kurs ishi - ziyonetziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni...

45
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “BANK ISHI” FAKULTETI “ТАSHQI IQTISODIY FAOLIYAT” KAFEDRASI KURS ISHI Маvzu: Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari Bajardi: “Bank ishi” fakulteti, “Маrketing” (Таshqi iqtisodiy faoliyat) ta’lim yo’nalishi, 4- kurs, МV-51 guruhi talabasi Ergashova Gavxar Baxtiyarovna________________________ Ilmiy rahbar: “Таshqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi katta o’qit. Sharifxodjaеv U. ______________ ТОSHKENT – 2013

Upload: trinhhanh

Post on 16-Aug-2019

288 views

Category:

Documents


0 download

TRANSCRIPT

Page 1: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

“BANK ISHI” FAKULTETI

“ТАSHQI IQTISODIY FAOLIYAT” KAFEDRASI

KURS ISHI

Маvzu: Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion

tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari

Bajardi: “Bank ishi” fakulteti, “Маrketing”

(Таshqi iqtisodiy faoliyat) ta’lim yo’nalishi, 4-

kurs, МV-51 guruhi talabasi Ergashova

Gavxar Baxtiyarovna________________________

Ilmiy rahbar: “Таshqi iqtisodiy faoliyat”

kafedrasi katta o’qit. Sharifxodjaеv U.

______________

ТОSHKENT – 2013

Page 2: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

2

MUNDARIJA

KIRISH

1.1 Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi

ahamiyati

1.2 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni.……………………………31

1.3 Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida foydalanishning

me’yoriy huquqiy asoslari

1.4 1 - bob bo`yicha xulosalar

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Page 3: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

3

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kun va kelajak hayotimizni zamonaviy

axborot tenolgiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz.Respublikamizda davr talabi

bo’lgan zamonaviy axborot kommunikatsion tenologiylarni joriy etilishi va uni

iqisodiyotni turli xil sohalariga tadbiq etilishi raqobatbrdosh axborotlarga ega

bo’lish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Mamlakatimizda

axborot kommunikatsion texnologiyalarni me’yoriy huquqiy asoslari yaratildi.

“Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 24,5 foizga, kompyuter dasturlash

xizmatlari 18 foizga, texnologik asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat

ko‘rsatish 17 foizga, moliya-bank xizmatlari 17,6 foizga o‘sdi.”1.Zamonaviy

marketingni zamonaviy aborot kommunikatsion axborot texnologiyalarsiz amalga

oshirib bo’lmaydi.O’z vaqtida tezkor va sifatli axborotlarga ega bo’lish,to’g’ri

qarorlar qabul qilishni ta’minlaydi .Natijada korxonalar raqobatbardoshligi

ta’minlanadi.Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini muvaffaqiyati sabablardan biri

ularni doimo tezkor va aniq axborotlarga ega bo’lish imkoniyati

yuqoriligadir.Shunday ekan respublikamizda zamonaviy axborot kommunikatsion

texnologiyalrni iqtisodiyotni turli sohalarga qo’llash zaruriyati mavzuni

dolzarbligidan dalolat beradi.

Zamonaviy marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion

texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish

va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini o’rganish va takliflar

ishlab chiqish bituruv malakakaviy ishining maqsadi hisoblanadi.

Tinglovchilarda zamonaviy marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion

texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish

va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini bilan bo’liq ilmiy-

nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish

yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan

Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013 www.prezident.uz

Page 4: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

4

O’zbеkistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi,

jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli shеriklik o’rnini egallay borishi, inson

faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan yuqori

darajada foydalanishini ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu tеxnologiyalar

ijtimoiy mеhnat samaradorligining oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq.

Hozirgi kunga kеlib iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tish jamiyatimiz

ijtimoiy va iqtisodiy xayotining barcha axborotlashtirish sohalarida erishilgan eng

so’nggi yutuqlarni tadbiq etish sur'atlarini g’oyatda tеzlashtirib yubordi

Zamonaviy axborot tеxnologiyalari tеzkor va muvofiq ravishda boshqarishga,

axborot kommunikatsiyalarini o’rnatishga imkon bеradi.

Iqtisodiyotda zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy

axborotlar sifati, uning aniqligi, ob'еktivligi, tеzkorligini va buning natijasi

sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini

ta'minlaydi. Axborot tеxnologiyalari hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining

rivojlanishining “harakatga kеltiriruvchi kuch”i bo’lib hisoblanadi.

Jahon tajribasini axborot tеxnolgiyalarining haqiqatdan ham insonlarning

ijtimoiy xayotiga ijobiy ta'sir ko’rsatishini tasdiqlamoqda. Bu borada

Prеzidеntimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk: “Jahon sivilizatsiyasiga daxldor

bo’lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini

ta'minlash qiyin” .

Tadqiqot jarayonida zamoanviy iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalarini

qo’llashning nazariy asoslari, ya'ni axborot rеsurslari, tizim, boshqaruv tizimi,

boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari, qaror qabul qilish, axborot

tizimlari, avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalari, axborot tеxnologiyalarining

rivojlanish bosqichlari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ularning

evolyutsiyasi, samaradorligi, yaratish hamda rivojlantirish tеndеntsiyalari,

ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, zamonaviy axborot

tеxnologiyalari batafsil yoritib bеrilgan. Shu bilan birga iqtisodiyotda axborot

jarayonlarini boshqarishda avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalaridan

Page 5: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

5

foydalanish, ya'ni turli sohalarga qo’llash: statistika, buxgaltеriya hisobi, bank va

markеting faoliyati yoritilgan.

Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan

marketingda qo’llashni samaradorlikka erishtiradigan uslubiy asoslari:

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni

takomillashtirish ta’moyillari;

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni

asosiy yo’llarini rivojlantirish istiqbollari;

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni

bugungi kundagi xolatlarti;

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni

davlatning o’rni va uning axamiyati;

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llash

mexanizmlarini yoritish yo’llari;

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, shundan iboratki, unda

zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan

marketingda qo’llash bo’yicha ishlab chiqilgan alohida taklif va tavsiyalar

korxonalarda tezkor axborotlarga ega bo’lish va uning nazariy va amaliy

muammolarini o’rganish asosida tashkil etilgan hamda samarali boshqarish

yo’llarini imkonini beradi.

Mazkur tadqiqot natijalaridan mamlakatiz iqtisodiyotida xususan marketingda

zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni qo’llash hamda oliy o’quv

yurtlarida iqtisodiyotda axborot texnologiylari fanidan o’qitishda foydalanish

mumkin.

Page 6: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

6

Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing

jarayonidagi ahamiyati

Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha

sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon

axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib

borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni

takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1

yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash

xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib

foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot

tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga

nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet

xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha

25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda

15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining

umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni

197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar

Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi “Axborot-kommunikatsiya va

telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal

amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq

tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik

hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish

bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni

amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz

qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari

bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya

Page 7: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

7

texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar

safiga qo‘shilishimiz zarur”2. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida

amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy

dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar

Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish

va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan,

mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga

tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan

quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:

- “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek,

biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish

konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,

- tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron

shakllarini joriy qilish,

- milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga

mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,

- zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori

tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar

ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik

tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,

- internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni

yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida

respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga

qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib ,zamonaviy axborot-komunikatsion

texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni

hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Jumladan ,bozor

iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish

yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan

Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013

Page 8: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

8

tashkil etish , AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali

jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish ,

umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta

qarori qabul qilindi.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga asosan davlat

axborot resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat

axborot resurslari va 8ta davlat axborot tizmlari yaratildi hamda davlat

organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi. Mamlakatda iqtisodiyotni

rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib

bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor

qaratib: ”Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan

jiddiy shug’ullanish zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq bu borada amalda juda oz ish

qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik

natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”3 Xalqaro

tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy

samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni

amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20foizga

ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .

Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari

(ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash

korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-

texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi

ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va

murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar

intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi

va hokazo. “Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ),uning

alohida ob’ektlari o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona

MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati

va hususiyatlari axborotlarni yig’ish ,ro’yxatga olish va uzatish hamda

3 Karimov I.A.”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”.7-jild.T.:”O’zbekiston”.1999

Page 9: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

9

korxonaning bozor va ishlab chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa

vazifasini amalga oshirishda eng ko’p darajada namoyon bo’ladi.”4 Bozor

imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har

qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z

xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi

ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat

qilishni amalga oshira olmaydilar.Mashhur amerikalik marketologlardan biri

shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish,

kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot

moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish

resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar

ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish

juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari

noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik

haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham

xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing

axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko’pchiligi

marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni

istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi

bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z

rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan

rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi

samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. “Axborot

kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir. Bozorda ular

istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki bozorning

faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida

marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini har

4 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-601bet

Page 10: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

10

tomonlama bilganalr va tegishli aborotlarni yig’ish uchun ular bilan tog’ridan

tog’ri aloqalr o’rnata olganlar.”5

Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi

mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng

imkoniyatlar yaratmoqda.

“Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko»,

«Svift end Ko», «Yu.S. Rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati

tarkibida tashkil topdilar. 1926 yilda AQShda marketing va reklama

o’qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931 yilda Amerika marketing

jamiyati, 1937 yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30-40-yillarda

ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari

tashkil topdi. 50-60-yillarda halqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari

va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi

halqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1986 yilda «Sovplastital» qo’shma

korxonasida birinchi bo’lib marketing bo’limi tuzildi. Keyingi yillarda

Tashtekstilmash, Chkalov aviatsiya birlashmasi, Toshselmash kabi yirik

korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”6

Marketing- tovar ayirboshlash yo’li bilan extiyoj va talablarni qondirishga

yo’naltirilgan inson faoliyatinig turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro

manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun

birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga

oluvchi, talab, taklif va bahoni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini

yaratish, sotish va iste’mol qilish va iste’moldan keyingi turli xildagi servis

xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil

qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir.

Marketingga Abdullayeva.O,Qosimova. M quyidagicha ta’rif berishgan

“Marketing –ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan

5 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-609bet

6 Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 - 12 bеt.

Page 11: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

11

inson faoliyatinig turidir.”7.Marketingni boshqarishni uni tizimlarini Jalolov J,

Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan:

-“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z

ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini

korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.

-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish - bu holatda bozorlar va

ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash

uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi.

-marketingning tovarlar tamoyili asosida boshqarish- korxonalarning ishlab

chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan

usul.

-marketing tizimi- ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ta’minotchi, raqobatchi,

vositachi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olib, ayirboshlash yo’li bilan

foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish

bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar

majmuidir.

-vertikal marketing tizimi (VMT) – mustaqil biznes bo’la oladigan ishlab

chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir.

-kvazi vertikal marketing tizimi- qo’shilayotgan ishlab chiqarish va

mahsulotni sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati

ostida amalga oshiriladigan marketing tizimi.”8

Marketingga Soliyev A, S Buzrukxonov quyidagi ta’rifni berishgan

“marketing-tadbirkorlik(biznes faoliyati falsafasi sifatida ifodalanishi jahondagi

ko’pchilik ilmiy va amaliy maktablarda shakllangan g’oyadir.U ko’pchilik

mamlakatlar tadbirkor (biznesmen)lari,menejerlar va olimlarning aniq bir siyosiy

ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“9

Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini

har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:

7 Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b 8 Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 – 50b. 9 A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.-29b

Page 12: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

12

-o’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq,

bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.

-rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi

kuzatilishi bilan tavsiflanadi.

-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini

qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi.

Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan

qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi

mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga talab).

Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan

tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa

tebranishlar bilan harakterlanadi.

Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni

bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va

tarkibi to’la mos keladi.

Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga

bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi.

Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki

jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar

(sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab

mavjud bo’lganda amal qiladi.

Marketingning maqsad va vazifalari

Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi

keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:

1. Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.

2. Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.

3. Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.

4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish

mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab

Page 13: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

13

chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy

tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini

hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga

umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:

1. Maksimal yuqori iste'molga erishish.

2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.

3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash.

4. hayot sifatini maksimal ko’tarish.

Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning

miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy

muhitning sifati.

Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.

Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va

sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda,

firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini

kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:

1. Mashhurlikni oshirish.

2. Yuqori imijga erishish.

3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.

4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash.

Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

5. Foydaning hajmi.

6. Sotilishlar hajmi.

7. Bozor ulushining oshishi.

8. Barqarorlikni ta'minlash.

9. Xarajatlarni kamaytirish.

10. Mehnat unumdorligi.

Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib,

biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash -

Page 14: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

14

bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida

tanlashdan iborat".

Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni

haddan tashqari osonlashtirib yuboradi.

Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi,

vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda

marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:

1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot

(tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.

2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini

yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini

tashkil etish.

3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini

tartiblashtirish va rejalashtirish.

4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.

5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun

uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama,

texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va

yo’naltirish.

Markеtingni vazifaviy tashkil qilish dоirasidagi mahsulоt bo’yicha bоshqaruv

SHuning bilan birga, ta’kidlash kеrakki, muhitga mоslashish nuqtai nazaridan

vazifaviy tuzilma miqdоriy tеbranish ta’siriga javоb bеrishga qоdir, ammо muhim

muammоlarni hal qilish uchun muvоfiqlashtirish еtishmaydi, shuning uchun undan

bir turli ishlab chiqarish dasturi bo’lgan kоrхоnalarda fоydalanish mumkin.

Vazifaviy tashkil qilish dоirasi muvоfiqlashtiruvchi muammоlarni hal qilish

uchun ba’zida mahsulоt bo’yicha mеnеjmеnt kiritiladi. Mahsulоt bo’yicha mеnеjеr

bitta yoki bir turli buyumlar guruhini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan tо uni

chiqarib sоtishgacha javоbgar bo’ladi. Bu bilan bоg’liq uning asоsiy vazifasi -

ushbu mahsulоtni ishlab chiqarish munоsabati bilan kоrхоna хizmatlari ishini

muvоfiqlashtirishdir.

Page 15: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

15

1.1.1-rasm

Markеtingni vazifaviy tashkil qilish10

Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar

siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon

bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:

Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli

mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.

Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari

o’rganiladi.

Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi

(assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo).

Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin:

analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.

Analitik funktsiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini

o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.

Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish,

yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va

tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi.

10 A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.

Marketing xizmati

Bozorni tadqiq

qilish

Mahsulot Bahoning

shakllanishi

Reklama

Page 16: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

16

Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli

tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi.

Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish,

marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar

tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan

jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning

boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda

marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning

muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat

qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal

qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda

aniqlashadi va rivojlantiriladi:

iste'molchiga yo’naltirilganlik;

talabni prognozlash va shakllantirish;

qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;

qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni

boshqarish;

istiqbolga yo’naltirilganlik;

dasturli maqsadli yondashuv.

Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini

ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin,

lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi.

Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va

shakllanishini belgilab beradi.

Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini

quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va

ayraboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini

qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir".

Page 17: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

17

Boshqaruv muammolari bo’yicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter

Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan

harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday

o’rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos

tushib, pirovardida o’zini-o’zi sotadi".

Frantsuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta'rif ham Peter Drukker

ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: "Marketing -bu sotishni ta'minlash va

sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish

orqali ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar

majmuidir".

Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan

ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini

qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni

amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".

Keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu

bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi,

fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz.

Demak, marketing bir vaqtning o’zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni"

ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda

marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab

texnologiyalargacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda. Bugungi bozor

iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va

boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat

ko’rsatishining birdan-bir yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish

ekanligi hech kimga shubha tug’dirmaydi.

Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq

o’zining "Jamiyat boyligi" nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste'molchining

talabini qondirishdan boshqa qayg’usi yo’qdir - deb yozgan edi.

Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini

qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo

Page 18: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

18

faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab

chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish

xaridorga ta'sir qilishning keng jabhalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun

bo’lgan raqobat kurashining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi.

Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo’llab,

xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta'bi to’g’risida axborotlar topib, korxona va

tashkilotlar, marketing kontseptsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid

qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy

yo’nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini

aniqlaydilar, uni maqsadli yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar

va ko’rilgan tadbirlar samaradorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga

marketingli yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozordagi yuz

beradigan jarayonlarni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari,

tovarlarni etkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari va

ular bilan bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi

operativ va uzoq vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil

qilishdir. Marketing xo’jalikning ma'lum bir tarmog’iga, masalan ishlab

chiqarishga yoki savdoga ta'lluqli deb o’ylash noto’g’ri bo’lur edi. U bozorga

xizmat ko’rsatuvchi barcha xo’jalik sub'ektlarini o’z ichiga oladi va ulardan

birgalikda va yaxlit foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi

uchun umumiy strategik yo’nalishi mavjud bo’lgan holdagina uning vosita va

usullari samarali natija beradi.

Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar

quyidagilar bo’lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib

chiqqan holda iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar

aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtai nazaridan milliy

iqtisodiyotni istiqbolini aniqlash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan

turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va

tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi.

Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga

Page 19: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

19

almashinadigan va aholining turlicha bo’lgan tabaqalarining daromadlariga

asoslangan pul oqimining ham aniq manzilli bo’lishini talab qiladi.

Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar

moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab

chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy

manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab

chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday qol

sodir bo’ladi? Gap shundaki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar

ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat'iy amal qiladi. Ana shu asosida

faqat bozorgina tovar-pul almashinuvini ta'minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy

boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish

tugallangan va to’liq bo’lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri tsikli boshlanishi

o’z-o’zidan mumkin emas. Eng kam xom-ashyo, materiallar, mehnat va moliya

resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga imkon beradigan

marketing strategiyasining ma'nosi ham ana shunda.

Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va

maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot

taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta'minlaydi.

Har bir korxonaning marketing tizimida axborot asosiy ahamiyatga ega

chunki har qanday marketing faoliyati tovarlar ishalab chiqarish bozorida vjudga

kelgan vaziyatli bilishga asoslanadi.Ko’pgina marketing tadqiqotlari va

tadbirlarning maqsadi axborotlarga erishishga qaratilgandir.Bu tadbirlarning

natijasi marketing faoliyati ob’ekti haqidagi dastlabki bilimalrni talab qiladi,amlga

oshirirsh jarayonining o’zi esa joriy ta’sirlarga tuzatishlar kiritish va bo’lg’usi

marketing dasturlarini ishlab chiqish maqsadlarida ob’ekt bilan teskari aloqa

o’rnatishuchun zarur bo’lgan yangi ma’lumotlarni yaratadi.Zarur marketing

axborotlarning yo’qligi ,noaniq va muhim bo’lamagan ma’lumotlardan foydalanish

jiddiy iqtisodiy xatolarning sababi bolishi mumkin.Marketing axaborotlaridan

maqsad boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida noaniqliklar darjasini

aniqlashdan kamaytirishdan iborat.Bu esa o’z o’rnida turli-tuman axborotlarning

Page 20: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

20

katta hajmini yig’ish ,saqlash ,uzatish va ishlab chiqishni talab qiladi.Axborotga

asoslanib va yangi axborot ehtiyojlarini yaratib, zamonaviy axborot

texnologiyalrdan foydalanmasdan ,rivojlangan axborot bazasi va kommunikatsiya

tiizmlarini yaratmasdan samarali marketing faoliyatini yuritish mumkin

emas.Axborot mahsulotlari va hizmatlari marketingida kompyuter

texnologiyalarni qo’llash -davr talabi.Marketing ma’lumotlarini doimo kuzatish va

saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa marketing op[ertasiyalari orasida

katta o’rinni egallaydi,chunki u axborotlarni xususiyatlari bo’yicha turli tuman

manbalar bilan bog’liqdir.Korxonada marketing boshqaruvining axborot

tiizimlari.Marketing axborot tizimlari muammo sohsini butun tarkibiy qismalarfi

butligi va o’zaro bog’liqligi asosida quriladi.

Respublikamiz o’zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini

faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni keyingi

vaqtdagi tovar-pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji ham

ishontirmoqda.Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy

iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lmish korxona va birlashmalarning huquq va

mas'uliyatlari kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatidagi roli oshadi.

Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish sifatida

tashkil qilinadi.Shuning uchun ham iste’molchilarni talablarni qanoatlantirish va

eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarni har taraflama o’rganish

nuqtai nazardan muhitni quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi.

-tovarlar va xizmatlar bozori;

-tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish;

-ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog’liq tashqi makro muhit.

Bunda tovarlar va xizmatlar bozori haqidagi axborot axborotlarning boshqa turiga

nisbatan ustunlik qiladi va barcha marketing tadqiqotlarni maqsadga

yo’naltirilganligini belgilab beradi.Bozorning holati va tovarlar xizmatlarini ishlab

chiqarish haqidagi axborotlar korxona rahbariyati tomonidan raqobatdagi

korxonalarga nisbatan qulayroq iqtisodiy sifatlarni yaratishga yo’naltririlgan

Page 21: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

21

korxonaning keyingi faoliyatini strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish uchun

foydalaniladi.

Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki

talabga ta'sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta'sir qanday bo’lishi kerak, boshqa

mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?

Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni

hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va

ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib,

talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini

tanlashga imkon beradi.

Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga

oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning

usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb

ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim

tarkibiy qismidir Tashqi muhit to’g’risidagi axborotlar. Marketing axborotlarni

marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlar tomonidan nazorat qilinadigan,

bozorning barcha xarakteristikalari bo’yicha ma’lumotlardan tashkil topgan

marketing axborot tizimini (MAT)ni tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Marketing bo’yicha mutaxassislar bozor holati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish

bilan shug’ullanadilar.” Marketing axborotlarni yig’ishning asosiy yo’nalishlari

bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

Page 22: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

22

1.1.2 rasm

Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari11

mijozlar va ularni xarid hatti - haraqatlarini o’ziga hos xususiyatlari;

raqobatchilar (haqiqiy, potensial);

mahsulot yetkazib beruvchilar;

Marketing axborotlarining manbalari bo’lib:

so’rov natijalarida olingan ma’lumotlar, statistika, boshlang’ich

ma’lumotlardan tashkil topgan manbalar; 11 A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.

Tadqiqot ob’ektlari

Iste’molchilar tovarlar,sotish,

raqobatdagilar

Reklama

Korxona bo’limlari

Raxbariyat Buxgalteriya

Sotish bo’limi Marketing

Moliya bo’limi Sotish

bbo’limi

Ichki ishlab chiqarish

muhiti haqida axborot

Marketing xizmati

Tovar va xizmatlar bozori

haqida axborot

Page 23: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

23

ikkalamchi ma’lumotlar – ishonchlilikning turli darajalariga ega bo’lgan,

ikkinchi manbadan olingan turli ma’lumotlar.”12

Tabiiyki, marketing bo’yicha mutaxassislar o’z ishini bajarish uchun yanada

to’liq va batafsil axborotlar zarur. Barcha marketing axborotlari marketing axborot

tizimiga kiritilishi hamda unda ishlash uchun ochiq bo’lishi kerak. Biroq, korxona

rahbariyatiga maydalashtirishni chuqur, ortiqcha darajasi kerak emas. Shuning

uchun korxona rahbariyati uchun marketing axborotlarni taqdim etish, marketing

bo’limi xodimlarning o’zlari foydalaniladigan ishchi axborotlarni taqdim etishdan

farq qilish zarur.

Korxonaning ichki muhiti to’g’risida axborotlar korxonaning barcha

faoliyatini qamrab oladi. Korxona faoliyati to’g’risidagi to’liq hisobot rejalarning

uch turi bo’yicha hisobotlar asosida shakllantiriladi:

byudjet (va mos pravishda moliyaviy va buxgalteriya hisobolari);

ishlab chiqarish rejasi – ishlab chiqariladtgan mahsulot hajmi va

assortimenti bo’yicha reja;

tadbirlar rejasi – jami korxona va har bir bo’linmani kvartal (choralik) yoki

oylik harakat rejasi.

Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga

oladi:

1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan

samarali foydalanish.

2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ

qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot.

3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida

korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi

axborot.

4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni

tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan

foydalangan holda). 12 Porsayev.G.M. Korxona menejmentida axborot texnologiyalar.Samarqand .:SamDU.2010-60b

Page 24: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

24

MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni

kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat.

Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing

tadqiqotlari asosida olinadi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil

rivojlanish bosqichida bo’lishi mumkin, shu jumladan:

- ma'lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli;

- marketing hisobotlari tizimi;

- turli hisob-kitob modellarini qo’llashga mo’ljallangan tizimlar;

- marketingni prognozlash tizimi va hokazo.

Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos

hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil

qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot

bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan

tortib yarmigachasini tashkil qiladi.

Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab

chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining

o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki

axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y

berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing

razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar,

xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va

xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi

firmalardan ham olish mumkin.

Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib

beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va

boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan

resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti

bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi

uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha

Page 25: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

25

qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat

siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida

marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi

kerak:

mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi;

to’g’ri va egri xarajatlar;

chegaralangan foyda;

foydalilik nuqtasi;

narx chegirmalari.

Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu

bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va

vositachilarning xatti-harakatlari, ta'minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat

tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni

beradi. Bu erda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi:

tashqi muhit monitoringi (kon'yunktura, jarayonlar va tendentsiyalarni

o’rganish);

muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);

muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).

Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni doimiy

to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini

o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring ob'ekti bo’lib reklama va,

birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi.

Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining

tendentsiyalari va jarayonlari, uning sig’imi, sotilishlar dinamikasi,

raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-harakatlarining

sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning

samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llanadi.

Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur

asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma'lumotlar banki va modellar

Page 26: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

26

bankini o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha

miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va

klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish

usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik

usullar qo’llanadi.

Hosil bo’lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga

bo’ladilar:

1. Birlamchi axborot - aniq marketing muammosini echish uchun maxsus

dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma'lumotlar

massivi;

2. Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq

muammo echimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir

tomonidan to’plangan ma'lumotlar to’plami.

Axborotning ikkala turi ham o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega.

Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson,

shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O’zbekiston sharoitida, aniqrog’i uning

axborot makonida hozircha malakali marketing ma'lumotlari juda kam, rasmiy, shu

jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli

ko’rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan

marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar

oddiga qo’yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko’ra to’planadigan, har doim

eng yangi va ishonchli bo’lgan birlamchi marketing axborotlariga ko’proq

tayanishga to’g’ri keladi.

Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda

kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi

tarmoqlar kanallari mavjud.

Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy

hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini

belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida

hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir.

Page 27: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

27

Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini mustaqkamlash, yangi

xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida

reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan

birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati

(imidj) ga ham egadir.

Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish

jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo’lgan

harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq

tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo

orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va

saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar

siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab

yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar

siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga

mo’ljallangan bo’lishini ta'minlaydi. Ya'ni, har qanday tovar aniq iste'mol

manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar

assortimentining, amalda mavjud bo’lmagan "o’rtacha" deb ataluvchi iste'molchiga

mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab

taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi

Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga

chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu

ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni

rag’batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko’rgazma-savdo,

yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar.

Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini

axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning

hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. Umuman

olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, har

qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari

kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa

Page 28: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

28

tomonga yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi

mumkin va shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi

mumkin.

Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ancha ortiq

bo’lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab chiqarish hajmi bozor

segmentining talablaridan ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan, muzeylarning ish

kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi yoki shahar transporti xizmatlariga talab

hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort hududlari aniq ifodalangan

mavsumiy tebranishlarga ega. Sinxromarketingda talab tebranishlarini

silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish usullari va

marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida

uning darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning kuchayishini

hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog birinchi

navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab

turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan

nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor

berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors"

kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford"

kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta

amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford

modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil

modelini qarama-qarshi qo’ydi.

Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni

yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish

hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini

oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali

hal qilinishi mumkin.

Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa,

qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi.

Page 29: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

29

Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol qilishdan voz kechishlariga

undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda marketingning narx

qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini

cheklash bo’lishi mumkin.Axborot kommunikatsiylar biznesining asosiy

sub’ektlariga axborot resurslarini yaratish ,qayta ishlash,uzatish ,tarqatish,qabul

qilish va istemol qilish bilan shug’ullanadigan shaxslar kiradi.Bular birinchi galda

axborot resurslarini ishlab chiqaruvchilar, ularning egalari va

iste’molchilardir.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish istiqboli biznes turi

bo’lib borayapti.”Zamonaviy kompyuterlar texnologiyalri bizning fikrimizcha

axboorot manbalariga jadal kirishga ,ularni olishga,ishlab chiqishga va

foydalanuvchi uchun kerakli axborotlarni belgilangan vaqtda ko’rsatilgan shaklda

ishlab chiqishga imkon beruvchi dasturiy texnik qurilmalar,kommunikatsiyalar va

orttexnika va aloqa vositalaridir”13. Kerakli marketing axborotlarini saqlash,ishlab

chiqish va talab qilingan shaklida taqdim etishni ta’minlovchi vosita marketing

boshqaruv tizimi bo’ladi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi

uning jahon integratsiyon ajrayonlariga faol qo’shilishi xorijiy sheriklar

foydalanilayotgan eng yan gi texnologiyalkrni tadbiq etishga majbur bo’lmoqda.

13 R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston

yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005-157b

Page 30: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

30

2 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni

Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur

va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi

tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta’sir ko`rsatish,

xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat.

Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.

“Elektronika yutuqlarining kommunikatsiyaga o’ta yuqori tezlik bilan kirib

kelishi televideniya,kompyuterlar va electron tarmoqlar orqali axborotlar lamshish

tizimi –multimedya texnologiyalarining shakllanishiga olib keldi.Axborotlarni

qayta ishlash va thlil qilish imkoniayatlaridan foydalanish –multimediya

texnologiyalar ,keying yillarda dunyo fani va texnologiyasidagi innovatsiyaning

asosiy yutqlaridir.Multimediya texnologiayalari –o’ta murakkab mediya vositalari

va electron tarmoqlarining ko’p sohali kommunikatsiya imkoniyatlarini

shakllantirish va ulardan biznes amaliyotida foydalanish usulalri majmuasini

ifodalaydi. “14

1.2.1-rasmda turli raqobat strategiyalari keltirilgan bo’lib, ular axborot

texnologiyalarni qo’llashda ilg’or korxonalar bilan taqqoslaganda, sohadagi o’z

holatini tahlil qilish natijasida korxonada foydalanishi mumkin. Axborot

texnologiyalarini joriy qilgan ba’zi korxonalar, uchun afzallikni saqlab qolish

dolzarb hisoblanadi (A). Bunday korxonalarda oliy daraja rahbarlari axborot

texnologiyalarni rejalashtirish va foydalanish uchun bevosita javobgar

hisoblanishadi. Masalan, AQShda Bank One prezidenti axborot texnologiyalarni

rejalashtirish qumitasini boshqaradi hamda o’zini axborot texnologiyalarni

ishlatishda va joriy etishni boshqarishda shaxsan javobgardir deb hisoblaydi.

Boshqa firmalar marketinga axborot texnologiyalarni joriy qilish

imkoniyatlari minimal bo’lgan vaziyatdadir, biroq ishlab chiqarish va logistikada

axborot texnologiyalardan foydalanish uchun kattagina salohiyatga ega. Mazkur

korxonalar oldida integrasion sifatini yaxshilash vazifasi turadi (B). Bunday

korxonalarda axborot texnologiyalari uning sifatini oshirish va xarajatlarni nazorat

14 A.Soliyev,S.Buzrukxonov.”Marketing”,T.:”Iqtisod-moliya”,2010 -304b

Page 31: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

31

Soha lideri bilan

taqqoslaganda

ishlab chiqarish –

xo’jalik sohasida

ATni joriy

qilishdagi

uzilishlar

Integrasion

sifatini

yaxshilash

(B)

Lider ketidan

quvish

(D)

Afzallikni

saqlab qilish

(A)

Mahsulot va

xizmatlar

individualligini

qayishqoqligini

oshirish

(C)

Soha lideri bilan taqqoslaganda

marketingda АТni joriy qilishdagi

uzilishlar

qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modernizasiyalash,

integrasiyalash va muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Mazkur axborot

texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga

funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy

rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy

aloqa dolzarb hisoblanadi.

1.2.1- rasm

Yuqori

Past

Past Yuqori

Korxonaning raqobat strategiyasi15

Soha lideri bilan taqqoslaganda (C) marketing sohasida uzilishlar kata

bo’lgan korxonalar uchun, muammoni yechimi yanada tor maxsuslashtirilgan

bozor ehtiyojlarini qondirishda mahsulot va xizmatlarni yaxshiroq

individuallashtirish hisoblanadi. Odatda korxonalar marketing strategiyalarini

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun,soha trendi ustidan nazorat qilish uchun,

15 R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston

yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005

Page 32: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

32

marketingning axborot tizimini ishlab chiqishga mablag’larni sarflashga

majburdirlar. Muvafaqiyat garovi bo’lib alohida iste’molchilarni afzalliklari,

raqobatchilar narhi va mahsulotni takomillashtirish to’g’risidagi batafsil

ma’lumotlarni yig’ish qobiliyati hisoblanadi. Mijoz ehtiyojini qondirish, ularni

o’zgartirishga o’z vaqtida javob berish mahsulotli va marketingli masalalarni

nomarkazlashtirish uchun bir vaqtning o’zida ular integrasiyasi va nazoratini

ta’minlash bilan axborot texnologiyalardan foydalanishi qobiliyatini ta’minlaydi.

Muvafaqiyat uchun oliy daraja rahbarlari va funksional bo’linma rahbarlari

o’rtasida uzviy aloqalar zarur.

Sungida, (D) korxonalar soha liderlaridan ham ishlab chiqarishda, ham

marketingda kuchli orqada qolgan vaziyatdagi korxonalardir. Vaziyatni

barqarorlashtirish uchun ham oliy rahbarlardan, ham axborot texnologiya

bo’linmalarining rahbarlaridan muvofiqlashtirilgan aniq xarakterlar talab etiladi.

Vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur bo’lgan uzoq muddat va kattagina kapital

mablag’lar firmaning o’zini faoliyat ko’rsatish masalasini ko’ndalang qilib

qo’yadi. 80-chi yillarning o’rtalarida American Airlines va United Airlines

kompaniyalari axborot texnologiyalardan foydalanib, sohadagi raqobat

to’g’risidagi tasavvurini o’zgartirdilar. Aynan shu muammo Frontier Airlines va

People Express kompaniyalarda ham yuzaga keldi. O’z raqobat pozisiyalarini

qo’llash uchun zarur bo’lgan investisiyalarni yuqori darajasi operasiyalar

integrasiyasi, mahsulot (xizmatlarni) differensiallash va iste’molchilar talabini

aniqlash uchun axborot texnologiyalar imkoniyatini o’z vaqtida anglab yetmagan

qayd qilingan kompaniyalarni «o’yindan chiqardi». 80-chi yillarning so’ngida ikala

firma ham biznesni tark etdilar.

Internet - lokal tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U

butun er kurrasi bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon

beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq

kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid

qilishlari, tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.

Page 33: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

33

Tijorat kanallari - ta'sischi kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida

ishlaydigan axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish

(yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq

chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o’yinlar, forumlar), elektron

pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.

O‘zbekiston reklama bozori ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda

mamlakatimizda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhim rol

o‘ynayotir. Ushbu hujjat reklama ishlab chiqish va tarqatishda yuzaga keladigan

munosabatlarni shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.

O‘tgan yili mamlakatimiz reklama agentlari soni qariyb 480 tani tashkil etgan

bo‘lsa, bugun ularning soni 500 dan oshdi. Reklama tarqatishda televideniye

muhim o‘rin tutmoqda. Bugun reklama bozorida televideniyening ulushi 52, bosma

nashrlar ulushi 19, tashqi reklama 14 va radio ulushi 12 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, media soha ham jadal rivojlanmoqda. Marketingdagi yangi

yo‘nalishlar, brending asosiy trendlarini kompaniyalar strategiyasiga kiritish

imkoniyatlari, zamonaviy PR-kommunikatsiyalar uslublari, texnologiyalari va

ularning samaradorligini baholash, bugungi sharoitda media agentlari faoliyatining

istiqbollari, an’anaviy ommaviy axborot vositalari noshirlari uchun yangi biznes-

modellar, moliyaviy marketing yoki rivojlanishning dolzarb yo‘nalishlari, moliya

mahsulotlari hamda xizmatlarini ilg’or g’oyalari amalga oshmoqda.Marketing,

reklamani ishlab chiqish va tarqatish texnologiyalari, PR-texnologiyalar, media-

konsalting va monitoring, noshirlik ishi, grafika dizayni, audio va videreklamani

yaratish usullari takomillashmoqda.Axborot faoliyatining tijoratlashgani sari unga

ishlab chiqarishning boshqarishning bozor tamoyillari sifatida marketingning

umumiy tamoyillari asoslana boshlandi,bunda xo’jalik qarorlarini qabul qilishning

asosida bozor qarorolari yotadi,qarorlarning asoslanganligi esa tovarlarning

sotilishi bilan tekhsiriladi.Buning natiajasida axborot marketingi vjudga

keladi.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini tanlashda foydalanuvchi mohiyati

bo’yicha marketinigni axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchi

Page 34: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

34

kabi usullaridan foydalanishi kerak.”Axborot marketingning asosiy elememntlari

quyidagilardan iborat:

-axborot bozorini tahlil qilish;

-axborot mahsulotlari va xizmatlarini narxlarini shakllantirish ;

-axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning

foydalanuvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini o’rnatish;

-reklama-targ’ibot tadbirlarini.”16

Axborot marketingning tuzilishi marketingning umumiy tamoyillarini axborot

mahsulotlari va xizmatlari sohasida yoyishning tog’ridan to’g’ri natijasi bo’ladi.

16 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-623b

Page 35: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

35

3 Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida

foydalanishning me’yoriy huquqiy asoslari

Kommunikatsion texnologoyilarda marketing xizmatlaridan foydalanish kata

ahamiyatga egadir, shu o`rinda O’zbekistonRespublikasi «Ахbоrоtlаshtirish

to`g`risida»gi qonunining 3-moddasiga muvofiq axborotlashtirishga quyidagicha

ta`rif berilgan - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan eіtiyojlarini

qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot

tizimlaridan foydalangan іolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va

ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron

shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;

axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga

yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf

etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot

resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar

doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan

foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va

uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va

jarayonlar;

axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda

undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami

axborot resurslari, axborot texnologiyalar va aloqa vositalari.”17

“1992 yil 8 dekabrda Axborotlashtirish bo’yicha Bosh boshqarma tuzildi.

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2 dekabrdagi farmoyishi bilan

O’zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish konsepsiyasi

ma’qullandi.Axbortlashtrish konsepsiyasi uchta asosiy maqsadga yo’naltirilgan: 17 «Ахbоrоtlаshtirish to`g`risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonun (11.12.2003)

Page 36: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

36

- Zamonaviy axborot texnologiyalarni rivojlantirish ,dsavaltning barcha

sub’ektlari uchun axborot xizmatlarini kengaytirish;

- Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda axborot tizimlari shakllanishiga

ko’maklashish;

- Mamlakatni jahon axborot tizimlari va tarmoqlariga ulash.

Jumaladan ,2002-yil 6 iyunda “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish

va axborot –kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish to’g’riisda “gi qarori

qabul qilindi.2002-yil 12 dekabrda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari

tog’riisda”gi qonun qabul qilindi.”18

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi

230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini

rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini

ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”

qaroriga muvofiqbir qator ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida

O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab

bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish,

uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash

zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron

tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha

sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat”

to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar

Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12

iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini

takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari

Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab

chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda. Axborotlashtririshni

jahon standartlariga qaraydigan bo’lsak:” Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi —

BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston aloqa

18 R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston

yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005-7b

Page 37: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

37

ma'muriyati XTI faoliyatida faol ishtirok etib, uning standartlarini O‘zbekistonda

targ‘ib qilish va keng qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘rib kelmoqda. O‘zbekiston

Respublikasi aloqa ma'muriyati tomonidan XTI TSBBA-12 va XTBBA-12ga bir

qator dolzarb takliflar tayyorlanapti.

Xalqaro elektraloqa bo‘yicha Butunjahon anjumani (XTSBBA-12)da XTI

qabul qilgan to‘rtta kelishuvlardan biri bo‘lgan Xalqaro elektraloqa Reglamenti

qayta ko‘rib chiqiladi (qolgan uchta hujjat: Ustav, Konvensiya va Radioaloqa

reglamenti).”19Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo‘yicha Butunjahon

assambleasi (TSBBA-12) — har to‘rt yilda doimiy ravishda o‘tkaziladigan tadbir

bo‘lib, Elektraloqani standartlashtirish Sektorining (XTI-T) navbatdagi tadqiqot

davrida ishlar hajmi va tarkibini belgilaydi.

19 http://xabar.uz

Page 38: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

38

XULOSA VA TAKLIFLAR

Zamonaviy axborot texnologiylari-shaxsiy kompyuterlar va

telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining

do’stona interfeysi axborot texnologiyasidir. Iqtisodiy sohada zamonaviy aborot

texnologiyalridan foydalanish iqtisodiy axborotning sifati ,uning

aniqligi,ob’ektivligi,tezkorligi va buning natijasida sifatida esa ,boshqaruv

qaroqolrini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.Boshqaruv

faoliyatini avtomatlashtrish yangi axborot texnologiyalri asosida ma’lumotlarni

qayta ishlash,saqlash va qidiruvini amalga oshiradigan”electron

ofis”konsepsiyasini paydo bo’lishiga olib keladi.Marketingda zamonaviy axborot

kommunikatsion texnologiyalrni qo’llash natijasida korxonlar marketing faoliyati

samaradorligi oshib,ular bozordagi axborotlardan o’z vaqtida to’liq va aniq

foydalanadilar. O’zaro bog’liq bo’lgan ko’p sonli korxonalarni kompleksidan

tashkil topgan tijorat strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur

strukturani normal faoliyat ko’rsatishini birinchi darajali va o’zgarmas faktori

bo’lib hisoblanadi. Bunda axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat

kasb etadi. Ko’pgina korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliy-

texnologik jarayonning vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga

ega. Bu eng avvalo, ichki korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan

korxonalardan tushadigan korxonani nusxalashtirilgan mahsulotlar bilan

ta’minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarini qabul

qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda muhim rol o’ynaydi, hamda ishlab

chiqarish xarajatlarini kamaytirish va uning samaradorligini oshirishini

ta’minlovchi faktorlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Tezkor (operativ) qarorlar qabul qilishini talab etuvchi ishlab chiqarish

jarayonida rejaviy ko’rsatgichlardan chetlanish yuzaga kelishi to’g’risidagi

axborotlar muhim rol o’ynaydi.

Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni yangi ilmiy bilimlar ,

kashfiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlar, o’z korxonasi hamda raqobatchi

korxonalardagi texnik yangiliklarni o’z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar

Page 39: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

39

o’ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta’minlovchi Amaliy

va o’z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz

to’ldiriladigan umumiy fonddan iborat.

Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun

ma’ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir

konkret axborotning mazmuni boshqaruv bo’g’inlarining ehtiyojlari va ishlab

chiqiladiganboshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.

Bugungi kuda mamlaktimizdagi iqtisodiy islohotlarni bosh maqsadi – rivojlangan

davlatlar iqtisodiy tizimlari tajribasini tahlil qilgan holda o’zimizga xos bo’lgan

milliy iqtisodiy tizimni yartish va takomilashtirib borish. Hozirgi kunda

mamlaktimiz jhon bozorlariga raqobatbardosh mahulotlarni eksport qilib o’z

ulushiga ega bo’lib bormoqda. Shunday ekan ,korxonalarimiz mahsulotlarni

bozordagi sotish jarayonlari,reklama va boshqa bozor munosabatlarini o’rganish

uchun marketing faoiyatini takomillashtirish kerak. Marketing faoliyatini

takomillashtirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiyon texnolgiyalardan

samarali foydalanish kerak. Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan

samarali foydalanish natijasida markeing faoliyatida ishonchli axborotlarga ega

bo’lib kelgusi hatti harkatlarini aniq belgilab olish mumkin.Yuqoridgi tadqiqiot

natijalari asosida quyidagi takliflarni beramiz:

- korxonalarda axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan ta’minlash dasturini

tuzish;

-korxonalarda axborot bo’limlari faoliyatini takomillashtirish;

-korxonalar faoliyatida marketing bo’limlarni zamonaviy axborot kommunikatsion

texnologiylar bilan ta’minlash;

-zarur bo’lgan axborotlarni tahlil qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;

-zamonaviy marketing amliyotida mavjud bo’lgan tajribalarni o’zlashtirish;

-zamonviy axborot texnologiylar bilan ishlovchi sifatli kadrlarni tanlash ;

-marketing faoliyatiga doir turli xil halqaro konferensiylar o’tkazish ;

-marketing faoliyatini takomillashtirishga oid me’yoriy huquqiy bazani

takomillashtirish;

Page 40: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

40

-marketing strategiyasini tanlashda bozorlar o’zgaruvchanligini aniq baholash;

Rivojalangan davlatlar tajribasidan ma’lumki marketing faoliyati korxonlar

foliyatini asosiy bo’laglaridan biri hisoblanadi.Chunki bugungi kunda

mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish emas balki sotish muammo

hisoblanadi.Jahon bozorlarida mahsulotlarimiz o’z o’rniga ega bo’lishi uchun :

-mahsulotlar haqida ma’lumotlarni batafsil yorqin ranglarda foydalnuvchlarga

yetkzish;

-mahsulotlar sifati jahon talablariga moslashuvchnanligi ta’minlash;

-bugungi kun iste’molchilari istak va imkoniyatlarini tahlil qilish va boshqalar;

Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun korxonalar marketing faoliyati zamonaviy

axborot kommunikatsiyon texnologiyalar va malakali mutaxassislar bilan

ta’minlanishi kerak.

Page 41: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

41

FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YХATI

I. O’zbekiston Respublikasi qоnunlari

1. O’zbekiston Respublikasining Коnstitutsiyasi.–Tоshkеnt: O’zbekiston,

2010.

2. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dекabrdagi “Хususiy коrхоna

to’g’risida”gi Qоnuni. − O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 -

T.: Adоlat, 2004.

3. «Ахbоrоtlаshtirish to`g`risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonun .- T

.:O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 - T.: Adоlat, 2004.

II. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti farmоnlari va qarоrlari

4. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining «Оbоd turmush yili” Davlat

dasturi. 2013 yil 27 fеvral.

5. 2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanоatini rivоjlantirishning

ustuvоr yo’nalishlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri

PQ-1442., 15.12.2010 y.

6. “Кichiк biznеs va хususiy tadbirкоrliк” Davlat dasturi. O’zbekiston

Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. 07.02.2011 y. № PQ-1474.

7. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining 2011 yil 24 avgustdagi “Кichiк

biznеs va хususiy tadbirкоrliкni yanada rivоjlantirish uchun qulay ishbilarmоnliк

muhitini shaкllantirishga dоir qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4354-

sоnli Farmоni.

8. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоni. Iqtisоdiyotning rеal

sекtоri коrхоnalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqarоr ishlashini ta’minlash va

eкspоrt salоhiyatini оshirish chоra-tadbirlari dasturi to’g’risida. 2008 yil 28 nоyabr

PF-4058-sоn.

9. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоyishi. Iqtisоdiy nоchоr

коrхоnalarni tijоrat banкlariga sоtish tartibini tasdiqlash to’g’risida. 2008 yil 19

nоyabr, F-4010-sоn.

Page 42: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

42

10. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. Ishlab chiqarish va

ijtimоiy infratuzilmani yanada rivоjlantirish yuzasidan qo’shimcha chоra-tadbirlar

to’g’risida. 2009 yil 20 yanvar, PQ-1041-sоn.

11. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining ”Bоzоr islоhоtlarini

chuqurlashtirish va iqtisоdiyotni yanada erкinlashtirish sоhasidagi ustuvоr

yo’nalishlar amalga оshirilishini jadallashtirish chоra-tadbirlari to’g’risidagi”

Farmоni// Хalq so’zi, 2005, 15 iyun.

12. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining “Tadbirкоrliк sub’екtlarini

tекshirishlarni yanada qisqartirish va ular faоliyatini nazоrat qilishni tashкil etish

tizimini taкоmillashtirish bоrasidagi qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi

2011 yil 4 aprеldagi Farmоni. // Хalq so’zi, 2011 yil 5 aprеl.

III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahкamasi Qarоrlari va

O’zbekiston Respublikasi vazirliкlarining huquqiy - mе’yoriy hujjatlari

13. Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida: O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Majlisi Qarori. 2007 yil 30 yanvar, 21-son.

//O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari.-2007. I-3.-29b.

IV. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti asarlari

14. I.A.Кarimоv «Bоsh maqsadimiz – кеng кo’lamli islоhоtlar va

mоdеrnizaцiya yo’lini qat’iyat bilan davоm ettirish» Хalq so’zi 2013 yil 18 yanvar.

15. Islоm Кarimоv. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bоsqichga

кo’taradigan yil bo’ladi. − T.: “O’zbekiston”, 2012. – 36 b.

16. Кarimоv I.A. Dеmокratiк islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоliк

jamiyatini shaкlantirish - mamlaкatimiz taraqiyotining asоsiy mеzоnidir.–T.: 19.T.

O’zbekiston, 2011.

17. Кarimоv I.A. Mamlaкatimizda dеmокratiк islоhоtlarni yanada

chuqurlashtirish va fuqarоliк jamiyatini rivоjlantirish коnцеpцiyasi (O’zbekiston

Page 43: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

43

Respublikasi Оliy Majlisi Qоnunchiliк palatasi va Sеnatining qo’shma majlisidagi

ma’ruza), “Хalq so’zi”, 2010 yil 12 nоyabr (№ 220).

18. Кarimоv I.A. Jahоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O’zbekiston sharоitida

uni bartaraf etishning yo’llari va chоralari. – T.: O’zbekiston, 2009.

19. KarimovI.A.”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”.7-

jild.T.:”O’zbekiston”.1999,321b

20. Кarimоv I.A.«Yuksak bilimli va intеllекtual rivоjlangan avlоdni

tarbiyalash – mamlaкatni barqarоr taraqqiy ettirish va mоdеrnizaцiya qilishning

eng muhim sharti» mavzusidagi хalqarо коnfеrеnцiyaning оchilish marоsimidagi

nutq // Хalq so’zi, 2012 yil 18 fеvral.

21. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda

mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga

mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga

bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013

V. Darsliкlar

22. S.S.G’ulomov,B.A.Begalov .Informatika va axborot texnologiyalari.

T:Fan ,2010-623b

23. Kotler.F.Marketing menejment. Ekspress-kurs / Per. s angl.Pod red.Yu.N.

Kapturevskogo.-SPb.: Piter, 2001, str 403

24. A.Soliyev,S.Buzrukxonov.”Marketing”,T.:”Iqtisod-moliya”,2010 -304b

25. R.X.Alimov ,B.A.Begalov va boshqalar.Iqtisodiyotda axborot

texnologiyalar.T.:O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi

nashriyoti.2005-178b

26. Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b

27. Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 -

12 bеt.

28. Qоsimоva M.S., Ergashхo’jaеva SH.J. Marкеting. Darsliк. – T.:

Iqtisоdiyot, 2011. – 7b

Page 44: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

44

29. Buкin S.О. Оsnоvы marкеtinga v vоprоsaх i оtvеtaх. – Rоstоv n/D.:

Fеniкs, 2009. – 154 str.

30. Ergashхo’jaеva va bоshqalar.Marкеting. Darsliк.–T.:Fan.,2007–234 b.

VI. O’quv qo’llanmalar

31. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti I.A.Кarimоvning 2011 yilda

mamlaкatimizni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish yaкunlari va 2012 yilga

mo’ljallangan eng muhim ustuvоr yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahкamasining majlisidagi “2012 yil Vatanimiz

taraqqiyotini yangi bоsqichga кo’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini

o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – Tоshкеnt: “O’qituvchi” NMIU. - 2012. –

382 b.

32. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti I.A.Кarimоvning 2010 yilda

mamlaкatimizni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish yaкunlari va 2011 yilga

mo’ljallangan eng muhim ustuvоr yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahкamasining majlisidagi “Barcha rеja va dasturlarimiz

Vatanimiz taraqqiyotini yuкsaltirish, хalqimiz farоvоnligini оshirishga хizmat

qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. –

Tоshкеnt: Iqtisоdiyot.-2011.–376 b.

33. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti I.A.Кarimоvning “Mamlaкatimizni

mоdеrnizaцiya qilish va кuchli fuqarоliк jamiyati barpо etish – ustuvоr

maqsadimizdir” hamda “Asоsiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz

farоvоnligini yanada yuкsaltirishdir” nоmli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha

o’quv-uslubiy majmua. – Tоshкеnt: Iqtisоdiyot.-2010. – 281 b.

34. Bu muqaddas Vatanda azizdir insоn. O’zbekistonning 19 yil mustaqil

taraqqiyot yo’lida jamiyatni mоdеrnizaцiyalash va iqtisоdiyotni innоvaцiоn

rivоjlantirishning dadil оdimlari va muvaffaqiyatlari: talaba yoshlar va кеng

jamоatchiliк bilan uchrashuvlarda fоydalanish uchun ijtimоiy-iqtisоdiy va

Page 45: KURS ISHI - ZiyoNETziyonet.uz/uploads/books/49959/53d87ae0c6d86.pdf · foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi

45

ma’naviy-ma’rifiy mavzuda ilmiy-оmmabоp risоla. – T.: “Iqtisоdiyot”, 2010. - 148

b.

35. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Islоm Кarimоvning BMT sammitining

Ming yilliк rivоjlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqini

o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. Tоshкеnt: “Iqtisоdiyot” nashriyoti,

2010. – 146 b.

36. Marкеting v оtraslyaх i sfеraх dеyatеlьnоsti. /Pоd rеd. Prоf. V.A.

Alекsunina. Uchеbnое pоsоbiе. – 4-е izd., pеrеrab. I dоp. – M.: Dashкоv i К˚,

2009. – 342 b.

37. Porsayev.G.M. Korxona menejmentida axborot texnologiyalar.O’quv

qo’llanma.S.: SamDU,2010.-60b.

VII. Intеrnеt saytlari

38. www.gov.uz–O’zbekiston Respublikasi Davlat hокimiyati pоrtali

39. www.press-service.uz–O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Matbuоt

хizmati rasmiy sayti

40. www.mfer.uz–O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisоdiy alоqalar,

invеstiцiya va savdо Vazirligining rasmiy sayti

41. www.UzA.Uz–O’zbekiston milliy aхbоrоt agеntligi rasmiy sayti

42. www.review.uz – “Eкоnоmichеsкое оbоzrеniе” jurnalining rasmiy sayti

43. www.cer.uz – Iqtisоdiy tadqiqоtlar Marкazining rasmiy sayti

44. www.uzreport.com – biznеs aхbоrоtlari pоrtali

45. www.eurasianews.com – ЕvrоОsiyo tadqiqоtlar Marкazining rasmiy sayti

46. software.uz

47. www.prezident.uz

48. http://uz.infocom.uz

49. http://xabar.uz