si oliy v...z zhzrli gzzznd zlzr: ya.d. d zvlztov, u.t. mirz zyev; o zbe-kis ton respublik zsi oliy...

11

Upload: others

Post on 24-May-2020

12 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА O‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI

Ya.D. Dаvlаtov, U.T. Mirzаyev

ZÀHÀRLIGÀZÀNDÀLÀR

O‘quv qo‘llanma

«NOSHIR»Toshkent – 2013

UO‘K: 591.69KBK 636.73ya722

Màs’u l muhàrr i r :àkàdemik T.S. Soàtov

Taqrt izchi la r S. Dadayev – biologiya fanlari doktori, professori

E. Shernazarov – biologiya fanlari doktori, professor,

Ya-43Dаvlаtov Ya.D.

Zаhаrli gаzаndаlаr: Ya.D. Dаvlаtov, U.T. Mirzаyev; O‘zbe-kis ton Respublikаsi Oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi, – Тошкент: Noshir, 2013. – 212 б. ISBN 978-9943-4113-6-4

Ushbu o‘quv qo‘llanmada O‘rta Osiyo, Kavkaz orti respublikalari hamda ularga chegaradosh hududlarda tarqalgan zaharli hayvonlar haqida, shun-ingdek, quruqlikda va suvda yashaydigan zaharli umurtqasizlarning o‘ta mu-him vakillari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Zaharli hayvonlar ekologi-yasi, ularni qo‘riqlash hamda ular organizmi ishlab chiqaradigan zaharlardan oqilona foydalanish haqida hikoya qilinadi. Zahar toksinlarining kimiyoviy tarkibi, ta’sir etish mexanizmi hamda gazanda chaqqan odamlarga birinchi yordam ko‘rsatish tadbirlari haqida, shuningdek, ilonlardan in vivo radioak-tiv zahar olish hamda uni hayvon organizmida taqsimlanishi haqida qiziqarli ma’ lumotlar keltiriladi.

Kitob oliy o‘quv yurtlari biologiya fakulteti talabalariga mo‘ljallangan.

UO‘K: 591.69KBK 636.73ya722

ISBN 978-9943-4113-6-4 © «NOSHIR» nashriyoti, 2013-y.

– 3 –

KIRISH

Ko‘pchilik hayvonlarning (hasharotlar, reptiliyalar, baliqlar, am-fibiyalar) zahari tarkibiga ko‘ra odam organlari sistemasi faoliyatini izdan chiqazadi va ko‘pincha ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Hay-vonlar zahari ba’zi hollarni istisno etganda oqsil tabiatli biologik faol komponentlardan iborat. O‘rgimchak, chayon asalari, qovoqari, baliq, va ilon zaharida o‘ziga xos toksinlar va birqancha fermentlar mavjud. Zahar tarkibi va uning ta’sir etish xarakteri biologik turning o‘ziga xo-sligi bilan belgilanadi, shuningdek, zahar tarkibining o‘zgaruvchanligi sabablarini sharxlashda tur ichidagi alohida guruhlarning, ya’ni popu-lyatsiyalarning o‘ziga xosligini hisobga olmoq zarur.

Sayyoramizda hammasi bo‘lib, 5000 ta zaharli hayvonlar turi mavjud. Shulardan o‘ta sodda hayvonlar 21 turni tashkil etadi, bo‘shlikichlilar – 93, parazit chuvalchanglar – 16, halqali chuvalchanglar – 50, bo‘g‘imoyoqlilar – 4000 taga yaqin, mollyuskalar – 91, ninatan-lilar – 26, baliqlar – 500, amfibiyalar – 40, reptiliyalar – 102, sutemi-zuvchilar – 1. Ana shulardan zaharli ilonlar, chayonlar, o‘rgimchaklar, ba’zi qo‘ng‘izlar ekologiya va toksikologiya nuqtai-nazaridan birmuncha yaxshi o‘rganilgan. Zaharli amfibiyalar, ko‘pchilik baliqlar, mollyuskalar va chirrilloq hayvonlar nisbatan kam o‘rganilgan.

Zaharli ilonlar barcha mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, odam uchun katta xavf tug‘diradi. Butun Dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotin-ing hisob-kitoblariga ko‘ra dunyoda ilon chaqishidan har yili 500 000 ga yaqin odam aziyat chekadi, shulardan 40 000 tasi halok bo‘ladi. Birgina Hindistonning o‘zida har yili 100 mingta ilon chaqqan odam-dan 1500–2000 kishi halok bo‘ladi. Halok bo‘lganlarning qolgan qis-mi Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Osiyoda bir yilda hammasi bo‘lib 30 ming odam, J.Amerikada 3000-4000, Sh.Amerikada 300–500 va Evropada 50 ta odam halok bo‘ladi.

Ilon chaqishidan halok bo‘lgan odamlarni 100 ming aholiga nis-batan olganda quyidagi manzarani ko‘ramiz. Birmada – 15,4, Hindis-tonda – 5,4, Seylonda – 4,3, Tayvan orolida – 0,6, Rodeziyada – 0,4, Avstraliyada – 0,2. Odamlarning ilon chaqishidan halok bo‘lishi

– 4 –

nafaqat ilonlarni keng tarqalishidan, balki qishloq aholisining zich joylashganidan, uning mehnati va turmush tarzining o‘ziga xosligiga ham bog‘liq. Bundan tashqari tropik mamlakatlarda ilonlar yil bo‘yi faol hayot kechiradi. O‘rtacha va salqin iqlimli joylarda ular faqat ba-hor faslida xavfli bo‘ladi. Masalan, AQSH da har yili ilon chaqishidan aziyat chekkanlar taxminan 2000 (100 ming aholiga 1,2)ni tashkil etadi, G‘arbiy Evropa va MDH da bu ko‘rsatgich yanada past.

Ushbu qo‘llanmani tayyorlashda asosan O‘rta Osiyo va Kavkaz orti respublikalarida tarqalgan zaharli gazandalarga urg‘u berildi, Shuningdek, dunyo ummon va dengizlarida yashaydigan umurtqasiz zaharli hayvonlardan o‘ta muhimlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiril-di. Qo‘llanmaning hajmi va tizimi cheklanganligi birinchi manbalar ro‘yxatini keltirishga imkon bermadi. Shu munosabat bilan mualliflar quyidagilarni ta’kidlashni o‘zlarining burchi deb biladi. Ko‘pchilik mutaxassis olimlar, zoolog, toksikolog, bioximiklarning tinimsiz meh-natlarisiz ushbu kitobni yozilishini tasavvur qilish qiyin bo‘lardi.

– 5 –

I BOB. ZAHARLI DENGIZ UMURTQASIZLARI (INVERTEBRATA)

Dengizda yashovchi jonivorlarning anchagina biomassasi um-urtqasizlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular orasida zaharlilari ham kam emas, ular turli taksonlarga: g‘ovaktanlilar (bulutlar), bo‘shliqichlilar, chuvalchanglar, mollyuskalar va ninatanlilarga mansub. Dengiz mah-sulotlaridan har tomonlama foydalanishda an’anaviy ovlanadigan tur-lar bilan birgalikda zaharli umurtqasizlarga ham katta ahamiyat be-riladi, ularning ko‘pchiligi nisbatan foydali xususiyatga ega bo‘lgan biologik aktiv modda ishlab chiqaradi.

Olimlarni qiziqtiradigan tomoni shundaki, suvda yashovchi maz-kur jonivorlar quruqlikda yashovchi zaharli hayvonlar ishlab chiqara-digan birikmalarga o‘xshamaydigan o‘ziga xos tizimli birikmalar ish-lab chiqaradi.

1.1. G‘OVAKTANLILAR (SPONGIA YOKI PORIFERA) TIPI

Bulutlar o‘ta sodda tuzilgan bo‘lib, ko‘pchiligi dengiz hayvoni hi-soblanadi, ba’zilari chuchuk suvlarda ham yashaydi. Bulutlar o‘troq hayot kechiradi, dengiz ostida tosh qoyalar, chig‘anoqlar hamda bal-chiqlarga yopishib olib yashaydi.

Bulutlar haqiqiy bo‘shang – zaharli hayvonlar bo‘lib, dushman-dan himoyalanishda o‘zlarining zaharli metobalitlaridan foydalanadi. Bulutlarning zaharliligi skeletini qattiq bo‘lishi, binobarin, oziqabob bo‘lmasligi mazkur o‘ta sodda ko‘phujayrali jonivorlarni bizgacha saqlanib qolishini ta’minlagan.

Hozirgi hayvonot olamida 10 000 dan ziyodroq bulut turlari ma-vjud. Ularning juda katta qismi suv hayvonlari hisoblanadi. Turlarn-ing ko‘pchilik qismi iliq dengizda litoralidan 6000 m chuqurlikkacha tarqalgan. Bulutlar faol biofiltirchilar, ba’zi turlari o‘zining tanasidan o‘n, va bir necha yuz litr suvni o‘tkazib yuboradi, og‘zidan otilib chiqqan suv bir necha o‘n santimetr masofaga borib yetadi. Bulutlarn-ing ana shunday xususiyati dushmandan himoyalanishida ma’lum rol

– 6 –

o‘ynaydi. Chunki suv bilan birgalikda ko‘pincha zaharli metobalitlar ham otiladi. Ma’lumki, mayda umurtqasizlar bulutlarga yaqinlash-ganda harakatdan to‘xtaydi va bulutga yem bo‘ladi. Bulutlar ajratib chiqazadigan zaharli moddalar o‘zlarini nafaqat mikroorganizmlardan himoyalaydi, balki ko‘p miqdordagi yirtqichlarni ham daf qiladi.

Bulutlar tarkibida bir qancha biologik aktiv antibiotik, sitostatik va zaharli xususiyatli moddalar mavjud. O‘zining kimyoviy tarkibi-ga ko‘ra bulutlarning fiziologik aktiv moddalari juda turli-tumandir. Ular orasida sterinlar, biogen aminlar va toksik oqsillar, jumladan suberitin degan oqsil modda Suberites domuncula, ya’ni po‘kak bu-lutidan ajratib olingan. Mazkur bulutning ajoyib xususiyatlaridan biri uning zohid qisqichbaqa bilan hamkorlikda bir butun organizm bo‘lib yashashidir.

Suberitin gomogen oqsil modda bo‘lib, M-28 000, u neyrotok-sik aktiv modda, uning faolligi oqsil tarkibida triptofan qoldig‘ini mavjudligiga bog‘liq. Suberitin eritrotsitlarni gemoliz etadi, ATFni gidroliz qiladi. Dengiz qisqichbaqasini shol qilib qo‘yadi. It va quyon qon tomiriga yuborilganda ular qayt qiladi, oshqozon-ichak tizimi ish-dan chiqadi, nafas olish va harakat muvozanati buziladi, og‘iz orqali yuborilganda suberitin salbiy ta’sir etmaydi.

1.2. BO‘SHLIQICHLILAR YOKI KUYDIRUVCHILAR (COELENTERATA) TIPI

Hayvonot dunyosida ilk bor achituvchi zaharlovchi apparat eng oddiy hayvonlarda paydo bo‘lgan. Masalan, infuzoriyaning ustida kuydiruvchi tolalar (trixosistlar) joylashgan bo‘lib, jonivor bezovta bo‘lganida uni kuch bilan tashqariga chiqarib tashlaydi va dushmanni zaharlaydi. Meduza, gidra yoki akteniyalarning ana shunday qurollari yanada kuchliroq zaharlash xossasiga ega. Bo‘shliqichlilarning terisi qichituvchi hujayralar bilan qoplangan bo‘lib, o‘ljaga tashlanishga doimo tayyor turadi. Odam yoki hayvonga hujum qilganida qichi-tuvchi hujayralar ta’siridan o‘sha joylar kuyadi va vaqtinchalik shol bo‘lish alomatlari kuzatiladi.

Mazkur tip 9000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular asosan den-gizda hayot kechiradi, faqat ba’zi turlarigina chuchuk suvda yashashga moslashgan. Ularning o‘ziga xos xarakterli belgisi kuydiruvchi hu-jayralarining bo‘lishidir (knidoblastlar yoki nematositlar). Bu hujay-

– 7 –

ralar dushmandan himoyalanish va o‘ljani qo‘lga olish uchun xiz-mat qiladigan zaharli suyuqlik ishlab chiqaradi. Bo‘shliqichlilarning rivojlanish siklida ikkala bo‘g‘ini – polip va meduzada ham zaharli apparati bo‘ladi. Poliplar ko‘pincha uncha chuqur bo‘lmagan yer-larda, o‘troq hayot kechirsa, meduzalar erkin suzuvchi hisoblanadi. Bo‘shliqichlilarning barchasi yirtqich hayot kechiradi, ular turli-tu-man hayvonlar – mayda plankton qisqichbaqalardan tortib baliqlar-gacha bo‘lgan hayvonlar bilan oziqlanadi.

Bo‘shlikichlilarning boshqa bir vakili chaqadigan dengiz o‘ti me-duzalarning lichinkalaridan iborat, ularga tegib ketsangiz o‘sha joyni kuchli darajada kuydiradi.

Butli meduza (Gonionemus vertens). Yosh meduzalar silindr shakli-da, voyaga yetganlari esa yarim zoldirga o‘xshash bo‘ladi, o‘ta yiriklar-ining o‘lchami 40 mm gacha yetib boradi. 4 ta shulasimon kanalning pastki qismida o‘ta qavat-qavatlangan jinsiy bezlar joylashgan bo‘lib, meduzaning tepasidan qaraganda but shaklini eslatadi. Sayaloni atro-fida 80 donaga yaqin har xil darajada rivojlangan paypastlagichlari bo‘ladi. Zoldirning pastki tomonida yaxshigina ko‘zga tashlanadigan keng halqali bo‘rtma yelkani bor. Zoldir yaltiroq sarg‘ish yashil shulasi-mon kanallari to‘q jigarrang, jinsiy bezlar qizg‘ish jigar rang. Yapon dengizida, tatar bo‘g‘ozida hamda Janubiy Kuril orollarida uchraydi.

Suv o‘simliklari orasida cho‘milayotgan odamlar ko‘pincha za-harlanadi. Badanini kuygan joyida kuchli og‘riq va toshmalar paydo bo‘ladi. Muskullarning tarangligi tezkorlik bilan tushib ketadi, bun-day holat nafas olish mushaklariga ham tarqaladi, qisqa muddatga ko‘rish va eshitish xususiyati yo‘qoladi, taxikardiya, arterial bosmining qisman ko‘tarilishi kuzatiladi, zaharlanish alomatlari besh kungacha saqlanib turadi. Zaharning tarkibi yetarli darajada o‘rganilmagan. Za-har neyro-muskul sinapslarini-xolino reaktiv sistema va parasimpa-tik asab tugunchalarini bo‘g‘ib qo‘yadi, simpatik nerv tugunlari zahar ta’siriga ancha chidamli. Zaharning antixolinesteraza ta’siri zaharning asab tizimiga ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Zahar ta’siri ostida or-ganizmda gistamin va serotaninni bo‘shatilishi jadallashadi, oxirgisi aftidan organizmni ruhiy zaharlanish belgilarini yuzaga kelishiga sa-babchi bo‘lsa kerak.

Sianeya yoki qutb meduzasi (Cyanea capillata). Meduzalar orasida o‘ta yirigi bo‘lib, zoldirining aylanasi 2 m, paypaslagichlarining uzun-ligi 20-40 m, rangi ko‘pincha qizg‘ish-sariq yoki oq rangda, zoldi-

– 8 –

rining atrofida 16 ta yirik parraklari mavjud. Sovuq suvda yashashni xush ko‘radi, Barens va Oq dengizlarda tarqalgan. Sianeyaning pay-paslagichlariga tegib ketsangiz, bir, necha soniyadan keyin achitu-vchi og‘riq paydo bo‘ladi, 10-20 daqiqalardan so‘ng terida jarohat kuzatiladi. Turli kattalik va rangga ega bo‘lgan dog‘lar paydo bo‘ladi, shish ikki kungacha saqlanib turadi. Hayvonlarga nematosist ekstrak-tidan subletal miqdorda yuborganda jonivorning ichki a’zolari hamda yurakda qonning dimlanib qolishi kuzatiladi. Nematosistlardan ajratib olingan toksik fraksiya oqsillar aralashmasidan iborat bo‘lib, M-7000, sichqonga yuborganda nafas olish qiyinlashadi, changak bo‘lib qo-ladi va nihoyat u halok bo‘ladi, 0,7 mg/kg yuborganda 30 daqiqadan so‘ng, 0,3 mg/kg da esa 24 soatdan keyin hayvon o‘ladi.

Zahar qaytmas gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi, yurak mushaklarin-ing o‘tkazuvchan tizimini shikastlaydi, silliq muskullarga qaytmas spazmatik ta’sir ko‘rsatadi.

Dengiz arisi meduzalar orasida eng xavflisi hisoblanadi, uning o‘ta zaharli paypaslagichlari (kapsulalari)da kongestin, tallasin va genotok-sin kabi maxsus moddalar topilgan, jonivorning hajmi 45 mm bo‘lib, suvda cho‘miladigan bolalar uchun akuladan ko‘ra havliroqdir.

Atlantika okeanida dengiz morvani degan mahobatli meduza ya-shaydi, uning kattaligi ikki metrga yetadi, chaqishidan odam terisi kuy-adi. Odam uchun dengiz anemonlari aktiniyalar hamda korallar ham xavflidir. Grek bulutlarini tutadigan ovchilar kasb kasalligiga chalina-dilar: qo‘l terilari dag‘allashadi, achituvchi qichitma paydo bo‘ladi. Bunday kasal bulutlarning dastidan emas, balki ularga yopishib olgan uncha katta bo‘lmagan aktiniyalar ta’siridandir: keyinchalik barmoq to‘qimalari sarg‘ayadi, so‘ngra qorayadi va nihoyat barmoq to‘qimalari jonsizlanib qoladi.

Ildizog‘izli meduzalar (Rhizostoma pulmo). Mazkur meduzalarda paypaslagichlari bo‘lmaydi, og‘zida ko‘p miqdorda parraksimon taram-lashib ketgan bo‘rtmalari o‘zaro chatishib ketgan. Og‘iz parraklarin-ing oxiri bo‘rtmalar hosil qilmaydi, balki ildizga o‘xshash o‘simtalar bilan tugaydi. Qora va Azov dengizlarida ildizog‘iz meduza rizistoma uchraydi u kuydiruvchi og‘riq chaqiradi. Rizistomaning nematosist-larida toksik peptid rizostomin mavjud bo‘lib, hayvonlarning nafas olish tizimini ishdan chiqazadi va hayvon nobud bo‘ladi.

Oddiy aktiniya (Actinia equina). Korall poliplari meduzaga aylan-maydi, shuning uchun ham polipoid holda yashaydi. Mazkur sinfga

– 9 –

taalluqli aktiniya ko‘pincha yakka yashaydigan dengiz hayvoni bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan mo‘‘jaz gulga o‘xshaydi. Oddiy aktiniya qizil, jigar-rang yashil rangga bo‘yalgan bo‘lib, kamdan kam hollarda rangsizlari uchraydi. Balandligi 3-4 sm, kattaligi 4-6 sm, ichki paypastlagichlarin-ing uzunligi 2 sm dan oshmaydi. Paypaslagichlarining umumiy soni 192 taga yetadi, hayvon bezovta bo‘lganida ular kuchli ravishda qisqar-adi. Qora dengizda, shuningdek, shimoliy dengizlarda tarqalgan.

Aktiniyaning achituvchi hujayralari odam terisini kuydiradi va achituvchi qichitma paydo bo‘ladi. Jarohatlangan joyda tuguncha paydo bo‘lib, keyinchalik u to‘qimani chirishiga olib kelishi mum-kin. Og‘ir hollarda isitma ko‘tariladi, bosh og‘riydi, holsizlik alomat-lari kuzatiladi. Aktiniya bilan doimiy munosabatda bo‘ladiganlar, masalani, ilmiy xodimlarda eshakemiga o‘xshash allergiya chaqirishi mumkin.

Paypaslagichlarning tozalanmagan ekstrakti sichqon qorin bo‘sh-lig‘iga yuborilganda LD50 13,8 mkg/kg, ekstraktdan ajratib olingan oqsil ekvinotoksinning M-20000, uning zaharlash kuchi sichqon tomiriga yuborilganda 33,3 mkg/kg ekvinotoksin gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini tushuradi hamda eritrotsitlarni gemoliz qiladi.

Tealiya (Tealia felina). Mazkur aktiniyaning o‘lchami pay-paslagichlari bilan birga 30 sm ga yetadi, rangi har xil qizg‘ish sariq, qizg‘ish dog‘lari bor. Paypaslagichlarning soni 80-100 taga etadi. Keng tarqalgan arktik-boreal tur. Barens, Qora hamda Bering dengizlarida, shuningdek, Sibir qirg‘oqlari bo‘ylab uchraydi. Pay-paslagichlaridan ajratib olingan suyuqlik, sichqon qon tomiriga yu-borilganda LD50 124 mg/kg, zaharning qisman tozalangani 6 mg/kg ga teng. Zaharlangan odamda gipotermiya, badanning titrashi, tortishishi kuzatiladi. Ekstraktdan ajratib olingan tealiatoksinning M-7800. Toksin gistominolitik va gemolitik aktivlikka ega. Shun-ingdek, arterial bosimni ko‘taradi, yurak urishini kamaytiradi hamda nafas olish qiyinlashadi. Toksinning kardiotoksik ta’siri salbiy ino va xranotrop tasirining rivojlanishida, yurakni to‘la-to‘kis to‘xtab qol-ishida o‘z aksini topadi.

Vajohatli meduzalar. Amerikada chiqadigan jurnallardan birining xabar berishicha Bermud orollarida vajohatli meduzalar paydo bo‘lgan. Ularning tana uzunligi 60 metrgacha yetadi. Bir necha hafta ichida ana shunday meduzalar 27 kishini zaharlab o‘ldirgan, shulardan 8 kishining murdasi meduza paypaslagichlari bilan o‘ralgan holda topilgan, qol-

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/280 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/280 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можнонайти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/280