kurs ishi · 2020. 6. 14. · asosiy qism: 1. o’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish...

47
1 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY nomidagi SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKUL’TETI O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN Mavzu: Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning asosiy xususiyatlari KURS ISHI 2013-2014 o’quv yili Bajaruvchi 3-kurs 05-guruh talabasi Raimxonov D Ilmiy rabar: Qo’shbaqov H.A. Kurs ishi O’zbekiston tarixi kafedrasi komissiyasida himoya qilindi va _____ga baholandi. (Bayonnoma №_2014) Komissiya raisi: _______________ Komissiya a'zolari: _____________________ _____________________ _____________________

Upload: others

Post on 21-Jan-2021

1.005 views

Category:

Documents


1 download

TRANSCRIPT

Page 1: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

1

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY nomidagi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

TARIX FAKUL’TETI

O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN

Mavzu: Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning asosiy xususiyatlari

KURS ISHI

2013-2014 o’quv yili

Bajaruvchi 3-kurs 05-guruh talabasi Raimxonov D

Ilmiy rabar: Qo’shbaqov H.A.

Kurs ishi O’zbekiston tarixi kafedrasi komissiyasida himoya qilindi va _____ga

baholandi. (Bayonnoma №_2014)

Komissiya raisi: _______________

Komissiya a'zolari:

_____________________

_____________________

_____________________

Page 2: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

2

Samarqand - 2014

Reja:

KIRISH

Asosiy qism:

1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos

xususiyatlari

2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda ―o’zbek modeli‖ ning o’rni va

ahamiyati

3. «O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari

XULOSA.

ADABIYOTLAR RO’YXATI.

Page 3: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

3

KIRISH

Ma’lumki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq

sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot

tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―o’zbek modeli‖ degan nom bilan haqli

ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li Prezidentimiz Islom

Karimov tomonidan ishlab chiqildi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda.

Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun

ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich

amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z

ichiga oladi.1

Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz

uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin

egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat

qilmoqda.

O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning

barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani,

O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga

joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak

e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda

unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch

bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli

yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga,

mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda.2

Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga

yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot

sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin

egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas

bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va

tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi

talab qilmoqda.

Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy

orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom

Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi.

Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz

milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va

mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning

o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof

etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu

1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси

Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда

демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси‖

мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 4-бет. 2 Н.Тўхлиев. Тараққиѐтнинг ўзбек модели.- Т.:2012. 4-бет.

Page 4: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

4

o’z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-qudrati va bunyodkorona mehnati

samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan

munosib bahodir.3

"O’zbek modeli" tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga

bu yil roppa-rosa 22 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov

dastlab 1992 yilda chop etilgan "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li"

asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini

belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g’oya davlatimiz rahbarining 1993 yildagi

"O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" kitobida,

"Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiy-

iqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi.

22 yil tarix uchun katta muddat emas. Lekin ana shu nisbatan qisqa davr

mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh

kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O’zbek modeli ikkita katta sinovdan

muvaffaqiyatli o’tdi. Birinchi sinov - o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan

yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri

davom etayotgan pallada O’zbekiston postsovet maydonida birinchi bo’lib

makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab

chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha

aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to’g’ri yo’l

ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviy-

iqtisodiy inqiroz bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli nafaqat butun jahonni

qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi,

balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy o’sishning eng yuqori

(yiliga 8-9 foizdan kam bo’lmagan) sur’atlarini ta’minladi.

Yulboshchimizning shu munosabat bilan chop etilgan ―Jahon moliyaviy-

iqtisodiy inqirozi, O’zbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va

choradari‖ asarida hamda mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining

salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallangan

Inqirozga qarshi choralar dasturida O’zbekistan iqtisodiyotining inqirozdan

keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi

ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo’shilgan katta

hissa edi.4

―Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda

to’xtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda

kechayotgan tub o’zgarishlar jarayonidagi o’z o’rniga haqqoniy va tanqidiy

baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon

bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam

tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi‖5, -deb

ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan.

3 Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан‖. 2011. 223- бет

4 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг

йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 16-бет 5 Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан‖. 2011. 333-334- бетлар

Page 5: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

5

Ishni bajarishda Prezidentimiz I.A.Karimovning tanlangan asarlari,

shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil

12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni

yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖

(Toshkent., 2010), ―Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning

garovidir‖ (Toshkent.,2012), ―Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan‖(Toshkent.,

2011), «Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O’zbekiston»

(Toshkent., 2013) nomli risolalari, shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimovning

―O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida‖ (Toshkent., 2011),

N.To’xliyevning ―Taraqqiyotning o’zbek modeli‖ (Toshkent.,2012) va davriy

matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi.

1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos

xususiyatlari

XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida

mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo,

Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani

bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor

munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z

milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati

yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish

jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni

shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi.

Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay

yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li

chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga

xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini

egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa

bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero,

kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida

xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi

bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik

so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan.

To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat,

kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin

ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmun-

mohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor

o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi.

Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va

monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin

tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif

asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror

toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham

chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning

Page 6: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

6

bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi

turardi.

Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan.

Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin

maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari

extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da,

eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq

mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham

keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy

muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita

uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi

vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga

xizmat qiladi6.

Sobiq SSSRda ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o’tkazilganini ta’kidlash

lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o’tkazilgan xo’jalik yuritish mexanizmlarini

takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar shular

jumlasidandir. Lekin, iqtisodiy rivojlanishda burilish yasash maqsadida amalga

oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi

ham mumkin emasdi. Chunki, islohotlarni amalga oshirishda shaxsiy manfaat va

mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala

esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini

qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita

sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni

ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning

mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shov-

shuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib

ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini

takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik

qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi.

Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan

keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy

resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod

manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni,

jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi.

Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv

xo’jalik yuritish mexanizmining mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik

va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik

XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo,

mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish

quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganida, ishsizlik darajasining o’sishida, pul-

kredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 yilda

sobiq ittifoq yalpi milliy mahsuloti 1989 yildagiga nisbatai 2 foiz, ishlab

chiqarilgan milliy daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi.

6 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар.

Page 7: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

7

Tashki savdo aylanmasi 6,6 foiz qisqarib, tashqi savdoning salbiy saldosi 9,8

millard rublga yetdi. Davlat qarzi esa bir yilda 150 millard rubl ko’payib, 550

millard rubldan oshib ketdi7.

Surunkali inflyasiya hammaning tinkasini qurita boshladi. Natijada shusiz

ham nochor axvolda kun kechirayotgan aholining daromadlari va turmush darajasi

muttasil pasaya boshladi. Ishlab chiqarish ko’lami va hajmining tinimsiz

qisqarishi, ayniqsa, O’zbekistondek keskin demografik sharoitda yashayotgan

respublikalardagi aholi turmush darajasiga yanada og’irroq ta’sir ko’rsatdi.

O’zbekiston aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish, real daromadlar,

ish haqi, mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari bo’yicha sobiq shuro respublikalari

orasida eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi.

Islom Karimov bu ayanchli vaziyat haqida shunday ta’kidlagan edi:

"O’zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha

mamlakatda 12-o’rinni egallab turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab

chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past".8

Bu davrda sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan O’zbekiston o’rtacha

ittifoq ko’rsatkichidan 40 foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan

esa ikki barobar orqada edi. Respublika aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari

ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi.9

Boz ustiga iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi va uni tashkil etish shakllari

zamon talablariga mutlaqo javob berolmasdi. Mamlakat xo’jaligining amal qilib

kelgan tarkibi ekstensiv rivojlanish mahsuli bo’lgan bu tizim iqtisodiy zarurat

emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan edi.

Qat’iy reja asosiga qurilgan iqtisodiyot esa rivojlanishga qodir emasligi bugun

ko’pchilikka ma’lum. Rejali iqtisodiyotning tanqislik, ishlab chiqarish

monopolizmi kabi "surunkali kasalliklar" doimiy hamroxidir. Sobiq sho’rolar

mamlakatida ijtimoiy ahamiyati kam bo’lgan, xalq ehtiyojlarini bevosita

qondirishga emas, balki "planni to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar,

korxonalar behad ko’payib ketgan edi.

Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini xalq extiyojlari tomonga burmasdan turib

tanqislikka barham berib bo’lmaydi. Ishlab chiqarish tarkibiga faol ta’sir

ko’rsatadigan asosiy samarali mexanizm bu — bozordir. Chunki bozor

sharoitidagina ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelmaydigan sohalar o’z-o’zidan barham

topadi. Davlat bozor tan olmagan, zarar keltirib ishlaydigan, norentabel soha va

korxonalarni qo’llab-quvvatlamaydi. Xalq ehtiyojlariga xizmat qiladigan,

xaridorgir, byudjet uchun mablag’ beradigan ishlab chiqarish turlari esa

rag’batlantiriladi.

Tanqislikni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlardan yana biri ishlab

chiqarishdagi yakka hukmronlikdir. Monopolizm iste’molchini tanlash huquqidan

mahrum qiladigan va shu yo’l bilan bozorda yakka hukmronlik imkoniyatini

7 Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 156-

бет. 8 Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 167-

бет. 9 Ўша аср, 167- бет

Page 8: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

8

qo’lga kiritadigan kuchdir.

Odatda, tanqislik qondirilmagan talab sifatida vaqti-vaqti bilan har qanday

bozorda vujudga kelishi mumkin. Bu hodisaga barham berish yangi xaridorgir

mollarning paydo bo’lishi bilan bog’liq ayrim mollarning miqdori dastlab kamroq

bo’lganligi tufayli, ularga xarid talabi ma’lum vaqtgacha to’la qondirilmasligi

mumkin. Bunday sharoitda uo’sha tovarni ishlab chiqaruvchi boshqa shunday

tovar ishlab chiqaruvchi paydo bulgunicha bozorda monopol huquqqa ega bo’lib

turadi. Bu imkoniyatdan foydalanib, u vaqtincha monopol foyda oladi. Foyda esa,

buyuk iqtisodchilar ta’kidlaganidek, shunday qudratli va jozibali xoxish-istakki,

xaridorgir tovar ishlab chiqarish yo’li bilan uni qo’lga kiritishni xohlovchi

raqobatchilarni ertami-kechmi, albatta, o’ziga jalb qilmasdan qolmaydi. Natijada,

raqobatchi mahsulot turining paydo bo’lishi bilan dastlab yangi mahsulot ishlab

chiqargan korxonaning yakka hukmronlik mavqyei barham topadi. Bundan esa

bozor, iste’molchi yutadi. Sog’lom iqtisodiyotda antimonopol, antitrest qonunlari,

soliqlar, imtiyozlar (masalan, kredit olish) orqali doimo monopolizmning qarshiligi

sindirilib, tovar ishlab chiqaruvchilar rag’batlantirilib turiladi.

Sosializm xo’jalik yuritish sohasidagi o’zining dastlabki qadamlaridan

iqtisodiyotni qat’iy markazlashgan rejali asosda tashkil etish yo’li bilan amalda

yakkahokimlikni qonunlashtirdi. Xususiy mulk umumlashtirilib, yagona

"umumxalk‖ boshqacha aytganda, davlat mulkiga aylantirilishi shuni taqozo etardi.

Natijada, monopolizm surunkali hodisaga aylanib, har kuni, har soatda takror

ishlab chiqariladigan bo’ldi. Chunki davlat bozordagi real ahvolni o’zida aks

ettirmaydigan, oldindan belgilab qo’yiladigan tovar turlari va ularning narxlarini

qo’llab-quvvatlardi. Shu yo’l bilan doimo talabning taklifdan ustunligi, ya’ni

taqchillik ta’minlab kelindi. Amalda deyarli barcha korxonalar doimiy

monopolistlarga aylanib, bozor va iste’molchiga o’z shartlarini qat’iy o’tkazish

imkoniyatiga ega edi10

.

Ishlab chiqarishni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish, ijtimoiy mehnat

taqsimotini chuqurlashtirish ayrim tarmoq va korxonalarning yakkahokimligini

yanada kuchaytirdi. Yiriklashuv, markazlashuv va ixtisoslashuv iqtisodiy

qonuniyat darajasiga ko’tarildi. Xo’jaliklararo kooperasiyalash va agrosanoat

integrasiyasi negizida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada yiriklashtirish

hamda ixtisoslashtirish tug’risida maxsus qarorlar qabul qilindi. Yiriklashtirish va

ixtisoslashtirish iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga, moddiy va nomoddiy

sohalarga, hatto ijtimoiy-madaniy jabhalarga ham keng singdirildi. Bu mash’um

tajriba shunga olib keldiki, butun mamlakat bo’yicha ko’pchilik sanoat mhsulotlari

turlarini bir-ikki korxona yetkazib beradigan bo’ldi11

. O’tgan asrning 80-yillari

oxiriga kelib, O’zbekistonda 100 nafargacha ishchisi bo’lgan sanoat

korxonalarining umumiy soni to’rt yuzdan oshmagani bunga misoldir. Hamma

joyda gigantomaniya vasvasasi avj oldi. Yagona partiya, yagona mafkura, yagona

korxona, yagona tovar va yagona xalq!12

10

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 10-11 бетлар. 11

Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. -

169-бет. 12

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-12-14 бетлар.

Page 9: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

9

Shunday qilib, bir tomondan, monopolizm tanqislikning kelib chiqishi uchun

sharoit yaratadi. Ikkinchi tomondan, ana shu tanqislikning o’zi monopolizmning

keng tomir otishiga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, ularning har ikkisi bir-biri

bilan o’ta bog’liq hodisalardir.

Sog’lom iqtisodiyotda monopoliyalar qattiq raqobat asosida paydo bo’ladi,

raqobatdan o’sib chiqadi. Shuning uchun ular ilg’or, yuqori samaradorlikka va kam

mehnat xarajatlariga, zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega bo’lishga

intiladilar. Raqobatdan xoli, iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydigan, sun’iy,

yuqoridan turib boshqariladigan korxonalar esa, odatda, texnik va iqtisodiy

jihatdan qoloq bo’lsa ham, monopolistga aylanishi mumkin. Monopolizm

sharoitida iste’molchi ishlab chiqaruvchining oldida hamisha ta’zimda bo’ladi.

Chunki, tanqis tovarni topganiga shukr qiladi, boriga baraka, deb kun ko’radi.

Monopolizm iste’molchini nafaqat mol egasiga iqtisodiy qaram qilib qo’yadi, balki

uning muayyan haq-huquqlarini ham buzadi. Monopolizm sharoitida ishlab

chiqaruvchi (sotuvchi) qirol bo’lsa, raqobat sharoitida iste’molchi ana shunday

mavqyega erishadi13

.

Monopolizm ham, tanqislik ham jamiyatda mas’uliyatsizlik, iste’molchining

talab-extiyojlarini mensimaslik muhhitini yuzaga keltiradi. Natijada savdo

do’konlarini sifatsiz, behad qimmat va kam sonli tovarlar egallaydi. Sanoat reja

ko’rsatkichlarini ortig’i bilan bajaradi, iste’molchi esa ishlab chiqarilgan

mahsulotlardan qoniqmay qolaveradi. Masalan, 1980-89 yillarda sobiq ittifoqda

yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish 32 foiz, sanoat mahsuloti — 46, shu

jumladan xalq iste’moli mahsulotlari 74 foiz oshgan edi. Aholi sonining o’sishi esa

bu yillarda 26 foizni tashkil etdi. Ko’riiib turibdiki, ishlab chiqarish sur’atlari,

aholining o’sish sur’atlaridan ancha yuqori. Ammo ahali turmush darajasida keskin

o’zgarish yuz bergani yo’q.

Bunday sharoitda pul o’zining qiymatini yo’kotib, keskin qadrsizlanishi

tabiiy. Qo’lga kiritilgan puldan qanday foydalanish muammosi ham paydo bo’ladi.

Korxona endi o’zining mahsulotini sotishga emas, balki o’ziga kerakli boshqa bir

mahsulot turiga ayirboshlash — barterga intiladi. Bunday ayirboshlash

harakatlarida taqchil mahsulotlar umumiy muqobil vazifasini o’tay boshlaydi.

Shunday qilib, o’z-o’zidan barterga, ya’ni tug’ridan-tug’ri valyutasiz tovar

ayirboshlashga yo’l ochiladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy voqyealarning bunday

tadrijiy rivoji bozor iqtisodiyotiga o’tishni muqarrar qilib qo’ydi.

Lekin o’sha o’ta murakkab sharoitda bu borada bir-birini amalda inkor

etadigan har xil nuqtai nazarlar mavjud bo’lgani ham sir emas. Birinchisi —

iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o’tish halokatdan qutqaradi, deb

hisoblaydigan uzoqni ko’zlab, oqilona g’oyalar ilgari, surilgan realistik qarash.

Ikkinchisi - avval ma’muriy yo’llar orqali iqtisodiy va moliyaviy tushkunlikka

barham berib, undan keyin bozorga o’tish kerak, degan qarash. Bunda ikkinchi

13

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг ―Мамлакатимизни модернизация қилиш ва

кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир‖ ҳамда ―Асосий вазифамиз – Ватанимиз

тараққиѐти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир‖ номли маърузаларини ўрганиш бўйича

ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010.14-бет.

Page 10: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

10

guruh vakillari o’z qarashlaridagi ziddiyatni anglab yetmagani qiziq agar ma’muriy

yo’llar bilan iqtisodiyotdagi surunkali xastalikni, moliyaviy boshboshdoqlikni,

xo’jasizlikni bartaraf etish mumkin bo’lsa, unda bozorga o’tishning nima zarurati

bor?

To’g’ri, bozor iqtisodiyotiga, Yurtboshimiz ko’p bor ta’kidlaganidek, bir

kunda va bir zarb bilan o’tish aslo mumkin emas. Sababi - O’zbekistonda bozor

munosabatlariga o’tishning iqtisodiy asoslari juda zaif edi. Buning ustiga

iqtisodiyotimiz xom ashyoga yo’naltirilgan va asosiy ishlab chiqarish fondlari

g’oyat eskirgan. O’zbekiston sobiq ittifoq davrida amalda arzon mineral hamda

qishloq xo’jaligi xom ashyosini yetkazib beruvchiga aylanib qolgan. Bu

mustamlakachilik amaliyoti chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olganidan

keyin boshlangan, sho’rolar davrida esa u ixtisoslashuv, mehnat taqsimoti vajlari

bilan yanada chuqurlashtirilgan va mustahkamlangan edi.

Respublika nafaqat jihozlar, texnologiyalar va juda ko’p turdagi xom ashyo

mahsulotlarini, balki birinchi darajali ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari —

g’alla, go’sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek,

yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan juda keng doiradagi xalq iste’moli

mollarini ham tashqaridan keltirishga majbur bo’lgan. Deyarli barcha tarmoqlarda

tugallanmagan siklga ega ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgani sababli ular atayin

xom ashyoni qazib olish va dastlabki ishlov berish, yarim fabrikalar tayyorlash

bosqichida tuxtab qolar edi.

Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat

tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan bo’lsa,

bundan birinchi navbatda, sho’ro zamonidan qolgan xufiyona iqtisodiyot

korchalonlari yutadi, o’zining «o’lik kapitalini» ishga solib yuboradi, degan

hadiksirashlar ham mavjud bo’lgan.

Albatta, hyech bir yangilikni hamma ham quchoq ochib kutib olmaydi.

Tuzumni, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni butunlay yangicha asosda

shakllantirishni taqozo qiladigan bozor iqtisodiyotini ham o’z tarafdorlari-yu, unga

shubha bilan qaraydiganlari ham bo’lishi tabiiy. Ko’p jihatdan tavakkalchilikka

asoslangan bozor sharoitida o’z biznesi sinishidan, raqobat kurashida

mag’lubiyatga uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi.

Bunday munosabatlarni chuqur tadkiq etganlarning fikricha, kapital

jamg’arilishining tarixiy tendensiyasi, ya’ni mayda mulklarning kimlardir

tomonidan g’oyat yiriklashtirilishi, keng xalq ommasining yeri, tirikchilik

vositalari mehnat qurollarining ekspropriasiya kilinishi kapitalizm tarixining

muqaddimasidir. Bevosita ishlab chiqaruvchilarning ekspropriasiya qilinishi ko’p

mamlakatlarda katta yo’qotishlar, o’pirilishlar, ayniqsa, aholi kam ta’minlangan

tabaqalarini haq-huqulari hisobga olinmasdan amalga oshirildi.14

Davlatimiz rahbari Islom Karimov uzoqni ko’zlab, oqilona yuritayotgan

siyosati samarasida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishda bunday katta

yo’qotish va talotumlardan chetlab o’tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin

tabaqalanishiga yo’l qo’yilmadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning evolyusion,

14

Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 96-,tn

Page 11: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

11

bosqichma-bosqich yo’li tanlandi. Bu borada ijtimoiy adolatni ta’minlashda

davlatning islohotchilik roli katta ahamiyatga ega bo’ldi. Prezidentimiz Islom

Karimov o’zining iqtisodiy siyosatga bag’ishlangan asarlarida bozor

iqtisodiyotining shakl-shamoyillari, unga o’tishning zarurati, shart-sharoitlari va

omillarini puxta asoslab berdi. «Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, - deb

yozadi davlatimiz rahbari, - o’z umrini o’tab bo’lgan eski mustabid sovet

tuzumidan voz kechib, jahon tajribasini har tomonlama puxta o’rganish,

umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni

asrab avaylash va yanada mustaxkamlash asosida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor

iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga azmu qaror

qildik».15

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini

yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor

munosabatlarini qaror toptirishning asosiy shart va yunalishlarini tashkil etdi.

O’tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar. Prezident farmonlari

va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining asosiy qismi ana shu uch

yo’nalishni rivojlantirishga qaratilganini alohida ta’kidlash darkor. Bu yillarda

minglab davlat korxonalari xususiylashtirildi, aksiyadorlik jamiyatlari yoki

mulkchilikning boshqa nodavlat korxonalari sifatida qayta tashkil etildi. Natijada

nodavlat sektorining ulushi 1995 yilga kelib yalpi ichki mahsulot ishlab

chiqarishda 58,4 foizni tashkil etdi. 2010 yilda esa bu ko’rsatkich 81,7 foizga

yetdi.16 Ular xo’jalik birlashmalari, qo’shma korxonalar, xususiy fermer

xo’jaliklari, aholi xususiy mulkining boshqa obyektlari sifatida faoliyat yurita

boshladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni

rivojlantirish samarasida O’zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam mulkdorlar paydo

bo’ldi. Qimmatli qog’ozlar va kuchmaye mulk bozori kabi yangi bozorlar paydo

bo’ldi17

.

O’zbekistonda 2000 yilda bozor munosabatlariga xos institusional qayta

qurishning tugallanishi bilan o’tish davri nihoyasiga yetdi va aralash iqtisodiyot

asosan shakllanib, uning yanada jadalroq rivojlanish bosqichi boshlandi.

2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda “o’zbek modeli” ning

o’rni va ahamiyati

Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng

umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan

voz kechib, ―o’zbek modeli‖ deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi.

Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin

ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish, mamlakatimizda isloh etish

15

Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд - Т.: "Ўзбекистон", 2011, 324-бет. 16

Ўзбекистан Республикаси иқдисодий-ижтимоий тараққиѐтининг мустақиллик йилларидаги (1990-2010

йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари (Кейинги

ўринларда Статистик тўплам), Т., "Ўзбекистан", 2011, 63-бет. 17

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-22 бет.

Page 12: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

12

va modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Yaqin o’tmishga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, haqiqatan ham,

mustaqillik qo’lga kiritilgan davr o’ta murakkab bo’lib, u paytda sobiq ittifoq

parokandalikka yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat

tobora keskin tus ola boshlagan edi. Shunday qaltis vaziyatda o’zligimizni anglash

va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish yanada kuchaydi.

O’sha tahlikali va og’ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan

oqilona ish tutib, qat’iy siyosiy irodani namoyon etib, mamlakatimizni chuqur

tanazzuldan olib chiqishga qaratilgan, barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor

iqtisodiyotini barpo etishning har tomonlama puxta o’ylangan islohotlar

strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi.

Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan

huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish

maqsadida g’oyat mashaqatli, shu bilan birga, sharafli taraqqiyot yo’li bosib o’tildi.

Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni

hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga

erishish bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini

ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hyech qachon osonlikcha kechmasligini

uqtirib o’tgan edi18

.

I.A.Karimov ―O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos

yo’li‖ risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki

yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va

iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab

berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o’sha

davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o’ylab tuzilgan

bo’lib, eski tuzumdan meros bo’lgan illatlarni tezroq bartaraf etish,

mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini

ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan

bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi19

.

Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud

bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni

jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli

quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:

birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak,

ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va

iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;

ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U

islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab

chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;

uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish

18

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси

Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда

демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси‖

мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 16-бет. 19

Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 14-бет

Page 13: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

13

lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi

Konstitusiya va qonunlarni barcha hyech istisnosiz hurmat qilishi va ularga

og’ishmay rioya etishi lozim;

to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli

ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan

bolalar tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini

e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi ―inqilobiy sakrashlar‖siz, ya’ni evolyusion yo’l

bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan

bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos bo’lib,

barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub

o’zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan

quyidagicha izohlab berildi:

- ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich

shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati

uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

- ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga

barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan

rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini

ta’minlash;

- korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning

xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni

boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar

va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;

- iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali

foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatdosh

mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;

- kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning

dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va

shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish1.

Mustaqillikning ilk yillarida, ya’ni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor

iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal

qilish maqsad qilib qo’yildi:

- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,

iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

- respublikaning o’ziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda,

bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;

Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning

quyidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:

- o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-

huquqiy negizini mustahkamlash;

1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т., ―Ўзбекистон‖, 1995, 18-

бет.

Page 14: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

14

- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini, uy-joy

fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida

mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning

barqarorlashuvini ta’minlash.

Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida

iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida

keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-

sharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi

bosqichning strategik maqsadlari va yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini

berdi.

Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada

chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni

amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor

munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. Shu maqsaddan kelib

chiqib, mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar quyidagi

tartibda belgilandi:

- davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;

- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy

barqarorlikni ta’minlash;

- milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash;

- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib

berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.

O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini

ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida

birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek, mazkur bosqichda

―erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham

ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir‖20

. Bu esa

iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi:

- iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini

izchillik bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida

mulkdorlar sinfini shakllantirish;

- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo’naltirilgan

sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va

iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor

o’rin egallashiga erishish;

- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash,

iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integrasiyalashuvini

ta’minlash;

20

Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. -Т.: ―Ўзбекистон‖,

2000, 15-бет.

Page 15: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

15

- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada

mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.

Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda

istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish,

rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi

hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish

uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga

yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.

Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy,

ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas,

uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda21

.

3. «O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari

Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini

ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning

siyosatdan ustunligini ta’minlash - demokratik va bozor o’zgarishlarining

asosi, deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki

qonun va qoidalarga muvofiq rivojlangandagina demokratik siyosiy va

ijtimoiy islohotlar uchun mustahkam moddiy asos yaratiladi. «Birinchi

navbatda iqtisodiy negizni (bazisni) barpo etish va iqtisodiy islohotlarni

amalga oshirish yangi jamiyat qurishning eng muhim shartidir. Bunda

iqtisodiy o’zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli etilishi, ya’ni

siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak»22

.

Sho’rolar davrida iqtisodiyot yetmish yil hukmronlik qilib kelgan

kommunistik mafkuraning siyosatning qurboniga aylangan edi. Natija

ma’lum. Iqtisodiyot ham bamisoli tirik organizm - erkin harakat

qilgandagina yuksalishi mumkin. Zug’um ostida qolsa, o’zidagi mavjud

imkoniyatlarni ruyobga chiqara olmaydi. Sobiq ittifoq - sho’rolar davrida

milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi kabi qator iqtisodiy

qonuniyatlar va prinsiplar orqali amalda markazga bog’lab qo’yilgan,

hukmron mafkura va siyosatga tamoman bo’ysundirilgan edi.23

Sho’rolar davrida mavjud mehnat taqsimoti va ixtisoslashuviga ko’ra,

sobiq respublikalarning iqtisodiy rivojlanishida, bir tomondan markazdagi

yirik sanoat birlashmalari qatnashar edi. Ularning faolligi, eng avvalo, qayta

ishlash va konchilik sanoati kompleksi tarmoqlariga qaratilgani ham sir

21

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси

Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда

демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси‖

мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 18-бет. 22

Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 301-бет. 23

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-

иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига

бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз

тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 4-бет

Page 16: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

16

emas. Bu ishtirok milliy respublikalar sanoatining muayyan darajada o’sib,

nisbatan zamonaviy texnologiyalar, yangi ishlab chikarish tarmoklarining

paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta.24

1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida

sobiq ittifoq vazirlik va idoralariga bo’ysunuvchi birlashma va korxonalar

ishlab chikdradigan mahsulotlar hajmi 30 foizga yetgan edi. Ittifoq-

respublika vazirlik va idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54

foiz sanoat mahsuloti ishlab chiqarilar edi. Ikkinchi tomondan.

O’zbekistonning Rossiya va boshqa respublikalardan keltiriladigan ishlab

chiqarish va iste’mol tovarlariga bog’liqligi g’oyat kuchli edi. Iqtisodiy

o’sishning tashqi omillarga bog’lanib qolganligi yakunlovchi ishlab

chiqarish bosqichi ahamiyatining 75 haddan tashqari oshishiga, maxalliy

mashinasozlikning esa zaifligicha qolishiga olib keldi. O’zbekistonda

barcha sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik sanoatining ulushi

nihoyatda past edi. Bunday taqsimot oqibatida sanoat asbob-uskunalari,

texnologiya, fan-texnika yutuqlari tashqaridan olib kelinadigan

mahsulotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib qolaverdi. Cheksiz fosforit

konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.

O’zbekistonda mashinasozlikning asosi bo’lgan dastgoxsozlik ayniqsa

zaif rivojlangan edi. Natijada ishlab chiqarish vositalari va sanoat

materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy yirik yalpi

ishlab chiqarish talablariga javob beradigan avtomat va yarim avtomat

murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yib bo’lmasdi.

Bularning barchasi metropoliya va mustamlaka xalqlar o’rtasidagi

munosabatlarning amaldagi yakqol ifodasidir. Metropoliya hyech qachon

mustamlaka o’lkaning jadal rivojlanishini istamaydi. Uni doim o’z tizginida

tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir.

Iqtisodiyotning siyosat va mafkuraga bo’ysundirilgani yirik o’rta va

kichik korxonalar o’rtasidagi nisbatga ham salbiy ta’sir ko’rsatmasdan

qolmadi. Sobiq ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy

respublikalarda, asosan, yirik korxona va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq

ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv shunday amaliyotni taqozo

qilar edi. Zo’rma-zo’raki tiqishtirilgan bunday amaliyotlar natijasida

O’zbekiston iqtisodiyoti ham "gigantomaniya" degan xavfli "xastalikka"

chalindi. Bu, albatta, o’lkamizda sanoat ishlab chiqarishning an’anaviy

turlarini rivojlantirish, mehnat jamoalarining faolligi va tashabbuskorligini

oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi.

Xalqaro tajribadan ma’lumki, bir turdagi mahsulot ommaviy ishlab

chiqariladigan joyda yirik ishlab chiqarish yaxshi samara berishi mumkin.

Mayda (bir nafardan 19 kishigacha mehnat qiladigan) korxonalar 1980-

yillarda AQShdagi barcha korxonalarning 26,1, Yaponiyada 49,4 va

Italiyada 43,4 foizini tashkil etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan 99

kishigacha ishlaydigan korxonalar) mos ravishda 28,4, 27,7 va 30,4 foizga

24

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.63-бет

Page 17: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

17

teng edi. O’rta korxonalar (bunga yuzdan 499 kishigacha ishlaydigan

korxonalar kiradi) 24,0, 14,6 va 14,2 foiz, 500 nafardan oshiq ishchi mehnat

qiladigan yirik korxonalar 21,5, 8,2 va 12,1 foizni tashkil etardi. Ushbu

raqamlardan ko’rinib turibdiki, zamonaviy iqtisodiyotga ega Yaponiyada

ishchilarning qariyb yarmi kichik korxonalarda mehnat qilgan . Mayda va

kichik firmalar ish bilan band bo’lgan yaponlarning to’rtdan uch qismini

birlashtirgan. Kichik korxonalar - iqtisodiyot poydevori, degan gapda

hikmat ko’p.25

Yirik korxonalar mayda ishlab chiqarishga nisbatan bozor

kon’yunkturasiga qiyin moslashadi, har qanday yirik ishlab chiqarish

jarayonida katta-kichik bo’shliqdar paydo bo’lishi tabiiy. Yirik korxonalar

ularning hammasini ham yolg’iz o’zi hal etishi qiyin. Bunday sharoitda

kichik ishlab chiqarish yordamga kelishi va paydo bo’lgan bo’shliqni

to’ldirishi mumkin. Kichik ishlab chiqarish, o’z navbatida, ists’mol bozorini

tovar bilan to’ldirish, aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash, raqobat

muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositala ri

bilan iste’mol buyumlari ishlab chikaradigan ishlab chiqarish o’rtasidagi

nisbatni mutanosib deb bo’lmasdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan

ma’lumki, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi,

jadalroq rivojlanishi lozim.

Qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanishi o’rtasida ham

nisbat buzilib keldi. Mineral xom ashyolarning katta qismi qayta

ishlanmagan yoki yarim tayyor mahsulot holida O’zbekistondan olib chikib

ketilardi. Deyarli barcha kon-ruda, metallurgiya kombinatlarida xom

ashyoni qayta ishlash darajasi g’oyat past bo’lgan. Buning sababi shuki,

konchilik sanoati sohasidagi ittifoq ahamiyatidagi yirik korxonalarning

asosiy faoliyati respublikamizda mineral xom ashyoni to’la qayta ishlash,

vertikal integrasiya jarayoni, diversifikasiyani rivojlantirishga emas, balki

xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan

edi.

Bu boradagi salbiy oqibatlardan yana birini sanoat korxonalarini

mahalliy ishchi kadrlar bilan ta’minlashda ham ko’rish mumkin. Bu

sohadagi vaziyat shunday ayanchli holga olib kelingan ediki, zamonaviy

korxonalar narida tursin, nisbatan ancha past rivojlangan sanoat sektorida

ham mahalliy ishchi kadrlarning umumiy miqdori juda kam edi. 50-60

yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon, Muborak, Angren, Yangiyer

singari industrial shaharlar sobiq markaz vazirlik va idoralariga

buysunuvchi yirik sanoat korxonalari bazasida bo’lgani uchun ularga zarur

ishchi kadrlar ittifoqning boshqa respublikalaridan, asosan Rossiyadan

25

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-

иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига

бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз

тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 26-27 бетлар

Page 18: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

18

ko’chirib keltirildi. Xolbuki, O’zbekistonning o’zida ishchi kuchi,

salohiyatli kadrlar va mutaxassislar kam emasdi. Kam bo’lsa, ularni

o’qitish, tayyorlash va kasbga yunaltirish ham mumkin. Bu, bir tomondan,

mahalliy aholiga nisbatan e’tiborsizlik bilan qarashning, ikkinchi tomondan,

mustamlakachilikka asoslangan siyosatning natijasidir. Bunday yondashuv

nafaqat mahalliy millat vakillari orasidan yetuk ishchi kadrlar yetishib

chiqishiga, balki, sanoatning jadal suratlarda rivojlanishiga ham monelik

qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash masalasi

o’tgan asrning 20-30-yillarda qanday dolzarb ahamiyat kasb etgan bo’lsa,

keyinchalik ham shundayligicha qolaverdi. Maxalliy millat vakillari

Toshkent samolyotsozlik birlashmasi, vagon ta’mirlash zavodida 20-30

foizdan oshmadi. Konmetallurgiya, mashinasozlik kabi tarmoqlarda ham

vaziyat deyarli shundayligicha qoldi.

Iqtisodiyotning mafkura va siyosat qurboni bo’lishi respublikaning

tashqi iqtisodiy faoliyatida yanada kengroq namoyon bo’ldi. 1990 yilda

O’zbekistonga tashqaridan olib kelingan mahsulotning 90 foizga yaqinini

sanoat mahsulotlari tashkil etardi. Chetdan keltiriladigan moddiy ishlab

chiqarish tarmoqlari mahsulotining 80 foizdan ziyodrog’i sobiq ittifoq

respublikalari ulushiga to’g’ri kelardi. Keltiriladigan sanoat mahsulotlari

tarkibida asosiy o’rinni mashinasozlik va metallga ishlov berish (27,7%),

yengil (22,7%) va oziq-ovqat (15,2%) sanoatlari egallagan.

Mahsulotlar, asosan, respublikalararo ayirboshlash bo’yicha chiqarilar

va kiritilar edi. Tashqariga chiqarilgan sanoat mahsulotlari orasida asosiy

o’rinni (59,7%) yengil sanoat mahsulotlari (paxta tolasi) tashkil etardi.

Yana bir ayanchli holat shundan iborat ediki, tashqariga mahsulot

chiqarishga nisbatan tashqaridan mahsulot kiritish ko’pchilik tarmoqlarda

ancha yuqori edi. O’zbekistonning, ayniksa, mashinasoz lik va metallga

ishlov berish, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari buyicha

tashqi bozorga bog’liqligi kuchaydi.

1990 yilda xalq iste’moli tovarlari bo’yicha tashqaridan mol kiritish

(importni qo’shganda) tashqariga mol chiqarishdan (eksportni qo’shganda) 3

barobar ortiq bo’lgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari (yengil sanoat

mahsulotlari, madaniy-maishiy va xo’jalik mollari) buyicha mahsulot

kiritish mahsulot chiqarishdan 4 barobar ko’p edi.

Oziq-ovqat tovarlaridan go’sht va go’sht mahsulotlari, sut va sut

mahsulotlari, tuxum, un, yorma, makaron, qand, qandolatchilik

mahsulotlari, baliq, balik konservasi, margarin, konservalar, alkogolli

ichimliklar keltirilsa, nooziq-ovqat tovarlaridan deyarli barcha turdagi

gazlamalar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, charm poyabzal, madaniy--

maishiy va xo’jalik tovarlaridan mebel, muzlatkichlar, kir yuvish

mashinalari, televizorlar, radiopriyomnik qurilmalari, farfor-fayans, shisha

va billur idishlar, velosiped va mopedlar keltirilgan. Har yili millionlab

tonna paxta yetishtiriladigan o’lkada, hatto durustroq paypoq ishlab

Page 19: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

19

chiqaradigan fabrika ham qurilmagan, shoir aytganideq "daryo bo’yida

qultum suvga zor" edik!26

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab vaziyat o’nglana boshladi.

Lekin, iqtisodiyotning eski tuzumdan qolgan bunday mustamlakacha tarkibi

bilan bozor munosabatlariga asoslangan mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo

etib bo’lmasdi. Buning uchun izchil, tizimli va uzoqni ko’zlab ish tutish

lozim edi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar

berayotgan samaralarni quyidagi raqamlardan ham qo’rish mumkin.

1-jadval

Iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi27

(%hisobida)

Iqtisodiyot tarmoqlari 1990 yil 2000 yil 2010 yil

Sanoat 17,6 14,2 24,0

Qishloq xo’jaligi 33,4 30,1 17,5

Qurilish 5,8 7,7 12,4

Savdo 4,5 10,8 9,0

Boshqalar 22,2 18,7 23,7

Sof soliqlar 11,3 12,5 7.0

Jami 100,0 100,0 100,0

Mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil va

tizimli chora-tadbirlar samarasida o’tgan 20 yil mobaynida mamlakatimiz

yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 17,6 foizdan 24,0

foizgacha ko’tarildi. Kishloq xo’jaligining ulushi esa qariyb 2 barobar

kamaydi. Boshqa tarmoqlarda ham xuddi shunday sifat o’zgarishlari amalga

oshirildi.

Istiqlol yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 3

barobar, uning o’tmishda juda zaif rivojlangan mashinasozlik va metallga

ishlov berish tarmog’i esa 11,6 barobar o’sdi. Bu umumiy sanoat

ko’rsatkichidan qariyb 4 barobar ko’pdir. Bunday ulkan yuksalishga

mamlakatimizda avtomobilsozliq neft-gaz mashinasozligi, temir yo’l

mashinasozligi kabi nisbatan yangi va zamonaviy sohalarni barpo etish va

jadal rivojlantirish orqali erishilganini alohida ta’kidlash darkor.

Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asos solingan

mamlakatimiz uchun butunlay yangi tarmoq — avtomobil sanoati sohasida

hozir 18 mingdan ortiq kishi ish bilan bandligi alohida ta’kidlash o’ rinlidir.

Ma’lumotlarga ko’ra, «O’zavtosanoat» kompaniyasi tizimiga kiruvchi

korxonalarda 2011 yilning o’zida 1,4 mingdan ziyod yangi ish o’rni

yaratilgai. Investisiya dasturi doirasida mashinasozlarimiz avtomobillar

uchun zarur ko’plab detallarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish ustida ish olib

26

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-

иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига

бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз

тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 39-42 бетлар 27

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.108-бет

Page 20: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

20

bormoqda. O’tgan yillar davomida bu borada ulkan yutuqlarga erishildi.

Bamperlar. avtoemallar, germetiklar, sanoat bo’yoqlari, tutun chiqargichlar.

yonilg’i baqlari, yoqilg’i nasoslari, avtomobil oynalari va o’rindiqdari,

akkumulyatorlar, elektr o’tkazgichlar uchun jgutlar, avtomobil salonining

ichki qoplash qismlari, tashqi yoritish vositalari, yonilg’i moyi va havo

filtrlari, kapsulalangan oynalar, generatorlar va kompressorlar, g’ildirak

disklari va shassi uzellari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat

ko’rsatmoqda.

Mamdakatimizda tarkibiy qayta qurish, mulk munosabatlarini

takomillashtirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

mexanizmlari orqali amalga oshirildi. Bu ko’p ukladli aralash ijtimoiy

yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim shartlaridan

biridir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy yuksalishning muhim

omillaridan biriga aylandi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 2010 yilda

mamlakatimiz aholisining har ming nafariga 15,2 kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik subyekti to’g’ri kelgan. Bu ko’rsatkich Moldovada - 12,3,

Qozog’istonda - 6,9, Rossiyada - 11,3, Ukrainada - 7,5, Belarusda - 7,3,

Ozarbayjonda - 1,6 tani tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikning rivojlanish sur’atlari, milliy iqtisodiyotimizdagi muhim

o’rni va salmog’i naqadar tez usayotganligini quyidagi 2-jadvaldan ham

bilsa bo’ladi.28

2-jadval

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi29

(%

hisobida)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

ulushi

2000 yil 2005 yil 2010 yil

YaIMda 31,0 38,2 52,5

Sanoatda 12,9 10,0 21,1

Ish bilan band bo’lganlarning umumiy sonida 49,7 64,8 74,3

Eksportda 10,2 6,0 13,6

Mamlakatimizda o’tgan 20 yil ichida tashqi savdo aylanmasi 805,6

million AQSh dollaridan 21,8 milliard dollarga, ya’ni 27,1 barobar o’sdi.

Jumladan, eksport hajmi 442,7 million dollardan 13,1 milliard dollarga, yoki

29,5, import 362,9 million dollardan 8,8 milliard dollarga yoki 24,2 barobar

ko’paydi. Ayni paytda tashqi savdoning ijobiy saldosi 79,8 million

dollardan 4,2 milliard dollarga, ya’ni 53 barobar ortdi. Bu oltin-valyuta

zaxiralarimizning muttasil o’sishi va milliy valyutamiz barqarorligini

28

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-

иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига

бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз

тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 46-49 бетлар 29

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.110-бет

Page 21: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

21

ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Eksport va importning tarkibi keskin

o’zgardi. Mustakillikkacha O’zbekiston chetga xom ashyo chiqaradigan va

tayyor mahsulotlar, asosan, iste’mol mollarini olib keladigan mamlakatdan

bugun qo’shimcha qiymat yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni tobora ko’p

va keng eksport qilayotgan, ishlab chiqarishni texnik va texnologik

modernizasiya kilishga muljallangan texnika va asbob-uskunalarni import

qiladigan mamlakatga aylandi. Mashina va uskunalarning import tarkibidagi

ulushi izchil o’smokda: 1990 yilda 12,1 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 201 0

yilda 44,1 foizgacha yetdi.

Eksportning tarkibi diversifikasiya qilinishi natijasida paxta tolasi

ulushi jiddiy kamaydi. Uning eksportdagi ulushi 1990 yilda 59,7 fo izni

tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 11,3 foizdan oshmadi. Oziq -ovqat

mahsulotlari importa o’tgan davr mobaynida 48,9 foizdan 10,9 foizga

tushdi.30

Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikasiyalashdi. Ilgari, birinchi

navbatda, sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalar va sosialistik lagerga

kiruvchi mamlakatlar, sosialistik yo’nalishni tanlagan davlatlar bilan tovar

ayirboshlash va savdo-sotiq amalga oshirilishi shart bo’lgan.

O’zbekistonda tashqi savdo aylanmasining usishi31

3-jadval

1990 yil 2000 yil 2010 yil

Tashqi savdo aylanmasi, million AQSh

dollarida

805,6 6212,1 21842.2

Eksport, million doll. 442,7 3264,7 13044,5

Import, million doll. 362,9 1247,4 8799,7

Saldo (+, -) million doll. 79,8 317,3 4244,8

Bu ham mavjud xukmron mafkura va siyosatning amaldagi ifodasi edi,

albatta. Xalqimiz mustaqillikka erishganidan keyin tashqi savdo doirasi

keskin kengaydi va uning tarkibida uzoq xorij mamlakatlari soni orta

boshladi. Agar 1990 yilda tashqi savdo aylanmasida uzoq xorij mamlakatlari

ulushi 39,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda bu raqam 56,9 foizga

yetdi. Eksportda ularning hissasi 37,7 foizdan 54,8 foizga, importda 42,6

foizdan 59,9 foizga yetdi.

Haqiqiy bozor munosabatlari xar qanday mafkuraviy va siyosiy

qoliplardan xoli va ustun bo’lishi kerak shundagina barqaror iqtisodiy

o’sishga yo’l ochiladi. Bu tamoyil davlatimiz rahbari tomon idan shuning

30

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда

Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон

Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиѐтини янги

босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.:

«O`qituvchi» НМИУ, 2012. 36-бет 31

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.111-бет

Page 22: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

22

uchun ham bozor munosabatlariga o’tishning muhim shartlaridan biri sifatida

ilgari surildi.

Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o’zgarishlarning

tashabbuskori va bosh islohotchisidir.

O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishda davlat bosh islohotchi,

iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi.

«Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi.

iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib,

uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur»32

, - deb ta’kidlaydi O’zbekistan

Prezidenti Islom Karimov.

Nima uchun bu o’ta mas’uliyatli tarixiy vazifa aynan davlatning zimmasiga

yuklatildi? Chunki mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va ayni paytda bozor

munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq

kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir

xil, boshlang’ich darajada bo’lgan. Bozor islohotlarining takdirini, ayrim

davlatlarda bo’lgani kabi, davlat korporasiyalari qo’liga topshirib qo’yib ham

bo’lmasdi.

Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga

o’tishning «shok terapiyasidan» farqli o’laroq, bosqisma-bosqich amalga

oshiriladigan ijtimoiy yo’naltirilgan modeli tanlandi. Bunday sharoitda aholining,

ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi

orqali faqat davlatgina himoya qila olishi mumkin. Shu bois davlatning kuch-

qudratidan, boy imkoniyatlaridan foydalanmaslik keyinchalik to’g’rilab bo’lmas

xatolarga olib kelishi tayin edi. Prezidentimiz tomonidan ushbu yo’l yagona va

to’g’ri yo’l deb tanlandi. Davlat bizda azaldan qudratli kuch, boshqarish vositasi

bo’lib kelgan. Islohotlardan oldin barcha mulk obyektlarining 90 foizdan

ziyodrog’i davlat tasarrufida edi. Qayd etish lozimki, barcha mamlakatlarda

iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy

tuzilmalarining o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi

boshqara oladigan tizim, munosabatlar silsilasi. Bunday sharoitda davlatning

iqtisodiyotga aralashuvi yoki iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi

qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi

bormi? Bu - juda nozik masala.

O’tgan asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida

ba’zan bozor qonuniyatlari, ba’zan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish

usullari ustuvorlik qilib keldi. 1940-70 yillarda iqtisodiy jarayonlarыi boshqarish

va tartibga solishda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilgan

bo’lsa, 1980-90-yillarda iqtisodiyotni bozor tomonidan tartibga solishning

cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasini ilgari suruvchi monetarizm va neo-

liberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi.

4-jadval

Iqtisodiyotda nodavlat sektori33

(% hisobida)

::' Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 309-бет.

33 Статистик тўплам, Т., ―Ўзбекистон, 2011, 64-бет‖

Page 23: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

23

1995 yil 2000 yil 2010 yil

YaIM 58.4 72,6 81,7

Sanoat 49,1 63,9 91,0

Qishloq xo’jaligi 97,6 99,1 99,9

Qurilish 62,1 81,2 89,6

Transport 13,9 30,7 56,0

Aloqa x 82,4 96,1

Chakana savdo aylanmasi 91,7 96,8 99,9

Pullik xizmat 34,6 57,1 81,7

Tashqi savdo x 70,4 79,4

Bandlik 69,0 75,9 79,1

Iqtisodiy adabiyotlarda Yevropaning yetakchi mamlakatlari hisoblanadigan

Fransiya va Germaniyada davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi 48 foiz,

«superkommunistik» Skandinaviya mamlakatlarida 54-55 foiz deb ko’rsatiladi.

Bu ko’rsatkichlar bozor mukammal, o’zini o’zi tartibga solib turuvchi tizim,

davlatning unga aralashuvi iloji boricha past darajada bo’lishi kerak deb

hisoblaydigan klassik bozor iqtisodiyotini ma’qul ko’radigan Shimoliy Amerika

modeli ko’rsatkichidan ancha yuqoridir. 4-jadvaldan ko’rinib turibdiki,

O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ulushi va aralashuvi

muttasil kamayib bormoqda.

2010 yilda mamlakatimizda davlat sektorining ulushi yalpi ichki mahsulot

ishlab chiqarishda 18,3 foiz, sanoatda 9,0, qishloq xo’jaligida 0,1, ko’rilishda 10,4,

transportda 44,0, aloqada 3,9, chakana savdo aylanmasida 0,1, pullik xizmat

ko’rsatishda 20,6, tashqi savdoda 8,3 va bandlikda 20,9 foizni tashkil etdi. Bu

raqamlar davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini to’liq ko’rsata oladimi?

Yo’q, albatta. Iqtisodiyotdagi davlat sektoridagidan hayotimizdagi davlatning urni

va roli ancha katta va rang-barangdir.

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiyotni

tartibga solish, qayta taqsimlash mexanizmi orqali aholi manfaatlarini himoya

qilishi, iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor shart-sharoitlarini yaratishi,

iqtisodiy erkinlik va tenglikni kafolatlashi, bozor institutlarini shakllantirishi,

tadbirkorlik tizimlarini qaror toptirish va rivojlantirishga ko’maklashishi, raqobat

muhitini vujudga keltirishi, tarkibiy qayta ko’rishlarni amalga oshirishi zarur.

Bunda davlat tartibga solishning moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni

nazorat qilish vositalaridan keng foydalanadi. Davlat yirik dastur va loyihalarni

moliyalashtiradi, chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi.

O’tish davrida davlatning iqtisodiyotni tartibga solish roli nafaqat davlat

sektori, balki xususiy sektorga nisbatan ham muntazam kuchayib bordi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish davlat institutlari tomonidan amalga

oshiriladigan va mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga

qaratilgan qonunchiliq ijroiya va nazorat harakteriga ega bo’lgan chora-tadbirlar

tizimini amalga oshirishdir.

Page 24: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

24

Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida iqtisodiyotni davlat tomonidan

tartibga solishning ahamiyati shakllangan bozor tartiblaridan ancha ustun bo’ldi.

Bu - tabiiy. O’tish davrida qabul kilinadigan iqtisodiyotga oid qonun, uaror va

qoidalarning ko’lami g’oyat keng bo’lib, ularning hayotga tatbiq etilishi muhim

ahamiyatga ega. Shuningdek, o’tish davri sharoitida bozor mexanizmining hali

to’laqonli ishga tushib keta olmasligini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim.

Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga

o’tish o’z-o’zidan yuz bermaydi. Shuning uchun ham, davlatning asosiy

vazifalaridan biri ushbu jarayonni tartibga solish, iqtisodiyotning bir maromda

faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida bozor infratuzilmasini shakllantirishdir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda davlat qo’yidagi asosiy

iqtisodiy vazifalarni bajardi:

-pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish;

-fuqarolarning huquq va erkinliklarini. mulkdorlar va xo’jalik subyektlari

huquqlarini kafolatlash;

-makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;

-monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va raqobat muhitini

yaratish;

-ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish;

-faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish;

-umumdavlat ahamiyatiga ega ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilmani

rivojlantirish;

-kam ta’minlangan aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash;

-atrof-muhitni muhofaza qilish;

-iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini optimallashtirish;

-mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

-bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish;

-ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish va

hokazolar.

O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish huquqiy,

ma’muriy va iqtisodiy usullar bilan birgalikda olib borildi. Turli mulk shaklidagi

korxonalar va bozor institutlarining (bank, birja, aksionerlik jamiyatlari) faoliyat

ko’rsatishi me’yorlarini ta’minlovchi, bozor sharoitiga mos yangi soliq sug’urta,

aholini ijtimoiy himoyalash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish,

raqobat muhitini yaratish, kichik va xususiy biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha

qonunlar tizimi yaratildi.

Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini boshqarish ta’kikdlash, ruxsat berish

va majburiy chora-tadbirlar orqali amalga oshirildi. Ma’muriy yo’l bilan

monopolist korxonalar va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulot narxlari ustidan

davlat nazorati o’rnatildi. Alohida tovarlar eksport va import kvotalari o’rnatildi

Page 25: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

25

yoki lisenziyalar belgilandi. Ijtimoiy sohalar va ekologiya masalalarida ham

davlatning ma’muriy usullaridan foydalanildi.34

Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullari tizimini yaratish davlatning o’tish

davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Shu maqsadda davlatning

iqtisodiy siyosati (pul-kredit, moliya-byudjet, soliq, valyuta, bojxona, narxlar,

amortizasiya va boshqalar) ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Shuningdek,

davlat buyurtmasi, kvotalar, lisenziyalar, byudjetdan moliyalashtirish,

prognozlashtirish va dasturlar ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng

foydalanildi.

2008 yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Prezidentimiz Islom

Karimov tomonidan ilgari surilgan davlatning bosh islohotchi bo’lishiga oid

tamoyil naqadar to’g’riligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi. Global

inqiroz sharoitida ko’plab davlatlar juda katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralari

va jamg’armalarini o’z moliya-kredit tizimini saqlab qolishga sarflashga majbur

bo’ldi. Shu yo’l katta bankrotliklarning oldini oldi, iqtisodiyotning arteriyasi

hisoblanadigan bank tizimini xalokatdan ko’tkardi. Birgina AQShning o’zi Federal

zaxira jamg’armasidan bir necha yuz milliard dollardan iborat mablag’ni inqiroz

oqibatlarini yumshatishga sarfladi. 2010 yilning boshida Shveysariyaning Davos

shahrida o’tgan an’anaviy xalqaro iqtisodiy forumda davlat arboblari va

iqtisodchilar «davlat aralashmaganida hamma narsa bir zumda barbod bo’lar edi»

deb ruy-i rost tan oldilar. Bu gap zamirida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz

"eshik qoqqan" murakkab sharoitda mamlakatlar bank-moliya tizimiga davlat

yordamga kelmaganida butun jahon iqtisodiyoti bir zumda inqiroz botqog’iga

g’arq bo’lar edi, degan e’tirof bor35

.

O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorliq katta oltin-valyuta zaxiralarining

mavjudligi, rivojlanish jamg’armasi imkoniyatlari, tashqi qarzning minimumga

tushirilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bunday murakkab

masalarni o’z vaqtida samarali hal qilish imkonini berdi. Osiyo taraqqiyot

bankining O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kazuxiko Xiguchi haqli

ravishda ta’kidlaganidek, "o’zbek modeli"ning o’ziga xos jihatlaridan biri

shundaki, davlat boshqaruvi makro darajada, bozor iqtisodiyotini shakllantirish esa

mikro darajada amalga oshirishni nazarda tutadi. O’zbekistonda izchillik bilan

amalga oshirilayotgan islohotlar mutanosib va barqaror rivojlanishga, sanoatni

modernizasiya qilish va texnologik qayta jihozlashga xizmat qilayotir.

Makroiqtisodiy, tuzilmaviy va institusional o’zgarishlarda, ayniqsa, kichik biznesni

rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda".

Erkin raqobat davrlaridan farqli o’laroq, bugun zamonaviy iqtisodiyotda

miqdor va sifat o’zgarishlari yuz berib, faoliyat ko’rsatish tizimi g’oyat murakkab

va ziddiyatli tus olmoqda. Agar o’tgan asrda monopoliyalar iqtisodiyotda noyob

34

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.119-122 бетлар

35 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг

йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 49-бет

Page 26: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

26

holat sifatida uchragan bo’lsa, endilikda har bir bozor, tarmoqlarning katta qismi

monopol korxonalar ta’siriga tushib qolayotir. Transmilliy korporasiyalar bozor va

uniig segmentlaridan kattaroq ulush olish maqsadida keng tomir yoymoqda.

Natijada, iqtisodiyotni muvozanatga keltirib turuvchi bozor mexanizmining

to’laqonli faoliyat doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini

ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash

vazifalarining ahamiyati ortmoqda.

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq shunday sohalar borki, ular

odatda ulkan hajmlarda investisiyalar kiritishni talab qiladi. Oddiy tadbirkor va

korxonalarning bunga qurbi yetmaydi. Ko’p hollarda bu sohalar daromad

keltirmaydi yoki foydasi uzoq vaqtdan keyin kelishi mumkin. Odatda, bunday

sohalar, masalan, transport, kommunikasiya, ekologiya, energetika xizmatlaridan

barcha barobar foydalanadi. Davlat bozor tizimining samarali ishlashiga yordam

ko’rsatuvchi muhit va poydevor yaratadi, iqtisodiyotiing barcha ishtirokchilari

uchun teng imkoniyatlar beruvchi yagona qoidalarni joriy qiladi, raqobatni

rag’batlantiradi, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi. daromadlarni taqsimlaydi,

keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida uni qayta taqsimlaydi,

iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlaydi va hokozo.

Davlatning islohotchilik roli va ahamiyati shu bilan tugamaydi.

O’zbekistonda davlat ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham rahnamolik qilib

kelmoqda. Shu maqsadda davlat byudjetidan ta’lim, sog’likni saqlash, sport,

kommunal xizmat va boshqa ijtimoiy sohalarga sarflanadigan mablag’lar hajmi

yildan yilga oshirilmoqda. Ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va uy-joy bilan

ta’minlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar ko’lami keng va samarasi g’oyat

yuqori. Ijtimoiy infratuzilma barqaror faoliyat ko’rsatmokda va rivojlanmokda.

2010 yilda O’zbekistonda 9860 umumta’lim maktabida 4676,1 ming o’quvchi,

1539 o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 1623,1 ming o’quvchi, 66

oliy ukuv yurtida 300 mingdan ziyod talaba tahsil oldi36

.

1997 yildan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi izchillik bilan va samarali

amalga oshirilmoqda. Dastur aholining uzluksiz ta’lim olishini, ta’lim tizimining

jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarish va yangilanishlarini, iqtisodiyotdagi yuqori

malakali kadrlarga bo’lgan extiyojlarni nazarda tutadi. 2004-2010 yillarda maktab

ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida maktablarning

aksariyat qismi qaytadan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, gaz, suv va

aloqa vositalari bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi.

1998-2010 yillarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarini

yangidan qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida 2,5 trillion so’m mablag’

sarflandi37

.

36

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 126 бет 37

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда

Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон

Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиѐтини янги

босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.:

«O`qituvchi» НМИУ, 2012. 46 бет

Page 27: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

27

Har yili ta’lim sohasiga ajratilayotgan harajatlar YaIMning 10-12 foizini

tashkil etmoqda.

1998 yilda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi qabul qilindi.

Dasturga muvofiq mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish,

ko’p sarf-harajat talab etadigan va samarali bo’lmagan tibbiy yordamdan yangi

zamonaviy ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat turlariga o’tish boshlandi. Sog’liqni

saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida birgina 2010 yilda 2 trillion

so’mdan ziyod mablag’ sarflandi. Bu sohodagi davlat siyosatining asosiy

yo’nalishlaridan biri ona va bola salomatligini muhofaza qilishdir.

Mamlakatimizda davlatning bevosita ishtirokida qudratli farmasevtika sanoati

yaratildi.

Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturi

amalga oshirildi. O’tgan davr mobaynida davlat kafolati bilan kommunal soha

rivoji uchun 700 million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy

investisiya va kreditlar jalb etildi. Umuman har yili davlat byudjetining yarmidan

ziyodrog’i ijtimoiy sohaga sarflanmoqda. Birgina ta’lim sohosiga ajratilayotgan

mablag’lar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu

qadar keng ko’lamli harajatlarni faqat davlat kuchi va imkoniyatidan foydalanib

amalga oshirish mumkin, xolos.

Bundan tashqari davlat iqtisodiy erkinlikni ta’minlaydi, iqtisodiy-ijtimoiy va

institusional islohotlarni amalga oshirishning strategik maqsad va vazifalarini

belgilaydi, raqobat va tadbirkorlik tuzilmalarini shakllantiradi va rivojlanishini

qo’llab-quvvatlaydi, tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshiradi, ishlab

chiqarishning tarmoq va xududiy nisbatini ta’minlaydi, yagona moliya, kredit,

soliq valyuta, narx siyosatini amalga oshiradi.

Global moliyaviy iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuvini

kuchaytirdi. Bu sharoitda davlat bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona va

xizmat turlarini qayta milliylashtirib, «tiriltirib» yana o’z tasarrufidan xususiy

qo’llarga sotish amaliyotini ham qo’lladi.38

Iqtisodiyotni modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni diversifikasiyalash

jarayonida davlatning o’rni va roli katta. Modernizasiyalash ijtimoiy-iqtisodiy

jarayon bo’lib, iqtisodiyotning asosiy negizini o’zgartirmasdan turib, muttasil

takomillashtirish bo’yicha davlat tomonidan jahon taraqqiyotining zamonaviy

tendensiyalarini hisobga olgan holda ko’riladigan chora-tadbirlar tartibotidir.

Modernizasiyalash davlatning investision va ijtimoiy siyosatini o’zida ifoda etib,

soliq tartibini takomillashtirishni, iqtisodiyot tarkibini davlat tomonidan

boshqarishni, boshqaruv organlari vazifalariga o’zgartirishlar kiritishni taqozo

etadi. Modernizasiyalash milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini

oshirishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni tarkibiy, institusional, texnologik

takomillashtirish jarayoni sifatida davlatning islohotchiligiga tayanadi. Davlat

modernizasiyalashning faol subyekti sifatida uning maqsadi, vazifalari, ustuvor

38

И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг

йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 63-бет

Page 28: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

28

yo’nalishlari, uni amalga oshirish sur’atlari, resurslari va innovasion asoslarini

belgilaydi. Modernizasiya ilmiy va mehnat sig’imi yuqori bo’lgan texnologiyaga

o’tishni anglatadi va ishlab chiqarishning innovasion yo’nalishini kuchaytirishga

xizmat qiladi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash. O’zbek modelining yana bir harakterli

tamoyili qonun ustuvorligini yoki ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining

huquqiy asoslarini ta’minlash bilan bog’liqdir. Chunki bozor munosabatlarining

o’ziga xos qonun va qoidalari bo’lishi tabiiy. Xorijda bunday tartib va qoidalar bir

necha yuz yillar mobaynida shakllanib, takomillashib kelgan. Ularni inkor etish

yoki mensimaslik - xato. Global iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni -

ularga rioya etishni talab qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek,

«ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish - bu

faqat o’tish davrining majburiy shartigina bo’lib kolmay, balki huquqiy davlatni

barpo etishning o’ziga xos xususiyati hamdir». Bu xulosadan ko’rinib turibdiki,

bozorga o’tish sharoitida xo’jalik yuritishning muayyan yo’nalishlarini tartibga

solish bo’yicha qabul qilinadigan qonunlar qisqa muddatga yoki tor sohalar bilan

cheklanib qolmasdan, uzoq muddatlarga muljallangan jamiyat hayotining barcha

jihatlarini huquqiy ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ayni paytda

Prezidentimiz qonunlar xayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan

kelib chiqmog’i, qonun xujjatlarining bevosita ta’sir kuchi shunga muvofiq

fukarolarning ham huquqiy madaniyati yuqori bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi.

«Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy

munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha katnashchilari esa

xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi».39

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-moddasida «Bozor

munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini

xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat ... barcha mulk shakllarining teng

huquqligini va huquqiy jixatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir»40

deb

mustaxkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda «Yer, yer osti boyliklari, suv, usimlik va

hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir».41

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishni

huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasida

mulkchilik to’g’risida» (1990), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtrish

to’g’risida»gi (1991) O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar

Maxkamasining «Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, davlat savdo

va umumiy ovqatlanish korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirishni tashkil etishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa

qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

39

Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 321-бет 40

Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2003, 11-бет. 41

Ўша жойда. 12-бет

Page 29: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

29

«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»

(1996), «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996), «Tabiiy

monopoliyalar to’g’risida»gi (1997) qonunlar mamlakatimizda raqobat muhitini ri-

vojlantirish, bozorlarda monopolistik holatlarning oldini olishda huquqiy asos

bo’lib xizmat qilayotir.

Tadbirkorlik faoliyatining qonuniy asoslarini yaratish va takomillashtirish

maqsadida 1995 yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni

rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-1999 yillarda esa

«Xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»,

«Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to’g’risida», «Tadbirkorlik

va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2000

yilda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning

qabul qilinishi ham tadbirkorlik faoliyatining yanada kengayishi va

mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Qonun ustuvor bo’lmagan joyda korrupsiya va boqimandalik, o’g’irlik

yulg’ichlik g’aznani talash, tayyorga ayyorlik kabi jamiyat me’yoriy holatiga zid

illatlar tomir otadi. Shular orasida bir qarashda oddiy, beozor tuyuladigan

boqimandalikning ham xavfi juda katta.

Boqimandalik, o’zining lug’aviy ma’nosiga ko’ra, birovning qaramog’ida

bo’lish, birovga boqimlik, nonxurlik, qaramlikni bildiradi.

Xo’sh, u qanday va qayerdan paydo bo’ladi?

Haddan tashqari markazlashgan reja va qat’iy taqsimot hukmron jamiyatda

boqimandalik uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoit mavjud bo’ladi. Buni sobiq

ittifoq misolida ko’rish mumkin. Chunki, moddiy ne’matlar ularni ishlab chiqarish

uchun sarflangan mehnatga muvofiq emas, sun’iy ravishda taqsimlash vositalari

orqali bir xil, ya’ni hammaga teng bo’linar va iste’mol etilardi. O’tgan 70 yildan

ko’prok davr mobaynida bunday kayfiyat ("Bersang - yeyman, ursang - ulaman!")

kishilarning ongiga chuqur singib ulgurdi. Shuning uchun bunday kayfiyatdan

qutulish tez va oson kechmaydi. Jamiyatni boqimandalik kayfiyatidan batamom

forig’ etish mulkka egalik ko’nikmalarini to’la shakllantirish kabi muayyan davr,

targ’ibot-tushuntirish, uqitish-o’rgatish ishlarini talab qildi.

Albatta, hyech bir jamiyat boqimandalik rivoj topishidan manfaatdor emas.

Lekin, shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo’ladi.

Avvalo, boqimandalikning uch turini bir-biridan farqlash kerak. Birinchisi,

eng oddiy, maishiy shaklda namoyon bo’ladi. Hyech qayerda ishlamaydigan,

hyech kimga nafi tegmaydigan, birovlar mehnatining natijasini o’zlashtirishni odat

qilgan, boshqalar hisobiga kun o’tkazib yuradiganlar shular jumlasidandir.42

Boqimandalikning ikkinchi turiga, uning yasama, soxta shakli kiradi.

Masalan, sho’ro zamonida «og’alar»ning boshqa respublikalar aholini

boqimandalikda ayblashi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan edi. Go’yo milliy

respublikalar o’zlarini o’zlari boqa olmaydi, shuning uchun milliy byudjet

42

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 133-134 бетлар

Page 30: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

30

taqchilligini to’ldirish maqsadida umumittifoq byudjetidan dotasiya oladi, markaz

boshqa o’lkalar uchun donorlik vazifasini bajaradi. Milliy respublikalar esa,

aksincha, o’zlarini «umumiy qozon»ga ko’p ulush qo’shgan-u, ammo

«cho’mich»da qoqilgan hisoblardi. Aslida yagona xalq xo’jaligi kompleksi deb

atalgan xalqlar va milliy tuzilmalar konglomeratiga kim qancha bergani-yu, undan

qancha olganini aniq aytish qiyin edi. Qizg’in baxslar natijasi o’laroq respublika

xo’jalik hisobi tushunchasi paydo bo’ldi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar ham o’z

xo’jalik hisobini tashkil etishga kirishib ketdi. Biroq ular biron-bir amaliy natija

bermadi. Boshqacha bo’lishi ham mumkin emasdi. Bu boradagi baxs va

extiroslarga SSSRning barham topishi, milliy respublikalar o’z davlat

suverenitetini o’rnatishi, bozor munosabatlariga o’tish nuqta qo’ydi.

Boqimandalikning uchinchi shakli ancha uyushgan va takomillashgan. Unga

qarshi samarali ko’rash olib borilmasa, jamiyatga juda katta iqtisodiy va ma’naviy

zarar yetkazadi. Odatda u davlat, o’rta va quyi bo’g’inlarda yaratilgan moddiy

ne’matlarni, resurslarni taqsimlash jarayonida sodir bo’ladi. To’g’ri, bozor

iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan moddiy-texnika ta’minoti, fondlarni

taqsimlash, har xil limitlarni ajratish kabi mexanizmlarga barham berildi. Ammo

xali ham turli xil darajalarda markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va

ulardan foydalanish institutlari mavjud. Xuddi ana shu joyda boqimandalik uchun

imkoniyat vujudga kelishi mumkin.

Markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va undan foydalanishning eng

muhim quroli davlat byudjeti va maxalliy byudjetlardir. Byudjet daromadlari,

asosan, soliqlardan hosil bo’ladi. Uning kichik bir qismi bojxona bojlari va resurs

to’lovlari hisobiga to’g’ri keladi. Bevosita aholi daromadlaridan undiriladigan

soliqlar hisobiga ham davlat byudjeti daromadlari shakllanadi. Mamlakatimizda

korxona daromadlari va aholi daromadlaridan bevosita undiriladigan soliqlar

sezilarli darajada o’sganligiga qaramasdan, ularning yalpi ulushi byudjet

daromadlarining 40 foizga yaqinini tashkil etadi, xolos. Bilvosita soliqlar (asosan,

aksiz va qo’shimcha qiymat soliqlari) miqdori biroz pasaygan bo’lsada, byudjet

daromadlarida ularning hissasi baland - qariyb 50 foizga teng.

Davlat o’zi beradigan ayrim xizmatlarga haq to’lash, iqtisodiyotda harajallar

darajasini nazorat qilish, daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlikni bartaraf etish,

mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoyalash va boshqa maqsadlarda

soliq undiriladi. Agar davlat u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni (tamaki,

aroq) kamaytirishni xoxlasa, unga ko’proq soliq belgilaydi.

Iqtisodiyotni moliyalashtirishga ketadigan byudjet harajatlari hissasi barcha

byudjet harajatlarining 50 foizdan ziyodrog’ini tashkil etmoqda. Byudjet

harajatlarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz.

Davlat hamma vaqt davlag byudjeti daromad va harajat qismlarining

muvozanatda bo’lishidan manfaatdor. Agar byudjetning daromad qismidan

harajati oshib ketsa, passiv byudjet balansi vujudga keladi. Bu - davlat byudjeti

taqchilligiga olib keladi. 1995 yili mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi yalpi

ichki mahsulotning 2,8 foiziga teng edi. Necha yillardan beri faol byudjet balansi

amal qilib kelmoqda.

Page 31: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

31

Pul resurelaridan foydalanishni tashkil etishning davlat va mahalliy

byudjetlaridan tashqari yana boshqa shakllari ham mavjud. Davlat sug’urta fondi,

davlat bandlik, salomatlik, "Sog’lom avlod uchun‖ fondlari va boshqalar shular

sirasiga kiradi. Ular davlat byudjeti mablag’larining harakatchanligini oshirishga,

zarur bo’lganda mablag’lardan aniq yo’nalishlarda maqsadli foydalanishga xizmat

qiladi. Ammo mavjud mablag’larni qayta taqsimlash chog’ida ijtimoiy ehtiyojlar

zarar ko’rmasligi, davlatning muhim xayotiy zaruratlariga sarflanadigan

harajatlar miqdori kamaymasligi lozim. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga

o’tish sharoitida aniq yo’nalishlar bo’yicha byudjetdan tashqari maxsus fondlar

tashkil etiladi. Ular davlat va mahalliy byudjet vositalaridan ham foydalanishi

mumkin.

Masalan, ijtimoiy sug’urta fondi turli xil nafaqalarni to’lash uchun pul

resurelarini tashkil etishni ko’zda tutadi. U vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganlik,

homiladorlik va tug’ish, sanatoriy va kurort xizmatlarini moliyalashtirish va

boshqa maqsadlarga xizmat qiladi. Bu fond harajatlarining asosiy qismi turli

nafaqalarga sarflanadi. U sug’urta yo’li bilan tashkil etiladi. Bu jarayonda turli

mulk shakllaridagi korxona va tashkilotlar, ayrim shaxslar, xususan, tadbirkorlik

faoliyati bilan shug’ullanadiganlar majburiy tarzda ishtirok etadi.

Davlat bandlik fondi esa o’z ish joyini yo’qotgan va yo’qotish xavfi bo’lgan

kishilarni moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularni boshqa mutaxassisliq kasb-

hunarga o’rgatish uchun zarur vositalarni bir joyga to’plash maqsadida tashkil eti-

ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xodimlarning malakasi va ma’lumotiga

qarab ish joyi bilan ta’minlash kafolati o’z ahamiyatini yo’qotsa-da, ammo

fuqarolarning o’z ish joyini egallash, mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini

ta’minlash mas’uliyatini davlat o’zidan soqit qilmaydi.

Ko’rinib turibdiki, byudjet va undan tashqari fondlar, vosita va

mablag’larning o’z o’rni hamda ahamiyati bor. Ijtimoiy ahvolimiz, oila a’zolarimiz

soni va tarkibiga qarab, har birimiz ulardan manfaatdorlik bilan, imtiyoz asosida

foydalanish huquqiga egamiz. Shunday ekan, byudjet va fondlarga to’lovlardan

bosh tortish yoki ulardan ozod bo’lishga urinish davlat hisobidan o’ziga moddiy

qulaylik va ungaylik yaratish, oxir-oqibatda esa davlat oldidagi boqimandalikdan

boshqa narsa emas.

Soliq to’lamaslik yoki firibgarlik bilan unga chap berish yoki o’ziga

noqonuniy imtiyoz yaratib olish - jinoyatdir. Bo’larning hammasi «O’zbekiston

Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan

daromad solig’i to’g’risida» (15.02.1991), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar

to’g’risida» (7.05.1993), «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar

to’g’risida»gi (28.12.1993) qonunlarimiz hamda O’zbekiston Respublikasining

Soliq kodeksi (24.04.1997) va Bojxona kodeksi (26.12.1997) va boshqa qonun-

qoidalarni qo’pol ravishda buzishdir.

Agar bunday qulayliklarga ega bo’lish uchun shaxs, korxona yoki tarmoq

«indulgensiya»ni qo’lga kiritsa, ya’ni o’zi uchun "zarur" qo’shimcha

imkoniyatlarni qonuniy rasmiylashtirib olsachi? Buning yomonligi shundaki, unda

ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi boshqa turdosh korxonalarga

Page 32: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

32

nisbatan past bo’ladi. Natijada, yuqori daromad (foyda) oladi. Tabiiyki, o’z ishchi

va xizmatchilariga ham yuqori ish haqi beradi. Shu yo’sinda tarmoq va guruh

xudbinligi, boqimandaligi shakllanadi. Bir toifadagi, bir xil sharoitdagi korxonalar

va ulardagi ishchi va xizmatchilar o’rtasida ziddiyat paydo bo’ladi. Chunki bir

korxonada har bir so’m pul, mahsulot peshona teri evaziga, barcha jismoniy va

aqliy imkonmyatlar to’la safarbar etilgan holda, zaxmat chekib topilsa, ikkinchi

korxonada bunday imkoniyatga juda oson - sun’iy yo’l orqali erishiladi. Bunday

psixologiya esa tez tomir otadi, atrof-muhitga salbiy ta’sir o’tkazadi. Uni

iqtisodchilar «boqimandalik sindromi» deb ataydi. Negaki, ayrimlar davlat

byudjeti vositalaridan "bemalol" foydalanishga o’rganib qoladi. Bunday

toifadagilar, odatda, «chiptasiz yo’lovchilar»ga o’xshatiladi.

Deylik, xalq ta’limini takomillashtirishga 100 milliard sum mablag’ zarur. Bu

raqam mamlakatning katta yoshdagi aholisi soniga taqsimlansa, 10000 so’mdan

to’g’ri keladi. Ya’ni, ularning har biri xalq ta’limi rivoji uchun davlat byudjetiga

shuncha miqdorda ulush qo’shishi lozim. Agar bu ish erkin va ixtiyoriylik asosida

amalga oshiriladigan bo’lsa, ayrim fuqarolar o’z ulushini - soliq boj va boshqa

zarur to’lovlarni to’lamasligi mumkin. Natijada, mamlakat xalq ta’limini

moliyalashtirish manbalarining muayyan qismidan mahrum bo’ladi. Moddiy

ne’matlarni ishlab chiqarishga o’z hissasini qo’shmasdan turib, undan

foydalanishga harakat qiladiganlar ana shunday «chiptasiz yo’lovchilar»

hisoblanadi.

Aytish mumkinki, ijtimoiy boqimandalarning jamiyatga keltiradigan moddiy

va ma’naviy zarari ko’lami jihatidan juda xavfli. Chunki bu toifadagi boqimandalar

davlatning cho’ntagiga chang soladi. Lekin o’g’riga jazo bor-u, boqimandalik

uchun aniq jinoiy javobgarlik yo’q Shuning uchun ham bu illat ancha yashovchan.

Ammo ijtimoiy himoyaga muxtoj yoki boshqa davlat byudjeti hisobidan kun

kechiradiganlar, masalan, nafaqaxo’rlarni boqimanda yoki davlatga boqim, deb

atash mumkin emas. O’zbekiston aholisining qariyb yarmidan ko’prog’i mehnatga

qobiliyatli yoshdagilardir. Qolgan qismini esa mehnatga qobiliyatli yoshdan yuqori

yoki pastlar, nogironlar, vaqtincha mehnatga layoqatini yo’qotganlar tashkil etadi.

Odatda ular davlat byudjeti hisobidan nafaqa va imtiyoz bilan ta’minlanadilar.

Nima uchun ular davlatga boqimanda emas? Chunki, birinchidan, o’zini o’zi

boqishga qurbi yetmaydigan fuqarolarga g’amxurlik ko’rsatish - ijtimoiy

yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti - davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan.

Ikkinchidan, bugun byudjet hisobidan nafaqa yoki imtiyoz olib turgan

fuqarolarning aksariyati ilgari o’z davlagi va uning ravnaqi yo’lida mehnat qilgan,

kolaversa, nafaqa jamg’armasini shakllantirishga o’z hissasini qo’shgan. Maktab

yoki undan kichik yoshdagilar, talabalar esa mamlakat kelajagidir. Ularga

sarflanayotgan mablag’ istiqbolda bir necha o’n barobar bo’lib qaytadi.

Mamlakatimizda ijtimoiy ishlab chiqarishni, qo’shma va xususiy

tadbirkorlikni, xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirishning iqtisodiy-moliyaviy

mexanizmlari, huquqiy va moddiy asoslari yaratilgan. Ularning to’la ishlashi,

davlat va maxalliy byudjetlarni, ijtimoiy fondlarni mablag’ bilan ta’minlash

imkoniyatlari kengaymokda. Bular masalaning asosiy tomoni. Uning boshqa

Page 33: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

33

muhim tomoni ham bor: jamiyatda yaratilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va

qayta taqsimlash, ularning ixtiyoridagi vosita va mablag’larni aniq maqsadga

yo’naltirish va bu borada xudbinlikka yo’l qo’yilmasligi kerak. Eng asosiysi,

Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, faqat uyushgan bozorgina xalqning

ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi,

tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va

yuqotilgan egalik tuyg’usini qayta tiklaydi.

Muhimi, kishilarimizning huquqiy madaniyatini yanada oshirib borish lozim.

Ana shundagina ular o’zlarining huquq va burchlarini to’laroq anglaydi,

qonunbuzarliklarning oldi olinadi. Qonun ustuvor joyda esa adolat barqaror

bo’ladi.

Kuchli ijtimoiy siyosat: O’zbek modelining asosiy tamoyillaridai biri

kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga

muxtoj qismini qo’llab-quvvatlashdir. Bu tamoyil, birinchidan, o’zbek xalqining

mentalitetidan, tarixiy madaniy qadriyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchidan, o’tish

davrining dastlabki bosqichidagi aholi tarkibi, bozor islohotlari aholi turmush

darajasi hali ancha past holda saqlanib turgan sharoitda boshlanganligini ham

nazarda tutadi. Bu vaqtda O’zbekiston aholisi jon boshiga to’g’ri keladiran real

daromadlar, ish haqi miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari, zarur hayotiy ehtiyoj

buyumlari, uy-joy, ijtimoiy-madaniy muassasalar, maishiy xizmat bilan

ta’minlanish darajasi bo’yicha sobiq ittifoq rsspublikalari o’rtasida oxirgi

o’rinlardan biriga tushib qoldi. Mavjud demografik vaziyat - aholi sonining

muttasil usib borishi yuqoridagi ko’rsatkichlarga yanada kuchliroq ta’sir

o’tkazayotgan edi. Uchinchidan, o’tish davrida, bozor tan olmaydigan korxonalar

va faoliyat turlari, samarasiz ishlayotgan ishlab chiqarishga barham berildi. Bu

ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga yoki ularni qayta

tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash zarurati paydo

bo’ldi. Bunday vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov

«shok terapiyasi» to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emasligini, "bozor

ko’pchilik uchun ozor" bo’lmasligini, O’zbekistonga xalqimizning nogironlar,

nafaqadorlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchilardan iborat nochor tabaqalarini

ayaydigan bozor kerakligini qayta-qayta ta’kidladi. «Aholining muxtoj tabaqalarini

ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo’lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy

harakatlarning eng asosiy qoidasi...»43

deb alohida uqtirib o’tdi.

Mustaqillik arafasida O’zbekiston kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab

chiqarish bo’yicha sobiq ittifoqda 12-o’rinda turardi. Aholi jon boshiga milliy

daromad ishlab chiqarish ittifoq ko’rsatkichidan ikki barobar past edi. Aholi jon

boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ittifoq darajasining 40 foizini

tashkil etardi. Daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish

bo’yicha eng oxirgi urinlarni egadladi44

.

5-jadvaldan ko’rinib turibdiki, mustaqillikkacha O’zbekiston aholi jon

boshiga chakana tovar aylanmasi, pullik va maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha

43

Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 323-бет. 44

Ислом Каримов. Узбекистон мустак,илликка эришиш остонасида, Т., ―Ўзбекистон‖, 2011, 5-бет

Page 34: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

34

sobiq ittifoq respublikalari o’rtasida faqat Ozarbayjon va Tojikistondan yuqorida

turardi. Chakana tovar aylanmasi bo’yicha o’rtacha ittifoq ko’rsatkichidan 1,8,

Rossiya, Belorussiyadai 2, Boltiqbo’yi respublikalarinikidan 2.6 barobar past edi.

Pullik va maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha ham respublikamiz ko’rsatkichlari

faqat Ozarbayjon va Tojikistonnikidan yuqori bo’lib. sobiq ittifoq Rossiya,

Ukraina, Belorussiya, Gruziya va Boltikbuyi respublikalari ko’rsatkichlaridan

g’oyat past edi. Har ming kishiga oliy ma’lumotli vrachlar, o’rta maxsus

ma’lumotli tibbist xodimlari va kasalxona o’rinlari bilan ta’minlanish bo’yicha

ham axvol deyarli shunday edi. Uy-joy fondi borasidagi muammolar ham

keskinlashdi.

5-jadval

Aholi jon boshiga xizmatlar ishlab chiqarish (1990 y.)45

Chakana tovar

aylanmasi (rub)

Pullik xizmat

ko’rsatish

(rub)

Maishiy xizmat

ko’rsatish (rub)

SSSR 1617 251 56,8

RSFSR 1779 282 58,9

Ukraina 1578 252 57,5

Belorussiya 1861 260 78,6

O’zbekiston 906 139 40,1

Qozog’iston 1307 232 51,5

Gruziya 1396 246 70,6

Ozarbayjon 899 136 38,2

Litva 2010 280 76,3

Moldaviya 1512 207 53,1

Latviya 2470 324 77,0

Qirg’iziston 1067 159 43.3

Tojikiston 816 1 14 35,7

Armaniston 1444 199 51,0

Turkmaniston 1058 151 40,2

Estoniya 2712 376 97,0

Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlarning past darajasiga keskin

demografik vaziyat ham o’zining jiddiy ta’sirini o’tkazayotgan edi. Agar 1979-

1991 yillarda O’zbekiston aholisi 34,7 foiz o’sgan bo’lsa, bu borada o’rtacha

ittifoq ko’rsatkichi 10,5 foizga to’g’ri keldi. Bunda O’zbekiston ko’rsatkichlari

Tojikistondan pastroq (40,9%) Turkmaniston bilan barobar turardi. Aholi o’sish

sur’atlari bu yillarda Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Latviya va

Estoniyada 10 foizdan pastroqni tashkil etdi.

Tug’ilishning yuqori darajasi mamlakat aholisining yosh bo’yicha tarkibiga

ham ta’sir ko’rsatdi.

45

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 146-бет

Page 35: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

35

6-jadval

O’zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi bo’yicha

tarkibi (1.10.90 y.)46

Ming kishi Aholining umumiy

soniga nisbatan foiz

hisobida

Barcha aholi 20227,3 100,0

shu jumladan,

0-14 yoshda 8259,4 40,8

15-39 yoshda 8232,7 40,7

40-60 yoshda 2427,6 12,0

60 dan yuqori yoshda 1307,6 6,5

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlakat aholisining 40 foizdan ziyodini 14

yoshgacha bo’lgan fuqarolar tashkil etgan. Aholi tarkibidagi bu holat bozor

munosabatlariga o’tish kuchli ijtimoiy siyosat bilan amalga oshirilishini taqozo

etardi.

O’zbekistonda bozor sharoitida ijtimoiy siyosat asosan ikki yo’nalishda

amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot.

Ijtimoiy himoya bozor islohotlarini amalga oshirish davrida aholini ijtimoiy

va moddiy muhofaza qilish va milliy xo’jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy,

ijtimoiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, xususan, aholining yoshi, salomatligi,

ijtimoiy xolati hamda xayot kechirishning zarur vositalariga ega bo’lmaganligi

sababli yordamga muxtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va jamg’armalari

tomonidan ko’rsatiladigan yordamdir.

Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib

borish, kashshokdanishning oldini olish, aholi turli kaglamlari o’rtasidagi ta’lim

olish, madaniyat va san’at yutuklaridan bahramand bo’lish, kasb malakasini

oshirish va daromadlarni ta’minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson

tarakkiyotining uzluksizligini ta’minlashdan iborat.

Ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni

ta’minlash, ish bilan bandlik, o’qish va ta’lim olish, daromadlarni kafolatlash,

iste’molchilar huquqlarining himoyasi va iste’mol kafolatini ta’minlash, aholiga

tibbiy xizmat ko’rsatish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar

va to’lovlar joriy etish kabilarni o’z ichiga oladi.

Islohotlarning dastlabki yillarida ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari

yaratilib, asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab

berildi.

Yangi ish joylarini yaratish dasturlari, inflyasiyaning oldini olish chora-

tadbirlari, kichik va xususiy biznesning erkin faoliyati uchun yaratilayotgan shart-

sharoitlar, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari, Kadrlar tayyorlash milliy

dasturining hayotga tatbiq etilishi, fuqarolar o’zini o’zi boshqarishning mahalla

46

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 147-бет

Page 36: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

36

tizimini rivojlantirish, eng kam ish haqi miqdorining, davlat sektoridagi ishchi va

xizmatchilar ish haqining oshirib borilishi ijtimoiy himoya tizimining tarkibiy

qismlariga aylandi.

Ijtimoiy himoya tizimi keyingi yillarda yanada takomillashtirilib, aholini yalpi

ijtimoiy himoya qilish tizimidan uning manzilli va maqsadli tizimiga o’tildi. Bu

tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mahalla tizimi orqali kam

ta’minlangan oilalar va ko’p bolali oilalar hisobidan yuz minglab oilalar moddiy

yordam olmoqda.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaning milliy dastur darajasiga olib chiqilishi

bu tizimning muayyan yo’nalishlariga har yili ustuvorlik berilishida ham ko’rinadi.

Ayollar, bolalar, qariyalar, ko’p bolali oilalar, sog’lom va barkamol avlodni

voyaga yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning yangi

konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, nafaqa

ta’minoti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz keksalarga xizmat ko’rsatish.

nogironlarni tibbiy anjomlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash, ishsizlarni ishga

joylashtirish va moddiy yordam ko’rsatish shaklida amalga oshirilishi nazarda

tutilgan.

O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri davlat

tomonidan, xususan, byudjet mablag’lari hisobidan keksaygan, mehnatga

layoqatsiz, boquvchisini yo’qotganlarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam

ko’rsatishdan iboratdir. Bu davlat ijtimoiy ta’minoti tizimi bo’lib, o’z ichiga

ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi.

Ijtimoiy ta’minot bevosita davlat va mahalliy byudjetlardan ajratiladigan

mablag’lar, homiylar va boshqa manbalarning mablag’lari hisobidan amalga

oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordam ko’rsatish tartibi va yo’nalishlari qonunan

belgilangan, an’analarga asoslangan va xalqaro tajribada sinalgan tartib-qoidalarga

ko’ra shakllantirilgan.

Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqalar hamda

nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg’iz nogironlar va

keksalarga belgilangan ijtimoiy to’lovlar ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllaridir.

Qariya va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish. muxtojlarni tibbiy

anjomlar bilan ta’minlash, nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va

dam olish uylariga imtiyozli yo’llanmalar joriy etish, jamoat transportida yurish

imtiyozlari berish, turarjoy, soliq va maishiy xizmatlarning imtiyozli shakllarini jo-

riy etish kabilar respublikamizda ijtimoiy ta’minotning keng tarqalgan shakllari

hisoblanadi.

Ijtimoiy ta’minotning huquqiy asoslari, muhim tamoyillari 1993 yilda qabul

qilingan O’zbekiston Respublikasi ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta’minoti

to’g’risida»gi qonunida ifodalangan. Ushbu hujjatga ko’ra nafaqalar miqdori

mehnat staji va ish haqiga uzviy bog’liq. Bugungi kunda 1,3 millionga yaqin

pensioner va nogiron 18 turdagi imtiyozdan foydalanmokda.

Page 37: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

37

Mustaqillik yillarida davlat ijtimoiy ta’minot turlari ortib borayotir. Bu, o’z

navbatida, iqtisodiyotning jadal rivojlanishini va shunga muvofiq davlat byudjeti

daromadlarini oshirib borilishini taqozo etadi.

Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish va bu sohada

davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy-ma’muriy islohotlar

ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat

va notijorat ijtimoiy jamg’armalar tashkil etildi. 2001 yil Mehnat vazirligi va

Ijtimoiy ta’minot vazirligi birlashtirilib, ularning nsgizida O’zbekiston

Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shakllantirildi.

Joylarda davlatning ijtimoiy ta’minot siyosatini yuritishda Qoraqalpog’iston

Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va

Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman

va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Urush va

mehnat faxriylari respublika pansionati, sanatoriylar, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy

va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy markazi, tibbiy-ekspertiza komissiyalari.

nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari faoliyati yo’lga qo’yildi.

O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashda davlat bilan bir qatorda bir

qancha ijtimoiy jamg’arma va tashkilotlar ham samarali faoliyat olib bormoqda.

Ijtimoiy jamg’armalar (fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy

ravishda mulkiy ulush qo’shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo’lib, ularning

asosiy maqsadi xayriya, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat yuritish orqali

jamiyat ijtimoiy tarakdiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun

doirasida faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ruyxatdan o’tgan ijtimoiy

jamg’armalar soni ellikdan oshadi. Ijtimoiy jamg’armalar o’z faoliyatlari orqali

ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta’minlashga samarali ta’sir ko’rsatadi.

Ammo ijtimoiy himoyalash aholining kam ta’minlangan qatlamlari

hisoblanadigan - bolalarni, nafaqadorlarni, nogironlarni, talaba va o’quvchilarni

moddiy qo’llab-quvvatlashdangina iborat emas. Kuchli ijtimoiy siyosat mehnat

bozori va bandliq aholi turmush darajasi, aholi daromadlari va harajatlarida ham

o’z aksini topali.

Ma’lumki. o’tish davrida ishsizlar sonining ortishi, ishchi kuchi tarmoq

tarkibining o’zgarishi, ishchi kuchi eksportining kuchayishi, ishchi kuchidan

foydalanish samaradorligining pasayishi, mehnat resurslaridan foydalanishda

hududiy tafovutlarning ortishi, yashirin ishsizlikning ko’payishi kabi salbiy

xolatlar paydo bo’ladi. Bu - tabiiy hol. Bunday holatlarning oldini olish yoki ularni

yumshatish maqsadida O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirish va uni

boshqarishni takomillashtirish hamda samarali bandlik siyosatini amalga

oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatning bandlikni ta’minlashga oid siyosati

mehnat resurslaridan okilona foydalanish va ishsizlikning oldini olishga doyr izchil

sa’y-harakatlarda ham o’z ifodasini topdi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida

to’liq bandlik emas, balki samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega.

Aytayliq iqtisodiy faol aholi tulik ish bilan ta’minlaydi. Lekin ular samarali yoki

ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanmasa, bunday bandlik mehnat

unumdorligini oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi.

Page 38: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

38

Samarali bandlikni ta’minlash va mehnat resurslaridan foydalanishning

ahamiyati, ayniqsa modernizasiyalash, innovasion texnologiyalarga o’tish

jarayonida ruyi-rost ko’zga tashlanadi. Bu, o’z navbatida, qo’l kuchiga asoslangan

mehnatdan mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan mehnatga o’tishni, ishlab

chiqarish jarayonlarini intensivlashtirishni, iqtisodiy faol aholini korxonalar,

tarmoqlar va xuludlar o’rtasida maqsadga muvofik qayta taksimlashni, ish bilan

band aholi tarkibida malakali kadrlar ulushini oshirishni taqozo etadi.

Aholini ijtimoiy himoyalashning bosh maqsadi mamlakat aholisining

manfaatlarini muhofaza qilish, turmush darajasini oshirish, samarali mehnati uchun

zarur sharoit yaratish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Bu maqsadga

aholi daromadlarini uzluksiz oshirib borish va daromadlar tarkibini

takomillashtirish orqali erishish mumkin.

Misol uchun, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha yalpi ichki mahsulot

(xarid qobilyati pariteti bo’yicha) 1990 yilda 1328 AQSh dollarini tashkil etgan

bo’lsa, 2010 yilda 3271 AQSh dollariga teng bo’ldi, ya’ni 2,5 barobar oshdi47

.

Iq t isodiyotda band bo’lgan har bir kishiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot

hajmi ham sanoat tarmoqlarida band bo’lgan har bir xodimga to’g’ri keladigan

yalpi sanoat mahsuloti miqdori ham ana shunday yuksalishda o’z ifodasini topdi.

Natijada aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar (harid

qobilyati pariteti bo’yicha) 2010 yil oxiriga kelib 2016,8 AQSh dollarini tashkil

etdi. O’tgan 20 yil ichida o’rtacha oylik ish haqi mikdori (AQSh dollari

ekvivalentida) 2,7 barobar, o’rtacha pensiya hajmi esa 5,9 barobar oshdi.

O’tgan 20 yil ichida aholi yalpi daromallari 8,6 barobar oshib, uning tarkibida

yangi daromad turi - mulkdan, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar

ulushi 10,6 foizdan 47,0 foizga ko’paydi. Aholi yalpi daromadlarida oylik ish

haqining ulushi 30-32% darajasida barqaror saklanib turibdi.

Shuning barobarida aholi jon boshiga to’g’ri keladigai pullik xizmatlar

miqdori 1992 yilga nisbatan 2,2, maishiy xizmatlar 8.3, makana tovar aylanmasi

4,3 barobar oshdi.

Bu davr ichida aholi iste’moli tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.

1990-2010 yillarda aholi yalpi harajatlari tarkibida iste’mol, solikdar va boshqa

tulovlarning hissasi kamaygan bo’lsa, pul omonatlari va jamg’armalari ulushi usdi.

Jami iste’mol harajatlari ichida oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan harajatlar

qariyb 10 punktga pasayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uchun tulovlar

ulushi oshdi. Umuman olganda, bu progrsssiv tendensiya hisoblansada, biroq hali

uni maqsadga muvofiq, deb bo’lmaydi. Hali yalpi harajatlar tarkibida iste’molga

ketadigan harajatlar ulushi katta. Jami iste’mol harajatlari tarkibida oziq-ovqat

mahsulotlariga sarflanadigan harajatlarning ulushi 50 foizga yakin. Shunga mos

ravishda, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga (televizor, muzlatkich,

kompyuter, kir yuvish mashinasi. yengil avtomobil) va xizmatlarga (dam olish,

sayoxatga chiqish) ketadigan harajatlar ulushi hali ancha past. 2010 yilda har 100

47

Аҳолини ижтимоий ҳимоялашга оид рақамлар -Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий

тараққиѐтининг мустакиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда

2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари» Статистик тўплами буйича келтирилди. Т., 2011, 73-96-

бетлар.

Page 39: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

39

xonadonga 132 televizor, 99 muzlatkich, 18,5 kondisioner, 37 elektr changyutgich,

12 kompyuter, 75 kir yuvish mashinasi, 27,1 avtomobil, 145 mobil aloqa vositalari

to’g’ri keldi.

O’tgan davr ichida aholi jon boshiga asosiy iste’mol mahsulotlari ni iste’mol

qilish ham (non va non mahsulotlaridan tashqari) sezilarli darajada o’sdi. Go’sht va

go’sht mahsulotlari iste’moli - 22,6, sut mahsulotlari - 30,3, tuxum - 42,3, sabzavot

va poliz - 122,1, kartoshka - 55,2, usimlik yogi va boshqa moylar - 3,2, shakar -

37,5 va meva, jumladan uzum 260 foiz oshdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga

o’tish kuchli ijtimoiy siyosatga asoslanadi. Xalqimiz bu yo’lni o’z yo’lboshchisi

rahnamoligida mustaqillikning va bozor islohotlariga o’tib milliy iqtisodiyotni

barpo etishning birinchi kunlaridan tanladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor

iqtisodiyoti sifatila tan olingan nemis, shved modellari esa 3-4 asrlik evolyusion

rivojlanish hamda sosial-demokratik kasaba uyushmalari va ishchilar harakatining

qattiq ta’siri natijasida shakllangan edi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.

Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish o’zbek modelining yana bir

muhim tamoyilidir. Bu tamoyil bozor munosabatlari va milliy iqtisodiyotni karor

toptirish va rivojlantirishning tadrijiy nuli bo’lib, «shok terapiyasini» inkor etadi,

mamlakatimizning rivojlanishga oid tarixiy tajribasidan, bozor tizimining huquqiy

asosi va infratuzilmasi darajasidan hamda xalqimizning kddriyatlaridan kelib

chiqali. Umuman olganda, inkiloblar. keskin sakrashlar iqtisodiyotga moye sa’y-

harakatlar emas. «Bir tizimdan ikkinchisiga o’tish asta-sekin evolyusion ravishda

bo’lishi muxi mdir, - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov. - Iqtisodiy

islohotlar mamlakatni maqsad sari asta-sekin, qadam-baqadam ilgarilab borishi,

bozor munosabatlarining ayrim jixdtlarini va umuman butun tizimini giakllantirishi

lozim».48

Darhaqiqat, O’zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning

bozor tizimiga o’tishda o’zbeklarning «Yangi uy qurmay, eskisini buzmang -

boshpanasiz qolasiz» hikmatida aytilganidek, tadrijiy, izchil yo’l tanlandi. Bozor

munosabatlariga o’tish boshlangan davrdagi iqtisodiy vaziyat, xalqning turmush,

tafakkur darajasi ham shuni taqozo etardi. Bo’larning barchasi uchun vaqt va

imkoniyat zarur edi. Bu borada eng avvalo, islohotlar strategiyasini, birinchi

navbatda, amalga oshiriladigan yo’nalishlarni belgilab olish muhim ahamiyat kasb

etadi.

O’zbekistonda ko’p ukladli aralash iqtisodiyotni barpo etish mamlakat

xo’jaligining mavjud holati va imkoniyatlari, aholining mentaliteti, psixologiyasi

va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham

mamlakatimizla bozor munosabatlariga o’tish jarayoni MDH mamlakatlari

amaliyotidan keskin farq qildi va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi. Mulkni

davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bir qatorda barcha bozorga

o’tish jarayonlari, raqobat muhitini yaratish, bozor infratuzilmasi tizimini

48

Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 315-бет.

Page 40: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

40

shakllantirish va rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish ham bosqisma-

bosqich amalga oshirildi.

Bularning hammasi bosh masaladan - mulk munosabatlarini tubdan isloh

qilish jarayonidan boshlandi, albatta. Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan

chiqarish va xususiylashtirishning 1992-1993 yillarni o’z ichiga olgan dastlabki

bosqichi davlat uy-joy fondi, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalari, mahalliy,

yengil va oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporta, qurilish sohasidagi mayda

korxonalarni xususiylashtirishlar boshlandi. Agrar sohaning mamlakat

iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyatiii e’tiborga olib, qishloq xo’jaligida islohotlar

jadal sur’atlarda olib borildi. Natijada, ilgari davlat mulki obyekta hisoblangan uy-

joy fondi, mayda korxonalar xususiy va jamoa mulkiga aylantirildi.

Xususiylashtirishning bepul va imtiyozli shakllari keng qo’llanildi.

Ikkinchi bosqichda - 1994-1995 yillarda yalpi xususiylashtirish amalga

oshirildi. Bu davrda davlat nazorati shart bo’lmagan yengil, mashinasozliq

ko’rilish materiallari sanoatiga tegishli o’rta va yirik korxonalar xususiylashtirildi.

Davlat dasturiga ko’ra, ikkinchi bosqichda tarmoq va mintaka ahamiyatidagi

50 mingdan ortik obyektni xususiylashtirish ko’zda tutildi. Ushbu davrda kichik

korxonalar xususiy mulk shaklini olgan bo’lsa, o’rta va yirik korxonalar ochiq

turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksionerlik korxonalari

aksiyalarining paketlari turt qismga ajratilib, mehnat jamoasiga 25 foiz, davlat

ixtiyorida 25 foiz, erkin savdoga 30 foizi, turdosh korxonalarga 10 foiz va chet el

investorlariga 10 foiz nisbatlarida sotildi. Shuningdeq qisqa davrda 70 mingdan

ortiq kichik korxona tashkil etildi va ro’yxatga olindi. Mulkdorlar qatlami yanada

kengayib, ular safiga xususiylashtirilgan korxonalarning 2 milliondan ortiq aksiya,

ulush va pay egalari, 3 millionga yaqin shaxsiy tomorqa xo’jaliklari egalari, 85

mingga yaqin xususiy va kichik korxonalar egalari va 14 ming ko’chmas mulk

egalari qo’shildi.

Uchinchi bosqichda, ya’ni 1996-1998 yillarda nazorat paketlari davlat mulki

shaklida saqlanib qolayotgan yirik korxona va tarmoqlarni isloh qilish

rejalashtirildi. Mazkur bosqichda Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan

xususiylashtirish jarayoniga jalb etilmaydigan obyektlarning ruyxati belgilaydi.

Ularga suvdan foydalanish obyektlari, meliorasiya tarmoqlari, muzeylar,

sanepidstansiyalar, strategik va harbiy ahamiyatdagi obyektlar, nobyudjet

jamg’armalari kiritildi. Ushbu ruyxatdan o’rin olmagan barcha korxona va

obyektlarni xususiylashtirishga qaror qilindi.

To’rtinchi bosqichda (1998 yilning oxiridan) xususiylashtirishdan tushgan

mablag’larni davlat byudjetiga safarbar etish, xususiylashtirilayotgan korxonalarga

xorijiy investisiyalarni jalb qilish, boshqaruvning samaradorligini oshirish va

yangicha mulk munosabatlarining to’liq amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish

asosiy vazifalar sifatida belgilaydi. Natijada, mamlakat iqtisodiyotida muhim

ahamiyatga ega bo’lgan yirik industriya gigantlari, yoqilg’i-energetika, kimyo va

mashinasozlik majmualarining yordamchi korxonalarini yirik xorijiy investorlarni

jalb qilish asosida xususiylashtirish jarayonlari davom ettirildi. Xususiylashtirish

Page 41: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

41

jarayonidan tushgan mablag’lar 2002 yilda 43,6 milliard so’mni, 2003 yilda 56,1

milliard so’mni va 2004 yilda 78,4 milliard so’mni tashkil etdi.

Xorijiy investorlarga sotilgan korxonalardan tushgan mablag’ 2004 yilda 24,3

million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2003 yilga nisbatan 49,8 foiz ko’pdir.

Bundan tashqari xorijiy investorlarga sotilgan 17 ta davlat aktivlari bo’yicha

korxonalarni rivojlantirish maqsadlarida yangi mulk egalari tomonidan 24,7

million AQSh dollari miqdorida investisiyalar kiritish majburiyatlari ham olindi.

1992-2004 yillar davomida bosqisma-bosqich olib borilgan mulkni davlat

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida umumiy hisobda 130

mingga yakin yuridik shaxe mulk va xo’jalik yuritish shakllarini o’zgartirdi.

Jumladan, 77 mingdan ortiq yuridik maqomdagi korxona bazasida 50 mingdan

ortik turli mulk shaklidagi korxonalar yaratildi. 2004 yilda birja, kim oshdi savdosi

va tanlov orqali 70 mingga yakin davlat mulki obyektlari mulk huquqlari aksiya

paketlari ko’rinishida sotildi.

1992-1993 yillar davomida davlat mulkida bo’lgan obyektlarning 70 foizi

davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan bo’lsa, islohotlarning

mantiqiy rivojiga ko’ra, keyingi yillarda xususiylashtirish jarayoniga jalb

qilinmagan korxonalar soni muttasil kamayib bordi. Jumladan, 1994-1995 yillarda

ularning ulushi 24 foizni, 1996-1998 yillarda 5 foizni va 1999- 2004 yillarda 1

foizdan ham kam bo’ldi. Natijada nodavlat sektorining tashkiliy-iqtisodiy jixatdan

iqtisodiyotdagi ulushi 2004 yilga kelib 90 foizdan oshdi."49

Islohotlar mulkiy masalalar to’g’ri xal etilib, davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish uzluksiz amalga oshirilgan, ko’p ukladli iqtisodiyot barpo etilgan

taxdirdagina o’zining salmokdi natijalarini beradi. Mulk munosabatlarini tako-

millashtirish bo’yicha hali o’tish davrining dastlabki bosqichidayok qabul qilingan

tegishli qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karor va

farmoyishlari shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu borada «O’zbekistan

Respublikasida mulkchilik to’g’risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish to’g’risidaii qonunlarni va «Iqtisodiy islohotlarni yanada

chukurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni

rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Prezident farmonini eslab o’tishning

o’zi kifoya.

Natijada, mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida nodavlat sektori

jadal sur’atlarda rivojlana boshladi. Davlat sektori esa iqtisodiyotda o’zining

monopol ahamiyatini kamaytirdi, ko’p kirrali aralash xo’jalikka keng yo’l ochilib,

rakobat uchun borgan sari kengroq imkoniyat yaratildi. Mulkiy munosabatlarni

rivojlantirish moddiy boyliklarga egalik qilish, ulardan foydalanish va

o’zlashtirish, insondagi bekiyos qobiliyatlarni, imkoniyatlarni ruyobga chiqarish

bilan bog’liqdir.

Kichik va xususiy tadbirkorlikni (biznesni) ragbatlantirish. qimmatli

qog’ozlar boyurini shakllantirish isloxotlar taklirini hal qiladigan shartlardan

49

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 153-155 бетлар

Page 42: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

42

biridir. Bu, birinchidan, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan

bevosita bog’liq masala bo’lib, jamiyatning ijgimoiy va iqtisodiy negizini

mustaxkamlashga xizmat qiladi, mulkdorlar sinfini shakllantirishыing va ichki

bozorni iste’mol mollari va xizmatlari bilan ta’minlashning muhim omili

hisoblanadi.

O’zbekistonda qisqa vaqt davomida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning

huquqiy shart-sharoitlari va tashkiliy asoslari yaratildi. Tovar ishlab chiqaruvchilar

va tadbirkorlar palatasi, O’rta va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha

hukumat komissiyasi, «Madad» sug’urta agentligi, konsalting, injiniring, lizing

firma va kompaniyalari, biznes-inkubatorlar ish boshladi. 1997 yilga kelib

mamlakatimizda kichik va xususiy korxonalarning umumiy soni 100 mingdan

oshib ketdi. Qishloq xo’jaligida dehqon, fermer xo’jaliklari tashkil topa boshladi.

Ammo kichik va o’rta xususiy tadbirkorlikka munosabatning rivojlanishini

konikarli, deb hisoblash kiyin edi. Hukumat karorlarida ta’kidlanganideq bu borada

keskin burilish yasash o’z-o’zidan kechmadi. Ko’plab kichik va xususiy

korxonalarni tashkil qilish, bu ishga aholi shaxsiy jamg’armalarini jalb etish, shu

yo’l bilan yangi ish joylarini ochish ishlari sekin bordi. Ayrim kichik va xususiy

korxonalar, fermer xo’jaliklarini moddiy-texnika va xom ashyo, uzoq muddatli

kreditlar bilan ta’minlashdagi kiyinchiliklar, shuningdeq joylardagi byurokratik

to’siq va govlar tufayli o’z faoliyatini tuxtatgan hollar ham ko’plab uchradi. Gap

shundaki, o’tmish sarqiti - boqimandalik psixologiyasidan qutulish oson kechmadi.

Xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishni ixtiyor etganlarning aksariyati uni davlat

yoki boshqa birovning hisobidan amalga oshirishni istagani sezildi. To’g’ri, kichik

va o’rta biznesni davlat darajasida qo’llab-quvvatlashga O’zbekistonda alohida

e’tibor berildi va bu amaliyot xozir ham izchillik bilan amalga oshirilmokda.

Ammo davlat tomonidan qaratilayotgan ana shu e’tibor, ajratilgan mablag’lardan

samarali foydalanish lozim. Qolaversa, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning

davlat ko’magidan tashqari yana boshqa yo’llari ham mavjudki. ulardan ham

unumli foydalanishni yo’lga qo’yish keraq Buning uchun mulk egasi, menejer

tadbirkor, bilimli va mehnatsevar bo’lishi lozim. Mulk egasi bo’lish, tadbirkorlik

oson ish emas.

Masalan, mulkni kafolat sifatida qoldirish hisobiga har qanday tijorat

bankidan kredit olish mumkin. Bunday imkoniyat bo’lmagan hollarda

tadbirkorlikni moliyalashtirishning venchur usulidan foydalanish mumkin. Bu

vaktda tadbirkorga mablag’ ajratgan bank qarzdan kutulgunga qadar firmaning

yoki ushbu xususiy ishning egasi bo’lib turaveradi. Xorijiy kredit liniyalariga ega

bo’lish uchun, avvalo, puxta uylangan va ishlab chiqdlgan biznes-reja hamda

biznes loyihalar zarur. Umuman kreditlar tizimidan foydalanish qonun-qoidalarini

to’liq o’zlashtirmay turib, kutilgan natijalarga erishish qiyin.

Iqtisodiy mustaqillikka erishish, iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim

shartlaridan biri - iqtisodiyotda tarkibiy qayta ko’rishni amalga oshirishdir.

Sobiq ittifoq sharoitida xalq xo’jaligining amaldagi tarkibi mehnat taksimoti

va ixtisoslashuv prinsiplari asosida shakllangan edi. Bu borada O’zbekistonning

"cheki"ga arzon xom ashyo va yarim taiyer mahsulotlar, strategik mineral resurslar

Page 43: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

43

yetkazib berish va sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni

sotishning keng bozori bo’lish tushgan edi. Iqtisodiyotning bunday

mustamlakachilikka asoslangan tarkibi mustaqillikning dastlabki yillarida eski

xo’jalik aloqalari barham topib, yangilari hali shakllanib ulgurmagan sharoitda

mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi.

Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish tarkibiga mutlaqo yangi talablarni qo’ydi.

Milliy ishlab chiqarishning tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirmasdan

turib, boy resurslardan, mavjud ulkan imkoniyatlardan maqsadga muvofiq

foydalanish, vujudga kelgan nomutanosibliklar va ziddiyatlarga barham berish

mumkin emasdi.

Tarkibiy siyosat, eng avvalo, kishloq xo’jalik xom ashyosi va mineral

resurslarni chukur qayta ishlashga, texnologik siklning tugallanganlik darajasini

oi1irishga, mamlakat yoqilgi-energetika va oziq-ovqat mustaqilligini

ta’minlashga qaragildi. Ilgari tashqaridan keltirilgan yuzlab turdagi mahsulotlar

mamlakatimizning o’zida ishlab chiqarila boshlandi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yirik qurilishlarning geografiyasi

ancha kengaydi. Bunday izchil, bosqisma-bosqich va okilona siyosat sanoat

taraqqiyotida uzoq yillar hukm surib kelgan regional nomutanosiblik va

ziddiyatlarni sezilarli darajada yumshatishda muhim omil bo’ldi.

Tabiiyki, iqtisodiyotning tarkibini takomillashtirish bir zarb bilan amalga

oshiriladigan ish emas. Bu o’zgarishlar muntazam davom etadigan ijtimoiy-

iqtisodiy jarayon bo’lib, davr talabi va iqtisodiy siyosatdan kelib chiqadi.

tarmoqlqraro hamda tarmoqlar ichida tuxtovsiz kechadi. Bozor iqtisodiyoti va fan-

texnika tarakkiyoti tan oladigan tarmoqdar rivojlanib, mahsulot ishlab chiqarishda

ularning hissasi oshib boraveradi. Aksincha, bozor va tarakkiyotga moye

kelmaydigan sohalarning mahsulot va xizmatlarni yaratishdagi ulushi pasayib yoki

butunlay yukolib, o’z o’rnini boshqa, ilg’or sohalarga bo’shatib beraveradi.

Butun iqtisodiyotda ayrim tarmoq va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirishga

ustuvorlik berish va ularni davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlash

to’g’ri yo’l ekanligini xayotning o’zi tasdiqladi. Ustuvor sohalarning turri

belgilanishi, nafaqat ilgari taqchil hisoblangan mahsulot turlarini keng ishlab

chiqarishni yo’lga qo’yish, balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini

takomillashtirish, butun iqtisodiyotni izchil rivojlantirish imkonini berdi. Keyingi

yillarda mamlakatimizda sanoatning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishni

jadallashtirish, eksport saloxiyatini oshirish va chetdan keltiriladigan mahsulotlar

urnini bosadigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, bozorni xalq

iste’moli va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tuldirish, kommunikasiya va ishlab

chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, investision faoliyatii jadallashtirish,

mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni

kuchaytirish kabi chora-tadbirlar ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilandi. Bu esa,

o’z navbatida, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishni real ko’rsatkichlarda oshirish

imkoniyatini yanada kengaytirishda muhim omil bo’ldi.

Page 44: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

44

Islohotlardan bosh maqsad - ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini muttasil

oshirish asosida xalq farovonligini yuksaltirishdir. Ana shunday natijalar

islohotlarga haqiqiy mazmun kasb etadi, quruq safsatabozlikdan asraydi.

Shu urinda yana bir sifat ko’rsatkichga tuxtalmasdan utib bo’lmaydi.

Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari tarkibida tayyor mahsulot ulushi tobora

oshmokda. Agar 1990 yilda sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida tayyor

mahsulotning ulushi 35 foizni tashkil etgan bo’lsa, hozir bu raqam 70 foizdan

oshib ketdi.

O’zbekistonda ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish uchun mustaxkam asos

yaratilgani, iqtisodiyot tarkibi bozor munosabatlariga monand

takomillashtirilayotgani, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ulushining oshayotgani,

kapital mablag’lar katta qismining moddiy ishlab chiqarish sohalarida

o’zlashtirilayotgani, yangi texnika va texnologiya bilan jihozlangan sanoat

obyektlarining ko’rib ishga tushirilayotgani bugungi jaxonda kechayotgan bahoonli

sharoitda ham xalq farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb

etmoqda.

Tabiiyki, bunday yuksalishlarga, iqtisodiy o’sishga bir kunda, bir yilda erishib

bo’lmasdi. Bunday marralarga faqat katta kat’iyat, tadrijiylik, izchillik va

bosqisma-bosqichlik orqaligina erishish mumkin.

Page 45: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

45

XULOSA

Ushbu malakaviy bitiruv ishi orqali xalqimiz mustaqillik yillarida erishgan

barcha yutuq va muvaffaqiyatlar, avvalambor, davlatimiz rahbari Islom Karimov

rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va

modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiya qilish borasida o’z

vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoq istiqbolga

mo’ljallangan oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir.

Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan yutuqlar va marralardan har qancha

faxrlansak, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalik,

bunyodkorlik sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o’tgan asrning 90-

yillarida sobiq sho’ro saltanatidan qolgan ayanchli meros - biryoqlama rivojlangan,

faqat xom ashyo yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan

iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va

bedodlikdan xalqimizning sabr-kosasi to’lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash

holatiga yetib borganini aslo unutib bo’lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo’lining

chekkasida qolgan mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan

umidini uzgan xalqni o’ta murakkab vaziyatdan izchil va barqaror rivojlanish

yo’liga olib chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta.

Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda yurtning boshiga, uzoq va yaqin

tariximizda bo’lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz bir rahbar kelib qolganida

nimalar bo’lishi mumkinligini tasavvur qilishning o’zi dahshatli. Unday holatda

xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi?

Toley baland xalq ekanmizki, Yaratgan peshonamizga uzoqni ko’ra biladigan,

mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi!

Mustaqil Vatanimiz o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga

boyligi bilan asrlarga teng yangi tarixi davomida o’z vaqtida tanlangan, har

tomonlama o’zini oqlagan, to’g’riligini hayotning o’zi isbotlagan, jahonda

taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan

o’zining buyuk kelajagi sari qatiyat bilan bormoqda. Bugun bu modelning o’ziga

xos va o’ziga mos jihatlarini, berayotgan samaralari ko’plab mamlakatlarda

o’rganilmoqda, xalqaro ekspertlar, olimlar va siyosatchilarda katta qiziqish

uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz tanlagan yo’l -

iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligiga asoslangan pragmatik

iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohatchilik vazifasini o’z zimmasiga olishi,

jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish,

islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko’zda tutadigan mashhur besh

tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli» samarasida

milliy davlatchiligimizning mustahkam tamal toshi qo’yildi, mamlakatimiz izchil

va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdi.

Page 46: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

46

Bu yo’lning hayotbaxsh samaralari - ozod va obod Vatanimizning go’zal va

betakror qiyofasi, shahru qishloqlarimiz jamoli, xalkimiz farovonligida asrlar

davomida namoyon bo’laveradi!50

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2011.

2. Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли–

Т.: Ўзбекистон, 1993.

3. Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш

йўлида. –Т., «Ўзбекистон», 1995.

4. И.А.Каримов Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада

чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси:

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва

Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. – Тошкент:

«Ўзбекистон», 2010.

5. Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. -

Т.: "Ўзбекистон". 2011.

6. Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.

7. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг

асосий якунлари ва 2012 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий

ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон

Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил

Ватанимиз тараққиѐтини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади»

мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: «O`qituvchi»

НМИУ, 2012.

8. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда

мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013

йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва

дастурларимиз Ватанимиз тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз

фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011.

Даврий матбуот нашрлари

1. «Халқ сўзи» газетаси. 2010 йил 30 август сони.

2. ―Мaмлaкaтимизни мoдeрнизaция қилиш вa кучли фуқaрoлик жaмияти

бaрпo этиш – устувoр мaқсaдимиздир‖. – Прeзидeнт Ислoм Кaримoвнинг

Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Қoнунчилик пaлaтaси вa

Сeнaтининг қўшмa мaжлисидaги мaърузaси // Халқ сўзи, 2010 йил 28 январь.

3. ―Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиѐти ва халқимиз фаровонлигини

янада юксалтиришдир‖. – Прeзидeнт Ислoм Кaримoвнинг 2009 йилнинг

aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни ижтимoий-иқтисoдий

50

Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 178-179 бетлар

Page 47: KURS ISHI · 2020. 6. 14. · Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va

47

ривoжлaнтиришнинг энг муҳим устувoр йўнaлишлaригa бaғишлaнгaн

Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг мaжлисидaги маърузaси // Халқ сўзи, 2010 йил 30

январь.

4. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада

чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси

(Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва

Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза), ―Халқ сўзи‖, 2010 йил 13 ноябрь