vaqtida «O‘zbekiston tarixi» metodologiyasining asosiy jihatlari bilan tanishtirib

borishi va bajarilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari yuzasidan to‘g‘ri xulosalar

chiqarishga yo‘naltirib borishi lozim.

Iqtidorli va ilmiy tadqiqot olib borish malakasiga ega, fan (kurs) yuzasidan aniq

tadqiqot mavzusi ustida ish olib borayotgan talabalar bilan mavzu bo‘yicha

individual (yoki kichik guruhlar tarzida) ish olib borish maqsadga muvofiqdir.

IV.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari

Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:

Auditoriyada amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘tilgan

mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.

Auditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda

o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan

vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib, kelish,

ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.

Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish

darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslariga)

tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida,

odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlar

tashkil etish va h.k. usullarda asosan seminar darslarida nazorat qilinadi.

Nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga

berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi

e’tiborga olinadi.

Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida

o‘zlashtirlishi belgilangan mavzu bo’yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil

ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida

rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy

topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish

jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus

belgilangan maslahat soatlarida amalga oshiriladi.

Page 23: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

23

Talabalar mustaqil ishi natijalari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va

o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-avgustdagi 87-02-2642-son xatiga

asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim

tizimini yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son qarorida

belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim

standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq talabalar bilimini baholash

tizimini takomillashtirish maqsadida “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar

o‘zlashtirishini baholash tizimi to‘g‘risida Nizom” loyihasiga asosan baholab

boriladi.

Mustaqil ta’lim natijalari talabalar bilimini 5 ballik tizim asosida baholashga

bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, har bir talaba o‘zi bajarayotgan mustaqil

ta’lim natijalarining qay tartibda baholanishi va qancha balga ega bo‘lishini oldindan

bilishlari shart. Buni fan o‘qituvchisi fan bo‘yicha umumiy baholash jadvalini

talabalarga etkazish chog‘ida aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni vaqtda

talabalar tomonidan tayyorlangan mustaqil ta’lim mavzularining natijalari baholanish

jarayonida bir tomondan talabalarni rag‘batlantirish vazifasini bajarsa, ikkinchi

tomondan talabalarga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari uchun

mas’uliyat hissini shakllantiradi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil ta’limning amalga oshirilishida

asosiy ishtirok etuvchilar - talabalardir. Mustaqil ta’limni tashkil qilishdan

ko‘zlangan asosiy maqsad ham talabalar bilimini boyitish va ularning kelgusida har

tomonlama etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun zamin

hozirlashdir. Shunday ekan, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga

oshirish jarayonida har bir talaba o‘ziga topshirilgan mustaqil ta’lim mavzusini

belgilangan tartibda o‘rganishi, tayyorlashi va bu jarayonda bevosita faol ishtirok

etishi shartdir. Bu mustaqil ta’limni tashkil qilishdagi eng muhim omildir. Mustaqil

ishlar natijalarini baholashda o‘qituvchiga quyidagi mezonlarni tavsiya etish

mumkin:

Page 24: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

24

Baho Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi

A’lo

“5”

Mustaqil ishlar to‘liq va aniq bajarilgan, olingan ma’lumotlar

tahlil etilib, izchil va tizimli ravishda muammoning echimiga

qaratilgan loyihalash jarayoni amalga oshirilgan, mustaqil ishni

bajarishga ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan

unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari ijodiy tahlil asosida aks

etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.

Yaxshi

“4”

Axborotlar ahamiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilgan, mustaqil

ishni bajarishga qisman ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli

adabiyotlardan unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari aks

etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.

Qoniqarli

“3”

Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart-sharoitlar

va imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan, berilgan namunalarga

asoslanib, mantqiy echimlar keltirilgan, mustaqil ishni bajarishga

ko‘rsatmalar asosidagi tayyor ma’lumotlardan foydalanilgan

mustaqil ishlarga qo‘yiladi.

Qoniqarsiz

“2”

Mustaqil ishlar etarlicha izchillikda va tizimlilik darajasida

bajarilmagan, namunalarga o‘xshash tarzda, ijodiy yondashilmagan,

muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan,

internet ma’lumotlaridan ko‘chirilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.

Berilgan savollarga quyida taklif etilayotgan mustaqil ishlarning shakllaridan

foydalangan holda to‘liq javob berish, qo‘yilgan masalani har tomonlama tahlil etish,

tarixiy jarayonlar, dalillarni qiyoslash, ijtimoiy tarixiy voqeliklarni ilmiy va xolisona

ochib berish, tarixiy jarayonlarni o‘z mustaqil ijodiy yondashuvi asosida

yaxlit yoritish, tarixiy dalillar tahlilidan to‘g‘ri xulosa chiqara olish zarur bo‘ladi.

Shuningdek, turli manbalardan foydalanganligi, aniq tarixiy sharoitdan kelib chiqib, o‘sha

davr tarixiy voqeligi aloqadorliklarini tushunib etishi, berilayotgan javoblarning milliy

g‘oya bilan uyg‘unligi kabi holatlarga urg‘u berishi talab etiladi.

Page 25: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

25

V. MUSTAQIL ISHLARNING SHAKLI VA HAJMINI BELGILASH

Talabalarga mustaqil ta’lim mavzulari berilar ekan, o‘qituvchi har bir

mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari, mavzularni o‘rganishga bo‘lgan yondashuv,

mavzu natijalarini qay tarzda umumlashtirish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish va

ularni oxirgi jarayon sifatida baholash uchun taqdim qilish holatlarini tushuntirib

berishi lozim.

Mavzularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rganish jarayonida uning

natijalarini umumlashtirishda eng maqbul uslublar, xususan, reja asosidagi konspekt,

tezislar, xronologik va boshqa mazmundagi jadvallar, diagrammalar, chizmalar,

xaritalar (yoki xaritalar asosida ishlash), grafiklar, yozma yoki og‘zaki axborot,

referat, ilmiy ish, ijodiy ish tarzida amalga oshirilishining qo‘llanishi haqida

ma’lumotlar va tushunchalar berib o‘tishi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, talabalar o‘zlari tayyorlagan mustaqil ta’lim topshiriqlarini yozma

yoki og‘zaki, referat yoki ijodiy ish sifatida topshirishlarini ham oldindan

belgilashlari zarur.

Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar

e’tiborga olinishi lozim:

- o‘qish;

- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik

darajasi;

- talabalarning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch

bilimi);

- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;

- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.

Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinlik darajasi

semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib

borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini

asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga

o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.

Page 26: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

26

Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish

darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish

mumkin:

- fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil

o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;

- amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;

- ma’lum mavzu buyicha referat tayyorlash;

- kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;

-bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‘plash;

- hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;

- maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;

- amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, munozarali savollar

va topshiriqlar tayyorlash;

- ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;

- amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash;

- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.

Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa

shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi

topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta

o‘ylab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya

mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va

to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.

Page 27: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

27

VI. MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI TAYYORLASH

USULLARI

Mustaqil ta’limni tashkil qilish jarayonida belgilangan mavzularning turli

mazmunga va turli davrlarga oid tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar

mustaqil ta’lim uchun topshirilgan mavzular bir xil mazmundagi (masalan,

faqat siyosiy tarix yoki faqat iqtisodiy masalalar va hokazo) mavzulardan

iborat bo‘lsa, talabalarning fanni faqat bir tomonlama (yoki cheklangan holdagi

malum bir soha bo‘yicha) o‘rganishlariga majbur qilib qo‘yadi. Bu esa o‘z

navbatida talabalarning eng avvalo tarix sohasidagi bilimlarini cheklanishiga

yoki bir yoqlama bo‘lib qolishiga olib kelsa, ikkinchidan ularning tarixiy

jarayonlarni o‘rganishdagi turli uslublardan foydalanmaslikka (chunki malum

uslublar hamma mavzular uchun ham mos kelavermaydi) va ularni chetlab

o‘tishiga olib keladi. Natijada talaba fan (kurs) yuzasidan o‘rganishi lozim

bo‘lgan (ko‘zda tutilgan) barcha mavzularni o‘rganmaydi va etarli bilimga ega

bo‘lmaydi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish o‘rinliki, fan (kurs) yuzasidan

berilayotgan har bir mavzu o‘qituvchi tomonidan avvaldan atroflicha o‘rganilishi

va shundan so‘nggina talabalarga tavsiya qilinishi lozim. Bu jarayonda

kafedraning o‘rni haqida yuqoridagi bandlarda aytib o‘tilgan edi.

Mustaqil ta’lim uchun belgilangan (tavsiya etilgan) mavzular tarix fanining

turli sohalarini qamrab olar ekan, albatta ularni o‘rganishda o‘ziga xos tarzda

yondashish talab etiladi. Mustaqil ta’lim mavzulari mazmunidan kelib chiqqan

holda mustaqil ta’lim topshiriqlari bir necha ko‘rinishda (usulda) tayyorlanishi

mumkin.

Page 28: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

28

Mustaqil ishlarni tayyorlash usullari:

Reja (oddiy, murakkab) asosidagi konspekt:

Tezislar: Xronologiya:

-jadvallar -chizgilar -hujjatli materiallar

-fotosuratlar -turli so‘rovnomalar -xaritalar

-diagrammalar -grafiklar -yozma yoki og‘zaki axborot

-atamalar lug‘ati (ilmiy,

siyosiy, iqtisodiy,

harbiy tayanch

tushunchalar)

-slaydlar -axborot texnologiyalari

asosida elektron ovozli

namoyish va multimediya

mahsuloti

-ijodiy ish -referat -ilmiy ish

Talaba tomonidan mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilgan mavzuning qay

tarzda bajarilishidan (mavzudan kelib chiqqan holda) qatiy nazar, adabiyotlar

va manbalar, hujjatlar va matbuot materiallarining to‘liq ro‘yxati (ishda

foydalanilganlari) va qisqa tavsifi berilishi shartligi maqsadga muvofiqdir.

VI.1. Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish

Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi

o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda

o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va

ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga

xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot

manbalarini ko‘rsatish lozim.

Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv

adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch

iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob

tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa,

adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa) o‘qituvchidan maslahatlar

oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu buyicha tayyorlangan matn kafedrada

himoya qilinadi.

Page 29: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

29

VI.2. Referat tayyorlash

Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim

darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi.

Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (hujjatlar,

yozma manbalar, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan

ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallaridan) foydalanib ma’lumotlar yig‘adi,

tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu buyicha imkon darajasida to‘liq, keng

ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va

ko‘rsatmalar oladi. Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya

qilinadi.

VI.3. Manbalar yordamida mavzuni yoritib berish

Talaba fan asoslarini puxta egallab olishi, dinshunoslikni yaxshi bilishi o‘quv-

tarbiya ishlarining qanday tashkil qilinishidan tashqari, ko‘p jihatdan darsliklar,

o‘quv qo‘llanmalarining sifati va saviyasiga ham bog‘liqdir.

Imoratni mustahkam poydevorsiz qurib bo‘lmagandek, tarixni manbasiz yozib

bo‘lmaydi. Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, insoniyatning tabiat va

jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy

va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklar turkumiga ko‘xna

manzilgoh va mozorlar, shaharlar, qasrlar hamda qal’alarning xarobalari, o‘sha

joylardan topilgan ishlab chiqarish va urush qurollari, uy-ro‘zg‘or hamda zeb-ziynat

buyumlari, qadimiy sug‘orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis

tangalar, shuningdek, ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga o‘yib

ishlangan sur’atlari, umuman tosh va boshqa buyumlardagi yozuvlar kiradi.

Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq o‘tmishdan qolgan qo‘lyozma asarlar

hamda odamlarning turmushi va urf-odatlarini o‘zida aks ettiruvchi materiallar,

shuningdek, kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an’analar kiradi.

Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan. U ijtimoiy

hayotning hamma tomonlarini, bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘zida aks ettiradi. Shuning

Page 30: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

30

uchun tarixiy manbalarsiz qadimiy odamlarning turmushi va ijtimoiy faoliyati qay

tarzda kechganligini bilib va o‘rganib bo‘lmaydi. Manbalar ustida ish olib borganda

shuni ham esda tutish zarurki, har bir tarixiy davrning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u

avvalo ijtimoiy-siyosiy tuzumning tabiati, ishlab chiqarish usullari, o‘sha davrda

mavjud bo‘lgan moddiy madaniyat va nihoyat, yozuv texnikasining umumiy darajasi

bilan belgilanadi.

Manbalar yordamida mavzuni yoritib berishda avvalambor, tarixiy manbalarni

topish, ularni turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o‘z aksini

topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan dalillarning to‘la va haqqoniyligini

aniqlash asosiy vazifa hisoblanadi.

VI.4. Ko‘rgazmali ma’lumotlar tayyorlash

Talabaga muayyan bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam

beradigan ko‘rgazmali materiallar (chizmalar, jadvallar, rasmlar, xaritalar, foto-

suratlar, atamalar lug‘ati, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, kichik badiiy

asar) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga

ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori,

shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu

bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.

Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda

tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.

VI.5. Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash

Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo‘lgan

masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan testlar tuzish topshiriladi.

Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar, uni tuzish

qonun-qoidalar, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda

mavzuning munozarali holatlarini qanday amalga oshirish lozimligi, topshiriqlarni

tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Maslahat darslarida bajarilgan

Page 31: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

31

ishlarning holati va talabalarning javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlash,

aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin).

VI.6. Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash

Talaba biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham

mumkin (referativ xarakterda) maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlab topshirishi

mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar,

maqola va monografiyalar hamda internet va boshqa axborot manbalaridan mavzuga

tegishli ma’lumotlarni jamlaydi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi,

shaxsiy tajribasi va ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar

keltirib, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan

hamkorlikda ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya

qilinadi.

VI.7. Amaliy mazmundagi nostandart masalalar echish

Bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashib bajariladigan,

nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlarga yondashib talab qilinadigan

ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin.

Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va

ishlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab, ilmiy topshiriqlar berish, o‘qituvchi

bilan hamkorlikda ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirish mumkin.

Bu jarayonni amalga oshirishda rahbar o‘qituvchi va talabadan ijodiy

yondashuv talab etiladi. Jumladan, ma’lum mavzu bo‘yicha ta’lim muassasi yoki

respublika miqyosida tashkil etiladigan talabalar hamda yosh olimlar ilmiy ijodlariga

bag‘ishlangan turli ilmiy-nazariy konferentsiyalarda ishtirok etish.

Shuningdek, mustaqil ta’lim jarayoniga oid mavzular mazmun mohiyatini

yoritib beruvchi turli slaydlar taqdimotini amalga oshirish ham tavsiya etiladi. Yoki

bo‘lmasa, texnologik vositalar yordamida ma’lum vaqtga (masalan, 40 daqiqa)

Page 32: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

32

mo‘ljallangan biror bir mavzuning dars ishlanmasini taqdimot tarzida ishlab chiqish

va himoya etish ham o‘ziga xos ijobiy natija beradi.

VI.8. Mavzu himoyasiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim

shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson

salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim

maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida

qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Pedagogik texnologiya uchun pedagogik

amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash, talaba kelgusi faoliyatida duch

keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, ta’lim tarbiyaning shakllari va vositalarini

tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma’naviy

fazilatlarni o‘zlashtirishga yunaltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish, ta’limning

natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda

talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob’ektiv baholash uchun nazorat

vazifalarini tayyorlash, darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni

rejalashtirish va nihoyat mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab

chiqish kabilar pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.

Page 33: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

33

VII. MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR

Mustaqil ta’lim mavzulari Dars soatlari

hajmi

1-semestr

Mahmud Koshg‘ariyning “Odobas-solihin” asarining

tarbiyaviy ahamiyati 2

Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari 2

Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi 2

Jahon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi 2

Yurtimiz allomalarining islom ilmlariga qo‘shgan xissalari 2

Buxoro yahudiylarining diniy marosimlari va bayramlari 2

O‘zbekistonda konfessiyalararo diniy bag‘rikenglikning

tarixiy tajribasi 2

Yangi diniy harakatlarning zamonaviy faoliyat uslublari 2

O‘zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar: Hakimat-Termiziy

majmuasi 2

O‘zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar: Qaffol ash-Shoshiy

maqbarasi 2

O‘zbekistonda mustaqillik yillarda diniy ta'lim tizimida

amalga oshirilgan islohotlar 2

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

I.Karimovning diniy bag‘rikenglik sohasida olib borgan

oqilona siyosat

2

JAMI: 24 soat

Page 34: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

34

VIII. TAVSIYA QILINADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi T., ”O`zbekiston” 2014.

2. Inson huquqlari : Universal xalqaro xujjatlar toʻplami. – T.: 1996 .

3. I.Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., ”O`zbekiston” 1996.

4. I.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T., ”O`zbekiston” 1996.

5. I.Karimov. Yuksak malakali mutaxasislar-taraqqiyot omili. O`zbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasining

ochilishi marosimida so`zlangan nutqi. 1995-yil 3-oktyabr. Asarlar 4-jild T.:

”O`zbekiston” 1996.

6. I.Karimov. Bunyodkorlik yo`lidan. T.: ”O`zbekiston” 1996.

7. I.Karimov. Amir Temur – faxrimiz g`ururimiz. A.Temur tavalludining 660

yilligiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyadagi ma`ruza, 1996.

8. I.Karimov. Yuksak ma`naviyatsiz kelajak yo`q. ”Ma`naviyat va ma`rifat”

Respublika jamoatchilik markazi rahbariyati hamda boshqaruvi a`zolari bilan

uchrashuvida so`zlangan nutq. 1996 yil 4-sentyabr. Asarlar. 5-jild. T.,

”O`zbekiston” 1997.

9. I.Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash –davr talabi T., ”O`zbekiston”,

1997.

10. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini

birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga

kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma

majlisidagi nutq. T.: «O‘zbekiston» 2016. -108 b.

11. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy

javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.

Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari

va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor

yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan

majlisidagi ma’ruza. T.: «O‘zbekiston» 2017. -104 b.

Page 35: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

35

12. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017. -

106 b.

13. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan

birga quramiz. Toshkent.: O‘zbekiston. 2017. -84 b.

14. Ta’lim toʻgʻrisidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.:

1997.

15. “Manaviy qadriyatlar va milliy o`zlikni anglashning tiklanishi”.

(I.Karimovning ”O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari). Asarlar 6-jild. T.,

”O`zbekiston”, 1997.

16. Barkamol avlod -Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori (I.Karimovning

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida so`zlagan nutqi).

Asarlar 6-jild.T., “O`zbekiston”, 1998.

17. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida (yangi taxrir).

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni. T.: “Adolat”, 1998.

18. I.Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. T.: O`zbekiston 1998.

19. I.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka taxdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar 6-jild. T., ”O`zbekiston”

1998.

20. O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz. (I.Karimovning

“Turkiston” gazetasi muxbirining savollariga javoblari) Asarlar 7-jild. T.,

“O`zbekiston”, 1999.

21. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda (I.Karimovning O`zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining XIV-sessiyasidagi ma`ruzasi). Asarlar 7-jild. T.,

“O`zbekiston”, 1999.

22. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin:

(I.Karimovning “Tafakkur” jurnali Bosh muxarrirning savollariga javoblari).

Asarlar 7-jild, -T.: “O`zbekiston” 1999. 84-102-betlar.

Page 36: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

36

23. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.

(I.Karimovning “fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblari). Asarlar 8-jild.

T., “O`zbekiston”, 2000.

24. M.Imomnazarov, M.Eshmuxamedova Milliy ma`naviyatimiz asoslari. T.,

“Toshkent islom Universiteti” 2001.

25. Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasining

qonuni. //Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2004. 5-son.

26. Bagʻrikenglik tamoyillari Dekloratsiyasi. - T.: 2002 .

27. I.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” O`zbekiston

Respblikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma

majlisidagi ma`ruza- T.: “O`zbekiston” 2010 yil 12-noyabr.

28. I.Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. T., ”O`zbekiston”

2001.

29. I.Karimov. ”Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”

risolasidagi so`z bo`shi. Asarlar 9-jild. T., ”O`zbekiston”, 2001.

30. I.Karimov. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.,

”O`zbekiston” 2002.

31. I.Karimov. Biz tanlagan yo`l - demokratik taraqqiyot va ma`rifat” dunyo

bilan hamkorlik yo`li” T., «O`zbekiston» 2003.

32. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni

moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasining

qonuni. //Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2004. 9-son.

33. I.Karimov. Istiqlol va ma`naviyat. T., O`zbekiston » 2004.O.Musurmonova.

Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi.T.: Oʻzbekiston, 1996.

34. B.Qosimov va boshqalar. Vatan va millat muqaddasdir. T.: Oʻqituvchi, 1996.

35. I.Jumaboev. Hayot mazmuni va komil inson muammosi. T.: «Fan», 1996.

36. N.Ortiqov. Ma’naviyat: milliy va umuminsoniy qadriyatlar. T.: Ma’naviyat,

1997.

37. M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. T.: Sharq,

1998.

38. M.Oripov. Oila, ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot. T.: «Fan», 1998.

39. I.Yablokov. Religiovedenie. M.1998.

Page 37: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

37

40. A.Qodirov. Ma’naviyatning iqtisodiy tamoyillari. T.: Oʻqituvchi, 1999.

41. Moʻminov A.Q. Dinshunoslik asoslarini oʻqitish va oʻrganishning yagona

kontseptsiyasi. – T.: ToshDShI nashriyoti, 1999 y.

42. J.Tulenov. Ma’naviy yuksalish siri, T.: Mexnat, 2000.

43. S.Otamurodov “Ma`naviyat asoslari” ma`ruzalar matni –T.: 2000.

44. Yoʻldoshxoʻjaev H., Rahimjonov D., Komilov M Dinshunoslik. Ma’ruzalar

matni. – T.: Tosh DShI nashriyoti, 2000 y.

45. T.Mahmudov “Mustaqillik va ma`naviyat” –T.: “Sharq” 2001

46. Milliy istiqlol gʻoyasi: siyosiy tushuncha va tamoyillar. T.: Yangi asr avlodi,

2001.

47. I.Jabborov., S.Jabborov. Jahon dinlari tarixi.Oʻquv qoʻllanma. T.:

Oʻzbekiston. 2002

48. P.Ivanov. Xristianstvo i religii mira. M.2002.

49. S.Otamurodov, S.Otamurodov “O`zbekistonda ma`naviy -ruhiy tiklanish” –

T.: “Yangi asr avlodi”, 2003

50. Mas’ul muharrir akad Ibrohimov N.I. – T.: Mehnat, 2004.

51. Toshkent islom madaniyati poytaxti. T.: “Toshkent islom universiteti”

2007.

52. M. Hamdamova “Ma`naviyat asoslari” o`quv qo`llanma –T.: “Fan va

texalogiya”, 2008

53. Yuksak ma’naviyat yoʻlida. T.: «Ma’naviyat», 2008.

54. Hasanov A., Komilov M., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov

Q Islom tarixi. Darslik. – T.: “Toshkent islom universiteti” 2008 y.

55. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy–ma’rifiy

asoslari (oʻquv qoʻllanma) T.:2008.

56. Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lugʻat. T.: Gʻofur Gʻulom, 2009.

57. Rahimov. «Ma’naviyat asoslari». Oʻquv qoʻllanma, T.: TDYU, 2009.

58. Diniy bag`rikenglik va mutaassiblik (yuz savolga - yuz javob) T.:

“Toshkent islom universiteti” 2009.

59. Ochildiev A. Missionerlik: moxiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish

yoʻllari –T.: 2009.

60. Muqaddas dinimizga yuksak e’tibor va ehtirom. T.: “Toshkent islom

universiteti”. 2010.

61. Sh.Yovqochev. Islom va hozirgim zamon. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent islom

universiteti 2010 y.

62. A.Ochildiyev va boshq. Xidoyat ortiga yashiringan zalolat. Oʻquv

qoʻllanma. T.: “Toshkent islom universiteti”. 2010

63. Islom va hozirgi zamon: oʻquv qoʻllanma. Mas’ul muharrir Sh.Yovqochev.

– T.: “Toshkent islom universiteti” 2010 y

64. R.Abdullayev Qur’onshunoslik. T.: “Toshkent islom universiteti”. 2011.

Page 38: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

38

MUNDARIJA

KIRISH …………………………………………………………..... 3

I MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH ............................... 5

I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o‘quv

rejalariga mosligi …………………………………………................

8

I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra

yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi ………………………….......................

9

I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga

mosligi ................................................................................................

9

I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror

qismini yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi ….......

10

I.5. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish ……………............. 10

I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro‘yxatining taqdim

qilinishi …………………………………………………...................

11

II MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ADABIYOTLAR

BILAN MUSTAQIL ISHLASH USLUBIYATI …………............

13

II.1. Adabiyotlarni mustaqil o‘qishda etibor berish kerak bo‘lgan jihatlar 15

III MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA TALABALARDA

TURLI MALAKALARNING ShAKLLANTIRILIShI ….........

17

IV MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA

PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING FAOLIYATI ……......

20

IV.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi . 21

IV.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash iezonlari ………….................. 22

V MUSTAQIL ISHLARNING SHAKLI VA HAJMINI

BELGILASH ………………………………………........................

25

VI MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI TAYYORLASH

USULLARI .......................................................................................

27

VI.1. Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish …………………………………...... 28

VI.2. Referat tayyorlash ………………………………………………….. 29

VI.3. Manbalar yordamida mavzuni yoritib berish …………………......... 29

VI.4. Ko‘rgazmali ma’lumotlar tayyorlash ................................................. 30

VI.5. Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar

tayyorlash ...........................................................................................

30

VI.6. Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash …………..….......... 31

VI.7. Amaliy mazmundagi nostandart masalalar echish ………………..... 31

VI.8. Mavzu himoyasiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish ……....... 32

VII MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN

MAVZULAR ....................................................................................

33

VIII TAVSIYA QILINADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …. 34

Page 39: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

39

Sh.Shayakubov

O‘zbekiston tarixi

fanidan

mustaqil ta’limni tashkil etish

Muharrir Sh. Xudoyberdiyeva

Sahifalovchi Sh.Shomuslimova

Bosmaxona guvohnomasi № 10-1289

Bosishga ruxsat etildi 21.08.2017 Bichimi 60x841/16

Nashr hisob tabog’i 2,5 b.t. Adadi 100. Buyurtma №3

Toshkent moliya institute bosmaxonasida rizografiya

usulida chop etildi

100000, Toshkent, Amir Temur shoh ko’chasi 60a uy.

Page 40: DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI …el.tfi.uz/images/Dinshunoslik_fanidan_mustaqil_talim_56c...qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida

40