методик портфолио 49

Post on 16-Feb-2017

599 Views

Category:

Education

9 Downloads

Preview:

Click to see full reader

TRANSCRIPT

Buxoro tuman XTMFMT va TEB ga

qarashli 49-umumiy o’rta ta’lim

maktabining geografiya fani o’qituvchisi

Aslonova Nasiba Muxammadovnaning

“Yilning eng yaxshi fan o ’ qituvchisi ”

ko’rik-tanlovida tayyorlagan

METODIK PORTFOLIOSI

МАЪЛУМОТНОМА.

Аслонова Насиба Мухаммадовна

У 2013 йил 02. сентябрдан буён:

Бухоро тумани халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва

ташкил этиш бўлими 49- умумий ўрта таълим мактаби география фани ўқитувчиси

Туғилган йили: Туғилган жойи:

18.01.1986 Бухоро вилояти, Бухоро туман

Миллати: Партиявийлиги:

ўзбек Йўқ

Маълумоти: Тамомлаган:

олий 2007 йилда Бухоро Давлат университети (кундузги)

Маълумоти буйича мутахассислиги: география фани ўқитувчиси

Илмий даражаси: Илмий унвони:

йўқ йўқ

Қайси чет тилларини МДҲ халқлари тилларини билади?

рус, инглиз тиллари

Давлат мукофотлари билан тақдирланганми (қанақа)

Тақдирланмаган

Халқ депутатлари, республика, вилоят,шахар ва туман Кенгаши депутатими ёки бошка сайланадиган

органларнинг аъзосими (тўлиқ кўрсатилиши лозим)

йўқ

МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИ

2006-2007 йй.-Бухоро туман спорт мактабида география фани укитувчиси,

2007-2008йй.- Бухоро шахар 26-мактабида география фани укитувчиси

2008 -2013 йй- Гала Осиё Курилиш ва транспорт касб-хунар коллежида география фани укитувчиси,

2013-2014йй - Бухоро туман 49-умумий ўрта таълим мактаби география фани укитувчиси,

2014-2015йй - Бухоро туман 49-умумий ўрта таълим мактабида география фани укитувчиси ва укув

ишлари буйича директор уринбосари

2016-й январ - шу мактабда география фани укитувчиси вазифасида фаолият юритмокда.

Buxoro tuman XTMFMT va TEB ga qarashli 49-

umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani

o’qituvchisi Aslonova Nasibaning “Biz dunyoni

o’rganamiz!” to’garagining

YILLIK REJASI

№ Mavzu nomi O’tkaziladigan

vaqti

Uyga vazifa

1 Geografiya nimani o’rganadi?

2 Ob-havo va iqlim

3 Geografik xarita

4 Dunyoning siyosiy xaritasi.

5 O’zbekiston – mustaqil respublika.

6 Beruniy globusi

7 Ulug’bek geografiyasi

8 Faxriddin Banokatiy

9 Amudaryo va Qoraqum tarixi

10 Said Muhammad Tohir

11 Chigirtka yog’sa, yomg’ir ham yog’adi.

12 Sayyor qit’alar

13 Orol dengizi

14 “Issiqxona samarasi”

15 “Qor yo’lbarsi” unvoni kimga beriladi?

16 Kosmos qayerdan boshlanadi?

17 Yerda havo dushman bo’lganida…

18 Bosim qonunlari buzilganda

19 “Hech nima”ning narxi qancha?

20 Buxoro viloyati

21 Axil va G’ozal Yelena oroli

22 Feniks yoki abadiy tiriklik haqida afsona

23 Sahroi Kabir

24 Biz Quyoshga qachon yaqin kelamiz?

25 Yangi kun va yangi yil qayerdan boshlanadi?

26 Oylar nomining kelib chiqishi

27 Soat mintaqasi

28 Dunyodagi eng uzun daryo

29 “Moviy odamlar”

30 Yer sharidagi eng issiq dengiz

31 Boshqa sayyoralarda ham suv bormi?

32 Nega dengizning suvi sho’r?

33 Kompas va dengiz kompasi qanday tuzilgan?

34 Oltinni qay tariqa topishadi?

35 Nima uchun kunlar qishda yozdagidan qisqa

bo’ladi?

36 Amerikaga hindular qayerdan kelishgan?

37 Nima uchun pulning qadri oltin bilan

o’lchanadi?

38 Sehrli raqamlar

39 “Dunyoning markazi”

40 Qora dengiz aks sadosi

BUXORO TUMAN XTMFMT VA TEB GA QARASHLI 49-UMUMIY O’RTA

TA’LIM MAKTABINING GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI ASLONOVA

NASIBA MUXAMMADOVNANING 6-SINF UCHUN“YEVROSIYONING

ICHKI SUVLARI ” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

Sinf: 6

Dars shiori:

Erta uchun bugun qayg’ur!

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarga Yevrosiyo materigi haqida yangi bilimlar berishda davom etib,

uning ichki suvlari, ularning joylashish xususiyatlari, to’yinish tiplari haqida ma’lumot

berish;

Tarbiyaviy:o’quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o’qishga da’vat etish, o’z

maqsadiga erishish uchun harakat qilish ruhida tarbiyalash, jamoa bo’lib ishlash,

berilgan vazifani bajarishda mas’uliyatni sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish;

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini

o’stirish, o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini

rivojlantirish.

Darsning jihozi: Dunyoning tabiiy xaritasi, Yevrosiyo materigining tabiiy xaritasi,

darslik, 6-sinf geografiya o’qitish metodikasi, geografiyaga oid albom va rasmlar,

tarqatma materiallar, atlas, yozuvsiz xarita, mavzuga oid slaydlar, proyektor

Dars o’tish metodlari: mustaqil ishlash, amaliy ishlash, interfaol usullar, “Aqliy

hujum”, “juftlikda ishlash”, “guruhlar bilan ishlash”, geografik topishmoqlar.

Texnik vositalar: televizor, videomagnitofon, kompyuter, proyektor

Dars tipi:aralash

Dars turi: noan’anaviy

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

- Salomlashish;

- Navbatchi axborotini tinglash;

- Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida suhbatlashish.

- Guruhni rag’batlantirish uchun archa, yakka rag’batlantirish uchun qo’ziqorin

beriladi.

Guruhlash: o’quvchilar 3 guruhga ajratiladi. Guruhlarda ishlash qoidalariishlab

chiqiladi va doskaga yozib qo’yiladi.

Oltin qoidalar:

1. Faollik.

2. Vaqtga rioya qilish .

3. Fikrni takrorlamaslik.

4. O’zaro hurmat.

5. To’g’ri javob uchun rag’bat.

6. O’ng qo’l qoidasi.

7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”

8. Intizom.

I guruh – Osiyo

II guruh – Yevropa

III guruh - Amerika

- Uyga vazifa va o’tgan mavzuni so’rash:

1 . Biz o’tgan geografiya darsida qaysi mavzuni o’rgangan edik?

2. Issiq iqlim mintaqalarini qo’lingizdagi varaqlarga yozing.(Har bir guruhga klaster

tarqatiladi 1 minut vaqt beriladi. To’g’ri bajargan guruh rag’batlantiriladi. )

Yangi mavzu bayoni:

Darsning rejasi:

1. Ichki suvlarning joylashishi.

2. Daryolarning to’yinish tiplari.

3. Yevrosiyo ko’llari.

4. Ko’p yillik muzloq yerlar.

Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan darsning rejasi asosida slaydlardan foydalangan

holda tushuntiriladi.

Issiq iqlim mintaqalari

Mustahkamlash

Raqamlarni jonlantirish: guruh a’zolariga 5 ta yo’lakcha ajratilgan qog’ozlar tarqatiladi.o’tilgan 5 ta

materik – Afrika, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Yevrosiyo materiklari bo’yicha daryo va

ko’llar nomi beriladi.

Afrika Avstraliya Shimoliy

Amerika

Janubiy

Amerika

Yevrosiyo

Daryo va ko’llar tartib bilan o’qiladi. Guruh a’zolari raqamni kerakli joyga qo’yib

ketadilar.

1. Kongo.

2. Orinoko

3. Darling

4. Marakaybo

5. Missuri

6. Dnepr

7. Eyr

8. Sarez

9. Rukva

10.Vinnipeg

To’g’ri javoblar:

Afrika Avstraliya Shimoliy Janubiy Yevrosiyo

Amerika Amerika

1 3 5 2 6

9 7 10 4 8

Guruh a’zolari raqamlarni kerakli joyga qo’yib bo’lgach, tagidan bir qator qilib 10 ta

raqam yozadilar va “V” yoki “?” tarzida tekshiriladi. To’g’ri bajargan guruh

rag’batlantiriladi.

O’quvchilarni baholash: dars yakunida guruhlar to’plagan ballar sanalib, ballar

hisoblanadi.g’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: mavzu oxiridagi savol, topshiriqlarni bajarish. Atlasdagi “Yevrosiyoning

ichki suvlari”ni yozuvsiz xaritaga tushirish.

49-umumiy o’rta ta’lim maktabi Geografiya fani o’qituvchisi

Aslonova Nasiba Muxammadovnaning

I bosqich “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi ” ko’rik-tanlovida 5 – sinf o’quvchilari

uchun “Okean suvining xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan

DARS SHIORI: “ERTA UCHUN BUGUN QAYG’UR”,

“ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS”

SINF: 5

MAVZU : OKEAN SUVINING XUSUSIYATLARI

Dars maqsadlari:

a) Ta’limiy –o’quvchilarga okean suvining o’ziga xos xususiyatlari, dunyo okeani

boyliklari va ularning ahamiyati to’g’risida bilim berish;

b) Tarbiyaviy- : o’quvchilarni tabiiy boyliklardan, ichimlik suvidan oqilona

foydalanishga undagan holda, ularni tabiatparvarlik, tejamkorlik ruhida

tarbiyalash;

c) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning fanga qiziqishlarini rivojlantirib, ularda

ekologik madaniyatni shakllantirish.

d) Dars turi: noan’anaviy

Dars usuli: klaster, “aqliy hujum”, 4x4, ko’rgazmalilik, zanjir o’yini

Dars jihozi: tabiiy globus, o’quv atlasi, slayd, tarqatma materiallar, test, darslik,

yarimsharlar tabiiy xaritasi

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism:

1. Salomlashish;

2. Navbatchi orqali davomatni aniqlash;

3. Jahonda va yurtimizda bo’layotgan voqea-hodisalar;

4. Ob-havo xabarlari.

5. O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish.

Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi:

I guruh “Olimlar”,

II guruh “Turistlar”

III guruh “OAVxodimlari”

II O’tgan mavzuni so’rash:

1. Dunyo okeani qaysi okeanlardan tashkil topgan?

2. Yevrosiyodagi ichki va chekka dengizlar nomini ayting.

3. Materik sayyozligi deb okeanlarning qaysi qismlariga aytiladi?

4. Qo’ltiq deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.

Har bir to’g’ri javob bergan o’quvchilar guruhlariga rag’bat olib beradilar.

III Yangi mavzu bayoni:

Reja:

1. Suv harorati. Yorug’lik.

2. Suvning sho’rligI

3. To’lqinlar.

4. Dengiz oqimlari

5. Dunyo okeani boyliklari

Okean yuzasidagi suvlarning o’rtacha harorati + 17. Harorat mintaqalar bo’yicha o’zgarib

turadi. Ekvator va uning o’rtasida yil davomida harorat 27-28, tropiklarning g’arbiy qismida 20-25 va

15-20, mo’tadil mintaqalarda suvning harorati janubiy yarimsharda pasayib boradi. Shimoliy

yarimsharda materiklarning g’arbiy qismlari sharqiy qismiga nisbatan iliqroq bo’ladi. Okean suvi - 2

da muzlaydi. Suv sho’rligi qancha yuqori bo’lsa, muzlash harorati shuncha past bo’ladi. Eng past

harorat qutbiy o’lkalarda bo’lib -10, -20. Chuqurga tushgan sari okean suvining harorati pasayib

boradi. 1000 m chuqurlikda esa -2, -3.

Quyosh nuri okean suvini 200 m gacha yoritadi. 500 m dan so’ng okean tubini qorong’ulik

egallaydi. Olimlarning fikricha, okeanning bu qismida o’simlik va hayvonot olami uchramaydi.

Suvning sho’rligi deb, 1 l suvda erigan moddalar miqdoriga aytiladi. Okean suvining

o’rtacha sho’rligi 35 . Chuchuk suvning sho’rligi 1 foizdan kam bo’lishi kerak. Dunyo okeani suvida

erigan moddalarning ko’p qismini osh tuzi tashkil qiladi.

To’lqinlar suv yuzasida,asosan shamol ta’sirida hosil bo’ladi. Zilzila, vulqon, qalqish

kuchlari ta’sirida okean suvlarining to’la qatlami to’lqin bilan qoplanadi.

Suvning katta masofalarga yotiq harakat qilishi okean oqimlari deyiladi. Oqimlarni asosan

shamol hosil qiladi. Oqimlar 2 xil bo’ladi: iliq, sovuq. Xaritada oqimarnii ajratish uchun ular alohida ranglar

bilan beriladi. Sovuq oqimlar ko’k rangda, iliq oqimlar qizil rangda. Dunyodagi eng katta sovuq oqim bu

G’arbiy shamollar oqimi. Iliq oqim esa Golfstrim oqimidir.

Okean suvlarida mikroskop bilan ko’rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko’k

kitlargacha, turli xil organizmlar yashaydi. Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida

o’simlik turi mavjud. Ulardan turli oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun esa qimmatli xomashyo olinadi.

O’quvchilar okean boyliklari har qancha ko’p bo’lsa ham ularni muhofaza qilish kerak.

Chunki, ayrim hayvonlar, masalan kit ko’p ovlanganidan kamayib ketgan. Suvning ifloslanishi dengiz

o’simliklari va hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo’ladi.

IV Mustahkamlash

1. Okeanlarda suv harorati qanday o’zgaradi?

2. Okean va dengizlar suvining sho’rligi nimalarga bog’liq?

3. Dengiz va okeanlardagi to’lqinga nima sabab bo’ladi?

4. Dunyodagi eng sho’r dengiz qaysi?

5. Eng katta oqimni xaritadan ko’rsating.iiii

6. Batiskafdan nima uchun foydalaniladi?

7. Dunyo okeanida qancha jonzot mavjud?

8. Dunyo okeanini ifloslanishdan himoya qilish uchun qanday tadbirlarni taklif qilardingiz?

V Xulosalash

VI Baholash

Guruhlar ballari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanib, Qo’hna va boqiy Buxoroga sayohat

yo’llanmasi bilan taqdirlanadi.

“5” –

“4” –

“3” –

VII Uyga vazifa

Xaritadan Passat, Golfstrim, G’arbiy shamollar, Peru oqimlarini toping. Bularning qaysi

biri sovuq oqim ekanligini daftaringizga yozib keling.

Dars jarayoni quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

1. Chuqur bilimga egaligi va mahoratini namoyish qila olishi –

2. Qo’llagan texnologiya , metodlarni yangiligi ifoda shakllarining ta’sirchanligi va

natijaviyligi –

3. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni baholash va takrorlash –

4. O’quvchilarning o’zaro fikr almashuvini tashkil etishi –

5. Mavzuni ochishdagi usullarning o’ziga xosligi –

6. Dars bosqichlarida turli manbalardan foydalanishi –

7. O’quvchilar faoliyatida motivatsiya va intensivlikni hosil qilishi hamda jarayon

oxirigacha saqlay olishi –

8. Zamonaviy vositalardan samarali foydalanishi –

9. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi –

10. Darsning maqsadga erishganligi, samaradorligi –

11. Vaqtning to’g’ri taqsimlanishi –

12.Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun o’quvchilar tomonidan bajarilgan

test natijalari -

DARS SHIORI:

“ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS”

Sana: 18. 02. 2014-yil

Sinf: 7

MAVZU: O’ZBEKISTONNING ICHKI SUVLARI VA SUV BOYLIKLARI

Dars maqsadlari:

a) Ta’limiy – o’quvchilarga O’zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari

haqida bilim berish;

b) Tarbiyaviy – o’quvchilarni vatanparvarlik, tejamkorlik ruhida tarbiyalash;

c) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning geografik bilimlarini oshirish.

Dars turi: noan’anaviy

Dars usuli: “kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, “issiq bo’g’irsoq”, zanjir,

jadval bilan ishlash”

Dars jihozi: O’zbekistonning tabiiy xaritasi, o’quv atlasi, yozuvsiz xarita, jadval, rasm, test, slayd,

kodaskop, kompyuter, qo’shimcha adabiyotlar

T/R DARS BOSQICHLARI VAQTI

(daqiqa)

1 Tashkiliy qism 2

2 O’tgan mavzuni so’rash 5

‘3 Yangi mavzu bayoni 23

4 Yangi mavzuni mustahkamlash 8

5 O’quvchilarni baholash va

rag’batlantirish

3

6 Xulosalash 2

7 Uyga vazifa 2

45

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism:

- O’quvchilar bilan salomlashish;

- Navbatchi hisobotini tinglash;

- Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida so’rash;

- O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish;

- O`quvchilar 4 ta guruhga bo`linib, guruh nomlari e’lon qilinadi.

I-guruh - “Amudaryo”

II-guruh - “Sirdaryo”

III-guruh - “Zarafshon”

IV-guruh - “Qashqadaryo”

- Otgan mavzuni so’rash:

1.

2. O’zbekiston iqlimi qanday omillar ta’sirida vujudga keladi?

3. Quyosh radiatsiyasi qanday omillarga bog’liq?

4. O’zbekiston hududiga esuvchi mahalliy shamollarga misollar keltiring.

To’g’ri javob bergan guruhlar rag’batlantirilib boriladi.

Yangi mavzu bayoni:

Mavzu: O’zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari

Reja:

1. Yurtimiz daryolari haqida umumiy tushuncha.

Iqlimhosilqiluvhciomillar

2. Suv boyliklari.

Yangi mavzuni bayon etishdan oldin o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.

1. Ichki suvlarga nimalar kiradi?

2. Daryo deb nimaga aytilai?

So’ng guruhlardan bittadan a’zo chiqib, “issiq bo’g’irsoq” o’yini o’ynaladi. Bunda

bir o’quvchiga koptokcha

beriladi. U boshqa guruh

a’zosiga yurtimizdagi bir

daryo nomini aytib uzatadi. U

esa boshqaguruh

a’zosiga koptokni

uzatadi. Kimning qo’lida

koptok uzoq qolib ketsa, u

guruh a’zosi o’yindan chiqadi. O’yin shu zaylda davom etadi. Oxirgi qolgan guruh

a’zosi guruhiga rag’bat keltiradi.

O’zbekistonda ichki suvlar quyidagicha joylashgan:

Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo’yicha notekis

taqsimlangan. Daryolar asosan, tog’lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug’orishga

sarflanib, yerga shimilib, bug’lanib, suvi kamayib qoldi, ayrimlari cho’llarda tugaydi.

Faqat Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga boribquyiladi.

O’zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo’yicha birxil emas. Tekislik

qismida daryolar juda siyrak bo’lib , aksincha tog’ va adirlarda daryolar tarmog’I zich.

Bunga asosiy sabab, tog’larda tekisliklardagiga nisbatan yog’inlar ko’p tushadi,

T/R ICHKI SUVLAR

TURI

SONI

1 Daryo 18 mingga yaqin

2 Ko’l 525 ta

3 Suv ombori 53 ta

4 Muzlik 525 ta

harorat pastligidan mumkin bo’lgan bug’lanish va shimilish kam bo’ladi. Natijada

yog’inning ko’p qismi daryo oqimiga aylanadi.

O’zbekiston tog’ daryolari tor o’zanda tez, shiddat bilan oqadi. Ular asosan, tagini

yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi, kema qatnashiga yaroqsiz, lekin

gidroenergiyaga boy. Tekislikka chiqqach, daryolar daryolar keng vodiyda tarmoqlanib,

ilonizi o’zan hosil qilib, sekin oqadi, ko’proq qirg’oqlarini yemiradi. Bu daryolar kema

qatnovi uchun qulaydir. Yurtimizdagi daryolarning ko’pi Tojikiston va Qirg’izistondagi

doimiy qor hamda muzliklardan boshlandi.

O’zbekiston daryolari to’yinish jihatidan bir xil emas.

t/r To’yinish

manbalari

Daryolar Suvi

ko’payish

davri

Suvi kamayish davri

1 Muzlik va

doimiy qorlar

Amudaryo, Zarafshon,

Isfayramsoy, So’x,

Isfara

Iyun –

avgust

Qish

2 Qor va muz Sirdaryo, Chirchiq,

Surxondaryo,

Qoradaryo, Norin

May-iyun Qish

3 Qor Qashqadaryo,

G’uzordaryo, Sangzor,

Ohangaron, G’ovasoy

Aprel -

may

Yoz

4 Soylar, qor-

yomg’ir va

yerosti

suvlari

Zominsoy,

Sheroboddaryo,

Tursundaryo

Aprel –

may

Yoz

O’zbekiston daryolari tog’li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko’p qismi

muzlamaydi. Faqat nishab kam bo’lgan keng vodiylarigina qisman yoppasiga muzlashi

mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa 1-2 oy muzlaydi, lekin respublikaning

janubiy qismidagi daryolar muzlamaydi.

Guruhlardan guruh nomlarini izohlab berishlari so’raladi. Ular ma’lumotlari o’qituvchi tomonidan to’ldirilib

boriladi. So’ng har bir guruhga “O’zbekiston daryolari” jadvalini to’ldirish buyuriladi.

t/r Daryo nomi Uzunl

igi

(km)

Boshlanish joyi Quyilish joyi To’yinish

manbayi

1 Amudaryo 2540 Pomir tog’idan Orol dengizi Muzlik va

doimiy qorlardan

2 Sirdaryo

3 Zarafshon

4 Ohangaron

5 Surxondaryo

6 Qashqadaryo

Birinchi bo’lib, jadvalni to’g’ri to’ldirib yetkazgan guruh rag’batlantiriladi. O’qituvchi

jadvalni tahlil qilib, guruhlarning to’la ma’lumotga ega bo’lmagan daryolari haqida

o’qituvchi ma’lumot beradi.

O’zbekiston hududida suv boyliklari quyidagicha taqsimlangan:

O’zbekiston hududidan esa yiliga tashqariga 47, 562 km kub miqdoridagi suv oqib

chiqadi

O’zbekiston amalda yiliga o’rtacha 57, 781 km kub atrofida suvdan foydalanadi.

Mavzuni mustahkamlash:

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mavzu doirasida 5 tadan test yozilgan varaqlar

tarqatiladi. Barcha o’quvchilar belgilab bo’lishgandan so’ng test javoblari e’lon qilinadi.

O’quvchilar o’zlarini test javoblarini tekshirib baholaydilar.

1.Ichki suvlarga nimalar kiradi?

a) daryolar

b)ko’llar, yerosti suvlari

c)a, b javoblar to’g’ri

2. Nega tog’ va adirlarda daryolar tarmog’I zich?

a) Chunki tog’larda yog’inlar ko’p, harorat past, bug’lanish va shimilish kam

b) Chunki tekisliklarda yog’inlar ko’p, harorat past, bug’lanish va shimilish kam

c)chunki o’simliklar ko’p

3. Amudaryo daryosining asosan to’yinish manbayini belgilang.

a) Qorlar

b) Yom’irlar, soylar

c) Muzliklar va doimiy qorlar

4.U Sirdaryoning o’ng irmog’I bo’lib, Chotqol va Piskom daryolarining qo’shilishidan

hosil bo’ladi? Gap qaysi daryo haqida ketyapti?

a) Zarafshon

b) Ohangaron

c) Chirchiq

5. O’zbekiston yiliga o’rtacha qancha miqdorda suvdan foydalanadi?

a) 57 ,781 km kub

b) 41,472 km kub

c) 16, 309 km kub

O’qituvchi guruhlarning ballarini jamlab, g’olib guruhni “Ko’hna va boqiy Buxoro”

sayrgohiga yo’llanma bilan taqdirlaydi.

Mavzuni xulosalash

O’qituvchi mavzuni xulosalab, uyga vazifani e’lon qiladi.

Uyga vazifa:

O’zbekistonning eng yirik daryolarini yozuvsiz xaritaga tushirib,nomlarini bilib olish.

Annotatsiya: bu darsda o’quvchilarga yil fasllari geografik qonuniyatlar asosida

tushuntirilib, inson umrining bosqichlari, hamda hayotiy jarayonlar yil fasllariga

monand ekanligi hayotiy miollar orqali yetkaziladi

Sana:

Sinf: 7

DARS SHIORI:

“ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS”

O’qituvchi dars shiorini izohlab, o’quvchilarni mehnat qilishga, bilim olishga

undaydi.

MAVZU: YIL FASLLARI

Dars maqsadlari:

d) Ta’limiy – o’quvchilarga O’zbekistonning yil fasllari, ularning geografik

qonuniyatlari, hamda xususiyatlari haqida bilim berish;

e) Tarbiyaviy – o’quvchilarga kiyinish odobini singdirib, ularni vatanparvarlik

ruhida tarbiyalash;

f) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning O’zbekistonning yil fasllari, ularning

geografik qonuniyatlari haqida bilimlarini va ularning tafakkurini boyitish.

Dars turi: noan’anaviy

Dars usuli: “kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, “issiq bo’g’irsoq”, zanjir,

jadval bilan ishlash” klaster

Dars jihozi: O’zbekistonning xaritasi, o’quv atlasi, yozuvsiz xarita, jadval, rasm, test, slayd, kodaskop,

kompyuter, qo’shimcha adabiyotlar

T/R DARS BOSQICHLARI VAQTI

(daqiqa)

1 Tashkiliy qism 2

2 O’tgan mavzuni so’rash 5

‘3 Yangi mavzu bayoni 23

4 Yangi mavzuni mustahkamlash 8

5 O’quvchilarni baholash va

rag’batlantirish

3

6 Xulosalash 2

7 Uyga vazifa 2

45

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism:

- O’quvchilar bilan salomlashish;

- Navbatchi hisobotini tinglash;

- Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida so’rash;

- O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish;

- O`quvchilar 3 ta guruhga bo`linib, guruh nomlari e’lon qilinadi.

I-guruh - “Farg’ona”

II-guruh - “Buxoro”

III-guruh - “Xorazm”

- O’tgan mavzuni so’rash:

5. Guruhlarga klasterni to’ldirish uchun 1 daqiqa beriladi. G’olib guruh

rag’batlantiriladi.

6. O’zbekiston iqlimi qanday omillar ta’sirida vujudga keladi?

7. Quyosh radiatsiyasi qanday omillarga bog’liq?

8. O’zbekiston hududiga esuvchi mahalliy shamollarga misollar keltiring.

To’g’ri javob bergan guruhlar rag’batlantirilib boriladi.

Yangi mavzu bayoni:

Mavzu: YIL FASLLARI.

Reja:

3. Qish.

4. Bahor.

5. Yoz.

6. Kuz .

Yangi mavzuni bayon etishdan oldin o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.

3. Hozir yurtimizda qaysi fasl hukmronlik qilyapti?

4. Fasllar nomini qaysi tillarda bilasiz?

O’zbekistonda yil fasllari shu kenglikda joylashgan boshqa hududlardan farq qiladi.

Iqlim hosil qiluvhchi omillar

O’quvchilar, yurtimiz bilan bir kenglikda joylashgan davlatlarga misol keltiring.

Taqvim bo’yicha yil fasllari uch oydan to’rt fasl davom etsa-da, respublikamiz

serquyoshdir. Quyosh uzoq vaqt yoritib, isitib turishi natijasida yoz uzoq vaqt davom

etadi va qishi qisqadir.

Qish .

O’zbekitonda qish shu kenglikda joylashgan O’rta dengiz atrofidagi hududlarga

nisbatan sovuq. Qishda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, havo ko’pincha ochiq bo’ladi

va sovuq kunlar ba’zan iliq bulutli va yog’inli kunlar bilan almashinib turadi. Qishda

yillik yog’inning 20-40 foizi tushadi. Qish dekabr oyining ikkinchi yarmidan

boshlanadi. Qishda eng sovuq kunlar “qish chillasi”da sodir bo’ladi. Chunki bu

davrda Arktika va Sibir sovuq havolari ko’proq yetArktika va Sibir sovuq havolari

ko’proq yetib kelib, turib qoladi. Natijada harorat pasayib, Ustyurtda -38 gacha,

Surxondaryoda-20 gacha pasayadi. Tog’larda qish davomli bo’lib, 3-4 oy davom etadi.

Dam olish daqiqasida o’quvchilarga fasllarga oid ingliz tilida qo’shiq suratlar

bilan monitorda ko’rsatiladi. Ular qo’shiqni birgalikda aytishadi. So’ng tahlil

qilishadi.

Bahor .

Taqvim bo’yicha bahor mart, aprel va may oylari hisoblansa-da, aslida aprel oyidan,

o’rtacha sutkalik harorat + 5 dan oshganda boshlandi. Bahorda ob-havo tez-tez

o’zgarib turadi, goh isib, goh soviydi, yog’in ko’p tushadi. Ba’zan yog’in jala

tariqasida yog’ib, tog’ va tog’ etaklarida selni vujudga keltiradi.

Bahorda aprel oyining oxiri, may oylarida harorat ko’tariladi, havo ochilib, yog’in

kamayib, haqiqiy yoz boshlanadi. Bahorda 21-martda kun va tun teng bo’ladi va bu

kun O’zbekistonda “Navro’z” bayrami sifatida nishonlanadi.

Bu faslda yana qanday bayramlarni nishonlaymiz?

Yoz .

O’zbekistonda yoz taqvim bo’yicha iyun, iyul, avgust oylari hisoblansa-da, aslida

o’rtacha sutklalik harorat 20 dan oshganda boshlanib, 20 dan pasayganda tugaydi.

Binobarin yoz uzoq, besh oy davom etadi. Yozda ob-havo juda kam o’zgarib, ochiq,

quruq, jaziramaissiq bo’ladi. Yozning issiq kunlari 25-iyundan 5-avgustgacha davom

etadi, u “yoz chillasi” deb yuritiladi. Yozda hududning tekislik qismida iyulning

o’rtacha harorati + 26, + 32 atrofida o’zgarsa, ba’zan isib ketib, eng issiq harorat +41,

+48ga, Termizda esa 50 gacha ko’tarilgan.

Yoz O’zbekiston tekislik qismining shimolida 110 kungacha, janubida 160 kungacha

davom etadi.tpog’larda yoz nisbatan salqin va qisqa.

Bu yerda guruhlardan bittadan o’quvchi chiqarilib, meva nomlari aytish

buyuriladi. Qaysi guruh vakili g’olib bo’lsa, rag’batlantiriladi.

Kuz .

Sentabr oyi kuz fasli hisoblansa-da, ob-havo ochiq, issiq, nisbatan quruq bo’ladi. Shu

sababli iqlimshunos olimlar kuzni o’rtacha sutkalik harorat 20 C dan pasayganda

boshlanib, 5 C dan pasayganda tamom bo’ladi, deb hisoblaydilar.binobarin, haqiqiy

kuz O’zbekiston sharoitida oktabr oyidan boshlanadi. Chunki oktabrdan boshlanib,

harorat pasayib, ob-havo o’zgara boshlaydi, kunlar qisqarib, salqin tushadi, ba’zan

tunda qirov tushib, yog’ingarchilik boshlanadi. Kuzda o’rtacha yillik yog’inning 15-25

foizi tushadi. Tog’larda kuz barvaqt boshlanib, sovuq kunlar erta tushib, yomg’ir qorga

aylanadi. O’zbekiston kuzning birinchi yarmi eng yaxshi fasl hisoblanadi. Chunki bu

davrda kunlar issiq va quruq bo’lib, poliz ekinlari va mevalar aynan pishgan bo’ladi.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

T/r Fasl nomi To’g’ri

javobni

belgilang.

Var

iant

Xususiyati

1 Qish D A Bu fasl o’rtacha sutkalik

harorat + 5 C dan

oshganda boshlanadi. Ob-

havo tez-tez o’zgarib

turadi, goh isib, goh

soviydi, yog’in ko’p

tushadi.

2 Bahor A B Bu faslda ob-havo o’zgara

boshlaydi, kunlar qisqarib,

salqin tushadi, ba’zan

tunda qirov tushib,

yog’ingarchilik

boshlanadi.

3 Yoz E D Bu faslda ob-havo tez-tez

o’zgarib turadi, havo ochiq

bo’ladi, sovuq kunlar

ba’zan iliq bulutli va

yog’inli kunlar bilan

almashinib turadi.

4 Kuz B E Bu fasl o’rtacha sutkalik

harorat 20C dan oshganda

boshlanib, 20 C dan

pasayganda tugaydi. Uzoq,

5 oy davom etadi .

O’quvchilarning har biriga bu jadval tarqatiladi, ular uni to’ldirib bo’lgach, monitorda

to’g’ri javov chiqadi. Har bir o’quvchi javobga qarab o’zini baholaydi.

O’q’uvchilarni baholash va rag’batlantirish

O’quvchilar baholanib,

“5” –

“4” –

“3”-

g’olib guruh Samarqand shahriga sayyohat qilish yo’llanmasini kiritadi.

Uyga vazifa

Iqlim xaritasidan foydalanib, O’zbekiston va Qozog’iston Respublikalari iqlimini

taqqoslab, yozib kelish.

MUNDARIJA

Ismi familiyasi: Aslonova Nasiba Muxammadovna

Tug’ilgan yili: 1986-yil 18-yanvar

Fan nomi: Geografiya

Pedagogik staji: 10 yil

Ushbu ta’lim muassasasidagi staji: 4 yil

Malaka toifasi: ikkinchi

Ma’lumoti: oliy (magistr)

Malaka oshirgan yili: 2014

Uy manzili : Buxoro tumani Gala Osiyo shahri F. Xo’jayev ko’chasi 33-uy

top related