tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish...

20
Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli foydalanish madaniyati O‘quvchilar uchun uslubiy tavsiya. Toshkent-2016 yil

Upload: others

Post on 04-Feb-2020

60 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan

unumli foydalanish madaniyati

O‘quvchilar uchun uslubiy tavsiya.

Toshkent-2016 yil

Page 2: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

2

Tuzuvchi: N.N.Narziyev.

TSHХTХQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi.

Mazkur metodik qo`llanma TShXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 2016 yil

30 dekabrdagi 8- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

Taqrizchilar: A.Mamadaliyev – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta

o`qituvchisi

Qurbomova M Toshkent shahar 300 maktab o`qituvchisi

Page 3: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

3

Kirish

Aziz o‘quvchi hech siz suv tarixi, jamiyatlar taraqqiyotida suvning

qanchalik ahamiyatli bo‘lganligini o‘ylab ko‘rganmisiz? Ushbu

tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida

yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar, udum va urf-

odatlar hakida qiziqarli malumotlarni o‘qishga muyassar bo‘lasiz.

Bunday ma’lumotlar orqali siz qadimdan ajdodlarimizning suvdan

foydalanish madaniyati va suvga bo‘lgan yuqori e’tiborning sabablarini

bilib olasiz.Suvni asrab avaylash, uni iflos narsalardan saqlab qolish,

tozaligini saqlash zarur ekanligini tushinib yetasiz degan umiddamiz.

O‘quv tavsiyamiz umumta’lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchlariga

mo‘ljallangan bo‘lib, sevimli tarix fani mavzulari asosidagi suv bilan

bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim yetadi.

Page 4: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

4

Nega qadimgi odamlar suvni qadriga yetishgan?

Siz arxeologik davrlashtirishni yaxshi bilasiz. Dastlab odamlar

hovodan nafas olganlaridek suvdan o‘z chanqoqlarini bostirish uchun

foydalanganlar. Suvning foydali jihatlari haqida bilimlarga ega

bo‘lmaganlar. O‘rta va so‘ngi paleolit davrida odamlarning suvga

bulgan qiziqishi orta boshlagan . Chunki suvning muzlab qolishi suvga

bulgan ehtiyojni ortishiga olib kelgan. Bu suvga bo‘lgan qiziqishnigina

emas, balki suvdan oqilona foydalanish, isrof qilmaslik tabiatning eng

qadrli ne’mati ekanligi haqidagi tasavvurlarini shakillantira boshlagan.

Bunday munosabatlar keyinchalik diniy tasavvurlarda turli urf-odatlar

asosida mustahkamlangan. Ayniqsa neolit (yangi tosh) davriga kelib

dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning paydo bo‘lishi

suvdan kengroq foydalanishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgan.

Tarixda suvga bulgan ehtiyojning oshishi

Yer yuzida odamlarning ko‘payishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning

rivojlanishi daryo bo‘ylari va tog‘oldi hududlarda dehqonchilik

vohalarini shakillanishiga sabab bulgan. Suvdan unumli foydalanishga

bulgan e’tibor mustahkam suv inshootlarini barpo yetilishiga sabab

bulgan. Xorazm vohasi, Zarafshon, Farg‘ona va Surxondaryoda olib

borilgan arxeologik tekshirishlar natijasisa sug‘orish tarmoqlari va unga

asoslangan dehqonchilik “Jez ” (bronza) davrida, ya’ni bundan tahminan

3500-3750 yil muqaddam vujudga kelganligi aniqlangan. Bunday

vohalarda suvga bulgan ehtiyoj tabiiy ravishda oshgan. Ekinzorlarga suv

yetish maqsadida ariq va kanallarning qazilishi, suvni yuqoriga ko‘tarib

beruvchi mustahkam inshootlarni barpo etilishi Shu davrlardan

boshlangan. Keyinchalik bu hududlarda yirik qishloqlar va shaharlar

shakillana boshlangan. Shuningdek xuddi Shu davrdan boshlab suv bilan

bog‘lib marosim va urf-odatlarning paydo bulganligini kuzatish

mumkin.

“ Suv xotin-suvsiz xotin” marosimi

Qadimdan O‘rta Osiyo aholisi bahor fasli kirishi bilan kunlarning

tezda isib tog‘dagi qorlarning erishini va yomg‘ir yog‘ib suvning

ko‘payishini sabrsizlik bilan kutishgan. Mabodo, ba’zi yillarda

qurg‘oqchilik bo‘ladigan bo‘lsa qadimdan odat bo‘lib qolgan yomg‘ir

chaqiruvchi turli xildagi marosimlarni ijro yetishgan. Soylardagi suvlar

qurib, yaylovlardagi o‘tlar qovjirab quriy boshlasa, qishloq ayollarining

Page 5: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

5

keksa kayvon (onaxon)lardan biri boshchiligida ibtidoiy tasavvurlar

bilan bog‘liq bo‘lgan “Suv xotin-suvsiz xotin” marosimi o‘tkazilgan.

Bir-biriga ko‘ndalang bog‘langan ikki tayoqqa ayollar kiyimi kiydirilib,

boshiga ro‘mol o‘ratilgan va kattagina qo‘g‘irchoq yasalgan. Bu

hovodan yog‘ingarchilik chaqirib beradigan “ Suv xotin” ning ramziy

tasviri bo‘lib, qishloq ayollaridan biri uni qo‘lida baland ko‘tarib,

kayvoni bilan birga “ Suv xotin” madhiyasini lapar qilib aytib uyma-uy

yurishgan:

Suv xotin-sulton xotin

Ko‘lankasi maydon xotin,

Suv xotin-suvsiz xotin

Ko‘ylaklari bo‘z xotin.

YOmg‘ir yog‘sin suv xotin,

Bug‘doy pishsin suv xotin,

Xirmon bo‘lsin suv xotin,

Suv xotin-suvsiz xotin

Hosillar mo‘l bo‘lsin suv xotin,

Dehqonning uyi to‘lsin suv xotin,

Kazzobning uyi kuysin suv xotin,

Suv xotin-suvsiz xotin

Havoni yog‘dirgan suv xotin,

Bug‘doyni bo‘ldirgan suv xotin,

Elni to‘ydirgan suv xotin

Suv xotin-sulton xotin

Ko‘chada qo‘g‘irchoq ko‘tarib “ suv xotin” madhiyasini aytib

kelayotgan marosimchilar namoishini har bir xonadondagilar chelakda

suv olib chiqib, ayollar aralash qo‘g‘irchoq ustiga suv sepib qarshi

olishgan. So‘ngra don, un, non, go‘sht kabi mahsulotlardan qaysi biri

ro‘zg‘orda bo‘lsa ozgina ehson qilishgan. “ Suv xotin-suvsiz xotin”

marosimi O‘rta Osiyoliklarning zardushtiylik dinidagi hosildorlik

ma’budasi Nohid (Anaxita)ga sig‘inishning Shu kunlargacha saqlanib

qolgan ko‘rinishi deyish mumkin. Bundan tashqari yomg‘ir yog‘dirish

uchun ko‘pgina toshbaqalarni tuntarib qo‘yishar , ba’zan uni daraxt

Page 6: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

6

shoxiga oyog‘idan osib qo‘yishgan. Oynani osmonga qaratib qo‘yish

hollari ham uchraydi.

Bunday marosim va urf-odatlar xalq o‘rtasida keyingi

vaqtlargacha saqlanib qolgan bo‘lsa ham, ularning mehnatkash xalq

mushkulini oson qilish uchun aytarlik nafi bo‘lmagan. Shuning uchun

ham qadim zamonlardanoq insonlar suvsizlik va qurg‘oqchilik balosidan

qutilish choralarini qidirib, suvni izlab topish va uni saqlab qolish

to‘g‘risida bosh qotirganlar va bu borada ajoyib natijalarga erishganlar.

Aziz o‘quvchi quyida sizlarga tarixda ota-bobolarimiz suvdan

unimli foydalanish borasida qilgan ishlari , o‘ziga xos suv inshootlarini

barpo etganliklari haqida fikr yuritiladi.

“Qulfakli ” hovuzlar.

Jonajon o‘lkamizning ko‘pgina yerlarida kumushdek zilol suvlar

qaynab chiquvchi chashmalar mavjud. CHashmalardan chiqayotgan suv

tog‘ oldi toshloq yerlarda singib ketgan. Tog‘ oldi hududlarda

yashayotgan dehqonlar ana Shu buloq suvlarini bir joyga to‘plash va

ulardan kerakli vaqtda foydalanish maqsadida qadim zamonlardayoq

daralar ichida va tog‘ etaklarida kichik-kichik hovuzlar qurganlar.

Bunday hovuzlar “Qulfakli hovuzlar” deb atalgan. Ular qurilish

uslubiga ko‘ra oddiy hovuzlardan tubdan farq qiladi. Odatda hovuz yer

yuzidan chuqur qilib kovlanadi.Bu hovuzlar yerni o‘yib emas, balki

aksincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerning ustiga , ko‘pincha buloq qaynab

turgan joyga yoki soyning biror qirg‘og‘iga katta toshlar va chimlar

yordamida qurilgan.

Chashma yoki buloqlardan chiqayotgan suv Shu hovuzga

to‘plangan va alohida qazilgan ariqchalar orqali ekinzorlarga olib

borilgan. To‘ldirigan hovuz suvi hammaning ham ekilgan yerlariga

yetmagan, kimlardir hovuzni yana to‘lishini kutishga majbur bo‘lishgan

(odatda bunday hovuzlarga bir kechada suv to‘plangan). Shuning uchun

qura tashlash yo‘li bilan suvdan foydalanuvchilar ketma-ketligi

aniqlangan.

Page 7: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

7

Ushbu rasmda siz “Qulfakli hovuz”ning umumiy ko‘rinishi,uning

yuqoridan ko‘rinishi hamda hovuzni suvi chiqib ketuvchi toshdan

kilingan teshik va yog‘och kunda chizmalari aks yettirilgan.

Bunday hovuzlar mayda dehqonchilik xo‘jaligi uchun har tomonlama

qulay sug‘orish inshooti bo‘lib, O‘rta Osiyoning tog‘oldi tumanlarida

hozirgacha dehqonchilikda ma’lum darajada foydalanib kelinmoqda.

Forish tumanida qulfakli suv inshootlarini Nurak, Qoraxon, Pastko‘cha,

Yonbuloq, Oqbuloq, Teshiktosh kabi qishloqlarda uchratish mumkin.

Page 8: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

8

Tog‘lardan oqib keluvchi suvlarni bog‘lash

Tog‘lardan oqib tushgan suvlar toshloq yerlar va cho‘llar bag‘riga

singib ketgan. Ajdodlarimiz 9-10 asrlardan boshlab bunday suvlardan

unimli foydalanish maqsadida suv oqib o‘tuvchi tog‘ning darasini tosh

yoki g‘ishtlar yordamida to‘sganlar. Natijada tog‘lar bag‘rida ko‘llar

hosil bo‘lgan. Bunday to‘siqlar to‘g‘on yoki band kabi nomlar bilan

atalgan. Bu kabi suv inshootlarni qurishda xonlar, amirlar, beklar bosh-

qosh bo‘lishgan va ko‘pincha qurilgan to‘g‘on ularnig nomlari bilan

atalgan.

"Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi" suv inshooti. Yozma manbalar va arxnologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha,

Afrosiyob tepaligi ustiga joylashgan qadimgi Samarqandning atrofi

chuqur jarliklar bilan o‘ralganligi sababli shaharga suv maxsus ko‘tarma

kanal yordamida olib kelingan. Asrlar davomida Samarqanddagi obi

hayot bilan ta’minlab kelgan bu qadimgi suv inshooti 10-12 asr

manbalarida "Juyi ariz", ya’ni "Qo‘rg‘oshin anhori", aniqrog‘i

"Qo‘rg‘oshin novasi" nomi bilan tilga olinadi.

G‘ishtband suv ombori-12 asrga oid

Samarqandning Jom qishlog‘i yaqinida

joylashgan

Abdullaxon bandi suv

ombori- 16 asr.

Page 9: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

9

Asrlar davomida Samarqand shahrini suv bilan ta’minlashda yagona

gidrotexnika inshoot bo‘lib hisoblangan Juyi ariz novasi uning iqtisodiy

va siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan. Shuning uchun ham

Samarqandning qadimgi hukumdorlari bu inshootning mudofasiga va

uning yaxshi saqlanishiga doimo katta ahamiyat berganlar. Juyi ariz

anhori atrofidagi yerlardan tushadigan har yilgi daromad mazkur

inshootning ta’miri uchun sarflangan.

10 asr arab geogrifi Istaxriyning yozishicha, Samarqandning

otashparast aholisiga yozin-qishin bu inshootni nazorat qilib turish ishi

yuklanib, bunday xizmatlari uchun ular har yilgi og‘ir jon solig‘i "Juzya"

dan ozod yetilgan.

Suv tarmoqlarining mana Shunday izlari va inshootlarining

qoldiqlarini tadqiq qilib qadimiy shaharning suv bilan qanday

ta’minlanganini bilib olish mumkin. Chunki ular o‘z vaqtida shaharning

barpo bo‘lishi, gullab yashnashi va nihoyat vayron yetilishida muhim rol

o‘ynagan. Afrosiyobda hamda Registon yaqinida qayd yetilgan qadimgi

kanal qatlamlaridan chiqqan arxeologik topilmalardan ma’lum

bo‘lishicha Samarqandning qadimgi ko‘tarma anhori ilk bor miloddan

avvalgi 6-5 asrlarda barpo yetilgan. Dastavval u soy va buloq suvlaridan,

so‘ngra - milodning 6 asrida Darg‘om kanali orqali aholini suv bilan

ta’minlagan. 1220 yilda Samarqandni qamal qilgan Chingizxon

lashkarlari shaharni mudofaa qilib turgan aholini suvsiz qoldirib, ularni

taslim bo‘lishiga majbur etish maqsadida "Juyi ariz" novasini buzib

tashlaganlar. O‘z davrining bu ulkan gidrotexnika inshooti -

"Qo‘rg‘oshin novasi"ning vayron yetilishi natijasida doimiy oqar

suvidan mahrum bo‘lgan Samarqand o‘zining qadimiy o‘rnida qayta

tiklanmadi.

Sardobalar - gumbazli hovuzlar Tarixdan ma’lumki, oqar suvlardan mutlaqo mahrum bo‘lgan cho‘l

va dashtlarda qishki va bahorgi mavsumiy yog‘ingarchilik asosiy suv

manbai hisoblangan. Cho‘llarda atrofi bir muncha balandliklardan iborat

bo‘lgan chuqurlarga qor va yomg‘ir suvlari to‘planib kattagina

ko‘lmaklar hosil bo‘ladi. Bunday ko‘lmaklar “qoq” deb ataladi.

Qoqlarning suvi chuchuk bo‘lib, aholi qadimdan cho‘ldagi chorva

mollarini sug‘orishda undan foydalanib kelgan. Bundan tashqari

o‘tmishda O‘rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum, Mirzacho‘l, Qarshi va

boshqa cho‘llari orqali chet mamlakatlarga qatnagan savdo karvonlari

ham qoqlarning suvidan foydalangan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo

Page 10: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

10

cho‘llarini kesib o‘tgan qadimgi karvon yo‘llari yirik qoqlar bo‘ylab

yo‘nalgan.

Shuni ham aytish kerakki, qoqlarda suv yil bo‘yi saqlanmagan.

Chunki yoz oylarda qoqlardagi suvning bir qismi quyoshning kuchli nuri

ta’sirida bug‘lanib ketsa, ikkinchi qismi erga singib, iyun oyining oxiri

va iyul oyining boshlarida deyarli qurib qolgan. Bunday ahvol, savdo

karvonlarining suvsiz cho‘llarni kesib o‘tishida Shubhasiz, katta

qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shu sababli cho‘llar orqali qatnaydigan

karvonlarni yoz oylarida suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega

bo‘lgan. Qoqlardagi suvni kichikroq hajmdagi chuqurroq joylarga

to‘plab, quyosh parlanishidan saqlash maqsadida qadimgi suvchilar

karvon yo‘llari bo‘ylab cho‘llardagi qoqlarga va ba’zan buloqlar ustiga

maxsus suv inshootlari qurishgan. Bunday inshootlar “sardoba” nomi

bilan mashhurdir.

“Sardoba” tojikcha so‘z bo‘lib, suvxona yoki muzxona ma’nosini

anglatadi. Sardobalarni tuzilishiga qarab usti yopiq hovuzlar deb atash

mumkin. Chunki ular pishiq g‘ishtdan doira shaklida ishlangan ichi

chuqur va usti gumbazli hovuz bo‘lib, cho‘l manzarasida xuddi

ko‘chmanchi chorvador aholining o‘toviga o‘xshab ko‘zga tashlanadi.

Sardoba hovuzini loyqa bosib, inshootni ishdan chiqarmasligi

uchun, sardoba oldiga kattagina suv tindirgich - ochiq hovuz kovlangan.

Atrofdan oqib kelgan qor va yomg‘ir suvlari avval suv tindirgichda

to‘planib, undagi loyqa hovuz tubiga cho‘kkandan so‘ng, toza suv

sardobaga quyilgan. Suv tindirgichga chorva mollari kirib qolib suvni

ifloslantirmasligi uchun uning atrofi paxsa devor bilan o‘ralgan.

Sardobalar sharqda keng tarqalgan suv inshootlaridan bo‘lib, ular

asosan qadimgi karvon yo‘llari bo‘ylab qurilgan. Xurosonda (Shimoliy

Eron) bunday suv inshootlari “Obanbor”, Ozarbayjonda esa “avdon”

nomlari bilan yuritiladi.

Page 11: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

11

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston va uning atrofida 44

ta sardoba bo‘lib, ularning yigirma to‘qqiztasi Qarshi cho‘lida, uchtasi

Mirzacho‘lda, yana uchtasi Toshkent-Farg‘ona o‘rtasidagi qadimgi

savdo yo‘lida va bittasi Karmana yaqinida Cho‘li Malikda bo‘lgan. O‘z

vaqtida bu sardobalar joylashgan hududlarda ravotlar yoki

karvonsaroylar ham qad ko‘targan. Bular, Shubhasiz, cho‘llarda bekat –

karvonlarning to‘xtash joyi vazifasini o‘tagan.

Gumbazli hovuz – sardoba (XVI asr)

Page 12: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

12

Er ostidagi oqar daryo - er osti suv inshooti

Daryo suvlaridan uzoqda joylashgan tog‘ oldi va cho‘lga

chegaradosh hududlarda asosiy suv manbalaridan yana biri - er osti

suvlari hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday viloyatlarda yashagan

aholi qadim zamonlardan boshlab er osti qatlamlardagi boy suv

resurslaridan o‘z ehtiyoji uchun foydalanishga harakat qilgan. Ular tekis

yerlarda quduqlar qazib, qovga (chorva mollari terisidan tikilgan qop

yoki mesh) bilan suvni tortib o‘z ehtiyojlarini qondirgan bo‘lsalar, past-

baland adirlardan iborat tog‘ etakalrida yuzlab quduqlarni bir-biriga

tutashtirgan antiqa suv inshooti - korizlar vositasida er osti suvlarini er

yuziga chiqarib, dehqonchilik qilganlar.

O‘zbekistonda mana Shunday antiqa irrigatsiya inshootlaridan keng

foydalaniladigan tumanlardan biri Nurota va Kitobdir. Bu yerlarda

qadim zamonlardayoq barpo yetilgan korizlardan hozirgi kungacha

foydalanib kelinmoqda. Qashqadaryoning Kitob tumanida hozirgacha

13 ga ya’ni korizlar saqlanib qolgan. Nurotaliklar korizlar kovlab yer

osti suvlarini yer yuziga chiqarish tarixini eramizdan avvalgi 329-327

yillarda O‘rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyalik Iskandar bilan

bog‘laydilar. Hikoya qilishlaricha Iskandar Zulqarnayn Zarafshon

vodiysiga qo‘shin tortib kelganda Nurota tizmasining janubiy qanoti

Oqtog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. U tog‘dan janub tomonga

qarab Zarafshon daryosi va obod vodiyni, shimol tomonida esa daraxtsiz

keng maysazor yaylovni ko‘rgan. O‘shanda Iskandar yam-yashil

poyonsiz keng dashtga qarab bu viloyatning daryosi er ostidan oqar

ekan, degan emish. So‘ngra qo‘shinini Nurotaga olib kelib, 366 ta

harbiy qism sarkardalariga har biri o‘z otradlari bilan bittadan koriz

kovlashi haqida buyruq bergan. Natijada 366 ta koriz kovalanib, Oqtog‘

etaklariga suv chiqarilgan va Nurota atrofi obod bo‘lgan. Korizni

kovlashda lag‘m (qazilgan quduqlarni bir-biriga birlashtiruvchi teshik)

o‘tkazish eng mashaqqatli va eng ma’suliyatli ish bo‘lib, yer osti

suvlarining yer ustiga oqib chiqishi lag‘mning to‘g‘ri kovlanishiga

bog‘liq bo‘lgan.

Buning uchun, birinchidan, quduqlarni birlashtirishda qarama-qarshi

tomonlardan kovlanadigan lag‘mning biror yoqqa qiyshayib ketishiga

yo‘l qo‘ymay, quduqlarni bir-biriga to‘g‘ri tutashtira olish, ikkinchidan,

koriz orqali yer osti suvlarini yer ustiga oqib chiqishini ta’minlash lozim

bo‘lgan. Shuning uchun ham lag‘mlar odatda 0,002-0,005 m qiyalikda

kovlangan.

Page 13: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

13

Koriz kovlashda bir qancha korizchi jamoalar oylab va yillab

lag‘m hamda quduqlar qazib, minglab kubomyetr tuproq va shag‘allarni

qazib chiqarishgan. Masalan, uzunligi 3 km bo‘lgan 250-300

quduqlardan iborat o‘rta hajmdagi korizdan taxminan 7-8 ming

kubomyetr tuproq qazib chiqarilgan. Nurotadagi korizlardan birining

"Zulm" deb atalishi yer osti suvlarini yer ustiga chiqarishdagi mehnat

jarayonining nihoyatda og‘irligidan bo‘lsa kerak.

Ma’lumki, korizlardan bir me’yorda suv oqib turishi uchun ular har

yili tozalanib, ta’mirlanadi. Koriz tozalash eng mashaqqatli va og‘ir

Er sathini

belgilash

asbobi–

soqili tarozi

Er osti suv inshooti – koriz kesimi va tarhi (rejasi)

Page 14: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

14

ishlardan hisoblanadi. Chunki korizdor dehqonlar har yili erta bahorda

20-30 kun davomida korizning ichida suv kechib, lag‘m va quduqlar

tubiga cho‘kkan loyqalarni qazib chiqarganlar. Ko‘pincha koriz pushtasi

cho‘kib, lag‘imning kattagina qismini bosib qolar edi. Bunday hollarda

lag‘mning bosib qolgan qismi qayta qazilib, o‘pirilgan joylari yog‘och

yoki toshlar bilan mustahkamlanar edi.

O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida qadim zamonlardan to

hozirgi kungacha korizlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan, Maston,

Mastak, Zulfiqor, Zulum, Mozor, Xayrobod, Sulton, Ko‘nchi, Begli,

Tayla, Korizcha singari bir qancha korizlardan hanuzgacha

foydalanilmoqda.

Sepoya, Chorpoya va Chilpoya kabi suv inshootlari

Tezoqar daryolar, soylar va yirik sug‘orish tarmoqlarini bog‘lab,

to‘g‘on va bandlar o‘rnatishda qadimdan bir qator antiqa suv

qurulmalaridan foydalanib kelingan. Ular xalq amaliyotida “Sepoya”

(Uchoyoq), “Chorpoya” (To‘rtoyoq), “Chilpoya” (Qirqoyoq) deb

yuritilgan. To‘g‘on o‘rnatish uchun sepoyalar uchiga arqon bog‘lanib,

birin-ketin suvga tushirilgan. Oqimga qarshi barqarorlikni oshirish

uchun sepoyalar birining oyog‘iga ikinchisi, ikkinchisining oyog‘iga

uchinchisi chalkashtirilgan tartibda o‘rnashtirilgan. Suvga tushirilgan

har bir sepoya yoki chorpoya tag kismiga o‘z navbatida shox-shabba,

chim va tosh bosib chiqilgan. Natijada yuki og‘irlashgan sepoya yoki

Page 15: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

15

chilpoya suv tubiga mustahkam o‘rnashgan va oqimni deyarli to‘sib

qo‘ygan.

Shuning uchun ham tezoqar tog‘ daryolarining jo‘shqin oqimlarini

tartibga solishda, xavfli suv toshqinlari o‘pirilishlarini

to‘sib,qirg‘oqlarini mustahkamlashda sepoya va chorpoyalar o‘z

davrining beqiyos suv inshootlari hisoblangan. Toshkent vohasi va

Farg‘ona vodiysida ular juda keng tarqalgan. Zarafshon vodiysida

qisman, Xorazmda esa mutlaqo ishlatilmagan.

Sepma va Nova orqali suvdan foydalanish

Suvdan foydalanish tarixida oqar suv sathi dehqonchilik

maydonidan past bo‘lgan joylarda suvni yuqoriga chiqarish masalasi

hamma vaqt muhim ahamiyat kasb etgan. Natijada turli xil suv

ko‘targich gidravlik moslamalar kashf yetilgan. Masalan, Xorazimda

balandroq yerlarni sug‘orishda yaqin kunlargacha foydalanib kelingan

“Sepma”, “Nova” kabi usullari mana Shunday qadimiy suv

ko‘targichlarning oddiygina turlaridan hisoblanadi.

Sug‘orish moslamasi - Sepma

Page 16: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

16

Charxpalak va Chiqirlar

Qadimiy suv chiqarish moslamalarining eng «takomillashgan» usuli

- bu charxpalak va chig‘irlar bo‘lib, Sharqning Misr, Mesopotamiya,

Eron, Hindiston, Xitoy va O‘rta Osiyoning dehqonchilik vohalarida

qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelingan. Bunday moslamalar o‘rta

asrlarda Misr va Mesopotamiyada «soqiya», Eron va Hindistonda

«charx», Xorazmda «chiqir», Toshkentda «charxpalak» deb yuritilgan.

Ular tuzilish jihatdan ikki turga bo‘lingan: biri suvning oqim kuchi bilan

aylanuvchi, ikkinchisi esa - uy hayvonlari: ot, eshak, ho‘kiz yoki tuya

kuchi bilan harakatga keltiriladigan turidir.

Ko‘za bilan suvni o‘lchash

Chashmalardan har daqiqada oqib chiqadigan suv hisobga olinib

turib, qadimdan aholi o‘rtasida o‘rnatilgan qat’iy tartib bo‘yicha

taqsimlanib kelingan. 19 asr oxiri va 20 asrning boshlarida tarixiy

ma’lumotlar yozib qoldirgan mualliflardan Mirza Salimbek binni

Muhammad Rahimning yozishicha, Nurota chashmasining suvi "ko‘za"

bilan hisob qilinib, dehqonlar o‘rtasida taqsimlangan.

Sug‘orish moslamasi - Nova

moslamasiova

Page 17: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

17

Chashma suvi ko‘za bilan qanday o‘lchangan? Ko‘za 5-6 l suyuqlik

ketadigan sopol idishdan ishlangan juda sodda suv soati bo‘lib, yozda

suv taqsimlanayotganda u bilan vaqt belgilangan. Sopol ko‘zadan suv

soati yasash uchun ko‘zaning tubi yon tomonidan dug bilan teshilib,

teshikka ingichka qamish naycha o‘rnatilgan. Suv taqsimoti paytida

ko‘za suvga to‘lg‘azilib, suv naychadan oqizib qo‘yilgan. Ko‘zadagi

suvning naycha orqali jildirab batamom oqib chiqishi uchun ketgan vaqt

"bir ko‘za" deb hisob qilingan. Bir kecha-kunduzda oqib chiqqan suv

160 ko‘zaga teng bo‘lib, kechasidagisi 64 ko‘za va kunduzgisi esa 96

ko‘za hisoblangan. Vaqt bilan hisoblanganda har bir ko‘za 9 daqiqaga

teng bo‘lgan. Kunduzgi uch ko‘za va kechasi ikki ko‘za bir "qora" suv

hisoblangan. Bir kunlik suv 32 qoraga teng bo‘lgan.

Misr soqiyasi -Chig‘ir

Page 18: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

18

Sug‘orish mavsumida chashma yoki ariqda oqayotgan suvni ko‘za

bilan o‘lchab, xususiy dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash, suvga

tanqis Zarafshon, Qashqadaryo va Jizzax vohalari uchun ham xos

bo‘lgan. Qashqadaryoda u "o‘ndi", Jizzaxda "ko‘za" nomlari bilan

yuritilgan. Bu oddiy suv soati ba’zan chilim qovoqdan ham yasalgan.

Shunday qilib, ko‘za faqat suv idishigina bo‘lib qolmay, balki sopol

ko‘za va chilim qovoqlardan yasalgan soddagina "suv soati" bo‘lib, suv

taqsimoti mavsumida mirolblar qo‘lida dehqonlar haqobasini (suv

haqini) o‘lchab beradigan asbob - vaqtni belgilovchi soat bo‘lib ham

xizmat qilgan.

Er ostidagi muzlagan suv.

Qadimgi davrlardan to 20 asr boshlariga qadar chorvador aholi

o‘rtasida suvdan unumli foydalanishning o‘ziga xos usullari o‘ylab

topilgan. Chorva mollari hamma vaqt ham suvga yaqin erda

boqilmagan, ko‘pincha uzoq masofalarga haydab borilib chorva

sug‘orilgan. Shunday paytlarda bir muammo bulgan, ya’ni tug‘ilgan

yosh qo‘zichoq-uloq va ularning onalari bunday masofaga haydab borib

sug‘orishning imkoni bulmagan. Qo‘zilagan chorva mollariga suv

Sug‘orish moslamasi – ulu (katta) chig‘ir

Page 19: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

19

yetkazib berishning antiqa yo‘li o‘ylab topilgan. Unga ko‘ra qish

faslining yanvar, febral oylarida maxsus qazib tayyorlab qo‘yilgan 2-3

myetrli o‘ra yoki xandakka yog‘ayotgan qorlar to‘plangan va xandak

usti soh-shabba, kigizlar bilan yopilib ko‘mib tashlangan. Qazilga

xandakda muz suvni toza saqlash uchun , xandak ostiga va uning yon

tomonlariga butasimon o‘simliklarning shoxlari maxsus quyib chiqilgan.

Kerakli paytlarda muzdan chopib olinib qo‘rada (chorva mollari

saqlanagigan joy) qolgan qo‘y-qo‘zilarga berilgan, oilaviy yumushlarda

ham foydalanilgan. Muzlab qolgan qor er ostida hatto may oylarigacha

saqlangan . Bu antiqa suv saqlash usulini haligacha keksa cho‘ponlar

eslashadi. Shuning uchun chorvador aholi o‘rtasida suv juda qadrlangan.

Aziz o‘quvchi! Qadimdan mehnatkash xalqimiz turli xil suv

inshootlari vositasi bilan oqar suvlar, chashma va er osti suvlari, qor va

yomg‘ir suvlaridan unumli foydalanish, suvlarni isrof bo‘lishiga yo‘l

qo‘ymaslik maqsadida yuqorida bayon yetilgan suv inshootlarini yaratib

dehqonchilik va chorvachilik kabi xo‘jalik sohalarini rivojlantirganlar.

Bunday mashaqqatlar bilan suvdan foydalanish suvga

bo‘lgan ahloqiy tarbiyani shakllanishiga olib kelgan. Biz-chi bugun

ichimlik suvini, ekinzorlarga borayotgan suvlarni qanday yo‘l va mehnat

bilan kelayotganligini o‘ylab ko‘rdikmi? Suvni asrab-avaylash haqida-

chi?

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zahriddin Muhammad Bobur . Boburnoma. T. 1991 yil.

2. Narshaxiy. Buxoro tarixi . T-1991.

3. Ya.G‘. G‘ulomov. Xorazmning sug‘orish tarixi. Qadim

zamonlardan hozirgacha T, Fan, 1959 yil.

4. A.R.Muhammadjonov. Quyi zarafshon vodiysining sug‘orilish

tarixi.(Qadimgi davrdan to XX asrgacha) “Fan”,T-1972.

5. A.R.Muhammadjonov. O‘zbekistonning qadimgi gidrotehnika

inshootlari. “O‘zbekiston” T-1997.

6. A. R.Muhammadjonov. Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigi.

T.O‘zbekistan. 1969.

7. A.Ashirov “Avesto”dan meros marosimlar. T. 2001 y.

8. A.Kadirov. Voda i yetika. T-2005.

Page 20: Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli ... · tavsiyada siz suv va suvdan foydalanish tarixi, foydalanish natijasida yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar,

20

Mundaraja

1. Kirish ---------------------------------------------------------------3 bet

2. Nega qadimgi odamlar suvni qadriga yetishgan?-------------4 bet

3. Tarixda suvga bulgan ehtiyojning oshishi----------------------4 bet

4. “ Suv xotin-suvsiz xotin” marosimi------------------------------4 bet

5. “Qulfakli ” hovuzlar.---------------------------------------------- 5 bet

6. Tog‘lardan oqib keluvchi suvlarni bog‘lash--------------------8 bet

7. "Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi" suv inshooti.---------------- 9 bet

8. Sardobalar - gumbazli hovuzlar---------------------------------- 10 bet

9. Er ostidagi oqar daryo - er osti suv inshooti--------------------12bet

10. Sepoya, Chorpoya va Chilpoya kabi suv inshootlari------ -14 bet

11. Sepma va Nova orqali suvdan foydalanish------------------ 16 bet

12. Charxpalak va Chiqirlar---------------------------------------- 16 bet

13. Ko‘za bilan suvni o‘lchash ------------------------------------- 18 bet

14. Er ostidagi muzlagan suv---------------------------------------- 19 bet