ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

154

Click here to load reader

Upload: trinhhanh

Post on 05-Feb-2017

1.054 views

Category:

Documents


242 download

TRANSCRIPT

Page 1: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

A K A D E M I Y A

B.N. SIRLIYEV, Yo.A. FARFIYEV, O.A. TURSUNOVA

ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA KASBIY MUOMALA

O‘quv qo‘llanma

Toshkent – 2016

Page 2: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

M a s ’ u l m u h a r r i r : O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i

general-mayor Sh.T. Ikramov

T a q r i z c h i l a r : psixologiya fanlari doktori, professor N.S. Safoyev;

psixologiya fanlari nomzodi, dotsent D.N. Arziqulov; psixologiya fanlari nomzodi, dotsent R.X.Dushanov

Ushbu qo‘llanmada ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy faoliyatida muloqot tushun-

chasi va uning turlari, muloqot vositasi va kommunikativ ta’sir etish usullari, fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari, muloqotda tinglash muammosi va transakt analiz, nizoli holatlar va ularning oldini olish, fuqarolar bilan muomala qilish madaniyati, ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq madaniyati, shaxslararo munosabatda o‘z xatti-harakatlarini hissiy-irodaviy boshqarishi, inson xulq-atvori va xatti-harakatini psixologik baholashda profayling xizmatining o‘rni, profilaktik hisobda turuvchi shaxslarga pedago-gik-psixologik ta’sir etish usullari hamda ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik muloqot qilishi ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan.

IIV Akademiyasi tinglovchilariga, ichki ishlar va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarning amaliyotchi xodimlariga mo‘ljallangan.

BBK 88.4 (ya73)

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016

S-40

Sirliyev B.N. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala:

O‘quv qo‘llanma / B.N.Sirliyev, Yo.A.Farfiyev, O.A.Tursunova. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016. – 154 b.

Page 3: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

3

SO‘Z BOSHI Mamlakatimizning ichki ishlar idoralarida amalga oshirilayotgan

islohotlar Vatan himoyasi, yurt tinchligi hamda davlat kelajagi uchun jonkuyar, olijanob, o‘z xizmat burchini sidqidildan bajaradigan fidoyi, vijdonli xodimlarni tarbiyalab yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Chunki bugungi murakkab sharoitda ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq oldidagi nufuzini ko‘tarish, unga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bevosita ana shu islohotlar samarasiga bog‘liq.

Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov-ning ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatidagi kasb mas’uliyatiga oid quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional kasb va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi mubolag‘asiz butun hokimiyat-ning obro‘si, kishilarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo‘lishini belgilaydi»1. Shu bois ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda o‘zlariga berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilmasliklari, aksincha, har bir huquq va vakolat ortida xalq hamda davlat oldidagi burch, mas’uliyat turishini to‘liq anglab yetishlari zarur.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Hay’atining 2013-yil 14-dekabrdagi «Jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustah-kamlash, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida ichki ishlar idoralari xodimlarining mavqei va mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 6-VH-sonli bayoni Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir-ligining kengaytirilgan tezkor yig‘ilishining 34-sonli Bayoni 9-bandining ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samaradorligini belgilovchi omillardan biri bu muomala madaniyatidir, shuningdek, muomalaning psixologik jihatlarini tahlil qilish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, shu orqali ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy muomalasini takomillashtirishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish davr talabidir.

1 Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т.13. – Т., 2005. – Б.189.

Page 4: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

4

Ichki ishlar idoralari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarning kasbiy faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va bunda muomala ma-daniyati muhim o‘rin tutadi. Surishtiruv-tergov harakatlari va profilaktik ishlarni olib borish fuqarolar, ya’ni turli toifadagi shaxslar bilan uchra-shish, ular bilan muloqotga kirishish zaruratini keltirib chiqaradi va xodim-lardan muomala madaniyatini talab qiladi. Bu esa xodimlardan muloqot-ning psixologik qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishni taqozo etadi.

Komil insonning muhim sifatlaridan biri, shubhasiz, muomala madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muomala madaniyatisiz fuqarolar bilan sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish juda mushkul. Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni ichki ishlar idoralari xodimlariga yetkazish ularning psixologik savodxonligini oshiradi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga va xizmat faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmani yozish aynan shu maqsadni ko‘zda tutgan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlari hamda kasbiy psixologiya fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi va ushbu fanning ayrim mavzularini chuqurroq o‘rganishni nazarda tutadi. Uni tayyorlashda bir qator olimlar – E.G‘.G‘oziyev, R.Z.Gaynutdinov, S.V.Asyamov, N.E.Muhammadiyev, A.I.Rasulov, D.N.Arziqulov, F.A.Akramova, P.S.Ergashev, A.V.Dulov, A.R.Ratinov, V.V.Romanov, N. Selivanov, M.I.Yenikeyev, V.L.Vasilyev, V.G.Glazirin, A.M.Chufarovskiy, G.P.Shixansev va boshqa olimlarning ilmiy ishlaridan foydalanildi.

O‘z navbatida shuni ta’kidlash joizki, o‘quv qo‘llanma ushbu yo‘na-lishda davlat tilida yaratilgan dastlabki ishlardan biri bo‘lganligi bois, unda ayrim kamchiliklar, juz’iy xatolar bo‘lishi tabiiy. Mualliflar ushbu o‘quv qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda uni to‘ldirish, takomillashtirish borasidagi takliflarni bajonidil qabul qiladi va kelgusi ishlarida albatta inobatga oladi.

Page 5: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

5

1-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA MULOQOT TUSHUNCHASI VA UNING TURLARI

Ijtimoiy munosabatlar, aslida, odamning siyosiy munosabatlaridan

tortib, uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini o‘z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bu jarayonni turli nazariy oqim vakillari o‘zlaricha o‘rganishlari ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o‘zaro ta’sirning turlicha namoyon bo‘lishi shaklida tushunsalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari odamlarning bir-birlariga nisbatan talab-lari, kutishlari va manfaatdorliklarining o‘zaro almashinuvi jarayoni sifa-tida tasavvur qiladilar. Shunga o‘xshash hozirda turli-tuman yondashuv-lar mavjud, lekin ularning barchasini birlashtiradigan yagona g‘oya – bu odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir va aloqa jarayonlarining mexanizmlarini aniqlash va ushbu jarayonni boshqarish usullarini ishlab chiqishdir.

Yana bir muhim fikr shundan iboratki, har qanday ijtimoiy munosa-batlar ko‘pqirrali, bo‘lib, har birining o‘ziga xos kechish xususiyatlari va shart-sharoitlari, qonuniyatlari bo‘ladi. Agar rahbar o‘z jamoasidagi inso-niy munosabatlar asosan nimaga asosan kechishini bilsa, uni boshqarish oson. Shunga ko‘ra ta’kidlash mumkinki, agar jamoada haqiqiy samarali, ijodiy mehnatga safarbar etuvchi «iqlim» tashkil qilinmagan bo‘lsa, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va muomala ham asosan his-siyotlarga, odamlarning bir-birlarini hurmat qilishlari, yoqtirish-yoqtir-masliklariga asoslanib qoladi. Odamlar ishga otlanar ekanlar, avvalo kim-larni ko‘rish, kimlar bilan tushlikka chiqish yoki bir stol atrofida o‘tirish, vaqtni o‘tkazish uchun qaysi krossvordni yechish yoki gazetani o‘qish g‘amini yeb keladi. Demak, bunday jamoada ish qoniqarsiz tashkil etilgan bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar sof emosional-hissiy muomalaga tayanadi. Ana shunday yerlarda guruhbozlik, jamoaning kichik-kichik guruhchalarga bo‘linib ketishi, buning oqibatida bir nechta norasmiy liderlarning paydo bo‘lib, har biri o‘z «ixlosmandlarini» o‘ziga xos manfaatlar bilan atrofida birlashtirayotganligini ko‘rish mumkin.

Boshqa jamoada esa ish butunlay boshqacha tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Oqil va tashabbuskor rahbar qo‘l ostida ishlayotganlar jamoani bir yaxlitlik deb tasavvur qilib, ishga ketayotganda, eng avvalo kecha oxiriga yetkaza olmagan ishlari bor-yo‘qligini, bugun qanday ishni va kim bilan, kim orqali bitkazishini, ishni yanada yaxshilash uchun bugun yana qanday choralar ko‘ra olishi haqida o‘ylaydi. Jamoaning har bir

Page 6: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

6

a’zosi eng avvalo ishni o‘ylab uyidan chiqadi. Demak, bunday jamoadagi o‘zaro shaxslararo munosabatlar ham ishchanlikka asoslanadi va jamoa-ning eng tashabbuskor, fidoyi, aqlli a’zosi kim bo‘lishidan, yoshi yoki jinsidan qat’i nazar, norasmiy obro‘ga ega bo‘lishi va liderlikka da’vogar bo‘lishi mumkin. Rahbar esa ana shunday tashabbuskor, mehnatkash, jonkuyar odamlar bilan doimo hisoblashadi va ular fikriga quloq soladi. Bunday rahbarning mahorati uning jamoadagi norasmiy va rasmiy lider-lar bilan hamkorlikda ishlay olish san’ati bilan baholanadi.

Bundan tashqari, har bir konkret vaziyatda va jamoada odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning turli shakllari namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat faqat rasmiy aloqalar bilan cheklanmay, balki bir vaqtning o‘zida norasmiy, shaxsiy munosabatlar bilan uyg‘unlashadi. Agar umuman jamiyat miqyosida oladigan bo‘lsak, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, diniy, ma’naviy sohalarda ro‘y beradigan shakllarini ham farqlash mumkin. Ular yuqoridagilardan kelib chiqib, konkret vaziyat va ijtimoiy faoliyat turiga mos tarzda o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanib ro‘y beradi.

Muloqot kategoriyasi psixologiya fanidagi markaziy kategoriya-lardan biri hisoblanadi. So‘nggi 20-25 yil ichida muloqot muammolari psixologiyadagi, ayniqsa, ijtimoiy psixologiyaning eng yirik tadqiqot predmetiga aylanib qoldi.

Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rifni berish juda mushkul. Shuning uchun, odatda, muloqot tushunchasi uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ta’riflanadi. Psi-xologiyaga oid lug‘atlarda muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif berilgan:

Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni;

Muloqot – belgilar tizimi orqali subyektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi. Albatta, har bir ta’rif universallik maqomiga da’vo qilmaydi. Chunki

unda, odatda, muloqotning ayrim tomonlari e’tibordan chetda qoladi, ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. Shunday bo‘lsa-da, shartli ravishda muloqotga nisbatan umumiy bo‘lgan quyidagi ta’rifni berish mumkin: muloqot – kamida ikki kishining o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o‘rnatiladi va rivojlantiriladi, tugatiladi yoki korreksiyalanadi.

Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommu-nikatsiya – tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik

Page 7: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

7

vositalar bilan aloqa qilishi bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.

Muloqotda ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro‘yobga chiqariladi. Muloqotsiz insoniyat jamiyati bo‘lishi mumkin emas. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi.

Hamkorlikdagi faoliyat rejasini tuzish, uni ro‘yobga chiqarish uchun individlar o‘rtasida muloqot amalga oshirilishi shart. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni vaqtda faoliyat davomida insonlar o‘rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, muloqot va faoliyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.

Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Pargin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:

– individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; – individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; – bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; – bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni; – bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; – shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, odamlar o‘rtasida birga-

likdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlani-shining ko‘p qirrali jarayonidir. Shaxslar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, aloqaning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladi-lar. Muloqotning yana bir muhim tomoni shundaki, munosabatga kiri-shuvchilar muomala jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki xatti-hara-katlar bilan ham axborot ayirboshlashadi. Muloqot jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashi, muomala madaniyatiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxslardagi o‘zaro muloqot bu tabiiy ehtiyojdir.

Muloqot orqali shaxslarning birgalikda aloqa qilish metodikasi ket-ma-ket bo‘lgan olti bosqichdan iborat:

I bosqich – o‘zaro bir-birini tushunish; II bosqich – umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish; III bosqich – muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qili-

nadigan prinsiplar; IV bosqich – muloqot uchun xavfli bo‘lgan sifatlarni aniqlash; V bosqich – individual ta’sir etish va suhbatdoshga moslashish; VI bosqich – umumiy qoidalarni yaratish va o‘zaro harakat qilish. Bosqichlar ketma-ketligiga rioya qilish to‘g‘ri ta’sir etishni tashkil-

lashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Page 8: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

8

Bosqichlar aloqa qilish jarayonida amalga oshirilayotgan faoliya-tning ketma-ketligini kuzatish dasturi sifatida namoyon bo‘lishi, o‘zaro ta’sir yo‘llarini nazorat etishi mumkin1.

Kasbiy muomala har bir xodimning faoliyatida muhim o‘rin egal-laydi. Shuning uchun ham muomalaning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala qonuniyatlariga suyangan holda shaxslar bilan munosabatga kirishadi. Muloqot jarayonida xodimning barcha kas-biy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashiga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, obyekt va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.

Muloqot psixologik jihatdan bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar o‘rtasida u yoki bu vositalar orqali maqsadga muvofiq, bevosita yoki bilvosita aloqani o‘rnatish va saqlab turish jarayonidir1.

Muloqot inson hayotida qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini quyidagi misolda ham ko‘rishimiz mumkin. 1938-yil Richar Bard o‘z xohishi bilan Antarktida muzliklarida 6 oy tanho qoladi. Bir tomondan u tajriba natijalariga qiziqsa, ikkinchi tomondan, kundalik hayotning g‘ala-g‘ovurlaridan biroz dam olishni istagan edi. Keyinchalik u mazkur davrni quyidagi so‘zlar bilan eslaydi: «Bu yerdagi hayotim davomida bora-bora har bir harakatim, har bir ishim tobora mazmunsiz, mantiqsiz, maqsadsiz bo‘lib borayotganday edi. Xavf-xatarlardan qo‘rqmaydigan odam bo‘lsam-da, negadir bu yerda tomning bosib qolishidan, o‘choqdan o‘t ketib qolishidan xavfsiray boshladim. Ovqatlanishimda muntazamlik yo‘qoldi, yuvinmay qo‘ydim». Yana bir misol keltirishimiz mumkin, tarixda yaponlarda «Maritao» nomli insonning o‘z-o‘zini takomillash-tirish tizimi mavjud bo‘lgan. U shunday tizimlarning eng og‘iri va murakkabi hisoblanadi. Vaholanki, bunda inson hech qanday jismoniy azoblarga duchor bo‘lmaydi. Faqatgina bir haftaga g‘orga kirib ketib, u yerda tanho qoladi. Bu yerda u hatto o‘zi bilan ham gaplashishi mumkin bo‘lmaydi. Sinovdan o‘tganlar keyinchalik har qanday uchrashuv va suhbatni xursandchilik bilan qarshi oladilar. Qizig‘i shundaki, ularda ko‘proq gapirish ehtiyoji emas, balki tinglash ehtiyoji kuchayar ekan.

B.F.Lomov taklif etgan tasnifga ko‘ra muloqotning quyidagi funk-siyalari mavjud. Muloqot funksiyalari deganda, muloqotning inson ijti-moiy hayotida bajaradigan vazifalari tushuniladi. Muloqot funksiyalari

1 Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходимларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.47.

Page 9: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

9

xilma-xil bo‘lib, eng keng tarqalgan tasnifga ko‘ra ular quyidagilardan iborat:

1. Informatsion – kommunikativ funksiya – axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar tizimlari orqali amalga oshiriladi. Odatda, verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishla-tiladi) va noverbal (unda belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farq-lanadi. O‘z navbatida, noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat:

– kinetika (imo-ishoralar, mimika, pantomimika); – paralingvistika (ovoz vokalizatsiyalari, pauzalar); – proksemika (masofa va vaqt me’yorlari); – vizual aloqa (ko‘zlar orqali kontakt); – takesika (jismoniy kontakt). 2. Regulyativ – kommunikativ funksiya – suhbatdoshlar xulq-atvori-

ning regulatsiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Individlar muloqot jara-yonida verbal, jismoniy, noverbal yo‘llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazishi biror harakatga un-dashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullash-tiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

3. Affektiv – kommunikativ funksiya – inson emotsional sohasining regulatsiya qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng muhim determinantasidir. Chunki turli-tuman emotsio-nal holatlar muloqot jarayonida paydo bo‘ladi va o‘zgaradi.

L.A.Karpenko taklif etgan tasnifga ko‘ra, muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:

1) aloqa o‘rnatish – suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash; 2) informatsion – suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va

rejalarni almashish; 3) faoliyatga undash – suhbatdoshni biror harakatni bajarishga

stimullashtirish; 4) koordinatsion – suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil

etish va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish; 5) tushunishni ta’minlash – suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini

tushunish; 6) motivlashtirish – suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg‘otish

hamda ularni o‘zgartirish; 7) munosabat o‘rnatish – munosabatlar tizimidagi shaxsiy o‘rnini,

mavqeni aniqlash; 8) ta’sir ko‘rsatish – suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyat-

lari, maqsadlari va ustanovkalarini o‘zgartirish.

Page 10: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

10

Muloqotning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida quyidagi turlari mavjud:

1) bevosita; 2) bilvosita; 3) rolli; 4) mazmunli; 5) rasmiy; 6) norasmiy. Bevosita muloqot «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, uning har bir ishti-

rokchisi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.

Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi (masalan: telegraf, telefon orqali gaplashish).

Muloqotning ba’zi turlari ijtimoiy rollar orqali amalga oshirilib, rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvi kishilar tarzida muloqotga kirishadilar. Masalan, tergovchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi muloqot rollidir.

Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishi mazmunli muloqot deb ataladi.

Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat man-faatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqot turidir. Masalan, tergov jarayonidagi so‘roq qilish.

Shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lish norasmiy muloqot hisoblanadi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida muloqot, ayniqsa, bevosita muloqot o‘ziga xos ahamiyatga ega. Chunki tokar temir bilan, zootexnik hayvonlar bilan ishlasa, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, shu jumladan profilaktika inspektorlari, tergovchilar, tezkor xodimlar ham shaxslar bilan, aholi bilan, guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, aybla-nuvchi va jinoyat jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ishlaydi. Mulo-qot jarayonida ularning har biri o‘ziga xos dunyoqarash va muomalaga egaligi ko‘rinadi.

Muloqot murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini tahlil qilganimizda unda juda xilma-xil ko‘rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin. G.M.Andreyeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi:

1) muloqotning kommunikativ tomoni;

Page 11: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

11

2) muloqotning interaktiv tomoni; 3) muloqotning perseptiv tomoni. Har bir tomonini batafsil ko‘rib chiqamiz. Muloqotning kommunikativ tomoni – ma’lumotlar almashinuv

jarayoni bo‘lib, birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o‘y-xayollar, his-tuyg‘u va kechinmalar bilan o‘rtoqlashadilar. Bunda o‘y-fikrlar, his-tuyg‘u va kechinmalarni axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Ammo shuni e’ti-borga olish kerakki, insonlararo kommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki shakllantiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotini shunchaki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb hisoblash mumkin emas. Zero, birinchidan, muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashiniladi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, ustanovkalarini tahlil qiladilar); ikkinchidan, muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar tizimi orqali bir-biriga ta’sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta, suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta’sir o‘tkazi-ladi); uchinchidan, muloqot jarayonida kommunikator (axborotni yubo-rayotgan odam) va retsipiyent (axborotni qabul qilayotgan odam) bir xil kodlashtirish hamda dekodlashtirish tizimiga ega bo‘lishi kerak (yagona tizimni qabul qilishgina kommunikativ jarayon ishtirokchilariga bir-biri-ni tushunish imkonini beradi); to‘rtinchidan, muloqot jarayonida faqat insonlararo kommunikatsiyaga xos to‘siqlar vujudga kelishi mumkin (to‘siqlar nafaqat belgilar tizimidagi farqlar, balki ijtimoiy-siyosiy, diniy, kasbiy farqlar yoki umumiy dunyoqarash, olamni his etishdagi farqlar tufayli vujudga kelishi mumkin).

Kommunikatordan chiqayotgan axborot ikki xil bo‘lishi mumkin: 1. Undovchi axborot buyruq, maslahat, iltimos va hokazolarda

namoyon bo‘ladi. Undan ko‘zlangan maqsad retsipiyentni biror harakat-ga stimullashtirishdan iborat. Stimullashtirish uch xil bo‘lishi mumkin: a) faollashtirish (biror harakatni qilishga undash); b) interdiksiyalash (biror harakatni qilishdan to‘xtatish); v) destabillashtirish (biror harakatdagi muvozanatni buzish).

2. Konstatatsiyalovchi axborot ma’lumot tarzida ifodalanadi. Bu turdagi axborot turli ta’limiy tizimlardan o‘rin olgan bo‘lib, xulq-atvorni o‘zgartirish uchun bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi (lekin bilvosita ta’sir ko‘rsatish maqsadi ham bo‘ladi).

Page 12: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

12

Amerikalik jurnalist G.Lassuel besh unsurdan iborat bo‘lgan kom-munikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi:

a) kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda); b) nima (qanday axborot uzatilmoqda); v) qanday (axborot qanday yo‘l bilan uzatilmoqda); g) kimga (axborot kimga yo‘naltirilmoqda); d) qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi). Muloqotning interaktiv tomoni – birgalikdagi faoliyatni tashkil etish

va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir o‘tka-zishi tushuniladi.

Kommunikatsiya orqali odamlar birgilikdagi faoliyatni tashkil etadilar. Umumiy faoliyatda ishtirok etar ekan odamlar, albatta, bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘zaro ta’sir birgalikdagi faoliyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi.

Birgalikdagi faoliyatning uch xil modeli mavjud: 1) har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda ishning o‘ziga

tegishli qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish); 2) umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomo-

nidan bajarilishi (masalan, konveyerdagi ish); 3) har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida

umumiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishi (masalan, futbol jamoasidagi ish). Odatda muloqot jarayonidagi o‘zaro ta’sirning ikki xil turi ajratiladi: 1) kooperatsiyaga asoslangan o‘zaro ta’sir – kommunikativ jarayon

ishtirokchilarining umumiy maqsadi va o‘z kuchlarini birlashtirishdan iborat. Kooperatsiyaning bir necha turi farqlanadi: avtomatik ( instinktiv-biologik darajada mavjud bo‘ladi); an’anaviy (tarkib topgan ijtimoiy me’yorlar bilan, an’ana va urf-

odatlar bilan taqozolangan bo‘ladi); spontan (do‘stlik, muhabbat va shu kabi munosabatlar bilan

taqozolangan bo‘ladi); direktiv (majburiy hamkorlik hukm suruvchi joylarda mavjud

bo‘lishi); shartnomaviy (rasmiy kelishuvlar bilan taqozolangan bo‘ladi). Kooperatsiya – birgalikdagi faoliyatning zaruriy elementidir. 2) raqobatga asoslangan o‘zaro ta’sir kommunikativ jarayon ishti-

rokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun o‘zaro kurash sharoitida bir-biriga ta’sir ko‘rsatishidan iborat. Bunday o‘zaro ta’sirda tomonlarning shaxsiy faolligi odatda yuqori bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, u kooperatsiya bilan ma’lum darajada bog‘liqdir. Chunki raqo-

Page 13: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

13

bat davomida ham muayyan qoidalar o‘rnatilishi talab etiladi. Aks holda o‘zaro kurash urushga aylanib ketishi mumkin. Raqobatning eng yorqin shakli nizodir.

Muloqotning perseptiv tomoni – kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni bo‘lib, insonning inson tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy per-sepsiya» deyiladi. Dastlab, bu atama J.Bruner tomonidan 1947-yil ishla-tilgan bo‘lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinatsiyasini ang-latgan. Keyinchalik bu atama boshqacharoq ma’noga ega bo‘lib, u ijtimoiy obyektlarga, ya’ni odamlar, ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan.

Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin:

1) o‘z guruhiga mansub individni; 2) boshqa guruhga mansub individni; 3) o‘zining guruhini; 4) o‘zga guruhni. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi

mumkin: 1) o‘z individini; 2) o‘zga guruh individini; 3) o‘zini; 4) o‘zga guruhni. Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir-birini

tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mexanizmlar ishga solinadi: Identifikatsiya – insonning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga

qo‘yishi orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi; Empatiya – insonning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo‘yishi

orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi; Refleksiya – insonning suhbatdoshi tomonidan qanday idrok

etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi; Steriotipizatsiya – insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi

yo‘lida muayyan shablonlardan foydalanishi. Muloqot jarayonida insonlar bir-birini idrok etar ekan, bunda attrak-

siya (ingl.attract – jalb etmoq) jarayoni yuz berishi, ya’ni idrok etilayotgan odamga nisbatan «yoqtirish hissi» paydo bo‘lishi mumkin. Attraksiya sub-yektning obyektiga nisbatan emotsional munosabati sifatida shakllanadi.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro tushunishlari kerak. Bunda muloqotga kirishgan ishtirokchining uni qanday qabul qila-

Page 14: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

14

yotgani katta ahamiyatga ega. Shaxslararo idrok etish qonuniyatlari, ef-fektlarni inobatga olish tergovchilar faoliyatida, ayniqsa, shohidlar, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini, shuningdek, o‘z idroklarini baholash chog‘ida katta ahamiyat kasb etadi.

Shaxslararo idrok effektlaridan biri – boshqa shaxs haqidagi umumiy tasavvurning uning shaxsiga xos xislatlarni idrok etish va baholash ta’si-rida namoyon bo‘ladigan «oreol effekti»dir. Agar umumiy tasavvur yaxshi bo‘lsa, uning ijobiy xislatlari ortiqcha baholanadi, salbiy xislatlari esa sezilmaydi yoki aksincha. Ushbu effekt ta’sirida, masalan, ichki ishlar ido-ralari xodimlari «resediv» jinoyatchining tuzalish tomon tashlagan dast-labki qadamlarini ko‘rishi mumkin va, tabiiyki, uni bu ishda qo‘llab-quv-vatlay boshlaydi.

«Izchillik effekti» ma’lumotlar ziddiyatli bo‘lgan taqdirda inson qiyofasini va u to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirishga birinchi navbatda kelib tushgan ma’lumotlar eng ko‘p ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Agar bu tanish odamga daxldor bo‘lsa, aksincha, ya’ni eng oxirgilari ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.

«Stereotiplashtirish effekti» idrok etilayotgan kishini muayyan ijtimoiy guruhga xos xislatlar unga ham xos deb baholashda namoyon bo‘ladi. Har birimizda muayyan ijtimoiy stereotiplar – o‘qituvchi, harbiy kishi, jinoyatchi kabi guruhlarning stereotiplari mavjud. Muayyan guruh vakiliga duch kelganda, biz oldindan ushbu guruh kishilariga xos muay-yan xislatlarni unga ham xos deb qabul qilamiz. Ko‘pincha bunday stereo-tipdan xalos bo‘lish juda qiyin bo‘ladi.

Ijtimoiy idrok etish effektlari ijtimoiy mayl (ustanovka) bilan cham-barchas bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ijtimoiy mayl-ning o‘zi insonning boshqa odamni idrok etishga ichidan tayyor bo‘lishi sifatida ta’riflanishi mumkin. Notanish kishi haqida taassurotning shakl-lanishida maylning ahamiyati ayniqsa katta. Fanda A.A.Bodalevning ijti-moiy maylning ahamiyatini ochib bergan tadqiqotlari yaxshi ma’lum.

Tadqiqotlardan birida ikki guruh odamlarga ayni bir kishining surati ko‘rsatilgan. Ammo suratni ko‘rsatishdan avval birinchi guruhga surat-dagi kishining ashaddiy jinoyatchi, ikkinchi guruhga esa qahramon ekan-ligi aytilgan. Shundan so‘ng har bir guruhga fotosuratdagi kishini so‘z bilan tasvirlab berish taklif etilgan. Birinchi guruh uni quyidagicha tavsiflagan: chuqur ko‘zlari yashirin yovuzligidan, bo‘rtib chiqqan engagi jinoyatda «oxirigacha borishga» qaror qilganligidan darak beradi va hokazo. Ikkin-chi guruhda aynan o‘sha chuqur joylashgan ko‘zlar tafakkurning teranli-

Page 15: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

15

gidan, turtib chiqqan engak esa qiyinchiliklarni yengishdagi iroda kuchi-dan darak beradi, deb baholangan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z faoliyatlarida shaxslararo idrok etish xususiyatlarini inobatga olishlari, ijtimoiy idrok effektlarining salbiy ta’sirlarini yo‘q qilishga, o‘zida va tergov qilinayotgan voqeaga daxldor shaxslarda ijtimoiy maylning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari juda muhim. Masalan, tergovchi tanib oluvchini tanib olishga tayyorlash chog‘ida «Hozir sizni tunagan jinoyatchini tanib olishingiz kerak» kabi iboralardan qochishi lozim. Bunday iboralar jinoyatchini idrok etishga mayllik yuzaga kelishiga olib keladi, agar tanib olinayotgan shaxsning qiyofasi «jinoyatchi» stereotipiga mos kelmasa, bu tanib olish natijalari-ning noto‘g‘ri chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda «Hozir siz ko‘rsatilgan shaxslar orasida sizning pul solingan hamyoningizni tor-tib olgan odamni tanib olishingiz kerak» kabi neytral iboralardan foyda-lanish kerak. Bu maylning salbiy ta’siri imkoniyatini kamaytiradi1.

Suhbatdoshlarning bir-biriga bo‘lgan qiziqishi, teng munosabatlar uchun ochiqlik darajasiga ko‘ra muloqotning quyi, o‘rta va yuqori darajalari farqlanadi.

Muloqotning quyi darajalari quyidagilardan iborat: Primitiv daraja – asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir

munosabatda bo‘lish. Bu buyum primitiv darajada muloqotga kirishishga inson uchun kerak bo‘lgan buyum yoki xalaqit berayotgan buyum bo‘li-shi mumkin. Agar kerak bo‘lsa, uni egallashga harakat qiladi, xalaqit berayotgan bo‘lsa, uni uloqtirib tashlashga intiladi.

Manipulyativ daraja – muloqot ishtirokchisi suhbatdoshini raqib deb biladi va albatta uni yengishga harakat qiladi. Motipulyator ongli yoki ongsiz ravishda, moddiy yo psixologik manfaatni ko‘zlab, turli maxsus usullar bilan suhbatdoshi ustidan g‘alaba qozonishga urinadi. Manipulyativ darajaning muhim belgisi shuki, unda suhbatdosh shaxsining zaif tomonlariga qiziqish kuchli bo‘ladi.

Standartlashgan daraja – suhbatdoshga nisbatan qiziqish mavjud bo‘lib, bu qiziqish suhbatdoshning muayyan ijtimoiy rolga egaligi bilan xarakterlanadi. Standartlashgan darajada muloqot ishtirokchilari o‘rtasida «niqoblar aloqasi» amalga oshadi. Niqob turlari: a) «nol niqob» – «men sizga tegmayapman, siz ham menga tegmang», degan ma’noni, befarqlik, ishtiroksizlik niqobi; b) «yo‘lbars niqobi» – «menga tegib ko‘ringchi»

1 Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимларининг кас-

бий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.75-80.

Page 16: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

16

degan ma’noni anglatuvchi qo‘rqitishga qaratilgan niqob; v) «quyon niqobi» – «men juda kuchsizman, menga tegmang» degan ma’noni ang-latuvchi niqob; g) «masxaraboz niqobi» – «men hech narsani bilmay-man, menga tegishning hojati yo‘q» degan ma’noni anglatuvchi, o‘zini anqov, go‘l qilib ko‘rsatishga harakat qiluvchilar niqobi.

Muloqotning o‘rta darajasi quyidagilardan iborat: Konvensional daraja – quyi va yuqori darajalar oralig‘idadir. Unda

ilk bora suhbatdosh shaxsiga nisbatan qiziqish, qisman bo‘lsa-da (suhbat ro‘y berayotgan vaziyatdagina) ochiqlik paydo bo‘ladi. Konvensional darajagi muloqot, to‘laqonli, suhbatdosh haqida qayg‘urish, uning o‘rniga o‘zini qo‘yishga tayyorgarlik vujudga keladigan muloqotdir.

Muloqotning yuqori darajasi quyidagilardan iborat: Ishchan daraja – suhbatdoshning asosan ishchanlik xususiyatlariga

nisbatan qiziqish bo‘ladi. Ishchan darajada suhbatlashib insonlar o‘z munosabatlarining nafaqat moddiy natijalariga ega bo‘ladilar, balki ular o‘rtasida ancha barqaror ishonch va bog‘lanish hislari shakllanadi. Yoki aksincha, juda kuchli antipatiya ham shakllanishi mumkin.

O‘yinli daraja – suhbatdosh shaxsining xususiyatlariga jonli, simpatiyaga asoslangan, hech qanday g‘araz maqsadlarni ko‘zlamaydi-gan qiziqish mavjud bo‘ladi. O‘yinli daraja muloqot ishtirokchilarining bir-biriga bo‘lgan qiziqishi ancha yuqori bo‘ladi, tomonlar o‘zini judayam ochiq tutadi, suhbatdoshlar bir-birining «rolini» o‘ynaydi. Bu pedagogik muloqot uchun ancha samarali.

Ma’naviy daraja – bu inson muloqotining eng yuqori darajasi bo‘lib, unda suhbatdosh shunchaki bir inson emas, balki yuksak hurmat-ga sazovor xislatlarga ega, betakror ruhiyat sohibi sifatida idrok etiladi. Ana shu xislatlar suhbatdoshga nisbatan so‘z bilan ta’riflab bo‘lmay-digan unutilmas darajaga yetadi va munosabatda iliqlikni uyg‘otadi.

Shunday qilib, muloqotning perseptiv tomoni odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etish va tushunish jarayoni hisoblanadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoiti-da odamlarning muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat unumdorligi hamda samaradorlikning muhim omillaridan biridir.

Page 17: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

17

2-§. MULOQOT VOSITASI VA KOMMUNIKATIV TA’SIR ETISH USULLARI

Odamlar bir-birlari bilan muomala qilishar ekan, ularning asosiy

ko‘zlagan maqsadlaridan biri o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgarti-rish va yaxshi taassurot qoldirishdan iborat.

Psixologik ta’sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.

Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida muloqot orqali o‘z xizmat burchini bajaradi va ushbu muloqot qonun asosida tartibga solinadi. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida nafaqat «til», yuqorida aytib o‘tganimizdek, imo-ishora, eng asosiysi, mu-loqot davomida shaxsning yuzidagi o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining muloqoti quyidagilarni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1) bevosita kasbiy vazifani bajarishga yo‘naltirilganligi; 2) huquqiy jihatdan tartibga solinganligi; 3) maxsus obyektning mavjudligi; 4) psixologik to‘siqlarning mavjudligi; 5) jinoyatchilarning maxsus tili hisoblanmish tatuirovkalar va

jargonlarni bilishi va hokazo. Har qanday muloqot doimo obyekt bilan subyektning bir-biriga

moslashish jarayonini qamrab oladi. Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog‘i, belgilar tizimi orqali

beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo‘lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalanila-digan vositalarni tasniflash mumkin. Nutqli (belgilar tizimi sifatida nutq-dan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalanila-di) muloqot vositalari farqlanadi.

Muloqotning psixologik vositalari: verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz) – og‘zaki nutq; – imo-ishora; – yozma nutq; – mimika, pantomimika.

Nutqiy muloqot vositasi. Eng universal aloqa vositasi inson nutqidir. Chunki nutq yordamida axborot berishda xabar mazmuni eng kam dara-jada yo‘qotiladi. Nutq – verbal aloqa, ya’ni til yordamida muloqot qilish jarayonidir. Nutqning yozma va og‘zaki turlari mavjud. Og‘zaki nutq dia-logik va monologik nutqlarga bo‘linadi. Dialog – biror masalani birga-

Page 18: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

18

likda muhokama qilayotgan va hal etayotgan suhbatdoshlarning so‘zla-shuvi. Monologda esa bir odam uni tinglayotgan boshqa odam yoki odamlarga axborot beradi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat faoliyatida muloqotning nutqiy vositalaridan foydalanish juda muhim o‘rin tutadi. Xodim xizmat faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan bevosita muloqot jarayonida yoki turli xil hujjatlarni tuzishda o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalash, ularni to‘g‘ri bayon etishiga bog‘liq.

Amaliyotdan ma’lumki, har qanday jinoiy faoliyat asosida sir va yolg‘on yotadi. Jinoyatchi o‘zining kriminal xatti-harakatlariga tayyor-garlik ko‘rar ekan, atrofdagilarni o‘ziga og‘dirish va ishonchini qozo-nishda asl jinoiy maqsadini yashirishga urinadi.

Gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi sifatida qo‘lga olingan jinoyatchi jinoiy javobgarlikdan qochish yoki o‘zining g‘ayrihuquqiy harakatlarini yashirish maqsadida turli yolg‘onlarni ishlatib, surishtiruv va tergov organ-larini chalg‘itishga harakat qiladi hamda real faktlarni noto‘g‘ri talqin qila-di. Turli kuchli motivatsiya asosida jinoyat protsessining boshqa ishtirok-chilari ham yolg‘on gapirishi mumkin (masalan, guvoh va jabrlanuvchilar).

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilinuv-chilarning ko‘rsatuvlari quyidagicha ifodalanadi:

- indamaslik, mavhumlik, holat yuzasidan shaxsiy va boshqa ishti-rokchilarning harakatlaridagi ba’zi elementlarning keltirilmasligi;

- holat yuzasidan detal va elementlarga o‘ylab topilgan qo‘shimchalar; - jinoiy ishning vaqti, joyi oqibatlarini izohlab berishda alohida frag-

mentlarning joy almashib, aralashib ketishi; - o‘ylab topilgan holat va detallarning alohida elementlari o‘zgarib ketishi. Huquq-tartibot organlari xodimlarining psixologik bilimlari kishilar

xulq-atvoridagi nosamimiy va yashirin holatlarni aniqlashda, shuning-dek, jinoyat ishini ochishda muvafaqqiyatli samara beradi. Yolg‘on va yashirin holatlar diagnostikasi kishilarning nutqiy ifodasi asosida quyidagicha tahlil qilinishi mumkin. Bunday usul rost va yolg‘on fikr bildirishdagi muayyan mezon va belgilarga asoslanadi.

Fikr bildirish mezonlari Rost fikrlar Yolg‘on fikrlar

Kompetentlik va xabardorlik

Ba’zan kishi o‘zining bilimlari, xabardorligi doirasidan chiqadi. U odatda, nafaqat o‘zining, shaxsiy tajribasi, balki boshqalarning tajri-basi, gazeta jurnallardagi real fakt-larga asoslangan tarzda rost fikr-larini ifodalaydi.

Odatda kishi o‘zining ma’lumoti doirasida tajriba va malakasi, shuningdek, fantaziya-lash qobiliyatlariga tayanadi. Bundan tash-qari, uydirmalar harakatlardagi, real hayot-dagi, adabiyot yoki kinofilmlardagi tipik variantlar asosiga qurilishi mumkin.

Page 19: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

19

Fikrlarning nutqiy tavsifi

Kishi real dunyoqarashi, ma’lu-moti va hayotiy tajribasidan kelib chiqib fikr bildiradi.

Yolg‘onda nutqning tuzilishida fikrlarning yorqinroq ifodalanishi uchun murakkab atamalar (huquqiy, tibbiy va h.k) bilan bir qatorda, o‘zining bilimi, ma’lumotiga xos bo‘lmagan tarzda lug‘at boyligining qo‘l-lanilishi bilan xarakterlanadi.

Mulohazaning noyobligi

Rost mulohazalarda individual va noyob xarakterga ega bo‘lib, bunda detallar, hodisalar va konkret ishti-rokchi shaxslar mavjud bo‘ladi.

Yolg‘on mulohazalar odatda sxematik, stereotipik, alohida detallarsiz, konkret kishilarsiz.

Hissiy boy va ishonchli fikrlar

Rost mulohazalar inson nutqida doimo hissiy, ishonchli ifodalana-di. U rost gapirgani bois gapini bo‘lish, fikrini, nuqtai nazarini o‘zgartirish qiyin.

Yolg‘on mulohazalar hissiy sayoz bo‘ladi. Emotsiyalar tashqaridan qaraganda namo-yishkoronaligi va soxtaligi bilan ajralib turadi.

Muloqot davomida kishilarning nigohiga diqqat qaratish lozim.

Ma’lumki, normal aloqada insonlar bir-biriga rost gapirayotgan vaqtda muloqot jarayonining 2/3 qismi mobaynida nigohlar uchrashadi. Agar inson nosamimiy tarzda biror narsani yashirishga urinsa, suhbat davomida ko‘z nigohlari muloqot davrining 1/3 qismida to‘qnash keladi. Bu bilan u nigohlarini olib qochishga urinadi.

Suhbatdoshning uzoq cho‘zilgan tabassumi (labning pastki va yuqorigi qismi biroz tortilgan, chiziq hosil qiladi, tabassum esa sayoz) tashqaridan qaraganda nozik tuyg‘ularni aks ettirishga urinsa-da, nosami-miy ekanligi ifodalanib turadi. Mudofaaga shay pozisiya va antogonizm (etimologiyasi: «qarshi turish, kurash») muloqot jarayonida og‘iz va jag‘ muskullarining mahkam siqib yopilishi bilan baholanadi.

Nutq muloqotning universal vositasi bo‘lsa-da, u faqat faoliyat tizimi-ga aloqador bo‘lgan sharoitdagina ahamiyatga ega bo‘ladi, faoliyatga daxl-dorlik esa muloqotning boshqa – nutqsiz vositalarini qo‘llash bilan to‘l-diriladi.

Ushbu vositalarning birinchi guruhiga mimika va imo-ishora kiradi. Mimika – yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Imo-ishora – ja-miyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan harakat. Panto-mimika – inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar bilan birga uning psixik holatini, ayniqsa, his-tuyg‘ularini ifodalovchi harakat-laridir. Ularga qarab biz insonning biror-bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqida xulosa qilamiz. Imo-ishora odamning istaklari, uning hozirgi vaqtdagi umumiy holatidan darak berishi mumkin.

Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 80% axborot imo-ishoralar,

Page 20: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

20

mimika va pantomimika yordamida ifodalanadi. Albatta, bu miqdor ancha oshirilib ko‘rsatilgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo bir narsa ravshanki, noverbal belgilar muloqot jarayonida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bu belgilar nutqni to‘ldiradi, ba’zida o‘rnini bosadi va kommunikativ jara-yon ishtirokchilarining emosional holatini aks ettiradi. Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallarni kuzatish va ularning mazmunini tushunish juda muhimdir.

Noverbal muloqotning kinetik belgilar tizimida imo-ishoralar, mi-mika va pantomimikadan keng foydalaniladi.

Ayrim misollar: rost so‘zlayotgan odam kaftlari ochiq holda, yolg‘on gapirayotgan odam esa ularni berkitishga harakat qiladi. Suh-batdoshdan o‘zini yuqori tutish belgilaridan biri, butun kaft cho‘ntakda bo‘lib, bosh barmoqning tashqariga chiqarib qo‘yilganligidir. Shubhala-nuvchanlik odatda og‘izni qo‘l bilan himoyalash, buringa tegib qo‘yish, qovoqlarni silab qo‘yish, quloq ortini yoki bo‘ynini qashlab qo‘yishda ko‘rinadi. Dahanni silab-silab qo‘yish qaror qabul qilishga qiynalishni ko‘rsatadi. Asabiylik holati kishining biror narsaga, bilak uzugi, soati va shu kabilarga hech qanday maqsadsiz qayta-qayta tegib turishi ostiga yashirinadi. Stulning ustiga «minib», oyoqlarni keng yozib o‘tirishdan odamdagi dominantlikka moyillikni sezish mumkin. Oldinga chiqarilgan oyoq, ayniqsa, uni uchi bilan yer tepsinayotgan bo‘lsa, dominantlik yaq-qol namoyon bo‘ladi. Bosh orqasiga chalishtirilgan qo‘llar, ayollarda bel-ga tiralgan mushtlar ham dominantlikka intilish munosabatidan darak beradi. Kiyimdagi yo‘q changlarni qoquvchilar bunday harakat bilan suhbatdosh fikriga e’tiborsizligini yoki qo‘shilmasligini ko‘rsatadi. Odam vaziyat to‘la o‘zining nazorati ostida deb hisoblaganda qo‘llarini boshining orqasiga o‘tkazib, oyoqlarini chalishtirib o‘tiradilar. O‘tir-ganda qo‘llarni tizzaga qo‘yish harakatga darhol tayyorgarlikni bil-diradi. Suhbatni tugatmoqchi bo‘lgan odam qo‘llarini tizzasiga qo‘yib, qaddini biroz oldinga egadi. Odam gapira turib oyoqdan oyoqqa ko‘chi-raversa, tezroq ketishga harakat qilinayotganligini, suhbat unga yoqma-yotganligini yoki shoshayotganligini taxmin qilish mumkin. Ko‘krak qafasini berkitish himoyalash alomatidir. Bunda qo‘llar ko‘krak qafa-sida chalishtirilgan, qaddi-qomad egilgan bo‘lishi mumkin, agar odam dahanini kafti bilan tirab o‘tirgan bo‘lsa, bu ko‘pincha diqqat bilan ting-lanayotganligi va o‘ylanib qolganligini bildiradi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan munosabatga kiri-shishda keskin qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Ularning jinoyatga

Page 21: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

21

aloqador yoki uning o‘zi jinoyat sodir etganligini aniqlash kerak bo‘ladi. Jinoyatni sodir etgan shaxslar doimo o‘zlarining haq ekanliklarini aytishadi.

Shunday qilib, kishilardagi samimiylikni, xulq-atvori va xatti-hara-katlari bilan bog‘liq indikatorlar asosida ularning qanday holatda ekan-liklarini qanday aniqlash mumkin?

Surishtiruv-tergov harakatlarini olib borishda jinoyat sodir etgan shaxs sizga yolg‘on gapirishi va nosamimiylikni ko‘rsatishi mumkin.

Jinoyat sodir etgan shaxs qilmishni sodir etishida qo‘lga tushish oqi-batlarini yaxshi biladi va ko‘p yil qamoqda bo‘lishi mumkinligi unda qo‘r-quvni yuzaga keltiradi. Bu qo‘rquv surishtiruv va tergov harakatlarini amal-ga oshirish vaqtida tashqi alomatlar bilan o‘zini «sotib» qo‘yishi mumkin.

Kishi yolg‘on gapirayotganda stress va zo‘riqishni his qiladi. Qamoq-qa tushib qolishdan qo‘rqish organizmga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va inson-da xavfga qarshi psixik reaksiya kuzatiladi.

Inson organizmi xavfga qarshi uch yo‘l bilan tayyorlanadi: – qo‘rquv yoki xavf organizmda (nevrozlik asosida) himoya mexa-

nizmini ishga soladi, uni himoya reaksiyasiga tayyorlaydi; – shu vaqtda organizm xavfga qarshilik ko‘rsatish uchun mudofaaga

o‘tadi; – organizm xavf bilan bog‘liq kechinmalardan o‘zini himoyalash

pozitsiyasiga o‘tadi. Yuqoridagi holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz inson orga-

nizmi stress holatida bo‘lgan vaqtdagi uning samimiy yoki nosamimiyli-gini aniqlashga yordam beradi.

Bu holatlarni o‘rganish va tahlil qilish qobiliyati psixologiyaning kuzatuv metodi asosida tashkil etiladi.

Noverbal harakatlarni ifodalash qiyin emas. Bunda atrofdagilarning xotirjamligiga xavf soluvchi holatlardagi ixtiyorsiz ravishda yuzaga kela-digan reaksiyalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak bo‘ladi.

Verbal muloqot bu – nutq bilan bog‘liq muloqotning shakli bo‘lsa, noverbal muloqot esa nutqsiz, imo-ishora, emotsiya, jest va pantomimik harakatlarda namoyon bo‘luvchi muloqot shaklidir.

Avval aytganimizdek, xavf vaqtida miya organizmga himoyalanish uchun buyruq yoki signal beradi. Shuning uchun ham organizm metoba-lizmida tezlashish jarayoni kechadi. Xavf vaqtida yurak urishi tezlashadi va qon bosimi ko‘tariladi. Qonga adrenalin ajraladi va u miyaga, mushak-larga hamda o‘pkaga taqsimlanadi.

Mana shu jarayonlar sodir bo‘lgani uchun ham nafas olish tezlashadi. Metabalizmning tezlashishi issiqlik haroratini keltirib chiqaradi, natijada

Page 22: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

22

esa terlash holati sodir bo‘ladi. Metabalizm tezlashishi oqibatida insonda nevroz holatining belgilari namoyon bo‘ladi. Nevrozning tashqi belgilari orqali kishilarning holatini bilish imkoni tug‘iladi. Buni oddiy kuzatish metodi orqali amalga oshirish mumkin.

Nevrozda xulq-atvor va xatti-harakat organizmning turli qismida sodir bo‘lishi mumkin. Inson tanasining ko‘p qismi bizga yolg‘on ishlatish natijasida qo‘rquv va xavfning yuzaga kelganligi haqida ma’lumot beradi.

Bu qismlar: yuz qismi; bosh va bo‘yin; qo‘l va oyoq; tana; ovoz intonatsiyasi.

Bu tana qismlarga qarab kishining stress holatida ekanligi yoki emasligi haqida ma’lumot olish mumkin. U ehtimol yolg‘on gapirayotgan bo‘lishi mumkin. E’tibor berish kerakki, hech qaysi bir indikator kishi-ning yolg‘onidan alohida xabar bermaydi. Har bir indikatorning kombi-natsiyasiga qarab, uning namoyon bo‘lish vaqti va holatiga qarab yol-g‘on gapirayotgan kishini aniqlash mumkin.

Ko‘zni ko‘p pirpiratish va yon-atrofga olib qochish asabiylashish-dan dalolat beradi. Kuzatuv mobaynida ahamiyat beringki, kishi 1 daqiqa davomida 6-8 martagacha pirpiratishi mumkin.

Nevroz holatida boshning qon bosimi ko‘tarilishi kuzatiladi. Yuz qizarishi yoki aksincha oqarib ketishi ham mumkin. Buning sababi orga-nizm yuzni kerakli darajada kislorod bilan ta’minlab bera olmaydi. Kis-lorod yetishmasligi nafaqat yuzning oqarishi, balki yana boshqa alomat-larni ham yuzaga keltirishi mumkin.

Odatda, esnayotgan odamni biz charchagan deb hisoblaymiz. Ammo kishilarni qo‘rquv holatida ham esnoq tutadi. Tezlashgan metabalizm or-ganizmda ko‘p kislorod sarflanishiga sabab bo‘lgani uchun ko‘p esnasha-di. Esnoq organizmni ko‘proq kislorod bilan to‘yinishiga imkon beradi.

Kishida nosamimiylik oqibatida vujudga keladigan qo‘rquv organizm-da stress va zo‘riqishni hamda jismoniy o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.

Lab sohasi ham stress va zo‘riqishlarni ko‘rsatuvchi indikatorlar hisob-lanadi. Metabolizm tezlashishi natijasida organizm ko‘proq suv talab qiladi. Bu esa og‘iz bo‘shlig‘ida va tomoqda qurishni keltirib chiqaradi. Labni ya-lash va ko‘p yutinish organizmning suvga ehtiyoj sezayotganligini bildiradi.

Organizmni intensiv ishlashga majbur qiluvchi va ko‘p kislorodga ehtiyoj sezish jarayoni ham organizmning qizishiga sabab bo‘ladi. Agar siz o‘tirgan joyning harorati terlash darajasida bo‘lmasa, demak, bilingki, kishining terlashi stress va zo‘riqish tufayli sodir bo‘ladi.

Kishining boshi va yuz qismi ko‘rinarli joyda joylashgan bo‘lgani uchun bu qismlarni nazorat qilish mumkinligi bois turli qiyofaga kirishi

Page 23: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

23

mumkin. Boshqa tana qismlarini nazorat qilish mushkulroq bo‘lgani uchun ular o‘zlarini beixtiyor sotib qo‘yadilar.

Noverbal harakatlarning qo‘llar misolida tahlili quyidagicha bo‘lishi mumkin. Tirnoqlarni o‘ynash, barmoqlarni ko‘p qimirlatish, soat, uzuk kabi buyumlarni ushlash, terni artish, kaftlarni bir-biriga ishqalash, doi-miy qichinish bularning barchasi qo‘l sohasida yuzaga chiquvchi nevroz holatining belgilaridir.

Tananing g‘ujanak bo‘lishi uning zo‘riqishidan, nosamimiyligidan xabar beradi.

Organizmning harakatlanishga shayligi bir vaqtning o‘zida uning beixtiyor himoyaga tayyorlanishini ham ta’minlaydi. Organizmning mu-dofaa pozitsiyasida tana o‘zini xavf-xatar yoki og‘riqni sezmaslik uchun (blokirovka) yopiq holatga o‘tadi.

Shaxsning qo‘llarini ko‘krak qafasi oldida jipslashtirish yoki qo-vushtirishi xodim nazoratidan o‘zini mudofaa qilishga urinishidir.

Qo‘llarning qovushtirilishi yoki blok holati mudofaa, himoya vazifa-sini o‘taydi.

Tanasini chetga o‘girishga urinayotgan kishi xodimdan o‘zini torta-yotganligini anglatadi. Bu mudofaa pozitsiyasining yana bir ko‘rinishi hisoblanadi. Mudofaa pozitsiyasining yana boshqa bir ko‘rinishida bu tana informatsiya berishdan qochadi yoki o‘zini himoya qilishga urinadi. Bu asosan yuzda ifodalanadi.

Yolg‘on vaqtida insonlar stressga yuz tutishlari mumkinligi uchun ular ong ostida (beixtiyor) o‘zlarini yupatadilar yoki ko‘ngillarini ko‘ta-rishga harakat qiladilar. Ular tananing bir qancha joylariga xuddi ona bolasini ovutganday teginishlari mumkin.

E’tibor berish kerak bo‘lgan yana bir indikator – berilgan savolga javob berishda inson stress natijasida nigohni bir nuqtadan boshqasiga tez-tez ko‘chirishi ham ko‘zini olib qochishi mumkin. Ko‘zni olib qochish – kishi sizni tinglamayotgani yoki sizning ishtirokingizni his qilmayotganidan darak beradi.

Kishining ko‘zlarini olib qochishi, odamga qarab gapirmasligi doim ham shubha uyg‘otmasligi kerak. Ayrim insonlar shunday tarbiyalangan bo‘ladilar yoki aksincha so‘zlashuv davomida faqat ko‘zlarga qarab gapirishlari mumkin. Ammo ahamiyat berish kerakki, kishi ko‘zlarini olib qochishi bu uning nosamimiyligi yoki nimadir yashirayotganligidan dalolat beradi. Kishi yolg‘on so‘zlayotganda suhbat davomiyligining 1/3 qismidagina nigohlar to‘qnash keladi.

Page 24: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

24

Muloqotda suhbatdoshlarning ko‘z qarashlari – vizual kontaktlari ham katta ahamiyatga ega. Vizual kontakt – bu qarashlar soni, ularning uzoqligi, qarashlardagi statika va dinamik almashinuvlar, ko‘zini olib qochishlar va boshqalardan iborat. Argayl shulardan kelib chiqib, «yaqinlik (intimlik) formulasi»ni ishlab chiqqan va bunda intimlilik darajasi suh-batdoshlar o‘rtasidagi masofaga va ko‘z qarashlarga bog‘liqligini isbotla-gan. Chunki ko‘z qarashlar suhbatdoshning muloqotga tayyorligi, uni davom ettirish kerak yoki kerak emasligi haqida ma’lumot berib, suhbat-ning yo‘nalishini belgilaydi.

Yana bir muhim ta’sirchan belgilar majmuini o‘ziga mujassam etgan soha – bu yuzimizdir. Ilmiy adabiyotda yuz qiyofasining 2000 dan ziyod qirralari aniqlangan. Ularni ma’lum tartibda tizimga solish uchun P.Ekman «FAST» – Facial Affect Scoring Technique deb nomlangan metodikani ham taklif etgan. Unga ko‘ra yuz uch zonaga bo‘linadi: I – ko‘z va peshona, II – burun va burun oldi, III – og‘iz va iyak zonasi. Ularning har birida turlicha bo‘ladigan 6 xil emotsional holatlar ajratiladi: quvonch, jahl, hayrat, qo‘rquv, g‘am va nafrat.

Vizual aloqa ko‘zlar orqali amalga oshiriladigan aloqadan iborat. Ayrim ma’lumotlar: psixologik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, suh-batdoshlar bir-birini ko‘zlariga tikilishi bilan o‘zidagi yoqtirish, sadoqat yoki aksincha, agressiv reaksiyalarga tayyorgarlikni ifodalaydi. Vizual aloqa muloqot ishtirokchilari orasidagi masofa katta bo‘lganda hamda tanish odamlar o‘rtasida uzoqroq davom etadi. Yoqimsiz suhbat davomi-da odamlar ko‘zlar to‘qnashuvidan o‘zlarini saqlaydilar. Ayollar erkak-larga nisbatan vizual aloqaga ko‘proq moyildirlar. Odamning emotsio-nal holati ta’sirida ko‘z qorachig‘i kengligi o‘zgaradi. Salbiy emotsiya-lar ta’sirida qorachiq torayadi, ijobiy emotsiyalar ta’sirida esa kengaya-di. Mutaxassislar maslahatiga ko‘ra ijobiy va ishonchli munosabat o‘r-natish uchun suhbatdoshlar vizual aloqani butun muloqot vaqtining 60-70%ni egallashi kerak. Odam samimiy bo‘lmasa, yoki uyalayotgan bo‘lsa, vizual aloqa butun muloqotning 1/3 ni egallaydi. Bordiyu, vizual aloqa butun muloqot vaqtining 2/3 qismini egallasa, bu holat odamga nisbatan qiziqish kuchliligini ko‘rsatadi (bunda ko‘z qorachig‘i kengaya-di), yoki odamga nisbatan salbiy munosabat kuchliligini ko‘rsatadi (bun-da ko‘z qorachig‘i torayadi). Ammo vizual aloqa kuzatuvida milliy xusu-siyatlarni ham inobatga olish kerak. Janubiy Yevropa xalqlarida suhbat-doshning ko‘zlariga uzoqroq tikilish odatiy holatdir. Ba’zilarga bu haqorat bo‘lib tuyulishi mumkin. Yaponlar yuzga nisbatan bo‘yinga

Page 25: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

25

ko‘proq qaraydilar. Uzlukli vizual aloqa samaralidir. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, vizual aloqa 10 soniyadan ortmasligi kerak. Vizual aloqaning optimal varianti suhbatdoshlarning yuzma-yuz emas, ma’lum burchak ostida (tajribalar natijasiga ko‘ra 90 gradus) bir-biriga yuzlani-shidan iborat. Bunday joylashish tikilib turishga majbur qilmaydi va harakatlarning erkin bo‘lishini ta’minlaydi.

Demak, noverbal muloqotda bir qancha belgilar tizimlaridan foyda-laniladi. Ulardan foydalanish ko‘pincha ongsiz amalga oshadi.

Sochni silash, soqol, mo‘ylabni siypalash; yuz, dahan sohalarini silash, quloqni tortqilash, burunni ishqalash kabilar insonning o‘zini o‘zi ovutishga urinishi yoki yolg‘ondan himoyalanish vositasidir.

Muloqotning nutqsiz vositasiga kiruvchi boshqa guruhini vokal-lashtirish tizimi, ya’ni ovoz sifati, uning diapazoni, tonalligi va boshqalar tashkil etadi. Ushbu qo‘shimchalarning hammasi axborotning ahamiyatini oshiradi va o‘ziga xos nutqqa qo‘shilgan «qo‘shimcha» vazifasini bajaradi.

Jon Chestara muloqot jarayonida namoyon bo‘ladigan va aniq ma’no va mohiyat kasb etadigan noverbal qiliqlarga tasnif bergan1:

1) agar suhbatdoshingiz barmoqlari bilan stolni tinmay chertayotgan bo‘lsa, demak, u betoqat, yoki unga siz bilan suhbatlashish zerikarli, shu-ning uchun u asabiylashmoqda;

2) agar suhbatdosh yelkalarini qisayotgan bo‘lsa, demak, uni siz bilan bo‘lgan suhbat befarq qoldirdi, unga baribir;

3) agar u qo‘l barmoqlarini qisayotgan bo‘lsa, demak, u nimadandir juda xavotir, o‘zini himoyasiz his qilmoqda;

4) suhbatdoshning qo‘llarini musht qilib turishi undagi vajohat belgisi, lekin u bu holatni, badjahllikni nazorat qilmoqchi;

5) agar suhbatdoshning qo‘llari behol bo‘lib, kaftlari yuqoriga qara-tilgan tarzda oldinga intilgan bo‘lsa, demak, u nimadandir taajjubda, tashvishda, qiyinchilikda;

6) agar sherigingiz kostumining tugmalarini yechsa, demak, u faol-likka hozirlangan bo‘ladi;

7) qo‘llar ko‘krakda bog‘langan bo‘lsa, bu uning chaqirig‘i, nimani-dir muhokama qilishga tayyorligi ramzi;

8) agar odam tez yurib borayotib, iyaklarini ko‘targan holda qo‘l-larini erkin tashlab qo‘ygan bo‘lsa, demak, u o‘ziga ishonadi, u – qat’iyatli;

9) odam ketayotganda, ikki qo‘li cho‘ntakda, boshi egik bo‘lsa, de-mak uning ruhiyati tushkunlikda, xafa, depressiya holatida bo‘ladi;

1 Жон Честара. Деловой этикет. – М., 1997. – Б.26.

Page 26: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

26

10) qo‘l kaftlarining chakkaga qo‘yilganligi uning nimagadir juda hayratlanib, qiziqayotganligining belgisidir;

11) agar suhbatdosh qo‘l mushti bilan o‘zining iyagiga urayotgan bo‘lsa, u nimanidir aniqlamoqchi, tashvishda bo‘ladi;

12) agar odam burniga teginsa yoki uni ishqalayotgan bo‘lsa, demak, u nimanidir ustida o‘ylamoqda;

13) agar suhbatdosh qo‘lini beliga tirab olgan bo‘lsa, demak, u o‘zi-ning ustunligini bildirib, ochiq gaplashib olishga chaqirayotgan bo‘ladi;

14) agar qo‘llarining uchlarini birlashtirib «uycha» shaklini eslata-yotgan bo‘lsa, bu uning nimanidir o‘ylayotganligi yoki nimagadir qiziqa-yotganligi ramzidir;

15) agar siz gapirayotganingizda suhbatdosh boshini yonbosh qilib tinglasa, demak, u jiddiy emas, hazilga moyil;

16) agar suhbatdosh ko‘z oynagini burun ustiga tushirib, tepasidan qarasa, bu uning sizdan ko‘proq ma’lumotlarni kutayotganligi belgisidir;

17) odam u yoqdan bu yoqqa borib kelayotgan bo‘lsa, demak, u nimadandir tashvishda, asabiylashmoqda;

18) agar odam qansharini bosayotgan bo‘lsa, demak, u charchagan (agar ko‘zoynagi qismayotgan bo‘lsa).

19) agar odam stulning qirg‘og‘iga o‘tirib olgan bo‘lsa, bu yo sabr-sizlik bilan kutayotganligi, yoki nimagadir qiziqish bildirayotganligi ramzidir;

20) odam oyoqlarini bir-birining ustiga qo‘yib olib, oyog‘ini yengil tebratayotgan bo‘lsa, demak, u zerikmoqda;

21) agar odam ko‘rsatgich barmog‘i bilan o‘qtalib, o‘ziga xos tarz-da harakat qilayotgan bo‘lsa, u o‘z qarashini ta’kidlamoqchi;

22) agar odam oyoqlarini xontaxta yoki stol ustida ustma-ust qo‘yib o‘tirgan bo‘lsa, u boshqalarda o‘ziga xos taassurot qoldirmoqchi, o‘zining tobe emasligini ko‘rsatmoqchi;

23) agar odam o‘zini orqaga tashlab, qo‘llarini bir-biriga bog‘lab, bo‘ynida ushlagan bo‘lsa, demak, u dam olmoqchi, va boshqalarda taassurot qoldirmoqchi;

24) gapirayotgan paytida og‘zini berkitishi, uning «tushunishingiz shart emas» degani.

25) odamning bir qo‘lini orqaga qilib, boshqa qo‘li bilan tirsagini ushlab turishi, uning tajangligi va birov bilan gaplashish xohishi yo‘qligini bildiradi» (ko‘rsatilgan adabiyot: 174-175-b.).

Shunday qilib, biz odatiy, tabiiy deb idrok qilgan muloqotda ham ko‘plab sirlar, o‘ziga xos nozik tomonlar borki, ularning barchasi bizdan

Page 27: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

27

muloqotda bilimdonlikni, o‘zgalarga va o‘zimizga e’tiborliroq bo‘lishi-mizni talab qiladi.

Ovoz kishilarning ayni vaqtdagi holatini (xarakteri, temperamenti, his-tuyg‘ulari) atrofdagilarga anglatadi. Ovozning toni shaxsning emo-tsiyasini bilishga yordam beradi (g‘azab va qayg‘u – yengilroq, rashk va nevroz – og‘irroq).

Asablari tarang hamda xavotirli holatlarda sherigimizning ham ovoz tembri bir necha bor o‘zgaradi. Bu fakt «Yolg‘on detektori»ning kontakt-siz namunalarida munosib qo‘llaniladi. Ma’lumot olinishida, ovozning kuchi va darajasiga e’tibor bering: aniq, baland ovoz – g‘ayrat, ishtiyoq, xursandchilik, ishonchsizlik; baland, kuchli va yuqori diapazonidagi ovoz – g‘azab va qo‘rquv; juda yuqori chinqiroq ovoz – xavotirni; yumshoq, ohista, har bir frazaning oxirida intonatsiyaning

pasayishi bilan ifodalanadigan ovoz – g‘am, qayg‘u, charchoq; ovozdagi oliftagarchilik – zo‘riqish, yolg‘on; Noverbal tovushlar ahamiyatga ega ma’lumotlarni beradi: hushtak (beixtiyor chalish) – ishonchsizlik yoki xavfsirash; kutilmaganda xaxolab kulish – zo‘riqish; ovozning kutilmaganda qisilib chiqishi – zo‘riqish; doimiy yo‘tal tutishi – yolg‘on, o‘ziga ishonchsizlik, tashvishlanish. Shuningdek, beixtiyor reaksiyalar ham mavjud bo‘lib, ularni nazorat

qilish juda qiyin (zero, ularni turli usullar bilan yashirishga urinishadi), biroq ma’lumot olishda ancha ahamiyatli hisoblanadi. Ba’zi reaksiyalar «yolg‘on detektori» kabi tashxis apparatlarida aniqlanadi.

Bunday reaksiyalar quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: yuzning qizarishi – uyat, g‘azab; oqarib ketish – qo‘rquv, aybdorlik hissi; qorachiqning kengayishi – qiziqish, qoniqish hissi, rozilik, kuchli

og‘riq; qorachiqning torayishi – qoniqmaslik, rad qilinish; qo‘l va bo‘yin sohasi arteriyasida pulsning kuchli urishi – (yurak

urishining faollashuvi bilan bo‘yinbog‘ni bo‘shatishga urinish) xavotir, qo‘rquv, uyat, yolg‘on; puls chastotasining pasayishi – diqqatning oshishi; tez-tez va yuzaki nafas – ichki zo‘riqish; burundan qisqa-qisqa nafas olish – jahl; nafas olishning buzilishi, tomoqning qisilishi, tupukni reflektiv

yutinish – vahima, uyat, yolg‘on;

Page 28: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

28

og‘izning qurishi (yutinish, labni yalash, tashnalik…) – qo‘rquv, yolg‘on; to‘satdan tishlarni ko‘rsatish – qahr, tajovuzkorlik; terlamoq, ter – g‘azab, xijolat bo‘lish, nervozlik, yolg‘on; titroq (qo‘l, oyoq barmoqlarida, yuz mushaklarida) – ichki

zo‘riqish, qo‘rquv, yolg‘on; pirpirash – qo‘zg‘alish, yolg‘on; qorinning g‘uldirashi – qo‘rquv (doim ham emas, vaziyatga qarab...); tishlarni g‘ijirlatish – kuchli nevroz, stress, o‘ylaganni amalga

oshira olmaslik. Bunday reaksiyalar ayollarga nisbatan erkaklarda aniqroq ifodalana-

di va kuzatish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Eslatma: har qanday psixofiziologik diagnostikada simptomatik

holatlardan tashqari vaqt, joy, vaziyat, holat kabi parametrlarga ahamiyat berish lozim (masalan, harorati 390 bo‘lgan bemorda og‘iz qurish, ter-lash, ko‘zlarning pirpirashi, yuzning qizarishi kabi holatlar ro‘y beradi).

Nutqsiz vositalarning uchinchi guruhiga kommunikativ jarayonni tashkil qilishning makon va zamoni kiradi. Ular ham maxsus belgilar tizimi bo‘lib, kommunikativ tizimning tarkibiy qismlari sifatida ma’noga ega. So‘nggi vaqtlarda psixologik tadqiqotlarda muloqotga kirishuvchi shaxslar o‘rtasidagi oraliqning kommunikativ ahamiyatiga va muloqot samaradorligining ishtirokchilar joylashuviga bog‘liqligi masalalariga e’tibor berilmoqda. Muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi masofalarning to‘rt turi farqlanadi: intim (0–0,5 m), shaxsiy (0,5–1,5 m), ijtimoiy (1,5–3 m), ommaviy (3 metrdan ortiq).

Xodim masofani o‘zgartirish orqali gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh kabilarga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatishga erishishi mumkin, chunki bu bilan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlar xususiyati o‘zgaradi1.

Muloqot, shuningdek, individlarning bir-birlariga kommunikativ ta’sirining muayyan usullarini ham o‘z ichiga oladi.

Ta’sir etish usullarining quyidagi turlari farqlanadi: Yuqimlilik – ta’sir ko‘rsatishning kishilar ommasini muayyan tarzda,

ayniqsa ommaviy tartibsizliklar, diniy jazavalar, ommaviy psixozlar bilan bog‘liq ravishda integratsiya qiluvchi maxsus usuli.

Umumiy tarzda yuqimlilikni individning ongsiz, ixtiyorsiz ravishda muayyan ruhiy holatlarga tushishga moyilligi sifatida ta’riflash mumkin. U muayyan hissiy holatning birovga o‘tkazilishida namoyon bo‘ladi.

1 Асямов С.В., Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимларининг кас-бий-психологик тренинги. – Т., 2002. – Б.76.

Page 29: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

29

Ishontirish – isbotsiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabar-larni tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ ta’sir ko‘rsatish usulidir. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojining hozirgi bosqichida «ishontirish mantiqiy isbotlashsiz shakllangan ishonch-ga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga beriladi yoki ak-sincha, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga asoslani-ladi. Inson ishontirish ta’siriga ixtiyorsiz tushib, o‘zi anglamagan holda harakat qila boshlaydi. Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat faoliyatida ta’sir etishning ushbu usulidan juda ehtiyot bo‘lib foydalanishlari kerak, ba’zan (masalan, tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida) undan foydala-nish qonun bilan taqiqlanadi.

Ishontirish ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolarga ko‘rsata-digan asosiy ta’sir usuli bo‘lishi kerak. Undan foydalanishning muvaffa-qiyati quyidagilarga bog‘liq:

– ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning shaxsiy ishonchi; – uning tayyorgarligi va bilimi; – xabar berilayotgan faktlar, hodisalar, harakatlarning to‘g‘riligi,

aniqligi va ishonchliligi; – foydalanilayotgan faktlarning xarakterli, tipik bo‘lishi; – odamlarni o‘ziga nisbatan moyil qilish, ularning ishonchini

qozonish; – ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning talabchanligi, uning vazminligi va

odobi. E’tiqod mavjud qarashlar, mayllar, nuqtai nazarlar, munosabat va

baholarni o‘zgartirish maqsadida u yoki bu qoida, qarash, qilmishning to‘g‘riligini yoki ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muloqot, tushuntirish va isbotlash orqali odamlarning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir ko‘rsatish bo‘lib, kommunikativ ta’sir ko‘rsatishning eng universal usulidir. E’tiqod mexanizmi inson aqliy faoliyatini jadallashtirishga, uning maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini ongli ravishda tanlashiga asoslangan. Kimnidir nimagadir ishontirish, mantiqiy mulohaza, xulosa chiqarishlar natijasida muayyan nuqtai nazarga qo‘shiladigan va uni himoya qilishga yoki unga muvofiq harakat qilishga tayyor bo‘ladigan holatga erishishni bildiradi.

Taqlid qilish ongli yoki ongsiz ravishda namunadan nusxa olishdir. U guruh, jamoani tashkil etuvchi odamlarning xatti-harakatiga xos bir xil usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Muloqot jarayonida psixologik-pedagogik ta’sir etishning prinsiplari:

Page 30: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

30

1) Ta’sir etish shaxsning aniq o‘ziga xos sifatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak;

2) Psixologik ta’sir etish uchun inson psixikasining umumiy qonuniyatlarini va rivojlanish darajasini bilish kerak;

3) Ta’sir etish jarayoni, uning elementlari, oqibatlarini oldindan rejalashtirish va bashorat qila olish;

4) Shaxs tomonidan uning ijobiy ta’sirlanishi rag‘batlantirib borilishi kerak;

5) Ta’sir etish inson huquqlarini poymol etishi kerak emas; 6) Shaxsga ta’sir etish rejalashtirilganida barcha xatti-harakatlari

tizimi aniqlanishi va hisobga olinishi kerak; 7) Ta’sir etish jarayonida tashqi ta’sir etuvchi omillarni hisobga

olish zarur; 8) Ta’sir etish shaxsning hissiy holatini hisobga olgan holda amalga

oshiriladi; 9) Ta’sir etish jarayoni mobaynida shaxsning psixologik faolligini

ta’minlash zarur. Psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash bosqichlari: Muloqot jarayonida shaxsga ta’sir ko‘rsatishning bir qator psixolo-

gik usullari qo‘llaniladi. Ularni xodim va fuqaro o‘rtasida yuzaga keladi-gan vaziyatga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:

– shaxslararo munosabatda nizosiz vaziyatlarda qo‘llaniladigan usullar; – shaxslararo munosabatda nizoli vaziyatlarda qo‘llaniladigan usullar. Shaxslararo munosabatda nizosiz vaziyatlarda qo‘llaniladigan usul-

larga quyidagilar kiradi: – bog‘langanlik; – o‘xshashlik; – qarama-qarshilik; – ajratish; – parafraza (boshqa odamlarning so‘zlari bilan aytib berish); – ko‘rgazmalilik. Bog‘langanlik. Bunda voqealar assotsiatsiyalar (o‘xshashlikni yara-

tish prinsipi bo‘yicha xotirlanadi (eslab qolinadi). Shaxs xotirasida narsa va hodisalar obrazlari o‘rtasidagi bog‘liqlik assosiasiyalari asosida idrok etilgan tartibda hosil qilinadi.

O‘xshashlik. Bu usul ish uchun ahamiyatli, ammo unutilgan tasav-vur, fikr va hissiyotlarni bu ishga aloqasi bo‘lmagan, lekin o‘xshab keta-digan obyekt yoki tushunchalarni taqdim etish orqali shaxsning xotirasi-

Page 31: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

31

da tiklash uchun qo‘llaniladi. Masalan, so‘roq qilinayotgan shaxsga foto-suratni ko‘rsatib, nafaqat shaxs haqida, balki uning harakatlari haqida ham tasavvur hosil qilish mumkin.

Qarama-qarshilik. Bu usulning mohiyati shundaki, bunda qarama-qarshi obyektlar (oq – qora, katta – kichik va h.k.) qiyoslanadi. Masalan, agar hodisa qishda yuz bergan bo‘lsa, unga yozgi davrni eslatib, unutil-gan vaqtni xotirasida tiklashiga ko‘maklashish mumkin.

Ajratish. Bu usul idrok etish chog‘ida hosil bo‘lgan aloqalarni ajratish hamda ayrim belgi va xususiyatlarni (xossalarni) aniqlashga asoslanadi.

Parafraza (boshqa odamlarning so‘zlari bilan aytib berish). Shaxs ma’lumotlarni o‘zi o‘zlashtirmagan yoki boshqa odamlar tomoni-dan aytib berilgan kategoriya va ifodalarda keltirishi mumkin. Ularni tekshirish uchun xodimning iltimosiga ko‘ra shaxs bu ma’lumotlarni boshqa so‘zlar bilan takrorlaydi, ya’ni boshqacha qilib aytib beradi.

Ko‘rgazmalilik. Bu usul shaxs narsaning xususiyat va belgilarini so‘zda ifodalashga qiynalayotganida qo‘llaniladi. Ushbu hollarda unga ranglar shkalasi, suratlar, modellar taqdim etiladi. Shaxsga u so‘z bilan ifodalashga qiynalayotgan narsani qog‘ozda tasvirlashni taklif etish mumkin.

Nizoli vaziyatlarda qo‘llaniladigan usullar: – zo‘riqishni olib tashlash; – zo‘riqish hosil qilish; – shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlardan) foydalanish; – shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish; – yolg‘onga chek qo‘yish; – kutish; – afsonaga yo‘l qo‘yish; – chaqiriq (da’vat); – qo‘qqisdan savollar berish; – izchillik; – diqqatni chalg‘itish; – nutq sur’atini jadallashtirish; – nutq sur’atini pasaytirish; – xodimning xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish; – takroriylik. Zo‘riqishni olib tashlash. Ko‘pincha ichki ishlar idoralari xodim-

lari bilan fuqarolar muloqotga kirishganida kuchli hayajonga tushadi. Buning natijasida u ma’lumotlarni izchil va ma’noli bayon eta olmaydi.

Page 32: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

32

Bunday holat noodatiy vaziyat, xavotir hissi, ortiqcha bir narsa aytib qo‘yishdan qo‘rqish kabilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Zo‘riqishni olib tashlash uchun unga vaziyatga moslashib olishi, xotirjam tinchla-nishi uchun vaqt berish, so‘ngra psixologik aloqaga kirishish zarur.

Zo‘riqish hosil qilish. Bunday holatni xodim so‘roq qilinayotgan shaxsning emotsional sohasiga ta’sir ko‘rsatish, u tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishonchini so‘ndirish orqali yaratadi. Agar so‘roq qilinayot-gan shaxs ortiqcha hissiy qo‘zg‘aluvchan va impulsiv bo‘lsa, bu usul jiddiy natijalar beradi.

Shaxsiga xos fazilatlardan (ijobiy xislatlardan) foydalanish. Ko‘p hollarda shaxsning fazilatlariga murojaat etish jinoyatlarni tekshirishda, ayniqsa yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilga-nida foyda beradi. Shu bois, so‘roq qilinayotgan shaxsning halolligini eslatib, o‘tmishdagi xizmatlari, jamoadagi obro‘sini ta’kidlab, uni so‘roq vaqtida ochiq bo‘lish va haqgo‘ylikka ko‘ndirish mumkin.

Shaxsning ojiz tomonlaridan foydalanish. Shaxs ruhiyatining o‘ziga xos jihatlari (jizzakiligi, kechinmalarga moyilligi kabilar)ni hisobga olib, so‘roq paytida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishiga erishish mumkin. G‘azab paytida so‘roq qilinayotgan shaxs odatda aytmaydigan fikrlarini aytishi mumkin.

Yolg‘onga chek qo‘yish. Bu usul shaxs «yolg‘onni rivojlantirishi-ga» imkon berish zarurati bo‘lmaganida qo‘llaniladi. Bu usulni xodim ish holatlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lganida qo‘llagani ma’qul. Bunda yolg‘on ko‘rsatuvlar darhol rad etiladi. Mavjud dalillarni taqdim etish orqali yolg‘on bartaraf etiladi.

Kutish. Ish natijasidan manfaatdor guvoh, jabrlanuvchi, gumon qili-nuvchi, ayblanuvchining ongida motivlar kurashi yuz beradi. Motivlarning ayrimlari yolg‘on, boshqalari esa haqqoniy ko‘rsatuvlar berishga undaydi.

Xodim shaxsdagi ikkilanishlarni inobatga olib, uning ongida foydali motivlar g‘alabasini ta’minlovchi asoslarni atayin «yaratadi» hamda so‘roq qilish vaqtida, so‘roq qilinuvchining o‘zi yolg‘on ko‘rsatuvlaridan voz kechishini kutib, tanaffus beradi.

Afsonaga yo‘l qo‘yish. Xodim shaxs yolg‘on ko‘rsatuvlar berayot-ganini bila turib, ularni bayon etishi va ichidagini aytib olishiga imkon beradi. Bunda shaxsning o‘zining avvalgi fikrlariga zid ko‘rsatmalar berishi aniq bo‘ladi. Xodim o‘zini uning ko‘rsatuvlariga ishonayotgan-dek tutadi, uni diqqat bilan eshitadi va aytganlarining hammasini bayon-nomada qayd etib, so‘ngra afsonani barbod etadi.

Page 33: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

33

Chaqiriq (da’vat). Bu usul shaxs mantiqan izchil fikr yuritishni istamagan paytda qo‘llaniladi. Xodim atayin diqqatini shaxs rad eta oladigan, yaxshi isbotlanmagan holatlarga qaratadi. Shu tariqa shaxs fikr-lashga undaladi va shu paytda xodim unga dalillar bilan tasdiqlangan faktlarni xabar qiladi. Shaxs ushbu faktlarni ham avvalgilaridek rad etish-ga harakat qiladi, ammo ular obyektiv bo‘lgani uchun bu qo‘lidan kelmay-di. Bu hol unda o‘zini yo‘qotish, tushkunlik holatini yuzaga keltirishi mumkin. Shunda u aslida bo‘lgan voqeani aytib berishga majbur bo‘ladi.

Qo‘qqisdan savollar berish. Shaxs yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotga-nida unga u mavjudligini bilmagan savol qo‘qqisdan beriladi yoki dalil taqdim etiladi. Bu hol avvaldan tayyorlab qo‘yilgan yolg‘on javoblar tizimini buzib yuboradi va shaxsda stress holatini keltirib chiqaradi. U qo‘qqisdan olingan ma’lumotni bungacha o‘zi o‘ylab topgan ma’lumot-lar bilan bog‘lashga qiynaladi, keyin navbatdagi yolg‘on javobni darrov ifodalay olmaydi.

Izchillik. Bu usul qo‘qqisdan qo‘llaniladigan usulga qarama-qarshi bo‘lib, shaxsda ruhiy zo‘riqishni asta-sekin kuchaytirish uchun zarur paytda qo‘llaniladi. Buning uchun xodim dalillarni ketma-ket o‘sib bo-ruvchi tartibda taqdim etadi va har birining ahamiyatini batafsil tushun-tiradi. Xodim shaxs to‘plangan dalillarning kuchini sezishiga imkon berib, yolg‘on gapirishga urinishi befoyda ekanligini ko‘rsatadi.

Diqqatni chalg‘itish. Ushbu holda xodim shaxsning hushyorligini so‘ndirish uchun diqqatini asosiy masalaga qaratmaydi, balki uni boshqa masalalarga fikrini tortadi.

Nutq sur’atini jadallashtirish. Ko‘p hollarda shaxs so‘roq paytida imillaydi, vaqtni cho‘zadi, xodim biladigan holatlarga mos kelishi uchun javoblarini o‘ylab olish va tayyorlashga harakat qiladi. Shunday vaziyat-da xodim shaxs gaplariga jadal sur’at bag‘ishlab, uning fikrlaridan oldin-da yurib, fikrlashi va nayrang ishlatishiga imkon bermay, tashabbusni o‘z qo‘liga oladi.

Nutq sur’atini pasaytirish. Shaxs so‘roq paytida juda tez gapiradi, fikrlarda chalkashliklar, tizimlilik yo‘qolganda nutq sur’atini pasaytirish kerak bo‘ladi.

Xodimning xabardorligi haqida tasavvur hosil qilish. Ushbu holda xodim shaxsga muayyan fakt yoki ma’lumotlarni atayin aytib beradi. Natijada shaxs xodim ko‘p narsadan xabardorligi haqida xulosaga keladi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar bera boshlaydi.

Takroriylik. Bu usul shaxs navbatdagi so‘roq paytida avval bergan ko‘rsatuvlarini aniq takrorlay olmasligiga qaratiladi.

Page 34: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

34

3-§. FUQAROLAR BILAN PSIXOLOGIK ALOQA O‘RNATISH USULLARI

Psixologik aloqa tushunchasi – muloqot turlarining keng ravishda

amalga tatbiq qilinishi bo‘lib ushbu jarayonda insonning holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatiladi. Xohlagan axborotni muloqot jarayonida to‘liq berish, uning to‘g‘ri qabul qilinganligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va muloqot jarayonini faollashtiradi.

Har bir muloqotda bir necha maqsad ko‘zda tutilishi mumkin. Ichki ishlar idoralari xodimi shaxsning voqealarga aloqadorligi qay darajada ekanligidan kelib chiqqan holda dalillarni yana bir marotaba tekshirib ko‘rish, o‘zidagi mavjud dalillarni boyitish maqsadini ko‘zlashi mumkin. Muloqot doimo inson tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxs janjalkash bo‘lishi mumkin, janjal nizolar natijasida yuzaga keladi. Bunda shaxsning nizoli vaziyatni keltirib chiqaradigan holatlarini o‘rga-nish kerak bo‘ladi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan muloqot qilishi uchun chuqur bilim va quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishlari kerak:

– notanish shaxslar bilan tezda muloqotga kirishish, ularga ma’qul bo‘lish;

– boshqa shaxslarning gapini eshita olish qobiliyatiga ega bo‘lish; – odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish; – muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni bartaraf etish va hokazo. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kommunikativ faoliyati maxsus

jihatlarga ega bo‘lib, u bir qator psixologik xususiyatlarni, birinchidan, ichki nutqning o‘ziga xos tomonlarini, ikkinchidan, uning qiyinligini ko‘rsatadi. Ushbu muloqotning muhim xususiyati uning kasbiy yo‘nal-ganligidir. Zero, xodimlar jinoyat qilgan shaxslarni, guvohlar va jabrla-nuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa shaxslar bilan muloqotda bo‘la-dilar. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari haqiqatni ochishga harakat qilsalar, jinoyatchilar, aksincha, jinoyatni yashirishga, yolg‘on ma’lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutilishga intiladilar.

Ichki ishlar idoralari xodimi protsessual qonunlar doirasida harakat qiladi, ya’ni jinoyatchi shaxsga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramasdan muloqot qilishga majbur.

Muloqot jarayonida obyektning o‘ziga xos tomonlari borligini ham hisobga olish lozim. Shuni aytish joizki, ko‘p holatlarda jinoyatchi shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilar bo‘ladilar.

Page 35: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

35

Natijada muloqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar paydo bo‘lib, ko‘proq ular sun’iy ravishda vujudga keltiriladi.

Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar vujudga kelishi mumkin:

1) motivatsion to‘siqlar; 2) aqliy to‘siqlar (intelektual); 3) emotsional to‘siqlar; 4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar. Motivatsion to‘siqlar shaxsning muloqotga kirishishdan bosh torti-

shi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamasligida namoyon bo‘ladi.

Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining keng-ligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi yuqori bo‘lgan taqdirda vujudga keladi.

Emotsional to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (tajovuzkorlik, qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar).

Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlarga ichki ishlar idoralari xodim-lari tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va muqaddam sudlan-gan shaxslar bilan surishtiruv-tergov harakatlarini olib borayotgan vaqtda uchraydi.

Muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni bartaraf etishning zaruriy sharti fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatishdir. Bunday aloqa o‘rna-tish zarurati bir qancha holatlar bilan bog‘liq.

Psixologik aloqa o‘rnatishdan ko‘zlanadigan maqsadlar: – kutilayotgan muloqot jarayonida subyektning psixik (ruhiy) fao-

liyatini jadallashtirish; – muloqotda qo‘rquv va xavotirlarni olib tashlash; – psixologik moslashuv (adaptatsiya) jarayonini osonlashtirish. Shu jihatdan qaraganda, psixologik aloqa o‘rnatishning quyidagi

asosiy bosqichlari qiziqish uyg‘otadi: Psixologik aloqa o‘rnatishning bir necha bosqichlari mavjud: 1) bo‘lajak muloqotni bashorat qilish; 2) aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish; 3) tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi; 4) umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash; 5) muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish; 6) individual ta’sir ko‘rsatish.

Page 36: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

36

Bo‘lajak muloqotni bashorat qilish. Psixologik aloqa o‘rnatishning samarali bo‘lishi uchun dastlabki rejalar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxs haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Bundan tashqari, shaxsning psixologik xususiyatlarini bilish ham aloqa o‘rnatishda yordam beradi. Shuningdek, shaxsning emotsional psixologik sifatlari: jizzakilik, tajovuzkorlik, yashirin xarakter, gumonsirash va boshqalar psixologik aloqa o‘rnatishga salbiy ta’sir etadi. Keltirilgan sifatlar bashorat qilish davrida inobatga olinishi kerak.

Aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish. Muloqotda namoyon bo‘ladigan har qanday holatlarda tashqi omillar ijtimoiy vaziyatlarga mos tushishi zarur. Suhbatdoshingizga hech nima xalaqit bermasligi va uni chalg‘itmasligi kerak. Suhbat davomida o‘zaro ishonch muhiti saqlanib qolinishi shart.

Tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi. Nutq mada-niyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘rnatishda ijobiy natija beradi. Suhbatdoshingizda ham shunga qarab ijobiy emotsional holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda zarur omillardan hisoblanadi. Suhbatdosh bilan muloqotning boshidan hamfikr bo‘lishga harakat qilish kerak.

Umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash. Muloqotning boshida shaxs bilan umumiy til topish muhimdir. Bu vazifani hal etishda umumiy, shu bilan birga, betaraf qiziqishlar doirasi, masalan, tangalar, markalarni yig‘ish, sport, sayohat va boshqa qiziqishlarni aniqlash yordam beradi. Umumiy qiziqishlarni qidirib topish ijobiy emotsional holatlarga olib keladi. Bu o‘z-o‘zidan muloqotda suhbatdoshni yaqin-lashtiradi. Betaraf qiziqishlar psixologik muhitni yengillashtiradi va mav-qeni tenglashtiradi.

Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish. Shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatish davrida muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etishga diqqat-ni ko‘proq qaratish kerak, chunki bu og‘ishlar, masalan, bo‘lajak emo-tsional zo‘riqish, muloqotning shakllanishiga ta’sir etuvchi salbiy omil-lar, muloqot mobaynida begona shaxslarning aralashuvi va boshqalar muomalaga salbiy ta’sir etadi. Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish – psixologik aloqa o‘rnatishning majburiy shartidir.

Individual ta’sir etish. Psixologik aloqa o‘rnatishning yakuniy bos-qichida xodim suhbatdoshga individual ta’sir ko‘rsatishi lozim. Bu ta’sirning maqsadi suhbatdoshidan ishonchli ma’lumotlarni olish, shu bilan birga, kelajakda ishonchli aloqa o‘rnatishdir.

Page 37: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

37

Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo‘lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, inso-niylik, to‘g‘ri so‘zlik, vijdonlilik kabilar), muloqot jarayoni ham yaxshi o‘tadi. Chunki shaxslar bir-birini to‘g‘ri tushunishlari, muloqot muvaf-faqiyatli bo‘lishi uchun samimiy bo‘lishlari lozim.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, muloqot ichki ishlar idora-lari xodimlari faoliyatida yetakchi o‘rinni egallaydi. Muloqotning verbal va noverbal turlari, ijtimoiy idrokning effektlari shaxslararo munosabat-larda hamma vaqt ishtirok etadi.

Keltirib o‘tilgan fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:

1) muloqot murakkab jarayon bo‘lib, inson hayotida muhim omil va shaxsning shakllanishida katta rol o‘ynaydi;

2) muloqot ichki ishlar idoralari xodimlari uchun kasbiy vazifalarini bajarishlarida asosiy vositadir;

3) muloqotni olib borish vositalarini to‘g‘ri qo‘llash ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samaradorligini oshiradi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda fuqaro-lar bilan muloqot qiladilar va, tabiiyki, ushbu faoliyatning samaradorligi ularning odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish qobiliyatiga bog‘liq. Kommunikativ xususiyatlar ichki ishlar idoralari xodimlari kasb mahoratining muhim tarkibiy qismidir.

Page 38: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

38

4-§. MULOQOTDA TINGLASH MUAMMOSI VA TRANSAKT ANALIZ

Tinglash muloqotning o‘ta muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

Tinglash san’atini puxta egallamay odamlar bilan hech qachon ijobiy munosabat o‘rnatib bo‘lmaydi. Tinglay bilmaslik og‘ir ma’naviy va sezilarli ruhiy zarar keltirishi mumkin.

Ba’zida so‘zlovchini tinglashsa bas, unga suhbatdoshidan batafsil javob talab etilmaydi. Muloqot ishtirokchilari har doim ham tinglashning ahamiyatini tushunib yetavermaydi. Afsuski, inson ko‘p hollarda shaxslararo munosabatda tinglash ham katta kuch bo‘lib, psixoterapevtik vosita ekanini unutib qo‘yadi. Vaholanki, eng ajoyib suhbatdosh bu – tinimsiz qiziqarli voqea va latifalar aytib bera oladigan inson emas, balki tinglashni biladigan inson.

Biz suhbatdoshimizning so‘zlarini eshitamiz. Biroq, eshitish bilan tinglash bir xil narsa emas.

Eshitish Tinglash

Fiziologik akt, unda tovushlarni beixti-yor idrok etish yuz beradi;

Tovushni idrok etish;

Sezgi a’zolari faoliyati va nerv tizimi avtomatik reaksiyasi tufayli tovushlar eshitiladi.

Irodaviy akt, u kishidan ma’lum miqdorda irodaviy zo‘r berishni talab etadi; Muayyan ma’noli tovushlarni idrok etishga qaratilgan ongli urinish; Tovushlar idroki jarayoniga irodaviy zo‘r berish, oliy psixik jarayonlar qo‘shi-ladi.

Tinglash ikki xil bo‘lishi mumkin: norefleksiv tinglash; refleksiv tinglash. Norefleksiv tinglash so‘zlovchi kuchli emotsional kechinmalar

(musibat, alam yoki aksincha shod-hurramlik)ni boshidan kechirayotgan-da va tushunuvchi tinglovchiga muhtoj bo‘lganda qo‘llaniladi, ya’ni suh-batdosh o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lganda ishlatiladi.

Norefleksiv tinglashda javoblar minimallashtiriladi. Javoblar neytral, suhbatdoshni o‘z fikrini davom ettirishga undaydigan bo‘lishi kerak. Ular-ning eng keng tarqalganlari quyidagilar: «Shundaymi?», «Davom eting bu juda qiziqku», «ha, ha tushunyapman», «Buni eshitishdan juda xursand-man», «Biroz batafsilroq to‘xtaling, qiyin bo‘lmasa», «Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh», «Shunaqa gaplar deng». Bunday javoblar suhbatdoshni ruhlanti-radi, undagi tushunilmay qolishdan bo‘lgan qo‘rquvni bartaraf etadi.

Page 39: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

39

Norefleksiv tinglash quyidagi vaziyatlarda foydali bo‘lishi mumkin: – suhbatdosh biror masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirmoqchi

bo‘lganda; – suhbatdosh o‘z muammolarini ifodalashga qiynalayotganda; – suhbatdosh o‘z mansabiga ko‘ra pastroq bo‘lganda. Norefleksiv tinglashni quyidagi vaziyatlarda qo‘llash tavsiya etil-

maydi: – suhbatdosh so‘zlashishni unchalik xohlamaganida; – suhbatdosh o‘z fikrining tasdig‘i yoki inkorini kutayotganda; – suhbatdosh faol ko‘mak va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lganda. Psixoterapevtlar suhbat boshida ko‘pincha norefleksiv tinglashdan

foydalanadilar. Norefleksiv tinglash yetarli bo‘lmaganda refleksiv ting-lash ishlatilishi mumkin. Refleksiv tinglash faol tinglash bo‘lib, asosan idrok etilayotgan axborotning aniqligini nazorat qilish maqsadida qo‘l-laniladi. Psixoterapevtlar mijozning o‘z hissiyotlari va muammolarini ifodalay olishiga yordam berish uchun refleksiv tinglashdan keng foyda-lanadilar. Refleksiv tinglash zarurati quyidagi muammolar bilan bog‘liq:

– so‘zning ko‘p ma’noligi; – axborotning kodlashgan tarzda uzatilishi; – inson uchun o‘z muammosini ochiq ifodalashning qiyinligi. Refleksiv tinglashda javob berishning to‘rt turi mavjud: aniqlashti-

rish; qaytarish; hislarni aks ettirish; umumlashtirish. 1. Aniqlashtirish – bunda suhbatdoshga uning fikrini aniqlashtirish

uchun murojaat qilinadi va axborotni aniqroq idrok etish uchun qo‘llaniladi. Odatda quyidagi jumlalardan foydalaniladi: «Yana bir bor qaytarib yuborolmaysizmi?», «Nimani nazarda tutayotganligingizni yaxshi tushunmayapman», «Nima demoqchiligingizni ochiqroq tushun-tira olmaysizmi?».

2. Qaytarish – bunda suhbatdoshning fikrini boshqacharoq shaklda to‘g‘ri tushunganligini aniqlashtirish maqsadida takrorlanadi. Odatda quyidagi so‘zlardan boshlanadi: «Sizni tushunishimcha…», «Sizning fikringizcha…», «Boshqacha qilib aytganda…». Qaytarishda axborot-ning asosiy mazmuni takrorlanadi.

3. Hislarni aks ettirish – bunda so‘zlovchining emotsional holati tinglovchi tomonidan aks ettiriladi. Odamlar, asosan, o‘zlari uchun ahamiyatli narsalar haqida suhbatlashganliklari uchun hissiyotlarni aks ettirishning ahamiyati katta. Hissiyotlarni aks ettirish bilan tinglovchi suhbatdoshiga aniq holatni tushunayotganligini ko‘rsatishi va u o‘z

Page 40: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

40

so‘zlari bilan amalga oshirilishi kerak. Odatda quyidagi jumlalar bilan boshlanishi mumkin: «Menimcha, siz hozir o‘zingizni…. his etyapsiz», «Ehtimol, o‘zingizni…. his etayotgandirsiz», «Biroz xafamisiz?», «Bila-man sizga og‘ir», «Kayfiyatingiz buzilganga o‘xshaydi».

4. Umumlashtirish – bunda suhbatdosh fikri xulosa qilinadi. Umumlashtirish orqali tinglovchi suhbatdosh fikrini qanchalik to‘g‘ri tushunganligini ko‘rsatadi, so‘zlovchi uning u o‘z fikrini qanchalik aniq ifodalab bera olganligini aniqlaydi. Umumlashtirish uchun odatda quyi-dagi jumlalar ishlatiladi: «Shunday qilib, gapingizdan xulosaga kelish mumkinki….», «Xulosa qilib aytganda, demoqchisizki…», «Gaplarin-gizdan tushunishimcha, siz....ni nazarda tutayapsiz».

Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: faol holat – kreslo yoki divanda bemalol yastanib yoki yotib

olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi holatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotgan-ligini bildirishni nazarda tutadi; suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish – bu nafaqat suhbat-

doshni o‘ziga jalb qilish, balki o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘n-dirishning samarali yo‘lidir; o‘ychan jimlik – bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda

mas’uliyat bilan tinglanayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zining suhbatdoshga manfaatdorligini bildirish yo‘lidir.

Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz.

Transakt analiz – bu amerikalik psixolog va psixiatr Erik Bern tomonidan ishlab chiqilgan nazariyadir. E.Bern psixoanaliz g‘oyalarini rivojlantirib, nazariy psixologiya va psixoterapevtik amaliyotdagi origi-nal yo‘nalishlardan biri «transakt analiz» yo‘nalishiga asos soldi. Tran-sakt analiz nuqtai nazaridan shaxs uch EGO holatni o‘z ichiga oladi (ya’ni unda uchta «MEN» mavjud): bolalik holati; ota-onalik holati; katta odam holati.

Boshqalar bilan bo‘lgan munosabatning har bir daqiqasida individ shunday holatlardan birida bo‘ladi.

Tabiiyki, transaksiya nima degan savol tug‘ilishi mumkin, insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayonida turli signallar almashiniladi. Ushbu signallar transakt analizda transaksiya deyiladi.

Transaksiya – bu muloqotga kirishayotgan individlar EGO holat-larining o‘zaro ta’siridir. Har bir transaksiya stimul transaksiya va javob transaksiyadan iborat. Transaksiya muloqot ishtirokchilari birining

Page 41: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

41

muayyan EGO holatidan kelib chiqadi va ikkinchisining biror EGO holatiga yo‘naltiriladi.

E.Bern o‘z faoliyatini psixiatr bo‘lib boshlaydi. Kunlarning birida mijozi unga bolaligida bo‘lib o‘tgan shunday voqeani hikoya qilib beradi: 8 yoshimda ta’tilni ranchoda o‘tkazgandim. Bir kuni egnimga kavboylar libosini kiyib, otboqarga otning egarini olib qo‘yishga yordam berdim. Ishni tugatgach, otboqar «Rahmat kavboy» deb qo‘ydi. Men esa «MEN kavboymasman, oddiygina kichkina bolaman» dedim. Hozir ham men o‘zimni boladek, ha-ha, advokat singari emas, kichkina bola kabi his etyapman. Aynan shu voqea E.Bern nazariyasining ishlab chiqilishi uchun turtki bo‘ldi.

E.Bernning transakt analiziga ko‘ra insonda uchta «MEN» mavjud: 1) bolalik (B) – bo‘ysunuvchi. O‘z o‘zini nazorat qilishda mas’-

uliyatsizlik va faoliyatda yuqori reaksiyalarni namoyon etuvchi holat. Ushbu holatda inson o‘z kechinmalarini so‘z bilan emas, hissiyotlari bilan namoyon etadi. Bu holatning jismoniy belgilari – yig‘lash, qaysar-lik, ming‘irlash, qo‘rquvdan cho‘chib tushish, yelka qisish, masxara qilish, kulish, biror narsa deb aytish uchun qo‘lni ko‘tarish, uyalish, burun tortish. Bolalik holatida inson quyidagi so‘zlarni qo‘llaydi: «xohla-mayman», «qilmayman», «oyi men ketdim», «men kata bo‘lganimda…», «eng katta», «hammadan ko‘p», «eng yaxshi». Katta odam bu so‘zlar-ning shaklini biroz o‘zgartirib ishlatadi. Masalan, «Men katta bo‘lga-nimda..» degan bolalarcha fikrni «Men boyib ketganimda..» degan shakl-da ifodalaydi. Shu bilan birga, bolalar katta odam holatiga xos «nega», «nima», «qayerda», «kim», «qachon», «qanday» so‘zlaridan ham foyda-lanadi. Bu bolada kattalik holati uyg‘onayotganligini ko‘rsatadi.

Bolalik holati quyidagilarga bo‘linadi: tabiiy bolalik «MEN» (xursandchilik, qayg‘u va boshqa o‘z-o‘zi-

dan yuzaga kelgan reaksiyalarni namoyon etuvchi); Moslashuvchan bolalik «MEN» (moslashuvchan, quloq soluvchi,

o‘zini aybdor hisoblovchi, ikkilanuvchi va hokazo); norozilik qiluvchi bolalik «MEN» (qaysarlik, qarshilik ko‘rsa-

tuvchi). 2) ota-onalik holati (O) – butun mas’uliyatni (boshqalar uchun ham)

o‘z zimmasiga oluvchi, talablar va shartlar qo‘yadigan, nazorat o‘rnatadigan holat. Bu holatning jismoniy belgilari: qoshlarni o‘ynash, ko‘rsatkich barmoqni yuqoriga ko‘tarish, qo‘llarni ko‘krakka chalishti-rish, «uf» tortish, suhbatdosh yelkasini qoqib qo‘yish. Ota-onalik holati-dagi odam ko‘pincha quyidagi so‘zlardan foydalanadi: «Yaxshilab

Page 42: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

42

miyangga quyib ol», «hech qachon…», «Unutmagin», «Qancha gapirish kerak», «Qani qo‘lingni tekkizib ko‘rchi».

Baholovchi fikrlar, qarashlar, maqtash ma’nosidagi fikrlar (ahmoq, jinnivoy, be’mani, oppoqqinam, erkatoyim, bechoraginam) ota-onalik holatidagi odamga xos (agar ular katta odam holatidagi insonning chuqur mulohazalari natijasi bo‘lmasa).

Ota-onalik holati quyidagilarga bo‘linadi: a) mehribon ota-onalik «MEN» (yordam beruvchi, to‘g‘rilovchi,

ovutuvchi); b) tanqidchilik «MEN» (tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo‘rqi-

tuvchi). 3) katta odam holati (K) – vaziyatni inobatga oladigan, boshqalarning

manfaatini ham chetda qoldirmaydigan, mas’uliyatni o‘zgalarning va o‘zining o‘rtasida adolatli taqsimlay oladigan holat. Bu holatning jismoniy belgisi: tinglanayotganda yuz, ko‘z, tananing harakatlanishi (har 3-5 soniyada ko‘zlar pirpiraydi). Shuningdek, bolalik holatiga xos qiziquv-chanlik va berilib ketish ham katta odam holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin. Katta odam holatidagi inson ko‘pincha quyidagi so‘zlardan foydalanadi: «nima uchun», «nima», «kim», «qachon», «qanday», «qan-day qilib», «balki», «noma’lum», «haqiqatdan ham», «menimcha», «mening tushunishimcha».

E.Bern fikricha, shaxsning yetukligi insonda katta odam EGO holatining qanchalik shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi.

Transakt analizga ko‘ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga muvofiq keluvchi pozitsiyada turib aloqaga kirishadilar. Ayrim transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib keladi.

Transaksiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) parallel transaksiya – stimul transaksiya va javob transaksiya

kesishmaydi (masalan, «katta odam» holatida turib «bolalik» holatiga murojaat qilish, «bolalik» holatida turib «kattalik» holatidagiga javob qaytarish);

2) kesishuvchi transaksiya – stimul transaksiya va javob transak-siya kesishadi (masalan, «katta odam» holatining «katta odam» holatiga murojaat qilishi, «ota-onalik»ning «bolalik» holatidagiga javob qaytarishi);

3) yashirin transaksiya – mazmuni bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor bilan bog‘liq bo‘lmagan transaksiyalar. Sirti «yaltiroqqina» bo‘lgan

Page 43: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

43

jismoniy belgilar, so‘zlar ostiga juda salbiy mazmun yashiringanda shunday transaksiya ro‘y beradi. Ushbu transaksiyalar ikkidan ortiq EGO holat munosabatga kirishishi natijasida ro‘y beradi.

Muloqot pozitiv tugallanishi uchun transaksiyalar parallel bo‘lishi kerak. Kesishuvchi transaksiya nizo va ziddiyatga olib keladi. Ushbu fikrlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:

О О О О О О

К К К К низо К К

В В В В В В

Parallel transaksiyaga misol: O‘g‘il: Adajon, men buni qila olmayman. (B K) Ota: Sen kap-katta bolasanku, qila olasan (K B) Kelishuvchi transaksiyaga misol: Ona: Qizim, borib xonangni yig‘ishtirib qo‘y. (K B) Qiz: Siz menga buyruq bermang, bu katta odamlarning ishi (K B) E.Bernning klassik misollaridan biri: Er: Onasi mashina kalitini ko‘rmadingmi? (K K) Xotin: Hozir qidirishib yuboraman. (K K). Nizoli misol: Er: Onasi mashina kalitini ko‘rmadingmi? (K K) Xotin: Qayerda qoldirgan bo‘lsangiz o‘sha yerda. (K B). Bolalik holati bolalik davrida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.

Kattalarga taqlid qilish natijasida ota-onalik holati shakllanadi. Katta odamlik holati esa uzoq yillar davomida hayotiy tajriba orttirish bilan shakllanib boradi.

Page 44: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

44

5-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI KASBIY FAOLIYATIDA NIZOLI HOLATLAR

VA ULARNING OLDINI OLISH

O‘z vaqtida Napoleon Banopart shunday yozgan ekan: «qilich bilan har narsa qilish mumkin, faqat uning ustiga o‘tirib bo‘lmaydi». Bu fikrida u ko‘pincha insonlar o‘rtasida bo‘lib turadigan nizolarni, ziddiyatlarni nazarda tutgan ekan. Chunki totalitar yoki diktatorlik boshqaruvi sharoitida ziddiyatlarning bo‘lishi tabiiy bo‘lib, uning yagona yechimi uzil-kesil uni hal qilish choralarini izlash bo‘lgan. Lekin demokratik munosabatlar sharoitidagi rahbar hamda uning qo‘l ostidagilar o‘rtasida yoki xodimlar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar yoki ziddiyatlarning tabiati va mohiyati biroz boshqacha bo‘ladi.

Avvalo shuni e’tirof etish lozimki, insoniy munosabatlarning har qanday tizimida ham fikrlarning rang-barang bo‘lishi va ular o‘rtasida farq bo‘lishi muqarrar holdir. Lekin ana shunday fikrlardagi farqni salbiy holat deb hisoblab bo‘lmaydi.

MUNOSABATLARDAGI TAFOVUT-

KONFRONTATSIYA

konsturktiv distruktiv

taraqqiyot, yangilik tanglik-stress

ZIDDIYAT, NIZO

Nima sababdan ichki ishlar idoralari jamoalarida turli xil nizolar

kelib chiqadi? Buning bir necha sabablari bor: alohida xodim va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi; ayrim jamoa a’zolari xatti-harakatlarining ijtimoiy va guruhiy

me’yorlarga zid kelishi (tartibsizlik, intizomning buzilishi, ishning samarasizligi va hokazo);

jamoa a’zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar; ishni tashkil etish va kasbiy faoliyatga nisbatan munosabatlardagi

farqlar; xodimlar o‘rtasidagi vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va

hokazo.

Page 45: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

45

Demak, yuqoridagi holatlar ko‘p hollarda quyidagicha nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi:

1) ta’sirning yo‘nalishiga ko‘ra: vertikal va gorizontal; 2) nizoni hal qilish usuliga ko‘ra: antogonistik va kelishuvga olib

keladigan nizolar – kompromiss; 3) namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra: ochiq, yashirin, potensial,

asosli; 4) ishtirokchilar soniga ko‘ra: shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo; 5) kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: milliy, etnik, millatlararo, hissiy-

emotsional. Agar yuqoridagilarni tahlil qiladigan bo‘lsak, «gorizontal nizolar»

hayotda eng ko‘p uchraydi. Bunday nomurosozliklar aksariyat hollarda xodimlar o‘rtasida ayrim a’zolarning ishni yaxshilash, yangi ish metod-larini joriy etish, axloq normalarini himoya qilish, adolat uchun kurash, ilg‘or jamoa a’zolarining shu yerdagi ma’naviy muhitni sog‘lomlash-tirish borasidagi fikrlarini ayrimlar tomonidan e’tirozlar bilan qabul qilinishi natijasida ro‘y beradi.

«Vertikal nizolar» esa ko‘pincha rahbar bilan xodim o‘rtasida sodir bo‘lib, u bir qarashda liderlikka da’vogarlik, yuqoridan tazyiq, pastdan turib boshqa xodimlar yoki kuchlar atrofida birlashish, saralanishlar oqibatida kelib chiqadi. Bunda nizoning tashabbuskori va bosh aybdori kimligiga bog‘liq tarzda uni hal qilish usuli tanlanadi. Masalan, agar boshliq xodimning ishga mas’uliyatsizligidan noroziligi tufayli paydo bo‘lgan nizo bilan uning professionalizm borasida hadeb «o‘zini ko‘rsa-tayotganligidan» noroziligi tufayli kelib chiqadigan nizoning ham farqi bor. Har qanday nizoning asl tub mohiyati shundaki, uning paydo bo‘lishi ayrim o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarish ijobiy o‘zgarish-larni keltirib chiqarsa, uni konstruktiv deb, salbiy oqibatlar yoki xodimlar qo‘nimsizligini keltirib chiqarsa, uni distruktiv xarakterli deb ataymiz. Har bir nizo alohida hodisa sifatida tahlil qilinadi, lekin ularning bar-chasiga xos bo‘lgan ayrim qonuniyatlar borki, ularga avvalo uning bos-qichlari yoki fazalari kiradi (2-rasm):

I. Nizo oldi bosqich – konfrontatsiya II. Nizoning o‘zi: kompromiss yoki janjal III. Nizodan chiqish: muloqot yoki dissonans. Demak, birinchi bosqichda konkret masala yuzasidan fikrlar yoki

qarashlarda tafovut yoki qarama-qarshilik uchun shart-sharoit paydo bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasiga sovuqchilik tushadi, ular o‘zaro kelisholmay

Page 46: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

46

qoladilar. Bunda tashqaridan qaraganda ko‘zga tashalanadigan nizo bo‘lmasa-da, o‘sha shaxslarning o‘zi bir-birlariga nisbatan munosabat-larida buni his qila boshlaydilar. Agar rahbar aynan shu bosqichda hodi-saga aralashib, o‘z vaqtida oqilona qarorlar qabul qilolmasa, nizo ikkin-chi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda har ikkala tomon o‘z qarashlarini qarshi tomon-nikidan afzal bilib, ochiqchasiga bir-birlarini ayblay boshlaydilar. Shu paytda boshliq ularni kelishtirishga urinadi. Agar bu «urinish» alohida-alohida tarzda tomonlarni kabinetga chaqirib ro‘y bersa, vaziyat yanada taranglashib, ziddiyat chuqurlashishi mumkin va tomonlar o‘z holicha boshliqni ham o‘zining tarafdori qilib, u ham nizoning ishtirokchisiga aylanib qolishi muqarrar bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham psixologiya har qanday nizoni tomonlarni birga chaqirgan holda hal qilish va kom-promiss qarorlar chiqarishga tayyor turishni tavsiya etadi. Buning uchun rahbarda nizoning taxminiy obrazi va uni hal qilishga bir nechta alternativ yechimlar bo‘lishi kerak. Boshliq biror tomonga ko‘proq yon bosa boshlasa ham, nizoning ishtirokchisiga aylanadi. Shuning uchun u xolis tarzda nizoning kelib chiqish sabablari, kimlarning manfaatiga zid ishlar qilinayotganligi, nizo ishtirokchilarining shaxsiy va kasbiy xusu-siyatlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib, nizoning «portreti»ni o‘zi uchun tasavvur qila olishi kerak. Shundan keyingina tomonlarni chaqirib, masalaga yanada oydinlik kiritib, tomonlarni kelishuvga chaqi-radi. «Men nima bo‘lganini, muammo nimada ekanligini bilish uchun Sizlarni chaqirdim» deb gap boshlashi va har bir tomonning fikri muhimligini ta’kidlab, ayni paytda vaziyatni qattiq nazorat qilishi, uning kechishini boshqarishi lozim.

Nizolar inson hayotining ajralmas qismidir. Ikki tomon o‘zaro muloqotga kirishar ekan, ular o‘rtasida nizoning vujudga kelish ehtimoli doim mavjud bo‘ladi. Bir-biridan farqlanuvchi fikrlarga, maqsad va unga erishish yo‘llari haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lgan odamlar mavjud joyda, inson individualligining namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilinmay-digan makonda, shubhasiz, nizoli vaziyatlar vujudga keladi.

Nizo – muloqot ishtirokchilarning har biri uchun muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.

Nizoning asosi muloqot ishtirokchilarining biri ikkinchisining o‘z ehtiyojlarini qondirish, o‘z maqsadlariga yetishish jarayoniga to‘sqinlik qila boshlashi tufayli paydo bo‘ladi. Biroq, bu hali nizo emas. Bu – nizoli

Page 47: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

47

vaziyat. Muloqot ishtirokchilarining ushbu nizoli vaziyatda vujudga kelgan to‘siqni bartaraf etish uchun amalga oshiruvchi harakatlari nizoni, ya’ni ochiqdan-ochiq qarshi kurashni keltirib chiqaradi. Demak, nizoning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:

muammo + nizoli vaziyat + insident = nizo

Nizo qarama-qarshilikning haddan tashqari kuchayib ketganligi bilan bahsdan farq qiladi.

Nizo o‘z tarkibiy tuzilishi, amal qilish sohasi, dinamikasi va turlari-ga ega.

Nizoning tarkibiy tuzilishi muloqot ishtirokchilarining tashqi va ichki pozitsiyasi hamda nizo obyektidan iborat:

ichki tashqi tashqi ichki pozitsiya pozitsiya pozitsiya pozitsiya Bu yerda: 1) tashqi pozitsiya – kishing xulq-atvori; 2) ichki pozitsiya – kishining maqsadi va motivlari; 3) nizo obyekti – nizoning sabablari. Nizo shaxsiy yoki kasbiy sohada amal qilishi mumkin.

Shaxsiy soha Kasbiy soha Nega bunday uyquchisiz? Shunchalar ham mas’uliyatsiz bo‘lasizmi? Keyingi safar ham o‘zingizni akademik deb bilib kech qolavering, xo‘pmi?

Nega ishga vaqtida kelmaysiz? Qanday-dir muammolar paydo bo‘ldimi? keyingi safar kech qolmasligingizga umid qilsam bo‘ladimi?

Nizo dinamikasi uch bosqichdan iborat: 1) yetilish; 2) ro‘yobga chiqish; 3) so‘nish. Birinchi bosqichda nizo ro‘yobga chiqishining oldini olish mumkin.

Samarali usullardan biri kommunikativ o‘zaro ta’sir sohasidan predmetli faoliyat sohasiga o‘tish. Ro‘yobga chiqish bosqichiga o‘tgan nizoning oldini olib bo‘lmaydi. So‘nish bosqichining kelishini kutish kerak bo‘ladi. Bu bosqichda korreksion tadbirlarni o‘tkazish samaralidir.

Nizo obyekti

Page 48: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

48

k d е а s r k а 2 i j 1 3 n а l s i i k vaqt

Nizoning odatda ikki xil turi farqlanadi:

Destruktiv nizo Produktiv nizo shaxsiy xususiyatlarning bir-biriga

mos kelmasligi tufayli vujudga keladi; munosabatlarning buzilishiga olib

keladi; ishtirokchilar soni ortib boradi; qarama-qarshi tomonga nisbatan nega-

tiv baholar kuchayib boradi; shaxsga ko‘chish oson yuz beradi.

nuqtai nazarning bir-biriga mos kelmasligi sababli vujudga keladi; muammoga kengroq qarashga olib

keladi; optimal yechimning topilishiga yor-

dam beradi; shaxsga ko‘chilmaydi.

Nizolar bir qancha belgilariga ko‘ra tasniflanadi: 1) natijasiga ko‘ra: a) konstruktiv – munosabatlarning yaxshilanishi,

muammoning ikkala tomon uchun ijobiy hal etilishiga olib keladi; b) destruktiv – munosabatlarning yomonlashuviga, muammoning hal etilmasligiga olib keladi;

2) davom etishiga ko‘ra: a) uzoq muddatli – ro‘yobga chiqish bosqi-chi cho‘zilib ketgan nizo; b) qisqa muddatli – ro‘yobga chiqish bosqichi uzoq davom etmaydigan nizo;

3) keskinlik darajasiga ko‘ra: norozilik, kelisha olmaslik, qarama-qarshilik, dushmanlik;

4) faoliyat sohasiga ko‘ra: boshqarish sohasidagi, ta’lim-tarbiya sohasidagi, ishlab chiqarish sohasidagi.

Psixologlar muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozimligini uqtirib o‘tadilar:

1) tanqid va ayblovni ko‘p ishlatmaslik, ko‘p noliyvermaslik kerak; 2) fikrda qisqaroq (5-9 so‘zdan iborat) gaplardan foydalanish kerak; 3) e’tiborli tinglovchi bo‘lish kerak, suhbatdosh fikrini bo‘lmaslik,

suhbatdoshga o‘z fikrini bildirishi uchun vaqt berish, suhbatdoshga bo‘lgan qiziqishni ko‘rsatish, suhbatdosh nutqining xususiyatlariga

Page 49: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

49

kamroq e’tibor berish, suhbatni monopollashtirib yubormaslik, suhbat vaziyatidan chalg‘imaslik kerak;

4) ovozni imkon qadar samimiy jaranglashini ta’minlash kerak; 5) suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish kerak; 6) qat’iy fikr bildirishdan saqlanish kerak; 7) fikrni bildirishdan oldin u nima haqida ekanini ma’lum qilish

kerak; 8) suhbatdosh «tilida» gapirish kerak; 9) bo‘lar-bo‘lmas bahslarga kirishishdan saqlanish kerak; 10) buyruq ohangidan voz kechish kerak; 11) «hech qachon» va «har doim» so‘zlaridan ehtiyotkorlik bilan

foydalanish kerak; 12) ijobiy emotsiyalarni saqlab turish kerak, ko‘proq tabassum qilish

kerak. Nizo ro‘y bergach uni bartaraf etish uchun quyidagilarga amal

qilish tavsiya etiladi: 1) vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar

boshqarish, imkon qadar sharhlamaslik) kerak; 2) nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi

savollar berish, suhbatdoshning ichki pozitsiyasini bilishga urinish) kerak;

3) shaxsiy sohadagi to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik (suhbatdoshning shaxsiy xususiyatlaridan ranjishni, ularni yoqtirmaslikni ko‘rsatmaslik, shaxsiy ustunlikni ko‘rsatishdan saqlanish) kerak;

4) har bir so‘z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish (negativ emotsional baholanuvchi so‘z va iboralardan – «siz xato qilyapsiz», «yanglishdingiz», «es-hushingiz joyidamas, shekilli» kabilardan, aql o‘rgatuvchi gaplardan foydalanmaslik) kerak;

5) kompromiss uchun ochiq bo‘lish (o‘zaro manfaatli kelishuvga doim tayyor bo‘lish) kerak;

6) suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va analiz qilish (suhbatdoshning so‘zlari va hissiyotlarini tushunishga, shaxsiy pozitsiyasining suhbatdosh pozitsiyasidan nimasi bilan farqlanishini aniqlash) kerak.

Nizo bartaraf etilmay munosabatlar butunlay tugallansa, buni faqat pozitsiyalarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi tufayli ro‘y bergan hodisa deb hisoblash kerak.

Page 50: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

50

6-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING FUQAROLAR BILAN MUOMALA QILISH

MADANIYATI

Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar, korxona, muassasa, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy jamoa birlashmalarining rahbarlari va boshliqlari bilan muomala qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Prezidenti, Hukumati, Ichki ishlar vazirligi qabul qilgan tegishli qonun, farmon, nizom va buyruqlarda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ularni og‘ishmay bajarish har bir xodimning burchidir.

«O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati» haqidagi Qo‘llanmada (2011-yil 4-iyul) shunday deyiladi: «Xodimlar xizmat jarayonida va xizmatdan tashqari paytda so‘zlashish odobiga, muomala madaniyatiga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llash, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish insonning mavqeini yuksaltiradi, uning jamoadagi va jamiyatdagi o‘rni hamda obro‘yini belgilab beradi.

Har bir xodim fuqarolar bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, ularning murojaatini diqqat bilan eshitishi, vakolati doirasida ko‘rib chiqishi va masalasini hal qilishga intilishi zarur. Fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning qonunga zidligini tushuntiradi hamda qonunda belgilangan chorani qo‘llash masalasini hal etadi»1. Ayni vaqtda ichki ishlar idoralari xodimi fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lishga, ularning ish bilan bog‘liq chigal savollariga va boshqa holatlar bo‘yicha murojaatlariga to‘g‘ri va aniq javob berishga, arz va shikoyatlarini imkoni boricha qonuniy hal qilishga intilishi lozim.

Ichki ishlar idoralarining xodimlari fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarida xushmuomala bo‘lishlari kerak.

Xushmuomalalik ichki madaniyatning tashqi ko‘rinishidir. Uning asosini insoniylik tashkil etadi. Fuqarolar bilan bo‘ladigan xushmuomala-lik quyidagi xulq-atvor qoidalarini qamrab oladi:

- odamlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish; - insonga xayrixohlik, e’tiborlilik; - muhtojlarga o‘z vaqtida yordam berish, ularning hojatini chiqarish; - iltifot bilan joy ko‘rsatish, joy berish, oldinga o‘tkazib yuborish,

yordamlashish;

1 Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти ҳақида қўлланма. – Т., 2011. – Б.12.

Page 51: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

51

- odamlarni o‘zining xatti-harakatlari bilan noqulay ahvolga solib qo‘ymaslik, agar shunday holat yuz bersa, tezlikda kechirim so‘rash va o‘z xatti-harakatini tuzatish;

- keksalarga, bolalarga va ayollarga alohida iltifot ko‘rsatish va hokazolar.

Xodim ushbu talablarga o‘zining butun faoliyati davomida, ya’ni fuqarolarni qabul qilganda, kuzatib qo‘yganda, jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga chiqqanda, jinoyatchilarni ushlaganda, tintuv o‘tkazish, so‘roq qilish chog‘ida, xizmatdan tashqari vaqtlarda, transportda, teatrda, kino zallarida, uyda va jamoat joylarida amal qilishi kerak.

Ichki ishlar idoralarining xodimlari fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarida albatta ziyrak, hushyor, mehribon bo‘lishlari lozim.

Ziyraklik deb, fuqarolarning orzu-umidlarini, aniq istak-xohishlarini, dilidagi gaplarini tezlikda fahmlab olish va shunga javoban axloq qoidalari talabi asosida xatti-harakatlar qilishga aytiladi. Ziyraklikning asosini sezgirlik va hushyorlik tashkil etadi. Ziyraklik axloq va nafosat-ning fuqarolar dilidagini ilg‘ab olish, ularning qalbidan joy olishga xizmat qiladigan sirli kalitidir.

Fuqarolarga ziyraklik, ya’ni sezgirlik bilan yaxshi muomala qilish, ularning dardiga quloq solish, savollariga shirinsuxanlik bilan javob qaytarish, ularga yordam qo‘lini cho‘zish, umuman, yaxshi munosabatda bo‘lish oxir-oqibatda barcha mushkul muammolarni hal etishga yordam beradi. Bu esa ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi o‘rtasidagi obro‘yini yanada oshiradi, xalqning ularga nisbatan ishonchi kuchayadi va u ichki ishlar idoralari xodimlarining ishonchli tayanchiga aylanib boradi.

Bu umumiy qoidalardan farqli o‘laroq, ichki ishlar idoralari xodim-larining aholi bilan bo‘ladigan maxsus kasb axloqi qoidalari ham mav-jud. Bu qoidalar ularning xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida namoyon bo‘ladi.

Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida fuqarolar bilan muomala qilish madaniyati qoidalari quyidagilardan iborat:

1. Ichki ishlar idoralarining har bir xodimi xizmat burchini bajara-yotgan vaqtda, eng avvalo o‘zining davlat hokimiyati vakili ekanligini, odamlar uning xulq-atvori, xatti-harakati, so‘z ohangi va tashqi qiyofasi-ga qarab butun huquq-tartibotni muhofaza qiluvchilarga baho berishlari-ni, uning obro‘si davlat obro‘si ekanligini unutmasligi kerak.

2. Fuqarolar ichki ishlar idoralarining xodimlariga yoki, aksincha, xodim fuqarolarga murojaat qilganda xodim salomlashish qoidalariga

Page 52: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

52

to‘liq rioya qilmog‘i, ya’ni harbiychasiga salomlashib, o‘zining lavozimi, unvoni, ismi-sharfini aytishi, so‘ngra murojaat qilish sababini va maqsadini diqqat va sabr-toqat bilan eshitishi hamda bayon qilishi kerak.

3. Fuqarolarning barcha savollariga, murojaatlariga xushmuomalalik bilan javob berish, yotig‘i bilan tushuntirish, ularga iloji boricha yordamlashishi, iloji bo‘lmaganda maslahatlar berishi zarur.

4. Ichki ishlar organlari xodimi fuqarolarga murojaat qilganda, ularning talabiga binoan o‘zining ismi-sharifini va ish joyini aytishi hamda xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi shart.

5. Xodimning fuqarolar bilan muomala qilish chog‘ida: - dimog‘dorlik, dalg‘az tanbeh, qo‘pollik qilish; - kinoyali, dag‘al tarzda tanbeh berishi; - gapirganda inson qadr-qimmatini tahqirlovchi piching va qochiriq

so‘zlarni ishlatishi; - fuqarolarga asoslanmagan ayblar qo‘yishi; - tahdid soluvchi hamda fuqarolarning qadr-qimmati va shaxsini

tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishi qat’iyan taqiqlanadi. 6. Har bir xodim xizmat vazifasini bajarish vaqtida u yoki bu fuqaro-

ning hujjatlarini tekshirib ko‘rishga zarurat sezsa, uning oldiga kelib, harbiychasiga salomlashishi, o‘zining kimligini aytishi, vaqtini olganligi uchun uzr so‘rab, muloyimlik bilan hujjatlarini ko‘rsatishini talab qilishi kerak. Hujjatlar to‘g‘ri bo‘lsa, xodim hujjatni egasiga tezlikda qaytarishi, minnatdorchilik bildirib, xayrlashishi kerak. Bordiyu, hujjatlarda biron-bir kamchilik bo‘lsa yoki u shubha tug‘dirsa, bu haqda fuqaroga xush-muomalalik bilan tushuntirishi va qat’iy tarzda undan o‘zi bilan birga-likda yaqinroqdagi ichki ishlar bo‘linmasiga borishni talab qilishi zarur. Bunda, albatta, hushyorlikni unutmaslik kerak.

7. Xodim fuqarolarning shaxsiy munozaralariga va bahslariga aralashmasligi kerak. Fuqarolarning hayotiga xavf soladigan jamoat tartibining buzilishiga olib keladigan, jinoyatni keltirib chiqaradigan bahs-munozaralar bundan mustasnodir.

8. Bayram va tantanali kunlarda, ayniqsa, xalq sayllari vaqtida fuqa-rolarga kam ahamiyatli, tasodifiy tartibbuzarliklar uchun imkoni boricha tanbeh bermaslik, bo‘lar-bo‘lmasga bo‘limlarga olib kelmaslik kerak.

9. Har bir xodim har qanday fuqaroning hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yib gaplashishi shart. Bunda kichik va o‘rta maktab yoshidagi bola-larga «sen», kattalarga esa «siz» deb murojaat qilishi kerak.

10. Xodim xizmatdan tashqari hollarda murojaat qilgan fuqarolarga nisbatan befarq bo‘lmasligi kerak. Ularga to‘g‘ri maslahatlar berib,

Page 53: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

53

savollariga javob topish uchun imkoni boricha amaliy va ma’naviy yordam ko‘rsatishi zarur.

11. Qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, ularning muroja-atlariga quloq solish, yordam berish, oilalarida bo‘layotgan har xil ko‘n-gilsizliklarning oldini olishga yordamlashishi zarur.

12. Ta’til vaqtida, xizmatdan bo‘sh vaqtlarida xalq bayramlarida, milliy marosimlar, to‘y-hasham, ta’ziya va boshqalarda ko‘pchilik qatori qatnashishi kerak.

Xodim ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan, ushlangan va qamoqqa olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini, shaxsiyatini poymol qil-maydi. O‘z navbatida, ularga tibbiy va huquqiy yordam beradi, ularning ushlanganliklari haqida yaqin qarindoshlari yoki ish joyiga o‘rnatilgan tartibda xabar beradi. Bundan tashqari, suhbat davomida xodim tamaki mahsulotlarini chekishi, biror narsani iste’mol qilishi yoki ularga nisba-tan hurmatsizlik deb qabul qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etmaydi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari gumon qilinuvchi shaxslar, aybla-nuvchi yoki sudlanuvchilar bilan muloqotga kirishayotganda doimo hushyorlikni yo‘qotmasdan, o‘zini og‘ir, vazmin tutib, har qanday kutil-magan harakatga qarshi tayyor turishi lozim.

Huquqbuzar taqdim etgan hujjatlarni ehtiyotkorlik bilan ko‘zdan kechiradi, ularga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lmaydi. Hujjatlarni tekshirayotganda uning ichida ishga taalluqligi bo‘lmagan buyumlar (pul, yozuvli qog‘oz parchasi, tashrif qog‘ozi va h.k.) bo‘lsa, ularni ega-siga qaytaradi. Huquqbuzarga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlar qilmaydi.

Ichki ishlar idoralari xodimi aholi bilan aloqani mustahkamlab, takomillashtirib boradi. Ichki ishlar idoralari xodimi degan yuksak nomni yodda saqlagan holda, xizmat vazifasiga doir ish yurituvi davomida ham-da insoniylik burchini bajarish vaqtida fuqarolardan turli ko‘rinishdagi hadya va sovg‘alarni olmaydi va xizmat aytmaydi.

Spirtli ichimlik ichgan, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgan shaxslar bilan muloqotga kirishganda, agarda ular o‘zlarini to‘g‘ri tutsalar ham shaxsiy xavfsizlikni ta’minlagan holda ehtiyotkor bo‘lishi xamda tegishli qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlashi zarur.

Xodim jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lib, keksalarga, ayollarga joy berishi, yoshlarni yoshi kattalarga joy berishga undashi, jamoat transportida yoki bekatda huquqbuzarlik sodir etilsa, darhol uni bartaraf etish uchun zarur choralar

Page 54: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

54

ko‘rishi, jabrlanuvchiga yordam berishi hamda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashni xizmat va fuqarolik burchi deb hisoblashi shart»1.

Ichki ishlar idoralarining xodimlari chet el fuqarolari bilan muo-mala qilganda quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:

1. Har bir xodim xorijiy mamlakatlar fuqarolari bilan faqat o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida munosabatga kirishishi va xizmat vazifasi-ni, burchini bajarishda ona Vatanimizning posboni ekanligini unutmas-ligi kerak.

2. Xorijiy mamlakat fuqarolari savol bilan yoki yordam so‘rab murojaat qilganda, ularning so‘zlarini diqqat bilan eshitish, ularga o‘z vakolatlari doirasida yordam berish, boshqa hollarda tegishli muassa-salarga murojaat qilishni tavsiya etish lozim. Ayniqsa, davlat tilini bil-maydigan xorijiy fuqarolarning so‘zlarini diqqat bilan eshitib, ularni tushunishga harakat qilish va shunga yarasha, ularni qanoatlantiradigan darajada javob qaytarish zarur.

3. Xorijiy mamlakatlar fuqarolari arzimagan, kam ahamiyatli tartib-buzarliklar sodir qilgan bo‘lsa, ularni bu haqda ogohlantirish va ularni boshqa takrorlamaslikka chaqirish kerak. Bordiyu, ular ogohlantirishga qaramasdan tartibbuzarlikni davom ettirsalar, ularning jinoyat sari bora-yotganliklari sezilsa, xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasalar, u holda bunday ajnabiy fuqarolarni ichki ishlar idoralarining navbatchilik qismiga olib borish va bu haqda bo‘lim boshliqlariga xabar berish zarur.

4. Har bir xodim shuni unutmasligi kerakki, diplomatik yoki konsullik hujjatlariga ega bo‘lgan xorijiy mamlakat fuqarolarini ushlab turish taqiqlanadi. Bordiyu, ular jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsalar, darhol ularning familiyasini, ismi-shariflarini, diplomatik yoki konsullik hujjatlarining belgi va raqamlarini yozib olib, bu haqda tezlik bilan o‘zidan yuqori turuvchi ichki ishlar idoralari boshliqlariga yozma ravishda axborot berishlari kerak.

5. Xorijiy mamlakat fuqarolari sodir etilgan biron-bir jinoyat haqida xabar bersalar, bu haqda tezlikda ichki ishlar idoralari boshlig‘iga ma’lu-mot berish va ularning arizalarini qabul qilib olish uchun ichki ishlar idoralariga shaxsan boshlab borish yoki u yerga borish yo‘lini tushuntirib berish zarur.

6. Xorijiy mamlakat fuqarolari yashayotgan xonadonlarga o‘zbo-shimchalik bilan kirishga, ularning pasportlari qayd etilgan yoki etilma-

1 Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти ҳақида қўлланма. – Т., 2011. – Б.13-14.

Page 55: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

55

ganligini tekshirib ko‘rishga ruxsat etilmaydi. Bu ish juda zarur bo‘lib qolgan vaqtda uy-joy boshqarmasi ma’muriyati, korxona, tashkilot, muassasa va o‘quv yurtlari rahbarlari bilan bamaslahat amalga oshiriladi.

7. Xorijiy mamlakat fuqarolari ichki ishlar idoralariga murojaat qilganlarida ichki ishlar idorasining boshlig‘i yoki uning muovini ularni biron-bir ichki ishlar idoralari xodimi yoki xolis fuqaro ishtirokida qabul qilishi kerak.

8. Ichki ishlar idoralarining har bir xodimi ajnabiy fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganda o‘zining yuksak fazilatlarini namoyon qilishi, xorijlik fuqarolar uning sulukatiga qarab ona Vatanimiz – mustaqil O‘zbekiston xalqi to‘g‘risida fikr yuritishini zinhor unutmasligi lozim. Bu haqda «Kasb madaniyati»da: «Ichki ishlar idoralari xodimlari el-yurt osoyishtaligi posboni sifatida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan muloqotga kirishishda qaddi-qomatini tik tutgan holda, ochiq chehra bilan ularning bergan savollariga aniq va lo‘nda javob berishga intiladi. Ularni qabul qilganda tarjimon taklif etadi»1, – deyil-gan. Bu degan so‘z, ichki ishlar idoralari xodimi xorijiy davlat fuqarolari bilan muloqotda o‘zini munosib tutadi, vazifasini yuksak mahorat bilan bajarib, respublikamiz sha’ni va mavqeini baland ko‘taradi, ona Vatani bilan g‘ururlanishini, uning uchun har qanday sinovlarga va xizmatga tayyor ekanligini namoyish etadi.

Fuqarolarning xonadonlariga kirishga to‘g‘ri kelganda ichki ishlar idoralari xodimlari quyidagi axloq qoidalarga rioya etishlari kerak:

1. Ichki ishlar idoralarining xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida, qonunlarda va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan tartibda fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurishlari mumkin.

2. Xonadonga tashrif buyurayotgan xodim o‘z tashrifi uy sohibining qadr-qimmati, qo‘ni-qo‘shnilari oldidagi obro‘si bilan bog‘liq bo‘lgan katta axloqiy mas’uliyatga ega ish ekanligini unutmasligi kerak. Shuning uchun ham fuqarolar xonadoniga tashrif buyurganda odob qoidalariga, tashqi ko‘rinish, kiyim-boshlarni kiyish, tozalik normalariga og‘ishmay amal qilish zarur.

3. Xonadonga kirishda har bir xodim, eng avvalo, harbiychasiga salomlashishi, o‘zini tanishtirishi va tashrifdan ko‘zlagan maqsadini bosiqlik bilan xonadon sohibiga tushuntirishi kerak. Bu tashrif pasport qaydini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, xushmuomalalik bilan pasportni

1 Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти ҳақида қўлланма. – Т., 2011. – Б.12-13.

Page 56: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

56

ko‘rsatishlarini so‘rashi lozim. Agar pasport solingan hujjatdon ichida pul va boshqa qog‘ozlar bo‘lsa, xonadon sohibidan ularni olib qo‘yib, faqat pasportni berishni so‘rashi kerak. Xodim hech vaqt hujjatdondagi pul va boshqa qog‘ozlarga qo‘l tegizmasligi kerak.

4. Pasportni qayd qilish va yashash qoidalariga amal qilishda ozgina kamchiliklar bo‘lsayu, ma’muriy chora ko‘rish uchun yetarlicha asos bo‘lmasa, xonadon sohibi va uning oila a’zolari bilan qisqacha suhbat o‘tkazish va tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Suhbat va tushun-tirish ishlari nihoyatda samimiy, ishonchli bo‘lmog‘i kerak.

5. Har bir xodim, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida ko‘rsatilganidek, «har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega» ekanligini unutmagan holda xonadonga faqat jinoyatning oldini olish, fuqarolarning shaxsiy hayotini saqlab qolish maqsadida kirishi, bunda ehtiyotkorlik bilan va tez harakat qilib, jinoyatchini, tartibbuzarni qo‘lga olishi kerak. Qo‘lga olish chog‘i-da u, iloji boricha, xonadondagi buyumlar, anjomlarga ziyon-zahmat yet-kazmaslik choralarini ko‘rishi zarur.

6. Yolg‘iz o‘zi yashovchi qariyalar yoki umuminsoniy axloqqa zid harakatlar qilib yashovchi oilalar, qamoq joyidan bo‘shab kelganlarning xonadonlariga tashrif buyurganda nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik bilan ish ko‘rib, ularga diqqat-e’tibor bilan qarash, yordam qo‘lini cho‘zish, qayta tarbiyalab risoladagi hayot quchog‘iga qaytarish tadbirlarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolarni qabul qilishi ularning aholi bilan birligini ta’minlovchi omillardan bo‘lib, fuqarolarning savol-lariga, ariza va shikoyatlariga tez va to‘g‘ri javob topish hamda jinoyat-chilikning oldini olish, adolatni qaror toptirish maqsadida tashkil etiladi. Bunda quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:

1. Fuqarolarni murojaat etilgan masalalar bo‘yicha zarur qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan ichki ishlar idoralarining xodimlari, boshliqlari qabul qilishlari kerak.

2. Fuqarolarni qabul qilish uchun maxsus xona ajratilishi lozim. Ajratilgan xona toza, ozoda, yorug‘, tinch va qulay bo‘lishi, kerakli ko‘r-gazmali ma’lumotlar hamda xona yuksak estetik did bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Qabul qilish uchun yaratilgan shart-sharoit va muhit ichki ishlar idoralari xodimlarining madaniyatlilik darajasini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekanligini unutmaslik kerak.

Page 57: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

57

3. Fuqarolarni qabul qilish vaqti aniq belgilangan, kimlar qanday masalalar bo‘yicha qabul qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Qabul qiladigan xodim doimo maxsus kiyimda (formada) bo‘lishi, o‘zini kam-tarona tutishi, fuqarolarga yordam berishga tayyorligi va ularning ishonchini oqlay olishi uning qabulidagi fuqaroga sezilib turishi kerak. Fuqaroda uni qabul qilayotgan xodimga nisbatan ishonch hosil bo‘lishi kerak. Xodim, shuningdek, tashqi ko‘rinishi orasta bo‘lishi zarurligini unutmasligi lozim.

4. Ichki ishlar idoralari xodimi o‘z qabuliga kelgan fuqaroni, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘rnidan turib, unga peshvoz chiqib kutib olishi, salomlashishi, o‘tirish uchun taklif qilishi va hol-ahvol so‘rashi lozim. Shundan so‘ng suhbatdosh fuqaroning ismi-sharifini, ish joyini, uy adre-sini, telefonini so‘rashi va bu ma’lumotlarni tegishli daftarga yoki hisob varaqasiga qayd etishi, tashrifdan ko‘zlagan maqsadini so‘rashi kerak.

5. Suhbat chog‘ida fuqaroning barcha gaplarini diqqat bilan tinglash, gapini bo‘lmasdan eshitish kerak. U gapini tugatganidan so‘ng, unga noaniq yoki tushunilmay qolgan narsalar to‘g‘risida savol berish kerak. Savol-javob jinoyatchini yoki guvohni so‘roq qilish tarzida bo‘lmasligi kerak. Suhbat samimiy, erkin tarzda olib borilishi lozim. Suhbat chog‘ida boshqa odamlar bilan, shu jumladan, telefonda so‘zlashmagan ma’qul.

6. Tashrif buyurgan fuqaroning barcha savollariga, shikoyatlariga to‘liq javob berish, javobning tushunarli bo‘lganligiga ishonch hosil qilish kerak. Fuqaro javobdan qoniqqan bo‘lsa, unga minnatdorchilik bildirish, qoniqmagan bo‘lsa yuqori tashkilotlarga murojaat qilish tartibi-ni yotig‘i bilan, shoshmasdan, xushmuomalalik bilan tushuntirish zarur. Suhbat tugaganidan so‘ng fuqaroga sihat-salomatlik tilab, xayrlashish va albatta kuzatib qo‘yish lozim.

7. Fuqarolarning murojaatiga aloqador mansabdor shaxslar suhbat chog‘ida ishtirok etayotgan bo‘lsalar, ularning barchasini fuqaroga tanishtirish kerak. Bordiyu, suhbatdosh faqat boshliqning o‘zi bilan gaplashish istagini bildirsa, bunga xam imkon berish lozim.

8. Fuqaro bilan suhbat chog‘ida ularga berilayotgan javob aniq va ishonarli bo‘lishi uchun javobni tegishli qonunlardan va boshqa normativ hujjatlardan parchalar o‘qib berish orqali asoslash maqsadga muvofiqdir.

9. Suhbat davomida ko‘rilayotgan masala ichki ishlar idorasi boshli-g‘ining vakolatiga kirmasa, fuqaroga bu haqda yotig‘i bilan gapirib, kim-ga murojaat qilishi zarurligi tushuntirib beriladi.

10. Suhbat davomida ko‘rilayotgan masalani hal qilish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar, hujjatlarni ko‘rish yoki muayyan tashkiliy

Page 58: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

58

tadbirlarni o‘tkazish zarur bo‘lsa, bu haqda suhbatdoshga ma’lum qilinadi va masala hal etilishi lozim bo‘lgan aniq vaqt belgilanadi.

11. Qabulga kelgan fuqaroning ma’lumoti jinoyatni ochishga yoki ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsa, unga albatta tashakkur aytish kerak.

12. Qabulga mast holda kelgan fuqarolar bilan odatda suhbat o‘tkazilmaydi. Bordiyu, ular jinoyat yoki boshqa ko‘ngilsiz voqealarning sodir etilayotganligi yoki bunga harakat bo‘layotganligi haqida ma’lu-motga ega bo‘lsalar, uning so‘zlarini tinglash va tegishli chora-tadbir-larni ko‘rish zarur.

13. Qabulga yozilgan barcha fuqarolar qabul qilinishi shart. 14. Qabul vaqtida tushgan takliflar, arizalar, shikoyatlar bilan bog‘liq

masalalarni tezlikda hal qilishning imkoni bo‘lmasa, ularni umumiy tartibda hal qilib, fuqarolarga uning bajarilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lumot berish kerak.

15. Fuqarolarni qabul qilish ichki ishlar idoralarining har bir xodimi uchun uning kasbiy, axloqiy va siyosiy yetukligi sinaladigan katta imti-hon ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur.

Page 59: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

59

7-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING NUTQ MADANIYATI

Barcha xalqlar, millatlar o‘z tili va nutq madaniyatiga egadirlar. Til

– fikr ifodalash usuli, muomala vositasi. Til va nutq – bir jarayonning ikki tomoni. Til fikrni ifodalaydi, nutq uni yuzaga chiqaradi. Fikrni so‘zlar orqali boshqalarga bildirish usuli kishilarning nutq madaniyati yoki so‘zlashish uslubi deb ataladi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq madaniyati deb ularning o‘z fikrlarini bir-birlariga, fuqarolarga, aholiga til vositalari orqali to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib yetkaza olishlariga aytiladi.

Nutqning yozma va og‘zaki turlari mavjud. Yozma nutq ilmiy, rasmiy, publitsistik va qisman badiiy uslublarda, og‘zaki nutq esa adabiy va so‘zlashuv uslublari orqali ifodalanadi.

Yozma nutq ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Oddiy bildirgi yozishdan murakkab jinoiy ishlarni olib borishgacha bajariladigan ishlarni yozma nutqsiz tasavvur etish qiyin. Donolar, odatda, «yozuvingni ko‘rsat, men sening kimliging-ni aytib beraman» deydilar. Demak, yozuv odamning fe’lini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekan. Shuning uchun ham ichki ishlar idoralarining xodimlari, eng avvalo, yozma nutq turlari va qoidalarini puxta egallagan bo‘lishlari lozim.

Ilmiy uslub. Ilmiy uslub deb jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda fikrlarni o‘zbek tilining barcha morfologik va sintaktik qoidalari asosida, ilmiy-hujjat shaklida, ilmiy-texnikaviy, ilmiy-omma-viy, o‘quv-ilmiy, publitsistik tarzda ifoda etishga aytiladi.

Ilmiy uslub o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan yozma nutqning boshqa shakllaridan farq qiladi:

1) bayon qilinayotgan axborotning obyektivligi, aniqligi; 2) bayon qilinayotgan fikrning qisqa va lo‘ndaligi; 3) mantiqiy izchillikning kuchliligi; 4) ma’lumotlarga boyligi; 5) adabiy til qoidalariga qat’iy rioya etilishi, shevachilikning yo‘qligi; 6) fikrni bayon etishda ko‘rgazmali qurollar, ya’ni har xil chizma va

jadvallarning ishlatilishi. Ilmiy uslub asosan maqola, monografiya, ilmiy ma’ruza, ilmiy

axborot, risola shaklidagi asarlarda qo‘llaniladi. Rasmiy uslub. Bu uslub hozirgi kunda ma’muriy va yuridik ishlarda

keng qo‘llaniladigan yozma nutq shakllariga kiradi. Barcha qonunlarning

Page 60: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

60

matnlari, farmonlar, buyruq va qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, ijozatnoma-lar, bildirgilar, bayonnomalar, tushuntirish xatlari, dalolatnomalar, shart-nomalar, sudlardagi chiqishlar, xullas, ichki ishlar idoralarida olib borila-digan va yuritiladigan barcha hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi.

Rasmiy uslub qoidalari quyidagilardan iborat: 1) so‘z tartibi grammatika qoidalariga to‘liq asoslangan bo‘lishi kerak; 2) fikr sodda, aniq va qisqa ifodalanishi kerak; 3) fikr kasbga doir terminlar asosida bayon qilinishi zarur; 4) jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar ishlatilmasligi

kerak; 5) eskirgan so‘zlar va iboralarni iloji boricha ishlatmaslik yoki

o‘rniga qarab ishlatish lozim. Rasmiy uslubda yozilgan hujjatlar ichki ishlar idoralari xodimlari-

ning, qolaversa, butun vazirlikning madaniyatlilik darajasini, profes-sional jihatdan yetukligini, zamon bilan, xalq bilan hamnafas ekanligini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Og‘zaki nutq va uning ichki ishlar idoralari xodimlarining muomala madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati katta.

Yuqorida qayd etilganidek, og‘zaki nutq so‘zlashuv va adabiy uslub-larda ifodalanadi.

So‘zlashuv uslubi deb kishilarning kundalik hayotda sheva va lahja-larda muloqot qilish usuliga aytiladi. So‘zlashuv uslubida nutq mada-niyatining qoida va normalari qat’iy qo‘llanilmaydi. Hozirgi kunda mam-lakatimiz aholisi Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi, Namangan shevasi, Andijon shevasi, Qashqadaryo shevasi, Surxondaryo shevasi, Buxoro shevasi, Samarqand shevasi kabi ko‘plab shevalarda so‘zlashadilar.

Adabiy uslub deb adabiy til normalariga qat’iy amal qilishga asos-langan uslubga aytiladi. Adabiy uslubda so‘zlashganda, jumladan ma’ru-za o‘qilganda, rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazganda til qoidalariga to‘liq rioya etiladi.

Og‘zaki nutq yozma nutqqa qaraganda keng qamrovli bo‘lib, quyi-dagi xususiyatlarga ega:

1) og‘zaki nutqda shevachilikning ta’siri kuchli bo‘ladi; 2) og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab ish tutish imkoni kam bo‘ladi; 3) og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud; 4) og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o‘ynaydi; 5) og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfi-yatiga, nutq so‘zlanayotgan vaziyatga bog‘liq, so‘zlovchi nutqiy a’zolari-ning normal va sog‘lomligiga bog‘liq; 6) og‘zaki nutq normalarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, o‘rgatish va o‘rganish ancha

Page 61: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

61

qiyinchilik bilan kechadi; 7) og‘zaki nutq bir butun hodisa (matn) sifatida cheksiz va son-sanoqsiz shaxsiy (individual) faoliyat bo‘lib, uning ko‘p-gina qirralari turli sharoitlarda o‘zicha kechadi va payqamagan holda beiz yo‘qolib ketadi; 8) kishi so‘zlaganda, o‘z nutqiga yozgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi.1

Og‘zaki nutq, o‘zining funksional shakliga ko‘ra, so‘zlashuv tilida gapiruvchi shaxslarning, notiqlarning, radio va televideniye eshittiruv-chilarining nutqlari hamda sahna nutqlariga bo‘linadi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutqi, og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi qoidalarga mos kelishi kerak:

birinchidan, nutq mazmunli bo‘lishi, notiqning fikr yuritayotgan mavzuni har tomonlama chuqur bilishidan darak berib turishi;

ikkinchidan, adabiy va grammatik jihatdan to‘g‘ri, har qanday shevachilikdan xoli bo‘lishi;

uchinchidan, aniq, ravshan, qisqa va tushunarli ifodalanishi; to‘rtinchidan, mantiqiy izchil, sof, keraksiz so‘z va iboralardan xoli

bo‘lishi; beshinchidan,ifodali, ta’sirchan, yorqin, tinglovchida qiziqish uyg‘o-

tadigan bo‘lishi; oltinchidan, aniq, sodda, go‘zal bo‘lgani holda nutq mavzuiga mos

tushishi; yettinchidan, o‘quvchi yoki tinglovchining ruhiy-ma’naviy holatini,

yoshini, kasbi-korini, jinsini hamda mavjud vaziyatni, davlat tomonidan yuritilayotgan ichki va tashqi siyosatni inobatga olishi kerak.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq madaniyatini o‘stirish vositalariga quyidagilar kiradi:

- badiiy asarlarni muntazam ravishda o‘qib borish va ular yuzasidan fikr yuritish;

- o‘zbek tilining grammatik qonun-qoidalarini puxta o‘rganish; - har-xil lug‘atlar bilan muntazam ravishda ishlash; - gazeta va jurnallarni, ayniqsa ularda e’lon qilingan hikoyalar,

maqollar, latifalarni o‘qib borish; - hikmatlar, pandnomalar, latifalarni qunt bilan o‘qib chiqish; - xizmatdoshlar oldida og‘zaki nutq so‘zlash, har xil axborotlar berib

turish; - badiiy havaskorlik to‘garaklarida qatnashib, u yerda she’r,

monolog, qasida kabilarni o‘qish va hokazo.

1 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубияти асослари. – Т., 1992. – Б.33-34.

Page 62: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

62

Ichki ishlar idoralari xodimlari aholi bilan muloqotda quyidagi nutq odobi talablarini unutmasliklari kerak:

1) fuqarolar bilan so‘zlashganda xodim shirinsuxan, muloyim va ezgu niyatli bo‘lishi zarur. Chunki shirin so‘z bilan odamlarni birlash-tirish mumkin yoki achchiq, haqoratomuz so‘zlar bilan esa ularni yuz ko‘rmas qilib yuborish mumkin;

2) so‘zlaganda imo-ishoralarni kamroq qilish, ayniqsa qo‘lni ko‘ta-rib do‘q-po‘pisa qilib, minbarni mushtlab, qo‘lidagi narsalarni otib gapirmaslik kerak. Suhbat nihoyatda samimiy, o‘zaro xayrixohlik bilan o‘tkazilishi, odamoxunlik bilan tugatilishi lozim;

3) fuqarolarning so‘zlarini, garchand ularning mazmuni sizga ma’-lum yoki yoqmayotgan bo‘lsa ham, diqqat va chidam bilan eshitish kerak. Bu haqda buyuk bobokalonimiz hazrat Mir Alisher Navoiy shunday deganlar: «Fano ahliga ko‘p so‘zlamoq maqbul emas, ko‘p eshitmoq, – matlub va yaxshidir. Eshitmoq kishini to‘latadi, aytmoq, bo‘shatadi»1;

4) so‘zlashish chog‘ida o‘zi, oilasi to‘g‘risida, shaxsiy g‘am-tash-vishlari haqida so‘z ochmaslik, oila sirini saqlash kerak;

5) tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish, tilni tiyish, sergap va vay-saqi bo‘lmaslik, har xil haqoratomuz so‘zlarni aytmaslik lozim. Chunki, ulug‘ mutaffakir Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, «ko‘p so‘zlovchi valdiroq tunda tong otguncha huriydigan itga o‘xshaydi. Nodonning dahshatga soluvchi aljirashiga tomoq qirmog‘i – eshakning o‘rinsiz hangramog‘i»2 kabidir;

6) g‘iybatdan, tuhmatdan, mish-mishlardan o‘zni tiyish, bo‘shog‘iz-lik qilmasdan, suhbat sirini saqlay bilish kerak;

7) fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatda, «til tarozisi» degan naqlga rioya qilish kerak;

8) xodim, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, jamoasida va fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarda nutqi, xatti-harakatlari, xulqi va fe’l-atvorini nazorat qilib borishi, faqatgina o‘z gapini ma’qullashga urinmay, boshqalarning so‘zlariga ham quloq solishga odatlanishi kerak.

1 Аждодлар ўгити: ҳикоятлар ҳикматлар, тамсиллар. – Т., 1990. – Б.115. 2 O‘sha manba. – B.118.

Page 63: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

63

8-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING SHAXSLARARO MUNOSABATDA O‘Z XATTI-

HARAKATLARINI HISSIY-IRODAVIY BOSHQARISHI

Hissiy-irodaviy barqarorlikni xodimlarning fuqarolar bilan shaxslar-aro munosabat va kasbiy faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri sifatida qarash mumkin. Hissiy-irodaviy barqarorlik deganda, murakkab vaziyatlarda muvaffaqiyatli ishlash uchun qulay bo‘lgan psixik holatni saqlash qobiliyati tushuniladi.

Hissiy-irodaviy barqarorlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ekstremal vaziyatlarda xodimda harakatlarining samaradorligini

pasaytiruvchi noaniqliklar va adashishlar tug‘diruvchi psixologik reak-siyalarning yo‘qligi;

psixologik jihatdan murakkab bo‘lgan sharoitlarda kasbiy harakat-larni bexato bajarish mashqini olganlik;

kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga nisbatan oqilona ehtiyotkorlik va diqqatni namoyish etish;

yuridik ishlarni qat’iy qonuniy yuritishga ta’sir etishga harakat qiladigan shaxslarning ruhiy ta’siriga berilmaslik;

jinoyatlarning oldini olishga, ularni ochish va tergov qilishga qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslarga qarshi qattiq psixologik kurash olib borish qobiliyati;

psixologik jihatdan murakkab, nizoli, ig‘vogarona vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik.

Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining hozirgi sharoitida ular bajaradigan ishning muvaffaqiyati, xodimlar birgalikda bajaradigan meh-natning samaradorligi, jamoadagi psixologik muhit ko‘p darajada o‘z harakatlarini boshqara olish, his-tuyg‘ularini jilovlay olish, kayfiyatini nazorat qila olish, vaziyatning va atrofdagilarning talablari bilan hisoblashish qobiliyatiga bog‘liq.

Ichki ishlar organlari xodimlari uchun o‘zini aniq nazorat qilish, iroda, tezkor qarorlar qabul qilish, xizmat operatsiyalarini, xatti-harakat-larini va his-tuyg‘ularini boshqara olish qobiliyati juda zarur.

O‘zini boshqarish orqali hissiy asabiylashishni yo‘q qilish, qo‘rqish va ishonchsizlik hissini tarqatish, diqqatni bir nuqtaga qaratish va butun kuchni qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar etish ichki ishlar organlari xodimining juda muhim xislati ekanligi hech kimda shubha tug‘dirmay-di. Xavfli, ba’zan esa hayotga tahdid soluvchi vaziyatlarda tez-tez bo‘lish shaxslardan o‘zini tuta olishni, murakkab vaziyatni tez baholash va eng

Page 64: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

64

maqbul qarorlarga kelish qobiliyatini talab etadi, bu esa qo‘yilgan vazi-fani samaraliroq bajarishga hamda ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi orasida favqulodda hodisalar va kasbiy faoliyatning bajarilmay qolmasli-giga yordam beradi.

Xodimning o‘z ruhiy holatini va harakatlarini boshqara olmasligi salbiy, ko‘pincha esa o‘zi uchun ham, atrofdagilar uchun ham og‘ir oqi-batlarga olib keladi. O‘z harakatlarini boshqara olmaslik shaxsning sha-roitga ijtimoiy-psixologik moslashish qobiliyatini pasaytiradi, uning hayotiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi jiddiy to‘siq bo‘ladi.

Ichki ishlar organlarining xodimlariga har kuni turli (ko‘pincha stress xususiyatiga ega bo‘lgan) omillar ta’sir etadi. Bu esa, o‘z navbati-da, charchash, holdan toyish, turli salbiy hissiy holatlarning yuzaga keli-shi, kasbiy xizmat faoliyatidagi kamchiliklarga olib keladi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor xizmat jarayonida o‘z holatini boshqarish zarur bo‘ladigan vaziyatlar tez-tez yuzaga keladi. Ruhiy va jismoniy og‘irliklar haddan tashqari katta bo‘lganda, buning usti-ga xodim o‘z xatti-harakatlarini yomon boshqarganda haddan tashqari asabiylashish yuzaga keladi. Bu esa faoliyat samaradorligini pasaytiradi va uning noto‘g‘ri tashkil etilishiga, fuqarolar bilan shaxslararo munosa-batda, ishda jiddiy xato va kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarning takrorlanishi ko‘pincha kasbiy buzilishlarga, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga, asabiy depressiyalarga olib keladi. Masalan, psixologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishi-cha, jinoyat qidiruv bo‘limlarining so‘ralgan xodimlaridan 30% uyqusi-ning buzilishidan shikoyat qiladilar, 80%dan ko‘prog‘i nevrotik holat ko‘rinishlarining bir necha alomatlari borligini ta’kidlaganlar. Bu alomat-lar ish kunining oxiriga borganda, charchash (70%), diqqatning pasayishi (30%), tajanglik (20%), bosh og‘rig‘i va aylanishi (10%), uyquchanlik va darmonsizlik (10%)larda namoyon bo‘ladi.

Shu munosabat bilan xodimlarning hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish yo‘llari va usullarini egallashlari bugungi kunda juda dolzarb vazifadir. Xizmat faoliyatida asablari mustahkamroq bo‘lgan, raqib (jinoyatchi) bilan kurashishga yaxshiroq shaylana oladigan, nafaqat jis-moniy va aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan, balki asa-biy-ruhiy faolligini maqbul darajada saqlay oladigan, tezkor-xizmat fao-liyatining murakkab vaziyatlarida o‘zining irodaviy faolligini namoyon qila oladigan xodimlar ko‘proq muvaffaqiyatni qo‘lga kiritadilar.

Hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy maqsadi xodimning o‘z ichki imkoniyatlaridan optimal foydalanishiga, uning ijodiy salohiyati

Page 65: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

65

ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari keng va samarali namoyon bo‘lishiga yordam beradigan alohida ruhiy holatlarni shakllantirishdan iborat. Ichki ishlar organlarining xodimi uchun bu, oxir oqibatda, jinoyat-ni ochish va tergov qilishda muvaffaqiyatga erishish, jinoyatchiga qarshi kurashda ustunlikka erishish va shu kabilardir.

Shunday qilib, o‘z organizmida yuz berayotgan jarayonlarni musta-qil ravishda faol o‘zgartirish va ularni (muayyan doirada) boshqarish im-koniyati katta ahamiyatga ega. O‘zini o‘zi boshqarish orqali qisqa vaqtga vaziyatdan kelib chiqib ruhiy jarayonlarni faollashtirish yoki sekinlashti-rish, shuningdek, bajariladigan faoliyatni tayyorlash sifatini va uning samaradorligini oshirish mumkin. Masalan, qurollangan jinoyatchini ushlash chog‘ida xodim yuzaga keladigan qo‘rqinch, ishonchsizlik hissi-ni bartaraf etishi, o‘z jangovar ruhini ko‘tarishi, butun imkoniyatlarini safarbar etishi mumkin va h.k.

O‘zini o‘zi boshqarish usulining turli shakllari yordamida bilish jarayonlariga ham, motivatsion jarayonlarga ham ta’sir etish; motivlar va mayllarning amaliyligini ko‘tarish (masalan, bir xil ishni bajarishda hosil bo‘ladigan charchash hislari bilan kechadigan zo‘riqishlar chog‘ida). Bu ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatida, natijaga darhol erishish mumkin bo‘lmaganda (ba’zan jinoyatni ochish va tergov qilish haftalab, oylab, yillab cho‘zilishi mumkin), xodim uchun tavakkalli yoki xavfli tuyulgan vaziyatlarda, shuningdek, ekstremal sharoitlarda ish qobiliyatini vazifani bajarishga safarbar etishda juda muhim o‘rin tutadi.

Umuman olganda, ruhiy jihatdan o‘zini o‘zi boshqarish ikki maq-sadli ustanovkaga ega: bir tomondan, xizmat faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish uchun har tomonlama qulay psixologik shart-sharoit yaratish, boshqa tomondan – dam olishga o‘tishni yengillashtirish. Bunda katta tajriba natijasida xodimning o‘zi topgan oddiy ruhiy boshqaruv usullarni («sodda» ruhiy boshqarish) ilmiy asoslangan mashqli usullarni egallash-dan farqlash lozim. Ruhiy boshqarish mashqli usullarni egallash degan-da, odatda, avtonom, ya’ni oddiy vositalar bilan ixtiyoriy boshqarib bo‘l-maydigan jarayonlarni maqsadli o‘zgartirish tushuniladi. Kutilgan natijaga faqat rejali ravishda takrorlab boriladigan mashqlar orqali erishiladi.

O‘z ruhiyatini boshqarishning mohiyati shundaki, inson o‘zining ruhiy holatiga va butun organizmiga ta’sir ko‘rsatish uchun atrof-muhit bilan muloqotda bo‘lish va o‘z organizmini bilish jarayonida to‘planadi-gan his-tuyg‘ularini muntazam mashqlar predmetiga (mavzuiga) aylantiradi.

Page 66: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

66

Umuman, har bir sog‘lom, mehnatga qobiliyatli xodim o‘zini o‘zi boshqarish usullarini egallashi mumkin. Ammo bunda hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish usullaridan foydalanish samaradorligini pasayti-ruvchi bir qator omillar mavjud ekanligini inobatga olish zarur. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

– xodimning mazkur mashqlarni bajarishga munosabati (uning ichki tayyorligi) haddan tashqari o‘ziga ishonish muvaffaqiyatga erishishga yordam bermaydi. Istakning o‘zi natija bermaydi: muntazam ishlash, sabr-toqat, iroda zarur;

– mashqlarning dastlabki bosqichida erishilgan muvaffaqiyat mashq qiluvchini uning mashg‘ulotlarga munosabatida noto‘g‘ri yo‘nalish berishi, o‘ziga ortiqcha ishonishiga va qiyinchiliklarni yenga olmaydigan bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin;

– o‘zini mashq qildirishning yomon sharoitlari. Xalaqit beruvchi tashqi omillarni yo‘q qiluvchi, o‘zni bo‘sh qo‘yishga yordam beruvchi xotirjam sharoit yaratish kerak. Ruhiy boshqaruv usullarini egallab borgan sari xizmat faoliyatining haqiqiy sharoitlarida mashq qilishga o‘tish mumkin;

– o‘zini o‘zi boshqarish usulini noto‘g‘ri tanlash. Xodimning indi-vidual xususiyatlariga mos kelmaydigan boshqarish usullarni tanlanishi ruhiyatida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, shu bois boshqaruv mashqlarini katta ehtiyotkorlik bilan, ularning samaradorligini doimiy nazorat qilgan holda tanlashi kerak;

– ishonuvchanlik va xayol surish qobiliyati kabi shaxsiy xislatlar-ning namoyon bo‘lishidagi xususiyatlar.

Hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish jarayoni uchta asosiy prin-sipga tayanadi:

– relaksatsiya; – vizuallashtirish; – o‘zini o‘zi ishontirish. Relaksatsiya tamoyilining mohiyatini tana va ruhning birgalikda

ishlashga tayyorlanishi tashkil etadi. Aynan relaksatsiya paytida o‘z ichki ovozingizni eshitish, o‘z organizmingiz va tafakkur faoliyatingizning aloqasini his etishingiz mumkin. Relaksatsiya yoki bo‘shashish tana va ruhni keraksiz zo‘riqishdan hamda odamni bo‘shashtirib yuboradigan jihatlardan ozod qilishni bildiradi, u insonga foydali psixologik va fiziologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon: unda miya xotirjamlashgani sayin tana bo‘shashadi, tana bo‘shashgani sayin miya xotirjam bo‘la boradi.

Page 67: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

67

Ikkinchi tamoyil – vizuallashtirish. Intiutiv tafakkur ongga kirib borishning turli yo‘llaridan foydalanadi. Asosiysi manzara hosil qilish yoki miyangizda obrazlarni gavdalantirish yo‘lidir. Vizuallashtirish yo‘nalgan tasavvurni eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish, teri bilan sezish sezgilari hamda ularning kombinatsiyalari yordamida faollashti-rishning turli usullarini bildiradi. Aslida, inson miyasi obyektiv olam obrazlariga ham, ongda yuzaga keladigan obrazlarga ham bir xilda javob beradi. Shu bois, vizuallashtirish ko‘nikmalari insonga o‘z ichki imko-niyatlaridan yaxshiroq foydalanish, ruhiy jarayonlarning kechishini faollashtirish imkonini beradi.

O‘zini o‘zi ishontirish tamoyilining mohiyati shundaki, biz o‘zini o‘zi ishontirish yordamida ichki obrazlarimizni ongimizda aks sado sifatida bir necha marta takrorlanadigan so‘zlar bilan ifodalaymiz. O‘zi-ning ichki kuchi va qo‘llab-quvvatlanishi bilan to‘lgan bu so‘zlar his-tuyg‘ular darajasida chuqur qabul qilinadi. Bunday ichki aks-sadoni «Men buni qila olaman» so‘zlarida namoyon bo‘ladigan munosabat, niyat va mayl sifatida ifodalash mumkin. O‘zini o‘zi ishontirish muvaffa-qiyatga erishish mumkinligi haqida birinchi shaxs nomidan hozirgi zamonda ifodalangan aniq ta’kiddir. Insonning o‘ziga qarata aytgan so‘zlari o‘z maqsadlariga erisha olishiga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi va qaysi yo‘nalishda harakat qilish kerakligini ko‘rsatadi. Bu so‘zlar miyani maqsadga erishish borasida ishlashga va bunda faol ishtirok etishga majbur qiladi. O‘zini o‘zi ishontirish – obrazlarni so‘zda ifoda-lashga imkon beruvchi faol moyillikdir.

O‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullari O‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullarini qo‘llashdan ko‘zlan-

gan maqsad xodimga xizmat doirasidagi harakatlarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun maqbul ichki sharoitni yaratishda yordam berishdan iborat. Bunda quyidagi bir qator jihatlar nazarda tutiladi:

insonning o‘ziga nisbatan ijobiy ustanovkani mustahkamlash («Men buning uddasidan chiqaman»), o‘ziga ishonch hissini oshirish;

hissiy-affektiv jarayonlarni (ayniqsa, tavakkal, qo‘rqinch hissi, kasbiy harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqt taqchilligi kabilarni) uyg‘unlashtirish va faollashtirish;

tezkor xizmat (tergov, tezkor qidiruv, profilaktika va h.k.) harakat-larini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida diqqatni oshirish;

xizmatdagi og‘ir mehnatdan keyin dam olishga o‘tishni tezlash-tirish;

Page 68: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

68

xodimning xizmat faoliyati uzoq vaqt cho‘zilganda (masalan, surunkali navbatchiliklar vaqtida) funksional tayyorlik va ish qobiliyati-ning yuksak darajasini saqlab turish.

O‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullarini qo‘llash, birinchi navbatda, rag‘batlantiruvchi va yo‘naltiruvchi boshqaruvni kuchaytiradi. Ularga xodimning o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga, kutilayotgan kasbiy nati-jalariga nisbatan ijobiy mayllarni kuchaytirish va salbiy mayllarni bar-taraf etish kiradi. Avvalo, optimistik kasbiy kayfiyatni yaratish nazarda tutiladi. Qo‘rquv, monotonlik, antipatiyani (masalan, so‘roq vaqtida qar-shingizda o‘tirgan ayblanuvchiga nisbatan) bartaraf etishga qaratilgan ruhiy o‘zini o‘zi ishontirish shakllari ham shunga kiradi. Optimal ruhiy holat taqdir sovg‘asi emas. O‘z his-tuyg‘ularingizni boshqarish, qiyinchi-liklarni yengishga tayyorlanish, vaqtinchalik xizmat omadsizliklarining psixologik yuki ta’siri hamda bo‘lg‘usi faoliyatdan qo‘rqishni yo‘q qilish uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlash talab qilinadi.

Xodimlar o‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullarini egallash-larida barcha xodimlar foydalanish uchun yaraydigan qandaydir univer-sal usulni taklif etib bo‘lmasligini hisobga olishlari zarur. O‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullarini xodimning tabiatiga, faoliyatiga xos xususiyatlarni, uning temperamentini va ko‘plab boshqa holatlarni hisobga olgan holda maxsus tanlash kerak.

Tegishli mashqlar uchun quyidagi usullar tavsiya etilishi mumkin. Mantiq usullaridan foydalanish. Juda ko‘p hollarda qaror topgan

sharoit ichki ishlar organlari xodimidan vaziyatni qizishmasdan tahlil qilish talab etadi. Bunda u, avvalo, o‘zini ayni damdagi ruhiy holati, noadekvat asabiy zo‘riqishi oqilona emasligiga, so‘ngra esa – boshqacha yo‘l tutish maqsadga muvofiqligiga ishontirishi kerak. Vaziyatni manti-qiy anglash va u bilan bog‘liq salbiy his-tuyg‘ularni bartaraf etish jarayonida bir qancha usullardan foydalanish mumkin. Asabiy zo‘riqish-ni o‘zingiz bilan o‘zingiz gaplashib, bekorga tashvishlanayotganingizga o‘zingizni ishontirib yo‘q qilish mumkin. Qiyin vaziyat muvaffaqiyatsiz-likdan ham eng ko‘p foyda olish mahoratini tarbiyalaydi. Ushbu holdagi ruhiy himoya xodimning o‘zini ana shunga ishontirishiga asoslanadi. Bunda nima yuz berganligini, qayerda xatoga yo‘l qo‘yilganligini aniq tahlil qilish va darhol kelgusi faoliyat uchun qanday foyda bo‘lishi mum-kinligini tasavvur qilish muhim.

«Men eng tajribaliman», «Men hamma narsani qila olaman», «Men har qanday jinoyatni ocha olaman» kabi individual jihatdan muhim bo‘lgan o‘zini o‘zi ishontirish usuli juda samaralidir. Ushbu o‘zini o‘zi

Page 69: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

69

ishontirish qobiliyatini ulardan kundalik amaliyotda yuzaga keladigan qiyin vaziyatlarni bartaraf etish uchun rag‘bat sifatida doimiy foydalanib, albatta mashq qildirish kerak.

O‘ziga o‘zi buyruq berish usulidan foydalanish. Intizomli xodim «Kerak!», «Bardam bo‘l!», «Chida!», «Ishla!» kabi ichki buyruqlar yordamida o‘zini yaxshi boshqarishi mumkin. Ana shunday o‘ziga o‘zi beriladigan qo‘shimcha buyruqlar yordamida o‘zini majburlash qobi-liyatini muntazam ravishda mashq qildirish muhim. Oxir-oqibatda ichki nutq va harakat o‘rtasida o‘ziga xos chambarchas aloqa o‘rnatilishi kerak. O‘ziga berilgan buyruq bunda qo‘shimcha kuchga ega bo‘ladi, o‘ziga xos ishga tushiruvchi rag‘batga aylanadi. Aytish joizki, o‘ziga beriladigan buyruqlarni o‘zini ishontirish iboralari bilan birlashtirish juda qulay (masalan, «Men hech narsadan qo‘rqmayman! Olg‘a!» yoki «Men bu ishni qila olaman! Qo‘rqma!» kabi).

Obrazlardan foydalanish. Badiiy tafakkurga moyil shaxslarga «kimnidir taqlid qilishga» asoslangan usul yordam beradi. Masalan, qandaydir qiyin ishni bajarayotgan xodim o‘zini badiiy yoki kino qah-ramoni – izquvar qiyofasida tasavvur etishi mumkin. Taqlid qilish uchun obrazni tasavvur qila olish, kerakli rolga kira olish o‘z xatti-harakati uslubiga ega bo‘lishga va nafaqat o‘z holatini boshqarishga, kerak bo‘l-ganda, jinoyatchiga ruhiy ta’sir ko‘rsatishga ham yordam beradi.

Vaziyatlarni maqsadga yo‘nalgan tarzda tasavvur qilish. Biron-bir ishga kirishishga yoki asabiy zo‘riqishni yo‘qotishga tasavvur qilishdan foydalanish yordam beradi. Har bir odamning xotirasida o‘zi xotirjamlik, sokinlik tuygan vaziyatlar bo‘ladi. Ayrimlar uchun bu plaj, cho‘milgan-dan so‘ng iliq qumda dam olishdan olingan rohat bo‘lsa, boshqalarda – tog‘lar, toza havo, ko‘m-ko‘k osmon, qorli cho‘qqilar ana shunday xis-latlarni uyg‘otadi. Bunday vaziyatlar juda ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo ular orasidan kerakli hissiy kayfiyatni keltirib chiqara oladigan eng muhimlarini tanlab olish kerak.

Qandaydir kasbiy harakatni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida ichki ishlar organlarining xodimiga, masalan, jinoyatni muvaffaqiyatli ochish, jinoyatchini ushlash, qahramonona harakatlar va boshqalar bilan bog‘liq vaziyatlarni, his-tuyg‘ularga boy sahnalarni eslash tavsiya etiladi.

O‘zini chalg‘itish usullari. O‘zini o‘zi boshqarishning faol usul-laridan foydalanish qiyin bo‘ladigan holatlar bo‘lishi mumkin. Ko‘pin-cha bu sezilarli charchash, tushkunlik kayfiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ruhiy zo‘riqishni turli xil chalg‘itish

Page 70: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

70

vositalari yordamida yo‘q qilish mumkin. Bu vositalar vazifasini ko‘p marta qiziqib o‘qiladigan kitob, musiqa, yoqib qolgan film va boshqalar bajarishi mumkin.

Muskullar tonusini ongli ravishda boshqarish. Muskullar tonusi – hissiy holatning ko‘rsatkichlaridan biri. Odatda, norasional asabiy-ruhiy zo‘riqish muskullarning keraksiz zo‘riqishi bilan birga kechadi, bu esa, o‘z navbatida, asabiy zo‘riqishni yanada oshiradi. Bunda muskullar tonu-sini, masalan, inson yuzidagi muskullar tonusini ixtiyoriy boshqarish maho-rati katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Qovog‘ingizni solishingiz, xafa bo‘lgan-dek qiyofaga kirishingiz bilan haqiqatan ham qayg‘u bosadi. Va, aksincha, jilmayish mo‘jiza yaratishga qodir. Og‘ir vaziyatda ham jilmaya olish, o‘rinsiz tortinchoqlikni tashlash, ruhiy zo‘riqishni yo‘qotish insonning o‘z imkoniyatlarini yaxshiroq ro‘yobga chiqarish qobiliyatini oshiradi.

Nafas olishning o‘zini o‘zi boshqarish vositasi sifatida ahamiyati. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, nafas olish hissiy-irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish tizimida muhim o‘rin tutadi. To‘g‘ri nafas ola bilish o‘zini o‘zi boshqarish usullarini egallashdagi muvaffaqiyat uchun asos bo‘ladi. Quyida nafas olish mashqlari batafsil yoritiladi. Xodimlar tezda o‘zini qo‘lga olish, tinchlanish yoki, aksincha, o‘z tonusini ko‘tarish zarur bo‘l-ganda eng oddiy nafas olish usullarini muvaffaqiyatli qo‘llashlari mumkin.

Ruhiy holatni boshqarishda nafas olish maromi alohida ahamiyat kasb etadi. Tinchlantiruvchi maromda har bir nafas chiqarish nafas olishga qaraganda ikki marta uzoqroq amalga oshiriladi.

Sanab nafas olish usuli yaxshi natija beradi. Bu usulda sanab nafas olinadi. Tinchlanish zarur bo‘lganda: 1,2,3,4 deganda nafas olinadi, so‘ngra 1,2,3,4 deganda nafas chiqariladi, keyin 1,2,3,4,5 deganda nafas olinadi va 1,2,3,4,5 deganda nafas chiqariladi. Shu tariqa nafas olish va chiqarish 12 soniyagacha uzaytiriladi. Buning natijasida nafasni sun’iy ravishda ushlab turish yuzaga keladi va bu o‘z-o‘zidan hissiy zo‘riqishni bartaraf etishga olib keladi.

Aksincha, tonusni ko‘tarish, faollashtirish kerak bo‘lganda, buning teskarisi qilinadi. Nafas olish va chiqarish 12 soniyadan boshlanib, asta-sekin 4 soniyagacha qisqartiriladi. Nafas olish va chiqarish tezlashadi, kuchlanish oshib boradi.

Boshqa usul – nafasni ushlab turish. Bir qator hollarda keskin asabiy zo‘riqishni bartaraf etish uchun chuqur nafas olib, 20-30 soniyaga nafasni ushlab turish mumkin. Shundan keyingi nafas chiqarish va ketidan keladigan takroriy chuqur kompensator nafas olish ahvolning barqarorlashishiga yordam beradi.

Page 71: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

71

O‘zini o‘zi boshqarishning yuqorida taklif etilgan oddiy usullarining har biri, tabiiyki, chuqurlashtirilishi va kengaytirilishi mumkin. Shu bois avval xarakteringiz va temperamentingizga ko‘proq mos keladiganlarini, muntazam ravishda qo‘llash uchun eng qulay ko‘ringanlarini tanlash zarur. O‘zingizning individual xususiyatlaringiz tanlov mezoni bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, o‘zini o‘zi boshqarish usullari yo‘nalishi bo‘yicha farqlanishi mumkinligini inobatga olish zarur. Bir vaziyatda ular asabiy zo‘riqishni bartaraf etish, tinchlanish, mehnat qobiliyatini tiklashga yordam bersa, boshqasida – safarbarlikka, xizmat sharoitlariga eng mos keladigan ruhiy holatga kirishga yordam beradi.

Autogen mashqlar Autogen mashqlar organizmning avvaldan boshqarilmaydigan

funksiyalarini boshqarish imkoniyatini oshirishga qaratilgan mashqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Autogen mashq – nemis olimi I.G.Shuls taklif etgan o‘zini o‘zi ishontirish usuli. Ushbu metodda dastlab o‘zini o‘zi ishontirish orqali mushaklar tonusining bo‘shashiga – relaksatsiyaga erishiladi, so‘ngra ushbu holatda organizmning u yoki bu funksiyaga qaratilgan o‘zini o‘zi ishontirish amalga oshiriladi.

Ushbu usul o‘zining oddiyligi bilan ajralib turadi va ko‘pchilik odamlar uni o‘zlashtirishlari mumkin. Uning ta’sirida oliy asab faoliyati, hissiy soha normallashadi, insonning irodaviy qobiliyati kuchayadi. Autogen mashq usullari muntazam mashqlar jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu esa ushbu usulga mashq xususiyatini beradi. Bunday mashq irodani mustahkamlashini inobatga olib, uni shaxsni faollashtiruvchi usul deb ham hisoblash mumkin. Aytish joizki, autogen mashqning asosiy elementini mushaklarni bo‘shashtirish (relaksatsiya)ga o‘rgatish tashkil etadi. Bo‘shashishni o‘rganish ichki ishlar organlari xodimlarining hissiy zo‘riqishni bartaraf etishi yoki kamaytirishiga, shuningdek qisqa vaqt ichida to‘laqonli dam olishiga yordam beradi.

Autogen mashqni egallash vaqti har bir muayyan insonning indivi-dual xususiyatlariga bog‘liq, ammo, o‘rtacha olganda, har kuni 2–3 mar-ta 10 minutlik mashqlar bajarilganda taxminan 3–4 oyni tashkil etadi.

Autogen mashqning maxsus usullarini o‘rganishga kirishishdan avval ba’zi bir tayyorlov mashqlarini o‘zlashtirgan ma’qul. Eng muhim tayyorgarlik tadbiri nafas olish gimnastikasi bo‘lib, ritmik to‘liq nafas olishni egallashdan iborat. Nafasni boshqarishning eng muhim sharti uning maromini nazorat qilishdir. To‘g‘ri nafas olish uchun belgilangan ritmni aniq hisoblash zarur ekanligini doimo yodda tutish kerak. Nafas olishning maqbul maromini aniqlash uchun mashqdan avvalgi puls

Page 72: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

72

chastotasidan foydalanish qulay (bu marom nafas olish chog‘idagi hisob uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘liq nafas olish usulini o‘rganishdan avval uning tarkibiy qismlari bo‘lmish qorin, o‘rta va yuqori nafas olish usullarini o‘rganish zarur.

Qorin (diafragma) bilan nafas olish tik turib, o‘tirib yoki yotgan holda bajariladi. Uni bajarish uchun diqqatni kindik sohasiga jamlash zarur. Qorin devorlarini ichga tortib, nafas chiqaramiz. So‘ngra sekin-asta nafas olamiz. Qorin devori nafas olganda tashqariga qabarib chiqadi va o‘pkalarning pastki qismi havoga to‘ladi. Qorin bilan nafas olishda ko‘krak qafasi harakatsiz qoladi va qorin o‘pkalarning quyi qismini goh havoga to‘ldirib, goh undan bo‘shatib to‘lqinsimon harakat qiladi.

Gavdaning o‘rta qismi bilan nafas olish tik turgan, o‘tirgan yoki yotgan holda bajariladi. Butun diqqatni qovurg‘alarga qaratish lozim. Nafas chiqargandan so‘ng sekin nafas olamiz, bunda qovurg‘alarni ikki tomondan kengaytiramiz. Nafas chiqarish paytida qovurg‘alarni siqamiz. Bunday nafas olish tipida gavdaning o‘rta qismi havo bilan to‘ladi, ayni paytda qorin va yelkalar harakatsiz qoladi.

Gavdaning yuqori qismi bilan nafas olish – bu usul ham tik turgan, o‘tirgan yoki yotgan holda bajariladi. Diqqat o‘pkalarning yuqori qismiga qaratiladi. Nafas chiqarilgandan so‘ng yelka ohista ko‘tarilib, nafas olinadi. Nafas chiqargan paytda yelkalar tushiriladi. Bu usulda qorin va ko‘krakning old qismi harakatsiz qoladi.

To‘liq nafas olish ham uning tarkibiy qismlari kabi tik turgan, o‘tirgan yoki yotgan holda bajariladi. To‘liq nafas chiqargandan so‘ng yuqorida keltirilgan nafas olish tiplarining barchasini galma-galdan va bitta uzluksiz to‘lqinsimon harakatga birlashtirgan holda tomirning 8 ta urushini hisoblab, ohista turiladi. Avvalo, qorin shishiriladi, so‘ngra qovurg‘alar kengaytiriladi va, nihoyat, yelkalar ko‘tariladi. Shu paytda qorin devori biroz tortiladi. Nafas chiqarish ham xuddi nafas olish amalga oshirilgan tartibda bajariladi: avval qorin devorini tortamiz, so‘ngra qovurg‘alarni siqamiz va yelkalarni tushiramiz. Bunda butun nafas apparati bir xil harakatda bo‘ladi. Nafas chiqarish va keyingi nafas olish o‘rtasida nafasni ushlab turish mumkin. Bu tabiiy ravishda nafas olish istagi paydo bo‘lmaguncha davom etishi mumkin. Nafas burun orqali olinadi va chiqariladi.

Nafas gimnastikasining muhim maqsadlaridan biri – diqqatni jam-lashga o‘rgatishdir. Bu autogen mashqlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Biroq shuni ta’kidlash joizki, hatto to‘liq

Page 73: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

73

nafas olish va chiqarishning o‘ziyoq (autogen mashqlarning maxsus turlarisiz) ruhiy zo‘riqishni bartaraf etadi (yoki kamaytiradi), asab tizimini tinchlantiradi, insonda xotirjamlik va o‘ziga ishonch hissini hosil qiladi. Ushbu mashq butun diqqat-e’tiborni jamlagan holda 5–6 marta bajariladi. Autogen mashqlar bilan shug‘ullanishni ushbu nafas olish-chiqarish mashqlarini bajargandan so‘ng boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuni inobatga olish zarurki, «to‘liq nafas olish-chiqarish» usulini egallagandan keyin uning tarkibiy qismlari (qorin bilan, gavdaning o‘rta va yuqori qismlari bilan nafas olish)ni bajarish zarurati yo‘qoladi.

Nafas olish-chiqarish gimnastikasi usullarini egallagandan so‘ng bevosita autogen mashqlarni o‘rganish va egallashga o‘tish mumkin. Ushbu metodikani o‘rganishning ilk davrida mashg‘ulot uchun uyg‘on-gandan keyingi va bevosita uxlashdan oldingi vaqtdan foydalangan ma’qul, chunki tabiiy uyquchanlik paytida mashqlarda nazarda tutilgan his-tuyg‘ularga erishish osonroq kechadi. Keyinchalik autogen mashq-larni egallash uchun sutkaning istalgan vaqtidan foydalanish mumkin. Dastlabki mashqlarni iliq, sokin, haddan tashqari yorug‘ bo‘lmagan xonada o‘tkazgan ma’qul. Bora-bora shug‘ullanuvchi xodim shovqinga parvo qilmaslikni o‘rganadi va mashqlar texnikasini yetarlicha egallaga-nidan keyin seanslarni hatto poyezd yoki avtobusda o‘tirgan holda ham o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar vaqtida gavdani mushaklar taranglashuviga yo‘l qo‘y-maydigan qulay vaziyatda tutish muhim. Mashg‘ulotlar uchun eng qulay bo‘lgan quyidagi uch vaziyatdan birini qabul qilish tavsiya etiladi:

1. O‘tirgan holat – aravakash holati. Ushbu holatga kirish uchun stulga to‘g‘ri o‘tirish, qomatni tik tutish, so‘ngra butun skelet mushak-larini bo‘shashtirish kerak. Diafragma oshqozonga botmasligi uchun oldinga haddan tashqari kuchli egilmaslik lozim. Bosh ko‘krakka egilib tushgan, oyoqlar bir-biridan biroz nariroqda turishi va o‘tmas burchak hosil qilib egilgan bo‘lishi, qo‘llar tizzaga qo‘yilgan bo‘lib, bir-biriga tegmaydi, tirsaklar bukilgan – qisqasi mijozni kutib mudrayotgan ara-vakashga xos holat olinadi. Ko‘zlar yumuq. Bu faol holat bo‘lib, unga deyarli har qanday joyda – uyda, ishxonada, transportda kirish mumkin.

Keyingi holatlar passiv holatlarga kiradi va ulardan odatda uyda shug‘ullanganda foydalanish mumkin.

2. Yarim o‘tirgan holat. Shug‘ullanuvchi kishi yumshoq kresloda uning suyanchig‘iga qulay yastangan holda o‘tiradi; butun gavda bo‘-shashgan, ikkala qo‘l tirsagidan biroz egilgan, kaftlari bilan sonning old

Page 74: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

74

qismi yoki kreslo ushlagichiga tashlangan, oyoqlar bir-biridan erkin ajratilgan, oyoq uchlari bir-biridan biroz uzoqlashgan. Oyoq uchlarining to‘g‘riga qaraganligi yoki ko‘tarilganligi bo‘shashish bosqichi boshlan-maganidan darak beradi.

3. Yotgan holat. Ushbu holat uyqudan oldingi yoki bevosita undan keyingi mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Mashq qilayotgan kishi qulay holda chalqancha yotgan, bosh biroz ko‘tarilgan, pastak yostiqqa tashlan-gan. Tirsak bo‘g‘inidan biroz qayrilgan, qo‘llar gavda bo‘ylab kaftlari pastga qaratilgan holda erkin tashlangan. Mashq qiluvchi kishi kechqu-rungi mashqlar uchun uxlashga odatlangan holatni olgani ma’qul.

Mashq qiluvchi shaxs mazkur holatlardan birini olgach, maxsus mashqlarni bajarishga kirishadi. Topshiriqqa ko‘proq diqqatni jamlash uchun mashqlarni ko‘zlar yumilgan holda bajarish tavsiya etiladi.

Mashq qiluvchi kishi zarur his-tuyg‘ularga erishish uchun o‘zini o‘zi ishontirishning tegishli formulalarini xayolan takrorlash orqali bajariladi-gan oltita asosiy standart mashq ishlab chiqilgan. Bular: og‘irlik hissini keltirib chiqarishga qaratilgan mashq; iliqlik hissini keltirib chiqarishga qaratilgan mashq; yurak faoliyati maromini egallashga qaratilgan mashq; nafas maromini boshqarishni egallashga qaratilgan mashq; qorin bo‘shlig‘i va quyosh tuguni sohasida iliqlik hissini keltirib

chiqarishga qaratilgan mashq; peshona sohasida sovuqlik hissini keltirib chiqarishga qaratilgan

mashq. 1. Og‘irlik hissini keltirib chiqarishga qaratilgan mashq. Yuqorida

keltirilgan uchta holatdan birida dastlabki holatni egallab xayolan ohista «Men tamoman xotirjamman», deb aytish tavsiya etiladi. So‘ngra diqqat-ni xotirjam jamlagan holda 5–6 marta xayolan: «Mening o‘ng qo‘lim juda og‘ir» (chapaqaylar uchun «Mening chap qo‘lim juda og‘ir») iborasi takrorlanadi. Shundan so‘ng bir marta: «Men juda xotirjamman», deb xayolan aytiladi. Ushbu ibora nafas chiqarish fazasi bilan bir vaqtda ayti-ladi. Aytilgan gap haqiqatan ham to‘g‘riligini ko‘p marta xayolan tasav-vur etish zarur. O‘ng qo‘l mushaklarining bo‘shashishi mashq qilayotgan kishiga og‘irlik sifatida seziladi. Mashq samarasini oshirish uchun o‘ng qo‘lda tosh borligini yoki og‘ir bir narsa uni bosib turganligini tasavvur qilishga harakat qilish mumkin.

Ba’zan nazorat maqsadida, og‘irlik hissi paydo bo‘lganligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘lni biroz ko‘tarishga harakat qilib ko‘rish mumkin. Asta-sekin, mashqlar natijasida og‘irlik hissi boshqa qo‘lda,

Page 75: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

75

ikkala qo‘lda bir vaqtda, ikkala oyoqda, qo‘l va oyoqlarda bir vaqtda, butun gavdada hosil qilinadi. Mashq qiluvchi kishi og‘irlik hissini butun badanda tez va oson hosil qilishga qodir bo‘lganda mashq o‘zlashtirilgan hisoblanadi. Shundan so‘ng ikkinchi mashqqa o‘tish mumkin.

2. Iliqlik hissini keltirib chiqarishga qaratilgan mashq. Dastavval og‘irlik hissi keltirib chiqariladi va butun badanda aniq og‘irlik hissi hosil qilingach, asta-sekin xotirjam holda butun diqqat-e’tiborni jamlab ketma-ket 5–6 marta xayolan: «Mening o‘ng qo‘lim iliq» va bir marta: «Men butunlay xotirjamman», deb aytiladi va tasavvur qilinadi. Samara-dorlikni oshirish uchun og‘irlashgan o‘ng qo‘l iliq suvga solinganligini tasavvur qilish kerak. Mashqni bajarganingiz sari iliqlik hissi xuddi og‘irlik hissi kabi ikkala qo‘lga, oyoqlarga va butun gavdaga tarqaladi. Butun badanda aniq iliqlik hissini hosil qilish uchun yorqin obrazli tasav-vurlardan foydalanish zarur. Iliqlik hissi oson va aniq keltirib chiqariladi-gan bo‘lganda mashq o‘zlashtirilgan hisoblanadi. Ushbu mashqni egalla-gandan so‘ng uchinchisiga o‘tish mumkin.

3. Yurak faoliyati maromini egallashga qaratilgan mashq. Mashqni bajarish chog‘ida dastlab tomir urushi yoki yurak urushini xayolan hisoblashni o‘rganish tavsiya etiladi. Avval bu mashq chalqancha yotgan holda bajariladi. Bunda o‘ng qo‘l chap nurli arteriya sohasiga yoki yurak sohasiga qo‘yiladi. O‘ng qo‘l mushaklari zo‘riqishini kamaytirish uchun tirsak ostiga biror yumshoq narsa qo‘yiladi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, og‘irlik va iliqlik hissi keltirib chiqariladi. So‘ngra: «Yuragim xotirjam va tekis urmoqda», degan o‘zini o‘zi ishontirish iborasini 5–6 marta va «Men batamom xotirjamman» iborasini bir marta xayolan aytishga o‘tiladi.

Bu mashq juda xotirjam tarzda, yurak faoliyatiga hech bir diqqatni jamlamagan holda bajarilishi kerak. Yuragingiz ishini sezishga intilish kerak emas. Asabiylashgan, ta’sirchan, o‘z sog‘lig‘i haqida ortiqcha g‘am-xo‘rlik qilishga moyil kishilar bu mashqni umuman bajarmaganlari ma’qul.

Yurak faoliyatining maromini ixtiyoriy o‘zgartirish qobiliyati hosil qilinganda mashq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.

4. Nafas maromini boshqarishni egallashga qaratilgan mashq. Dastlab og‘irlik, iliqlik hislari hosil qilinadi va yurak xotirjam, tekis urayotganligiga o‘zni ishontiriladi. Shundan so‘ng 5–6 marta «Butunlay xotirjam nafas olyapman» va «Men butunlay xotirjamman» deb xayolan takrorlanadi.

Mashq jarayonida xotirjam va bir maromda nafas olish qobiliyatiga ega bo‘lingach, mashq o‘zlashtirilgan deb hisoblanadi. Bu mashq oson va tez o‘zlashtiriladi.

Page 76: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

76

5. Qorin bo‘shlig‘i va quyosh tuguni sohasida iliqlik hissini keltirib chiqarishga qaratilgan mashq. Ushbu mashq eng qiyinidir. Quyosh tuguni vegetativ asab sistemasining eng muhim tuguni – «qorin miyasi» bo‘lib, oshqozon orqasida joylashgan. Uning o‘rnini ko‘krak-ning quyi nuqtasi va kindik o‘rtasidagi joyni topib, aniq belgilash mum-kin. Ushbu joyda oshqozon ortida qorin bo‘shlig‘i organlarining faoliya-tini va ular orqali bizning o‘zimizni sezishimiz va kayfiyatimizning muhim komponentlarini boshqaruvchi asab tugunlarining muhim mar-kazi joylashgan.

Mashq boshida yuqorida ko‘rsatilgan to‘rt mashqqa mos keluvchi his-tuyg‘ular hosil qilinadi, so‘ngra 5–6 marta: «Mening quyosh tugunim issiqlik chiqaryapti» yoki «Qornim yoqimli iliqlik tuyyapti» deb va bir marta «Men butunlay xotirjamman» deb xayolan takrorlanadi. Ushbu mashqni bajarishda diqqat quyosh tuguni sohasiga jamlanishi kerak. Aniqroq his-tuyg‘ularga ega bo‘lish uchun avvalgi mashqlardagi kabi obrazli tasavvurlardan foydalanish (masalan, qorin ustida quyosh tuguni sohasida qandaydir iliq narsa yotganligini tasavvur qilish) kerak. Asta-sekin mashq qiluvchi kishida qorin sohasida aniq iliqlik his-tuyg‘usi paydo bo‘ladi va o‘shanda mashq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.

6. Peshona sohasida sovuqlik hissini keltirib chiqarishga qaratil-gan mashq. Yuqorida tasvirlangan autogen mashqlarning barchasini bajarib va zarur his-tuyg‘ularning barchasini hosil qilib, 5–6 marta: «Mening peshonam yoqimli darajada sovuq» deb va bir marta «Men butunlay xotirjamman» deb xayolan aytiladi. Bu mashqni o‘zlashtirish ancha qiyin. Uni bajarish chog‘ida diqqat peshona va chakka sohalariga jamlanadi. Samaradorlikni oshirish uchun ushbu vaziyatda ham obrazli tasavvurlardan foydalanish (masalan, peshonaga salqin shabada urayot-ganligini yoki peshonaga muzdek ro‘mol boylanganligini tasavvur etish) kerak. Agar shug‘ullanayotgan kishi peshonasi sohasida yengil salqinlik hissini aniq hosil qila olsa, mashq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.

Mazkur oltita mashq yetarlicha yaxshi o‘zlashtirilganidan so‘ng keyinchalik o‘zini o‘zi ishontirishning uzun iboralarini quyidagi qisqaroq iboralarga almashtirish taklif etiladi: «Xotirjamlik...», «Og‘irlik...», «Iliqlik...», «Yurak va nafas xotirjam...», «Quyosh tuguni iliq...», «Peshona sovuq...».

Barcha hollarda diqqatni jamlash xotirjam «passiv» xususiyatga egaligini ta’kidlash zarur. Kuchlarni diqqatni jamlashga sarflash kerak emas. Autogen mashqlar xotirjam, ortiqcha zo‘riqishsiz bajarilishi kerak. Ular mashq qiluvchini charchatishi kerak emas, balki uning uchun yoqimli bo‘lishi kerak.

Page 77: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

77

Har bir yangi mashqni avvalgisi to‘liq o‘zlashtirilganidan keyingina, ikki hafta mobaynida kuniga 2–3 martadan takrorlash kerak. Shunday qilib, oltita mashqning hammasini o‘zlashtirishga 12 hafta sarflanadi. Ulardan birinchi mashq 12 hafta davomida, ikkinchisi – 10, uchinchisi – 8, to‘rtinchisi – 6, beshinchisi – 4, oltinchisi – 2 hafta davom etadi.

Shunday qilib, avvalgi mashqlarga eng ko‘p vaqt sarflanadi. Mashq-larning odatdagi davomiyligi – 2–3 daqiqadan (boshida) 5 – 6 daqiqa-gacha va undan ortiq.

Mazkur oltita mashq «Standart» mashqlar deb nomlanadi va Shuls ularni quyi darajadagi mashqlarga kiritadi. Yuqori darajadagi mashqlarga yoki autogen meditatsiyaga (o‘zini anglash) u tasavvurlarni yorqin vizuallashtirishni va o‘zini «nirvana» holatiga solishni o‘rganishga yor-dam beradigan mashqlarni kiritadi. Ular keng tarqalmagan, shu bois ularga qisqacha to‘xtalamiz.

Yuqori darajaga erishish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: 1) ko‘zlar yopiq holda ko‘z olmalarini yuqoriga ko‘tarib, ko‘zni

ochmagan holda taxminan kalla suyagidagi peshonaning sochli qismi markazida joylashgan bir nuqtaga ko‘zni ochmasdan go‘yoki qarash taklif qilinadigan mashqlar;

2) tasavvurlarni vizuallashtirish mashqlari: bir tusdagi rang, aniq narsalar obrazlarining tasavvurini hosil qilish. Ushbu mashq 30–60 minut davomida bajariladi va kamida 6 oydan bir yilgacha muntazam shug‘ul-lanayotgan kishilarga tavsiya etiladi. Agar mashq qiluvchi kishi har qan-day rangning tasavvurini, shuningdek, narsalarning obrazini va, nihoyat, birovning qiyofasini yorqin tasavvur qila olsa, vazifa bajarilgan hisob-lanadi;

3) chaqmoq sifat holatni hosil qilish («intensiv kirishish holati»). Ushbu mashq davomida «go‘zallik», «adolat», «baxt» kabi tushunchalar tegishli ko‘rinarli obrazlar hosil qiladi;

4) ongning tushda ko‘rgandek ajralishi (chuqur sho‘ng‘ish) holatini keltirib chiqarish. Ushbu holatda shug‘ullanuvchi shaxs o‘ziga o‘zi (masalan, «Men nimani noto‘g‘ri qilyapman?», «Ishning ma’nosi nima-dan iborat?»degan) savollar beradi va ularga tushdagi obrazlar kabi ko‘rinadigan shakldagi javoblar oladi.

Autogen mashqlar usulini egallash insonga organizmning muayyan funksiyalarini ixtiyoriy boshqarish imkonini berishdan tashqari (o‘zini o‘zi boshqarishda shuning o‘zi katta ahamiyatga ega) seans oxirida relak-satsiya holatiga tushgandan so‘ng foydalaniladigan o‘zini o‘zi ishontirish yordamida murakkab vazifani samarali bajara olishga, qiyin vaziyatda o‘zini qo‘lga olishga, ortiqcha zo‘riqishni bartaraf etishga, o‘ziga

Page 78: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

78

ishonch hissini ko‘tarishga yordam beruvchi zarur holatni keltirib chiqa-rishga imkon beradi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatida autogen mashqlarni quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llash maqsadga muvofiq:

1. Bezovtalik, hayajonlanish, hissiy zo‘riqish hislarini kamaytirish. Sezgilar va idrok bizga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mavjud narsalarning xossalarini ifodalasa, his-tuyg‘ular bizning atrof-muhitga munosabati-mizni aks ettiradi. His-tuyg‘ular yuz berayotgan voqelikni uning orga-nizm uchun ahamiyati nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi va unga nisbatan boshqarish funksiyasini bajaradi. Inson sog‘lig‘i yoki hayotiga tahdid bilan bog‘liq vaziyatda dahshat, qo‘rqinch, xavotir kabi his-tuyg‘ular yuzaga keladi. Ular insonning ushbu sharoitlarda harakat qili-shiga imkon bermaydi. Uni mazkur sharoitni o‘zgartirishga majbur etadi, uning normal faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi. Bu – tabiiy hol, chunki his-tuyg‘ular shu tariqa insonni bunday sharoitlarda faoliyat ko‘rsatishning salbiy oqibatlaridan saqlaydi.

Biroq ichki ishlar organlari xodimlari xizmat yuzasidan tavakkal, xavfsizlikka tahdid bilan kechadigan vaziyatlarga to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi va buning ustiga ular ana shu sharoitda ishlashlari, o‘zlarining kasbiy burchlarini bajarishlari kerak bo‘ladi. Autogen mashqlar bunday vaziyatlarda xodimga yordam berishi mumkin. Ushbu mashqlar ortiqcha hissiy zo‘riqishni – xavotir, bezovtalik, qo‘rqinch, hayajon (masalan, ji-noyatchini ushlash bilan bog‘liq hollarda) tuyg‘ularini bartaraf etishda qo‘llanilishi mumkin. Bunda mushaklar bo‘shashishi (relaksatsiya) holatini keltirib chiqara olish muhim bo‘lib, buning uchun birinchi va ikkinchi standart mashqlarni egallash yetarli bo‘ladi.

Relaksatsiya holatida o‘z maqsadiga tezroq erishadigan quyidagi o‘zini o‘zi ishontirish buyruqlaridan foydalaniladi: «Men mutlaqo xotir-jamman. Mening xavotirlanishimga o‘rin yo‘q», «Men o‘zimga ishonaman va bu vazifani oson uddalayman», «Bezovtalik va xavotir uchun sabab yo‘q. Men o‘zimni va vaziyatni yaxshi nazorat qilyapman» va hokazo.

2. Uyqu funksiyasini boshqarish. Autogen mashqlar nisbatan qisqa davrlar bilan bir-birlarini tez-tez almashtirib, navbatchilik qiladigan va smenalar, postlar orasida uxlab qolishi mumkin bo‘lgan xodimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Autogen mashqning dastlabki ikki mashqini bajarish (badanda og‘irlik va iliqlik hissini hosil qilish), xayolan o‘zini uxlash istagi paydo bo‘lganligiga ishontira boshlash va o‘zida uyqu-chanlik hissini hosil qilishga harakat qilish kerak. Buning uchun taxmi-nan quyidagi iboralardan foydalanish mumkin: «Men to‘liq bo‘shashdim.

Page 79: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

79

Men dam olyapman. Mening uyqum kelyapti. Qovoqlarim qo‘rg‘oshin-dek og‘irlashyapti va yumilib ketyapti. Men uyquga ketyapman. Men uxlayapman...» va shu kabilar. Standart formula yo‘q; umumiy tamoyil shundan iboratki, mashq qiluvchi kishi o‘zini uyquchanlik holatiga kira-yotganligiga ishontirishi kerak. Agar bunda muayyan vaqtda yoki muayyan signal bo‘yicha uyg‘onish talab qilinsa, tegishli o‘zini o‘zi ishontirish amalga oshiriladi.

3. Qisqa muddatli dam olish. Qisqa vaqt davomida to‘laqonli dam olish zarur bo‘lgan hollarda 5–15 minutga relaksatsiya holatiga kirish va so‘ngra tetiklik hissini keltirib chiqarish tavsiya etiladi («Men yaxshi dam oldim, men tetikman...» va h.k.).

4. Organizmni faollashtirish. Autogen trenirovkani uyquchanlikni bartaraf etish, organizmni faollashtirish, harakatga tayyorlash, ichki imkoniyatlarni safarbar etish uchun qo‘llash mumkin. Bu uni organizmni shoshilinch safarbar etish, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining ekstremal vaziyatlarida tavsiya etish uchun asos bo‘ladi. Ana shu maqsadda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

– masalan, tegishli obrazli tasavvurlarni («hujumdan himoyalanish» va shu kabilarni) keltirib chiqarish orqali stenik effektlar (g‘azab, jahl)ni o‘ziga o‘zi ishontirish – buning uchun «mushaklar taranglashyapti..., panjalar mushtga tugilyapti..., jag‘lar siqilyapti..., nafas olish tezlash-yapti...» kabi iboralar aytiladi va ularning mazmunini his etishga harakat qilinadi;

– ushbu holat orqali xodimda faollik bilan bog‘liq obrazli tasav-vurlarni hosil qilish («huquqbuzarni ushlash», «so‘roq vaqtidagi «duel» va hokazo.);

– adrenalin kiritilganda yuzaga keladigan hislarni (sovuqdan qalti-rashni, «g‘oz terisi»ni, sovuqni va sh.k.) keltirib chiqarish. Qaytma aloqa mexanizmi bo‘yicha ushbu hislar adrenalin singari faollashtiruvchi samara beradi;

– autogen mashqlar seansi tugaganidan keyin tetiklik hissini be-vosita hosil qilish.

5. Irodani mustahkamlash, xatti-harakat va xarakterologik xusu-siyatlarni tuzatish, aqliy imkoniyatlarni safarbar qilish. Ko‘pincha odamlarga o‘z niyatlarini amalga oshirish uchun iroda yetishmaydi. Irodaviy faollikning ushbu tomonini mustahkamlash uchun o‘zini o‘zi ishontirishdan, chunonchi, autogen mashq jarayonidagi o‘zini o‘zi ishon-tirishdan foydalanish mumkin. Relaksasiya holatida (ayniqsa, ertalab,

Page 80: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

80

uyg‘ongandan so‘ng) irodaviy faollikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zini o‘zi ishontirish mashqlari bajariladi. O‘zini o‘zi ishontirish formu-lalari mutlaqo individualdir. Ular qisqa bo‘lishi kerak, iloji bo‘lsa, tasdiq gap shaklida ifodalanishi lozim: «Qaror qat’iy...», «Belgilangan vazifani bajaraman...», «Diqqatim jamlangan!». Yomon odatlarga qarshi kurash va nomaqbul xarakterologik xususiyatlarni tuzatish uchun ham o‘zini o‘zi ishontirishdan foydalanish mumkin. Bunda maqsadlardan kelib chiqib, masalan, o‘ziga: «Past ovozda gapiryapman» (juda qattiq gapi-rishga odatlanganda), «Men xotirjamman, o‘z his-tuyg‘ularimni oson ushlab turaman» (haddan tashqari hissiy ta’sirchanlikda), «Men bemalol chekmay tura olaman. Sigaretalar menda nafrat uyg‘otadi» (chekishni tashlashni xohlaganda) va h.k. Autogen mashqlarni qo‘llash ta’limni tezlashtirishga, diqqatning barqarorligini ko‘tarishga, e’tiborni jamlash qobiliyatini kuchaytirish tufayli aqliy imkoniyatlardan yaxshiroq foyda-lanishga hamda obrazli tasavvurlarni erkin ishlatishga imkon beradi.

Insonning hissiy sohasi, uning irodasi, o‘zini o‘zi anglashi va hatto fe’l-atvori o‘zini o‘zi tarbiyalash natijasida jiddiy o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu esa ichki ishlar organlarining deyarli har qanday xodimi istasa va o‘zi ustida muntazam shug‘ullansa, murakkab (hatto hayot uchun xavfli) vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal etishi, holdan toyishga yo‘l qo‘ymasligi va asab zo‘riqishi bilan bog‘liq turli kasalliklarning oldini olishga o‘rganishi mumkinligini bildiradi. Unga autogen mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish yordam beradi.

Page 81: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

81

9-§. PROFAYLING XIZMATINING SHAXSLARARO MUNOSABATDA TUTGAN O‘RNI

So‘nggi vaqtlarda, aholi ko‘p jamoat joylarida, qo‘riqlanadigan

muhim obyektlarda, ayniqsa havo transportida, profayl (ing. «profile» profil) metoddan foydalanish keng tarqaldi.

Agar profayling metodini fuqarolar bilan suhbatlashish, ularni ruhiy holatini kuzatish sifatida ta’riflanadigan bo‘lsa, bu metod ikkita bir-birini to‘ldiruvchi metodlardan, ya’ni ruhiy kuzatish metodi va so‘rov (suhbat) metodidan tashkil topgan bo‘lib, shaxs psixodiagnostikasining turi hisob-lanadi. Bu usuldan ichki ishlar idoralari faoliyatining ko‘plab yo‘nalish-larida, jumladan, aholi ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida, qo‘riqlana-digan o‘ta muhim obyektlarda, jamoat transportining amaldagi barcha turlarida xavfsizlikni ta’minlashda foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.

Profayling (inglizcha profile – profil) yoki profayl metodi shaxs-larni psixologik baholash, kuzatish, ularning xulqidagi o‘zgarishlarni tashqi ifoda va xatti-harakatlar asosida tahlil qilish kabi bir necha psixo-logik usullardan foydalangan holda oldindan bashorat imkonini beradi-gan shaxs profilini yaratish usulidir.

Hozirgi kunda, shaxslarning profilini yaratish asosida ko‘plab zo‘ra-vonlik, ko‘p takrorlanadigan qotillik jinoyatlarini ochishda keng foyda-laniladi.

Profayl metod asoschilari psixolog olimlar P.Ekman, V.Frizen, M.Sukerman va B.De Paulolar hisoblanishadi. 2012-yil Yolg‘onni tadqiq qilish bo‘yicha Xalqaro Akademiyada YE.Spiritsa tomonidan kriminal profayling usuli taqdim etildi.

Kriminal profayling taxmin qilinayotgan jinoyatchi shaxs xusu-siyatlarini tashhislovchi kompleks usullar yordamida psixologik profili-ning yaratilishi tushuniladi.

Inson tiplarini o‘rganish bo‘yicha yana bir nazariyaga to‘xtalib o‘tsak. Bu konstitutsional nazariya bo‘lib, uning asoschisi nemis psixiatri Ernst Krechmer (1888-1964) bo‘lib, 1921-yilda u bu nazariyani ilgari surgan. U asosan temperament tiplarini morfologik konstitutsiyasiga qarab aniqlashga e’tiborini qaratgan. Ya’ni insonning ta’na tuzilishiga qarab uning psixologik xususiyatlari, temperamenti va xarakterini aniq-lash mumkin deb hisoblagan. Asosiy tadqiqotlari shu masalani yoritishga qaratilgan bo‘lib, Krechmer insonlarni ta’na tuzilishiga qarab uch turga ajratgan va ularning har biriga ta’rif bergan.

Page 82: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

82

U o‘z o‘rnida E.Krechmer tomonidan taklif etilgan shaxs gavda tuzilishlarining tavsifiga ahamiyat berish zarur deb hisoblaydi va tajriba-larda kuzatilgan quyidagi fikrlarini bildiradi.

Astenik – (grek tilidan olingan bo‘lib asthenes – zaif degan ma’noni anglatadi) turga tegishli insonlar o‘rta bo‘yli va oriq kishilar bo‘lib, jussasi kichikroq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pgina hollarda ularning bo‘yi past bo‘lib ko‘rinadi. Ta’na va yuz terisi nozik, yelkasi tor, qo‘llari va bilaklari ingichka, ko‘krak qafasi uchun va tor bo‘lgan hamda mushaklari yaxshi rivojlangan oriq kishilardir. Asteniklarning yuzi odatda uzun va burni katta bo‘ladi. Ularga emotsional zaiflik, doimo o‘z-o‘zini tahlil qilish, xatti-harakatlarini o‘rganish kabi xislatlar namoyon bo‘ladi, bunday insonlar yolg‘izlik hissiga moyil bo‘ladilar.

Atletik (grek tilidan olingan bo‘lib athletes – kurashchi degan ma’noni anglatadi) turiga tegishli insonlarning suyak va mushaklari yaxshi rivojlangan, o‘rtacha yuqori yoki baland bo‘yli, yelkasi va ko‘k-rak qafasi keng, boshini tik tutib yuradigan kishilardir. Tana tuzilishi pastga qarab qisqarib (torayib) ketadi, boshi ko‘pincha cho‘ziq, tuxumsi-mon tuzilishda bo‘ladi. Ularning irodasi kuchli bo‘lib, qat’iyatlilik, o‘z fikri ustida qaysarlik bilan turib olish kabi xislatlar bilan tavsiflanadi.

Piknik (grek tilidan olingan bo‘lib pyknos – yirik degan ma’noni anglatadi) turiga tegishli insonlarning bosh ko‘krak qafasi va qorin bo‘sh-lig‘i yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch harakat a’zolari yaxshi rivojlanmagan kishilar. Ular juda emotsional bo‘lib, turli hayotdagi vazi-yatlarga haddan ziyod bo‘yoq beradilar va isterikaga (jazavaga tushishga) moyildirlar. Doimo hayotdan zavqlanib yashashga harakat qiladilar.

Astenik tip egalari o‘g‘rilik, firibgarlik, tovlamachilikka moyil bo‘ladilar.

Atletik tip egalari zo‘ravonlik harakatlariga moyil bo‘ladilar. Piknik tip egalari muttahamlik va qalloblikka moyil bo‘ladilar. Aralash tip egalari esa jamiyatga zid harakatlarni sodir etishga

moyil bo‘ladilar. Profayling yo‘nalishda faoliyat olib boradigan xodimlar profaylerlar

deb ataladi. Ular tuzadigan hujjatlarining yuridik qiymati yuqori hisobla-nadi, chunki unda jinoyatchining shaxsi, uning xulqiga hamda jabrlanuv-chining shaxsi va xulqiga oid ma’lumotlar sodir etilgan harakat nuqtai nazarida tahlil qilinadi.

Inson xulqi va uning xatti-harakatlarini oldindan bashorat etish uchun alohida qobiliyatga ega bo‘lish yoki ko‘plab kitoblar o‘qish shart

Page 83: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

83

emas, buning uchun insonlarga, ularni xatti-harakatlarini o‘rganishga qiziqish bo‘lsa bo‘ldi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan kechadigan shaxslar-aro munosabatda profayl usulidan foydalanishni o‘rganishdan asosiy maqsad bu jamiyatga zid qarashlari mavjud, jinoiy harakatlarni sodir etishga moyil shaxslarni tezkorlik bilan tanish ko‘nikmasini shakllanti-rishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi bilim va malakalarni egallash vazifasi belgilanadi:

vizual (ko‘rish va kuzatish asosida) psixologik tashxis yordamida shaxslarni baholash texnologiyasini;

jinoiy harakatlarni sodir etishga moyil shaxslarning ta’siriga tushib qolishning oldini olish tajribasini;

qaltis, kutilmagan vaziyatlarda hissiy holatlarini boshqarish; qaltis, kutilmagan vaziyat sharoitida shaxsiy tarkibni boshqarish

va nazorat qilish; olomonga ruhiy ta’sir o‘tkazish borasidagi tajribalarini takomil-

lashtirish; jamiyatga zid qarashlari mavjud hamda jinoiy harakatlarga moyil

shaxslarni og‘zaki (so‘zda ifodalangan) sur’ati (portreti) va xulqidagi alohida belgilari asosida tanish;

terroristik va ekstremistik tashkilotlar, ularning tashkilotchilari haqida atroflicha to‘liq bilimlarni olish;

maxsus elektron texnik moslamalar (akustik va vizual kuzatish moslamalari) yordamida jamoat joylarida yoki ommaviy tadbirlar o‘tka-ziladigan jamoat joylardagi shaxslarning xatti-harakatlarini o‘rganish;

jamoat joylarida, ommaviy tadbirlar tashkil etiladigan obyektlarda kuzatish (rezerv yoki yordamchi kuchlar, faol qarshilik ko‘rsatish guruhi va h.k.) uchun qulay joyni tanlash;

jamiyatga zid hamda jinoiy harakatlarga moyil shaxslarning xatti-harakatlarini nazorat qilish;

xizmat vazifalarni amalga oshirish jarayonida muhim ahamiyatga ega ma’lumotlarni olish va ulardan samarali foydalanish borasida malaka va tajribalarni shakllantirish.

Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan kechadigan shaxslararo munosabatda quyidagi yo‘nalishdagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:

etnopsixologiya; klinik psixologiya;

Page 84: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

84

jamiyat uchun xavfli, jinoiy harakatlarga moyil shaxslarga xos ruhiy omillar;

shaxslararo munosabatda ahamiyatli kasbiy muloqot asoslari; shaxslarning ruhiy xususiyatlari bilan uning tashqi namoyon

bo‘luvchi (imo-ishora, mimika, tana harakatlari, nutq (verbal va noverbal vositalari) jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish;

fuqarolar va gumon qilinayotgan, ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinayotgan shaxslar bilan muloqotni to‘g‘ri shakllantirish;

portlovchi moslamalarni topish va ularni aniqlash borasida xizmat itlari va texnik vositalardan samarali foydalanish;

kuch va imkoniyatlarni to‘g‘ri taqsimlash maqsadida hissiy zo‘ri-qishlarni yengish va ularni boshqarish usullarini egallash;

fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish, ularni vizual baholash va ruhiy ta’sir o‘tkazish, kutilmagan xavf va qaltis vaziyatlarda o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish;

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan kechadigan shaxslararo munosabatda profayling metodining asosiy maqsadi gumon qilinayotgan, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxslarning xatti-harakatlarida mavjud nomuvo-fiqlikning paydo bo‘lishi sabablarini aniq belgilashdir. Bunga shaxsning muayyan obyektda qonunga zid xatti-harakatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishi va uni amalga oshirishga aloqadorligi ham sabab bo‘lishi mum-kin. Har qanday vaziyatda ham yuqorida qayd etilgan holatlar shubhali shaxsni ko‘zdan kechirish va hujjatlarni tekshirish jarayonini puxtaroq o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi.

Profayling quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Profayling tarkibiga xavf tug‘dirish ehtimoli bo‘lgan shaxslar xatti-

harakatini kuzatish, ularga savollar berish, ekspress psixodiagnostika qilish, ularning xatti-harakatlaridagi normadan og‘ishlarni qayd etish hamda ularni o‘rganishga qaratilgan boshqa harakatlar kiritiladi.

2. Profaylingning mantiqiy sxemasida g‘ayriqonuniy aralashish hara-katlarini tayyorlash chog‘ida xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxslar-ning harakatlari modelini tuzish; bunday harakatlarni tayyorlash belgilari-ni aniqlash; xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tiplar (profillar) – bunday harakatlarning ehtimol tutilgan ijrochilari tasnifini yaratish; kuzatuv hudu-didagi har bir shaxsning maqomini rejalashtirilayotgan g‘ayriqonuniy aralashuv harakatiga aloqadorligi ehtimolligi nuqtai nazaridan aniqlash; har bir shaxsni muayyan tipga (yoki profilga) kiritish, ya’ni profillash.

Page 85: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

85

3. Profaylingni amalga oshirish uchun vizual psixodiagnostika, diag-nostik ekspress-suhbat, neyrolingvistik dasturlash metodlari, ichki ishlar idoralarida ko‘p yillik tajribani egallagan yuqori darajadagi tayyorgar-likka ega mutaxassislar jalb etiladi.

Profayling texnologiyasi 5 bosqichdan iborat: 1) jinoyat va oldin shunga o‘xshash qilmishlar sodir etgan jinoyatchi

tiplari (psixologo-psixiatrik tipologiya) psixologik mazmundagi holati tahlili;

2) jinoyatni tergov qilish joyining mukammal tahlili; 3) jabrlanuvchilarning mashg‘ulot va qiziqishlarini atroflicha o‘rga-

nish; 4) jinoyatni tergov qilishga jalb qilingan hamma shaxslarning ehti-

molli motivatsion omillarini shakllantirish; 5) jinoyatchini tasvirlash (fe’l-atvori ko‘rsatishiga, tashqi psixologik

mohiyati asosida). Ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan kechadigan shaxslar-

aro munosabatda jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilish jarayonida ularni berayotgan ko‘rsatmalaridan aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar. Ya’ni: Yolg‘on gapirayotgan shaxs birovlar ko‘proq diqqat bilan kuzatadilar deb hisoblaydigan narsalarnigina yashi-radi va soxtalashtiradi.

Ushbu qoidalardan ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotida yolg‘on ko‘rsatmalar berishga harakat qilayotgan shaxslar so‘zlarni ko‘proq tanlashlari haqidagi xulosa kelib chiqadi. Buning sabablari bir qancha:

insonning aynan so‘zda (verbal) ifodalangan axborotni idrok etishga ichki moyilligi;

nutqni oldindan tayyorlab qo‘yish mumkinligi; qaytma aloqa mavjudligi (gapirayotgan odam bayon etishning

muvofiq keluvchi yo‘lini tanlab, o‘zini eshitadi); so‘zlar uchun javob berishga to‘g‘ri keladi, chunki ularni takror-

lash oson va ulardan batamom voz kechish qiyin. Insonning yuziga ham so‘zlardan kam bo‘lmagan e’tibor qaratiladi.

Yuz qiyofasi ovoz bilan birgalikda eshituvchiga so‘zlayotgan shaxsda uning o‘z so‘zlari keltirib chiqaradigan hissiyotlari haqida axborot berishi, shu bois insonning yuzi ham aldashi mumkin. Ammo yuz mimi-kasini nazorat qilish qiyinroq. Inson yuzi miyaning hissiyotlar uchun javob beruvchi sohalari bilan bevosita bog‘liq, so‘zlar esa unday emas. Nimani gapirayotganimizni bilishimiz oson, ammo yuzimiz nimani

Page 86: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

86

ifodalayotganini bilishimiz ancha qiyin. So‘zlar va yuzga ajratiladigan bunchalik e’tibor natijasida ovozga deyarli e’tibor qolmaydi. Shunga qaramay, shaxs yolg‘on gapirayotganda ovozi va tanasiga ko‘proq e’ti-bor berishlari to‘g‘ri bo‘ladi. Ovoz ham, yuz singari, hissiyotlar uchun javobgar miya sohalari bilan bog‘liqdir.

Inson tanasi aldash belgilari ko‘rinadigan yaxshi manbadir. Tana harakatini nazorat qilish unchalik qiyin bo‘lmasa-da, ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi, ya’ni zarurati yo‘q deb hisoblaydilar. Xodim fuqarolar bilan muloqotga kirishganda ko‘proq ularning yuzlariga va berayotgan ko‘rsatuvlariga e’tibor qaratadi. Bunda xodimning yolg‘onni aniqlashi axborotning haddan tashqari ko‘pligi sababli oson kechmaydi. Bular: so‘zlar, to‘xtamlar, ovoz jarangi (sadosi), yuz ifodasi, bosh harakati, imo-ishoralar, gavda holati, nafas olish, ter bosish, yuzning oqarishi yoki qizarishi va h.k. Ana shu manbalarning hammasini xodim fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotda e’tiborga olishi lozim.

Hatto yolg‘on gapirishga tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z xatti-harakati-ning jihatlarini nazorat qilayotgan shaxs ham ayrim holatlarda o‘zini fosh etishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni (barmoq uchlaridan tortib bosh tepasigacha) nazorat qila olmaydi. Istagan taqdirda ham bu qo‘lidan kelmaydi.

Bundan tashqari, xodim profayling metodini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa, agar aldayotgan shaxs «hissiy qo‘zg‘alishda, ruhiy zo‘riqish hola-tida bo‘lsa, aldash borasida katta tajribaga ega bo‘lmasa, tug‘ma yol-g‘onchi va psixopat bo‘lmasa, yolg‘onni aniqlash imkoniyati ancha ko‘p bo‘ladi».

Ichki ishlar idoralari xodimlariga shaxs yolg‘on ko‘rsatma berib aldayotganda fosh bo‘lishdan qo‘rqish bilan bog‘liq emotsional stress vujudga keladi. Bunday alomatlar quyidagi holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin:

- ter tomchilari, ayniqsa yuqori lab ustida yoki peshonada paydo bo‘lishi;

- og‘iz qurishi, chanqash; - lablar qurishi, natijada vaqti-vaqti bilan lablarni yalash; - og‘ir nafas olish; - ovoz chiqarib nafas chiqarish, chuqur nafas olish; - yuz rangining o‘zgarishi (qizarishi, oqarishi yoki dog‘lar bilan

qoplanishi); - yuz mushaklarining (qovoq, og‘iz burchagi, qoshlar chekasi kabi

joylarning) uchishi;

Page 87: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

87

- yuzda vertikal ajinlar paydo bo‘lishi; - og‘iz qiyshayishi, lablar taranglashuvi, lablarni tishlay boshlash; - badanda titroq paydo bo‘lishi; - ovozda titroq sezilishi; - ko‘z pirpirashining kuchayishi; - qo‘llarning «g‘oz terisi» belgilari bilan qoplanishi; - esnash boshlanishi; - yurak zarbining tezlashuvi, natijada tomirlarda qon oqishining

(pulsatsiyaning) kuchayishi; bo‘yin, peshona, chakka, uyqu arteriyasi tomirlarida qon pulsatsiyasining sezilarli bo‘lib qolishi;

- duduqlanish boshlanishi; - asabiy ravishda vaqt-vaqti bilan yo‘talib turish; - ovoz tembri va ohangi ustidan nazorat yo‘qolishi; - tez-tez va (yoki) kuchli tarzda yutinish yuz berishi, bunda kekirdak

olmasi keskin harakatlanishi. Shaxs nutqni oldindan tayyorlab qo‘yishi mumkin, ammo kimnidir

aldashga uringanda beparvoligi (beg‘amligi) tufayli nutqiy xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ko‘pchilik ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yib aytgan so‘zlari bilan o‘zini fosh qiladi. Zigmund Freyd buni tildagi yanglishuv sifatida ta’rif-lagan. Yanglishuv, – deb yozgan edi u, – o‘ziga xos «aytishni istamagan, ammo o‘zingni fosh etib qo‘yadigan narsani ifodalash ... quroli»ga ayla-nadi. Agar so‘zlayotgan odam bila turib yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, ma’yuslik ongli bo‘lishi mumkin. U istamagan holda gapirib qo‘ygach o‘zining tushkun holatini tushunishi ham, bunga e’tibor bermasligi ham mumkin. Yanglishib aytilgan gaplar bo‘yicha yolg‘onni aniqlashda ehtiyot bo‘lish zarur, deb hisoblaydi P.Ekman, chunki ana shu yangli-shuvlarning hammasi ham yolg‘ondan dalolat beravermaydi. Yanglishuv yolg‘onni fosh qilayotgani yoki qilmayotganini odatda kontekstdan kelib chiqib aniqlash mumkin. Shu o‘rinda boshqa bir keng tarqalgan xatoning oldini olish va yanglishib gapirmaydigan har bir kishini haqiqatgo‘y deb hisoblamaslik ham zarur. Ko‘plar yolg‘on gapirayotganlarida yanglishuv-ga yo‘l qo‘ymaydilar. Hozircha qandaydir yolg‘onning yanglishuv bilan fosh bo‘lishi, qaysilaridir esa bunday bo‘lmasligini izohlovchi hech bir tadqiqot amalga oshirilmagan (hattoki taxminlar ham bildirilmagan).

Yolg‘on psixologiyasiga oid ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, ba’zilar yolg‘on gapirayotganlarida dangal javob bermaydilar, gapni aylanti-radilar yoki keragidan ortiq ma’lumot beradilar. Boshqa tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, buning aksi ham bo‘ladi: aksariyat odamlar savolga javob

Page 88: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

88

berishdan bo‘yin tovlash va aniq javob berishdan qochish uchun haddan tashqari ayyordirlar. Bunday yolg‘onchilarni sezmaslik ham mumkin. Aynan shu joyda gaplari javobdan qochish yoki gapni butunlay aylanti-rish bo‘lgan haqiqatgo‘y insonni noto‘g‘ri baholash xavfi (individual xususiyatlar xatosi) mavjuddir. Ba’zilar doimo ana shunday so‘zlaydilar. Ammo bu yolg‘onchilik alomati emas, balki ularning oddiy gapirish uslubidir. Masalaning murakkabligi shundaki, ko‘pincha birovning alda-yotganini aniq ko‘rsatib turgan har qanday ko‘rinishlar boshqa odamlar uchun kundalik xulqining tarkibiy qismigina bo‘lishi mumkin. Verifika-tor har doim, ayniqsa gumon qilinayotgan shaxs bilan tanish bo‘lmasa, ularning tipik xulqini bilmasa, Brokau qopqoni deb ataluvchi qopqonga tushib qolishi mumkin.

To‘xtalish (pauza) va tutilishlar haddan tashqari uzoq yoki qisqa bo‘lishi mumkin. So‘zlar oldidagi tutilishlar (duduqlanishlar), ayniqsa bu savolga javob berayotganda kelib chiqsa, har doim shubha uyg‘otadi. Nutq jarayonining o‘zidagi qisqa to‘xtalishlar ham haddan tashqari ko‘p uchrasa, shubhali tuyuladi. Nutqdagi xatolar: masalan: «hm», «xo‘sh» va «e-e» singari kirish so‘zlar; «men», «men», «men» ... nazarda tutyapman» singari takrorlar; «Menga j-juda yoqdi» singari ortiqcha bo‘g‘inlar ham yolg‘on alomatlari bo‘lishi mumkin.

Nutqdagi to‘xtalish va tutilishlarning sabablari quyidagilardan iborat:

yolg‘onchining o‘z harakatlari yo‘nalishini, muayyan masalani yaxshilab o‘ylamagani;

fosh bo‘lishdan qattiq qo‘rqqani. Bundan tashqari, odam o‘zining yolg‘oni qanchalik haqiqatdan

uzoqligini eshitsa, qo‘lga tushishdan yanada ko‘proq qo‘rqa boshlaydi, natijada to‘xtalish va nutqiy xatolar ko‘payib boradi.

Axborotni berish-uzatish texnikasi (yo‘llari) bilan bog‘liq yolg‘on belgilariga alohida e’tibor qaratish lozim:

savollarga haddan tashqari tez berilayotgan javoblar o‘ylashga majbur qilishi lozim;

berilayotgan axborotga haqiqiy munosabatni niqoblash yoki buzib ko‘rsatgan holda qandaydir boshqa jihatlarini nutqiy vositalar – intona-tsiya, pauzalar va boshqalar yordamida namoyishkorona ta’kidlash (ajratib ko‘rsatish).

Oxirgi belgi yolg‘on gapiruvchilar boshqa birovni chalkashtirish uchun atayin qo‘llaydigan usullar guruhiga kiradi va boshqa ma’lumotlar

Page 89: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

89

bilan qiyoslaganda yolg‘on ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kundalik amaliyotda bu aynan usul ekanligiga ishonch hosil qilinganida, bunday holatlar haqida boshqa birovni ishontirishga urinib «oshirib yubordi» deyiladi.

Suhbatdoshingiz sizni o‘zining samimiy gapirayotganiga, to‘g‘ri so‘zligiga ishontirishga qattiq harakat qilayotgani, uning so‘zlariga ishonmayotganingizni sezganida faqat haqiqatni gapirayotganligini qayta-qayta ta’kidlashi yolg‘on gapirayotganidan dalolat berishi mum-kin. Masalan:

– sog‘lig‘im bilan qasam ichaman ...; – chin so‘zim, bilmayman ...; – qo‘limni kesib tashlashingiz mumkin ... – bu ham ... dek to‘g‘ri gap ...; – chin so‘zim, aynan shunday bo‘lgan edi ... – bular yolg‘ondan

dalolat beruvchi eng ko‘p tarqalgan va aniq so‘zdagi alomatlardir. Ba’zi mavzu va masalalarni muhokama qilishdan qochish (agar ular

inson uchun qandaydir noxush jihatlarga taalluqli bo‘lmasa): – esimda yo‘q ...; – bunday deganim yo‘q ...; – buni muhokama qilmoqchi emasman ...; – bunda hech bir aloqadorlik ko‘rmayapman ...; – bu savolingizga javob berolmayman ...; Suhbatdoshni asossiz mensimay, uning jig‘iga tegib yoki unga dush-

manlarcha ohangda gapirish, atayin qo‘pollik qilish ig‘vodan dalolat beradi:

– gap nimadaligini tushunmayapman ...; – siz bilan gaplashishni umuman istamayman ...; – savollaringizga javob berishga majbur emasman ...; Bu shaxs bilan avvalgi munosabatlaringiz yaqinlikka olib kelma-

ganida ishonchingizni qozonish, rahmingizni keltirishga urinish: – men ham sizga o‘xshagan odamman ...; – muammolarim ham xuddi siznikiga o‘xshaydi ...; – oilam, bolalarim bor ... Berilgan aniq-dangal savollarga qisqa rad javobi yoki beparvolik

bilan, mujmal javoblar olish; oddiy takrorlanuvchi javoblar yoki oddiy rad etishni takrorlash; «ha» yoki «yo‘q» so‘zlarini ishlatmaslikka urinish:

– buni o‘zingiz aytgansizku! – ishonch bilan aytolmayman ...;

Page 90: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

90

– meni hurmat qilasizmi? – siz, shubhasiz, jiddiy odamsiz ...; – bu haqda hech narsa bilmayman ... Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, samimiy inson o‘ziga nisbatan shub-

ha borligini ko‘rganida ko‘proq gapirishga va samimiyligini isbotlashga harakat qiladi, ayni vaqtda berilgan to‘g‘ri savollarga qaytarilgan be-parvo, mujmal javoblar normal xatti-harakat tushunchasiga mos kelmay-di. Bunday javoblar suhbat jarayonida yolg‘on gapirish borgan sari qiyinlashib borishi bilan bog‘liq: so‘zlarda qat’iyatsizlik paydo bo‘lishi; to‘xtovsiz gaplashish yoki ko‘plab savollar berish orqali suhbat-

doshni chalg‘itish; savollarga javob berishni istamaslik yoki javob berolmaslik; savollarga javob berishdan oldin uzoq vaqt jim qolish; savollarga haddan tashqari imillab yoki chalkash javob berish; savolga savol bilan javob berish; berilayotgan savollarni ovoz chiqarib takrorlash yoki tushunar-

liroq qilib berishni so‘rash; savolning mohiyatini ishga aloqasi bo‘lmagan ortiqcha ma’-

lumotlar bilan niqoblash.

Quyidagi tafsilotlarni e’tiborga olish yolg‘on ishoralarni aniqlashga xizmat qiladi:

Beayb shaxs

sizga nisbatan shubha, ishonchsizlik bildirishi mumkin, ayni vaqtda ish bo‘yicha tafsilotlarni aniqlashtirishga qarshilik qilmaydi; ko‘p hollarda to‘liq, batafsil, hatto ishga bevosita aloqasi yo‘q ma’lumotlarni beradi, ko‘p gapiradi; doimo o‘z izohlari bilan gapingizni bo‘lishga harakat qiladi; o‘zini nimadadir ayblashlari yoki undan shubhalanishlaridan avval jadal himoyalanishni boshlaydi.

Aybdor shaxs

batafsil izohlardan qochadi, ko‘p gapirmaydi; savollarga javob berishda o‘zini tutib turadi; muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha faktlar, tafsilotlarni aniq-lashda suhbatdoshga qarshilik ko‘rsatadi; hech bir sababsiz izoh berishdan bosh tortishi mumkin; izohlaridagi mayda tafsilotlargacha aniqligini ta’kidlaydi; u yoki bu holatlarni aniqlashda yordam berish istagini bildiradi.

Suhbatdoshning xatti-harakatidagi quyidagi xususiyatlar uning yolg‘on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin:

Page 91: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

91

– inson xulqining vaziyatga mos kelmasligi; – o‘rtoqchilikni oshirib namoyish qilish, vaziyat taqozo etmasa ham

iljayaverish; – so‘ramagan yordamingizni berish; – arzimas sabablarga ko‘ra qahr-g‘azabini baralla ko‘rsatish; – o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilish, tibbiy yordam

so‘rash, bu hol haqiqatan ham umumiy ahvoli yomonlashganidan dalolat berishi ham, e’tiborni chalg‘itish usuli, suhbatni tugatish uchun bahona bo‘lishi ham mumkin.

Ovoz nutq to‘lqinlarining fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘lchash asosida insonning hissiy holatidan dalolat beradigan nihoyatda informativ ko‘rsatkichdir. Ushbu fiziologik ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

– nafas olish harakatlarining xarakteri, qon oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan ovozdagi pulsatsiya;

– ovozdagi asosiy ohang o‘zgarishlari; – ovoz apparati mushaklarining tebranishi. Biroq ovozdagi o‘zgarishlarga qarab aynan yolg‘onning ishonchli

alomatlarini aniqlash mumkin deb qat’iy ta’kidlashning amalda iloji yo‘q. Ko‘pincha biz stress ta’sirida salbiy hislar yuzaga kelganligining belgilarini ko‘ramiz. Shu bois ovoz xarakteristikalari (ko‘rsatkich-lari)dagi o‘zgarishlarni boshqa qo‘shimcha alomatlarni hisobga olgan holda talqin etish kerak.

Ovoz xarakteristikalaridagi o‘zgarishlarning sabablari: – hissiyotlarning nazorat qilib bo‘lmaydigan tarzda qo‘qqisdan

yuzaga kelishi; – fosh bo‘lishdan qo‘rqish; – bosh suyagining tuzilishidagi anatomik xususiyatlar. Inson, bosh suyagining akustikasi hamda idrok etishning boshqa

xususiyatlari tufayli, o‘z nutqini amaldagidan boshqacharoq eshitadi. Aldashga urinadigan odamlar o‘z xulqini, jumladan ovozining

sadosini nazorat qilishga harakat qiladilar, ammo shu paytda buni qay darajada uddalaganliklarini aniq bila olmaydilar, chunki o‘z ovozining sadosini to‘liq nazorat qilish ancha qiyin ish. Hayajon, jumladan fosh bo‘lishdan qo‘rqish tufayli kelib chiqadigan hayajonga eng ko‘p darajada xos bo‘lgan hamda yolg‘on axborot berish vaqtida ovoz va nutqda ko‘rinadigan quyidagi belgilar farqlanadi: ovozda titroq paydo bo‘lishi; vaqti-vaqti bilan ovozni tozalash yoki yo‘talib qo‘yish;

Page 92: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

92

og‘iz qurishi hamda yutinish va lablarni yalash ehtiyoji tufayli gap o‘rtasida jumlalar uzilishi; nutq ohangi (intonatsiya)dagi ixtiyorsiz o‘zgarishlar; nutq sur’atidagi o‘zgarish (masalan, jumlalarni o‘ylab ko‘rish

zarurligi tufayli uning pasayishi); ovoz tembrining o‘zgarishi. Ovozda hissiyotlar ko‘rinishining eng ko‘p o‘rganilgan belgisi

ohang kuchayishidir. Ranjigan odamlarda ovoz pardasi ko‘tarilib boradi. Ular g‘azablangan yoki qo‘rqqan hollarda buni yanada ko‘proq ko‘rish mumkin. G‘am-anduh yoki qayg‘u-hasrat vaqtida ovoz pardasining pasayishidan dalolat beradigan tadqiqotlar mavjud. Va nihoyat, hayajon, xafagarchilik, nafrat va jirkanish vaqtida ovoz pardasining balandligi o‘zgarish-o‘zgarmasligi noma’lum. Ovoz pardasining ko‘tarilishi yol-g‘ondan dalolat beradigan ishonchli belgi emas, balki u qo‘rquv yoki g‘azab va, ehtimol, hayajon belgisi ham bo‘lishi mumkin. Ammo ovoz va undagi o‘zgarishlarga qarab aldashdan rohatlanish bor yoki yo‘qligini aniqlash mumkin yoki mumkin emasligi noma’lum.

Ovozdagi hissiy o‘zgarishlarni yashirish oson emas. Agar asosan yolg‘on gapirish paytidagi hissiyotlar haqida gapiriladigan bo‘lsa, axborotning oshkor bo‘lish ehtimolligi ancha katta. Agar yolg‘on gapi-rishdan maqsad qo‘rquv yoki g‘azabni yashirish bo‘lsa, ovoz balandroq pardada va qattiqroq chiqadi, nutq esa, ehtimol, tezlashadi.

Biroq ovozdagi har qanday hissiyot ko‘rinishini aldash alomati sifatida talqin etmaslik lozim. Haqiqatgo‘y inson birovlar unga ishonmas-ligidan qo‘rqib, xuddi fosh bo‘lishdan qo‘rqayotgan yolg‘onchi singari ovozini ko‘tarishi mumkin. Muammo shundaki, nafaqat yolg‘onchilar, balki mutlaqo aybsiz odamlar ham ba’zan hissiy qo‘zg‘alish sezishlari mumkin.

Xuddi shuningdek, bir maromdagi ovoz bilan gapirayotgan odam o‘zini nazorat qilayotgandek tuyulishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, u nimanidir yashirishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. So‘zlash ohangidagi sovuqqonlikni talqin etishda xato qilmaslik uchun aslida bu odamga shu tariqa so‘zlash xos yoki xos emasligini bilish zarur. Vazmin ovoz har doim ham haqqoniylikdan dalolat bermaydi; ayrimlar o‘z hissiyotlarini hech qachon, loaqal ovozda ham ko‘rsatmaydilar. Hatto hissiyotga beriluvchan odamlar ham muayyan hollarda o‘z hissiyotlarini ko‘rsatmasdan aldashlari mumkin. Shu bois vazmin ovoz ham ayni vaqtning o‘zida aldash va haqqoniylikning ojiz belgisi hisoblanishi mumkin.

Page 93: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

93

Ichki ishlar idoralari xodimlari fuqarolar bilan kechadigan muloqot-da profayl metodidan shaxslarni muayyan axborotni atayin, jinoiy maq-sadda buzishi, ya’ni verbal (so‘zdagi), ham noverbal (tana xatti-harakat-laridagi) xabarlarning vaziyat va holatga qanchalik muvofiqligini aniq-lash maqsadida foydalaniladi.

Ushbu malakasi (mahorati) nafaqat kuzatuvchanlik va diqqatni mashq qildirishda, balki ruhiy kuzatish bo‘yicha barqaror ko‘nikmalarni hosil qilishni, kinestetika (tana tili haqidagi fan)ning asosiy qonunlarini tushunishni, suhbat olib borish san’atini egallashni, belgilangan obyekt hududida dastlabki ko‘rik yoki hujjatlarni tekshirish davomida yo‘lovchi-larning xulqini samarali baholashga imkon beradigan bir qator usullarni egallashni nazarda tutadi.

Ruhiy axborot olish usullaridan biri ruhiy tashxis (diagnostika) – bu shaxs holatini o‘rganish bo‘lsa, uni vizuallashtirish ko‘rish orqali muay-yan obrazni shakllantirish jarayonidan iborat bo‘ladi.

Binobarin, vizual psixodiagnostika – insonni kuzatish, ko‘rib idrok etish asosida uning ruhiy holatini aniqlash. Boshqacha aytganda, ruhiy axborotni qandaydir test yoki instrumental usullaridan foydalanmay turib o‘rganish. Kuzatuv usuli bilan ruhiy axborotni idrok etish, to‘plash uning xususiyatlarini bilish va anglash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kuzatuv – avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok jarayoni bo‘lib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda ko‘rib chiqilayotgan hodisaning mohiyati bilan bog‘liq. Ya’ni kuzatuv maq-sadga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.

Inson idroki juda muhim bir xususiyatga ega: «Inson tez almashuv-chi ta’sirlarni hissiy tuyg‘ularning ketma-ketligi sifatida emas, balki umumlashma obraz sifatida qabul qiladi, va bizda bu inson haqida tasavvur hosil bo‘ladi.

Tasavvur, «bitta» bo‘lishiga qaramay, amalda bir-biriga qo‘shilgan va bir butunlikka birlashgan son-sanoqsiz juz’iy tasavvurlardan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday qilib, shaxsga qaraganimizda ketma-ketlikda uning gavda tuzilishi, holati, mimikasi, ishoralari va xatti-harakatlarining ma’nosini sezamiz, ushbu idrok etish jarayonini «bir vaqtdagi» idrok sifatida his qilamiz, chunki u juda tez o‘tib ketadi». Biror inson gapira boshlaganida, bizning obrazga, ya’ni bizning «bitta» tasavvurimizga yana ovoz intonasiyasi, ohangi, til maromi, tovush kuchi, ehtimolli dialekt tusi va ko‘plab boshqa jihatlar qo‘shilib boradi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, muomala jarayonida axborot uzatilishi:

Page 94: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

94

– verbal vositalar (faqat so‘zlar) evaziga – 7 % anglaniladi; – tovush vositalari (ohang, tembr, ovoz intonatsiyasi va barcha

nutqsiz tovushlar) evaziga – 38 % tushuniladi; – noverbal vositalar (ishora, mimika, imo-ishoralar, pantomimika)

evaziga – 55 % qabul qilinadi. Ushbu asosda insonlar o‘rtasidagi muloqotning bir vaqtda amalga

oshadigan ikki darajasi farqlanadi: – mazmun darajasi (u so‘zlarda ifodalangan (verbal) axborotni,

ya’ni gapiruvchi aytishni istagan narsani uzatadi); – munosabatlar darajasi (u axborotni (noverbal) o‘xshatish orqali,

ya’ni bunda so‘zlovchining o‘zi aytayotgan so‘zlarga yoki tinglovchiga munosabati shaklida ifodalanadi).

Albatta, bunday nutqsiz xabarlarni tushunishga har kim ham qodir emas, chunki bunda ichki yo‘nalganlik xususiyatdan kelib chiqib, e’tibor aytilayotgan so‘zlarga qaratiladi. Bunday usuldan barcha mohir yolg‘on-chilar samarali foydalanadilar, Bunda ular nafaqat o‘z xatti-harakatlari yo‘nalishini, balki boshqa maqsaddagi nutqini ham puxta shakllantira-dilar. Ko‘pchiligimiz esa munosabatlar darajasidagi axborotlarni aynan o‘sha darajada idrok etish, tana harakatlarining ma’nosini tushunish, o‘rganish imkoniyatidan foydalanmaymiz. Demak, bizga eng ko‘p ma’-lumot bera oladigan aksariyat axborotlar odatda e’tiborimizdan chetda qoladi. Ba’zan esa ayrim noverbal signallarni ongsiz, ichki sezgi (intu-itsiya) yordamida sezamiz.

Intuitiv idrok, qimmatli, lekin har doim ham ishonchli bo‘lmaydi va asosiysi, «uning natijalaridan biror ongli harakatni amalga oshirishda foydalanish qiyin. Ong so‘zda tasvirlashni (verballashtirishni) talab etadi». Binobarin, kuzatuvchi avvalo ongli idrokni – noverbal signallarni so‘zda ifodalanadigan shaklga o‘girishni (hissiyotlarni so‘zda ifoda-lashni) mashq qilish zarur.

Bundan tashqari, kuzatuvchanlik, diqqat va xotirani mashq qildirish natijasida tana harakatlarini tushunish orqali ongsiz darajaga (ammo endi butunlay boshqa sifatda) o‘tadi. Bunda har qanday insonni bilishning to‘rt darajasida namoyon bo‘ladi:

anglamay bilmaslik (inson nimanidir bilmasligini anglamaydi); anglab bilmaslik (inson qaysidir sohada bilim olishi zarurligini

tushunadi); anglab bilish (inson kerakli sohasida bilimlarni egallagan); anglamay bilish (bilimlar qo‘llanilgan va muayyan bir sohada

ishlash bo‘yicha barqaror ko‘nikmaga aylangan).

Page 95: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

95

Ko‘z harakatlari va yuz mimikasiga qarab yolg‘on alomatlarini aniqlash. Inson o‘z yuz mimikasini ovoziga qaraganda yaxshiroq nazorat qila oladi. Faqat yuz mimikasiga qarab xulosa chiqarish qiyin, chunki yuz mimikasida yolg‘onni aniqlash uchun tahlil qilishni talab etuvchi ko‘rsatkichlar haddan tashqari ko‘p. Xilma-xil mimika, ko‘z harakatlari, nigoh yo‘nalishi, odam yuzining muloqot davomida surilishi, asosiysi esa – inson turli holatlarining «tashqaridan» turlicha ko‘rinishi ko‘pincha uning haqqoniylik darajasi haqidagi noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Boshqa tomondan, aynan yuz ifodasini tahlil qilish natijasida ko‘pincha yolg‘onni sezish mumkin bo‘ladi.

Ma’lumki, ko‘zlar nafaqat «dunyoga qaragan deraza», balki «qalb oynasi» hamdir, ya’ni ularda insondagi ichki ruhiy jarayonlarni ko‘rish mumkin. Ruhiy jarayonlar tafakkur va inson qalbida yuz berayotgan barcha narsalar bilan chambarchas bog‘liq. Hayotda hamma narsa tebra-nib turganidek, ko‘z qorachig‘i ham doimo harakatda bo‘ladi va neyro-lingvistik dasturlashtirish (NLD) sohasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, aynan qorachiqlar harakatiga qarab nafaqat fikriy jarayonning borishini, balki muloqotda samimiylik yoki nosamimiylik borligini ham aniqlash mumkin.

Bu yerda gap o‘ziga xos ko‘z harakatlari haqida boradi. Ko‘z qorachig‘idagi axborotlarni shakllantirish vaqtida beixtiyor

tushib qoladigan muayyan zonalar (to‘qqiztadan ikkitasi) mavjud bo‘lib, ular ba’zi vaziyatlarda nosamimiylikning turi hisoblanadi, chunki biror topshiriqni bajarishda, savollarga javob berishda ularni atayin o‘zgarti-rish haqida gap boradi. Ko‘pincha ko‘z harakatlarini kuzatish emas, balki ko‘z qorachiqlarining axborot mazmuniga ega jihatlarining (birgalikda kuzatiladigan hissiyotlar, tana va yuz mimikasidagi harakatlarning) mos kelish kelmasligini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Masalan, qandaydir obrazlar haqida gap ketganida ko‘z qorachig‘i vizual emas, balki audial zonada bo‘lishi bunga misol bo‘la oladi.

Yuqorida ko‘z harakatlari suhbatdosh tafakkur yo‘lining ko‘rsatkichi ekanligi aytilgan edi. Ko‘zlar nafaqat ichki ruhiy jarayonlarni aks ettira-di, balki teskari aloqani ham vujudga keltiradi: ong ostidan qandaydir xotiralarni chiqarib olish yoki atayin istalayotgan ichki hissiyotni yara-tish uchun ko‘pincha ko‘zlarni muayyan holga keltirishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

So‘zlashayotgan yoki xayol surayotgan odamlarni kuzatganingizda ularning ko‘z soqqalari doimo oldinga-orqaga, yuqoriga va pastga

Page 96: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

96

harakatlanayotgani, tasodifan narsa va odamlarga tikilayotgani, shuning-dek ko‘pincha ichki tajribaga «qaratilayotganligini» sezishingiz mumkin. Boshqacha aytganda, yolg‘on belgilarni namoyon qilish jarayonida odatda tashqi vizual ta’sirlar e’tibordan qolib ketadi. Ko‘zlarning yuqoriga va o‘ngga qaratilishi: ko‘z bilan yaratish. Bu individ tomonidan hosil qilinadigan vizual obraz yoki manzara xolos. Ya’ni, avvalgi vizual qo‘-shimchaga yangi qism yoki shakl ketma-ketlikda qayta guruhlashtiriladi yoki undan ajratib olinishi talab etiladi.

Yuqoriga va chapga qarash: ko‘z bilan eslash. Bu o‘tmish hodisa-lar, shuningdek ilgari his qilingan boshqa vizual ta’sirlarning saqlanayot-gan vizual obrazlari yoki manzaralarini ifodalashdir.

To‘g‘riga va o‘ngga qarash – nutqiy faktlarni xotirada tasavvur qilish, inson ilgari hech qachon eshitmagan tovushlarini tasavvur qilishi. Bu suhbat jarayonini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bun-day holatda odam bundan keyin aytmoqchi bo‘lgan narsalarini «so‘zlar-ga tushiradi».

To‘g‘riga va chapga qarash – nutqiy faktlarni eslash. Bunda «harf-lar alfaviti», reklama harflari, tovushlar, telefon raqamlari, shuningdek sheva va so‘kinish kabi tushunarsiz so‘zlarni ma’nodoshlari bilan solish-tirish tushuniladi. Ko‘pincha qisqa, ohangdor yoki bir maromdagi so‘zlar ko‘p takrorlanishi tufayli ilgari idrok etilgan nutqiy obrazlarini eslashda ko‘z soqqalarini ko‘p harakatlantirish jarayonida ham kuzatiladi. Masa-lan, «esdan chiqmasin – ishdan – uyga – qaytishda – yo‘ldan – sut – olish» tongda shu qadar ko‘p marta aytiladiki, u tabiiy ravishda fahmlan-may qoladi1.

Ular ko‘proq ichki (hosil qilinayotgan) obraz, tovush, so‘z va his-siyotlarga e’tibor beradilar.

Axborotdan foydalanishdan avval, shaxs ushbu harakatdan qanday vaziyatda «foydalanganligini» bilib olishingiz muhim.

Pastga va o‘ngga qarash – bunda inson hosil qilinishi kerak bo‘l-gan hissiyotlardan hamda mavjud hissiy xotiralardan foydalanishi mum-kin. Tushkun holatdagi insonda ko‘p kuzatiladigan holatni bunga misol qilish mumkin: boshi egik, qo‘llari shalviragan, gavdasi butunlay bukil-gan. Bunday odam tom ma’noda o‘z hissiyotlariga sho‘ng‘ib ketgan (o‘z yog‘ida o‘zi qovurilmoqda). Eslab qoling, ayrim individlar uchun pastga va chapga qarash aynan shu ma’noni anglatishi mumkin.

1 Ko‘z harakatlarining reaksiyalari ayrim o‘naqaylar va chapaqaylarda bir-

biriga zid bo‘ladi.

Page 97: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

97

Pastga va chapga qarash: ichki nutq, odatda «chuqur fikrlash» bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, ichki so‘z va nutqiy jarayon bilan birga kechadi (o‘zimiz bilmagan holda ba’zan turli tovush va xitoblarimiz tashqariga «chiqib ketishi», ko‘pincha bunga javoban «Iltimos, o‘zingiz-cha g‘o‘ng‘illashni bas qiling», – degan javobni eshitamiz. Shaxs o‘zini xotirjam sezayotgan paytlarda u kompleks, ratsional va mantiqiy tafak-kurning tahliliy quroli hisoblanadi. Ushbu holat ayrimlarda pastga va o‘ngga qarashda ifodalanishi mumkin.

Bir nuqtaga qaramaydigan nigoh – vaziyatni ko‘z oldida gavda-lantirish (vizuallashtirish).

Yumuq ko‘zlar – ta’m va hidni ilg‘ashga bo‘lgan harakat. Garchi odamlar muayyan ta’m yoki hidni eslab qolish uchun ko‘pincha ko‘zlari-ni yumsalar ham, qovoqlari ostida ko‘z soqqalarining harakati kuzatiladi. Bu harakat yuqorida tasvirlangan holatlarning biriga mos kelib, ko‘zlar ochiq holatdagidek talqin etilishi mumkin.

Xodim shaxsning ko‘zlariga qarab uning ichki kechinmalarini aniq-lashi mumkin. Ayni vaqtda inson so‘zlashayotganida suhbatdoshining ko‘ziga qarashi yoki qaramasligi muhim emas, balki qachon qarab, qachon nigohini olib qochgani muhim.

Shaxslarning nigohlarini o‘rganish texnikasiga kelsak, muhim bir qoidani nazarda tutish zarur. Shaxslarda namoyon bo‘ladigan xatti-hara-katlarni bilish yetarli emas, ular bilan ishlay olishni o‘rganish kerak.

Inson nigohini deyarli mashq qildirib bo‘lmaydi, shu bois u shaxs-ning hissiy-ruhiy holatini aniq aks ettiradi. Odam so‘zlaganda ko‘p nar-sani (xafagarchilik, iztirob, shodlik, g‘azab kabilarni) yashirishi mumkin, ammo qarashlarida buni yashirish uchun yo juda katta irodaga ega, yoxud maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Umuman olganda, suhbatdoshning yuziga qarab yolg‘onni aniqlash uchun ko‘pincha quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi.

Nigohlar to‘qnashuvining davomiyligi. Ma’lumki, me’yordagi munosabatlarda, ya’ni odamlar bir-birlariga rost gapirayotganlarida, odat-da muloqot vaqtining 2/3 qismi davomida ko‘zlar to‘qnashib turadi. Agar inson samimiy bo‘lmasa yoki nimanidir yashirayotgan bo‘lsa, uning ko‘zlari suhbatdoshiniki bilan muloqot davrining 1/3 qismidan kam vaqt-da to‘qnashadi. E’tibor qaratish muhim, o‘ziga ishonmaydigan odamlar ko‘zga tik qarashdan qochishlari kuzatilgan.

Nigohlarning qochishi. Bunda asosiy belgi bo‘lib, yolg‘on so‘z-lashga o‘rganmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra xavotirda bo‘lgan odam yolg‘on gapirayotganida suhbatdoshining nigohlariga qiyinchilik

Page 98: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

98

bilan dosh beradi hamda nigohini (ko‘zlarini) olib qochishga harakat qiladi.

Suhbatdosh ko‘zlarining biroz qisilishi (torayishi) – odatda ushbu holatdagi shaxsning ishonarli munosabatlar o‘rnatishni, «qalbini ochish-ni» istamayotganidan, bezovtaligidan dalolat beradi.

Yengil tabassum (bunda ko‘zning pastki qovoqlari ko‘tarilmaydi), tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘pincha yolg‘on gapirish jarayoni-da ko‘rinadi, ammo muloqotning o‘ziga xos uslubi bo‘lishi ham mumkin.

Yolg‘on bilan kechadigan soxta tabassum ichki zo‘riqishni yashirish imkonini beradi, shuning uchun ham doim, aytarli, tabiiy ko‘rinmaydi.

Davomiy tabassum (lablar yuqori va pastki tishlardan biroz orqaga tortilgan, bunda uzun chiziq hosil bo‘ladi, tabassumning o‘zi esa «chu-qur» tuyulmaydi), bu shaxs tashqi ko‘rinishidagi yoqimtoylik yoki ras-miy xushmuomalalikni ko‘rsatadi, ammo muloqot jarayonidagi samimiy-lik va yordam berishga tayyorlikni anglatmaydi.

Yuz mushaklarining mikro-zo‘riqishi. Yolg‘on ko‘rsatuv berila-yotganida inson yuzidan go‘yoki «soya yuguradi». Videosuratga olish bunda yuz ifodasida sekundning ulushi mobaynida davom etadigan qisqa muddatli zo‘riqishni qayd etish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchi R.Bennet fikricha, bu ixtiyorsiz reaksiya – yolg‘onning juda ishonchli ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Sinovchan qarash. Odam yolg‘on gapirayotganida diqqatini sheri-gining yuziga qaratadi, bu bilan uni aldashga urinish qanchalik muvaf-faqiyatli chiqqanligini baholashga urinadi.

Nosamimiylik belgilari haqida so‘z yuritganda yolg‘on gapirish paytida suhbatdoshni nazorat qilish kerakligini unutmaslik lozim.

Inson nazoratda ushlanadigan qo‘rquv, jumladan fosh bo‘lishdan qo‘rqish paytida, uning qoshlari biroz ko‘tarilgan – go‘yoki to‘g‘ri chiziqqa tortilgan bo‘ladi. Agar qo‘rquv kuchliroq bo‘lsa, bu belgiga qo‘shimcha boshqa alomatlar ko‘rinadi: peshonada yotiq ajinlar paydo bo‘ladi; ko‘zlar kengaygan, buning ustiga yuqori qovoq biroz ko‘taril-gan, pastkisi esa taranglashgan bo‘ladi; og‘iz biroz ochilgan, burchaklari esa orqaga surilgan, buning natijasida lablar taranglashgan va to‘g‘rilan-gan bo‘ladi. Ushbu taranglik va lablardagi to‘g‘rilanganlik qanchalik kuchli bo‘lsa, qo‘rquv shunchalik kuchli bo‘ladi.

Biroq peshona tirishmagan holda bir yoki ikkala qosh sal-pal seziladigan darajada ko‘tarilishi ham mumkin.

Peshonadagi gorizontal ajinlar odatda kuchli e’tiborni bildiradi. Buning turli sabablari bo‘lishi mumkin: dahshat, qo‘rquv yoki oddiygina

Page 99: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

99

tushunmaslik, hayrat, sarosima va kutmaganlik. Bu, albatta, vaziyatga bog‘liq.

Peshonadagi tik chiziqlar odatda kimdir yoki nimadir tufayli kelib chiqqan umumiy diqqat eng yuqori nuqtasiga yetganligini ko‘rsatadi.

Diqqatning bir nuqtaga qaratilganligi muqaddam bandlik, biror holat yoki vaziyatga berilganlik (jalb etilish)ni bildiradi.

Xo‘sh, inson o‘zining til bilan bog‘liq bo‘lmagan signallarini qay darajada manipulatsiya qilishi (o‘zgartirishi), his-tuyg‘ularini qanday qilib sezdirmay yashirishi mumkin? Bu savollarga taxminan quyidagicha javob berish mumkin. Albatta, har kim o‘z tana harakatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatishni o‘rganib olishi mumkin. Biroq yuz mushaklarini va ko‘zlar ifodasini deyarli boshqarib bo‘lmaydi. Kimdir o‘z qo‘llarini nazorat qilishni o‘rganib olib, tashqaridan qaraganda mutlaqo xotirjam ko‘rinishi mumkin (masalan, u qo‘l barmoqlarini qovushtirib, bu bilan ulardagi asabiy titroqni bostirishi mumkin). Shunga qaramay, ichki bezovtalik mavjud bo‘lsa, u baribir uning yuzida ko‘rinadi.

Xo‘sh, nima uchun yuz mushaklarini boshqarish bunchalik qiyin? Chunki yuz mushaklari miyaning hissiyotlarni nazorat qiluvchi sohalari bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, biz yuz mushaklarini ishonch bilan boshqarishimiz uchun yetarli darajada tajriba to‘plashimiz zarur.

Aynan boshqalar ham, biz singari, o‘z mimikasini kam anglagan-liklari bois ularning yuz mushaklari harakatidan bilinadigan axborotga ishonsak bo‘ladi.

Page 100: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

100

10-§. PROFILAKTIK HISOBDA TURUVCHI SHAXSLARGA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TA’SIR

ETISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jamoat tartibi va xavf-sizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini har qanday ko‘rinishdagi tajovuzlardan himoya qilishdek yuksak maqsadlarga erishish uchun istiqlol yillarida ichki ishlar organlari tizimini chuqur isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli, mazmun-mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Ichki ishlar organlarini inson huquq va erkinlik-larini, jamoat tartibi va xavfsizligini himoya qilishning ishonchli garo-viga aylantirish bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi qilib belgilandi1. Shu jumladan, profilaktika xizmatlari tizim-laridagi islohotlar ularning faoliyatini tubdan o‘zgartirib, bugungi kunda yangicha yondashuv asosida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi talab etilmoqda.

Mazkur vazifalarni bajarishda profilaktika xizmatlari faoliyatini tashkil etishda muhim o‘rin tutuvchi militsiya tayanch punktlarining tashkil etilganligi katta imkoniyatlar yaratdi. Hozir militsiya tayanch punktlarida profilaktika inspektorlari ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va keng jamoatchilik bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs-lar bilan yakka tartibda, profilaktik ishlarni samarali olib bormoqdalar. Militsiya tayanch punktlarida profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tarbiyaviy-profilaktik ishlarni takomillashtirish huquqbuzarliklarning oldini olishda yuqori ko‘rsatgich-ga erishishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 25 oktabr – Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb bayrami kuni munosabati bilan ichki ishlar xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida: «...profilaktika ins-pektorlarining malakasi va professional mahoratini oshirish g‘oyat muhim masalalardan biridir. Yuksak professionalizm, xushmuomalalik, odamlar orasiga kirib borish, yoshlar qalbiga yo‘l topa bilish, oila va maktab o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish – har bir profilaktika ins-pektorining asosiy xususiyatlari bo‘lmog‘i darkor», deb aniq maqsadli

1 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т.,

1999. – Б. 403-404.

Page 101: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

101

vazifalarni belgilab berganlar1. Ushbu vazifalar profilaktika inspektori-ning aynan profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatida namoyon bo‘ladi.

Shaxsni profilaktik hisobga qo‘yish uchun ma’lum bir asos mavjud bo‘lgan taqdirda profilaktik hisobga qo‘yish amalga oshiriladi. Profilak-tik hisobga olish shaxslarga nisbatan ularning tuzalishi va takroran huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organ-lari tomonidan amalga oshiriladigan profilaktika tadbirlari majmuidir.

Profilaktika inspektori tomonidan profilaktik hisobga olingan shaxs-lar bilan ishlash faoliyati aynan O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbu-zarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunning 35-moddasi talablaridan kelib chiqib profilaktika inspektori: jinoiy jazoni o‘tagan ilgari sudlanganlar, o‘ziga nisbatan sudning jazo tayinlanmagan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan, aybdorlik to‘g‘risi-dagi masala hal qilinmasdan turib o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan yoxud reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘a-tishni rad etish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi tanlangan jinoyat sodir etishda ayblanuvchilar; O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquq-buzarliklarni sodir etgan hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassa-salaridan qaytgan shaxslarni profilaktik hisobga oladi va ular bilan yakka tartibda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ularga nisbatan profilaktik hisob ishilarini yuritadi. Shular tarkibida aynan o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan xulq-atvori tuzalganligi sababli ushbu ta’sir cho-rasini qo‘llashni davom ettirishga muhtoj emas deb topilib, mazkur muas-sasalarda bo‘lishi yuzasidan sud tomonidan belgilangan muddat o‘tishidan oldin chiqarilgan shaxslar profilaktik hisobga olinmaydi va profilaktik hisob yuritilmaydi. Profilaktik hisobning yuritilishi ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan, voyaga yetmaganlarga va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oiladagi ota-onalarga nisbatan esa voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan olib boriladi.

Profilaktik hisob ishi yuritilgan har bir shaxs bilan yakka tartibda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda shaxsning yoshi, jinsi,

1 Каримов И.А. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ички ишлар идоралари ходимларига байрам табриги // Постда. – 2007. – 25 окт.

Page 102: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

102

ruhiy holati, ijtimoiy ahvoli, ma’lumoti va mutaxassisligi, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyati kabi shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning tuzalish yo‘liga kirishini ta’minlaydi va qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini oladi.

Bugungi kunda asosiy e’tibor huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilar ekan, uni zamonga mos ravishda amalga oshirish, samarali tash-kil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ichki ishlar organ-lari nazoratidagi ilgari sudlangan, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan amalga oshiriladigan ishlarni to‘g‘ri tashkil etish huquqbuzarliklar profilaktikasining bir qismi hisoblanadi.

Demak, profilaktik hisoblar – jinoyat sodir etishga moyil alohida toifadagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan, ularni nazoratini olib borish-ga va tahlil etish hujjati hisoblanadi. Unda hisobda turuvchi shaxslarning turmush-tarzi, yaqinlari va qarindoshlari bilan munosabati, oila va jamiyatda yurish-turishi haqidagi ma’lumotlar to‘plab boriladi.

Profilaktik hisoblarni yuritish esa ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik-larning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini samarali tash-kil etish maqsadida huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan alohida toifadagi shaxslar bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlarni tashkil etish maq-sadida amalga oshiriladigan profilaktik ogohlantiruv va tarbiyaviy maz-mundagi chora-tadbirlar yig‘indisidan iborat faoliyatdir.

O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni asosida ichki ishlar organlarida jinoyat yoki huquq-buzarliklar sodir etgan shaxslarning tuzalishini ta’minlash va qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida profilaktik hisob yuritiladi. Profilaktik hisob huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profi-laktikasining chora-tadbirlari sirasiga kiradi.

Ushbu qonunga muvofiq 6 ta profilaktik hisob toifasi mavjud bo‘lib, ushbu toifadagi shaxslarning o‘ziga xos xususiyatlari bir-biridan farq qiladi va ularning psixologiyasini o‘rganishni talab etadi.

Birinchi toifa – «ilgari sudlangan shaxslar». Ular jazoni ijro etish muassasasidan bo‘shab kelganidan so‘ng yoki boshqa turdagi jinoiy jazolarni o‘taganidan so‘ng profilaktik hisobga olinadi. Ushbu toifadagi shaxslarning boshqalarga nisbatan jinoyat sodir etishga moyilligi yuqori bo‘lib, tajovuzkor xarakterga egadir. Ushbu toifadagi shaxslar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy profilaktik ishlarni amalga oshirish jarayoni-da ularning qaysi turdagi jinoyat sodir etganligi, ma’muriy nazorat

Page 103: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

103

qonuni ta’siri ostiga tushishi va tushmasligi, sodir etgan jinoyatining og‘irlik darajasini to‘liq tahlil etgan holda yondashuvni talab etadi.

Ikkinchi toifa – «o‘ziga nisbatan sudning jazo tayinlanmagan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxslar». Bu toifadagi shaxslar yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslarga nisbatan o‘ziga xos xususiyati bilan qisman ajralib turadi. Mazkur toifaga biz Jinoyat kodeksining 72-modda-siga asosan shartli hukm etilgan shaxslarni ham kiritishimiz mumkin. Demak, jinoyat sodir etsa-da, ushbu toifadagi shaxslarda tuzalish yo‘liga kirish imkoniyatlari kengroqdir va ular bilan amalga oshiriladigan tar-biyaviy profilaktik ishlar natijasi yaxshiroq bo‘ladi. Albatta, sudlar ham jazo tayinlashda ularning o‘ziga xos xususiyati, mahalla va oilasidagi hurmatini va boshqa tavsiflarni inobatga olgan holda jazo tayinlaydi.

Uchinchi toifa – «O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga muvofiq aybdorlik to‘g‘risidagi masala hal qilinmasdan turib o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxslar». Jinoyat-protsessual kodeksining ushbu moddasi 1 qismining 3-bandiga ko‘ra, vafot etgan ayblanuvchi, sudlanuvchidan tashqari jinoyat ishi tugatilgan barcha shaxslar profilaktik hisobga olinadi. Ushbu toifadagi shaxslarda ham tuzalish yo‘liga kirish imkoniyatlar birmuncha kengroq bo‘lib, bunda ular bilan yakka tartibdagi profilaktikani amalga oshirish jarayonida bularni to‘liq inobatga olish lozim, ayniqsa ushbu toifadagi shaxslarning adashganliklari va ular ilgari sudlangan shaxs emasligini ta’kidlab, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishlariga ishontirish muhim ahamiyat kasb etadi.

To‘rtinchi toifa – «o‘ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi tanlangan jinoyat sodir etishda ayblanuvchi-lar». Ushbu toifadagi shaxslarga tergovchi, prokuror, sud agar ayblanuv-chini qamoqqa olish bilan bog‘liq ehtiyot chorasi qo‘llash shart emas deb hisoblasa, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfi kamroqligini, shaxsini, mulkiy ahvolini va undagi ma’lum bir ma’nodagi ijobiy sifatlarini inobatga olib qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasini qo‘llaydi. Bu holatdan ham ko‘rinib turibdiki, mazkur toifadagi shaxslar bilan ham yakka tartibdagi tarbiyaviy-profilaktik ishlarni olib borishda ushbu toifadagi shaxslarning xususiyatlarini inobatga olish, ularni profi-laktik hisobga olishda ishonchsizlik emas, balki ularga yaqindan yordam berish ekanligini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Beshinchi toifa – «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40, 41, 45, 47, 52, 56, 58, 61, 106, 131, 1651,

Page 104: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

104

183, 184, 1841, 1842, 1843, 187, 188, 1881, 189, 1891, 190, 191, 201, 202, 2021, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzar-liklarni sodir etganlar». Mazkur toifadagi shaxslar jinoyat emas, balki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligini inobatga olish lozim. Jumla-dan, ularning kelgusida ushbu harakatlarni sodir etishi qanday oqibatlar-ga olib kelishini aniq tushuntirish, zarur hollarda ularni rasmiy ogohlanti-rish ahamiyatlidir. Bu toifadagi shaxslarga sodir etgan huquqbuzarlik-larining jamiyatga zarari, shuningdek o‘zi va oila a’zolariga ma’naviy ta’sir etishini tushuntirib o‘tish lozim.

Oltinchi toifa – «ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytganlar». Bu toifadagi shaxslarning voyaga yetmaganligini inobatga olib, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq o‘rganib chiqish va zarur yakka tartibdagi tarbiyaviy-profilaktik ishlarni tashkil etish kerak. Masa-lan, voyaga yetmagan xarakteridagi tez ta’sirlanish, «komformizm», sarguzashtlarga qiziqishining yuqoriligi, boshqalardan o‘zini yuqori qo‘yish va boshqalarni hisobga olish lozim. Shulardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelganlarning shaxsiyatiga tegmaslik, ularga qattiq gapirmaslik va ular bilan iloji boricha maslahat tarzida so‘zlashish, suhbatlashish jarayonida ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtirokini ta’minlash, ular-ning qiziqishlarini o‘rganish, biror kasbni o‘rganishida yoki o‘zi qiziqqan yo‘nalishdagi o‘qishga kirishida yordam ko‘rsatish ularda jamiyatga bo‘lgan ishonchni orttiradi va tuzalish yo‘liga kirish imkonini oshiradi.

Profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

- profilaktik hisobga olingan shaxsni g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirmaslik haqida ogohlantirish;

- profilaktik hisobga olingan shaxsni uning ish (o‘qish) va yashash joyidan tekshirish, uning xulq-atvori haqida ma’lumotlar olish;

- yakka tartibdagi barcha chora-tadbirlarni belgilangan ta’sir ko‘rsa-tish chorasidan farqlagan holda tegishli tamoyillarga qat’iy amal qilgan holda olib borish;

- jazoni ijro etish muassasasidan bo‘shatilgan shaxslarning oilasiga, shuningdek jamiyatga moslashishida ko‘mak berish;

- profilaktik hisobga olingan shaxsni o‘qish yoki ishga joylashtirish, shuningdek vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlash, ijtimoiy hayotga moslashishi uchun moddiy ko‘mak olishida yordam ko‘rsatish;

- profilaktik hisobdagi shaxslardan axloqan tuzalayotgan va o‘zida ijtimoiy ijobiy xulq-atvorni shakllantira boshlaganlarini rag‘batlantirish

Page 105: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

105

yoki aksincha, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini davom ettirgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralarini qo‘llash.

Profilaktik hisob ishi yuritilgan har bir shaxs bilan yakka tartibda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda shaxsning yoshi, jinsi, ruhiy holati, ijtimoiy ahvoli, ma’lumoti va mutaxassisligi, ehtiyojlari, qiziqishlari, qobiliyati kabi shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularnining tuzalish yo‘liga kirishini ta’minlash va qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida huquqbuzarliklar profilaktikasi-ning quyidagi to‘rtta turi ko‘rsatilgan:

– huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi; – huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi; – huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi; – huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi – huquqbuzarliklar

profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishi sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish faoliyatidir.

Ushbu tavsifdan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlari, xususan, profilaktika xizmatlarining umumiy profilaktikasi faoliyati – bu profilak-tik hisobga olingan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning vujudga kelishi va sodir etilishi sabablarini hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha amaldagi qonunlarda belgilangan vakolat doirasida amalga oshiradigan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy-profilaktik, tashkiliy-huquqiy va boshqa chora-tad-birlar tizimidir.

Profilaktika inspektori huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi-ni ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, joylarda ma’ruzalar o‘qish, davra suhbati, uchrashuvlar tashkil etish, aholi gavjum joylarda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir plakatlar, e’lonlar joylashtirish, videoroliklar namoyish qilish, ogohlikka chaqiruvchi ovozli matnni eshittirish, shuningdek aholi gavjum joylarda hamda piyodalarning faol harakatlanish yo‘nalishlarida patrullik yo‘nalishlarini tashkil etish, ma’-muriy hududni profilaktik ko‘zdan kechirish kabi profilaktik chora-tad-birlarni amalga oshirish orqali tashkil etadi.

Profilaktika xizmati xodimlari umumiy profilaktika ishlarini amalga oshirishda muomala qonuniyatlaridan foydalanadilar. Profilaktik hisobda

Page 106: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

106

bo‘lgan fuqarolarga ta’sir etishda profilaktika inspektorlari quyidagi jihatlarga e’tibor berishlari lozim:

aholi, ayniqsa voyaga yetmaganlar, shuningdek ota-onalar, bola o‘sib-ulg‘ayishi va ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar o‘rta-sida huquqiy targ‘ibotni tashkil etish hudud, aholining turmush tarzi, mavzuning dolzarbligiga e’tibor qaratish;

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir chora-tadbirlar rejasi buyuk mutafakkir allomalarimizning boy ma’naviy, axloqiy, ruhiy hamda tarbiyaviy merosiga tayangan holda ishlab chiqilishi;

milliy madaniyatimiz, hududning etnopsixologok xususiyatlari inobatga olinishi;

profilaktik hisobda turgan shaxsning turmush tarzi, yaqin atrofida-gilar bilan aloqalari, kelajakdagi orzu-niyat va maqsadlari, uning shax-siy fazilatlari, qiziqishlari, hayotga bo‘lgan munosabatining inobatga olinishi;

har bir shaxsning individual-psixologik xususiyati, axloqiy qoi-dalar, shaxsiyati, uning qiziqish va imkoniyatlari hisobga olinishi.

Profilaktika xizmatlarining maxsus profilaktikasi faoliyati – bu huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning ayrim turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan maxsus tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati.

Profilaktika inspektori kriminogen vaziyat tahlili natijalariga asosan ma’muriy hududda yoki u yerda joylashgan alohida obyektda ayrim turdagi huquqbuzarliklarning, ularni sodir etuvchi shaxslar toifalarining ko‘payishi, shuningdek jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan xavf-xatarlar va tahdid-larning yuzaga kelishi kuchayganda ushbu turdagi huquqbuzarliklarning profilaktikasi, bu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatish maqsadida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Profilaktika xizmati o‘z vakolati doirasida profilaktik hisobda turgan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirishda quyidagi psixologik o‘ziga xoslikni inobatga olishi lozim:

Page 107: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

107

– huquqbuzarliklarning ayrim turdagi (o‘g‘rilik, bezorilik, talonchi-lik, firibgarlik, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va hokazo) toifalarining kelib chiqishi hamda ularni ushbu huquqbuzarliklar sodir etishga undovchi motivlarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash;

– huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlarini IIV-ning va hududiy ichki ishlar boshqarma hamda bo‘limlarining normativ-huquqiy hujjatlari asosida «Antiterror», «Arsenal», «Ijro», «Mast hay-dovchi», «Pasport-viza», «Turmush», «Tozalash», «Qoradori» va shu kabi boshqa profilaktik tadbirlarni amalga oshirishning psixologik xusu-siyatlaridan kelib chiqib va ta’sir etish vositasini kuchaytirish maqsadida turli pedagogik va muomala texnikalaridan foydalanish;

– fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, mahalla, oila va xizmat jamoalari ora-sida sog‘lom psixologik munosabatni shakllantirish, nizoli holatlar va mish-mish gaplar tarqalmasligining oldini olish;

– fuqarolar o‘rtasida sodir etilayotgan ayrim turdagi huquqbuzarlik-larning salbiy oqibatlari haqida jamoatchilikka yetkazish hamda ularni ogohlantirish maqsadida targ‘ibot ishlarini tashkillashtirish, ular tomoni-dan tarbiyaga katta e’tibor berish zarurligi haqida ta’sirchan ruhda ular bilan psixologik suhbatlar o‘tkazish;

– profilaktik hisobda bo‘lgan shaxslarda Vatanga muhabbat ruhini singdirish, insonparvarlik va mehribonlik, kattalarga hurmat, burchga sadoqat, ish va o‘qishga mas’uliyat bilan yondashish, adolatparvarlik g‘oyalariga rioya qilish hamda boshqa axloqiy fazilatlarni shakllantirish-ga qaratilgan maxsus profilaktik ishlarni amalga oshirish va boshqalar.

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi – shaxslarning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning hisobini yuri-tish va ularga tarbiyaviy, pedagogik va psixologik ta’sir ko‘rsatish doirasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-profilaktik faoliyat.

Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi ma’muriy hududda g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritish, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish orqali ularni axloqan tuzatish, ularda ijtimoiy hayotga mos xulq-atvor va turmush tarzini shakllantirish, ularni ogohlikka, hushyorlikka chaqirish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Page 108: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

108

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

profilaktik suhbat; rasmiy ogohlantirish; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon

berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida xabardor qilish; ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish; profilaktik hisobga olish; majburiy davolanishga yuborish; ma’muriy nazorat. Ijtimoiy jihatdan xavfli, xulqida turli og‘ishlar bo‘lgan huquqbuzar-

lik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profi-laktik hisobga olingan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni tashkil etishda ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olishi zarur. Bular:

shaxsning aqliy-ruhiy rivojlanish darajasini inobatga olish; shaxsning oilaviy shart-sharoiti, ota-onasi, aka-uka va opa-singil-

lari bilan munosabati, oiladagi psixologik muhitning holatini o‘rganish; oila, xizmat joyi va ta’lim muassasalarida shaxsning ruhiyatiga

ta’sir etuvchi tengdoshlar, orttirilgan do‘stlarining ta’sir doirasini tahlil qilgan holda ularni inobatga olish orqali amalga oshirish;

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazishda huquqbuzarlikning yuzaga kelish sabablari, uning psixologik omillarini hisobga olish;

mehnat jamoasi, ta’lim muassasalari, mahalla faollari bilan hamkorlikda shaxsning hayot yo‘li va uning psixologiyasini inobatga olgan holda tarbiyaviy ahamiyatga molik suhbatlar tashkil etish va boshqalar.

Profilaktika inspektori o‘z faoliyatida huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktikasiga doir chora-tadbirlarni quyidagi psixologik va pedagogik bilimlarni e’tiborga olgan holda amalga oshirishi tavsiya etiladi:

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik chora-tadbirlar jarayonida profilaktik suhbat, profilaktik hisobga olish, rasmiy ogohlantirish, ularni foydali hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega faoliyatga jalb etish, kasbga o‘rgatish, o‘qishga, ishga

Page 109: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

109

joylashtirish kabi choralarni qo‘llashda shaxsning shaxsiy-psixologik hamda imkoniyatlarini, o‘ziga xos psixologik fazilatlarini inobatga olish;

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan profilaktik ishlar-ni amalga oshirish jarayonida ularning psixologiyasi, ya’ni yoshga oid xususiyatlarini, xarakter va temperamentini, shaxsiy fazilatini, intellek-tual darajasini, jismoniy va ruhiy sog‘lomligi, oilaviy sharoiti, ma’naviy qadriyatlarining shakllanganlik darajasining inobatga olishi;

shaxsni o‘rab turgan mikromuhitni uning ruhiyatiga salbiy ta’sirini bartaraf etishda psixologik omillarni hisobga olish;

huquqbuzar shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni (asosan profilaktik suhbat mobaynida) uni huquqiy, ma’naviy, axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va uning ruhiyatida ijobiy his-tuyg‘u hamda munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatni amalga oshirish jarayonida ularning psixologik o‘ziga xosligini, ya’ni ko‘ngli nozikligi, arzimagan narsaga xafa bo‘laverishi, jizzakiligi, qo‘rquv va tashvishga beriluvchanligi, tezda g‘azablanishi, qasoskorligi, tajovuzkorligi, taqlid-ga moyilligi va boshqa xususiyatlarini ham hisobga olishi darkor.

Profilaktika inspektori profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan suhbatlashishda uning tashqi qiyofasi, umumiy jismoniy barkamolligiga, kiyinishidagi o‘ziga xoslikka, boshqalar bilan muomalasiga, qanday vaziyatlarda savollarga javob berishdan bosh tortishiga, nutqi, fikr yuriti-shi, diqqati va xotirasiga, hayotda, mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga nisbatan munosabatining holatiga e’tibor berishi kerak.

Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan ishlash jarayoni-da ularda ishonch hissini uyg‘otish har bir profilaktika inspektoridan katta mas’uliyat talab etadi. Shu sababli, suhbatni rasmiy ohangda emas, balki do‘stona munosabatlar orqali boshlash hamda suhbatning asosiy mazmuniga birdan berilmaslik tavsiya etiladi. Suhbat mobaynida ishonch hissini uyg‘otish profilaktika inspektorining samimiy munosabati orqali boshlanadi, shaxsning bergan savollariga oddiy harakat va so‘zlar yorda-mida munosabat bildirish unda yaxshi taassurot qoldiradi.

Page 110: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

110

Profilaktika inspektori suhbat mobaynida shaxsning biror-bir yaqin qarindoshlarini yoki mahalla faollarini ham taklif etsa, uning tarbiyaviy ahamiyati yanada ko‘proq bo‘ladi. Bunday holatda profilaktika inspek-tori ko‘proq maslahatchi vazifasini bajaradi, ya’ni jamiyatda qabul qilin-gan axloqiy normalarga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirayotganini hayotiy misollar bilan tushuntirib, izohlab beradi.

Yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarga oid profilaktik suhbat, rasmiy ogohlantirish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida xabardor qilish kabi faoliyatni amalga oshirishda, asosan ishontirish usulidan samarali foyda-laniladi.

Yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda profilaktik suhbat, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish kabi faoliyatni amalga oshirishda asosan rag‘batlantirish usulidan sama-rali foydalaniladi.

Yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarning majburiy davo-lanishga yuborish va ma’muriy nazorat kabi turlarini amalga oshirishda asosan majburlash usulidan samarali foydalaniladi.

Umuman, yakka tartibdagi profilaktik ta’sir etish usullarining psixo-logik tavsifi quyidagicha:

Ishontirish – huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquq-buzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarga tar-biyaviy ta’sir o‘tkazishning asosiy metodlaridan biri bo‘lib, tarbiyalash-ishontirishdir. Ishontirish ish va so‘z orqali amalga oshiriladi. Ishontirish usuli sof tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, ular profilaktik ish olib bori-layotgan shaxsning huquqlarini aslo cheklamaydi. Jinoyatlarning yakka tartibdagi profilaktikasida qo‘llaniladigan odatdagi ishontirish choralari-ga suhbatlar, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalaridagi muhokamalar, jamoat tarbiyachilari, mahalla faollari tomonidan amalga oshiriladigan turli xil ta’sir choralari kiradi.

Rag‘batlantirish – profilaktik ta’sirning muhim metodlaridan bo‘lib, shaxsning ijobiy qarashlari, xizmatlarini takomillashtirish va mustah-kamlashga xizmat qiladi. Rag‘batlantirish moddiy-ma’naviy bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad profilaktik ish olib borilayotgan shaxsning ijtimoiy muhit bilan munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va jinoiy niyatlaridan qaytarishdan iborat.

Majburlash – huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquq-buzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarga tar-

Page 111: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

111

biyaviy ta’sirning yordamchi, istisno tariqasidagi usulidir. U faqat bosh-qa usullar samara bermagan taqdirda qo‘llaniladi.

Umuman olganda, shaxs o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini yoki sodir etgan huquqbuzarligining mohiyatini anglab yetsa va pushaymon bo‘lsa, profilaktika inspektori profilaktik suhbat bilan chegaralanadi. Aksincha, shaxs o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini yoki huquqbuzarlik sodir etishining mohiyatini anglab yetmasa va pushaymon bo‘lmasa, shuningdek profilaktika inspektori aniqlangan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb topsa, u holda shaxsga nis-batan rasmiy ogohlantirishni qo‘llaydi.

Viktimologik profilaktika – huquqbuzarliklar profilaktikasini be-vosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratil-gan profilaktika chora-tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyatidir1.

Huquqbuzarliklarning umumiy tartibdagi viktimologik profilaktikasi profilaktika inspektori tomonidan ma’muriy hududda ko‘p sodir etilayot-ganligi yoki ijtimoiy xavfi oshib borayotgan huquqbuzarliklar yoxud ma’-lum bir toifadagi shaxslarning jabrlanish ko‘rsatkichining tobora oshayotganligi bilan kriminogen vaziyat barqarorligiga tahdidlar kuchay-gan hollarda, ma’lum bir turdagi huquqbuzarlik hamda jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan ma’lum bir toifadagi shaxslar xususiyatidan kelib chiqib, targ‘ibot-tashviqot yoki boshqa turdagi profilaktik chora-tadbirlar asosida fuqarolarni ogohlikka, hushyorlikka va xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishga chorlash va bunga erishish maqsadida amalga oshiriladi.

Profilaktika inspektori tomonidan shaxslarga huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimolini kamaytirish maqsadida:

huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning indivi-dual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda profilak-tik tadbirlar, suhbatlar o‘tkazish;

shaxsga jabrlanish xavfini tug‘dirayotgan omillar va huquqbuzar-liklar haqida ma’lumotlar berish, bu borada ularni ogohlikka va hushyor-likka chaqirish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

Profilaktika inspektori huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga ko‘mak-lashuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan hamkorlikda ularga huqu-

1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг «Ҳуқуқбузарликлар про-филактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 май қонуни 43-моддаси // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2014. – №20. – 221-м.

Page 112: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

112

qiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatadi, chunonchi:

shaxslarni, ayniqsa yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni tavsiya etish, sportning ommaviy va milliy turlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarda g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning yuzaga kelishi, «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’sir-larining oldini olish hamda bunga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish.

Profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan muloqot jarayonida psixologik aloqa o‘rnatadi.

Psixologik aloqa – muloqotdagilarning, ya’ni profilaktika inspektori va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarning bir-biri bilan munosabat o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llash demakdir.

Ushbu aloqa 3 bosqichda rivojlanishi mumkin: 1) o‘zaro baholash; 2) o‘zaro qiziqish; 3) «ikkilik», «uchliklar»ga bo‘linish. Profilaktika inspektori profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan

psixologik aloqa o‘rnatish va rivojlantirish jarayonida psixologik to‘siq-lar (baryer)ga duch keladi. Bu psixologik to‘siqlar befarqlik, ishonmas-lik, nafrat, xarakterining bir-biriga mos kelmasligi natijasida kelib chiqa-di. Demak, shaxsning muomalasida psixologik to‘siqlarning bor yoki yo‘qligi odamlarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq.

Profilaktik faoliyatda muloqot jarayoni qanday mazmun-mohiyatga ega?

Avvalo, o‘zga inson bilan ilk bor tanishishda qo‘llaniladigan kerakli so‘zlarni tanlab olish katta ahamiyatga ega. Yuridik faoliyatda shaxslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chaqirish psixologik noqulaylik holatini keltirib chiqaradi va birinchi taassurot effektini susaytirishga va uning salbiy bo‘lishiga olib keladi.

Page 113: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

113

Demak, profilaktika inspektorining tanishish uchun ishlatiladigan birinchi so‘zlari qanchalik tabiiy va tushunarli bo‘lsa, muloqot shuncha-lik tez o‘rnatiladi va oson rivojlanadi. Buning uchun profilaktika inspek-tori sof, betakror, sezgir bo‘lishi lozim. Qiziqtirayotgan shaxs bilan psixo-logik aloqa o‘rnatishda eng birinchi navbatda profilaktika inspektori o‘zi haqida ijobiy taassurot qoldirishi lozim. Bunda:

1) uning tashqi qiyofasi; 2) ekspressiv reaksiyalari (mimika, harakatlar, yurish-turish va h.k.); 3) ovoz ohangi, nutqi yuqori darajada bo‘lishi lozim. Profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan,

huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs bilan muloqot qilish jarayonida qiziqtirayotgan shaxsning nafaqat tashqi qiyo-fasi, balki uning subyektiv dunyosi, rejalari, qilmishlarini tushunishga harakat qilishi lozim. Shu bois, birinchi taassurotning yuzaga kelishida uch bosqichda ish olib borish kerak bo‘ladi, ya’ni:

1) huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsning tashqi xususiyatlari (jinsi, bo‘yi, mimikasi, kiyimi, yurish-turishi, ahamiyatli jihatlari va h.k.)ni aniqlash;

2) huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsning emotsional va xulqiy hamda umumiy psixik holatlarini belgilash;

3) maqsadga muvofiq fikr yuritish va emotsional taassurotlar ostida hamkor obrazini tuzish (ijtimoiy-rolli va individual-shaxsiy tomonlarini nazarda tutgan holda) va hokazo.

Amaliyotda insonlarning psixik faoliyatidagi qonuniyatlarga asos-langan holda ulardan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olish turli xil usullar orqali amalga oshiriladi (masalan, ongga ta’sir o‘tkazish va ong ostidagi doiraga ta’sir o‘tkazishning maxsus usullari orqali).

Profilaktika inspektori faoliyatida kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish davomida ko‘proq ong ostida namoyon bo‘luvchi psixik jihat-larga ta’sir o‘tkaziladi.

Qiziqtirayotgan shaxsga baho berishda formal va noformal usullar-dan foydalanish ham mumkin.

Formal usullarga maqsadga yo‘naltirilgan kuzatuv va suhbat, hujjat-larni tahlil qilish, tarjimai holni o‘rganish, turli anketa ma’lumotlarini qo‘llash kabi usullar kiradi (ong darajasida).

Noformal usullarga turli intuitiv imkoniyatlar yordamida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar kiradi (ong osti darajasida).

Page 114: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

114

Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarning shaxsiy va ijti-moiy-psixologik omillari.

Qiziqtirayotgan shaxsni o‘rganish davomida quyidagi maxsus sxe-madan foydalaniladi.

1) umumiy ma’lumotlar: tug‘ilgan vaqti va joyi, millati, ma’lumoti, mutaxassisligi, ish joyi, mansabi, oilaviy sharoiti, turar joyi, siyosiy partiyalarga aloqadorligi va h.k.

2) tashqi belgilari: - yuzi (qisqacha og‘zaki portreti, yuz tuzilishi); - bo‘yi (past, o‘rta, baland, bo‘yidagi kamchiliklar); - og‘irligi va badanining tuzilishi (oriq, oriqroq, to‘la, o‘rta to‘la va

hokazo); - tashqi qiyofasi, kiyinishi (toza yoki toza emasligi, did bilan,

modaga rioya qilgan yoki qilmaganligi va h.k.); - xatti-harakatlari (yaxshi, yomon taassurot qoldiradi); - ovozi (yoqimli, yoqimsiz, baland, dimog‘li va h.k.); 3) hayotiy yo‘li: - ota-onasi (tug‘ilgan joyi va vaqti, millati, turar joyi va h.q.); - yoshlik damlari (oiladagi hayoti, oiladan tashqari hayoti, nechanchi

farzand ekanligi, aka-singillari, ularning munosabatlari, hayotidagi voqealarning ta’siri va h.k.);

- maktab (maktabning yo‘nalishi, qaysi maktabni tugatgan, yaxshi ko‘rgan fanlari, tengdoshlari bilan munosabati, maktabda intizomni buz-ganligi yoki buzmaganligi, yutuqlari, o‘qish faoliyatidagi baholari va h.k.);

- o‘quv yurtlar (kirishning sababi, yutuqlari, olgan bilim, ko‘nikma, malakalari, 16-19 yoshdagi ko‘zga ko‘ringan voqealari);

- mehnat faoliyati va harbiy xizmati (mehnat va harbiy xizmatning xarakteri, ularga munosabati, mehnat faoliyatining shaxsga bo‘lgan ta’siri);

- oilaviy hayoti (bolalari, kim bilan turmushda). 4) hayotiy tarmoqlari: - oilasi (eri, xotini, ota-ona va bolalariga munosabati); - kasbi va mutaxassisligi; - siyosiy va jamiyatdagi faolligi; - bo‘sh vaqtini o‘tkazishi; - sog‘lig‘i; 5) xulqi:

Page 115: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

115

- doimiy kayfiyati (me’yorida, ko‘tarinki, yomon, qiyinchiliklarga munosabati, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi yoki yo‘qotib qo‘ymasligi, befarq bo‘lishi);

- hissiyotlaridagi o‘zgarishlari (tez, o‘rta, oson jahli chiqishi, arzimas narsalarga kayfiyatining buzilishi);

- irodasining ko‘rinishi (mustaqil, mustaqil emas, intizomli, qat’iy, qo‘rqmas va h.k.);

- murakkab vaziyatlardagi xulqi (tinchlikni saqlaydi, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi, nutqi va harakatlarining mantiqiyligi yoki bunday emasligi);

- ichib olgan holatidagi xulqi (tinch, agressiv, nazoratni yo‘qotishi, sergap, holi qolishni istashi va h.k.);

- axloqiy xulqi (axloq normalariga rioya qilishi, ayollar bilan muno-sabati, rostgo‘yligi, murakkab vaziyatlarda jasurlik ko‘rsatishi va h.k.);

6) temperament va xarakteri: Temperamenti: - muomala qila olishi (suhbatdosh, suhbatdosh emas, kamgap, uyat-

chan, qat’iyatli, qat’iyatsiz, sardor bo‘lishga moyil va h.k.); - emotsional (bosiq, qiziqqon, vazmin, xafaqon, o‘zini tuta oladi –

tuta olmaydi, tushkun yoki ko‘tarinkilik). Xarakteri: - xarakterining jihatlari: odamlar bilan munosabatda bo‘lganda

xushmuomalali, talabchan, sinchkov, vijdonli, o‘zi va o‘zgalarga bo‘lgan munosabati va h.k;

- xarakteridagi kamtarlik jihatining ustunliklari (birinchi, ikinchi, keskin ko‘rinishlari);

- xarakteridagi agressivlik, tajovuzkorlik, manmanlik va kibrga berilganligi, o‘ziga yuqori baho berishi, pessimistik qarashlar, stressga tez tushuvchi va h.k.).

7) xulqining motivatsiyasi: - ehtiyojlarining ustuvorligi (fiziologik o‘zini o‘zi saqlab qolish,

ijtimoiy guruhda munosib bo‘lishi, o‘zining shaxsiga hurmatda bo‘lishi va o‘zini ko‘rsata olishi).

Qadriyatlar: a) shaxsiy qadriyatlar (yuksalish, o‘zgalarga yordam berish, aniq

faoliyat va ehtiyojlarini qondirish yo‘nalishlari); b) ijtimoiy qadriyatlar (jamiyat qabul qilgan norma, an’analarga

bo‘lgan yo‘nalishlari, huquqiy tartibni hurmat qilishi); v) moddiy qadriyatlar (pul, buyum, mulk kabi tushunchalarga muno-

sabati);

Page 116: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

116

g) siyosiy qadriyatlar (demokratiyaga, siyosiy partiyalar, davlatning siyosiy hayotiga bo‘lgan munosabati, shaxsiy, ilmiy qarashlari);

d) g‘oyaviy qadriyatlar (dunyoqarashi, diniy qarashlari), qiziqishlari, ideallari.

8) ijtimoiy moslashuvi: - ijtimoiy atrof-muhitga munosabati (tanish odamlar va do‘stlari

bilan munosabatlari, o‘zgalar tomonidan uning tan olinishi, qarindosh-urug‘lari bilan aloqalari);

- ijtimoiy vaziyatni qabul qilishi (aniq sharoitdan kelib chiqishi, mantiqli yoki mantiqsiz harakatlari, vaziyatga tez moslashuvi);

- o‘zini o‘zi baholashi. 9) qobiliyatlari: - umumiy qobiliyatlari (nutq tezligi-sekinligi, tez eslab qolishi,

tasavvurining boyligi, xulosalarining kengligi); - maxsus qobiliyatlar (tashkilotchilik, pedagogik qobiliyati, tani-

shish, yaqinlashish, odamlarga ta’sir o‘tkazish va ularni tushunish qobiliyati).

Ushbu «sxema» orqali muloqot jarayonida huquqbuzarlik sodir etish-ga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs to‘g‘risida ma’lumot yig‘iladi va unga baho berish amalga oshiriladi. Muloqot jarayonida turli usullar (masalan: tarjimai hol usuli, test sinovlari, yozuv, xatlarni tahlil qilish va h.k.) dan foydalanish mumkin.

Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarning huquqbuzarlik sabablari-ni o‘rganishda ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida yondashish talab etildi.

Profilaktika inspektorining huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘l-gan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan amalga oshiradigan profilaktika suhbati quyidagi tash-kiliy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

profilaktika suhbatini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish; to‘g‘ridan-to‘g‘ri profilaktik suhbat o‘tkazish; o‘tkazilgan profilaktika suhbati natijalarini tahlil qilish va baholash. Profilatika inspektori profilaktik suhbatni amalga oshirishga tayyor-

garlik ko‘rish bosqichida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: – metodik jihatdan ta’minlanganlik; – texnik jihatdan ta’minlanganlik; – psixologik tayyorgarlik; – pedagogik tayyorgarlik;

Page 117: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

117

– tadbir o‘tkaziladigan joydagi sharoit; – obyektning individual xususiyatlarini o‘rganish; – sharoit va obyektga xos xususiyatlarni e’tiborga olib, profilaktik

ta’sir etish usul va shakllarini ishlab chiqish hamda asosiy jihatlarini bel-gilab olish.

Profilatika inspektori to‘g‘ridan-to‘g‘ri profilaktik suhbatni o‘tka-zish bosqichida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

– yakka tartibdagi profilaktik ta’sir etishning usul va shakllari obyektga nisbatan qanday ta’sir etayotganligi bo‘yicha muntazam nazo-rat olib borishi;

– obyektni yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar uning manfaatlari yo‘lida olib borilayotganligiga ishontirish, aks holda imkon qadar profi-laktik ta’sirning usul va shakllarini o‘zgartirishi;

– suhbat jarayonida obyektning qiziqishlari, muammolari hamda ehtiyojlarini o‘rganishi;

– obyektni qiziqtirgan savollariga javob berish, shuningdek mavjud muammolarini bartaraf etish hamda ehtiyojlarini qondirish yuzasidan huquqiy maslahatlar berishi.

Profilaktika inspektori o‘tkazgan profilaktik suhbat natijalarinini tahlil qilish va baholashda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

– o‘tkazilgan profilaktik suhbat o‘z maqsadiga erishdimi, agarda erishmagan bo‘lsa unda yana qanday profilaktik ta’sir chora-tadbirlarni o‘tkazishni belgilash lozim;

– profilaktik suhbatni tashkillashtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatoliklarni aniqlab, kelgusida unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yi-cha xulosalar qilishi;

– o‘tkazilgan profilaktik suhbat yetarlimi, agar yetarli bo‘lmasa yana qanday qo‘shimcha profilaktik suhbat o‘tkazish lozim.

Profilaktika inspektorining huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘l-gan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs-lar bilan o‘tkaziladigan profilaktik suhbati ushbu toifadagi shaxslarning turmush tarzi hamda xulq-atvorini kuzatish, ular tomonidan huquqbuzar-lik sodir etilishining oldini olish nisbatan kelgusida boshqa g‘ayriijtimoiy harakat yoki huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishga qaratilgan.

Profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs bilan profilaktik suhbatini psixologik bilimlariga tayangan holda quyidagi bosqichlarda amalga oshiradi:

Page 118: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

118

Birinchi bosqich – suhbatdosh bilan emotsional aloqa va munosabat o‘rnatish.

Ushbu bosqichning asosiy vazifasi – shaxsning emotsional «qabul qilinganligiga», uni tushunishga tayyor ekanligiga ishontirish. Buni nafaqat so‘z bilan, balki uning emosional taranglik darajasini kamaytirib, noverbal empatiya bilan ham ifodalash kerak. Shunda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs o‘z vaziyati, ijtimoiy-moddiy, oilaviy ahvoli va boshqa holatlari, shuningdek boshidan o‘tkazayotgan kechinmalarini ochiq-oydin gapirish imkoniga ega bo‘ladi. Emotsional qabul qilinish, tushunishga tayyorlik g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni, huquqbuzarlik sodir etilishini pasaytiradi.

Dastlabki bosqichda foydalanuvchi psixologik usullar aloqa va kommunikatsiyani o‘rnatishga yordam beruvchi usullardir. Ular bir nechta turdan iborat.

«Mazmunini takrorlash». Ushbu usul bilan uni diqqat bilan tingla-yotganligi va tushunayotganligi xabar qilinadi.

«Emotsiyalarni aks ettirish». Biror emotsional komponent, faktni ajratish va uni suhbatdoshga yetkazish. Bu usul emotsiyalarni anchagina yorqinroq, ochiqroq ifodalashni rag‘batlantiradi va profilaktik hisobga olingan shaxsni har qanday holatda ham huquqbuzarlik sodir etmaslikka tavsiya etadi.

«Vaziyatni nomlash». Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs bil-dirgan o‘y-fikrlaridan ularning asosiy ma’nosini ajratib olishi kerak.

«Voqea-hodisalar ketma-ketligini aniqlash». Unga xabar qilingan faktlarni sabab-oqibat bog‘lanishlari yoki davriy-vaqt ketma-ketligida takrorlash lozim.

«Ishlanma». Mavzuda chuqurlashish. Siz muammoni tushunib ol-ganingizdan so‘ng suhbatni eng muhim deb hisoblangan masalani muho-kama etishga yo‘naltirasiz. Ishlanma juda ziyraklik bilan, odob doirasida amalga oshirilishi lozim va uni tergov qilishga aylantirib yubormaslik kerak! Agar muammo haqiqatan ham shaxs uchun juda muhim bo‘lsa, u bunga u yoki bu shaklda yana qaytadi.

«Verballashtirish». Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs nazarda tutayotganlarni aytish. Bu usul interpretatsiyaga yaqinlashadi. Verballashtirishning mazmuni faqat xodimning o‘zi nazarda tutgan holatlardagina hisoblanishi kerak.

Page 119: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

119

«Emotsiyalar manbaini izlash». Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsga o‘zining emotsional holati haqida o‘ylab ko‘rish va uning be-vosita sabablarini aniqlash taklif etiladi. Ushbu usul profilaktik hisobga olingan shaxsga uning xatti-harakatlari bilan boshqa odamlar xatti-hara-katlari va unda yuzaga keluvchi emotsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglashga yordam beradi.

Ikkinchi bosqich – huquqbuzarlik sodir etishga olib kelgan voqea-hodisalar ketma-ketligini aniqlash, ularni bartaraf etishga ko‘maklashish.

Avvalambor, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbu-zarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsni va huquq-buzarlik sodir etish vaziyatga jalb etilgan boshqa shaxslarni ijtimoiy-demografik tavsiflari, ularning mikroijtimoiy guruhda egallagan o‘rni aniqlanadi. Profilaktik hisobdagi shaxsning o‘zi hamda ma’lumoti, oilaviy maqomi haqidagi hikoyalari uning ongida ma’lum bir guruhga tegishli ekanligi borasidagi tasavvurlarini faollashtirib, buzilgan shaxsiy identifikasiyasini yengib o‘tishga yordam beradi.

Keyin esa joriy qaltis vaziyat, yuzaga kelgan voqea-hodisalar ketma-ketligi aniqlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs hikoyasida o‘ziga xos alohida e’tiborni huquqbuzarlik sodir etishning huquqiy va psixologik oqibatlarini tushuntirishga qaratadi.

Ko‘p hollarda profilaktik hisobga olingan shaxsning huquqbuzarlik sodir etishi uning shaxsiy kamchiligi, nuqsoni va yo‘l qo‘ygan xato xatti-harakatlari tufayligina sodir bo‘lganidek tuyuladi. Bu yerda xuddi shunday vaziyatlar boshqa odamlar hayotida ham sodir bo‘lishi mumkin-ligini odob doirasida ziyraklik bilan ta’kidlash zarur va bunday vaziyat-lardan chiqib ketish choralarini ruhiy ta’sir etish orqali tushuntirish kerak.

Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbu-zarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsning oila a’zolarining unga nisbatan munosabatlarini ham aniqlash muhimdir.

Suhbat to‘g‘ri olib borilganida huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs o‘z hayotiy muvaffaqiyatlari va yutuqlari, yengib o‘tgan qiyinchi-liklari haqida eslaydi, o‘zini shaxs sifatida yaxshiroq anglaydi (muvaf-faqiyat va yutuqlar terapiyasi).

Suhbat olib boruvchi profilaktika inspektori (psixolog, rahbar) huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan

Page 120: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

120

hamda profilaktik hisobga olingan shaxs boshidan kechirayotgan psixo-logik jarayonlarni aniq bilishi kerak. Bu suhbatlashilayotgan shaxsning muammosi qanchalik murakkab va qiyin bo‘lmasin, uni tushunish haqida tasavvur hosil qiladi. Natijada g‘ayriijtimoiy harakat sodir etishga bo‘l-gan urinish qisman bo‘lsa ham kamayadi.

Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, suhbatning ikkinchi bosqichi mobaynida profilaktika inspektori tomonidan aloqa va kommunika-tsiyani qo‘llab-quvvatlovchi va chuqurlashtiruvchi usullar qo‘llanilishi lozimligini aytish mumkin. Ular:

- «vaziyatni tizimlashtirish»; - «vaziyatning faqat ungagina xosligini yengish»; - «muvaffaqiyatlari bilan qo‘llab-quvvatlash»; - «kontekstga kiritish»; - «keskinlikni bartaraf etish»; - «muvaffaqiyat va yutuqlar terapiyasi» va hokazo. Uchinchi bosqich – huquqbuzarlik va jamiyatga zid xatti-harakatni

sodir etishga olib keluvchi vaziyatni bartaraf etish borasida hamkor-likdagi faoliyat. Profilaktika inspektorlari shaxs uchun yana nima pozitiv ahamiyatli bo‘lib qolayotganligini aniqlashga harakat qiladi. Huquqbu-zarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs yana nimani qadrlaydi? Hayotdagi muammolari haqida so‘z borganda emotsional jonlanish belgilarini aniq-lab oladi. Shunda profilaktika inspektorida shaxsga avvallari huquqbu-zarlik va jamiyatga zid bo‘lgan xatti-harakatni sodir etishga olib keluvchi vaziyatlarni bartaraf qilishga yordam bergan usulni topish, inobatga olish, imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Ular foydali va hozirgi muammo-ning yechimi bo‘lishi mumkin.

Avvalo, vaziyatni intellektual nazoratga olishga asoslangan holda, shaxsni huquqbuzarlik sodir etishga undovchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishning eng mos va qulay yechimini anglab yetishiga erishish zarur.

Shundan keyin muammo ancha mayda potensial yechimli vazifa-larga bo‘lib tashlanadi. Muammoni hal etish uchun bir nechta birlamchi yechimlar ilgari suriladi. Bunday yechimlar profilaktika inspektori tomo-nidan (rahbar yoki psixolog) umumiy, yakunlanmagan ko‘rinishda taklif etiladi. Ularning yakunlanmaganligi huquqbuzar shaxsning shaxsiy faol-ligini oshiradi.

Birlamchi yechimlar tahlili natijasida g‘ayriijtimoiy xatti-harakat yoki huquqbuzarlikni keltirib chiqaruvchi omillarni yengib o‘tishga

Page 121: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

121

yo‘naltirilgan xulq-atvorning konstruktiv rejasi ishlab chiqiladi. Xulq-atvorning adekvat usullarini psixolog bilan hamkorlikda qo‘llash huquq-buzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsga o‘z kuchiga ishonch, pasayib ketgan o‘z-o‘zini baholashning tiklanishi, o‘z xulq-atvori uchun mas’uliyatining oshishiga yordam beradi. Quyidagilar uchinchi bosqichning yetakchi usullari bo‘lib xizmat qiladi:

1) «interpretatsiya» – huquqbuzarlikni keltirib chiqaruvchi vaziyat-ning huquqbuzar shaxs tomonidan inobatga olinmagan ma’lum bir tomoni mavjudligi va xuddi shunday vaziyatni yechish mumkin bo‘lgan usullar-ni ko‘rsatuvchi farazni ilgari surish.

2) «rejalashtirish» – bo‘lajak faoliyat rejalarini so‘zda ifodalashga undash. U asosan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbu-zarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsga uning uchun noxush vaziyatlardan qutulishda nima qilish mumkinligini o‘ylab ko‘rish taklifi ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Rejalashtirish nafaqat yechilishi talab etiluvchi muammolarni, balki shaxsning shaxsiy xulq-atvorlari elementlarini ham o‘z ichiga oladi. Agar rejalashtirish ma’mu-riy nazorat ostidagi shaxs tomonidan amalga oshirilsa, bunda asosiy rol psixologda bo‘lgan holatlardan farqli ravishda, rejalashtirilayotgan sa’y-harakatlar amalga oshishining ehtimolligi yuqori bo‘ladi.

3) «pauzani ushlab turish» – mutaxassisning maqsadga yo‘naltiril-gan holda sukut saqlashi bo‘lib, u huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsga ishlab chiqilayotgan rejani gapirib berish imkoniyatini berish maqsadini ko‘zda tutadi. Sukut saqlash xodimga psixolog uning so‘zlari-ni kutayotganligini anglatishi kerak.

4) «yakunlovchi bosqich» – sa’y-harakatlar rejasi iloji boricha aniq, ravshan, ketma-ket, qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Bu bosqichda huquq-buzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsga bir necha marotaba gapirish, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonishni singdirish, avvallari ham huquqbu-zarligi uchun javbgarlikka tortilganligi oqibatlarini eslatib, xuddi shunday vaziyatga tushib qolishini oldini olishning yechimini topish uchun shaxsni yuqori darajada irodali va maqsadga intiluvchan bo‘lishga chaqirish.

Ushbu bosqichning yetakchi usullari: mantiqiy argumentlash; ishontirish; ogohlantirish;

Page 122: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

122

ishonchni ratsional singdirish hisoblanadi. Suhbat yakunida sa’y-harakat rejasi yana bir bor takrorlanadi va

takroriy uchrashuv taklif etiladi (aniq sanasi ko‘rsatiladi). Suhbat jarayonida sekin-astalik bilan empatik tinglash pozisiyasidan

vaziyatni bilishni o‘zlashtirish, egallash va amaliy yechishda ishtirokchi pozitsiyasiga o‘tiladi. Bu uning verbal faolligining o‘zgarishida ifodala-nadi. Birinchi bosqichda psixolog yoki rahbarning (suhbat o‘tkazuvchi-ning) verbal faolligi huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquq-buzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxs holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda faollik minimal darajada ortib boradi. So‘nggi bosqichda suhbat olib boruvchining faolligi maksimal darajaga yetadi.

Tajribalarning ko‘rsatishicha, profilaktik suhbat davomiyligi 1,5 soatdan 2 soatgacha bo‘ladi.

Ikkinchi suhbat odatda 2-3 kundan so‘ng boshlanib, uning maqsadi vaziyatni aqlan idrok etish, anglashdan iborat bo‘ladi.

Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan profilaktik ishlarni olib borishda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olinganlar shaxsini har tomonlama va sinchiklab o‘rganish (shaxsning ijobiy sifatlarini aniqlash maqsadida);

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar o‘zlarini yaxshi tutishlari uchun maxsus va pedagogik vaziyatlarni tashkil etgan holda ta’sir etishni amalga oshirish;

ma’naviy-moddiy rag‘batlantirish usulidan foydalanish; huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir

etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga solish usullarini tanlash;

huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish orqali to‘g‘ri hayotga yo‘naltirish.

Shu bilan birga, profilaktika inspektorlari ayrim turdagi huquqbuzar-liklarning oldini olishda, ular bilan profilaktik ishlarni amalga oshirishda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim. Masalan, profilaktika inspektori yakka tartibdagi

Page 123: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

123

profilaktika ishlarini olib borishda giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchi shaxslar bilan ularning quyidagi belgilarini bilishlari kerak:

Fiziologik belgilari: terining oqarishi; ko‘z qorachig‘ining torayishi yoki kengayishi, ko‘zning qizarishi

yoki xiralashishi; nutqning buzilishi, ya’ni sekin gapirish va nutqdagi chalkashliklar; ozib ketish, ishtahaning yo‘qolishi yoki me’yoridan ko‘p ovqat-

lanish; surunkali yo‘tal; harakat koordinatsiyalarining yomonlashuvi. Xulq-atvoridagi belgilari: sababsiz tez jahli chiqishi, bo‘shanglik; ishlash qobiliyatining faollashuvi; diqqat va xotiraning pasayishi, narsalarga qiziqishning yo‘qolishi; tushunarsiz sabablarga ko‘ra ishga yoki maktabga bormaslik,

uydan ketib qolish; ma’lum narsalarga nisbatan fikrni jamlashda qiyinchilik; uyqusizlik; kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi va bildirilgan tanqidlarni

noto‘g‘ri qabul qilish; charchoqni juda tez his qilishi; o‘ziga yaqin odamlar bilan munosabatga kirishishdan qochish; maktabdagi davomatning pasayib ketishi; doimiy ravishda pul so‘rashi; uydagi qimmatbaho buyumlar, nodir kitoblar, kiyim-kechak, audio

va video texnikalarni yashirin ravishda sotish; tez-tez telefonlar bo‘lishi; yolg‘on va uydirma gaplarni so‘zlashi; hozirjavoblikdan qochish, bo‘lmagan narsalarni gapirishga moyillik; asosiy vaqtni asotsial guruhdagi odamlar bilan o‘tkazish. Oshkora belgilari: tanadagi ninaning belgilari, kesiklar va ko‘karishlar; pul va qog‘oz buyumlarining trubka shaklidagi holati; plastik kartalarning yon qismidagi oq dog‘larning mavjudligi; kichik qoshiqlarning tashqi tomonida qora dog‘larning mavjudligi;

Page 124: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

124

kapsulalar, kichik butilkachalar va temir bankalar, uyqu yoki tinchlantiruvchi dorilarning mavjudligi.

Profilaktika inspektori surunkali ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslar bilan faoliyatini tashkil etishda ta’kidlangan psixologik jihatlariga diqqatini qaratmog‘i zarur. Sababi, ushbu salbiy illatlar domiga duchor bo‘lgan shaxslar ruhiyatiga keskin o‘zgarishlar yuzaga keladi: xulqidagi yuqori agressivlik, yakkalanish, yolg‘izlikka intilish, insonlar bilan munosabatlarga kirishishdan qochish, hissiyotlarga tez berilish, tushkunlik kayfiyatining doimiyligi, o‘z-o‘zini nazorat qila olishning yetarli emasligi, o‘ziga ishonchsizlik, yuqori dara-jada ruhiy ozorlanish va boshqalar.

Profilaktika inspektorlari ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvand-likning salbiy oqibatlari haqida fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish jarayonida muomala qonuniyatlariga rioya etish lozim.

Shuningdek, oilada sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktika inspektorining xizmat majburiyatlariga kiradi. Profilak-tika inspektorlarining jamoat tuzilmalari bilan oila-turmush sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash, umumiy va yakka tartibda profilaktika ishlarini tashkil etishda ular bilan hamkorlikni amalga oshi-rish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, profilaktika inspektorlari notinch oilalarni aniqlash, ular-da sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, hisobga qo‘yish, tegishli jazo choralarini qo‘llash hamda ular bilan yakka tartibda tarbiya-viy ishlarni amalga oshirishda jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi, xususan:

1) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; 2) diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha

maslahatchilar; 3) mahalla jamoat posboni. Profilaktika inspektori jamoat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda:

notinch oilalarni aniqlab, oila a’zolari o‘rtasida buzilgan munosabatlarni tiklash, oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etuv-chi shaxslarning xulq-atvorini jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish; farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan ota-onalarni aniqlash, ular bilan tarbiyaviy profilaktik suhbatlar olib borish; oilaviy janjalkashlarni aniqlash va ular bilan profilaktik ishlarni tashkil etish; ilgari sudlangan shaxslarning faoliyatini nazorat qilish; sodir etilgan jinoyat va huquq-

Page 125: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

125

buzarliklarning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilishga doir qator tadbirlarni amalga oshiradi.

Profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan muloqotga kirishish maqsadida muloqot jarayonining psixologik jihatlarini o‘rganishi xizmat faoliyatida qo‘l keladi. Shu sababli, xodim profilaktik, pedagogik hamda ruhiy ta’sir etish jarayonida muomalaning usul va vositalaridan foydalanishi lozim.

Muloqot har qanday faoliyatning zarur muhim jihatidir. Aynan mu-loqot jarayonida va faqat u orqali insonning mohiyati namoyon bo‘ladi, bir-birini tushunishga intiladi, ishni bajarish chog‘ida uyg‘unlikka erishi-ladi, u yoki bu holatlarda o‘zaro xatti-harakatlarini bashorat qilish qobi-liyati shakllanadi yoki aksincha, nizolar va axloqiy ziddiyatlar, ishda kelishmovchiliklar yuzaga keladi, muloqotda sherigining xatti-harakatiga oldindan ko‘zi yetmaydi, qobiliyatsizligi namoyon bo‘ladi.

Shuni unutmaslik kerakki, profilaktika inspektori davlat boshqaruv organi xodimi, uning adolatli va odil himoyachisi hisoblanadi. U qo‘pol-lik va dag‘allikka xuddi shunday munosabatda bo‘lishga haqli emas va tarbiyasizga tarbiyasizlarcha munosabatda bo‘lishi mumkin emas. U har yerda o‘zining xulq-atvori bilan ibrat bo‘lishi, o‘zining ma’naviy va ma’-rifiy yetukligi, yuksak siyosiy ongi, madaniyati, yurish turishi, kiyinishi, muomalasi, axloq-odobi bilan yosh avlod qalbida o‘zlariga nisbatan havas uyg‘otishga intilishi kerak1.

Ma’lumki, suhbat jarayonida odamlarning biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqiy asoslangan so‘zlardan foydalanib, ta’sir-chan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni – tinglash qobiliya-tiga esa deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh – yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi1.

1 Дейл Карнеги. Муваффаққият калити. – Т., 2012.– Б.84.

Page 126: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

126

11-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING FUQAROLAR BILAN PSIXOLOGIK MULOQOT

QILISHI YUZASIDAN METODIK TAVSIYALAR

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 4-iyuldagi

«O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati haqidagi Qo‘llanma»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 96-sonli buyrug‘ining 23-bandida shunday deyiladi: «Har bir xodim fuqarolar bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, ularning murojaatini diqqat bilan eshitishi, vakolati doirasida ko‘rib chiqishi va masalasini hal qilishga intilishi zarur. Fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning qonunga zidligini tushuntiradi hamda qonunda belgilangan chorani qo‘l-lash masalasini hal etadi». Xuddi shu buyruqning 29-bandida esa: «Ichki ishlar idoralari xodimi aholi bilan aloqani mustahkamlab, takomil-lashtirib boradi. Ichki ishlar idoralari xodimi degan yuksak nomni yodda saqlagan holda, xizmat vazifasiga doir ish yurituvi davomida hamda insoniylik burchini bajarish vaqtida fuqarolardan turli ko‘rinishdagi hadya va sovg‘alarni olmaydi va xizmat aytmaydi»1, deb ta’kidlab qo‘yilgan. Yuqoridagilarga asoslanib, ichki ishlar idoralarining xodimlari quyidagilarga qat’iy amal qilishlari lozim. Bu qoidalar orqali har qanday auditoriyani, mehnat jamoasini va turli toifadagi shaxslarni o‘ziga jalb qila oladi va ular bilan munosabatga kirishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular quyidagilar:

1. Har doim erkin so‘zlashga intiling, so‘zlashdan oldin hayajonlan-maslikka harakat qiling. Chunki, erkin so‘zlagan odam hayajonlanmaydi;

2. Nutq so‘zlashdan oldin puxta tayyorgarlik ko‘ring. Yaxshi tayyor-garlik a’lo nutq garovidir. Nutq muddati qisqa bo‘lsin, shunda unga tayyorlanish uchun imkoniyat ko‘payadi;

3. Har qanday nutqingizning davomiyligi 20 daqiqadan oshmasin, aks holda zerikarli bo‘ladi;

4. Gapirib o‘ylamang, balki o‘ylab gapiring; 5. Ko‘proq tinglang, shunda ko‘p narsani bilib olasiz. Tinglay olish

ham san’at. «So‘z – kumush, sukut – oltin» naqliga amal qiling; 6. O‘zingizda qat’iyatni shakllantirish uchun ko‘proq mashq qiling,

ya’ni eng avvalo o‘z yaqinlaringiz yoki hamkasblaringiz oldida nutq so‘zlab ko‘ring;

1 Ўзбекистон Республикаси ички идоралари ходимларининг касб мада-нияти ҳақида қўлланма. – Т., 2011. – Б.9.

Page 127: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

127

7. Biron-bir joyda nutq so‘zlaydigan bo‘lsangiz kamroq ovqatlaning, chunki ko‘p ovqatlanish fikrlashni susaytiradi;

8. Omma oldida so‘zlashdan oldin uning ssenariysini oldindan tax-miniy rejalashtiring, ammo tashqi ta’sirlarni ham inobatga oling. Masa-lan, nutq so‘zlaganingizda sizga tasodifan savol berishlari mumkin. Shu-ning uchun gapirayotgan gapingizdan qanday xulosalar chiqishi mum-kinligini oldindan anglab oling;

9. Siz qanday audtitoriyada nutq so‘zlashingiz mumkinligini oldin-dan bilganingiz ma’qul. Chunki, ularning yoshi, kasb-kori, yashash joyi, ehtiyojlarini oldindan bilish, nutqingizning jonli chiqishiga asos bo‘ladi;

10. Har doim reglamentga rioya qiling. Buning uchun nutqingizning keng va tor shakllarini o‘ylab qo‘yganingiz ma’qul. Bunda ko‘proq sta-tistik ma’lumotlar va kam ishlatiladigan murakkab terminlardan foydala-nishga harakat qiling;

11. Shuni yodda tutingki, har qanday nutqning boshi, o‘rtasi va oxiri bo‘ladi. Eng asosiysi, siz nutqingizning qanday tugatish haqida o‘ylang;

12. Siz notiqsiz, birinchi jumlani va nutqning xulosa qismini o‘y-lashga majbursiz, qolgan gaplarni o‘z yo‘nalishida bog‘lab ketaveri-shingiz mumkin;

13. Rasmiy hujjatlarni, notanish matnlarni o‘qib berishingiz mum-kin. Nutqning boshqa turlari esa o‘qilganlarni mustahkamlaydi, ya’ni yuqorida ko‘rsatilgan matnlardan tashqari qo‘shimcha nutq matnini yozish shart emas. Chunki yozgan matningiz gapirishingizni qiyinlashti-radi. Tajribasiz notiq yozilganlardan nimanidir tushirib qoldirishdan qo‘rqib, battar xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin;

14. Ommaviy tadbirlarda nutq so‘zlashdan oldin o‘zingizning tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering. Iloji boricha dadil, vazmin va qomatni tik tutib gapirishga harakat qiling;

15. Siz gapirganingizda hayajonlansangiz aslo qo‘rqmang, har qanday aqlli odam omma oldiga chiqqanida hayajonlanishi tabiiy, siz hayajonni so‘zlarga, emotsiyaga o‘tkazishga harakat qiling, ma’ruzangiz emotsional va jozibali bo‘lishiga intiling;

16. Juda qattiq hayajonlanish zararli. Undan qochish kerak. Chiqish qilishdan oldin yaxshi narsalar haqida o‘ylang va nutq mazmunidan o‘zingizni chalg‘iting. Auditoriya haqida o‘ylab vahima qilmang. Agar buni ilojini topolmasangiz yoki chalg‘ish yordam bermasa, qo‘llaringizni yelka kengligiga qo‘yib, barmoqlaringizni buking. So‘ngra sakrab, bir qancha harakatlar qilib, orqaga chalqaying. Agarda buni ham ilojini topolmasangiz, oyoqlaringizning barmoqlarini kuchli harakat qildiring;

Page 128: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

128

17. Nutq oldidan va gapirayotgan vaqtingazda suv ichmang, suv yuragingizga keraksiz yuk bo‘ladi va ovozingizni bug‘adi. Chiqish qilish oldidan keraksiz gaplardan gaplashmang;

18. Gapirish vaqti kelganda tashqi ko‘rinishingizni to‘g‘rilab, dadil qadamlar bilan nutq so‘zlash lozim bo‘lgan joyni egallang;

19. Ustingizdagi kiyim-kechaklaringiz keng yoki o‘ta tor bo‘lmasin, poyafzalingiz oyoqlaringizni siqib qo‘ymasin, galstugingiz bo‘yningizni bo‘g‘ib qo‘ymasin. Libosingizning tor yoki kengligi erkin gapirishingizga va o‘zingizni erkin tutishingizga xalaqit beradi;

20. O‘zingizni to‘g‘ri tuting, yelkangizni biroz buring. Iyagingizni biroz ko‘tarib, boshingizni to‘g‘ri tuting. Oyoqlaringiz yelka kengligida bo‘lsin. Qo‘llaringizni qorin ustida siqib ushlamang, buklamang, bar-moqlaringizni chalkashtirmang, qo‘llarni orqaga qilmang, cho‘ntakka tiqmang, oyoqlaringizni chalishtirmang;

21. Notiq qotib turmasligi, qo‘llarini erkin tutishi, gapirayotgan paytda qo‘llarini silkitmasligi, juda qotirib gavdaga yopishtirib ham tur-masligi lozim. Gapirish tempini, ovozini mazmunga qarab o‘zgartirib turishi kerak. Nutq yumshoq va ishonchli bo‘lishi, lekin juda cho‘zilib ketmasligi kerak;

22. Gapirayotganda og‘izni me’yorida ochib gapirish, me’yorida nafas olish va chiqarish lozim. Ovozni auditoriyaning katta-kichikligiga qarab moslash, o‘ta baland ovozda qichqirib gapirmaslik kerak;

23. Ovozni yuqoriga va pastga yo‘naltirmang, tinglovchilarga to‘g‘ri yo‘naltiring;

24. Imkoni boricha mikrofondan foydalanmang, mikrofon audito-riyadagilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishga xalaqit beradi;

25. Auditoriyaga tabassum bilan yuzlaning, ular diqqat bilan sizga boqmoqda. Ularga kuchli nazar va xush kayfiyatda ko‘rinasiz;

26. Oz fursat jimlik saqlang. Agar shovqin boshlansa jimlikni cho‘zing va birdan auditoriyaga qattiq nazar tashlang;

27 Nutqingizni yumshoq va yengil boshlang. Kuchli zarb bilan boshlamang, aks holda nutqingizni yakunlashga kuchingiz yetmay qoladi, tinglovchilarning ham toqati toq bo‘ladi;

28. Gapirayotganingizda shuni unutmangki, sizni eshitishni istagan odamlarga murojaat qilyapsiz, nimani yozsangiz ham sig‘diraveradigan qog‘ozga emas;

29. O‘zingizni tutib ishonch bilan gapirsangiz sizni ham zavq bilan tinglashadi;

Page 129: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

129

30. Temp oralig‘ini saqlagan holda baland ovozda gapiring. Keng va muhim ma’lumotni qisqa vaqtga sig‘dirishga urinmang. Shoshib gapirgan notiq ma’lumot berishdan qo‘rqadi va minbardan tushirib yuborishlarini kutadi;

31. Gapirayotgan vaqtingizda auditoriyani kuzating. Tinglovchilar-ning diqqati sizga qaratilgan. Biroq nutqingiz davomida bir shaxsga hadeb murojaat qilavermang, chunki har bir tinglovchi qaysi nuqtaga qarayotganingizni, kimga qarab gapirayotganingizni kuzatib turibdi;

32. Katta auditoriyadan qo‘rqmang, kichik auditoriyadan qo‘rqing. Auditoriya qancha katta bo‘lsa, ishontirish shuncha oson bo‘ladi;

33. Ortiqcha gapirmang. Notiq nimaniki gapirsa, omma shuni gapi-radi, nimani o‘ylasa, shuni o‘ylaydi. Shuning uchun notiq nima gapiri-shini hamisha o‘ylab gapiradi. Lekin u nimani o‘ylasa hammasini gapira olmaydi va ulgurmaydi;

34. Insonsevar bo‘ling, iloji boricha qisqa gapiring, nutqning omma-bop jaranglashi tinglovchilarning butun borlig‘iga ta’sir qiladi. Ayni damda tinglovchilar aytilayotgan narsalarning o‘zlari uchun eng kerakli ekanligini anglaydi;

35. Iloji boricha adabiy tilda gapirishga odatlaning, chet tiliga xos so‘zlardan imkon darajasida kamroq foydalanishga harakat qiling;

36. Bir so‘zni qayta-qayta takrorlashdan qoching, chunki bu yomon illat;

37. Nutqingizni so‘z bilan emas, jumla bilan bezashga odatlaning. Jumlalar bir-biriga mantiqan bog‘lansin. Boshlagan jumlangizni yakuni-ga yetkazing. Gapirayotgan jumlalaringizning uzun-qisqaligini audito-riya va xonaning kengligiga qarab tuzing. Auditoriya qancha katta bino-da bo‘lsa, gapirayotgan jumlalaringizning o‘rtacha uzunligi shuncha qis-qa bo‘lishi kerak;

38. Nutqda so‘z va jimlikning (pauza) o‘rni galma-galdan almashi-nib turishi kerak. Jim turish so‘z va jumlaning tuzilishiga vaqt ajratish demakdir. Jim turishda auditoriyaning sizning fikrlaringizga berayotgan bahosini anglaysiz. Ammo to‘g‘ri kelgan joyda tinimsiz jimlik ham yarashmaydi. Jimlik auditoriyadan javob kutayotgan paytingizda kerak;

39. Ommabop nutq ohangga bog‘liq: ohang jumlalarga va so‘zga sayqal beradi. Nutq mazmuniga notiqning munosabatini belgilovchi ohang tabiiy va ishonchli bo‘lishi kerak. Ohangni hech qachon jumlalar oxiriga surmang;

40. Notiq ommabop nutq so‘zlayotganda o‘zini bulbulday his etmas-ligi kerak. Siz odamlarning foydasiga gapiryapsiz, o‘zingizni ko‘z-ko‘z

Page 130: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

130

qilish uchun emas. Shuning uchun hamma vaqt nutqingiz ustida ishlang, uning auditoriyaga ta’sirini kuzating. Odamlarning ma’lum guruhi sizni qo‘llash-qo‘llamasligini aniqlang. Sizga e’tiborlimi yoki parishonxotir-mi, qiziqib eshityaptimi yoki ahamiyatsiz, do‘stonami yoki zo‘rma-zo‘ra-ki ekanini kuzating. Notiq gapirayotganda auditoriyada nima bo‘layot-ganini ko‘rib turishi lozim va o‘z vaqtida auditoriya holatini izga solib turish kerak;

41. Agar auditoriyada shovqin ko‘tarilsa, ovozingizni baland qilmang, aksincha, pasaytiring yoki jimgina auditoriyaga diqqat bilan qarang;

42. Zaldagi qochiriq gaplardan qo‘rqmang. Nutq so‘zlayotganingiz-da diskussiyaga yo‘l qo‘ymang. Mo‘ljaldagi gaplaringizning hammasini aytishingiz shart. Nutq davomidami yoki undan keyinmi, sizga berilgan savollarga javobni aniq, tushunarli, qisqa qiling, to‘liq javob berish shart emas;

43. Har qanday nutqning yakuni dadil va mustahkam bo‘lsin. Yakunlovchi ohangda ovozni ko‘tarib kerakli gaplarning hammasini ayt-ganingizni sezdiring, auditoriyaning diqqat-e’tibori uchun minnatdorchi-lik bildirishni unutmang.

Suhbatning samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar I. Bahs taktikasi a) asoslash (isbotlash) jarayonining samaradorligini maksimal tarzda

oshirish; b) raqib dalillarining samaradorligini tushirish; v) tanlangan uslubni qo‘llash yordamida fikr va dalillar almashinuvi

jarayonini faol nazorat qilish; s) bahsda umumiy strategik maqsadlarni ifodalash. II. Bahs yuritish taktikasiga oid tavsiyalar 1) o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lgan narsani isbotlash kerak emas.

Mazkur qoidaning buzilishi, ayniqsa, siyosiy bahsda ko‘p holatlarda isbotlanayotgan obyektning behurmat qilinishiga, asoslashni siyqalashti-rishga, uning quruq safsatabozlikka aylanishiga olib keladi;

2) agar oz narsani asoslash kifoya qilsa, ortig‘ini isbotlashning hojati yo‘q. Aks holda bahsda ko‘tarilgan masala siyqalashib ketishi yoki oppo-nentda noxush taassurot uyg‘onishi mumkin;

3) joriy bahsda zarurati bo‘lmagan narsani tushuntirish kerak emas; 4) tushunib bo‘lmaydigan yoki tushuntirish uchun zarur bo‘lmagan

fakt va ish gipotezasi yo‘q masalani tushuntirish (isbotlash)ga harakat qilish kerak emas;

Page 131: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

131

5) o‘zingiz ishonmagan yoki oxirigacha tushunib yetmagan fikrni tushuntirishga harakat qilmaslik kerak;

6) fikrni bayon etishda chalkashliklarga, ziddiyatlarga yo‘l qo‘yish kerak emas. Aks holda, birinchidan, raqibga tanqid uchun yo‘l ochiladi, ikkinchidan, bahs mavzuidan chetga chiqib ketish mumkin, eng muhimi esa, bahsda ijobiy natijaga erishish qiyinlashadi;

7) raqib keltirgan dalillarga e’tiroz bildirishda me’yorni saqlash lozim. III. Bahs, munozara, suhbatda suhbatdosh (raqib)ni faollashtirish

va o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga yordam beruvchi savol turlari 1) ilmoq-savol – suhbatdosh (raqib)ni chalg‘itish, ruhiy muvozanat-

dan chiqarishga qaratiladi; 2) qarshi savol – suhbatdosh (raqib)ning fikr-mulohazasini yo‘qqa

chiqarish maqsadida beriladi; 3) chegaralovchi savol – suhbatdosh (raqib)ni o‘z nuqtai-nazari

yo‘nalishida fikrlashga majbur etadi; 4) majburlovchi savol – suhbatdosh (raqib)ni o‘z fikri bilan qo‘shi-

lishga da’vat etish uchun qo‘llaniladi; 5) ritorik savol – suhbat, bahs ishtirokchilarini notiq fikri bilan

qo‘shilishini ta’minlaydi; 6) aniqlik kirituvchi savol – suhbatdoshdan qo‘shimcha ma’lumot

olish zarur bo‘lganda beriladi. V. Bahs chog‘ida o‘z fikriga inontirish qoidalari Birinchi qoida. Keltirilayotgan dalillarning ketma-ketligi fikrning

asoslanganligi belgilaydi. Dalil va asoslarning quyidagi tartibi ko‘proq ishontiradi: kuchli dalillar, o‘rta dalillar, bitta eng kuchli dalil. Kuchsiz dalillardan iloji boricha foydalanmaslik kerak, chunki ular foydadan ko‘ra ko‘proq ziyon yetkazadi. Bunda dalilning quvvati (kuchli-kuchsizligi) gapi-rayotgan odam nuqtai nazaridan emas, balki tinglovchi (qaror qabul qiladi-gan kishi) nuqtai nazaridan belgilanishini e’tibordan qochirmaslik kerak.

Ikkinchi qoida. Siz uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan suhbat-doshingiz ijobiy qarorga kelishi uchun uni tilga olishdan oldin gapni ikkita qisqa, suhbatdosh uchun qiyin bo‘lmagan masaladan boshlang.

Uchinchi qoida. Suhbatdoshni chorasiz holatga tushirmang. Unga o‘z qadr-qimmatini, obro‘sini saqlab qolish imkoniyatini bering. Mag‘lu-biyatni u sharmandalik sifatida qabul qilmasin. (Masalan, sizning takli-fingiz yoki fikringiz suhbatdoshingizning ham biron-bir ehtiyojini qon-dirishini, istagiga mosligini ko‘rsating).

Page 132: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

132

To‘rtinchi qoida. Dalil va asoslarning ishonarliligi, ta’sirchanligi so‘zlayotgan kishining imidji yoki mavqeiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Yuqori lavozim yoki jamiyatda tutgan o‘rni, masala bo‘yicha mutasaddi-ligi, obro‘-e’tibori, jamoaning ijobiy fikri kishining mavqeini va u keltirgan dalillarning ishonarliligini oshiradi.

Beshinchi qoida. O‘zingizni yerga urmang, hurmatingizni saqlang, buning uchun o‘zingizga ishonchni yo‘qotmang.

Oltinchi qoida. Suhbatdoshingizning mavqeini yerga urmang, chun-ki suhbatdoshga nisbatan namoyish etilgan hurmatsizlik, e’tiborsizlik salbiy munosabatlar uyg‘otadi.

Yettinchi qoida. Biz yoqtirgan suhbatdoshimizning dalillariga ijobiy yondashamiz, yoqtirmagan kishimizning dalillariga esa tanqidiy munosa-batda bo‘lamiz. Shunday ekan, suhbatdoshda yoqimli taassurot uyg‘o-tishga intilish kerak. Yoqimli taassurotning uyg‘onishi esa ko‘p omil-larga bog‘liq: hurmat bildirish, tinglay bilish, nutq savodi, til ravonligi, yoqimli xatti-harakatlar va tashqi ko‘rinish va hokazo.

Sakkizinchi qoida. Suhbatdoshning fikrini o‘zgartirishni xohlasangiz, gapni o‘zingizni undan ajratib turuvchi narsalardan emas, uning nuqtai nazarida sizga ma’qul bo‘lgan jihatlardan boshlang.

To‘qqizinchi qoida. Suhbatda hushyorligingizni ko‘rsating, suhbat-doshning ruhiy holatini tushunishga, fikrlash yo‘nalishini tasavvur etish-ga, o‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib ko‘rishga, unga hamdardligingizni ko‘rsatishga harakat qiling.

O‘ninchi qoida. Suhbatdoshingizni to‘g‘ri tushunish uchun ting-lashni o‘rganing.

O‘n birinchi qoida. Suhbatdoshingizning fikrlarini to‘g‘ri tushuna-yotganingizni tekshirib turing, buning uchun vaqti-vaqti bilan zarurat bo‘lganda uning fikrini takrorlab so‘rang.

O‘n ikkinchi qoida. Ziddiyatga olib kelishi mumkin bo‘lgan so‘z va harakatlardan o‘zingizni tiying.

O‘n uchinchi qoida. O‘zingizning mimikangiz, xatti-harakatlaringiz va turishingizni nazorat qilib turing.

O‘n to‘rtinchi qoida. Suhbatdoshingizning yuz ifodasi, xatti-harakatlari va turish holatlarini kuzatib boring.

Ushbu tavsiyalarga rioya etish faqat va faqat foyda keltiradi va sizni odamlar tomonidan tushunishini yengillashtiradi deb umid qilamiz.

Page 133: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

133

ILOVALAR

PSIXOLOGIK TEST VA TOPSHIRIQLAR

SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK O‘ZIGA XOSLIGINI

O‘RGANISH METODIKASI

G. Ayzenkning EPI so‘rovnomasi yordamida shaxsning individual o‘ziga xosligini o‘rganish (E. G‘. G‘oziyev, R. Toshimov modifikatsiyasi)

G. YU. Ayzenk testi

So‘rovnoma shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini diag-nostika qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, shaxsning neyrotizm, ekstrovert-introvert xususiyatlarini qanchalik darajada namoyon bo‘lishini o‘rga-nishga qaratilgan.

Sizning odatiy xatti-harakatingizga tegishli bo‘lgan savollar taklif etiladi. Biror-bir narsaga xos bo‘lgan vaziyatni tasavvur qiling va xayo-lingizga kelgan birinchi javobni bering. Agar siz berilgan savolga rozi bo‘lsangiz «ha» deb, norozi bo‘lsangiz «yo‘q» deb javob bering.

Aniq va tez javob berishga harakat qiling, esda tutingki, so‘rovnomada yaxshi yoki yomon savollar keltirilmagan. Bergan javobingizni daftarin-gizga yozib boring.

1. Kuchli hayajonni sinash uchun sizda yangilikka intilish seziladimi? 2. Sizni tushunadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan do‘st kerakligini

his qilasizmi? 3. Siz o‘zingizni tashvishi yo‘q odam deb hisoblaysizmi? 4. O‘ylagan narsangizdan qiyinchiliksiz voz kecha olasizmi? 5. Bir ish qilishdan oldin shoshmasdan, o‘ylab ish tutasizmi? 6. Hatto sizga foydasi bo‘lmasa ham va’dangizda turasizmi? 7. Kayfiyatingiz tez tushib, tez ko‘tariladimi? 8. Ko‘p o‘ylamay tez ish yurita olasizmi? 9. Jiddiy sabab bo‘lmasa ham o‘zingizni baxtsiz deb hisoblaysizmi? 10. Birov bilan bahslashsangiz o‘zingizni ko‘p narsaga qodir ekanli-

gingizga ishonasizmi? 11. Sizga yoqqan qarama-qarshi jinsli kishi bilan tanishsangiz

tortinasizmi? 12. Jahlingiz chiqqanda o‘zingizni yo‘qotasizmi?

Page 134: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

134

13. Ko‘pincha o‘ylamasdan sharoitga qarab ish tutasizmi? 14. Gapirmasam bo‘lar edi, shu ishni qilmasam bo‘lar edi, degan

xayol sizni tez-tez bezovta qiladimi? 15. Sizga kitob o‘qishga nisbatan odamlar bilan uchrashish afzalmi? 16. Hamma narsani o‘zingizga olaverasizmi? 17. Do‘stlar davrasida bo‘lishni yoqtirasizmi? 18. Birovlar bilishni istamagan sirlaringiz bormi? 19. Ba’zan g‘ayratingiz jo‘shib, qadamingizdan o‘t chaqnaydi,

ba’zan esa hamma ishdan hafsalangiz pir bo‘lib, loqayd bo‘lishingiz haqiqatmi?

20. Do‘stlaringiz davrasini eng yaqin do‘stlar bilan chegaralanishini istaysizmi?

21. Siz ko‘p narsani orzu qilasizmi? 22. Sizga baqirib gapirishsa, siz ham shunday javob qaytara olasizmi? 23. Ba’zan o‘zingizni biror narsada aybdor his qilasizmi? 24. Siz o‘z odatlaringizning yaxshi ekanligiga ishonasizmi? 25. O‘z hislaringizga erk berib, do‘stlar davrasida o‘zingizni betash-

vish his qilasizmi? 26. Asabingiz tarang bo‘lgan paytlar ko‘p bo‘ladimi? 27. Sizni xushchaqchaq va ziyrak odam deb hisoblashadimi? 28. Biror ishni bajarib bo‘lgandan keyin shu ishni bundan ham

yaxshiroq bajarishingiz mumkinligi haqida o‘ylaysizmi? 29. Katta davralarda o‘zingizni xotirjam his qilasizmi? 30. G‘iybat qilasizmi? 31. Miyangizga har xil xayollar kelib, sizga uyqu bermaydigan vaqt

bo‘ladimi? 32. Siz biror narsani bilishni istasangiz, do‘stlaringizdan so‘rab-

surishtirishga nisbatan tezroq kitobdan qidirib topishni ma’qul ko‘ra-sizmi?

33. Yuragingiz tez-tez o‘ynab turadimi? 34. Diqqat e’tiborni bir joyga tortadigan ish sizga yoqadimi? 35. Sizni qaltiroq tutadimi? 36. Siz doimo rost gapirasizmi? 37. Bir-birini kamsitadigan davrada o‘zingizni xotirjam his qilasizmi? 38. Serjahlmisiz? 39. Tez harakat talab qiladigan ish sizga yoqadimi? 40. Hammasi yaxshilik bilan tugagan, lekin yomon oqibatlarga olib

keladigan voqealar bezovta qiladimi?

Page 135: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

135

41. Harakatingiz sekin, chaqqon emasligingiz to‘g‘rimi? 42. Siz ishga yoki birov bilan uchrashuvga kechikkanmisiz? 43. Be’mani tushlar ko‘rasizmi? 44. Siz notanish odamni ko‘rganingizda paytni boy bermasdan u

bilan gaplashishga harakat qilasizmi? 45. Sizni biror og‘riq bezovta qiladimi? 46. Do‘stlaringiz bilan uzoq uchrashmasangiz xafa bo‘lasizmi? 47. O‘zingizni asabi yomon kishi deb hisoblaysizmi? 48. Sizning tanishlaringiz orasida sizga yoqmaydigani ham bormi? 49. Siz o‘zingizni o‘ziga ishongan odam deb hisoblaysizmi? 50. Sizning kamchiliklaringizni va ishingizni tanqid qilishsa,

shaxsiyatingizga tegadimi? 51. Ko‘pchilik bilan bajarilgan ishdan qoniqish qiyinmi? 52. Sizni boshqalardan qaysidir jihatdan yomonman, degan fikr

bezovta qiladimi? 53. Zerikarli davrani qizdira olasizmi? 54. O‘zingiz tushunmagan narsalar haqida gapirgan vaqtingiz

bo‘ladimi? 55. O‘z sog‘ligingiz haqida qayg‘urasizmi? 56. Birovlar ustidan hazil qilishni yoqtirasizmi? 57. Uyqusizlik sizni bezovta qiladimi?

Olingan natijalarni hisoblash Olingan javoblar natijasi test «kaliti» bilan solishtiriladi. «Ha»

javoblar test kaliti bilan muvofiq kelsa 1 ball beriladi, mos kelmaydigan bo‘lsa 0 ball beriladi. Olingan ballar hisoblanadi.

№ «HA» «YO‘Q» № «HA» «YO‘Q» № «HA» «YO‘Q» 1. E 20. E 39. E 2. N 21. N 40. N 3. E 22. E 41. E 4. N 23. N 42. L 5. E 24. L 43. N 6. L 25. E 44. E 7. N 26. N 45. N 8. E 27. E 46. E 9. N 28. N 47. N 10. E 29. E 48. L 11. N 30. L 49. E 12. L 31. N 50. N

Page 136: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

136

13. E 32. E 51. E 14. N 33. N 52. N 15. E 34. E 53. E 16. N 35. N 54. L 17. E 36. L 55. N 18. L 37. E 56. E 19 N 38. N 57. N

Tadqiqot o‘tkazuvchi to‘ldirilgan anketalarni yig‘ib olib, har bir tekshiriluvchining javobini testdagi kalit bilan solishtirib chiqadi. Tekshiriluvchilar javoblari yoniga kalitdan mos kelgan harflarni qo‘yib chiqadilar. Oxirida mos tushgan harflar soni hisoblab chiqiladi. «E» va «N» harflari bo‘yicha mos tushgan harflar javobi 0 dan 24 gacha, «L» harflari bo‘yicha ballar soni esa 0 dan 6 gacha to‘g‘ri kelishi mumkin.

Agar «E» shkalasi bo‘yicha ballar soni 12 dan ortiq chiqsa, bu shaxs «ekstrovert» turiga kiradi, ya’ni tashqi muhitga yo‘nalgan, obyektni magnit kabi tortuvchi, qiziquvchan, impulsiv, xulq-atvori mustahkam, muloqotli, ijtimoiy muhitga moslashgan va unda o‘z o‘rnini topgan.

Agar «E» shkalasi bo‘yicha ballar soni 12 dan kam chiqsa, unda shaxs «introvert» turiga kiradi: og‘ir, vazmin, ehtiyotkor, aqlli, muloqot-ga birinchi bo‘lib kirisha olmaydi, o‘z-o‘zini nazorat qilishga va o‘z-o‘zini tahlil qilishga moyil.

«N» shkalasi bo‘yicha 12 dan ortiq chiqsa, bu shaxs «nevrotik /asabiy/» hisoblanadi: o‘zini tuta bilmaslik, irodaviy bo‘sh, serjahl, shu bilan birgalikda faol harakatchan, muloqotli, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi.

«L» shkalasi – «yolg‘onchilik shkalasi» – bu ichki dunyosini och-maslik, fikr va mulohazalarini aytmaslik va boshqalardan sir tutish, od-diy qilib aytganda o‘zini «oynada» odilona qilib ko‘rsatish, yuksak baho-lash demakdir.

Agar tekshiriluvchi varaqasi «L» shkalasi bo‘yicha ballar soni 6 dan ortiq chiqsa, u holda tekshiriluvchi bir oz tanaffusdan so‘ng qayta tekshirilishi lozim. Chunki bunda tekshiriluvchi savollarga tushunmagan yoki ularni yaxshi anglamagan bo‘lishi mumkin. «L» shkalasi bo‘yicha tekshiriluvchi o‘zining imkoniyatlarini baholaydi. Demak:

0 – 2 ball – o‘z-o‘zini quyi darajada baholash; 3 – 4 ball – o‘z-o‘zini adekvat /haqqoniy/ baholash; 5 – 6 ball – o‘z-o‘zini yuqori darajada baholash. Ikkita gorizontal va vertikal chiziqlar o‘tkaziladi. Javoblardagi harf-

lar shkalasi bo‘yicha chiqqan sonlarni chiziqlar bo‘yicha belgilab chiqib,

Page 137: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

137

tekshiriluvchining temperament xususiyatlarini aytib berish mumkin bo‘ladi.

nevrotik 24

MELANXOLIK

G‘amgin, tashvishli, qo‘rqoq,

yuvosh, mulohaza yuritishga moyil, kelajakka ishonchi yo‘q.

Umidsiz, og‘ir, vazmin, bosiq. Muloqotga kirisha olmaydi,

indamas.

0 introvert 12

XOLERIK

Sezgir, tinib-tinchimas, agressiv /o‘zgalarga hukm o‘tkazuvchi

shaxs/. Ta’sirchan, tashqi ta’sirga

beriluvchan. O‘zgaruvchan, orzu-umidli, harakatchan.

ekstrovert 24

FLEGMATIK

Passiv – sust, ehtiyotkor, mulohaza yurituvchi, aqlli, o‘ylab ish qiladi, tinchlikni, osoyishtalikni sevadi. Boshqaruvchan, ishonuvchan,

nazorat qiluvchan, vazmin,

0

SANGVINIK

Muloqotga kirishuvchan, sergap,

rahmdil, ko‘ngilchan, dadil harakat qiladi. Xushchaqchaq, lekin

ko‘pchilikni, shovqinni yoqtirmaydi. Hamma joyda bir tekisda harakat qiladi, xotirjam /lider/ sardor bo‘-lishga, o‘zini ko‘rsatishga harakat

qiladi.

hissiy turg‘unlik

SHAXSNING KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARINI ANIQLASH METODIKASI

Sizga tavsiya etilayotgan savollarga ochiqko‘ngillik bilan javob

bering. Bunda yaxshi yoki yomon savolning o‘zi yo‘q. Samimiy javob-laringiz uchun rahmat.

1. Mas’uliyatli ish berilganda hayajonlanasizmi? 2. Sog‘lig‘ingiz yomonlashganda ham shifokor chaqirmaysizmi? 3. Kutilmaganda ma’ruza qilasiz desa norozilik bildirasizmi? 4. Mehmonxona tayin bo‘lmasa begona shaharga safarga borishdan bosh

tortasizmi?

Page 138: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

138

5. Notanish kishiga kechinmalaringizni so‘zlaysizmi? 6. Notanish odam sizdan yo‘lni yoki vaqtni so‘rasa g‘ashingiz keladimi? 7. Har avlod vakillari o‘rtasida hayot masalasida kelishmovchilik

bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi? 8. Bir necha oy ilgari tanishingizga bergan 10000 so‘mingizni so‘rashga

xijolat tortasizmi? 9. Agar sizga kafeda sifatsiz taom keltirsa indamay qo‘yaverasizmi? 10. Vagonda bir necha soat begona kishi bilan ketsangiz gapni birinchi

bo‘lib boshlaysizmi? 11. Navbatda turish maqsadingizga erishish uchun zaruriyat bo‘lsa ham

uzundan-uzoq navbat kutishdan bosh tortasizmi? 12. Xodimlar o‘rtasida bo‘ladigan nizoni hal qilishdan o‘zingizni olib

qochasizmi? 13. Adabiyot yoki san’at haqida so‘z ketsa fikringizni himoya qila-

sizmi? 14. Sizga yaxshi ma’lum bo‘lgan masala bo‘yicha noto‘g‘ri fikr eshit-

sangiz jim tura olasizmi? 15. Sizdan ish yoki o‘qish yuzasidan yordam so‘rashsa e’tiroz bildira-

sizmi? 16. O‘z fikringizni og‘zaki bayon etishga imkoniyat bo‘lsa ham yozma

ravishda bayon etishni afzal ko‘rasizmi? Natijalar izohi:

Agar siz savolga «ha» deb javob bersangiz – 2 ball; «bilmadim», «hayronman» deb javob bersangiz – 1 ball; «yo‘q» deb javob bersangiz – 0 ball. Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 30-32 ball bo‘lsa: U holda siz

«muloqotmand» emassiz, ya’ni muloqotga ehtiyoj sezmaysiz. Bu xusu-siyatingizdan hammadan ham o‘zingiz ko‘proq jabrlanasiz, yaqinlarin-gizni ham siz bilan muomala qilishlari murakkab. Jamoa kuchini talab qiladigan ishlarni sizga topshirib bo‘lmaydi. Odamlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishga intiling.

Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 25–29 ball bo‘lsa: Siz in-damassiz, kamgapsiz, yolg‘izlikni yoqtirasiz. Yangi ish, yangi muloqotlar sizni anchagina muvozanatdan chiqaradi. Sizni bu xususiyatingiz ko‘pin-cha o‘zingizga yoqmaydi. O‘zingizni o‘zgartirish o‘zingizga bog‘liq.

Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 19–24 ball bo‘lsa: Atrofdagilar bilan osoyishta muloqotda bo‘lasiz va notanish sharoitda o‘zingizga ishonasiz. Yangi masalalar sizni cho‘chitmaydi. Odamlar bilan kelisha olasiz, tortishuvlarda qatnashishni unchalik yoqtirmaysiz.

Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 14–18 ball bo‘lsa: Siz qiziquv-chansiz, sergap suhbatdoshingizni qiziqish bilan tinglaysiz. O‘z nuqtai

Page 139: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

139

nazaringizni jahlsiz himoya qila olasiz. Shunga qaramay shovqinli davralarni yoqtirmaysiz.

Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 9–13 ball bo‘lsa: Atrofdagilar bilan tez muloqotga qirishasiz, ko‘plab yangi odamlar bilan tanishishni istaysiz. Qiziquvchansiz, sergapsiz, har xil masalalar bo‘yicha gapirishni yoqtirasiz. Har doim ham uni bajarish imkoniyati bo‘lmasa-da, hech kimning iltimosini rad etmaysiz. Hammaning diqqat-e’tiborida bo‘lishni istaysiz. Murakkab masalalarni hal qilishda sabr-toqat, qat’iyatlilik yetishmaydi. Lekin xohishingiz bo‘lsa, maqsadingizga erishish uchun o‘zingizni majbur qila olasiz.

Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 4–8 ball bo‘lsa: Atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishga intilish sizni tinch qo‘ymaydi. Siz har doim hamma yangiliklardan xabardor bo‘lishni istaysiz. Har qanday masala bo‘yicha gapirib ketaverasiz, har qanday sharoitda o‘zingizni erkin tutasiz, har qanday ishni cho‘chimay, ishonch bilan boshlaysiz, vaholanki, ko‘pchilik hollarda uni oxirigacha yetkazmaysiz. Shu sababli hamkasb-laringiz sizga ishonchsizlik bilan qaraydi.

Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 0–3 ball bo‘lsa: Sizning muloqotga bo‘lgan intilishingiz kasallik xarakterini olgan. Siz ezmasiz, sizga hech qanday tegishli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha ham hukm chiqarmoqchi bo‘lasiz. Jahldorsiz, tez xafa bo‘lasiz, ko‘pincha qat’iyatli bo‘lmaysiz va adolatli qaror qabul qila olmaysiz. Atrofdagi odamlarning siz bilan birga bo‘lishi qiyin. O‘z ustingizda ishlash sizga xalal bermaydi, o‘zingizda sabr-toqatni, o‘z-o‘zini boshqarishni, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalang.

Page 140: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

140

SHAXSNING MULOQOTMANDLIK VA TASHKILOTCHILIK QOBILIYATLARINI O‘RGANISH METODIKASI

Yo‘riqnoma: Quyidagi savollarga javob berishingizni taklif qilamiz.

Muayyan savolga javobingiz ijobiy bo‘lsa « + », salbiy bo‘lsa « – » belgilarini qo‘yishingiz mumkin. Hayotiy tajribangizda bo‘lib o‘tgan shunga o‘xshash vaziyatlarni ko‘z oldingizga keltiring, savollarga qisqa va lo‘nda javob berishga harakat qiling.

1. Siz bilan doimo muloqotda bo‘luvchi do‘stlaringiz ko‘pmi? 2. Ko‘pchilik o‘rtoqlaringiz aynan sizning fikringizga qo‘shilishiga

erisha olasizmi? 3. Do‘stlaringizdan biri sizni xafa qilib qo‘ygudek bo‘lsa, buni ancha

vaqtgacha unutmaysizmi? 4. Har doim favqulodda vaziyatlarda o‘zingizni qo‘lga olish va idora

qilishda qiynalasizmi? 5. Turli yangi odamlar bilan tanishishga intilasizmi? 6. Sizga jamoa ishlarini bajarish yoqadimi? 7. Siz uchun odamlar bilan muloqotda bo‘lgandan ko‘ra kitob o‘qish

afzalroqmi? 8. Niyatingizni (rejangizni) amalga oshirishda to‘siqlarga uchrasangiz,

undan osonlikcha voz kecha olasizmi? 9. O‘zingizdan yoshi ancha katta odamlar bilan qiynalmasdan muloqotga

kirisha olasizmi? 10. Sizga do‘stlaringiz bilan turli o‘yin va ko‘ngilochar tadbirlarni

(damlarni) o‘ylab topish hamda tashkil qilish yoqadimi? 11. Notanish odamlar davrasiga qo‘shilib ketishingiz qiyinmi? 12. Bugun bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni boshqa kunlarga qoldirish

sizga xos xususiyatmi? 13. Notanish odamlar bilan muloqotga kirishishda qiynalmaysizmi? 14. Barcha do‘stlaringiz sizning fikringizga binoan harakat qilishga

intilasizmi? 15. Yangi jamoaga moslashish va kirishib ketishga qiynalasizmi? 16. O‘rtoqlaringiz so‘zining ustidan chiqmasa, majburiyatini bajarmasa,

sizda ularga nisbatan norozilik tug‘ilmaydimi? 17. Qulay imkoniyatlardan foydalanib, notanish odamlar bilan tanishib

suhbat qurishga intilasizmi? 18. Muhim masalalarni hal etishda tez-tez tashabbusni o‘z qo‘lingizga

olasizmi? 19. Tevarak-atrofdagi odamlar g‘ashingizga tegib, yolg‘iz qolishni

istaysizmi? 20. Notanish sharoitda o‘zingizni noqulay sezasizmi?

Page 141: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

141

21. Sizga doimo odamlar davrasida (orasida) bo‘lish yoqadimi? 22. Boshlagan ishingiz oxirigacha yetmasa, ta’bingiz xira bo‘ladimi? 23. Begona odam bilan tanishish uchun tashabbus ko‘rsatishingiz zarur

bo‘lsa, o‘zingizni noqulay sezasizmi? 24. O‘rtoqlaringiz bilan tez-tez muloqotda bo‘lishdan charchaysizmi? 25. Ko‘pchilik qatnashadigan o‘yinlarda ishtirok etishni yoqtirasizmi? 26. Do‘stlaringiz manfaatiga aloqador masalalarni yechishda tez-tez

tashabbus ko‘rsatasizmi? 27. Sizga yaxshi tanish bo‘lmagan odamlar orasida o‘zingizni erkin tuta

olmasligingiz to‘g‘rimi? 28. O‘zingiz haq ekanligingizni isbotlashga kamdan-kam vaziyatlarda

intilishingiz to‘g‘rimi? 29. Tanishlaringiz deyarli kam bo‘lgan odamlar orasida o‘zingizni

bemalol tutib, davraga fayz, jonlanish kirita olasizmi? 30. Ishxonadagi jamoat ishlarida qatnashasizmi? 31. Tanishlaringiz sonini kamaytirishga harakat qilasizmi? 32. Boshidan, o‘rtoqlaringizga ma’qul bo‘lmagan fikr yoki qarorda turib

olmasligingiz to‘g‘rimi? 33. Ulfatlar orasida o‘zingizni erkin, bemalol tuta olasizmi? 34. Do‘stlaringiz uchun har xil tadbirlarni bajonidil tashkil etishga

kirisha olasizmi? 35. Omma o‘rtasida so‘zga chiqish zarur bo‘lib qolsa, o‘zingizni dadil va

erkin tuta olmasligingiz to‘g‘rimi? 36. Ishga va turli uchrashuvlarga kechikib kelish odatingiz bormi? 37. Do‘stlaringiz diqqat-e’tiborida tez-tez bo‘lib turasizmi? 38. O‘zingiz yaxshi tanimagan odamlar bilan muloqotga kirishganda

tortinasizmi? 39. Ko‘pchilik do‘stlaringiz o‘rtasida o‘zingizni dadil tuta olmasligingiz

to‘g‘rimi? 40. Zarurat bo‘lganda yolg‘on gapirib, keyin to‘g‘rilashga harakat

qilasizmi?

JAVOBLAR VARAQASI Ismi sharifingiz: Kasbingiz: Sana

1 11 21 31 2 12 22 32 3 13 23 33 4 14 24 34 5 15 25 35

Page 142: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

142

6 16 26 36 7 17 27 37 8 18 28 38 9 19 29 39

10 20 30 40

Sinov materiali 40 ta savoldan tuzilgan bo‘lib, shulardan 20 tasi muloqotmandlik fazilatini, 20 tasi tashkilotchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan savollardan iborat.

Umumlashtirilgan natijalar

Deshifrator matni yordamida muloqotmandlik fazilati va tashkilotchilik qobiliyati aniqlanadi.

Deshifrator Muloqotmandlik qobiliyati

Deshifrator Tashkilotchilik qobiliyati

1 + 21 + 2 + 22 + 3 – 23 – 4 – 24 – 5 + 25 + 6 + 26 + 7 – 27 – 8 – 28 – 9 + 29 + 10 + 30 + 11 – 31 – 12 – 32 – 13 + 33 + 14 + 34 + 15 – 35 – 16 – 36 – 17 + 37 + 18 + 38 + 19 – 39 – 20 – 40 –

K=M 20 yoki K=0,05 x M K – bahslarning ko‘payuvchi miqdori; M – deshifrator matniga mos tushgan javoblar miqdori. Natijalarini hisoblash. Bu sinov usullari ko‘rsatkichi (0) noldan to

(1) birgacha bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkichning soni birga teng bo‘lsa, demak muloqotmandlik fazilati, tashkilotchilik qobiliyati yuqori darajadadir.

Ko‘rsatkich son (0) nolga teng bo‘lsa, bu muloqotmandlik fazilati, tashkilotchilik qobiliyati past darajada ekanligidan dalolat beradi.

(K) – baholarning ko‘payuvchi miqdori hamda sinov material-larining birlamchi tavsifnomasi.

Page 143: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

143

Muloqotmandlik qobiliyatini baholash jadvali

K Q Muloqotmandlik qobiliyati

0,10 – 0,45 1 past 0,46 – 0,55 2 o‘rtachadan past 0,56 – 0,65 3 o‘rtacha 0,66 – 0,75 4 yuksak 0,76 – 1,00 5 juda yuksak

Tashkilotchilik qobiliyatini baholash jadvali

K Q Tashkilotchilik qobiliyati

0,20 – 0,55 1 past 0,56 – 0,65 2 o‘rtachadan past 0,66 – 0,70 3 o‘rtacha 0,71 – 0,80 4 yuksak 0,81 – 0,00 5 juda yuksak

Page 144: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

144

«O‘ZGALARNI TINGLAY OLASIZMI?»

Quyidagi savollarga berilgan javoblardan o‘zingizga mosini tanlang. Sizningcha suhbatlashishdan maqsad nima?

a) suhbatdoshni yaxshiroq o‘rganish; b) biror masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirish; v) fikr almashinish va muhokama qilish. 2. Sizga bolalar «Bulutlar qayerda uxlaydi?», «Buvilar kichkina

bo‘lishganmi?» tarzida savollar berishadimi? a) ha, tez-tez; b) hech qachon; v) ba’zan. 3. Ertalab ishga yoki o‘qishga ketayotib, qo‘shiq xirgoyi qila-

sizmi? a) ha, doimo bir xil ashulani; b) ha, odatda har xil ashulani; v) yo‘q, hech qachon. 4. Yig‘ilish oxirida ma’ruzachiga savollar berasizmi? a) ha, doimo nimanidir so‘rashga to‘g‘ri keladi; b) ba’zan, uning fikri bilan qo‘shilmaganimda; v) hech qachon. 5. Do‘stingiz yoki kasbdoshingiz bilan suhbatlashgandan so‘ng

o‘sha muammo yuzasidan o‘z qarashlaringizni o‘zgartirganmisiz? a) ko‘pincha shunday bo‘ladi; b) ba’zan; v) hech qachon. 6. Kim bilandir suhbatlashayotganda: a) ko‘proq siz gapirasiz; b) ko‘proq suhbatdoshingiz gapiradi; v) ikkalangiz teng gapirasiz. 7. Narxi bir xil bo‘lganda siz nimani xarid qilishni afzal

ko‘rasiz? a) kitobni; b) gramplastinkani; v) kinoga pattani. 8. Sherigingiz sizga aloqasi bo‘lmagan o‘z muammosi xususida

gaplashmoqchi. Siz nima deb o‘ylaysiz? a) «qimmatli vaqtni yo‘qotdim-a»; b) «endi unga ta’sirim kuchliroq bo‘ladi»; v) «unga yordam beryapman».

Page 145: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

145

9. Quyidagi jumlalarning qaysi biri sizning nuqtai nazaringizga to‘g‘ri keladi?

a) ayni muammo yuzasidan mutaxassisgina aniq fikrga ega bo‘lishi mumkin;

b) chiroyli gapirishni bilgan odam xohlagan mavzusida ham gapirishi mumkin;

v) ko‘pincha mutaxassislarga o‘z muammolari va g‘oyalarini bayon etish uchun notiqlik malakasi yetishmaydi.

10. Suhbat chog‘ida xayolingiz chalg‘ib ketsa nima qilasiz? a) gapirayotganni to‘xtatib, o‘sha yerni qaytarishni so‘rayman; b) suhbat oxirida so‘rash uchun o‘zim uchun noaniq joyni eslab qolaman; v) umuman menga hamma narsa ayon. 11. Ertalab radio orqali eshitgan axborot yoki qo‘shiqni qaytara

olasizmi? a) ha, doimo; b) ha, lekin esga tushirish uchun vaqt kerak; v) eslay olmayman. 12. Estrada qo‘shiqchisining sizga ko‘proq nimasi yoqadi? a) ovozi; b) tashqi ko‘rinishi; v) sahnada o‘zini tutishi. 13. Konsertlarga tushish siz uchun… a) qoniqish hosil qiladigan hodisa; b) ko‘p qatori bo‘lish; v) yaxshi ko‘rgan xonanda bilan uchrashuv. 14. Siz mehmondasiz, u yerda sizdan boshqa yana 5-6 kishi bor.

Siz gap boshlaganingizda ko‘pincha… a) sizni hech kim tinglamaydi; b) hamma sizga mahliyo bo‘ladi; v) siz suhbatning tashabbuskori emassiz. 15. Siz jamiyatda ro‘y berayotgan barcha hodisalardan xabar-

dorsiz. Chunki siz… a) muntazam televizor ko‘rasiz; b) radio eshitasiz; v) gazeta o‘qiysiz. Ballarni hisoblash:

Savollar Javoblar Savollar Javoblar a b v a b v

1 2 1 3 9 1 2 3 2 3 1 2 10 3 3 1

Page 146: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

146

3 2 3 1 11 3 2 1 4 2 3 1 12 3 1 2 5 2 3 1 13 3 1 2 6 1 2 3 14 2 3 1 7 3 1 2 15 3 3 1 8 1 2 3

Ballarni qo‘shib chiqing. 15-20 ball. Siz o‘zgalarni tinglamaysiz. Ehtimol siz o‘zgalarni

tinglashdan oladigan foydaning qadrini bilmassiz, lekin siz bilim va tajriba uchun bu ishning foydasini bilishingiz zarur.

25-30 ball. Siz o‘rtacha tinglovchisiz. Siz uchun suhbat ma’lumot manbai va muloqot uchun yetarli asos emas. Sizdan ko‘p narsani o‘rganish mumkin, lekin o‘zingiz ham boshqalardan ko‘p narsa olishingiz mumkinligini, tanqid va e’tirozlar ham foydali ekanligini unutmang, ko‘proq boshqalarni tinglang.

35-45 ball. Sizda noyob sifat – o‘zgalarni tinglaysiz va me’yorida gapirasiz. Siz bilan suhbatlashish juda yaxshi, chunki suhbatdosh sizdan doimo naf oladi. Siz o‘zgalarning holatlarini tushunishga ham moyilsiz, ana shu noyob sifatni saqlang.

Page 147: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

147

«MULOQOTGA KIRISHUVCHANLIK»

Quyida berilgan 16 ta savolga «ha», «yo‘q», «ba’zan» deb javob bering.

1. Sizni amaliy uchrashuv kutmoqda. Uni betoqatlik bilan kutasizmi? 2. Sizni biror kasallik holdan toydirmaguncha vrachning oldiga borishni

orqaga suravermaysizmi? 3. Sizni biror mavzudagi axborot bilan yig‘ilish, majlis va shunga

o‘xshash tadbirda ma’ruza bilan chiqish topshirig‘i xavotirga soladimi? 4. Sizga ilgari bormagan shaharga safarga borib kelishni taklif etishdi.

Shu safarga bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi? 5. O‘zingizdagi hissiy kechinmalar bilan kimlar bilandir o‘rtoqlashishni

xohlaysizmi? 6. Ko‘chada sizga notanish odam biror iltimos bilan murojaat qilsa

sizning g‘ashingiz keladimi? 7. Siz «Otalar va bolalar muammosi» borligi va turli avlod vakillarining

bir-birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi? 8. Tanishingizga bir necha oy avval olgan qarz pulini eslatishga

uyalasizmi? 9. Oshxona yoki restoranda sizga yoqmaydigan taom berishdi, idishni

chetga surib, achchig‘ingiz kelganini yashira olasizmi? 10. Begona odam bilan yolg‘iz qolganingizda, u birinchi bo‘lib gap

boshlasa, sizga javob qaytarish malol keladimi? 11. Siz turli yerlarda odamlarning uzun navbatda turishganini ko‘rsangiz,

toqatingiz toq bo‘lib navbatda turib kutishdan ko‘ra o‘z niyatingizdan voz kechishni afzal ko‘rasizmi?

12. Biror janjalli vaziyatni muhokama qilish kerak bo‘lgan komissiya-ning a’zosi bo‘lishdan qo‘rqasizmi?

13. Sizda biror adabiyot, san’at va madaniyat asarlarini baholashning sof individual mezonlari bor va bu borada boshqalarning fikrini qabul qilmaysiz. Shundaymi?

14. Sizga juda tanish bo‘lgan masala bo‘yicha boshqalarning noto‘g‘ri fikrlarini tasodifan eshitib qolsangiz indamasdan tura olasizmi?

15. U yoki bu masalada yordam berishingizni so‘rashsa, siz bundan og‘ri-nasizmi?

16. O‘z nuqtai nazaringizni og‘zaki bayon etgandan ko‘ra uni yozma tarzda ifodalashni afzal ko‘rasizmi?

Endi ballarni hisoblang: «ha» – 2 ball, «ba’zan» – 1 ball, «yo‘q» – 0 ball. Shu tarzda ballarni

qo‘shib chiqqach, odamlarning qaysi toifasiga kirishingizni bilib olasiz.

Page 148: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

148

14-18 ball. Sizning muloqotga kirishuvchanligingiz yaxshi, o‘rtacha. Siz ko‘p narsaga qiziqasiz, boshqalarni bajonidil tinglaysiz, o‘zgalar fikriga sabr-toqatlisiz, o‘z fikringizni bosiqlik bilan izhor etasiz. Bego-nalar bilan uchrashuvga borish siz uchun unchalik noxush emas, lekin shovqin-suronli davrani yoqtirmaysiz, sizga sergap odamlar yoqmaydi.

9-13 ball. Siz muloqotga kirishuvchansiz, qiziquvchan va sergapsiz, turli masalalarda o‘zgalar bilan gaplashishni yaxshi ko‘rasiz. Begona odamlar bilan tanishish, davraning diqqat markazida bo‘lishni yoqtirasiz, o‘zgalarning iltimoslarini bajarmasangiz ham qabul qilaverasiz. Jahlingiz tez chiqadi, lekin tez soviysiz. Sizga sabr-toqat, qiyinchiliklar bilan to‘qnashganda jasorat yetishmaydi. Lekin astoydil xohlasangiz o‘zingiz-ni yon bermaslikka ko‘ndirishingiz mumkin.

4-8 ball. Sizning muloqot malakangiz yomon emas, siz barcha ish-larning guvohi bo‘lib yurasiz. Munozaralarda qatnashishni yaxshi ko‘ra-siz, biror masala yuzasidan yuzaki tasavvurga ega bo‘lsangiz ham, o‘z fikringizni aytishni xohlaysiz. Ishni yakuniga yetkaza olmasangiz ham har qanday ishni boshlayverasiz. Shuning uchun ham rahbarlaringiz va kasbdoshlaringiz sizdan xavotirda bo‘lishadi. Bu haqda o‘ylab ko‘ring.

3 va undan kam ball. Sizning kommunikativ malakalaringiz yaxshi emas, siz sergapsiz, har narsaga aralashaverasiz, o‘zingiz umuman bexa-bar bo‘lgan narsalar xususida ham fikr yuritaverasiz. Ixtiyorsiz tarzda turli ziddiyatlar va janjallarning ishtirokchisiga aylanib qolasiz. Jizzaki, salga xafa bo‘ladigan odatingiz bor, shuning uchun odamlar siz bilan chiqisha olmaydilar. O‘zingizni tutish, sabr-toqatli bo‘lish uchun odam-larga hurmat bilan qarashga o‘rganing. Qolaversa, o‘z sog‘lig‘ingiz haqi-da qayg‘uring, chunki bunday hayot tarzi izsiz bo‘lmaydi, asablaringiz charchab qolishi mumkin.

Page 149: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

149

SHUBERTNING TAVAKKALCHILIKKA TAYYORLIK DARAJASINI ANIQLASH TESTI

So‘ralayotgan harakatlarni amalga oshirishga tayyorgarlik darajan-gizni baholang. Quyida berilgan 25 ta savolga ushbu sxema bo‘yicha ball qo‘yib javob bering:

2 bal – to‘liq qo‘shilaman, to‘lig‘icha «ha»; 1 bal – «yo‘q»dan ko‘ra ko‘proq «ha»; 0 bal – «ha» ham emas, «yo‘q» ham emas, ikkalasining o‘rtasi; -1 bal – «ha»dan ko‘ra ko‘proq «yo‘q» deyish mumkin; -2 bal – to‘lig‘icha «yo‘q». 1. Og‘ir dardga chalingan odamga tezroq yordam ko‘rsatish uchun belgi-

langan tezlikni normadan oshiringiz mumkinmi? 2. Agar juda yaxshi maosh to‘lashni va’da berishsa, uzoq muddatli va

xavfli ekspeditsiyaga borishga rozilik berarmidingiz? 3. Qochib ketayotgan xavfli dushman yoki qurollangan o‘g‘rining yo‘lini

to‘sa olasizmi? 4. Soatiga 100 km tezlik bilan harakat qilayotgan poyezdning yonida

mashinangizda ketishga qo‘rqmaysizmi? 5. Uyqusiz o‘tkazgan kuningizning ertasiga normal ishlab ketaverasizmi? 6. Sovuq daryoni birinchi bo‘lib oldinda suzib yoki kesib o‘ta olasizmi? 7. Qaytarib berishiga to‘la ishonmagan taqdirda ham do‘stingizga katta

miqdordagi pulni qarzga berib tura olasizmi? 8. Sizni xavfsiz deb ishontirgan taqdirda sher o‘rgatuvchi bilan birga

sherning qafasiga kirishga jur’at qilasizmi? 9. Tashqaridan qo‘llab turishgan paytda juda balandlikka tirmashib chiqa

olarmidingiz? 10. Mashqsiz parusli (yelkanli) qayiqni boshqara olasizmi? 11. Yugurib ketayotgan otning jilovidan ushlashga jur’at qilasizmi? 12. 10 bokal pivo ichib olgan taqdirda velosipedni boshqarib keta

olasizmi? 13. Parashutdan sakray olasizmi? 14. Zarurat bo‘lib qolsa, Toshkentdan Moskvagacha biletsiz keta ola-

sizmi? 15. Yaqindagina avtohalokatda og‘ir jarohatlangan tanishingiz bilan

uning boshqaruvida avtoturnerga chiqishga jur’at qila olasizmi? 16. O‘t o‘chiruvchilar tentiga 10 metrlik balandlikdan sakray olasizmi? 17. Uzoq muddatli to‘shakda yotishni talab qilayotgan kasallikdan

qutilish uchun murakkab operatsiyaga rozilik bildira olasizmi? 18. Soatiga 50 km tezlikda harakat qilayotgan yuk vagonidan sakray

olasizmi?

Page 150: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

150

19. Olti kishiga mo‘ljallangan liftda shoshib turgan paytingizda yettinchi kishi bo‘lib chiqib olishingiz mumkinmi?

20. Katta miqdorda pul berishni va’da qilishsa, ko‘zingiz bog‘liq holda serqatnov ko‘chadan o‘tishga jur’at etasizmi?

21. Hayotingiz uchun xavfli ish uchun katta maosh to‘lashsa, ishlashga rozilik berarmidingiz?

22. Kuchli mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilgach foizlarni hisoblay olasizmi?

23. Boshliqning gapiga kirib, yuqori kuchlanishli simni, u toksiz deyishiga ishonib, ushlay olasizmi?

24. Qisqa muddatli tushuntirishlardan so‘ng vertolyotni boshqara olarmidingiz?

25. Qo‘lingizda chiptangiz bo‘la turib, lekin oziq-ovqatsiz va pulsiz Moskvaga keta olasizmi?

KALIT: Yuqoridagi ko‘rsatmaga ko‘ra ballarni hisoblang. - 50dan + 50gacha bo‘lgan oraliqda to‘plagan ballingizning qiymatini

aniqlang, o‘rtachadan qaysi tomonga og‘ishiga qarab xulosa chiqaring. Javoblarning ijobiyligi tavakkalchilikka moyilligingiz borligidan darak beradi.

- 30dan past – juda ehtiyotsiz; - 10dan + 10 oralig‘i – o‘rtacha ko‘rsatkich; + 20 baldan yuqori – tavakkalchilikka moyillik. Tavakkalchilikka tayyorlikning yuqori ko‘rsatgichi odatda mag‘lubiyat-

dan qochish motivining past ko‘rsatkichi bilan uyg‘unlashgan (himoya past). Tavakkalchilikka tayyorlik yo‘l qo‘yilgan xatoliklar bilan to‘g‘ri proporsional ravishda bog‘langan.

O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki,…. yosh o‘tishi bilan tavakkalchilikka moyillik pasayadi; tajribali kishilarda tavakkalchilik ko‘rsatgichi ancha past bo‘ladi; ayollarning tavakkalchiliklari erkaklardan farqli o‘laroq ayrim

hollardagina namoyon bo‘ladi; harbiy qo‘mondonlar va rahbarlarda boshqa odamlar bilan solish-

tirilganda, tavakkalchilik ustanovkasi yuqoriroq namoyon bo‘ladi; rad etilgan shaxslar, ichki ziddiyati borlarda tavakkalchilik

yuqoriroq; yakka hollarda guruh sharoitidan farqli ravishda tavakkal qilishga

moyillik yaqqolroq va tezroq namoyon bo‘ladi. Bu guruhiy kutishlarga ham bog‘liq.

Page 151: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

151

ADABIYOTLAR

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т., 2014. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг «Ҳуқуқбузарликлар

профилактикаси тўғрисида»ги 2014 йил 14 май қонуни // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2014. – №20. – 221-м.

Ўзбекистон Республикасининг «Вояга етмаганлар ўртасида назорат-сизлик ва ҳуқуқбузарликларнинг профилактикаси тўғрисида»ги қонуни (2010 йил 29 сентябрь).

Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. – Т., 1999.

Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т.13. – Т., 2005.

Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаат-лари – олий қадрият. Т. 14. – Т., 2006.

Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2008. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларини янада

чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Т., 2010.

Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т., 2011.

Каримов И. А. Мамлакатимизни янада обод этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида. Т. 21. – 2013.

Каримов И.А. Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларига байрам табриги // Постда. – 2007. – 25 окт.

Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти ҳақида қўлланма. – Т., 2011.

Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т., 2014. Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. –Т., 1993. Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Т., 1992. Аждодлар ўгити: ҳикоятлар ҳикматлар, тамсиллар. – Т., 1990. Асямов С. В., Пулатов Ю. С. Ички ишлар органлари ходимларининг

касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. Арзиқулов Д.Н., Дусанов Н.Э. Ички ишлар идоралари ходимлари-

нинг касбий маданияти: Ўқув қўлланма. – Т., 2010. Васильев В. Л. Юридическая психология. – М., 2005. Дейл Карнеги Муваффаққият калити. – Т., 2012. Душанов Р.Х., Фарфиев Ё.А. Касбий психология: Дарслик. – Т., 2014. Икрамов Ш.Т., Зиёдуллаев М.З. Милиция таянч пунктлари негизида

ҳамкорликни ташкил этиш ва бошқариш: Ўқув-амалий қўлланма. – Т., 2013.

Page 152: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

152

Криминология: Дарслик / Проф. З.С.Зариповнинг умумий таҳрири остида. –Т., 2007.

Каримова В. Ижтимоий психология ва ижтимоий амалиёт. – Т., 1999. Каримова В., Акрамова Ф. Психология. – Т., 2000. Квинн В. Прикладная психология. – СПб., 2000. Козелецкий Ю. Психологическая теория принятия решений. – М., 1979. Машков В.Н. Психология управления. – СПб, 2000 Майерс. Д. Социальная психология. – СПб., 2005. Муҳаммадиев Н. Э. Ички ишлар идоралари ходимларининг касб

этикаси ва эстетик маданияти. – Т., 2014. Основные аспекты обучения сотрудников ОВД навыкам общения с

гражданами: Методические рекомендации. – Барнаул, 2003. Пол Экман. Психология лжи. – СПБ., 2003. Пол Экман, Уоллес Фризен. Перевод с англ. Узнай лжеца по выраже-

нию лица / Пер с англ. – СПБ.: 2010. Сирлиев Б.Н. Жазони ижро этиш фаолияти психологияси: Ўқув қўл-

ланма. – Т., 2010. Сирлиев Б.Н., Исмоилова Н., Хакимова И.М. Стресс ва агрессия:

Ўқув-услубий қўлланма. – Т., 2014. Темур тузуклари. – Т., 1991. Файоль А., Эмерсон Г., Тэйлор Ф., Форд Г. Управление – это наука и

искусство. – М., 1992. Усмонова А.А, Норбоев А.Н, Юридик психология: Ўқув қўлланма. –

Т., 2007. Филонов Л.Б. Тренинги делового общения сотрудников органов внут-

ренних дел с различными категориями граждан. – М., 1992. Щекин Г.В. Визуальная психодиагностика: познание людей по их

внешнему облику: Учебное пособие. – М., 1993. Шоумаров Ғ.Б. Оила ва муҳаббат. – Т., 1996. Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубияти

асослари. – Т., 1992. Қодиров У., Умаров Б. Ҳуқуқшунослик фаолияти психологияси. –

Т., 2005. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология: Дарслик. 1,2-китоб. – Т., 2002.

Page 153: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

153

M U N D A R I J A

SO‘Z BOSHI ........................................................................................................3

1-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida muloqot tushunchasi va uning turlari .....................................................................................................5 2-§. Muloqot vositasi va kommunikativ ta’sir etish usullari ................................ 17 3-§. Fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari ...................................... 34 4-§. Muloqotda tinglash muammosi va transakt analiz ....................................... 38 5-§. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy faoliyatida nizoli holatlar va ularning oldini olish .......................................................................... 44 6-§. Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan muomala qilish madaniyati ................................................................................. 50 7-§. Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq madaniyati ................................... 59 8-§. Ichki ishlar idoralari xodimlarining shaxslararo munosabatda o‘z xatti-harakatlarini hissiy-irodaviy boshqarishi ............................................................ 63 9-§. Profayling xizmatining shaxslararo munosabatda tutgan o‘rni ..................... 81 10-§. Profilaktik hisobda turuvchi shaxslarga pedagogik-psixologik ta’sir etishning psixologik jihatlari.................................................................... 100 11-§. Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik muloqot qilishi yuzasidan metodik tavsiyalar ................................................... 126

ILOVALAR ..................................................................................................... 133

ADABIYOTLAR ............................................................................................. 151

Page 154: Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida kasbiy muomala

B.N. Sirliyev, Yo.A. Farfiyev, O.A. Tursunova

ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA KASBIY MUOMALA

O‘quv qo‘llanma

Muharrir S. S. Qosimov Texnik muharrir D. R. Djalilov

Bosishga ruxsat etildi 14.01.2016. Nashr-hisob tabog‘i 10,0.

Adadi 1200 nusxa. Buyurtma №

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 1000197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68