toshkent kimyo-texnologiya instituti “noorganik moddalar...

6
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.S. Djandullayevaning “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo- texnologiya universitetida 2019 yil 1-31 oktabr kunlari malaka oshirish dasturida ishtiroki “El-yurt umidi” jamg‘arma vasiylik kengashining 07.05 2019 yildagi 9 sonli qaroriga muvofiq Malaka oshirish ta’lim dasturi bо‘yicha “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.S. Djandullayeva stipendiant deb topildi va 2019 yilning 1.10. – 31.10. kunlari D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti, “Noorganik moddalar texnologiyasi va elektrotexnologik jarayonlar” kafedrasi “Noorganik moddalar innovatsion texnologiyalari” kursi bо‘yicha malaka oshirdi. Malaka oshirish davomida universitetning “Noorganik moddalar texnologiyasi va elektrotexnologik jarayonlar” kafedrasi mudiri prof. Vladimir Aleksandrovich Kolesnikov va kafedraning professor о‘qituvchilari: prof.Igor Aleksandiovich Petropavlovskiy, prof.Marina Borisovna Alexina, dots.Irina

Upload: others

Post on 02-Sep-2020

77 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar ...tkti.uz/uploads/18a434af7c_1575298430.pdfToshkent kimyo-texnologiya instituti “ Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.S. Djandullayevaning “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-

texnologiya universitetida 2019 yil 1-31 oktabr kunlari malaka oshirish dasturida ishtiroki

“El-yurt umidi” jamg‘arma vasiylik kengashining 07.05 2019 yildagi 9

sonli qaroriga muvofiq Malaka oshirish ta’lim dasturi bо‘yicha “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.S. Djandullayeva stipendiant deb topildi va 2019 yilning 1.10. – 31.10. kunlari D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti, “Noorganik moddalar texnologiyasi va elektrotexnologik jarayonlar” kafedrasi “Noorganik moddalar innovatsion texnologiyalari” kursi bо‘yicha malaka oshirdi.

Malaka oshirish davomida universitetning “Noorganik moddalar

texnologiyasi va elektrotexnologik jarayonlar” kafedrasi mudiri prof. Vladimir Aleksandrovich Kolesnikov va kafedraning professor о‘qituvchilari: prof.Igor Aleksandiovich Petropavlovskiy, prof.Marina Borisovna Alexina, dots.Irina

Page 2: Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar ...tkti.uz/uploads/18a434af7c_1575298430.pdfToshkent kimyo-texnologiya instituti “ Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”

Aleksandrovna Pochitalkina, dots. Nefedova Natalya Vladimirovna, dots. Yelena Yuryevuna Liberman va dots.Tatyana Konkovalar bilan uchrashildi.

Kafedra professorlari Igor Aleksandrovich Petropavlovskiy, prof. Marina

Borisovna Alexina va boshqa bir qator professor-о‘qituvchilarning darslarida, shuningdek “Umumiy kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistent ukituvchisi R.Grigorenkoning “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanidan amaliy mashgulotlarida ishtirok etildi.

Page 3: Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar ...tkti.uz/uploads/18a434af7c_1575298430.pdfToshkent kimyo-texnologiya instituti “ Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”

Moskva, RKTU, 4 oktabr 2019 y.

Kafedraning bakalavr va magistratura bо‘yicha о‘quv rejalar undagi fanlar

ketma-ketligi hamda ularni olib borish jarayonlari bilan, laboratoriya va amaliyot darslarini olib borish sharoitlari bilan tanishildi.

Page 4: Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar ...tkti.uz/uploads/18a434af7c_1575298430.pdfToshkent kimyo-texnologiya instituti “ Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”

Moskva, RKTU, 7 oktabr 2019 y.

Moskva, RKTU, 8 oktabr 2019 y.

Oxirgi yillarda tayyorlangan о‘quv adabiyotlari, о‘quv-laboratoriya qо‘llanmalari bilan tanishildi. Jumladan dots. V.I. Ignatenkov tomonidan bakalavr akademik kurslari uchun uchun tayyorlagan “Umumiy kimyoviy texnologiya” (“Obshaya ximicheskaya texnologiya”) о‘quv qо‘llanma bilan hamda prof. I.A.Petropavlovskiy va dots. I.A. Pochitalkina tomonidan tayyorlangan “Mineral о‘g‘itlar texnologiyasi” (Texnologiya mineralnix udobreniy) darsligi bilan tanishib chikib, zamonaviy darsliklar xarid kilindi. Kafedra bilan past-sifatli fosforitilarni qayta ishlash mavzusida ilmiy–tadqiqot materiallarini almashinish, birgalikda magistr va fan nomzodlari (RhD), doktorantlar tayyorlash, birgalikda darslik va о‘quv-qо‘llanmalar tayyorlash, tajribali professor-о‘qituvchilarni maruza va amaliy darslarni olib-borishda tajriba almashish uchun besh yilga mо‘ljallangan rejalari muhokama qilinib, kelajakdagi

Page 5: Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar ...tkti.uz/uploads/18a434af7c_1575298430.pdfToshkent kimyo-texnologiya instituti “ Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”

hamkorlik aloqalari bо‘yicha kelishib olindi. Lenin nomidagi Rossiya davlat kutubxonasi hamda D.I.Mendeleyev nomi-dagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti kutubxonalariga a’zo bо‘lib, kimyoviy texnologiya sohasiga tegishli о‘quv adabiyotlari, ilmiy ishlanmalar, avtoreferat va disserta-siyalar bilan tanishib, kerakli ma’lumotlar olindi.

Moskva, RKTU, 25 oktabr 2019 y.

Malaka oshirish sо‘ngida D.I. Mendeleyev nomli RXTU ning halqaro ishlar

bо‘yicha prorektori T.G. Guseva tomonidan 144 soatlik malaka oshirish kursi о‘tish tо‘g‘risida guvohnoma topshirildi.

Page 6: Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Noorganik moddalar ...tkti.uz/uploads/18a434af7c_1575298430.pdfToshkent kimyo-texnologiya instituti “ Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”

Moskva, RKTU, 30 oktabr 2019 y.

___________________________________________________ “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”

kafedrasi mudiri M.S. Djandullayeva