giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

113

Click here to load reader

Upload: doannhi

Post on 31-Dec-2016

572 views

Category:

Documents


136 download

TRANSCRIPT

Page 1: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

AKADEMIYA

GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN IBORAT JINOYATLARGA

QARSHI KURASHNING HUQUQIY CHORALARI

O‘quv-metodik qo‘llanma

Toshkent 2014

Page 2: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

2

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

M a s ’ u l m u h a r r i r:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i Sh.T. Ikramov

T a q r i z c h i l a r :

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayhontohur tumani sudi sudyasi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Sh. Yo. Abduqodirov;

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari,

yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.Sh. Umarxonov

M ua l l i f l a r :

A.A. Rasulev – I bob, so‘z boshi; I. Ismailov, yu.f.d., prof., I.Yu. Fazilov – II bob; Sh.T. Djumanov – III bob.

G – 46 Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashning huquqiy choralari: O‘quv-metodik qo‘llanma / I. Ismailov, A.A. Rasulev, Sh.T. Djumanov, I.Yu. Fazilov. –– T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. –– 113 b.

Qo‘llanmada jinoyat qonuni va uni qo‘llash amaliyotining tahlili asosida

giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning jinoiy-huquqiy belgilari, ushbu turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning xususiyatlari, tergov qilish metodikasi hamda ularning oldini olish masalalari tahlil qilinadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, yuridik ta’lim muassasalarining tinglovchi, kursant va talabalari hamda keng qiziquvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

BBK 67.99(2У)8/94я73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014.

Page 3: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

3

SO‘Z BOSHI

Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash jamiyat hayotining muhim shartlaridan biri hisoblanadi, chunki sog‘liq inson uchun hayot kabi eng oliy va ajralmas ne’matdir. Sog‘liqni muhofaza qilish tizimi bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy, ilmiy, tibbiy hamda sanitar-gigiyenik kabi yo‘nalishlardagi kompleks chora-tadbirlar orqali amalga oshirilib, har bir insonni jismoniy va ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgandir.

Shu munosabat bilan inson va fuqarolarning huquq va man-faatlarini, sog‘lig‘ini muhofaza qilishda huquqiy choralar muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadigan, jamiyat uchun xavfli illatlardan biri hisoblangan giyohvandlik muammosi so‘nggi yillarda nafaqat respublikamiz, balki butun dunyo jamoatchiligini ham tashvishga solmoqda. Giyohvandlik inson sog‘lig‘ining kushandasi, qanchadan-qancha insonlarning umriga, sog‘lig‘iga zomin bo‘layotgan illatdir. Surunkali giyohvandlikka chalinganlarning aksariyati 30 yosh-gacha ham umr ko‘rmaydi. Undan tashqari, giyohvandlik – OITS, virusli gepatit va boshqa xavfli kasalliklar bilan bog‘liq ravishda ildiz otadi.

Ayni vaqtda BMT Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda bugun dunyoda 210 milliondan ortiq giyoh-vandlar qayd etilgan (yer yuzi aholisining 3 foizi), hozir yoshlar orasida giyohvandlarning muayyan tizimi shakllanmoqda, har yili yoshlar o‘rta-sida giyohvandlar soni 15–20 foizga ko‘payib bormoqda, davlatimizda ro‘yxatga olingan giyohvandlarning uchdan ikki qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etib, ularning yoshi o‘rtacha 18–25 yoshdan iborat1.

Giyohvandlikning shunday jadallik bilan keng tarqalishi sababi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish natijasida inson organizmida ushbu vosita va moddalarga nisbatan iste’mol dozasini ko‘paytirishni talab qiladigan tobelikning vujudga kelishi hisoblanadi.

1 Отажонов А.А. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятлар: Ўқув қўлланма. – Т., 2013. – Б. 3.

Page 4: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

4

Bugungi kunda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash va bunday qilmishlarning oldini olish huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «narkotik moddalar ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilish jinoiy biznes yaratib beradigan juda katta boylik orttirish imko-niyatlari uning ishtirokchilarini xalqaro huquq normalari bilan ham, milliy qonunlar majmui bilan ham, ayniqsa, «oq ajal»ning halokatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay, hamma ishni qilishga majbur etmoqda»1.

Ushbu turdagi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasining o‘sib borayotganligi va aholi sog‘lig‘ini himoya qilishning muhimligi mazkur jinoyat tarkiblari, sabablari, sharoitlari va oqibatlarini batafsil tahlil qilish zarurligini taqozo etmoqda.

Shularni hisobga olib, o‘quv-metodik qo‘llanmada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar tushunchasi, jinoyat tarkibi, kvalifikatsiya qiluvchi belgilarning huquqiy tahlili, ushbu jinoyatlarning sabab va sharoitlari hamda oqibatlari, shuningdek giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning kriminalistik tavsifi, ushbu jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergovni tashkil qilish va dalillar to‘plashning o‘ziga xos xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqiladi.

Mazkur qo‘llanmada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoiy-huquqiy normalar mazmunini nazariy darajada ochib berish, bu turdagi qilmishlarni huquqiy baholash, ularning sabab va sharoitlari, kriminalistik tavsifi, ushbu jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergovni tashkil qilish va dalillar to‘plashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilimlar berish, amaliyotda jinoyat qonunini mustaqil qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadi nazarda tutiladi.

1 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т. 6. – Т., 1998. – Б. 95–96.

Page 5: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

5

I BOB. GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN IBORAT JINOYATLARGA

QARSHI KURASHNING JINOIY-HUQUQIY CHORALARI

1-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan

iborat jinoyatlarning umumiy tavsifi

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan muomala qilish tartibi «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgust qonuni bilan belgilanadi. Ushbu qonunga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy muomalada bo‘lishi (olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida o‘tkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, jo‘natish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish) tartibga solingan. Biroq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilish jamiyatimiz xavfsizligiga, insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi hammaga ma’lum. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat qilmishlar uchun javobgarlik amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi Oltinchi bo‘limining XIX bobida belgilangan.

Jinoyat qonunchiligida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilishdan iborat jinoyatlar tushunchasi mavjud emas, biroq jinoyat huquqi nazariyasida bu turdagi jinoyatlar deganda – jinoyat qonunida jazo qo‘llash tahdidi bilan nazarda tutilgan, inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq jamoat xavfsizligini, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan muomala qilish tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi, aybli ijtimoiy xavfli qilmishlar tushuniladi.

Mazkur jinoyatlarning turdosh obyekti bo‘lib, insonlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jamoat xavfsizligi hisoblanadi. Jinoyat kodeksi Maxsus

Page 6: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

6

qismining «Shaxsga qarshi jinoyatlar» bo‘limida joylashgan va alohida (aniq) shaxslarning sog‘lig‘ini muhofaza etadigan normalardan farqli o‘laroq ushbu bobdagi jinoyatlar ko‘pchilik shaxslarning yoki muayyan hududdagi bir qism aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘diradi. Shuning uchun jabrlanuvchilarning noaniq keng doirasi bu turdagi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlardan biridir.

Ko‘rilayotgan jinoyatlarning bevosita obyekti bo‘lib, aholining sog‘lig‘i hisoblanadi. Faqatgina, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish tartibini belgilovchi ijtimoiy munosabatlar Jinoyat kodeksining 275-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning bevosita obyekti bo‘lib hisoblanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni huquqiy baholashda jinoyat predmetini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ushbu turdagi jinoyatlarning predmeti bo‘lib hisoblanadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tushunchasi amaldagi Jinoyat kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sakkizinchi bo‘limida giyohvandlik vositalari deb, «Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida»gi BMTning 1961-yilgi Yagona Konvensiyasining I va II Ro‘yxatlariga kiritilgan tabiiy yoki sun’iy tayyorlangan har qanday giyohvandlik vositalari; psixotrop moddalar deganda esa BMTning «Psixotrop moddalar haqida»gi 1971-yilgi Konvensiyasining I, II, III va IV Ro‘yxatlariga kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda yoxud har qanday tabiiy material hisoblanishi nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi 1999-yil 19-avgust qonunining 3-moddasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga quyidagicha ta’rif berilgan:

– giyohvandlik (narkotik) vositalari – giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar;

– psixotrop moddalar – psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar.

Ko‘rilayotgan aksariyat jinoyatlarning obyektiv tomoni turli xil faol harakatlarda namoyon bo‘ladi: taqiqlangan ekinlarni yetishtirish (JK

Page 7: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

7

270-m.); giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (JK 271-m.); giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (JK 273-m.); giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish (JK 274-m.); giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar (JK 276-m.).

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish (JK 275-m.) kabi jinoyatlar ham harakat ham harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin.

Tahlil qilinayotgan jinoyatlarning dispozitsiyalari blanket xususiyat-ga egaligini alohida e’tirof etish lozim. Ya’ni, ayrim normalarning jinoyat tarkibi belgilarini shakllantirishda qonun chiqaruvchi tomonidan muayyan qoidalarni buzishning aynan qaysi qilmishlar tashkil etishi aniq ko‘rsatilmaganligi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) yoki moddalar dispozitsiyalarida jinoyat predmetlarining aniq ro‘yxati belgilanmaganligi sababli, jinoyat predmeti va obyektiv tomonining xususiyatlarini boshqa huquq sohalaridagi normativ hujjatlarga murojaat qilmasdan aniqlash mumkin emas. Masalan, bu turdagi qilmishlarning jinoyat predmetini aniqlash uchun «Giyohvandlik vositalari to‘g‘risi-da»gi BMTning 1961-yilgi Yagona Konvensiyasining I va II Ro‘yxatla-riga hamda BMTning «Psixotrop moddalar haqida»gi 1971-yilgi Konvensiyasining I, II, III va IV Ro‘yxatlariga murojaat qilish lozim. Jinoyat kodeksi 275-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgila-rini aniqlashda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, ularni saqlash, hisobga olish, berish, tashish va jo‘natishning tartibini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilish zarur bo‘ladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning yuqori ijtimoiy xavflilik darajasi hisobga olinib. ularning barchasi formal tarkibli jinoyatlar sifatida tuzilgan. Ya’ni bu jinoyatlar normaning dispo-zitsiyasida ko‘rsatilgan qilmishlar sodir etilgan vaqtdan boshlab tugal-langan hisoblanadi.

Page 8: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

8

Qonun mazmuniga ko‘ra oz, ozginadan ko‘p va ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Noqonuniy muomalada aniqlangan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning miqdori narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining 2010-yil 6-apreldagi 10/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qonunga xilof saqlash yoki muomaladagi topilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar o‘lchamining oz, ozginadan ko‘p va ko‘p miqdorga mansubligi ro‘yxati»da belgilangan.

Ko‘rilayotgan jinoyatlarning subyektiv tomoni aybning qasd shakli bilan ifodalanadi. Ya’ni jinoyat sodir etayotgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglaydi va shunday qilmishni sodir etishni istaydi. Faqatgina giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish jinoyati subyektiv tomondan ham qasd ham ehtiyotsizlik orqali sodir etilishi mumkin.

Ushbu jinoyatlarning motiv va maqsadlari turlicha bo‘lishi mumkin va qilmishlarning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Biroq, Jinoyat kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatda jinoyat sodir etish maqsadi (o‘tkazish maqsadi) zaruriy belgi sifatida dispozitsiyada ko‘rsa-tilgan bo‘lib, bu turdagi qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega.

16 yoshga to‘lgan, aqli raso, jismoniy shaxslar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning subyekti bo‘lib hisoblanadi.

Jinoyat kodeksining 271-moddasida (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilangan.

2-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning kvalifikatsiya qiluvchi belgilari

Tahlil qilinayotgan jinoyatlarning aksariyati uchun javobgarlikni

og‘irlashtiruvchi va alohida og‘irlashtiruvchi quyidagi holatlar belgilan-gan:

– ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilishi;

Page 9: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

9

– bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi; – o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi; – uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilishi. Ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishini nazarda tutadigan belgini qo‘llashda ilgari ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan yoki sudlanmagan-ligidan qat’i nazar, shaxsning shu turdagi jinoyatlardan birini sodir etganligi nazarda tutiladi. Biroq shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa, yoxud ilgari sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik muddati o‘tib ketgan yoki sudlanganligi olib tashlangan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 32-moddasining 2-qismi va 77-moddasining 4-qismida belgilangan qoidalarga asosan ushbu kvalifikatsiya qiluvchi belgi qo‘llanilishi mumkin emas.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi deganda, kamida ikkita jinoyat subyekti belgilariga ega bo‘lgan shaxslarning jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi tushuniladi. Jinoyat kodeksi 29-moddasining 3-qismiga muvofiq ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok etishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. Ishtirokchilikning bu shaklida ishtirokchilar o‘rtasidagi jinoyat sodir etish haqidagi kelishuv jinoyat sodir etilishi boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Oddiy ishtirokchilikdan farqli o‘laroq murakkab ishtirokchilikda jinoyat sodir etishda bajaruvchi bilan birga tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilar qatnashishi, ishtirokchi-lar o‘rtasida vazifalar taqsimlanishi mumkin. Murakkab ishtirokchilik-ning asosiy belgilaridan biri – oldindan til biriktirganlik, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxslarning aniq jinoyat sodir etish bo‘yicha kelishuvining amalga oshirilishi. Ishtirokchilikning bu shaklida ikki yoki undan ortiq shaxslar birga bajaruvchilar sifatida jinoyatning obyektiv tomonini bajarishlari, shuningdek, bajaruvchi bilan bir qatorda jinoyatni bevosita sodir etmasalarda, lekin tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida qatnashishlari mumkin. Jinoyatning obyektiv tomonini bevosita bajarma-gan, biroq jinoyat sodir etishda tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi-ning vazifalarini bajargan shaxslarning qilmishlari Jinoyat kodeksi 28-moddasining tegishli qismlari ko‘rsatilgan holda bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyatni nazarda tutuvchi modda bilan kvalifikasiya qilinadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sud hukmi

Page 10: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

10

to‘g‘risida»gi 1997-yil 2-maydagi 2-sonli qarorining 10-bandida «... agar jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, hukmda jinoyatning har bir ishtirokchisi tomonidan aynan qanday jinoiy harakatlar sodir etilganligi aniq ko‘rsatilishi kerak»1 deb alohida ko‘rsatilgan.

O‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi, degan kvalifikatsiya qiluvchi belgini qo‘llashda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat bo‘lgan jinoyatni sodir etgan shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan bo‘lishi shart.

Bundan tashqari, ilgari o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxsdan Jinoyat kodeksi 79-moddasining 3-qismiga muvofiq sudlanganligi olib tashlangan bo‘lsa ham ushbu kvalifikatsiya qiluvchi belgi qo‘llanilishi mumkin emas.

Uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan jinoyatlar ishtirokchilikning eng xavfli shakllardan biri hisoblanadi. Jinoyat kodeksi 29-moddasining 4-qismiga muvofiq ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi. Ishtirokchilikning murakkab shaklidan farqli o‘laroq uyushgan guruhda ikki yoki undan ortiq shaxslar jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun birlashadilar. Bundan tashqari, jinoiy guruhni uyushgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asosiy mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligi, unda tashkilotchining bo‘lishi, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligi, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligi, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligi, texnika bilan ta’minlanganligi, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligi, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim2.

1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Суд ҳукми

тўғрисида»ги 1997 йил 2 майдаги 2-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами. Биринчи жилд. – Т., 2007. – Б. 89.

2 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 1995 йил 27 октябрдаги 21-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами. Биринчи жилд. – Т., 2007. – Б. 35.

Page 11: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

11

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb baholashda ishtirokchilar tomonidan bajarilgan vazifalardan qat’i nazar, Jinoyat kodeksining 28-moddasiga havola qilinmagan holda kvalifikatsiya qilinadi.

Ko‘rilayotgan kvalifikatsiya qiluvchi belgi nafaqat uyushgan guruh tarkibida yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan jinoyat sodir etganlik uchun, balki uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab uyushgan guruh a’zosi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan qilmish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday hollarda bajaruvchi tomonidan sodir etilgan qilmish natijasida uyushgan guruh a’zolari o‘zlarining qandaydir manfaatlarini hal etishlari lozim. Bundan tashqari, jinoyat subyektida uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab jinoyat sodir etish kabi jinoyat motivining mavjudligini, shuningdek, uning sodir etayotgan qilmishi uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshirilayot-ganligini anglashini aniqlash zarur.

Ko‘rib chiqilgan kvalifikatsiya qiluvchi belgilardan tashqari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat bo‘lgan alohida turdagi jinoyatlarning mavjud o‘ziga xos belgilarini ushbu jinoyat tarkiblarini tahlil qilish jarayonida ko‘rib chiqamiz.

3-§. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish (270-modda)

Jinoyat kodeksi 270-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga

muvofiq taqiqlangan ekinlarni yetishtirish deganda, ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish tushuniladi.

Jinoyat obyekti bo‘lib aholining sog‘lig‘i hisoblanadi. Jinoyat predmeti sifatida ko‘rilayotgan moddaning birinchi qismi mazmuniga ko‘ra ko‘knor, moyli ko‘knor, kannabis o‘simliklari yoki tarkibida BMTning «Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida»gi 1961- yilgi Yagona Konvensiyasining I va II Ro‘yxatlariga kiritilgan tabiiy har qanday giyohvandlik vositalari yoki BMTning «Psixotrop moddalar haqida»gi 1971-yilgi Konvensiyasining I, II, III va IV Ro‘yxatlariga kiritilgan har qanday tabiiy moddalar bo‘lgan ekinlar nazarda tutiladi.

Page 12: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

12

Jinoyatning obyektiv tomoni taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirishdan iborat bo‘lgan ikki mustaqil qilmishlarni sodir etishda ifodalanadi.

Taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish deganda, tegishli ruxsatsiz tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekin urug‘ini sepish yoki ko‘chatini o‘tkazish tushuniladi.

Ushbu harakatlar natijasida o‘simlik unib chiqqan-chiqmaganligi yoki o‘sgan-o‘smaganligidan qat’i nazar, ekin ekilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish deganda, ularni ekilgan vaqtdan boshlab pishish bosqichigacha bo‘lgan davr ichida parvarish qilishni tushunmoq kerak.

Taqiqlangan ekinlar pishgan yoki pishmaganidan, parvarish qilinayotgan ekinlar kim tomondan ekilganidan qat’i nazar, parvarish qilishdan iborat bo‘lgan harakatlar boshlangan paytdanoq jinoyat tugallangan hisoblanadi.

Taqiqlangan ekinlar davlat yoki jamoa xo‘jaliklarida, tomorqada, bo‘sh yotgan yerlar va boshqa yer maydonlarida ekilishi mumkin.

Qilmishni Jinoyat kodeksi 270-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ekin maydonining o‘lchami 250 kvadrat metrgacha bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish jinoyatining subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs hisoblanadi.

Subyektiv tomondan jinoyat aybning to‘g‘ri qasd shakli bilan ifodalanadi. Ya’ni shaxs ekayotgan yoki parvarish qilayotgan ekinlarning tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning mavjudligini, shuningdek ularni ekish yoki parvarish qilishning qonunga xilofligini anglaydi va bu harakatlarni sodir etishni istaydi.

Agar yetishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni ekish va yetishtirish kelgusida narkotik moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, shuningdek, o‘tkazish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday harakatlar Jinoyat kodeksining 270-moddasi va tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifi-katsiya qilinmog‘i darkor1.

Tahlil qilinayotgan moddaning ikkinchi qismida yuqorida ko‘rsa-tilgan qilmishlar uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi quyidagi holatlar nazarda tutilgan:

1 O‘sha joyda. – B. 34–35.

Page 13: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

13

a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; d) o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa. Birinchi ikkita bandda ko‘rsatilgan kvalifikatsiya qiluvchi belgilarni

yuqorida batafsil ko‘rib chiqqanligimiz sababli ularga to‘xtalib o‘tmaymiz. O‘rtacha kattalikdagi ekin maydoni deganda Jinoyat kodeksi

Maxsus qismining sakkizinchi bo‘limiga asosan 250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ekin maydoni tushuniladi.

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddaning uchinchi qismida javobgarlikni alohida og‘irlash-tiruvchi holatlar sifatida quyidagilar belgilangan:

a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab; d) katta ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa. Katta ekin maydoni deganda 1000 kvadrat metr va undan ortiq

bo‘lgan ekin maydoni tushuniladi. Shaxs yetishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni turli maydonlarda

o‘stirayotgan bo‘lsa, uning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda jami ekin maydonidan kelib chiqmoq lozim.

4-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni

qonunga xilof ravishda egallash (271-modda)

Jinoyat kodeksining 271-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni egallash uchun javobgarlik ular korxona, tashkilot va muassasalardan qonunga xilof ravishda olinganda, tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning bo‘laklari qishloq xo‘jaligi korxonalari dalalaridan va bu o‘simliklar o‘stirilayotgan fuqarolarning yer maydonlaridan qonunga xilof ravishda terib olinganda, shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularni qonuniy va noqonuniy ravishda egallab turgan fuqarolardan qonunga xilof ravishda olingan (egallangan) hollarda yuzaga keladi.

Ushbu jinoyatning obyekti – aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan jamoat xavfsizligi. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar uning predmeti bo‘lib hisoblanadi.

Page 14: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

14

Jinoyatning obyektiv tomoni – ko‘rsatilgan predmetlarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan egallashdan iborat.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘g‘rilik yo‘li bilan egallash deganda, o‘zganing qonuniy yoki noqonuniy tasarrufidagi giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini yashirin ravishda talon-toroj qilinishi tushuniladi.

Firibgarlik yo‘li bilan egallashda, aybdor shaxs aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qo‘lga kiritishi tushuniladi.

Ko‘rilayotgan jinoyatlarning subyekti 14 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Subyektiv tomondan jinoyat aybning to‘g‘ri qasd shakli bilan ifodalanadi.

Jinoyat kodeksi 271-moddasining 2-qismida jinoyat sodir etganlik uchun quyidagi hollarda javobgarlik nazarda tutilgan:

a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; d) o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan; e) talonchilik yo‘li bilan; f) mansab mavqeini suiiste’mol qilib; g) tovlamachilik yo‘li bilan; h) ko‘p miqdorda. Tahlil qilinayotgan jinoyatni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li

bilan sodir etilganligini aniqlashda aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing giyohvandlik vositalari yoki psixo-trop moddalari o‘zlashtirish yoki rastrata qilish orqali egallanganligini tushunish lozim.

Giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddani o‘zlashtirish aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning tasarrufida bo‘lgan jinoyat predmetlarini o‘z foydasiga ishlatish maqsadida ushlab turishni bildiradi. Rastrata qilish aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning tasarrufida bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini o‘zidan begonalashtirishda (sotish, hadya qilish yoki har qanday usulda boshqa shaxsga berish) ifodalanadi. Unda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar aybdorga saqlash, tashish, taqsimlash yoki boshqa vakolatlarni

Page 15: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

15

amalga oshirish uchun ishonib topshirilganligida namoyon bo‘ladi1. Ya’ni, aybdor o‘ziga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni – mansab vazifalari yoki shartnomaviy munosabatlarga ko‘ra yoxud maxsus topshiriq munosabati bilan mazkur predmetlarni tasarruf qilish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash bo‘yicha qonuniy vakolatlarni amalga oshirish orqali ularni o‘zlashtiradi yoki rastrata qilib yuboradi.

Qonunga xilof ravishda talonchilik yo‘li bilan egallash deganda, aybdor shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ochiqdan-ochiq egallashi tushuniladi. Egallash paytida jabrlanuvchining sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoki bunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan harakatlar ham shu kvalifikatsiya qiluvchi belgi bilan qamrab olinadi.

Ko‘rilayotgan jinoyat 2-qismining «д» bandida, qilmish mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilganligi uchun javobgarlik o‘rnatilgan. Ushbu kvalifikatsiya qiluvchi belgini qo‘llashda mansabdor shaxslar yoki xizmat vakolatlariga ko‘ra giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni boshqarish yoki ularni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lganlar tomonidan o‘z vakolatlaridan foydalanib bu predmetlarni qonunga xilof ravishda egallanganligini aniqlash lozim. Ya’ni, bu holatda asosiy hal qiluvchi belgi bo‘lib mansabdor shaxs tomonidan o‘ziga berilgan vakolatlaridan foydalanib jinoyat predmetini egallash hisoblanadi.

Tovlamachilik yo‘li bilan sodir etilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash Jinoyat kodeksining 271-moddasi 2-qismining «е» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bu kvalifikatsiya qiluvchi belgini qo‘llash uchun, aybdor shaxs jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini jinoyat predmetlarini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish holatlari aniqlanishi lozim.

Mazkur jinoyat aybdor tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni talab qilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.

1 Отажонов А.А. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятлар: Ўқув қўлланма. – Т., 2013. – Б. 21.

Page 16: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

16

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallashning ko‘p miqdorda sodir etilganligini aniqlash, Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining 2010-yil 6- apreldagi 10/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qonunga xilof saqlash yoki muomaladagi topilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar o‘lchamining oz, ozginadan ko‘p va ko‘p miqdorga mansubligi ro‘yxati»ga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

Ko‘rilayotgan moddaning uchinchi qismida javobgarlikni alohida og‘irlashtiruvchi belgilar sifatida quyidagilar nazarda tutilgan:

a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab; d) bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa. Jinoyatni o‘ta xavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh yoki

uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi belgilar yuqorida batafsil ko‘rib chiqilgani bois ularga to‘xtalib o‘tmaymiz.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda bosqinchilik yo‘li bilan egallash harakatlari Jinoyat kodeksining 271-moddasi 3-qismining «в» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ushbu kvalifikatsiya qiluvchi belgi o‘zganing qonuniy yoki noqonuniy egaligida bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni egallash maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etishni nazarda tutadi. Hujum jarayonida jabrlanuvchining badaniga yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilsa, qilmish ko‘rilayotgan kvalifikatsiya qiluvchi belgi bilan baholanadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab qilmaydi.

Ko‘rsatilgan predmetlarni qonunga xilof ravishda har qanday usulda egallash, aybdorning ulardan o‘z xohishi bo‘yicha foydalanish yoki tasarruf etish imkoniyatlari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, ular olingan vaqtdan boshlab jinoyat tugallangan deb hisoblanishi kerak1.

Jinoyat kodeksining 271-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni egallash uchun javobgarlik ular korxona, tashkilot va muassasalardan qonunga xilof ravishda olinganda, tarkibida narkotigi bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning bo‘laklari qishloq xo‘jaligi

1 O‘sha joyda. – B. 24.

Page 17: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

17

korxonalari dalalaridan va bu o‘simliklar o‘stirilayotgan fuqarolarning yer maydonlaridan qonunga xilof ravishda terib olinganda, shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularni qonuniy va noqonuniy ravishda egallab turgan fuqarolardan qonunga xilof ravishda olingan hollarda yuzaga keladi. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘g‘rilik, firibgarlik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, talonchilik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish, tovlamachilik, bosqinchilik yo‘li bilan egallash (JK 271-m.) va o‘zgalar mulkini talon-toroj etishni nazarda tutgan tegishli moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlar majmui bilan, faqat bu moddalar (moddalarning qismlari) sanksiyasi Jinoyat kodeksining 271-moddasidagidan og‘irroq jazoni ko‘zda tutgan hollardagina kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Tergov organlari va sudlar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallashdan maqsad nima ekanligini aniqlashlari zarur. Egallash kelgusida o‘tkazish yoki sotish uchun amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda aybdorning harakatlari qayd etilgan jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rish deb ham kvalifikatsiya qilinishi kerak1.

5-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish

maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga

xilof ravishda o‘tkazish (273-modda)

Jinoyatning obyekti – aholining sog‘lig‘i. Jinoyat predmeti – giyoh-vandlik vositalar yoki psixotrop moddalar hisoblanadi.

Ko‘rilayotgan moddaning birinchi qism obyektiv tomoni giyoh-vandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda quyidagi qilmishlardan birini sodir etish bilan ifodalanadi:

– tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish, o‘tkazish. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof

ravishda tayyorlash deganda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Гиёҳвандлик

воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 1995 йил 27 октябрдаги 21-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами. Биринчи жилд. – Т., 2007. – Б. 35.

Page 18: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

18

Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi 21-sonli qarorining 6-bandiga muvofiq «... pirovard natijada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar hosil qilingan har qanday harakat, shuningdek, tegishli ruxsat bo‘lmagan holda narkotiklarni to‘yintirish va narkotik ta’sir kuchini oshirish maqsadida ularni qayta ishlash va tozalash (begona aralashmalardan holi qilish) tushunilishi lozim»1. Plenum qarorining berilgan tushunchasidan ko‘rinib turibdiki, qonunga xilof ravishda tayyorlash ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin – qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish va qonunga xilof ravishda qayta ishlash.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda, O‘zbekiston Respublikasi qonun-chiligiga xilof ravishda tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan o‘simliklardan, dorilardan yoxud kimyoviy yoki boshqa moddalardan bir yoki bir nechta foydalanish uchun tayyor bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni olishga yo‘naltirilgan qasddan sodir etilgan harakatlarni tushunish lozim.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda qayta ishlash deganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchili-giga xilof ravishda tarkibida bir yoki bir nechta giyohvandlik vositalar yoki psixotrop moddalari bo‘lgan qattiq yoki suyuq qorishmadagi aralashmalarni tozalash yoxud bunday aralashmada (preparatda) giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning to‘yinganlik darajasini ko‘paytirish, shuningdek bunday aralashmalar-ning faolligini oshirish yoki inson organizmiga bo‘lgan ta’sirini kuchaytirish maqsadida farmakologiya jihatidan faol bo‘lgan boshqa moddalar bilan aralashtirishdan iborat bo‘lgan qasddan sodir etiladigan harakatlar tushuniladi.

Tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bo‘lgan o‘simliklarni qaynatib bug‘lantirish, aralashmalardan tozalash, bug‘ga aylantirish va boshqa qo‘shimcha ishlov bermasdan, ya’ni moddaning tuzilishini o‘zgarishiga olib kelmaydigan maydalash, quritish yoki suv bilan surtish va boshqa shunga o‘xshash harakatlar giyohvandlik

1 O‘sha joyda. – B. 36.

Page 19: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

19

vositalarni yoki psixotrop moddalarni tayyorlash tushunchasini hosil qilmaydi1.

Tayyorlash harakatlari, iste’mol uchun tayyor bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning, hech bo‘lmaganda bitta dozasi tayyorlangan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni olish deb, sotib olishni boshqa narsa va buyumlarga almashtirishni, qarzga yoki hadyaga olishni, qarz evaziga olishni, topib olingan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘zlashtirishni, aybdor olgan moddalari narkotik ekanligini bilgan bo‘lsa, yovvoyi holda o‘sayotgan nasha va ko‘knor o‘simliklarini yoki ularning bo‘laklarini, shuningdek, tarkibida narkotik bo‘lgan o‘simlik ekinlarining qo‘riqlanmayotgan qoldiqlarini yig‘ib-terib olishni hisoblamoq kerak. Jinoyat predmeti aybdor shaxsning ixtiyoriga amalda o‘tgan paytdan boshlab olish harakatlari tugallangan hisoblanadi.

Saqlash deganda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni aybdorning egaligida: yonida, binoda, maxfiy yerda va boshqa joylarda bo‘li-shi bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilishi lozim.

Tashish deganda, tashish usulidan qat’i nazar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilishi lozim.

Jo‘natish deganda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop mod-dalarni tashish jarayonida jo‘natuvchi ishtirok etmagan vaziyatda, aloqa bo‘limi jo‘natmasi, bagaj tariqasida yoki boshqa usullarda bir joydan ikkinchi joyga qonunga xilof ravishda yuborish tushunilishi lozim.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda, ularni har xil usulda tarqatish (o‘zgaga berish, hadya etish, boshqa shaxsga ukol qilish, almashtirish, qarz va qarz evaziga berish, sotish va hokazolar)ni tushunish lozim. Giyoh-vandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotish – o‘tkazishning bir usuli deb hisoblanishi kerak2.

1 Уголовное право России. Общая и Особенная части: Учебник/Под ред.

д-ра юрид. наук, проф. В.К. Дуюнова.– М., 2008. – С. 520. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Гиёҳвандлик

воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 1995 йил 27 октябрдаги 21-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами. Биринчи жилд. – Т., 2007. – Б. 36–37.

Page 20: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

20

Ko‘rilayotgan moddaning 1-qismi dispozitsiyasiga muvofiq yuqorida tahlil qilingan qilmishlar ko‘p bo‘lmagan miqdorda (Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining 2010-yil 6-apreldagi 10/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qonunga xilof saqlash yoki muomaladagi topilgan giyoh-vandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar o‘lchamining oz, ozginadan ko‘p va ko‘p miqdorga mansubligi ro‘yxati»da belgilangan vosita va moddalarning ko‘rsatilgan «oz» miqdoriga teng) sodir etilsagina jinoiy javobgarlik vujudga keladi.

Jinoyatning subyekti bo‘lib 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Subyektiv tomonning zaruriy belgisi – o‘tkazish maqsadining mavjudligi. Aybdorda qonunga xilof ravishda tayyorlangan, olingan, saqlanayotgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadi borligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, bu vosita yoki moddalar haqiqatdan ham o‘tkazish uchun tayyorlanganligini namoyon etuvchi dalillar majmuiga asoslanmoq lozim. Masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni faqat iste’mol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, narkotiklar yoki psixotrop moddalarni ma’lum o‘lchamda qadoqlanganligi, tashish yoki jo‘natishda ularni maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligi, aybdorning o‘zi bangi emasligi to‘g‘risida ekspertiza xulosa berganligi va hokazolar. Ishning aniqlangan haqiqiy holatlariga qarab aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasining 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak1.

Jinoyat kodeksi 273-moddasining 2-qismida belgilangan jinoyatning obyektiv tomoni giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan ifodalanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ko‘p bo‘lmagan yoki ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni ko‘p bo‘lmagan yoki ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazishdan iborat qilmishlar:

1 O‘sha joyda. – B.36.

Page 21: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

21

a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; d) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash joylarida; e) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, studentlar o‘quv, sport va

jamoat tadbirlarini o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 273-moddasi 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash joylari deganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 45-moddasiga asosan jazoni ijro etish koloniyalari; tarbiya koloniyalari; turmalar; tergov hibsxonalari (ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi) tushuniladi.

Yuqorida tahlil qilingan ijtimoiy xavfli qilmishlar o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, studentlar o‘quv, sport va jamoat tadbirlarini o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilsa, jinoyat Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismining «г» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud o‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, bunday vositalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ularni ko‘p bo‘lmagan yoki ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki qonunga xilof ravishda o‘tkazishdan iborat qilmishlar:

a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab,

sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 273-moddasining 4-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

O‘zbek tilining izohli lug‘atiga muvofiq, laboratoriya – (lot. laboratorium < laborare – ishlamoq) – ilmiy tekshirishlar, tajribalar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun kerakli apparat va asboblar bilan jihozlangan ilmiy muassasa yoki uning bo‘limi va ular joylashgan binolar1 tushuniladi. Biroq, ilmiy tekshirishlar yoki tajribalar o‘tkazish

1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати (А. Мадвалиев таҳрири остида) / “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. www. ziyouz.com kutubhonasi

Page 22: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

22

uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa yoki uning bo‘limlari joylashgan binolarni ko‘rilayotgan jinoyat mazmunida laboratoriyada sodir etilgan deb baholash noo‘rindir. Chunki, qonun talabiga ko‘ra, aynan laboratoriyada, ya’ni kerakli maxsus asbob-uskunalardan foydalangan holda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash yoki qayta ishlash uchun javobgarlik belgilangan. Shuning uchun, biron-bir binoda (masalan, maktabning kimyo laboratoriyasi va hokazo) joylashgan laboratoriya bo‘limidagi asbob-uskunalardan foydalanmagan holda, lekin binoning boshqa xonalarida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash yoki qayta ishlash harakatlari mazkur belgini hosil qilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limiga muvofiq prekursorlar deganda, BMTning «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi 1988-yilgi Konvensiyasiga Ilovaning I va II jadvallariga kiritilgan har qanday moddalar hisoblanadi.

Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasining 2010-yil 6-apreldagi 10/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qonunga xilof saqlash yoki muomaladagi topilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar o‘lchamining oz, ozginadan ko‘p va ko‘p miqdorga mansubligi ro‘yxati»da prekursorlarning nomi va o‘lchamining miqdorlari belgilangan.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun mo‘ljallangan bangixonalar deganda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni muntazam ravishda iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan maxsus foydalaniladigan har qanday xonalar (odam yashaydigan yoki yashamaydigan, xizmat xonalari va boshq.) tushuniladi. Shu bilan birga, bu xonalar aybdorning qonuniy yoki noqonuniy egaligida bo‘lganligi yoki ko‘rsatilgan maqsadlarda maxsus ijaraga olinganligi qilmishning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi.

Qonun mazmuniga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash deganda, aybdor tomonidan g‘araz maqsadni ko‘zda tutgan-tutmaganligidan qat’i nazar giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun maxsus sharoit yaratilgan (iste’mol qilish moslamalari, giyohvandlik vositalari bilan ta’minlangan-ta’minlanmaganligining

Page 23: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

23

ahamiyati yo‘q) xonalarni bir yoki bir necha marotaba berib turishi tushunilishi lozim. Boshqalar tomonidan xonadondan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga bildirmasdan giyohvandlik vositalarini o‘zlari bilan olib kelib iste’mol qilganliklari aniqlansa, xonadondan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs harakatini bangixona tashkil qilgan deb baholamaslik lozim.

Shu bilan birga bangixona saqlovchisi tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar sotilgan yoki o‘tkazilgan bo‘lsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksi 273-moddasining tegishli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikasiya qilinishi kerak1.

O‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalar deganda, aybdorga tegishli bo‘lmagan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan har qanday vositalar hamda ularni tayyorlash va qayta tayyorlashda foydalaniladigan ashyolar va jinoyat predmetlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yig‘ilgan holdagi moslamalarning majmuasi tushuniladi.

Bunday vosita va asbob-uskunalarga quyidagilarni kiritish mumkin: – ashyolarni tabletka yoki ampula qilish uchun mo‘ljallangan

moslamalar (qo‘lbola yoki ishlab chiqarish joylarida tayyorlangan); – vosita yoki moddalarni aralashtirish uchun yaratilgan avtomat va

qo‘l bilan bajariladigan aralashtirgichlar; – yarimfabrikatlar, bo‘sh ampulalar, shpris idishlari va turli xil

hajmdagi kapsulalar; – ampula, shpris idishlar va kapsulalarni tayyorlash uchun mo‘ljal-

langan moslamalar; – suyuqlikni so‘rib olish yoki itarib chiqarish, shuningdek ularni

sovutish uchun mo‘ljallangan (bunday moslamalarga xo‘jalikda ishlatila-digan muzlatgichlar kirmaydi) qo‘lda yoki zavodda yasalgan mosla-malar;

– suyuqlik yoki boshqa predmetlarni begona aralashmalardan tozalash uchun mo‘ljallangan moslamalar.

1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 1995 йил 27 октябрдаги 21-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами. Биринчи жилд. – Т., 2007. – Б. 37–38.

Page 24: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

24

Bunda mazkur vosita va asbob-uskunalarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash yoki qayta tayyorlashga mo‘ljallanganligi, asbob-uskunalarning texnik xususiyatiga ko‘ra aynan ushbu jinoyatning predmetlarini tayyorlash jarayonida foydalanish mumkinligini aniqlash zarur. Agar bunday vosita va asbob-uskunalar xo‘jalik maqsadlarida foydalanilayotganligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayon bo‘lib, ulardan ro‘zg‘or uchun foydalanilayotganlik holatlari aniqlangan bo‘lsa, bunday qilmish tahlil qilinayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmaydi1.

Qayd etilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda birinchi navbatda o‘tkazilgan (sotilgan) giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar miqdoridan kelib chiqish kerak.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda ko‘p miqdorda sotganlik uchun javobgarlik Jinoyat kodeksi 273-moddasining 5-qismida nazarda tutilgan.

Agar aybdor tomonidan bila turib giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa moddalar o‘tkazilsa, sotilsa, bunday harakatlar firibgarlik sifatida, oluvchining harakatlari esa – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni olishga suiqasd qilish tariqasida kvalifikatsiya qilinishi kerak.

Aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning faqat bir qismi sotilib, qolgani topilgan va olingan hollarda, bunday vosita yoki moddalarning o‘lchami ularning umumiy miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Aybdorda qonunga xilof ravishda tayyorlangan, olingan, saqla-nayotgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadi borligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda (JK 273-m.) sudlar, bu vosita yoki moddalar haqiqatdan ham o‘tkazish uchun tayyorlanganligini namoyon etuvchi dalillar majmuiga asoslanmoqlari lozim. Masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni faqat iste’mol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, narkotiklar yoki psixotrop moddalarni ma’lum o‘lchamda qadoqlanganligi, tashish yoki jo‘natishda ularni maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash uchun asbob-

1 Отажонов А.А. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятлар: Ўқув қўлланма. – Т., 2013. – Б. 29–30.

Page 25: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

25

uskunalarning mavjudligi, aybdorning o‘zi bangi emasligi to‘g‘risida ekspertiza xulosa berganligi va hokazolar. Ishning aniqlangan haqiqiy holatlariga qarab aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasining 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak1.

Jinoyat kodeksi 273-moddasi oltinchi qismiga muvofiq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyatini sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.

Shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishi munosabati bilan tibbiy yordam ko‘rsatishni so‘rab, tibbiyot muassasalariga o‘z ixtiyori bilan murojaat qilganligi, uni ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallaganligi, saqlaganligi, tashiganligi va jo‘natganligi, iste’mol qilganligi uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga faqat bunday murojaat shaxsning bangilikdan tuzalish niyati bilan qilingan va uni fosh etilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollardagina asos bo‘lishi mumkin2.

6-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol

qilishga jalb etish (274-modda)

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga har qanday usulda jalb qilish harakatlari birinchi navbatda jamoat xavfsizligi va aholining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadi.

Obyektiv tomondan ko‘rilayotgan jinoyat giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish bilan ifodalanadi.

1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Гиёҳвандлик

воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 1995 йил 27 октябрдаги 21-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами. Биринчи жилд. – Т., 2007. – Б. 36.

2 O‘sha joyda. – B.38.

Page 26: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

26

Shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar deganda, O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning I, II, III va IV ro‘yxatlariga kiritilmagan, biroq kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar (giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari) yoxud inson aql-idrokiga gangituvchi (karaxt qiluvchi) ta’sir ko‘rsatadigan maishiy hayotda, ishlab chiqarishda, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda keng qo‘llaniladigan, tobelikni vujudga keltiruvchi turli moddalar tushuniladi. Bunday moddalarning muomalasi alohida tartibga solinmaganligi bois ularni aniqlash istisno qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ya’ni ushbu moddalar xalqaro konvensiyalar va davlatning ichki normativ hujjatlarida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar sifatida belgilanmagan bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning I, II, III va IV ro‘yxatlar), insonning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar kabi ko‘rilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi 21-sonli qarorining 10-bandiga muvofiq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish deganda, shaxsda ularni iste’mol qilish maylini uyg‘otishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakatlar (ko‘ndirish, taklif qilish, maslahat berish va sh.k.), shuningdek, ta’sir o‘tkazilayotgan shaxsni giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qildirish maqsadida aldash, ruhiy yoki jismoniy zo‘rlik ishlatish, ozodligini cheklash va hokazolar tushunilishi lozim.

Ushbu tushunchadan ko‘rinib turibdiki, jalb qilish harakatlari jabrlanuvchini ishontirish yoki uni majburlash orqali amalga oshirilishi mumkin.

Ishontirish yo‘li bilan jalb qilish deganda, giyohvandlik vositalari yoki boshqa moddalarni taklif, iltimos qilish, ko‘ndirish, maslahat berish, mukofot va’da qilish, aldash va boshqa shunga o‘xshash yo‘llar orqali ruhiy ta’sir o‘tkazib jabrlanuvchida ko‘rsatilgan vosita yoki moddalarni iste’mol qilish istagini uyg‘otish tushuniladi.

Page 27: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

27

Majburlash yo‘li bilan jalb qilishda ruhiy (qo‘rqitish, do‘q-po‘pisa va hokazo) yoki jismoniy zo‘rlik (urish-do‘pposlash, qiynoqqa solish, badanga turli xil darajadagi shikastlar yetkazish va hokazo) ishlatish orqali jabrlanuvchining irodasi yengiladi.

Jismoniy zo‘rlik ishlatish orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-idrokka ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb qilish jarayonida jabrlanuvchining badaniga yengil yoki Jinoyat kodeksi 105-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan o‘rtacha og‘irlikdagi shikastlar yetkazilsa yoxud amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar majudligida o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish orqali sodir etilsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksi 274-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Agar jalb etish jarayonida jabrlanuvchining badaniga Jinoyat kodeksi 105-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan og‘irlashtiruvchi holatlar mavjudligida o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilsa, qilmish Jinoyat kodeksi 105-moddasining 2-qismi yoki 104-moddasining tegishli qismlari va 274-modda bilan jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilinadi.

Mazkur jinoyat tarkibi o‘z tuzilishiga ko‘ra formal tarkibli hisoblanganligi sababli jabrlanuvchini giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb qilishga yo‘naltirilgan harakatlar boshlangan paytdan jinoyat tugallangan hisoblanadi. Bunda jabrlanuvchining bu vosita yoki moddalarni iste’mol qilganligi yoki qilmaganligi ahamiyat kasb etmaydi.

Jinoyatning subyektiv tomoni aybning to‘g‘ri qasd shakli bilan ifodalanadi. Aybdor boshqa shaxsni giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb qilayotganini anglaydi va bu harakatlarni amalga oshirishni istaydi.

Tahlil qilinayotgan jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs hisoblanadi. Agar voyaga yetgan shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga voyaga yetmagan shaxs jalb qilinsa, qilmish Jinoyat kodeksining 127-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu vosita va moddalarni iste’mol qilishga voyaga yetgan shaxs jalb qilinsa, qilmish Jinoyat kodeksining 274-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Page 28: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

28

Jinoyat kodeksi 274-moddasining 2-qismida quyidagi ko‘rsatilgan harakatlar:

a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarida; d) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilganligi uchun

javobgarlik nazarda tutilgan. Aybdorning ikki yoki undan ortiq shaxslarda giyohvandlik vositalari yoki

psixotrop moddalarni iste’mol qilish maylini uyg‘otishga qaratilgan harakatlari, bu harakatlar bir necha shaxslarga nisbatan bir vaqtning o‘zida yoki ularning har biriga nisbatan turli vaqtda sodir etilganligidan qat’iy nazar Jinoyat kodeksi 274-moddasining 2-qismi «в» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak1.

7-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop

moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish (275-modda)

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop mod-

dalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishiga faqatgina O‘zbekiston Respublikasi 1999-yil 19-avgustdagi «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan hollarda va tartibida yo‘l qo‘yiladi (5-modda).

Ushbu qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan ko‘rsatilgan qonun talablarini buzgan holda muomala qilish, javobgar-likni vujudga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 275-moddasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab

1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Гиёҳвандлик

воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга оид жиноят ишлари бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 1995 йил 27 октябрдаги 21-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорлари тўплами. Биринчи жилд. – Т., 2007. – Б. 38.

Page 29: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

29

chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatilgan. Bu jinoyatning obyektini giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari jinoyat predmeti bo‘lib hisoblanadi.

Obyektiv tomondan ko‘rilayotgan jinoyat giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan qoidalarini buzishda ifodalanadi. Mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoiy-huquqiy norma blanket xususiyatga ega bo‘lganligi sababli, jinoyat tarkibining obyektiv tomoni Jinoyat qonunidan tashqari boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilish orqali aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi 1999-yil 19-avgustdagi qonunining 19-moddasiga muvofiq, II ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarini muomalada bo‘lishiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish hamda ularning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga monelik qilish, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash hamda davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ishlab chiqarish va tayyorlash O‘zbekiston Respublika-sining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomoni-dan, muayyan giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

III ro‘yxatga kiritilgan psixotrop moddalarni yuqorida belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash maxsus vakolatli organ qaroriga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan, muayyan psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vosita-lari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom»da tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan, ilmiy

Page 30: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

30

tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa o‘quv yurtlari, nazorat-tahlil laboratoriyalari, davolash-profilaktika muassasalari laborato-riyalarining ilmiy maqsadlari uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish qoidalarini buzish deganda, litsenziyalari bo‘lgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarishning normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarini buzishdan iborat harakati yoki harakatsizligi tushuniladi. Ya’ni, mazkur jinoyatda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarishga huquqi bo‘lgan hollarda bu vosita va moddalarni ishlab chiqarishning belgilangan qoida-larini buzganlik uchun (masalan, ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini tashkil qiluvchi normativ hujjatlarda belgilangan qoidalardan birini buzish) javobgarlik nazarda tutiladi.

Tegishli litsenziyasiz yoki litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganda, tugaganda yoxud litsenziya bekor qilinganda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish mazkur jinoyat tarkibini tashkil qilmaydi. Bunday hollarda aybdor shaxsning qilmishi ko‘zlagan maqsadiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 273 yoki 276-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Sifatsiz dori vositalarining ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish qoidalarini buzish harakatlari Jinoyat kodeksining 275-moddasi va belgilangan shartlari mavjudligida, 1863-moddaning tegishli qismlari bilan jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Agar shaxs o‘tkazish yoki o‘zlashtirish maqsadida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning ortiqcha qismi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan ishlab chiqarish qoidalarini qasddan buzsa, uning qilmishi Jinoyat kodeksining 271-moddasi bilan baholanishi lozim.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni saqlash qoidala-rini buzish deganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazir-ligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida» 2001-yil 17-iyundagi 2-sonli qarorida belgilangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki prekursorlarni saqlash bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya qilmaslik yoki ularni buzish tushuniladi.

Page 31: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

31

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natish qoidalari O‘zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»1999-yil 19-avgust qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lish tartibini belgilab beruvchi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2003-yil 29-oktabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom», «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom», «O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yo‘lovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom», «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom», shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi 2001-yil 17-iyundagi 2-sonli qarorlarida belgilangan.

Belgilangan qoidalarni buzish yuqorida ko‘rsatilgan normativ hujjatlardagi norma va qoidalarga rioya etmaslikda ifodalanadi.

Mazkur jinoyatning obyektiv tomonini aniqlashda normativ-huquqiy hujjatda belgilangan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natish-ning aniq qaysi qoidasining buzilganligi ko‘rsatilishi lozim.

Qilmish natijasida qandaydir ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqqanligi yoki kelib chiqmaganligidan qat’i nazar, jinoyat giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan qoidalari buzilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.

Subyektiv tomondan bu jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Agar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan qoidalarini buzgan shaxs o‘z qilmishining

Page 32: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

32

ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan taqdirda, uning qilmishi aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi va javobgarlikni istisno etadi.

Ko‘rilayotgan jinoyatning subyekti bo‘lib giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan qoidalariga rioya etish majburiyati yuklatilgan 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi.

8-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish

maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar (276-modda)

Jinoyatning obyekti – aholining sog‘lig‘i. Jinoyat predmeti giyoh-

vandlik vositalari yoki psixotrop moddalar hisoblanadi. Obyektiv tomondan ko‘rilayotgan jinoyat giyohvandlik vositalari

yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish bilan izohlanadi.

Jinoyat predmetlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natishdan iborat qilmishlar yuqorida Jinoyat kodeksining 273-moddasi ko‘rilayotganda batafsil tahlil qilingan.

Jinoyatning subyektiv tomoni aybning qasd shakli bilan ifodalanadi. Shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglaydi va bu qilmishlarni sodir etishni istaydi.

Qilmishni Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan kvalifikasiya qilish uchun aybdorning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadining mavjud emasligini aniqlash shart, chunki jinoyat subyektiv tomonining maqsadi jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etadi1. Agar shaxs mazkur vosita yoki moddalarni keyinchalik o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlasa, saqlasa, egallasa, tashisa yoki jo‘natsa, uning qilmishi Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

1 Отажонов А.А. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар

билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятлар: Ўқув қўлланма. – Т., 2013. – Б. 46.

Page 33: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

33

Ko‘rilayotgan jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs hisoblanadi.

Ushbu qilmishlar: a) ko‘p miqdorda; b) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, moddaning 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natishdan iborat qilmishlarni ko‘p miqdorda sodir etilganlik narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining 2010-yil 6-apreldagi 10/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qonunga xilof saqlash yoki muomaladagi topilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar o‘lchamining oz, ozginadan ko‘p va ko‘p miqdorga mansubligi ro‘yxati»ga murojaat qilingan holda aniqlanadi.

Ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan jinoyat predmetlarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish qilmishlari Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismining «б» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Jinoyatni ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilishi tushunchasi yuqorida batafsil yoritilgan.

Page 34: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

34

II BOB. GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF

RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN IBORAT JINOYATLARGA QARSHI KURASHNING KRIMINOLOGIK CHORALARI

1-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sabablari, sharoitlari va oqibatlari

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan erkin fuqarolik

jamiyati va demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi islohotlar birinchi navbatda, jamiyat a’zolarining tinchligini ta’minlash, ularning erkin yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Shu maqsaddan kelib chiqib, har bir fuqaroning ma’naviyati va dunyoqarashini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ayrim toifadagi shaxslar ma’naviyatida yuzaga keladigan turli illatlarning oldini olishni ta’minlash ham davlat siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Shuning uchun shaxs ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi giyohvandlik singari illatlar hozirgi davrdagi dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir qiluvchi bu illatlar oqibatida ko‘plab jinoyatlar sodir bo‘lmoqda, oilalar barbod bo‘lmoqda, bolalar nogiron tug‘ilmoqda.

Prezident Islom Karimov BMTda (1993-y.)1, YEXHTning Istambul sammitida (1999-y.)2 va Shanxay sammitida (2001-y.)3 so‘zlagan nutqlarida hozirgi davrdagi turli ko‘rinishdagi uyushgan jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizm jinoyatlarining asosiy manbalari bu «narkobiznes» ekanligini alohida ta’kidlab, «Terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz» tuzish haqidagi amaliy takliflar bilan chiqdi va bu borada jonkuyarlik qilmoqda. Davlatimiz rahbari BMT

1 Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулимиз. Т. 9. – Т., 2001. – Б. 105.

2 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. – Т., 2000. – Б. 83–86.

3 Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулимиз. Т. 9. – Т., 2001. – Б. 375.

Page 35: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

35

Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida hozirgi davrga kelib giyohvandlikni keltirib chiqarayotgan narkobiznes butun dunyo hamjamiyatiga va insoniyatga xavf solayotganligini ta’kidlab, BMTning Markaziy Osiyodagi hududiy komissiyasini tuzish to‘g‘risida takliflar berdi. Demak, bu kabi illatlarga qarshi kurashish jahondagi barcha sof vijdonli insonlarning vazifasi va burchidir.

Fuqarolarning sog‘lig‘ini giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan, shu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilish, shuningdek jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratish maqsadida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Giyohvandlikning eng xavfli asorati shundaki, u shaxsni fiziologik jihatdan narkotik moddalarga bog‘lanib qolishiga olib keladi. Giyohvandlik jamiyatga va insonlarga nihoyatda ko‘p zarar yetkazadigan ofat desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, narkotik moddalar shaxsning fiziologik jihatlariga va ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiy xulosalarga ko‘ra narkotik moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslarning organizmi, ichkilikbozlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar organizmiga nisbatan 15–20 marotaba tezroq ishdan chiqadi va buziladi.

Giyohvandlik kishi organizmiga og‘ir asoratlarni keltirib chiqaruvchi kasallikdir. Chunki, giyohvandlik moddalariga berilgan odamning hayoti va faoliyati bunday moddalarni muntazam ravishda iste’mol qilishiga bog‘liq bo‘lib, bu narsa shaxsni ham jismonan, ham ruhan holdan toyishga olib keladi.

Giyohvandlik haqida so‘z yuritganda, avvalo giyohvandlikning lug‘aviy ma’nosini aniqlashtirib olish zarur. Giyohvandlik – yunoncha «narkotikos» so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosi bir lahza bo‘lsa-da hayot tashvishlaridan, muammolaridan yiroqlashish yoki fiziologik rohatlanish xohishidir.

Narkotik moddalarga nasha, qora dori, geroin, ko‘knori, opium, kokain fenomin kabi tarkibida kishining markaziy asab tizimini qo‘zg‘atuvchi, uxlatadigan moddalarni kiritish mumkin. Bu moddalarni iste’mol qilish, ularga ruju qo‘yishga, ya’ni fiziologik va psixologik bog‘lanib qolishga olib keladi.

Page 36: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

36

Achinarlisi shundaki, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar nafaqat shaxsning sog‘lig‘iga, balki, uning ruhiyatiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

– shaxsning insoniy xislatlaridagi zaifligi, kayf-safoga moyilligi; – shaxsning xususiyatlari: tajanglik, nevrozlik holatlari, emotsional

tanglikning yetishmasligi, o‘zini nazorat qila bilmaslik, o‘z talabini qondira olmaslik, ayrim qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik;

– atrofdagi shaxslar yoki tengqurlarning ta’siri, guruhlarga qo‘shilib qolish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishning yomon oqibatlarini chuqur o‘ylamaslik;

– oiladagi ayrim noxushliklar, bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar;

– atrofdagi shu yo‘lga kirib qolgan yaqin kishilarning ta’siri, maktabdagi ayrim shaxslar – maktabdoshlarning ta’siri;

– ishining yurishmasligi, ishqiy muhabbatdagi ko‘ngilsizliklar; – shaxsning salbiy muhitga tez berilishi; – shaxsning uyidan tez-tez bosh olib chiqib ketishi; – shaxsning ota-onasi o‘rtasida tez-tez janjal bo‘lib turishi; – shaxsning bo‘sh vaqtini oqilona tashkil eta olmasligi; – shaxs yashaydigan oilada giyohvandlik va ichkilikbozlikning avj

olishi; – bir xil turmush tarzidan vaqtincha bo‘lsa ham voz kechishni istashi

natijasida shaxsning ruhiyatida o‘zgarish yuzaga kelishi; – shaxsning bugungi kun bilan yashashi, sovuqqonlik oqibatida

pessimistik (tushkun) dunyoqarashga ega bo‘lib, o‘z hayoti va turmush tarzidan qoniqmasligi;

– shaxsning oilasida o‘ziga xos muammo borligi va bu muammoni hal qilishga unda xohish va istakning yo‘qligi;

– shaxsda shaxsiy-ijtimoiy psixologik salbiy omillarning mavjudligi; – shaxsning ruhiy va jismoniy jihatdan irodasining bo‘shligi; – shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni

iste’mol qilish natijasida qanday oqibatlar kelib chiqishini oldindan bashorat qila olmasligi va hokazo.

Page 37: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

37

Voyaga yetmaganlarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

– bolada bekorchi vaqtning ko‘pligi va ota-ona tomonidan uning nazorat qilinmasligi;

– bolaning giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilib ko‘rishga qiziqishi, uning ta’sirini o‘zida sinab ko‘rishga intilishi;

– boladagi stressga chidamlilikning pastligi, tortinchoqlik, itoatkorlik yoki uning aksi – tez asabiylashishi;

– ota-onaning giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishi; – bolaning turli xil norasmiy o‘smirlar guruhlarining ta’siriga tushib,

ularga tobe bo‘lib qolishi; – bolaning chekishi, surunkali ichkilikbozlikning mantiqiy davomi

sifatida giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishi; – ota-onaning bolaga haddan ziyod mehr qo‘yishi natijasida unga

keragidan ortiq ishonishi; – ota-onaning bolaga ehtiyojidan ortiq ko‘proq pul berishi va uning

bola tomonidan sarflanishini nazorat qilmasligi va boshqalar. Giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy savdo qiluvchi shaxslar va

giyohvandlar bolani bu illatga o‘rgatishda, asosan, moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarning bolalarini o‘zlariga o‘lja sifatida jalb qilishga ko‘proq harakat qiladilar.

Bunday obyektiv va subyektiv sabablarni sanashni davom ettirish mumkin, lekin shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishiga bitta aniq omilni sabab qilib ko‘rsatish mushkul. Agar shunday sabab bo‘lsa, o‘sha sababni ro‘kach qilib ko‘rsata olsak, u holda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilinishiga chek qo‘ya olgan bo‘lar edik.

Ma’lumki, bolaning kelgusidagi shaxs sifatida jismoniy va ma’naviy shakllanishi asosan oiladagi muhit, ota-onasining kimligi, oilada qanday o‘rinni egallashi, er-xotinning o‘zaro muomalasi, bolaning har tomonlama shakllanishida ular olib borayotgan tarbiyaviy ishlarga va qaysi usul bilan tarbiya qilayotganiga bog‘liq.

Shu o‘rinda maktab jamoasining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyatini qayd etib o‘tish o‘rinli. Ushbu muhitning yosh avlodni tarbiyalashda alohida ahamiyatga ega ekanligi ham barchaga ma’lum. Maktablarda ayrim nojo‘ya harakatlari bilan ajralib turadigan o‘quvchilar uchragan hollarda tarbiya ishlarida hushyorlik talab etilishi zarur. Chunki

Page 38: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

38

bu yerda yo‘l qo‘yilgan kichik xato ham ba’zi noxush oqibatlarga olib kelishi va o‘quvchilar orasida giyohvandlikka sharoit tug‘ilishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, ayrim oilalarda, ayniqsa yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganda, bolaga haddan ortiq mehr qo‘yish, uni erkalatish, barcha istaklarini so‘zsiz bajarish, yengilliklarga o‘rin berish, aytganini ortig‘i bilan ado etish yoki aksincha bolaga nisbatan keragidan ortiqcha nazar bilan qattiq turish, ayrim hollarda, ruhiyatiga salbiy ta’sir qilish va erkinlik bermaslik, sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish narkotik moddalarga moyillikning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun oilada bolani mehnatga, foydali ishga, hayot qiyinchiliklarini yengishga o‘rgatish, maktabda esa sport yoki biror hunar o‘rgatish bilan shug‘ullantirishning ahamiyati kattadir.

Yosh avlodning shakllanishida, ma’lum bir foydali yaxshi yo‘lga kirishida atrofdagi tengdoshlari, oshna-og‘aynilarining, ayniqsa o‘sha muhitdagi «guruh» o‘rtoqlarining ta’siri kuchlidir. Xalqimizda «Yaxshi bilan yursang – yetasan murodga, yomon bilan yursang – qolasan uyatga» degan naql bor.

Agar o‘smir narkotik moddalarni iste’mol qiladigan guruhga qo‘shilib qolsa, ularning ta’siriga tushishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularga qo‘shilib ketadigan yoshlarning aksariyati o‘z xarakteri – shaxsiy xususiyatiga ko‘ra, ruhan turg‘un bo‘lmagan, xulqi bo‘yicha «simobdek» har tomonga og‘averadigan, biror ishni oxiriga yetkazmaydigan, har ishga qiziqib birini tashlab ikkinchisiga o‘tib ketadigan, bir ish yoki hunarga berilib oxirigacha o‘rgana olmaydigan, qo‘nimsiz bo‘ladilar.

Shuning uchun oilada bunday yoshlarning tarbiyasida hamma vaqt ularni qayerda va kimlar bilan birgalikda vaqt o‘tkazayotganliklari, qanday ishlar bilan shug‘ullanayotganliklari va u qo‘shilgan guruhda kimlar borligini nazorat ostiga olinishi zarur.

Shaxs giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga quyidagi usullar orqali jalb qilinishi mumkin:

– iltimos orqali ko‘ndirish; – qo‘rqitish orqali ruhiyatiga ta’sir etish; – maslahat berish orqali ruhiyatiga ta’sir etish; – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topishga

yaqindan yordam berish;

Page 39: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

39

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tatib ko‘rishga ko‘ndirish va boshq.

Umuman shaxsni giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb qilish usullarini ikkiga, ya’ni, birinchisi, shaxsning qiziqib chekib ko‘rishi orqali; ikkinchisi, shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘zi xohlamagan holatda iste’mol qilishi (iste’mol qilishga majburlash orqali).

O‘z xohishiga ko‘ra giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qiluvchilarning ko‘pchiligini katta mablag‘ga ega shaxslar tashkil etadi. Odatda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga majbur qilish uchun moddiy jihatdan ta’minlangan shaxslar qidiriladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qiluvchi shaxsning xatti-harakatlarini o‘rganish ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish natijasida shaxsda quyidagi fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi: terining oqarishi, ko‘z qorachig‘ining torayishi yoki kengayishi, ko‘zning qizarishi yoki xiralashishi, nutqning buzilishi (sekin gapirish va nutqdagi chalkashliklar, ozib ketish, ishtahaning yo‘qolishi yoki me’yori-dan ko‘p ovqatlanish, surunkali yo‘tal, harakat koordinatsiyalarining yomonlashuvi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish natijasida shaxsning xulq-atvorida quyidagi salbiy o‘zgarishlar yuz beradi: sababsiz tez jahli chiqishi, bo‘shanglik, diqqat va xotiraning pasayishi, narsalarga nisbatan qiziqishning yo‘qolishi, tushunarsiz sabablarga ko‘ra maktabga bormaslik, uydan ketib qolish, ma’lum narsalarga nisbatan fikrni jamlashda qiyinchilik, uyqusizlik, kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi va bildirilgan tanqidlarni noto‘g‘ri qabul qilish, juda tez charchoqni his qilish, o‘ziga yaqin odamlar bilan munosabatga kirishishdan qochish, maktabdagi davomatning pasayib ketishi, doimiy ravishda pul so‘rash, uydagi qimmatbaho narsalar (kitoblar, kiyim-kechak, audio va video texnikalar va boshq.)ni yashirin ravishda sotish, tez-tez telefonlar bo‘lishi, yolg‘on va uydirma gaplarni tez-tez so‘zlash, hozirjavoblikdan qochish, bo‘lmagan narsalarni gapirishga moyillik, asosiy vaqtni asotsial guruhlardagi odamlar bilan o‘tkazish.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilgan shaxsning ruhiyatida sababsiz jahl chiqishi, urush keltirib chiqaruvchi

Page 40: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

40

xatti-harakatlar, vahima, qo‘rquvga tushish hollari tez-tez bo‘lib turadi. Bunday xatti-harakatlar o‘z-o‘zidan shaxsga qarshi jinoyatlarning sodir etilishiga olib kelishi mumkin.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni surunkali iste’mol qilish natijasida inson asabi doimiy ravishda taranglashadigan, ta’sirchan va irodasiz bo‘lib boradi. Oqibatda shaxs:

– ish jarayonida arzimagan sabablarni bahona qilib, janjal qiladi; – ishdan kech qolishni odat tusiga kiritib, oxir-oqibat ishga

kelmaydi, odamgarchilikdan chiqadi; – markaziy asab tizimi bilan qo‘l-oyoq harakati o‘rtasidagi

muvofiqlik buziladi va ko‘ngilsiz hodisalarni sodir qiladi; – boshliqlarga itoat etmaydi, ularning gaplariga befarq qaraydi; – ichki va ruhiy kasalliklarga chalinadi; – ishida samara bo‘lmaydi. Shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni

surunkali iste’mol qilishida ijtimoiy omillar (noto‘g‘ri tarbiya, atrof-muhit ta’siri, oiladagi kelishmovchiliklar), ruhiy holatlari (qiziquvchan-lik, tajriba va kayf-safoga intilish, qiyinchiliklardan qochish) va giyoh-vandlik vositalari talab qilinuvchi somatik kasalliklar muhim omil bo‘lib hisoblanadi.

Narkotik moddalar iste’mol qilish giyohvandlar tomonidan turli usullar orqali, jumladan chekish, ichish yoki igna orqali qon tomirlariga ukol qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Giyohvandlar ijtimoiy mehnatdan yiroqlashib, ruhan va ma’nan qashshoqlashib, dangasa, xayolparast, hayotga befarq qaraydigan bo‘lib qoladilar. Shu bois shaxsning giyohvandligi bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi:

– narkotik moddalarni iste’mol qiluvchi shaxs ishlash qobiliyatini yo‘qotadi, oila qurolmaydi, ijtimoiy foydali ishlarni bajara olmaydi;

– shaxsning psixikasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi (shaxs o‘z harakatlarini anglash qobiliyatini yo‘qotadi, pul topib narkotik mod-dalarni sotib olishga ehtiyoji ortadi);

– agar narkotik moddalarni iste’mol qiluvchilardan farzand tug‘ilsa, u kamchiliklarga ega bo‘ladi va giyohvand moddalarga talab-ehtiyoji paydo buladi;

– giyohvandlik pul va molga hirs qo‘yish illatini vujudga keltiradi; – har bir giyohvand boshqa shaxslarni bu ishga jalb qilishga o‘z

hissasini qo‘shadi.

Page 41: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

41

Shaxsning narkotik moddalarni iste’mol qilishiga qarshi kurash olib borishda, avvalo, bunday moddalarni iste’mol qilishning motivlarini aniqlash maqsadga muvofiq. Narkotik moddalarni iste’mol qilishning motivi o‘rganilganda, uni iste’mol qiluvchilarning 64,8 foizi qiziqish orqali, 11,7 foizi kasallik tufayli, 14,6 foizi o‘z tengdoshlaridan orqada qolmaslik uchun, 2,5 foizi og‘ir kechinmalar tufayli, 2,4 foizi narkotik moddalarning zararini bilmasligi oqibatida, 1,3 foizi boshqa shaxslar tomonidan majburlash oqibatida, 1,1 foizi tibbiy xodimlar ko‘rsatmasiga muvofiq, 1,6 foizi esa boshqa motivlar bo‘yicha iste’mol qilishi aniqlangan1.

Narkotik moddalarni iste’mol qiluvchilarning ijtimoiy tarkibi tahlil etilganda, ularning 2,2 foizini qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchilar, 2,3 foizini fermerlar, 14,3 foizini o‘quvchi va talabalar, 17,8 foizini ishchilar, 37,3 foizini doimiy ta’minot manbaiga ega bo‘lmagan shaxslar, 26,2 foizini boshqa toifadagi shaxslar tashkil etishi kuzatilmoqda2.

Narkotik moddalar shaxsning sog‘lig‘iga alkogoldan, ya’ni spirtli ichimliklardan bir necha barobar tez, jiddiy va zararli ta’sir etadi. Agar shaxsning muntazam ichkilikbozlikka berilishi 7–15 yil oralig‘ida doimiy ichkilik ichish bilan yuzaga kelsa, uning bir yarim-ikki oy mobaynida narkotik moddalarni iste’mol qilishi giyohvandlikka butunlay bog‘lanib qolishiga olib keladi. Narkotik moddalarni muntazam ravishda iste’mol qiluvchi shaxslarning kasalligini shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: birinchi bosqich moslashish bosqichi (bu bosqichda organizmning reaktiv holati o‘zgaradi, psixik bog‘lanish paydo bo‘ladi); ikkinchi bosqich fizik bog‘lanish bosqichi (bunda fizik bog‘lanish paydo bo‘ladi); uchinchi bosqichda esa organizm butunlay ishdan chiqadi.

Giyohvandlik illati ko‘plab salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi, shaxs ushbu moddalarni iste’mol qilishi ta’sirida turli jinoyatlar sodir etishi mumkin, sababi ular ta’siriga tushgan har qanday shaxs boshqaruvini yo‘qotadi. Shuningdek, bu moddalarni iste’mol qiluvchilar ko‘pincha ularni sotib oladilar, buning uchun esa mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu

1 Исмаилов И., Сатторов Ч. Гиёҳвандлик билан боғлиқ ҳолда содир

қилинадиган жиноятларнинг криминологик тавсифи ва уларнинг олдини олиш. – Т., 1996. – Б. 9.

2 Криминология: Дарслик / З.С. Зарипов, А.С. Якубов, Г.А. Аванесов ва бошқ. проф. З.С. Зариповнинг таҳрири остида. – Т., 2006. – Б. 356.

Page 42: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

42

sababli, bunday sharoitda ular tomonidan o‘zganing mulki talon-toroj qilinadi, o‘g‘rilik, bosqinchilik kabi jinoyatlar sodir etiladi.

Statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, umumiy jinoyatchilik ichida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar ham o‘zining muayyan hissasiga ega bo‘lib kelmoqda. Jumladan, 2005-yilda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qayd etilgan jinoyatlar orasida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar 8,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2006 yilda 8,8 foizni, 2007-yilda 9,2 foizni, 2008-yilda 9,3 foizni, 2009-yilda 7,6 foizni va 2010-yilda 7,0 foizni tashkil etgan. Ko‘rinib turibdiki, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarning umumiy jinoyatlar tarkibidagi hissasi 2008-yilgacha oshib borishi kuzatilgan bo‘lsa, 2009, 2010-yillarga kelib bu ko‘rsatkichning pasayi-shiga erishilgan.

Afsuski, narkobiznes orqali daromad orttirishga moslashgan uyushgan jinoiy guruhlar aholining muayyan qismini giyohvandlikka o‘rgatishga, buning orqasida o‘zining narkotik moddalarini o‘tkazish va katta daromad orttirishga intilmoqdalar. Chunki qancha ko‘p odamlar giyohvandlikka mubtalo bo‘lsa, ushbu jinoiy guruhlar shunchalik ko‘p foyda oladilar.

Muxtasar qilib ta’kidlash joizki, giyohvandlik jamiyat hayotiga katta xavf tug‘diradi. Bu illatlar oqibatida esa ko‘plab jinoyatlar va huquqbu-zarliklarning boshqa turlari sodir etiladi. Shuning uchun giyohvandlik-ning oldini olishda har bir fuqaro o‘zining mas’uliyat va burchini his etishi lozim. Ya’ni, zarur hollarda o‘z vaqtida ichki ishlar organlariga ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar to‘g‘risida va giyohvandlik vositalarini tarqatuvchilar haqida xabar qilishlari lozim. Mamlakatimizda ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlikka qarshi kurashning turli shakl va usullaridan foydala-nilmoqda, lekin bu illatlarning oldini olishda samarali natijaga erishish uchun barcha profilaktika subyektlari va davlat organlari, fuqarolarning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash borasida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Aynan shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Narkotiklarni nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi, huquqni muhofaza qilish organlari, boshqa vakolatli vazirlik va idoralar o‘z sa’y-harakatini narkotik modda-larning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, giyohvandlik tarqalishining oldini olish borasida idoralararo va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarga yo‘naltirmoqda.

Page 43: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

43

2-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat

jinoyatlarning profilaktikasi Hozirgi vaqtda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar

bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash choralarini takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash borasida yechimini kutayotgan muammolar ham mavjudki, ularni hal qilish nafaqat amaliy chora-tadbirlarni bajarish, balki bu borada ilmiy tadqiqotlarni olib borishni ham talab etadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish zarurati quyidagilarda o‘z aksini topadi:

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy asoslari, bu boradagi muammolar zamon talabidan kelib chiqib tadqiq etilmagan;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashni samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi metodik qo‘llanmalar yetarli emas;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash borasidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish ehtiyoji mavjud;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish va takomillashtirib borish zarurati va h.k.

Hozirgi vaqtda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash sohasidagi asosiy ustuvor vazifalar quyidagilar hisob-lanadi:

– fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, giyohvandlik vositalari yoki psixo-trop moddalarning zararli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan huquqiy,

Page 44: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

44

iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;

– fuqarolarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga, aholi, avvalo, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, ularning sog‘lig‘iga giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni, ma’rifiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya qilinishi sohasida davlat nazoratini ta’minlash;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash sohasida jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;

– sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan profilaktika, ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining keng ishtirok etishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, ta’lim muassasalari va boshqa muassasalar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning profilaktikasi, jamoatchilik ongida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy hamda boshqa chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi deganda,

Page 45: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

45

qonun hujjatlariga muvofiq huquq-tartibotni saqlash va mustahkamlash, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish, oldini olish, ularning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish hamda bartaraf etish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilak-tika doirasida qo‘llaniladigan ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar tizimi tushuniladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlari (o‘z vakolatlari doirasida profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradigan organlar) profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Profilaktik chora-tadbir – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktika doirasida amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisidir.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– shaxsning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan himoya qilish;

– jamoat tartibni saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash; – aholining huquqiy madaniyatini oshirish va fuqarolarda qonunga

itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish; – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining faoliyati va hamkorligini muvofiqlashtirish.

Qonuniylik, insonparvarlik, tizimlilik, ishontirish usulining ustuvor-ligi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

Page 46: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

46

ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi chora-tadbirlarini individuallashtirish yoki tabaqalashtirish – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining asosiy prinsiplari hisoblanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlari faoliyatini axborot bilan ta’minlash giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining ixtisoslashtirilgan statistik hisobotlari tizimi, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalari hamda ilmiy tadqiqotlardan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tahlil qilinayotgan jinoyatlar profilaktikasi subyektlarini tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasini tashkil etish mazkur jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Tahlil qilinayotgan jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining vazifa-larini quyida batafsil yoritib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi giyohvandlik vosita-lari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini tasdiqlaydi.

Adliya organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;

Page 47: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

47

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi, profilaktika subyektlarining huquqni qo‘llanish amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

– huquq sohasidagi ta’lim ishlarining uslubiy ta’minlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy shakllarini joriy etishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan davlat organiga yoki boshqa tashkilotga, mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi.

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Ichki ishlar organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– mamlakatdagi, ayrim mintaqalardagi, tumanlar va shaharlardagi kriminogen vaziyatni o‘rganadi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning oldini olish hamda bartaraf etishda mavjud kuchlar va vositalardan foydalanilish samaradorligini tahlil qilishni amalga oshiradi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasini tashkil qiladi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi, ularni bartaraf etishga doir choralarni ko‘radi;

– voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida ta’lim muassasalarida, ularning yashash va ish joylarida profilaktika tadbirlarini amalga

Page 48: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

48

oshiradi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda yoshlarni ishga joylashtirish, o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

– faoliyat taqiqlangan tashkilotlarga va diniy-ekstremistik yo‘nalish-dagi guruhlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlaydi, ularga nisbatan kompleks profilaktika ta’sir choralarini ko‘llaydi;

– pasport-viza rejimiga qat’iyan rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni fosh etishda va tergov, sudga kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni va, bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidiruvida ishtirok etadi;

– ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoiy jazoning ijro etilishini qonun hujjatlariga muvofiq, tashkil qiladi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar to‘g‘risidagi, ularni sodir etgan shaxslar va ushbu jinoyatlardan jabrlanganlar haqidagi statistika ma’lumotlari hisobini yuritadi va ularni tahlil qiladi;

– qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarning profilaktik hisobini yuritadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organiga yoki boshqa tashkilotga, mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi;

– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassa-salarida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy ta’lim usullari va texnologiyalari qo‘llanilishini ta’minlaydi.

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Page 49: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

49

Milliy xavfsizlik xizmati organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xi-lof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishi sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

– xalqaro jinoyatchilar tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida axborot to‘playdi va tahlil qiladi, milliy xavfsizlikka ulardan kelib chiquvchi tahdid darajasini baholaydi, huquqbuzarliklar profilaktikasi tegishli subyektlariga zarur axborotni taqdim etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organiga yoki boshqa tashkilotga, mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi;

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– ishsizlarni hisobga olish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

– manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan aholining ehtiyojmand guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;

Page 50: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

50

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarni va ushbu jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi.

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Prokuratura organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasini amalga oshiradi, ushbu jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organiga yoki boshqa tashkilotga, mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;

– jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etadi; – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi.

Izoh: Ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv – huquqbuzarlikdan jabrlanganga, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi.

Page 51: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

51

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimi organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar tarqalishining profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena bilimlarini tarqatish, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etadi;

– aholi o‘rtasida muntazam ravishdagi tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi;

– alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka yo‘liqqan, tanosil kasalliklari, ruhiy kasalliklar, OITS/OIV kasalligi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan boshqa kasalliklarga yo‘liqqan shaxslarni aniqlaydi, ularni hisobga olish, tekshiruvdan o‘tkazish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni amalga oshiradi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi;

– OITS/OIV kasalligi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi;

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimi organlari ichki ishlar organlariga quyidagilar haqida xabar qilishi shart:

– ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar hamda atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan boshqa kasalliklar tarqalishi haqida;

– badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda bo‘lgan shaxslar kelib tushgani yoki murojaat etgani haqida;

– shaxsning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan oilaviy-maishiy nizolar, shuningdek oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;

– voyaga yetmagan shaxsning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquq-buzarliklar sodir etishga jalb etilgani haqida;

Page 52: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

52

– huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqida. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim

muassasalari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan profilaktika tadbirlarni o‘tkazadi;

– ta’lim oluvchilarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllan-tirishga, ularga axloq va sog‘lom turmush tarzi asoslarini singdirishga yo‘naltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va ta’lim muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;

– ta’lim oluvchilar orasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi va ularga nisbatan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini qo‘llaydi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi;

– ta’lim muassasalarida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni bartaraf etadi;

– ta’lim oluvchilarning bandligini va bo‘sh vaqti maroqli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida ommabop sport seksiyalari, texnik va boshqa to‘garaklar, klublar tashkil etadi;

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari ichki ishlar organlariga quyidagilar haqida xabar qilishi shart:

– huquqbuzarliklar faktlari haqida; – shaxsning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan oilaviy-

maishiy nizolar va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbu-zarliklar haqida;

Page 53: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

53

– ta’lim oluvchi shaxs g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzar-liklar sodir etishga jalb etilgani haqida;

– huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqida. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasini moliyalashtirish hamda moddiy-texnik ta’minlash hajmlarini tasdiqlaydi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xi-lof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

– jazodan ozod qilingan shaxslarning hisobga olinishi va ishga joylashtirilishini ta’minlaydi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi.

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasida ishtirok etadi;

– har taraflama barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadida oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga, xotin-qizlar man-faatlarini himoya qilishga, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;

Page 54: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

54

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etilishi sabablarini hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organiga yoki boshqa tegishli tashkilotga, mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasining boshqa subyektlari va ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi.

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

Ommaviy axborot vositalari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasida ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etishda ishtirok etadi;

– huquqiy targ‘ibotda, aholining huquqiy madaniyatini yuksalti-rishda, shuningdek giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida fuqarolarni xabardor qilishda ishtirok etadi;

– fuqarolarni giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilak-tikasiga jalb etishda, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi millatlar va elatlarning fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorida bo‘lishiga ko‘maklashuvchi odat va an’analariga, ma’naviy va madaniy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etadi.

Ommaviy axborot vositalari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlari va boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi.

Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq giyoh-vandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda

Page 55: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

55

muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasida boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotlari: – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasida ishtirok etadi;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;

– profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish, muhokama etish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish choralarini amalga oshirishda ishtirok etadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasida boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.

Fuqarolar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilak-tikasida ishtirok etishga haqli.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasida fuqarolar-ning ishtiroki ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muoma-la qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlari fuqarolarning ushbu jinoyatlarning profilaktikasidagi ishtirokini rag‘batlantiradi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning umumiy profilaktikasi deganda, profilaktika subyektlarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga doir faoliyati tushuniladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar umumiy profilaktikasining chora-tadbirlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

Page 56: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

56

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

– huquqiy targ‘ibot; – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga

xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalarni kiritish;

– qonun hujjatlarida o‘rnatilgan hollarda va tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini o‘tkazish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi jamoatchilik fikrini so‘rashni tashkil qilish va o‘tkazish hamda ularning natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi, ularning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarning ilmiy tadqiqotini tashkillashtirish va amalga oshirish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasida aholining faol ishtirok etishini rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani umumlashtirish, almashish va tarqatish.

Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar profilaktikasi subyektlari giyohvand-lik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning umumiy holatini kamaytirish, o‘z faoliyatini prognozlashtirish va rejalashtirish maqsadida respublika va hududiy miqyosda mazkur jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha kompleks, ko‘p maqsadli dasturlar ishlab chiqishni amalga oshiradi.

Aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot olib borish giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish bo‘yicha tizimli faoliyatidan iborat.

Page 57: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

57

Aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi masalalari bo‘yicha konferensiya, davra suhbati, seminar va ma’ruzalar o‘tkazish;

– aholi o‘rtasida qonunga itoatkor xulq-atvor va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ma’lumotlarni jamoat joylarida, ommaviy axborot vositalarida (bosma va elektron nashrlarda), butunja-hon axborot tarmog‘i Internet va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlarining rasmiy saytlarida keng tarqatish;

– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi subyektlari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sabablarini va ularning sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlab, o‘z vakolatlari doirasida tegishli davlat organ (tashkilot)lari, fuqaro-larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarga ularni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadilar.

Taqdimnoma kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi va undagi talablarni bajarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘riladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning maxsus profilaktikasi deganda, profilaktika subyektlarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasiga, ushbu jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash va ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga doir faoliyati tushuniladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning maxsus profilaktikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sabablari hamda

Page 58: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

58

ularning sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

– aholini giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan himoyalanishning usullari va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish;

– aqliy-irodaviy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan narkotik, psixotrop yoki boshqa moddalarning noqonuniy muomalasi, ularning notibbiy usulda iste’mol qilinishi, shuningdek ushbu mahsulotlarni noqonuniy tayyorlash, tarqatish va iste’mol qilishning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

– aqliy-irodaviy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan narkotik, psixotrop yoki boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etiladigan jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni o‘tkazish;

– narkotik, psixotrop moddalar hamda prekursorlarni saqlash, tashish, sotish va foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning yakka tartibdagi profilaktikasi deganda, profilaktika subyektlarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni va ushbu jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash, hisobini yuritish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga doir faoliyati tushuniladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:

1) profilaktik suhbat o‘tkazish. Profilaktik suhbat shaxsni jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarga rioya etishga ishontirishdan, g‘ayriijtimoiy xulq-atvor va huquqbuzarlikning ijtimoiy va huquqiy oqibatlarini hamda huquqbuzarlik, xususan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikni tushuntirishdan iborat bo‘ladi;

Page 59: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

59

2) rasmiy ogohlantirish. Rasmiy ogohlantirish shaxsga uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida yozma ravishda tushuntirishdan, shuningdek giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsni ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik haqida ogohlantirishdan iborat bo‘ladi;

3) giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar jinoyatlarining sabablari va shart-sharoitlari haqida xabardor qilish. Profilaktika subyektlari o‘z vakolatlari doirasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar va ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslar haqida ish, o‘qish joyidagi ish beruvchini (ma’muriyatni), yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini xabardor qilishga haqlidir;

4) ijtimoiy moslashuv va ijtimoiy reabilitatsiya (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarga, ushbu jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan yoki sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi).

Profilaktika subyektlari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarga, ushbu jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan yoki sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda shartlarda ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv chora-tadbirlarini qo‘llaydi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish maqsadida amalga oshiriladi va mazkur shaxslarga yuridik yordam berish, ularni psixologik, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya qilish, ularni ishga joylashtirish, ularga vaqtinchalik turar joy berishni o‘z ichiga oladi;

5) profilaktik hisobga olish (qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarga nisbatan ularning tuzalishi va takroran huquqbuzarliklar sodir

Page 60: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

60

etishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar majmui);

6) ma’muriy nazorat. Ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan ma’muriy nazorati tar-biyaviy profilaktik ta’sir choralarining majmui bo‘lib, nazorat ostida-gilarga qonunchilikda nazarda tutilgan cheklovlarni qo‘llashdan iboratdir.

Ma’muriy nazorat o‘rnatish, amalga oshirish va tugatish tartibi, shuningdek qo‘llaniladigan cheklovlar ro‘yxati «Ichki ishlar organ-larining jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan ma’muriy nazorati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi;

7) majburiy davolanishga yuborish. Surunkali alkogolizm, giyoh-vandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxs tomonidan jamoat tartibi, boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan yoxud u aholining xavfsizligi, sog‘lig‘i hamda axloq-odob qoidalariga tahdid solgan taqdirda ichki ishlar organlari qonun hujjatlariga muvofiq uni majburiy davolanishga yuborish chora-tadbirlarini ko‘radi;

«Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabr qonuniga muvofiq,1 giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi maxsus davolash-oldini olish muassasalarida majburiy davolanadi.

Jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan yoxud aholining osoyishtaligi, salomatligi va ma’naviyatiga xavf tug‘dirayotgan giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarga nisbatan majburiy davolash qo‘llaniladi.

Shaxsni giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemor deb topish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tegishli davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Shaxs majburiy davolashga jo‘natish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan hollarda, u ichki ishlar idoralarining ko‘magida

1 Ўзбекистон Республикасининг «Сурункали алкоголизм, гиёҳвандлик

ёки заҳарвандликка мубтало бўлган беморларни мажбурий даволаш тўғрисида»ги 1992 йил 9 декабрь қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1993. – № 1. – 36-м.

Page 61: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

61

o‘n kun muddat ichida narkologiya muassasasida majburiy tarzda tekshirilishi kerak.

Mazkur toifadagi shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallar tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirda ichki ishlar idoralari tomonidan ularning tashabbusiga ko‘ra yoki bemorning oila a’zolari yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining, sog‘liqni saqlash muassasalarining iltimosnomalari asosida tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.

Ushbu toifadagi shaxslarni majburiy davolashga jo‘natish masalasi yigirma kunlik muddat ichida bemor yashab turgan joydagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan bemor ishtirokida hal etiladi.

Bemor uzrsiz sabab bilan kelmasa, u ichki ishlar idoralari orqali majburiy tarzda olib kelinadi.

Sudning majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi qarori haqida ustidan qaror chiqarilgan shaxs yoxud uning himoyachisi shikoyat qilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida yetti kun muddat ichida yuqori turuvchi sudga norozilik bildirilishi mumkin.

Shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida norozilik bildirilishi sud qarorining ijrosini to‘xtatib turadi.

Sudning shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi qarori ichki ishlar idoralari tomonidan bu qaror qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n kun muddat ichida ijro etiladi.

Majburiy davolash muddati to‘g‘risidagi masala davolash muas-sasasi tomonidan komissiyadan o‘tkazish tartibida, bemor davolashga joylashtirilgach besh kun ichida hal etiladi.

Bemor davolanayotgan davolash muassasasining komissiyasi qabul qilgan qaror asosida bemorni majburiy davolash to‘xtatiladi.

Shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi sudning qarori uni ishdan bo‘shash nafaqasi to‘lamay ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘ladi.

Majburiy davolanishga yuborilgan shaxslar avvalgi yashash joyidagi turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar.

Davolash muassasalaridan majburiy davolashdan qaytgan shaxslarni ishga joylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar yakka tartibdagi

Page 62: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

62

profilaktikasining chora-tadbirlari shaxsning ijtimoiy-maishiy sharoiti va turmush tarzi, uning ijtimoiy muhitidagi o‘ziga xos xususiyatlar, uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini tavsiflovchi boshqa omillar, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi, shuningdek sodir etilgan qilmishning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi hisobga olingan holda belgilanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi deganda, profilaktika subyektlarining muayyan shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning jabrlanuvchisiga aylanish xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir faoliyati tushuniladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarga nisbatan ularning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish;

– aholini, shu jumladan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarni shaxslar o‘rtasidagi nizolarni hal etish usullariga o‘rgatish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarni aniqlash va himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘rish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarga malakali huquqiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatadigan reabilitatsiya markazlarini tashkil etish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlardan jabrlanganlarning jismoniy va psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni qonunda nazarda tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar nisbatan tez-tez sodir

Page 63: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

63

bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni), ular sodir etilishining (obyektiv va (yoki) subyektiv) holatlarini hisobga olgan holda, muntazam ravishda nazorat qilish;

– hujum qilingan hollardagi zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat tushunchasi haqidagi ma’lumotlarni keng tarqatish orqali aholiga huquqiy tarbiya va ta’lim berish;

– tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan (shu jumladan latent, ya’ni yashirin) giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar to‘g‘risida axborot olish maqsadida profilaktika subyektlari huzurida ishonch, «dolzarb tarmoq» telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini tashkil etish;

– respublika, hududlar, tarmoqlar hamda obyektlar miqyosidagi profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy muhoka-masini tashkil etish hamda ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston-ning elektron makoni doirasida Internet tarmog‘ida veb-saytlar, chatlar tashkil qilish;

– sodir etilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar statistikasi, ular sodir etilgan joy va vaqt to‘g‘risida hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan elektron ma’lumotlar bazalarini yaratish;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashning zamonaviy usullari to‘g‘risida elektron (publitsistik, yuridik, ilmiy-ommabop tusdagi) adabiyotlarni tarqatish.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirishda inson huquq va erkinliklarini cheklashga, qiynoq yoki inson qadr-qimmatini kamsitilishiga, yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa xabarlarni oshkor qilishga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari erkin joy tanlash va ko‘chib yurish, uy-joy va shaxs daxlsizligini cheklashga yo‘l qo‘yil-maydi.

Page 64: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

64

III BOB. GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN IBORAT JINOYATLARNI

TERGOV QILISH METODIKASI

1-§. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning kriminalistik tavsifi

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq

jinoyatlar bir necha turlarga bo‘linadi. Chunki bu jinoyatlar turli sharoit va muhitda ijtimoiy guruhlar (taqiqlangan ekinlarni yetishtiruvchi shaxslar, kimyo sanoati, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, uyushgan jinoiy guruh va boshqalar) tomonidan sodir etiladi. Shu bois bu toifadagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi o‘ziga xos ma’lumot manbalariga ega. Ma’lumot manbalari esa, sodir etilgan jinoyatning obyektiv, subyektiv va xususiy belgilari, ularning ayrim elementlari hamda holatlariga taalluqli bo‘ladi. Lekin bunday ma’lumot manbalari sodir etilgan jinoyat turiga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Asosan bu farq jinoyat hodisasi (vaqti, joyi, jinoyat predmetini tayyorlash va olish manbai), voqea joyida vujudga kelgan moddiy va xotiradagi (intellektual) izlar, jinoyatni sodir etish va uning oqibatlarini yashirish usullari hamda motiv va maqsadi haqidagi ma’lumot manbalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mavjud farq, o‘z navbatida, jinoyatlarning kriminalistik tavsifiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ularning har birini o‘rganishga alohida yondashishni taqozo etadi.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritishning tergov amaliyotida ko‘p uchraydigan usullariga nazar tashlasak, ular kuyidagi ko‘rinishga ega. Jumladan: giyohvandlik vositalarini tayyorlash maqsadida ko‘knor yoki nasha o‘simliklarini yetishtirish; tarkibida giyohvandlik moddalar bo‘lgan nasha, yovvoyi nasha va ko‘knor o‘simliklari yetishtiriladigan joylarga giyohvandlik vositalari tayyorlash maqsadida borish; giyohvandlik vositalarini ilmiy tadqiqot, farmatsevtika korxonalari, dorixona omborlari, tibbiyot muassasalarida bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik, tovlamachilik, firibgarlik, o‘zlashtirish yoki g‘ayriqonuniy sarflash orqali talon-toroj qilish; giyohvandlik vositalarini dorixona va davolash

Page 65: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

65

muassasalaridan soxta yoki qalbaki retseptlar orqali olish; giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazish; giyohvandlik vositalarini sotib olish, almashtirish, qarzga olish va boshqa yo‘llar bilan qo‘lga kiritish.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan og‘ularni tayyorlash va olish manbalari alohida tavsifga ega bo‘lib, quyida ularga batafsil to‘xtalamiz.

Tarkibida giyohvandlik vositalarni va psixotrop moddalar bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish faqat davlat monopoliyasi hisoblanadi. Taqiqlangan o‘simliklarni yetishtirish uchun ruxsat (litsenziya)ni maxsus vakolatli organ davlat korxonalariga ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida beradi. Lekin ayrim shaxslar g‘araz niyatlarda, jinoiy maqsadni ko‘zlab, qonunga xilof ravishda tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo‘lgan o‘simliklarni yetishtiradilar.

Xonaki usulda giyohvandlik vositalari tayyorlashda, uning izlari foydalanilgan buyum va narsalarda: tarozi, pichoq, metall idishlar, cho‘mich, qoshiq, gaz plita, atseton, turli kimyoviy eritma shishalari va boshqalarda uchraydi. Jumladan, ularning yuza qismida giyohvandlik vositalarini tayyorlagan shaxslarning qo‘l barmoq izlari hosil bo‘ladi.

Giyohvandlik vositalarni tayyorlovchi shaxslar shaxsan o‘zlari yoki jinoiy guruh rahbarlari (narkobaronlar, narkorchalonlar) topshirig‘iga asosan taqiqlangan ekinlar yetishtiriladigan joylarga boradilar. Bunday joylar ularga oldindan ma’lum bo‘lib, ekinlarni yetishtirgan shaxslar bilan giyohvandlik vositalari sotib olish yoki sotib berish haqida o‘zaro jinoiy shartnoma tuzadilar. Ko‘pincha tayyorlovchi shaxslar yovvoyi nasha yetishtirilgan qarovsiz yerlarda marixuana yoki nasha tayyorlaydilar. Giyohvandlik vositalari tayyorlashda mahalliy aholi yordamidan, ko‘pincha o‘zlari yalang‘och nashazorda quloch yozib yugurish yo‘li bilan uning changini terlagan tana qismiga to‘plashadi. So‘ngra to‘plangan nasha changi tanadan sidirib olinadi. Shu sababli tayyorlovchi shaxslar giyohvandlik vositasi izlarini qabul qiluvchi bevosita obyektlar hisoblanadilar. Chunki giyohvandlik vositalarining izlari, ularning tana qismida, qo‘l kaftlarida, tirnoqlari ostida, kiyimlarida, boshqa buyum va narsalarida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning poyafzalida giyohvandlik vositalari yetishtirilgan joydan ko‘chib o‘tgan tuproq izlari ham qolishi mumkin.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik, o‘g‘rilik va firibgarlik yo‘li bilan egallashning

Page 66: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

66

kriminalistik tavsifi boshqa mulkiy jinoyatlarning kriminalistik tavsifiga juda o‘xshash bo‘lganligi uchun bu muammoni batafsil yoritishning hojati yo‘q deb hisoblaymiz. Faqatgina uning ayrim holatlariga, jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash joyla-rida qo‘riqlash tizimi mavjudligiga, jinoyatni sodir etgan shaxslarning moddiy javobgar va mansabdor shaxslar bilan jinoiy aloqasini anglatuvchi ma’lumot manbalariga e’tibor qaratiladi.

Giyohvandlik vositalarini qo‘lga kiritishning eng xavfli va ko‘p tarqalgan usullaridan biri ularni qayta ishlash va giyohvandlik vositalari bilan bevosita muomala qiluvchi muassasalarda kelgusida talon-toroj qilish maqsadida oldindan hisobga olinmagan ortiqcha zaxirasini yaratishdir.

Bu turdagi jinoyatning ishtirokchilari: mansabdor shaxslar, korxona va tibbiyot xodimlari hamda begona shaxslardir. Ular jinoyat sodir etishning turli murakkab, o‘ta niqoblangan va makkorona usullarini qo‘llaydilar.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy zaxirasini yaratish usullari ishlab chiqarish korxonasi yoki u bilan bevosita muomala qiluvchi muassasaning ish yuritish tasnifiga (ilmiy tadqiqot va farmatsevtika korxonalari, dorixona, kasalxona) hamda mavjud obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liqdir.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy zaxirasini yaratish usullari shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv omillar quyidagi-lardir:

– korxona, muassasaning asosiy funksiyasi va ish faoliyatining shakli (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, sotish va davolash);

– giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning turli-tumanligi va ularning aniq bir turiga talabning mavjudligi;

– giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ro‘yxatga olish tartibi va ularning aylanmasi (kirim va chiqim) haqida tuziladigan moddiy javobgar shaxs hisobotining shakli;

– giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning korxona va muassasa ehtiyoji uchun muntazam yetkazib berilishi;

– giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qabul qilish, xarajatga chiqarish va ularni saqlash tartibi.

Subyektiv omillarga quyidagilar kiradi: – jinoyat predmetiga nisbatan shaxsning maxsus vakolatga (tadqi-

qotda foydalanish, ishlab chiqarish, retsept bo‘yicha sotish, kasalxonaga

Page 67: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

67

belgilangan taqsimotga ko‘ra xarajat qilish va kasallarga tarqatish) ega ekanligi yoki aksincha;

– giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qat’iy ro‘yxatga olish hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibi (qayd daftari, taqsimot varaqasi va boshqalar);

– tarmoq rahbarlari va yuqori tashkilot tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning bevosita muomalaga chiqarilishini nazorat qilish tartibi;

– giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanmasiga aloqador bo‘lgan tarmoq xodimlarining moddiy ahvoli va hokazo.

Ilmiy tadqiqot uchun korxonalarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy ortiqcha zaxirasini yaratish usuli quyidagilardan iborat:

– ilmiy tadqiqot ishlari uchun haqiqiy xarajatga chiqarilgan miqdorga qaraganda, ortiqcha sarflanganligi haqida soxta hujjat tuzish;

– giyohvandlik vositalarining yaroqsiz holga kelganligi to‘g‘risida soxta dalolatnoma yozish;

– giyohvandlik vositalari o‘g‘rilik yo‘li bilan egallanganligi haqida vaj kiritish.

Tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dori-darmonlarni tayyor-lovchi dorixonalarda, ularning noqonuniy zaxirasi quyidagi usullarda yaratiladi:

– dori-darmonning tarkibiy qismiga kiruvchi giyohvandlik vosita-larini belgilangan me’yordan kam qo‘shish;

– boshqa komponentlar bilan almashtirish; – sun’iy ravishda ularning miqdorini orttirish; – uzoq vaqt saqlash yoki ortish jo‘natish natijasida yaroqsiz holga kelgan

bunday vositalarining haqiqiy miqdoriga nisbatan ortiqcha ko‘rsatish yo‘li bilan yo‘qotish haqida soxta hujjatlar tuzish;

– giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni boshqa korxo-nalar, muassasalar va dorixonalarga jo‘natishda tuziladigan faktura yoki yukxatlarda ko‘rsatilgan miqdorini sun’iy ravishda orttirib ko‘rsatish;

–shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan vositalarini belgilangan miqdordan kam chiqarish;

– soxta bemorlarga qalbaki retseptlar orqali xarajatga chiqarish. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy zaxirasi davolash muas-

sasalarida quyidagi usullarda yaratiladi: – giyohvandlik vositalari tarkibiga kiruvchi dori-darmonlarning

kasallik varaqasida belgilangan miqdorini sun’iy ravishda oshirish;

Page 68: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

68

– dorixonadan qabul qilingan dori-darmonlarni ro‘yxatga qayd etish daftariga qisman kirim qilish;

– bemorlarga shifokor ko‘rsatmasiga qaraganda oz dozada tarqatish; – bunday dori-darmonlar tarqatilmagan bemorlar kasallik varaqa-

sida xarajatga chiqarish; – giyohvandlik vositalarining ampulalarini boshqa dori-darmon

ampulalari bilan almashtirishdan iborat. Hozirgi kunda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni

o‘tkazishning kontrabanda usuli keng tarqalgan. Og‘u tashishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda qo‘shni davlat fuqarolari ham ishtirok etmoqdalar, chunki giyohfurushlik katta daromad keltiruvchi biznesga aylanmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi-ning Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Ushbu jinoiy biznes yaratib beradigan juda katta boylik orttirish imkoniyatlari uning ishtirokchilarini xalqaro huquq normalari bilan ham, milliy qonunlar majmui bilan ham, ayniqsa, «oq ajal»ning halokatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay, hamma ishni qilishga majbur etmoqda»1.

Shu sababdan, ularning safi kun sayin ortib borishi, jinoiy faoliyat ko‘lamining kengayishi, jinoiy guruhlar, uyushmalar va xalqaro narkosindikatlarning tashkil topishiga asos bo‘lmoqda. Jinoyatning bu turi asosan jinoiy uyushmalar tomonidan sodir etiladi. Uyushma rahbarlari (narkobaron, narkokorchalon) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni manzilga yetkazishda tashuvchilarning moddiy manfaatini qondirish evaziga ularni yollaydilar hamda erkin harakatlanish uchun «himoya bufer»lari yaratadilar. «Himoya buferlar» huquqni muhofaza qiluvchi organlarning pora evaziga sotib olingan ayrim xodimlaridan iborat. Aynan ularning sharofati bilan jinoiy uyushma yoki tashkilot a’zolari narkobiznes hisobiga katta pul jamg‘armalari to‘playdilar va uzoq vaqt jinoiy faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‘tkazishning niqoblangan turli yashirish usullarini qo‘llaydilar. Shu bois ular jinoyat qurollari hisoblangan turli rusumdagi transport vositalarining ehtiyot qismlarida (yonilg‘i sig‘imi, qanot ostilari, old-orqa buferlari, g‘ildirak ichlari,

1 Қаранг: Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида Т.6. –

Т., 1998. – Б. 95-96.

Page 69: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

69

transport saloni, o‘rindiqlar osti va boshqa joylarda) xufiyona tashishning maxsus moslamalarini yaratadilar.

Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar transportga yuklangan sanoat mollari yoki oziq-ovqat mahsulotlari orasida tashiladi. Ularning bu usulda tashilishidan maqsad, birinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining e’tiborini jinoyat predmetidan chalg‘itish bo‘lsa, ikkinchidan, ishonib topshirilgan yukni ko‘zlangan manzilga to‘la-to‘kis yetkazishdir. Kontrabanda yo‘li bilan o‘tkaziladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aksariyati temir yo‘l transportida tashiladi. Tashuvchi ularni shaxsiy yuklari, uy-ro‘zg‘or buyumlari orasida oldindan maxsus jihozlangan xufiya joylarda yoki o‘z tanasida (polietilen kapsulalarga o‘ralgan og‘uni yutish, tana teshik bo‘shliqlariga o‘ramlarda joylashtirish, tanaga bog‘lash va shu kabilar) tashish, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar sisterna yoki sanoat xomashyolari ortilgan tranzit yuk vagonlariga yashirincha joylashtirish va belgilangan manzilga jo‘natish holatlari tergov amaliyotida ko‘p uchraydi.

Giyohvandlik vositalarini tashish, saqlashda ular o‘ralgan narsalar: polietilen, qog‘oz qop, sumka, chemodan, insonning tanasi, shaxsiy buyumlari, avtomobil va temir yo‘l transport vositalari, ularning ehtiyot qismlarida maxsus moslashtirilgan xufiya joylar, ot-ulovlar va boshqa narsalar iz qabul qiluvchi obyektlar hisoblanadi.

Giyohvandlik vositalarini o‘tkazishning keng tarqalgan usullaridan yana biri sotishdir. Shu bois giyohvandlik vositalarini bir turdagi, papiros, sigaretalarga shimdirib, o‘rab va bir xil vaznda bir qancha kichik hajmdagi buyum-narsalarga (gugurt qutilari, sellofan paketchalarda) qadoqlab sotilishi ularni yashirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Hozirgi kunda kimyo sanoati rivojlangan ayrim davlatlarda yarim sintetik giyohvandlik vositalarining yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, ekstazi va oq xitoy (belыy kitay) kukuni shular jumlasidan. Bu yarim sintetik giyohvandlik vositalari oq kristall shakldagi nordon ta’mli tuz kukunlari ko‘rinishiga ega. Ekstazi savdoga kapsula, tabletka va oq rangdagi kukun ko‘rinishida chiqarilsa, oq xitoy ham shu ko‘rinishda sotiladi.

Giyohvandlik vositalarining ayrim sotuvchilari, o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ularni o‘tkazishda yosh bolalar, o‘spirinlar va ayollarni jalb etadi. Vaholanki, ko‘p hollarda oldi-sotdi munosabatlari

Page 70: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

70

xaridor bilan bevosita bog‘lanmagan tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun sotuvchi oldindan belgilangan xufiya joylarga: tosh osti, daraxt kavaklari, devor tirqishlari va boshqa joylarga giyohvandlik vositalarini yashirib qo‘yadi. Oldi-sotdi operatsiyasi amalga oshganidan so‘ng, xaridorga giyohvandlik vositasi yashirilgan joy ko‘rsatiladi. Giyohvandlik vositalarini sotuvchi shaxslarning aksariyati muqaddam turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan bo‘lib, asosan hech qayerda ishlamaydigan va pulga muhtojlar. Yirik giyohfurushlar jinoyatning boshqa ishtirokchilarini yoki ashaddiy giyohvandliklarni moddiy rag‘batlantirish (pul yoki ma’lum miqdorda giyohvandlik vosita berish) evaziga irodasi sust shaxslarni og‘u iste’mol qilishga jalb etadilar. Shu yo‘l bilan xaridorlar safi kengaytiriladi. Ijtimoiy jihatdan mavqei yuqori (badavlat, yuqori lavozimlarda xizmat qiluvchi va boshqalar) oila farzandlarini giyohvandlik vositalari iste’mol qilishga jalb etish holati tergov amaliyotida ko‘p uchraydi.

Giyohvandlik shaxs giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishda foydalangan narsalar — igna, shpris, paxta yoki doka tampon, papiros qoldig‘i, iste’molchi tirnoqlarining osti, qo‘l kaftlari, og‘iz bo‘shlig‘i, burun teshiklari, cho‘ntak choklari kabilar ham sodir etilgan jinoyat hodisasi haqida daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumot manbalari hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning kriminalistik tavsifi – ularning obyektiv va subyektiv, shuningdek individual belgilariga oid izlov va isbotlash xususiyatiga ega bo‘lgan hamda bu jinoyatlarni ochishga imkon beradigan va tergov taktikasini belgilaydigan ma’lumot manbalarining tizimidir.

2-§. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar

bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanuvchi holatlar

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy

muomalaga kiritish bilan bog‘liq xatti-harakatlarning muayyan bosqichida vujudga kelgan aniq vaziyat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari (masalan, giyohvandlik vositalarini sotishda yoki kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazishda shaxsni qo‘lga olish) tergov qilinadi. Bunda tergovchi oldida isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlash, sodir

Page 71: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

71

etilgan qilmishning obyektiv-subyektiv va individual belgilari haqidagi izlov va isbotlashga doir ma’lumotlarni olish, shu turdagi jinoyatlarni sodir etish va ularning oqibatlarini yashirishning barcha usullarini aniqlash hamda umumiy va xususiy tergov tusmollarini ilgari surish, shuningdek tergov-tezkor harakatlarini amalga oshirish taktikasi va ularning ketma-ketligini belgilash kabi global vazifalarni bajarish zarurati yuzaga keladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan sharoitlar birgalikda tergov jarayoni kechadigan vaziyatni tashkil etadi. Tergov vaziyatlarining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv va subyektiv tavsifga ega omillar mavjud.

Dastlabki tergov davrida, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan vujudga keluvchi vaziyatlar turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Bularning tasniflanishi sodir etilgan jinoyat hodisasining jinoiy-huquqiy tavsifiga bevosita bog‘liqdir. Tergovchi aynan shu asoslarga ko‘ra dastlabki tergov jarayonida isbotlanadigan holatlarni aniqlab, ular yuzasidan tergov tusmollarini ilgari suradi.

Tergov vaziyatlarini tasniflashning ikkinchi asosi esa giyohvandlik jinoyati haqidagi boshlang‘ich ma’lumotning tavsifiga bog‘liq. Dastlabki ma’lumotlar tezkor-qidiruv manbalari orqali olingan taqdirda tergov harakatlari qo‘qqisdan o‘tkazish omiliga ko‘ra amalga oshiriladi. Xuddi shu holat dastlabki tergovning istiqbolini belgilaydi. Agarda jinoyat ishi ariza va shikoyatlar, audit tekshiruvi natijalariga (giyohvandlik vositalaridan vujudga kelgan kamomad, ortiqcha zaxiraga) asosan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, bu holda qo‘qqisdan harakatlanish omili hech qanday natija bermaydi. Chunki gumon qilinuvchi shaxsning audit tekshiruvida bevosita ishtirok etishi va jinoiy-protsessual oqibatning ro‘y berishini oldindan bilishi, tergovchining jinoyat ishi yuzasidan taktik qaror qabul qilishini murakkablashtiradi.

Tergov vaziyatlarining turlarga bo‘linishi gumon qilinuvchi shaxsni jinoyat ustida qo‘lga olish holatlari ham katta ahamiyatga ega. Bu holatlar, o‘z navbatida, sodir etilgan jinoyat yuzasidan umumiy va xususiy tusmollarni ilgari surishga asos bo‘ladi. Chunonchi, shaxs giyohvandlik vositalarini tayyorlash, o‘tkazish va shu kabilar ustida qo‘lga olingan. Bu turdagi jinoyat ishlari bo‘yicha vujudga kelgan vaziyatlar yuzasidan quyidagi umumiy tusmollar ilgari suriladi:

Page 72: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

72

– giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan; – boshqa jinoyat sodir etilgan; – jinoyat hodisasi mavjud emas. Ilgari suriladigan xususiy tusmollarning mazmuni esa ko‘proq

vujudga kelgan tergov vaziyatlarining tavsifiga bog‘liq. Masalan, gumon qilinuvchi shaxs giyohvandlik vositalarini tashish davrida qo‘lga olingan vaziyatda quyidagi o‘ziga xos tusmollar ilgari suriladi:

– gumon qilinuvchi shaxs giyohvandlik vositalarini belgilangan manzilga yetib borgan zahoti qayta sotish maqsadida xarid qilgan;

– sotuvchi tashuvchini yollagan; – qo‘lga olingan shaxsga yukni tashish vazifasi yuklatilgan, lekin u

yuk haqida hech qanday ma’lumotga ega emas, aksincha, u aldangan. – giyohvandlik bu vositani o‘zi iste’mol qilish uchun tayyorlagan

yoki egallagan. Shu bilan birga, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni

o‘tkazish manbalari haqida ham tergov tusmollari ilgari suriladi. Bu tusmollarni ilgari surishda qo‘lga olingan gumon qilinuvchining shaxsi, uning jinoiy aloqalari va jinoyatning boshqa holatlari haqidagi kriminalistik ma’lumotlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Jinoyat ishi yuzasidan vujudga kelgan tergov vaziyatlarini taktik yechimining samaradorligi esa rejalashtirilgan tergov harakatlarini turi va ularning ketma-ketligini to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, tovlamachilik va firibgarlik yo‘li bilan egallash jinoyatlarini tergov qilishda o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tergov harakatlari quyidagilarda:

– jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish; – gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash; – guvoh, jabrlanuvchi va mansabdor shaxslarni so‘roq qilish; – gumon qilinuvchi shaxslarni so‘roq qilish; – tintuv o‘tkazish; – gumon qilinuvchi va ayblanuvchining kiyimlarini ko‘zdan

kechirish; – sudga oid kriminalistik ekspertizalar tayinlash; – moddiy javobgar shaxs hisobotida bo‘lgan giyohvandlik vositalari

va psixotrop moddalar qoldig‘ini inventarizatsiya orqali ro‘yxatga olish va audit tekshiruvi o‘tkazish;

Page 73: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

73

– gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan narkologik va sudga oid psixiatriya ekspertizalari tayinlash;

– gumon qilinuvchilarning moddiy javobgar va mansabdor shaxslar bilan o‘zaro munosabatini aniqlashga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida surishtiruv organiga alohida topshiriq berish.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qayta ishlash korxonalari, dorixonalar, tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan audit tekshiruvi natijasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilsa, tekshiruv aktining batafsil o‘rganilishi quyidagilarni aniqlashga imkon yaratadi. Jumladan,

– talon-torojlik jinoyati hodisasi; – giyohvandlik vositalarining kirim-chiqimi hujjatlariga aloqador

shaxslar doirasi; – daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarning (moddiy

javobgar shaxs hisoboti, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qayd etish daftari, kasallik varaqasi, retsept va hokazo) turlari;

– jinoyatni sodir etish va uning oqibatlarini yashirish usullari, ya’ni noqonuniy yaratilgan giyohvandlik vositalarining ortiqcha zaxirasi, ularni o‘zlashtirish yoki g‘ayriqonuniy sarflash yo‘llari;

– jinoyatni sodir etgan shaxslar doirasi. Ushbu vaziyatda quyidagi tergov harakatlari tizimi belgilanadi: – moddiy javobgar shaxs xonadonida va xizmat xonalarida tintuv

o‘tkazish; – giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning saqlanish

joylarini ko‘zdan kechirish; – giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanmasini aks

ettirgan qat’iy ro‘yxatga olingan buxgalteriya hujjatlarini olish; – moddiy javobgar shaxslarni, giyohvandlik vositalari va psixotrop

moddalar aylanmasiga aloqador bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslarni so‘roq qilish;

– inventarizatsiya va audit tekshiruvini o‘tkazgan auditorlarni so‘roq qilish yo‘li bilan moddiy javobgar shaxs hisobotidagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo‘yicha vujudga kelgan kamomad yoki hisobga olinmagan ortiqcha zaxirasi, ularni saqlash qoidalari, ro‘yxatga olish va xarajatga chiqarish tartiblari haqida daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumot olish;

Page 74: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

74

– soxtalashtirilgan yoki qalbakilashtirilgan retseptlarni olib qo‘yish va ularni ko‘zdan kechirish;

– tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan dori-darmonlarni shifokor ko‘rsatmasiga binoan, haqiqatan ham, retseptda yoxud kasallik varaqasida belgilangan miqdorda qabul qilgan-qilmaganligi xususida bemorlarni so‘roq qilish.

Surishtiruv organlariga esa quyidagi topshiriqlar yuklatiladi: – giyohvandlik vositalarini tayyorlashda xomashyo va prekursor

manbalari, ularni transportga yuklash, saqlash, sotish bilan bog‘liq jinoiy harakatlarga aloqador shaxslarni aniqlash;

– jinoiy guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlarini tekshirish; – giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni sotish manbalarini

aniqlash; – moddiy javobgar va mansabdor shaxslarning giyohvandliklarga

bevosita aloqasini tekshirish; – g‘ayriqonuniy olingan giyohvandlik vositalari va psixotrop

moddalarni saqlash joylari haqida ma’lumot to‘plash; – giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yashirish usullari

haqida ma’lumot to‘plash; – moddiy javobgar va mansabdor shaxslarning hayot tarzini o‘rga-

nish va bu haqida ma’lumot yig‘ish; – surishtiruv natijalariga asosan kelgusi tergov harakatlari tizimini

belgilash. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni kontrabanda yo‘li

bilan o‘tkazish jinoyati sodir etilganida vujudga kelgan tergov vaziyatining o‘ziga xos taktik yechimi quyidagicha:

– jinoyat qurolini (avtomobil yoki temir yo‘l transportining yo‘lovchi va yuk vagonlarini, ot-ulovni) ko‘zdan kechirish;

– daliliy ashyoni olish; – tashuvchini ushlash va shaxsiy tintuv qilish; – tashuvchini guvohlantirish; – tashuvchini so‘roq qilish; – tashuvchining uyi va xizmat xonalarida tintuv o‘tkazish; – tashuvchiga nisbatan narkologik ekspertiza tayinlash; – guvohlarni so‘roq qilish; – sudga oid kimyoviy ekspertiza tayinlash. Agarda giyohvandlik vositasini tashuvchi tanasiga yashirilgan

bo‘lsa, guvohlantirish tibbiyot muassasasida o‘tkaziladi. O‘ramga

Page 75: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

75

joylashtirilgan giyohvandlik vositasi tashuvchining tanasiga bog‘langan taqdirda, tanasidan ajralgan ter namunasi paxta yoki doka tamponga artiladi va u xona haroratida quritilganidan so‘ng, germetik o‘ramga joylashtiriladi. O‘ramdagi giyohvandlik vositasi ham germetik holda saqlanadi.

Surishtiruv organlariga quyidagilarni aniqlash vazifasi yuklatiladi: – giyohvandlik vositasini tayyorlash manbai; – jinoiy uyushma tarkibi; – jinoiy uyushma a’zolarining faoliyatdagi o‘rni, ular har birining

asosiy vazifasi; – giyohvandlik vositasini o‘tkazish manbai; – sotish kanallari va boshqalarni. Giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun bangixonalar tashkil

qilish va saqlash jinoyati bo‘yicha yuzaga kelgan tergov vaziyatining taktik yechimi quyidagi tergov harakatlari tizimi orqali hal etiladi:

1) giyohvandliklar to‘planadigan xonani ko‘zdan kechirish; 2) iste’mol qilinadigan giyohvandlik vositalarini o‘ramlari va u bilan

bog‘liq boshqa narsalarni topish maqsadida, gumon qilinuvchining shaxsiy tintuv qilish va uning xonadonida tintuv o‘tkazish;

3) bangixonada bo‘lgan shaxslarni guvohlantirish; 4) gumon qilinuvchilarni qo‘lga olish va so‘roq qilish; 5) bangixona va gumon qilinuvchi shaxslardan ashyoviy dalil

sifatida olingan giyohvandlik vositalari va ular qoldirgan izlarni aniqlash maqsadida sudga oid kimyoviy ekspertizasi tayinlash;

6) giyohvandliklarni va shu joyda bo‘lgan shaxslarni so‘roq qilish; 7) giyohvandliklarga nisbatan sudga oid narkologik va psixiatriya

ekspertizalari tayinlash; 8) bangixona saqlovchilarning yaqin qarindosh-urug‘lari, qo‘ni-

qo‘shnilari va hamkasblarini so‘roq qilish; 9) bangilar giyohvandlik vosita olish uchun almashtirgan qim-

matbaho narsalarni ko‘zdan kechirish va ularning manbaini aniqlash; 10) qimmatbaho narsani mulk egasiga tanib olish uchun ko‘rsatish; 11) qo‘lga olingan shaxs muqaddam narkologiya dispanseri yoki

ichki ishlar organida bangi sifatida ro‘yxatga olingan-olinmagani haqida ma’lumotlar olish.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish jinoyati bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarining tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Page 76: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

76

a) giyohvandlik vositalari yoki ularga yozilgan retseptlarni, iste’mol qilishga jalb etilgan shaxslar ro‘yxatini, pul va boyliklarni topish maqsadida gumon qilinuvchi shaxs xonadonida tintuv o‘tkazish;

b) iste’mol qilishga jalb etilgan shaxslarni so‘roq qilish. So‘roq jarayonida ularning iste’mol qilishga jalb etish usullarini aniqlash;

d) gumon qilinuvchi shaxsning yaqin tanish-bilishlari, qarin-doshlarini so‘roq qilish. So‘roq vaqtida gumon qilinuvchi shaxsning hayot tarzi va jinoiy xatti-harakatini oydinlashtirishga qaratilgan ma’lumotlarni to‘plash;

ye) giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga moyillik bildirgan shaxslarning yaqin do‘st-birodarlarini, oila-a’zolari, qarindosh-urug‘lari va xizmatdoshlarini guvoh tariqasida uning og‘u changaliga tushib qolishi xususida so‘roq qilish;

f) gumon qilinuvchi shaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatish; g) sodir etilgan jinoyat hodisasi, uning holatlari, motiv va maqsadi

to‘g‘risida gumon qilinuvchi shaxsni so‘roq qilish; h) giyohvandlik vositalarini tayyorlash va iste’mol qilishda foydala-

nilgan narsa-buyumlarda uning izi va gumon qilinuvchi shaxslarning qo‘l-barmoq izlari qolganligini aniqlash maqsadida, sudga oid kimyoviy hamda daktiloskopik ekspertizalar tayinlash;

i) giyohvandliklarga nisbatan sudga oid narkologik va psixiatriya ekspertizalari tayinlash.

Va, nihoyat, amalga oshirilgan nazariy va amaliy tadqiqotlarimiz asosida tergov vaziyatiga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: tergov vaziyati — obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga keladigan hamda tergov jarayoni amalga oshiriladigan shart-sharoitlar majmui.

3-§. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergovni tashkil qilish va dalillar

to‘plashning o‘ziga xos xususiyatlari

Ko‘zdan kechirish. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda ko‘zdan kechirish muhim tergov harakati hisoblanadi. Chunki ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha tergovchi va operativ xodimlar shu turdagi jinoyatlar va ularni sodir etishda qatnashish ehtimoli bo‘lgan ishtirokchilar, olingan ashyoviy dalillar va moddiy izlar (qo‘l, oyoq va boshqalar) sigareta qoldiqlari

Page 77: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

77

hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar o‘ramlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladilar. Ular ushbu tahlil orqali sodir etilgan jinoyatning mexanizmini aniqlaydilar va uning ishtirokchilari haqida tergov tusmollarini ilgari suradilar.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan ko‘zdan kechirish obyektlari bir necha turlarga bo‘linadi: hodisa joyi, buyum va narsalar, hujjatlar, transport vositalari va tirik shaxslar (guvohlantirish orqali).

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning hodisa joyi ularning turlariga ko‘ra, tergov amaliyotida ko‘p uchraydigan quyidagi obyektlardan iborat. Jumladan,

– taqiqlangan ekinlar yetishtirish jinoyat ishlari bo‘yicha tog‘ yon bag‘irlari, daralar, o‘rmonlar, chakalakzorlar, tashlandiq yerlar, daryo va ariqlarning qirg‘oqlari, hovli yer maydonlari hamda boshqalar;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash jinoyati sodir etilganida, kimyo-farmasevtika korxonalari, davolash muassasalari, dorixonalar, giyohvandlik vositalari saqlanadigan omborlar va ularning aylanishi natijasida izlarini qabul qilgan boshqa joylar;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab yoki ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish hamda giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash, odamlarni ularni iste’mol qilishga jalb etish jinoyatlari sodir etilganda, hodisa joyi gumon qilinuvchi shaxslarning hovlilari, ularning xonalari, yer uchastkalari, kommunal xonadonlar, uy tomlari, yerto‘lalar, garajlar, hammom, turli laboratoriyalar va boshqa yordamchi xonalar;

– giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazish jinoyatlarida transport vositalari, ot-ulovlar, transport va aloqa muassasalari, temir yo‘l transportining yuk va yo‘lovchi vagonlari, samolyot salonlari, uning yuk bo‘linmalari va boshqalar.

Hodisa joyi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish va u yerni daliliy ahamiyatga molik manba sifatida mustahkamlash uchun suratga olinadi yoki videotasvirga tushiriladi. Jumladan, taqiqlangan ekin (moyli yoki uxlatuvchi ko‘knor, nasha) maydonlari atrof muhitga bog‘lab, chiziqli panorama usulida mo‘ljalli (oriyentir) tarzda suratga olinadi. Faqat ekin

Page 78: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

78

maydonini qamragan holda suratga olishning obzorli turi qo‘llaniladi. Ekin maydonidagi alohida holatlar (sug‘orish tizimi, yig‘ishtirilgan hosil, ayrim jinoyat qurollari kabilar) markazli (uzlovoy) suratga olinadi. U yerda topilgan moddiy izlar (qo‘l barmoqlari, oyoq, transport vositalarining izlari va ashyoviy dalillar (giyohvandlik vositalari, ish qurollari va boshqalar) detalli suratga olish yo‘li bilan dalil manbalari sifatida mustahkamlanadi.

Taqiqlangan ekin maydonlarini ko‘zdan kechirishda agronom yordamida u yerning agrotexnik va agrokimyo holatlari batafsil o‘rganiladi. Aynan uning ishtirokida, o‘stirilgan yoki o‘stirilayotgan ekinning hosildorlik miqdorini aniqlash maqsadida aprobasiya o‘tkaziladi. Buning uchun ekinzorning bir necha qismida 1 kvadrat metrni tashkil etgan hududlar ajratib olinadi. So‘ngra, har bir hududda o‘stirilayotgan yoki o‘stirilgan ekin tupi hisoblanadi. Bu hududlardagi ekin tuplari jamlanib, ularning yig‘indisi ajratilgan hudud soniga bo‘linadi va shu usulda taqiqlangan ekin maydonidagi o‘simliklarning o‘rtacha soni aniqlanadi. Aprobatsiya yakunida kelgusi tadqiqot uchun taqiqlangan ekin maydonidagi o‘simlik namunasi olinib, o‘ramga joylashtiriladi. Qolgan ekin esa yo‘q qilinadi va ko‘zdan kechirish bayonnomasida bu haqda qayd etiladi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash jinoyati yuzasidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida, asosiy e’tibor giyohvandlik vositalarini saqlash joylarida zarur bo‘lgan metall eshiklar, derazaning temir panjaralari, seyflar, qo‘riqlash signalizatsiya qurilmalari va boshqa moslamalarning mavjudligiga qaratiladi.

Shu tergov harakatini o‘tkazish jarayonida topilgan buyum-narsalar (giyohvandlik vositalarining o‘ramlari, shpritslar, ampulalar, tabletkalar va buzish qurollari)ni ko‘zdan kechirish orqali qonunga xilof ravishda egallangan giyohvandlik vositalarining turlari, jinoyat sodir etgan shaxslarning qo‘l barmoq izlari aniqlanib, suratga tushiriladi yoki videotasvirga olinadi, ular ashyoviy dalil sifatida olinib, bayonnomada ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, qo‘riqlash-signalizatsiya qurilmalari tizimi ham ko‘zdan kechirilib, ularning turi, holati va ularga yetkazilgan shikastlar bayon qilinadi.

Giyohvandlik vositalarini o‘zlashtirish yoki g‘ayriqonuniy sarflash yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyati yuzasidan o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish jarayonida tarozi va o‘lchov asboblarining sozligi,

Page 79: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

79

giyohvandlik vositalari jamlangan joylarda ularni saqlash qoidalariga amal qilinganlik holatlari o‘rganiladi.

Narkotik dori-darmon vositalarini ko‘zdan kechirishda, ular joylash-tirilgan o‘ramlardagi zavod belgisining holati bayonnomada o‘z aksini topishi va zarur hollarda o‘ramlar olinishi kerak. Ko‘zdan kechirish bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:

– dori-darmonlarning umumiy ko‘rinishi, ularning maqsadga yo‘nal-tirilganligi, og‘irligi va miqdori;

– dori haqida asosiy ma’lumotlar beruvchi raqamli belgilar (foydalanish muddati, ishlab chiqargan korxona va qaysi smenada yaratilganligi, o‘tkazilgan tahlilga asosan dori davlat standartiga mosligi va uni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar).

Ko‘zdan kechirish davrida giyohvandlik vositalarini saqlash joylaridan ularning namunasini olish talab etiladi. Bundan tashqari, kasallar muolajasi uchun chiqarishga yoki qo‘llashga tayyorlangan narkotik dori-darmonlar ampulasi, kukunlari va tabletkalarining ham namunalari tadqiqot o‘tkazishga olinadi. Tayyor mahsulotlarning namunasini o‘rganish jarayonida, ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zgartirish orqali hisobga olinmagan ortiqcha giyohvandlik vositalari zaxirasini yaratish yoki ularni egallash natijasida vujudga kelgan kamomadni yashirish usullari haqidagi tusmollarni tekshirish mumkin.

Bangixonalarni ko‘zdan kechirishda u yerda aniqlangan holat bayonnomada o‘z aksini topishi shart. Bunda iste’mol qilish uchun oldindan tayyorlangan giyohvandlik vositalari va ularning izlarini (sigaretaga o‘ralgan yoki shimdirilgan nasha yoki uning yog‘i, chilim, shpritsda inyeksiya yo‘li bilan qabul qilinadigan eritilgan qoradori yoxud xanka va boshqa giyohvandlik vositalari, paxta yoki doka tamponlar, spirt yoki odekolon kabilar) topish zarur. U yerda bo‘lgan giyohvand-liklarni aniqlash maqsadida axlat idishlariga tashlab yuborilgan sigareta qoldiqlari, qon izlari qoldirilgan tamponlar, turli obyektlar yuzasida vujudga kelgan qo‘l barmoq va oyoq izlari hamda boshqa mayda zarrachalar ko‘zdan kechiriladi. Har bir topilgan ashyoviy dalil suratga yoki videotasvirga tushirilganidan so‘ng, ular olinib, alohida o‘ramlarga joylashtiriladi hamda tartib raqamlari bilan belgilanadi.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazish asosan transport vositalarida amalga oshiriladi. Shu sababli turli rusumdagi avtomashinalar, temir yo‘l yuk va yo‘lovchi

Page 80: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

80

vagonlari, samolyot salonlari, uning yukxonalari hamda ot-ulovlar ko‘zdan kechirish obyektlari hisoblanadi.

Giyohvandlik vositalari vaznini aniqlash tibbiyot tarozisida amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalarining aksariyati sellofan paketlarga yoki polietilen o‘ramlarga joylashtirgan bo‘ladi. O‘ramlar ko‘zdan kechirilganida, ularning yuza qismida vujudga kelgan qo‘l barmoq izlarini topish mumkin. Topilgan qo‘l barmoq izlari orqali giyohvandlik jinoyatning boshqa ishtirokchilarini aniqlash imkoniyati yuzaga keladi.

Gumon qilinuvchi shaxsni ushlash, shaxsiy tintuv o‘tkazish va guvohlantirish. Giyohvandlik jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi shaxsni ushlash aksariyat hollarda to‘satdan o‘tkaziladigan tergov harakati hisoblandi. Chunki bu tergov harakatining o‘tkazish jarayonida nafaqat ushbu jinoyatni bevosita sodir etgan shaxs qo‘lga olinadi, shu bilan bir qatorda jinoyat predmeti, quroli va uni sodir etgan shaxslar hamda giyohvandlik jinoyatning boshqa holatlari haqida ma’lumot beruvchi manbalar ham aniqlanadi.

Gumon qilinuvchi shaxslarni ushlash quyidagi joylarda amalga oshiriladi:

1) taqiqlangan ekin yetishtirilgan joylarda ushlash. Aynan shu holatda gumon qilinuvchi shaxs bu ekinlarga ishlov berish, oziqlantirish, yig‘ishtirish va narkotik moddalar tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi. U jinoyat ustida ushlanganida, taqiqlangan ekinlar yetishtirishni tasdiq-lovchi fakt bilan birga, boshqa shaxslarning giyohvandlik vositalarini tayyorlash borasida sodir etgan jinoyatlari haqida ham daliliy ahamiyatga ega ma’lumot olish imkoni yuzaga keladi. Bunday joylar oldindan kuzatuv ostida bo‘lishi va u yerlarda ishlayotgan shaxslar haqida to‘plangan tezkor ma’lumotlarga asosan ushbu tergov harakati amalga oshirilishi zarur. Buning uchun ekinzorlarning kirish-chiqish yo‘llarini va uning tevarak - atrofini ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘rab olish yo‘li bilan gumon qilinuvchi shaxslarni ushlash maqsadga muvofiqdir.

2) tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan o‘simliklar yetishtiri-ladigan joylarga ularni tayyorlovchi shaxslar hosil yig‘ilgan davrda yoki bevosita o‘zlari giyohvandlik vositalari to‘plash uchun borishadi. Xuddi shu davrda ularni ushlash uchun qulay vaziyat yuzaga keladi. Ko‘pincha ular yovvoyi nasha o‘sayotgan joylardan giyohvandlik vositalarini to‘plashadilar. Bunday joylarni oldindan aniqlash va hosil yetilgan

Page 81: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

81

paytda u yerga pistirmalar qo‘yish zarur. Pistirmada bo‘lgan ichki ishlar idoralarining xodimlari yordamida giyohvandlik vositalarini tayyorlayot-gan gumon qilinuvchi shaxslar qo‘lga olinadilar.

3) farmatsevtika va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari-da sodir etilgan talon-torojlikda gumon qilingan shaxsni ushlash giyohvandlik vositalarini u yerdan olib chiqish vaqtida amalga oshiriladi. Giyohvandlik vositalarini dorixona yoki davolash muassasasidan soxta yoxud qalbaki retseptlar orqali olishga suiqasd qilgan paytda gumon qilinuvchi shaxsni ushlash shu turdagi jinoyatlarni ochishda o‘z samarasini beradi.

4) giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazish aksa-riyat hollarda turli transport vositalarida bajariladi. Ularni o‘tkazuvchi shaxslarni ushlash ichki ishlar organlari xodimlar uchun ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Jumladan, transport vositalarining harakat yo‘nalishlari haqida oldindan yetarli ma’lumotga ega bo‘lish, jinoyat predmetini gumon qilinuvchi shaxslarga bog‘lash, ya’ni giyoh-vandlik vositalarini yashirgan xufiya joylarni aniqlash va tashuvchilar-ning ushlash joyini oldindan belgilashdan iborat. Vaholanki, belgilangan barcha tadbirlar tezkor ma’lumotlarga asosan o‘tkaziladi. Giyohvandlik vositalarini transport vositalarida kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazishda gumon qilinuvchi shaxslarni chegara, bojxona va yo‘l xavfsizligi xizmati maskanlarida ushlash tergov amaliyotida ko‘p uchraydigan holatdir. Giyohvandliklarni temir yo‘l yoki aviatransport vositalarida tashishda tashuvchilarni ularga chiqish yoki ulardan tushish yoxud yuklarni topshirish va qabul qilish paytida ushlash zarur. Kirish va chiqish eshiklari oldiga esa ichki ishlar organlari xodimlaridan kuzatuvchilar qo‘yiladi.

5) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni sotish davrida gumon qilinuvchini qo‘lga olish aksariyat hollarda jamoat joylarida amalga oshiriladi. Sotuvchi shaxslar giyohvandlik vositalari sotish uchun qulay va o‘z xavfsizligini ta’minlash imkoniyati bo‘lgan joylarni tanlaydilar. Jumladan ular giyohvandlik vositalari shaxsiy transport yoki boshqa harakatlanish vositalarida yurib sotishadi. Shu bois ularni ushlash uchun oldindan tergov harakati rejasi tuziladi va ushlashda ishtirok etuvchi shaxslar jalb etiladi hamda transport vositalari shaylanadi. Nazorat tartibida sotib oluvchi shaxslarga o‘tkaziladigan tergov harakatining mazmuni va maqsadi tushuntirilib, oldindan bu haqda

Page 82: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

82

bayonnoma tuziladi. Sotuvchi shaxs ushlanganidan so‘ng, sotib olish nazorat tartibida amalga oshirilganligi unga ma’lum qilinadi va bu haqda ham bayonnoma tuziladi.

Bangixonalarda tashkil qilingan giyohvandlik vositalari savdo-sotiq jarayoni murakkab sharoitda ro‘y beradi. Chunki bangixonalarni tashkil qiluvchi shaxslar bevosita giyohvandlik vositalari sotuvchilar uchun ayrim hollarda oldi-sotdi operatsiyalarini bajarishlariga sharoit yaratuvchilar hisoblanadilar. Aynan shu holatlar va u yerdagi giyohvandliklarning son jihatidan ko‘pligi gumon qilinuvchi shaxslarni ushlashda jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shu sababdan tezkor tadbirlar natijalariga tayanib, oldindan sotuvchilar haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi. Oldi-sotdi operatsiyalari o‘zaro xaridor bilan bog‘lanmagan tarzda bajarilganida sotuvchining xatti-harakatlari oldindan protsessual (bayonnoma tuzish) jihatdan mustah-kamlangan tartibda pinhona videotasvirga tushiriladi va xaridor belgilangan joydan giyohvandlik vositani qo‘lga olgan zahoti ularning har ikkovi ushlanadi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan barcha holatlarda gumon qilinuvchi shaxsni ushlash jarayoni protsessual qonun talablariga amal qilgan holda, uni suratga olish yoki videotasvirga tushirish orqali mustahkamlanadi. U ushlangan joyni (jumladan turli transport vositalarini) batafsil ko‘zdan kechirish orqali giyohvandlik vositalari, ularning o‘ramlari, pul, zeb-ziynat buyumlari, og‘u iste’mol qilish predmetlari hamda ularning yuzasida hosil bo‘lgan qo‘l barmoq izlari kabilar aniqlanishi zarur.

Gumon qilinuvchi shaxs ushlangan zahoti uning kiyim-boshi ko‘zdan kechiriladi va u shaxsiy tintuv qilinadi. Chunki, giyohvandlik vositalari ushlangan shaxsning kiyim-boshlariga, shaxsiy buyumlari orasiga, tananing tabiiy bo‘shliqlariga joylashtirish yoki tanaga bog‘langan holda yashirilgan bo‘ladi. Ko‘zdan kechirish va shaxsiy tintuv qilib, uning ust-boshiga yashirilgan o‘ramlardagi giyohvandlik vositalari, pul va jinoyatga aloqador bo‘lgan boshqa buyumlar tashlab yuborilmasidan avval olinadi. So‘ngra uning kiyim-boshi ko‘zdan kechiriladi. Bunda cho‘ntak choklarida qolgan giyohvandlik vositalari-ning qoldiqlari va kiyimidagi boshqa xufiya joylari aniqlanadi. Gumon qilinuvchi shaxslarni shaxsiy tintuv qilishda avvalambor giyohvandlik vositalari, ularning o‘ramlari, ularni iste’mol qilishda foydalaniladigan narsalar, giyohvandliklardan foydalanishga aloqador bo‘lgan hujjatlar, yo‘l chiptalari, mehmonxona kvitansiyalari, pochta jo‘natmasining

Page 83: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

83

xabarnomalari kabilar daliliy ahamiyatga ega ma’lumot manbalari sifati-da olinadi. Shaxsiy tintuv o‘tkazish bayonnomasiga, umumiy ma’lumot-lar bilan bir qatorda, topilgan giyohvandlik vositaning turi, hajmi, o‘rami va undagi boshqa belgilar ko‘rsatiladi.

Ushlangan gumon qilinuvchi shaxslar zudlik bilan guvohlantirishdan o‘tkaziladi. Bu tergov harakatini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, gumon qilinuvchining tana qismida giyohvandlik vositalari bilan g‘ayriqonuniy muomala qilish natijasida vujudga kelgan ularning qoldiqlarini, mayda zarrachalarini hamda iste’mol qilish izlarini aniqlashdan iborat. Agarda guvohlantirilayotgan shaxsning tanasida patologik o‘zgarishlar (vena qon tomirlarining yorilishi, uning atrofidagi qontalashlar) vujudga kelsa, guvohlantirish tibbiyot muassasasida yoki sud tibbiy ekspertlar ishtirokida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Guvohlantirish davrida ushlangan shaxslarning qon va siydik namunalari biologik ekspertiza obyektlari sifatida mutaxassislar tomonidan olinadi.

Tintuv o‘tkazish. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda tintuvni jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng darhol o‘tkazish zarur. Boshqacha aytganda, tergovning samaradorligi ko‘p jihatdan tergovchining tintuv o‘tkazish haqidagi qarorini o‘z vaqtida qabul qilishiga bog‘liq. Tintuv o‘tkazish obyektlariga turar joylar, xizmat xonalari, tergovchining taxminiga ko‘ra sodir etilgan giyohvandlikka oid jinoyatlarining holatlarini aniqlash va uni sodir etgan shaxslarni fosh etish uchun katta ahamiyatga ega ashyoviy dalillar (giyohvandlik vositalari va uning o‘ramlari, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan o‘simlik qoldiqlari va shunday o‘simlik-lar yetishtiriladigan hududlarning geografik xaritalari, avtomobil va temir yo‘llarning belgilangan sxemalari, giyohvandlik vosita izlarini qabul qilgan predmetlar, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pul va qimmatbaho narsalar, jinoiy guruh a’zolari doirasini, narkobiznes operatsiyalarini, ularning o‘zaro hisob-kitob aloqalarini o‘zida aks ettirgan turli hujjatlar, giyohvandlik vositalarini tayyorlash, saqlash va iste’mol qilish moslamalari va shu kabilar) saqlanayotgan joylar va bu jinoyatlarga aloqador bo‘lgan boshqa predmetlar kiradi. Tintuv o‘tkazishning maqsadi — giyohvandlik jinoyatlarining sodir etilish usullarini hamda uning oqibatlarini, jinoiy tajovuz predmetlarini va jinoiy yo‘l bilan topilgan moddiy boyliklarni, shuningdek jinoyat izlarini qabul qilgan boshqa obyektlarni qidirib topish, olib qo‘yish va hokazo.

Page 84: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

84

Tergovchi tintuv o‘tkazayotganida pinhoniylik, rejalilik va izchillik, o‘z vaqtidalik, maxsus texnik vositalaridan foydalanish hamda olingan natijalarni to‘g‘ri qayd etish kabi umum e’tirof etilgan taktik qoidalarga rioya etishi kerak.

Yuqorida bayon etilgan taktik qoidalarni inobatga olgan holda tintuv o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

1) tintuv o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish; 2) tintuv o‘tkazishning ishchi jarayoni; 3) tintuv natijalarini qayd etish. Mazkur bosqichlarning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.

Tintuv o‘tkazishga tayyorgarlik bosqichi quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi: tintuv o‘tkazilishi lozim bo‘lgan obyektlarni va ular kimlarga tegishli ekanligini aniqlash; obyektning geografik joylashuvini, u yerga kirish-chiqishini, obyekt egasining kun tartibi, turmush tarzi, aloqalarini o‘rganish va ular haqida zarur ma’lumotlar to‘plash. Bu ma’lumotlar tergovchiga tintuvni qachon va qayerda o‘tkazish maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida tintuv o‘tkazish rejasi tuziladi. Tintuv o‘tkazish ishtirokchilarining doirasi aniqlanadi va ularga yo‘riqnoma beriladi. Yo‘riqnoma berishda tintuv o‘tkazish tartibi, uni kim va (agar tintuvlarni bir necha shaxslar uyi yoki xonadonida yoxud bir shaxsnikida, ammo turli joylarda o‘tkazish lozim bo‘lsa) qayerda o‘tkazishi kerakligi, shuningdek ishtirokchilar qaysi narsalarga, jumladan ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarga e’tibor berishlari zarurligi uqtirib o‘tiladi; tintuv o‘tkazish chog‘ida qo‘llaniladigan maxsus texnik vositalari haqidagi masala hal qilinadi va hokazo. Tintuvga tayyorgarlik borasidagi ushbu harakatlarning barchasi manfaatdor shaxslardan batamom sir tutilgan holda amalga oshiriladi.

Tergovchi gumon qilinuvchining uyida va yordamchi xonalarida tintuv o‘tkazishga kirishishdan avval ushbu tergov harakatini o‘tkazishda duch keladigan muhitni mukammal o‘rganishi talab etiladi. Ushbu muhitni inobatga olgan holda u tintuvni aynan nimadan boshlashi kerakligini aniqlaydi. Ko‘p hollarda giyohvandlik vositalari uy egalarining tana qismiga yashirib qo‘yilgan bo‘ladi. Shu bois ularni shaxsiy tintuv qilish taktik jihatdan talab etiladi. Shaxsiy tintuv uy egasi jinsiga mansub mansabdor shaxslar tomonidan bajariladi. Bunda tergovchi e’tiborini birinchi galda qidirilayotgan giyohvandlik vositalari-ga qaratadi. Bular tintuv o‘tkazilayotgan shaxs sotish uchun tayyorlab qo‘ygan (gugurt qutilar yoki sellofan paketchalarga solingan)

Page 85: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

85

giyohvandlik vositalari, ularning bo‘shagan o‘ramlari, shuningdek jinoiy yo‘l bilan topilgan mulk, masalan, qimmatbaho uy-ro‘zg‘or buyumlari: mebel, turli xil video-radioapparatlar, zeb-ziynatlar, avtomobil va uy egasi yoki oilasining a’zolariga qo‘yilgan banklardagi katta pul jamg‘armalari yoxud shunday naqd pullar bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, tergovchi giyohvandlikka oid jinoyatlarini sodir etish vositalarini qidirib topishga qaratilgan izlov ishlarini amalga oshirishi zarur. Tintuv o‘tkazilayotgan obyektdagi ana shunday vositalariga quyidagilar kiradi: qayd daftarlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan qat’iy hisobot blanklari (retseptlar, kasallik va taqsimot varaqalari, dalolatnomalar hamda shu kabilar), giyohvandlik vositalari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qiluvchilar o‘z jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun mo‘ljallangan hujjatlari (kirim-chiqim yukxatlari yoki fakturalari, tarqatish varaqalari kabilar), shuningdek soxtalashtirilgan o‘lchov asboblari: turli xil tarozi toshlari va boshqalar. Demak, begonalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ham e’tibor berish kerak. Odatda dorixonalarda hisobga olinmagan ortiqcha nakotik dori-darmon vositalarini soxta retseptlar orqali ushbu hujjatlar egalarining nomiga rasmiylashtiradi.

Ko‘pincha giyohvandlikka oid jinoyatlarini sodir etuvchi shaxs yon daftariga yoki turli qog‘ozlarga o‘zining jinoiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yozib yuradi. Bu yon daftarlar yoki qog‘ozlar unga o‘zlashtirish uchun tayyorlangan yoki boshqa yo‘l bilan egallangan giyohvandlik vositalarini nolegal hisobga olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zan qoralama xatlarda giyohvandlik jinoyatlarining boshqa ishtirokchilari, giyohvandlik vositalarini o‘tkazish kanallari, shuningdek uning savdosidan tushgan pul va boshqa moddiy vositalaridan jinoiy guruhning har bir a’zosi oladigan ulushning miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Tintuv vaqtida tergovchi bunday qoralama xatlarni e’tibordan qoldirmasligi lozim, chunki ular ham boshqa hujjatlar kabi, tintuv qilinayotgan shaxsning u sodir etgan giyohvandlik jinoyatini fosh etishda katta ahamiyatga ega.

Qidirilayotgan giyohvandlik vositalari va unga aloqador bo‘lgan obyektlarni yashirish usullari nihoyatda xilma-xil. Ba’zan giyohvandlik jinoyatini sodir etuvchi shaxslar xufiya joy sifatida nafaqat uyidan, balki ilgaridan tayyorlangan maxsus moslamalar (devor ichiga joylashtirilgan metall qutilar, pol ostidagi xufiya joylar, oziq-ovqat mahsulotlari va yog‘ hamda kuchli hidga ega ziravorlar solingan idishlar, ko‘rpa-to‘shaklar,

Page 86: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

86

yumshoq mebellarning ichi va shu kabilar)dan foydalaniladi. Shu bois tergovchi tintuv o‘tkazayotganida tintuv qilinayotgan shaxs va oila a’zolarini sezdirmay kuzatishi kerak. Ularning xatti-harakatiga qarab qidirilayotgan obyekt qayerda ekanligini sezish mumkin. Shu bilan birga, tergovchini qidirilayotgan obyektdan chalg‘itish (uzoqlashtirish) maqsadida tintuv qilinayotgan shaxslar mojaroli vaziyat keltirib chiqaradilar. Vaholanki, ushbu vaziyat orqali tergovchiga ma’naviy-ruhiy bosim ko‘rsatiladi yoki ular turli xil kasalliklarni immitatsiya qilish orqali simulyativ harakatlar bajaradilar va hokazo. Bunday vaziyatda tergovchi tintuv qilinayotganlarning bu kabi ig‘vogarona harakatlariga tanbehi nuqtai nazardan qarashi va zarur hollarda tibbiyot xodimlari yordamiga murojaat etishi darkor. Aksincha, u vazmin bo‘lishi va aynan shu vaziyat yuzaga kelgan yaqin atrofdagi joylarning biron-bir detalini ham qoldirmasdan sinchkovlik bilan tintishi kerak.

Turar joylar va qo‘shimcha xonalardan tashqari, giyohvandlikka oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga yoki uning oila a’zolariga tegishli avtomobil ham tintuv qilinadi. Odatda, giyohvandlik jinoyatlarini sodir etgan shaxs faoliyatining xususiyatidan kelib chiqib, katta pul mablag‘larini va jinoyat predmetlarini avtomobilida saqlaydi. Shu bois tergovchi tintuv o‘tkazayotganida e’tiborini avtomobil saloniga qaratishi shart. Avtomobil salonidagi tintuvni uning old panelidan boshlagan ma’qul. Bunda panelga mustahkamlangan ehtiyot qismlari, ayniqsa yukdon (bordochyok) va uning ichidagi narsalar, so‘ngra old va orqa o‘rindiqlar mukammal ko‘zdan kechiriladi. Bu o‘rindiqlarni va ularning jildlarini yechib olish kerak. Tergovchi o‘rindiq ostini ko‘zdan kechirganidan so‘ng salon qoplamasi (poligi)ni yechadi. Shundan keyin salondagi tintuvni yakunlab, avtomobilning orqa yukxonasiga o‘tadi. Uning ichidagi narsalarni chiqarib oladi, hammasini diqqat bilan tekshiradi, so‘ngra yukxona poligini yechib oladi, chunki u yerda qidirilayotgan giyohvandlik vositalari yashirilgan bo‘lishi mumkin.

Tergovchi avtomobilda tintuv o‘tkazish vaqtida xufiya joy sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan boshqa ehtiyot qismlarini ham e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Avtomobilni tintuv qilish chog‘ida avtochilangarni mutaxassis sifatida jalb etish maqsadga muvofiqdir. Zotan, giyohvandlik vositalari o‘ziga xos kuchli hidga ega bo‘lgani uchun aksariyat tashuvchilar ularni transportning yonilg‘i sig‘imlariga yoki boshqa kuchli hid taratuvchi qismlariga joylashtiradilar. Xuddi shu

Page 87: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

87

holatlarni tekshirish uchun hid oluvchi itlarni qo‘llash ham ushbu tergov harakatining samaradorligini oshiradi.

Mazkur giyohvandlik jinoyatini tergov qilishning muvaffaqiyatli yakuni ko‘p jihatdan tintuvni tergovchi tomonidan omborxonalarni muhrlash, hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish, inventarizatsiya va audit tekshiruvi o‘tkazish kabi protsessual harakatlar bilan parallel tarzda olib borishiga bog‘liq.

Tergovchi xizmat xonasida tintuv o‘tkazayotganida uni alohida qismlarga bo‘ladi va har bir qismiga militsiya xodimlaridan birini biriktiradi.

Moddiy javobgar shaxslarning hisob-kitob hujjatlari saqlanadigan buxgalteriyani tintuv qilishni ularning ish stollaridan boshlagan ma’qul. Ushbu holda nafaqat hisob-kitob hujjatlariga, balki ayrim qog‘ozlar, bloknotlar yoki kalendar varaqlaridagi har xil yozuvlarga ham e’tibor berish zarur, chunki ularda hisob-kitob hujjatlarida aks etmagan giyohvandlik jinoyati operatsiyalari haqida ma’lumot bo‘lishi mumkin. Tintuv vaqtida bunday yozuvlarning mazmunini tekshirish va imkon qadar ulardan audit tekshiruvi o‘tkazish davomida foydalanish zarur.

Giyohvandlik vositalari saqlanadigan omborlarda tintuv o‘tkazishda soxtalashtirilgan og‘irlik o‘lchovchi uskunalar va ombor mudirining qoralama xatlariga e’tibor qaratish lozim. Chunki ombor mudiri, odatda, giyohvandlik vositalarining og‘irligini o‘lchash paytida vujudga keltirgan ortiqcha hisobga olinmagan zaxirasini sarf daftarlarida emas, balki qoralama xatlarida aks ettiradi.

Tintuv yakunida olingan natijalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, tergovchi bayonnoma rasmiylashtiradi.

Tintuv o‘tkazish vaqtida topilgan va ashyoviy dalil sifatida olingan giyohvandlik vositalari boshqa barcha ashyoviy dalillar va hujjatlarni tergovchi protsessual harakat qatnashchilari va xolislarga taqdim etadi. Tintuv bayonnomasida olib qo‘yilayotgan ashyoviy dalillarni topish usuli va aniqlangan joyi, ularning hajmi, soni, sifati, alohida belgilari, shuningdek hujjatlarning nomi va qisqacha mazmuni, ularning kimga tegishli ekanligi kabilar qayd etiladi. Tintuv davrida topilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga o‘ramlarga joylashtirib tergovchi tomonidan muhrlanib, qatnashuvchi va ishtirokchilar imzolari bilan mustahkamlanadi.

So‘roq qilish. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyat hodisasi, uning ayrim holatlari va belgisining

Page 88: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

88

elementlariga taalluqli ma’lumotlarni o‘z xotirasiga bevosita yoki bilvosita singdirgan va ularni adekvat tarzda tergov organlariga og‘zaki usulda yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar so‘roq qilinuvchi subyektlar hisoblanadilar. So‘roq qilish subyektlarining protsessual holatlariga ko‘ra, ular guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga bo‘linadilar. Guvohlar, xotirasida mujassamlangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar haqidagi ma’lumotlarning turi va hajmiga ko‘ra, o‘z navbatida bir necha guruhlarga ajratiladi.

Birinchi guruhga, jinoyatni sodir etish paytida gumon qili-nuvchilarning ushlanganlik faktidan bevosita ogoh bo‘lgan shaxs-lar. Bunday shaxslar guvoh tariqasida so‘roq qilinganlarida quyidagi holatlar aniqlanadi:

– gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan guvohlarning munosabati (notanish, tanishi, yaqin qarindoshi, xizmatdoshi va hakozalar);

– gumon qilinuvchi shaxslar qanday holatda ushlanganligi; – gumon qilinuvchi shaxslarning o‘z ushlanish faktiga munosabati; – gumon qilinuvchi shaxsni ushlash jarayonida unga nisbatan guvoh

qanday holatda (yonida, orqasi va oldida) turganligi; – ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan

bog‘liq jinoyatlarni sodir etish holatlari; – jinoiy xatti-harakatlarining qanday tavsifga ega ekanligi; – jinoyat predmetining turi, hajmi va o‘ramining ko‘rinishi; – ushbu holatdan ogoh bo‘lgan boshqa shaxslar va gumonlanuvchi

shaxslarga nisbatan ularning munosabati. Ikkinchi guruhga gumon qilinuvchilar tomonidan giyohvandlik

vositalarini tayyorlash, talon-torojlik qilish va sotish faktlarini tasdiq-lovchi guvohlar kiradi. Ularni so‘roq qilish orqali quyidagi ma’lumotlar olinadi:

– giyohvandlik vositalarini tayyorlash vaqti va joyi (holati); – jinoyat sodir etgan shaxslar (laqabi bilan birga), ular bilan guvoh

o‘rtasidagi munosabat; – giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tayyorlashda

ishtirok etgan shaxslar va ularning har birining jinoiy faoliyatdagi o‘rni; – ularni tayyorlashda foydalanilgan moslamalar; – giyohvandlik vositalarining turi, ularni tayyorlashda sarflangan

xomashyolarning nomlanishi va hajmi;

Page 89: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

89

– giyohvandlik vositalari joylashtirilgan o‘ramlar yoki yashirilgan xufiya joylar;

– talon-torojlikning qachon va kim tomonidan, qanday holatda sodir etilganligi;

– talon-torojlik sodir etgan va unda ishtirok etgan shaxslarning guvoh bilan o‘zaro munosabati;

– talon-torojlik sodir etilgan obyektga kirish-chiqish joylarining holati;

– giyohvandlik vositalari saqlanadigan joylarning holati; – talon-torojlik sodir etilgan joyda qo‘riqlash tizimining mavjudligi,

sozligi yoki ularga yetkazilgan shikastning turi; – talon-torojlik sodir etish usuli va bunda qo‘llanilgan vositalarining

turlari (soxta va qalbaki hujjatlar, o‘lchov asboblari); – giyohvandlik vositalarining qonuniy aylanishiga guvohlarning

bevosita aloqasi (betoblar, hamshiralar, tadqiqotchilar va boshqalar). – giyohvandlik vositalari savdo-sotig‘ining qanday holatda amalga

oshirilganligi; – savdo-sotiq ishlarini kim (sotuvchi, xaridor) bajarganligi; – savdo-sotiq predmeti (giyohvandlik vositalari)ning nomi va uning

nimaga joylashtirilganligi; – sotilgan va sotib olingan giyohvandlik vositalarining hajmi va

narxi; – guvoh savdo-sotiq operatsiyalarini qanday masofadan kuzat-

ganligi; – ushbu jarayonda sotuvchi va xaridor o‘zaro qanday muloqotda

bo‘lganligi; – sotib olingan giyohvandlik vosita uchun to‘langan pul yoki boshqa

qimmat baho narsa, ularning miqdori. Vujudga kelgan tezkor vaziyatni va giyohvandlik vositalarini nazorat tartibda sotib olishda ishtirok etgan guvohning xavfsizligining ta’minlashni hisobga olgan holda, uning ushbu fakt yuzasidan bergan arizasi va ko‘rsatuvining so‘roq bayonnomasi konvertga joylashtirilib muhrlangan holda jinoyat ishiga biriktiriladi.

Uchinchi guruhga noqonuniy tashilgan giyohvandlik vositalarining va boshqa shaxslarning bu jinoyatga aloqadorligini tasdiqlovchi faktlar haqida ma’lumot beruvchi guvohlar kiradi. Ularni so‘roq qilish jarayonida quyidagi holatlar aniqlanadi:

Page 90: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

90

– bu turdagi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarga guvohlarning munosabati;

– jinoyatni sodir etish holatlari (vaqti, joyi); – jinoyat sodir etishda foydalanilgan transport vositalarining turlari,

ularning qaysi qismlariga giyohvandlik vositalari joylashtirilganligi; – giyohvandlik vositalarini tashishga moslashtirilgan xufiya

joylarning ko‘rinishi; – tashilayotgan giyohvandlik vositalarining turi, hajmi, o‘ramlari; – giyohvandlik vositalarining qayerdan olinganligi va qaysi manzil-

ga jo‘natish mo‘ljallanganligi; – bu jinoyatni sodir qilishda ishtirok etgan boshqa shaxslar va ular

har birining o‘rni (roli); – bu jinoyat hodisasidan ogoh bo‘lgan boshqa shaxslar va ularning

gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan munosabati . To‘rtinchi guruhga gumon qilinuvchi shaxs bilan birga yashaydigan

yaqin qarindosh-urug‘lari va qo‘ni-qo‘shnilari kiradi. Bu toifadagi guvohlarni so‘roq qilish orqali quyidagi holatlarni aniqlash mumkin:

– qarindoshlik munosabati; – uning oiladagi xulq-atvori; – hayot tarzi; – uning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq

jinoyatlarni sodir etishi yoki bu jinoyatlarga aloqasi; – undagi fiziologik va psixologik (rangi-ro‘yidagi, kayfiyatidagi)

o‘zgarishlar; – aytarli sababsiz turli ehtiyojlarning yuzaga kelishi; – mehnatsiz katta daromadga ega bo‘lishi; – hashamatli binolar qurish, haddan tashqari dabdabali tadbirlar

o‘tkazish; – gumon qilinuvchi shaxs atrofida jinoyat olami obro‘mandlarining

paydo bo‘lishi; – boshqa shahar, viloyat va mamlakatlarga borib turishi, uning u

yerdagi tanish - bilishlari. Agarda bilsa, ularning ismi - sharifi va yashash manzili.

Beshinchi guruhdagilar — giyohvandlar. Ularni so‘roq qilishda ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi, birinchidan, aksariyat hollarda ularning sarxush bo‘lishlari, ya’ni kayfi tarqalgunga qadar bu toifadagi guvohlar bilan muloqotga kirishishning samarasi yo‘qligi, ikkinchidan,

Page 91: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

91

ular sodir etilgan giyohvandlik jinoyati haqida dabdurustdan ma’lumot berishdan bosh tortadilar. Ammo, ular davolanganidan keyin ma’lum vaqt o‘tgach qilmishidan pushaymon bo‘lgan taqdirdagina bu haqda batafsil ko‘rsatma berishlari mumkin. Bunday shaxslarni so‘roq qilishdan avval ular bilan ruhiy bog‘lanish o‘rnatish (kontakt) talab etiladi. Shuning uchun ularga giyohvandlikning inson hayotiga naqadar salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligini, insonni halokat yoqasiga yetaklovchi illatligi haqida tushuntirish kerak. Ruhiy bog‘lanishning shu usulidan ijobiy natijaga erishgach va ushbu guvohlarda savollarga javob berishga moyillik paydo bo‘lganligini his qilgan tergovchi so‘roq jarayonini boshlashi zarur. So‘roq qilish davrida sodir etilgan jinoyatlar haqida quyidagi ma’lumotlar olinadi:

– giyohvandlikka qachon va qanday holatda duchor bo‘lganligi; – giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga kim jalb etganligi; – birinchi iste’mol qilgan giyohvandlik vositalarining turi; – birinchi marta iste’mol qilingan giyohvandlik vosita uchun to‘lov

amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmaganligi; – giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun olish manbai; – giyohvandlik vositasining bir chekimini sotib olish uchun

to‘langan pul miqdori; – giyohvandlik vositalari olish uchun almashtirilgan narsalar va

qimmatbaho zeb-ziynatlar (ularning turlari, miqdori va manbalari); – giyohvandlik vositalari iste’mol qilinadigan bangixonalar, ularning

qayerda joylashganligi va egalari; – u bilan birga giyohvandlik vositalarini surunkali ravishda iste’mol

qiluvchi shaxslar; – giyohvandlik vositalarini surunkali iste’mol qilish natijasida uning

hayotida yuzaga kelgan ijtimoiy tanazzul; – og‘u iste’mol qilish natijasida muqaddam narkologiya dispanserida

davolanganligi, hisobda turganligi; – ichki ishlar organlarida giyohvandlik sifatida ro‘yxatga olinganligi.

Jinoyat ishidagi mavjud faktik ma’lumotlarga ko‘ra guvohlarning so‘roq qilish mazmuni o‘zgarishi yoki qo‘shimcha savollar bilan to‘ldirilishi mumkin.

Gumon qilinuvchi shaxslarni so‘roq qilish orqali giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning dastlabki tergov va sud tergovida isbotlanuvchi holatlarini, ularning sodir etilishiga

Page 92: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

92

turtki bo‘lgan shart - sharoitlarni aniqlash imkoniyatiga erishiladi. Chunki bunday shaxslar dastlabki tergovning boshqa ishtirokchilariga nisbatan sodir etilgan jinoyat holatlari haqida batafsil tasavvurga egalar. Aynan, gumon qilinuvchi shaxslarni so‘roq qilish taktikasi to‘g‘ri tanlaganda va ularni so‘roq qilishning ketma - ketligi to‘g‘ri belgilangandagina yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar tergovda o‘z isbotini topishi mumkin. Shu bois, ularning so‘roq qilish murakkab jarayon hisoblanadi.

Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirgan shaxslar ekin maydonlarida qo‘lga olingan-larida, jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida, ular sodir etilgan jinoyat hodisasi haqida turli vajlar keltirish yo‘li bilan yolg‘on ko‘rsatuv berishga urinadilar. Dastlabki tergov jarayonida ular tomonidan keltirilgan asosiy vajlar quyidagilar iborat. Bunday shaxslar hodisa joyiga tasodifan kelib qolganligi yoki taqiqlangan ekin maydoni unga notanish bo‘lgan shaxsga tegishli ekanligi yoxud bu maydon uning yaqin qarindoshi bo‘lmish qariyaga qarashli bo‘lganligi haqida o‘z ko‘rsatuv-larida isbotlashga harakat qiladilar. Shu sababli, dastlabki tergovdagi mavjud dalillarning boshqa manbalari (tergov harakatlari) yordamida bu vajlar asossiz va noo‘rin kiritilganligini isbotlash zarur.

Keltirilgan vajlarni inkor etish uchun gumon qilinuvchi shaxsni yashash joyining kengaytirilgan rejasi tuziladi va taqiqlangan ekin maydoniga olib boruvchi so‘qmoqlar yoki yo‘laklar unga bog‘lanadi. Bundan tashqari, vaj keltirilgan shaxs tomonidan taqiqlangan ekin yetishtirilganlik fakti yuzasidan uning qo‘ni-qo‘shnilari, qarindoshlari so‘roq qilinadilar. Agarda, bu shaxslarning ko‘rsatuvlarda jiddiy tafovut yuzaga kelsa, ular o‘rtasida yuzlashtirishlar o‘tkaziladi. Uning vajlarini tekshirish maqsadida boshqa tergov harakatlari (ko‘zdan kechirish, tintuv qilish, eksperiment o‘tkazish, ekspertizalar tayinlash va sh.k.) ham amalga oshiriladi.

Tarkibida giyohvandlik moddalar bo‘lgan o‘simliklar yetishtirilgan joyda qo‘lga olingan gumon qilinuvchi shaxsni so‘roq qilishda u keltiradigan asosiy vajlardan biri og‘ularni o‘z ehtiyoji uchun olganligini ma’lum qilishidir. Bu vaj uni guvohlantirish, tupuk, siydik va qon namunalarini tadqiqotga olish hamda biologiya, kimyo va narkologiya ekspertizalarini o‘tkazish yo‘li bilan inkor etiladi. Dastlabki tergov davrida gumon qilinuvchi shaxsga nisbatan to‘plangan dalillar uning

Page 93: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

93

e’tiboriga havola qilinadi. So‘ngra, sodir etgan jinoyat holatlari bo‘yicha uni to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga ishontiriladi. So‘roq jarayonida quyidagi holatlar aniqlanadi. Jumladan, tarkibida giyohvandlik moddalar bo‘lgan o‘simliklar yetishtirilgan joyga kelishdan ko‘zlangan maqsad, uning asosiy vazifasi, o‘simliklarni yetishtirgan shaxslar bilan gumon qilinuvchi o‘rtasidagi munosabat, ya’ni jinoiy aloqasi, muqaddam u, xuddi shu maqsadlarda bu yerga tashrif qilgan holatlari, u tomondan tayyorlangan giyohvandlik vositalarining turlari, miqdori, tashish usullari, harakat yo‘nalishi, olingan giyohvandliklarni yetkazishning oxirgi manzili, ularni qabul qilib oluvchi shaxslar, sodir etilgan giyohvandlik jinoyatning boshqa ishtirokchilari, ularning har birini ushbu jinoyatni sodir etishdagi o‘rni va vazifalari nimalardan iborat ekanligini oydinlashtirish zarur. Aksariyat hollarda gumon qilinuvchi shaxslar jinoiy guruh yoki uyushma a’zolarini oshkor etmasdan, balki barcha jinoiy qilmishning o‘z zimmasida qoldirishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatlarning taktik yechimi tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoiy guruh yoki uyushma a’zolari haqida olingan ma’lumotlar ayrim tergov harakatlari (ularning ishtirokidan ogoh bo‘lgan guvohlarni so‘roq qilish, tintuv qilish, ashyoviy dalillarni olib qo‘yish, ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish, gumon qilinuvchi shaxs va guvohlar o‘rtasida yuzlashtirish) o‘tkazish yo‘li bilan tekshiriladi va dastlabki tergovga dalil sifatida tatbiq etiladi.

Tarkibida giyohvandlik moddalar bo‘lgan dori-darmon vositalari ishlab chiqaruvchi farmatsevtika korxonalaridan talon-toroj jinoyatini sodir etgan gumonlanuvchi shaxslarni so‘roq qilgunga qadar, u yerdagi ishlab chiqarish texnologiyasini mukammal o‘rganish kerak. Chunki, korxonaning texnologik jarayonida vujudga kelgan yoki sun’iy ravishda keltirilgan og‘ishlik, tarkibida giyohvandlik moddalar bo‘lgan dori – darmon vositalarining sifat va miqdor ko‘rsatgichiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Aynan shu omil jinoyatni sodir etish va uning oqibatlarini yashirish usullarida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab olgan buxgalteriya hujjatlarini ham o‘rganish zarur. Vaholanki, bu turdagi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi (mansabdor yoki moddiy javobgar) shaxslar xuddi shu hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, tarkibida giyohvandlik moddalar bo‘lgan dori-darmon vositalari-

Page 94: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

94

ning noqonuniy ortiqcha zaxirasini yaratish yoki g‘ayriqonuniy sarflash (rastrata) yo‘li bilan talon – toroj qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu toifadagi gumon qilinuvchi shaxs, sodir etgan giyohvandlik jinoyati yuzasidan haqiqatni aniqlash borasida so‘roq qilinganda, mantiqiy javobi topiluvchi savollarga quyidagilar kiradi. Gumon qilinuvchi shaxsning maxsus vakolatga ega ekanligi, uning asosiy vazifalari, moddiy javobgar shaxs ekanligi to‘g‘risida korxona ma’muriyati tomonidan tuzilgan shartnomani mavjudligi va faoliyat ko‘rsatgan davr, giyohvandlik xomashyoni kirim qilish, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni esa korxona omborxonasiga topshirish tartibi, omborxonalarni berkitish qulflarining holati, kalitlarni qayerda saqlanishi va berkitilgan ombor eshiklarini muhrlanishi va ochilishi, u yerda qo‘riqlash tizimining mavjudligi va sozligi, tayyor mahsulot omborxonalaridan iste’molchi-larga xarajat qilish va oylik hisobot yuritish tartibi, kirim-chiqim hujjatlar aylanmasiga mas’ul bo‘lgan vakolatli shaxslar (buxgalterlar), bu operatsiyalarni nazorat qilgan mansabdor shaxs va ular tomonidan hujjatlarni imzolanishi, ularni saqlash tartibi va muddati, hujjatlarga kiritilgan ma’lumotlarning bevosita ijrochilari (nakladnoy, faktura va yuk xatlari rekvizitlarini to‘ldirgan shaxslar), so‘ngi o‘tkazilgan inventarizatsiya va audit tekshiruvi natijalari, gumon qilinuvchi shaxsning tekshiruvlar o‘tkazishdagi ishtiroki, moddiy javobgar shaxs hisobotida aniqlangan kamomad yoki ortiqcha zaxirani vujudga kelish sabablari, ushbu giyohvandlik jinoyatlariga aloqador bo‘lgan mansabdor va boshqa shaxslar, ularning har birini ishtirokchilik darajasi va o‘zlashtirgan yoki g‘ayriqonuniy sarflagan giyohvandlik dori-darmon vositalarining hajmi, ularning turlari, ishlab chiqarish texnologiyalaridagi mavjud og‘ishlik va ularni yuzaga kelish holatlari. Bulardan tashqari, shu turdagi jinoyatlarning boshqa holatlari (oraliq, jinoyatni sodir etishga imkon bergan shart – sharoitlar) va ularning ayrim elementlarini aniqlashga qaratilgan savollar ham so‘roq mazmunini aniqlab beradi.

Giyohvandlik vosita va psixotrop moddalarni dorixona yoki davolash muassasalaridan soxta yoxud qalbaki retseptlar orqali olish jinoyatlarini sodir etishda gumon qilinuvchi shaxslar quyidagi toifalarga bo‘linadi. Birinchi toifaga retseptlarni bevosita soxtalashtirgan tibbiyot xodimlari (psixiatr, onkolog, anestezolog va boshqalar) kirsa, ikkinchi toifa esa xuddi shunday hujjatlarni qalbakilashtirgan shaxslardan tashkil topadi.

Birinchi toifaga kiruvchi shaxslarni so‘roq qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, buni aynan shu sohaning mutaxassislari

Page 95: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

95

ishtirokida amalga oshirish samarali natija beradi. Chunki bunday gumon qilinuvchi shaxslarni so‘roq qilgunga qadar mutaxassislar maslahatini olish ham ushbu tergov harakati predmetlarini to‘g‘ri aniqlashda va ular oldiga qo‘yiladigan savollar tizimini belgilashda muhim jarayon hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor tarkibida giyohvandlik modda bo‘lgan dori – darmonlar uchun yoziladigan retseptlarning rasmiylashtirish tartibiga va ularning boshqa hisobot hujjatlari (qat’iy ro‘yxatga olish kitobi, tarqatish varaqalari, kasallik tarixi, kirim – chiqim faktura yoki nakladnoylar, moddiy javobgar shaxs hisoboti va shu kabilar) bilan bevosita bog‘liqligini o‘rganishga qaratiladi. Jumladan, soxta retseptda iste’mol uchun tavsiya etilgan giyohvandlik dori - darmon vositalarining qaysi kasalliklarni davolashga mo‘ljallanganligi, kunlik ehtiyoj miqdori, inson organizmiga ta’sir doirasi, salbiy oqibati, ya’ni patologik o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi, iste’molchida unga bo‘lgan tobelikni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muammolarning yechimi haqida maslahatlar olinadi. Aynan, shu toifadagi gumon qilinuvchilarning so‘roq qilish predmetini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muammolar tashkil qiladi.

Ikkinchi toifadagi gumon qilinuvchi shaxslarni so‘roq qilgunga qadar, retseptlardagi qalbakilashtirish belgilari va ularning rekvizitlari kim tomondan to‘ldirilganligini aniqlash darkor. Shu bois, hujjatlarning texnik – kriminalistik va dastxatshunoslik ekspertizalarini o‘tkazish hamda ushbu tadqiqot natijalarini olish maqsadga muvofiqdir. Zotan, bu turdagi ekspertizalarning xulosalari gumon qilinuvchi shaxslar oldiga aniq savollar qo‘yilishini ta’minlaydi va ular tomondan asossiz vaj kiritish holatlarining oldi olinadi.

Tergov amaliyoti natijalariga ko‘ra, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazishda jinoyat ustida qo‘lga olingan gumon qilinuvchi shaxslarning aksariyatini tashuvchilar tashkil etadi. Faqatgina ular og‘ularni tashuvchilar bo‘lsa-da, o‘rnatilgan tartibga binoan, jinoiy guruh yoki uyushma rahbarlarini (tashkilotchi-larini) hamda sodir etilgan giyohvandlik jinoyatning boshqa ishtirok-chilarini sotmaydilar. Shuning uchun tashuvchilar jinoiy qilmishning to‘la hajmda o‘z zimmalariga olib, jinoyat predmetining manbalarni ham yashirishga harakat qiladilar. Tergovning dastlabki bosqichida yuzaga kelgan ushbu vaziyat, giyohvandlik jinoyatini sodir etishda ishtirok etgan shaxslarning barchasini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta murakkab vazifani tergovchi va tezkor – qidiruv xodimlari oldiga ko‘ndalang qilib

Page 96: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

96

qo‘yadi. Bu vazifani bajarishda ikki xizmat xodimlari hamkorlikda harakat qilishlari zarur. Vaholanki, dastlabki bosqichdagi hamkorlik rishtalarining predmeti jinoyat subyektlari haqidagi ma’lumotlarning o‘zaro almashuvi ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Aynan, tezkor-qidiruv manbalaridan olingan ma’lumotlar tashuvchilarni so‘roq qilish jarayonida jinoyat ishiga dalil sifatida tatbiq etilishi va uning mazmunini to‘ldirishi mumkin. O‘z navbatida, tezkor – qidiruv xodimiga tergovchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumot sodir etilgan giyohvandlik jinoyatning boshqa ishtirokchilarini aniqlashga va ularni ushlashga asos bo‘ladi. Bundan tashqari, almashilgan ma’lumotlarga binoan jinoyatning boshqa subyektlari haqida xususiy tusmollar ilgari suriladi.

Tashuvchilar orasidan jinoiy guruhga yoki uyushmaga yangi a’zo bo‘lganlarini, boshqa ishtirokchilarning xatti-harakatidan norozilarini va muxolifatchilarini aniqlash, ularni so‘roq qilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki, tergovchi bunday shaxslar bilan tezda ruhiy bog‘lanish o‘rnatadi. U, tashuvchilarni to‘g‘ri ko‘rsatuv berish uchun og‘dirishga esa jinoyat ishidagi mavjud dalillarni unga taqdim qilish va ikkinchi darajali ishtirokchiligini ma’lum etish orqali erishadi.

Tashuvchilarni so‘roq qilishda quyidagi savollarning batafsil yoritilishi yuqorida ta’kidlab o‘tilgan giyohvandlik jinoyati hodisasi va uning boshqa holatlarini isbotlash imkoniyatini beradi. Jumladan, giyohvandlik vosita va psixotrop moddalarni kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazish jinoyatini sodir etishning asosiy holatlari va o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, kontrabanda predmetini qayerdan va kimdan olganligi, uning turi va hajmi, o‘ramlari, o‘tkazish usuli, xufiya joylarni oldindan tayyorlanishi va ularni tayyorlagan shaxslar, ushbu giyohvandlik jinoyatning boshqa ishtirokchilari va ularning har birini vazifalari, giyohvandliklarning yetkazishni oxirgi manzili va ularni qabul qilib oluvchi shaxslar, o‘tkazishdan olinadigan foyda va jinoiy guruh yoki uyushma a’zolarini undagi ulushi. Agarda, tashuvchi sodir etilgan jinoyatning qolgan ishtirokchilari haqida ko‘rsatuv berishdan bosh tortsa, ularning aniqlash uchun giyohvandliklar yashirilgan joylarni va ularning o‘ramlarini ko‘zdan kechirish jarayonida topilgan izlarni yoki boshqa obyektlarni ekspert kriminalistik tadqiqotdan o‘tkaziladi. Tergovchi qabul qilgan shunday taktik qaror, giyohvandlik jinoyatning ishtirok-chilari haqida daliliy ahamiyatga ega ma’lumot taqdim qilish bilan birga, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan so‘roqning aniq mazmunini belgilab beradi.

Page 97: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

97

Aynan shu ma’lumotlarni tashuvchiga dalil sifatida taqdim etish orqali esa so‘roqning qo‘shimcha savollar tizimini belgilab olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bularga: jinoiy guruh yoki uyushmaning shakllanish sharoiti (a’zolari qachon, qayerda va qanday holatda tanishganlar, ularning ismi-shariflari), jinoiy guruh yoki uyushmadagi ularning har birini o‘rni va majburiyatlari, giyohvandlik jinoyatini sodir qilishni tashuvchiga taklif etgan shaxs (tashkilotchi yoki rahbar), ushbu giyohvandlik jinoyatdan tashqari, jinoiy guruh yoki uyushma a’zolari tomonidan yana qanday turdagi jinoyatlar sodir etilganligi, jinoiy guruh yoki uyushma a’zolarining o‘zaro munosabatlari, ya’ni ular o‘rtasida yuzaga kelgan tanglik, jinoyat ishtirokchilaridan tashqari, yana kimlar ularning jinoiy faoliyatidan xabardorligi va aniqlanishi shart bo‘lgan boshqa holatlarga ko‘ra qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni sotuvchilar hamda ularni iste’mol qilish uchun bangixona saqlovchilar toifasiga kiruvchi gumon qilinuvchi shaxslarni so‘roq qilish murakkab protsessual harakat hisoblanadi. Chunki sotuvchilar giyohvandliklarni bir chekimdan sotishlarini va ularning qolgan qismini xufiya joylarga yashirib qo‘yilganini hisobga olib haqiqatga molik bo‘lgan vaj kiritadilar. U ham bo‘lsa ushlash vaqtida topilgan bir chekim giyohvandlikni o‘z iste’moli uchun xarid qilganini, uning cho‘ntagiga ichki ishlar idora xodimlari solib qo‘yishganini yoki unga notanish bo‘lgan shaxs vaqtincha saqlab turish uchun tashlab ketganini o‘z ko‘rsatuvida ma’lum qiladi. U kiritgan vajning inkor etish usuli gumon qilinuvchi shaxsga nisbatan guvohlantirish o‘tkazish, tayinlangan narkologik ekspertiza, uning qoni va siydik namunalarini olish hamda biologik tadqiqot uchun yuborish kabilarda ifodalanadi. Aynan, shu ekspertizalar natijalarini unga tanishtirish uchun taqdim etish va jinoyat ishida mavjud dalillarni unga ma’lum qilish yo‘li bilan gumon qilinuvchi shaxsni to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga undash mumkin. Bunday gumon qilinuvchi shaxslarni sotish bilan bog‘liq jinoiy faoliyatini to‘liq ochish uchun tergovchining birinchi galdagi vazifasi so‘roq qilish jarayonida tezkor-qidiruv manbalaridan olingan ma’lumotlardan unumli foydalanishidir. Zotan, ushbu ma’lu-motlar orqali giyohvandliklarni muqaddam oldi-sotdi operatsiyalaridagi doimiy xaridorlarining va bu jinoyatni sodir etishda qatnashgan ishtirok-chilarining doirasini hamda giyohvandliklarning olish manbalarini aniqlash imkoniyati yuzaga keladi.

Page 98: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

98

Bangixona saqlovchi shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etuvchilik vazifasini bajarish bilan bir qatorda ularning tarqatuvchilari ham hisoblanadilar. Ular tarqatishning sotish usulini qo‘llashadi. Vaholanki, shu usul bilan giyohvandliklarning giyohvandlik vosita va psixotrop moddalarga bo‘lgan ehtiyoji jinoyat sodir etilgan joy bo‘lmish bangixonalarda qondiriladi. Shu bois, bangixona saqlovchi shaxslar, ko‘pincha jinoyat ustida, ya’ni og‘ularni tarqatish, inyeksiya yo‘li bilan tanaga yuborish yoki ko‘rsatilgan xizmat evaziga bangilardan pul va boshqa moddiy qimmatliklarni olayotgan paytida qo‘lga olinadilar. Aynan, shu vaziyat so‘roq qilish mazmunini va ular oldiga qo‘yiladigan savollar tizimini aniq belgilaydi. Bangixona saqlovchi shaxslarni so‘roq qilishda, ularning ijtimoiy ahvoli aniqlash bilan birga, qachon, qanday holatda ushbu turdagi jinoyatni sodir etish yo‘liga kirgani, bundan ko‘zlagan asosiy maqsadi, jinoyat predmeti, qurollari va ularning turlari, ta’minot masalalari, ya’ni kimlar tomondan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni unga yetkazib berilishi, ular uchun to‘lovlarni amalga oshirish tartibi yoki savdo-sotiq faoliyatini u bilan birga yana kimlar bajarishi, uning boshqa jinoiy aloqalari, har bir tarqatilgan doza uchun olinadigan pul miqdori, bangixonaga doimiy tashrif buyuruvchilar ko‘lami (imkon qadar har bir bangining ismi-sharifi va yashash manzilini aniqlagan holda. Agarda, gumon qilinuvchi bu haqda ko‘rsatuv berishdan bosh tortsa, axlat idishlaridagi tamponlarda qoldirilgan qon izlari yoki sigareta qoldiqlari orqali ularni aniqlash mumkinligini uqtirish) bilan bog‘liq savollar o‘z yechimini topishi zarur.

Hujjatlarni olib qo‘yish, inventarizatsiya o‘tkazish va audit tekshiruvi tayinlash. Tergovchi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‘zlashtirish yoki g‘ayriqonuniy sarflash orqali talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishga kirishgan zahoti qat’iy ro‘yxatga kiritilgan buxgalteriya va boshqa hujjatlarni olib qo‘yish haqida qaror qabul qilishi shart. Zero, uning kechikib harakat qilishi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qotilishiga hamda giyohvandlik jinoyatlarini sodir etgan va unga aloqador shaxslarning jinoiy javobgarlikdan qutulib qolishiga olib keladi. Demak, giyohvandlik vositalarini o‘zlashtirish yoki g‘ayriqonuniy sarflash yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxs, tergovchi qabul qiladigan qarordan xabardor bo‘lgan taqdirda, buxgalteriya hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yo‘q qilishga yoxud o‘z jinoiy harakatlarining izlarini o‘ta

Page 99: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

99

mug‘ombirlik bilan bajarilgan boshqacha (jismoniy va aqliy) usullar yordamida yashirishga harakat qiladi.

Kimyo-farmatsevtika korxonalari, davolash muassasalari, dori-xonalar, giyohvandlik vositalari saqlanadigan omborlar va ularning aylanmasiga aloqador boshqa muassasalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlarni olib qo‘yishni tergovchi jinoyatning tadqiq etilayotgan turini sodir etish holatlarini (giyohvandlik jinoyatlarini sodir etish va uning oqibatlarini yashirish usuli, joyi, vaqti, talon-toroj qiluvchilar va ularning aloqalari, jinoiy tajovuz predmeti va uning hajmi, shuningdek qilmishning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni) aniqlash maqsadida amalga oshiradi.

Buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlarning tadqiq etilayotgan giyohvandlik jinoyatlarini tergov qilish va ochish uchun ahamiyati juda katta, chunki ularda tergov uchun zarur bo‘lgan daliliy ahamiyatga ega ma’lumot manbalari hisoblanadi. Ushbu muammoni biz birinchi bobning birinchi paragrafida ko‘rib chiqdik va shu bois unga to‘xtalmagan holda, bevosita hujjatlarni olib qo‘yish tartibini ko‘rib chiqishga o‘tamiz.

Hujjatlarni olib qo‘yish arxiv, buxgalteriya xonasi va buxgalteriya hujjatlari hamda giyohvandlik vositalarining aylanmasini o‘zida aks ettirgan hujjatlar saqlanayotgan boshqa joylarni muhrlashdan boshlanadi. Shundan so‘ng tergovchi ushbu tergov harakatida qatnashayotganlar va ishtirokchilar (buxgalteriya xodimlari, arxivariuslar va tergov natijasidan manfaatdor bo‘lmagan boshqa xodimlar) doirasini aniqlaydi. Olib qo‘yishdan avval barcha buxgalteriya hujjatlari tikiladi va raqamlab chiqiladi. Shundan so‘ng olib qo‘yiladigan hujjatlar ro‘yxati (reyestrlar) tuziladi. Unda hujjatning nomi, har bir yig‘majilddagi sahifalar soni ko‘rsatiladi. Ro‘yxatda aks ettirilgan ma’lumotlar esa uni tuzgan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.

Kimyo-farmatsevtika korxonalari, davolash muassasalari, dorixona-lardan olib qo‘yiladigan hujjatlarni tartibga solish uchun quyidagi belgilar asos qilib olinishi mumkin:

1) giyohvandlik vositalarini tayyorlashda zarur bo‘ladigan xomashyo va prekursorlarning xarid operatsiyalari va ta’minotchilar bilan hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjatlar (shartnomalar, kontraktlar, spetsifikatsiyalar, to‘lov topshiriqnomasi va talabnomalari, ishonchnoma, yukxat yoki fakturalar, hisob varaqasi, taqqoslash dalolatnomasi va moddiy javobgar shaxsning hisobotlari hamda ularning ilovalari);

Page 100: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

100

2) giyohvandlik vositalarining harakatiga oid operatsiyalar aks ettirilgan hujjatlar (spetsifikatsiya, qabul dalolatnomalari, tovar-transport yukxatlari, kirim-chiqim daftarlari va boshqa hujjatlar);

3) giyohvandlik vositalarining harakatini aks ettiruvchi umumiy (jamlanma) hujjatlar (kassa operatsiyalarini yuritish jurnali № 1, bank hisobotlarini yuritish jurnallari №2 va №6, giyohvandlik vositalarining aylanmasini aks ettirgan jurnal №7, kasallik varaqalari, retseptlar, giyohvandlik vositalarining yaroqsiz holatga kelgani haqidagi hisobdan chiqarish dalolatnomalari hamda qat’iy hisobga olingan blanklarni qayd etish daftarlari);

4) asosiy va yordamchi ishlab chiqarish vositalari yetkazib beruvchi ta’minotchilar amalga oshirgan savdo operatsiyalari hamda ular bilan hisob-kitob qilinishini ifodalaydigan hujjatlar (kirim-chiqim yukxatlari, hisob varaqalari, kassa chiqim orderlari, da’vo hujjatlari va h.k.);

5) giyohvandlik vositalari harakatini hisobga olish bo‘yicha nazorat-audit tekshiruvi hujjatlari (rejadagi yoki to‘satdan amalga oshirilgan inventarizatsiya materiallari, hujjatlarni audit tekshiruvidan o‘tkazish dalolatnomalari va boshqalar).

Qiyosiy tadqiqot uchun ko‘pincha xarid operatsiyalari va giyohvandlik vositalarining keyingi harakatini aks ettiruvchi muqobil (nusxa) buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish zarurati yuzaga keladi. Ushbu hujjatlarga shartnomalar, xarajatga chiqarish fakturalari, qaydnomalar, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, kassa kirim orderlari, qat’iy hujjatlar blanklarini qayd etish daftarlari va boshqa hujjatlar kiritilishi mumkin.

Tergovchi ushbu turdagi talon-torojlikni tergov qilishda kimyo-farmatsevtika korxonalari, davolash muassasalari, giyohvandlik vositalari saqlash omborlaridan ularni egallash yo‘llarini aniqlaydi. Ko‘p hollarda ular dorixonalar orqali sotiladi. Tergovchi dorixonalar faoliyatiga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda, fakturasiz ortiqcha giyohvandlik dori-darmon vositalari haqidagi ma’lumotlar kiritilgan hujjatlar (giyohvandlik vositalarining hisobga olinmagan ortiqcha qismi sotilayotgan davrda o‘tkazilgan rejali inventarizatsiya materiallari; soxta litsenziyalar, dorixona xodimlari yo‘q qilishga ulgurmagan soxta yukxatlar, retseptlar va boshqalar) ro‘yxatini aniqlashi kerak. Bundan tashqari, egallangan giyohvandlik vositani o‘tkazish kanallari sifatida ularni qayta ishlovchi kimyo-farmatsevtika korxonalari ham xizmat qilishi mumkin.

Page 101: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

101

Ushbu korxonalardagi hujjatlarni olib qo‘yish muayyan xusu-siyatlarga ega. Tergovchi olib qo‘yadigan hujjatlarda giyohvandlik vosita xom ashyosini kelib tushganidan to tayyor mahsulot holatiga kelguniga qadar qamrab olingan butun texnologik jarayoni aks etishi kerak. Shuni inobatga olgan holda tergovchi quyidagi hujjatlarni olib qo‘yishi kerak:

1) xomashyoning olib kirilishi va tayyor mahsulotning olib chiqilishini qayd etish daftari;

2) giyohvandlik vositalari uchun xom ashyo va yordamchi mate-riallar (giyohvandlik vosita tarkibiga kiruvchi moddalar, idishlar, o‘ramlar va shu kabilar)ga, jumladan tayyor mahsulotga oid kirim-chiqim hujjatlari;

3) ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish bo‘yicha naryadlar, jamlanma va hisob-kitob qaydnomalari;

4) kelib tushgan giyohvandlik dori-darmon vositalarining laboratoriyada tekshirilgani haqidagi hujjatlar va h.k.

Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarning tekshirilishi, bizningcha, ushbu korxonada qayta ishlangan giyohvandlik vositalarining hisobga olinmagan ortiqcha qismini aniqlashga imkon beradi.

Hujjatlarni olib qo‘yish natijalari bayonnoma bilan rasmiy-lashtiriladi. Unga olib qo‘yilgan hujjatlar ro‘yxatlari ilova qilinadi. Olib qo‘yish bayonnomasi va ro‘yxat nusxasi ushbu tashkilot yoki korxonaning bosh hisobchisiga topshiriladi.

Inventarizatsiya o‘tkazish — giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallashga oid jinoyat ishi bo‘yicha dalillar to‘plash usullaridan biri. U moddiy javobgar shaxs (tadqiqotchi, ombor mudiri, giyohvandlik dori-darmon vositalari aylanmasiga mas’ul shaxs, katta hamshira, bosh shifokor va boshqalar) faoliyatining muayyan davrida uning hisobotida bo‘lgan giyohvandlik vosita va psixotrop moddalar qoldiqlarining borligini tekshirish hamda ularni hisobot ma’lumotlari bilan qiyoslash maqsadida o‘tkaziladi.

Quyidagi holatlarning mavjudligi inventarizatsiya o‘tkazish uchun asos hisoblanadi:

– moddiy javobgar yoki begona shaxslarning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni hech bir hujjatsiz ular saqlanayotgan joydan olib chiqishga harakat qilayotgan paytida ushlanishi;

– ombor va dorixonalardan sarflangan giyohvandlik preparatlarning soni va sifatiga doir noto‘g‘ri ma’lumotlar haqida olingan ariza yoki xabar;

Page 102: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

102

– giyohvandlik vosita va psixotrop moddalarning hisobga olinmagan ortiqcha zaxirasi saqlanayotgan joy haqida kelib tushgan ishonchli tezkor ma’lumot;

– ombor, dorixona va kimyo-farmatsevtika korxonalaridan o‘g‘ir-langan giyohvandlik dori-darmon vositalari sotish, almashtirish va boshqa yo‘llar bilan olinganligining aniqlanishi va h.k.

Yuqorida keltirilgan holatlarga va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 87-moddasi talablariga amal qilgan holda, giyohvandlik vositalarni aylanmasiga aloqador bo‘lgan tashkilot, korxona va muassasa hisobotlari bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida tergovchi qaror chiqaradi. Bu haqda u yuqori turuvchi tashkilotning rahbariga xabar beradi. Tashkilot rahbari tergovchining qarori asosida inventarizatsiya komissiyasi tashkil qiladi. Uning tarkibiga hisobot tuzuvchi xodimlar, dorishunoslar hisobotlari bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazilayotgan moddiy javobgar shaxslar, jamoatchilik vakillari, shuningdek ichki ishlar (narkotrafik va giyohvandlik moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmalarning) xodimlari kiritiladi.

Komissiya a’zolari inventarizatsiya natijalarini soxtalashti-rishlarining oldini olish maqsadida, inventarizatsiya o‘tkazilayotgan tashkilotning rahbari tergovchini uning tarkibi bilan tanishtiradi, faqat shundan keyingina komissiya giyohvandlik vositalari qoldiqlarini ro‘yxatga olish orqali ma’lumotlar olishga kirishadi. Bu jarayonni giyohvandlik vositalari saqlanayotgan ombor, ishlab chiqarish sexi va dorixonalardagi moddalarni qayta hisoblash, o‘lchash va tarozida tortishdan boshlagan ma’qul, chunki ko‘p hollarda kimyo-farmatsevtika korxonalari hamda ilmiy tadqiqot va davolash muassasalarida giyohvandlik vositalari omborxonalardan tashqarida, ya’ni ishlab chiqarish sexlari, muolaja xonalarida saqlanadi. Tergovchi giyohvandlik vositalari qoldiqlari bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni olishni to‘xta-tishga majbur bo‘lgan taqdirda (ish kunining oxirida) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan tashkilotning giyohvandlik vositalari saqlash xonasini muhrlab qo‘yadi va uni qo‘riqlash uchun militsiya xodimlari qoldirish masalasini hal qiladi. Bundan tashqari, tergovchi giyohvandlik vositalarining qoldiqlarini ro‘yxatga olish orqali inventarizatsiya o‘tkazayotgan komissiya o‘z faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirayotganini vaqti-vaqti bilan nazorat qiladi.

Page 103: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

103

Tergovchi inventarizatsiya tugaganidan so‘ng, olingan ma’lumot-larga ko‘ra, kamayish yoki ko‘payish tomonga og‘ishlar yuzaga kelgan giyohvandlik vosita va psixotrop moddalar turlarining qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni nazorat tartibida tekshirish uchun komissiya tarkibini belgilaydi (unga inventarizatsiya komissiyasining ayrim a’zolari ham kiradi). Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning amalda ro‘yxatga olingan qoldiqlari va nazorat tartibida ro‘yxatga olish natijalari alohida-alohida rasmiylashtiriladi. So‘ngra ularning har ikki natijasi o‘zaro solishtiriladi va giyohvandlik vositalari aylanmasiga aloqador bo‘lgan tashkilot hisobotida bo‘lgan giyohvandlik vosita qoldiqlari bo‘yicha yakuniy natijalar chiqariladi.

Inventarizatsiya tugaganidan keyin yoki u bilan bir vaqtning o‘zida tergovchi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 87-moddasiga asoslanib, ilmiy tadqiqot, farmatsevtika korxonalari, dorixona omborlari, tibbiyot muassasalari moddiy javobgar shaxsining hisobidagi giyohvandlik vositalari aylanmasini o‘zida aks ettirgan buxgalteriya hujjatlari bo‘yicha audit tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi.

Audit tekshiruvi o‘tkazish maxsus buxgalteriya bilimlarini qo‘llash orqali tergov qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan dalillar to‘plash, tekshirish va baholash usullaridan biriga kiradi.

Birinchi bobning birinchi paragrafida giyohvandlik vositalarini ilmiy tadqiqot, farmatsevtika korxonalari, dorixona omborlari, tibbiyot muassasalaridan bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik, tovlamachilik, firibgarlik, o‘zlashtirish yoki g‘ayriqonuniy sarflash yo‘li bilan talon-toroj qilish va uning oqibatlarini yashirish usullarini ko‘rib chiqqan edik. Giyohvandlik vositalarini mazkur usullar bilan talon-toroj qilish odatda ularning aylanmasiga aloqador bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarda hisoblar yuritish, nazorat qilish va hisobotlar tuzishda me’yoriy hujjatlar, nizomlar va yo‘riqnomalarning talablarini turlicha buzishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois bunday qoidabuzarliklarni aniqlash uchun quyidagi holatlarni tekshirish maqsadida buxgalteriya hisobi sohasidagi bilimlar zarur bo‘ladi:

1) muayyan moddiy javobgar shaxslar (tadqiqotchilar, ombor yoki apteka mudirlari, katta hamshiralar va boshqalar)ning hisobotida bo‘lgan giyohvandlik vositalarini kirim daftariga qayd etish va hisobdan chiqarishning to‘liq yoki to‘liq emasligi va o‘z vaqtida amalga oshirilgan-oshirilmaganligi;

2) moddiy javobgar shaxslarning hisobotida giyohvandlik vositalari kamomadi yoki hisobga olinmagan ortiqcha zaxiralarining bor-yo‘qligi;

Page 104: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

104

3) moddiy javobgar shaxslar tomonidan giyohvandlik vosita operatsiyalarini (bazadan, ombordan, aptekadan chiqim qilish, kasallarga tarqatish va hokazolar) to‘g‘ri amalga oshirilgan-oshirilmaganligi;

4) moddiy javobgar shaxs hisobotlarida giyohvandlik vositalarining kamomadi yoki ortiqcha zaxirasi paydo bo‘lishiga imkon bergan holatlar va h.k.

Ilmiy tadqiqot, farmatsevtika korxonalari, dorixona omborlari, tibbiyot muassasalarida audit tekshiruvi o‘tkazish uchun asos sifatida avvalgi kichik bandda sanab o‘tilgan holatlar xizmat qilish mumkin.

Audit tekshiruvi o‘tkazish davomida ushbu paragrafning birinchi bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, moddiy javobgar shaxslarning tushuntirish xatlari va boshqa muassasa, tashkilot korxonalarning giyohvandlik vositalari aylanmasiga aloqador bo‘lgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘zida aks ettirgan qat’iy ro‘yxatga olingan hujjatlari ham ana shunday obyektlar bo‘ladi.

Audit tekshiruvi o‘tkazishning turli jihatlari ko‘rib chiqilgan nazariy va amaliy materiallarni tahlil qilish asosida, fikrimizcha, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq operatsiyalarni tadqiq etishda hal etiladigan masalalarning quyidagi tizimini taklif etamiz:

– moddiy javobgar shaxs hisobotida bo‘lgan giyohvandlik vositalarining uning faoliyati davridagi (qaysi vaqtdan qachongacha ekanligi ko‘rsatilishi kerak) hisobi va hisobotining to‘g‘ri yuritilganligi;

– moddiy javobgar shaxsning o‘z faoliyati davrida giyohvandlik dori-darmon vositalarining sarfini to‘g‘ri amalga oshirganligi (dorixona-lardan sotish va bemorlarga retseptlar orqali chiqarish, kirim-chiqim hujjatlarining belgilangan talablarga asosan yuritilganligi);

– moddiy javobgar shaxs giyohvandlik dori-darmon vositalarini sarflash chog‘ida narx belgilash mexanizmini qo‘llashining asoslan-ganligi;

– sarflangan giyohvandlik vositaning turi yoki toifasining to‘g‘ri aniqlanganligi;

– moddiy javobgar shaxs hisobotida bo‘lgan giyohvandlik vositani buzilganligi tufayli ro‘yxatdan chiqarishning asoslanganligi;

– qat’iy hisobga olingan buxgalteriya hujjatlari (qayd daftarlari, retseptlar, tarqatish daftarlari va shu kabilar)ning to‘g‘ri rasmiylash-tirilganligi;

Page 105: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

105

– moddiy javobgar shaxsning hisobotida uning faoliyati davrida giyohvandlik vositalari kamomadi yoki hisobga olinmagan ortiqcha zaxiralarining mavjudligi, ularning vujudga kelish davri va sabablari;

– moddiy javobgar shaxsning hisobotida kamomad yoki ortiqcha giyohvandlik vositalarining vujudga kelishiga imkon bergan sharoitlar.

Yuqorida sanab o‘tilgan masalalar asosida auditor giyohvandlik vositalarining muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalarni tekshirishga kirishadi, ya’ni moddiy javobgar shaxs hisobotdagi giyohvandlik preparatlar harakatining ifodalagan hujjatlarning (kirim-chiqim hujjatlari, hisoboti va unga ilovalarni) yuritilishini tekshiradi.

O‘tkazilayotgan audit tekshiruvi bilan bir vaqtda tergovchi giyoh-vandlik vositalarini o‘z ehtiyoji uchun qabul qilib olgan tashkilotdagi bir (oldi-berdi) operatsiyasini aks ettirgan qarama-qarshi buxgalteriya hujjatlari ham audit tekshiruvi obyekti bo‘lishi mumkin. Bunday tekshiruvni o‘tkazishdan maqsad hisobga olinmagan giyohvandlik vositalarining dorixonalarga yoki boshqa davolash muassasalariga tushgan-tushmaganligini aniqlashdir. Tergovchi mazkur muammoni hal etish uchun auditorning oldiga quyidagi masalalarni qo‘yishi zarur:

– giyohvandlik dori-darmon vositalarining dorixona yoki davolash muassasasiga kelib tushishi to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirish;

– muayyan davr mobaynida (qaysi davrligini ko‘rsatish) dorixona yoki davolash muassasasida hisobga olinmagan ortiqcha giyohvandlik dori-darmon vositalari yoxud ularning kamomadi mavjudligini aniqlash;

– muayyan davr mobaynida dorixonalarda hisobga olinmagan ortiqcha pul mablag‘lari mavjudligini aniqlash;

– dorixona va davolash muassasasida o‘tkazilgan inventarizasiya paytida giyohvandlik vositalari yoki pul mablag‘laridan ortiqcha chiqqanligini komissiya a’zolari tomonidan yashirish faktlari bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash;

– giyohvandlik vositalarining moddiy javobgar shaxs hisobotiga to‘g‘ri kirim qilinishi va uning qayta ishlash korxonasi sexlari bo‘yicha harakatini hisobga olish tizimida qoida buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini aniqlash;

– muayyan davrda qayta ishlash korxonasida xomashyo (giyoh-vandlik vositalari)ning hisobga olinmagan ortiqcha qismi bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirish;

– muayyan davrda qayta ishlash korxonasida giyohvandlik vositalari tayyorlashda yordamchi materiallar (idish, xomashyo va uning tarkibiga

Page 106: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

106

kiruvchi moddalar)ning hisobga olinmagan ortiqcha qismi bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirish;

– qayta ishlash korxonasida inventarizatsiya o‘tkazish vaqtida giyohvandlik vositaning hisobga olinmagan ortiqcha zaxirasi yoki undan vujudga kelgan kamomad faktining bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash;

– giyohvandlik vositalarini qabul qiluvchilar (dorixona, davolash muassasasi va hokazolar)ning qayta ishlash korxonasiga mahsulotning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari xususida da’volari bo‘lgan-bo‘lmagan-ligini tekshirish.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan korxona, muassasa va tashkilotlarning moliyaviy – xo‘jalik faoliyatida sodir etilgan jinoyatlarga bog‘liq qo‘shimcha muammolar aniqlansa, ularning yechimi ham audit tekshiruvi orqali hal etiladi.

Ekspertizalar tayinlash. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ekspertiza qilish va dastlabki tekshirish daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan manbalarda (predmetlar, inson tanasi, uy-ro‘zg‘or buyumlari kabilarda)gi giyohvandlik vositalarini topish, ularni giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi moddalar toifasiga kiritish, qaysi tur va guruhga mansubligini, kelib chiqishi, tayyorlash usullari va texnologiyalarini, o‘simlik xom ashyosining qayerda o‘sishini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.

Jinoiy narkobiznesga qarshi kurash amaliyotida ko‘pincha giyoh-vandlik ekanligi taxmin qilinadigan moddalar aniqlanadigan vaziyatlar yuzaga keladi. Bunday vaziyatda har qanday sharoitda rangli tomchi reaksiyalari orqali giyohvandliklarning turini aniqlashga imkon beradigan «Narkotest» to‘plami yordam beradi. To‘g‘ri, bunday reaksiyalar yetarlicha mukammal ma’lumot bermasligi sababli, ekspress testlar dastlabki tekshiruvnigina ta’minlaydi. Moddaning giyohvandlik-larga mansubligini aniq belgilash uchun uni ekspertizaga yuborish zarur.

Bu turdagi ekspertizalarning obyektlarini quyidagilar tashkil etadi: 1) ko‘knor o‘simligidan xonaki usulda olingan mahsulotlar: ko‘knor

poyasi va boshog‘ining yanchilgan poxoli, ko‘knor damlamasi yoki qaynatmasi, ekstraksion qoradori, atselirovanli qoradori va qoradori (opiy).

2) nasha o‘simligidan xonaki tarzda olinadigan giyohvandlik vosita-lari: nasha, kannabis (marixuana), nasha shirasi, nasha qaynatmalari va damlamalari, suyultirilgan nasha yog‘i va nasha yog‘i.

Page 107: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

107

Ma’lumki, qoradori va nasha turlari mintaqa xususiyatlari, tuprog‘i va turli geografik hududlarda o‘stirishning agrokimyoviy sharoitlariga ko‘ra jiddiy farqlarga va qo‘shimcha moddalarga ega bo‘ladi. Qo‘shimchalar konsentratsiyasini aniq o‘lchash uchun narkoxo-mashyoning «pasport ma’lumotlari»ni va, binobarin, ishlab chiqaruvchi mamlakat (mintaqani) aniqlashga imkon beruvchi neytron-aktivatsion tahlildan foydalaniladi.

3) farmatsevtika sanoati ishlab chiqaradigan giyohvandlik vositalari. Tarkibida qoradori alkaloidlari bo‘lgan vositalari va ularning sintetik yo‘l bilan olingan mahsulotlari – geroin, morfin, morfilong, etilmorfin, kodein, omnopol, tebain, promedol kabilar kiradi.

4) yarim sintetik giyohvandlik vositalari. Yarim sintetik giyohvandlik vositalarining ayrimlari: atsetildigidrokodein, amfetamin sulfat, buprenorfin gidroxlorid, katin (norpsevdoefedrin gidroxlorid), metakvalon asosi, metadon gidroxlorid va etonitazen gidroxloridlar ekspertiza obyektlari sifatida xromato-mass-spektrometrik (XMS) usul yordamida tadqiq etiladi1. Aynan shu usulda, giyohvandlar dunyosiga yangi kirib kelgan ekstazi va oq xitoy ekstazi ham tekshirilishi mumkin. Chunki, ular ham yarim sintetik giyohvandlik vositalari turkumiga kirib, tarkibiy qismi (ingrident) bo‘yicha ularga turdosh bo‘lgan ayrim vositalariga o‘xshashlik jihatlari mavjud.

Ko‘pincha ashyoviy dalillar sifatida tabletkalar, kukunlar va eritmalar, giyohvandlik vositalari singdirilgan sigareta va papiroslar, shpris, igna va ampulalardagi ularning izlari olinadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning mayda zarralari va izlari narsalarga yopishgan holda kiyim (cho‘ntak) choklarida, idish devorlarida, ushbu moddalarni xonaki tarzda ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli moslamalar (elak, press, kofe yoki go‘sht maydalagich, tarozi, pichoq, metall idishlar, cho‘mich, qoshiq, gaz plita va shu kabilar)da qatlam ko‘rinishida uchraydi. Jumladan, ashyoviy dalillar sirasiga giyohvandlik vositalarining xonaki usulda tayyorlangan shaxslarning tanasi, qo‘l kaftlari, tirnoqlarining osti va kiyimlarida yopishgan ularning changi yoki mayda zarrachalari kiradi. Bulardan tashqari, giyohvandliklarning guvohlantirilganda, ularning og‘iz bo‘shliqlaridan, lablaridan, burun

1 Халиков Т.Х., Абдуллаева Р.К. Хромато-масс-спектрометрическое иссле-дование полусинтетических наркотических средств // Ўзбекистонда суд экспертизасининг ривожланиш истиқболлари. – Т., 2006. – Б. 136.

Page 108: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

108

teshiklaridan olingan artmalar hamda qon va siydik namunalari ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shular ham kimyo va biologiya ekspertizalarining obyektlari sifatida tadqiq etiladi.

Obyektlarni tekshirish uchun ularni o‘z manbalari bilan birga, iloji boricha qisqa muddatlarda jo‘natish zarur. Chunki giyohvandlik vositalarini tashkil etuvchi ko‘pgina organik moddalar beqaror bo‘lib, saqlanish davomida ularning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi mumkin. Bunda ekspertizaning samaradorligi ko‘pincha qiyoslanuvchi obyektlarni olish usullari va saqlash sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.

Tekshirish uchun yuboriladigan giyohvandlik vositalarining eritmalari saqlash va tashish chog‘ida miqdor va sifat ko‘rsatkichini yo‘qotmasligi uchun germetik o‘ramga joylashtirilishi kerak. Agarda ashyoviy dalil tariqasida ko‘p miqdorda bir qancha o‘ramlarga joylashtirilgan giyohvandlik moddalar aniqlansa, tadqiqot uchun har bir massaning turli o‘ramlaridan va qismlaridan olingan bir necha namunalar (ularning har biri alohida germetik o‘ramlarga solinganidan so‘ng, ashyoviy dalil va namunalar bir xil tartib raqamlari bilan belgiladi) taqdim etiladi. Suyuqlik ko‘rinishda bo‘lgan katta hajmdagi giyohvandlik vositalarining (damlama, qaynatma, xanka va shu kabilar) namunalari olinishidan avval yaxshilab aralashtiriladi.

Sudga oid kimyo ekspertizasida quyidagi masalalar hal etiladi: 1) mazkur modda giyohvandlik vosita hisoblanadimi; u vosita-

larining qaysi turiga mansub; u aynan qaysi giyohvandlik vosita hisoblanadi; ushbu modda kuchli ta’sir etuvchi moddami; aynan uning qaysi turi;

2) ushbu obyektlarda giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi vositalarining izlari mavjudmi; agar mavjud bo‘lsa, aynan qaysilari;

3) giyohvandlik vositaning miqdori qancha; ushbu moddadagi giyohvandlik jihatdan faol bo‘lgan tarkibiy qismlar nimalardan iborat;

4) mazkur tamaki mahsulotlari (ularning qoldiqlari) tarkibida giyohvandlik vositalari bormi, aynan qaysilari;

5) mazkur giyohvandlik vositalari qaysi usulda olingan, ularni tegishli qarorning bayon qismida ta’riflangan usulda olish mumkinmi;

6) taqdim etilgan giyohvandlik vositalari bir xil texnologiya bo‘yicha olinganmi; giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir etuvchi farmatsevtik preparatlar muayyan zavodda ishlab chiqarilganmi;

Page 109: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

109

7) ekspertizaga taqdim etilgan giyohvandlik vositalari ularni olish uchun ishlatilgan xomashyo bo‘yicha umumiy guruhiy mansublikka egami;

8) turli shaxslardan, turli joylarda olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari yagona massani tashkil qilmaganmi.

Sudga oid biologik ekspertiza tayinlash orqali quyidagi masalalarning yechimi hal qilinadi: Jumladan,

1) tadqiqot uchun taqdim etilgan qon, siydik yoki tuprukda giyohvandlik modda mavjudmi; aynan shunday bo‘lsa ularning qaysi turi;

2) qon, siydik yoki tupukda aniqlangan giyohvandlik moddalar tarkibiy jihatdan gumon qilinuvchi shaxsdan olingan giyohvandlik moddaga o‘xshashmi (kimyo ekspertizasi bilan kompleks tarzda);

Botanik va agrotexnik ekspertizalar quyidagi masalalarni hal qilish uchun tayinlanadi:

a) tadqiqot uchun taqdim etilgan obyektlar o‘simliklar urug‘imi, shunday bo‘lsa ularning qaysi turiga mansub;

b) aniqlangan narkoxomashyo ekinlari yovvoyi o‘suvchi yoki madaniy xususiyatga egami (maydonning joylashuvi, tuplar o‘rtasidagi masofa, ekinlarning zichligi, parvarishlanganini hisobga olib);

d) tadqiqot uchun taqdim etilgan o‘simlik namunalarining vegetatsiya (rivojlanish, o‘sish) darajasi qanday?

ye) ushbu maydondan kutilayotgan hosilning hajmi. f) ekin maydonlaridan olingan o‘simlik namunalari narkoxomashyo

o‘simligi hisoblanadimi; shunday bo‘lsa ularning qaysi turlariga mansub; g) ushbu o‘simlik massasi (kimyo ekspertiza bilan kompleks tarzda)

giyohvandlik vositani xonaki usulda olish uchun xomashyo sifatida foydalanilishi mumkinmi;

h) ushbu o‘simlik massasi giyohvandlik modda ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanadimi (kimyo ekspertiza bilan kompleks tarzda).

Sud-farmakologik ekspertiza quyidagilarni aniqlashi mumkin: a) modda dorivormi, agar dorivor bo‘lsa, aynan qaysi dori turiga

mansub; b) ushbu narsada dorivor vositalarining izlari mavjudmi; d) ushbu dorivor preparatni shifokor ruxsatisiz qo‘llash mumkinmi

va h. k.

Page 110: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

110

Kompleks tarzda sudga oid narkologiya va psixiatriya ekspertizalari quyidagi masalalarni hal qilishga imkon beradi:

a) gumon qilinuvchi shaxs tomonidan yaqin orada giyohvandlik modda iste’mol qilganlik belgisi mavjudmi; bo‘lsa uning muddati;

b) ushlangan shaxs giyohvandlik moddadan sarxush holatdami; shunday bo‘lsa uning mastlik darajasi;

d) u jinoyat sodir etish paytida qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaganmi va o‘z harakatlarini boshqara olish holatida bo‘lganmi;

ye) unda giyohvandlik belgilari mavjudmi va aynan qaysi belgilar; f) unda giyohvandlik vositalariga barqaror tobelik qachon yuzaga

kelgan; g) ushbu shaxs tibbiy yo‘sindagi majburiy davolanishga muhtojmi. Dastlabki tergov va sud tergovi jarayonida olingan faktik

ma’lumotlar asosida vujudga kelgan tergov vaziyatlariga ko‘ra, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ekspertizalardan tashqari, boshqa turdagi ekspertizalar ham tayinlanishi mumkin.

Page 111: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

111

M U N D A R I J A

SO‘Z BOSHI…………………………………………………………………...…...3

I BOB. GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN IBORAT JINOYATLARGA

QARSHI KURASHNING JINOIY-HUQUQIY CHORALARI 1-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning umumiy tavsifi………………………………………………………………....……5 2-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning kvalifikatsiya qiluvchi belgilari……………………………………………........…..8 3-§. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish (270-modda)…………………….......……11 4-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (271-modda)……………………………………….....…...13 5-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (273-modda)………………………………………….……….17 6-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish (274-modda)…………………………………………......……..25 7-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish (275-modda)…………………...........28 8-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar (276-modda)………………………………..……...32

II BOB. GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF

RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN IBORAT JINOYATLARGA QARSHI KURASHNING KRIMINOLOGIK CHORALARI

1-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning sabablari, sharoitlari va oqibatlari……………………………………………………...............................…34

Page 112: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

112

2-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarning profilaktikasi…................……43

III BOB. GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN IBORAT JINOYATLARNI

TERGOV QILISH METODIKASI

1-§. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning kriminalistik tavsifi………………………………..............……….64 2-§. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanuvchi holatlar………………….............……..70 3-§. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergovni tashkil qilish va dalillar to‘plashning o‘ziga xos xususiyatlari………………………...……………………76

Page 113: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

113

Isamiddin ISMAILOV, yuridik fanlar doktori, professor

Akbar Alisherovich RASULEV,

Shuxrat DJUMANOV,

Ikrom Yusupovich FAZILOV

GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILISHDAN

IBORAT JINOYATLARGA QARSHI KURASHNING HUQUQIY CHORALARI

O‘quv-metodik qo‘llanma

Muharrir I.I. Huvaytov Texnik muharrir D.H. Hamidullayev

Bosishga 13.03.2014 y. ruxsat etildi. Nashriyot hisob tabog‘i 6,3. Adadi 20 nusxa. Buyurtma

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi,68.