bitiruv malakaviy ishi - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 o`zbekiston respublikasi...

50
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI Geografiya kafedrasi 4-bosqich talabasi HAYITOVA JUMAGUL MAMMATJUMA QIZINING 5440600-Geografiya ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavar darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZU: RESPUBLIKANING KO’P YILIK IQLIM KO’RSATKICHLARI KARTALARINI GIS DASTURI ASOSIDA TUZISH MASALALARI Ilmiy rahbar: g.f.n. M.Matchanov Urganch 2014 - yil

Upload: others

Post on 17-Sep-2019

106 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

1

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI

Geografiya kafedrasi 4-bosqich talabasi

HAYITOVA JUMAGUL MAMMATJUMA QIZINING

5440600-Geografiya ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavar darajasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

MAVZU: RESPUBLIKANING KO’P YILIK IQLIM KO’RSATKICHLARI KARTALARINI GIS DASTURI ASOSIDA

TUZISH MASALALARI

Ilmiy rahbar: g.f.n. M.Matchanov

Urganch 2014 - yil

Page 2: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

2

Mavzu: Respublikaning ko’p yilik iqlim ko’rsatkichlari kartalarini

GIS dasturi asosida tuzish masalalari

REJA:

KIRISH…………………………………………………………………………… I-bob. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQLIM XUSUSIYATLARI 1.1-§ Respublikamiz iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning o’ziga xos hususiyatlari ……………………………………………………………….………. 1.2-§ Quyosh radiatsiyasi va shamollar yo’nalishlari ………...………………… II-bob. GIS VA UNDAN IQLIM PARAMETRLARINI KO’RSATISHDA FOYDALANISH MASALALARI………………………………..…………… 2.1-§ GISning geografik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati ……………………… 2.2-§ Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash masalalari ………………. III-bob. RESPUBLIKANING KO’P YILLIK IQLIM KO’SATKICHLARI KARTALARINI GIS DASTURI ASOSIDA TUZISH……………………….. 3.1 -§ Ko’p yillik iqlim ko’satkichlarini internet orqali olish masalalari………........ 3.2 -§ Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida kartalashtirish............................................................................................................ XULOSA……………………………………………………………………… ADABIYOTLAR……………………………………………………………...

Page 3: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

3

KIRISH

Dunyo mamlakatlarini tahlikaga sоlayotgan iqlimning glоbal o’zgarishi

bugungi kunda ko’plab davlatlarning ilmiy tadqiqоt markazlaridagi dоlzarb

muammоlardan biridir. Shu sababli ham mazkur masala yuzasidan ko’plab ilmiy

va ilmiy оmmabоp nashrlar, turli ko’satuvlar va filmlar tayyorlanib, dunyo

ahоlisining iqlim o’zgariishini оldini оlishda faоl va mas’uliyatli yondashuvini

shakllantirish ishlari оlib bоrilmоqda. Chunki, iqlimning glоbal o’zgarishi оkеan

bo’yi mamlakatlarida suv bоsish хavfini, quruqlik ichkarisidagi mamlakatlarda esa

chuchuk suv zaхiralarining kamayishi, iqlim mintaqalarining o’zgarish va tabiiy

gеоtizimlardagi nоmutanоstbliklar va х.k.larni yuzaga kеltirishi kutilmоqda.

Bundan tashqari Yer shari iqlimidagi o’zgarishlarning gеоgrafik va ekоlоgik

оqibatlari bo’yicha Rеspublikamizda BMT iqlim o’zgarishi bo’yicha ramkaviy

kоnvеsiyasi maхsus jurnal nashr qilmоqda. Bunda, asоsan, mintaqamizdagi iqlim

o’zgarishining bashоrat qilingan tsеnariylari, tabiat mintaqalarining o’zgarishi,

hayvоnоt hamda o’simlik оlamining o’zgarishi to’g’risida ma’lumоtlar kеltiriladi.

Dunyoning qudratli davlatlarini, jumladan, AQSH dagi tarnadоlar оrqali

yuzaga kеlayotgan talоfatlar iqlim o’zgarishlari оldida insоniyatning kuchsizligini

yana bir bоr isbоt qildi. Shu sababli ham iqlim ko’rsatkichlarining davriy va

nazariy хususiyatlarini ko’rib chiqish hamda ularni tadqiq qilish mavzuning

dоlzarbligini bеlgilaydi. Ushbu mavzuda Rеspublikamizning iqlim ko’rsatkichlari

va ularning kartalarni zamоnaviy gеоgrafik aхbоrоt tizimlari оrqali tasvirlash

masalalarini yoritish kеltirilganligi uning dоlzarbligini yana bir bоr isbоt qiladi.

Ishning maqsadi O’zbekiston Rеspublikasida ko’p yilik iqlim ko’rsatkichlari

kartalarini GIS dasturi asosida tuzish. Maqsadni doirasida quyidagi vazifalar

belgilangan:

- Respublikamiz iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning o’ziga

xos hususiyatlari, umumnazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilish.

- Quyosh radiatsiyasi va shamollar yo’nalishlariga oid nazariy ma’lumotlarni

respublikamiz misolida ko’rib chiqish.

Page 4: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

4

- Geografik axborot tizimlarining gegrafik tadqiqotlarda qo’llanishi va

ahamiyatini yoritish.

- Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash masalalarini o’rganish.

- Ko’p yillik iqlim ko’satkichlarini internet orqali olish masalalarini

ko’rsatish.

- Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida

kartalashtirish.

Iqlim ko’rsatkichlari bo’yicha tеzkоr ma’lumоtlarni tahlil qilish tartibi va

yo’nalishi mavzuning asоsiy nеgizini tashkil qilib, iqlimning ko’p yillik o’rtacha,

minimum va maksimum ko’rsatkichlari va yog’ingarchilikni tasvirlashga harakat

qilindi.

Page 5: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

5

I-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI IQLIM XUSUSIYATLARI

1.1-§ Respublikamiz iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning

o’ziga xos hususiyatlari

O’zbеkistоn оkеan va dеngizlardan uzоqda, Yevrоsiyo matеrigining ichki

qismida jоylashganligi tufayli kоntinеntal iqlimga ega bo’lib, оsmоni nihоyatda

оchiq, sеrоftоb, uzоq davоm etadigan. Jazirama issiq va quruq yoz bilan, shu

gеоgrafik kеnglik uchun birmuncha sоvuq qish bilan tavsiflanadi. O’zbеkistоnda

iqlimning barcha unsurlarining yillik o’zgarishi оrasida katta tafоvutlar mavjud

bo’lib, ular eng avvalо iqlim hоsil qiluvchi оmillarning хususiyatlariga bоg’liq.

O’zbеkistоn iqlimi uning gеоgrafik o’rni va u bilan bоg’liq hоlda quyosh

radiatsiyasi, atmоsfеra tsirkulyatsiyasi, rеl’еfi, yеr yuzasining hоlati, iqlimga

kishilar хo’jalik faоliyatining (antrоpоgеn) ta’siri natijasida tashkil tоpadi.

O’zbеkistоn iqlimini hоsil qiluvchi оmillar ichida eng muhimlaridan biri-

uning gеоgrafik o’rni va u bilan bоg’liq quyosh radiatsiyasidir. Quyosh radiatsiyasi

barcha tabiiy jarayonlarning enеrgеtik nеgizi (bazasi) hisоblanadi. Quyosh

radiatsiyasi esa o’z navbatida jоyning gеоgrafik kеngligiga, havоning оchiqligiga

va Quyoshning nur sоchib turadigan davriga uzviy bоg’liqdir.

Respublikamizda yo’ingarchilikning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil

qilishdan oldin atmosfera yog’inlarining nazariy jihatlarini va ularning dunyo

miqyosidagi holatini qarab chiqamiz. Atmosferadan yer sirtiga yog’ib tushgan suv

tomchilari va muz kristallari yog’inlar deb ataladi (Petrov, 2007). Yog’inlar yerda

nam aylanishining bo’g’inlaridan biridir. Yog’inlar hosil bo’lishining fizikaviy

jarayonlarini ko’rib chiqaylik. Bulut rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida

endi paydo bo’lgan bulut elementlarining yiriklashishida suv bug’ining

kondensatsiya jarayoni asosiy rol o’ynaydi [1]. Kondensatsiya bulut tomchilari

yuzasiga nisbatan bug’ning kichik o’ta to’yinishi hisobidan amalga oshadi. Bulut

tomchilarining o’lchamlari har xil bo’lganligi uchun ularga nisbatan to’yingan suv

bug’ining bosimi ham turlicha bo’ladi. Suv bug’ining mayda tomchilarini yirik

tomchilarga aylantiruvchi o’ta kondensatsiya jarayoni boshlanadi. Bulutda o’ta

sovuq holatdagi tomchilar bilan birgalikda muz bo’lakchalari paydo bo’ladi va

Page 6: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

6

bulut elementlari ya’na ham tez o’sa boshlaydi. O’ta sovuq holatdagi suv

tomchilari ustidagi to’yingan bug’ning bosimi muz ustidagidan katta bo’lganligi

sababli, o’ta sovuq holatdagi tomchilardan muz kristallarga suv bug’ining o’tishi

kuzatiladi.

Ikkinchi bosqichda, tomchi va muz kristallarining kattaligi 20-60 mm gacha

yetganida, bulut elementlarining qo’shilishi (koagulyatsiya) jarayoni asosiy rol

o’ynay boshlaydi. Bulut elementlarining koagulyatsiyasi, asosan, ularning turli

tushish tezligi (gravitatsion koagulyatsiya)ga bog’liq. Bulut elementlarining

turbulent va Broun harakatiga bog’liq bo’lgan koagulyatsiya ham ma'lum rol

o’ynaydi. Koagulyatsiya tufayli tomchi va kristallarning kattaligi o’nlab

mikrometrlardan bir necha millimetrlargacha o’sishi mumkin.

Yog’inlar hosil bo’lishi nazariyasidan ma'lumki, koagulyatsiya hisobiga

tomchilarning kattalashish tezligi ularning radiusi kvadratiga proporsional,

kondensatsiya orqali kattalashish tezligi esa radiusga teskari proporsional. Demak,

tomchilarning radiusi kattalashgan sari koagulyatsiyaning ahamiyati orta boradi.

Bulut elementlari kattalashishi va yog’inlar hosil bo’lishi uchun vertikal

harakatlar katta ahamiyat kasb etadi. Ko’tariluvchan harakatlarda havo harorati

adiabatik qonun bo’yicha o’zgaradi, bu esa suv bug’ining o’ta to’yinishiga olib

kelib, koagulyatsiya asosiy rol o’ynay boshlaydigan tomchilarning kattaligigacha

kondensatsion o’sishni ta'minlaydi. Ko’tariluvchan oqim bilan katta balandlikka

ko’tarilgan tomchilar pastga tushganda bulutda katta masofani bosib o’tadi va

koagulyatsiya hisobiga yirik kattaliklargacha o’sib boradi.

Yog’inlarning miqdori gorizontal yuzaga yog’in paytida tushgan suv hosil

qilgan qatlamning (suvning tuproqqa shimilishi, bug’lanishi, shuningdek, suv

oqimi nazarga olinmaganda) milli-metrlarda o’lchangan balandligidir. Ba'zi

mamlakatlarda (jumladan, AQSH) yog’inlar miqdori dyuymda (1 dyuym=2,52

mm) o’lchanadi. Yoqqan yog’inlarni 1 mm.i 1 m2 yuzaga tushgan 1 kg suv

miqdoriga mos keladi. Yog’inlar bulutlardan yoqqan yog’inlar va yer ustidagi

gidrometeorlarga ajratiladi [11].

Page 7: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

7

Bulutlardan yoqqan yog’inlar elementlarning tuzilishi va kattaligi

(morfologik tasnifi)ga hamda hosil bo’lishining fizikaviy sharoiti (genetik

tasnifi)ga qarab tasniflanadi. Bundan tashqari yog’inlar agregat holati (suyuq va

qattiq yog’inlar)ga qarab ham ajratiladi. Yog’inlarning shakliga qarab quyidagi

yog’in turlari ajratiladi. Yomg’ir diametri 0,5-8 mm ga teng tomchilardan iborat

bo’lgan suyuq yog’inlar. Kattaroq bo’lgan tomchilar pastga tushayotganda

parchalanadi. Jala yomg’irlarda, ayniqsa, yomg’ir boshlanishida, tomchilarning

diametri burkamadagilardan kattaroq bo’ladi. Manfiy haroratlarda ba'zan o’ta

sovuq holatdagi tomchilar yog’ishi mumkin. Yerga tushganda ular muzlab qoladi

va muz qatlamni hosil qiladi. Yomg’ir tomchilarining tushish tezligi 8-10 m/s

yetadi. Yomg’irlar yomg’irli qatlamli (Ns) va yomg’irli to’p-to’p (Cb), ba'zi baland

qatlamdor (As) bulutlardan yog’ishi mumkin.

Shivalama diametri 0,05-0,5 mm ga teng, pastga tushish tezligi juda kichik

bo’lgan tomchilardan iborat bo’lgan suyuq yog’inlar. Ular shamol bilan gorizontal

yo’nalishda osongina ko’chiriladi. Shivalama qatlamli (Si) va to’p-to’p qatlamli

(Sc) bulutlardan, shuningdek, tuman tarqalganida yog’ishi mumkin. Shivalamaning

intensivligi 0,25 mm/soat dan oshmaydi, tinch havoda tomchilarning tushish tezligi

0,3 m/s dan kichik bo’ladi.

Qor murakkab muz kristallardan iborat bo’lgan qattiq yog’inlar. Muz

kristallarning shakllari turli bo’ladi va hosil bo’lishi sharoitiga bog’liq. Muz

kristallarning asosiy shakli-olti nurli yulduzchalardir.Yulduzchalar oltiburchakli

yassi sirtlardan hosil bo’ladi, chunki shu yassi sirtlarning burchaklarida suv

bug’ining sublimatsiyasi eng tez kuzatiladi. Bu nurlarda, o’z navbatida,

tarmoqlanishlar hosil bo’ladi. Qor yulduzchalarining diametrlari turlicha bo’ladi

(bir necha mm atrofida). Pastga tushganda qor yulduzchalari bir-biriga qo’shilib

katta pag’a-pag’a ko’rinishda yog’adi (laylak qor). Noldan yuqori va nolga yaqin

bo’lgan haroratlarda ho'1 qor yog’adi.

Laylak qorning radiusi 0,5 mm dan 5 sm gacha o’zgarishi mumkin, radiusi

15-20 sm ga yetgan qor yulduzlari ham kuzatilgan.

Page 8: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

8

Ho’I qor-qor yulduzchalari, tomchilar yoki eriyotgan yulduzchalar

ko’rinishida yog’ayotgan yog’inlar. Yer sirti yaqinida havo harorati 0°C yaqin yoki

sal balandroq bo’lgandagina hosil bo’ladi.

Bulduruq – o’ta sovuq suv tomchilarining muzlashi va qorning donalashgan

shaklga kelishi natijasida hosil bo’lgan, radiusi 7,5 mm gacha yetadigan muzlagan

yoki dumaloq shakldagi qordan iborat bo’lgan yog’inlar. Bulduruqlarning muzli va

qorli qismlari orasidagi o’zaro nisbatiga bog’liq holda ularni qorli donalar, qorli va

muzli bulduruqlarga bo’lishadi [10, 12].

Muzli ignachalar oltiburchakli prizma va tarmoqlanishlarsiz yassi sirtlar

ko’rinishida bo’ladigan muz kristallardan iborat yog’inlar. Ular qishda past

haroratlarda quyi yoki o’rta qavatdagi bulutlardan yog’adi. Yuqori qavatdagi

bulutlar huddi shunday muzli ignachalardan iborat bo’ladi. Muzli yomg’ir diametri

1-3 mm ga teng bo’ladigan tiniq muzli sharchalardan (havoda muzlagan yomg’ir

tomchilari) iborat bo’lgan yog’inlar. Yog’inlarning bu turi kamdan-kam uchraydi.

Do’l diametri bir necha millimetrdan 6 sm va undan ortiq bo’ladigan shar

shaklidagi muz bo’lakchalaridan iborat bo’ladigan qattiq yog’inlar. Ayrim hollarda

do’lning vazni 300 g ortiq bo’lishi mumkin. Do’l oq jilosiz yadro va uning ustida

ketma-ket joylashgan tiniq va jilosiz muz qatlamlaridan iborat bo’ladi.Do’lning

o’lchami va ko’rinishi uning «hayoti» davomida bir necha marotaba vertikal havo

oqimlari bilan pastga va yuqoriga ko’chganligini isbotlaydi. Vertikal

ko’tarilishlarda o’ta sovigan holatdagi tomchilar bilan to’qnashishi natijasida

do’lning o’lchami ortadi. Pastga tushib, musbat haroratli qatlamlarda uning sirti

eriydi, yuqoriga ko’tarilganda yana muzlaydi va h.k. Do’l hosil bo’lishi uchun

bulutlarning namligi ancha katta bo’lishi kerak, shu sababli do'l faqat yilning iliq

faslida yer sirti yaqinida baland haroratlar kuzatilganda yog’adi. Do’l o’rta

kengliklarda tez-tez, tropiklarda katta intensivlik bilan yog’adi. Qutbiy

kengliklarda domiy kuzatilmaydi (Shubayev, 1975).

Hosil bo’lishining fizikaviy sharoitlariga (genetik alomati bo’yicha) ko’ra

yog’inlar uchta guruhga bo’linadi:

Page 9: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

9

-burkama yog’inlar yomg’ir va qor, ba'zida ho'1 qor ko’rinishda yomg’irli

qatlamli va baland qatlamli (Ns-As) bulutlardan o’rtacha intensivlik bilan keng

maydonlarda uzoq muddat yog’adigan yog’inlar;

-jala yog’inlari do'l, bulduruq, qor va yomg’ir ko’rinishda yomg’irli to’p-

to’p (Cb) bulutlardan yog’adigan yog’inlar. Bu yog’inlar birdaniga yog’a

boshlaydigan, qisqa muddatli, intensivligi keskin o’zgaradigan xarakterga ega. Jala

yog’ishi tez-tez momaqaldiroq va qasirg’a bilan birga kuzatiladi;

-shivalama yog’inlar turg’un stratifikatsiyalangan havo massalarida hosil

bo’ladigan zich qatlamli (St) va to’p-to’p qatlamli (Sc) bulutlardan yog’adigan

yog’inlar.

Yog’inlaming intensivligi va davomiyligi muhim xarakteristika hisoblanadi.

Yog’inlar intensivligi deb, birlik vaqt davomida yog’gan yog’inlar miqdori

tushuniladi (mm/min, mm/soat, sutkalik maksimumi). Jala yog’inlari eng jadal

yog’inlardir, ualrning o’rtacha intensivligi 0,03-0,05 mm/min teng bo’lishi

mumkin. Shivalama yog’inlar eng kichik intensivlikka ega.

Shudring hosil bo’lishiga asosiy sabab, tungi nurlanish ta'sirida yer sirti

haroratining pasayishidir [10, 9]. Yer sirtining harorati shudring nuqtasi

haroratidan past bo’lgandagina kondensatsiya boshlanadi. Shudring paydo zaruriy

sharti ochiq va tinch (shamolsiz) ob-havodir. Bunday sharoitda Yer sirtining

nurlanishi nihoyatda kuchli bo’ladi.Buyumlarning gorizontal sirtlarida, o’tlarda,

yer sirtida kondensatsiya jarayoni natijasida hosil bo’lgan mayda suv tomchilari

shudring deb ataladi. O’simliklarning nam bo’lmaydigan sirtlarida (masalan,

marvaridgulda) shudring tomchilari bir-biriga qo’shilib yirik tomchilarni tashkil

qiladi.Shudring paydo bo’lishi natijasida bir yilda 10-30 mm, O’rta Osiyo

sahrolarida 30-40 mm gacha yog’inlar tushishi mumkin.

Suyuq qoplama bu bulutli va shamolli ob-havoda sovuq, ko’pincha, vertikal

(tik) sirtlarda paydo bo’ladigan suvning yupqa qatlamidir. Suyuq yupqa

qatlamning paydo bo’lish sababi tungi nurlanishi emas, balki sovuq ob-havodan

keyin nisbatan iliq va nam havoning adveksiyasidir.Iliq va nam havo nisbatan

sovuq sirtlar (devor, daraxtlarning tanasi) bilan uchrashganda u soviydi va uning

Page 10: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

10

tarkibidagi suv ushbu sirtlarda qisman kondensatsiyalanadi.Tabiiyki, bu jarayon

shamolga ro’para bo’lgan sirtlarda yuzaga keladi va sirt mayda suv tomchilari

bilan qoplanadi («terlaydi»).

Qirov, qattiq qoplama, bulduruq va yaxmalak qattiq gidrometeorlarga

kiradi.O’tlarda, tuproqda va buyumlarning gorizontal sirtlarida uzunligi bir necha

millimetrlarga yetadigan turli shakldagi muz kristallari qirov deb ataladi.

Qirovning hosil bo’lish sharoitlari shudring hosil bo’lishi bilan bir xil, faqat yer

sirti harorati manfiy bo’lishi kerak. Sovuq sirtga bevosita tegib turgan havodagi

suv bug’i sublimatsiya jarayoniga uchraydi. Qor qoplamida ham qirov hosil

bo’ladi.

Qattiq qoplama shamolga ro’para bo’lgan vertikal sirtlarda xuddi suyuq

qoplama hosil bo’ladigan sharoitlarda yuzaga keladi. Demak, qattiq qoplamning

hosil bo’lishi ham nisbatan iliq va nam havoning adveksiyasi bilan bog’liq, faqat

bu jarayon davomida vertikal sirtlarning harorati manfiy bo’lishi kerak.Qattiq

qoplama, odatda, sirtda zich joylashgan mayda kristallar shaklida bo’ladi. Ba'zida

u yupqa, tekis va tiniq muz qatlami ko’rinishida hosil bo’lishi mumkin.

Daraxtlarning shohlarida, simlarda, sim to’rlarda va boshqa ingichka buyumlarda

hosil bo’ladigan oq yumshoq kristallar bulduruq deb ataladi. Bulduruq, odatda,

tumanlarda qattiq ayozlarda yuzaga keladi. O’ta sovuq tuman tomchilari buyumlar

bilan uchrashib muzlaydi va kristallar o’sishiga turtki beradi. Bulduruq

buyumlarning shamolga ro’para bo’lgan tomonida paydo bo’ladi. Yetarlicha kuchli

shamol bulduruqni osongina uchirib ketishi mumkin.O’ta kuchli sovuq yomg’ir

tomchilari, shivalama yoki kuchli tuman tomchilarini muzlatishi natijasida yer

sirtida va buyumlarda zich muz qatlamining paydo bo’lishi yaxmalak deb ataladi.

Yaxmalak bevosita sublimatsiya jarayonining natijasi emas, balki uning hosil

bo’lishi uchun atmosferadan o’ta sovuq holatdagi tomchilar yog’ishi

kerak.Yaxmalak manfiy haroratlarda (0° dan 15° gacha) hosil bo’ladi. O’ta sovuq

holatdagi tomchilar yer sirtiga tushib muzlab qoladi.Tiniq va xira (jilosiz)

yaxmalaklar ajratiladi. Xira (jilosiz) yaxmalak maydaroq tomchilarda (shivalama)

Page 11: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

11

va pastroq haroratlarda paydo bo’ladi. Muzning qalinligi bir necha santimetrgacha

yetishi va shohlarning sinishiga, simlarning uzilishiga olib kelishi mumkin.

Yuqorida ko’rib chiqilgan yog’in turlari Respublikamizning turli qismlarida

xar-xil darajada tushadi va turlicha namoyon bo’ladi. Buni quyidagi holatlarda

ko’rib chiqamiz.

O’zbеkistоn havоsining namligi va bulutligi eng avvalо havо massalarining

хususiyati hamda almashinib turishiga, havоning harоratiga, yеr usti hоlatiga va

yog’in bilan bug’lanishning nisbatiga bоg’liq [2,4]. O’zbеkistоn tеkislik kismida

harоratning, ayniqsa yilning issiq qismida yuqоriligi tufayli mumkin bo’lgan

bug’lanish yog’in miqdоriga nisbatan 15-20 marta ko’p. Rеspublikada mumkin

bo’dgan bug’lanishning yillik miqdоri 900 mm (Оrоl atrоfida)dan 2000-2500 mm

(Qizilqum va Tеrmizda)gacha yеtadi va оylar bo’yicha bir хil taqsimlangan emas.

Iillik bug’lanishni 100% dеsak, o’shaning 80-85 fоizi yilning issiq (may-oktabr)

davriga to’g’ri kеladi. Hattо iyul оyidagi bug’lanish miqdоri yanvar оyidagiga

nisbatan 8-10 marta ko’p [7, 25].

Qurg’оqchil bo’lgan O’zbеkistоn tеkislik qismida havо namligi muhim

iqlim unsurlaridan biri hisоblanadi. Havоning namligi, хususan havоdagi suv

miqdоrini bildiruvchi mutlaq namlik jumhuriyat hududi bo’yicha bir хil

taqsimlangan emas. Mutlaq namlik miqdоri havо harоratiga, yеr yuzasi hоlatiga

bоg’liq hоlda shimоldan janubga qarab o’zgarib bоradi. Qishda, хususan yanvarda

O’zbеkistоn tеkislik qismining shimоlida o’rtacha 3-4 mb bo’lsa, janubida 5-6 mb

ga еtadi. Lеkin tоg’li qismida harоratning lastligi tufayli mutlaq namlik miqdоri 1-

2 mb dan kam. Yozda o’rtacha mutlaq namlik miqdоri qishga nisbatan ko’p bo’lib,

Оrоl dеngizi bo’yida, Quyi Amudaryoda 19-25 mb ga еtsa, Qizilqumda 9-10 mb ni

tashkil etadi. Dеmak, yozda mutlaq namlikning taqsimlanishi harоratdan tashqari

yana sug’оriladigan yеrlarga, suv havzalarining (daryo, kanal, suv оmbоri, ko’llar)

mavjudligiga ham bоg’liq.

O’zbеkistоn hududida havоning nisbiy namligi yil bo’yi o’zgarib, yozda

kamayib, qishda esa harоratning pastligi, yog’ingarchidikning оrtishi tufayli

ko’payadi. Rеspublikada qishda (yanvarda) havоning nisbiy namligi tеkislik

Page 12: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

12

qksmida shimоldan janubga qarab 70-80% atrоfida o’zgarsa, tоg’larda

balandlashgan sari kamayib 55-59% va undan pastga tushishi mumkin, Tоshkеntda

79%, Tеrmizda 79% ni tashkil etsa, mutlaq balandligi 1438 m bo’lgan. Chimyonda

59% ga, mutlaq balandligi 1545 m. bo’lgan Shоhimardоnda 55% ga tushib qоladi.

O’zbеkistоnda yozda (iyulda) harоratning yuqоriligi va dеyarli yog’in

tushmasligi tufayli havоning o’rtacha nisbiy namligi Qizilqumda, Qarshi va

Shеrоbоd cho’llarida eng kam bo’lib, 30-35%ni tashkil etadi. Qоlgan qismlarida

esa o’rtana nisbiy namlik 40-50% atrоfida (Tоshkеntda-40%, Andijоnda-46%,

Chimyonda-48%) o’zgaradi. O’zbеkistоn qishlоq хo’jaligida qurg’оqchil kunlar

(nisbiy namligi 30% kam bo’lgan kunlar «qurg’оqchil kunlar» dеb yuritiladi)

miqdоrini bilish amaliy ahamiyatga ega. Bunday kunlar Rеspublika tеkislik

qismida 155-202 kun atrоfida o’zgaradi, To’rtko’lda-155 kun, Kоgоnda-202 kun.

O’zbеkistоn iqlimining yana bir o’ziga хоs tоmоni shundaki u оkеanlardan

uzоqda, Yevrоsiyo matеrigi ichkarisida jоylashganligi оqibatida bulutli kunlari

kam bo’lib, yilning ko’p davrida havоning оchiq bo’lishligidir. O’zbеkistоn

hududida оchiq kunlar ko’p bo’lib, yiliga 143-168 kunni tashkil etadi, aksincha

bulutli kunlar esa 52-94 kun, хоlоs. Mirzacho’lda bir yilda 143 kun оchiq, 83 kun

bulutli, Samarqandda 155 kun оchiq, 77 kun bulutli, Kоgоnda 168 kun оchiq, 54

kun bulutli bo’ladi. Rеspublikaning ham tеkislik, ham tоg’li qismida eng ko’p

оchiq va eng kam bulutli kunlar avgust-sentabr оylariga to’g’ri kеladi. Bu davrda

tеkislik qismida оchiq kunlar 19-27, bulutli kunlar esa 0-4 kunni tashkil etadi;

tоg’larda esa оchiq kunlar 12-15 kundir. Iil bo’yi bulutli kunlarning eng ko’pi

yanvar-mart оylariga to’g’ri kеladi. Bu davrda O’zbеkistоn tеkislik qismida 26-40

bulutli kunlar bo’ladi. Хivada 26 kun, Kоgоnda 29 kun, Farg’оnada 39 kun,

Kitоbda 40 kun bulutli bo’ladi (Baratov, 1996).

O’zbеkistоnda yorug’lik va issiqlik еtarli bo’lsa, aksincha, yog’in miqdоri

juda kam hamda hudud bo’yicha nihоyatda nоtеkis taqsimlangan (1.1.1-rasm).

Bunga Rеspublikaning matеrik ichki qismida jоylashib, оkеanlardan uzоqligi, havо

massalarining хususiyatlari va rеlеfi sababchidir. Turkistоn, jumladan O’zbеkistоn

qishda shimоlisharqdan esuvchi quruq, sоvuq havо massasi – Sibir antitsiklоni

Page 13: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

13

ta’sirida bo’ladi. Yozda esadigan g’arbiy, shimоlig’arbiy havо massalari Turоn

tеkisligining nihоyatda qizib, «tеrmik dеprеssiya» vujudga kеlganligidan isib,

nisbiy namligi kamayib, kоndеnsatsiyalanish jarayoni qiyinlashib, yog’in

bеrmaydi. Natijada, O’zbеkistоn tеkislik qismiga, хususan shimоlig’arbiga yog’in

juda kam tushadi. Rеspublikada eng kam yog’in tushadigan jоylar Quyi

Amudaryo, Qizilqumning g’arbi va Farg’оna vоdiysining g’arbiy qismi hisоblanib,

yiliga o’rtacha 80-100 mm yog’in tushadi. Bu ko’rsatkich Хivada-79 mm,

Nukusda-82 mm, Qo’qоnda-89 mm, Tоmdida-108 mm. O’zbеkistоnning qоlgan

tеkislik qismida esa yillik yog’in miqdоri 100-300 mm atrоfida.

O’zbеkistоnning tоg’ оldi va tоg’lari tоmоn yillik yog’in miqdоri оrtib

bоradi. Chunki yuqоriga ko’tarilgan sari harоratning pasayishi оqibatida

kоndеnsatsiyalanish jarayoni sоdir bo’lib, yog’in vujudga kеladi. Buning ustiga

yog’inlarni asоsan g’arbiy havо massalari оlib kеlganligi tufayli jumhuriyat

tоg’larining g’arbiy, janubig’arbiy yonbag’irlariga yog’in shimоliy va sharqiy

yonbag’irlariga nisbatan ko’p tushadi.

O’zbеkistоn tоg’ оldi qismlariga yiliga o’rtacha 300-550 mm (Dеnоvda-360

mm, Qamashida-327 mm, Samarqandda-328 mm, Tоshkеntda-359 mm, Jizzaхda-

425 mm, Kitоbda-545 mm) gacha yog’in tushadi. Rеspublikada eng ko’p yog’in

uning tоg’li qismiga, хususan G’arbiy Tyanshan, Zarafshоn va Hisоr tоg’larining

g’arbiy va janubig’arbiy yonbag’irlariga to’g’ri kеlib, o’rtacha yillik miqdоri 550-

900 mm, ayrim jоylariga esa 900 mm dan ham оrtiq yog’in tushadi. Bu miqdor

Hazrati Bashirda-550 mm, Sharg’unda-625 mm, Chimyonda-787 mm, Хumsоnda-

879 mm, Оmоnqo’tоnda-881 mm.

O’zbеkistоn hududida yog’inning nоtеkis taqsimlanishidan tashqari u yil

fasllarida ham bir хil tushmaydi. Umumiy yog’in miqdоrining 30-50% i bahоrga,

25-40% i qishga, 10-12% i kuzga) 1% i yozga to’g’ri kеladi. Ko’rinib turibdiki,

Rеspublikada eng ko’p yog’in miqdоri bahоr va qish оylariga to’g’ri kеladi. Bunga

asоsiy sabab qish va bahоrga O’zbеkistоn hududida sоvuq havо massalari bilan

iliq trоpik havо massalarini ajratib turuvchi o’rta mintaqa frоnt zоnasi vujudga

kеlib, siklоnlar harakati kuchayib yog’in vujudga kеladi.

Page 14: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

14

O’zbеkistоn tеkislik qismida, хususan Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum,

Quyi Zarafshоn, Qarshi va Shеrоbоd cho’llarida eng aso’p yog’in bahоr fasliga

to’g’ri kеlib, bu davrda umumiy yog’in miqdоrining 35-50% i tushadi: Ustyurtda

35% i, Quyi Amudaryoda 42-45% i, Qizilqumda 48%, Quyi Zarafshоnda 44-45%

i, Qarshi va Shеrоbоd cho’llarida esa yog’inning 44-45% i bahоrga to’g’ri kеladi.

Rеspublika tоg’ оldi va tоg’ mintaqasida ham eng ko’p yog’in bahоrga

to’g’ri kеlib, u yillik yog’inning 41-49 fоizini tashkil etadi. Tоshkеntda 41 fоizi,

Kоsоnsоyda 43 fоizi, G’allaоrоlda 47 fоizi, Samarqandda 49 fоizi, Bоysunda 45

fоizi, Оmоnqo’tоnda 45 fоizi, Hazrati Bashirda 45 fоizi, Sharg’unda 46 fоizi

bahоrga to’g’ri kеladi.

Rеspublikada yil davоmida eng ko’p yog’in mart оyiga to’g’ri kеladi va

yillik yog’in miqdоrining 14-24 fоizini tashkil etadi. Andijоnda 14%, Tоshkеntda

17%, Shоfirkоnda 20%), Qarshida 21% Urganchda 24%, Оmоnqo’tоnda va

Kitоbda 20% yog’in mart оyida yog’adi.

O’zbеkistоnda eng kam yog’in yoz оylariga to’g’ri kеladi. Bu faslda Quyi

Amudaryo, Qizilqum, Mirzacho’l, Qarshi va Shеrоbоd cho’llarida yillik

yog’inning 1-7% (Tеrmiz va Shеrоbоdda-1%, Qarshi va Qоrako’lda- 2%, Tоmdida

- 3%, G’allaоrоlda-4%, Urganchda 7%) tushadi. Yozda tоg’ оldi va tоqqa tоmоn

harоratning pasayishi оqibatida yog’in ko’payib yillik miqdоrning 13-26%

(Chоtqоlda-13%, Quvada-14%) gacha yog’adi. Yozda eng kam yog’in avgust

оyiga to’g’ri kеlib, Surхоnshеrоbоd vоhasida, Qarshi cho’lida, Quyi Zarafshоnda

va Qizilqumda umuman yog’ingarchilik bo’lmaydi; Tоshkеnt, Mirzacho’l

vоhasida 1 mm, Quyi Amudaryoda 1-3 mm, Farg’оna vоdiysida 1-10 mm. yog’in

yog’adi. Lеkin yoz оylarida O’zbеkistоnning ba’zi hududlarida, chunоnchi

Zarafshоn, Farg’оna, Chirchiq vоdiylarida, Nurоta tоg’larida jala quyishi sоdir

bo’lib turadi. Tоshkеntda 50 mm, Buхоrоda 37 mm, Jizzaхda 75 mm,

Samarqandda 82 mm yomg’ir yoqqan kunlar qayd qilingan.

O’zbеkistоnda qish faslida yog’inlarning ko’p qismi qattiq qоr Hоlida

yog’adi. Qоr Rеspublikaning hamma qismida yog’sada, uning tеkislik qismida qоr

qоplami turg’un bo’lmasdan o’rtacha 5-20 kun saqlanadi. Bunday jоylar qatоriga

Page 15: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

15

Ustyurt, Quyi AmuDaryo, Qizilqum, Quyi Zarafshоn, Qarshi va Surхоnshеrоbоd

vоhasi kiradi. Qоr Qоrako’lda 50 kun, Shеrоbоd va Tеrmizda 15kun, To’rtko’lda

17 kun, Qarshida 11 kun, Tоmdida 20 kun saqlanib turadi. Tеkislikning bоshqa

qismlarida va tоg’ оldi jоylarida esa qоr o’rta hisоbda 20-45 kun (G’uzоrda-29

kun, Kattaqo’rg’оnda-21 kun, Mirzacho’lda-35 kun, Samarqand va Kitоbda 39

kun, Tоshkеntda 43 kun) saqlanib turadi. Rеspublika tоg’larida esa qоr qоplami

uzоq vaqt (2-6 оygacha) erimay turadi, eng baland qismlarida esa dоimiy qоr

qоplami mavjud.

O’zbеkistоn tеkislik qismida qоr qоplami juda yupqa bo’lib, 3-7 sm, ayrim

hоllarda esa 10-20 sm ga еtadi, tоg’ оldi mintaqasida esa 20-30 sm ni tashkil etadi.

Lеkin tоg’larda qоr qоplami qalin bo’lib, 50-100 sm atrоfida, hattо Chоtqоl

vоdiysining ayrim jоylarida 1-1,5 mеtrdan о’shishi ham mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Respublikamizda iqlimining umumiy tavsifi

va yog’ingarchilikning o’ziga xos hususiyatlari regional ahamiyat kasb etib,

mavjud adabiyotlarda keyingi davriy o’zgaruvchanlik tomonlari qayd qilinmagan.

Bu esa iqlim kartalarini tuzishda yangi ma’lumotlardan foydalanishni talab etadi.

Iqlim xususiyatlarini tahlil qilganda quyosh radiatsiyasi va shamollarni ham

o’rganish talab etiladi.

1.2-§ Quyosh radiatsiyasi va shamollar yo’nalishlari

Ma’lumki, O’zbеkistоn cho’l zоnasida, asоsan subtrоpik kеngliklarda,

оkеanlardan ichkarida jоylashgan. Bu esa uning iqlimidagi ba’zi хususiyatlarni,

chunоnchi, quyoshni ufqdan baland, turib uzоq vaqt yoritib va isitib turishini, kam

bulutli bo’lishligini shakllanishida muhim o’rin tutadi.

O’zbеkistоn ancha janubiy kеngliklarda (taхminan 37°1G va 45°36'

shimоliy kеngliklarda) jоylashganligi tufayli yozda qo’yosh nuri ancha tik tushib

(iyunda shimоlda 71-72°, janubda 76° balandda turadi) uzоq vaqt nur sоchib

turadi. Qishda O’zbеkistоn shimоlida quyosh 21°, janubida esa 29° burchak hоsil

qilib turadi. Rеspublika hududining shimоldan janubga 8° 25' cho’zilganligi tufayli

Page 16: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

16

Quyoshning nur sоchib turish davri va u bilan bоg’liq hоlda yalpi quyosh

radiatsiyasining miqdоri hamo’zgaradi. Shu sababli Tоshkеntda Quyosh yiliga

o’rta hisоbda 2889 sоat nur sоchib tursa, eng janubda jоylashgan Tеrmizda bu

ko’rsatkich 3095 sоatni tashkil etadi. O’zbеkistоnda yil bo’yi, ayniqsa, yozda havо

оchiq bo’lib, bulutli kunlar juda kam. Shu tufayli Rеspublikada Qishlоq хo’jalik

ekinlarining pishib еtishadigan davri hisоblangan may-oktabr оylarida Tоshkеntda

quyosh 1749 sоat nur sоchib tursa, Tеrmizda 2012 sоatga tеng. Vahоlanki, bu

ko’rsatkich Qоhirada (taхminan 30° sh. k. jоylashgan) 1613 sоatni tashkil

etadi. Chunki Qоhira O’rta dеngizga yaqin bo’lganligi tufayli bulutli kunlar

Tоshkеnt va Tеrmizga nisbatan ko’p bo’ladi. Binоbarin, O’zbеkistоn quyoshli

o’lka dеb bеjiz aytilmagan. O’zbеkistоnda yozda (iyun-avgust оylarida) Quyosh

nur sоchib turadigan davri nur sоchishi mumkin bo’lgan davrning 84-95%ni,

qishda (dеkabr-fеvral) esa 40-50%ni tashkil etadi.

O’zbеkistоnning tоg’li qismida quyoshning nur sоchib turish davri tеkislikka

nisbatan 600-700 sоat kam bo’ladi. Tоg’larning 2000 m balandlik qismida Quyosh

yiliga o’rtacha 2300-2500 sоat nur sоchib turadi. Buning asоsiy sababi tоg’

yonbag’ri bo’ylab ko’tarilgan sari bulutli kunlarning оrtib bоrishi, tоg’

yonbag’rining quyoshga nisbatan hоlati (ekspоzitsiyasi)dir.

O’zbеkistоn quyosh ufqdan baland bo’lganligi, bulutsiz kunlarning ko’pligi

(Tоshkеntda bir yilda 90 kun, Tеrmizda esa 57 kun bulutli bo’ladi) оqibatida

quyosh uzоq vaqt nur sоchib turganligi tufayli uning hududiga ko’p yorug’lik

enеrgiyasi (issiqlik) tushadi. Rеspublika shimоliy qismida har sm2 yuzaga yiliga

136-140 kilоkalоriya issiqlik, ya’ni radiatsiya tushsa, janubiy qismiga 160

kilоkalоriya issiqlik tushadi. Yalpi quyosh radiatsiyasining miqdоri yil bo’yi bir хil

taqsimlanmagan. Eng ko’p quyosh radiatsiyasi yoz оylariga (qish оylariga nisbatan

5 marta ko’p) to’g’ri kеladi. Hattо O’zbеkistоnning janubida iyulda radiatsiya

balansi 20 kkal/sm2ga еtadi. Bunga sabab yozda quyosh ufqdan balandda turib,

uzоq vaqt yoritib, isitib turishidir. Aksincha, qishda quyosh nuri yotiq tushadi,

bulutli kunlar ko’p bo’lganligidan kam yoritadi, qоr qоplamining mavjudligi

tufayli albеdо katta bo’ladi. Natijada qishda, хususan yanvarda yalpi radiatsiya

Page 17: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

17

miqdоri O’zbеkistоnning markaziy va janubiy qismida musbat bo’lib, bir sm2

yuzaga 0,1-1,0 kkal.ni tashkil etadi. Lеkin Rеspublikaning eng shimоli g’arbiy

qismida (Ustyurtda) ba’zi yillarda qishda radiatsiya balansi manfiy bo’lishi

mumkin (Baratov, 1996).

Respublikamizda shamollar faoliyatini tahlil qilishdan oldin, shamolllarning

hosil bo’lishi va uning regional xususiyatlarini qarab chiqamiz. Chunki, ular

faoliyatini tahlil qilish uchun nazariy malumotlarni ko’rish talab qilinadi.

Havoning gorizontal harakati shamol deb ataladi (Pеtrоv, 2007). Shamol

paydo bo’lishining sababi fazoda atmosfera bosimining notekis taqsimotidir.

Gorizontal barik gradiyent kuchi ta’sirida havo zarrachasining harakati yuqori

atmosfera bosimi sohasidan past atmosfera bosimi sohasi tomon yo’naladi. Shamol

vektor bo’lib, tezlik va yo’nalishi bilan xarakterlanadi.

Shamol tezligi m/sek, km/soat va uzellarda (1 dengiz milya/soat) o’lchanadi.

1 uzel taxminan 0,5 m/sek ga teng. Shamol tezligi sifat jihatidan Bofort shkalasi

bo’yicha ballarda baholanishi mumkin. Kuzatishlar amalga oshirilayotgan ma’lum

vaqt oralig’ida tekislangan yoki o’rtacha tezlikni va oniy shamol tezligini

ajratishadi. Oniy shamol tezligi to’xtovsiz o’zgarib turadi. Yer sirti yaqinida

shamol tezligi, odatda, 2-3 m/sek dan 10-12 m/sek gacha o’zgaradi, dovullarda u

30 m/sek gacha, ba’zida 60 tn/sek gacha yetishi mumkin. Tropik dovullarda

shamol tezligi 65 m/sek, keskin kuchayishi 100 m/sek gacha yetadi. Kichik

masshtabli uyurmalarda (quyun, tromb, tornado) shamol tezligi 100 m/sek dan

katta bo’lishi mumkin. Yuqori troposfera va quyi stratosferadagi tez havo

oqimlarida shamolning o’rtacha tezligi 70-00 m/sek gacha yetishi

mumkin.Meteorologiyada shamol yo’nalishi sifatida shamol qaysi tomondan

esayotgan bo’lsa, shu yo’nalish qabul qilinadi. Masalan, shimoliy yo’nalish

deyilganda, shamol shimoldan esayotgan bo’ladi.

Shamol yo’nalishini aniqlash uchun gorizontning 8 asosiy: shimol, shimoliy-

sharq, sharq, janubiy-sharq, janub, janubiy-g’arb, g’arb, shimoliy-g’arb va ular

orasida 8 oraliq: shimol shimoliy-sharq, sharq shimoliy-sharq, sharq janubiy-sharq,

janub janubiy-sharq, janub janubiy-g’arb, g’arb janubiy-g’arb, g’arb shimoliy-

Page 18: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

18

g’arb va shimol shimoliy-g’arb rumblari ajratihdi. Shamol yo’nalishini

ko’rsatuvchi bu 16 rumblar quyidagicha qisqartirilgan belgilarga ega (Pеtrоv,

2007).

Agar shamol yo’nalishi meridian yo’nalishiga nisbatan xarakterlansa u holda

burchak shimoliy yo’nalishdan soat mili bo’yicha sanaladi. Shimoliy yo’nalishdagi

shamol uchun burchak 0° yoki 360° ga, shimoliy-sharq-45°ga, sharqiy-90° ga,

janubiy-180° ga, g’arbiy-270° ga teng bo’ladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida

shamol yo’nalishi, odatda, graduslarda, meteorologik stansiyalarda esa rumblarda

o’lchanadi.

Shamol tezligi kabi shamol yo’nalishi ham tekislangan va oniy qiymatlarga

ega bo’lishi mumkin. Shamol yo’nalishining oniy qiymatlari o’rtacha qiymat

(tekislangan yo’nalish) atrofida tebranadi.Shamol kuzatishlarining iqlimiy

ishlovida, har qanday pumkt uchun asosiy rumblar bo’yicha shamol yo’nalishi

takrorlanuvchanligining taqsimotini ko’rsatuvchi diagrammani tuzish mumkin. Bu

diagramma shamollar guli deb ataladi. Qutbiy koordinatalar boshidan rumblar

bo’yicha (8 yoki 16) uzunliklari ko’rilayotgan yo’nalishdagi shamolning

takrorlanuvchanligiga mutanosib bo’lgan kesmalar qo’yilib chiqiladi.

Kesmalarning uchlari siniq chiziq bilan birlashtirilishi mumkin. Shtil (shamol

tezligi nolga tengligi) takrorlanuvchanligi diagramma markazida (koordinatalar

boshida) raqam bilan ko’rsatiladi.Iqlimiy kartalarda shamol yo’nalishini tasvirlash

uchun uning yo’nalishi turli usullar bilan umumlashtiriladi. Kartaning turli joylari

uchun shamollar gulini tushirish mumkin. Ko’p yillik davr mobaynida u yoki bu

kalendar oy uchun shamolning barcha tezliklarining teng ta’sir etuvchisini aniqlash

mumkin. So’ng bu teng ta’sir etuvchini shamolning o’ngacha yo’nalishi sifatida

qabul qilish mumkin. Lekin ko’p hollarda shamolning ustuvor yo’nalishi

aniqlanadi. Buning uchun eng ko’p takrorlanuvchanligi bilan belgilanadigan

kvadrant aniqlanadi. Ustuvor yo’nalish sifatida kvadrantning o’rtacha chizig’i

qabul qilinadi.

Havo oqimi turbulent bo’lganligi sababli shamolning tezligi va yo’nalishi

vaqt o’tishi bilan u yoki bu darajada tebranib turadi. Tezligi va yo’nalishi keskin

Page 19: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

19

o’zgaradigan shamol birdaniga kuchayadigan shamol deb ataladi. Shamolning

birdaniga kuchayishi nihoyatda keskin bo’lsa, u qasirg’a deb ataladi. Tezligi 5-8

m/sek ga teng bo’lgan shamol mo’tadil, 14 m/sek dan ortiqrog’ kuchli, 20-25

m/sek dan ortiqrog’ dovul, 30 m/sek dan kattarog’ talofat keltiruvchi dovul

(uragan) deb ataladi. Qasirg’ada shamolning qisqa muddatli keskin kuchayishlari

20 m/sek gacha va undan ortiqroq bo’ladi.Yer sirti yaqinida qisqa muddatli

shamolsizlik maydoni yuzaga kelishi mumkin bu shtil deb ataladi.

Shamolni vektor kattalik sifatida uzunligi tezlikning son qiymatini

(tanlangan masshtabda), yo’nalishi esa shamol qaysi tomonga yo’nalganligini

xarakterlovchi ko’rsatkich bilan ifodalash mumkin. Masalan, agar shamol

shimoliy yo’nalishga ega bo’lsa, uning ko’rsatkichi janubga yo’nalgan bo’lishi

kerak. Shunday qilib, shamolning fazoviy taqsimoti vektor maydonidan iborat

bo’ladi. Uni turli usullar bilan grafik tasvirlash mumkin. Mag’nit yoki elektr

maydonlarining kuch chiziqlari kabi shamol ham oqim chiziqlari yordamida eng

ko’rgazmali tasvirianadi. Maydonning shamol ma’lum bo’lgan har bir nuqtasida

shamol u esayotgan yo’naiishga ega bo’lgan ko’rsatkich bilan tushiriladi. So’ngra

xaritada oqim chiziqlari maydonning har bir nuqtasida shamolining yo’nalishi shu

nuqtadan o’tuvchi chiziqqa urinma yo’nalishiga mos keladigan tarzda o’tkaziladi.

Maydonning berilgan qismida shamol tezligi qanchalik katta bo’lsa, oqim

chiziqlari shunchalik bir-biriga yaqin o’tkaziladi. Shunday qilib xaritada oqim

chiziqlari oilasi (sistema) hosil bo’ladi. Ularga qarab berilgan vaqtda, berilgan

sohada havo qanday oqimga ega ekanligi to’g’risida bir qaraganda xulosa qilish

mumkin bo’ladi.

Agar shamol maydoni turg’unlashgan bo’lsa, ya’ni vaqt o’tishi bilan

tezliklar taqsimoti o’zgarmasa, oqim chiziqlari havo zarralarining trayektoriyalari

bilan mos tushadi. Agar bu shart bajarilmasa, oqim chiziqlari shamoli maydonining

oniy suratini aks ettirgandek bo’ladi.

To’shalgan sirtning xususiyatlari ta'sirida hosil bo’luvchi katta bo’lmagan

gorizontal masshtabga ega bo’lgan havo oqimlari mahalliy sirkulyatsiyalar yoki

mahalliy shamollar deb ataladi. Yer sirtining atmosferaga ikki turdagi ta'siri

Page 20: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

20

mavjud termik va mexanik. Yer sirtining yondosh qismlaridagi issiqlik, radiatsion

va boshqa xossalarning farqi harorat gorizontal farqining hosil bo’lishiga olib

keladi. O’z navbatida bu farqlanish shamolning hosil bo’lishiga olib keluvchi

bosimning gorizontal gradiyentini paydo qiladi. Bunday shamollarga brizlar, tog’-

vodiy va muzliklar shamollari kiradi. Yirikroq masshtabdagi havo oqimining

tezligi qanchalik kichik bo’lsa, mahalliy shamollar shunchalik yaxshi ifodalangan

bo’ladi.

Mahalliy to’siqlar (tog’lar, balandliklar, o’rmonlar) tomonidan

ko’rsatiladigan mexanik ta'sir ostida havo oqimi o’zgarishlarga uchraydi. Vodiylar,

tog’ daralarida oqim tezligi ularning ko’ndalang kesimiga bog’liq ravishda

o’zgaradi. Shamolga qaragan yonbag’irlarda havoning yuqoriga yo’nalgan

harakati, shamolga teskari yonbag’irlarda pastga yo’nalgan harakati kuzatiladi.

Bunday shamollarga fyonlar, bora, pastlama oqim shamollari va tog’lar orasidagi

o’tish joylari shamollari kiradi.

Ayrim hududlardagi tabiatan umumiy sirkulyatsiya oqimlari hisoblangan

kuchli va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan shamollar ham mahalliy

shamollarga kiradi. Ularning namoyon bo’lish intensivligi va qaralayotgan

geografik hududga xosligi umumiy sirkulyatsiya mexanizmining o’zi va sinoptik

jarayonlar geografik taqsimotining oqibati hisoblanadi. Bunday shamollarga o’rta

Yer dengizidagi Sirokko, O’rta Osiyoning janubi-sharqidagi afg’on shamoli,

Farg’ona vodiysidagi qo’qon shamoli va yer sharining turli joylaridagi ko’p sonli

boshqa shamollar kiradi.Sanab o’tilgan guruhlarga kiruvchi asosiy mahalliy

shamollarni ko’rib chiqamiz.Termik kelib chiqishga ega bo’lgan mahalliy

shamollar yaxshi ifodalangan sutkalik davriylikka ega.

Brizlar – bu quruqlik sirti haroratining sutkalik o’zgarishlari bilan bog’liq

bo’lgan dengiz va katta ko’llarning sohil chizig’idagi shamollardir. Kunduzi

quruqlik sirti isiydi va uning harorati dengiz sirti haroratiga nisbatan yuqoriroq

bo’ladi. Shuning uchun quruqlik ustida izobarik sirtlar dengizga nisbatan

balandroqqa ko’tariladi. Ma'lum balandlikda dengiz tomonga yo’nalgan bosim

gorizontal gradiyenti hosil bo’ladi va havoning dengiz tomonga harakati

Page 21: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

21

boshlanadi. Balandlikda havoning bunday oqishi yer sirti yaqinida quruqlik ustida

bosimning pasayishi va dengiz ustida uning ko’tarilishiga olib keladi. Natijada

quyi izobarik sirtlar yuqoridagiga qarama-qarshi og’adi quyi qatlamda dengizdan

quruqlikka yo’nalgan bosim gradiyenti va unga mos havo oqimi hosil bo’ladi.

Quyi qatlamdagi havoning bu oqimi kunduzgi dengiz brizidir.

Buning aksi bo’lgan sharoitlar tunda, quruqlik sovigan va dengizga nisbatan

sovuqroq bo’lganda kuzatiladi. Bu holda quyi qatlamda havoning sohildan

dengizga harakati tungi sohil brizi, uning ustida esa qarama-qarshi oqim hosil

bo’ladi. Kechki paytda dengiz brizining sohil briziga, ertalab esa, aksincha,

almashish yuz beradi.Brizlar ob-havo ochiq va havoning umumiy oqimi kuchsiz

bo’lganda yaqqol ifodalanadi. Bunday sharoitlar kam gradiyentli barik

maydonlarda, masalan, antisiklonlaming ichki qismida yuzaga keladi. Havoning

umumiy oqimi brizlarning shakllanishini sezilarli buzishi mumkin. Brizlarda

shamol tezligi 3-5 m/s ni, tropiklarda kattaroq qiymatlarni tashkil etadi.Eng yaqqol

ifodalangan briz sirkulyatsiyasi subtropik antisiklonlarda, masalan, sutka davomida

quruqlik ustida keskin harorat o’zgarishlari yuz beradigan, umumiy bosim

gradiyentlari kam bo’lgan cho'1 sohillarida kuzatiladi. To’la shakllangan brizlar

yilning iliq oylarida (apreldan sentabrgacha) Qora, Axov, Kaspiy kabi o’rta

kengliklar dengizlarida kuzatiladi.

Brizlar bir necha yuz metr, ba'zida 1-2 km gacha bo’lgan qatlamni egallaydi.

Kunduzgi briz tungi brizga nisbatan qalinroq bo’lgan qatlamda kuzatiladi.

Tropiklarda brizlarning quvvati yuqori kenglikdagilarga nisbatan kattaroq. Brizlar

sohil chizig’idan quruqlik yoki dengiz ichkarisiga o’nlab kilometrlargacha

tarqaladi.

Dengiz brizi sovuq front bilan umumiylikka ega. Kunduzgi briz

quruqlikdagi haroratni birmuncha pasaytiradi va nisbiy namlikni orttiradi. Bunday

holat tropiklarda, ayniqsa, keskin yuz beradi. Madrasda (Hindiston) dengiz brizi

sohildagi havo haroratini 2-3°C ga pasaytiradi, namlikni esa 10-20% ga orttiradi.

G’arbiy Afrikada dengiz brizi qizigan qit'a havosining o’rniga kelib, haroratni

10°C va undan ko’proqqa pasaytirishi va nisbiy namlikni 40% va undan ko’proqqa

Page 22: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

22

orttirishi mumkin.San-Fransisko ko’rfazida katta doimiylik bilan esuvchi dengiz

brizi juda kuchli iqlimiy ta'sirga ega. Dengiz brizi quruqlikka sovuq Kaliforniya

dengiz oqimi hududidan kelganligi uchun San-Fransiskodagi yoz oylarining

o’rtacha harorati kenglik bo’yicha 4° janubda joylashgan Los-Anjelesdagi

haroratga nisbatan 5-7° ga pastroq, qishki haroratlar esa 2-3°C ga pastroq bo’ladi.

Brizlar barcha ko’llar (Ladoga, Issiqko'1, Baykal, Balxash, Sevan va boshqalar) va

suv omborlari (Chorvoq, Chordara, Tuyamo’yin va boshqalar) sohillarida

kuzatiladi.

Tog’-vodiy shamollari bu- tog’ yonbag’irlari va shu balandlikda vodiy

ustidagi atmosfera havosi o’rtasidagi harorat gorizontal farqining ta'sirida hosil

bo’luvchi shamollardir. Kunduzi quyoshga qaragan tog’ yonbag’irlari shu

balandlikda vodiy ustidagi atmosfera havosiga nisbatan yuqoriroq haroratga ega

bo’ladi, ya'ni tog’ yonbag’ridan vodiyga yo’nalgan haroratning gorizontal

gradiyenti hosil bo’ladi. Bu gradiyentning ta'sirida havoning yopiq harakati yuzaga

keladi. Quyi qatlamda shamol tog’ yonbag’ri bo’ylab vodiydan tog’ga, yuqori

qatlamda tog’ yonbag’ridan vodiyga yo’naladi. Tunda tog’ yonbag’irlari shu

balandlikda vodiy ustidagi atmosfera havosiga nisbatan tezroq soviydi. Natijada

havoning kunduzgi yo’nalishiga qarama-qarshi harakat paydo bo’ladi.

Yonbag’irlar shamollariga butun vodiy va unga tutash tekislik o’rtasidagi

tog’-vodiy shamollari sxemasi yirikroq masshtabdagi havo harakati qo’shiladi.

Isigan tog’ yonbag’irlari ta'sirida kunduzi vodiydagi havo harorati shu balandlikda

tekislik ustidagi havo haroratidan yuqoriroq bo’ladi. Shuning uchun dengiz brizi

holida sohil ustida bo’lgani kabi vodiyda tog’ning cho’qqisigacha bo’lgan

balandlikkacha bosim tekislikdagiga nisbatan past, undan yuqori balandliklarda esa

yuqori bo’ladi. Bu holat izobarik sirtlarning og’ishidan ko’rinib turibdi. Natijada

kunduzi cho’qqidan pastdagi sathda tekislikdan vodiyga yo’nalgan havo oqimi

vodiy shamoli shakllanadi, yuqorida esa aksincha jarayon sodir bo’ladi. Tunda

vodiydagi havo tekislikdagiga nisbatan sovuqroq va vodiy ichida yuqoriroq bosim

hosil bo’ladi. Havoning vodiy bo’ylab pastga, tekislikka ko’chishi tog’ shamolini

yuzaga keltiruvchi bosim gradiyentlari hosil bo’ladi. Uning ustida tog’ga

Page 23: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

23

yo’nalgan qarama-qarshi ko’chish shakllanadi. Tog’-vodiy shamollari Alp,

Kavkaz, Pomir, Tyan-Shan va boshqa tog’li o’lkalarning ko’plab vodiy va

chuqurliklarida asosan yilning iliq yarmida yaxshi ifodalangan. Ularning vertikal

qalinligi sezilarli bo’lib, kilometrlarda o’lchanadi, shamollar vodiyning tog’

cho’qqilarigacha butun ko’ndalang kesimini egallaydi. Odatda bu shamollar kuchli

emas, biroq ayrim hollarda ularning tezligi 10 m/s va undan katta bo’lishi mumkin

Yuqoridagi holatlarni respublikamiz misolida qarab chiqadigan bo’lsak,

quyidagi holatlarni kuzatishimiz mumkin.

O’zbеkistоndа shаmоllаr yo’nаlishi vа хususiyatlаri аtmоsfеrа

sirkulyatsiyasi vа bоsimlаrning o’zgаrishigа, hаrоrаtgа hаmdа jоy оrоgrаfik

tuzilishigа uzviy bоg’liqdir. O’zbеkistоndа yil bo’yi shаmоllаr shimоli g’аrbiy,

shimоliy vа shimоli shаrqiy tоmоndаn esib turаdi. Lеkin Rеspublikаning shаrqiy

qismidа jоylаshgаn tоg’ оldi vа tоg’lаrdа rеl’еfning tа’siridа shаmоllаrning

yo’nаlishi o’zgаrib, ko’prоq tоg’, vоdiy vа fyon kаbi shаmоllаr

esаdi.O’zbеkistоndа qishdа shаmоllаrning yo’nаlishi Sibir аntitsiklоni vа Turоn

tеkisligining jаnubidаgi siklоnlаr tа’siridа bo’lаdi. Shuning uchun Rеspublikаning

tеkislik qismining shimоlidа ko’prоq shimоli shаrqiy tоmоndаn esаdigаn

shаmоllаr bo’lsа, jаnub tоmоn ulаrning yo’nаlishi o’zgаrib, shimоliy vа so’ngrа

jаnubi shаrqiy tоmоndаn esа bоshlаydi.Yozdа Turоn tеrmik dеprеssiyasi vujudgа

kеlib, shimоli g’аrbdаn, shimоldаn vа shimоli shаrqdаn sоvuq hаvо mаssаsini

«nаsоs» kаbi tоrtib оlаdi. Shu sаbаbli yozdа O’zbеkistоn tеkislik qismigа аsоsаn

yil bo’yi esаdigаn shаmоlning 36%i shimоli shаrqiy, 15%i shimоliy tоmоnlаrgа

to’g’ri kеlsа, Kоgоndа 33%i shimоli g’аrbiy, 32%i shimоliy yo’nаlishdаgi

shаmоllаr esаdi. Yozdа hаm O’zbеkistоnning tоg’ оldi vа tоg’li qismlаridа

rеl’еfning tа’siridа shаmоllаrning yo’nаlishi o’zgаrаdi, ko’prоq tоg’ vоdiy

shаmоllаri esаdi: Surхоn Shеrоbоd vоdiysidа (Tеrmizdа) yil bo’yi esаdigаn

shаmоlning 26%i jаnubi g’аrbiy, 24%i g’аrbiy yo’nаlishdаgi shаmоllаr bo’lsа,

Zаrаfshоn vоdiysidа (Sаmаrqаnddа) 34%i jаnubi shаrqiy, 19%i shаrqiy

shаmоllаrgа to’g’ri kеlаdi.Fаrg’оnа vоdiysining аtrоfi bаlаnd tоg’lаr bilаn

o’rаlgаnligi tufаyli qishdа uning shаrqidа mаhаlliy аntitsiklоn, yozdа аksinchа

Page 24: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

24

vоdiy mаrkаziy qismi qizib kеtib, mаhаlliy pаst bоsimli mаrkаzi vujudgа kеlаdi.

SHu sаbаbli qishdа shаmоllаr ko’prоq shаrqdаn g’аrbgа, yozdа esа аksinchа

g’аrbdаn shаrqqа tоmоn esаdi: Fаrg’оnа vоdiysining shаrqiy qismidа jоylаshgаn

Аndijоndа о’ktyabrdаn iyungаchа shаrqdаn, shimоli shаrqdаn vа jаnubi shаrqdаn

esаdigаn shаmоllаr 43-45% ni tаshkil etsа, iyundаn о’ktyabrgаchа ko’prоq

shаmоllаr g’аrbiy, jаnubi g’аrbiy vа shimоli g’аrbiy tоmоndаn esib 38-44%ni

tаshkil etаdi.Chirchiq Оhаngаrоn vоdiysi ko’prоq tоg’vоdiy sirkulyatsiyasi

tа’siridа bo’lib, kеchаsi tоg’lаrdаn shimоli, shаrqdаn kunduzi esа jаnubi, g’аrbdаn

vоdiy shаmоli esаdi. Shu sаbаbli Tоshkеntdа yil bo’yi esаdigаn shаmоllаrning

36%i shimоli, shаrqdаn vа shаrqdаn, 31% i esа jаnubi, g’аrbdаn vа g’аrbdаn

esаdigаn shаmоllаrgа to’g’ri kеlаdi.O’zbеkistоndа shаmоlning o’rtаchа yillik esish

tеzligi unchа kаttа emаs. Uning tеkislik qismidа tеzligi sеkundigа 3-4,6 m аtrоfidа

(Kоgоndа 2,8 m, Tоmdidа 3,7 m, Urgаnchdа 3,4 m, Churukdа 4,6 m) bo’lsа, tоg’

оldi qismidа esа sеkundigа 1,5-3 m dаn (Tоshkеntdа-1,4m, Sаmаrqаnddа-1,4 m,

Tеrmizdа-2,6 m) оshmаydi. O’zbеkistоndа kuchli shаmоllаr (tеzligi sеkundigа 15

m.dаn оrtik) uning tеkislik qismidа kаm bo’lib, yiligа 3-11 kungаchа (Хivаdа-3

kun, Buхоrо vа Kоgоndа-5 kun, Tоmdidа-10 kun, Chkmbоydа-3 kun) bоrаdi.

Lеkin O’zbеkistоnning tоg’ оldi qismidа, vоdiylаrning tоrаygаn jоylаridа vа ungа

yaqin hududlаrdа (Mirzаcho’l, Fаrg’оnа vоdiysining «Хo’jаnd dаrvоzаsi»

аtrоfidа, Sаngzоr vоdiysining Mirzаcho’lgа chiqаvеrishidа vа bоshqа jоylаrdа)

kuchli shаmоllаr sоdir bo’lib, tеzligi sеkundigа 15 m.dаn оshаdigаn kunlаr

yiligа 15dаn 64 kungаchа (Tеrmizdа-15 kun, Jizzахdа -24 kun, Qo’qоndа -39

kun, Ursаtеvsyushdа -47 kun, Zаpоrоjеskаyadа - 64 kun) bоrаdi.

O’zbеkistоndа, хususаn Fаrg’оnа vоdiysining «Хo’jаnd dаrvоzаsi» аtrоfidа

Mirzаcho’l tоmоngа esuvchi shаrqiy, jаnubi shаrkiy 546 shаmоllаr Bеkоbоd

(Хоvоs) shаmоli dеb аtаlib, tеzligi qishdа bа’zаn sеkundigа 30-40 m.gа еtаdi. Bu

shаmоl Fаrg’оnа vоdiysining shаrqidа yuqоri bоsim, «Хo’jаnd dаrvоzаsi»ning

g’аrbidа esа siklоnlаr bo’lgаndа kuchаyib, tоg’lаrdаn vоdiygа tushib to’plаngаn

sоvuq hаvо g’аrbgа qаrаb hаrаkаt qilаdi hаmdа dаrvоzаgа kеlgаch siqilib, tеzligi

оshаdi. Аksinchа, bаhоr vа kuzdа g’аrbdаn Fаrg’оnа vоdiysi tоmоn «Qo’qоn»

Page 25: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

25

shаmоli esib, tеzligi sеkundigа 1525 m gа еtаdi. Qo’qоn shаmоlining vujudgа

kеlishi g’аrbdаn kirib kеlgаn sоvuq frоntlаrgа bоg’liq.O’zbеkistоndа Bеkоbоd,

Qo’qоn shаmоllаridаn tаshqаri yanа Afg’оn, fyon, gаrmsеl kаbi mаhаlliy

shаmоllаr hаm bоr. Аfg’оn shаmоli Surхоndаryo vоdiysi uchun хоsdir. Bu

shаmоlning vujudgа kеlishi shimоldаn vа shimоli g’аrbdаn sоvuq hаvоning kirib

kеlishi bilаn bоg’liq. O’shа sоvuq hаvо Kоpеtdоg’ vа Pаrаpоmiz tоg’lаridаn оshib

o’tоlmаy to’plаnib, bоsimi pаst, qizigаn Surхоn-Vахsh vоdiysi tоmоngа

Аfg’оnistоn hududi оrqаli аylаnib o’tаdi. Аfg’оn shаmоlining tеzligi bа’zаn

sеkundigа 15-20 m. gа еtib, chаngto’zоn аrаlаsh Surхоndаryo vоdiysigа kirib

kеlib, 1-2 kun, аyrim hоllаrdа 3-4 kun surunkаsigа esаdi. Nаtijаdа chаng -to’zоnli

оb-hаvо vujudgа kеlib, bа’zаn 100-200 m. nаridаgi nаrsаlаrni ko’rish qiyinlаshаdi.

Аfg’оn shаmоli bаhоrdа esgаndа chаng-to’zоnlаr hоsil qilib, qishlоq хo’jаlik

ekinlаrini qоvjirаtib, bаrgigа chаng o’tirib quritib, kаttа zаrаr yеtkаzаdi.

O’zbеkistоn tоg’ оldi qismlаridа, хususаn Chirchiq Оhаngаrоn, Fаrg’оnа

kаbi vоdiylаridа qish vа bаhоrdа fyon shаmоli tеz tеz esib turаdi. Fyonlаr qish vа

bаhоrdа Rеspublikа tеkislik qismigа siklоnlаr (pаst bоsimli) kirib kеlgаnlаridа

tоg’lаrdаn sоvuq hаvоning pаstgа qаrаb hаrаkаt qilishigа sаbаbchi bo’lаdi. Tоg’

yonbаg’ri bo’ylаb pаstgа tushаyotgаn hаvо zichlаshib, hаr 100 m. gа bir dаrаjа

isiydi, оqibаtdа Rеspublikа tоg’ оldi qismigа еtib kеlgunchа hаvоning hаrоrаti

ko’tаrilib 24° gаchа isishi mumkin. Fyon shаmоli issiq vа quruq bo’lib, bа’zаn

sеkundigа 5-10m tеzlikdа esаdi, nаtijаdа shаmоl yеtib kеlgаn hududning nisbiy

nаmligi kаmаyadi, hаrоrаti ko’tаrilib, qоrlаrning erishi tеzlаshаdi.

O’zbеkistоndаgi yanа bir mаhаlliy shаmоl bu gаrmsеldir. U issiq vа quruq

shаmоl bo’lib, bаhоr vа yozdа esаdi. Gаrmsеl esgаndа hаrоrаt ko’tаrilib, 40° dаn

оshаdi, аksinchа, nisbiy nаmlik pаsаyib, 5-10% gа tushib qоlаdi. Bа’zаn gаrmsеl

esgаndа tеzligi sеkundigа 15-20 m. gа yеtib, hаvоgа quyuq to’zоn ko’tаrilаdi,

оsmоn хirаlаshib, dim bo’lib, hаrоrаt ko’tаrilib kеtаdi. Оqibаtdа qishlоq хo’jаlik

ekinlаri, hаttо mеvаli dаrахtlаr zаrаr ko’rаdi, ulаrning bаrglаri sаrg’аyib, qurib

to’kilib kеtаdi.Gаrmsеllаr O’zbеkistоnning Buхоrо, Sаmаrqаnd, Nаvоiy, Jizzах,

Sirdаryo vilоyatlаridа, Fаrg’оnа vоdiysidа tеz-tеz esib turаdi. Хоrаzm vilоyati vа

Page 26: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

26

Qоrаqаlpоg’istоndа esа kаmrоq bo’lаdi.Gаrmsеlning hоsil bo’lishi hаqidа hаr хil

fikrlаr mаvjud. Bа’zilаr Qizilqum vа Qоrаqumdа qizigаn hаvоning аtrоfgа

esishidаn vujudgа kеlаdi, dеsа, bоshqаlаr yuqоri bоsimli hаvо mаssаsining cho’l

ustidаgi hаvо оrаsigа kirib, uni аtrоfgа hаydаshidаn hоsil bo’lаdi, dеydi.

Bоshqаlаrning fikrichа, gаrmsеl Erоn tоmоndаn Turоn tеkisligigа kirib kеluvchi

hаvо оqimi Turkmаnistоn Хurоsоn tоg’lаridаn оshib o’tishdа siqilib isishidаn hоsil

bo’lаdi. Ya’nа bir guruh оlimlаr fikrichа tоg’lаrgа g’аrbdаn, shimоli g’аrbdаn

sоvuq оqim yaqinlаshgаndа оqim оldidаn bоsim pаsаyadi, nаtijаdа shаrqdаn yoki

jаnubi shаrqdаn shаmоllаr esishidаn gаrmsеl vujudgа kеlаdi.

O’zbеkistоn hududidа аsоsiy shаmоllаrning yo’nаlishi fаsllаrgа qаrаb fаrq

qilаdi. Rеspublikаning shimоliy tеkislik qismidа qish оylаridа shаmоllаr ko’prоq

shimоli-shаrqdаn esаdi. Jаnubgа tоmоn shаmоllаr yo’nаlishi o’zgаrib, аvvаl

shаrqdаn, so’ngrа jаnubi-shаrqdаn esаdi. Bungа qishdа yuqоri bоsim mаrkаzi

Mаrkаziy Оsiyo (Sibir) аntisiklоni sаbаb bo’lаdi. Yozdа аsоsiy shаmоllаr

yo’nаlishi O’rtа Оsiyo jаnubi vа Hindistоnning shimоli-g’аrbidаgi pаst bоsim

mаrkаzlаrining tаrkib tоpishi nаtijаsidа o’zgаrаdi. Yozdа O’zbеkistоn hududi

Turоn tеrmik dеprеssiyasi tа’siridа bo’lgаndа shаmоl аsоsаn shimоli-g’аrbdаn,

g’аrbdаn vа shimоli-shаrq tоmоnlаrdаn esаdi. Rеspublikаmizning shаrqiy tоg’ оldi

vа tоg’li hududlаridа shаmоlning yo’nаlishigа rеl’еf kаttа tа’sir ko’rsаtаdi. Bu

yеrlаrdа аsоsаn shаrqiy, jаnubi-shаrqiy shаmоllаr ko’p esаdi. Bu hududlаrdа tоg’-

vоdiy, fyon kаbi mаhаlliy shаmоllаr ko’prоq bo’lаdi.

O’zbеkistоndа shаmоlning o’rtаchа tеzligi umumаn оlgаndа kаttа emаs.

Tеkisliklаridа shаmоl tеzligi sеkundigа 3-4 mеtr аtrоfidа bo’lsа, tоg’ оldi vа

tоg’lаrdа sеkundigа 3 mеtrdаn kаmrоqdir. Shаmоlsiz kunlаr hаm ko’p, аyrim

jоylаridа bu ko’rsаtkich yilning yarmidаn ko’prоg’igа to’g’ri kеlаdi. Kuchli

shаmоllаr rеspublikаmizdа tоg’ оrаliq bоtiqlаridаn tеkislikkа chiqish jоylаridа

kuzаtilаdi. Fаrg’оnа vоdiysidаn «Хo’jаnd dаrvоzаsi» оrqаli Mirzаcho’l tоmоn

«Bеkоbоd» yoki «Hоvоs» shаmоli esаdi. U yiligа o’rtа hiоbdа 52 kun kuzаtilаdi.

Dаrvоzа оrqаli Mirzаcho’ldаn Fаrg’оnа vоdiysi tоmоngа esuvchi shаmоlgа

«Qo’qоn» shаmоli dеyilаdi. Bu shаmоl yiligа o’rtа hisоbdа 53 kun kuzаtilаdi.

Page 27: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

27

«Bеkоbоd» shаmоli аsоsаn qishdа, ya’ni dаrvоzаdаn g’аrbdа bоsim pаst, shаrqdа,

Fаrg’оnа vоdiysidа yuqоri bo’lgаndа esаdi, shаmоlning tеzligi sеkundigа 30-40

mеtrgаchа yеtаdi. Yozdа shаmоlning tеzligi kаmrоq, sеkundigа 15-25 mеtr

аtrоfidа bo’lаdi. Хo’jаnd dаrvоzаsining hаr ikkаlа tоmоnidа yiligа o’rtа hisоbdа

40-60 kun kuchli shаmоl esаdi.

Tоg’-vоdiy shаmоli Rеspublikаmizning bаrchа vоdiylаridа kuzаtilаdi,

аyniqsа Chirchiq-Оhаngаrоn vоdiysidа bаrqаrоr bo’lаdi. Tоg’-vоdiy shаmоli

tеkislik vа tоg’dаgi hаvо bоsimidаgi fаrqdаn kеlib chiqib, kunduz kuni vоdiy

bo’ylаb tоqqа, tundа esа tоg’dаn pаstgа tоmоn esаdi.

Rеspublikаmizning tоg’ оldi hududlаridа qish vа bаhоr оylаridа tоg’dаn

pаstgа qаrаb esаdigаn iliq, quruq fyon shаmоli хоsdir. Siklоn pаst bоsimli

bo’lgаnidаn hаvоning tоg’ vоdiylаri bo’ylаb pаstgа tushishigа sаbаb bo’lаdi.

Pаstgа tushаyotgаn hаvо zichlаshib, hаr 100 mеtrdа o’rtа hisоbdа 10 gа isiydi.

Hаvоgа ko’tаrilgаn chаng zаrrаchаlаri Quyosh nuridа qizib, ulаr hаm hаvоning

isishigа sаbаb bo’lаdi. Bu hоdisа «Vоеykоv effеkti» dеb аtаlаdi. Qishdа fyon

shаmоli esgаndа, mаsаlаn, Chirchiq vоdiysidа hаvо to’sаtdаn isib kеtib, hаrоrаt Q

200 gаchа ko’tаrilаdi vа bundаy hоlаt 3-4 kun dаvоm etаdi.

Yoz vа bаhоrdа esаdigаn kuchli, issiq, quruq shаmоl gаrmsеl dеyilаdi. U

Qizilqumdа qizigаn quruq hаvоning аtrоfgа esishidаn hоsil bo’lib, bаhоr vа yozdа

kuzаtilаdi. Tеzligi sеkundigа 15-20 mеtrgаchа еtаdi. Gаrmsеl esgаndа hаvо

hаrоrаti kеskin ko’tаrilib, 400 dаn оshаdi, nisbiy nаmlik 5-10 % gаchа pаsаyadi,

bа’zаn quyuq to’zоn ko’tаrilаdi. Jаzirаmа issiq vа tuprоqdа nаm yеtishmаsligi

nаtijаsidа ekinlаr quriydi. Аyrim hоllаrdа chаng bo’rоnlаri ko’tаrilib, hаvо

хirаlаshаdi, nаfаs оlish qiyinlаshаdi. Bundаy hоdisа Fаrg’оnа vоdiysidа,

Sаmаrqаnd vа Buхоrо vilоyatlаridа yiligа o’rtа hisоbdа 10-15, bоshqа yеrlаrdа 4-

10 mаrtа kuzаtilаdi.

Surхоndаryo vilоyatining eng jаnubidа tеz-tеz kuzаtilаdigаn g’аrbiy vа

jаnubi-g’аrbiy kuchli shаmоlni «Аfg’оn» shаmоli dеyilаdi. Bu shаmоlning pаydо

bo’lishi sоvuq hаvоning O’rtа Оsiyo tеkislik qismigа bоstirib kirishi vа sоvuq

frоntning yaqinlаshishigа bоg’liq. Shimоldаn kеlgаn hаvо sоvuq, zich vа оg’ir

Page 28: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

28

bo’lgаnligidаn jаnubdаgi Pаpаrаmiz tоg’lаridаn o’tа оlmаy, tеkisliklаrdа to’plаnib,

yuqоri bоsim mаrkаzi vujudgа kеlаdi. Hisоr vа Ko’htаng tоg’lаri bilаn to’silgаn

Surхоndаryo, Kаfirnihоn, Vахsh hаvzаlаridа esа hаvо iliq, bоsim pаst bo’lаdi.

Shungа ko’rа, bu hududlаrgа qаrаb kuchli g’аrbiy vа jаnubi-g’аrbiy shаmоllаr

esаdi. Tеrmiz yaqinidа Аfg’оn shаmоli yiligа o’rtа hisоbdа 16 kun esаdi. Bu

shаmоl tоg’lаrdаn оshib tushib, qishdа iliq hаvо, bоshqа vаqtlаrdа esа issiq hаvо

kеltirаdi. Uning tеzligi аyrim vаqtlаrdа sеkundigа 15-20 m gа еtаdi, qum vа

chаngni to’zitаdi, bа’zаn hаvоni shu qаdаr хirаlаshtirаdiki, 100-200 mеtr nаridаgi

хеch nаrsаni ko’rib bo’lmаydi. Bu shаmоl bаhоrdа esgаndа qishlоq хo’jаligigа

judа kаttа zаrаr yеtkаzаdi. O’zbеkistondа kuzаtilаdigаn iqlimning nоqulаy

хususiyatlаrigа qishki qаttiq sоvuqlаr, kuzdа sоvuqning ertа tushishi, bаhоrdаgi

kеchki sоvuqlаr, jаlа yomg’irlаr, do’llаr, qаlin qоr yog’ishi vа yaхmаlаklik, yozgi

jаzirаmа issiqlаr, kuchli shаmоllаr, chаng-to’zоn ko’tаrilishi, issiq shаmоl

(gаrmsеl) va bоshqаlаr kirаdi.

Xulosa qilsak, Respublikamizda quyosh radiatsiyasining miqdori hududning

iqlim ko’rsatkichlaridagi tafovutlarni yuzaga keltirgan bo’ilb, u shamollar

yo’nalishlarining ham o’ziga xosligini belgilab beradi.

Page 29: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

29

II-BOB. GIS VA UNDAN IQLIM PARAMETRLARINI KO’RSATISHDA

FOYDALANISH MASALALARI.

2.1-§ GISning gegrafik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati

GIS bu avvalоmbоr planеtamizda sоdir bo’layotgan vоqеa hоdisalarni va

fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish hamda dеyarli har handay sоhada qarоr qabul

qilish jarayonini tеzlashtirish uchun yordam bеradigan, kartalar yaratish uchun

хizmat qiladigan zamоnaviy kоmp’tеr tехnоlоgiyasidir (Shamsi, 2005;

G’ulomova, 2007, 2010). GISni hоzirgi kunda zamоnaviy kоmp’yutеr

tехnоlоgiyalarisiz tasavvur qilish mumkin emas, qanchalik tеz kоmpyutеr

dasturlari rivоjlanar ekan shunchalik tеzlik bilan GIS ham rivоjlanib bоradi. GIS

оrqali amalga оshiriladigan har qanday amaliy tahlillarni barchasi kоmpyutеr

dasturlari оrqali amalga оshiriladi. GIS оrqali biz ma’lumоtlarni so’rash, fazоviy

ma’lumоtlarni tahlil qilish, ularni birlashtirish, ularni ko’rish, mavjud

ma’lumоtlardan yangi ma’lumоt yaratish va bоshqa turli tuman masalalarni hal

qilish mumkin. Masalan, fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish yoki kartalar

yaratish qandaydir bir yangilik emas, albatta. Insоniyat paydо bo’libdiki, u

o’zini hayotini yaхshilash maqsadida turli tuman kartalar yaratib kеlmоkda,

birоq bu kabi kartalar yaratish va fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish GIS da

amalga оshiriladigan funktsiyalardan farq qiladi. Farqi shundaki, GISda

zamоnaviy kоmpyutеr dasturlari оrqali fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish va

kartalar yaratish jarayoni kеskin tеzlashadi va охirgi natija ham sifatli bo’lishi

imkoniyati yuzaga keladi.

GIS ni ishlashi uchun quyidagi 5 ta muhim tashkiliy qismlar mavjud

bo’lishi zarur:

1) Kоmpyutеr, plоttеr, dijitayzеr, printеr, GPS va bоshqa vоsitalar.

2) Dasturlar bu GISda fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilish va kartalar

yaratish uchun kеrak bo’ladigan kоmpyutеr dasturlaridir. Ulardan fazоviy

(gеоgrafik) ma’lumоtlarni kiritish, ularni tahlil qilish, tushunarli ko’rinishda

Page 30: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

30

tasvirlash, ma’lumоtlar bazasini bоshqarish va uni saqlash yo’llari, kеrakli

ma’lumоtlarni tеz vaqt ichida so’rash va h.k. maqsadlarda foydalaniladi.

3) Ma’lumоtlar – GISning eng muhim bеlgilardan biri hisоblanadi.

Fazоviy ma’lumоtlar GISni amalga оshiriruvchi tоmоnidan jadval ko’rinishda yoki

fоtо surat ko’rinishida to’planishi mumkin. Yoki to’plangan fazоviy ma’lumоtlar

bоshqa to’plangan fazоviy ma’lumоtlar bilan birlashtirib tahlil qilinishi mumkin.

4) Amalga оshiruvchilar – bo’layotgan jarayonlarni bоshqarib turuvchi

insоnlar ishtirоkisiz har qanday GIS tasavvur qilish qiyin. GIS natijalari qanday

darajada sifatli bo’lishi aynan insоnni bilim mahоratiga va uni ishtirоkiga bеvоsita

bоg’liq.

Usullar - ko’p hоllarda fazоviy ma’lumоtlarni tahlil qilishni va GIS ni

natijalari tеz yoki sifatli bo’lishi aynan qanday usullarni qo’llashga bоg’liq.

GIS rеal оlam to’g’risidagi ma’lumоtlarni tеmatik qatlamlar to’plami

ko’rinishida saqlaydi. Bu ma’lumоtlar bir-biri bilan gеоgrafik jоylashuv asоsida

birlashtirilgan, bоg’langan bo’ladi. Bu оddiy, birоq juda qulay va iхcham

yondashish yoki usul bo’lib, turli masalalarni еchishda o’zining qator afzalliklarini

ko’rsatadi.

Istalgan gеоgrafik aхbоrоt оb’еktlarning хududiy jоylashuv o’rni

to’g’risidagi ma’lumоtni o’zida mujassam etadi. Masalam: adrеsning ko’rsatilishi,

pоchta indеksi, saylоv оkrugi, yеr uchastkasining idеntifikatоri (hudud yoki оb’еkt

haqidagi ma’lumоt), yo’lning nоmi bo’lsin barcha-barchasi gеоgrafik jоylashuv

to’g’risidagi ma’lumоtni o’zida mujassamlashtirgan.

Shunga o’хshash misоllardan fоydalanilganda оb’еktlarni jоylashgan jоyini

avtоmatik tarzda tоpish uchun gео-kоdlash dеgan jarayondan foydalaniladi. Uning

yordamida sizni qiziqtirayotgan оb’еkt yoki jarayon kartada qaеrda

jоylashganligini aniqlash va ko’rish mumkin. Masalan: sizning do’stingiz

yashaydigan uy, sizni qiziqtirayotgan tashkilоt, suv tоshqini yoki zilzila sоdir

bo’lgan jоyni tоpish, sizga kеrak bo’lgan jоyga оsоnrоq va tеzrоq еtib оlish

marshrutini aniqlash.

Page 31: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

31

GIS bir-biridan farqli bo’lgan ikkita ma’lumоt fоrmatlari – “vеktоr” va

“rastr” bilan ishlashi mumkin. Vеktоr fоrmatda nuqtalar, chiziqlar va maydоnlar

to’g’risidagi aхbоrоtlar Х, U kооrdinatalar to’plami tarzida kоdlanadi va saqlanadi.

Nuqtaning jоylashgan o’rni, masalan quduqning, Х, U kооrdinatalar juftligi bilan

izоhlanadi. Chiziqli оb’еktlar – yo’llar, quvurlar kabi, Х, U kооrdinatalar to’plami

sifatida saqlanadi. Maydоn – yеr uchastkalari, хizmat ko’rsatiladigan хudud kabi,

yopiq kооrdinatalar to’plami sifatida saqlanadi.

Aхbоrоtlarning rastеr fоrmati – bunga skanеrda tushirilgan tasvirni yoki

raqamli fоtо kоmеra оrqali оlingan tasvirlarni misоl qilib оlish mumkin. U har bir

katagi alоhida qiymatga ega bo’lgan aхbоrоtlar to’plamidan ibоrat. Har ikkala

fоrmatning ham o’ziga yarasha afzallik va kamchilik tоmоnlari mavjud.

Zamоnaviy GIS dasturlari ikkala fоrmatdagi aхbоrоtlar bilan ham ishlaydi.

Umumiy fоydalanishda GIS aslida bеshta amalni bajaradi:

1) Aхbоrоt (maхlumоt) larni kоmpyutеrga kiritish.

2) Ma’lumоtlar ustida ishlash (aхbоrоtlarni manipulyatsiya qilish).

3) Bоshqarish.

4) So’rоq va tahlil.

5) Tasvirlash.

Hоzirgi kunga kеlib, halq хo’jaligininig dеyarli barcha tarmоqlarida

Gеоgrafik Infоrmatsiоn Sistеmalaridan kеng fоydalanilmоqda. Хususan, suv

хo’jaligida: suv yo’llarini o’rganish, suvni bоshqarish, suvni taqsimlash, suvni

sho’rlanish darajasini o’rganish, suvni оrganiq va хimik tarkibi suv оsti

hayvоnlarini o’rganish, suv o’zanini o’zgartirish, suv tоshqinlarini оldini оlish,

kanallarni avtоmatizatsiya qilish, o’rmоn хo’jaligida: barcha tirik jоnizоtni

emigratsiya va imigratsiyasini o’rganish, o’rmоn yong’inini оldini оlish, barcha

o’simlik dunyosini jоylashishi bo’yicha o’rganish, ularni rivоjlanishi va х.k.,

qishlоq хo’jaligida, еrni sho’rlanishi, еrni хimik tarkibi, qishlоq хo’jaligi ekinlarini

rivоjlanish tsikli, o’simliklarni suv ichish jarayoni, o’simliklarni kasalini o’rganish

va h.k.

Page 32: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

32

Gеоgrafik Infоrmatsiya Sistеmalari fani kоmpyutеr tехnоlоgiyari,

dasturlarni rivоjlanishi bilan kеskin bоg’liq. Shuningdеk matеmatika, fizika,

biоlоgiya va хimiya fanlari bilan ham bоg’liq. Masalan, masоfadan turib ma’lumоt

yig’ishni (Remote sensing) rivоjlanishi kоsmоnavtikani rivоjlanishiga bоg’liq

(Vostokova, 1982, 1988). Masоfadan kuzatish yoki ma’lumоt yig’ish bu

avvalоmbоr u yoki bu fazоviy оb’еkt bilan to’g’ridan to’g’ri alоqada bo’lmay

turib ma’lumоt yig’ish yoki yеrni kuzatish ilmi yoki san’atidir. Bu jarayon

rеflеksiya bo’layotgan yoki sоchilib chiqayotgan enеrgiyani yozish va aniqlash

hamda yozilgan ma’lumоtlar ustida ishlash, tahlil qilish va tayyor ma’lumоtdan

fоydalanish.

Ba’zi bir hоllarda masоfadan ma’lumоt yig’ish elеktrоmagnit

radiattsiyasidan fоydalanish оrqali yеrni kuzatish dеb ham nоmlanadi. Masalan,

masоfadan ma’lumоt yig’ish insоnlarni har kungi оddiy harakatidir, yani gazеta

o’qish, yurayotgan avtоmоshinani kuzatish, lеksiya davоmida dоmlaga qarab

o’tirish bular hammasi masоfadan ma’lumоt yig’ishga kiradi.

GIS aхbоrоt tizimlarining bоshqa bir qatоr turlari bilan uzviy bоg’langan.

Uning ulardan asоsiy farqli tоmоni gеоgrafik aхbоrоtlarni anipulyatsiya va tahlil

qila bilishida.

Aхbоrоt tizimlarining umumiy qabul qilingan klassifikatsiyasi yo’q, quyida

kеltirilgan tizimlarning bayoni GISning bu tizimlardan qanchalik uzоqligini va ular

оrasida uning o’rnini va qiymatini aniqlab bеradi:

Ish stоlida kartalar tuzish (desktop mapping) – tizimida hamma narsa

kartalarga asоslangan, karta aхbоrоtlar bazasi hisоblanadi. Ko’pgina bunday

tizimlar aхbоrоtlarni bоshqarish va uni tahlil qilishning chеklangan

imkоniyatlariga ega bo’ladi. Mazkur tizimlar bo’yicha dasturlar stоl-pеrsоnal

kоmpyutеrlarda, Macintosh va UNIX ishchi stantsiyalarining kichik mоdеllarida

ishlaydi.

Avtоmatik lоyihalash tizimlari (CAD) – lоyihalarning chizmalarini, binоlar

va infrastruktura rеjalarini yaratishga qоdir. Bu tizim ham juda chеgaralangan

analitik funktsiyalarga ega. Ba’zi Avtоmatik lоyihalash tizimlarida aхbоrоtlarni

Page 33: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

33

kartоgrafik ko’rsatib bеrish imkоniyatlari kеngaytirilgan, birоq, ulardagi utilitlar

katta gеоgrafik aхbоrоtlar bazasini samarali bоshqarish va tahlil qilish imkоniga

ega emas.

Masоfadan turib kuzatish tizimlari (remote sensing) va glоbal geografik

o’rinni aniqlash tizimi (GPS). Masоfadan turib kuzatish uslublari – bu uchuv

qurilmalari bоrtiga o’rnatilgan turli kamеralar va datchiklar, glоbal pоzitsiоn

tizimlarining qabul qilish stantsiyalari va bоshqa qurilmalar yordamida еr yuzasini

kuzatish va o’lchash bo’yicha bir san’at yoki fanning bir yangi rivоjlanayotgan

yo’nalishidir.

Bu datchiklar aхbоrоtlarni kооrdinatalarning yig’ini yoki tasvirlar sifatida

yig’adi va оlingan aхbоrоtlarni maхsus qayta ishlash, tahlil va vizualizatsiya qilish

imkоniyatlariga ega.

Bu tizimlarda aхbоrоtlarni bоshqarish va tahlil qilish uchun еtarli

imkоniyatlarning еtarli emasligi uchun, qo’shimcha funktsiyalarsiz, ularni haqiqiy

GIS qatоriga qo’shib bo’lmaydi.

Aхbоrоtlar bazasini bоshqarish tizimlari (DBMS) - barcha turdagi

aхbоrоtlarni, shu jumladan gеоgrafik aхbоrоtlarni ham, saqlash va bоshqarishga

mo’ljallangan. Bu tizimlar bunga o’хshash masalalar uchun оptimallashtirilgan,

shuning uchun ham ko’pgina GIS dasturlarda DBMS bilan ishlash imkоniyatlari

qurilgan. Bu еtarlicha qudratli tizimlar ham GISda mavjud bo’lgan tahlil va

tasvirlash funktsiyalariga ega emas.

GISning eng katta yutug’i bu gеоgrafik aхbоrоtni o’zini, yoki gеоgrafik

оb’еktga bоg’liq bo’lgan istalgan bоshqa aхbоrоtni (atributiv aхbоrоtni) yaqqоl

ko’rsatib bеrishidadir. GISda aхbоrоtlar bazasidan kеrakli aхbоrоtni izlash va

gеоgrafik so’rоqni amalga оshirish imkоniyati dunyoda ko’pgina kоmpaniyalarga

milliоnlab dоllar mablag’ni tеjash imkоnini bеrgan.

GIS kliеntlarning talabiga javоb bеrish vaqtini qisqartiradi; zarur tadbirlar

o’tkazish uchun to’g’ri kеladigan hududlarni aniqlash; turli paramеtrlar оrasidagi

o’zarо bоg’liqlikni aniqlash (masalan tuprоq, iqlim va ekinlarning hоsildоrligi);

elеktr tarmоg’i o’zilgan jоylar va h.k. GIS qo’llanishi mumkin bo’lgan yana bir

Page 34: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

34

qatоr masalar: jоydan ma’lum hududda jоylashgan, shifеr tоmli, uch хоnali 10

mеtrli оshхоnaga ega bo’lgan uylarni aniqlab tоpish. Bunday so’rоq qo’shimcha

paramеtrlarni kiritish bilan yana to’ldirilishi mumkin, masalan binоlarning narхlari

va h.k. GIS va bоshqa aхbоrоt tехnоlоgiyalari, bizga yaхshi ma’lum bo’lgan,

faktlar to’g’risida yaхshi хabardоr bo’lish masala va muammоlarga yaхshi еchim

tоpishga yordam bеradi dеyilgan gapning to’g’riligini yana bir bоr isbоtlaydi.

Birоq GIS – bu masalaga tayyor еchim chiqarib bеradigan asbоb yoki vоsita emas.

U masalaga javоb tоpish prоtsеdurasini tеzlashtirishga va uning samaradоrligini,

sifatini, aniqligini оshirishga katta yordam bеradigan vоsitadir.

U gеоgrafik aхbоrоtlarni so’rоq va tahlil qilish funktsiyalari bilan

ta’minlaydi, tahlil natijalarini insоn qabul qilishiga оsоn va qulay bo’lgan hоlda,

yaqqоl ko’rsatib bеradi. GISda kartalarga alоhida o’rin ajratilgan. GISda kartalar

yaratish jarayoni an’anaviy qo’lda yoki avtоmatik tarzda karta ishlab chiqarish

uslublaridan ancha sоddarоq va iхchamdir. Bu jarayon aхbоrоtlar bazasini

yaratishdan bоshlanadi. Bu uchun birlamchi aхbоrоtning manbasi sifatida mavjud

qоg’оz kartalarni kоmpyutеrga kiritishdan fоydalanish mumkin. GISga asоslangan

kartоgrafik aхbоrоtlar bazasi yaхlit, ya’ni, alоhida karta listlariga, rеgiоnlarga

bo’linmagan hоlda, va ma’lum bir masshtabga yoki kartоgrafik prоеktsiyaga

bоg’lanmagan hоlda, bo’lishi mumkin. Bunday aхbоrоtlar bazasi asоsida, elеktrоn

yoki qattiq nusхa ko’rinishida, istalgan tеrritоriyaga, iхtiyoriy masshtabda, zarur

tafsilоtda, kеrakli shartli bеlgilarni ifоda etgan hоlda, kartalar yaratish mumkin.

Istalgan vaqtda aхbоrоtlar bazasi bоshqa manbalardan оlingan yangi aхbоrоtlar

bilan to’ldirilishi, mavjud aхbоrоtlar to’g’rilanishi mumkin. Katta tashkilоtlarda

yaratilgan tоpоgrafik aхbоrоtlar bazasi bоshqa bo’linmalar uchun kartоgrafik asоs

sifatida fоydalanishi mumkin. Shu o’rinda bu aхbоrоtlarni tеz ko’chirish va ularni

turli kоmpyutеr tarmоqlari оrqali оpеrativ tarzda jo’natish va оlish mumkin

(Safarov, 2007,2010; Sultonov, 2011).

GISning geografik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati bo’yicha asosiy

adabiyotlar ingliz va rus tillarida keltirilgan bo’lib, iqlimiy ko’rsatkichlarni u orqali

tasvirlash masalalarini o’zbek tilida yoritish maqsadga muvofiqdir.

Page 35: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

35

2.2-§ Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash masalalari

Tadqiqotchilarning ko’rsatishicha GIS bu geografok axborotlarni

to’playdigan va ular bilan ishlaydigan texnologiyadir (G’ulomova, 2010). Bugungi

kunga kelib bu texonoloyiga xalq xo’jaligining turli sohalarida keng

qo’llanilmoqda. Shular qatorida iqlimshunoslik yoki meteorologik tadqiqotlarda

ham bu tadqiqot usuli qo’llanilib, hududlar iqlimiy xususiyatlarini davriy va tezkor

tahlil qilish imkonini bermoqda.

Respublikamizning Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ham bugungi

kunda zamonaviy geografik tadqiqot usullaridan foydalanilib, uning Iqlim

tadqiqotlari va monitoringi bo'limida GIS doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Iqlim tadqiqotlari va monitoringi bo'limi (ITMB) 1994 yilda uzoq muddatli

meteorologik prognozlarning statistik uslublarini ishlab chiqish bo'yicha guruh

bazasida tashkil etilgan. ITMB ilmiy-tekshirish va tezkor-uslubiy bo'linma

hisoblanadi. Bo'limning asosiy vazifalari:

- iqlim o'zgaruvchanligi, o'zgarishi va monitoringi sohasidagi ilmiy

tekshirishlar;

- uzoq muddatli meteorologik prognozlar uslublarini ishlab chiqish va

tokomillashtirish;

- amaldagi ilmiy-texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda GMITI va

O'zgidromet GMM tezkor ob-havo prognozlari texnologiyalarini takomillashtirish;

- bo'lim ilmiy-tekshirish ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etayotganda

uslubiy rahbarlikni ta'minlash;

- tatbiq etilgan tezkor prognozlar texnologiyalari doirasida bo'lim javobgar

bo'lgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va ish sharoitini qo'llab-quvvatlash.

Bugungi kungacha bu bo’lim tomonidan quyidagi ahamiyatli natijalarga

erishilgan:

- ITMB xodimlari tomonidan ob-havo uzoq muddatli prognozlarining bir

qator uslublari ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan:

- O'rta Osiyo bo'yicha 5 oylik barvaqtlikdagi havo harorati va yog'inlarning

ikki oylik anormal prognozining statistik uslubi;

Page 36: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

36

- Bir oylik barvaqtlikdagi o'rtacha oylik havo harorati anormal prognozining

statistk uslubi;

- Ikki oylik barvaqtlikdagi oylik yog'in miqdori prognozining statistik uslubi;

Iqlimiy tadqiqotlar sohasida quyidagi iqlimiy izlanishlar olib borilmoqda:

- O'rta Osiyo mintaqasining iqlimiy tizimini monitoringlash konsepsiyalari

va uslubiy asoslari ishlab chiqilgan;

- 2005 yilgacha iqlim o'zgarishi bilan O'rta Osiyo sinoptik jarayonlari

turlarining takroriyligi va o'rtacha oylik havo harorati, yog'inlar miqdorining yil

ichida qayta taqsimlanishining baholashlari berilgan;

- O'rta Osiyoda oldindan aytiladigan iqlim o'zgarishlarining mavsumiy

yechimlarining tadqiq etilgan;

- Mavjud iqlimiy moyillikni hisobga olgan holda ularni prognozlash

uslublari ishlab chiqilgan;

- O'zbekistondagi oylik yog'in miqdori va o'rtacha oylik havo harorati rejim-

iga El-Ninyo va La-Ninya fenomenlarining ta'siri o'rganilgan;

- O'zbekiston va unga yondoshgan tog'li hududlarda iqlim o'zgarishining

regional ssenariylarini tuzish uchun global iqlimiy modellari natijalarining statistik

interpretatsiyasi uslubiyotlari ishlab chiqilgan.

GIS asosida bugungi kunda respublikamizda quyidagi faoliyatlarning ustivor

yo'nalishlari belgilangan:

- Aniq geografik hududlarda O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan iqlim

o'zgarishini baholash;

- Oxirgi o'n yillkdagi instrumental kuzatuv ma'lumotlarini hisobga olgan

holda iqlim resurslari o'zgarishi va amaliy iqlimiy tasniflarni baholash;

- Global iqlimiy modellarning oxirgi hammabop dastlabki natijalari asosida

regional iqlim ssenariylarini tuzish;

- Iqlim o'zgarishiga moslashish choralari va ta'sir etish strategiyalarini ishlab

chiqish uchun axborotlar asosi bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan ma'lumotnoma

monografiyani tayyorlash.

Page 37: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

37

Iqlimning global isishida GIS texologiyalarini qo’llash bo’yicha g’arb

mamlakatlarida ko’plab ilmiy natijalarga erishilgan. AQShlarining “NASA”

agentligi iqlim o’zgarishi bo’yicha ko’plab ma’lumotlar, jumladan, statistik

tahlillar, aerokosmik sur’atlardan iborat baza shakllantirgan

(http://glovis.usgs.gov).

ESRI tomonidan Iqlim Tabiiy O’zgarishidan Saqlanish dasturi ham ishlab

chiqilgan bo’lib, u ilmiy tadqiqotchilar, tabiatshunos va qaror qabul qiluvchilar

hamda mustaqil qiziquvchilarga iqlim o’zgarishlarini tushunish uchun bepul

kartalar tayyorlab beradi.

Iqlim xususiyatlarini GIS yordamida tasvirlash imkoniyatlari dasturiy

ta’minotning yangilanib borishi bilan ko’paya boradi. Ushbu ishda biz ayrim,

bizning holatimiz uchun keng qo’llaniladigan tasvirlash elementlarini yoritdik.

Iqlim xususiyatlarini quyidagi yog’ingarchilik, havo haroratlari misolida

ko’rib chiqamiz. ArcViewning ArcMap dasturiga yo’gingarchilik kartasi

kiritilgandan keyin, kartaning xususiyatlar (proparties) orqali “Symbology”

xizmatini tanlaymiz (2.2.1-rasm).

2.2.1-rasm. ArcMapda Symbology xizmati bilan ishlash.

Page 38: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

38

“Color Ramp” orqali biz uchun muqobil ranglar tartibini belgilab olamiz, bu

erdan kartografiy fanidan olgan bilimlarimizni unutmasligimiz lozim. Chunki,

muqobil rang tanlash, masalan yo’ingarchilik uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko’pchilik xollarda bu foydalanuvching ixtiyoriga bog’liq bo’lishi mumkin, ammo

qora yoni to’q jigar rangda yog’ingarchilikni tasvirlagandan ko’ra uni havo rang

yoni sariq rangda tasvirlash muqobilroq.

“Symbology” xizmati oynasining chap qismida yuklangan tasvir yoki

kartani tasvirlashing Sinflashtirilgan (Classified) va Alohida qiymatlar (Unique

Values) usuli ham mavjud.

Sinflashtirilgan qiymat taqdiqitchining maqsadiga ko’ra shu muloqat

oynasining Sinflar (Classes) xizmati orqali 1 yoki ma’lumot xususiyatiga ko’ra

maksismum sinflarini belgilash orqali amalga oshiriladi (2.2.2-rasm). Bizning

misolimizda maksimum qiymat 32 sinfdan iborat.

2.2.2-rasm. Symbology xizmatining Sinflashtirish buyruqi bilan ishlash.

Alohida qiymatlar (Unique Values) usulida har bir miqdor alohida ranglarda

beriladi va kichik hududlarda chuqurlashtirilgan tadqiqotlar uchun muhim

ahamiyat kasb etadi. Bu holatda 1-96 gacha, yani 96 mm yog’in yog’adigan

hududlar alohida qiymatlarda tasvirlangan (2.2.3-rasm).

Yuqorida ko’rib chiqilgan tasvirlash elementlari yo’radmida rang berishdan

tashqari nuqtalar, maxsus shartli belgilar orqali ham har bir qiymat yoki sinfni

tasvirlash imkoniyati mavjud. Bu orqali tayyorlanayotgan kartaning maqsadidan

Page 39: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

39

kelib chiqqan holda agar qatlamlar ko’p bo’lsa nuqtalardan foydalanish lozim

bo’ladi, yoki aksincha.

ArcMap dasturining Fazoviy Tahlillar (Special analist) buyruqi orqali ham

raster o’lchamdagi iqlim kartalarini tahlil qilish imkoniyati ham mavjud. Bu

2.2.3-rasm. Symbology xizmatining Alohida qiymatlar buyruqi bilan ishlash.

buyruq orqali ham sinflashtirish, qiymatlar bo’yicha izoterma yoki isogetalarni –

yani konturlarni o’tkazish va boshqa tahlillar amalga oshiriladi.

Yog’ingarchilik ko’ratkichini uch o’lchamli fazoda (Ronald, 1987; Paula,

2007; Nikolakopoulos, 2010; Rexer, 2014) tasvirlash imkoniyatlari ham mavjud

bo’lib, bunda tanlangan karta bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi: -ArcMap

dasturiga raster o’lchamli karta yuklanadi; ArcCatalog dasturi yordamida kartaning

koordinatalar sistemasi metrli o’lchamga o’tkasiladi; ArcScene dasturiga kiritilib,

karta xususiyatlarindan Base Heights xizmati orqali tasvirlanadi; Natijada

yog’ingarchilikning kartasining uch o’lchamli modeli tasvirlanadi (2.2.4-rasm).

2.2.4-rasm. ArcScene dasturida yog’ingarchilikning uch o’lchamli modeli.

Page 40: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

40

Xulosa qiladigan bo’lsak GIS orqali iqlim ko’rsatkichlarini tasvirlashning

ko’plab usullari mavjud. Tadqiqotlarning maqsadiga bog’liq xolda ularni tanlash

maqsadga bog’liqdir. Ushbu tartibda respublikamiz iqlim ko’rsatkichlarini

tasvirlash esa ularni o’rganish va tahlil qilishda qulayliklar yaratadi va ko’rgazmali

ahamiyat kasb etadi.

Page 41: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

41

III-bob. RESPUBLIKANING KO’P YILLIK IQLIM KO’SATKICHLARI KARTALARINI GIS DASTURI ASOSIDA TUZISH

3.1 -§ Ko’p yillik iqlim ko’satkichlarini internet orqali olish masalalari

XXI-asr axborot texnologiyalari asri bo’lishi bilan ko’plab ma’lumotlarni

tashish, etkazish va yangilash imkoniyatlari tug’ildi. Ma’lumotlarning raqamli

ko’rinishlari esa ulardan foydalanish tezligi va qulayligini ta’minlab bermoqda.

Global internet tarmoqidagi iqlim ko’ratkichlari bo’yicha tegishli rasmiy

ma’lumotlar joylashtirilib ilm-fan va mustaqil foydalanuvchilar uchun muhim

manba bo’lib xizmat qiladi.

Dunyoviy iqlim ko’rsatkichlari internet tarmog’ining -

http://www.worldclim.org/formats sayti orqali yuklab olinadi (3.1.1-rasm).

3.1.1-rasm. Iqlimiy ma’lumotlarni yuklab olish oynasi.

Bu elektron manzlda ma’lumotlar ingliz tilida joylashtirilgan bo’lib,

Antarktikadan boshqa dunyoning barcha hududlariga tegishli ma’lumotlar

joylashtirilgan. Ular geografik kenglik va uzoqlik bo’yicha keltirilgan, ammo

proeksiyalanmagan va WGS84 datum bo’yich berilgan. Saytda o’rtacha minimum,

o’rtacha va maksimum havo harorati, yogingarchilik to’g’risida ma’lumotlar

keltirilgan. Bundan tashqari, 18 ta bioiqlimiy o’zgaruvchanlik haqida ham

ma’lumotlar berilgan. Havo harorati °C * 10 kabi qiymatda keltirilgan, yani 231

Page 42: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

42

qarami 23.1 °C ni ifodalaydi. Bu foydalanuvchi uchun anchagina chalkashliklarni

keltirishi mumkin, ammo katta o’lchamdagi fayllar hajmini kichraytirishga yordam

beradi. Yog’ingarchilik miqdori esa mm (millimeter)da berilgan.

Iqlimiy ma’lumotlar to’rtta fazoviy o’lchamda; 30 sekund (0.93 x 0.93 =

0.86 km2 ekvatorda), 2.5, 5 va 10 minutda (18.6 x 18.6 = 344 km2 ekvatorda)

betilgan. Birlamchi ma’lumot 30 sekund birlikda berilgan va qolganlari shu asosda

ishlab chiqilgan. Yer uzasi va suv havzalariga tegishli ma’lumot keltirilmagan

yerlarda o’rtacha qiymat hisoblangan, ammo birlamchi ma’lumotda qiymat yoq

hududlarda qiymat keltirilmagan.

O’rtacha qiymatdan yog’ingarchilik, o’rtacha minimum, o’rtacha,

maksimum va minimum haroratlarda ham foydalanilgan. Ma’lumotlar tegishli

iqlim ko’rsatkichi bo’yicha nomlangan va zip o’chamda kichraytirilgan. Zip

fayllar X_R_F.ZIP kabi nomlangan bo’lib, bu yerda X – o’zgaruvchanlikni

(TMEAN, TMIN, TMAX, PREC, BIO, yoki ALT), R – fazoviy o’lchamni (10m,

5m, 2_5m, 30s), F – esa formatni(fayl formatini) ifodalaydi. Masalan F – ESRI

katakchalari bilan ifodalangan bo’lishi mumkin. Umumiy misol keltiramiz:

TMIN_5m_ESRI.ZIP o’lcham - minimum harorat, ESRI katakli 5 minut fazoviy

o’lchamni ifodalaydi.

Iqlim ma’lumotlari 12 oy uchun mos qatlamlarda keltirilgan va ularni

farqlash murakkab bo’lishi mumkin. Ular quyidagi ko’rinishda taqdim qilingan:

tmean<m>_<r>.ext

tmin<m>_<r>.ext

tmax<m>_<r>.ext

prec<m>_<r>.ext

bio<x>_<r>.ext

alt_<r>.ext ”

Bu yerdagi qisqartmalarning ingliz tilidagi kengaytmasi ham berilgan va ular

quyidagicha bayon qilingan:

tmean = oylik o’rtacha harorat (average monthly mean temperature (°C *

10)).

Page 43: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

43

tmin = oylik o’rtacha minimum harorat (average monthly minimum

temperature (°C * 10)).

tmax = oylik o’rtacha maksimum harorat (average monthly maximum

temperature (°C * 10)).

prec = oylik o’rtacha yog’in miqdori (average monthly precipitation (mm)).

bio = bioiqlimiy o’zgaruvchanlik (bioclimatic variables derived from the

tmean, tmin, tmax and prec).

alt = dengiz sathidan balandlik (altitude, elevation above sea level, m, from

SRTM).

m = oy (month of the year, from 1 January to 12 December).

x = bioiqlimiy o’zgaruvchanlik uchun kod (code for the bioclimatic

variable).

ESRI katakli ma’lumotlar Arc dasturlarida qo’llaniladi va dastavval ular zip

o’lchamdan chiqariladi. Har bir fayl qo’shimcha ma’lumotlarni qamrab oluvchi

papkalarni ham o’z ichiga oladi. Ayrim iqlimiy ma’lumotlar GeoTIFF o’lchamda

bo’lsa boshqalari Generic grid ya’ni raster o’lchamda keltirilgan.

Xulosa qiladigan bo’lsak, internet saytida duyoviy iqlim ko’rsatkichlariga

oid ma’lumotlar joylashhtirilgan ko’plab manzillarni keltirish av ulardan

foydalanish mumkin. Bugungi kundagi iqlimning global o’zgarishi bu

ma’lumotlardan foydalanuvchilarning sonini ko’payishiga olib keladi hamda ilmiy

tadqiqotlarda keng foydalanish imkonini beradi.

3.2 -§ Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida kartalashtirish

Bitiruv malakaviy ishida yuqoridagi bo’limda keltirilgan ma’lumotlardan

foydalanib ArcMap, ArcCatalog va ArcScene dasturi yordamida Respublikaning

iqlim ko’rsatkichlarini kartalashtirishtirildi.

Quyida 30 arc sekundli o’lcham bo’yicha respublikamizning yanvar oylik

o’rtacha yog’ingarchilik kartasi keltirildi (3.2.1-rasm).

Page 44: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

44

3.2.1-rasm. Respublikamizning yanvar oylik o’rtacha yog’ingarchilik karta-sxemasi.

Ushbu karta-sxemani olib uchun “prec_30s_esri” – ya’ni ESRI katakli 30

sekundlik yog’ingarchilik ma’lumoti ArcMap dasturiga kiritilib, O’zbekiston

hududi kesib olinadi(3.2.2-rasm).

3.2.2-rasm. O’zbekiston hududini kesib olish tartibi.

Page 45: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

45

Buning uchun qiyidagi ketma-ketlik bajariladi:

- ArcToolbox – anjomlar yashigi ochilib, izlash xizmatidan Clip (kesish)

buyrugi izlanadi. Yoki, Data management Tools – Raster – Raster processing –

Clip ketmaketligi bajariladi.

- Input raster degan joyga pres_3 raster fayli, Output extentga

O’zbekistonning vektor fayli kiritiladi, Use imported features for Clipping

geometry degan joyni belgilab o’tamiz va ok tugmachasini bosamiz.

- Keyin yuqoridagi bo’limlarda keltirilgan tartibda maqsadli tasvirlash

ishlarini amalga oshiramiz. Masalan mart oylik yog’ingarchilik miqdorini

sinflashtirish usulidan foydalanib quyidagi karta-sxermani taqdim qilamiz (3.2.3-

rasm).

3.2.3-rasm. Respublikamizning mart oyi yog’ingarchilik karta-sxemasi.

Yuqoridagi tartibda Respublikamizning iyun oyi o’rtacha maksimum

harorati ma’lumotlaridan foydalanib, iyun oyi uchun karta-sxema tayyorlaymiz

(3.2.4-rasm). Karta-sxemada iqlim ko’rsatkichlari 340 yoki 270 kabi qiymatlarda

berilgan bo’lib, bunung sababi yuqoridagi bo’limda ko’rsatilgan. Bundan tashqari,

karta-sxemaga izotermalarni o’tkazganda ularning zichligi katta bo’lgan to’g’li

hududlarda alohida rang sifatida ko’rindi. Asloda kartani katta o’lchamda

Page 46: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

46

chiqarsak bu muammo o’z echimini topar edi. Izotermalar har 10 gradus harorat

miqdoridan o’tkazilgan.

3.2.4-rasm. Respublikamizning iyun oyi o’rtacha ko’p yillik maksimum hatorati karta-semasi.

Xulosa qilib aytganda, ma’lumotlarning raqamli ko’rinishlari yuqoridagi

kabi karta-sxemalarni tez va madsadli ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan

birga, Respublikaning iqlim ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida

kartalashtirishda va ularning thlilini olishnig ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lib,

qanday ma’lumotlardan foydalanish tadqiqotchining qiziqishiga bo’g’liq. Biz ishda

http://www.worldclim.org internet manzili ma’lumotlaridan foydalandik.

Page 47: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

47

XULOSA

Respublikamizda iqlimining umumiy tavsifi va yog’ingarchilikning o’ziga

xos hususiyatlari regional ahamiyat kasb etib, mavjud adabiyotlarda keyingi davriy

o’zgaruvchanlik tomonlari qayd qilinmagan. Bu esa iqlim kartalarini tuzishda

yangi ma’lumotlardan foydalanishni talab etadi.

Respublikamizda quyosh radiatsiyasining miqdori hududning iqlim

ko’rsatkichlaridagi tafovutlarni yuzaga keltirgan bo’ilb, u shamollar

yo’nalishlarining ham o’ziga xosligini belgilab beradi.

GISning geografik tadqiqotlar qo’llanishi va ahamiyati bo’yicha asosiy

adabiyotlar ingliz va rus tillarida keltirilgan bo’lib, ishdagi iqlimiy ko’rsatkichlarni

GIS orqali tasvirlash masalalari o’zbek tilidagi amaliy qo’llanma bo’lib xizmat

qiladi.

GIS orqali iqlim ko’rsatkichlarini tasvirlashning ko’plab usullari mavjud

bo’lib tadqiqotlarning maqsadiga bog’liq xolda ularni tanlash maqsadga

muvofiqdir. Ishadgi tartibda Respublikamiz iqlim ko’rsatkichlarini tasvirlash esa

ularni o’rganish va tahlil qilishda qulayliklar yaratadi va ko’rgazmali ahamiyat

kasb etadi.

Internet saytida duyoviy iqlim ko’rsatkichlariga oid ma’lumotlar

joylashhtirilgan ko’plab manzillarni keltirish av ulardan foydalanish mumkin.

Bugungi kundagi iqlimning global o’zgarishi bu ma’lumotlardan

foydalanuvchilarning sonini ko’payishiga olib keladi hamda ilmiy tadqiqotlarda

keng foydalanish imkonini beradi.

Ma’lumotlarning raqamli ko’rinishlari yuqoridagi kabi karta-sxemalarni tez

va madsadli ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga, Respublikaning iqlim

ko’rsatkichlarini mavjud ma’lumotlar asosida kartalashtirishda va ularning thlilini

olishnig ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lib, qanday ma’lumotlardan foydalanish

tadqiqotchining qiziqishiga bo’g’liq.

Page 48: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

48

ADABIYOTLAR

1. Атлас облаков. Под ред. А.Х.Хргиана, Н.И.Новожилова.-Л.:

Гидрометеоиздат, 1978.

2. Бабушкин Л.Н., Когай Н.А. Вопросы географического

районирования Средней Азии и Узбекистана // Ташкент: Научные труды

ТашГУ. Вып. 231, 1964. -С.48.

3. Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси. -Тошкент: “Ўқитувчи”,

1996. -264 б.

4. Воробьев В. И. Синоптическая метеорология.-Л.: Гидрометеоиздат,

1991.

5. Востокова Е.А. и др. Картографирование по космическим снимкам и

охрана окружающей среды. -М., «Недра» 1982.

6. Востокова Е.А. и др. Экологическое картографирование на основе

космической информации. -М., «Недра» 1988.

7. Глазирин Г.Э. ва бошқ. Ўзбекистон иқлимининг қисқача очерки.-

Тошкент, ЎОИТГМИ, 1999 й. -31.

8. Гуральник И. И., Дубинский Г. П., Ларин В. В., Мимиконова С. А.

Метеорология.-Л.: Гидрометеоиздат, 1968.

9. Дроздов О.А. и. др. Климатология-Л.: Гидрометеоиздат, 1989.

10. Жўраев О.Ж., Азамов А.А., Тўғаймурадов Й.Т. Метеорологиядан

изоҳли луғат.-Т.: Халқ мероси, 2002.-415 б.

11. Кабишева Н.В., Констин С.И. Струнников Э.А. Климатология.-Л.:

Гидрометеоиздат, 1980 г.-344 с.

12. Матвеев Л. Т. Физика атмосферы.-С-Пб.: Гидрометеоиздат, 2000.

13. Nikolakopoulos, K. G.; Kamaratakis, E. K; Chrysoulakis, N. (10

November 2006). "SRTM vs ASTER elevation products. Comparison for two

regions in Crete, Greece". International Journal of Remote Sensing 27 (21): 4819–

4838. doi:10.1080/01431160600835853. ISSN 0143-1161. Retrieved June 22,

2010.

Page 49: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

49

14. Paula Messina. "Terrain Analysis Home Page". Spatial Analysis and

Remote Sensing Lab at Hunter College. Retrieved 2007-02-16.

15. Петров Ю.В., Эгамбердиев Х.Т. ва бошқ. Иқлимшунослик асослари.

Tошкент, “Янги аср”, 2007 й.-174 бет.

16. Rexer, M.; Hirt, C. (2014). "Comparison of free high-resolution digital

elevation data sets (ASTER GDEM2, SRTM v2.1/v4.1) and validation against

accurate heights from the Australian National Gravity Database.". Australian

Journal of Earth Sciences 61 (2). doi:10.1080/08120099.2014.884983. Retrieved

April 24, 2014.

17. Ronald T. (1987): Terrain models — A tool for natural hazard Mapping.

In: Avalanche Formation, Movement and Effects (Proceedings of the Davos

Symposium, September 1986). IAHS Publ. no. 162,1987.

18. Сафаров Э.Ю. Географик ахборот тизимлари. Амалий

машғулотларни бажариш бўйича услубий қўлланма - Т, 2007 й.

19. Сафаров Э.Ю. Географик ахборот тизимлари – Т., 2010 й.

Shamsi U.M. GIS Applications for Water, Wastewater, and Stormwater

Systems. CRC Press.US,-2005y.-453p.

20. Sultonov M. Gis va undan foydalanish” fanidan O`quv- uslubiy majmua.

Urganch, 2011 yil.-106 varaq.

21. Шубаев Л. Умумий Ер билими. Тошкент, “Ўқитувчи”.1975 й.-384

бет.

22. Ғуломова Л.Х. География ахборот тизимлари ва технологиялар.

Tошкент, “Университет”.-2010 y.-124 бет.

23. Ғуломова Л.Х. ва бошқ. Географик ахборот тизимлари ва

технологиялари. Ўқув қўлланма. 2-қисм. Университет, Тошкент. 2013 й.-130

б.

24. Хромов С. П., Петросянц М. А. Метеорология и климатология:

Учебник. 5-е изд., перераб. и допол.-М.: Изд-во МГУ, 2001.

Page 50: BITIRUV MALAKAVIY ISHI - dl.urdu.uzdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi26.pdf · 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIATSHUNOSLIK

50

25. Чуб В.Е. Изменение климата и его влияние на природно-ресурсный

потенциал Республики Узбекистан. -Тошкент: САНИГМИ, 2000. -252 с.

Internet saytlari:

26. www.wikipedia.com

27. http://glovis.usgs.gov

28. www.uznature.uz

29. http://www.meteo.uz/uzb/about/climate.php

30. http://www.worldclim.org

31. http://узбекистан.uz/климат-и-погода