«bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart … · uzluksiz ta’lim...
TRANSCRIPT
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Qo‘lyozma huquqida
UDK (371.126)
Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining
«Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik
shart-sharoitlari »
Mutaxassislik:5A110901– Pedagogika
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Himoya qilishga ruxsat “Pedagogika”
Magistratura bo‘limi boshlig‘i kafedrasi mudiri, P.f.d., prof.
________M.Esanov ________ N.Egamberdieva
2013 y «____»iyun Ilmiy rahbar: p.f.n.dots.
___________ M.Mirsolieva
Toshkent-2014 yil
2
M U N D A R I J A
KIRISH………………………………………………………3
I BOB. BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI KASBIY MOSLASHTIRISH
MUAMMOSINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI…….....8
1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish muammosining
nazariy o’rganilganligi.........................................................8
2. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik-
psixologik jihatlari.............................................................15
I Bob bo’yicha xulosalar…………………………………...29
II BOB. BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI KASBIY
MOSLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-
SHAROITLARI........................................................... 30
1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish omillari va
shart-sharoitlari. .................................... ...................... . 30
2. Tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirish tuzilmasi.................................... ..................39
II Bob bo’yicha xulosalar………………………………… 49
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL
ETILISHI VA NATIJALAR TAHLILI…………………… 50
1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining eksperimental
metodikasi.………………………………………………......50
2. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining natijalari
tahlili……………………………………………………........56
III Bob bo’yicha xulosalar..........................................................67
Xulosa va tavsiyalar...................................................................68
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati................................... 71
Ilova .........................................................
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga
mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish – zamon talablariga javob
beradigan, yuqori malakali kichik mutaxassis kadrlarni tayyorlash va mazkur
jarayon samaradorligini ta’minlovchi kasbiy ta’lim mazmunini
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va
me’yoriy hujjatlarda, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar
tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish
misolida aniq maqsadlarga yo’naltirilgan ko’rsatma va tamoyillar ko’rinishida
o’z aksini topgan.1
Shu bois, mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq
yoshlarninig kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur
rivojlantirishni, tanlagan kasbi bo’yicha bir necha ixtisos olishini ta’minlaydigan
uzluksiz ta’lim muassasalarining, xususan, oliy ta’lim muassasalarining o’quv
jarayonini ilg’or, ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy
uslubiyot bilan amalda ta’minlash bu sohadagi echimini kutayotgan dolzarb
muammolardan biri sifatida belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mazkur
muammoning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy ahamiyatini “Mustaqillikning
dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan,
kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga katta zarurat sezila
boshladi” deb asoslaydi2.
Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya
sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo’nalishi mustaqil fikr yurita oladigan,
jamiyat va shaxs manfaatlari uchun zarur bo’ladigan rivojlanish istiqbollarini
aniq belgilaydigan mutaxassislar tayyorlash masalalariga qaratilganligi bilan
1O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2012 y. – 46 b.
2 Karimov.I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O’zbekiston, – 2012, B– 3.
4
tavsiflanadi. Bu esa pedagog kadrlar tayyorlash modernizatsiyalash va uning
innovatsion pedagogik asoslarini ishlab chiqish, zaruratini yuzaga keltiradi.
Oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri – bu bo’lajak
mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir.
Kasbiy tayyorgarlik – zaruriy kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni
o’zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o’ziga
xos ko’rinishi sifatida izohlanadi.
Kasbiy tayyorgarlik o’z-o’zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar
asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi.
Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur,
tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka
oid bilim, malaka va ko’nikmalarning o’zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror
topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi.
Kasbiy moslashtirish – ob’ektiv va sub’ektiv ta’lim sharoitida bo’lajak
mutaxassis shaxsining kelgusidagi kasbiy faoliyat talablarining o’zlashtirishi,
faoliyat jarayoniga moslashishi, kasbiy layoqatlilik darajasidir.
Tadqiqot muammosini nazariy o’rganish oliy ta’lim muasasalari,
xususan, pedagogika oliygohlaridagi tashkiliy-pedagogik, o’quv-metodik va
moddiy-texnik shart-sharoitlar kasbiy moslashtirish jarayonida etakchi
omillardan ekanligini ko’rsatdi.
Jamiyatdagi o’zgarishlar, mutaxassislarning kasbiy bilim va shaxsiy
sifatlariga qo’yilayotgan zamonaviy talablar pedagogika oliygohlaridagi ta’lim
mazmunini yangilash, o’qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy
axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi.
Shu asosda, bugungi kunda pedagogika oliygohlaridagi moddiy-texnik
ta’minotini takomillashtirish, o’quv-uslubiy imkoniyatlari doirasini kengaytirish
bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biroq bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning amaldagi
mazmuni pedagog mutaxassis shaxsiga qo’yilayotgan zamonaviy talablar
doirasida takomillashtirilmaganligi, bu sohadagi ilmiy tadqiqot natijalarining
5
to’laqonli amaliyotga tatbiq etilmayotganligi, pedagogika oliygohlaridagi
mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi imkoniyatlari va mavjud holat
diagnostikasidan kelib chiqib, mazkur ta’lim muassasalari o’qitish tizimiga
innovatsion texnologiyalarning to’laqonli joriy etilmayotganligi tadqiqot
muammosiga nisbatan kontseptual yondashuvni talab etadi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Kasb-hunar tarbiyasining
ijtimoiy – tarixiy asoslari sharq mutafakkirlari jumladan, “Ma’mun
akademiyasi” deb nomlangan Xorazmdagi ilmiy markazda (IX-XII asrlar)
faoliyat ko’rsatgan Muso Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy,
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Zamaxshariy, Burhoniddin
Marg’iloniylar ijodida yoshlarga kasbiy ta’lim-tarbiya berish shaxsning
qiziqishlari, jamiyat talablari va irsiy omillar bilan bog’liqligi ilmiy-nazariy
jihatdan asoslab berilgan.
Kasbga yo’naltirish, kasb tanlash, kasbiy tayyorgarlik masalalari pedagog,
psixolog olimlar tomonidan keng doirada tadqiq qilingan bo’lib, ular o’ziga xos
yondashuvlarni ilgari suradilar. Jumladan, V.A. Slastenin, N.N. Azizxodjaeva,
J.G’. Yo’ldoshev innovatsion texnologiyalar orqali kasbiy tayyorgarlikni
shakllantirish; SH.E. Qurbanov, E.A. Seytxalilov, F.YUzlikaev, N.Muslimov,
SH.SHaripov, N.Egamberdievalar kasbiy ta’limni shaxs, jamiyat va ishlab
chiqarish o’rtasidagi integratsiya asosida yo’lga qo’yish muammolarini
o’rganganlar.
Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda kasbiy moslashtirish masalasi turli
aspektlar misolida yoritilgan bo’lsada, lekin bo’ladak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlari masalasi pedagogika ta’lim
yo’nalishi magistratura bitiruvchilari misolida etarlicha o’rganilmagan.
Tadqiqot ob’ekti: bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
jarayoni.
Tadqiqot predmeti: bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
mazmuni,texnologiyasi.
6
Tadqiqot maqsadi: bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning
zaruriy pedagogik shart-sharoitlarini asoslash.
Tadqiqot vazifalari:
1. Kasbiy moslashtirish muammosining o’rganilganlik darajasini tahlil etish.
2. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik
jihatlarini asoslash.
3. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish samaradorligini ta’minlovchi
omillar va pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash.
4. Tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
modeli va texnologiyasini ishlab chiqish.
5. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va tadqiqot farazini tasdiqlash.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
jarayonining samaradorligi ortadi, agarda: kasbiy moslashtirish muammosining
o’rganilganlik darajasi tahlil etilsa; bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari o’rganilsa; bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish samaradorligini ta’minlovchi pedagogik
shart-sharoitlar aniqlansa; tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni
kasbiy moslashtirish modeli ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilsa
Tadqiqot metodlari: tadqiqot mavzusiga oid falsafiy, psixologik,
pedagogik, metodik hamda kasbiy ta’limga oid adabiyotlar, shuningdek,
pedagogika kollejlari faoliyatini yorituvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganish;
ijtimoiy metodlar (so’rovnoma, suhbat, intervyu); modellashtirish; pedagogik
kuzatish; pedagogik tajriba; matematik-statistika.
Tadqiqotning metodologik asosi. O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi”, Respublika Prezidenti I.A.Karimovning malakali kadrlar tayyorlashga
oid PQ – 1761 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish borasidagi qarorlari, Sharq
mutafakkirlarining o’qituvchi va uning barkamol shaxsni tarbiyalashdagi roli
to’g’risidagi ijtimoiy-pedagogik qarashlari, uzluksiz ta’limni takomillashtirishga
7
oid me’yoriy hujjatlar, falsafiy, pedagogik, psixologik, metodik hamda kasbiy
ta’limga doir tadqiqotlarda ilgari surilgan g’oyalar asos qilib olindi
Tadqiqotning natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya
ishida “moslashish” va “kasbiy moslashtirish” “ Tizimli yondashuv”
tushunchalarining mazmuni, mohiyatiga nisbatan ilmiy –nazariy mushohadalar
aniqlashtirildi; bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning mavjud holati
diagnostika qilinib, zaruriy mazmunli, texnologik o’zgartirishlar kiritildi; kasbiy
moslashtirish jarayonida Tizimli yondashuvdan foydalanish yo’llari va
samaradorligi amaliyotdan o’tkazildi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashganlik darajasining mavjud
holati diagnostikasi.
2.Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish samaradorligini
ta’minlovchi omillar va pedagogik shart-sharoitlar.
3. Tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirish modeli, texnologiyasi.
4. Tadqiqot muammosi yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy-metodik
tavsiyalar.
Ishning ilmiy yangiligi: bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
mazmuni va pedagogik shart-sharoitlarini ilmiy-uslubiy jixatdan asoslanganligi;
pedagogika oliygohlarining talabalarida kasbiy moslashganlikning mavjud holati
diagnostikasi; tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirish modelining ishlab chiqish, amaliyotda tajribadan o’tkazilganligi
bilan tavsiflanadi.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta
bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda
ilovalardan iborat.
8
I BOB. BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI KASBIY MOSLASHTIRISH
MUAMMOSINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish muammosining
nazariy o’rganilganligi
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz Islom
Karimov ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyatlar va mavjud kamchiliklarni
ob’ektiv tahlil qilib, kadrlar tayyorlashda tub islohotlarga ehtiyoj borligini
isbotlab berdi. SHuningdek, I.A. Karimov o’z nutqida mazkur masalaning
ijtimoiy zaruratini asoslab, “Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini
ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada
oliy maktabning, hatto, umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan isloh
qilish kerak”, deya ta’kidlaydi1.
Darhaqiqat, mazkur masalalarni hal etish respublikamizdagi mavjud
ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish
orqali yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish maqsadini nazarda tutadi.
Shunday ekan, barkamol shaxsni tarbiyalash, uni mutaxassis sifatida
shakllantirish, jamiyatda munosib kasbiy-ijtimoiy statusga ega bo’lishida oliy
ta’limi muassasalarining o’rni katta.
Oliy ta’lim muassasalari va ulardagi o’quv-tarbiya jarayonini
modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat–monitoringini
oshirish, bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va
ko’nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik
motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini
shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.
Rivojlangan mamlakatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Avstraliya,
Shveytsariya, Germaniya, Malaziya, Kanadaning mutaxassilar tayyorlash bilan
bog’liq tajribasi shuni ko’rsatadiki, kasbiy ta’limning asosiy vazifasi
1 Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2003. B– 84.
9
Talabalarda tanlangan mutaxassislikning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda
intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo’lib, mazkur vazifani
bajarish asosida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta’minlanadi1. Bunda
kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo’lajak mutaxassisning
faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko’nikma va
malakalarning o’zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi
belgilanadi.
Darhaqiqat, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida
ma’naviy-axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy
kompetentlikning shakllanishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakalar darajasini ifodalaydi.
Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta’lim
muassasalari oldiga qo’yiladigan masalalardan eng muhimi ya’ni bo’lajak
o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab
etadi. Bunda:
- mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va
iqtisodiyotning eng so’nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib
turiladigan kasbiy ta’lim dasturlarini yaratish;
- uzluksiz ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o’zaro mustahkam
integratsiyani yo’lga qo’yish;
- ta’lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o’quv-uslubiy
adabiyotlar bilan ta’minlansh;
- oliy ta’lim tizimiga yuqori malakali o’qituvchi, metodist va muhandis-
pedagoglarning jalb etish;
- bo’lajak o’qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini
rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish;
- oliy ta’lim muassasalari o’quv amaliyotiga innovatsion o’qitish
texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi.
1 Tolipov O’.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarni
rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari / Monografiya. – T.: Fan, 2004.B –73-80.
10
Jarayon samaradorligini belgilovchi ushbu omillar “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi” mazmunida kichik mutaxassislar tayyorlash tizimiga qo’yilgan ijtimoiy
talablarining amaldagi ijrosini ta’minlab, kasbiy tayyorgarlik mazmunini
takomillashtirish bilan bog’liq fundamental tadqiqotlarga zaruratni yuzaga
keltiradi.
Ma’lumki, kasb tanlash, kasbga yo’naltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari
tasavvuf ilmi bilan uyg’unlashgan Sharq pedagogikasida ming yillar davomida xalqimiz
ma’naviyatining shakllanishida muhim manba bo’lib kelgan “Qur’oni karim”, Hadisi
shariflarda, shuningdek, buyuk mutafakkirlar Muhammad Ismoil al-Buxoriy,
Muhammad Iso at-Termiziy, Mahmud Qoshg’ariy, Abu Nasr Forobiy, YUsuf Xos
Hojib, Husayn Voiz Koshifiy, Amir Temur, Alisher Navoiylarning ilmiy merosida
nodir fikrlar tarzida o’z ifodasini topgan.
Mazkur fikrlarning tasdig’ini Abu Rayhon Beruniyning o’qituvchi
faoliyatiga bergan izohidan ham ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Beruniy yoshlarni
o’qitish uchun o’qituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb
bilgan. Buning uchun o’qituvchi xushmuomala, rostgo’y, o’z fanini va o’qitish
qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna bo’lishini talab
etadi. Agar, – deydi Beruniy, – tarbiyachining o’zi o’rnak bo’lmasa, aytgan
gapiga o’zi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir1. Yangi davr
pedagogikasining asoschilaridan sanalmish Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla
Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida ham ta’lim-tarbiya va bu jarayondagi
o’qituvchining o’rni va xizmatlari davrning ijtimoiy-siyosiy hayotidan kelib
chiqib, o’ziga xos ravishda talqin etilgan.
Jumladan, Abdulla Avloniy o’qituvchi faoliyatiga alohida to’xtalib,
bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga
yuklaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinib
kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan
1 Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.– T.: O’qituvchi, 1996.
B–10-12.
11
muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g’ayratli, bo’lishiga sabab
bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati,
ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdir”, – deydi1.
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o’qituvchining shaxsiy va kasbiy
fazilatlariga keng ta’rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya’ni axloqli,
odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta’lim-
tarbiya jarayoni uchun asosiy negiz bo’lsa, ijodiy izlanish o’qish va o’qitishning
yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o’qituvchining eng muhim kasbiy
sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o’qituvchi faoliyatiga
nisabatan akmeologik yondashuvni o’z davri qiyofasida olg’a suradi.
Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta’lim-tarbiya masalalariga alohida
e’tibor beriladi. Xususan, olim ta’lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, o’qituvchi
Talabalarning o’zaro muloqotini tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan
chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning uchun esa, mudarrislarning (eski
maktab o’qituvchisi) nodonligiga chek qo’yib, ularni o’qitish usullarini
Talabalarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan o’zgartirish zaruratini
bayon qiladi 2.
Uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan
takomillashtirish orqali bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish muammosi
bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning asosini tashkil etmoqda.
So’nggi yillardagi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda bo’lajak
o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada
o’rganilib, uning ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi.
Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida tashkil etilgan uzluksiz
ta’lim tizimida ta’lim sifatini boshqarish, ta’lim menejmenti muammolari SH.E.
Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq etilib, mazkur
muammoning echimi yuzasidan ta’lim sifatini boshqarish modeli ishlab
1 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – T.: O’qituvchi, 1992. B – 16.
2 Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.– T.: O’qituvchi, 1996.
B–36-40.
12
chiqilgan 1.
Uzluksiz ta’limning muhim bo’g’inlaridan bo’lgan o’rta maxsus va kasb-
hunar ta’limi tizimida ta’lim sifatini boshqarish va nazorat qilishning nazariy va
tashkiliy-uslubiy asoslari esa U.I. Inoyatov tomonidan keng o’rganilgan. U.I.
Inoyatov o’z tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini samarali boshqaruv tuzilmasini
shakllantirgan holda ta’limda sifat nazoratini amalga oshirish modelini ishlab
chiqqan 2.
Pedagog olim N.A.Muslimovning tadqiqotlarida esa pedagogik va texnik
bilimlarning integratsiyasi asosida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida
faoliyat olib boradigan kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy shakllanishi
muammolari, uning kasbiy-pedagogik faoliyatini modellashtirish, bo’lajak kasb
ta’limi o’qituvchisini tayyorlash jarayonini standartlashtirishning metodik
asoslari, bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchisining shakllanganlik darajasini
baholash metodikasi va pedagogika fanlarining bo’lajak kasb ta’limi
o’qituvchisini kasbiy shakllantirishdagi imkoniyatlari kabi muammolarning
amaliy echimiga alohida e’tibor qaratilgan 3.
Pedagog-psixolog tadqiqotchilar M.I. Dyachenko va A.M. Stolyarenkolar
bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini uning mavjud moslashish
darajalari bilan bog’lab quyidagicha yoritadilar:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, ya’ni, statik
komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko’nikma, malakalar,
zaruriy sifatlar hamda shaxsning zarur bo’lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi.
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, ya’ni,
mutaxassisning tezkorligi, o’zgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har
1 Qurbonov SH., Seytxalilov E. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: pedagogik ilmiy tadqiqot muammolari va
yo’nalishlari. – T.: Fan, 1999 y. – 189 b.
2 Inoyatov U.I. Teoreticheskie i organizatsionno-metodicheskie osnovi upravleniya kontrolya kachestva
obrazovaniya v professionalьnom kolledje: Diss. ... dokt. ped. nauk. – T.: 2003. – 327 s.
3 Muslimov N.A. Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.fanl.dokt.
... diss. – T.: 2007. – 357 b.
13
qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echishga yo’nalganligi bilan
ifodalanadi 1.
Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli
falsafiy-metodologik yondashuvlar mavjud bo’lgan hamda hozirda ham
mavjudligi ko’rinmoqda. Dastlab, “ta’lim” tushunchasiga to’xtalamiz.
B.M.Bim-Badning ta’rifiga ko’ra, ta’lim o’zida tarbiya, o’qish va o’qitishni
qamrab oladi. V.I.Andreev «ta’lim»ni «madaniyat»da o’z aksini topuvchi,
o’qitish va tarbiya orqali amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. o’z
navbatida “o’qitish” kategoriyasi insonning “ta’limi”, “tarbiyasi” va
“rivojlanishi” tushunchalari orqali ochib beriladi. Ba’zi adabiyotlarda
“rivojlanish”, “shakllanish” va “moslashish” orqali amalga oshadi deb qayd
etilsa, boshqalarida “moslashish” “rivojlanish” orqali deb ta’kidlanadi. Bunga
qaramasdan, ko’plab mualliflar “rivojlanish” tushunchasining nisbatan kengroq
va qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy motivatsion ehtiyojlari, kognitiv,
irodaviy va tashkil etuvchilari o’zgarishlar dinamikasini ifodalashda ko’proq
qo’llanilishini e’tirof etadilar.
Ma’lum ma’noda murakkabroq bo’lgan “rivojlanish” tushunchasidan
farqli ravishda, “moslashish” tushunchasi ko’proq darajada tashqi va ichki
omillarning faol shakllari ta’sirida shaxs rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishning
natijasini o’zida aks ettiradi.
Psixologik lug’atlarda “Moslashish (lot. adaptare moslashtirmoq) - sezgi
a’zolarining qo’zg’ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning
o’zgarishi” sifatida ta’riflanadi. Moslashish hodisasida sezgirlik ortishi hamda
kamayishi mumkin kuchli ta’sirotdan kuchsiz ta’sirotga o’tganda sezgirlik asta -
sekin ortib boradi; ta’sirot kuchayganda esa, sezgirlik aksincha kamayib boradi.
Moslashish qonuniyati barcha sezgilarga xosdir.
Pedagog olima N.Egamberdieva o’zining ilmiy izlanishlarida moslashish
jarayonlarining shaxs ijtiomiylashuvi bilan bog’liq holda yoritib, mazkur
1 Ilin N.E. Motiv i motivatsii. – M.: Piter, 2008. S– 44.
14
tushunchaga nisbatan quyidagi mulohazalarni ilgari suradi: “Moslashish –
insonning ijtimoiy muhit bilan o’zaro faol munosabatda bo’lish va uning
potentsialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati; ijtimoiy madaniy
tajriba, madaniyatni o’zlashtirishdir. Zamonaviy fanda ijtimoiylashuv
tushunchasi shaxsning moslashuvi va individuallashish jarayonlarini o’zaro
bog’laydi. ...Bu jarayon uch asosiy sohada amlga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga
kiritish, erkin mo’ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish,
xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida
shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni
shakllantirish1.
Tahlillarimizdan ma’lum bo’ldiki, “moslashish” kategoriyasi ko’proq
ijtimoiy tarbiya muammolariga bag’ishlangan pedagogik tadqiqotlarda uchraydi.
Ammo, uning shaxs imkoniyatlarini muayyan faoliyat turiga nisbatan
yo’naltirish, sub’ekt va ijtimoiy muhitning o’zaro faol yaqinlashuvi jarayoni
natijasi sifatida qaralsa, hamda, kasbiy faoliyat ijtimoiy faoliyatning bir turi
sifatida tatqiq etilishi nazarda tutilsa, moslashish va ijtimoiylashuv
kategoriyalarini izohlashda alohidalikka intilish o’zini oqlamaydi.
Kasbiy moslashish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat
sohasiga qiziqish, kasb tanlash motivatsiyasi, balki ushbu faoliyat turi bilan
shug’ullanishga nisbatan layoqatning mavjud bo’lishi ham talab etiladi.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arzikulov talabalarining kasbiy
moslashtirish jarayonini tabaqalashtirilgan ta’lim tizimining tarkibiy qismi
sifatida e’tirof etadi. Ushbu tadqiqotlarda kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-
sharoitlaridan biri sifatida tabaqalashtirilgan ta’limning tuzilmasi va mazmunini
1 Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi. – T.: 2009.
B–86-87.
15
tashkillashtirish muammolari, tabaqalashtirilgan ta’limning kasbiy moslashtirish
jarayoniga ta’siri qarab chiqilgan.
Yuqorida tahlil etilgan ta’riflardan shu holat ma’lum bo’ldiki, bir guruh
olimlar shaxsning kasbiy moslashishi tushunchasini motivlar tizimi, ikkinchi
guruh olimlar shaxsning tashqi olamga bo’lgan ustuvor qarashlar hamda
uchinchi guruh olimlar inson faoliyatini belgilab beruvchi xususiyatlar sifatida
talqin qiladilar.
Yuqoridagi fikrlarni umlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish – shaxs
kamolotining muhim jihatlaridan biri bo’lib, shaxsning faqatgina mehnat va
kasbiy faoliyatni tanlash bilan bog’liq ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi
(umumiy rivojlanish barcha ehtiyojlar majmuasini, uning borliqqa,
atrofdagilarga, o’ziga nisbatan munosabatlari tizimini ifoda etadi).
Kasbiy moslashtirish – mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini
tanlash bilan bog’liq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning
ifodalanishi bo’lib, talabalar bilan amalga oshiriladigan maqsadga yo’naltirilgan
ishlar bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, kasbiy moslashtirish bo’lajak mutaxassisda pedagogik
faoliyatga bo’lgan ehtiyojni rivojlantiruvchi, unga nisbatan mas’uliyatli hamda
ijodiy yondashuvni, ijtimoiy qadriyatlar motivatsiyasini tarbiyalovchi hamda
shaxsga qaratilgan yo’nalish kasb etuvchi jarayonlar alohida tarkibiy
qismlarining o’zaro integratsiyasi sifatida qarash mumkin.
2. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning
pedagogik-psixologik jihatlari
Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan o’rganish, tahlil etish va ijtimoiy
dolzarbligini asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar,
kategoriyalar mazmunini yoritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois,
ilmiy izlanishlar davomida kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik
aspektlarini: motiv, kasb tanlash motivlari, kasbiy yo’nalganlik, pedagogik
16
kasbga yo’nalganlik, pedagogik faoliyat, kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar,
kompetentlik kabi tushunchalarning mohiyati aniqlashtirish orqali yoritishga
harakat qildik.
Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim
tajribadan o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi
mashg’ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi
va bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi 1.
E.A. Klimov tadqiqotlarida “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli
soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”, deya
ta’kidlaydi.
V.G. Makushin esa, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs
jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy
manbai bo’lib xizmat qiladi, deya ta’kidlaydi.
Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin:
“Kasb mehnat faoliyatining asosiy shakli bo’lib, uni bajarish uchun inson albatta
ma’lum bilim, malaka va ko’nikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan
muhim kasbiy sifatlarga ega bo’lishi kerak”.
Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan o’zlashtirilgan ish
jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar majmuasi bo’lib, ular u
yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy
hisoblanadi.
Shunday qilib, mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u
shaxsiy yutuqlarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga
erishishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy
tayyorligi hisoblanadi.
Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga ko’ra, “kasbiy
tayyorgarlik – bu o’zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va
1 Klimov E.A. Psixologiya professionalnogo samoopredeleniya. – Rostov-na-Donu: Finiks, 1996. S–12-14.
17
tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning
sub’ektiv holatidir”.
E. Seytxalilov, B. Raximov va N. Azizxodjaevalar “kasbiy tayyorgarlik –
shaxsning aniq kasbiy faoliyat turi bilan shug’ullanishiga imkon beruvchi
nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish jarayonidir”, deya
izohlaydilar.
R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov hamda A. Pardaevlar kasbiy
tayyorgarlik negizida “bo’lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik,
jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi” aks etishi kerakligini
ta’kidlaydilar1.
Mualliflarning fikrlariga tayangan holda “kasbiy tayyorgarlik”
tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin bo’ladi:
Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va
malakalar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirish asosida
shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va
jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda
maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma’naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo’lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni
muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy
tayyorgarlash jarayonidir.
Kasbiy moslashtirish – bo’lajak mutaxassisning kasbiy faoliyat talablarini
o’zlashtirishi, individualashuvi demakdir.
Ma’lumki, har bir oliy ta’lim muassasasining muhim vazifalaridan biri bu
birinchi kurs talabalarini o’qitishning yangi tizimiga, yangi ijtimoiy
munosabatlarga ijobiy moslashuvini, talabalik maqomini muvaffaqiyatli
o’zlashtirishlarini ta’minlashdir.
1 Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari
pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2008. – B. 16-18
18
Talabalarni oliy ta’lim muassasasi sharoitiga moslashtirishda quyidagi
jihatlarni alohida ko’rsatib o’tish lozim:
1) talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkaab
dinamiklikka ega bo’lib, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli
tasavvurlarni o’zaro uyg’unlashuvini talab etadi;
2) talabalar uchun o’qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili
murakkab vaziyatlar bilan birga kechadi;
3) oliy ta’lim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o’z-
o’zini anglash tuyg’usi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli
munosabatlar tizimining rivojlanishi davom etadi;
4) talabalarda bazaviy o’quv ustanovkalari shakllanadi;
5) talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega
bo’lib, shaxsning kasbiy va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidir1.
Darhaqiqat, kasbiy moslashuv murakkab va ko’p qirrali jarayon
hisoblanib, uning negizida muayyan kasb bo’yicha muvaffaqiyatli ishlashni
ta’minlovchi imkoniyatlar, shaxsning yo’nalganligi, kasbiy bilim, ko’nikma,
malaka va kasbiy sifatlar, mehnat tajribasi ham asosiy mezonlar ko’rinishida
namoyon bo’ladi .
Bizga ma’lumki, shaxs ta’lim jarayonining faol ob’ekti va sub’ekti bo’lib,
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning
yo’nalganligi bilan belgilanadi.
Shaxs yo’nalganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L. Rubinshteyn uni
ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari
hamda dunyoqarashlarda ifodalaydi..
Psixolog olimlar L.I. Bojovich va R.S. Nemov shaxs yo’nalganligini motivlar
tizimi va yig’indisidir, deya talqin etadilar.
Kasbiy yo’nalganlik esa shaxs yo’nalganligining o’ziga xos ko’rinishi
bo’lib, motivlar, ehtiyojlar ta’sirida aks etadi.
1 Egamberdieva N.M va mualliflar jamoasi. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya
texnologiyasi. – T.: “Fan va texnologiya”nashriyoti, 2012.- B. .201-202
19
Pedagogik va kasb ta’limiga doir adabiyotlarda “kasbiy yo’nalganlik”
tushunchasi quyidagi mazmunni anglatishiga e’tibor qaratiladi: 1) “Kasbiy
yo’nalganlik” – shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo’lgan qobiliyati, qiziqishlari,
ehtiyoji va qat’iy ishonchi (A.B. Seyteshev); 2) “Kasbiy yo’nalganlik” – kasb
tanlash, qiziqish, qat’iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o’rtasidagi
aloqaning shaxsiy sifatlarda etakchilik qilishi (N.K.Stepankova).
Ayrim tadqiqotchilarning ishlarida esa bevosita shaxsning aniq kasbiy
faoliyatga yo’nalganligi e’tiborga olingan holda “pedagogik kasbga
yo’nalganlik” tushunchasining mohiyatini ochib berishga nisbatan urinishlar
ko’zga tashlanadi. Jumladan: 1) “Pedagogik kasbga yo’nalganlik” – shaxsning
“pedagogik kasbga qiziqishi va faoliyatning ushbu turi bilan shug’ullanishga
bo’lgan ishtiyoqi” (N.V. Kuzmina); 2) “Pedagogik kasbga yo’nalganlik” –
bolalarga bo’lgan munosabat, pedagogik mehnatga ishtiyoq, pedagogik
kuzatuvchanlik qobiliyati.
Terminologik tahlillardan ko’rinib turibdiki, “pedagogik kasbga
yo’nalganlik” tushunchasi asosan kasb tanlash motivlarning faol ta’sirida
shaxsning kasbiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatishini o’zida aks ettiradi.
Motiv tushunchasi psixologik adabiyotlarda (lot. movere - harakatga
keltirmoq) – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi
sabab sifatida izohlanadi1.
Kasb tanlash murakkab va motivatsion jarayon hisoblanib, shaxsning
to’g’ri kasb tanlashi insonning hayotdan qoniqishi, ijtimoiy mavqeini aniq
belgilab olishiga sabab bo’ladi.
Tadqiqotchi olim E.S.Chugunova ish joyini va kasbni tanlash motivlari
klassifikatsiyasini ishlab chiqib, istalgan kasbiy faoliyatning sabablarini o’zida
aks ettiruvchi kasb tanlash motivlarini quyidagicha belgilaydi:
- dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi);
1 G’oziev E., Mamedov K. Kasb psixologiyasi. – T.: 2003.B – 13-15.
20
- vaziyat bilan bog’liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart-
sharoitlarni ro’yobga chiqarish);
- komformist;
- boshqa kasbiy motivatsiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni
yaqinlari, do’st va tanishlarining maslahatlari bilan).
A.K. Baymetov esa, aynan pedagogik faoliyatga intilish motivlarini
o’rganib, ulardan asosiylarini birlashtiradi:
a) muqarrarlik motivi (burchli);
b) o’qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;
v) bolalar bilan muloqotga kirishish.
O’rganilgan manbalarga ko’ra, motivatsiya tiplari bo’lajak
o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik yo’nalishi va xarakteriga ta’sir ko’rsatadi.
Bu borada N.V. Kuzmina shaxsning pedagogik kasbga yo’nalganlik
motivlari uch xil holatda bo’lishini ta’kidlaydi:
1) haqiqiy pedagogik;
2) rasman pedagogik;
3) yolg’on pedagogik yo’nalganlik1.
Pedagogik faoliyatni tashkil etishda birinchi holat, ya’ni haqiqiy
pedagogik yo’nalganlik pozitiv xarakter kasb etib, pedagogik faoliyatda
akmeologik darajaning qo’lga kiritilishiga yordam beradi. Pedagogik faoliyatni
tashkil etishda faqatgina birinchi holatdagi pedagogik tayyorgarlik yuqori
natijalarning qo’lga kiritilishiga yordam beradi. Haqiqiy pedagogik
yo’nalganlikning asosiy motivi pedagogik faoliyatga qiziqish hisoblanadi.
Bizning pedagogik kuzatishimiz jarayonida va bo’lajak o’qituvchilarning “Nima
uchun o’qituvchilik kasbini tanlaganliklari” ning asosiy sabablarini
o’rganganimizda, respondent-talabalarning 33% i o’qituvchilik kasbini o’z
hohishiga ko’ra, 31,2% i muayyan fanga bo’lgan qiziqish va ota-onalarining
tavsiyalariga ko’ra, 35,4% i esa pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tahsilni
davom ettirish maqsadida ushbu ta’lim muassasasini tanlaganliklari ma’lum 1 Ilin N.E. Motiv i motivatsii. – M.: Piter, 2008. – 50 s.
21
bo’ldi. Ammo o’qituvchilik kasbining boshqa kasb egalariga nisbatan moddiy
ta’minlanganlik holatlarining yuqoriligi ota-onalar ichida shakllangan
stereotiplarning yoshlarga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaganligidan
dalolat beradi.
O’ylaymizki, bu o’rinda kasb tanlash motivlari, kasbiy yo’nalganlik va
hayotiy maqsadlarning boshqa-boshqa yo’nalishlarda namoyon bo’lishi o’z
o’rnida kasbiy moslashish darajasining past bo’lishiga yoki uzoq muddatga
uzayishiga ta’sir etadi.
Kasbiy faoliyatga yo’naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq
namoyon bo’lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o’zigina kasbiy tayyorgarlikning
shakllanishida etakchi rol o’ynay olmasligini e’tiborga olish lozim bo’ladi.
Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va ma’naviy imkoniyatlari tanlangan
kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo’yadigan talablari darajasi bilan
mutanosib bo’lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga
va refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi.
Kasbiy imkoniyatlar – ma’lum faoliyatning shaxs irodasi bilan bog’liq
ob’ektiv shart-sharoitlarini o’zida aks ettiradi1.
Odatda bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning
ob’ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat
talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq
sanaladi. Masalan, o’qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish,
bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga
nisbatan qo’yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning
imkoniyatlari doirasida bo’lishi kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni
o’zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirishda masalaning mazkur jihatlarini nazariy asoslash va bo’lajak
mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish
kerak.
1 G’oziev E., Mamedov K. Kasb psixologiyasi. – T.: 2003. B – 57.
22
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli
tayyorligi ayni vaqtdagi amaliy tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun
ta’lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida
talabalarda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan kasbiy bilim,
malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozim bo’ladi.
Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur
bo’lgan axborotlar va o’zlashtirilgan nazariy ma’lumotlar birlashmasidir .
Bo’lajak o’qituvchilarning o’zlashtirish lozim bo’lgan kasbiy bilimlar
mutaxassis shaxsining sifat darajasiga quyiladigan malakaviy talablar mazmunidan kelib
chiqib belgilanishi kasbiy moslashtirish jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim
mezon sanaladi.
Bo’lajak o’qituvchilarga qo’yiladigan sifat talablarini o’zida
mujassamalashtirgan Klassifikatorda bo’lajak o’qituvchilarning umumta’lim
maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko’rsatishi va ular o’z
mutaxassisligi doirasida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim
oluvchilarning bilim darajasini adolatli baholash va nazorat qila olishi yuzasidan
zaruriy kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi lozimligi
belgilanadi.
Shu bois, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy moslashtirishda ixtisoslashgan
tavsifnomasida ularning kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan malakaviy
talablardan kelib chiqib, kasbiy bilimlar mazmuni quyidagi aspektlar bilan
bog’liq holda belgilanishiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq sanaladi:
- nazariy – ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi, tamoyilllari,
konuniyatlari, ta’limotlari, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl,
metod va vositalari xususidagi bilimlar;
- metodik – o’quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, rejalashtirish va
o’qitishning shakl, metod va didaktik vositalarini to’g’ri tanlash, talabalarning
bilish motivatsiyasini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar;
23
- texnologik– aniq ta’lim sharoitida pedagogik vazifalarni, vaziyatlarni
echa olish, rejalashtirilgan o’quv-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish
bilan bog’liq bo’lgan bilimlar;
- prognostik – ta’lim oluvchi shaxsi rivojlanishini oldindan loyihalashtira
olish, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, mustaqil fikrli va ijodkor
shaxsni tarbiyalashning ta’sir vositalarini oldindan bashoratlash bilan bog’liq
bilimlar;
- ijodiy-innovatsion – pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, o’qitish
va tarbiyalashning yangicha shakl, metod va vositalarini yaratish bilan bog’liq
amaliy bilimlar.
Pedagogik kuzatish va tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, oliy ta’lim
muassasalaridagi ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy bilimlarni o’zlashtirishi
va kasbiy-pedagogik qobiliyatlar, ko’nikma va malakalarning shakllantirilishi
o’rtasidagi integratsion tuzilma etarlicha qaror topmagan. Bu esa yosh
mutaxassislar faoliyatining birinchi besh yilligida ba’zi qiyinchiliklar,
konfliktlar yoki kasbiy muvaffaqiyatsizlikning kelib chiqishiga sabab bo’lishi
aniqlandi.
Masalaning yana bir muhim jihati borki, uning etarlicha e’tiborga
olinmasligi ham kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida ba’zi negativ
holatlarni keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muasasalaridagi o’quv faoliyatining mahsuli
bu kasbiy bilimlarning o’zlashtirish jarayoni hisoblanadi. Lekin ba’zida shunday
vaziyatlar ham uchrab turadiki, kasbiy masalalarni hal etishga yaxshi
tayyorgarlik ko’rgan mutaxassis zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor
bo’lmay qolishi mumkin. Bunday holatda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli
amalga oshirib bo’lmaydi, yoki samarasiz bo’ladi. Ko’rinib turibdiki,
mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi unda nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli
darajasini, balki psixologik
tayyorgarlikni, o’zini – o’zi boshqarish va kerakli faoliyatga yo’naltirish, o’quv-
tarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy, ma’naviy va jismoniy imkoniyatlarini
24
kerakli sharoitda qo’yilgan masalani hal etishga to’g’ri yo’naltira bilish bilan
bog’liq kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, jarayonga
moslashtirishni nazarda tutadi. Chunki, aynan shu ko’nikma va malakalar
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi zaruriy fenomenlar
sifatida baholanadi.
Kasbiy ko’nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo
bo’ladigan, shaxsning o’zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish
harakatlariga aylanishidagi avtomatlashgan usuldir.
O’rta maktab o’qituvchisining ixtisoslashgan tavsifnomasi –
professiogrammasini yaratishda N.V. Kuzmina, Z.F. Esarova, M.G. Davletshin,
M. Abdullajonova, T. Hamroqulov va boshqalar quyidagi kasbiy malakalarni
farqlaydilar1 .
1. Gnostik malakalar.
2. Konstruktiv malakalar.
3. Kommunikativlik.
4. Tashkilotchilik malalkalari.
Gnostik (yunoncha “gnosis” – “bilish”) malakalar tarbiyachining bilim
sohasiga taalluqli bo’lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini
aniqlay bilish; o’zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish;
ilg’or tajribalarni o’rganish, novatorlik; pedagogik-psixologik adabiyotlardan
foydalana bilish; empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni
mujassam etadi.
Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik) – bu tarbiyachining
pedagogik jarayonni metodik jihatdan to’g’ri loyihalashtirishi va tashkil etishi
ko’zda tutiladi. Bunda ta’lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o’quv-tarbiya
jarayonini maqsadli loyihalash, o’quvchilarning yosh va individual
xususiyatlaridan kelib chiqib ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni
1 Haydarov F.I., Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi. / O’quv qo’llanma. – T.: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2006. B– 18-32.
25
to’g’ri belgilash va darsning texnologik tuzilmasini aniq belgilash, amalga
oshirish bilan bog’liq malakalar nazarda tutiladi.
Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo’lib,
unda o’quvchilar va hamkasblari bilan o’zaro hamkorlik muloqoti nazarda
tutiladi. Bunda tarbiyachining bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi, o’quvchilar va
ota-onalar bilan muloqotni tashkil etishi, boshqarishi va nazorat qilishi, ular
bilan pedagogik-psixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa
bog’lashga, shaxslararo munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir.
O’quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo’lishi
ko’p jihadan o’qituvchining kommunikativ ko’nikma va malakalarni uzluksiz
ravishda egallab borishi, uni qo’llay olish layoqatiga bog’liq.
Tashkilotchilik – tarbiyachining o’quvchilar jamoasini uyushtira bilishi,
jamoani jipslashtira olishi, o’quvchilarning bilish faolligini faollashtira olishi,
shaxsiy tajribasi va ilg’or pedagogik g’oyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olishi
bilan tavsiflanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, tarbiyachi-pedagog kasbiy
qiyofasida aks etishi lozim bo’lgan mazkur malakalar nafaqat o’quvchilar bilan
o’zaro aloqaga kirishishda, shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatlarda
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tadqiqotchilarning o’qituvchi professiogrammasining namunasi
borasidagi yondashuvlari etarlicha ilmiy-nazariy asoslangan bo’lsada, bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-sharoitlaridan biri
sanalgan - ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirish mualliflarning nazaridan
chetda qolgan. Zero, kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy yondashmasdan
turib, ta’lim va tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq loyihalashtirish, amalga
oshirish mumkin emas.
Taniqli pedagog psixolog olim V.A. Slasteninning ilmiy izlanishlarida ham
pedagogik faoliyat, o’qituvchi shaxsini shakllantirish, xususan, uning kasbiy
mahoratini oshirish masalasi keng yo’nalishlarda tadqiq etilgan .
26
Bu o’rinda pedagog olim V.A. Slastenin bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy
ko’nikma va malakalarini shakllantirishda:
1) mutaxassis ishlashi lozim bo’lgan aniq vaziyatlarni;
2) uning mehnat vazifalarini;
3) talab etiladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni inobatga olish
zarurligini ta’kidlab o’tadi .
Muallif o’z mulohazalarini pedagogika yo’nalishidagi oliy ta’lim
muassasasi talabalari misolida yoritib bergan. Pedagogik faoliyatning
mutaxassis kasbiy tayyorgarligiga qo’yadigan umumiy talablari e’tiborga olinsa,
mazkur tadqiqotning amaliy g’oyalaridan bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirish jarayonida foydalanish mumkin bo’ladi.
Kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish, kasbiy bilim va ko’nikmalarni
muvaffaqiyatli o’zlashtirishdagi asosiy omil kasbiy sifatlarni rivojlantirish
masalasi tadqiqot doirasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Kasbiy sifatlar pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining muhim omillaridan
biri bo’lib, ular maqsadga intiluvchanlik; qat’iyatlilik; diqqatni taqsimlay olish;
tirishqoqlik; kuzatuvchanlik; pedagogik takt va pedagogik xayolning
rivojlanganligi; ijtimoiy faollik; tashabbuskorlik; shaxsiy namuna ko’rsatish;
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa qo’shish
kabi jihatlar bilan tavsiflanadi. Kasbiy sifatlarning shakllanishi ta’lim oluvchilar
bilan emmotsional birlikni ta’minlash, darsning kommunikativ tizimi va ijobiy
iqlimni yaratish, shuningdek, pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish imkonini beradi.
Tadqiqotchilar L.M. Mitina va O.V. Kuzmenkovalar o’z tadqiqotlarida
o’qituvchining kasbiy rivojlanish kontseptsiyasini shakllantirib, uning ijtimoiy-
ahamiyatli jihatlarini tushuntiradilar va shu o’rinda o’qituvchining kasbiy
tayyorgarligiga ta’sir etuvchi qator ahamiyatli omillarni ajratib ko’rsatadilar.
Xususan, tadqiqotchilar, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy moslashtirish
jarayoniga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu – kasbiy ahamiyatli shaxs
sifatlari va qobiliyatlari, kasbiy bilim va ko’nikmalarining o’sishi, shakllanishi,
27
integratsiyasi hamda pedagogik mehnatda o’z amaliy tadbiqini topishi kerak
ekanligini e’tirof etsalarda, biroq asosiy omil sifatida – kasbiy faoliyatda
muvafaqiyatli ishlashni ta’minlovchi shaxsning ichki motivatsiyasi va
pedagogik kasbga yo’nalganligini olib qaraydilar. Bunday holat kasbiy
moslashtirish jarayoni bevosita shaxsning imkoniyatlari va ehtiyojlari asosida
tashkillashtirilishi lozimligini ilmiy asoslaydilar.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishdagi muhim jihatlardan yana
biri bu shaxsning mavjud mehnat tajribasi sanaladi. Aslida mehnat tajribasi
kasbiy-amaliy faoliyat natijasida yuzaga keluvchi kasbiy ko’nikma va
malakalarning yig’indisi sifatida ifodalanadi. Biroq, bo’lajak mutaxassislar,
xususan, bo’lajak o’qituvchilarda mehnat tajribasining etishmasligi o’zlaridagi
mavjud kasbiy bilimlarini hali amaliy faoliyatda sinab ko’rmaganliklari, real
kasbiy faoliyat talablari haqida aniq tasavvurlarining etarli emasligidan guvohlik
beradi. Bu esa ta’limning mazmun va metodik aspektlariga, kasbiy istiqbol
rejalarini belgilashga, o’quv-tarbiya jarayonining shaxs imkoniyatlariga
asoslangan optimal amaliy sharoitini yaratishga to’sqinlik qiladi. Shu bois,
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonida nazariya va amaliyot
integratsiyasini yo’lga qo’yishning samarali metodik aspektlarini ishlab chiqish
va tatbiq etish talabalardagi mehnat tajribasining shakllanishi, shuningdek,
faoliyatli yondashuv darajasining ortishiga olib keladi.
Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar darajasini,
kasbiy (ma’naviy, shaxsiy va jismoniy) imkoniyat va kasbiy sifatlarini faoliyat
samaradorligiga to’laqonli yo’naltirish kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-
sharoitlaridan sanaladi. Mazkur jarayonda shaxs individualligi muhim
mezonlardan biri sifatida o’rganiladi.
Individuallik (lotincha individuum – bo’linmas, zot) - ijtimoiy-tarixiy
madaniyat taraqqiyotining sub’ekti sifatida o’z faoliyatini amalga oshiruvchi har
bir inson psixikasining takrorlanmas o’ziga xosligini ifodalaydi.
28
Bizning fikrimizga ko’ra, insonning betakrorligi to’g’risidagi fikrlar
individuallikning tashqi jihatlarini ifodalaydi. Individuallik bu insonning
hayvonot va ijtimoiy olamdan farqlab turishidir.
Insonning individualligida uning hayot va kasbiy faoliyati manbai
mujassamlashgan. Individualligi rivojlangan individ to’laligicha o’z kuchiga
tayanadi va bu bilan u erkin va mustaqil shaxs sifatida namoyon bo’ladi.
Individuallik va shaxsni o’zaro qiyosan qarab chiqilishi inson va jamiyat (jamoa
va inson) munosabatlarini aniqlashtirish imkonini beradi.
Demak, xulosa sifatida ta’kidlaydigan bo’lsak, shaxsning individualligi,
kasbiy sifatlari, bilim, ko’nikma va malakalar tizimi bo’lajak o’qituvchilarni
kasbiy moslashtirishda muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
29
I BOB BO’YICHA XULOSALAR
1. Globallashuv jarayonlarining muhim xususiyatlaridan biri bu
zamonaviy ta’lim yo’nalishlari asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirish tizimi sifat darajasini oshirish va rivojlantirish bilan belgilanadi.
Bunda bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy moslashuvchanligini shakllantirish
mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish muhim ahamiyat kasb
etadi.
2. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy talablar,
demokratik tamoyillar, shuningdek ishlab chiqarishning mutaxassis shaxsiga
qo’yayotgan malakaviy talablaridan kelib chiqib modernizatsiyalash dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
3. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda ularning shaxsiy
yo’nalganligi va kasbiy motivatsiyasi etakchi ijtimoiy-psixologik omillardan biri
bo’lib, mazkur jihatlar ta’lim oluvchilarning tanlangan faoliyat sohasiga
moslashish jarayonini jadallashtiradi.
4. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish kasbiy bilim, ko’nikma,
malakalar va zaruriy kasbiy sifatlarning qaror topishi asosida kechadi. Bu esa,
o’quv rejasidagi yuklamalar taqsimotida mutaxassilik fanlarining ulushini
oshirish zaruratini asoslab beradi.
5. Pedagogik amaliyot ishlarini tizimli yo’lga qo’yish va uning uslubiy
ta’minotini yaratish kasbiy moslashtirish jarayonidagi muhim tashkiliy-metodik
shart-sharoitlardan biri bo’lib hisoblanadi.
6. Mavjud holatni o’rganish va tahlil etish natijasida bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda innovatsion o’qitish texnologiyalarining
imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishga amaliy yondashuvning zarurati
aniqlandi.
30
II BOB. BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI KASBIY
MOSLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish omillari va
shart-sharoitlari
O’zbekiston Respublikasida mehnat va ta’lim xizmatlari bozorini
rivojlantirishning strategik rejalarini ishlab chiqishda mutaxassislarning kasbiy
tayyorgarlik darajasi hamda faoliyat talablariga moslasha olish qobiliyatini
shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni samaradorligini oshirish
bilan bog’liq quyidagi vazifalarni hal qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish mazmunini pedagog
mutaxassislar tayyorlashga qo’yiladigan mehnat bozorining zamonaviy talab va
takliflariga asoslanib belgilash;
- kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni sifatli o’zlashtirilishning
innovatsion potentsialini shakllantiruvchi pedagogik-psixologik omillar va shart-
sharoitlarni aniqlash;
- tizimli yondashuv asosida ijodiy-hamkorlik muhitiga asoslangan kasbiy
moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash va amaliyotga tatbiq
etish;
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning ijtimoiy-pedagogik
jihatlari, nazariy masalalari va talabalarning mustaqil ta’limi uchun xizmat
qiluvchi yangicha nashrlar, elektron darsliklar, o’quv-metodik majmualar ishlab
chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Ma’lumki, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish aniq maqsadga
yo’naltirilgan, tizimli jarayon hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik-psixologik
tadqiqotlarda bo’lajak mutaxassislarni kasbiy moslashtirish jarayonining
bosqichlarini turlicha tavsiflanadi.
Xususan, tadqiqotchi olima N.Egamberdieva moslashuv bosqichlarini
quyidagicha izohlaydi:
31
1) muvozanatlashish – individ va muhit o’rtasida o’zaro qadriyatlar
tizimi va xulq-atvor me’yorlariga nisbatan hurmat ko’rinishidagi muvozanatning
vujudga kelishi;
2) soxta adaptatsiya - sharoitga tashqi moslashuv va uning
me’yorlariga nisbatan salbiy munosabat birligi;
3) ko’nikish – yangi muhitning qadriyatlarini tan olish va qabul qilish;
4) o’xshatish – individning psixik qayta orientatsiyasi, avvalgi
qarashlar, orientatsiya, ustanovkalar transformatsiyasi.
B.Jo’raev esa bo’lajak o’qituvchilarning yangi ijtimoiy-madaniy muhitga
moslashuv bosqichlarini boshlang’ich davr, ko’nikish davri, akkomadatsiya
davri, assimilyatsiya davrlariga bo’lib o’rganadi1. Bunda individning qadriyatlar
tizimidan individ, guruh va muhit qadriyatlar tizimining o’zaro
uyg’unlashuvigacha bo’lgan davrlar qamrab olinadi.
Tadqiqot davomida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga
qo’yiladigan zamonaviy talablar, kasbiy moslashuvchanlikni shakllantirishning
pedagogik-psixologik aspektlarini o’rganish, shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarining mazkur jarayondagi imkoniyatlari diagnostikasi xulosalariga
tayanib, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni quyidagi
bosqichlarda kechishi aniqlandi:
I-bosqich. Kasbiy faoliyatga motivatsion yo’nalganlik; kasbiy tasavvur-
larning shakllanishi; kasbiy bilimlarning o’zlashtirilishi; kasbiy faoliyat
talablarining anglanishi (pedagogika kollejlaridagi umumta’lim va umumkasbiy
fanlar mazmunida beriladigan ijtimoiy-nazariy va pedagogik-psixologik bilimlar
vositasida).
II-bosqich. Kasbiy faoliyat talablarini o’zlashtirish; kasbiy
kompetentsiyalarni bilish, o’zlashtirish, muloqotga kirishish, kasbiy ijodkorlik;
faoliyatga innovatsion yondashuvning qaror topishi (maxsus fanlar, pedagogik
1 Egamberdieva N.M va mualliflar jamoasi. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya
texnologiyasi. – T.: “Fan va texnologiya”nashriyoti, 2012.- B. .203
32
amaliyot, to’garaklar, ijodiy kastinglar, sinfdan tashqari ishlar, mustaqil ta’lim
vositasida).
III-bosqich. Kasbiy o’z-o’zini anglash, moslashish; kasbiy ko’nikma va
malakalarning rivojlanishi; pedagogik qobiliyat va kasbiy sifatlarning
shakllanishi (umumkasbiy va maxsus fanlar, o’quv amaliyoti, mustaqil ta’lim
vositasida).
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tadqiqot davomida bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar va zaruriy
shart-sharoitlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan asoslash vazifasiga
alohida e’tibor qaratildi.
Keltirilgan vazifalarning samaradorligini ta’minlashning muhim sharti bu
bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi ob’ektiv
va sub’ektiv (tashqi va ichki) omillarni asoslashda namoyon bo’ladi.
Pedagogik olim V.A. Slastenin bo’lajak o’qituvchilar kasbiy
tayyorgarligini shakllantirish masalalarini tadqiq etar ekan, yuksak
professionalizm, ya’ni kasbiy etuklikka erishishning ob’ektiv omillariga olingan
ta’limning sifatini, sub’ektiv omillariga esa shaxsning qobiliyati, kasbiy
yo’nalganligi, pedagogik vazifalarni samarali hal qila olishdagi mas’uliyati va
mutaxassislikka yondashuvini kiritadi1.
Shuningdek, pedagog olim bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
jarayoni muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillarni ham ikki turkumga bo’ladi:
sub’ektiv (ichki) va ob’ektiv(tashqi) omillar. Muallif bo’lajak mutaxassisning
kasbiy moslashuviga ta’sir etuvchi ichki omillarni uning individual-psixologik
sifatlari bilan bog’lasa, ob’ektiv omillarga muhit va ta’lim shart-sharoiti bilan
bog’liq jihatlarni taklif etadi.
1 Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2003. – B. 54-56
33
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga ta’sir etuvchi omillar
Sub’ektiv omillar Ob’ektiv omillar
Ijtimoiy-demografik (yoshi, jinsi,
oilaviy holati, ma’lumot darajasi);
Fiziologik o’ziga xoslik;
Emmotsional(hissiy) barqarorlik;
O’z-o’zini adolatli baholash;
Shaxs faolligi;
Sohaga oid dastlabki
kompetentsiyalar;
Faoliyatga ijtimoiy-kasbiy
tayyorgarlik;
Ta’lim muassasasidagi mavjud shart-
sharoit;
Pedagogik jarayonni tashkil etilishi;
Vaqt byudjetining to’g’ri
rejalashtirilishi.
Shuningdek, yana ba’zi bir psixologik-pedagogik adabiyotlarda bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning 4 guruhi
ajratiladi. Birinchi guruh omillari ijtimoiy-iqtisodiy bo’lib, u taraqqiyotning
turli boqichlarida jamiyat hayotiga kirib kelayotgan yoshlarga o’zlaridagi
mavjud kuch va imkoniyatlarini sarflashga turli sohalarni taklif etadi. Birinchi
navbatda bu kasblar turi, ularning o’zgarishi va rivojlanish istiqbollari,
jamiyatning u yoki bu mutaxassislarga ehtiyojiga dahldordir. Ijtimoiy-psixologik
omillar ikkinchi guruhni tashkil etadi. Mazkur jarayonda shaxs
ijtimoiylashuviga ta’sir etuvi mikro, mezo va makro muhit ta’siri muhim
ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsning qadriyatli yo’nalganligi,
kasblarning turli guruhlariga munosabatning o’ziga xos ijtimoiy ko’rsatmalari va
sterotiplar shakllanadi.
Uchinchi guruh asl psixologik omillardan iborat bo’lib, bu shaxsiy
qiziqish va moyilliklar umumiy va xususiy qobiliyatlar, aqliy va shaxsiy
rivojlanish darajasi xotira xususiyatlari, diqqat motorikasining o’ziga xosligi va
shu kabilar.
34
Nihoyat to’rtinchi guruh individual psixofiziologik xususiyatlarni o’z
ichiga olib, ulardan ko’p o’rganilgani nerv tizimining asosiy xossalarini faoliyat
turlariga munosabatini ta’siri masalasidir. Ular psixik jarayonlar kechishining
dinamik tavsifnomalarini belgilaydi turli temperamentlar ko’rinishida
ifodalanadi va ma’lum faoliyat turini bajarishga ko’maklashishi, yo aksincha uni
qiyinlashtirishi mumkin bo’ladi1.
Demak, mazkur fikrlar, ilmiy-pedagogik tadqiqot jarayonida olingan
kuzatish va empirik tahlil natijalarini nazariy jihatdan tahlil etish,
umumlashtirish natijasida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
jarayonining samaradorligi quyidagi omillarga asoslanishini aniqlandi:
- motivatsion omil – bo’lajak o’qituvchilarni tanlangan kasb va uning
mohiyatidan xabardorlik darajasi, kasbiy yo’nalganlik va kasb tanlash motivlari
bilan ifodalanuvchi jihatlar;
- ijtimoiy omil – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muhit va kasbning ijtimoiy
nufuzi, shuningdek, talabalar tomonidan kasbiy – ijtimoiy normalarning
o’zlashtirilishi, ijtimoiy tajribaning shaxsiy – kasbiy ustanovkalar tizimida
qo’llanilishi;
- axborotli-mazmunli – omil-tanlangan kasbiy faoliyat sohasini
muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-nazariy, pedagogik-
psixologik va maxsus-metodik bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasi;
- faoliyatli omil – o’zlashtirilgan maxsus kasbiy bilim, malaka va
ko’nikmalarni aniq vaziyatlar va zaruriy holatlarda tatbiq eta olish, o’zini-o’zi
tahlil qilish va rivojlantirish motivatsiyasi;
- tashkiliy-metodik omil – innovatsion ta’lim turlari: shaxsga
yo’naltirilgan, tabaqalashtirilgan ta’lim, interfaol ta’lim, hamkorlik ta’limi,
dasturiy ta’lim, muammoli ta’lim, o’yin texnologiyalari, modulli ta’lim,
mustaqil ta’lim va
1 Rahimov B.X. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi.: Ped. fan. nom. …
diss. – T.: 2002. B – 61-67.
35
boshqalardan o’quv-tarbiya jarayonida samarali foydalanish; o’qituvchi va
talabalarning o’zaro hamkorligi; talabalarning mustaqil ta’lim olish
ko’nikmalariga egaligi, talabalarning bilim olishga nisbatan ijodiy
yondashuvlari, ularda mustaqil fikrlash ko’nikmalarining shakllanganligi;
axborotlashgan ijodiy muhitning qaror topganligi; sog’lom raqobatning
mavjudligi; talabalar bilish faoliyatining ob’ektiv baholanishi;
- didaktik omil (vositalar) – maxsus jihozlangan (kompyuterlash-tirilgan)
o’quv xonalarining mavjudligi; o’quv manbalari (takomillashtirilgan o’quv
dasturlari, ma’ruza matnlari, elektron darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar,
elektron ishlanmalar, grafik organayzerlar, auditiv vositalar), o’quv jihozlari va
qurollari, axborot texnologiyalari.
Mazkur omillar va pedagog mutaxassislar tayyorlashga qo’yiladigan
mehnat bozorining zamonaviy talablaridan kelib chiqib, bo’lajak o’qituvchilarda
kasbiy moslashuvuvchanlikni shakllantirish mazmuni bevosita ulardagi
fiziologik, psixologik, ijtimoiy va tashkiliy molashish bilan belgilanishi
ma’lum bo’ladi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-nazariy
tayyorgarligi motivatsion va ijtimoiy omillar ta’sirida kechib, uning mazmunida
umumta’lim fanlari doirasida o’zlashtiriladigan axborotlar, bilimlar, fan asoslari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalarning pedagogik-psixologik tayyorgarligi esa ta’lim-tarbiya
jarayoni tamoyillari, ta’lim mazmuni va uning mohiyatini yorituvchi hujjatlar,
o’qitish shakllari, metodlari va vositalari, shuningdek, ta’lim oluvchi shaxsining
yosh va individual xususiyatlarini bilish hamda ularning psixologik holatini
boshqara olish borasidagi kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirish
darajasi bilan belgilanadi.
Tadqiqotlar doirasida bo’lajak o’qituvchilardagi kasbiy faoliyatga amaliy-
faoliyatli moslashish ko’nikmalari bevosita maxsus-metodik tayyorgarlik
negizida shakllanishi ma’lum bo’ldi. Bunda ta’lim oluvchining o’quv-tarbiya
jarayonini to’g’ri loyihalashtirish va amalga oshirish, o’qituvchi va ta’lim
36
oluvchi faoliyatini tashkil qilish hamda boshqarish, Talabalarning bilish
faoliyatini to’g’ri yo’naltirish, o’qitish, nazorat va baholashning shakl, metod va
vositalaridan fan, mashg’ulot va mavzu doirasida samarali foydalanish
ko’nikmalariga egalik darajasi asosiy komponentlar sifatida tavsiflanadi.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoniga qo’yiladigan
zamonaviy talablardan biri bu innovatsiyalarni faol o’zlashtirish va amalga
tatbiq etish ko’nikmalaridir.
Innovatsion tayyorgarlik –mutaxassis shaxsidagi pedagogik faoliyatga
nisbatan aksiologik, akmeologik, kreativ, refleksiv yondashuvning
shakllanganligi, ta’lim jarayonida ijodiy hamkorlik muhitining yaratilishi,
o’qitish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, innovatorlik
faoliyatiga bo’lgan faol motivatsiyaning qaror topganligi bilan belgilanuvchi
kasbiy tayyorgarlik mezonlaridan sanaladi.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonini yana bir e’tiborli
jihati bu yuqorida ta’kidlab o’tilgan yo’nalishlardagi kasbiy bilim, ko’nikma va
malakalarni o’zlashtirish va amaliyotga to’laqonli tatbiq etishning zaruriy shart-
sharoitlari majmuasining belgilanishidir. Chunki, qulay va maqsadga
yo’naltirilgan pedagogik sharoit jarayondan ko’zlangan natijaga erishishini
engillashtiradi.
N.A.Muslimov o’z tadqiqotlarida bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchi-sini
kasbiy moslashtirish uning kasbiy shakllanishidagi muhim jihatlardan biri
ekanligini ta’kidlab, mazkur jarayondagi muhim pedagogik shart-sharoitlar
sifatida quyidagilarni e’tirof etadi:
- moddiy-texnik shart-sharoitlar (o’quv binolari, o’quv auditoriyalar,
o’quv-texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar);
- o’quv-metodik shart-sharoitlar (davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari,
o’quv rejalari va boshqalar);
- kadrlar salohiyati (professor-o’qituvchilar);
- ijtimoiy hamda o’quv-texnologik muhit;
37
- tashkiliy hamda o’quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda
tizimliyo’lgaqo’yilganligi1.
Oliy ta’lim muassasalarining pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimining
o’ziga xosligidan kelib chiqib, tadqiqot doirasida quyidagi pedagogik psixologik
shart-sharoitlarning ta’minlanishi kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat
qilishi aniqlandi:
1. Axborotli-mazmunli sharoit. Ma’lumki, ta’lim mazmuni bo’lajak
mutaxassis o’zlashtirishi lozim bo’lgan kasbiy bilim, malaka va
ko’nikmalarning oldingdan loyihalashtirilgan tizimi bo’lib, bunda DTS, o’quv
rejalari, takomillashtirilgan ta’lim dasturlari, ma’ruza matnlari, ta’lim
texnologiyalari asosidagi o’quv-metodik majmular, ilmiy va o’quv-metodik,
elektron darsliklar, nazorat vositalari: ijodiy pedagogik topshiriqlar, vaziyatli
masalalar, masofali nazorat, ijodiy loyiha ishlari, mutaxassislik yo’nalishlari
bilan bog’langan kurs va loyiha ishlari alohida o’rin tutadi.
2. Texnologik sharoit. Tadqiqot maqsadi, ya’ni bo’lajak o’qituvchilarni
kasbiy moslashtirishning samarali shakl, metod va vositalarini ishlab chiqib,
amaliyotga tatbiq etish uchun texnologik sharoit asos qilib olindi. Bunda kasbiy
moslashtirish jarayonida:
- muammoli o’qitish;
- o’yinli texnologiyalar (rolli-ishchan o’yinlar, tadbirkorlik
o’yinlari);
- trening, videotreninglar,
- muammoli -seminarlar;
- pedagogik muammoli vaziyatlarni echish va tahlil qilish, “Keys-stadi”;
- kichik guruhlarda o’qitish, mikro-darslar;
- ijodiy tadqiqotchilik metodlari;
- dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash metodlari;
1 Muslimov N.A. Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.fanl.dokt.
... diss. – T.: 2007. – 357 b.
38
- autotreninglarni tashkil etish va o’tkazish metodikasining ishlab
chiqilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Bo’lajak o’qituvchilarn kasbiy moslashtirishning texnologik sharoiti
nazariy asoslanganlik; o’quv-tarbiya jarayoni mazmuni va tashkiliy jihatlariga
yaxlit yondashuv, tizimlilik, o’qitishda ta’lim oluvchilarning individualligi,
kasbiy yo’nalganligi e’tiborga olish kabi tamoyillariga asoslanadi.
3. Refleksiv sharoit. Yaratilgan pedagogik shart-sharoitlarning natijaviy-
mahsuli sifatida refleksiv (refleksiya-ortga nazar, tahlil, o’zgarishlar, shaxsning
o’z faoliyatini baholay olish darajasi) sharoit muhitining yaratilishiga alohida
e’tibor berildi. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga yo’naltirilgan
refleksiv sharoit mazmuni quyidagicha belgilandi:
- faol bilish motivatsiyasini rivojlantirish;
- kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik yondoshuvni qaror toptirish;
- kreativ ko’nikmalarni shakllantirish;
- pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni shakllantirish;
- o’zini – o’zi kasbiy anglash.
Olib borilgan tahlil natijalaridan ma’lum bo’ladiki, pedagogik amaliyot,
mustaqil ta’lim, to’garaklar, audtoriyadan tashqari ishlar, jamoaviy tadbirlar,
ijodiy kastinglar va boshqa turdagi tashkiliy tadbirlar talabalarning kasbiy
moslashish va rivojlanishdagi muhim vositalardan sanaladi.
Ana shu maqsadda tajriba ob’ektlarida “Yosh pedagoglar” to’garagining
faoliyati takomilashtirildi. “Yosh pedagoglar” to’garagiga tadqiqot doirasida
jami 37 nafar talabalar va 4 nafar professor-o’qituvchilari a’zo bo’lishdi.
“Yosh pedagoglar” to’garagining asosiy maqsadi oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni jamlash, ularning
qobiliyatlari va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun amaliy yordam ko’rsatish
va shu asnoda talabalardagi kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni
rivojlanishiga refleksiv sharoit yaratishga yo’naltirildi.
Dastlab “Yosh pedagoglar” to’garagining ma’naviy-ma’rifiy chora-
tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va talabalarning qiziqishlari, talablari, oliy ta’lim
39
muassasalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladigan turli
tadbirlar, ularning maqsadi, mazmuni, vazifalari aniq belgilandi.
“Yosh pedagoglar” to’garagining harakat dasturini ishlab chiqishda
quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
- talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish;
- auditoriyadan tashqari qiziqishlaridan kelib chiqib bo’sh vaqtni unumli
tashkil etish;
- kasbiy sifatlar va kasbiy moslashuvni shakllantirish;
- ratsionalizatorlik g’oyalarini amalga oshirish.
Tajriba natijalari va respondent-o’qituvchilarning fikr-mulohazalari
pedagogik-psixologik shart-sharoitlar integratsiyasining ta’minlanishi bo’lajak
mutaxassilar tayyorlash jarayoni ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etishini tasdiqladi. Shuningdek, tizimli yondashuv asosida bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga yo’natirilgan o’qitish texnologiyalarining
o’quv jarayonidagi imkoniyatlarini amaliy yoritish tadqiqot muammosining
ijobiy echimini ta’minlashga yordam berishi aniqlandi. Ishning navbatdagi
bo’limlarida mazkur masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
2. Tizimli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirish tuzilmasi
Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishni
shakllantirishning ahamiyatli jihatlaridan biri bu jarayonga tizimli yondashuv
tamoyilidir.
Tizimli yondashuv tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha qayd
etiladi. Ayrim ilmiy ishlarda aksariyat hollarda yaxlitlik kategoriyasiga
asoslanish bilan chegaralanilgan, ularda o’rgangan xususiyat, hodisa va
jarayonning yaxlit tavsifnomasi yaratilgan.
“Tizimlilik” tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim
hosil qila olishi, tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish
40
shakllarining tizimli qurilishga egaligi kabi holatlarni aks ettira olishi
to’g’risidagi xulosaga kelish mumkin.
Ma’lumki, tizim bu - o’zaro bir-biri bilan munosabatda bo’ladigan
ob’ektlar va ularning xossalari majmuidan iborat.
Ilmiy bilish nuqtai nazaridan “tizimlilik” avvalo, inson faoliyatiga xos
hodisa sifatida qaraladi. Buni N.Muslimov o’z tadqiqotida quyidagicha
tasvirlaydi: (1.3.2-rasm):
Tizimli yondashuv – ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot
metodologiyasining yo’nalishi bo’lib, uning asosida ob’ektlarni tizim sifatida
qabul qilinishi yotadi. Tizimli yondashuv tadqiqotchini ob’ekt yaxlitligini ochib
berishga, uning aloqalari turli tiplarini aniqlashga hamda ularni yagona nazariy
ko’rinishga keltirishga yo’naltiradi.
Pedagogik jarayonga tizimli yondashuv esa o’qitish maqsadidan tortib
uning natijasigacha bo’lgan jarayon va o’quvchi imkoniyatlarini yaxlit tizim
sifatida qabul qilish bilan belgilanadi.
Inson
faolyatida
tizimlilik
Amaliy
faoliyat
Bilish
faoliyati
Kommunikativ
faoliyat
Aksiologik
faoliyat
2.1.1-rasm. Tizimlilik aks etuvchi inson faoliyati
turlari
41
Bunday yondashuv uzluksizlik, yaxlitlik hamda tuzilmaviylikning
dialektik birligini o’zida aks ettirib, murakkab jarayonlar modelini yaratish
imkonini berishi bilan ularni tadqiq qilishni engillashtiradi.
Ba’zi tadqiqotlarda mualliflar faqatgina tizim elementlarini sanab o’tish
bilan chegaralanadilar, biroq pedagogik jarayonda foydalaniladigan maqsad,
metod, vosita amalga oshirilish shart-sharoitlari ochib berilmasdan qoladi.
Tizimli yondashuvning asosiy tushunchalari va boshlang’ich asoslarini
o’rganishimiz natijasida real borliqning muhim belgilaridan biri – undagi
ob’ektlarining o’zaro ta’sirlashuvi natijasida ta’sirlashuvning boshlang’ich
davridagi ob’ektlarga xos bo’lmagan yangi sifatlar yuzaga kelishi to’g’risidagi
tasavvur hosil bo’ldi.
U sifat jihatidan yangi mahsul – yaxlitlikning va tizimning vujudga
kelishidir. Yaxlit tizimning sifati uni tashkil qiluvchi sifatlarning yig’indisidan
iborat bo’lmaydi. Tizim uchun, shuningdek, mohiyat jihatidan uning ajralib
turuvchi xossalarini ifodalovchi yangi integral sifatlar ham xosdir.
Yaxlit tizim o’zi tarkib topgan qismlarga faol ta’sir ko’rsatib, ularni o’z
tabiatiga moslab o’zgartiradi.
Natijada dastlabki boshlang’ich qismlar sezilarli o’zgarishga uchraydi:
ko’pchilik holatlarda oldingi, ular tizimga kirishigacha bo’lgan xususiyatlarini
yo’qotadi, ularning boshqa xususiyatlari o’z ahamiyatini oshiradi, yangi
sifatlarga ega bo’ladi, shuningdek saqlab qolinadigan xususiyatlar ham sifat va
miqdor o’zgarishlarga uchraydi.
Yaxlit tizimning asosiy belgilarini aniqlab olamiz.
1. Yaxlit tizimning asosiy belgisi aynan tizimiy integral va uni tashkil
qiluvchi tarkibiy qismlarning jamoaviy sifati (yoki sifatlari)ning mavjudligidir.
2. Yaxlit tizimning ajralmas alomati uning tarkibiy qismlari, zero,
tizim ulardan tarkib topadi hamda u siz mavjud bo’la olmaydi. Biroq tarkibiy
qismlar tasodifiy ob’ektlarning yig’masi emas. Ular tizim bilan
integratsiyalashgan, aynan ushbu tizimning tarkibi hisoblanadi. Tizimning
maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash borasida uni tadqiq qilish,
42
loyihalash, tarkibiy qismlarini aniqlashga tizimli-tuzilmaviy yondashuv deb
ataladi.
Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv ob’ektning tuzilish
xususiyatlarini yahlit, tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oralig’i bo’yicha
bo’laklangan holatda qarab chiqishni ko’zda tutadi.
3. Yaxlit tizim – maqsadli tizim, u muayyan maqsadni amalga
oshirishga intiladi. Maqsad tizimda uni hosil qiluvchi muhim omillardan biri
sifatida yuzaga keladi. Biroq, maqsad unga erishish uchun muayyan harakatlarni
amalga oshirishni taqozo qiladi. Tizimning muhitda maqsadga erishish uchun
amalga oshiradigan harakatlari aynan uning funktsiyalarini tashkil qiladi.
Funktsiyalar maqsadga nisbatan unga erishish usuli sifatida yuzaga chiqadi.
Tizimning maqsadga erishish uchun muhitdagi o’zini tutishi nuqtai nazaridan
tadqiq qilish va loyihalashga tizimli-funktsional yondashuv deyiladi.
4. Har qanday tizim o’zgarmas, barcha davrlar uchun bir xil bo’lib
qolmaydi. U absolyut, abadiy emas, chunki qarama-qarshiliklar mavjudligi unga
ham xosdir. Har bir tizim nafaqat faoliyat ko’rsatadi, balki, shu bilan birga
rivojlanadi; u o’z ibtidosiga ega, u yaralish davrini o’taydi, tarkib topadi va
rivojlanadi. Tizimlar nazariyasida tizimning yashash vaqti uning asosiy tavsifiy
belgilaridan biri hisoblanadi.
5. Tizimni uning vaqt bo’yicha rivojlanishi nuqtai nazaridan tadqiq
qilish va loyihalash tizimli yondashuv deb ataladi.
6. Har bir tizim o’z navbatida o’zidan yuqori darajada turuvchi
metatizmning tarkibiy qismi sanaladi, shu kabi u o’zidan quyi darajada turuvchi
tarkibiy qismlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, hech bir tizim
boshqalaridan izolyatsiyalanmagan, balki ko’plab aloqalar bilan boshqa turli
tizimiy va notizimiy uyushmalar bilan ta’sirlashib turadi. Tizim o’ziga nisbatan
tashqi bo’lgan muhitda harakatda bo’ladi, rivojlanadi, u bilan ko’plab
kommunikatsiyalar orqali bog’lanadi. Tizimni unga nisbatan mavjud bo’lgan
boshqa tizimiy va notizimiy uyushmalar nuqtai nazaridan o’rganishga tizimli-
kommunikativ yondashish deb ataladi.
43
7. Tizimga doimiy ravishda o’zida uning turg’unligini buzishga
qaratilgan ta’sirlar ko’rsatib turiladi. Ushbu ta’sir avvalo har qanday tizimning
ichida mavjud bo’lgan qarama-qarshiliklar oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan
birga resurslar etishmasligi, qattiq cheklashlar kabi tashqi salbiy ta’sirlar ham
mavjud. Bunga qaramasdan tizim yashaydi va rivojlanib boradi. Demak, tashkil
etuvchi qismlarning o’ziga xos yig’masi, ichki tuzilma va boshqalar bilan birga
boshqa tizim hosil qiluvchi, tizimni himoyalovchi omillar ham mavjud.
Tizimning yashovchanligini ta’minlovchi ushbu omillarga boshqaruv deyiladi.
Tizimlarni uning turg’unligini buzishga qaratilgan ichki va tashqi
ta’sirlar sharoitida maqsadga muvofiq faoliyat ko’rsatishi nuqtai nazaridan
tadqiq qilish va loyihalashga tizimli-tashkiliy yondashuv deb ataladi.
8. Tizimdagi boshqaruvni axborotlarni uzatish, qabul qilish, saqlash
hamda qayta ishlashsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot – tizim tarkibiy
qismlarining bir-biri bilan hamda tizim tashqi muhit bilan aloqa qilish usulidir.
Bu ma’noda tizimlilikning mohiyatini uning axborotli jihatlarini o’rganmasdan
turib ochib berish mumkin emasligini ayon bo’ladi.
Tizim va tashqi muhit o’rtasidagi ko’plab cheksiz o’zaro aloqalarni
berilgan vaziyatdagi ahamiyatiga ko’ra bitta kiruvchi va bitta chiquvchi aloqa
sifatida tasavvur qilamiz. Tizim va muhit o’rtasidagi kiruvchi va chiquvchi
aloqa davomida moddiy, energetik yoki axborot elementlarining uzatilishi bilan
bog’liq almashinuv sodir bo’ladi.
Tizim va tashqi muhit o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganish ko’rsatdiki,
muhit tizimga resurslarni etkazib beradi, tizimdan esa faoliyatning yakuniy
natijasini qabul qilib oladi va iste’mol qiladi. SHunisi e’tiborliki, tizimning
faoliyat natijalari printsipial jihatdan muhitda yaratila olmaydi (aks holda
tizimni muhitdan ajratishga ehtiyoj qolmaydi). Tizim muhitga o’z ehtiyojlarini
qondirish manbai sifatida kerak bo’ladi.
Kasbiy moslashishining mohiyati – o’zlashtirish – anglash –
shakllantirish – moslashish ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Boshqacha
44
aytganda, tashqi muhit – olam individning o’zida muhit bilan ta’sirlashib hosil
qiladigan obrazlar manbai bo’lib xizmat qiladi.
Demak, tizimning mavjud bo’lishini shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish
jarayonidagi qondirilmagan ehtiyojlar vujudga keltiradi, yoki boshqacha
ifodalanganda tizim tashqi muhitdagi muammoli vaziyatni hal etish uchun
yaratiladi.
Ma’lumki, shaxsni o’z-o’zini rivojlantirishi - bu insonning o’z xayotiy
faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik - inson hayotidagi faol mustaqil
holat va maqomidir. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk
psixologik namoyon bo’lishi – bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o’tgani
sari u o’z shaklini o’zgartiradi ya’ni, insonda ahloqiy, estetik, ijtimoiy va
psixologik quzg’atuvchi sabablar paydo bo’lib, inson o’z-o’zini anglash,
muomila va faoliyat sub’ektiga aylanadi va shaxsiy «Men»ini kashf etadi.
Mazkur jarayonda pedagog shaxs rivojlanishi muhitining loyihalovchisi sifatida
namoyon bo’ladi. Ya’ni shaxs rivojlanishi jarayonida pedagog va
tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi muhit o’ziga xos mazmunli shaklga aylanib, bu
erda muloqot muhiti bo’lajak o’qituvchining ichki dunyosini shakllanishi
mexanizimi sifatida vujudga keladi.
Afsuski, ko’pchilik hollarda ta’limiy faoliyat uchun predmet (maqsad, mazmun)
sifatida insonning shaxs bo’lib kamol topishi deyarli kurib chiqilmaydi. Bu
jarayonni o’qitishdan tashqari (darsdan tashqari) paytda «tarbiyaviy ish»
davomida amalga oshirish mumkin degan fikrlar uchraydi. Bu fikrlar noo’rin
albatta, chunki bolaning shaxsiy rivojlanishi uchun ta’lim jarayoni mohiyatni
tashkil etuvchi umuminsoniy madaniyat va tajribaga o’quvchilarni jalb etish
ham ta’lim funktsiyalaridandir. Mazkur vazifalarni hal etmadan ta’lim shaxsga
nisbatan yaxlit ma’lumotni bera olmaydi. Chet el pedagoglari tajribasi shuni
ko’rsatadiki, ta’lim jarayonida shaxsni tanlangan model bo’yicha
shakllantirishga urinish, talabalarni «qatorasiga» ta’lim tizimidan o’tkazish
faqatgina ijtimoiy va ta’limiy surrogatlarni (nohaqiqiy nusxa) shakllanishiga olib
keladi.
45
Yuqoridagi mulohazalarga tayanadigan bo’lsak, zamonaviy ta’lim
usullarining bosh maqsadi ham oldindan belgilangan xususiyatli shaxsni
shakllantirishni emas, ta’lim jarayonida sub’ekt shaxsiy funktsiyalarining to’liq
namoyon bo’lishi va shunga muvofiq rivojlanishi uchun shart-sharoit
yaratishdan iboratdir.
Shaxsiy funktsiyalar bu shaxsning muayyan vaziyatdagi xarakter
xususiyatlari emas, aksincha, insonning «shaxs bo’lishi» fenomenida namoyon
bo’luvchi belgilardir. Bu funktsiyalar qatoriga motivlashtirish( faoliyatni qabul
qilish va asoslash), kolliziv (borliqdagi yashirin ziddiyatlarni sezish),
kritiklik(tashqi muhitdan taklif qilinuvchi meyor va qadriyatlarga nisbatan),
refleksiv(mazmunni anglay olish, mo’ljal olish) ijodiy takomillashtirish, o’z-
o’zini namoyon qilish, o’z istaklariga ega bo’lish kabi funktsiyalarni kiritish
mumkin. Bu funktsiyalarning o’quv jarayoni sub’ektlari faoliyatida namoyon
bo’lishi, to’liqligi ta’lim jarayonining amaliyotda «shaxsiy»darajaga yetganlik
o’lchovidir.
Tadqiqotlardan ma’lum bo’ladiki, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy
moslashish jarayoni shaxsning individualligini ko’zda tutuvchi o’ziga xos
sub’ektiv o’quv hamkorlik shakllarini taqazo etadi.
Ma’lumki, individuallik shaxsning etilishi, shakllanganligining
o’lchovidir. Individuallikning rivojlanishi uchun esa shaxsiy tajriba, ijodiy
faoliyat turi, differentsial munosabat, o’z-o’zini tarbiyalash zarur. Bunda
muloqot, dialog, fikriy o’yin, reflektsiya, mazmunni anglay olish shaxsiy
funktsiyalarning rivojlanish darajasini belgilab beruvchi mezonlardan sanaladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayoniga tizimli yondashuv esa
bo’lajak mutaxassis shaxsining o’ziga xos tajribasi, individualligining va ilmiy
dunyoqarashini shakllanishda manbai hisoblanadi. Shunga muvofiq ta’lim
jarayonining barcha aspektlarida o’quv faoliyatining borishi va natijalarida
shaxs omilining etakchilik qilishi, o’qitish jarayonida shaxsning kutilmagan
ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi pedagogik vositalarning innovatsion
46
turlarini, o’qitishning zamonaviy usullarini tadbiq etilishi o’quvchilardagi
kasbiy moslashishni shakllanishiga yordam beradi.
N.G.Ismatova kasbiy moslashuv nuqtai nazaridan moslashish
mazmunini quyidagi muhim yo’nalishlarda ko’rib chiqishni taklif etadi:
- fiziologik: organlar va tizmlarning funktsiyasi, endokrin regulyatsiya,
nerv regulyatsiyasi;
- ijtimoiy-psixologik moslashuv: yangi psixologik xulq-atvor
me’yorlarining shakllanishi; qo’yilgan alab bilan bog’liqlikda shaxsiy sifatlarni
korrektsiyalash; yangi ijtimoiy muhitni o’zlashtirish;
- kasbiy: mehnatning yangi sharoitlariga; pedagogik kasbiga; bilimlari va
pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishga odatlanish1.
Tadqiqot ishlarini olib borish davomida tizimli yondashuvning yaxlitlik
va o’zaro aloqadorlik tamoyilidan foydalangan holda bo’lajak o’qituvchilarni
kasbiy moslashtirish modelini ishlab chiqdik. (2.2.1-rasm).
1 Ismatova N.G. Upravleniya professionalnoy adaptatsiey vыpusnikov pedagogicheskix vuzov. // J.”Uzluksiz
talim”. – T., 2009.-№1.-S. 47-50.
47
2.21.-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish modeli.
Fiziolo-gik
Ijtimoiy-
psixologik
Kasbiy-
pedagogik
Tashkiliy
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning shart-sharoitlari
Axborotli Texnologik Refleksiv
Motivatsiya, kasbiy
kompeten-
tsiyalarni bilish,
kasbiy
yo’nalganlik
Kasbiy faoliyat
talablarining faol
o’zlashtirishga
yo’naltirilgan jarayon,
shakl, metod, vositalar
O’zini-o’zi kasbiy
anglash va
rivojlantirish muhiti,
aksiologik
yondashuv
Bo’lajak mutaxassisning kasbiy moslashuvi
Kasbiy moslashtirish mazmuni
Jarayon(mehnat) sub’ekti: bo’lajak o’qituvchi
Kutiladigan natija
Fiziologik, ijtimoiy-
psixologik moslashish
Kasbiy-pedagogik
moslashish
48
Mazkur modelga tayangan holda tizimli yondashuv asosida bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi
texnologiya ishlab chiqildi. Unda asosiy uch bosqichli tizim(motivatsion,
o’zlashtirish, kasbiy o’zini anglash) o’rganildi.
Bosqichlar Motivatsion Faoliyat
talablarini
o’zlashtirish
Kasbiy o’zini
anglash
Mazmuni Kasbiy tasavvurlar-
ning shakllanishi;
kasbiy yo’nalganlik,
pedagogik faoliyatga
intilish motivatsiya-si
Kasbiy kompeten-
tsiyalar, faoliyat
talablari,
qadriyatlarning
o’zlashtirilishi
Guruh va kasbiy
muhitda o’z o’rnini
topish, mehnat
sharoitlariga faol
kirishish, kasbiy
shakllanish
Shakl,
metod,
vositalari
Debatlar, kasting-lar,
brifinglar,
uchrashuvlar,seminar-
treninglar, kichik
guruhlarda ishlash,
taqdimot boshq.
Axborotli ma’-
ruzalar, munoza-
ralar, eminarlar,
Keys-stadi, rolli-
ishbilar-mon
o’yinlar, vebinar,
forum-lar va
boshq.
“SWOT va TOWS-
tahlil”, esselar,
treninglar, “Mening
kasbiy istiqbolim”,
grafik organayzer-
lar va boshq.
2.2.1-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
texnologiyasi.
Ma’lumki, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni
murakkab va individual jarayon hisoblanadi. Bunda talaba shaxsining
individualligi, ta’lim sharoiti, muhit hamda shaxslararo munosabatlar tizimining
o’zaro bog’liqlikda tadqiq etilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Shuningdek,
moslashish jarayonlarining samarali kechishi bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy
faoliyatga nisbatan maqsadli yo’nalganligini hamda aksiologik yondashuvini
shakllanishiga, kasbiy rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bu esa kasbiy faoliyat
49
samaradorligi, natijaviyligi hamda mutaxassining uzoq ijodiy umr ko’rishiga o’z
ta’sirini o’tkazadi.
II BOB BO’YICHA XULOSALAR
1. Oliy ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonini modernizatsiyalashning
o’ziga xos jihati talabalarda kasbiy tayyorgarlikning faqat umumiy parametrlarini
shakllantirish bilan emas, balki ulardagi ijodkorlik, jarayondan ko’zlangan maqsad
va vazifalarni aniq prognoz qila olish va shunga intilish ko’nikmalarini rivojlantirish,
pedagogik jarayonni mvafffaqiyatli yo’lga qo’yishning maqbul yo’llarini ishlab
chiqib, amalga tatbiq etish malakalarini rivojlantirish darajasi bilan tavsiflanadi.
2. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga qo’yiladigan zamonaviy
talablar mazkur ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonni tashkillashtirishga
nisabatan innovatsion yondashuv zaruratini keltirib chiqaradi. Bu esa tadqiqot
doirasida kasbiy moslashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar
va zaruriy shart-sharoitlarni aniqlashtirishni nazarda tutadi.
3. Tadqiqot ishining mazkur bobida olib borilgan empirik tahlillar bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning axborotli-mazmunli va tashkiliy-metodik
omili tizim samaradorligini ta’minlovchi asosiy mezonlardan biri ekanligini
tasdiqladi.
4. Tajriba natijalari innovatsion o’qitish texnologiyalari asosida kasbiy
moslashtirish yo’llarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish o’rganilayotgan
tadqiqot muammosining ijobiy echimini ta’minlashi mumkinligini ko’rsatdi.
5. Ishning navbatdagi bosqichlarida innovatsion texnologiyalarning
imkoniyalaridan kelib chiqib, bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik faoliyat
talablariga moslashtirishga yordam beruvchi samarali metodlarni ishlab chiqish
maqsadga muvofiq ekanligi asoslandi.
50
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINING
TASHKIL ETILISHI VA NATIJALAR TAHLILI
1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining eksperimental metodikasi
Mustaqillik yillarida respublikada “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari”
tamoyiliga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi har tomonlama
rivojlangan, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega, mustaqil hamda erkin
fikrlovchi komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan
iboratdir. Yurtboshimiz, I.A.Karimov ta’biri bilan ifodlaganda, “Bugungi kunda
faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va
prfessional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion
taraqqiyotning eng muxim sharti bo’la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk
kelajagini ta’minlashi mumkinligiga ishonchning xojati yo’q, deb o’ylayman!”.
Shu sababli ayni vaqtda bo’lajak o’qituvchilarni sifat darajasini belgilab
beruvchi kasbiy-malakaviy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadqiqot ishiga oid mavjud o’quv-metodik adabiyotlarni o’rganish, tahlil
qilish va muammoning amaldagi holatini baholash natijasida bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning zaruriy pedagogik-psixologik shart-
sharoitlar ta’sirida umumta’limiy, umumkasbiy va maxsus fan asoslarini puxta
egallashlari, yaratilgan pedagogik-shart-sharoitlar ta’sirida shakllanib borishi
aniqlandi. Shuningdek, shaxsiy va kasbiy maqsadlar, pozitiv kasbiy
motivatsiyani, ijtimoiy va kasbiy ma’suliyat, amaliy faoliyatga psixologik
tayyorgarlik, tashabbuskorlik, ijodkorlik, o’z hatti-harakatlaridan qoniqish
hissini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni talabalardagi
kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish va faollashtirish, kasbiy
moslashtirish jarayonida etakchi omillardan biri sifatida namoyon bo’lishi
kuzatildi.
Nazariy va empirik tahlil natijasida chiqarilgan mazkur xulosalarga
asoslanib, ishning pedagogik tajriba-sinov qismini loyihalashtirishda bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish va bu jarayonga tizimli yondashish orqali
51
talabalarning kasbiy bilim, ko’nikma va malakasini shakllantirish masalasiga
alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, pedagogik yo’nalishda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar
o’zining tashkiliy-metodik asoslariga tayanib, quyidagi bosqichlarda
loyihalashtiriladi:
1) tadqiqot uchun tanlangan muammoning ijtimoiy-pedagogik, psixologik
mohiyatini to’g’ri anglash va dolzarblik darajasini aniqlash, uning kontseptual
va maqbul echimini topish yo’llari hamda vazifalarini oqilona belgilash
maqsadida tashkil etiluvchi nazariy-prognostik tahlil;
2) mavjud manbalarga tayangan holda tanlangan muammoning ijobiy,
echimini samarali hal qilish maqsadida tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan
nazariy g’oyalar, ilmiy faraz asosida maxsus metodikani shakllantirishga
yo’naltirilgan amaliy faoliyat;
3) shakllantirilgan maxsus metodikanining tadqiqot ob’ekti sifatida
tanlangan ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya amaliyotiga tatbiq etilishi va
uning samaradorlik darajasini belgilash bilan bog’liq eksperimental bosqich.
Mazkur texnologik bosqichlarning o’ziga xosligi va ularning pedagogik
tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishiga ta’sirini o’rganilib,
tadqiqotning eksperimental bosqichi bilan bog’liq faoliyatning maqsad va
vazifalari quyidagicha belgilandi.
Tadqiqot maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning
pedagogik shart-sharoitlarini asoslash hamda jarayon muvaffaqiyatini
ta’minlovchi shakl, metod va vositalarni ishlab chiqishdan iborat etib
belgilandi.
Mazkur maqsadga erishish uchun:
- OTMlaridagi o’quv-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil
qilish;
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga ta’sir ko’rsatuvchi
ob’ektiv va sub’ektiv omillarni aniqlash;
52
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-
sharoitlarini belgilash;
- tizimli yondashuv asosida kasbiy moslashtirish jarayonining modeli,
texnologiyasini ishlab chiqish;
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashish darajasini aniqlovchi
mezonlarni ishlab chiqish va tahlil etish.
Belgilangan vazifalarning amaldagi faoliyat talablari bilan qat’iy
bog’liqligini ta’minlash maqsadida tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda
loyihalashtirildi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida:
- tadqiqot muammosiga ijtimoiy-pedagogik jahatdan yondashish;
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda yosh-psixologik
xususiyatlarini hisobga olish;
- talabalarning pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasini kuchaytirish,
o’zlashtirilgan kasbiy bilimlarni takomillashtirish va rivojlantirish;
- innovatsion o’qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish
masalalariga alohida e’tibor berildi.
Ma’lumki, pedagogik jarayonni o’qituvchi va talabalarning o’zaro
hamkorlikdagi munosabatlari, birgalikdagi faoliyati sifatida tashkil etish, bunda
asosiy e’tiborni “Talabaning o’qitish faoliyatidan talabaning faol o’rganish
faoliyatiga”qaratish bo’lg’usi mutaxassislarda kasbiy moslashtirish jarayonidagi
boshlang’ich asos sanaladi. Shunga binoan, tajriba-sinov ishlari quyidagi
yo’nalishda amalga oshirildi:
1. Respondent talabalarda kasbiy moslashuvchanlikning mavjud
holatini aniqlash.
2. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-
sharoitlarini aniqlash va amalga tatbiq etish.
Dastlab, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashish darajasini aniqlash
so’rovnomasi ishlab chiqildi.
53
Mazkur so’rovnomaning tarkibiy tuzilmasi 2 blokdan iborat bo’lib, har bir
blokda maxsus pedagogik topshiriqlar va so’rovlar aks ettirildi.
Tajriba-sinov ishlari jarayonida metodika tarkibidagi bloklar talabalarning
xususiy yo’nalishlardagi kasbiy moslashish darajasini aniqlashga yordam
beruvchi alohida mezon sifatida qabul qilindi, ya’ni:
- Oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim muhiti, shart-sharoitiga
moslashish;
- Kasbiy faoliyatga motivatsion yo’nalganlik, pedagogik faoliyatga
intilish darajasi;
- Kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishga bo’lgan faollik;
- Kasbiy o’zini anglash, faoliyat talablariga moslashish.
Mazkur mezonlarning amaldagi mavjud holati quyi, o’rta va yuqori
darajalar misolida baholandi.
Yuqori daraja – bo’lajak o’qituvchilarda ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy
faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy
kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi yuqori darajada.
Tashkilotchilik, muloqotchanlik, nutq, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi kasbiy
ahamiyatli sifatlar shakllangan.
O’rta daraja – bo’lajak o’qituvchilarda ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy
faoliyat talablariga moslashish, pedagogik faoliyatga intilish, kasbiy
kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy shakllanish faolligi o’rta darajada.
Talabalarda pedagogik faoliyat yo’nalishidagi kasbiy bilim, ko’nikma va
malakalarini o’zlashtirish ehtiyoji mavjud, biroq, bu ehtiyoj doimiy xarakter
kasb etmaydi, shu sababli ular bu yo’ldagi amaliy harakatlarni tashkil etishga
urinmaydilar.
Quyi darajada – mazkur toifa talabalarda kasbiy yo’nalganlik asosan
majburiylik motivlariga asoslangan, ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy faoliyat
talablariga moslashish stereotiplarga tayanadi. SHuningdek, bu talabalar kasbiy
kompetentsiyalarni o’zlashtirishning ijtimoiy –pedagogik zaruriyatini to’la
anglamaydilar.
54
Tajriba-sinov ishlariga Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va
psixologiya” fakultetining 1-4 kurs talabalaridan iborat jami 200 nafar
respondentlar jalb etildi.
Tajriba-sinov ishlarining dasturiga muvofiq tajriba-sinov ishlarining
birinchi bosqichida bo’lajak o’qituvchilarning ta’lim muhiti, sharoiti, kasbiy
faoliyat talablariga moslashish darajasi, pedagogik faoliyatga intilish
motivatsiyai, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirganlik darajasi o’rganildi.
Bunda kuzatish, faoliyat mahsulini o’rganish, suhbat, anketa kabi
metodlardan foydalanildi.
Ikkinchi bosqchida olingan natijalar tahlili va aniqlovchi tajriba
yakunlariga asoslangan holda bo’lajak o’qituvchilardagi kasbiy moslashish
jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi rivojlantiruvchi dastur va
tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Bunda quyidagi samarali ish shakllaridan foydalanildi:
1). Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondent-talabalar uchun “Kasbiy
moslashuv jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari”, “Muhit va sharoit – shaxs
imkoniyatlari” kabi mavzularda ma’ruza-munozaralar, binar ma’ruzalar,
treninglar, debatlar tashkil etildi. SHuningdek, talabalar o’rtasida “Mening
kutuvlarim” mavzusida ijtimoiy so’rov ham o’tkazildi. Ya’ni bunda
talabalarning bo’lajak mutaxassis sifatida oliy ta’lim muassasasi va professor-
o’qituvchilardan kutayotgan imkoniyat va shart-sharoitlari o’rganildi.
2). Trening mashg’ulotlari. Tadqiqot ishining 2.2. paragrafida bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish modeli va texnologiyasiga tayangan holda,
talabalar o’rtasida interaktiv seminar-treninglar tashkil etildi. Bunda
ishtirokchichilarning faolligi, o’quv materiali mohiyatini anglash, mavzuga
ijodiy yondashish, hamkorlik muloqotlarining shakllantirilishiga alohida e’tibor
qaratildi. Seminar-treninglarda:
“Pedagogik faoliyatning xususiyatlari va tahlili”;
“Ta’limdagi innovatsion islohotlar”;
“O’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari”;
55
“Zamonaviy o’qituvchi imidji”;
“Mening kasbiy kelajagim”;
“Agar men...” kabi mavzular tahlil etildi.
Mazkur ish shakllarining amaldagi tatbiqi bo’lajak o’qituvchilardagi
qator ijobiy sifatlarni, xususan:
- muloqotga kirishuvchanlik;
- faollik;
- o’quv va boshqa ko’rinishdagi ijtimoiy faoliyatlarni tashkil etishga
ijodiy yondashish;
- o’z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini to’la namoyon etish;
- kasbiy faoliyatni tashkil etishga mas’uliyatli yondashish;
- bilish faolligini shakllantirishga olib keldi.
3). Tadqiqot doirasida bo’lajak o’qituvchilar bilan vaziyatli topshiriqlar va
“keys” larni echish (muammoli vaziyatlarni hal qilish)ga oid mashqlar
tashkillashtirish.
Ushbu bosqichda tashkil etilgan amaliy ish natijalaridan ko’zlangan
maqsad talabalarning mavjud nazariy bilimlarni kasbiy ko’nikma va
malakalarga aylantirishga qaratildi.
4). Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy moslashuvchanlikni shakllanganlik
darajasini aniqlashga doir tashxis xaritalari ishlab chiqildi. Tajriba-sinov
ishlarining har bir bosqichida mazkur tashhis xaritalari, suhbat, assementlar
orqali respondentlarning natijaviy ko’rsatkichlari aniqlab borildi (3-4 ilova).
Shunday qilib, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga qaratilgan
tajriba-sinov ishlarining muayyan dastur va rejaga asosan olib borilishi,
belgilangan maqsadga erishish va kutilgan natijalarni qo’lga kiritish imkonini
berdi. Buni turli bosqichlarda tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari natijalarining
dinamik o’sishidan ham anglash mumkin. Ishning navbatdagi bandida tajriba-
sinov ishlari natijalari va ularning qiyosiy hamda statistik tahlili haqida so’z
yuritiladi.
56
2.Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarining statistik tahlili
Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida qo’lga kiritilgan
natijalarning haqqoniyligi va ishonchliligini o’rganish maqsadida ularni miqdor
va sifat jihatidan tahlil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining dastlabki bosqichida maxsus ishlab
chiqilgan anketa so’rovlari asosida respondentlardagi kasbiy moslashishning
mavjud holati yuqorida belgilangan mezonlar asosida aniqlandi va
respondentlarning javoblari tahlil etildi.
Tadqiqotda asosiy maqsad bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish
darajasini oshirishga yo’naltirilib, belgilangan maqsadning kafolatli natijasi
pedagogik jarayonning shaxsning kasbiy yo’nalganligi, kasbiy bilimlarning
o’zlashtirilishi, olingan ta’lim sifati va yaratilgan pedagogik shart-
sharoitlarningtalaba imkoniyatlari va qiziqishlari doirasidan kelib chiqib amalga
oshirilishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov
ishlarining natijalarini tahlil etish mazkur fikrlarning amaldagi tasdig’ini yana
bir bor isbotladi.
Ma’lumki, kasbiy moslashtirishida bo’lajak mutaxassisning motivatsion
tayyorgarligi muhim o’rin tutadi. Bo’lajak o’qituvchining motivatsion
tayyorgarligining asosini kasbiy yo’nalganligi ya’ni o’z kasbi,
mutaxassisiligining mohiyatini tushuna olishi, kasbiy faoliyatiga nisbatan o’zida
pozitiv munosabatni tarkib toptirishi, kasbiy hayotiy maqsadlarining aniqligi,
bilish faoliyatiga qiziqishning rivojlanishi tashkil etadi. Bu mutaxassisining
ta’lim olish jarayonidagi o’zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirishida, namoyon
bo’ladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tajriba-sinov ishlari so’rovnoma
tarkibidagi I-blok murojjatlari talabalardagi motivatsion tayyorgarlik, kasbiy
yo’nalganlik va kasbiy sifatlarning shakllanganlik darajasini baholashga
qaratildi.
Ma’lumki, talabalik davri - mehnat hayotida o’z-o’zini aniqlab olish yoshi
bo’lib, bu vaqt talabada o’zining kelajakdagi kasbiy hayotiy maqsadlarini aniq
belgilab olish intilishi paydo bo’ladi. Bu davrda talaba ongli to’g’ri qarorqabul
57
qilishi uchun birinchidan, amaldagi mehnat bozorining u yoki bu kasb turiga
bo’lgan ehtiyojini, ikkinchidan, o’z moyilligi va bu kasb qo’yadigan talablarga
qanchalik muvofiq kelishini bir so’z bilan aytganda tanlangan kasb mohiyatidan
to’liq xabardor bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
So’rovnoma natijalarini o’rganish bo’lajak o’qituvchilarning motivatsion
tayyorgarligini yoritishning quyidagi jihatlariga alohida e’tibor berish lozimligi
ko’rsatadi:
1. Talabalardagi ichki sabablarga asoslangan kasbiy yo’nalganlik
(motivlar, ehtiyojlar, maqsad va qiziqishlar asosida shakllangan kasbiy
yo’nalganlik). Bu asosan 3-4 bosqich talabalariga xos xususiyat sifatida tadqiq
etildi.
2. Talabalardagi tashqi sabablarga asoslangan kasbiy yo’nalganlik ya’ni
kasbiy faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatiga asoslangan
yo’nalganlik. Bu xususiyat aksariyat 1 - bosqich respondentlarida kuzatildi.
Xususan, 1-bosqich talabalarining 17 tasida pedagogik faoliyatga intilish
darajasi yuqori, 20 tasida o’rta, 13 tasida quyi daraja aniqlandi.
Ikkinchi bosqchi talabalarida bu ko’rsatgich quyidagicha ko’rinishni aks
ettirdi, ya’ni jami 50 talabadan 12 tasida pedagogik faoliyatga intilishning
yuqori darajasi, 17 tasida o’rta va 21 tasida quyi daraja kuzatildi.
Uchinchi bosqichda yuqori daraja 15 ta respondentda, o’rta daraja 21 ta va
quyi daraja 14 ta respondentda aniqlandi.
Bitiruvchi kurs talabalarining so’rovnoma savollariga bergan javoblari
tahlil etilganida pedagogik faoliyatga intilishning yuqori darajasi 25 ta, o’rta
darajasi 13 ta va quyi daraja 12 ta respondentda o’rganildi.
Natijalardan ko’rinib turibdiki, pedagogik faoliyatga intilish motivatsiyasi
1-4 bosqich talabalarida 2-3 bosqchi talabalariga qaraganda yuqoriroq natijalar
ko’zga tashlandi. Buning sababini kasb tanlash motivlari, kasbiy o’zini anglash,
kasbiy tasavvurlar bilan bog’lab tahlil etish maqsadga muvofiqdir. CHunki,
dastlabki kasbiy tasavvurlar ta’sirida pedagogik faoliyatga intilish darajasi
yuqori bo’lsa(1-bosqich), kasbiy faoliyatning shaxsga qo’yadigan talablari,
58
kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishdagi mashshaqqatlar hamda moslashish
jarayonidagi qiyinchiliklar bu intilishning muayyan davrda susayishiga (2-3
bosqich) sabab bo’lgan. Kasbiy moslashish jarayonlarining samarali kechishi,
kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish, kasbiy faoliyatda o’zini anglash esa
4-bosqich talabalirdagi faol kasbiy pozitsiyaning shakllanishiga sabab
bo’lgan.
3.2.1.jadval Pedogogik faoliyatga moslashish darajasi
Bosqichlar Tajriba avvalida, n = 200 ta
Tajriba guruhi
( har bir bosqichda 25 tadan )
Nazorat guruhi
( har bir bosqichda 25 tadan )
yuqori o’rta past yuqori o’rta past
I 9 10 6 8 10 7
II 6 8 11 6 9 10
III 8 10 7 7 11 7
IV 12 7 6 13 6 6
59
3.2.1.rasm Pedagogik faoliyatga moslashish darajasi (Tajriba guruhi)
3.2.2- rasm. Pedagogik faoliyatga moslashish darajasi (Nazorat guruhi)
Yuritilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, birinchi bosqich talabalaridagi
kasbiy yo’nalganlikning tashqi sabablarga asoslanishi ulardagi kasbiy axborot,
kasbga munosabat va kasbiy maxsus bilimlarining to’liq
o’zlashtirilmaganligining ifodasidir. Shuning uchun talabalarning pedagogik
kasb doirasida muvaffaqiyatli harakat qilishini ta’minlovchi bilish faolligini
60
rivojlantirish, mustaqil bilim olishga, o’z imkoniyatlarini kasbiy faoliyatda
sinab ko’rishga o’rgatish, shuningdek, kasbiy bilim va ko’nikmalarni faol
o’zlashtirishiga zamin hozirlash bilan shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir.
Shu nuqtai nazardan, “Kasbiy moslashish darajasini aniqlash”
so’rovnomasining II – bloklaridagi murojaatlar respondentlardagi kasbiy
moslashish darajasini aniqlash maqsadiga yo’naltirildi.
Shakllantiruvchi tajriba davrida amalga oshirilgan tadbirlar o’zining
amaliy natijalarini berdi. Bu holat ta’kidlovchi tajriba davrida respondent-
talabalar o’rtasida qayta anketa so’rovlarini tashkil etish va ularning natijalarini
tahlil qilish chog’ida dinamik o’sish ko’rsatkichlarida kafolatlandi.
3.2.2.jadval Pedogogik faoliyatga moslashish darajasi
Bosqichlar Tajriba so’ngida, n = 200 ta
Tajriba guruhi
( har bir bosqichda 25 tadan )
Nazorat guruhi
( har bir bosqichda 25 tadan )
yuqori o’rta past yuqori o’rta past
I 10 11 4 8 11 6
II 8 8 9 7 9 9
III 11 10 4 7 12 6
IV 14 9 2 13 6 6
61
Mazkur bosqichda olingan natijalar asoslovchi tajriba natijalari bilan
qiyosiy o’rganilganda tajriba guruhida har ikki bosqich natijalari o’rtasida
sezilarli farqlar mavjudligi ko’zga tashlandi. Nazorat guruhlarida esa har ikki
bosqich tajriba ishlari natijalari o’rtasida kutilganidek sezilarli farqlar ko’zga
tashlanmadi.
Har qanday tadqiqot ishida bo’lganidek, tajriba-sinov ishlarini tashkil
qilish va olingan natijalarni tahlil etishdan ko’zlangan maqsad –natijalarning qay
darajada ijobiy tomonga o’zgarganligi, taxminlarning ishonchlilik darajasini
aniqlashdan iborat. Shunga asosan tadqiqot yakunida tajribadan avvalgi va
keyingi vaziyatlarda respondentlarda kasbiy moslashish darajasining
rivojlanganligini dinamik o’sishini o’rganish maqsadida asosloslovchi va
ta’kidlovchi tajribalar natijalari asosida matematik-statistik tahlil amalga
oshirildi. Natija ko’rsatkichlarini diagrammada aks ettirish mavjud holatni
yanada yaqqol tasvirlash imkonini berishini e’tiborga olgan holda,
ko’rsatkichlarning diagrammasi shakllantirildi(3.2.3, 3.2.4-rasmlar):
62
3.2.3 –rasm. Tajriba guruhi
0
2
4
6
8
10
12
14
1-босқич 2-босқич 3-босқич 4-босқич
юқўри
ўрта
паст
3.2.4-rasm. Nazorat guruhi
Yuqorida keltirilgan har ikki jadval ko’rsatkichlari asoslovchi va
ta’kidlovchi tajribalar davrida birinchi va to’rtinchi kurs talabalari kasbiy
tayyorgarligining shakllanganlik darajasi bo’yicha tajriba guruhlarida sezilarli
natijalar ko’zga tashlanganligini, nazorat guruhlarida esa natijalarning deyarli
o’zgarmaganligini tasdiqlaydi. Mazkur fikrning asosli ekanligini tasdiqlash
maqsadida jadval ko’rsatkichlarini matematik-statistik metod yordamida qayta
tahlil qilish talab etiladi. Ishning birinchi bobida aytib o’tilganidek, matematik-
statistik tahlil uchun Styudent-Fisher metodi tanlandi. Matematik-statistik tahlil
63
uchun 3.2.2-jadval, ya’ni, tajriba yakunida talabalarning kasbiy moslashish
darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar qabul qilindi.
Metod mazmuni bo’yicha dastlab tajriba va nazorat guruhlari bo’yicha
ta’kidlovchi tajriba davrida qayd etilgan ko’rsatkichlar birinchi va ikkinchi
tanlanmalar sifatida qabul qilindi. Har ikki tanlanma uchun mos keladigan
ko’rsatkichlar 3.2.2-jadvaldan olinib, ular asosida quyidagi jadval shakllantirildi
(3.2.3-jadval):
3.2.3-jadval. Statistik tahlil uchun qabul qilingan
tanlanmalar ko’rsatkichlari
Tanlanma-
lar
Guruhlarning
matematik
ifodasi
Respondentlar
soni
Daraja ko’rsatkichlari
Yuqori O’rta Past
1-tanlanma Xi m I 100 43 38 19
2-tanlanma Yj n I 100 35 38 27
3.2.3-jadval ko’rsatkichlari tajriba va nazorat guruhlari uchun tanlanma
modal qiymatlarining mos ravishda Mt 5 va Mn 3 ga tengligini ko’rsatadi.
Bu esa ular o’rtasidagi farq sezilarli darajada ekanligini va u Styudent-Fisher
metodi shartini qanoatlantirishini tasdiqlaydi. Mazkur holat (Mt Mn) tajriba
guruhlari va nazorat guruhlarida qayd etilgan natijalarning bir-biridan keskin
farq qilishini asoslaydi. 3.2.4-jadvalga muvofiq tajriba va nazorat guruhlarining
ko’rsatkichlari quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
1,486
355)63132160(
86
1)321433532(
86
113
1
n
i
iixnm
X
8,384
315)11710890(
84
1)339427518(
84
113
1
n
i
ii уnn
Y
Hisoblash natijalari tajriba guruhlaridagi natijalar nazorat guruhlaridagi
natijalarga qaraganda yuqori ekanligini tasdiqladi. Mazkur holat matematik
nuqtai nazardan X Y tarzda ifodalanadi.
64
Dastlabki hisoblash natijasiga ko’ra bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
faoliyatga moslashtirishning turli (yuqori, o’rta, past) darajalarining o’rtacha
qiymatiga ko’ra har ikki guruh uchun tarqoqlik koeffitsientlarini aniqlash
maqsadda tanlanma dispersiyalari topildi:
60,086
66,51
86
41,2533,092,25
86
21,12101,03381,032
86
)1,43(21)1,44(33)1,45(32)1/()(
2223
1
2
n
i
iiт mxxnD
61,084
96,51
84
96,2408,192,25
84
64,03904,02744,118
84
)8,33(39)8,34(27)8,35(18)1/()(
2223
1
2
n
i
iiн nууnD
Har guruh uchun topilgan tanlanma dispersiyalari o’rtacha kvadrat
chetlanishlarni topishga xizmat qiladi, ya’ni:
77,060,0 т 78,061,0 н
Hosil bo’lgan qiymat yordamida esa tajriba va nazorat guruhlari uchun
variatsiya ko’rsatgichlari topiladi:
18,01,4
77,0
X
тт
20,0
8,3
78,0
У
нн
Styudent-Fisher metodining mohiyatiga ko’ra statistik alomatning
qiymatdorlik darajasini 0,05 deb qabul qilingan. SHunga ko’ra Laplas
funktsiyasi jadvalidan statistik tahlil uchun kritik nuqta (tkr) quyidagi tenglikda
aniqlanadi:
45,02
9,0
2
05,021
2
21t kp
Statistik alomatning qiymatdorlik darajasi ( 0,05)ga ko’ra kritik nuqta
(tkr) 1,67 ga teng bo’ladi. Ana shu ko’rsatkich yordamida baholashning ishonchli
chetlanishlarini quyidagi formula asosida topish mumkin:
1) tajriba guruhlaridagi ishonchli chetlanish
65
10,006,067,13,9
60,067,1
86
60,067,1
m
Dt т
т ga;
2) nazorat guruhlaridagi ishonchli chetlanish:
12,007,067,12,9
61,067,1
84
61,067,1
n
Dt n
к ga teng.
Ishonchli chetlanish qiymatlari esa o’z navbatida tajriba va nazorat
guruhlar uchun ishonchli intervallarni topishga yordam beradi. Ya’ni:
1) tajriba guruhlaridagi ishonchli interval:
m
DtXа
m
DtX m
хт
10,01,410,01,4 ха 2,40,4 ха ga;
2) nazorat guruhlaridagi ishonchli interval esa:
n
DtYа
n
DtY n
yn
12,08,312,08,3 yа 92,368,3 уа ga teng.
Tajriba va nazorat guruhlarida qayd etilgan ishonchli intervallarning
qiymatlarini geometrik ko’rinishda ifodalash tajriba-sinov ishlari natijalari
to’g’risidagi yaqqol tasavvurni hosil qiladi. Agarda hosil bo’lgan ishonchli
intervallar qiymatlarini geometrik shaklda ifodalash natijasida quyidagi yotiq
geometrik tasvir hosil bo’ladi:
Demak, x = 0,05 qiymatdorlik darajasiga muvofiq tajriba guruhlarida
qo’lga kiritilgan o’rtacha qiymatlar nazorat guruhlarida qayd etilgan o’rtacha
qiymatdan yuqori ekanligi tasdiqlandi.
Matematik-statistik tahlilning yakuniy bosqichida tajriba va nazorat
guruhlarida qayd etilgan kasbiy faoliyatga molashtirish ko’rsatkichlarining
o’rtacha qiymatlari ( Х = 4,1; Y = 3,8) hamda har ikki guruh uchun xos bo’lgan
3,69 3,91 a
4,16 4,04
66
ishonchli interval qiymatlari ( ;10,0т 12,0н )ga asoslangan holda tajriba-sinov
ishlarining sifat ko’rsatgichlari quyidagi formula yordamida aniqlandi:
03,191,3
04,4
11,08,3
06,01,4
)(
)(
н
тусб
Y
ХК > 1;
13,091,304,4)11,08,3()06,01,4()()( нтбдб YХК > 0;
Matematik-statistik tahlil natijalari bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy
faoliyatga moslashtirish darajasi baholash mezonining birdan, sinov ishlari
davrida amaliyotga tatbiq etilgan maxsus metodika va dasturning
samaradorligini baholash mezonining esa noldan kattaligini ko’rsatdi.
Bu esa tajriba guruhlarida nazorat guruhlariga qaraganda ilmiy-pedagogik
tajribaning yakuniy bosqichida ifodalovchi ko’rsatgichlar asoslovchi tajriba
ko’rsatkichlaridan keskin farq qilishini bildiradi. Ushbu holat tajriba-sinov
ishlarining samarali tashkil etilganligini tщla tasdiqlaydi.
Shunday qilib, natijalar asosida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy
faoliyatga moslashtirish uchun tavsiya etilgan maxsus metodikaning
samaradorligi bilan belgilandi. Tajriba va nazorat guruhlari misolida olib
borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini qiyosiy o’rganish va statistik tahlil
mazkur fikrning haqqoniyligini yana bir bor tasdiqladi.
67
III BOB BO’YICHA XULOSALAR
1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish, avvallo mazkur ta’lim
muassasalaridagi shart-sharoit, imkoniyatlarning belgilangan malaka
darajasidagi mutaxassislar tayyorlash talabiga mos kelish doirasini ilmiy-amaliy
jihatdan tadqiq etishni nazarda tutadi. Bu esa tajriba-sinov ishlari davomida
muammoning mazkur jihatiga alohida e’tibor qaratib, maxsus diagnostik
metodlardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
2. Tadqiqot muammosining amaldagi xolatini tahlili bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga yo’naltirilgan amaldagi metodikani
ta’limning zamonaviy tendentsiyalari asosida takomillashtirish zaruratini
asosladi va bu xulosa pedagogik tajriba-sinov ishlarida:
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning innovatsion shakl va
metodlarini aniqlash, amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor berish lozimligini
isbotladi.
3. Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarning miqdor ko’rsatkichlari
va qiyosiy tahlili bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda umumkasbiy
va maxsus fanlarning o’qitilishiga innovatsion asosda yondashish ya’ni mazkur
jarayonda pedagogik va axbrot texnologiyalaridan samarali foydalanish;
- mustaqil-ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan pedagogik jarayon mazmunini
belgilash, uni amalga oshirish;
- pedagogik amaliyot va uni tashkil etishning samarali yondashuvlarini
ishlab chiqish;
- talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini tizimli, individuallashtirilgan
holdagi interfaol o’qitish dasturlari orqali shakllantirib borish tadqiqot
maqsadini amalga oshiruvchi zaruriy chora-tadbirlardan ekanligiga ishonch
hosil qilindi.
68
UMUMIY XULOSALAR
Jamiyat rivojlanib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan ijtimoiy
talablarning ortib borishi pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimida ham
mazmuniy va sifat jihatidan o’zgarishlar zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ushbu
muammoning dolzarbligini ta’kidlab, prezidentimiz I.Karimov “Biz yurtimizda
yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarni
ma’naviy dunyosini shakllantirishda o’qituvchi mehnatini qanchalik muhim
o’rin tutishini yaxshi bilamiz. Chunki, o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va
ziyo olib kiradigan, balki minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini, hayot
maktabini uqtiradigan mo’’tabar zotdir” degan edi. Shuning uchun ham bozor
munosabatlari sharoitida oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga bo’lgan jamiyat
talablaridan kelib chiqib, malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati yanada
kuchaydi.
Tadqiqot muammosining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish, olib borilgan
kuzatishlar va tahlil natijalari OTMlaridagi o’quv-tarbiya jarayoni bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonida katta imkoniyatlarga ega
ekanligini ko’rsatdi. Ammo mazkur jarayonga bir tomonlama yondashish
mutaxassislarning sifat darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatayotganligi ham
amaliyotda tasdiqlandi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy talablar,
demokratik tamoyillar, shuningdek ishlab chiqarishning mutaxassis shaxsiga
qo’yayotgan malakaviy talablaridan kelib chiqib modernizatsiyalash dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda ularning shaxsiy
yo’nalganligi va kasbiy motivatsiyasi etakchi ijtimoiy-psixologik omillardan biri
bo’lib, mazkur jihatlar ta’lim oluvchilarning tanlangan faoliyat sohasiga
moslashish jarayonini jadallashtiradi.
Ya’ni, empirik tahlillar asosida bugungi kunda pedagog mutaxassislar
tayyorlash jarayoniga yaxlit loyiha sifatida qaralib, unga nafaqat mazmun, balki
o’qituvchi va talabalar faoliyati birligi misolida yondashish e’tibordan chetda
69
qolayotganligi aniqlandi. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga
qo’yiladigan zamonaviy talablar mazkur ta’lim muassasalaridagi pedagogik
jarayonni tashkillashtirishga nisabatan innovatsion yondashuv zaruratini keltirib
chiqaradi. Bu esa tadqiqot doirasida kasbiy moslashtirish jarayoniga ta’sir
etuvchi pedagogik-psixologik omillar va zaruriy shart-sharoitlarni
aniqlashtirishni nazarda tutadi.
Shu bois, tadqiqot doirasida mazkur omillarning bo’lajak o’qituvchilarni
kasbiy moslashtirish jarayoniga ta’siri o’rganildi va bu boradagi samarali chora-
tadbirlar majmuasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
Natijalarning yakuniy tahlili va pedagogik-tajriba sinov ishlarining samaradorlik
darajasiga asoslanib, ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan quyidagi
xulosalar shakllantirildi:
1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish nazariyasi tahlili
natijasida uning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etildi.
2. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish mazmunini pedagog mutaxassis
shaxsiga quyiladigan zamonaviy kasbiy talab va takliflar darajasida
takomillashtirish zarurati asoslab berildi.
3. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda o’quv jarayonini tashkil
etishga innovatsion yondashuvni qaror toptirish zarurati va bunda yaratilgan
pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligi mutaxassislar kasbiy moslashishini
shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatishini tajriba natijalari tasdiqladi.
4. Yangicha mazmundagi o’quv metodik majmualarni yaratish, o’qitish-
ning innovatsion shakl va metodlarini o’quv jarayoniga tadbiq etish va tizimli
monitoring jarayonini yo’lga quyish talabalarning bilish faolligini ta’minlashda,
ularning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda hamda kasbiy
tayyorgarlikning shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi.
Yuqorida keltirilgan xulosalar bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
moslashtirishning mavjud holatini aniqlashga va bu jarayon samaradorligini
oshirishga qaratilgan quyidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishimizga asos
bo’ldi:
70
- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning mazmunini zamonaviy
talablar asosida takomillashtirish;
- bitiruvchi kurslarda “Innovatsion o’qitish texnologiyalari”, “Tarbiya
texnologiyalari” kurslarining o’qitilishini yo’lga qo’yish;
- bo’lajak o’qituvchilardagi kasbiy moslashishni shakllantirish jarayonida
pedagogik amaliyot ishlarini samarali tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratish;
- o’quv-tarbiya jarayonida shaxsga yo’naltirilgan pedagogik
texnollogiyalardan maqsadli foydalanish.
71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2012 y. –
46 b.
II. O’zbekiston Respublikasi Prizdenti I.A.Karimovning asarlari
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
– 173 b.
2. Karimov.I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.:
O’zbekiston, – 201, – 439 b.
III. Asosiy adabiyotlar
1. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – T.: O’qituvchi, 1992. –
160 b.
2. Abduvalieva M.I. Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasbiy moslashuvini
shakllantirish va rivojlantirish: Ped.fanl.nomz. ... diss. – T.: 2008. –134 b.
3. Абдукаримов Х. Профессиональное воспитание личности учителя в
процессе непрерывного педагогического образования.: Автореф. дисс.
…докт. пед. наук. – Т.: 1997. – 46 с.
4. Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Hadis. Al-Jomiy as-
sahih (Ishonarli to’plam). 4 kitob. 1-kitob / Arabchadan Z.Ismoil tarjimasi.
– T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. – 560 b.
5. Азизходжаева Н.Н. Основные тенденции развытия высшего
педагогического образования в Узбекистане (1960-1980 г.г.): Автореф.
дисс… докт. пед.наук. – М.: 1991. – 37 с.
6. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.:
Moliya, 2003. – 192 b.
7. Azizxodjaeva N.N. O’qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi.
– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. – 52 b.
72
8. Allamuratov SH.I. Kasbiy fanlar darsligi qanaqa bo’lishi kerak? // Kasb-
hunar ta’limi j. – T.: 2001. 4-son. – B-23-25.
9. Arziqulov D. Psixologik-pedagogik treninglar orqali kasbiy mahoratni
oshirish // Kasb-hunar ta’limi j. – T.: 2002. 4-son. – B-28.
10. Asqarova O’.M., Hayitboev M., Nishonov S.M. Pedagogika. – T.: Talqin,
2008. – 287 b.
11. Ахлидинов Р. Ш. Социально-педагогические основў
совершенствования обҳего среднего образования (аспекты
управления): Автореф.дисс. … канд.пед.наук. – Т.: 1998. – 21 с.
12. Ahmadaliev S.Y. Bo’lajak mehnat ta’limi o’qituvchilarini kasbiy-
pedagogik faoliyatga moslashishining ilmiy-metodik asoslari:
Ped.fanl.nomz. ... diss. avtoref. – T.: 2008. – 22 b.
13. Axborot tizimlari va texnologiyalari / S.S.G’ulomov va boshq. – T.: SHarq
nashriyot-matbaa kontserni, 2000. – 592 b.
14. Беляева А.П. Дидактические принципы профессиональной
подготовки в профтехучилищах. –М.: Высшая школа, 1991. – 208 с.
15. Беляева А.П. Интегративно-модульная педагогическая система
профессионального образования. – СПб.: Радом, 1997. –226 с.
16. Беспалько В.И. Педагогика и прогрессиное технологии обучения. –
М.: ИРПО, 1996, –336 с.
17. Бойкова Л.А., Гребенкино И.А. Педагогическое мастерство и
педагогические технологии. – М.: Педобщество России, 2001. – 247 с.
18. Boymurodova G. O’qituvchilarning kasbiy-shaxsiy sifatlarini
shakllantirishda interfaol yondashuvning o’rni // Uzluksiz ta’lim j. – T.:
2008. №1, – B - 44-47.
19. Борисова Е.М. Профессиональное самоопределение: личностной
аспект: Автореф. дисс. …докт. психол. наук. –М.: 1995. – 41 с.
20. Боева И.А.Психология профессиональной деятельности учителя.
–Л.: ЛГПИ, 1990. – 86 с.
73
21. Васильев Ю.К., Анисимов В.В. Политехническаянаправленность
профессиональной подготовки. –М.: Просвещение, 1993. – 123 с.
22. Вербицкий А.А., Платонова Т.А. Формирование познавательной и
профессиональной мотивации. – М.: Педагогика. 1986. – 124 с.
23. Выготский Л.С. Педагогическая психология /Под ред. В.В.Давыдова.
– М.: Педагогика. 1991. – 480 с.
24. Гробар М.И., Краснянская К.А. Применение математической
статистики в педагогических исследованиях. Непараметрические
методи. – М.: Педагогика, 1977. – С. 54-57.
25. Davletshin M.G. Yаngi turdagi pedagogik o’quv yurtlariga Talabalarni
tanlash metodikasi. – T.: 1997. – 9 b.
26. Davletshin M.G, Do’stmuhamedova SH., va boshq. Yosh davrlar va
pedagogik psixologiya. – T.: 2009. – 130 b.
27. Davlatov K. va boshq. Mehnat va kasb ta’limi nazariyasi hamda
metodikasi. –T.: O’qituvchi, 1992. – 320 b.
28. Джураев Р.Х. Организационно-педагогические основы
интенсификации системы профессиональной подготовки в учебных
заведениях профессионального образования: Автореф. дисс. …
док.пед.наук. - СПб.: 1995. –43 с.
29. Jalilova S.X., Haydarov I.F., Xalilova N.I. Kasb psixologiyasi. –
T.:Nizomiy nomidagi TDPU, 2010. – 128 b.
30. Зимняя И.А. Педагогическая психология / Учеб.пособие для
студентов высш.пед.учеб.заведений. – Ростов-н/Д.:1997. – 382 с..
31. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. – T.: SHarq NMK, 2004. – 335 b.
32. Зеер Э.Ф., Шахматова Н. Личностью ориентированные технологии
пофессионального развития специалиста. – Екатеринбург, 1999. – 244
с.
33. Ильин Н.Е. Мотив и мотивации. – М.: Питер, 2008. – 508 с.
74
34. Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. – T.: Nizomiy
nomidagi TDPU, 1999. – 152 b.
35. Inomova M.O. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy
qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Ped.fanl.dokt. ... diss. –
T.: 1998. – 317 b.
36. Иноятов У.И. Теоретические и организационно-методические основы
управления контроля качества образования в профессиональном
колледже: Дисс. ... докт. пед. наук. – Т.: 2003. – 327 с.
37. Isaeva G.P Talabalarning zamonaviy kasbiy bilim va ko’nikmalarini
shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari (pedagogika kolleji
misolida): Ped.fanl.nomz. ... diss. – T.: 2007. – 156 b.
38. Ismoilova N., Abdullaeva D. Trening o’tish metodikasi. – T.: “Fan va
texnologiyalar”, 2009. – 96 b.
39. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Direktorning ish kitobi
(amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2007. – 121 b.
40. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy
tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2008. – 180 b.
41. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Taribyada innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy
tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2009. – 160 b.
42. Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotga joriy qilish / O’qituvchilarning ilg’or pedagogik texnologiyalar
bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirish kurslari trenerlari uchun
qo’llanma. Mas’ul muharrir: S.Hasanov. – T.: A.Avloniy nomidagi
XTXQTIOMI, 2008. – 130 b.
43. Yo’ldoshev J.G’., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.:
RTM, 2004. – 104 b.
44. Kaykovus, Unsurul-Maoniy. Qobusnoma. – T.: O’qituvchi, 1986. – 164 b.
75
45. Кларин М.В. Инновации в мировой педагогике: обучение на основе
исследования, игры и дискуссии. – Рига: НПЦ Эксперимент, 1995. – 108 с.
46. Климов Е.А. Как выбирать профессию /Кн. для учащихся стар.
классов. средней школы. – М.: Просвещение, 1990. – 158 с.
47. Kolechenko A.K. Razvivayuщaya lichnost i pedagogicheskie texnologii. –
SPb.: Obrazovanie, 1992. – S. 27-34.
IV. Qo’shimcha adabiyotlar
1. Коджаспирова Г.М. Педагогика – в схемах, таблицах и опорных
конспектах. – М.: Владос, 2006. – 189 с.
2. Климов Е.А. Психология профессионального самоопределения. –
Ростов-на-Дону: Финикс, 1996. – 264 с
3. Крутецкий В.А.,Балбасова Е.Г. Педагогические способности, их
структура, диагностика, условия формирования и развития.
–М.: Наука, 1991. – 224 с.
4. Куранов М. Научно-методические основы национального
воспитания в общеобразовательных средних школах Узбекистана:
Автореф. дисс. ... докт.пед.наук. – Т.:1998. – 40 с.
5 . Курбанов Ш.Э. Социально-педагогические особенности
национальной модели и программы по подготовке кадров:
Дисс. … докт.пед.наук
Т.: 2000. – 371 с.
6. Qurbonov SH., Seytxalilov E. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi:
pedagogik ilmiy tadqiqot muammolari va yo’nalishlari. – T.: Fan,
1999 y. – 189 b.
7.. Курбанов Ш.,Сейтхалилов Э. Национальная программа по
подготовке кадров. – Т.:Университет,2000. –103 с.
8. Курбанов Ш. Социально-педагогические особенности национальной
модели и программы подготовки кадров: Автореф. дисс. … докт.пед.наук.
– Т.:2000. – 51 с.
76
9. Lutfullaev M., Fayziev M. Ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda axborot
texnologiyalarining o’rni // Kasb-hunar ta’limi j. – T.: 2002. №5-6. B- 25.
10. Мажитова Ш.Н. Педагогические основы целостного развития
личности будущих учителя в процессе профессиональной
подготовки (на примере курсов “Педагогика”): Автореф.дисс. ...
канд.пед.наук. – Т.: 2004. – 24 с.
11. Маркова А .К., Орлов А.Б., Фридман Л.М. Мотивация учения и ее
воспитание у школьников.– М., 1983.–134 с.
12. Маркова А. К., Матис Т.А., Орлов А.Б. Формирования
мотивации учения.–М., 1990. 156 с.
13 Mahkamova M.YU. Bo’lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqot
madaniyatini shakllantirish: Ped.fanl.nomz. ... diss. avtoref. – T.: 1999. – 22 b.
4. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning
nazariy-metodik asoslari: Ped.fanl.dokt. ... diss. – T.: 2007. – 357 b.
5. Muslimov N., Abdullaeva Q., M., Mirsolieva M., “Pedagogik
texnologiyalar” fanini o’qitish bo’yicha o’quv metodik-majmua (pedagogika
oliy ta’lim muassasalarining “Kasb ta’limi” ta’lim yo’nalishi uchun). – T.: “Fan
va texnologiyalar” nashriyoti, 2011. – 252 b.
6. Mustaqil O’zbekiston ta’limi / Tuzuvchilar: J.Yo’ldoshev, R.Ahliddinov,
R.Otaboeva. – T.: SHarq NMK, 1997. – 48 b.
7. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug’at / Mualliflar: M.Abdullaev,
I.Abdullaeva, G’.Abdurazzoqova va boshq. – T.: SHarq NMK, 2000. – 320
Qo’shimcha adabiyotlar
8. Мындыкану В.М. Педагогическая техника и мастерство учителя.–
Кишинев «Штиинца», 1991.– 196 с.
9. Немов Р.С. Психология / Учебное пособие для учащихся
педагогических училищах, студентов пединститутов и работников системы
подготовки, повышения квалификации и переподготовки пед. кадров. – М.;
Просвещение, 1990. – 301 с.
10. Овчарова В.Н. Социальная педагогика. – М.: Сфера, 2000. – 356 с.
77
11. Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova,
R.Hasanov.– T.: O’qituvchi, 1996. – 448 b.
12. Педагогическая энциклопедия. Т-3. – М.: Изд-во Энциклопедия, 1996.
– 569 с.
13. Подласый И.П. Педагогика. Процесс воспитания / Учебник для
студентов. пед. вузов. В 2-х кн. Кн. 2. – М.: Гуманит. Изд. Центр Владос,
1999. – 256 б.
14. Rahimov B.X. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy-madaniy
munosabatlarning shakllanishi.: Ped. fan. nom. … diss. – T.: 2002. – 161 b.
15. Rahimov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida. – T.: O’qituvchi,
1967. – 98 b.
16. Риданова И.И. Основы педагогического общения. – М.: Логос, 2005.
– 176 с.
17. Рогов Е.И. Личность учителя: теория и практика.–Ростов на Дону:
РГПИ, 1996. – 512 с.
18. Saydaxmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.:
O’zMU OPI, 2003. – 68 b.
19. Saydaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiya. – T.: RTM, 2004. – 172
s.
20. Сергеев И.С. Основы педагогической деятельности.– М.: Владос,
2004. –193 с.
21. Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. – М.:
Педагогика, 1998. – 493 с.
22. Сластенин В.А,Чижакова Г.И. В ведение в педагогическую
аксиологию. – М.: Владос, 2005. – 282 с.
23. Tillaeva G. Ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi. – T.: Falsafa va huquq,
2009. – 165 b.
24. Tolipov O’.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy
ko’nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari /
Monografiya. – T.: Fan, 2004. – 173 b.
78
25. Шарипов Ш.С. Педагогические условия формирования
изобретательского творчества студентов.: Автореф.дис….кан.пед.наук.–Т.:
2000.–20 с
26. Sharipov SH.S. Kasb-hunar ta’limida Talabalar ijodkorlik qobiliyatlarini
uzluksiz rivojlantirish. Monografiya. –T.: Fan, 2005. – 140 b.
27. Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston milliy kutubxonasi. – T.: 2009. – 229 b.
28. G’oziev E. Psixologiya. Yosh psixologiyasi / Pedagogika institut va
universitet talabalari uchun o’quv qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 1999. – 223 b.
29. G’oziev E., Mamedov K. Kasb psixologiyasi. – T.: 2003. – 156 b.
30. Haydarova O.Q. Bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim jarayoniga texnologik
yondashuvga tayyorlash: Ped.fan.nomz. ... diss.avtoref. – T.: 2004. – 23 b.
31. Haydarov F.I., Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi. /
O’quv qo’llanma. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. – 178 b.
V. Internet saytlari
www. uza. uz.
www. nasas. com.
tp://azps.ru/articles/pers/indexsz.html.
http://www.glossary.ru/cgibin/gl_sch2.cgi?RDwgmkgtxqul!uh$lxyiu.
http://mirslovarei.com/content_soc/socialnaja-aktivnost-8290.html.
http://www.runovschool.ru/individual.
http://www.lib.ua-ru.net/diss/cont/170889.html.
http://www.lib.ua-ru.net/diss/cont/170889.html.
79
1-ilova
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashganlik diagnostikasi uchun
so’rovnoma
I-Blok.
1. Sizni ta’lim yo’nalishi yoki bilim sohalaridan biri ko’proq qiziqtiradi?
2. O’zingiz tanlagan kasb mohiyatidan xabardormisiz?
3. Sizni pedagogika oliy o’quv yurtida o’qishga undagan asosiy sabab
nima?
4. Pedagogika oliy o’quv yurtiga qabul qilingunga qadar kelgusida
o’qituvchi bo’lishni maqsad qilganmisiz?
5. OTM ga o’qishga kirganigizdan so’ng qachon o’zingizni zaruriy
kasbiy bilim, ko’nikmalarni o’zlashtirishga tayyor deb hisoblagansiz?
6. Siz uchun kasbiy faoliyatda eng qadrli narsa nima?
7. O’qituvchining kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatsizligi nima bilan
bog’liq?
8. Bolalar orasida bo’lganingizda o’zingizni osoyishta va dadil his
qilasizmi?
II-Blok.
1. OTM dagi o’quv jarayonlariga moslashishingiz qana vaqt davom
etdi?(kerakligini tagiga chizing)
1 oygacha
2 oygacha.
3 oygacha.
Hali ham davom etmoqda.
2. Mazkur vaqt davomida Siz uchun qiyinchilik tug’dirgan narsa?
Kasbiy ma’suliyat
Guruhga moslashish
O’qish sharoiti
Qo’shimcha fikringiz_________________________ _________________
4. Sizni bo’lajak kasbiy faoliyatingizga moslashishingizga nimalar
yordam berdi?
Guruhdoshlarim va do’stlarim
80
Ota-onam
O’qituvchilarim
Pedagogik amaliyot
5. Sizda o’qituvchilar bilan konfliktlar bo’lib turadimi?
Ha bazida
Tez-tez
Yo’q umuman.
7. O’zingizni kasbiy faoliyatdagi kelajagingizni qanday baholaysiz?
Juda porloq
Hali bir narsa deyishim qiyin
Hamma qatori, o’rtacha
8. Ba’zida tanlagan kasbingizni o’zgartirish istagi tug’iladimi?
Ha
Tez-tez
Bunday holat bo’lmagan.
9. Sizningcha o’qituvchilarning kasbiy mahorati talabalarning o’quv
sharoitlariga moslashishiga ta’sir ko’rsatadimi?
Ha, ta’sir ko’rsatadi.
Yo’q, menimcha ta’sir ko’rsatmaydi
Ba’zida ta’sir ko’rsatadi.
81
2-ilova
“Qiziqishlarni o’rganish” so’rovnomasi
1. Darsdan bo’sh vaqtingizda kutubxonada shug’ullanasizmi?
a) shug’ullanaman; b) zarurat tug’ilganida shug’ullanaman;
v) har doim ham emas; g) shug’ullanamayman;
Javobingizni izohlang_______________________________________
2. Uy vazifalarini qaerda bajarilishini ma’qul ko’rasiz?
a) uyda; b) kutubxonada; v) auditoriyada; g) dars vaqtida;
Nima sababdan_______________________________________________
3. Jamoat ishlari Sizni qiziqtiradimi?
a) agar shaxsiy qiziqishlarim bilan bog’liq bo’lsa; b) qiziqtiradi;
v) kayfiyatimga ko’ra; g) qiziqtirmaydi;
Nima
uchun_____________________________________________________
4. Guruhda biror mas’uliyatli vazifa (guruh sardori, kasaba uyushmasi
vakili, “Kamolot” harakatining vakili, norasmiy lider va h.k.)ni bajarasizmi?
a) ha; b) yo’q; v) bir vaqtlar bajarganman; g) xohlayman, biroq uquvim
yo’q.
Javobingizni izohlang_______________________________________
5. Siz guruhingizga biriktirilgan auditoriyani ixtiyoriy ravishda jihozlay
olasizmi?
a) ha, yakka holda jihozlay olaman;
b) guruhdoshlarim bilan birga bu ishni amalga oshira olaman;
v) bu meni sevimli mashg’ulotim; g) jihozlay olmayman.
Nima
uchun_____________________________________________________
6. Guruh muammolarini ijobiy hal qilishga mas’uliyatli yondasha
olasizmi?
a) ha, agar muammo menga ham tegishli bo’lsa;
82
b) doimo guruhga tegishli har qanday muammolarga mas’uliyatli
yondasha olaman;
v) bunday muammolarga ba’zan mas’uliyatli yondasha olaman;
g) guruh muammolari meni qiziqtirmaydi.
Nima
uchun_____________________________________________________
7. Guruh bilan qanday qiziqishlaringiz orqali bog’langansiz?
a) ilmiy; b) kasbiy; v) shaxsiy; g) guruh meni qiziqtirmaydi;
Javobingizni izohlang________________________________________
8. Sizni ko’proq qaysi fanlar (ixtisoslik yoki o’quv fanlari) qiziqtiradi?.
a) har ikki yo’nalish fanlari qiziqtiradi;
b) ijtimoiy fanlar qiziqtiradi;
v) ixtisoslik fanlari qiziqtiradi;
g) hech qaysi yo’nalish fanlari qiziqtirmaydi.
Javobingizni izohlang_________________________________________
9. O’zlashtirish darajangizni qanday baholaysiz?
a) o’zimni o’zim baholay olmayman; b) a’lo;
v) yaxshi; g) qoniqarli
Nima
uchun_____________________________________________________
10. Fakultet, yoki universitet ma’muriyati tomonidan rag’batlantish olib
turasizmi?
a) ha, doimo rag’batlantirish olib turaman;
b) ba’zan rag’batlantirish olib turaman;
v) bir marta rag’batlantirish olganman;
g) rag’batlantirish olmaganman.
Nima uchun
____________________________________________________
11. Sizni ilmiy tadqiqotchilik faoliyati qiziqtiradimi?
a) ha, qiziqtiradi; b) yo’q, qiziqtirmaydi; v) goho qiziqtiradi;
83
g) umuman qiziqtirmaydi;
Nima uchun______________________________________________
12. Universitet yoki Respublika miqyosida tashkil etiladigan ilmiy
anjumanlar (olimpiada, konferentsiya, debatlar)da qatnashib borasizmi?
a) ha, doimiy ravishda qatnashib boraman; b) ba’zan qatnashib turaman;
v) imkoniyat bo’lganda qatnashib turaman; g) umuman qatnashmayman.
13. O’qituvchi auditoriyani boshqarishida qaysi usuldan foydalanadi?
a) avtoritar usuldan; b) avtoritar, demokratik va liberal usullardan;
v) demokratik usuldan; g) liberal usuldan.
Nima
uchun_____________________________________________________
14. Qanday o’qituvchi Talabalarning hurmatini qozona olmasligi
mumkin?
a) o’z fanini yaxshi bilmaydigan o’qituvchi;
b) talabalar bilan muloqot qila olmaydigan o’qituvchi;
v) o’ta rahmdil o’qituvchi; g) qattiqqo’l o’qituvchi;
15. Sizga bo’sh vaqtlarda qanday faoliyat turlari bilan shug’ullanish
yoqadi?
a) ilmiy-ommabop jurnal, gazeta va adabiyotlarni o’qish;
b) badiiy adabiyotlarni o’qish va ommaviy axborot vositalari bilan
tanishish;
v) hunar o’rganish;
g) musiqa tinglash, kontsert va diskotekalargda borish.
Nima
uchun_____________________________________________________
16. Agar Sizda tanlagan kasbingizni o’zgartirish imkoniyati tug’ilsa,
qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz?
a) layoqatim va qobiliyatimdan kelib chiqib ish tutardim;
b) tanlagan kasbim yo’nalishini o’zgartirmas edim;
v) bu haqda o’ylab ko’rish kerak;
84
g) hech ikkilanmay kasbimni o’zgartirar edim;
Nima
uchun_____________________________________________________
3-ilova
“Qiziqishlarni o’rganish” so’rovnomasi bo’yicha javoblar
varaqasi
Kurs ___________ YOsh_______________ Jins_______________
Savollar
tartibi
A B V G Savollar
tartibi
A B V G
1 9
2 10
3 11
4 12
5 13
6 14
7 15
8 16
Jami Jami
NATIJALAR IZOHI: qaysi ustun bo’yicha ko’p belgi kuzatilsa,
demak, talaba shu tip vakili sanaladi
1-tur (A). Talaba o’qishda a’lo o’zlashtiradi, fanga qiziqishlari va
faoliyatining asosiy sohasi sifatida qaraydi, yuksak umumiy madaniyatga ega,
jamoa bilan ilmiy qiziqishlari orqali bog’langan, kelgusida oliy maktabda
o’qishni hayotiy maqsadi deb biladi.
2-tur(B). Bunday talabalar o’qishda yaxshi o’zlashtiradi, ijtimoiy fanlar
bilan dasturdan tashqari qiziqadi, jamoatchi, ilmiy tadqiqot-chilik faoliyatiga
qiziqmaydi, muloqotchan, ijtimoiy faol.
3-tur (V). Odatda bunday talabalar yaxshi o’qiydi va bo’lajak kasbiga
yaxshi munosabatda bo’ladi. Ular san’atni sevadi, ijod bilan shug’ullanadi,
madaniy qiziqishlari va ijtimoiy tashabbuskorligi faol bo’ladi.
4-tur (G). Bunday talabalar o’zini alohida shaxs hisoblaydi, haqiqatda esa
u ma’naviy-ahloqiy jihatdan qatiyatli inson emas. U bo’lajak kasbini
yoqtirmaydi, balki uni kun o’tkazish vositasi sifatida qaraydi. Kasbiy maqsadi
tez-tez o’zgarib turadi.
85
4-ilova
OTMdagi yaratilgan sharotilarni o’rganishga yo’naltirilgan
So’rovnoma
(talabalar uchun)
№ So’rovnoma savollari Munosabat shkalasi (ball
hisobida)
ijobiy qoniqar-li Salb-
iy
1. Siz tahsil olayotgan ta’lim muasasa-sining
mutaxassilar tayyorlash tizimidagi
imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
2. Fakultetdagi o’quv-tarbiya jarayonini
tashkillashtirilishiga munosabatingiz?
3. Ta’lim jarayoniga innovtsion o’qitish
texnologiyalarini tatbiq etilishi?
4. Umumkasbiy fanlarning kasbiy
moslashuvchanlikni shakllantirishdagi o’rni?
5. Sizni o’quv rejasidagi umumkasbiy fanlar
uchun ajratilgan soatlar hajmi qoniqtiradimi?
6. Siz nima deb o’ylaysiz umumkasbiy
fanlarning o’qitilishi odatda talabalar uchun
qiziqarli bo’ladimi?
7. Fan o’qituvchilarining bilim, malaka va
tajriba darajasini qanday baholaysiz?
8. Fakultet axborot-resurs markazining yangi
nashrdagi o’quv-adabiyotlari bilan
ta’minlanganlik holati?
86
5-ilova
Kasbiy moslashish darajasini baholash
VARAQASI
Familiya, ismi va sharifi________________________________________
Millati_______________________________________________________
YOshi_______________________________________________________
____
Ta’lim muassasasi nomi_________________________________________
Yo’nalish____________________________________Bosqich
____________
Kasbiy moslashish mezonlari Talabaning shaxsiy
munosabati
1 ball 2
ball
3 ball
1
Kasbiy sifatlar va kasbiy yo’nalganlik
qirralari:
mustaqillik
jamiyatdagi o’z burchini anglash
maqsad sari intilish
ma’suliyatni his eta bilish
milliy an’analarga sodiqlik
g’oyaviy e’tiqod
jamoatchilik ishlaridagi faollik
tashkilotchilik
o’ziga nisbatan talabchanlik
muloqotchanlik
ijodkorlik
kasbiy yo’nalganlik
2 Kasbiy kompetentsiya yo’nalishlari:
psixologik tayyorgarlik
kasbiy faoliyat sohasidan xabardorlik
o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va
boshqara olish darajasi
ijtimoiy bilimlarning shakllanganligi
axborot texnologiyalarini bilish va
tushunish
o’qitishning innovatsion shakl, metod va
vostilarini bilish
noan’anaviy dars ishlanmalarini tayyorlash
87
va amaldaqo’llash
didaktik materiallar va ko’rgazmalar
tayyorlash ko’nikmasining shakllanganligi
o’zini-o’zi tahlil qilish va rivojlantirish
holati
Eslatma: agar talabaning to’plagan umumiy ballar yig’indisi:
33-42 ballgacha bo’lsa, hozirda kasbiy moslashishning shakllanishi
qoniqarli darajada;
43-51 ballgacha bo’lsa, etarli darajada;
52-60 ballgacha bo’lsa, yuqori darajada.